G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) 9 bob

Klayv Styeyplz Lyuis G‘alamisning xati- (9-xat) Kitob O'zbek tilida

Ғаламиснинг хати  (Клайв Стейплз  Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб Klayv Styeyplz Lyuis. G‘alamisning xati. Audiokitob O'zbek tilida


TO‘QQIZINCHI XAT

Qadrli Razilginam!

Oxirgi xatim hozir vasiyligingdagi kishi boshdan kechirayotgan bo‘m–bo‘shlik yoki “jarangsizlik” davri senga uning qalbini tayyorgina olib kelmaydi, bu yerda tirishqoqlik bilan ishlash kerak. Sening ishing qanday shaklda bo‘lishini hozir tushuntiraman.

Avvalambor, ruhiy navbatlashuv zanjiridagi tanazzul davrlari hissiy ko‘ngilxushlikliklar, ayniqsa, jinsiy nafs balosi uchun ajoyib imkoniyatlar beradi. Bu seni hayron qoldiradi, chunki jismoniy quvvat, va tegishlicha, shahvoniylik ruhiy jonlanishlar davrida ko‘proq jadallashadi. Lekin esingda tut, ichki qarshilik kuchlari ham aynan shu davrlarda tobora mustahkamroq. Sen shahvoniy nafsni uyg‘otish uchun foydalanmoqchi bo‘layotgan sog‘lik va tetik holatni, afsuski, ishlar, o‘yinlar, mulohaza yuritishlar yoki begunoh xursandchilik uchun qo‘llash mumkin. Agar odamning ichki dunyosi zerikarli, sovuq va bo‘m–bo‘sh bo‘lsa, bizning hujumimizda muvaffaqiyat uchun ko‘proq imkoniyat mavjud. Tanazzul vaqtidagi hissiy sezgi tetiklik davridagi hissiylikdan sifat jihatidan farq qiladi. U odamlar “sevib qolganlik” deb ataydigan bo‘tana holatni keltirib chiqarishi ehtimoli ancha kam. Tanazzul vaqtidagi hissiy sezgirlikni buzuqlik yo‘liga solib yuborish oson, bu hissiylik bizni insonning shahvoniy nafsidan ko‘nglimizni ko‘proq qoldiradigan olijanoblik, xayolot va hatto ruhiylik shiddatiga kamroq berilgan. Odamning boshqa tuyg‘ulari bilan ham ahvol shunday. Senda vasiyligingdagi kishini ashaddiy piyonista qilishga erishish imkoniyati katta. Bunda u muloqot qilishlar va ko‘ngilxushlik uchun do‘stlari davrasida emas, balki hamma narsani esdan chiqarish va charchoq damlarida qadah ko‘targani yaxshiroq. Har doim esingda tut, sog‘lom, me’yordagi va samarali shakldagi ko‘ngilxushlik Dushmanning harakati doirasida joylashgan. Men ko‘ngilxushlikliklar yordamida ko‘plab qalblarni qo‘lga kiritganimizni bilaman. Shunga qaramay, rohat — bizning emas, Uning kashfiyoti. U hamma quvonchlar va ko‘ngilxushlikliklarni yaratgan, bizning ilmiy tadqiqotlarimiz esa haligacha natija keltirmadi. Biz faqat odamlarni bu narsani U taqiqlagan paytda rohatlanishga undashimiz mumkin, xolos. Shuning uchun biz hamisha odamni tabiiy rohatlardan tabiiyligi kamroq bo‘lgan, o‘z Yaratuvchisi bilan aloqani yo‘qotgan va kamroq quvonch bag‘ishlaydigan rohatlarga olib o‘tishga urinamiz. Bu yo‘lda inson tanazzulining ifodalanishi shunday: tobora ko‘proq chanqoqlik, tobora kamroq rohatlanish. Bu zamonaviy axloq rasm–rusm ruhidagi ishonchli yo‘ldir. Odamning qalbini egallab olish va buning o‘rniga unga hech narsa bermaslik — bizning otamiz uchun haqiqiy shodlikdir. Tanazzul davrlari esa — bunday jarayon uchun eng yaxshi vaqt.

Lekin bu davrlardan yanada yaxshiroq foydalanish mumkin: mijozning o‘z tanazzuli haqidagi fikrlaridan foydalan. Har doimgidek, bu yerda asosiysi — uning xohish–irodasini aqldan uzoqroqda tutib turish. U to‘lqinsimon navbatlashuv qonunini xayoliga keltirishiga ham yo‘l qo‘yma. Undagi dastlabki jo‘shqinlik tinmasligi kerak, buni doim qo‘llab–quvvatlab turish zarur, hozirgi jarangsizlik esa – o‘zgarmas holat degan fikrda ushlab tur. Sen unda mana shu yolg‘on ta’limotni mustahkamlashing bilanoq, turli xil usullar bilan harakat qila olasan. Hammasi mijozing vasvasalar bilan tushkunlikkacha olib borish mumkin bo‘lgan, ruhi osongina tushadigan turiga yoki hammasi yaxshi deb ishontirish mumkin bo‘lgan, qalbaki umidlarga bajonu dil yopishib oladigan odamlar turiga kirish–kirmasligiga bog‘liq. Birinchi tur hozir kam uchraydi. Agar mijozing shunga kiradiganligi aniqlansa, hammasi juda oson. Sen faqat uni masihiylardan uzoqroq tutishing (hozir bu qiyin emas), unga Bitiklardagi mos keladigan joylarni ko‘rsatishing kerak va u umidsiz vazifa – o‘zining irodasi bilan eski tuyg‘ularini tiklash ustida mehnat qilaversin. Shunda g‘alaba biz tomonda. Agar u umidlar bilan qoniqadigan odamlardan bo‘lsa, — uni o‘z ruhining past haroratiga rozi bo‘lishga va bu harorat unchalik ham past emasligiga ishontirib, asta–sekin shu bilan qoniqishga majbur qilamiz. Ikki haftalardan so‘ng, imonga kirgan dastlabki kunlardagi hislari ancha bo‘rttirib yuborilmaganmikin deb o‘ylash unga yomon ko‘rinmay qoladi. U bilan “hamma narsada me’yorni bilish kerak”ligi haqida gaplashib ko‘r. Agar iloji bo‘lsa, uni “Ishonish yaxshi, lekin haddan ortiq kerakmas” degan fikrga olib kel. “Me’yordagi” din biz uchun umuman ishonmaslik kabi yaxshi va kulgiliroqdir.

Boshqa imkoniyat — imonga bevosita hujum. U sening mehnatlaring orqali tanazzulni doimiy  holat deb qabul qilsa, oldingi hamma davrlar kabi “diniy davr” ham yakuniga yaqinlashayotganiga uni ishontira olmaysanmi? Tabiiyki, “men bunga qiziqishimni yo‘qotayapman” degan ta’kid va “demak, bu yolg‘on” degan xulosa o‘rtasida hech qanday mantiqiy aloqa yo‘q. Lekin senga aytib o‘tganimdek, aqlga emas, o‘ziga bino qo‘ygan safsataga tayanishing zarur. “Davr” degan oddiy so‘zdan, butun fitna ishga tushadigan ko‘rinadi. Menimcha, vasiyligingdagi kishi bir necha davrdan o‘tgan (hamma bu davrlardan o‘tgan) va o‘zini tajribaliroq, oldingi davrlardan ustunroq his qiladi, ularga tanqidiy yondashgani uchun emas, shunchaki ular ortda qolgani uchun. Umid qilamanki, sen Taraqqiyot, Rivojlanish va Tarixiy Nuqtai Nazar haqidagi g‘ira–shira g‘oyalar bilan uni yaxshi oziqlantirayapsan, unga yetarlicha zamonaviy tarjimai hollarni berayapsan–a? Ulardagi odamlar har doim turli davrlardan o‘tishadi.

Mohiyat senga tushunarlimi? Uning ongini “yaxshi” va “yomon” o‘rtasidagi oddiy farqdan uzoqroq ushlab tur. “Menda shunday davr bo‘lgandi...”, “Men... dan o‘tganman” kabilar juda yoqimli va g‘ira–shiradir.: “Men ulg‘ayganman”, deb aytadigan hushyor odamni e’tiboringdan chetda qoldirma.

Seni yaxshi ko‘ruvchi amaking G‘alamis.


Книга на Узбекском языке: «Письма Баламута» (Клайв Стейплз  Льюис)

«Письма Баламута» Клайва Льюиса — уникальное произведение. Это и повесть в лучших традициях эпистолярного жанра, и философская притча, и аллегорическое религиозное наставление.

«Письма Баламута» — рассказ Клайва Льюиса 1942 года, написанный в традициях эпистолярного жанра в котором за внешне забавной историей скрываются серьезные духовные проблемы.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак