Galatiyaliklarga maktub 2 bob

1 Quddusdagi havoriylar Pavlusning ishlarini ma’qullaydi. 11 Pavlus Antioxiyada Butrusga tanbeh beradi. 15 Inson faqatgina Masihga bo‘lgan imoni tufayli oqlanadi.

1 O‘n to‘rt yil o‘tgandan keyin, men Barnabo bilan birga yana Quddusga bordim. Titusni ham yonimga olgan edim.
2 Xudo menga bergan vahiyga binoan u yerga borgandim. O‘sha yerdagi jamoatning e’tiborli yetakchilari bilan alohida uchrashdim. Ularga g‘ayriyahudiylar orasida o‘zim targ‘ib qilayotgan Xushxabarning mohiyatini bayon etdim. Bunday qilishim oldingi qilgan va hozir qilayotgan ishlarim behuda ketmasligi uchun edi.
3 Hatto hamrohim Titus, yunon bo‘lishiga qaramay, sunnat qilinishga majbur etilmadi.
4 Ammo ba’zi soxta birodarlar bildirmaygina oramizga kirib olib, Iso Masih bizga ato etgan ozodlik haqida surishtirib ko‘rdilar. Ularning maqsadi bizni yana qullarga aylantirish edi.
5 Biz esa, Xushxabarning haqiqati doimo sizlar bilan bo‘lsin deb, ularga zarracha ham yon bermadik.
6 E’tiborli hisoblangan yetakchilarga kelganda esa (ular qanday martabaga ega bo‘lganlari menga baribir, zotan Xudo insonlar orasida tarafkashlik qilmaydi) shuni aytay, ular mendan boshqa hech nima talab qilmadilar.
7 Aksincha, yahudiylarga Xushxabar yetkazish Butrusga buyurilganday, g‘ayriyahudiylarga Xushxabar yetkazish menga buyurilganini ular tushunib yetdilar.
8 Axir, Butrusni yahudiylar orasida havoriylik faoliyatini ko‘rsatishga tayinlagan Xudo meni ham g‘ayriyahudiylar orasida xizmat qilishga tayinladi.
9 Shunday qilib, Xudo menga bu ish uchun alohida inoyat berganiga imonlilar jamoatining ustunlari hisoblangan Yoqub, Butrus va Yuhanno ishonch hosil qildilar. Men va Barnabo g‘ayriyahudiylar orasida, ular esa yahudiylar orasida xizmat qilishga rozi bo‘lib qo‘l tashlashdik.
10 Ular faqat bizdan, kambag‘allarga g‘amxo‘rlik qilishni davom ettiringlar, deb iltimos qildilar. Shaxsan men anchadan beri bu haqda jon kuydirardim.
11 Butrus Antioxiya shahriga kelganda, uning noto‘g‘ri ish tutayotganligini ochiqchasiga yuziga aytdim.
12 Chunki Quddusdan — Yoqubning oldidan ba’zi odamlar kelmasidan avval Butrus g‘ayriyahudiylar bilan birga yeb–ichib yurgan edi. Ammo ular kelgandan keyin Butrus sunnat tarafdori bo‘lganlardan xavotirlanib, o‘zini chetga olgandi va g‘ayriyahudiylar bilan birga bir dastruxonda o‘tirmasdi.
13 Shunda boshqa yahudiy masihiylar ham Butrusga o‘xshab ikkiyuzlamachilik qilishdi. Hatto Barnabo ham ularning ikkiyuzlamachiligi tufayli yo‘ldan ozdi.
14 Men esa ular Xushxabarning haqiqati bo‘yicha ish tutmayotganini ko‘rib, hammaning oldida Butrusga shunday dedim: “Mana siz yahudiy bo‘la turib, yahudiylar kabi emas, g‘ayriyahudiylar kabi yashayapsiz. Shunday ekan, qanday qilib g‘ayriyahudiylarni yahudiylar kabi yashashga majbur qila olasiz?”
15 To‘g‘ri, bizlar yahudiy naslidanmiz, gunohkor hisoblangan g‘ayriyahudiylardan emasmiz.
16 Lekin shuni bilamizki, inson qonunga amal qilish bilan emas, balki Iso Masihga bo‘lgan imoni orqali oqlanadi. Shuning uchun ham biz qonunga amal qilish bilan emas, Masihga bo‘lgan imonimiz tufayli oqlanamiz, deb Iso Masihga ishondik. Axir, hech kim qonunga amal qilish bilan oqlanmaydi.
17 Mana, biz Masih orqali oqlanishga intilyapmiz. Biz ham g‘ayriyahudiylar qatori gunohkor ekanligimizni bu ko‘rsatib turibdi. Demak, unday holda, gunohkorligimizning sababchisi Masih ekan–da? Yo‘q, aslo!
18 Ammo men o‘zim qulatgan qonun–qoidalar binosini qaytadan qurishga kirishadigan bo‘lsam, unda men yana qonunbuzar bo‘lib qolaman.
19 Axir, qonunning o‘zi meni o‘limga mahkum qildi. Endi men Xudo uchun yashay deb, qonun uchun o‘lganman. Men Masih bilan birga xochga mixlab qo‘yilganman.
20 Endi yashayotgan men emas, balki Masihdir. U mening hayotimni boshqaryapti. Hali tirik ekanman, Xudoning O‘g‘liga bo‘lgan imon bilan yashayman. Axir, U meni yaxshi ko‘rib, O‘zini men uchun fido qilgan.
21 Men Xudoning inoyatini inkor qilmayman. Agar qonunga amal qilish bilan oqlanish mumkin bo‘lganda edi, Masih behuda o‘lgan bo‘lardi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18