Yeremiyo 16 bob

1 Yeremiyoning hayoti uchun Egamizning rejasi. 14 Xalq surgundan qaytadi. 16 Yaqinlashib kelayotgan jazo. 19 Yeremiyoning ibodati.

1 Egamizning quyidagi so‘zi menga ayon bo‘ldi:
2 “Oila qurma, bu yurtda o‘g‘il–qizlaring bo‘lmasin.
3 Bu yurtda tug‘ilgan o‘g‘il–qizlar haqida va ularni dunyoga keltirgan ota–onalar haqida Men, Egang, shunday deyapman:
4 Ular og‘ir xastaliklardan halok bo‘lishadi. Ular uchun hech kim aza tutmaydi, jasadlarini ko‘madigan hech–kim bo‘lmaydi, jasadlari go‘ng kabi yer ustida yotaveradi. Ular qilichdan va qahatchilikdan halok bo‘lishadi, jasadlari qushlar va yovvoyi hayvonlarga yem bo‘ladi.”
5 Zero, Egamiz shunday deb aytmoqda: “Azador uyga kirma, motam tutma, ta’ziya bildirma. Men bu xalqni tinchlik–xotirjamligimdan mahrum qildim. Men bu xalqni sevmayman, ularga mehr–shafqat ko‘rsatmayman.
6 Bu yurtning kattayu kichigi o‘lib ketadi, ularni hech kim ko‘mmaydi. Hech kim ular uchun aza tutmaydi, qayg‘udan badanini tilmaydi, sochini oldirmaydi.
7 Azadorlarga tasalli berish uchun hech kim ovqat olib chiqmaydi. Hech kim ota yoki onasidan judo bo‘lganlarga tasalli berish uchun bir kosa sharob uzatmaydi.
8 Ziyofat bo‘layotgan uyga kirma, ular bilan o‘tirib, yeb–ichma.”
9 Zero, Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: “Sening zamoningda shodu xurramlik sadolariga, kelin– kuyovning xursandchilik ovozlariga chek qo‘yaman. Buni o‘z ko‘zing bilan ko‘rasan.
10 Aytganlarimning hammasini odamlarga gapirib berganingda, ular sendan shunday deb so‘raydilar: “Nega Egamiz bizga bunday kulfatlarni ravo ko‘ryapti? Aybimiz nima? Egamiz Xudoga qarshi nima gunoh qildik?”
11 Sen ularga shunday javob ber: Egamiz aytmoqda: Ota–bobolaringiz Meni tark etdilar. Mendan yuz o‘girib, qonunlarimga rioya qilmadilar. Boshqa xudolarga ergashdilar, ularga xizmat qilib, sajda etdilar.
12 Sizlarning gunohlaringiz esa ota–bobolaringiznikidan ham oshib tushdi. Mana, har biringiz yovuz yuragingizning o‘jarliklarini bajaryapsiz, Menga quloq solmayapsiz.
13 Shuning uchun Men sizlarni bu yerdan boshqa bir yurtga uloqtirib yuboraman. U yurtni o‘zingiz ham, ota–bobolaringiz ham bilmaydilar. U yerda sizlar kechayu kunduz boshqa xudolarga xizmat qilasizlar. Endi Men sizlarga rahm qilmayman.”
14 Egamiz demoqda: “Shunday kunlar keladiki, odamlar ont ichganda: “Isroil xalqini Misrdan olib chiqqan Egamiz shohid”, deb aytmaydigan bo‘ladi.
15 Buning o‘rniga ular: “Isroil xalqini shimoldagi yurtdan va O‘zi surgun qilgan barcha boshqa yurtlardan olib chiqqan Egamiz shohid”, deb ont ichadigan bo‘lishadi. Men xalqimni O‘zim ota– bobolariga bergan yurtga qaytarib olib kelaman.”
16 Egamiz shunday demoqda: “Mana, Men talay dushmanni yuboryapman. Ular xalqimni baliqchilar kabi tutib oladilar. U dushmanlar ketidan boshqalarni jo‘nataman, ular ovchilar kabi xalqimni har bir tog‘da, har bir tepalikda, qoyalarning jarliklarida ovlaydilar.
17 Men xalqimning tutgan hamma yo‘llarini ko‘rib turibman. Ularning yovuz yo‘llari Mendan yashirin emas. Hamma gunohlari ko‘z o‘ngimda.
18 Qilgan gunohlari va qilmishlari uchun xalqimga ikki barobar qilib qaytaraman. Zotan ular jonsiz, jirkanch xudolari bilan yurtimni harom qildilar, Mening mulkimni makruh butlarga to‘ldirdilar.”
19 Ey Egam, mening qudratim, qo‘rg‘onimsan, Kulfat kunida panohimsan. Dunyoning to‘rt burchagidan xalqlar Sening oldingga kelib, aytadi: “Ajdodlarimizning soxta butlaridan bo‘lak hech narsasi yo‘q edi, Bu betayin butlaridan foyda bo‘lmagan edi.
20 Inson o‘zi uchun xudolarni yasay oladimi?! Bunday xudolar haqiqiy Xudo emas–ku!”
21 “Shunday ekan, ularga saboq beray, Kuch–qudratimni ularga ko‘rsatib qo‘yay. Shunda Egangiz Men ekanligimni bilib olishadi.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18