Galatiyaliklarga maktub 5 bob

1 Masih ozodlik ato etadi. 16 Ruh yetakchiligida hayot kechiring.

1 Bizga erkinlik berish uchun Masih bizni ozod qildi. Endi shu erkinlikni mahkam tutinglar, qaytadan qullik bo‘yinturug‘ini taqmanglar.
2 Mana, men, Pavlus, sizlarga aytyapman: agar sizlar sunnat qilinsangiz, Masih sizlarga hech qanday foyda keltirmaydi.
3 Sunnat qilinadigan har bir odamga yana ta’kidlab aytaman: u butun qonunni bajarishga majburdir.
4 Sizlar, qonunni bajarish bilan o‘zimizni oqlaymiz, deb Masihdan ajraldingizlar va o‘zingizni Xudoning inoyatidan mahrum qildingizlar.
5 Bizlar esa Ruhga tayanib, Xudo bizni imonimiz tufayli solih, deb e’lon qilishini intizorlik bilan kutyapmiz.
6 Iso Masihga tegishli bo‘lganlar orasida sunnat qilingan, qilinmaganlikning hech ahamiyati yo‘q. Faqatgina mehr–muhabbat orqali ifodalangan imonimiz muhimdir.
7 Sizlar imon yo‘lida olg‘a qadam bosayotgan edingiz. Xo‘sh, haqiqatga quloq solishingizga kim xalaqit berdi?
8 Albatta Xudo emas! Uning O‘zi sizlarni da’vat qilgan–ku!
9 Esingizda bo‘lsin, ozgina xamirturush butun xamirni achitadi!
10 Ishonamanki, sizlar bu xususda boshqacha fikr qilmaysizlar. Bu ishonchni Rabbimiz Isoning o‘zi menga berdi. Ammo sizlarning fikringizni chalg‘itayotgan, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, jazosini oladi.
11 Birodarlar, bordi–yu, men hamon sunnatni targ‘ib etayotgan bo‘lganimda edi, quvg‘inlarga duchor bo‘lmagan bo‘lardim. Bunday holda Iso Masihning xochdagi qurbonligi haqidagi targ‘ibotim hech kimning jahlini chiqarmasdi.
12 Qaniydi, sizlarni chalg‘itayotganlarning o‘zlari birato‘la bichilsa!
13 Ey birodarlar, sizlar ozod hayot kechirishga da’vat qilingansizlar. Lekin bu o‘zingizning xudbin istaklaringizga erk berish degani emas, aksincha bir–biringizga muhabbat bilan xizmat qilinglar, deganidir.
14 Axir, qonun: “O‘zgani o‘zingizni sevganday seving”, degan gapda mujassam.
15 Ehtiyot bo‘linglar! Hadeb tishlashib, g‘ajishavermanglar, bo‘lmasa oxiri bir–biringizni yeb bitirasiz!
16 Yana shuni aytayin: Ruh yetakchiligida hayot kechiring, shunda xudbin istaklaringizni qondirmaysiz.
17 Axir, o‘shanday insoniy istaklar Ruhga qarshi, Ruhning istaklari esa insoniy xudbin istaklarga qarshidir. Bularning ikkalasi bir–biriga qarshi, shuning uchun sizlar xohlaganingizni qila olmaysizlar.
18 Ammo Ruh sizni boshqarsa, siz qonunning amri ostida emassiz.
19 Xudbin istaklarga erk berish quyidagilarni keltirib chiqarishi hammaga ayon: fahsh–zino, harom–harishlik, axloqiy buzuqlik,
20 butparastlik, folbinligu issiq–sovuq qilishlar, dushmanlik, janjalkashlik, rashk, jahldorlik, g‘alamislik, nizolaru har xil guruhlarga bo‘linish,
21 baxillik, ichkilikbozlik, aysh–ishratga berilish va shularga o‘xshash ishlar. Sizlarni oldin ogohlantirgandim, yana ogohlantiryapman: bunday ishlarni qiluvchilar Xudo Shohligidan bahramand bo‘lmaydi.
22 Ruhning samarasi esa quyidagilardir: muhabbat, sevinch, xotirjamlik, sabr–toqat, mehribonlik, ezgulik, ishonch,
23 muloyimlik va o‘zini tuta bilish. Bu xislatlarga qarshi biror qonun yo‘q.
24 Iso Masihga tegishli bo‘lganlar o‘zlarining xudbin istaklarini va ehtiroslarini xochga mixlab qo‘yganlar.
25 Ruh hayotimiz manbayi ekan, endi Ruhning yetakchiligi ostida hayot kechirishimiz lozim.
26 Shuhratparast bo‘lmaylik, bir–birimizni gijgijlamaylik, baxillik qilmaylik.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18