Yeremiyo 14 bob

1 Dahshatli qurg‘oqchilik. 19 Odamlar Xudoga iltijo qilishadi.

1 Yeremiyoga Egamizning qurg‘oqchilik haqidagi so‘zi ayon bo‘ldi:
2 “Yahudo aza tutmoqda, Shaharlari adoyi tamom bo‘ldi. Odamlar qayg‘uga botgan, Bag‘rlarini yerga berib yotibdi, Quddusdan faryod ko‘tarilmoqda.
3 Asilzodalar xizmatkorlarini suvga yubordilar. Xizmatkorlar sardobalarga borgan edilar, Ammo suv topa olmadilar. Idishlari bo‘m–bo‘sh qaytib keldilar. Ular tushkunlikka tushdilar, Sharmanda bo‘lib qoldilar, Uyatdan yuzlarini berkitib oldilar.
4 Yomg‘ir yog‘magani–chun yer yorilib ketdi, Dehqonlar umidsizlikka tushdi, Yuzlarini berkitib olishdi.
5 Hatto cho‘ldagi ona ohu ham, O‘t–o‘lan bo‘lmagani uchun, Yangi tug‘ilgan ohuchalarini tashlab ketmoqda.
6 Qulonlar yalang qirlarda turib, Chiyabo‘rilar kabi hansirayapti, O‘t yo‘qligidan qulonlarning ko‘zlari kirtayib qolgan.”
7 Gunohlarimiz bizga qarshi guvohlik bersa–da, O‘z noming haqi–hurmati bizga rahm qil, ey Egam. Axir, biz Senga ko‘p xiyonat qildik, Senga qarshi gunoh ishlar qildik.
8 Ey, Isroilning yolg‘iz umidi, Kulfat vaqtida Qutqaruvchisi! Nechun yurtimizda musofirga o‘xshaysan, Bir kechagina tunaydigan sayyohga o‘xshaysan?
9 Nega sarosimaga tushgan odamga o‘xshaysan? Nega yordam bera olmaydigan jangchiga o‘xshaysan? Ey Egam, Sen bizning oramizdasan–ku! Biz Senikimiz. Bizni tark etma!
10 Egamiz bu xalq haqida shunday demoqda: “Ular o‘zlarini sira tiya olmaydilar, Daydib yurishni haqiqatan yaxshi ko‘radilar. Shuning uchun Men ulardan rozi emasman, Endi qabihliklarini yodga olaman, Gunohlari uchun ularni jazolayman.”
11 So‘ng Egamiz menga shunday dedi: “Bu xalq uchun ibodat qilma.
12 Ular ro‘za tutishsa ham, Men ularning iltijolariga quloq solmayman. Menga atab qurbonliklar kuydirishsa ham, don nazrlarini olib kelishsa ham qabul qilmayman. Aksincha, ularni qahatchilik, urush va o‘lat orqali qirib tashlayman.”
13 Men esa shunday dedim: “Yo Egam Rabbiy, payg‘ambarlar bu xalqqa, urush va qahatchilik bo‘lmaydi, sizlar bu yurtda chinakamiga osoyishta hayot kechirasizlar, deb aytishmoqda–ku.”
14 Egamiz menga shunday javob berdi: “Payg‘ambarlar Mening nomimdan yolg‘on gapirishmoqda. Men ularni yubormaganman, ularga gapirishni buyurmaganman. Ular sizlarga uydirmalarni o‘zlaricha bashorat qilishyapti, behuda fol ochib, xayollariga kelgan yolg‘onlarni gapirishyapti.
15 O‘sha payg‘ambarlar Mening nomimdan gapirishsa ham, ularni Men jo‘natmaganman. Ular: “Yurtda urush va qahatchilik bo‘lmaydi”, deb aytayotgan ekanlar, ammo Men aytamanki, o‘sha payg‘ambarlar urush va qahatchilikdan nobud bo‘lishadi.
16 Ularning gaplarini tinglayotgan odamlar ham urush va qahatchilikdan o‘ladi. Jasadlari Quddus ko‘chalarida yotadi. Ularning, xotinlarining, o‘g‘il–qizlarining jasadlarini ko‘madigan odam bo‘lmaydi. Qilgan qabihliklarini Men o‘zlarining boshlariga solaman.”
17 Sen ularga shunday deb ayt: “Kechayu kunduz ko‘zlarimdan yosh oqyapti, O‘zimni to‘xtata olmayapman. Zero, bokira qizim — Mening xalqim, Qattiq zarba yedi, og‘ir yaralandi.
18 Dalaga chiqaman, Evoh, ana, qilichdan halok bo‘lganlar yotibdi. Shaharga kiraman, Ana, ocharchilikdan o‘lganlar yotibdi. Payg‘ambaru ruhoniylar esa pul dardida yuribdilar, Odamlarga befoyda so‘zlar beryaptilar.”
19 Ey Egamiz, nahotki Yahudoni butunlay rad etgan bo‘lsang?! Nahotki Quddusdan hazar qilsang?! Nechun bizni og‘ir yaralading? Shifo topa olmayapmiz–ku! Biz tinchlikni izladik, ammo yaxshilik kelmadi, Shifo topmoqchi edik, ammo vahimaga duchor bo‘ldik.
20 Ey Egamiz, Senga qarshi gunoh qildik! Qabihliklarimizga iqror bo‘ldik, Ha, ota–bobolarimizning ayblarini tan olamiz.
21 Noming haqi–hurmati bizni rad etma, Ulug‘vor taxting turgan joyni xor qilma. Biz bilan tuzgan ahdingni yodingda tut, O‘tinamiz, ahdingni buzma.
22 Xalqlarning betayin butlari yomg‘ir yog‘dira olarmidi?! Yog‘ingarchilik osmonning xohishi bilan bo‘larmidi?! Bularni qilishga qodir Sen emasmi, ey Egamiz Xudo?! Biz umidimizni Senga bog‘laganmiz, Zotan bularning hammasini qila oladigan Sensan.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак