Galatiyaliklarga maktub 4 bob

8 Pavlus Galatiyaliklar uchun qayg‘uradi. 21 Ibrohimning ikki o‘g‘li va ularning onalari misoli.

1 Men bunday demoqchiman: merosxo‘r hali yosh bola ekan, garchi u butun mulkning egasi bo‘lsa ham, quldan hech farq qilmaydi.
2 U otasi belgilagan fursatgacha vasiyga va uy–ro‘zg‘orni boshqaruvchi xizmatkorga bo‘ysunadi.
3 Xuddi shu singari, bizlar ham oldin bolalarday edik. Xurofot kuchlariga qul edik.
4 Muddat bitgandan keyin, Xudo O‘z O‘g‘lini yubordi. Bu o‘g‘il qonun ostidagi hayot uchun ayoldan tug‘ildi.
5 Xudoning O‘z O‘g‘lini yuborishdan maqsadi bizni qonun ostidagi hayotdan xalos etib, O‘ziga farzand qilib olish edi.
6 Biz Xudoning farzandlari ekanligimizni ko‘rsatish uchun U yuragimizga O‘z o‘g‘lining Ruhini yubordi. Bu Ruh orqali biz Xudoni: “Ota! Otajon!” deb chaqiramiz.
7 Demak, endi siz qul emas, balki farzandsiz. Farzand ekansiz, Xudoning sharofati bilan U va’da qilganlarga egasiz.
8 Oldin sizlar Xudoni bilmagan paytingizda, asli xudolar bo‘lmagan kuchlarga qul edingiz.
9 Endi esa Xudoni bilasizlar, to‘g‘rirog‘i, Xudo sizlarni biladi. Shunday ekan, qanday qilib yana o‘sha kuchsiz, qadrsiz xurofotlarga qaytyapsiz?! Yana o‘shalarga qul bo‘lishni xohlaysizmi?!
10 Sizlar belgilangan alohida kunlar, oylar, yillarga rioya qilib, diniy marosimlar o‘tkazyapsiz!
11 Sizlar uchun qayg‘uryapman! Nahotki sizlarni deb chekkan zahmatlarim bekor ketgan bo‘lsa?!
12 Ey birodarlar, sizlardan iltimos qilaman, menga o‘xshagan bo‘linglar, chunki men ham sizlarga o‘xshab qonun ostidagi hayotdan ozodman. Sizlar menga hech ham ozor bermagansiz.
13 O‘zingiz bilasiz, men sizlarga birinchi marta Xushxabar aytganimda, jisman ojiz edim.
14 Ojizligim tufayli sizlarga og‘irligim tushgan bo‘lsa ham, mendan nafratlanmadingiz, meni rad etmadingiz. Aksincha, meni Xudoning farishtasiday, xuddi Iso Masihning O‘zini qabul qilganday qabul qildingizlar.
15 Qani endi o‘sha xayrixohligingiz?! Axir, o‘zim shohidman: agar iloji bo‘lganda, hatto ko‘zlaringizni ham sug‘urib olib, menga bergan bo‘lardingiz!
16 Nahotki endi sizlarga haqiqatni aytganim uchun dushmaningiz bo‘lib qolgan bo‘lsam?!
17 Ba’zi birovlar sizlarni o‘zlariga og‘dirib olishga tirishmoqdalar. Lekin ular sizlarning foydangizni ko‘zlamayapti, balki bizni bir– birimizdan ajratib tashlamoqchi. Shunda sizlar ularning atrofida girdikapalak bo‘lasizlar.
18 Yaxshi g‘oyaga bag‘ishlanish yaxshidir. Lekin bu faqat men sizlarning oldingizdaligimda emas, balki doim shunday bo‘lishi kerak.
19 Bolalarim, men sizlarni yangidan tug‘ayotganday, to‘lg‘oq azobidaman. Maqsadim shuki, sizlarda Masihning tabiati namoyon bo‘lsin.
20 Sizlar meni taajjubga solib qo‘ydingiz! Qani endi sizlarning oldingizda bo‘lsam–u, boshqa ohangda gapira olsam!
21 Ey sizlar, qonun ostidagi hayotni afzal ko‘rganlar, menga aytinglar–chi, nahot sizlar Tavrotdagi qonunlarni tushunmasangizlar?!
22 Axir, unda yozilganlardan bilamizki, Ibrohimning ikki o‘g‘li bo‘lgan. O‘g‘illarining biri cho‘ridan, ikkinchisi esa ozod ayoldan tug‘ilgan.
23 Cho‘risiniki inson tashabbusi bilan, ozod xotininiki esa Xudoning va’dasiga binoan tug‘ilgan edi.
24 Bunda ramziy ma’no bor. Ikki ona Xudoning ikki ahdini bildiradi: birinchisi — qullar tug‘adigan Hojar bibi Sinay tog‘ida qilingan ahdning ramzidir.
25 Hojar Arabistondagi Sinay tog‘ini bildirsa–da, u yahudiy dinining markazi bo‘lgan hozirgi Quddusning ramzidir. Axir, Quddus va uning bolalari qullikdalar–ku.
26 Samoviy Quddus esa ozoddir: u bizlarning onamizdir!
27 Muqaddas Bitiklarda shunday yozilgan: “Ey bola ko‘rmagan bepusht ayol! Shod bo‘lgin! Ey to‘lg‘oq og‘rig‘ini bilmagan ayol! Xitob qil, hayqirgin! Axir, tashlab ketilgan ayolning bolalari Eri bor xotinnikidan ham ko‘proq bo‘ladi!”
28 Sizlar esa, ey birodarlar, Is’hoqqa o‘xshab va’daga binoan tug‘ilgan farzandlarsiz.
29 O‘sha zamonda tabiiy yo‘l bilan tug‘ilgan o‘g‘il Ruhning kuchi bilan tug‘ilgan o‘g‘ilni quvg‘in qildi. Hozir ham xuddi shunday.
30 Ammo bu haqda Muqaddas Bitiklarda nima deyilgan? “Cho‘rini va uning o‘g‘lini haydab yuboring. Chunki cho‘rining o‘g‘li ozod ayolning o‘g‘li bilan birga merosxo‘r bo‘lmaydi.”
31 Shunday qilib, ey birodarlar, biz cho‘rining emas, balki ozod ayolning farzandlarimiz.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18