To‘g‘ri qarorlar izlab. (Josh Makdauell va Bob Xostetler) 11 bob

JOSH MAKDAUELL va BOB XOSTETLER

TO‘G‘RI QARORLAR IZLAB

O‘smirlarning har kungi o‘qishlari uchun

 366 jozibakor lavhalar

YANVAR - FEVRAL - MART - APREL - MAY - IYUN - IYUL - AVGUST - SENTYABR - OKTYABR - NOYABR - DEKABR

ANNOTASIYA

Mazkur kitob biz har kuni duch keladigan hayotiy muammolarga to‘g‘ri qarorlarni topgan holda, ularni oqilona hal etish uchun Muqaddas Kitobdan qanday foydalanish kerakligini ko‘rsatadi. Siz ega bo‘lgan narsalaringiz uchun o‘zingizda Xudoga minnatdorchilik hissini uyg‘otgan holda imkon qadar ko‘proq ibodat qilish, o‘z harakatlaringizni tahlil qilish, itoatkorlik ruhida ish tutib odamlarga xizmat qilishning imkoniyat va usullarini izlash zarur ekanligini tushunib olasiz.Tugri qarorlar izlab kitob uzb

  

KIRISH. To‘g‘ri qarorlar izlab: har bir kun uchun vazifa

DINOZAVRLAR VA KINOYULDUZLAR.

Teleo‘yin.

Misha aka va Masha singil.

To‘lin oy va uchayotgan kometalar.

Televizion yangiliklar dasturi

“Iyerixon uchun kurash: bir kundan so‘ng”.

Jinlar va shaytonlar; o‘yinlar va hazillar; olimlar va fermerlar; qarg‘a va kanareyka; testlar va savolnomalar va hattoki g‘aroyib kaltakesak Mikatu – siz bularning barchasini ushbu kitobning sahifalaridan topasiz. Josh Makdauellning “O‘smirlar uchun har kungi mutolaa” kitobi bu har bir kunda to‘g‘ri qarorlarni izlash va mulohaza yuritish uchun ozuqadir. Birinchi yanvardan boshlanadigan “Andreyning kurtkasi” nomli maftunkor sayohat toki 31 dekabrdagi “Foydali orzular” nomli mutolaagacha jami 366 jozibakor lavhalarni qamrab oladiki, ular sizni to‘g‘ri qarorlarni nojoizlaridan farqlab olishingizga hamda doimo to‘g‘ri tanlov qilishingizga yordam beradi.

Har kungi mutolaa shu kungi hayotingizda haqiqatni qo‘llashda yordam beradigan Muqaddas Kitobdan qisqa parchalarni, asosiy oyatlarni, bir qancha masala va maslahatlarni, shuningdek, qisqacha ibodatlarni o‘z ichiga oladi. Ammo harqalay hech bir kun boshqasiga o‘xshamaydi. Ayrimlari qisqacha hikoyani taqdim etsa, boshqasi testni tavsiya etadi; nimadir sizni kulishga undashi yoki dilingizni o‘rtashi mumkin; ba’zi hikoyalar o‘ylab topilgan, boshqalari esa haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Shu bilan birgalikda, har kungi mutolaa sizni mulohaza yuritishga va “mana shu buzuq va egri nasl orasida Xudoning nuqsonsiz, aybsiz va pok farzandlari bo‘lishingiz”ga undaydi (Filippiliklarga 2:15).


O‘smirlarning har kungi o‘qishlari uchun (Uzbek tilida kitob)
NOYABR -

 

1 NOYABR. YORITGIN!

Kalomdan o‘qish: Filippiliklar 2:12-15    

Mana shu buzuq va egri nasl orasida Xudoning nuqsonsiz, aybsiz va pok farzandlari bo‘lishingiz uchun hamma narsani nolimay, bahslashmay qilinglar (Filippiliklar 2:15).

 

BIR BADAVLAT HIND SAVDOGARI narigi dunyoga ketishga hozirlanibdi. U o‘g‘illarini oldiga chaqirib, o‘zining maqsadini ayon qilibdi.

– Siz ikkalangiz ham ajoyib o‘g‘lonlar va qobiliyatli insonlarsiz, – debdi u. – Qaysi biringizga o‘z ishimni va boyligimni qoldirishni bilmay turibman. Shu bois ikkalangizni sinovdan o‘tkazishga qaror qildim.

U o‘g‘illariga bir tangadan beribdi.

– Butun uyni to‘ldirish mumkin bo‘lgan biror nima sotib olinglar.

Tangalar kichkina, uy esa katta edi. Ikkala o‘g‘il ham vazifa og‘ir ekanligini tushunishibdi.

To‘ng‘ich o‘g‘il vaqtni behuda ketkazmabdi. U bozorga shoshilib borib, narxlarni o‘rgana boshlabdi. Tezda u, eng arzon va katta hajmli mahsulot poxol ekan, degan xulosaga kelibdi. Shu tariqa imkon qadar ko‘proq poxol sotib olib uyga keltiribdi. Biroq sotib olgani faqat polning bir qismini yopishga yetibdi, xolos.

Kenja o‘g‘il otasining topshirig‘i haqida uzoq o‘ylabdi. U xarid qiladigani g‘ayrioddiy narsa bo‘lishi kerakligini tushunibdi.

Kenja o‘g‘il uyga qaytib kelganida qo‘lida kichikroq paket bor ekan. To‘ng‘ich o‘g‘il kulibdi:

– Sen mana shu bilan uyni to‘ldirmoqchimisan? – debdi u paketni ko‘rsatib.

Kenja o‘g‘il hech nima demabdi. U paketni ochib ko‘pgina kichik shamlarni chiqaribdi. U har bir xonaga sham qo‘yib chiqibdi. U barcha shamlarni yoqqanida, butun uy... yorug‘likka to‘libdi!

Sen ham shu aka-ukalar singari har kuni tanlov qilishingga to‘g‘ri keladi. Har tongda sen yangi kun uchun kurashga kirishasan. Sen kunni o‘zingni zulmat va umidsizlikka olib boradigan noto‘g‘ri qarorlar, xudbinona harakatlar bilan to‘ldirishing mumkin. Yoki butun atrofingni yoritadigan olijanob ishlar, to‘g‘ri harakatlar bilan to‘ldirishing ham mumkin.

Hayotingni to‘g‘ri ishlar bilan to‘ldirishni bugun – va har kuni – o‘z vazifang deb bil, shunday bo‘lsinki, sening nuring zulmat dunyosining o‘rtasida porlab tursin.

MULOHAZA QILGIN: Kechagi kuning nima bilan to‘lgandi – nur bilanmi yoki zulmat bilan? To‘g‘ri qarorlar bilanmi yoki noto‘g‘ri qarorlar bilan? Nima deb o‘ylaysan, agar odamlar to‘g‘ri ishlar qilayotganingni ko‘rishsa nima bo‘ladi? Bugun atrofingdagilar uchun qanday qilib “nur” bo‘lishing mumkin?

HARAKAT QIL: Ota-onangdan to‘g‘ri qarorning zarurligini va atrofingdagilar uchun nur bo‘lishing kerakligini eslatib turishi uchun bugun nonushtani sham yorug‘ida o‘tkazishga ruxsat berishlarini so‘ragin.

IBODAT: “Ota, iltimos, bu rutubatli olamda pokiza va begunoh yashashim uchun yordam ber. Atrofimdagilarga yorug‘lik taratishim uchun to‘g‘ri qaror qilishimga ko‘maklash”.

 

 

2 NOYABR. HAYOT O‘YINI

Kalomdan o‘qish: Ishayo 64:4-5

Quvonch bilan to‘g‘ri yo‘ldan yurganlarga, Sening amrlaringni bajarganlarga Sen peshvoz chiqasan (Ishayo 64:5).

 

BIROR YANGI O‘YIN o‘ylab topganingni tasavvur qilgin. Sen o‘zing o‘yin maydonini chizding, hovlidan yig‘ib olgan bo‘sh tunuka idishlardan soqqalar yasading. Sen hattoki qoidalar tuzib chiqding.

Oldingga mehmon bo‘lib ikkita o‘rtog‘ing kelishadi. Sen o‘yin maydonini polda tasvirlab, ularga qoidalarni qunt bilan o‘rgatasan. So‘ngra esa do‘stlaringga olijanoblik ila birinchi yurishni taklif etasan.

Bir muddat hammasi yaxshi ketadi. O‘yin sen o‘ylaganingdan ham ko‘ra qiziqroq tuyuladi. Lekin keyinroq do‘stlaringdan biri ta’qiqlangan yurish qiladi.

– Bu mumkin emas, – deysan sen. – Qoidalar esingdami?

– Men sening qoidalaringga rozi emasman. Menimcha, o‘z qoidalarimga amal qilganim afzal.

– Ey, – deydi ikkinchi o‘rtog‘ing, – agar sen o‘z qoidalaringni o‘rnatsang, men ham shunday qilaman!

– Ammo men sizlarga qoidani tushuntirgandim! – sen taajjubga tushasan.

Endi juda kech. Do‘stlaring senga quloq solishmayapti. Ular o‘z qoidalari asosida o‘ynashmoqda. Bu esa aslo yoqimli emas. Kun yarmiga kelib ular o‘zaro bir necha marta janjallashgan bo‘lishadi. Ketayotganlarida esa hattoki bir-birlari bilan gaplashishmaydi.

Xo‘sh, sen o‘zingni qanday his qilgan bo‘larding? Unchalik yoqimli bo‘lmasdi, to‘g‘rimi? Sen o‘zingni mana shunday vaziyatda qanday his qilishingni tasavvur qila olsang, demak, Xudoning O‘zini qanday his qilishini ham tasavvur qilishing mumkin. Oxir-oqibat, U borliqni va undaki jami narsani yaratdi. U odamlarni bu olamga joylab yashash uchun barcha kerakli narsalarni berdi. U hattoki odamlarni “o‘yin qoidalari”dan xabardor etdi. Lekin ayrimlar bu qoidalarni tan olishmaydi. Ular o‘z qoidalarini o‘ylab topishlari mumkin deya hisoblashadi. Boshqalar esa U hech qanday qoidalar bermagan, deya o‘zlarini ishontirishga urinishadi. Kimlardir esa Uning qoidalariga hech qanday e’tibor qaratishmaydi.

Biroq bu odamlar nohaq. Bundan tashqari – ular o‘zlarini aldashadi. Agar ular shunchaki qoida asosida o‘ynaganlarida, o‘zlariga ancha oson bo‘lardi – bizga ham quvonchliroq bo‘lardi. Barchamizga ham bu xursandchilik bag‘ishlardi.

MULOHAZA QILGIN: Seningcha, odamlar Xudoning amrlariga e’tibor bermay o‘z qoidalarini o‘ylab topishga urinishganda, Xudo nimani his etadi? Nima deb o‘ylaysan, odamlar Xudoning qoidalari asosida yashaganlarida, ularga yaxshiroq (quvonchliroq) bo‘larmidi? Nima uchun «ha» va nima uchun «yo‘q»?

HARAKAT QIL: Oilang yoki do‘stlaring bilan biror o‘yinni o‘ynagin va unda hech qanday qoidalar bo‘lmaganida nimalar bo‘lishi mumkinligini tasavvur qil.

IBODAT: “Rabbim, Sen – mo’jizakor Xudosan. Kim ezgulik qilsa va imon yo‘liga amal qilsa, Sen uni marhamat ila qarshi olasan. O‘shalar kabi bo‘lishimga, lekin Sening amrlaringga e’tibor bermay, ularga quloq solmaydigan odamlarga o‘xshamasligim uchun yordam ber”.

 

 

3 NOYABR. YOMON TA’SIR

Kalomdan o‘qish: Zabur 1:1-6

Shunday insonlar saodatlidir:

Ular fosiqlar maslahatiga yurmaydi,

Gunohkorlar yo‘lida ular turmaydi,

Mazaxchilar orasida o‘tirmaydi (Zabur 1:1).

 

BIR YOSH AYOL chuqur bir konga tomosha qilish uchun kelibdi. Boshqa sayohatchilarning bari jinsi shimda va ko‘ylayda bo‘lib, u esa qordek oppoq libos kiyib olgan ekan.

Guruh chuqurlikka tushish uchun lift oldiga kelganlarida, yo‘l boshlovchi ayolning yaqiniga kelibdi.

– Siz chindan ham pastga tushmoqchimisiz? – deya so‘rabdi u.

Ayol unga xafa bo‘lib qarabdi:

– Nega tushmas ekanman?

Yo‘l boshlovchi yo‘talib qo‘yibdi:

– Buni qarang-a, siz oq libos kiygan ekansiz.

– Nima bo‘pti? – debdi ayol. – agar o‘zim xohlasam, konga oq libos kiyib tusholmaymanmi?

– Albatta, tushishingiz mumkin, - deya rozilik bildirdi yo‘l boshlovchi uni boshqalar bilan birgalikda liftga o‘tkazayotib. Eshikni yopayotganida esa shu so‘zlarni qo‘shib qo‘ydi:

– Ammo kondan oq libosda chiqishingiz amri mahol.

Bu odam ayol kondan chiqqanida libos mana shunday oppoq holatda bo‘lmasligini bilardi.  U yerda yig‘ilib qoladigan ko‘mir changi kiyimga o‘rnashib qoladi. Xuddi shu narsani ko‘nikmalar haqida ham aytish mumkin.

Agar sen ko‘pchilik bolalar kabi bo‘lsang, demak, doimo ham to‘g‘ri ish qilmaydigan do‘stlaring ham bor. Hattoki hech qachon to‘g‘ri yo‘l tutmaydigan do‘stlaring ham bo‘lishi mumkin. Sen esa o‘sha ayol kabi fikrlashing mumkin:”Mabodo o‘zim shuni istasam, bu odam bilan muloqot qilolmaymanmi?”

Sen harqalay, haqsan. Bu odam bilan munosabat o‘rnatishing mumkin. Oxir-oqibat, sen barchani, hattoki, tez-tez noto‘g‘ri ish tutayotganlarni ham sevishing lozim. Biroq yodingda tut: ko‘nikmalar ko‘mir changiga o‘xshab senga o‘rnashib qoladi. Sen “oq libos”dagi – toza fikrli va yaxshi niyatli - odam bilan do‘stlikni boshlashing mumkin. Lekin sening “libos”ing uzoq vaqt oppoq holida qolmaydi.

