Galatiyaliklarga maktub 3 bob

1 Qonunga amal qilish va Masihga ishonish haqida. 15 Xudoning va’dasi va qonunning g‘oyasi. 26 Masihga ishonganlar Xudoning farzandlaridir.

1 Ey befahm Galatiyaliklar! Kim sizlarni sehrlab qo‘ydi? Axir, Iso Masihningxochga mixlangani ko‘z o‘ngingizda aniq tasvir etilmaganmidi?!
2 Sizlardan faqatgina bir narsani so‘rab bilmoqchiman! Xo‘sh, sizlar Ruhni qanday qilib oldingizlar: qonunga amal qilish orqalimi yoki eshitganlaringizga ishonish orqalimi?
3 Sizlar shunchalik befahmmisizlar? Ruh qudrati bilan yangi hayot boshlagan ekansiz, endi uni o‘z insoniy kuchingiz bilan kamolga yetkazmoqchimisiz?
4 Tatib ko‘rganlaringizning hammasi behuda ketdimi? Nahotki, rostdan ham behuda ketgan bo‘lsa?!
5 Xudo sizlarga O‘z Ruhini ato etib, orangizda mo‘jizalar yaratmoqda. Nima deb o‘ylaysiz: U buni qonunga amal qilganingiz uchun qilyaptimi yoki eshitganlaringizga ishonganingiz uchunmi?!
6 Muqaddas Bitiklarda Ibrohim haqida shunday yozilgan: “U Xudoga ishondi, mana shu ishonchi uchun Xudo uni solih, deb bildi.”
7 Shundan bilinglarki, kim imonli bo‘lsa, o‘sha inson Ibrohimning avlodi, deb hisoblanadi.
8 Xudo dastavval Ibrohimga: “Barcha xalqlar sen orqali baraka topadilar”, deb Xushxabar keltirgan. Muqaddas Bitiklardagi bu oyat shuni ko‘rsatadiki, Xudo xalqlarni imon orqali oqlaydi.
9 Shuning uchun kim imonli bo‘lsa, Xudoga ishongan Ibrohim qatori Xudoning barakasidan bahramand bo‘ladi.
10 Qonunga amal qilish orqali Xudoni mamnun qilmoqchi bo‘lganlarning hammasi la’nat ostidadir. Axir, Muqaddas Bitiklarda: “Qonun kitobidagi amrlarning hammasini to‘liq bajarmaganlar la’nat ostidadir!” deb yozilgan–ku!
11 Shunday ekan, ko‘rinib turibdiki, qonunga amal qilish bilan hech kim o‘zini Xudo oldida oqlay olmaydi, zotan “solih inson imon tufayli hayotga ega bo‘ladi.”
12 Qonunni bajarish esa imonga asoslanmagan, “qonun amrlarini bajarganlar o‘sha amrlar tufayli hayotga ega bo‘ladi.”
13 Masih esa bizning o‘rnimizga la’natlanib, bizni qonun la’natidan xalos qildi. Axir, Muqaddas Bitiklarda: “Yog‘ochga osilgan har bir kishi la’natidir”, deb yozilgan–ku!
14 Shu yo‘sin g‘ayriyahudiylar ham Iso Masih orqali Xudoning Ibrohimga va’da qilgan barakalaridan bahramand bo‘ladilar, biz ham imon orqali Xudo va’da qilgan Ruhni olamiz.
15 Birodarlar! Hayotdan bir misol keltiray: odamning vasiyati tasdiqlangandan keyin uni hech kim bekor qilolmaydi va unga hech narsa qo‘sholmaydi.
16 Endi esa Xudoning Ibrohimga va uning zurriyotiga bergan va’dalariga qaraylik. Muqaddas Bitiklarda Ibrohimga: “Sening zotlaringga”, deb aytilmagan, aksincha, “Sening zurriyotingga”, deb aytilgan. Demak va’dada ko‘pchilik emas, balki faqat bir kishi, ya’ni Masih nazarda tutilgan.
17 Shuni aytmoqchimanki, Xudo Ibrohim bilan ahd tuzgandan so‘ng 430 yil o‘tgach qonun berildi. Ammo tasdiqlangan ahdni qonun kuchdan qoldirmadi, demak, Xudoning va’dasini bekor qilmadi.
18 Agar Xudoning in’omi insonlarning qonunga amal qilishiga ko‘ra beriladigan bo‘lsa, demak, va’daga ko‘ra berilmaydi. Ibrohimga esa Xudo O‘z in’omini va’da bo‘yicha berdi.
19 Unday holda qonun nima uchun berilgan? Qonun gunohkorligimizni ko‘rsatish uchun berilgandi. Ibrohimning va’da olgan zurriyoti kelmaguncha, bu qonun joriy bo‘lishi kerak edi. Qonun farishtalar tomonidan, bir vositachi orqali xalqqa berildi.
20 Vaholanki, odam bir o‘zi ish qilganda, vositachi kerak bo‘lmaydi. Tanho bo‘lgan Xudo esa va’da berganda hech bir vositachisiz beradi.
21 Xo‘sh, qonun Xudoning va’dalariga zidmi? Aslo! Agar abadiy hayot ato qilishga qodir bir qonun berilgan bo‘lsa edi, unda shubhasiz qonunga amal qilish bilan oqlansa bo‘lar edi.
22 Ammo Muqaddas Bitiklarga ko‘ra butun borliq gunohning tutqunidir. Shuning uchun va’da faqat Iso Masihga ishonish orqali ro‘yobga chiqadi va imonlilarga nasib bo‘ladi.
23 Imon yo‘li ayon bo‘lishidan avval, biz qonun nazorati ostidagi tutqunlar edik. O‘sha imon ayon bo‘lishini kutayotgan edik.
24 Boshqacha aytganda, qonun Masihga boshlovchi murabbiyimiz edi. Endi esa biz Masihga bo‘lgan imon orqali oqlanamiz.
25 Mana imon yo‘li ayon bo‘lgan ekan, biz endi murabbiyning tarbiyasida emasmiz.
26 Endi sizlar Iso Masihga bo‘lgan imoningiz orqali Xudoning farzandisizlar.
27 Sizlar suvda cho‘mdirilib, Masih bilan birlashdingiz. Har biringiz Masihga burkanib oldingiz.
28 Endi na yahudiy, na yunon bor, na qul, na ozod bor, na erkak, na ayol bor. Sizlar Iso Masihga tegishli bo‘lganingiz uchun, hammangiz birsizlar.
29 Sizlar Masihniki ekansizlar, demak Ibrohimning ham zurriyotisizlar, berilgan va’daning barakalaridan bahramand bo‘lasizlar.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18