To‘g‘ri qarorlar izlab. (Josh Makdauell va Bob Xostetler) 9 bob

JOSH MAKDAUELL va BOB XOSTETLER

TO‘G‘RI QARORLAR IZLAB

O‘smirlarning har kungi o‘qishlari uchun

 366 jozibakor lavhalar

YANVAR - FEVRAL - MART - APREL - MAY - IYUN - IYUL - AVGUST - SENTYABR - OKTYABR - NOYABR - DEKABR

ANNOTASIYA

Mazkur kitob biz har kuni duch keladigan hayotiy muammolarga to‘g‘ri qarorlarni topgan holda, ularni oqilona hal etish uchun Muqaddas Kitobdan qanday foydalanish kerakligini ko‘rsatadi. Siz ega bo‘lgan narsalaringiz uchun o‘zingizda Xudoga minnatdorchilik hissini uyg‘otgan holda imkon qadar ko‘proq ibodat qilish, o‘z harakatlaringizni tahlil qilish, itoatkorlik ruhida ish tutib odamlarga xizmat qilishning imkoniyat va usullarini izlash zarur ekanligini tushunib olasiz.Tugri qarorlar izlab kitob uzb

  

KIRISH. To‘g‘ri qarorlar izlab: har bir kun uchun vazifa

DINOZAVRLAR VA KINOYULDUZLAR.

Teleo‘yin.

Misha aka va Masha singil.

To‘lin oy va uchayotgan kometalar.

Televizion yangiliklar dasturi

“Iyerixon uchun kurash: bir kundan so‘ng”.

Jinlar va shaytonlar; o‘yinlar va hazillar; olimlar va fermerlar; qarg‘a va kanareyka; testlar va savolnomalar va hattoki g‘aroyib kaltakesak Mikatu – siz bularning barchasini ushbu kitobning sahifalaridan topasiz. Josh Makdauellning “O‘smirlar uchun har kungi mutolaa” kitobi bu har bir kunda to‘g‘ri qarorlarni izlash va mulohaza yuritish uchun ozuqadir. Birinchi yanvardan boshlanadigan “Andreyning kurtkasi” nomli maftunkor sayohat toki 31 dekabrdagi “Foydali orzular” nomli mutolaagacha jami 366 jozibakor lavhalarni qamrab oladiki, ular sizni to‘g‘ri qarorlarni nojoizlaridan farqlab olishingizga hamda doimo to‘g‘ri tanlov qilishingizga yordam beradi.

Har kungi mutolaa shu kungi hayotingizda haqiqatni qo‘llashda yordam beradigan Muqaddas Kitobdan qisqa parchalarni, asosiy oyatlarni, bir qancha masala va maslahatlarni, shuningdek, qisqacha ibodatlarni o‘z ichiga oladi. Ammo harqalay hech bir kun boshqasiga o‘xshamaydi. Ayrimlari qisqacha hikoyani taqdim etsa, boshqasi testni tavsiya etadi; nimadir sizni kulishga undashi yoki dilingizni o‘rtashi mumkin; ba’zi hikoyalar o‘ylab topilgan, boshqalari esa haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Shu bilan birgalikda, har kungi mutolaa sizni mulohaza yuritishga va “mana shu buzuq va egri nasl orasida Xudoning nuqsonsiz, aybsiz va pok farzandlari bo‘lishingiz”ga undaydi (Filippiliklarga 2:15).


O‘smirlarning har kungi o‘qishlari uchun (Uzbek tilida kitob)
SENTYABR

 

1 SENTYABR. CHUMOLIBEK VA CHUMOLIBONU

Kalomdan o‘qish: Hikmatlar 6:6-11

Ey tanbal, chumolilarga bir qara, ularning hatti-harakatlarini ko‘rib dono bo‘l (Hikmatlar 6:6)

 

QISH BOSHLANGANIDA Chumolibek va uning xotini, Chumolibonu o‘z omborlarida don-dunni saralab turganlarida, oldilariga chigirtka kelibdi.

– Salom, muhtaram Chumolilar, – debdi u. U hurmat ma’nosida shlyapasini ham yechgan bo‘lardi-yu, ammo chigirtkalar bosh kiyimi kiyishmasdi. – Men qanchalik qattiq ishlayotganlaringizni ko‘rayapman; balki, sizlarda ortiqcha bir qancha don qolgandir-a? – Chigirtka yo‘talgancha, tan olibdi:

– Men ochimdan o‘lay deyapman.

Er-xotin Chumolilar bir daqiqa ishdan to‘xtashibdi.

– Axir senda bizda bor kabi zahiralaring yo‘qmi – so‘rabdi Chumoli erkak.

Chigirtka ayanchli jilmayibdi:

– Bilasizmi, men yoz bo‘yi o‘tloqda kuylab yurdim. Ishlashga vaqtim yo‘q edi.

Er-xotin Chumolilar tushungan ma’noda bosh irg‘ashibdi.

– Hammasi tushunarli, – debdi Chumolibek. – Sen yoz bo‘yi kuylab yurgansan, shuning uchun qishda yeyishga hech narsang yo‘q.

Er-xotin Chumolilar endi chigirtkaga e’tibor bermay, yana o‘z ishlari bilan mashg‘ul bo‘lishibdi.

Mashhur masal asosidagi bu voqea, ishlash dangasalikdan afzal ekanligini ko‘rsatadi. Ishlash istagi – bu yaxshi. Ishlashni xohlamagan odamga qoyil qolmaslik kerak; u faqat achinishga va nafratga loyiq. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Ey tanbal, chumolilarga bir qara, ularning hatti-harakatini ko‘rib dono bo‘l. Ularning na rahbari, na nazoratchisi, na hukmdori bor. Lekin ular yozda oziq to‘plashadi, o‘rim paytida don-dun yig‘ishadi. Sen-chi, tanbal, qachongacha uxlaysan?! Qachon o‘rningdan turasan? Bir oz uxlay, bir mizg‘ib olay, yonboshlab birpas dam olay”, deysan. Shuning uchun qashshoqlik yo‘lto‘sarday, muhtojlik qaroqchiday ustingga keladi” (Hikmatlar 6:6-11).

Qattiq mehnat qilgan odam – maktabda, uyda, ishda – hurmatga va hayratlanishga munosib, negaki, Muqaddas Kitobda aniq aytilgan: ishlash – yaxshi, mehnatkash bo‘lish – to‘g‘ri va haqqoniydir.

MULOHAZA QILGIN: Sening tanishlaringdan eng mehnatkashi kim? Sen unga qoyil qolasanmi? Agar shunday bo‘lsa, nima uchun? Agar unga qoyil bo‘lmasang, buning sababi nima? Sen ko‘proq kimga o‘xshaysan (ishga munosabatda): chumoliga, chigirtkaga, shilliq qurtga yoki yo‘l o‘rtasidagi nimjon chuvalchangga? Nima uchun?

HARAKAT QIL: Bugun g‘ayrat bilan ishlaydigan biror kishini kuzatgin. Vaqt topib, senga berayotgan ibrati uchun unga minnatdorchilik bildirgin.

IBODAT: “Rabbim, mehnatsevarlikni qadrlashim va yalqovlikka berilmasligim uchun menga yordam ber”.

 

 

2 SENTYABR. OSHPAZMI, DURADGORMI YOKI BANK XODIMI?

Kalomdan o‘qish: 1 Salonikaliklar 4:11-12

...osoyishta hayot kechirishni, o‘z ishingiz bilan mashg‘ul bo‘lishni, qo‘llaringiz mehnati bilan tirikchilik qilishni o‘z oldingizga maqsad qilib qo‘ying (1 Salonikaliklar 4:11).

 

SENGA QACHONLARDIR shunday savol berishganmi: “Ulg‘ayganingda kim bo‘lmoqchisan?”

Harqalay, ko‘p bora eshitgansan, to‘g‘rimi? Sen tez-tez bu savolni eshitganingda, o‘ylab o‘tirmasdan javob qaytargansan: “Katta odam bo‘laman!” yoki “Bo‘yi ikki metr amaki bo‘laman!”

Harholda, ulg‘ayganingda kim bo‘lib ishlashing haqida ham o‘ylab ko‘rgansan. Ehtimol, shifokor yoki pop-musiqa yulduzi bo‘lishni orzu qilgandirsan. Balki, uchuvchi, poygachi yoki yer tekislovchi mashinaning haydovchisi bo‘lging kelgandir. Balki, mashhur futbol jamoasida o‘ynashni yoki razvedkada ishlashni xohlagandirsan. Ehtimol, fermer bo‘lishni yoki ilon o‘rgatuvchi (morboz) bo‘lish istaging bordir. Balki, kinoyulduz bo‘lishni o‘z oldingga maqsad qilib qo‘ygandirsan.

Biroq hattoki sen kim bo‘lmoqchi ekanligingni aniq bilganingda ham, o‘zingga bir muhim savolni berishing kerk: “Men ishlashni bilamanmi?”

Ko‘plab yoshlar vaqtlarini ulg‘ayganlarida kim bo‘lishlari haqidagi orzularga berilgan holda o‘tkazishadi, ammo buning uchun hech nima qilishmaydi. Ha, ularga onalari buyruq bersa, chiqindini chiqarib tashlashadi, lekin maktabda va hattoki oliygohda o‘qib yurganlarida ham tirishqoqlik bilan izlanish va ishni oxirigacha bajarish ko‘nikmasini o‘zlashtirisholmaydi.

Albatta, yaqin kelajakda o‘z ta’minoting uchun ishlash tashvishi sening yelkangga tushmaydi. Hozircha senda saboq olish uchun vaqting bor – maktabda, uyda va hattoki jamoatda. Ishlashni o‘rganishing uchun bu vaqtdan foydalan. Xudoning amrlarini halol va qunt bilan bajargin. (Qarang: Efesliklar 4:28; 1 Salonikaliklar 4:11; 2 Salonikaliklar 3:12.) Keyingi safar uy vazifasini bajarganingda yoki onangga uy ishlarida yordam berganingda bu haqda yodingda tut.

MULOHAZA QILGIN: Yuqorida qayd etilgan kasblardan qaysi biri seni qiziqtiradi? Ular orasida bo‘lmasa, qaysi kasb senga yoqadi? Nima deb o‘ylaysan, bu haqda o‘ylab ko‘rishning vaqti kelmadimi? “Ishda dangasa bo‘lgan odam buzg‘unchiga og‘aynidir” (Hikmatlar 18:9) deganlariga ishonasanmi? Nima uchun “ha” va nima uchun “yo‘q”? Sen ishlashni bilasanmi? Nima uchun “ha” va nima uchun “yo‘q”? Sen o‘zingni mehnatkash deya hisoblaysanmi? Nima uchun “ha” va nima uchun “yo‘q”? Sen oxirgi marta qachon chindan ham zo‘r berib mehnat qilgansan? Mehnat qilishni qanday o‘rganishing mumkin?

HARAKAT QIL: Ota-onang yoki do‘stlaringdan seni mehnatkashliging haqidagi fikrlarini so‘rab ko‘r. Bu borada o‘zingni rivojlantirish uchun ularning maslahatlarini so‘ra.

IBODAT: “Rabbim, meni O‘zing amr etganingdek, yaxshi mehnatkash bo‘lishga o‘rgat. Agar boshqalar yomon mehnatchi ekanligimni aytishsa, xafa bo‘lishimga yo‘l qo‘yma. Ishlashni o‘rganishimga yordam ber”.

 

 

3 SENTYABR. YALQOV MASIHIYLAR

Kalomdan o‘qish: 2 Salonikaliklar 3:6-12

Mana shunday odamlarga Iso Masih nomi bilan buyurib aytamizki, tinchgina o‘z ishlaringiz bilan mashg‘ul bo‘ling, nonni peshona teringiz bilan topib yeng (2 Salonikaliklar 3:12).

 

HAVORIY PAVLUS HAYOT BO‘LGAN QADIM DAVRLARDA Salonika nomli shahar bor edi. Biz bilamizki, Pavlus bu shahardagi masihiylarga kamida ikkita maktub yozgan, negaki ular Yangi Ahdda bayon etilgan – Salonikaliklarga Birinchi va Ikkinchi maktublar.

Salonikaliklarning jamoatida dangasalar ko‘p bo‘lganga o‘xshaydi. Ehtimol, ular hech nima qilmay, divanda o‘tirgancha seriallar tomosha qilishgan, pochta orqali turli mahsulotlarni buyurtma qilishgan yoki pishiriqlar yeyishgan. Boshqalari esa ayvonda yengil kursiga o‘tirib olib, kokteyl ichishgan, qo‘shnilari haqida g‘iybatlashishgan va yerga tuflashgan.

“Siz qayoqdan bilasiz?” – deb so‘rashing mumkin. Salonikaliklarga 2 maktubning 3-bob, 6-12-oyatlarini o‘zing o‘qib ko‘rgin.

Pavlus bu oyatlarni salonikaliklar jamoatidagi vaziyatni o‘nglash uchun yozgan. U hattoki shunday yozadi: “Birodarlar, Rabbimiz Iso Masih nomi bilan sizlarga buyuramiz: dangasalik qilayotgan, biz bergan ta’limotlarga ko‘ra yashamayotgan birodarlardan uzoqroq yuring” (2 Salonikaliklar 3:6). U so‘ngra masihiylar ushbu qoidalarga amal qilishlarini taklif etadi: “Ishlamagan tishlamaydi” (2 Salonikaliklar 3:10). Havoriy o‘z maktubidagi bu mavzuni yaqqol amr bilan yakunlaydi, ya’ni “...tinchgina o‘z ishlaringiz bilan mashg‘ul bo‘ling, nonni peshona teringiz bilan topib yeng” (2 Salonikaliklar 3:12).

Sen satrlar orasidagi ma’noni uqiy olasan, to‘g‘rimi? Bu jamoatda yalqovlik qilib, ishlamaydigan odamlar (masihiylar!) bor edi. Salonika jamoati dangasa masihiylarga to‘lib ketgandi. Pavlus shunday deydi: “Bizga bundaylar kerak emas!” Nima uchun? Negaki Xudo ishlashni amr etgan. Nega U buni buyurgan? Negaki U xayrli, halol, astoydil mehnatni qadrlaydi. Xudo tirishqoqlik bilan bajariladigan ishni qadrlar ekan, biz ham shunday bo‘lishimiz kerak, to‘g‘rimi?

MULOHAZA QILGIN: Nima deb o‘ylaysan, Pavlus nega salonikaliklarga ishlashlarini amr etadi? Senga mehnat qilishing uchun maslahat berishganmi? Nima uchun? Agar sen salonikalik masihiylardan biri bo‘lib, senga ishlashni buyurganlarida, qanday munosabat bildirgan bo‘larding? Nima uchun?

IBODAT: “Ota, men yalqovligi va bekorchiligi bilan tanilgan salonikalik masihiylardek bo‘lishni istamayman. Men mehnatkash sifatida tanilishni istayman. Sen mehnatni qanday qadrlaganing kabi, menga ishlashni va mehnatni qadrlashni o‘rgat”.

 

 

4 SENTYABR. HARAKATDAGI XUDO

Kalomdan o‘qish: Yuhanno 5:1-9, 16-17

Ular esa, Isoni Shabbat kunida bunday ishlar qilib yurgani uchun quvg‘in qila boshladilar. Ammo Iso ularga shunday dedi: - Mening Otam shu kungacha O‘z ishini qilib kelyapti, Men ham O‘z ishimni qilaman (Yuhanno 5:16-17).

 

ISO YASHAGAN DAVRDA din arboblari Uni va shogirdlarini shanba qoidalariga amal qilmaslikda ayblaganlarida, Iso shunday degan: “Mening Otam shu kungacha o‘z ishini qilib kelyapti, Men ham O‘z ishimni qilaman” (Yuhanno 5:17).

Ehtimol, sen bu haqda o‘ylab ko‘rmagandirsan, ammo ko‘pchilik odamlar Xudoni ishlovchi tariqasida tasavvur qilisholmaydi. Uni samolar uzra bulutlar ustida turganligini tasavvur qilishadi. Yoki ulkan samoviy qasrdagi taxtda o‘tirib, nima xohlasa bir barmoq qisirlatishi bilan muhayyo etadigan holatda ko‘z oldilariga keltirishadi. Yoxud yuqori qavatda yashab, pastda g‘imirlayotgan odamlarga va qayoqqadir shoshilayotgan mashinalarga yuqoridan erinchoqlik bilan nazar tashlayotgan odamga qiyoslashadi.

Umuman olganda, Xudo nima uchun ishlashi kerak ekan? Bu unga mutlaqo shart emas; Unda har qanday topshiriqlarini bajaradigan turli farishtalar bor. U doimiy ta’tilga ketishi mumkin. U barmog‘ini qisirlatib, Karib orollarida O‘ziga shaxsiy jannat yaratishi va hech nima qilmasdan umrining oxirigacha (ya’ni, juda uzoq vaqt, negaki, U abadiy!) faqat kivi yeb, limonad ichib o‘tirishi mumkin.

Ammo Iso Xudoning ishlayotganini aytgan. U shunday degan: “Mening Otam mehnat qilishdan to‘xtamaydi; Xudo hamisha O‘z majburiyatlarini bajaradi!” U hamisha mehnat qiladi. U – harakat Xudosi. U hattoki hech qachon uxlamaydi (qarang: Zabur 120:4).

Xudo ishlaydi, negaki Uning tabiati shunday. U – harakat Xudosi. U yalqovlikni bilmaydi. Demak, Xudo – harakat Xudosi, mehnat qiladigan Xudo ekan, ishlash – bu yaxshi; astoydil qattiq mehnat – bu yaxshi. Sening osmono‘par binolar qurishing, mashina yuvishing, ko‘cha harakatlarini boshqarishing, kompyuter dasturlarini ishlab chiqishing, gamburgerlar tayyorlashing yoki ma’ruzalar yozishing muhim emas! Xudo har qanday mehnatni qo‘llab-quvvatlaydi, negaki Uning O‘zi ham mehnat qiladi.

MULOHAZA QILGIN: Sen Xudoni biz yuqorida keltirganimiz kabi tasavvur qilganmisan (bulutlar ustida dam olayotgan, taxtda o‘tirgan va h.k.z.)? Bugungi mutolaamizdan so‘ng Xudo haqidagi tasavvuring o‘zgardimi? Nima uchun “ha” va nima uchun “yo‘q”? Nima deb o‘ylaysan, Xudoga qanday mehnat afzal?

IBODAT: “Ota, hamisha mehnat qilayotganing uchun Senga rahmat. Doimo mening ibodatlarimni eshitishga tayyor bo‘lganing va ularga javob berganing uchun Sendan minnatdorman. Iltimos, mening mehnatimni Senga manzur bo‘lganidek qilishim uchun menga yordam ber”.

 

 

5 SENTYABR. DONONING UZUMZORI

Kalomdan o‘qish: Hikmatlar 24:30-34

Dangasa qo‘llar qashshoqlik keltiradi, tirishqoq qo‘llar esa boylik (Hikmatlar 10:4).

 

KO‘P YILLAR MUQADDAM bir dono yashab o‘tgan ekan. U yerga ishlov bergan. U o‘limi arafasida oldiga uchta o‘g‘lini chaqiribdi

-    O‘g‘illarim, - debdi u. – Men yaqinda o‘laman, shu bois sizlarga ba’zi gaplarni aytmoqchiman.

U bir nafas jim qolibdi. Uchta o‘g‘il diqqat bilan eshitish uchun engashibdilar.

-    Uzumzorim hududida, - shivirlabdi yer egasi, - xazina ko‘mib qo‘yilgan. Chuqurroq kavlanglar, ana o‘shanda uni topasizlar.

Ota tez orada vafot etibdi, farzandlari esa qo‘llariga cho‘kich va belkurak olib, bog‘ga qarab yugurishibdi.

-    Tasavvur qiling-a, biz xazinani topib olganimizda nima bo‘ladi! – deyishibdi ular bir-birlariga. – Biz nima xohlasak sotib olishimiz, ishlamasligimiz va umrimizning oxirigacha hashamatda betashvish yashashimiz mumkin.

Ular uzumzorni kavlay boshlashibdi. Ular yana va yana har kuni qazishaveribdi, qazishaveribdi. Biroq xazinani topa olishmabdi. Nihoyat, ular umidlarini uzib, qazishni to‘xtatishibdi. Ammo hafsala bilan qazilgan uzumzor shunaqangi hosib beribdiki, aka-ukalar tezda mamlakatdagi eng yaxshi uzumzorning badavlat egalariga aylanishibdi.

Ezopning ushbu masali Muqaddas Kitobdan bugun o‘qiladigan oyatlarga namuna bo‘lib xizmat qiladi: “Men dangasaning dalasidan, nodonning uzumzori yonidan o‘tdim. Ana, hamma yoq tikanzor, hamma yerda qichitqi o‘t, tosh devor ham qulab, yer bilan bitta bo‘lib yotibdi. Qarab, o‘ylab ko‘rdim, uni ko‘rib saboq oldim. “Bir oz uxlay, bir mizg‘ib olay, yonboshlab birpas dam olay”, - deydi. Shuning uchun qashshoqlik yo‘lto‘sarday, muhtojlik esa qaroqchiday ustiga keladi” ( Hikmatlar 24: 30-34).

Dono mulkdorning o‘g‘illari xazina chindan ham uzumzor hududida ko‘milganini bilishdi, ammo uni qo‘lga kiritish uchun mehnat qilishlariga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, ular halol va zo‘r berib ishlash nafaqat moddiy jabhada, balki fe’l-atvorni tarbiyalash va rohat-farog‘at borasida ham boylik keltirishini tushunib olishdi. Ehtimol, sen ham bu aka-ukalar kabi qachondir “boyib ketishni, xazina topishni” orzu qilarsan, lekin uni tayyor holida topganingdan ko‘ra, o‘z xazinangni ishlab topish, uni yaratish ko‘proq yoqimli bo‘ladi.

MULOHAZA QILGIN: Nima deb o‘ylaysan, keksa yer egasi donolarcha yo‘l tutganmi? Nima uchun “ha” va nima uchun “yo‘q”? Seningcha, o‘g‘illar oltin to‘la sandiqni topib olishsa ular uchun yaxshi bo‘larmidi? Nima uchun “ha” va nima uchun “yo‘q”? Yuqorida keltirilgan parchaga ko‘ra, zo‘r berib qilingan halol mehnat qanday boylik keltiradi?

IBODAT: “Xudoyim, men ham boshqalar qatori xazina topib, boyishni istayman”. Menga shunchaki topilgan boylikdan ko‘ra, halol va mashaqqatli mehnat bilan topilgan boylik yoqimli va foydali ekanligini tushunishim uchun yordam ber”.

 

 

6 SENTYABR. BELKURAK, SIMBA VA CHANG‘ILAR

Kalomdan o‘qish: Hikmatlar 14:20-23

Har bir mehnatdan foyda bor, quruq gap esa kambag‘allik keltiradi (Hikmatlar 14:23).

 

SHUNDAY O‘YIN BOR: ortiqchasini olib tashla. (Esingdami, 23 fevral kuni biz bu o‘yinni o‘ynagandik?). O‘yinchiga bir qator so‘zlar orasidan ortiqchasini olib tashlashni taklif etishadi. Tayyormisan? Kel, o‘ynaymiz.

Bu yerda nima ortiqcha?

Pichoq       belkurak       sanchqi     qoshiq

Agar sen belkurak deb javob qaytargan bo‘lsang, bu holda haqsan, negaki boshqa uchta narsalar bilan sen ovqatlanasan. Albatta, mabodo sen belkurak bilan yeydigan bo‘lsang, olamdagi eng katta og‘izli bola tariqasida Ginnesning rekordlar kitobiga kirishing mumkin. Kel, yana o‘ynay qolamiz!

Bu yerda nima ortiqcha?

Matto        Mark   Luqo    Simba

Agar sen Simbani tanlagan bo‘lsang, negaki u – Muqaddas Kitob Xushxabarining mualliflaridan biri emas, sen zo‘rsan! Kel, yana bir o‘ynab ko‘raylik!

Bu yerda nima ortiqcha?

Chang‘ilar      suzish        basketbol        ish

Xo‘sh, bu savolga qanday javob qaytarding? Ko‘pchilik odamlar ish so‘zini tanlashgan bo‘lardi, ularning fikricha, boshqa qayd etilgan mashg‘ulotlar – bu ko‘ngilxushlik, ish esa – yo‘q. Biroq aslida hammasi ham shunday emas.

Ko‘rayapsanmi, mehnat – o‘yinga qarama-qarshi. Ish zerikarli bo‘lishi shart emas. Ko‘plab odamlar ish vaqtida ko‘ngil yozishadi. Ko‘plab odamlarga o‘zlarining ishlari yoqadi. Mana nima uchun Muqaddas Kitobda shunday deb yozilgan: “Har bir mehnatdan foyda bor” (Hikmatlar 14:23). Bu har qanday ish seni boy qiladi, degani emas. Bu har qanday ishdan biror-bir foyda bor, xususan, ishning o‘zidan qoniqish hissi ham bo‘ladi degan ma’noni bildiradi. Agar sen oxirgi ro‘yxatda ishni belgilab qo‘ygan bo‘lsang, bu haqda yana bir bora o‘ylab, o‘z tanlovingni o‘zgartirgin.

MULOHAZA QILGIN: Sen o‘zingga huzur bag‘ishlagan biror ishni qachonlardir qilganmisan? Bu qanday ish bo‘lgandi? Hozirgi ishingni sen qay tarzda yanada qiziqarli qilishing mumkin?

IBODAT: “Rabbim, meni ishlashga o‘rgatayotganing uchun Senga rahmat. Menga “har bir mehnatdan foyda bor”ligini tushunishim uchun  yordam ber. Men .............. bo‘lganimda, Senga manzur bo‘lishim uchun yordam ber”.

 

 

7 SENTYABR. IKKITA ZARUR BIRIKMA

Kalomdan o‘qish: Zabur: 31:1-6

Endi oldingda gunohimni e’tirof etdim, Aybimni yashirmay, o‘zim aytdim (Zabur 31:5).

 

TASAVVUR QIL, sen ko‘chadan ketib boryapsan. To‘satdan bir do‘sting uyidan zing‘illab chiqib, senga to‘qnashadi va sen yerga yiqilasan, u – esa shunday deydi:

– Men aybdor emasman. Mening o‘rnimda bo‘lganingda sen ham shunday qilgan bo‘larding.

Bu kabi izohni eshitish senga yoqqan bo‘larmidi? Jahling chiqqan bo‘lardi, to‘g‘rimi?

Taxmin qilaylikki, do‘sting shunday deydi:

– Men buni xohlamagandim.

Xo‘sh, o‘zingni bunday paytda qanday his qilasan? Bundan qoniqish hosil qilasanmi?

Harholda bunday bo‘lmasa kerak, to‘g‘rimi?

Biz xatoga yo‘l qo‘yganimizda yoki biror ishni noto‘g‘ri qilganimizda bu Xudoga yoqmaydi. Nima uchun? Negaki, bu jumlalarda, tavba qilishning ikkita zarur birikmalari yo‘q. Bilasanmi, tavbadagi bu ikkita zaruriy birikma qanaqa? Tavba qilish va kechirim.

Boshqacha qilib aytganda, agar sen nimanidir noto‘g‘ri qilib qo‘ygan bo‘lsang, o‘z harakatlaringni oqlashing kerak emas: “Men aybdor emasman!”, “U bunga loyiq edi!”. Yaxshisi, o‘z gunohiga iqror bo‘lib, shunchaki aytish kerak:

·  “Men aybdorman”.

·  “Men kechirim so‘rayman”.

Dovud Zabur kitobining 31-bobida mana nimalar deydi: “Endi oldingda gunohimni e’tirof etdim, Aybimni yashirmay, o‘zim aytdim: “Egam oldida itoatsizligimni bo‘ynimga olaman”. Sen esa mening gunohlarimni kechirding” (Zabur 31:5). U nimadir qilganini tushuntirishga yoki oqlashga urinmaydi. U buni yashirishga harakat qilmaydi. U nohaq ekanligini tan oladi va Xudo oldida o‘z gunohlari uchun tavba qiladi.

Bu Xudoning va shuningdek, har qanday odamning ham kechirish yo‘lidir. Oxir-oqibat, biz hammamiz adashamiz. Biz hammamiz gunoh qilganmiz. Ammo noto‘g‘ri qarorga kelganingda, yaxshisi shunday deyish lozim: “Men aybdorman. Men kechirim so‘rayman”. Sen shunday yo‘l tutganingda, kechirim uchun imkoniyat yaratasan.

MULOHAZA QILGIN: Sen qachonlardir shunday deyishing qiyin bo‘lganmi: “Men aybdorman”, “Men kechirim so‘rayman”? Nima uchun “ha” va nima uchun “yo‘q”? Keyingi safar nimadir noo‘rin ish qilmoqchi bo‘lganingda, o‘zingni qanday tutmoqchisan?

IBODAT: “Rabbim Ota, ba’zan gunohlarimni tan olib, kechirim so‘ragim kelmaydi. Iltimos, gunohlarim uchun Sendan va o‘zim zarar yetkazgan kishilardan kechirim so‘rashim va tavba qilishim uchun yordam ber”.

 

 

8 SENTYABR. BILIM VA HARAKAT

Kalomdan o‘qish: 1 Yuhanno 1:5-7

Agar biz Xudo bilan yashayapmiz deb turib, oldingiday zulmatda yashasak, yolg‘on gapirib, haqiqatga xilof ish qilgan bo‘lamiz (1 Yuhanno 1:6).

 

SEN MAKTABGA KELASAN, senga sinflar raqami yozilgan darslar jadvalini berishadi.

– Yo‘q, rahmat, – deysan sen o‘qituvchiga jadvalni qaytarib. – Men sinfimni o‘zim topaman.

Yoki yilning eng asosiy o‘yinini ko‘rish uchun bekatda o‘n yettinchi raqamli avtobusni kutasan. Sen yoningda o‘tirgan ayoldan so‘raysan:

– O‘n yettinchi avtobus shu yerda to‘xtaydimi?

– Yo‘q, – deydi u va ko‘chaning narigi tarafidagi bekatni ko‘rsatadi. – U o‘sha yerda to‘xtaydi.

– Rahmat, – deysan va o‘n yettinchi avtobusni shu yerda kutishda davom etaverasan.

Yoki deylik, do‘sting senga yangi bir qoyilmaqom saytni topganini aytib beradi.

– Bu MRBning mutlaqo maxfiy ta’qiqlangan sayti, – deydi u. – Sen unda qanchalik qiziqarli narsalar borligini tasavvur ham qilolmaysan! Xohlaysanmi, senga ham manzilini beraman?

Sen boshingni chayqaysan:

– Yo‘q, kerak emas! Men o‘zim o‘sha saytni topaman.

Mabodo sen o‘zingni shunaqa tutganingda g‘alati bo‘lardi, to‘g‘rimi? Sen o‘z sinfingni izlab maktab bo‘ylab yugurganingda ko‘p vaqtingni ketkazgan bo‘larding. Sen boshqa bekatda o‘n yettinchi avtobusni kutganingda, o‘yingohga bora olmasding. Va “MRBning sirli sayti”ni osongina topishing ham amri mahol. Nega? Negaki agar amal qilmasang haqiqat befoyda bo‘lib qoladi. Agar dars jadvalidan foydalanmasang, undan nima ma’no bor? Odamlardan avtobus qayerda to‘xtashini so‘rab, ularning javobiga e’tibor bermaslik bema’nilik. Va mabodo sen bu bilimlarni ishlatmasang, Xudo va Uning amrlari haqida bilishdan hech qanday foyda yo‘q.

Xudo nafaqat haqiqatni bilishimiz, balki unga amal qilishimiz uchun ham bizga nima yaxshi-yu, nima yomon ekanligi haqida xabar bergan. Agar sen nima to‘g‘riligini bilib, unga amal qilmasang, bu haqda umuman bilmaganing ma’qul. (Aslida, bu gap barcha munosabatlarga taaalluqli!) Ammo nima to‘g‘ri ekanligini bilib, unga amal qilsang, bu sening hayotingda Xudoning marhamatlari uchun joy borligidan dalolatdir.

MULOHAZA QILGIN: Haqiqatni bilish biz to‘g‘ri yo‘l tutishimizni kafolatlamaydi. Sen to‘g‘ri yo‘lni bilgan holda, baribir noto‘g‘ri ishlar qilgan vaziyatlaringni eslay olasanmi? Xudo aytadiki, biz haqiqatni bilishimiz va unga muvofiq amal qilmog‘imiz kerak.

IBODAT: “Qadrli Xudoyim, menga yaxshidan yomonni ajratishimga yordam berayotganing uchun Sendan minnatdorman. Menga nafaqat nima to‘g‘ri ekanligini bilishim uchun, balki to‘g‘ri yo‘l tutishim uchun ham yordam ber”.

 

 

9 SENTYABR. O‘Z YO‘LING

Kalomdan o‘qish: Ibtido 4:1-7

Agar sen to‘g‘ri ish qilsang, seni qabul qilmasmidim?! Bilginki, yomon ish qilsang, eshigingda gunoh poylab turadi, sherga o‘xshab tashlanib, seni o‘lja qilmoqchi bo‘ladi. Gunoh sening ustingdan hukmron bo‘lishni istaydi. Lekin sen gunohni mag‘lub qilishing kerak (Ibtido 4:7).

 

AYRIM QO‘SHIQLAR MASHHUR BO‘LIB KETADI va o‘z ijrochilari nomi bilan shunchalik qo‘shilib ketadiki, biz qo‘shiqni eshitganimizda darhol ular haqida gapiramiz. Misol uchun, Elvis Preslining ko‘plab mashhur qo‘shiqlari bor, ammo u bilan ko‘proq Hound Dog bog‘liq bo‘lsa kerak.

Bir qancha o‘n yillar avval Bob Xoum uchun Thank for the memories, Arita Franklin uchun esa R-E-S-P-E-C-T hamisha asosiy qo‘shiq bo‘lgan. Bizning davrlarda Boyz II Men  ongimizga ko‘proq Motown Philly bilan muhrlanib qolgan. Agar Sheril Krou haqida gapirsak, ko‘pchilik darhol All I Wanna Do qo‘shig‘ini eslashadi.

Mashhur bo‘lib ketgan El Shaddai qo‘shig‘i Emi Grant nomi bilan uzviy bog‘liq. Awesome God hamisha Rich Mallinzning, Friends esa – Maykl U.Smitning asl qo‘shig‘i bo‘lib qoladi.

Barcha davrlarning va barcha xalqlarning eng mashhur xonandalaridan biri Frenk Sinatraning My Way qo‘shig‘ini hamma sevib tinglardi. Garchi u bungacha ham dong taratgan ko‘plab qo‘shiqlar kuylagan bo‘lsada, bu uning asosiy qo‘shig‘iga aylandi, negaki unda xuddi  Sinatraning hayotiga xulosa qilingandi: “Men buni o‘z bilganimdek qildim! Men o‘z yo‘limdan bordim!”

Bu “Mening yo‘lim” qo‘shig‘i har bir hayotdagi bosh mavzu bo‘lishi mumkin. Biz barchamiz o‘z bilganimizdek ish tutib, o‘z yo‘limizdan borishni xohlaymiz. Hech kim bo‘ysunishni istamaydi. Biz o‘z yo‘limizdan boramiz!

Albatta, qadim qadimda aynan shunday yondashuv Qobilni noxushlikka yo‘liqtirgandi. U Xudoga o‘z bilganicha sajda qilmoqchi bo‘ldi. Xudo Hobilning qurbonligini qabul qilib, uning qurbonligini qabul qilmaganida, Qobilning jahli chiqdi. Xudo shunday dedi: “Agar sen to‘g‘ri ish qilsang, seni qabul qilmasmidim?! Bilginki, yomon ish qilsang, eshigingda gunoh poylab turadi” (Ibtido 4:7). Biroq Qobil o‘shanda Xudoni tinglab, Unga itoat etishdan bosh tortdi; u g‘azabdan ukasi Hobilni o‘ldirib qo‘ydi!

Albatta, Qobil o‘ylamay, o‘z holicha ish tutishni istagan. Va biz ham xuddi shunday qilyapmiz. Odatda biz to‘g‘ri yo‘l tutishni bilmaganimiz bois, noto‘g‘ri ishlar qilib qo‘yamiz; biz Xudoning yo‘li bilan emas, o‘z yo‘limiz bilan borishga qaror qilamiz.

Balki, My Way – Frenk Sinatraga mashhurlik olib kelgan chiroyli qo‘shiqdir, lekin u masihiyning hayotidagi bosh mavzu bo‘lolmaydi.

MULOHAZA QILGIN: O‘zing qilgan noo‘rin qarorlarni eslagin. Sen buni nima to‘g‘ri ekanligini bilmaganing uchunmi yoki o‘z bilganingcha ish tutmoqchi bo‘lganing uchun qilganmisan? Nima sababdan? Sening qaroring qayg‘uli oqibatlarga olib keldimi? Nima uchun “ha” va nima uchun “yo‘q”? Endi sen qanday yo‘ldan borasan: o‘z yo‘lingdanmi yoki Xudoning yo‘lidan?

IBODAT: “Rabbim, Sen menga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatganingni bilaman, lekin ba’zan o‘z yo‘limdan yurgim keladi. Iltimos, sening yo‘lingdan yurishim uchun yordam ber, ayniqsa menda ................ vasvasa bo‘lganida”.

 

 

10 SENTYABR. PREZIDENT VA ASKAR

Kalomdan o‘qish: Luqo 16:10-12

Bizdan talab qilingan narsa ishonchli bo‘lishdir (1 Korinfliklar 4:2).

 

AMERIKADAGI FUQAROLAR URUSHI DAVRIDA ittifoqchilar qo‘shini askari Uilyam Skott Potomak daryosidagi muhim ko‘prikni qo‘riqlashi kerak edi. Zero, konfederatlar qo‘shini daryo sohilidagi tepaliklarda joylashgan bo‘lib, qo‘riqchilikda uxlab qolganlarni otib tashlash haqida buyruq berilgandi.

Uilyam Skott bir kecha o‘zi uchun qo‘riqchilik qilgan bo‘lsa, yana bir kechani kasal bo‘lib qolgan askar o‘rnida turdi. So‘ngra tag‘in o‘zining navbati keldi va u shu tariqa uchinchi kecha ketma-ket navbatchilikda turdi. Ertalab boshqa askar uni almashtirish uchun kelganida Uilyamninng postda uxlab yotganini ko‘rishdi – uni shu zahotiyoq otishga hukm qilishdi.

Bu askarning do‘stlari Oq Uyga borib, prezident Avraam Linkoln bilan uchrashishga erishdilar. Linkoln askar bilan bog‘liq voqeani eshitdi. Do‘stlar prezidentdan uni qutqarishini o‘tinib so‘rashdi. Prezident Skott bilan uchrashish uchun Oq Uydan chiqib ketdi.

Prezident Uilyam Skottga uni otmasliklarini aytdi; askarga o‘z polkiga qaytishiga ruxsat berildi. Shundan so‘ng Avraam Linkoln so‘ziga qo‘shimcha qildi:

– Ammo men buning evaziga menga qanday to‘lov bilan javob qaytarishingni bilmoqchiman. Men senga katta xizmat ko‘rsatdim, buning uchun faqat o‘zing to‘lov qilishing mumkin. Agar shu bugundan boshlab o‘z harbiy majburiyatlaringni lozim bo‘lganidek bajarsang, men seni bu qarzdan qutulgan deya hisoblayman.

Skott sadoqat bilan xizmat qilishga va’da berib, prezidentga kechirimi uchun minnatdorchilik bildirdi. Shundan so‘ng tez orada Uilyam Skottning polki Konfederatsiya qo‘shinlari bilan jangda ishtirok etdi va Skott og‘ir yarador bo‘ldi. Do‘stlari uni jang maydonidan olib chiqqanlarida, Skott qonga botgan holda zo‘rg‘a nafas olardi.

– Prezidentga ayting, – deya shivirladi u, – men sodiq askar bo‘lishga harakat qildim.

U Avraam Linkoln uchun ibodat qilib hayotdan ko‘z yumdi.

Linkolnning o‘zi ishtirok etgan Amerika Senati yig‘ilishida, nazmiy shaklda bayon etilgan bu voqea, bir askarning minnatdorchiligi va sadoqatini ochib beradi. Biroq bu yanada kengroq doirada sadoqatli bo‘lish qanchalik yaxshi va munosib ekanligini ko‘rsatadi.

O‘z rahbariyati tomonidan kechirilgan Uilyam Skott yalqov va majburiyatiga befarq askar bo‘lganida, bu o‘ta yomon holatga aylanardi. Nima uchun? Negaki, sadoqatning yo‘qligi – yomon. Lekin Skott o‘zini to‘g‘ri tutdi. Biz insonning sadoqatidan va o‘zini bag‘ishlagan ishlaridan xursand bo‘lamiz, negaki sadoqat askarga yoki bizga taaluqli bo‘lmasin, u yaxshi va olqishga munosibdir.

MULOHAZA QILGIN: Sen sadoqat yaxshi, xiyonat esa yomonligiga ishonasanmi? Nima uchun? Senga (xuddi Uilyam Skott kabi) ikkinchi imkoniyat berishganmi? Agar shunday bo‘lsa, sen shundan so‘ng sadoqatli va ishonchga munosib bo‘lishga uringanmisan? Nega?

IBODAT: “Ota, menga sadoqat qanchalik yaxshi ekanligini eslatib turganing uchun Sendan minnatdorman. Senga va menga tayanadigan odamlarga sadoqatli bo‘lishim uchun yordam ber”.

 

 

11 SENTYABR. TUYANI YUTIB YUBORGAN

Kalomdan o‘qish: Matto 23:23-24, 37

Holingizga voy... qonunning adolat, shafqat va imon kabi eng muhim ta’limotlarini pisand qilmaysizlar (Matto 23:23).

 

Iso Uni tinglamoqchi bo‘lgan olomonga qaradi. U olomon orasida popuk kiyimli, toshdek qiyofali odamlarni ko‘rdi. Iso bu odamlarni bilardi; ular turli diniy qonunlar va qarorlarni bajarishidan o‘ta mag‘rurlanib yuradigan  farziylar, nufuzli ruhoniylar edi. Ular bexos mayda pashshalarni yutib yubormaslik va shu tariqa tirik mavjudotlar uchun harom taomlar to‘g‘risidagi yahudiylar qonunini buzmaslik uchun suvni qultumlab ichishardi.

Biroq Isoga ularning harakatlari ta’sir qilmadi. Aksincha, Uning farziylardan jahli chiqdi, negaki, garchi ular ovqatlanishdan avval va shanba kunida mayda-chuyda qoidalarga rioya etishsada, bag‘ritosh, yomon kishilar bo‘lib, boshqa gunohlar sodir etishgandi.

– Holingizga voy, – dedi Iso bevosita farziylarga murojaat qilib. U farziylarga hattoki eng kichik foydaning ham Xudoga berish haqidagi qoidasini eslatdi, ayni vaqtda esa ular odamlar bilan adolatsiz, ikkiyuzlamachilik bilan, imon-e’tiqodsiz tarzda munosabatda bo‘lishardi. “Ey ulamoyu farziylar, siz munofiqlarning holiga voy! Sizlar yalpiz, arpabodiyon va zira qatori oshko‘kdan ushr berib turasiz-u, lekin Ilohiy Buyruqning nihoyatda muhim amrlari bo‘lgan haqqoniyat, marhamat va sadoqatga esa e’tibor bermay qo‘ydingizlar. Bularning birini bajara turib, ikkinchisini ham tashlab qo‘ymasligingiz kerak edi” (Matto 23:23). Boshqacha qilib aytganda, Iso ushbuni nazarda tutgan: “Agar sen Xudoning adolat, mehr-shafqat va imon kabi muhim qoidalariga amal qilmasang, Unga mayda-chuydalar masalasida itoat qilishing hech qanday ma’noga ega emas”.

Iso Xudo eng avvalo O‘z halqidan sadoqatni kutishi haqida aniq qilib aytgan. U bizning sadoqatli bo‘lishimizni istaydi; U bizga buni amr etgan. U bizning Unga, oilamizga, do‘stlarimizga va masihiy birodarlarimizga sadoqatni saqlashimizni xohlaydi. U kimki bizga tayansa, o‘shanga sodiq bo‘lishimizni istaydi. Nega? Negaki, sadoqat, Iso aytganidek “eng muhim qonundir”. Agar biz sadoqatsiz bo‘lsak, Xudoga bo‘ysunmaymiz. Mana shu bois Xudo bizga sodiq bo‘lishimizni amr etgan.

MULOHAZA QILGIN: Sen o‘zingni sadoqatli inson deya hisoblaysanmi? Sen Xudoga sodiqmisan? O‘z oilanggachi? Boshqa masihiylarga sadoqatlimisan? Sening sadoqating harakatlaringda aks etadimi? Agar sen biror masalada sadoqatsizlik qilgan bo‘lsang, Xudodan va xiyonating jabrlagan yoki umidsizlikka tushirgan o‘sha odamdan kechirim so‘raganmisan?

IBODAT: “Rabbim, Sen menga sadoqatli bo‘lishni buyurasan, ammo men hamisha ham sodiq bo‘lmaganman. Men o‘z sadoqatsizligim uchun sendan kechirim so‘rayman. O‘z yordaming bilan yanada sodiq bo‘lishimga ko‘maklashgin”. 

 

 

12 SENTYABR. VAFODOR KOSTYA

Kalomdan o‘qish: 1 Shohlar 2:27-35

Mening xohish-irodamni amalga oshiradigan sadoqatli bir ruhoniyni O‘zim uchun tayin etaman, u ko‘nglimdagiday xizmat qiladi (1 Shohlar 2:35).

 

KOSTYA YOSH BOLA EDI va bobosini yaxshi ko‘rardi. Ayniqsa,  bobosi uy ishlarida yordamlashishi uchun ruxsat berganida mehri yanada ortib ketardi. Bir kuni Kostya bobosi bilan garajda ishladi. Ular bobosi asbob-uskunalarni ilishi uchun devorga ilmoqli taxtani qotirishdi.

Ular devorga taxtani o‘rnatayotgan paytda bobosi nima kerakligini eslab qoldi.

-   Kostya, sen uni biroz ushlab turolasanmi? – deb so‘radi u. – Men oshxonadagi stol ustida parmadastani unutib qoldiribman.

-   Albatta, -dedi Kostya jilmayib, - men ushlab turaman.

Bobosi Kostyaga im qoqib, uy sari shoshildi. U mehmonxona orqali o‘tib, oshxona stoli ustidan elektrparmalagichni oldi. U qaytayotib, futbol o‘yini berilayotgan televizorga qarab qoldi. Ayni shu vaqtda bobosining sevimli jamoasi hujumga o‘tayotgandi. Bobosi tabassum bilan hujumchi ishonch bilan himoyachilarni birin-ketin aldab o‘tib, darvozaga yaqinlashayotganini kuzatib turdi. U to‘satdan Kostyani og‘ir taxtani ko‘targan holda tashlab kelganini eslab qoldi.

Bobo imkon qadar tezlik bilan garajga yugurib keldi. Kostya og‘irlikdan bukchaygan holda ikki qo‘li bilan taxtani ushlab turardi. Yonoqlaridan ko‘z yoshlari oqardi, negaki charchagan qo‘llari zirqirab og‘rirdi.

-   Kostya!- hayqirdi bobo bolaning qo‘lidan taxtani ola turib. – Ushlanib qolganim uchun kechir.

Kostya ko‘z yoshlari orasidan jilmaydi:

-   Hammasi joyida, bobojon, - u taxtani qo‘yvorib, qotib qolgan mushaklarini harakatlantira boshladi. – Axir, men uni tushirib yubormadimmi? Men uni tushirib yubormadim!

-   Eh, Kostya, - bobo futbol o‘yiniga chalg‘ib ketgani uchun o‘zini xayolan tergagan holda, mayin ovozda gapirdi. - Sen uni tashlab yuborsang ham bo‘lardi, hech qanday yomon tomoni yo‘q edi buni.

-   Men uni tushirib yuborishni istamadim, bobojon, - dedi Kostya. – Va men uni ushlab turdim, to‘g‘rimi?

-   To‘g‘ri, - dedi bobo taxtani bir chetga qo‘yib, nevarasini bag‘riga bosgancha. – Sen uni ushlab turding.

MULOHAZA QILGIN: Kostyaning harakati hurmat uyg‘otadi, to‘g‘rimi? Nima uchun? Nima deb o‘ylaysan, bobo Kostyaning sadoqatini qadrladimi? Nima uchun “ha” va nima uchun “yo‘q”? Nima deb o‘ylaysan, Xudo sadoqatni qadrlaydimi? Nima uchun “ha” va nima uchun “yo‘q”? Nima deb o‘ylaysan, Muqaddas Kitobdan bugun o‘qiladigan oyatlar Xudo sadoqatni sevishini qayd etadimi? Agar javobing ha bo‘lsa, aynan nimadan?

IBODAT: “Rabbim, Kostyaning bobosi nevarasining sadoqatini qadrlagani kabi, Sen ham sadoqatni qadrlashingni bilaman. Menga Muqaddas Kitobdan bugun o‘qiladigan oyatlardagi sadoqatsiz ruhoniylar kabi emas, balki xuddi Kostya kabi bo‘lishimga yordam ber”,

 

 

13 SENTYABR. IZLAR

Kalomdan o‘qish: Zabur 145:1-6

Yoqubning Xudosini madadkorim deb aytganlar baxtlidir. O‘zlarining Egasi Xudodan umid qilganlar baxtlidir. Ha, Yoqubning Xudosi Osmonni, yerni hamda dengizni yaratgan. Dengizu undagi hamma jonzotni U yaratgan, U to abad sodiq bo‘lib qoladi (Zabur 145:5-6).

 

EHTIMOL, siz “Izlar” nomli she’rni o‘qigandirsiz yoki eshitgandirsiz. U minglab odamlar uchun marhamat bo‘lgan, balki Yigirma ikkinchi oyatdan boshqa har qanday ijod asaridan ortiqroq ham bo‘lsa kerak.

“Izlar” – bu, o‘z hayoti haqida tush ko‘radigan bir inson haqidagi voqeadir. U tushida qumli sohil bo‘ylab yurib, qumda izlarini qoldiradi. U tez-tez o‘zining izlari bilan yonma-yon boshqa bir izlar zanjirini ham payqab qoladi. U ikkinchi izlar zanjiri Xudoga tegishli ekanligini tushunadi.

U diqqat bilan qarab, ba’zan izlar zanjiri faqat bitta ekanligini ko‘radi. Shuningdek, u hayotining og‘ir va dilgir davrlari aynan shu tariqa o‘tganligiga e’tibor qaratadi.

U sohilda bu izlarga qarab turgancha, yuragida qayg‘uni his etadi.

-   Rabbim, - deydi u, - Sen hamisha men bilan birga bo‘lishni va’da qilganding. Sen hech qachon meni tashlab ketmasligingni aytganding. Biroq hayotimning eng og‘ir paytlarida yolg‘iz bo‘lganligimni ko‘rib turibman! Tushunmayman, nega Sen menga aynan ko‘proq kerak bo‘lganingda, meni tashlab ketding!

Xudo shunday javob qaytaradi:

-   Bolaginam, Men seni yaxshi ko‘raman va seni hech qachon tashlab ketmaganman. Ayrim joylarda izlar zanjiri faqat bitta, negaki eng og‘ir damlarda Men seni qo‘limda ko‘tarib borganman!

Xudoning sadoqati haqida qanday ajoyib tasvir! U – “to abad sodiq” (Zabur 145:6) Xudo. U shunday deydi: “Seni tark etmayman, hech qachon tashlab ketmayman” (Yoshua 1:5). Uning barcha ishlari ishonchlidir” (Zabur 32:4).

Mana nima uchun Xudo sadoqatni qadrlaydi va bizga sadoqatli bo‘lishimizni amr etadi – negaki, Uning O‘zi sadoqatlidir. U – sadoqatli Xudo. U – sodiq do‘st. U – sadoqatli Ota, negaki, sadoqat – Xudo tabiatining bir qismidir.

Va nihoyat, mana nima uchun sadoqat yaxshi, xiyonat esa yomon: negaki Xudo sadoqatlidir. Sen sadoqatli bo‘lganingda, to‘g‘ri harakat qilasan va Xudoning siymosini aks ettirasan.

MULOHAZA QILGIN: Xudo nima uchun sadoqatli bo‘lishni buyurgan? Xudo nima uchun sadoqatni qadrlaydi? Nima uchun sadoqatli bo‘lish yaxshi? Yahudiylarga maktubning 13-bob, 5-oyatida Xudoning va’dasi keltirilgan: “Sizlarni tashlab ketmayman, sizlarni tark etmayman”. Ushbu va’da sen uchun nimani anglatadi?

HARAKAT QIL: Yahudiylarga maktubning 13-bob, 5-oyatini o‘qib, yozib olgin. Bu oyatni yodlab olishga harakat qil. Sen qachonlardir “Izlar” she’rini o‘qiganmisan? Agar o‘qimagan bo‘lsang, topib o‘qigin.

IBODAT: “Sadoqatli Xudo, hech qachon meni tashlab ketmaslik haqida va’dang uchun Senga rahmat. Sadoqating uchun Sendan minnatdorman. Men nimaiki qilmay, barcha masalada Sen kabi sadoqatli bo‘lishim uchun menga yordam ber”.

 

 

14 SENTYABR. KICHKINA QAHRAMON

Kalomdan o‘qish: Hikmatlar 28:14-20

Sodiq kishi ko‘p baraka topadi, boyishga shoshilgan jazosiz qolmaydi (Hikmatlar 28:20).

 

QACHONLARDIR GOLLANDIYADA Peter ismli bolakay yashagandi. Gollandiya – ko‘plab kanal va daryolar mamlakati. Bu mamlakat odamlari Shimoliy dengiz ularning dala va uylarini suv bosmasligi uchun katta to‘g‘onlar qurishadi.

Kunlardan birida Peterning onasi uni tanishlariga pirog eltib berishi uchun jo‘natdi.

– Agar sen o‘ynash uchun to‘xtab, chalg‘ib qolmasang, kech tushmasdan uyga qaytasan, - dedi onasi.

Peter pirogni eltib berib, uyiga qayta boshladi. U qaytayotib bir dahshatli hodisaga ko‘zi tushdi: to‘g‘onlardan birida yoriq paydo bo‘lgandi. Undan suv sizib oqardi. Agar suvni to‘xtatmasa, u yoriqni yuvib o‘tib, tashqariga chiqishi va uy hamda ekinlarni bosib ketishi mumkin edi.

Peter to‘g‘onga chiqib olib, barmog‘i bilan kichkina yoriqni berkitdi. Suv sizib o‘tishdan to‘xtadi. Lekin endi nima qilish kerak? Peter suv tag‘in sizib oqmasligi uchun barmog‘ini chiqarib olmasdi. U yordam so‘rashga urindi, biroq bolaning ovozini hech kim eshitmadi. Qorong‘i tusha boshladi, Peter sovuqdan qaltiray boshladi. U yana yordamga chaqirdi, ammo hech kim uning ovozini bu safar ham eshitmadi.

“Agar qorong‘i tushguncha uyga qaytmasam, - dedi u o‘z-o‘ziga, - onam meni izlab keladi”. Biroq Peterning onasi uni tanishining uyida qolgan degan xayolga bordi va uyga qaytmagani uchun ertalab  boplab so‘kmoqchi bo‘ldi.

Sovuq tobora zo‘rayib borardi, Peterning qo‘li og‘riy boshladi. Avval u yig‘ladi va so‘ngra yig‘ini bas qildi. “Men suvni to‘xtatib turishim kerak, - deya o‘ylardi u. – Men ota-onamni va do‘stlarimni qutqarishim kerak. Hattoki butun tun bo‘yi shu yerda qolishimga to‘g‘ri kelsa ham, suvni o‘tkazmasligim kerak”.

Peter butun tun bo‘yi barmog‘ini yoriqqa tiqqanicha turdi. Tong saharda bir kishi shu yerdan ishga shoshilib o‘tayotgandi. U ingragan tovushni eshitib to‘xtadi.

-   Sen bu yerda nima qilyapsan? – deya so‘radi u Peterdan.

-   Dambada yoriq bor! – dedi Peter. – Iltimos, yordam chaqiring! Tezroq!

O‘sha odam odamlarni yordamga chaqirdi, Peterning qo‘shnilari belkurak va loy keltirib, yoriqni yamadilar. Butun shahar Peterga odamlarni va uylarini qutqargani uchun minnatdorchilik bildirdi. Shu tunda xavfsiz issiqqina ko‘rpalarda uxlagan boshqa bolalar esa Peter qilgan ishni bajarishni istashardi. Ana shundan buyon Peterni Gollandiyada qahramon deya hisoblaydilar.

MULOHAZA QILGIN: Peter ota-onasi va do‘stlariga qanday foyda keltirdi? Sen Peter kabi sodiq bo‘lishing mumkinmi? Qay tariqa? Nima deb o‘ylaysan, Xudoga va boshqa odamlarga sadoqat senga marhamat olib keladimi? Nima uchun “ha” va nima uchun “yo‘q”?

IBODAT: “Rabbim, sadoqatli odam marhamatlanishini eslashimga yordam ber. Har kuni ana shunday inson bo‘lishim uchun ko‘maklash”.

 

 

15 SENTYABR. ISHONCH SINOVI

Kalomdan o‘qish: Naximiyo 13:11-14

Sen yaxshi va ishonchli xizmatkorsan!... Kichik ishda ishonchimni oqlaganing uchun senga katta ishlarni ishonib topshiraman. Kel, mening xursandchiligimga sherik bo‘l (Matto 25:21).

 

AYTAYLIK, sen dam olish kunlari do‘stingning uyiga mehmonga borishing uchun singlingdan iguanaga qarab turishini so‘ragansan. Uyga qaytganingda esa, iguananing qafasi bo‘sh bo‘ladi, singling esa barcha savollaringga shunday javob qaytaradi: “Bilmayman!” Sen:

A)

singlingdan ikki haftaga lagerga ketayotganingda, noyob kaltakesaging uchun qarashib turishini so‘raysanmi?

B)

unga boshqa hech qachon o‘z jonivorlaringni ishonib topshirmaysanmi?

V)

militsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, iguanangni o‘g‘irlaganlikda singlingni ayblaysanmi?

 

Deylik, sen do‘stingga kichkintoylik davringda tushirilgan fotosuratni ko‘rsatasan (unda sen butunlay yalang‘och tushgansan). Oradan uch kun vaqt o‘tib, sen uni maktabdagi barcha e’lon taxtalariga osib tashlaganini ko‘rasan. Sen:

A)

do‘stingga bundan ham ko‘proq uyatli holatda tushgan fotosuratingni ko‘rsatasanmi?

B)

unga boshqa hech qachon o‘z fotosuratlaringni ko‘rsatmaysanmi?

V)

uning yelkasiga bildirmay “Orqamga tep!” degan yozuvni ilib qo‘yasanmi?

 

Aytaylik, sen do‘stingga asrab turishi uchun yuz so‘m pul berding. Lekin u bu pullarni konfetlarga sarf qilib yuboribdi. Sen:

A)

unga asrab turishi uchun boshqa pul bermaysanmi?

B)

asrab turishi uchun yana pul berasanmi?

V)

do‘stingga: “Xo‘sh, menga yuz so‘mimni foizlari bilan qaytar!” - deb aytasanmi?

 

Agar sen “B” javobini tanlagan bo‘lsang, demak, kelajakda o‘sha insonga - opa-singil, aka-uka yoki kimki bo‘lmasin – ishonching yo‘lida sadoqat senga hamrohing bo‘ladi. Mabodo sen barcha holatlarda “V” javobini tanlagan bo‘lsang, o‘z zararli fe’l-atvoringni o‘zgartirishingga to‘g‘ri keladi. Sadoqatsiz odamga esa sen o‘z kelajagingni ishonib topshirib qo‘ymaysan.

Buni bizga sog‘lom aqlimiz aytib turadi, to‘g‘rimi? Inson ishonchli bo‘lganida, unga osongina tayanish mumkin; ishonchsiz bo‘lganida esa bu juda qiyin. Xudoning amrlari ham Unga biz haqimizda g‘amxo‘rlik qilishiga va bizni himoya etishiga yordam beradi. U bizga sodiq bo‘lishimizni buyurgan, negaki vafodorlik yaxshi; biz sadoqatli bo‘lganimizda, boshqa odamlar bizga ishonib, hurmat qilishadi. Mana nima uchun – xuddi Xudo kabi – sadoqatli bo‘lish yaxshi!

MULOHAZA QILGIN: Muqaddas Kitobdan bugun o‘qiladigan oyatlarda (Naximiyo 13:11-14) Naximiyo ma’bad omborxonalarini qo‘riqlash uchun nega Shalamiyoni, Zodo‘xni, Podiyoni va Xanonni tanlab olgani hikoya qilinadi. Nega u bu odamlarni tanladi? Sen sadoqat ko‘rsatib, kimningdir ishonchini qozonganmisan? Agar shunday bo‘lmasa, nima uchun? Agar shunday bo‘lsa, o‘tmishdagi sadoqating uchun senga ishonadigan odamlarni sanab o‘t.

IBODAT: “Samoviy Ota, odamlar menga ishonishlarini va men ularning ishonchiga munosib ekanligimni bilishlarini istayman. Senga va boshqalarga sadoqatli bo‘lishim uchun yordam ber”.

 

 

16 SENTYABR. LONDONNING SABOG‘I

Kalomdan o‘qish: Zabur 30:22-25

Ey Egamizning taqvodorlari, Uni seving!

Unga sodiq bo‘lganlarni Egamiz himoya qiladi,

Takabburlarga to‘liq jazo beradi.

Bardam bo‘ling, dadil bo‘lsin yuragingiz,

Ey siz, Egamizdan umid qilganlar (Zabur 30: 24-25).

 

Londondagi MUQADDAS PAVLUS SOBORI 1710 yilda qurilgan. Bu dunyodagi eng ajoyib va eng go‘zal jamoatlardan biri bo‘lib, ingliz markaziy sobori hisoblanadi.

Ikkinchi jahon urushi davrida Adolf Gitler va natsistlar Germaniyasi Yevropaning katta qismini zabt etganlarida, London german aviatsiyasi – Lyuftvaffe samolyotlarining doimiy hujumlari ostida “qamalda qolgan shaharday” (Zabur 30:22) edi. 1940-yilning may oyidan toki 1941-yilning may oyiga qadar nemis samolyotlari Londonni va boshqa ingliz shaharlarini deyarli har kecha bombardimon qilishardi.

Londonning katta qismi bu oylar mobaynida goh bombalar, goh yong‘inlar oqibatida vayronaga aylangandi. Nemislar Londonning Siti deb nomlanuvchi hududini ko‘proq bombardimon qilishdi. Muqaddas Pavlus sobori Siti markazining yaqinida joylashgandi.

Gitlerchilar aviatsiyasining Londonda uyushtirgan vayronalari orasida soborning vazmin qubbalari yarqirab ko‘rinardi. Chor-atrofda portlashlar va yong‘in quturardi, Muqaddas Pavlus sobori esa (garchi shikastlangan bo‘lsada) vayronaga aylanmagandi. Mabodo sen Londonga borsang, uning mag‘rur aholisi senga sobor devorlaridagi oskolkalar izini ko‘rsatishadi – bombalar soborning yonginasida portlasada, uni vayron qilolmagan.

Pavlus soborining qirg‘inbarot urushda ham saqlanib qolganligi Xudo O‘ziga ishonganlar uchun qanchalik ko‘p iishlar qilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Atrofingda, hatto ichingda ham urush avj olishi mumkin. U senda chandiqlar qoldirishi mumkin. Sen yong‘inlar va bo‘ronlarga duch kelishing mumkin. Biroq Muqaddas Kitob bizga aytadiki, “Egamiz Unga sodiq bo‘lganlarni himoya qiladi... Bardam bo‘ling, dadil bo‘lsin yuragingiz, Ey siz, Egamizdan umid qilganlar” (Zabur 30:24-25). Unga hamisha sadoqatli bo‘ling, negaki U sizga doimo sadoqatli bo‘ladi.

MULOHAZA QILGIN: Muqaddas Kitobdan bugun o‘qiladigan oyatlarlda Xudo “Unga sodiq bo‘lganlarni himoya qiladi”, deyilgan. Nima deb o‘ylaysan, agar sen Unga sodiq bo‘lsang, bu senda hech qachon muammo bo‘lmasligini anglatadimi? Bu sen hech qachon qayg‘uga botmasligingni anglatadimi? Agar bu ikkala savolga ham “yo‘q” deb javob bergan bo‘lsang, bu holda ushbu jumlalar qanday ma’noga ega? Xudoning sadoqati senda Unga nisbatan sadoqatli bo‘lish hissini uyg‘otadimi? Nima uchun?

IBODAT:”Rabbim, menga sadoqatli bo‘lishga va’da berganing uchun Sendan minnatdorman. Menga sadoqatning marhamatini his qilishim uchun yordam ber. Iltimos, vasvasalar va mashaqqatlarga qaramay, sadoqatni asrashim uchun menga ko‘mak bergin”.

 

 

17 SENTYABR. GULXAN YOQ

Kalomdan o‘qish: 2 Timo‘tiy 1:3-6

Ichingdagi... Muqaddas Ruh in’omini alangalatib tur (2 Timo‘tiy 1:6).

 

Daraxt, buta, quruq o‘t va yonishi mumkin bo‘lgan boshqa narsalardan ancha uzoqlikdagi ochiq yerda, qumda yoki shag‘al ustida joy tanlagin... Gulxan yoqiladigan joyni quruq yergacha tozala, atrofdagi yonishi mumkin bo‘lgan hamma narsani yo‘qot...

Senga shox-shabbalar kerak bo‘ladi. Gulxan yoqish uchun tez yonadigan biror narsadan foydalan: daraxt ildizining bo‘lagini, quruq ignabarglarni, quruq o‘tni, ayrim urug‘larning po‘stlog‘ini... Shuningdek, senga qalamdan yo‘g‘on bo‘lmagan quruq butoqlar kerak bo‘ladi. Ularni bosh kiyimingga ikki marta to‘ladigan darajada yig‘ib ol. Bundan tashqari, barmoqdan kichik bo‘lmagan va qo‘ldan katta bo‘lmagan darajadagi quruq butoqchalarni to‘pla. Ularni yer bo‘ylab izla...

Barcha bu yonuvchilarni gulxan yoqishdan avval to‘plagin... Gulxan yoqiladigan joy markazida ildizlar, ignabarglar yoki o‘tlar uyumini hosil qilgin. Uning atrofida butoqchalarni yoyib chiq. Ular atrofida esa yanada qalinroq butoqlar bo‘lsin. Butoqlar shu tariqa qo‘yilsinki, olovga har tomondan havo o‘tadigan bo‘lsin. Gulxan markaziga o‘tadigan yoriqlik bo‘lishi kerak.

Olov yoqish uchun bu yoriqning qarama qarshisida turib gugurtni chaqib yubor. Gugurt yonganida to‘plangan uyumning o‘rtasiga olib bor. Avval quruq ildizlar yona boshlaydi, so‘ngra esa olov butoqchalarga o‘tadi”. (Bu “Yosh qidiruvchining darsligi”dagi gulxan yoqish bo‘yicha  qo‘llanmadan olingan).

Oddiygina lager gulxanini yoqish unchalik ham oson emas, to‘g‘rimi? Biroq bilasanmi nima? Bu qo‘llanmalarning barchasiga amal qilish zarur. Agar sen qo‘l kattaligidagi xoda bilan gulxan yoqmoqchi bo‘lsang, tezda hafsalang pir bo‘lishi aniq. Ammo sen “Yosh skautning darsligi”da aytilganidek yo‘l tutsang, keyinchalik gulxanga kattaroq o‘tinlarni, hattoki daraxtning quruq tanasini ham tashlashing mumkin.

Sen ezgulikni yovuzlikdan ajratishni o‘rganayotganingda ham, xuddi shunday bo‘ladi. Birinchi qadamlar muhim. Quruq butoqchalar va ildizlarni to‘g‘ri tanlab olish – bu Muqaddas Kitobni o‘qish va ibodatdir. Agar sen Muqaddas Kitobni o‘qimay va Xudo bilan birgalikda vaqt o‘tkazmay to‘g‘ri yo‘l tutmoqchi bo‘lsang, sening gulxaning yonmay qoladi. Biroq sen har kuni Xudo bilan (ibodat orqali) muloqotda bo‘lsang va Uning sen bilan (Muqaddas Kitob orqali) gaplashishiga ijozat bersang, bu holda xuddi yonilg‘i gulxanni o‘t oldirganidek, sen ham o‘z ruhingni quvvatlantirishing mumkin. Shunda sen hayotda to‘g‘ri yo‘l tutgan bo‘lasan – gulxan yonadi!

MULOHAZA QILGIN: Nima deb o‘ylaysan, Muqaddas Kitobni o‘qimagan holda va Xudo bilan muloqot qilmay turib to‘g‘ri qaror qabul qilish mumkinmi? Agar shunday bo‘lsa, qanday qilib? Agar yo‘q bo‘lsa, nima uchun? Sen Muqaddas Kitobni o‘qish va har kunlik ibodatlaring chog‘ida ko‘nikmalar ortirishga tayyormisan? Agar shunday bo‘lsa, sen kunning qaysi pallasini Muqaddas Kitobni o‘qish va ibodat qilish uchun ajratasan? Sen buni qayerda amalga oshirasan? (Seni bezovta qilishmaydigan sokin, tanho biror joyni tanlagin).

IBODAT: “Haqgo‘y Rabbim, shox-shabbalar gulxanni o‘t oldirganidek, ruhimni quvvatlanishi uchun yordam ber, toki men Sening yordaming bilan to‘g‘ri qaror qabul qilay va nimaiki qilmay, barchasida Senga manzur bo‘layin”. 

 

 

18 SENTYABR. SASHANING TAKTIKASI

Kalomdan o‘qish: 1 Butrus 3:8-12

Xullas, o‘zaro hamfikr, hamdard bo‘linglar, bir-biringizni birodarlarcha yaxshi ko‘ringlar, mehr-shafqatli va kamtar bo‘linglar (1 Butrus 3:8).

 

Bir vaqtlar Sasha ismli bolakay yashagandi. Kunlardan birida o‘qituvchisi uni matematikadan vazifani bajarish uchun doskaga chiqardi: 2 + 2 = ___. Sasha qo‘liga bo‘rni olib yozdi: 5. O‘qituvchi javobning noto‘g‘ri ekanligini aytdi, Lekin Sasha boshini baland ko‘tarib shunday dedi:

-   Balki siz uchun bu noto‘g‘ridir, ammo men uchun – to‘g‘ri! Men ikkiga ikkini qo‘shsa besh bo‘ladi, deb aytaman.

Shundan so‘ng Sasha tanaffus paytida o‘ynadi. Kichkina qizaloq katta tepalikdan pastga sirg‘anib tushish uchun undan oldinda navbatda turardi. Sasha qizaloqni shunday turtib yubordiki, u loyga yiqilib tushdi, Sasha esa uning o‘rnini egalladi.

-   Sasha, - dedi o‘qituvchisi, - sen mehribonroq bo‘lishing kerak. Axir bag‘ritoshlik yomon ekanligini bilmaysanmi?

Lekin Sasha faqat kulib qo‘ydi:

-   Ehtimol, siz uchun yomondir, ammo men uchun yaxshi. Men mehribon bo‘lish noto‘g‘ri, qahri qattiq bo‘lish to‘g‘ri ekanligini aytaman.

Sasha chorakning oxirigacha o‘zini shunday tutdi, mashg‘ulotlarning oxirgi kunida esa o‘qituvchi ayol uni bir chetga tortdi.

-   Men senga bu chorakdagi baholaringni ko‘rsatmoqchiman.

Muallima jilmaygan holda Sashaga baholar qo‘yilgan varaqni uzatdi – unda barcha fanlar bo‘yicha faqat ikki bahosi turardi.

Sashani hayajon bosdi:

-   Hammasi ikkimi? – deb so‘radi u. – Ammo nima uchun? Bu axir adolatsizlik!

Muallima tag‘in jilmaydi:

-   Balki senga adolatsizlik bo‘lib tuyulishi mumkin, menimcha esa bu nihoyatda adolatlidir!

Sasha o‘z qilmishiga yarasha oldi, to‘g‘rimi? Mana bunday so‘zning xavfli tarafi nimada: “Ehtimol, bu sizga noto‘g‘ri bo‘lib tuyulishi mumkin, menimcha esa bu to‘ppa-to‘g‘ri!” Barchamiz ham bizga nisbatan adolatli, halol, ishtiyoq, sevgi va hamdardlik bilan yondashishlarini istaymiz. Biz nima deb gapirmaylik, bu to‘g‘ri. Sasha nima deb gapirmasin, to‘g‘ri. Hattoki kimdir buning shunday emasligini uqtirsa ham bu to‘g‘ri. Bilasanmi, nima uchun? Negaki nima yaxshiyu, nima yomonligini biz hal qilmaymiz; buni Xudo hal etadi, faqat Xudo. Sasha o‘zlashtirib olishi kerak bo‘lgan saboq mana shu edi; biz ham bu saboqni o‘zlashtirishimiz kerak.

MULOHAZA QILGIN: Sen o‘zingni qachondir Sasha kabi tutganmisan? Nima uchun “ha” va nima uchun “yo‘q”? Sen qachondir nima to‘g‘riligini o‘zing hal etishga yoki noto‘g‘ri harakatlaringni oqlashga uringanmisan? Nima to‘g‘ri ekanligini kim hal etadi? Muqaddas Kitobdan bugun o‘qiladigan oyatlar orqali biz ezgulik va yovuzlik haqida nimalarni bilib olamiz?

IBODAT: “Rabbim, nima yaxshiyu, nima yomon ekanligini hal etishga haqqim yo‘q ekanligini eslab turishimga yordam ber, negaki qaror qabul qilish huquqi Senga tegishli. Sen to‘g‘ri deb aytayotganlaringni hamisha qilishim va Sen noto‘g‘ri deb bilgan narsalardan o‘zimni saqlashim uchun menga yordam ber”.

 

 

19 SENTYABR. XUDO IRODASINING SO‘Z KALITINI TOPGIN

Kalomdan o‘qish: Efesliklar 4:32-5:2

Bir-biringizga nisbatan ko‘ngilchan va mehr-shafqatli bo‘linglar (Efesliklar 4:32).

 

Xudo bizga ko‘pgina amrlar bergan. Xudo isroilliklarga nima deganini barcha biladi: “O‘zlaringizga hech qanday butni yasamang” (Chiqish 20:4). Ko‘pchilik odamlar Isoning ushbu so‘zlarini biladi: “Sizlarga yangi amr beryapman: bir-biringizni sevinglar” (Yuhanno 13:34). Biroq Uning ayrim amrlari haqida kamroq bilamiz – misol uchun, bugun ana shunday amrlar haqida so‘z yuritamiz.

Quyidagi savollarga yetishmayotgan so‘zlarni yozib, javob qaytar. So‘ngra esa raqamlangan harflardan Xudo amrlaridan birini hosil qilgin.

 

Xo‘sh, nima hosil bo‘ldi? Agar senga yordam kerak bo‘lsa, ushbu oyatlarga qaragin: 1) Yuhanno 21: 1; 2) Luqo 10: 25-37; 3)  Ibtido 37:3; 4) Ibtido 6: 13-14; 5) 1 Shohlar 17: 48-50; 6) Ester 8:3.

Muqaddas Kitobning bugungi sabog‘ida Xudoning amrlaridan biri keltirilgan bo‘lib, u Muqaddas Kitobda bir necha bora takrorlanadi. U O‘zining Kalomida bu amrni ko‘p bora takrorlagan, negaki U, biz ushbu amrni yodimizda saqlab qolib, uni bajarishimizni istaydi.

Savollarning javoblari:

A) 1) Tiveriya; 2) Samariyalik; 3) Yoqub; 4) To‘fon, Nuh; 5) Go‘liyot, tosh; 6) Ester.

B) Kalit so‘z: Mehr-shafqatli bo‘linglar

 

MULOHAZA QILGIN: O‘zing anglaganlaringdan hayratga tushayapsanmi? Nima uchun “ha” va nima uchun “yo‘q”? Sen Xudo bizga mehr-shafqatli bo‘lishimizni amr etganini bildingmi? Sen bugun ushbu amrni bajardingmi? Agar bajargan bo‘lsang, qay tarzda? Ehtimol, sen bugun bu amrga itoat etmagandirsan? Agar itoat etmagan bo‘lsang, qay tariqa? Sen ertaga kimgadir mehribonlik ko‘rsatishing uchun nimalar qila olasan?

IBODAT: “Xudoyim Otam, Sen menga mehr-shafqatli bo‘lishimni amr etgansan. Bu har doim ham oson kechmaydi, biroq bugun baribir Senga itoat etishim, mehribon va rahmdil bo‘lishim uchun yordam ber”. 

 

 

20 SENTYABR. ETIKDO‘Z HAQIDA ERTAK

Kalomdan o‘qish: Matto 25: 31-40

Sizlarga chinini aytayin: sizlar eng kichik birodarimga qilgan har qanday yaxshiligingizni Menga qilgan bo‘lasiz (Matto 25:40).

 

ETIKDO‘Z HAQIDA KO‘HNA ERTAK BOR. U qish tonglaridan birida uyg‘onib, o‘zidagi e’tiqod sustlashib borayotganini his qilgan. Shu bois u ibodat qilgan: “Rabbim, bugun oldimga kelgin!” U Xudo o‘zining ibodatiga javob berishiga va Iso uning  ustaxonasiga kirib kelishiga ishongan holda ibodatini yakunlabdi.

Etikdo‘z ustaxonasini ochib, Xudo har qanday vaqtda kirib kelishini kutgan holda tez-tez derazadan qaray boshlabdi. U derazadan belkurakka suyangan holda sovuqdan qaltirab turgan qo‘shnisini, keksa ishchini ko‘rib qolibdi. Etikdo‘z eshikni ochib, ishchini chaqiribdi:

-   Ichkariga kirib isinib ol! Men senga bir kosa sho‘rva va bir piyola choy beraman!

Ishchi ovqatlanib, choyni ichibdi va o‘z ishiga yangi kuch bilan qaytibdi – bu hammasi etikdo‘zning mehribonligi bois yuz beribdi.

Etikdo‘z keyinroq shu yerdan o‘tib ketayotgan ayolni payqab qolibdi. Ayol qo‘lida yupqa adyolga o‘ralgan chaqaloqni ko‘tarib ketayotgandi. Go‘dak sovqotib yig‘lardi. Etikdo‘z eshikni ochib ayolni chaqiribdi:

-   Marhamat qilib ichkariga kiring! Chaqaloq bilan birga isinib oling.

Ayol ichkariga kiribdi, etikdo‘z esa unga qalinroq adyol beribdi. So‘ngra esa ayol etikdo‘zning sovg‘asi va mehribonligidan isigan holda yo‘lida davom etibdi.

Bunga o‘xshash holatlar kun davomida bir necha bora takrorlanibdi, etikdo‘z esa uning faqirona ustaxonasiga Xudo qachon kelishini kutaveribdi. Oqshom tusha boshlabdi, etikdo‘z esa hamon kutib o‘tirardi. Nihoyat kech tushibdi. Hafsalasi pir bo‘lgan etikdo‘z eshikni yopib shamchiroqni yoqibdi.

-   Xudoyim, - debdi u, - men Sening bugun ustaxonamga kelishingni so‘ragandim, Sen esa kelmading.

Etikdo‘zning xonasi to‘satdan yorishib ketibdi, bu esa shamchiroqdan taralayotgan nur emasdi. U yangrayotgan ovozni eshitib, bu Xudo ekanligini tushunibdi:

-   Men keldim, etikdo‘z, - debdi ovoz, - va sen Meni to‘ydirding. Men chanqagan edim, sen Menga choy berding. Men charchagandim, sen Meni o‘z uyingga taklif etding. Men sovqotgan edim, sen Meni isitding – negaki, sen Mening birodarlarim va opa-singillarimga bu kabi mehribonliklarni qilganingda, bularni Men uchun qilgan bo‘lasan!

Etikdo‘z haqidagi voqea – bor-yo‘g‘i ertak, albatta. Lekin u muhim haqiqatni ajoyib tarzda tasvirlab beradi: yaqinlarimizga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rliklarimiz Xudo uchun Uning O‘ziga ko‘rsatilgan mehribonlikdir. Mana nima uchun U, bizga g‘amxo‘r bo‘lishimizni buyuradi: U mehribonlikni qadrlaydi.

MULOHAZA QILGIN: Muqaddas Kitobdan bugun o‘qiladigan oyatlarda Iso g‘amxo‘rlikning  turlicha ko‘rinishlarining qanchasini eslatib o‘tadi? Sen kimdir uchun shunday qilolasanmi? Agar shunday bo‘lsa, qay tarzda, Agar yo‘q bo‘lsa, sen bugun kimgadir boshqacha tarzda mehribonlik ko‘rsatishing mumkinmi? Agar shunday bo‘lsa, qanday qilib?

IBODAT: “Rabbim, bugun (va har kuni) Sen rahm-shafqatni qadrlashingni menga eslatib tur. Atrofdagilarga mehribon va g‘amxo‘r bo‘lishim uchun yordam ber, ayniqsa .................”.

 

 

21 SENTYABR. SAMODAGI KO‘Z YOSHLAR

Kalomdan o‘qish: Zabur 102:8-13

Egamiz rahmdil, inoyatlidir, Jahli tez chiqmaydi, sodiq sevgisi mo‘ldir (Zabur 102:8).

 

IKKITA FARISHTA “Somon yo‘li” kafesida o‘tirishardi. Ular choy ichib, tort yeyishar (ular rostdan ham tort yeyishadi!) va bir-birlariga turli voqealarni so‘zlab berishardi.

-   Mana eshit! – dedi Kail, choy ho‘play turib. – Bu voqea senga yoqadi. Men amaliyot o‘tashim uchun zaminda bo‘lgandim va menga bir qizaloqni kuzatib yurish topshirilgandi. Qizaloq uch oyoqli velosiped haydab yurganida, yo‘l chetiga urilib yiqilib tushdi.

U choy ho‘plash uchun so‘zidan to‘xtadi.

Ra-Adonoy hikoyaning oxirini eshitish uchun boshini engashtirdi.

Kail uning e’tiborini tortgan holda, qo‘lini ko‘tardi:

-   Men qizaloq sari uchib bordim, uning tirnoqlari, tizzasi, iyagi shikastlangandi.  Qizaloq yig‘laganida Men Xudoni his qildim.

-   Muqaddas Xudonimi?

-   Albatta, - bosh irg‘adi Kail. – U o‘sha yerda edi. Tushunayapsanmi, bu faqatgina tizzasini shikastlab qo‘ygan qizaloq edi, biroq shunday bo‘lsada U o‘sha yerda edi.

-   U sening qanday ishlayotganingni tekshirib ko‘rgandir? – taxmin qildi Ra- Adonoy.

Kail bosh chayqadi:

-   Yo‘q. U men uchun o‘sha yerda emasdi. U qizaloq uchun o‘sha yerda edi. Va bilasanmi nima? Men ko‘rdimki ...- Kail bir daqiqa jim qolib, so‘zida davom etdi. – Men Uning yonoqlaridan oqayotgan ko‘z yoshlarini ko‘rib qoldim.

Ra-Adonoy bosh irg‘ab, jilmaydi.

-   U bor-yo‘g‘i velosipeddagi kichkina qizaloq edi, - dedi Kail, - lekin nazarimda, U qizaloqning bir qism og‘rig‘ini O‘ziga oldi.

-   Ha albatta, - dedi Ra-Adonoy bir daqiqa sukut saqlab. – Bunga ishonaman, negaki bu Braziliyada, Passo-Fundoda men bilan bo‘lib o‘tgan voqeaga o‘xshaydi...

Albatta, bu o‘ylab topilgan voqea; aslida bunday bo‘lmagan. Ammo bo‘lishi ham mumkin edi. Zero biz Xudoning Kalomidan bilamizki, bizning Rabbimiz – mehribonlik Xudosidir. Biz bilamizki, U bizning qayg‘ularimizni baham ko‘radi va og‘irliklarimizni O‘ziga oladi. “Ota bolalariga shafqat qilganday, Egamiz O‘zidan qo‘rqqanlarga rahm qiladi” (Zabur 102:13).

Biz bilamizki, boshqalarga g‘amxo‘r bo‘lish yaxshi, negaki ularga mehr-shafqat ko‘rsatganimizda,“rahmdil, inoyatli... jahli tez chiqmaydi, sodiq sevgisi mo‘l” (Zabur 102:8) Xudo kabi yo‘l tutamiz.

MULOHAZA QILGIN: Nima uchun mehr-shafqat yaxshi ( nima uni to‘g‘ri etadi)? Kecha yoki bugun mehribonlik ko‘rsatishing uchun senda imkoniyat bo‘ldimi? Sen bu imkoniyatdan foydalandingmi? Sen ertaga qay tariqa mehr-shafqat ko‘rsatishing mumkin?

IBODAT: “Sevuvchi va hamdard Rabbim, men rahm-shafqat ko‘rsatish yaxshi ekanligini bilaman, negaki Sen shunday qilasan. Iltimos, meni O‘zingga o‘xshatgin. Atrofdagilarga g‘amxo‘rlik qilish imkoniyatidan foydalanishimga yordam ber”.

 

 

22 SENTYABR. QO‘NG‘IROQLAR OVOZI

Kalomdan o‘qish: Chiqish 1: 8-21

Sizlar Xudoning tanlangan, aziz va suyukli xalqisizlar. Shunga ko‘ra, rahm-shafqat, mehribonlik, kamtarlik, muloyimlik va sabr-toqatni zeb-ziynat qilib taqib olinglar (Kolossaliklar 3:12).

 

QADIM ZAMONDA UZOQ BIR MAMLAKATDAGI shahar aholisi Mavlud bayramida jamoatga chaqaloq Masih uchun sovg‘alar keltirishibdi.

Ushbu jamoatda juda baland qo‘ng‘iroqxona bor edi. Qariyalarning aytishicha, jamoat mehrobiga barcha sovg‘alar orasida eng qimmmatbahosini qo‘yganlarida, qo‘ng‘iroq bag‘oyat chiroyli kuy taratarkan. Kimningdir aytishicha, qo‘ng‘iroqni Xudoning O‘zi chalarkan. Kimdir esa, bu, yer yuziga tushgan farishtalarning ishi ekanligini aytarkan. Ammo uzoq yillar mobaynida qo‘ng‘iroq ovozi eshitilmay qolibdi, endi bu haqdagi suhbatlar chiroyli ertak tariqasida qabul qilinadigan bo‘libdi.

Kunlardan birida ikkita kichkina bolakay shaharning barcha aholisi o‘zlarining eng yaxshi kiyimlarida yig‘iladigan serzavq Mavlud bayramiga bormoqchi bo‘lishibdi.

Ular jamoatga kelganlarida, bolalardan biri shahar darvozasi yaqinida qorda cho‘zilib yotgan bir kampirni ko‘rib qolishibdi. U yiqilib tushgach - kasal va o‘ta bemajol bo‘lgani uchun - o‘rnidan turolmay qolgan va yordamga chaqirayotgandi. Bola uning oldiga borib, o‘rnidan turg‘azmoqchi bo‘libdi. U cho‘ntagidan kumush tanga olib ukasiga beribdi:

-   Buni olib men nomimdan go‘dak Masih uchun mehrobga qo‘ygin!

-   Lekin sen bayramni o‘tkazib yuborasan! – hayqiribdi unisi. – Qo‘shiqchilar chiqishini o‘tkazib yuborasan...

Bola boshini chayqabdi:

-   Agar men yordam bermasam, bu bechora kampir sovuqdan o‘lib qoladi. Borgin, –  u jilmayishga urinibdi. – Men aslida unchalik ko‘p narsani o‘tkazib yubormayman.

Ukasi avval ikkilanibdi, ammo keyin bolani kasal kampir bilan yolg‘iz qoldirib ketibdi. U shaharning barcha aholisi go‘dak Masihga o‘z sovg‘alarini eltgan jamoatga qarab ketibdi. Ko‘pchilik tilla uzuk va kumush taqinchoqlar keltirishgandi. Bir qancha kishilar qimmatbaho toshlar olib kelibdi. Bir ayol mehrobga ajoyib kashtagulli ko‘ylak qo‘yibdi. Bir buyuk jangchi mehrobga yarqiroq kumush qilich keltiribdi. Bolaning ukasi olomon orasidan o‘tib, boshqa sovg‘alar orasida bilintirmay kumush tangani qo‘yibdi.

Ana shunda jamoat qo‘ng‘iroqlari jaranglay boshlabdi! Bu ilohiy ovoz bo‘lib, bunaqasini hech kim hech qachon eshitmagandi. Jamoat xizmatchisi qo‘llarini osmonga ko‘taribdi, yig‘ilganlar esa sovg‘alardan qaysi biri qo‘ng‘iroqni jaranglashga undaganini bilish uchun mehrobga qarab qolishibdi. Va ular qarashsaki: bu, kampirni qutqarish uchun qolib ketgan bolaning kumush tangasi ekan.

MULOHAZA QILGIN: Nima deb o‘ylaysan, bolaning sovg‘asi Xudoga manzur bo‘lganmi? Agar shunday bo‘lsa, nima uchun? Sen agar shu bolaning o‘rnida bo‘lsang, o‘zingni qanday his qilgan bo‘larding? Muqaddas Kitobdan bugun o‘qiladigan oyatlarda Xudo yahudiy doyalarini Misrdagi isroillik go‘daklarga nisbatan mehr-shafqati uchun taqdirladimi? Agar shunday bo‘lsa, qanday qilib?

IBODAT: “Ota, men hattoki buning mukofotlarini payqamaganimda ham, rahm-shafqat ko‘rsatish qanchalik foydali ekanligini tushunishim uchun yordam ber”.

 

 

23 SENTYABR. RAHM-SHAFQATLI BO‘LMOQ JUDA ZO‘R

Kalomdan o‘qish: Zabur 111:1-4

Hatto zulmatda ham to‘g‘ri insonga nur yog‘iladi, Rahmdil, mehribon, solih odamga yog‘du sochiladi (Zabur 111:4).

 

ERIN YAQINDAN BUYON otasining ishlariga yordam bera boshladi. Ko‘pgina bolalar shunday qilishadi. Erin Hindistonga borishiga to‘g‘ri keldi, negaki uning otasi o‘sha yoqda masihiylikning rahm-shafqat xizmatiga asos solgan bo‘lib, faoliyat yuritayotgandi.

Erin Hindistonda bir hafta bo‘ldi. U bolalar kasalxonasida bo‘lib, ularga pufaklarni shishirib berar, saqichlar sovg‘a qilar va alla aytardi. U moxov kasalligiga chalingan qizaloq bilan birga ibodat qildi. U bemorlarning ichki kiyimlarini yuvishga yordamlashdi. U so‘qir kampirni qoshiq tutgan kuyi ovqatlantirib, unga ovqatdan ko‘ra e’tibor ko‘proq muhim ekanligini tushundi. Erin shu bois qoshiqni nari qo‘yib, kunning qolgan qismini kampirning boshini qo‘llari bilan tutgan holda o‘tkaza boshladi.

Xo‘sh, seningcha, Erin bir haftalik  mehnat va qayg‘uli holatlardan so‘ng nimani his qildi? “Meni bu yerdan olib ketinglar!” deya yolvorib so‘raganligini xayolingga keltirdingmi? Yoki: “Yana big-makni katta porsiyali kartoshka-fri  bilan yeyishga sabrim chidamayapti” deganmikan? O‘ylaysanki, u, “men juda charchadim, uyda televizor tomosha qilib o‘tirishni istayman”, deganmikan?

Aslo bunday emas. Aksincha, qashshoqlar va kasallar bilan o‘tkazgan ish haftasidan so‘ng Erin shunday dedi: “Bu juda zo‘r!”

Juda zo‘r deydimi? Ichki kiyimlarni yuvish – juda zo‘rmikan? So‘qir kampirni qoshiq bilan ovqatlantirish – juda zo‘rmi? Tashlandiq kasal bolalarning holidan xabar olish – juda zo‘rmikan?

Ha! Bu haqiqatdan ham juda zo‘r, negaki boshqalarga mehr-shafqat ko‘rsatish yoqimli mashg‘ulot bo‘lishi mumkin. Bu nafaqat boshqalar uchun, balki o‘zing uchun ham yoqimlidir. Rahm-shafqatli bo‘lish hattoki eng noxush va qayg‘uli vaziyatlarda ham mamnunlik tuyg‘usini baxsh etishi mumkin.

Bu Xudo rahmdil kishilarni taqdirlaydigan usullardan biridir. U bizning rahm-shafqatimiz uchun emas, balki O‘zi rahmdil bo‘lganligi bois bizga quvonch ulashadi. Sen biror insonga rahm-shafqat ko‘rsatganingda, ikki kishini baxtiyor etgan bo‘lasan – ulardan biri esa sening o‘zingsan.

MULOHAZA QILGIN: Rahm-shafqatli bo‘lishing uchun sening Hindistonga borishing shart emas. Chap tarafga aynan hozir g‘amgin va yomon ahvolda bo‘lishi mumkin bo‘lgan uch yoki to‘rt kishining ismini yoz. Boshqa tarafida esa bu odamlarga rahm-shafqat ko‘rsatishing uchun nimalar qila olishing haqida yozib qo‘ygin:

...................................   ...................................................................................

...................................   ...................................................................................

...................................   ....................................................................................

...................................   ....................................................................................

 

IBODAT: “Rabbim, men rahm-shafqatli bo‘lgan holda Senga manzur bo‘lmoqchiman. Rahm-shafqat qanchalik yoqimli ekanligini boshqalar ham tushunishi uchun ularga yordam bermoqchiman. Men yuqorida yozganim kabi boshqalarga rahm-shafqatli bo‘lishimga yordam ber”.

 

 

24 SENTYABR. BADAVLAT KISHINING MEHMONI

Kalomdan o‘qish: Rimliklar 15:1-3

Har birimiz o‘zganing manfaatini ko‘zlab, unga dalda berish niyatida uni mamnun qilishga harakat qilaylik (Rimliklar 15:2).

 

KUNLARDAN BIRIDA BADAVLAT KIShINING OLDIGA mehmonga kelgan mashhur bir ravvin haqida ko‘hna yahudiy ertagi bor. Boy mashhur mehmon uchun katta ziyofat uyushtiribdi. Stol turli noz-ne’matlar ko‘pligidan sinib ketguday bo‘lib turardi.

Yahudiylarda ovqatlanish oldidan qo‘lni yaxshilab yuvish odati bor edi. Qo‘l yuvish marosimi ba’zan bir necha daqiqani olardi.

Biroq, bu safar, ravvin qo‘lini faqat chayqab qo‘ydi, xolos.

-   Ustoz, - dedi boy. – Men tushunmadim. Sen qo‘llaringni kerakli tarzda yuvmading. Uyalma, menda suv mo‘l! Istaganingcha sarflayver.

Ravvin bir so‘z demasdan katta deraza oldiga bordi. Boy ham uning yoniga kelib, quduqdan tepalikka ko‘tarilgan kichkina xizmatkoriga ko‘zi tushdi. Xizmatkor qiz yelkasidagi shayinda ikkita katta chelakning og‘irligidan qiyshayib ketardi.

-   Mana shu bechora qizning mashaqqati evaziga men qo‘l yuvishim kerakmi? – deya so‘radi ravvin. – Balki, men tejab qolgan suv uni yana bir marta quduqqa borishidan xalos etar.

Bu ravvin rahm-shafqat nima ekanligini bilardi. Mabodo boy hech nima demaganida, hech kim uning mehribonligiga e’tibor qaratmagan bo‘lardi. Biroq Xudo e’tibor qaratgan bo‘lardi. Va ravvin ham cho‘ri qizga garchi sezilarsiz bo‘lsada, qandaydir  yordam berish kerakligini bilardi.

Havoriy Pavlus bunday harakat haqida yozgan: “Har birimiz o‘zganing manfaaatini ko‘zlab, unga dalda berish niyatida uni mamnun qilishga harakat qilaylik” (Rimliklar 15:2). Yordam ko‘zga tashlanadigan va ulkan miqyosda bo‘lishi shart emas. Ba’zan eng bilinmaydigan tarzda mehr-shafqat ko‘rsatish juda ajoyib bo‘ladi.

MULOHAZA QILGIN: Sen o‘zing guvoh bo‘lgan mehr-shafqatning qanday namoyon bo‘lishi eng ajoyibi bo‘lgan? Nima deb o‘ylaysan, agar har bir kishi “o‘z yaqinini mamnun etsa” nima bo‘ladi? Sen o‘zing shunday qilasanmi? Bugundan boshlashga urinib ko‘r.

IBODAT: “Mehribon Xudo, mehr-shafqatning go‘zalligini ko‘rishim va nimaiki qilmay va gapirmay, uni namoyon etishim uchun menga yordam ber”.

 

 

25 SENTYABR. BILIMDONNING MASLAHATI

Kalomdan o‘qish: Zabur 118:65-68

Naqadar yaxshisan, ezgulik qilasan, farmonlaringni menga o‘rgatgin (Zabur 118:68).

 

AYTAYLIK, SEN mohir basketbolchi bo‘lishni istab qolding. Senda tanlov bor: sen mashhur basketbolchi Maykl Jordandan yoki har kuni markaziy maydonda kaptarlarni oziqlantiradigan Garvi Klibnitsdan bu borada saboq olishing mumkin. Sen qaysi birini tanlagan bo‘larding?

Yoki sen mashhur xonanda bo‘lmoqchisan va ota-onang sen vokal hamda gitaradan tahsil olishing uchun to‘lov qilishga qaror etdilar, deylik. Ular, kim senga tahsil berishini istashingni so‘rashadi: ko‘p yillardan buyon musiqali disklari millionlab nusxada sotilayotgan qo‘shiqchimi yoki qishloq yarmarkasidagi xonandalar bellashuvida bir marotaba g‘olib chiqqan qiz bolami? Qaysi birini tanlaysan?

Ehtimol, ulg‘ayganingda kompterlar bilan ishlashni xohlarsan? Bir tarafdagi qo‘shning – “Maykrosoft” (bu o‘sha, Windows ixtirochisi) korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts, boshqa tomondagi qo‘shning esa, monitor – bu, Fuqarolar urushi davridagi harbiy kemaga o‘xshagan narsa, deb o‘ylaydigan amaki Vasya Sidorov. Sen ularning qaysi biridan maslahat so‘ragan bo‘larding?

Endi esa tasavvur qil, sen hayotda to‘g‘ri qaror qabul qilishga o‘rganmoqchisan. Sen chindan ham nima yaxshiyu, nima yomonligini bilishni istaysan, biror yomon ish qilib, kimgadir zarar yetkazishni esa xohlamaysan. Senda hamisha haq va behad yaxshi (Muqaddas Kitobda shunday deyilgan) Xudoning Kalomi – nima yaxshiyu, nima yomonligini bildiradigan Qodir Xudoning Kalomi – bor. Deylik, senda boshqacha fikrlar ham bor: Kolya Pirojkov “agar hech kimga ziyon keltirmasa, yolg‘on gapirish yaxshi” ekanligini aytadi. Masha Svetkova esa, “nima yaxshiyu, nima yomon ekanligini hech kim aytolmaydi, buni sen o‘zing hal qilishing lozim”, deya hisoblaydi. Sen qaysi fikrni afzal ko‘rasan?

Albatta, agar sen aqlli bo‘lsang basketbol bo‘yicha Maykl Jordan qo‘lida saboq olishni, vokal borasida esa mashhur xonandadan tahsil olishni afzal ko‘rasan. Kompyuterlar borasida amaki Vasya Sidorovdan emas, balki Bill Geytsdan maslahat so‘raysan. Yaxshi va yomonlik masalasida esa osmon va yerni yaratgan Xudodan maslahat so‘raysan, to‘g‘rimi? Sen Muqaddas Kitobda aytilganlarga itoat etasan, shunday emasmi?

Albatta, sen aynan shunday qilasan, negaki sen yaxshilik va yomonlik masalasida o‘zing hal etolmaysan – ammo Kim buni hal qilishini bilasan, to‘g‘rimi?

MULOHAZA QILGIN: Seningcha, to‘g‘ri qarorga kelishing uchun sen yaxshilik va yomonlik borasida bilimdon bo‘lishing kerakmi? Nima uchun “ha” va nima uchun “yo‘q”? Nima deb o‘ylaysan, bunday bilimdon bilan tanishish senga yordam beradimi? Nima yaxshiyu, nima yomon ekanligi borasida bizning eng katta mutaxassisimiz kim? Sen Undan qay tarzda maslahat so‘rashing mumkin?

IBODAT: “Rabbim, Sen hamisha mehribonsan. Iltimos, meni O‘z qoidalaringga o‘rgat va atrofdagilar gapirayotganiga emas, Sen aytayotganlarga amal qilishimga o‘rgat”.

 

26 SENTYABR. TASLIM BO‘LMA!

Kalomdan o‘qish: Galatiyaliklar 6:7-10

Shunday ekan, yaxshilik qilishdan charchamaylik. Agar holdan toyib qolmasak, o‘z vaqtida buning hosilini o‘rib olamiz (Galatiyaliklar 6:9).

 

HECH QANDAY SUPERMARKETLAR. Uyga hech qanday pitssalar. Hech qanday do‘konlar. Hech qanday “ Makdonaldlar”. Hech qanday kafe va restoranlar.

Havoriy Pavlus Galatiya jamoatiga o‘z Maktubini yozganida, ahvol ana shunday edi. Ko‘rayapsanmi, o‘sha davrlarda odamlar pitssani o‘z dalalarida yetishtirishardi.

Ular bahorda urug‘ sepish uchun yerni uzoq va mashaqqat bilan ag‘darib chiqishardi. Butun yoz davomida ekinlarini parvarish qilishardi: o‘toq qilishar, sug‘orishar, yovvoyi hayvonlar ekinlarini payhon qilib, yeb ketishiga yo‘l qo‘yishmasdi. Kuzda ular hosilni yig‘ib olib, qishga ozuqani zahira qilib qo‘yishardi.

Agar biror inson yoki oila ekish, o‘toq qilish va hosilni yig‘ishdan bezib qolib, bu ishini tashlasa, uni katta noxushliklar qarshi olardi. Ular qishda oziqlanishlari uchun yilning boshqa barcha fasllarida mehnat qilishardi. Ularda ovqatni supermarketdan sotib olish imkoni bo‘lmagan. Ular o‘zlariga pitssa buyurtma qila olishmagan. Agar ular bahorda, yozda va kuzda qattiq mehnat qilmaganlarida edi, qishda och qolib ketgan bo‘lishardi.

Biz bilan ham xuddi shunday bo‘ladi. Vasvasadan qochish va to‘g‘ri qaror qabul qilish qiyin bo‘lishi mumkin. Ba’zan oilada (sinfda, mahallada) to‘g‘ri yo‘l tutayotgan yagona kishi bo‘lib qolish azobli kechadi. Mana nima uchun Pavlus Muqaddas Kitobdan bugun o‘qiladigan oyatda quyidagicha deydi: “Shunday ekan, yaxshilik qilishdan charchamaylik. Agar holdan toyib qolmasak, o‘z vaqtida buning hosilini o‘rib olamiz” (Galatiyaliklar 6:9).

Senga qanchalik qiyin bo‘lmasin, hech qachon taslim bo‘lma. Ustingdan kulishsa ham, umidsizlikka tushma. Hatto senga og‘ir bo‘lsa ham charchab qolmagin. Xudoga umid qilishda davom etaver. Undan yordam so‘ra. To‘g‘ri qaror qabul qilishda davom etaver.

Bu oson bo‘lmasligi mumkin, ammo bu shunga arziydi. Xudoning Kalomi bizni ishontirib aytadiki, barqaror kishilar marhamatni “o‘z vaqtida yig‘ib olishadi”.

MULOHAZA QILGIN: Sen qachondir vasvasaga qarshi kurash va to‘g‘ri qaror qabul qilishdan charchaganmisan? Sen qachondir umidsizlikka tushib, taslim bo‘lishga hozirlanganmisan? Agar Xudoga itoat etishda davom etib, Uning Kalomiga rioya qilsang, Xudoning Kalomi senga nimani va’da qiladi?

IBODAT: “Ota, men ba’zan vasvasaga qarshi kurashishdan va to‘g‘ri qaror qabul qilishdan charchayman. Meni qo‘llab-quvvatlayotganing va Senga itoat etishda davom etayotganim uchun – agar men taslim bo‘lmasam marhamat hosilini yig‘ib olishim haqidagi va’dang uchun Senga Rahmat. Senga itoat qilishda davom etishim va nimaiki qilmay barchasida Senga manzur bo‘lishim uchun menga yordam ber”.

 

 

27 SENTYABR. O‘NINCHI MOXOV

Kalomdan o‘qish: Luqo 17:11-19

O‘zini Isoning oyoqlari ostiga tashlab, Unga minnatdorchilik bildirdi (Luqo 17:16).

 

MUQADDAS KITOBDAGI NOMSIZ QAHRAMONLARDAN BIRI – bu, Isoni uzoqdan ko‘rib: “Ey Iso! Ustoz! Bizga rahm qiling!” deb qichqirgan o‘nta moxovdan biridir. Ulardan faqat bittasi Isoga minnatdorchilik bildirish uchun qaytib keldi. Axir vaqt bo‘ylab sayohat qilish va o‘sha moxov kishi bilan gaplashish ajoyib ish bo‘larmidi?

– Ha, – harholda u shunday javob bergan bo‘lardi, – bu aslida juda o‘zgacha bo‘ldi! Iso bizga ruhoniylarga ko‘rinishimiz kerakligini aytdi. Shu bois, garchi biz hech nimani sezmagan bo‘lsakda, o‘sha yoqqa bordik. Men to‘satdan o‘z qo‘limga qaradim – u endi oqarmay qo‘ygandi! Moxovlik yo‘qolgandi! Men o‘zimni chimchiladim – og‘riq sezildi! Qo‘limga yana sezgi qaytgandi. Bu men qachondir his qilgan eng ajoyib og‘riq edi.

Qariya navbatdagi savolni eshitish uchun biz tomon engashadi.

– Ha, men shu yerda to‘xtadim. Ruhoniyning meni sog‘lom deya e’tirof etishi menga kerak emasdi; men buni bilardim! Menda shubha yo‘q edi. Men hozirgina moxov edim, bir lahza o‘tmayoq sog‘lom odamga aylandim! – u barmoqlarini qarsillatadi. – Ana shunaqa.

U qayrilma barmoqlari bilan qulog‘ini artadi:

– Men shunda Isoni topish uchun orqamga qaytdim. Men qishloqqa qaytib yugurdim, U deyarli hozir ham o‘sha yerda turardi. Men olomon orasidan o‘tib Uning oyoqlari ostiga yiqildim. Men shu qadar xursand edimki, zo‘rg‘a gapira olardim, lekin Unga rahmat aytishga harakat qilardim.

U boshini chayqaydi:

– Men, boshqalar ham men bilan birga borishadi, deb o‘ylagandim. Men hattoki, Iso atrofga qarab shu gaplarni aytmagunicha, bir o‘zim qaytganimni tushunmagandim: “Men axir o‘n kishini davolamadimmi? Qolgan to‘qqiztasi qani?” Faqat ana shundagina men boshqalar men bilan birga kelishmaganini tushundim. Ammo bu meni bezovta qilgani yo‘q. Men shuni nazarda tutyapmanki, boshqalar nimaiki qilishmasin, U meni shifolaganidan so‘ng Unga minnatdorchilik bildirishim kerak edi, tushunyapsizmi? Axir siz ham shunday yo‘l tutmagan bo‘lardingizmi?

Mana bu yaxshi savol! Oxir-oqibat, Xudo sen uchun nimalar qilganini eslab ko‘r; axir U senga shuncha marhamatlarni yubormadimi? Axir U yuz – ming – martalab turli masalalarda senga mehribonlik ko‘rsatmadimi? Boshqalar nimaiki qilmasin, bunday mehribon Xudo sen minnatdorchilik bildirishingga va olqishga munosibdir – sen esa bunga boshqacha fikrdamisan?

MULOHAZA QILGIN: Sen ko‘proq kimga o‘xshaysan: o‘ninchi moxovgami (Isoga minnatdorlik bildirganiga) yoki boshqa to‘qqiztasigami (Unga mutlaqo minnatdorchilik ko‘rsatmaganlarigami)? Agar Xudo senga ko‘rsatgan barcha yaxshiliklari uchun Unga minnatdorchilik bildirishingga to‘g‘ri kelganida, seningcha, bu qancha vaqtni olardi? Mana shu damdan boshlab o‘ninchi moxovga ko‘proq o‘xshashing uchun nimalar qilishing mumkin?

HARAKAT QIL: Bir varaq qog‘oz ol. Xudoga bugun minnatdorchilik bildirishing kerak bo‘lgan uch yoki to‘rt narsani qayd etgin. Toki varaq to‘lmagunicha har kuni uch-to‘rt bandni qo‘shaver.

IBODAT: “Rabbim, Sen men uchun shunchalik ko‘p narsalar qilding va ko‘p narsalar berding! Ayniqsa, Senga bugun ............uchun minnatdorchilik bildiraman”.

 

 

28 SENTYABR. BIR KISHI HAMMAGA QARSHI

Kalomdan o‘qish: Doniyor 3:1-12

Bu odamlar xudolaringizga  sig‘inmaydilar, ular hatto siz o‘rnatgan oltin haykalga sajda qilishni ham o‘zlariga ep ko‘rmadilar ( Doniyor 3:12).

 

KATTA BARMOQ BOSHQALARIDAN ALOHIDA FARQ QILISHI HAQIDA ko‘hna Afrika ertagi bor.

Bir kuni beshta barmoq stolda yonma-yon yotganlarida chiroyli tilla uzukni ko‘rib qolishibdi.

– Ey, - debdi barmoqlardan biri, – kelinglar, uni o‘zimizga olamiz!

– U aynan menga to‘g‘ri kelarkan, – debdi nomsiz barmoq.

U tilla uzukka yaqin surilganida, katta barmoq qarshilik ko‘rsatibdi:

– Shoshmanglar! – debdi u. – Sizlar bunday qilolmaysizlar.

– Nima uchun? – jo‘r bo‘lib hayqirishibdi boshqalar.

– Negaki bu noto‘g‘ri bo‘lardi.

– Qo‘ysangchi! – debdi barmoqlardan biri. – Hech kim buni ko‘rmaydi.

– Bu o‘g‘irlik, – e’tiroz bildiribdi bosh barmoq.

– Bizga aql o‘rgatishing yetmay turuvdi! – hayqiribdi ko‘rsatgich barmoq.

– Rostdan ham, bu jonga tegdi! – ming‘irlabdi jimjiloq.

– Agar sen shunday davom etsang, – qo‘shimcha qilibdi o‘rta barmoq, – biz sen bilan boshqa birga bo‘lmaymiz.

– Xuddi shunday! – debdi boshqalar ham. – Ket bu yerdan! Sen bizga boshqa kerak emassan.

Ana shunday qilib, boshqa barmoqlar bosh barmoqdan ajralishibdi va u yolg‘iz o‘zi qolibdi. Ular bosh barmoq tutgan yo‘lidan qaytib, o‘zlariga qo‘shiladi deya o‘ylashibdi, biroq u noto‘g‘ri ish qilishdan voz kechib, bir o‘zi qolaveribdi.

Mabodo boshqalar bizni qandaydir yomon ishlarga undashsa, Xudo bizning bosh barmoq kabi yo‘l tutishimizni istaydi. Yolg‘iz qolish oson emas, ammo Xudoning ixlosini so‘ndirgandan ko‘ra do‘stlar bilan kelishmovchilikka borgan afzal.

MULOHAZA QILGIN: Sen qachondir shu barmoqlar kabi o‘zingni tutib, boshqa birovni noto‘g‘ri ish qilishga undaganmisan? Bu voqeadagi katta barmoq kabi o‘zingni his qilgan damlar bo‘lganmi? Sen nima qilgansan? Muqaddas Kitobdan bugun o‘qiladigan oyat ertakdagi barmoq bilan qay tariqa bog‘liq? Keyingi safar kimdir seni vasvasaga solganida, katta barmoqqa ko‘proq o‘xshashing uchun nimalar qilishing mumkin?

HARAKAT QIL: Seni vasvasaga solmoqchi bo‘lgan odamlarga qarshilik ko‘rsatish qanchalik muhimligini yodda tutgan holda, bugun kun davomida bosh barmog‘ingga nazar tashlab tur.

IBODAT: “Rabbim, barcha meni noto‘g‘ri yo‘l tutishga undayotganida, to‘g‘ri yo‘l tutishim qiyin. Iltimos, hattoki yolg‘iz qolgan taqdirimda ham keyingi safar meni vasvasaga solganlarida, kuchli bo‘lishimga yordam ber”.

 

 

29 SENTYABR. DYUNKERKDAN MAKTUB

Kalomdan o‘qish: Doniyor 3:13-18

Biz sig‘inadigan Xudo bizni olovli chuqurlikdan ...qutqarishga qodir. Ammo U bizni qutqarmagan taqdirda ham, bilib qo‘yingki, ey shoh hazratlari, biz hech qachon xudolaringizga sig‘inmaymiz, siz o‘rnatgan oltin haykalga ham sajda qilmaymiz ( Doniyor 3:17-18).

 

1940 YIL MAY OYINING OXIRLARIDA, Ikkinchi jahon urushi paytida, nemis armiyasi Yevropadagi kichik davlat – Belgiyaga bostirib kirdi. Gitlerchilarning tank va qo‘shinlari mamlakat bo‘ylab himoyachilarni – inglizlarni, fransuzlarni va belgiyaliklarni – dengizgacha surib keldi.

Oxir-oqibat Buyuk Britaniya, Fransiya va Belgiyaning birlashgan qo‘shinlari shimoliy-fransuz porti Dyunkerkda qurshovda qolib ketishdi. Ular jami 338000 kishi bo‘lib, yaqinlashib kelayotgan nemis armiyasi ularni yer yuzidan supurib tashlaydigandek tuyulardi.

Jangning qanday hal bo‘lishini intiq kutayotgan inglizlar banogoh Dyunkerkdagi halokatga mahkum qo‘shindan qisqacha xabar olishdi:  

Buyuk Britaniya to‘satdan harakatga tushib qoldi. Barcha harbiy kemalar, katerlar, baliqchi qayiqlar, motorli qayiqlar, yaxtalar – hattoki kichik qayiqlar – Dyunkerkdagi qo‘shinni saqlab qolish va uni Angliya hududiga o‘tkazish uchun La-Manshni kesib o‘tishdi.

Bu qisqacha xabar nimani anglatgandi? Bir nechagina so‘z qanday qilib bu kabi ishlar qilishi mumkin?

Dyunkerk mo’jizasi shu bois ham sodir bo‘ldiki, Britaniya ahli Muqaddas Kitobdagi so‘zni bilib olishdi. Britaniyaliklar, garchi butga sajda qilishdan bosh tortganlari uchun shoh ularni qizigan pechga tashlash bilan qo‘rqitgan bo‘lsada, Xudoga ishongan Sedrax, Misax va Avdenago voqeasidagi jumlani payqab olishgandi. Mazkur jumla shuni anglatardi: “Hattoki o‘lishga to‘g‘ri kelsa ham, biz taslim bo‘lmaymiz”.

Harholda, seni qachonlardir qizigan pechga tashlab yubormasalar kerak. Ko‘p minglik qo‘shin va tanklar qurshovida ham qolib ketishing dargumon. Biroq hayotingda ko‘p bora to‘g‘ri harakat va gunoh o‘rtasida tanlov qilishingga to‘g‘ri keladi. Ba’zan bu qiyin kechadi.

Mana shunday damlarda to‘g‘ri harakat doimo maqbul bo‘lib qolishi haqida o‘ylagin, bu hattoki senga qiyin tuyulib, buning uchun taqdirlanmasang ham. To‘g‘ri yo‘l tutish hamisha to‘g‘ri, bu hatto seni ajablantirsa yoki noxushliklar xavf solganida ham. Xudo seni bulardan xalos etishi mumkin, U seni to‘g‘ri harakat uchun taqdirlashi mumkin nimaiki bo‘lgan taqdirda ham – baribir yaxshilik hamisha yaxshilik bo‘lib qolaveradi.

  MULOHAZA QILGIN: Sen to‘g‘ri yo‘l tutib, bundan afsuslangan paytlaring bo‘lganmi? To‘g‘ri yo‘l tutib, buning uchun noxush vaziyatlarga tushib qolganmisan? To‘g‘ri yo‘l tutib, buning uchun taqdirlanmay qolgan vaziyatlaring bo‘lganmi? Agar sen bu javoblardan birortasiga “ha” deb javob bergan bo‘lsang, to‘g‘ri ish qilganing uchun afsuslanganmisan? Shu haqda hozirgacha afsus qilasanmi? Nima deb o‘ylaysan, hattoki og‘ir bo‘lganida ham biz to‘g‘ri yo‘l tutishimiz kerakmi? Hatto buning uchun taqdirlanmay qolganimizda hammi? Nima uchun “ha” va nima uchun “yo‘q”?

IBODAT: “Rabbim, men hatto og‘ir bo‘lganida ham to‘g‘ri yo‘l tutmoqchiman. Iltimos, hatto qiyin bo‘lsa ham va buning uchun taqdirlanmasamda, bugun to‘g‘ri qaror qilishim uchun yordam ber”.

 

 

30 SENTYABR. OLOVLI O‘CHOQDA

Kalomdan o‘qish: Doniyor 3:19-27

Suvlardan o‘tganingda, Men sen bilan birga bo‘laman (Ishayo 43:2).

 

BOLAKAY BEXOSDAN katta va o‘ta qimmatbaho oynani sindirib qo‘ydi va ota-onasiga bor haqiiqatni aytdi. Ular endi bolani sayr qilib kelishiga ruxsat berishmayapti.

Qizaloq spirtli ichimliklar ichiladigan va giyohvand moddalar iste’mol qilinadigan ziyofatga borishdan bosh tortdi. Dugonalari endi unga e’tibor berishmayapti.

Bir erkak restoranda qo‘shni stoldagi kishining ahvoli og‘irlashib, bo‘g‘ilib qolayotganini ko‘rdi. U yugurib borib, o‘sha odamning orqasiga urib, bo‘g‘ziga tiqilib qolgan ovqatni chiqarib tashladi. Oradan bir necha kun o‘tgach uni sudga topshirishdi, negaki u haligi odamning qovurg‘asini sindirib qo‘ygandi.

Bunaqa vaziyatlar chindan ham uchrab turadi. Odamlar to‘g‘ri yo‘l tutishadi – so‘ngra esa ularni e’tirof etishmaydi yoki jarima solishadi.

Bu qanday yuz berishi mumkin? Zero to‘g‘ri yo‘l tutganimizda bizga yaxshiroq bo‘lishi kerak emasmi? Axir biz to‘g‘ri ish qilganimizda, Xudo bizni himoya qilib g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaydimi?

Ha, bu shunday. Agar sen to‘g‘ri yo‘l tutsang, senga yaxshi bo‘ladi. Agar sen Uning qoidalariga amal qilsang, Xudoning himoyasi va g‘amxo‘rligidan bahramand bo‘lasan. Biroq Xudo sen to‘g‘ri yo‘l tutganingda hamisha azob va mashaqqatlardan xoli bo‘lishing uchun kafolat bermaydi. U to‘g‘ri ish qiladiganlar aslo kulguga, befarqlikka va hatto jarimaga tushib  qolmasliklari haqida va’da bermagan. Lekin U sen bilan birga bo‘lishga va mabodo to‘g‘ri yo‘l tutganing bois azoblanganingda senga yordam berishini va’da qilgan.

Yodingdami, Shadrax, Meshax va Abednaxu shoh Navuxadnazarning xudosiga sajda qilishdan bosh tortishgandi? Bu to‘g‘ri edi. Ammo bu haqda shohga xabar yetkazishdi (saroydagilar orasida hamisha g‘iybatchilar bo‘ladi!) Ularni shoh oldiga keltirib, olovli o‘choqqa tashlashdi.

Biroq shoh o‘choqqa qaraganida, yigitlar hali ham tirik ekanligini ko‘rdi – ular bilan birgalikda yana kimdir, “ilohiy zot” (Doniyor 3:25) bor edi. Ko‘ryapsanmi, garchi Shadrax, Meshax va Abednaxu olovli o‘choqda bo‘lishlariga to‘g‘ri kelgan bo‘lsada, Xudo hamisha ular bilan birga edi! Bu yigitlarning biror joyi ham kuymagandi!

Demak, sen ham to‘g‘ri yo‘l tutishdan qo‘rqmagin. Sening ustingdan kulishlari, seni tashlab ketishlari va yana shu kabi vaziyatlar yuz berishi mumkin. Lekin Xudo hamisha sen bilan birga bo‘ladi. Xudo senga yordam beradi. U seni shu kabi yoki boshqacha tarzda qutqaradi.

MULOHAZA QILGIN: Sen qachonlardir to‘g‘ri yo‘l tutishdan cho‘chiganmisan? Agar qo‘rqmagan bo‘lsang, nima uchun? Agar shunday bo‘lsa, nega? Nima deb o‘ylaysan, Xudo sening qo‘rquvlaringni tushunadimi? Yomon yo‘l tutish uchun qo‘rquv yetarli oqlov bo‘lishi mumkinmi? Nima uchun “ha” va nima uchun “yo‘q”? Agar sen to‘g‘ri ish qilsang, Xudo senda muammolar bo‘lmasligini va’da qilganmi? U senga nimani va’da qilgan?

IBODAT: “Rabbim, Sening Kalomingda shunday deyilgan: “Suvlardan o‘tganingda, Men sen bilan birga bo‘laman” (Ishayo 43:2). Bu va’dang uchun Senga rahmat. Men to‘g‘ri ish qilganim uchun azoblanmoqchi emasman, lekin shunday bo‘lib qolsa, Sen men bilan birga ekanligingni va menga yordam berishingni eslashimga yordam ber”.

 


O‘smirlarning har kungi o‘qishlari uchun (Uzbek tilida kitob) To‘g‘ri qarorlar izlab (Josh Makdauell va Bob Xostetler)
YANVAR - FEVRAL - MART - APREL - MAY - IYUN - IYUL - AVGUST - SENTYABR - OKTYABR - NOYABR - DEKABR



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак