Yeremiyo 50 bob

1 Bobil mag‘lub bo‘ladi. 4 Isroil xalqi surgundan qaytib keladi. 11 Bobil qulaydi. 17 Isroil tiklanadi. 21 Xudo Bobilni hukm qiladi.

1 EgamizBobil yurti va Bobilliklarning diyori xususida Yeremiyo payg‘ambar orqali shunday so‘zlarni aytdi:
2 “Xalqlarga e’lon qiling, xabar yetkazing! Bayroq ko‘tarib, yangilikni ayting. Hech narsa yashirmay shunday jar soling: “Bobil qulaydi, Ularning xudosi Bel sharmanda bo‘ladi, Xudosi Mardux parcha–parcha qilinadi. Bobil butlari xor bo‘ladi, Sanamlari sindirib tashlanadi.
3 Shimoldagi bir xalq Bobil ustiga bostirib keladi. Ular butun yurtni vayron qilishadi. U yerda hech kim yashamaydigan bo‘ladi. Odamlar va hayvonlar u yerdan qochib ketadi.
4 Egamiz shunday demoqda: “O‘sha kunlar kelganda, Isroil xalqi Yahudo xalqi bilan birga ko‘z yosh to‘kib, Egasi Xudoga intiladigan bo‘ladi.
5 Ular yuzlarini Quddus tomon buradilar, u yerga olib boradigan yo‘lni surishtiradilar. Egamizga bog‘lanib qoladilar, U bilan unutilmas, abadiy bir ahd tuzadilar.
6 Mening xalqim adashgan qo‘ylarga o‘xshaydi. Cho‘ponlari ularni yo‘ldan adashtirib, tog‘larga haydab yubordilar. Ular tog‘laru qirlarda darbadar kezib, oromgohini unutdilar.
7 Qo‘ylarimga kim duch kelgan bo‘lsa, qo‘ylarimni yedi. Dushmanlar esa shunday dedi: “Bizning aybimiz yo‘q. Ularning o‘zlari Egasiga qarshi gunoh qildi. Egasi ular uchun asil yaylovday edi, ota–bobolari Egasiga umid bog‘lagan edi.”
8 Ey Isroil xalqi, Bobildan qochib chiqing! Bobilliklarning yurtini tark eting! Suruvni boshqarib ketayotgan serkaday birinchi bo‘lib chiqing.
9 Mana, Men shimoldagi qudratli xalqlarni Bobilga qarshi qo‘zg‘atyapman. Ular saf tortib, Bobilga hujum qiladilar. Bobil jangda mag‘lub bo‘ladi. Dushman o‘qlarining hammasi to‘g‘ri nishonga tegadi, ularning o‘qlari merganlarning o‘qlaridaydir.
10 Bobil talon–taroj qilinadi, hamma talonchilari o‘ljaga to‘yadi.” Egamizning kalomi shudir.
11 Ey, xalqimni talagan Bobilliklar! Sizlar sevinib, xursand bo‘lyapsizlar, O‘tloqdagi buzoqday shodon sakrayapsizlar, Otlar kabi kishnayapsizlar.
12 Ammo bilib qo‘ying, ona yurtingiz xor bo‘ladi, Siz tug‘ilgan yurt oyoq osti qilinadi. Yurtingiz xalqlar orasida arzimas bo‘lib qoladi, Cho‘l, qaqroq yer, sahroga aylanadi.
13 Egamiz Bobilga qahrini sochadi, U yerda hech kim yashamaydi. Butunlay tashlandiq bo‘lib qoladi. U yerdan kim o‘tsa yoqasini ushlaydi, Bobil xarobalarini ko‘rib qotib qoladi.
14 Ey merganlar! Bobil atrofiga saf torting! Unga qarshi o‘q uzing! O‘qingizni sira ayamang. Axir, Bobil Egamizga qarshi gunoh qildi.
15 Har yoqdan Bobilga shunday deb xitob qiling! “Bobil taslim bo‘lyapti, Istehkomlari yiqilyapti, Devorlari o‘pirilib tushyapti.” Mana bu — Egamizning qasosidir. Sizlar ham Bobildan o‘ch oling, Qilmishlarini o‘z boshiga qaytarib soling.
16 Bobildagi urug‘ sepuvchilarni yo‘q qiling, O‘rim mavsumida o‘roqchilarni o‘ldiring. Dushman qilichidan hamma qochsin, U yerdagi asirlar o‘z xalqi orasiga qaytsin, Ona yurtiga qochib borsin.
17 Egamiz shunday deydi: “Isroil xalqi sherlar har yoqqa tumtaraqay qochirib yuborgan qo‘ylarga o‘xshaydi. Ilk bor Isroilga Ossuriya shohi tashlangan edi, Isroilning suyaklarini esa Bobil shohi Navuxadnazar g‘ajigan edi.
18 Shu sababdan Men, Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam, Ossuriya shohini qanday jazolagan bo‘lsam, Bobil shohini va uning yurtini ham xuddi shunday jazolayman.
19 Isroilni o‘z yayloviga qaytarib olib kelaman, ular Karmil tog‘ining yon bag‘irlarida va Bashanda o‘tlab yuradilar. Efrayim qirlarida va Giladda yurib, qorinlarini to‘yg‘izadilar.
20 O‘sha kunlar kelganda Isroildan biron gunoh topilmaydi, Yahudo ham benuqson bo‘ladi. Zero, Men asragan xalqimni kechiraman.
21 Egamiz shunday demoqda: “Marotayim yurtiga bostirib boringlar, Paxo‘d aholisiga hujum qilinglar, Ularni tamomila qirib bitiringlar. Sizlarga Men buyurgan hamma ishni bajaringlar.”
