Yeremiyo 52 bob

1 Quddus qulaydi. 12 Ma’bad vayron bo‘ladi. 24 Yahudo xalqi Bobilga surgun qilinadi.

1 Zidqiyo yigirma bir yoshida shoh bo‘ldi va Quddusda o‘n bir yil hukmdorlik qildi. Onasining ismi Xamutal bo‘lib, Libnalik Yeremiyoning qizi edi.
2 Zidqiyo ham, Yohayiqim kabi, Egamiz oldida qabih ishlar qilgani uchun
3 Egamiz Quddus va Yahudo xalqidan g‘oyat g‘azablangan, oqibatda ularni O‘z huzuridan quvib yuborgan edi. Zidqiyo Bobil shohiga qarshi isyon ko‘tardi.
4 Zidqiyo hukmronligining to‘qqizinchi yili, o‘ninchi oyning o‘ninchi kunida Bobil shohi Navuxadnazar Quddusga qarshi bor lashkarini tortib kelib, shaharni qamal qildi. Shahar devori atrofida baland qurilmalar yasatdi.
5 Shoh Zidqiyo hukmronligining o‘n birinchi yiligacha shahar qamalda qoldi.
6 To‘rtinchi oyning to‘qqizinchi kuni shaharda ocharchilik shu qadar kuchaydiki, xalq bir luqma non topolmay qoldi.
7 Bobilliklar Quddus devorini yorib kirdilar. Ular Quddusni har tomondan qurshab olishgan bo‘lsalar–da, Yahudo sipohlari shoh bilan birga qochib ketdilar. Ular tunda saroyning bog‘i yaqinidagi ikki devor orasidagi darvozadan chiqib, Iordan vodiysi tomonga qochdilar.
8 Ammo Bobil sipohlari shohning orqasidan quvib, Yerixo tekisligida Zidqiyoga yetib oldilar. Zidqiyoning hamma lashkarlari shohni tashlab qochib ketdilar.
9 Bobil sipohlari shoh Zidqiyoni ushlab, Xomat yurtidagi Rivlo shahriga, Bobil shohi huzuriga olib keldilar. Bobil shohi Zidqiyoni o‘sha yerda hukm qildi.
10 Rivloda Zidqiyoning ko‘zi oldida hamma o‘g‘illarini, so‘ng Yahudo a’yonlarini qatl qildi.
11 Zidqiyoning esa ko‘zlarini o‘yib, uni kishanlab qo‘ydi. Bobil shohi uni o‘zi bilan Bobilga olib ketdi. Zidqiyo umrining oxirigacha zindonda yotdi.
12 Bobil shohi Navuxadnazar hukmronligining o‘n to‘qqizinchi yili, beshinchi oyining o‘ninchi kunida Bobil shohi xizmatidagi qo‘riqchilar sardori Nabizaradon Quddusga kirdi.
13 U Egamizning uyiga, shoh saroyiga, Quddusdagi hamma uylarga, har bir hashamatli imoratga o‘t qo‘ydi.
14 Qo‘riqchilar sardori boshchiligida hamma Bobil lashkarlari Quddus devorlarini yiqitdilar.
15 Nabizaradon ba’zi qashshoqlarni, shaharda tirik qolganlarni, Bobil shohi tomonga o‘tgan qochoqlaru qolgan–qutgan hunarmandlarni asir qilib olib ketdi.
16 Uzumchilik va dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lsinlar, deya hech vaqosi yo‘q, qashshoq odamlardan ba’zilarinigina qoldirdi, xolos.
17 Bobilliklar Egamizning uyidagi bronza ustunlarni, aravalarni, bronza hovuzni parchaladilar, hamma bronzani Bobilga olib ketdilar.
18 Egamizning uyida xizmat paytida ishlatiladigan buyumlarni — qozonlarni, kuraklarni, qaychilarni, tog‘orachalar va kurakchalarni, barcha bronza ashyolarni ham olib ketdilar.
19 Qo‘riqchilar sardori Nabizaradon oltin va kumushdan yasalgan tog‘oralarni, olovkuraklarni, tog‘orachalarni, tovoqlarni, chiroqpoyalarni, kurakchalarni va sharob nazri uchun ishlatiladigan idishlarni ham olib ketdi.
20 Egamizning uyi uchun shoh Sulaymon yasattirgan ikkita ustunga, hovuzga, hovuz ostidagi o‘n ikkita buqaga va aravalarga behisob bronza sarf qilingan edi.
21 Har bir ustunning balandligi 18 tirsak, tevaragi 12 tirsak edi. Ustunlarning ichi kavak bo‘lib, devorlarining qalinligi to‘rt enli edi.
22 Ikkala ustunning tepasida bittadan ustunqosh bor edi. Ustunqoshlarning balandligi 5 tirsakdan, atroflari bronzadan yasalgan to‘rsimon bezak va anor tasviri bilan bezatilgan edi.
23 Ustunqoshning har bir tomoniga to‘qson oltita anor tasviri tushirilgan edi. Hammasi bo‘lib to‘rsimon bezakdagi anorlar soni yuzta edi.
24 Qo‘riqchilar sardori Nabizaradon oliy ruhoniy Sarayoni, undan keyingi ruhoniy Zafaniyoni va uchta darvozabonni ham asirga oldi.
25 Quddusda qolgan sipohlarning lashkarboshisini, shohning yettita shaxsiy maslahatchisini, xalqni lashkar safiga yozgan lashkarboshining kotibini va xalqdan shaharda qolgan oltmish kishini ham bandi qildi.
26 Ularning hammasini Rivloga, Bobil shohi huzuriga olib keldi.
27 Bobil shohi ularni Xomat yurtida, Rivloda qatl qildi. Shunday qilib, Yahudo xalqi o‘zlarining yurtidan surgun qilindilar.
28 Navuxadnazar surgun qilgan xalqning miqdori quyidagichadir: Hukmronligining yettinchi yili 3.023 nafar yahudiyni,
29 o‘n sakkizinchi yili Quddus aholisidan 832 nafar kishini,
30 yigirma uchinchi yili qo‘riqchilar sardori Nabizaradon Yahudodan 745 nafar kishini surgun qildi. Hammasi bo‘lib surgun qilingan xalqning miqdori 4.600 kishi edi.
31 Yahudo shohi Yohayixin surgunda yurganiga o‘ttiz yetti yil bo‘lganda, Evilmardux Bobil shohi bo‘ldi. Evilmardux o‘sha yilning o‘n ikkinchi oyi yigirma beshinchi kuni Yahudo shohi Yohayixinga iltifot ko‘rsatib, uni zindondan olib chiqdi.
32 Unga yaxshi munosabatda bo‘ldi, Bobilga surgun qilingan boshqa shohlardan ko‘ra balandroq martaba berdi.
33 Shunday qilib, Yohayixin zindon kiyimlarini yechdi. Umr bo‘yi doimo Bobil shohining dasturxonidan taom yedi.
34 Umrining oxirigacha Bobil shohi tarafidan kundalik ehtiyoji har doim qondirildi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак