Yeremiyo 7 bob

1 Yeremiyo Ma’badda voizlik qiladi. 16 Xalqning itoatsizligi. 29 Xinnum soyligida qilingan gunohlar.

1 Yeremiyoga Egamizning quyidagi so‘zi ayon bo‘ldi:
2 “Egang uyining darvozasi oldiga bor. O‘sha yerda turib, baland ovozda shunday deb ayt: Ey jamiki Yahudo xalqi — Egamizga sajda qilish uchun mana bu darvozalardan kirganlar! Egamizning gaplarini eshitinglar.
3 Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: “Yomon yo‘lingizdan qaytinglar. Turmush tarzingizni o‘zgartiringlar. Shundagina bu yurtda yashashingizga ijozat beraman.
4 “Egamizning Ma’badi shu yerda! Mana, Egamizning Ma’badi, shuning uchun hech qanday xavf–xatar yo‘q!” degan yolg‘on so‘zlarga ishonmang.
5 Agar haqiqatan yomon yo‘lingizdan qaytsangiz, turmush tarzingizni o‘zgartirsangiz, bir–biringizga nisbatan adolatli bo‘lsangiz,
6 musofirlarga, yetim va bevalarga zulm qilmasangiz, bu yurtda aybsiz odamning qonini to‘kmasangiz, boshingizga falokat keltiradigan boshqa xudolarga ergashmasangiz,
7 bu yerda qolishingizga ijozat beraman. Men ota– bobolaringizga abadiy mulk qilib bergan bu yurtda sizlar yashayverasizlar.
8 Ammo sizlar yolg‘on so‘zlarga ishonyapsizlar.
9 O‘g‘irlik qilyapsizlar, odam o‘ldiryapsizlar, zino qilyapsizlar, yolg‘ondakam qasam ichyapsizlar, Baalga nazrlar atab, o‘zingiz bilmagan xudolarga ergashyapsizlar.
10 Shunday ekan, nima uchun sizlar Mening nomim bilan atalgan uyimga kelib, “Biz xavf–xatardan xolimiz!” deb aytyapsizlar?! Bunday jirkanch ishlarni davom ettirish uchunmi?!
11 Aytinglar–chi, Mening nomim bilan atalgan bu uy sizlar uchun qaroqchilar uyasi bo‘lib qoldimi?! Qilgan barcha ishlaringizni Men O‘z ko‘zim bilan ko‘rib turibman–ku!” deb aytmoqda Egamiz.
12 “Qani, Shilo‘ shahriga boringlar! Men ilk bor o‘sha joyni ulug‘lanishim uchun tanlagan edim. Ammo xalqim Isroilning qabihliklari tufayli o‘sha joyni ne ahvolga solganimni ko‘rib qo‘yinglar.
13 Bunday yovuz ishlarni qilayotganingizda, Men sizlarga qayta–qayta gapirdim. Ammo sizlar gaplarimga quloq solmadingiz. Sizlarga xitob qildim, ammo javob bermadingiz”, deb aytmoqda Egamiz.
14 “Shunday ekan, Men Shilo‘ni ne ko‘yga solgan bo‘lsam, O‘z nomim bilan atalgan uyimni ham o‘sha ahvolga solaman. Sizlar umid bog‘lagan bu uyimni va ota–bobolaringizga bergan bu yurtni Shilo‘ning ahvoliga tushiraman.
15 Qondoshingiz Efrayim xalqini uloqtirganimday, sizlarni ham O‘z huzurimdan uloqtirib tashlayman.”
16 Egamiz shunday dedi: “Ey Yeremiyo, sen bu xalq uchun ibodat qilma! Ular uchun faryod qilib, iltijo qilma! Ularni deb, Menga yolvorma! Men senga quloq solmayman.
17 Yahudo shaharlarida, Quddus ko‘chalarida ular nimalar qilayotganini ko‘rmayapsanmi?!
18 Bolalar o‘tin yig‘ishadi, otalari olov yoqishadi, xotinlar esa xamir qorib, Samo Qirolichasiga atab nonlar yopishadi. G‘azabimni keltirish uchun begona xudolarga sharob nazrini keltirishadi.”
19 Egamiz shunday demoqda: “Bu qilmishlari bilan ular Menga emas, o‘zlariga zarar keltirmoqda–ku! O‘zlarini sharmanda qilishmoqda–ku!”
20 Shu sababdan, Egamiz Rabbiy demoqda: “Men qahru g‘azabimni bu zaminga, insonlaru hayvonlarga, daladagi daraxtlaru ekinlarga sochaman. G‘azabim so‘nmas olovday yonadi.”
21 Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: “Sizlar qurbonliklarning go‘shtini yeysizlar, kuydiriladigan qurbonliklaringizning go‘shtini ham o‘zlaringiz yeyaveringlar.
22 Men ota–bobolaringizni Misrdan olib chiqqanimda ularga nafaqat qurbonliklar va kuydiriladigan qurbonliklarga oid amrlar bergan edim,
23 balki ularga yana shunday amr bergan edim: “Menga itoat qiling! Shunda Men sizning Xudoyingiz, sizlar esa Mening xalqim bo‘lasizlar. Faqat Men ko‘rsatgan yo‘ldan yuringlar, shunda baxtiyor bo‘lasizlar.”
24 Ammo ular itoat qilishni ham, quloq solishni ham xohlamadilar. Yovuz yuraklarining o‘jarliklarini qildilar. Oldinga yurmay, orqaga ketdilar.
25 Ajdodlaringiz Misrdan chiqqan kunidan boshlab shu kunga qadar, ketma– ket payg‘ambar qullarimni ularning oldilariga jo‘natdim.
26 Ammo ular Menga quloq ham solmadilar, e’tibor ham bermadilar. Ular qaysar edilar, yovuz qilmishlari bilan ota–bobolaridan ham o‘tib tushdilar.
27 Ey Yeremiyo, sen borib, aytganlarimning hammasini ularga yetkazasan, lekin ular senga quloq solishmaydi. Ularga xitob qilasan, ammo ular senga javob berishmaydi.
28 Shuning uchun sen ularga shunday deb ayt: “Sizning xalqingiz Egasi Xudoga itoat qilmadi, Uning gapiga kirmadi. Haqiqat qolmabdi, og‘zingizdan haq so‘z chiqmaydigan bo‘ldi.”
29 “Ey Quddus aholisi, aza tuting! Sochingizni qirib tashlang. Marsiyangiz yalang qirlar uzra nola qilsin, Zero, Egamizning toqati toq bo‘ldi, U bu naslni rad etib, tashlab ketdi.
30 Egamiz shunday demoqda: “Yahudo xalqi o‘zining Egasi oldida qabihliklar qildi. Ular Mening nomim bilan atalgan uyimga makruh butlarini o‘rnatdilar. Uyimni harom qildilar.
31 Shunisi yetmagandek, Xinnum soyligidagi Tofatda sajdagohlar qurdilar. U yerda o‘z o‘g‘ilu qizlarini olovda kuydirdilar. Ammo Men ularga buni amr qilmaganman, bunaqasini xayolimga ham keltirmaganman.”
32 Egamiz shunday demoqda: “Qarab turing! Shunday kunlar keladiki, odamlar bu joyni Tofat yoki Xinnum soyligi, deb atamaydi. Bu joy “Qirg‘in vodiysi” deb nom oladi. U yerda ko‘p murdalar dafn qilinadi, murdalar ko‘pligidan qabrlarga joy yetmay qoladi.
33 Bu xalqning jasadlari qushlarga va yovvoyi hayvonlarga yem bo‘ladi, hech kim ularni haydamaydi.
34 Yahudo shaharlarida va Quddus ko‘chalarida shodu xurramlik sadolari bo‘lmaydi, kelin–kuyovning ovozi eshitilmaydi. Bu yurt huvullab qoladi.”


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz
@audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Uzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktubilar. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18