22 Bobildan jang shovqin–suroni ko‘tarilmoqda, Hamma yoq xarobaga aylanmoqda.
23 Bobil butun dunyoni bolg‘aday parcha–parcha qildi, Eh, endi o‘zi sinib parchalanib ketdi! Bobilning ahvoli xalqlarni vahimaga soldi.
24 Ey Bobil, Men senga tuzoq qo‘ygandim, Bilmasdan tuzog‘imga tushib qolding. Seni fosh qildim, qo‘lga oldim. Axir, sen Menga qarshi chiqqan eding.”
25 Egamiz O‘z aslahaxonasini ochdi, G‘azab qurollarini olib chiqdi. Sarvari Olam — Rabbiy Bobilliklar yurtida bir ish qilishga shaylandi.
26 Uzoq yurtlardan Bobilga hujum qiling! Omborxona eshiklarini buzing! Bobilni donday uyum–uyum qilib yig‘ing, Hammasini yo‘q qiling. Undan asar ham qolmasin!
27 Yosh jangchilarini o‘ldiring, Hammasini qirib tashlang. Bobilning holiga voy, uning kuni bitdi, Jazo oladigan vaqti yetdi.
28 Bobildan qochib kelayotganlarning gaplarini eshiting. Ular Quddusga kelib, Egamiz Xudo O‘z Ma’badi uchun olgan qasosini e’lon qilishmoqchi.”
29 “Bobilga hujum qilish uchun kamonchilarni yig‘inglar. Shaharni qurshovga olinglar, bironta odam qochib keta olmasin. Bobilliklarning qilgan ishiga yarasha jazosini beringlar, qilmishlarini o‘z boshiga qaytarib solinglar. Zero, ular Isroil xalqining Muqaddas Xudosi — Egamizga nisbatan takabburlik qildilar.
30 O‘sha kuni Bobilliklarning yigitlari maydonlarda o‘lib ketadi, hamma sipohlari halok bo‘ladi.” Egamizning kalomi shudir.
31 Sarvari Olam — Rabbiy shunday demoqda: “Ey takabbur Bobil, Men senga qarshi chiqyapman! Sening kuning bitdi, Seni jazolaydigan vaqt yetdi.
32 Bu takabbur xalqing qoqilib tushadi, Seni hech kim turg‘izib qo‘ymaydi. Men hamma shaharlaringga o‘t qo‘yaman, Olov atrofdagi hamma narsani yondirib yuboradi.
33 Sarvari Olam shunday demoqda: “Isroil va Yahudo xalqlari zulm iskanjasida qolishdi. Dushmanlarning hammasi ularni qattiq tutib turibdi. Ularni qo‘yib yuborishdan bosh tortyapti.
34 Ammo ularning Qutqaruvchisi qudratlidir, Uning nomi Sarvari Olamdir. U xalqini astoydil himoya qiladi, yurtiga orom beradi. Bobilliklarni esa tinchlikdan mahrum qiladi.”
35 Egamiz shunday demoqda: “Bobilliklarga o‘lim! Butun Bobil aholisi, A’yonlariyu donishmandlariga o‘lim!”
36 Folbinlariga o‘lim! Naqadar ahmoqdir ular! Jangchilariga o‘lim! Naqadar vahimaga tushgan ular!
37 Otlariyu jang aravalariga o‘lim! Yollangan jangchilariga o‘lim! Ayollarga o‘xshagan zaifdir ular! Ziynatu boyliklarini yo‘q qiling, Talang, o‘lja qilib oling.
38 Butun yurtga qurg‘oqchilik kelsin! Daryolari qurib ketsin. Zero, bu yurt butlar makoni bo‘ldi, Vahimaga solgan o‘sha butlar tufayli Odamlari aqldan ozdi.
39 Shuning uchun Bobilda sirtlonlaru tuyaqushlar yashaydi. U yer yovvoyi dasht hayvonlarining makoniga aylanadi. Inson zoti endi u yerda hech qachon yashamaydi, Bobil to abad bo‘m–bo‘sh bo‘lib qoladi.
40 Sado‘m, G‘amo‘ra va atrofdagi shaharlar qanday vayron bo‘lgan bo‘lsa, Bobil ham shunday vayron bo‘ladi. U yerda hech kim yashamaydi.
41 Ana, shimoldan olomon kelmoqda. Dunyoning bir chetida Qudratli xalqlaru ko‘p shohlar qo‘zg‘almoqda.
42 Kamonu nayzalar bilan qurollangan ular, Shafqat qilmaydigan zolimdir bu odamlar. Ular otlarini yeldiradi, Dengizday guvullab keladi. Ey qiz Bobil, ular senga qarshi chiqadi, Jang qilgani saf tortishadi.
43 Bobil shohi bu xabarni eshitdi, Qo‘llarida mador qolmadi. Dard tutgan ayol kabi Azobu iztirobda qoldi.
44 Men Iordan chakalakzoridagi arslonday yaylovdagi qo‘ylarga hujum qilaman. Bir zumda Bobil xalqini o‘z yurtidan haydab chiqaraman. O‘zim xohlagan insonni u yerga bosh qilaman. Axir, kim Menga teng kela oladi?! Kim Mendan hisobot so‘raydi?! Qanday cho‘pon Menga qarshi tura oladi?!
45 Shunday ekan, Bobil yurtiga qarshi Men tuzgan rejalarni eshitinglar. Bobil xalqi to‘g‘risida qilgan niyatlarimga quloq tutinglar: Yirtqichlar suruvdagi qo‘zichoqlarni sudrab ketadi. Qilmishlari tufayli yam–yashil yaylovlari payhon bo‘ladi.
46 Bobil gursullab qulaganda, yer yuzi larzaga keladi, xalqning dodu voylari olisdagi ellarga eshitiladi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак