Yeremiyo 22 bob

1 Yahudo shohining xonadoni haqida bashorat. 10 Yeremiyo shoh Yohuxoz haqida bashorat qiladi. 13 Yeremiyo Yohayiqim haqida bashorat qiladi. 20 Quddusning qismati. 24 Shoh Yehayixinni Xudo hukm qiladi.

1 Egamiz menga shunday dedi: “Yahudo shohi saroyiga borib, quyidagi gaplarimni ayt:
2 Ey, Dovud taxtida o‘tirgan Yahudo shohi, eshit. A’yonlaring va mana bu saroyga kirgan odamlaring ham sen bilan birga Egamizning so‘zini eshitsin.
3 Egamiz shunday demoqda: Adolat va to‘g‘rilik bilan ish tuting. Jabrdiydalarni zo‘ravonlarning qo‘lidan qutqaring. Musofirlarga, yetim va bevalarga nohaqlik qilmang, ularni ezmang. Bu yerda begunoh odamning qonini to‘kmang.
4 Bordi– yu, sizlar haqiqatan ham bularga rioya qilsangizlar, Quddus taxtida doim Dovud naslidan bo‘lgan shoh o‘tiradi. Jang aravalariyu otlar mingan shohlar saroy darvozalaridan kirishadi. A’yonlar va xalq ham ular bilan birga kiradi.
5 Bordi–yu, bu amrlarimga rioya qilmasangizlar, Men O‘zimning nomim haqi ont ichib aytamanki, bu saroy vayron bo‘ladi.” Egamizning kalomi shudir.
6 Egamiz Yahudo shohining saroyi haqida shunday demoqda: “Sen Men uchun go‘zal Gilad yurtiga o‘xshaysan, Bamisoli Lubnonning yuksak cho‘qqilarisan. Lekin qasam ichib aytamanki, sen sahroga o‘xshab qolasan, Huvullagan bir shaharga aylanib qolasan.
7 Senga qarshi bosqinchilarni jo‘nataman, Qurollangan odamlarni yuboraman. Ular sara sadrlaringni kesadilar, Yog‘ochlaringni olovga tashlaydilar.
8 Ko‘plab xalqlar bu shahar oldidan o‘tayotib, bir–birlaridan: “Nega Egamiz bunday buyuk shaharni shu ko‘yga solgan ekan–a?” deb so‘raydilar.
9 Ularga shunday javob berishadi: “Shahar aholisi o‘zlarining Egasi Xudo bilan tuzgan ahdini buzdi. Boshqa xudolarga sajda qilib, xizmat qiladigan bo‘ldi.”
10 O‘lgan shohingiz uchun yig‘lamang, U uchun aza tutmang. Undan ko‘ra surgun bo‘lgan shahzodangiz uchun qayg‘uring, U uchun achchiq–achchiq ko‘z yosh to‘king. Axir, u endi qaytib kelmaydi, Ona yurtini boshqa ko‘rmaydi.
11 Shoh Yo‘shiyodan keyin Yahudo taxtiga Yo‘shiyoning o‘g‘li Yohuxoz o‘tirgan edi. Shoh Yohuxoz surgun qilingandan keyin Egamiz u haqda shunday dedi: “U bu yerga hech qachon qaytib kelmaydi.
12 Surgun qilingan yerda olamdan o‘tadi, bu yurtni boshqa ko‘rmaydi.”
13 “Uyini nohaqlik bilan qurganning holiga voy! Yuqori xonalarini adolatsizlik bilan bino qilganning holiga voy! Bunday odam birodarini tekinga ishlatadi, Uning mehnat haqini bermaydi.
14 U shunday deydi: “Mana, o‘zim uchun katta saroy qurdim, Yuqori qavatdagi xonalarni keng qildirdim.” U uyiga katta oynalar qo‘ydirmoqda, Devorlarini sadr yog‘ochi bilan qoplamoqda, Ularni qirmizi rangga bo‘yamoqda.
15 Sen o‘zing uchun ko‘p sadr yog‘ochini yig‘ding, Bu bilan sen yaxshi shoh bo‘lib qolmading! Sening otang ham xohlaganicha yeb–ichgan, Ammo doim haqiqatu adolatni o‘rnatgan. Shu sababdan uning ishi yurishgan.
16 U faqiru bechorani himoya qilgan, Shuning uchun farovon hayot kechirgan. Xudoni bilish degani shu emasmi?!” Egamizning kalomi shudir.
17 “Sen esa faqat nohaq foydani ko‘zlaysan. Begunoh odamning qonini to‘kasan, Zo‘ravonlik va zulm o‘tkazasan.”
18 Shu sababdan Yo‘shiyo o‘g‘li Yahudo shohi Yohayiqim haqida Egamiz shunday demoqda: “Uning uchun hech kim aza tutmaydi, “Voy, jigarim! Voy, jigarim!” deya yig‘lamaydi. “Xo‘jayinim! Olampanohim!” deya hech kim kayg‘urmaydi.
19 Uni o‘lgan eshakning ahvoliga soladilar, Quddus darvozalaridan sudrab chiqib, otib yuboradilar.
20 Ey Quddus, Lubnonga chiqib faryod qilgin, Bashan o‘lkasiga borib, xitob etgin. Aborim tog‘larida turib, ovozing boricha baqirgin, Chunki hamma o‘ynashlaring yo‘q bo‘ldi.
21 Farog‘atda yashaganingda, senga gapirdim, Sen esa “Gapingga quloq solmayman!” deb aytding. Ha, yoshligingdan shu yo‘lni tutgansan, Gapimga sen kirmagansan.
22 Shamol hamma cho‘ponlaringni supurib ketadi, O‘ynashlaring surgun bo‘ladi. Sen esa qabih ishlaring tufayli uyatda qolasan, Sharmandayi sharmisor bo‘lasan.
23 Sen “Lubnon” saroyida yashab yuribsan, Sadr daraxtlari orasida in qurgansan, Ammo tug‘ayotgan ayol kabi dard chekasan, Azobdan ingraysan.
24 Yohayiqim o‘g‘li Yohayixin haqida Egamiz shunday demoqda: “Ey Yahudo shohi Yohayixin, bordi–yu, sen Mening o‘ng qo‘limdagi muhr uzugim bo‘lganingda edi, Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, seni uloqtirib tashlagan bo‘lar edim.
25 Sen kimdan qo‘rqsang, seni o‘shaning qo‘liga beraman, senda qasdi borlarning qo‘liga topshiraman. Seni shoh Navuxadnazarning va Bobilliklarning qo‘liga beraman.
26 Seni va seni tuqqan onangni begona bir yurtga, kindik qoning to‘kilmagan bir yerga uloqtirib yuboraman. Sizlar o‘sha yerda o‘lasizlar.
27 Sizlar bu yurtga qaytib kelishni orzu qilasizlar, ammo qaytib kelmaysizlar.”
28 Yohayixin tashlab yuboriladigan siniq xumday bo‘lib qoladi, Hech kimga kerak bo‘lmaydigan sopol idishga o‘xshab qoladi. U bolalari bilan surgun bo‘ladi! O‘zi bilmagan yurtga uloqtirib tashlanadi!
29 Ey yurt, yurt, yurt! Egamizning so‘zini eshit!
30 Egamiz shunday demoqda: “Bu odamning farzandlarini nasabnomaga kiritmang, Uni hayotda omadi yo‘q, deb qayd qiling. Uning zurriyotidan birortasi muvaffaqiyat qozonmas, Birortasi Dovud taxtiga chiqa olmas. Yahudoda ular hech qachon hukmronlik qilmaydilar.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18