Yeremiyo 12 bob

1 Yeremiyo Egamizga savollar beradi. 7 Egamiz O‘z xalqi uchun qayg‘uradi. 14 Egamiz qo‘shni xalqlarga va’da beradi.

1 Sen bilan da’volashganimda, ey Egam, Sen har doim haq bo‘lib chiqasan. Shunday bo‘lsa–da, Sen bilan yana gaplashmoqchiman, Adolat xususida savol bermoqchiman. Nechun fosiqlarning ishi yurishadi? Nechun munofiqlar rohatda yashaydi?
2 Ularni Sen ekib undirding, Ular o‘sib hosilga kirdilar. Noming ularning og‘zidan tushmaydi, Ammo dillari Sendan uzoqdir.
3 Lekin Sen, ey Egam, meni bilasan. Sen meni sinagansan, Dilim Senga moyil ekanini O‘zing ko‘rding. Endi yovlarimni bo‘g‘izlanadigan qo‘ylarday sudragin! Bo‘g‘izlashga tayyorlab, ajratib qo‘ygin!
4 Oh, qachongacha yer qaqrab yotadi? Qachongacha hamma daladagi o‘tlar quriydi? Bu yerda yashaydigan fosiqlarning dastidan, Qushlaru hayvonlar nobud bo‘ldi. Bu odamlar: “Bizga nima bo‘lishini Yeremiyo qayerdan ham bilardi?!” deb aytishadi.
5 Egamiz menga dedi: “Ey Yeremiyo, Sen odamlar bilan poyga qilib holdan toygan bo‘lsang, Qanday qilib otlar bilan poyga qilasan?! Faqat osoyishta yurtda o‘zingni bexatar sezsang, Iordan bo‘yidagi chakalakzorda nima qilasan?!
6 Hatto qarindoshlaring ham sendan yuz o‘girdi, O‘z oilang senga xiyonat qildi. Ovozi boricha senga do‘q urdi. Ular senga shirin gapirishsa ham, Ularning so‘zlariga ishonma.”
7 Egamiz shunday deb aytdi: “Men xonadonimni tark etdim, Mulk qilib olgan xalqimni rad etdim. Sevgan xalqimni dushmanlarining qo‘liga berdim.
8 O‘z xalqim Menga O‘rmondagi sherday bo‘lib qoldi. U Menga qarab bo‘kirdi, Shuning uchun undan nafratlandim.
9 O‘z xalqim Menga Olachipor kalxatday bo‘lib qoldi. Boshqa kalxatlar xalqimni o‘rab oldi! Boring, barcha yovvoyi hayvonlarni yig‘ing, Xalqimni g‘ajib tashlashsin.
10 To‘da–to‘da cho‘ponlar uzumzorimni xarob qildilar, Dalamni ular payhon qildilar. Ha, go‘zal dalamni tashlandiq cho‘lga aylantirdilar.
11 Ular yerimni xarob qildilar, Tashlandiq yerim ko‘z oldimda qaqrab yotibdi. Butun yurtim vayron bo‘ldi, Ammo bu bilan hech kimning ishi yo‘q.
12 Bosqinchilar sahrodagi Hamma yalang qirlarni egallab oldilar. Endi Mening qilichim butun yurtni vayron qiladi, U boshidan bu boshigacha hammani qirib tashlaydi. Bexatar yashayotgan bironta odam qolmaydi.
13 Mening xalqim bug‘doy ekdi, Ammo tikan o‘rib oldi, Zo‘r berib ishladi, Ammo hech narsaga erishmadi. Qattiq qahrim hosilini nobud qildi. Ular hosilsiz qolib, sharmanda bo‘lishdi.”
14 Egamiz shunday demoqda: “Men xalqimga Isroil yurtini mulk qilib bergan edim, ammo uning yovuz qo‘shnilari xalqimga hujum qilib, yurtimni talon–taroj qildilar. Men bu yovuz xalqlarni o‘z yurtlaridan sug‘urib tashlayman. Yahudo xalqini ularning iskanjasidan sug‘urib olaman.
15 O‘sha yovuz xalqlarni sug‘urib tashlaganimdan keyin, ularga yana rahm–shafqat qilaman. Hammasini o‘z yurtlariga, o‘z mulklariga qaytarib olib kelaman.
16 Ilgari bu xalqlar Isroil xalqiga Baal nomi bilan qasam ichishni o‘rgatgan edilar. Agar endi ular xalqim Isroilning yo‘lini astoydil o‘rgansalar, “Egamiz shohid” deya Mening nomim bilan qasam ichsalar, xalqim orasida o‘rnashib oladilar.
17 Bordi–yu, bironta xalq Menga itoat etmasa, o‘sha xalqni tag–tomiri bilan qo‘porib tashlayman.” Egamizning kalomi shudir.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz
@audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Uzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktubilar. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18