Muqaddas Kitobda aytilganki, “Ular fosiqlar maslahatiga yurmaydi, Gunohkorlar yo‘lida ular turmaydi” (Zabur 1:1). Bu esa odatda noo‘rin ish qiladigan kishilar bilan qo‘pol va nojoiz munosabatda bo‘lish kerakligini anglatmaydi. Bu shunchaki ko‘mir changi va bema’ni ta’sirlardan nari yurish kerak deganidir. Nima uchun? Negaki ko‘mir changi o‘rnashib qoladi.

MULOHAZA QILGIN: Sening tez-tez noo‘rin ishlar qiladigan do‘stlaring bormi? Nima deb o‘ylaysan, sen ularning ko‘nikmalariga taqlid qilishga urinmayapsanmi? Agar shunday bo‘lmasa, bu holda nima uchun? Ularning senga ta’sirini kamaytirish uchun nima qilishing mumkin?

IBODAT: “Ota, men Zabur 1-bobda yozilganidek inson bo‘lishni va boshqalar menga yomon ta’sir ko‘rsatishlariga yo‘l qo‘ymaslikni xohlayman. O‘z qonunlaringdan lazzatlanishim va menga bema’ni ta’sir ko‘rsatadigan odamlardan nari bo‘lishim uchun yordam ber”.

 

 

4 NOYABR. DEVOR TIRQISHIDAN TASHLANGAN NAZAR

Kalomdan o‘qish: Rimliklar 8:28-30

Biz bilamizki, Xudoni yaxshi ko‘rganlarga hamma narsa yaxshilikka xizmat qiladi, chunki Xudo ularni O‘zining maqsadiga ko‘ra  da’vat etgan (Rimliklar 8:28).

 

NORMAN ROKUELL – amerikalik mashhur rassom. Uning ko‘plab ijodiy ishlari dastlab jurnal muqovalari uchun o‘ylab topilgan, keyinchalik esa Rokuell o‘z davrining taniqli musavvirlaridan biriga aylandi.

Rokuellning mashhur kartinalaridan birida beysbol o‘yiniga devor tirqishidan qarab turgan bolakay tasvirlangan. U tirqishga ko‘zi bilan yopishib olgan, ammo baribir faqat to‘g‘risidagini ko‘rishi mumkin, xolos. Ayni vaqtda o‘yinchilar, hakam va tomoshabinlar o‘yingohdagi hamma narsani ko‘rib turgan bir vaqtda bolakay maydon chetlarida, devor yaqinida nimalar bo‘layotganini ko‘rolmaydi. Tirqishga ko‘z tikib turgan bola bundagi manzaraning faqat bir qismini ko‘radi.

Biz ham tirqishdan termulib turgan shu bolaga o‘xshaymiz. Bizning hayot haqidagi tasavvurimiz bolaning beysbol o‘yini haqidagi tasavvuriga o‘xshaydi. Mabodo to‘g‘ri qarorlar qilsak, qanday yaxshiliklar hosil bo‘lishini bilmaymiz. Agar noo‘rin ishlar qilsak, qanday yomon oqibatlar yuz berishini bilmaymiz. Ba’zan to‘g‘ri qaror go‘yo yoqimsizdek, noo‘rin ishlar esa juda oddiy va vaziyatdan chiqishning eng maqbul yo‘li bo‘lib tuyuladi. Lekin buning sababi, biz holatni to‘lig‘icha ko‘ra olmasligimizdir.

Xudo barcha “o‘yin”ni bor butunligicha ko‘radi. U nimalar bo‘layotganini va sodir bo‘ladiganlarnining barchasini ko‘rib turibdi. U agar noo‘rin ishlardan o‘zimizni tiyib, to‘g‘ri qarorlar qilsak, natija yaxshi bo‘lishi haqida aytadi. U O‘zini sevib Uning maqsadiga amal qilganlarga marhamat yo‘llaydi (Rimliklar 8:28).

Demak, noto‘g‘ri qaror senga to‘g‘ri tanlovingdan ko‘ra yoqimli bo‘lib tuyulganida, devordagi tirqishdan qarab turgan bolakayga o‘xshashingni yodingga ol. Noto‘g‘ri qaror oddiy, to‘g‘ri tanlov esa murakkab bo‘lib tuyulganida, butun o‘yin maydonini to‘liq ko‘ra olmayotganingni esga ol. Noto‘g‘ri qaror tez foyda keltirib, to‘g‘ri tanlovlarning natijasi kechikkanida, Xudo barchasini ko‘rib turganligi yodingda bo‘lsin. U senga aytadiki, agar sen to‘g‘ri yo‘l tutsang, natijada o‘zing uchun yaxshi bo‘ladi.

Sen kimga ko‘proq ishonasan: devordagi tirqishdan qarab turgan bolagami yoki butun o‘yinni kuzatib turgan kishigami?

MULOHAZA QILGIN: Sen qachonlardir noto‘g‘ri qaror oddiy, to‘g‘ri qaror esa murakkab ekanligi haqida o‘ylaganmisan? Senga ba’zan noto‘g‘ri qaror tezda natija keltiradigandek, to‘g‘ri qaror esa natijasiz qoladigandek bo‘lib tuyulganmi? Agar shunday bo‘lsa, bu kabi holatlarda sen odatda qanday yo‘l tutasan? Sen kimga ko‘proq ishonasan: devordagi tirqishdan qarab turgangami (bu sen) yoki o‘yinni to‘liq ko‘rayotgangami (bu Xudo)? Agar Xudoga ishonsang, sen qanday qarorga kelishing kerak?

IBODAT: “Rabbim, Sen mendan ko‘ra yaxshiroq ko‘rishingni bilaman. Iltimos, noto‘g‘ri qaror to‘g‘ri tanlovga nisbatan jozibador, oson va qiziqarli bo‘lib ko‘ringanida, bu haqda eslashimga yordam ber. Senga ishonishim mumkinligini bilaman va Sen menga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatasan”.

 

 

5 NOYABR. KO‘ZGUDAGI BOLA

Kalomdan o‘qish: Efesliklar 4:26-32  

Hatto g‘azablanganingizda ham gunoh qilmang,

Tunda yotganingizda o‘ylang, sukut saqlang (Zabur 4:5).

 

BIR KO‘HNA XITOY ERTAGI BOR. Unda hech qachon ko‘zguni ko‘rmagan bolakay haqida so‘z boradi. Bolakay kunlardan birida hovlida o‘ynab yurganida, otasi ko‘zgu keltirib, uyidagi devorga ilib qo‘yibdi. So‘ngra otasi ishga ketibdi, bola esa uyga qaytibdi.

U devordagi ko‘zguni ko‘rib, buning nima ekanligini tushunmabdi. U taajjub bilan ko‘zgudagi bolaga qarab qolibdi. U, bu bola o‘zi bilan o‘ynagani kelgan, degan xayolga boribdi. U qo‘lini silkitibdi, ko‘zgudagi bola ham qo‘lini silkibdi. U jilmayibdi, ko‘zgudagi bola ham javoban jilmayibdi. U aytibdi: “Kel, o‘ynaymiz!” – ko‘zgudagi tasvir ham u bilan birgalikda jo‘r bo‘libdi: “Kel, o‘ynaymiz!”

Bolakay uydan yugurib chiqib tashqarida yangi do‘stini kutib turibdi. Ammo ko‘zgudagi bola uning orqasidan chiqmabdi. U kutib turibdi – lekin ko‘zgudagi bola kelavermabdi. Nihoyat, kutish uning joniga tegibdi. Bola uyga qaytibdi va o‘z aksini qayerda qoldirgan bo‘lsa, o‘sha yerda turganini ko‘ribdi!

– Nega sen o‘ynashga chiqmading? – debdi u, ko‘zgudagi bola ham uning so‘zlariga jo‘r bo‘libdi. Shunda bolakayning chindan jahli chiqibdi. “U meni masxara qilyapti! – degan fikrga kelibdi bolakay. – Mening gaplarimni takrorlayapti!” U jahldan qovog‘ini solibdi – ko‘zgudagi bola ham xo‘mrayibdi. U mushtini ko‘rsatibdi – o‘zining ko‘zgudagi aksi ham musht ko‘taribdi. Nihoyat, o‘z g‘azabini bosolmagan bolakay ko‘zguga musht ko‘tarib tashlanibdi. U ko‘zguni sindirib, qo‘lini kesib olibdi.

Ushbu ertak bizni nihoyatda muhim qoidaga o‘rgatadi. Bizning g‘azabimiz jahlimiz chiqqan odamga nisbatan o‘zimizga ko‘proq zarar yetkazadi. Qahr, alam, nafrat va keskin gaplarni kimgadir yo‘llaganimizda, odatda o‘zimizga ko‘proq ziyon keltiramiz. Agar sen kimdandir g‘azablansang, bundan o‘zing azob chekasan. Mabodo sen qalbingning tub-tubida kimdandir xafa bo‘lsang, unda o‘sha odam emas, balki o‘zing yomon uxlaysan va oshqozoningdagi muammodan aziyat chekasan.

Mana nima uchun Xudo biz o‘zimizni nazorat qilib turishimizni xohlaydi. G‘azab seni boshqarganidan ko‘ra, sen g‘azabni nazorat qilganing afzal. Bu esa g‘azab hamisha yomon degani emas (misol uchun, yovuzlik namoyon bo‘lganida g‘azablanish to‘g‘ri). Ammo bu inson o‘zini hamisha nazorat qilib turishi afzal ekanligini anglatadi.

MULOHAZA QILGIN: Sen o‘zingni nazorat qilishing qiyinmi? Sening g‘azabing goho nazorat ostidan chiqib ketadimi? “Har qanday gina-kudrat, qahru-g‘azab, janjalkashlik, g‘iybatchilikni hamda boshqa har xil yomonliklarni” (Efesliklar 4:31) o‘zingdan soqit qila olganmisan? Agar yo‘q bo‘lsa, Xudodan bu jabhada o‘zingni yuksaltirish uchun yordam so‘rashga tayyormisan?

IBODAT: “Mehribon Xudo, iltimos, Muqaddas Ruh qudrati bilan g‘azabimni nazorat qilishim va u meni boshqarishiga izn bermasligim uchun yordam ber. Sen munosabatda men bilan qanday bo‘lgan bo‘lsang, meni ham O‘zingdek mehribon, itoatkor va kechirimli etgin”.

 

 

6 NOYABR. OTNING MUAMMOSI

Kalomdan o‘qish: 1 Butrus 1:13-16

Xullas, es-hushingizni yig‘ib olinglar, hushyor bo‘linglar. Butun umidingizni Xudoning inoyatiga bog‘langlar. Axir, Iso Masih oxiratda kelganda Xudo sizlarga inoyat ko‘rsatib, najot beradi (1 Butrus 1:13).

 

QACHONLARDIR YORILIB KETGUDEK DARAJADA ko‘p ovqatlanishingga to‘g‘ri kelganmi? Ko‘pchiligimiz bilan shunday holat yuz bergan (yorilish emas, balki me’yoridan ortiq ovqatlanish). Sen ayrim jonivorlar uchun haddan ziyod yeyish jiddiy xavf ekanligini bilasanmi?

Masalan, otlar sulini yoqtirishadi. Mabodo ot ko‘proq quruq sulidan yeb qo‘ysa, chanqab qoladi. Suliga qornini to‘yg‘azib olgan ot suv ichishni boshlaydi. Oshqozondagi suli suvdan shishadi. Otning ahvoli og‘irlashib, hattoki yurolmay qolishi mumkin. Unga shu paytda yordam berilmasa o‘lib qolishi ham mumkin.

Yoqimsiz holat, to‘g‘rimi? Onang seni keyingi safar suli yormasi bilan ovqatlantirmoqchi bo‘lganida, bu haqda aytib ber (ammo biz maslahat berganimizni aytmay qo‘ya qol!). Agar jiddiy ma’noda aytsak, bu o‘rinda eng muhimi shu: biz o‘z ishtahamizni nazorat qilmasak, u xavfli tus oladi.

Albatta, sen hech qachon tonnalab suli yeb, toki ahvoling yomonlashmagunicha suv ichavermaysan. Lekin senda agar nazorat qilib turmasang, o‘zingga ziyon keltirishi mumkin bo‘lgan istaklaring bor.

– Misol uchun, qanday istaklar? – deya so‘raysan.

Masalan, mashhur bo‘lish istagi. Barchaning qo‘llab-quvvatlashiga erishish istagi. Sevimli bo‘lish istagi. O‘zi xohlaganidek ish tutish istagi.

Bu kabi ishtaha va istaklar hamisha ham yomon emas, lekin agarda sen ularni boshqarishni o‘rganmasang, ko‘pgina noxushliklar keltirishi mumkin. Xudo o‘zingni nazorat qilishni o‘rganishingni istaydi, negaki ishtahang va istaklaring senga zarar yetkazishi va hattoki nobud qilishi mumkin.

Ko‘pgina bolalar o‘g‘irlik qilishadi, negaki o‘z xohishlarini boshqara olishmaydi. Talaygina o‘smirlar spirtli ichimliklar ichib, giyohvand moddalar iste’mol qilishadi, negaki o‘z istaklarini jilovlay olishmaydi. Ko‘pchilikda shu sababga ko‘ra jinsiy aloqalar borasida muammolar kelib chiqadi.

Sen Xudoning nimalar deganini eshit. U, “es-hushingizni yig‘ib olinglar”, (1 Butrus 1:13) deydi. O‘z havas va istaklaringga “yo‘q” deyishni o‘rgan. Ularni nazorat qilishni va istaklaring seni boshqarishlariga izn bermaslikni o‘rgan.

MULOHAZA QILGIN: Quyida keltirilgan havas va istaklardan qaysilarini boshqarish sen uchun qiyin? (Sen uchun katta qiyinchilik tug‘diradiganlarini qayd etgin).

·   E’tirof etilish istagi

·   Sevimli bo‘lish istagi

·   O‘z xohlaganidek ish tutish istagi

·   Jismoniy ishtaha (taomlarga nisbatan)

Bu istaklarga “yo‘q”deb aytishni qanday o‘rganish mumkin? Sen Xudodan bu jabhalardan birortasida o‘zingni boshqarishing uchun yordam so‘radingmi? Agar yo‘q bo‘lsa, nima uchun?

IBODAT: “Xudoyim, iltimos, ishtaha va istaklarim meni boshqarishiga izn bermay, ularni boshqarishni o‘rganishim uchun menga yordam ber. Iltimos, meni pokiza va O‘z Muqaddas Ruhing qudrati ila o‘zimni boshqara oladigan insonga aylantirgin”.

 

 

7 NOYABR. FOBIAFOBIYA

Kalomdan o‘qish: Mark 4:35-41

Qo‘rqqanimda Senga umid bog‘layman (Zabur 55:4).

 

SEN NIMADAN QO‘RQASAN? Ayrim odamlar o‘zlarini go‘yo hech nimadan qo‘rqmaydigandek tutishadi. Ayrimlar esa – xuddi hamma narsadan qo‘rqadigandek. Sen dunyodagi barcha qo‘rquvlarning o‘z atamasi borligini bilasanmi? Mana ulardan ba’zilari:

Akrofobiya – balandlikdan qo‘rqish

Agorafobiya – ochiq hududdan qo‘rqish

Araxnofobiya – o‘rgimchaklardan qo‘rqish

Klaustrofobiya – yopiq hududdan qo‘rqish

Gidrofobiya – suvdan qo‘rqish

Mizofobiya – ifloslik va mikroblardan qo‘rqish

Niktofobiya – qorong‘ilikdan qo‘rqish

Oxlofobiya – olomondan qo‘rqish

Sxolafobiya – o‘qishdan qo‘rqish

Triskaidekafobiya – 13 raqamidan qo‘rqish (mana u, men ham!)

Ehtimol, sen shuncha narsalardan qo‘rqish mumkinligini bilmagansan? Tag‘in fobiafobiya – qo‘rquvdan qo‘rqish hissiyoti ham bor!

Biz hammamiz ham nimadandir qo‘rqamiz. Biroq o‘zini boshqarish – bu xavotir va qo‘rquvlar bizni boshqarishiga yo‘l qo‘ymay, bu hissiyotlarni o‘zimiz boshqarishimiz demakdir. Albatta, biror ishni bajarishdan ko‘ra gapirish osonroq, lekin Xudo bizdan aynan shuni kutadi. Va U buni biz uchun qilishi mumkin.

Iso quturgan Jalila ko‘lini qanday tinchlantirgan bo‘lsa (qaragin: Mark 4:35-41), bizning qalbimiz va ongimizni ham shunday tinchlantirishi mumkin. U o‘sha tunda O‘z shogirdlarini qanday xotirjam qilgan bo‘lsa, sening ham qo‘rquvlaringni tinchlantirib, xavotirdan xalos etadi. Zaburchi bu so‘zlarni yozganida notinchlik va qo‘rquv ustidan hukmronlik qilish sirini bilgan: “Qo‘rqqanimda Senga umid bog‘layman” (Zabur 55:4).

Mana sir nimada. Shunday bo‘lsinki, Xudoning huzuri qo‘rquvingni yo‘qotsin... va qo‘rquv seni boshqara olmasin.

MULOHAZA QILGIN: Isoning shogirdlari (Muqaddas Kitobdan bugun o‘qiladigan oyatlarda) o‘z qo‘rquvlariga qanday yondashganlar? Iso ko‘lni tinchlantirganida ular o‘zlarini qanday tutishdi? Sen qachonlardir qo‘rquvga tushganmisan? Agar shunday bo‘lsa, ko‘proq nimadan? Nima deb o‘ylaysan, qo‘rquvni boshqargan yaxshimi yoki qo‘rquv seni boshqargani afzalmi? Nima uchun? Sen o‘z qo‘rquvingni qanday boshqarishing mumkin?

IBODAT: “Xudoyim, men ba’zan qo‘rqaman yoki tashvishga tushaman, ayniqsa ___________. Iltimos, Senga hayotimda ishtirok etib, qo‘rquvimni bosishinggga izn berishimga, qo‘rquvga taslim bo‘lmaslikka meni o‘rgat”.

 

 

8 NOYABR. QARSILLATIB HUZUR QILASAN!

Kalomdan o‘qish: 1 Butrus 4:7-11  

Oxirzamon yaqinlashib qoldi. Aqlingizni yig‘ib, doim hushyorlik bilan ibodat qilinglar (1 Butrus 4:7).

 

ALBATTA, sen “Leyz” chipsilarining reklama iborasini eshitgansan: “Qarsillatib huzur qilasan!” Uchta so‘z. Nihoyatda oddiy ibora.

“Leyz” chipslari shunchalik mazali, shunaqangi qarsildoq, shunaqangi ajoyibki, bir bo‘lak kartoshkani yesang bo‘ldi, keyin... ikkinchisini... va yana.. yana yeging kelaveradi. Barcha reklama kampaniyasi ana shunga asoslangan. Bu o‘rinda gap o‘zini boshqarish mahorati haqida bormoqda.

Biroq bu dunyoda bardoshli odamlar bor. Dunyoda qanchalik mazali bo‘lmasin, “Leyz” chipsilarining ikkinchi bo‘lagini bir chetga surib qo‘ya oladigan odamlar bor. Bu odamlar yanada jiddiyroq vasvasalarga qarshilik ko‘rsatishga qodir. Ular ovqatlanayotganida, sport bilan shug‘ullanayotganida, saboq olayotganlarida, gapirayotganlarida va mehnat qilayotganlarida o‘zlarini boshqara olishadi. Ehtimol, sen shunday odamlar bilan tanishdirsan. Mabodo tanish bo‘lsang, ularga qoyil qolishing aniq.

Va bilasanmi, nima? Xudo ham ularga qoyil qoladi. Odamlarning o‘zlarini boshqarishlari Xudoga yoqadi. U o‘zini boshqarish – qoyilmaqom ish deya hisoblaydi.

Aslida aynan Xudo bizga o‘zimizni boshqarishni amr etgan. Uning Kalomida shunday deyilgan:” Aqlingizni yig‘ib, doim hushyorlik bilan ibodat qilinglar”, – U buni hisob-kitob qilish kerak bo‘lgani uchun shunchaki aytib qo‘yaqolmagan. Unga O‘zining ovozini eshitish yoqqani uchun bizga o‘z nafratimizni, ishtiyoqimizni, istak va qo‘rquvlarimizni boshqarishimizni buyurmagan. Yo‘q, U bularning hammasini o‘z-o‘zini boshqarishni qadrlagani bois buyurgan. Axir, Xudo o‘z-o‘zini boshqarishni qadrlar ekan, biz ham uni qadrlashimiz kerak emasmi?

Axir sen o‘zini boshqarishni qadrlashing kerak emasmi?

MULOHAZA QILGIN: Sen o‘zini boshqaradigan odamlarga qoyilmisan? Ular kimlar? Sen o‘z-o‘zini boshqarish yaxshi deb o‘ylaysanmi? Agar yo‘q bo‘lsa, nima uchun? Agar ha deb javob qilsang, bu holda nima uchun? Sen o‘zingni qandaydir vaziyatlarda yaxshiroq boshqarishni o‘rganishing kerakmi? Agar ha deb javob bersang, qayday vaziyatlarda? Sen bu jabhalarda o‘zini boshqarish mahoratini qanday oshirishing mumkin? Sen Xudodan yordam so‘radingmi? Agar so‘ramagan bo‘lsang, nima uchun? Agar so‘ragan bo‘lsang, U senga yordam berishiga ishonasanmi?

HARAKAT QIL: “Leys” chipslarini biror qarindoshing yoki do‘sting bilan baham ko‘r, undan sen uchun ibodat qilishini va o‘zingni boshqarishingda yordam berishini so‘ragin.

IBODAT: “Rabbim, men mulohazakor va o‘zimni boshqaradigan inson bo‘lmoqchiman, ayniqsa _______________________________________ (fikr-xayolda, ishtiyoqlarimda, istaklarda va h.k.z.z.) Iltimos, har kuni Sening qudratingdan umid qilishim uchun yordam ber”.


 

9 NOYABR. YO‘LDA

Kalomdan o‘qish: Luqo 9:51-56  

Men, Egangizning jahli tez emas, sodiq sevgim mo‘ldir. Fosiqlikni, isyonni kechiraman (Sahroda 14:18)

 

SEN HAQIQIY CHARCHOQ NIMA EKANLIGINI BILASANMI?

Shogirdlar Iso bilan birgalikda butun tevarak-atrofni aylanib chiqishdi, minglab odamlarni ovqatlantirishdi, Isoni Muso va Ilyos yonida ko‘rishdi, jinga chalingan odamni davolashdi. Hafta behalovat o‘tdi.

Xullas, Samariya qishlog‘ining aholisi bu yerda yo‘lovchilar dam olishi uchun birorta ham xona yo‘qligini aytishganida, shogirdlar o‘ta norozi bo‘lishdi.

– Rabbiy, balki samodan olov chorlab ularni kulga aylantirib yuborish kerakdir? – taklif bildirishdi Yoqub va Yuhanno. Ular samariyaliklarni mutlaqo yoqtirishmasdi. (Samariya oliygohi ko‘p yillar davomida mamlakat kubogi bahslarida ularning ashaddiy raqiblari bo‘lgandi.)

– Albatta! – ularni quvvatladi yana kimdir. – Ularni bug‘ga aylantirib tashlaymiz!

Iso hech qanday javob bermadi. Uning qiyofasidagi ifodaga ko‘ra, mabodo U kimnidir bug‘ga aylantirib yuborishi kerak bo‘lsa, bu holda O‘zining qasoskor shogirdlaridan boshlashi sezilib turardi. U burilib navbatdagi qishloq sari yo‘l oldi.

Oradan bir muddat o‘tib, Yuhanno birodari Yoqubning yelkasiga turtdi:

– Samodan olov yog‘dirish! – dedi u norozi ohangda. – Bu qanday ahmoqona fikr bo‘ldi!

– Ey! – taajjublandi Yoqub. – Bu taklifni sen aytding!

– Buni men aytmadim! – dedi Yuhanno.

– Sen aytding! – gapida turib oldi birodari.

Mayli, balki bu aynan shunday sodir bo‘lmagandir, ammo shunga o‘xshash bo‘lgan. (Bu aslida qanday bo‘lganligini Muqaddas Kitobdan bugun o‘qiladigan parchadan, Luqo 9:51-56 oyatlaridan o‘qib chiq.) Bir masala to‘g‘ri: shogirdlar Isoning qudratini to‘g‘ri tasavvur etishdi – U samariyaliklarning bu qishlog‘ini kulga aylantirib yuborishi mumkin edi. Biroq ular Iso O‘z qudratini va qishloqni yakson qilib tashlash haqidagi O‘z istagini qanday boshqarishini yaxshi tasavvur etolmagandilar.

Bu voqea shuni ko‘rsatadiki, Xudo nafaqat o‘z-o‘zini boshqarishni qadrlagani uchun, balki Uning O‘zi ham shunday bo‘lgani bois bizga o‘zimizni boshqarishimizni amr etgan. Xudo O‘z hissiyotlariga berilmaydi. U tashqi ta’sirlarga yon bermaydi. U vaziyatlarga bo‘ysunmaydi. U O‘zini boshqaradi.

Biz ham buning uchun xursand bo‘lishimiz lozim. Mabodo Xudo O‘zini boshqara olmaganida, bizni allaqachon kulga aylantirib yuborgan bo‘lardi! Xudo hattoki kimnidir kulga aylantirib yuborish vasvasasi bizda uyg‘onganida ham o‘zini boshqarish – yaxshi ekanligini tushunib olishimizga yordam berayotgani uchun Undan minnatdor bo‘lishimiz kerak.

MULOHAZA QILGIN: O‘z-o‘zini boshqarish nima uchun yaxshi? Sen Xudo O‘zini boshqarishini namoyon etgan boshqa vaziyatlarni eslay olasanmi? Nima deb o‘ylaysan, U ba’zan senga nisbatan toqatlimi? Agar shunday bo‘lsa, bu vaziyatni tasvirlab ber. Sen o‘zini boshqarishga o‘rgana olasanmi? Agar ha deb javob bersang, qanday qilib?

IBODAT: “Xudoyim, iltimos, har tomonlama, ayniqsa o‘zini boshqarish borasida Senga o‘xshashim uchun menga yordam ber”.

 

 

10 NOYABR. PITNING QAHRAMONLIGI

Kalomdan o‘qish: 1 Korinfliklar9:24-27

Axir, musobaqada qatnashadigan odam o‘z nafsini tiyib, tartib-intizom bilan mashq qiladi-ku! Ular so‘lib qoladigan gul toj olish uchun, biz esa boqiy toj olish uchun harakat qilamiz (1 Korinfliklar 9:25).

 

PIT YETTI YOSHLI BO‘LGANIDA, otasi u bilan yurakdan gaplashib olmoqchi bo‘ldi.

– Pit, – dedi u, – agar gaplarimga quloq solsang va senga basketbol o‘ynashni o‘rgatishimga rozi bo‘lsang, vaqti kelib, maktab jamoasida o‘ynaysan. Agar sen u yerda yaxshi o‘ynasang, so‘zlarimga quloq solsang va harakat qilsang, ehtimol, bir kun kelib mohir o‘yinchi bo‘lasan. Hatto NBAda o‘ynashing mumkin. NBAda o‘ynaganingda esa, senga o‘ynaganing uchun haq to‘lashadi.

O‘sha paytda – hali yetti yoshda bo‘lganida – Pit uch yildan buyon basketbol o‘ynardi. Ammo o‘sha kundan boshlab o‘yinga jiddiyroq yondasha boshladi. Yozda u kuniga olti-to‘qqiz soatlab basketbol o‘ynardi. Boshqa bolalar sayr qilib, cho‘milishayotganlarida, Pit sport zalida shug‘ullanayotgan bo‘lardi. U tongda o‘rnidan turib, uyidan uch kilometr narida bo‘lgan Janubiy Karolinadagi Klemson shahriga butun yo‘l davomida basketbol to‘pi bilan mashq qilgan holda yugurib borardi. Pitga velosiped sovg‘a qilishganida, u haydab ketayotgan holatda to‘p bilan mashq qilishga o‘tdi.

Uzoq yillik mashqlar va tinimsiz mehnatlardan so‘ng Pit Maravich kollejga o‘qishga kirdi. U kollej tarixida eng yaxshi basketbolchi bo‘ldi va oltmishta rekord o‘rnatdi. U barcha davrlarning eng buyuk basketbolchilaridan biriga aylanib, NBAning besh karra yulduzi bo‘ldi va uning yulduzi 1987 yilda basketbol shavkati Zalidan o‘rin oldi.

Barcha ham Pit Maravich kabi bo‘lolmaydi. Lekin o‘zini boshqarish bag‘oyat foydali ekanligini anglash uchun Pit Maravich bo‘lish shart emas. Sen bu xususiyatga ega bo‘lib, mohir sportchiga aylanishing mumkin. Sen yaxshiroq o‘qishing mumkin. Sen odamlarni diqqatliroq tinglashing, yaxshiroq chizishing, saksofonda yaxshiroq o‘ynashing mumkin. Sen yaxshi do‘st bo‘lishing mumkin. Sen yaxshi inson bo‘lishing mumkin.

O‘z-o‘zini boshqarish xususiyati seni gunohdan asramaydi: buni faqat Iso qilishi mumkin. Bu xususiyat seni samoga eltmaydi: faqat Iso buni bajarishi mumkin. Biroq o‘zini boshqarish vasvasaga qarshi turishingga yordam berishi mumkin. U to‘g‘ri qarorga kelishingga yordam berishi mumkin. U boqiy tojga erishishingga ko‘mak berishi mumkin.

MULOHAZA QILGIN: Muqaddas Kitobdan bugun o‘qiladigan oyatlarda Pavlus o‘zini boshqara oladiganlar muyassar bo‘ladigan ikki xil mukofotni eslatib o‘tadi. Bu qanday mukofotlar? Ulardan biri yomon, boshqasi esa yaxshi deb aytish mumkinmi? Yoki birovi yaxshi, boshqasi esa yanada yaxshiroqmi? O‘zini boshqara olish mahorati senga foyda keltirgan holatlar bo‘lganmi? Bu qanday foyda edi?

IBODAT: “Iso, hayotimda Sening qudrating borligi uchun Sendan minnatdorman. Senga ishonganimda, o‘zimni boshqarishimga yordam berayotganing uchun Senga rahmat”.

 

 

11 NOYABR. BETO‘XTOV KICHRAYADIGAN QURT

Kalomdan o‘qish: Hikmatlar 25:26-28     

O‘zini tuta olmaydigan odam devorsiz vayrona shahar kabidir (Hikmatlar 25:28).

 

ENN DILLARD o‘zining “Tinker daryosi bo‘yidagi ziyoratchi” kitobida ayrim qurtlardagi g‘alati odatlar haqida yozadi. Qurtlar tullaydi. Ular tanalarini qoplagan terilarini tashlashadi. Tullashdan so‘ng ularning tanasi shu zahotiyoq kattara boshlaydi va yangi terini hosil qilishadi. Ular oziqlanib o‘sayotganlarida eski terilarini yigirma martagacha – ayrimlari undan ham ko‘proq – tashlashlari mumkin.

Ammo ba’zan yetarli ozuqa olmasdan qurtning jussasi kichrayishni boshlaydi. U takror va takror tullab, yanada kichrayaveradi. Dillardning yozishicha, bu jarayon “ abadiy davom etishini tasavvur qilish mumkin: bu mavjudot kichrayadi, kichrayadi va molekula darajasiga, so‘ngra esa elektron qadar kichrayib boradi, biroq hech qachon yo‘q bo‘lib ketolmaydi va o‘z ochligini qondirolmaydi”.

Albatta, bunday bo‘lishi mumkin emas. Qaysidir vaqtda qurt tullaydi va o‘lib ketadi.

“Beto‘xtov kichrayadigan qurt” – bu, o‘zini boshqara olmaydiganlar bilan yuz berishi mumkin bo‘lgan holatga ajoyib misoldir. Qurtlar tullashi shart. Tullash qurt uchun foydali. Lekin bu jarayon nazorat ostidan chiqqanida, u mitti mavjudotni nobud qilishi mumkin.

O‘zini boshqarishni bilmaslik insonni nobud qiladi. U zararsiz (hattoki foydali) narsani ham zararliga aylantiradi. Misol uchun, sen sog‘lom bo‘lish uchun doimo ovqatlanib turishing kerak. Lekin hamisha me’yoridan ortiq ovqatlanib yursang, bu zararli bo‘lishi mumkin.

Yoki boshqa bir misolni olaylik: jismoniy mashg‘ulotlar – foydali. Vujuding bunga ehtiyoj sezadi. Ammo sog‘lom, kuchli va tik qomat bo‘lish haqidagi xohishing nazoratdan chiqib ketsa, sen mashqlar va parhezlar bilan o‘zingga ziyon yetkazib qo‘yishing mumkin.

Muqaddas Kitobda bu haqda shunday deyilgan: “O‘zini tuta olmaydigan odam devorsiz vayrona shahar kabidir” (Hikmatlar 25:28). Xudo bizning o‘zimizni boshqarishimizni istaydi, negaki U biz bundan yanada sog‘lom va baxtiyor, kuchli va xotirjam bo‘lishimizni biladi. U bizni sevadi, shu bois hayotimiz baxtli, sog‘lom va to‘laqonli bo‘lishi uchun “hushyor” (1 Butrus 1:13; 4:7; 5:8) bo‘lishimizni amr etgan.

MULOHAZA QILGIN: Sen o‘zingni qachonlardir “beto‘xtov kichrayadigan qurt” kabi his qilganmisan? Qachonlardir hayoting nazorat ostidan chiqib ketayotgandek bo‘lib tuyulganmi? Agar shunday bo‘lsa, bu haqda biror kishiga aytganmisan? Nima uchun «ha» va nima uchun «yo‘q»? Nima deb o‘ylaysan, sening tuyg‘ularing haqida kimdir xabar topsa, o‘zini boshqarish xususiyati senga yordam beradimi? Bu haqda Xudo bilan gaplashish senga osonmi? Ota-onang bilanchi? Do‘stlaring bilan? Qavmboshi bilan? Agar shunday bo‘lsa, u holda buni bugun qilishingning iloji yo‘qmi?

IBODAT: “Rabbim, men ba’zan o‘zimni devorsiz shahar kabi his qilaman. Biroq Sen meni baxtli, sog‘lom va kuchliroq qilishing uchun chindan ham o‘zimni boshqarishni o‘rganishni istayman. Iltimos, qaysi jabhalarda Sening sevging va e’tiboringga ko‘proq muhtoj ekanligimni menga ayon etgin”.

 

 

12 NOYABR. HURMATGA YO‘L

Kalomdan o‘qish: Titus 2:11-14

...bu o‘tkinchi hayotimizda nafsni tiyishimiz, to‘g‘ri va taqvodor hayot kechirishimiz lozim (Titus 2:12).

 

SEN KIMNI KO‘PROQ HURMAT QILASAN: “Senimi, shoshmay tur!”dagi Bo‘rinimi yoki Quyonni? Donovoynimi yoki Mamontchanimi? Shreknimi yoki Simbani? G‘alati savollar, to‘g‘rimi? Oxir-oqibat, ular bor-yo‘g‘i multfilm qahramonlari. Kim ularni hurmat qilishi kerak? Mayli, bu holda savolni boshqacha tarzda qo‘yamiz.

Sen kimni ko‘proq hurmat qilasan:

·   boshqa o‘quvchi maktab xiyobonida oyog‘idan chalib yiqitganida, o‘rnidan turib yelkasini qisib qo‘yadigan bolanimi?

·   agar kimdir maktab xiyobonida oyog‘idan chalib yiqitganida, baqirib so‘kinishni boshlab, militsiya chaqirib, BMTga shikoyat qilishi bilan do‘q urayotgan bolanimi?

Sen kimga ko‘proq qoyil qolasan:

·   uch baho olganida bo‘kirib yig‘laydigan odamgami?

·   uch baho olganida o‘qituvchining oldiga xotirjam borib, keyingi safar qanday qilib yaxshiroq baho olishini mumkinligini so‘raydigan odamgami?

Sen kimni ko‘proq hurmat qilasan?

·   pivo ichishni taklif etishganida, “Rahmat, men ichmayman”, deydigan yigitnimi?

·   pivoni olib, toki mastlikdan uxlab qolmagunicha ichadigan yigitnimi?

Xo‘sh, bu savollarga qanday javob berding? Har qanday holatda ham, sen o‘zini boshqara oladigan odamni ko‘proq hurmat qilasan, to‘g‘rimi? Bu tabiiy. Zero, o‘zini boshqarish atrofdagilarda hurmat va hayrat uyg‘otadi. O‘zini boshqara olmaydigan odamlarni e’tirof etishlari, ulardan qo‘rqishlari va hatto sevib qolishlari mumkin – biroq ularni kamdan-kam hollarda hurmat qilishadi.

Mana nima uchun Xudo bizning o‘zimizni boshqarishimizni xohlaydi. U biz nimani ba’zan unutib qo‘yishimizni biladi: o‘z-o‘zini boshqarish atrofdagilarning hurmat va hayratiga sazovor etadi.

 MULOHAZA QILGIN: Sen biror kishi o‘zini boshqarish mahoratini ko‘rsatganida uni hurmat qila boshlagan holatlaringni eslay olasanmi? Sen o‘zingni tuta bilganingda seni boshqa birov hurmat qila boshlaganmi? Nima deb o‘ylaysan, Xudo sen o‘zingni yaxshiroq boshqara olishingga o‘rgatishi mumkinmi? Agar yo‘q bo‘lsa, nima uchun? Agar Xudo o‘rgata olsa, qay tarzda?

IBODAT: “Ota, bilaman, o‘zini boshqara olish – bu to‘g‘ri va men agarda Senga bo‘ysunsam, meni marhamatlaysan. Bu gunohkor dunyoda o‘zimni boshqargan tarzda, to‘g‘ri yo‘l tutib Senga ishongan holda yashashim uchun yordam ber”.

 

 

13 NOYABR. QO‘L VA QO‘LQOP

Kalomdan o‘qish: Rimliklar 8:5-14

Agar Xudoning Ruhi haqiqatan ham sizlarning qalbingizda makon qilgan bo‘lsa, sizlar endi bashariy tabiat amri bilan emas, balki Ruh amri bilan yashayapsizlar (Rimliklar 8:9).

 

QO‘LQOP - AJOYIB BUYUM. Ehtimol, sen bu haqda o‘ylab ko‘rmagandirsan, lekin u ko‘p ishga qodir. U eshik tutqichini burashi yoki mashinaning yon oynasini ochishi mumkin. U xayrlashuv ishorasini berib silkinishi yoki futboldagi ajoyib to‘p tepishni olqishlashi mumkin. U kimningdir yelkasiga qoqib qo‘yishi yoki yuziga urishi mumkin. U ko‘rsatishi mumkin. U ma’qullash ishorasi tarzida katta barmoqni yuqoriga ko‘tarishi mumkin.

– Shoshmang-chi! – deysan sen. – Bas! Buni qo‘lqop qilmaydi: qo‘l bajaradi.

Albatta. Buning ma’nosi ham shunda. Qo‘lqop biror harakatni faqat uning ichida qo‘l bo‘lganidagina qilishi mumkin. Aks holda u yotaveradi va qimirlamaydi. Shu bois qo‘lqopning xususiyati uni to‘ldirib turgan narsadan hosil bo‘ladi.

Xuddi shu holat sen bilan ham sodir bo‘lmoqda.

Sen o‘zingni boshqarishni juda-juda xohlashing mumkin. Sen o‘z g‘azabingni, ishtiyoqingni, istaklaringni va qo‘rquvlaringni boshqarishni istashing mumkin. Lekin sen qanchalik istamagin, bunga erisha olmaysan. Albatta, sen bu borada qanchadir vaqt yaxshiroq natijaga erishmog‘ing mumkin. Ammo sen qanchalik urinmagin, mustaqil holda o‘zingni boshqarishga o‘rgana olmaysan. Negaki, boshqa har qanday yaxshi fazilat kabi o‘zini boshqarish xususiyati Xudodan hosil bo‘ladi.

Boshqacha aytganda, o‘zingni boshqarish mahorating seni nima to‘ldirayotgan bo‘lsa – agar to‘ldirayotgan bo‘lsa – ana o‘shanga bog‘liq. “Bashariy tabiat yetakchiligida yashaydiganlar Xudoni mamnun qila olmaydi. Agar Xudoning Ruhi haqiqatan ham qalbingizda makon qilgan bo‘lsa, sizlar endi bashariy tabiat amri bilan emas, balki Ruh amri bilan yashayapsizlar” (Rimliklar 8:8-9).

Agar sen – masihiy bo‘lsang, o‘zingni boshqarish kuchi – Muqaddas Ruh – senda yashamoqda. Asosiysi – zo‘riqib, ingrab va tishni g‘ijirlatib bor kuch bilan harakat qilmaslik, balki Ruhga kunma-kun, lahzama-lahza – xuddi qo‘lqop o‘zini kiygan qo‘lga “itoat” etganidek – bo‘ysunmoqlik lozim.

MULOHAZA QILGIN: Agar sen Isoga Qutqaruvchi sifatida ishongan bo‘lsang va gunohlar kechirimini qabul qilgan bo‘lsang, Xudoning Ruhi senda yashamoqdami? Sen buni qilganmisan? Agar yo‘q bo‘lsa, ushbu oddiy ibodatni o‘qib buni hoziroq bajara olasanmi: “Rabbiy Iso, men Seni shaxsan bilmoqchiman. Mening gunohlarim uchun xochda o‘lganing uchun Sendan minnatdorman. Men hayotim eshigini Sen uchun ochaman va Seni Xudo hamda Qutqaruvchi sifatida qabul qilaman. Gunohlarimni kechirib, menga abadiy hayot berganing uchun Senga rahmat. Hayotimni O‘zing boshqar va meni qay tarzda ko‘rishni istasang, o‘shanday qilgin. Omin”.

IBODAT: “Ruhga bo‘ysunishning usullaridan biri – har tongda astoydil ibodat qilmoqlikdir: “Xudoyim, men bugun to‘g‘ri ishlar qilmoqchiman, lekin buni Sening yordamingsiz hech qachon amalga oshira olmayman. Men shu daqiqadan boshlab kun davomida o‘zimni Sening Muqaddas Ruhing boshqarishi uchun bo‘ysundiraman. Iltimos, bu haqda unutmasligim va Uning meni boshqarishiga xalaqit bermasligim uchun yordam ber”.

 

 

14 NOYABR. BEFOYDA XARIDLAR

Kalomdan o‘qish: Efesliklar 5:10-16

Zulmatning besamara ishlarida ishtirok etmanglar, aksincha, ularni fosh etinglar (Efesliklar 5:11).

 

SEN O‘Z FIKRLARING BILAN ko‘cha bo‘ylab ketayotganingda, to‘satdan oldingga uzun palto kiygan sochlari to‘zg‘igan g‘alati bir odam keladi. 

– Tss! – shivirlaydi u. – Menda bir foydali taklif bor.

Sen uni chetlab o‘tmoqchi bo‘lasan, lekin u oldingni to‘sib paltosining oldini ochib yuboradi.

– Menda siniq soatlarning o‘n yetti xili bor, – deydi u jilmayib.

Sen soatlarga qaraysan:

– Siz, siniq soatlar, dedingizmi? – sen takror so‘raysan. U bosh irg‘aydi. Lekin menga siniq soatlarning nima keragi bor? Menga vaqtni ko‘rsatadigan soatlar kerak.

Sen uni aylanib o‘tasan, biroq u shu zahotiyoq seni to‘xtatadi:

– Bir daqiqa shoshmang! – deb so‘raydi u xuddi dahshatli sirni ochishga tayyordek bir qiyofada. – Bu hali hammasi emas.

 U cho‘ntagidan konvert chiqarib, undan ko‘pgina pochta markalarini sug‘urib oladi.

– Menda tag‘in muzlatib tashlaydigan markalar bor, har xilidan bor!

U senga markalarni ko‘rsatadi.” Bu yigitning aqli joyida emas”, – deb o‘ylaysan.

– Qarangki, – deysan sen sabr bilan, – meni siniq soatlar va muzlatib qo‘yadigan markalar qiziqtirmaydi, tushunarlimi? Siz sotayotgan narsalarning menga keragi yo‘q. Xullas, meni kechirasiz, iltimos... – sen nihoyat g‘alati nusxani aylanib o‘tib ketasan va ko‘z qiring bilan u yana kimgadir xiralik qilayotganini ko‘rasan.

G‘alati vaziyat, to‘g‘rimi? Yo‘q, harholda keng tarqalgan holat. Balki, sen hech qachon siniq soatlarni sotayotgan kimsani uchratmagandirsan, biroq shayton doimo qandaydir befoyda narsani senga tiqishtirmoqchi bo‘ladi. U siniq soatlarga nisbatan yanada behuda bo‘lgan nimalardir qilmoqchi yoki sendan o‘g‘irlamoqchi, aldamoqchi, laqillatmoqchi bo‘ladi.

Albatta, shayton barcha bu narsalarni jozibador qilib ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Ammo siniq soatlar qanchalik yarqiramasin, ular baribir siniq. Shaytonning ishlari va zulmat g‘aroyib va qiziqarli tuyulishi mumkin, lekin oxir-oqibat sen shuni tushunib yetasan: gunohdan hech qanday yaxshilik hosil bo‘lmaydi. U hamisha foydasiz.

Xullas, shayton senga keyingi safar nimadir behuda narsani sotishga urinsa, yodingda bo‘lsin: “Zulmatning besamara ishlarida ishtirok etmanglar, aksincha, ularni fosh etinglar” (Efesliklar 5:11).

MULOHAZA QILGIN: Sen noto‘g‘ri qaror foydali bo‘lib seni yaxshiroq qilgan biror vaziyatni eslay olasanmi? Noto‘g‘ri qaror seni Xudoga yaqinlashtirgan vaziyat bo‘lganmi? Noto‘g‘ri qaror seni o‘zingdan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otgan damlarni eslay olasanmi? Shayton keyingi safar senga biror befoyda narsani sotishga uringanida nimalar qilasan?

HARAKAT QIL: Biror befoyda narsani olib – siniq soat, eshik tutqichining buzuq o‘zagi va h.k.z. – u senga “zulmatning besamara ishlarida ishtirok” etmasligingni eslatib turishi uchun stol ustiga qo‘yib qo‘y.

IBODAT: “Rabbim, shaytonning va zulmatning ishlari besamara ekanligini yodda saqlashimga yordam ber. Bunday behuda ishlarda qatnashmasligim, balki fosh etishim uchun yordam ber”.

 

 

15 NOYABR. EZGULIK VA YOVUZLIK 3-D FORMATIDA

Kalomdan o‘qish: Zabur 118:129-133

So‘zingga ko‘ra, qadamimni O‘zing boshqargin,

Hech qachon ustimdan gunoh hukmron bo‘lmasin (Zabur 118:133).

 

SEN QACHONDIR stereosurat yoki yanada yaxshisi, 3-D formatida kino ko‘rganmisan?

Bu holda sen plastmassali ko‘zoynak yoki qog‘oz gardish orqali kino ko‘rish nima ekanligini bilasan. Sen ko‘zoynak taqqaningda, ekranda yuz berayotgan barcha voqealar xuddi haqiqiy hayotdagi kabi kengroq ko‘rinadi. Bundan tashqari, ba’zan u-bu narsalar ekrandan to‘g‘ri senga qarab “sakragan”dek bo‘ladi! Poyezd ekranda harakatlanadi – va to‘satdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashqariga, sening qo‘ling ustida yurib ketadi! Qush atrofda uchib yuribdi, lekin to‘satdan burilib naq sening burning ustiga qarab keladi! Kinodagi kimdir to‘p tepadi, sening nazaringda esa uni osongina ushlab oladigandek tuyuladi!

Ammo ko‘zoynakni yechganingda, sen tekis – hatto biroz xira – ekranni ko‘rasan. Ko‘zoynak harakatni jonlantiradi. Ko‘zoynaksiz barcha tasvir yo‘qoladi.

Xudoning Kalomi ham ezgulikni yovuzlikdan ajratmoqchi bo‘lganlar uchun shu tariqa ta’sir ko‘rsatadi. Kalomni o‘qish hayotni jonlantiradi.

Muqaddas Kitob ham stereofilm ko‘zoynaklari kabi ish tutadi: uning yordami bilan to‘g‘rini noto‘g‘ridan ajratish sen uchun oson kechadi. Agar sen Muqaddas Kitobni har kuni o‘qisang, hayotni avval o‘qimagan paytlaringdan ko‘ra yaxshiroq anglay boshlaysan. Mabodo Muqaddas Kitobni har kuni o‘qimasang, ezgulikni yovuzlikdan ajratishing yengil kechmaydi.

Mana shu bois zaburchi shunday ibodat qilgan: “Sening shartlaring ajoyibdir, shu bois ularga itoat etaman... Kalomingning ta’limoti ziyo sochadi, soddalarga aql-idrok beradi... So‘zingga ko‘ra, qadamimni O‘zing boshqargin, hech qachon ustimdan gunoh hukmron bo‘lmasin” (Zabur 118:129-120, 133).

     Agar sen chindan ham ezgulikni yovuzlikdan farqlamoqchi bo‘lsang, agar sen chindan ham to‘g‘ri qaror qilmoqchi bo‘lsang – Muqaddas Kitobni o‘qigin. U hayotni chindan ham jonlantiradi.

MULOHAZA QILGIN: Nima deb o‘ylaysan, nima to‘g‘ri ekanligini bilmay turib, to‘g‘ri qarorga kelish mumkinmi? Nima uchun «ha» va nima uchun «yo‘q»? Sen nima to‘g‘ri ekanligi haqida Muqaddas Kitobda yozilganlarni bilmay turib, nima to‘g‘ri ekanligini bilishing mumkinmi? Nima uchun «ha» va nima uchun «yo‘q»? Kalomni o‘qish to‘g‘ri qarorga kelishingda senga yordam beradimi? Agar yo‘q bo‘lsa, nima uchun? Agar javobing ha bo‘lsa, qanday qilib?

HARAKAT QIL: Agar sen Muqaddas Kitobni har kuni o‘qish odatini hali o‘zlashtirmagan bo‘lsang, ushbu kitobda keltirilgan oyatlarni hech bo‘lmaganda bir marta ovoz chiqarib o‘qishdan boshlagin.

IBODAT: “Rabbim, Sening Kalomingni o‘qishimga yordam ber. Itoatsizlik meni egallab olishiga yo‘l qo‘ymagin”.


 

16 NOYABR. VAHIY

Kalomdan o‘qish: Kolosaliklar 3:12-13   

Egamiz sizlarni kechirgani kabi, sizlar ham boshqalarni kechiringlar (Kolosaliklar 3:13).

 

Kunlardan birida ruhoniyning oldiga bir ayol kelibdi.

– Menga doimo vahiy ko‘rinadi, – debdi u. – Lekin ularning haqiqiy ekanligini bilmayman. Ishonishimni ham, ruhshunosga borishni ham bilmayapman.

– Ular haqida aytib bering, – iltimos qilibdi ruhoniy.

– Men Isoni ko‘raman, – debdi ayol, – xuddi sizni hozir ko‘rib turganimdek. U men bilan gaplashadi.

– Nima haqida? – qoshini chimiribdi ruhoniy.

– U meni sevishini, ibodatlarimni eshitishini va Unga o‘z vaqtimni bag‘ishlaganimda sevishini aytadi.

– Tushunarli, – g‘o‘ldirabdi ruhoniy.

– Bu vahiy haqiqiy ekanligini men qanday bilishim mumkin? – deb so‘rabdi ayol.

– Mana nima, – o‘z qarorini bildiribdi ruhoniy, – Rabbiy keyingi safar sizga namoyon bo‘lganida, Unga o‘sha tongda qaysi gunohlarga tavba qilganingiz haqida O‘zidan so‘rang. U javob qilganidan so‘ng, oldimga keling, o‘shanda biz bu chindan ham Xudomi yoki yo‘qmi, bilamiz.

Ayol rozi bo‘lib uyiga qaytibdi. Ertasi kuni u ruhoniyning oldiga tag‘in kelibdi.

Ruhoniy uni ko‘rib ajablanibdi:

– Demak, – so‘rabdi u, – siz Rabbimizdan bugun ertalab qaysi gunohingiz uchun tavba qilganingizni so‘radingizmi?

Ayol bosh irg‘abdi.

– Xo‘sh, U nima dedi?

Ayol boshini ko‘tarib, ruhoniyga qarabdi:

– U shunday dedi: “Men buni allaqachon unutganman!”

Ruhoniy ayolning yelkasiga qo‘lini qo‘yib jilmayibdi:

– U Xudo ekan!

Bu voqea balki bo‘lgandir, ehtimol bo‘lmagandir ham. Ammo uning ma’nosi tushunarli: Iso garchi hamma yoqda hozir bo‘lsada, bir vaqtning o‘zida va butunlay kechiradi, Uning kechirimi qat’iy, U gunohlarimizni unutib yuboradi! Biz ham aynan shu tariqa bir-birimizni kechirmog‘imiz kerak.

Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Egamiz sizlarni kechirgani kabi, sizlar ham boshqalarni kechiringlar” (Kolosaliklar 3:13). Biz bilamizki, Xudo bizga kechirimni buyurgani uchungina emas, balki Xudo bizni kechirgani uchun ham kechirim to‘g‘ri. Demak, biz bir-birimizni tez va to‘liq kechirishimiz lozim.

MULOHAZA QILGIN: Nima uchun boshqalarni kechirish to‘g‘ri? Muqaddas Kitobdan bugun o‘qiladigan oyatlarga ko‘ra, biz boshqalarni qanday kechirishimiz kerak? Sen kimnidir bugun kechirishing kerakmi? Ehtimol, sen kimdandir kechirim so‘rashing kerakdir? Agar shunday bo‘lsa, nima uchun buni hoziroq qilish mumkin emas?

IBODAT: “Xudoyim, mening gunohlarimni kechirib, ularni unutib yuborganing uchun Senga rahmat. Iltimos, to‘g‘ri yo‘l tutishim va boshqalarni xuddi Sen kabi tezda kechirib yuborishim uchun yordam ber”.

 

 

17 NOYABR. YANGI BOLA

Kalomdan o‘qish: Voiz 12:1, 13-14       

Xudodan qo‘rq, Uning amrlarini bajar, chunki bu hammaning burchidir (Voiz 12:13).

 

– HOY! – SENI ENG YAQIN DO‘STING CHAQIRIB QOLADI. – Men seni birov bilan tanishtirmoqchiman.

Sen uning oldiga borganingda shunday deydi:

– Bu Seryoja. U yangi kelgan, – og‘ayning yonida turgan bolaga ishora qiladi.

Sen jilmayib, yangi kelgan bolaga bosh irg‘aysan:

– Salom!

U ham jilmayib salomlashadi. Og‘ayning yangi bolaning yelkasiga qoqib qo‘yadi:

– Sen buning nimaga qodirligini bilmaysan! U to‘xtamasdan besh yuz marta o‘tirib-turishi mumkin!

Besh yuzta o‘tirib-turish? – qayta so‘raysan sen. Seryoja buning aslo qoyil qoladigan joyi yo‘qdek yelkasini qisib qo‘yadi.

– Tag‘in, – deydi do‘sting, – u yuz ellik kiloli shtangani ko‘tara oladi!

– Nahotki! –deb yuborasan. Seryoja tag‘in yelkasini qisadi. Sen endi do‘stingga qamroq qarab, e’tiboringni ko‘proq Seryojaga qaratasan.

– U tag‘in o‘n metrga sakrashi mumkin.

– Qo‘ysang-chi! – deysan sen. – O‘ynatishni bas qil...

Ana shunda yangi bola havoga ko‘tarilib boshing ustidan sakrab o‘tadi. Do‘sting esa egilib qulog‘ingga shivirlaydi:

– Bilasanmi, u tag‘in tabiatni boshqarib, o‘liklarni tiriltiradi.

Albatta, bunaqasi bo‘lishi mumkin emas. Faqat birgina Zot bularning bariga qodir. Faraz qilaylik, sen ana shularning hammasini uddalaydigan bolani uchratib qolding. Xo‘sh, o‘zingni qanday tutgan bo‘larding? Sen chindan ham bu bolani hurmat qilib, unga qoyil qolgan bo‘larding, to‘g‘rimi? Oxir-oqibat, besh yuz marta o‘tirib-turish va 150 kilogrammlik shtangani ko‘tarish hayrat uyg‘otadi.

Xudo esa hurmatga yanada ko‘proq munosib. U chindan ham tabiatni boshqarib, o‘liklarni tiriltiradi. U hech nimadan nimadir yaratishi mumkin. U davolashi mumkin. U ibodatlarga javob qaytaradi. U xalqlarni yo‘q qilib, quyosh tizimini yaratadi. Lekin yanada muhimrog‘i shuki, U seni yaratgan. Agar sen masihiy bo‘lsang, gunohlaring bois beriladigan gunohlardan seni qutqargan. U sen uchun abadiy hayot tayyorlab qo‘ygan. Mana shuning uchun – va boshqa ko‘plab sabablarga ko‘ra – Xudo sening hurmatingga munosib.

Mana nima uchun Xudoni hurmat qilish to‘g‘ri. Aslida, Xudoga hurmat – barcha hurmat va to‘g‘riliklarning asosidir. Shoh Sulaymon bir vaqtlar shunday yozgandi: “Xudodan qo‘rq, Uning amrlarini bajar, chunki bu hammaning burchidir” (Voiz 12:13).

MULOHAZA QILGIN: Nima deb o‘ylaysan, Xudo hurmatga munosibmi? Nima uchun «ha» va nima uchun «yo‘q»? Sen Xudoni hurmat qilasanmi? Mabodo xususiy detektiv Sening Xudoga hurmatingga oid dalillar izlasa, qaysilarini topgan bo‘lardi? Sen Xudoga bo‘lgan hurmatingni bugun qay tariqa namoyon etasan?

IBODAT: “Rabbim, Sen muqaddas va mukammalsan, Sen mening hurmatim va sajda qilishimga munosibsan. Iltimos, men bugun nimaiki qilmay, barchasida Senga hurmatimni namoyon etishim uchun yordam ber”

 

 

18 NOYABR. ISO OTA-ONASIGA QULOQ SOLGANMI?

Kalomdan o‘qish: Luqo 2:41-52  

Iso ular bilan Nosiraga qaytib ketdi. Doim ota-onasiga itoat etdi (Luqo 2:51).

 

NIMA DEB O‘YLAYSAN, Isoda qachondir ota-onasi bilan noxush vaziyatlar ro‘y berganmi? Bo‘lgan. Sen Muqaddas Kitobdan bugun o‘qiladigan oyatlar orqali (Luqo 2:41-52) Iso o‘n ikki yoshda bo‘lganida qanday “yo‘qolib” qolgani haqida bilib olasan.

Biroq, Iso ota-onasining gapiga quloq solmagan paytlar bo‘lganmi? Yo‘q, negaki Muqaddas Kitobda: Iso hech qachon gunoh qilmagan deyilgan (1 Butrus 2:22), ota-onaga itoat etmaslik esa – gunohdir.

Nima deb o‘ylaysan, Isoning ota-onasiga quloq solishi oson bo‘lganmi? Bu haqda o‘ylab ko‘r! Iso – Xudo edi! U borliqni yaratgan (Kolosaliklar 1:16). U samoviy farishtalarga buyruq bergan (Matto 13:41; 16:27). Ayonki, U yosh bolalik paytidayoq Ota Uni qandaydir g‘aroyib ishlar qilish uchun yuborganini bilgan (qaragin: Luqo 2:49). Ehtimol, borliqning Xudosiga bir duradgor va dehqonga itoat etishi qiyin bo‘lgandir! Lekin Muqaddas Kitobga ko‘ra, U aynan shunday yo‘l tutgan. U hamisha ota-onasiga itoat etgan va ularni hurmat qilgan ( Luqo 2:51; Yuhanno 19:26-27).

Xususan, mana biz qayoqdan ota-onani hurmat qilish yaxshi ekanligini bilamiz. Albatta, buni tushunish qiyin emas, zero Muqaddas Kitobda aniq yozilgan: “Ota-onangizni hurmat qiling” (Chiqish 20:12) va “Ey farzandlar, Rabbimiz Isoga tegishli bo‘lganingiz uchun ota-onangizga itoat qilinglar, chunki shunday qilish to‘g‘ridir” (Efesliklar 6:1). Biroq ota-onani hurmat qilish faqat Xudo shunday buyurgani uchungina emas, balki Iso O‘z ota-onasini hurmat qilgani uchun ham to‘g‘ridir. Hurmat ko‘rsatish – bu Xudoning O‘ziga monand bo‘lmoqlikdir.

Albatta, ota-onalar bilan ba’zan qiyin kechadi; hatto Isoda ham shunday bo‘lgan! Lekin sen o‘z oldingga maqsad qo‘ymog‘ing kerak: xuddi Iso kabi ota-onaga itoat etish va hurmat ko‘rsatish. Bu Xudoga manzur bo‘lishi aniq – va ota-onani hayratda qoldirish ham yoqimli bo‘ladi.

MULOHAZA QILGIN: Ota-onani hurmat qilish to‘g‘rimi? Nima uchun «ha» va nima uchun «yo‘q»? Nima deb o‘ylaysan, Isoning ota-onasiga quloq solib, hurmat ko‘rsatishi qiyin kechganmi? Ota-onangni hurmat qilib, itoat etish sen uchun qiyinmi? Nima uchun «ha» va nima uchun «yo‘q»? Sen ota-onangga hurmat ko‘rsatasanmi? Agar yo‘q bo‘lsa, nima uchun? Agar ha deb javob bersang, qanday qilib?

IBODAT: “Iso, Sen O‘z ota-onangni hurmat qilganing kabi, men ham ota-onamni hurmat qilib, Senga manzur bo‘lishim uchun yordam ber”.

 

 

19 NOYABR. TA’ZIM QILISHNI O‘RGAN

Kalomdan o‘qish: 1 Timo‘tiy 5:1-2

Mo‘ysafidni ko‘rganingizda o‘rningizdan turing, qariyaning hurmatini joyiga qo‘ying. Men, Xudoyingizdan qo‘rqing. Men Egangizman. (Levilar 19:32).

 

SEN DO‘STINGNI UCHRATGANINGDA, qo‘lingni silkib: “Salom!” deb aytishing mumkin. Yoki yelkasiga qoqib qo‘yasan. Biror kishi bilan tanishganingda, qo‘l berib ko‘rishasan. Buving yoki xolang ko‘rishganingda, quchoqlashib ko‘rishishing mumkin.

Yaponiyada esa odamlar bir-birlari bilan boshqacha ko‘rishadilar – balki sen buni ko‘rgandirsan. Yaponlar qo‘llarini silkitmaydi, qo‘l siqishmaydi va quchoqlashmaydilar. Ular ta’zim qilishadi.

Ba’zan ular bir marta ta’zim qilishadi; gohida esa bir necha marotabalab. Ba’zan bu yengil ta’zim bo‘ladi, goho esa yergacha bukilib ta’zim qilishadi. Barchasi ko‘pgina vaziyatlarga bog‘liq. Shuningdek, odamning yoshi qanchalik katta bo‘lsa, unga shu darajada egilib ta’zim qilishadi. Yaponlar qariyalarni hurmat qilish kerak deya hisoblashadi, shu bois yoshlar keksalar bilan salomlashayotganlarida bu hurmatni ta’zim asosida bildirishlari kerak.

Biz bobo-buvingga ta’zim qilishni boshlashing kerak, demoqchi emasmiz. Biroq kel, yaponlardan ayrim narsalarni o‘rgana qolaylik! Ko‘rayapsanki, ko‘plab yoshlar keksalarni hurmat qilishmaydi. Ularning fikricha, bobo-buvilar, ota-onalar go‘yo hech nimani tushunishmaydi, hurmatga esa faqat yoshlar va yoqimtoylar munosibdek. Qariyalar esa u qadar yoqimtoy, aqlli va qadrli emaslar. Ammo yaponlar bunday deya hisoblashmaydi. Xudo ham bunday deb hisoblamaydi.

Xudo bizga (nafaqat yaponlarga) keksalarga hurmat bilan yondashish kerakligini aytadi. U aytadiki, “Mo‘ysafidni ko‘rganingizda, o‘rningizdan turing, qariyaning hurmatini joyiga qo‘ying” (Levilar 19:32).

Xudoning Kalomida keksalarni hurmat qilish – to‘g‘ri ekanligi aniq aytilgan. Pavlus Timo‘tiyga shunday deb yozadi: “Yoshi katta odamga qattiq gapirma, uni otang o‘rnida ko‘rib, hurmat bilan nasihat qil... kampirlarga onalaringdek munosabatda bo‘l” (1 Timo‘tiy 5:1-2). Sen hatto yapon bo‘lmaganingda ham – keksalarga hurmat ko‘rsatish to‘g‘ridir.

MULOHAZA QILGIN: Nima deb o‘ylaysan, keksalarni hurmat qilish yaxshimi? Agar ha deb javob bersang, nima uchun? Oilangizda kimning yoshi katta? Sen unga nisbatan hurmatingni qanday ko‘rsatasan?

HARAKAT QIL: Ota-onangni, bobo-buvingni yoki qo‘shningga ta’zim qilib, hurmat ko‘rsatgan holda ularni hayratga solgin. (Sen ular uchun nimadir pishirgin; ular albatta lol bo‘lishadi!)

IBODAT: “Ota, bilaman, keksalarni hurmat qilish yaxshi, Sening Kalomingda hattoki men qariyalarni hurmat qilsam, Senga hurmat ko‘rsatgan bo‘lishim aytilgan. Iltimos, Sening Kalomingni ado etib, keksalarni hurmat qilishim – Seni hurmat qilishim ekanligini yodda tutishimga yordam ber”.

 

 

20 NOYABR. DOVUD VA MOLIYAVIY NAZORATCHILAR

Kalomdan o‘qish: Titus 3:1-8       

Sen jamoatdagilarga eslatib tur: ular davlat boshliqlariyu hokimlarga bo‘ysunsinlar, itoat etib, har qanday xayrli ishga tayyor bo‘lsinlar (Titus 3:1).

 

Bir gazetaning mushtariylari tahririyatga farzandlarining Muqaddas Kitob haqida aytgan gaplarini tez-tez jo‘natib turishadi. Mana ulardan ayrimlari:

·   “Lutning xotini kunduzi tuzli ustunga va kechasi olovli bulutga aylandi”.

·   “Muso Sian tog‘ining tepasiga o‘nta amrni olish uchun ko‘tarildi”.

·   “Dovud moliyaviy nazoratchilar bilan kurashdi”.

·   “Masihiyning faqat bitta xotini bo‘lishi kerak. Bunday nikoh monotonli nikoh deb ataladi”

Ko‘rayapsanki, barcha aytilgan bu gaplar haqiqatga yaqin. Ammo ulardan har biri tushunmovchilik oqibatida noto‘g‘ri. Muso o‘nta amrni Sian tog‘ida emas, balki Sinay tog‘ida olgan. Dovud moliyaviy nazoratchilar bilan emas, balki filistlar bilan kurashgan. Insonda bitta xotini bo‘lsa, bu monogamiya deb ataladi.

Bu bolalar nimanidir yaxshi tushunishmagan, bor gap shu. Bizlardan ko‘pchiligimiz ham masala jamiyatda o‘zimizdan yuqori turganlar haqida borganida, nimanidir tushunmaymiz.

Ko‘rayapsanmi, hukumat vakillari (militsionerlar, o‘qituvchilar, prezidentlar, jamoat rahbarlari va h.k.z.) bizning hurmatimizga erishishlari kerak. Bizga yangi o‘qituvchi, cho‘pon yoki prezident kelganida toki u hurmatimizga sazovor bo‘lmagunicha yoki o‘zini hurmat qilishga majbur etmagunicha biz uni hurmat qilmaymiz. Biroq Muqaddas Kitob biz bunday yo‘l tutmasligimiz kerakligini aytadi.

Muqaddas Kitob biz hukumat tepasida o‘tirganlarni hurmat qilib, ularga quloq solishimiz kerakligini aytadi. Ular bizning hurmatimizga erishishga urinishlari shart emas – biz ularni hurmat qilishga burchlimiz. Masihiylar hukumatga e’tiroz bildirib, qarshilik qilishlari kerak bo‘ladigan vaqtlar uchraydi (qaragin: Havoriylar 5:17-42). Biroq hukumatga itoat etish Xudoga itoat etishga xalaqit bermasa, Muqaddas Kitobda aniq aytilgan: hukumatni hurmat qilish va bo‘ysunish – to‘g‘ridir.

MULOHAZA QILGIN: Sen quyidagilarga qanday hurmat ko‘rsatishingni qayd etib qo‘ygin:

o‘qituvchilarga ­­­­­­­­­­____________________________________________

keksalarga ­­­­­­­­­­____________________________________________

militsiyaga ­­­­­­­­­­____________________________________________

hukumatga ­­­­­­­­­­____________________________________________

cho‘ponlarga ­­­­­­­­­­____________________________________________

boshqa hokimiyatlarga (aniq belgila) ­­­­­­­­­­____________________

IBODAT: “Rabbim, men Senga manzur bo‘lmoqchiman va Senga itoat etmoqchiman. Iltimos, hukumatni va davlatni hurmat qilishim kerakligini, ularga itoat etib, yaxshilik qilishga tayyor ekanligimni menga eslatib turgin”.

 

 

21 NOYABR. BARMOQLARNI QARSILLATUVCHI VA QULOQLARINI QIMIRLATUVCHI

Kalomdan o‘qish: 1 Butrus 2:12-17

Hamma odamlarni hurmat qilinglar. Imonli birodarlaringizni yaxshi ko‘ringlar. Xudodan qo‘rqinglar, davlat rahbariga izzat-ehtirom ko‘rsatinglar (1 Butrus 2:17).

 

SEN BARMOQLARINGNI QISIRLATA OLASANMI? Quloqlaringni qimirlatishni bilasanmi (qo‘lning yordamisiz, albatta)? Tilingni burninggacha tekkiza olasanmi?

Agar keyingi ikkita savolga tasdiq javobini bersang, bu holda kamchilik odamlar toifasiga mansub ekansan. Qo‘shma Shtatlarda yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, so‘rovda qatnashganlarning 68 foizi barmoqni qisirlatishni biladi, quloqlarni esa faqat 13 foiz ishtirokchilar qimirlata olarkan. Va bundan ham kamroq odamlar – bor-yo‘g‘i 10 foiz – tilining uchini burnilariga tekkiza olishar ekan.

Endi esa barmoqni qisirlatishni biladigan odamlar buni eplolmaydigan 32 foiz kishilarni masxara etmoqchi bo‘lganlarini tasavvur qil. Yoki quloqni qimirlatadigan odamlar buni uddalay olmaydigan odamlarni ikkinchi toifa deya hisoblashlarini ko‘z oldingga keltir. Yoki tilining uchini burniga tekkiza oladiganlar bunga layoqatsiz kishilarni hech qachon hurmat qilmasliklarini e’lon qilib qolishadi.

Bu juda g‘alati bo‘lardi, to‘g‘rimi?

Ammo bundoq o‘ylab qarasak, bu, odamlar terisining rangi tufayli boshqalardan hazar qiladigan vaziyatdan unchalik farq qilmaydi. Yoki erkaklar ayollarni hurmat qilmagan holatlardan (yoki aksincha). Yoxud odamlar qariyalardan (bolalardan) hazar qiladigan vaziyatlardan katta farq qilmaydi.

Ko‘rayapsanmi, Xudoning Kalomida aytilgan: “Hammani hurmat qiling” (1 Butrus 2:17). Bu esa garchi u sendan farqli ravishda oq tanli yoki qora tanli, osiyolik yoki lotinamerikalik, erkak yoki ayol, yosh yoki keksa, boy yoki kambag‘al, barmoqlarini qisirlatadigan yoki quloqlarini qimirlatadigan bo‘lmasin, sening hurmatingga munosib ekanligini anglatadi.

Zero, Xudo, “Sizga o‘xshagan barchani hurmat qiling”, demagan. U aytadi: “Hamma odamlarni hurmat qilinglar”, – hattoki tilining uchini burniga tekkiza olmaydiganlarni ham.

MULOHAZA QILGIN: Muqaddas Kitobdan bugun o‘qiladigan oyatlarda turli toifadagi odamlarni hurmat qilish (yoki qabul qilish) zarurligi aytilgan. Ulardan eng kamida to‘rtasini keltirgin. Seni millating, jinsing yoki yoshing tufayli hurmat qilishmagan paytlar bo‘lganmi? Yoki boshqa sabablar bo‘lganmi? Sen o‘shanda o‘zingni qanday his qilgansan? Sen o‘zing boshqalarga shu kabi sabablarga ko‘ra behurmatlik qilganmisan?

HARAKAT QIL: Do‘stlaring orasida kim barmoqlarini qisirlatishi, quloqlarini qimirlatib, tilining uchini burniga tekkiza olishi bo‘yicha so‘rov o‘tkaz. O‘z natijalaringni Amerikadagi so‘rov natijalari bilan taqqosla (68, 13, 10 foizlar).

IBODAT: “Rabbim, ba’zan men faqat o‘zimga o‘xshagan kishilarga hurmat ko‘rsataman. Iltimos, Sen buyurganingdek, barchani hurmat qilishim uchun yordam ber”.

 

 

22 NOYABR. O‘ZINGNI HURMAT QIL!

Kalomdan o‘qish: 1 Yuhanno 3:1-2

Qaranglar, Otamiz Xudo bizni farzandlarim deb, qanday buyuk bir sevgini ko‘rsatdi (1 Yuhanno 3:1).

 

1970-YILLARDA STAPLES SINGERS GURUHI Lyuter Ingrem va Meyk Rays yaratgan xit qo‘shig‘ini ijro etdi. Yaqinda “Buyuk chodirning uyg‘onishi” masihiy guruhi ushbu qo‘shiqni o‘zining birinchi albomiga kiritdi.

“O‘zingni hurmat qil” deb nomlangan qo‘shiqda shunday so‘zlar bor: “Agar sen o‘zingni hurmat qilmasang, hech kim senga yaxshi ga-hoo bermaydi!”

Sen yaxshi ga-hoo nima ekan deb so‘rayapsanmi? Ajoyib savol. Bu haqda tasavvurga ham ega emasman! Hattoki “yomon ga-hoo” nima ekanligini ham bilmayman. Biroq gap bunda emas.

Gap shundaki, bu qo‘shiqdagi g‘oya to‘g‘ri, Muqaddas Kitobga monand. Muqaddas Kitobga ko‘ra, o‘zini hurmat qilish-to‘g‘ri.

Zero, Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Qaranglar, Otamiz Xudo bizni farzandlarimdeb, qanday buyuk bir sevgini ko‘rsatdi! Haqiqatan ham, biz Uning farzandlarimiz. Dunyo Otamizni hech qachon tan olmagan, shuning uchun bizni ham Xudoning farzandlari deb tan olmayapti. Ha, azizlarim, hozir biz Xudoning farzandlarimiz. Ammo kelajakda kim bo‘lishimiz bizga hanuz ochilmagan. Faqat shuni bilamizki, o‘sha payt kelganda, biz Xudo singari bo‘lamiz, chunki Xudoning O‘zini ko‘ramiz” (1 Yuhanno 3:1-2).

Bu o‘rinda o‘zimizni hurmat qilishimiz uchun bir qancha yaxshi sabablar keltiriladi. Birinchidan, sen nafaqat Xudo tomonidan yaratilgansan, sen – Uning farzandisan! Bundan tashqari, Masih qaytganida sen shu darajada Unga yaqin bo‘lasanki, bunaqasini hatto tasavvur ham qilolmaysan! Albatta, shu asosga ko‘ra, sen hozir – (boshqalar kabi) gunohkor ekanligingni, yoki mag‘rurlanishni yoxud o‘zingni boshqalardan yaxshiroq, deya hisoblamasligingni unutmasliging lozim. Bu sen o‘zingni ikkita sababga ko‘ra hurmat qilishing kerakligini bildiradi: kim ekanliging uchun va kim bo‘la olishing uchun!

Xullasi kalom, Ingrem va Rays to‘g‘ri yozishgan: o‘zingni hurmat qil. Lekin ular shunday yozgani uchungina emas; balki Xudoning Kalomi shunday degani uchun: o‘zini hurmat qilish – yaxshi.

MULOHAZA QILGIN: Muqaddas Kitobdan bugun o‘qiladigan oyatlarda o‘zini hurmat qilishning qaysi ikkita sabablari ko‘rsatilgan? Sen o‘zingni hurmat qilasanmi? Agar ha deb javob bersang, qay tarzda? Agar yo‘q bo‘lsa, bu holda sen o‘zingni hurmat qilishni boshlaganingda, harakatlaring qanday o‘zgaradi? Kelajakda seni ko‘proq hurmat qilishlari uchun nimalar qilishing mumkin?

IBODAT: “Ota, ba’zan boshqalarni hurmat qilishdan ko‘ra, o‘zimni hurmat qilishim qiyin kechadi. Ammo men – Sening o‘g‘ling bo‘lganim hamda Sening O‘g‘ling qaytganida U kabi bo‘lishim uchun Sendan minnatdorman. Xudo O‘g‘liga monand bo‘lishim uchun menga yordam ber”.

 

 

23 NOYABR. SURAT – BU HAMMASI

Kalomdan o‘qish: Ibtido 1:26-31  

Xudo O‘z suratiday qilib yaratdi inson zotini, erkagu ayol qilib yaratdi ularni (Ibtido 1:27).

 

TASAVVUR QILGIN, shaharning markaziy maydonida senga yodgorlik o‘rnatishgan, kimdir esa undan nishon sifatida foydalanib, sening tasviringga aynigan pomidor va olmalarni otadi.

Tasavvur qil, sen – kompaniya prezidentisan, kompaniyaning katta zalida sening moybo‘yoqda chizilgan ulkan portreting turibdi, kimdir esa undagi tasviringga ahmoqona mo‘ylov chizib qo‘yibdi.

Tasavvur qil, sening suratingni yilning eng chiroyli ellikta odamiga bag‘ishlangan mashhur jurnalda chop etishdi; sen barcha tirajni sotib olish uchun do‘konga qarab yugurasan, biroq kimdir har bir jurnaldagi suratingga marker bilan yozib qo‘ygan: “Bu tasqaraning o‘zginasi!”

Xo‘sh, ko‘nglingdan nima kechdi? Sen xafa bo‘larmiding? Jahling chiqarmidi?Ta’sirlangan bo‘larmiding?

Ammo bir daqiqa shoshma. Axir bu odamlar sening o‘zingga tashlanayotganlari yo‘q, to‘g‘rimi? Ular sening suratingga tashlanishmoqda. Yodgorlik, portret, fotosuratlar – bu hammasi tasvir, xolos. Lekin baribir bu holat yoqimsiz, shunday emasmi? Kimdir sening suratinga ko‘ra yaratilgan biror nimani haqorat qilsa yoki hurmat qilmasa – bu baribir xuddi sen bilan yuz berayotgandek bo‘ladi, to‘g‘rimi?

Mana endi sen odamlar boshqa odamlarga hamla qilganlarida yoki ularni hurmat qilmaganlarida, Xudo O‘zini qanday his qilishini tushunasan. Zero borliqdagi barcha odam Uning siymosi bo‘yicha yaratilgan. Har bir erkak va har bir ayol Xudoning siymosiga monand qilib yaratilgan. Axir Uning siymosiga ega bo‘lgan boshqalarni biz hurmat qilmaganimizda, bu Xudoga yoqishi mumkinmi?

Mana nima uchun odamlarni hurmat qilish yaxshi, behurmatlik esa – noto‘g‘ri: biz barchamiz Xudoning suratiga monand yaratilganmiz. Har bir kishi Xudo suratiga asosan yaratilgan – yosh yoki keksa, qora tanli yoki oq tanli, erkak yoki ayol, sog‘lom yoki nogiron, kuchli yoki zaif, uddaburon yoki oddiygina inson.

Har bir kishi Xudoning nazarida o‘z qiymatiga ega. Va har bir odam Xudoning noyob va bebaho farzandiga qanday munosabat qilishlari lozim bo‘lsa, aynan shunday munosabatga munosibdir.

MULOHAZA QILGIN: Muqaddas Kitobdan bugun o‘qiladigan oyatlarda odamlar haqida nimalar deyiladi? Boshqalarni hurmat qilish nima uchun to‘g‘ri? Sen Xudoning suratiga monand yaratilmagan biror kishini bilasanmi? Sen Xudoning noyob va bebaho farzandi bo‘lishdek hurmatga sazovor bo‘lmagan odamni bilasanmi? Nima deb o‘ylaysan, odamning qilgan ishlariga ma’qullamagan holda uni hurmat qilish mumkinmi? Agar ha deb javob bersang, qanday qilib? Sen bugun o‘zing uchratadigan har bir kishiga qay tariqa hurmat ko‘rsatishing mumkin?

IBODAT: “Xudoyim, menga eslatib turganing uchun Senga rahmat: men olamdagi boshqa odamlar kabi Sening suratingga monand yaratilganman. Boshqa odamlarni hurmat qilishim va ularga munosib ravishda munosabatda bo‘lishim uchun yordam ber”.

 

 

24 NOYABR. CHIP VA DEYL

Kalomdan o‘qish: Rimliklar 12:9-10

Bir-biringizni hurmat qilib, o‘zingizdan yuqori qo‘ying (Rimliklar 12:10).

 

CHIP VA DEYL – multfilmdagi bir juft burundiqlardir.

Ular aqlli va yoqimtoy kichkintoylar. Ular kulib xursandchilik qilishadi. Ular noxush vaziyatlarga tushib qolishadi. Ular bir-birlaridan xafa bo‘lib, so‘ngra yarashib olishadi. Ular – ajoyib do‘stlar.

Mabodo sen ularning bir-birlariga qanday yondashayotganlariga e’tibor qaratsang, nega ular bizga bu qadar yaqin ekanliklarini tushunasan.

Sen ularning eshikdan qanday kirishlariga e’tibor berdingmi? Chip bir chekkada to‘xtab shunga o‘xshash gap aytadi:

– Sendan keyin.

Deyl jilmayib javob qaytaradi:

– Yo‘q, avval sen o‘tgin.

– Yo‘q-yo‘q-yo‘q! – e’tiroz bildiradi Chip ta’zim qilib. – Avval sen o‘taqol.

Va bu shu tariqa davom etadi, negaki ularga bir-birlarini hurmat qilib, o‘zidan yuqori qo‘yish yoqadi.

Biz ham Chip va Deylga o‘xshashimiz kerak. Bir qancha sabablarga ko‘ra. Birinchidan, negaki Muqaddas Kitobda: biz Chip va Deylga o‘xshashimiz kerakligi haqida aytilgan. Albatta so‘zma-so‘z shunday deyilmagan; Muqaddas Kitob multfilmlarni o‘ylab topmaslaridan ancha avval yozilgan. Biroq Muqaddas Kitobda: “Barcha odamlarni hurmat qilinglar” (1 Butrus 2:17) va “Bir-biringizni hurmat qilib, o‘zingizdan yuqori qo‘ying” (Rimliklar 12:10) deb aytilgan.

Buning yana bir sababi bor: bir-biriga hurmat sog‘lom munosabatlarning rivojlanishiga imkon yaratadi. Agar Chip va Deyl bir-birlarini hurmat qilishmaganida, ular bunchalik yoqimtoy mavjudotlar bo‘lisholmasdi. Agar ular bir-birlariga mehr va hurmat bilan yondashmaganlarida, o‘zaro bunchalik ahil bo‘lishmasdi.

Shu haqda o‘ylab ko‘r. Sen kim bilan do‘st bo‘lishni afzal ko‘rgan bo‘larding: yomon gaplar aytadiganlar bilanmi yoki iltifotli insonlar bilanmi? Kim bilan birga ko‘proq vaqt o‘tkazgan bo‘larding: senga iflos munosabatda bo‘layotgan bilanmi yoki seni hurmat qiladigan inson bilanmi? Kim sening do‘stingga aylanishi mumkin: doimo sendan birinchi o‘tadiganmi yoki senga yo‘l berib bu gapni aytadiganmi: “Sendan keyin”?

O‘rtada hurmat bo‘lmasa, do‘stlik uzoq davom etmaydi, negaki hurmat – yaxshi munosabatlarning shartli asosidir. Hurmat mustahkam, sog‘lom munosabatlarni qurishga yordam beradi; behurmatlik odatda munosabatlarni buzib yuboradi.

