40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
Matto 3:1-4:11; Yuhanno 2:1-11
Bo'yash uchun rasm. chizish 40 (skachat) | PDF kitob va RUS
Yahyo ulg'aygach, Xudo aytgan ishlarni qila boshladi. Yahyo gunohlardan tavba qilish va yaxshilik qilish haqida va'z qildi.
Yahyo odamlarga: “Tez orada Iso keladi,”- deb bashorat qildi. Yahyo odamlar Isoni tinglashga va unga ergashishga tayyor bo'lishlarini xohlardi. Iordan daryosida Yahyo odamlarni suvga cho'mdirdi. Bir kuni Iso Yahyoning oldiga kelib, Yahyodan uni suvga cho'mdirishni so'radi va barcha bashoratlarni bajarishi kerakligini aytdi. Yahyo Iordan daryosida Isoni suvga cho'mdirdi. Ular suvdan chiqqanlarida, Xudoning ruhi osmondan kaptar shaklida, Isoga tushdi. Osmondan kelgan ovoz: “Bu mening sevikli o'g'limdir, Undan nihoyatda mamnunman”, dedi.
Ko'p o'tmay, Iso cho'lga ketdi va u yerda qirq kun va qirq kecha bo’ldi. Shayton Isoni gunoh qilish uchun vasvasaga soldi, lekin Iso shayton aytgan hech narsani qilmadi. Iso Muqaddas bitiklardagi so'zlar bilan shaytonga javob berdi. Xudo Isodan mamnun bo'lib, unga yordam berish va tasalli berish uchun farishtalarni yubordi.
Bir kuni Iso va uning onasi to'yga borishdi. U yerda uning ko'p do'stlari bor edi. Ularda mazali taomlar va sharob bo’lib, ular zavq bilan vaqt o’tkazishar edi.
Ammo bir muncha vaqt o'tgach, sharob tugadi. Isoning onasi do'stlarida endi sharob yo'qligini bilar edi va Isoga: “Ularda boshqa sharob yo'q,”- dedi.
Keyin esa Isoning onasi xizmatkorlarga: “Iso aytgan ishni qiling,”- dedi.
Yaqin atrofda oltita katta suv uchun xumlar bor edi. Iso: “Xumlarni suv bilan to'ldiring,”- dedi.
Xizmatkorlar ularni suv bilan to'ldirganda, Iso: “Endi suvdan to’yboshiga olib boring,”- deb aytdi.
Bir oz tatib ko'rgach, to’yboshi xitob qildi: “Bu men ishgan eng yaxshi sharob! Dasturxonga avval yaxshi sharob tortilishi kerak edi!”
Iso aql bovar qilmaydigan mo’jizalar qildi! U suvni sharobga aylantirdi! Bu uning birinchi mo’jizasi edi. Do'stlari uning Xudoning O'g'li ekanligiga ishonishdi.
SAVOL JAVOB:
1. Yahyo odamlarni qayerda suvga cho'mdirdi?
(Yuhanno Iordan daryosida odamlarni suvga cho'mdirdi).
2. Iso shayton aytgan ishlarni qildimi?
(Yo'q, Iso shayton aytgan ishlarni qilmadi).
3. Iso yaratgan birinchi mo’jiza nima edi?
(Iso suvni sharobga aylantirdi)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“Bu mening Sevikli o'g'limdir” (Matto 3:17).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар