12. AYUB
Ayub kitobidan

Bo'yash uchun rasm. chizish 12 (skachat) | PDF kitob va RUS
Bir vaqtlar Uz degan yurtda Ayub ismli boy odam yashardi. Bir kuni shayton bilan suhbatda Xudo aytdiki: “Ayub menga qanday itoat qilayotganini ko'ryapsanmi?”. Bunga shayton javob berdi: “Ayubga juda ko'p baraka berganing uchungina xizmat qiladi, lekin agar Sen undan bo’ylik olib qo’ysang, Ayub Seni la'natlaydi”.
Keyin Xudo shaytonga: “Sen undan bor narsasini olishing mumkin,”- deb aytdi.
Shayton Ayubga juda ko'p qayg'u keltirdi. Uning barcha ho'kizlari, eshaklari va tuyalari nobud bo'ldi. Uning qo'ylari olovda yonib ketdi. Ammo eng achinarlisi shundaki, kuchli shamol tufayli uy Ayubning bolalarini bosib qoldi va ularning hammasi vafot etdi.
Ammo Ayub Xudoni la'natlamadi. U Xudoga sajda qildi. Shayton yana Xudoga keldi va Xudo undan so'radi: “Ayub hali ham meni sevishini va itoat etishini ko'rdingmi?”.
Ammo shayton: “Agar Ayubni dardga yo’liqtirsang, u seni sevishdan to'xtaydi,”- dedi.
Xudo shaytonga: “Sen Ayubni dardga yo’liqtirishing mumkin, lekin uni jonini olma,”- deb ruxsat berdi.
Shayton Ayubni butun vujudini yaralar bilan qopladi, Shuning uchun Ayub o'zini juda yomon his qildi va og'riqdan azob chekdi.
Ayubning uch do'sti uning oldiga kelib, uning azob chekayotganini ko'rishdi. Nihoyat, Ayub shunday dedi: “Men tug'ilmaganim ma'qul edi. Mening azoblarim juda ko’p”.
Keyin uning do'stlari hamdardlik bilan: “Ayub, ehtimol sen yomon ish qilgandirsan va endi Xudo sizni jazolayabti. Iltimos, gunohlaringdan tavba qil va Xudo seni barcha azoblardan xalos qiladi,” - deb aytishdi.
Ammo Ayub qat'iy javob berdi: “Xudo biladiki, men muhtoj odamlarga yordam berdim va ularni xursand qildim. Odamlar mening maslahatlarimga quloq solishdi. Endi esa hatto yosh bolalar ham mening ustimdan kulishyabti”.
Ayubning do’stlari uzoq vaqt nasihat qilishdi. Ular Ayubning yomon ishlarni qilganiga amin edilar. Ayub, aksincha, to'g'ri ish qilganiga ishonardi. Shuning uchun ular suhbatni to'xtatdilar.
Ammo vaqt o’tib, Xudo quyun orasidan Ayubga ko'p savollar berdi. Ayub Xudoga javob berar ekan o'zini Uning oldida o’zini kichik va ojiz his qildi.
Xudo Ayubning do'stlariga: “Ayubga aytganlaringiz shafqatsiz va adolatsizdir, shuning uchun Ayubdan sizni jazolamasligim uchun ibodat qilishni so'rang,”- dedi.
Keyin Xudo Ayubga katta bo’ylik berdi. Xudo unga avvalgidan ikki baravar ko'p hayvonlar va ko'p farzandlar berdi. Ayub Xudoga sajda qildi va Xudo undan mamnun edi.
SAVOL JAVOB:
1. Ayubga kim ko'p azob berdi?
(Shayton Ayubga juda ko'p azob berdi)
2. Ayubning oldiga kim keldi?
(Ayubning do'stlari uning oldiga kelishdi)
3. Xudo Ayubdan mamnunmi?
(Ha, Xudo Ayubdan mamnun edi)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“Egamning nomiga hamdu sanolar bo’lsin!” (Ayub 1: 21).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар




































































































































