Sen Muqaddas Kitobga amal qilgan holda, Chip va Deyldan ibrat ol: “Bir-biringizni hurmat qilib, o‘zingizdan yuqori qo‘ying” (Rimliklar 12:10).

MULOHAZA QILGIN: Seni hurmat qilmaydigan odamlar bilan munosabatda bo‘lish senga yoqadimi? Nima uchun «ha» va nima uchun «yo‘q»? Senga hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘ladigan “do‘st”laring bormi? Sen o‘z do‘stlaringdan kimgadir behurmatlik bilan munosabatda bo‘lasanmi? Nima uchun «ha» va nima uchun «yo‘q»? Sen hurmat do‘stligingning asosi bo‘lishini istaysanmi? Agar ha deb javob bersang, sen buning uchun nimalar qilishing mumkin?

IBODAT: “Rabbim, men barcha do‘stlarimga va yaqinlarimga hurmat bilan munosabatda bo‘lmoqchiman. Menga ... bilan o‘z munosabatlarimni o‘zgartirishim va hurmatni do‘stligimning zarur qismiga aylantirishim uchun yordam ber”.

 

 

25 NOYABR. YO‘LOVCHI VA ROHIBLAR

Kalomdan o‘qish: Matto 5:14-16

Imonsizlar orasida Xudoga munosib hayot kechiringlar. Ular sizlarni yomonlikda ayblasalar-da, ezgu ishlaringizni ko‘rib, kim bilsin, balki tavba qilishar va qiyomat kuni Xudoni ulug‘lashar (1 Butrus 2:12).

 

AYTISHLARICHA, KUNLARDAN BIRIDA sirli bir yo‘lovchi eski ibodatxonaga kelibdi. Ushbu ibodatxona qachonlardir gullab-yashnagandi: u rohiblarining taqvodorligi bilan nom qozongandi. Yoshlar uzoq-uzoqlardan bu ibodatxonadagi rohiblar safiga qo‘shilish uchun kelishardi.

Ammo yo‘lovchi kelgan paytda, vaqtlar osha bu yer avvalgidek emas edi. Bor-yo‘g‘i bir to‘da rohiblar qolgan bo‘lib, ular doimo o‘zaro janjal qilishardi. Qachonlardir ajoyib ko‘rinishda bo‘lgan imoratlar buzila boshlagan, rohiblarning ibodati esa o‘z samimiyligini yo‘qotgandi.

Rohiblar yo‘lovchiga ibodatxonaning qayg‘uli tarixini so‘zlab berib, undan shu yerda qolib, imoratni tiklashda yordam berishini so‘rashibdi, negaki, biror chora ko‘rilmasa, rohiblar va ibodatxona tezda halokatga yuz tutishini aytishibdi. Lekin yo‘lovchi qolishni istamabdi.

– Men ibodatxonani qayta qurishda va imoningizni tiklashda yordam berolmayman. Biroq, ayta oladiganim shuki, oralaringizda Xudoning haqiqiy havoriysi bor.

Sirli yo‘lovchi shu gaplarni aytib, o‘sha yerni tark etibdi.

Rohiblar uning so‘zidan hayron bo‘lib, har biri o‘zicha bu so‘zning ma’nosi haqida bosh qotira boshlabdi. “Bunday bo‘lishi mumkin emas? – deb o‘ylashibdi ular. – Nahotki bizning oramizda haqiqiy havoriy bo‘lsa? Balki, bu abbatdir? Mabodo abbat bo‘lmasa, kim bo‘lishi mumkin? Ehtimol, birodar Filippdir? Yoki birodar Faddeymikan? Balki ... men o‘zimdirman?”

Ibodatxona endi sekin-asta o‘zgara boshlabdi. Rohiblar bir-birlarini hurmat qila boshlashibdi, negaki ulardan kim – haqiqiy havoriy ekanligini bilishmabdi. Ular o‘zlariga ham boshqacha yondasha boshlabdilar, negaki har biri yo‘lovchi aynan uni nazarda tutganligi haqida o‘ylabdi. Shundan so‘ng ular ushbu ibodatxona Xudoning havoriysi yashaydigan joyga monand bo‘lishi uchun darz ketayotgan binoni tiklashga tushibdilar. Rohiblarning ibodatlari endi jo‘shqin va samimiy bo‘libdi, zero ularning orasida haqiqiy havoriy ham ibodat qilar ekan.

Vaqt o‘tib ibodatxonaga keluvchilar endi bu joyning avvalgidek emasligini payqashibdi. Rohiblar garchi kamchilik bo‘lishsada, ular bir-birlarini chindan sevib, hurmat qilisharkan. Tez orada odamlar rohiblar bilan birgalikda ibodat qilish uchun ibodatxonaga kela boshlabdilar. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan kelishardi. Ko‘pchilik shu yerda qolib, jamoaga a’zo bo‘lib kiribdi. Oradan bir necha yillar o‘tib, ibodatxona avvalgidan ham gullab-yashnabdi, barcha rohiblar esa o‘zlari anglamagan holda Xudoning haqiqiy havoriylariga aylanishibdi.

MULOHAZA QILGIN: Yo‘lovchining so‘zlari qanday ta’sir ko‘rsatdi? Bu voqea Muqaddas Kitobdan bugun o‘qiladigan oyatlarga qay tariqa bog‘liq? Yo‘lovchi va rohiblar haqidagi voqea – ajoyib bir masal, lekin sen boshqalarga hurmat hamma narsani o‘zgartirib yuboradi, deb o‘ylaysanmi? Nima uchun «ha» va nima uchun «yo‘q»? Boshqalarga hurmat seni o‘zgartirishi mumkinmi? Oilangni-chi? Maktabni-chi? Jamoatni-chi? Agar shunday bo‘lsa, qay tariqa?

IBODAT: “Rabbim, men bugun Xudoning haqiqiy havoriysiga bo‘lgani kabi barchaga – shuningdek, o‘zimga ham – ongli tarzda munosabatda bo‘lishim uchun yordam ber”.

 

 

26 NOYABR. ISHON VA TAVBA QIL

Kalomdan o‘qish: Galatiyaliklar 3:10-14

Masih esa bizni qonun la’natidan xalos qildi (Galatiyaliklar 3:13).

 

– U YERDA JUDA KO‘PLAB QOIDALAR va amrlar bor! Hech kim ularni bajara olmaydi!

Sen qachondir shunga o‘xshash gaplarni eshitganmisan? Ehtimol, o‘zing haqingda shunday deb o‘ylagandirsan? Yoki shunday deb gapirgandirsan?

Qaysidir darajada bu bor gap. Muqaddas Kitobda – amrlar ko‘p: “Qotillik qilmang”, “O‘g‘irlik qilmang”, “Qo‘shningizning uyiga ko‘z olaytirmang”, “Xudoga kufr keltirmang”. Ularning barchasini bajarish u yoqda tursin, hattoki eslab qolish ham ilojsizdek bo‘lib tuyulishi mumkin!

Aslida, uzoq yillar mobaynida bu imkonsizdek bo‘lgan. Odamlar asrlar osha Xudoning amrlarini bajarishga urinishgan, lekin asrlar davomida buning uddasidan chiqa olishmagan. Hattoki dunyodagi eng taqvodor odamlar: Ibrohim, Muso, Dovud ham bunga erisha olmagan. Agarda ular Xudoning amrlarini bajarisha olmagan bo‘lsalar, bu kimning qo‘lidan kelishi mumkin?

Isodan boshqa hech kimning. Faqat Iso qonunning barcha talablarini bajarishga qodir. Faqat U hech qachon gunoh qilmagan.

Demak, sen mabodo Xudoning barcha amrlarini bajarishga kirishmoqchi bo‘lsang, bu haqda unut. Bu hech qachon amalga oshmaydi. Sen buni bajara olmaysan. Biroq Iso bajara oladi.

Ko‘rayapsanmi, bu Isoning mo’jizaviy xususiyatlaridan biri. U ikki ming yil avval to‘g‘ri yashabgina qolmay, hozirda ham to‘g‘ri yashamoqda. Agar sen masihiy bo‘lsang, U sening botiningda O‘z Muqaddas Ruhi orqali yashamoqda. Sen o‘z kuching bilan Xudoning barcha amrlarini bajarishga zo‘r bermasliging kerak. Sen shunchaki har kuni Iso Masihga bo‘ysunishing lozim. U sen uddalay olmaydigan darajada to‘g‘ri yashashda davom etadi.

Sen hech qachon Xudoning barcha amrlarini yodingda saqlab qololmaysan. Lekin bunga hojat yo‘q, mabodo sen Isoga ishonsang va har kuni Unga itoat etsang, Iso botiningda sen uchun bu vazifani bajaradi.

MULOHAZA QILGIN: Sening fikringcha, Xudoning barcha amrlarini bajara olasanmi? Nima uchun «ha» va nima uchun «yo‘q»? Xudoning amrlarini bajarishga urinish va Iso sen uchun botiningda buni bajarishi o‘rtasida qanday farq bor? Sen qanday yo‘l tutgansan? Iso har kuni senda to‘g‘ri yashashi uchun, Unga qay tariqa ishonch bildirishni boshlash kerak?

Ibodat:”Rabbim, meni gunohdan ozod etganing uchun Senga rahmat. Bugun har bir lahzada Sening Kalomingni ado etish va gunohdan poklanishim uchun menga yordam ber”.

 

 

27 NOYABR. HIMOYALOVCHI QALPOQ

Kalomdan o‘qish: Qonunlar 6:20-25

Egamiz Xudo: “Mana shu farmonlarning hammasiga rioya qilinglar, Mendan qo‘rqinglar, shunda bugungiday tirik bo‘lasiz, baxtli hayot kechirasiz” dedi (Qonunlar 6:24).

 

BEYSBOL JAMOASINING MURABBIYI yukxonadan bir quti yangi himoyalovchi qalpoqlarni chiqaradi. O‘yinchilar qalpoqning qanday ish berishini bilish uchun shu atrofda turishibdi. Ular qalpoqni qo‘llariga olib, diqqat bilan qaray boshlaydilar.

Har bir kishi bu qalpoqning avaalgilaridan farq qilishiga e’tiborini qaratadi. Bu yangilari og‘irroq. Ular yon tarafdan yaxshiroq himoyalangan. Har bir qalpoqning oldida – yuzni himoya qiladigan plastikali shaffof plastina.

Barcha o‘yinchilar bu yangi qalpoqlar o‘zlari ko‘nikib qolgan avvalgilariga o‘xshamasligini ko‘rib turibdi. Barcha yangi qalpoqlarni o‘rganmoqda. Ammo hech kim shikoyat qilgani yo‘q. Hech kim mana bunday gaplarni aytmayapti:

– Menga qarang, murabbiy, nahotki endi shunaqasini kiyib yurishimizga to‘g‘ri kelsa?

– Bu qalpoqlarda qizib ketsak kerak!

– Bizga bularning nima keragi bor?

– Ular xalaqit beradi?

– Bu qalpoqlarning bo‘lmagani yaxshi edi.

Hech kim bu kabi gaplarni gapirmaydi, negaki o‘tgan yozda ularning jamoadosh o‘rtoqlari jag‘ini sindirib olgandi va endi hayotining qolgan qismida eshitish va gapirish borasida muammolar bo‘ladi. Hech kim e’tiroz bildirmaydi, negaki ular do‘stlari bilan kechgan voqeadan xulosa chiqarishgan: qalpoqlar ularni himoya qilish uchun belgilangan.

Bu yarqiroq qalpoqlar Xudoning amrlariga o‘xshaydi. U bizga “yaqiningni sevish”, “o‘zini tuta bilish”, “zino qilmaslik” va boshqa shu kabi amrlarni beradi, negaki Xudo bizni sevadi. Uning amrlari bizni chegaralab, baxtsiz etmasligi kerak; ularga amal qilsangiz, “bugungiday tirik bo‘lasiz, baxtli hayot kechirasiz” (Qonunlar 6:24).

Qalpoq sportchini jag‘ sinishidan (ba’zan bundan ham battarrog‘idan) asrashi mumkin bo‘lganidek, Xudoning amrlari ham bizni gunoh va uyatdan, kasallik va umidsizlikdan, mashaqqat va azoblardan himoya qiladi. Xudoning amrlari bo‘yicha yashash bizda hech qachon muammolar bo‘lmasligini kafolatlamaydi, biroq ko‘plab munosabatlarda u bizga farovonlik va gullab-yashnashni olib keladi.

MULOHAZA QILGIN: Sen Xudoning amrlarini qachondir senga xalaqit beradigan va zerikarli deya qabul qilganmisan? Nima uchun «ha» va nima uchun «yo‘q»? Nima deb o‘ylaysan, Xudoning amrlari bizga yaxshilik maqsadida yaratilganmi yoki yomon maqsadlarda? Xudoning amrlariga binoan yashash senga yordam beradimi? Agar yo‘q deb javob bersang, nima uchun? Agar ha deb javob bersang, qay tarzda? Xudo bizga amrlarni bergani uchun biz Undan xafa bo‘lishimiz kerakmi yoki minnatdorchilik bildirish lozimmi? Nima uchun?

IBODAT: “Xudoyim, bilaman, Sening amrlaring meni himoya qilishi va yordam berishi lozim. Iltimos, Sening amrlaringni bajarishim va hamisha to‘g‘ri yo‘l tutishim uchun yordam ber”.

 

 

28 NOYABR. BEKINMACHOQ

Kalomdan o‘qish: Ishayo 65:1-2

Egam aytar: “Meni so‘ramaganlarga ko‘rindim; Meni izlamaganlar topdi (Ishayo 65:1).

 

HARQALAY, SO‘NGGI BORA BEKINMACHOQ O‘YNAGANINGDAN BUYON ko‘p vaqtlar o‘tgandir, lekin bu qanchalik zavqli bo‘lganligi yodingda bo‘lsa kerak? Hech kim topolmaydigan bir ajoyib joyni topish. Hech kim payqamasligi uchun qimir etmaslik. Va nihoyat, seni topib olganlaridagi his-hayajon oqimi.

Axtarayotganingda esa o‘zing qo‘llaydigan barcha ko‘nikma va mahoratlaring kerak bo‘ladi. Qilt etgan tovushni ilg‘ab olish uchun quloqlaringni dikkaytirasan. Boshqalar qayerda yashirinishlari mumkinligi haqida o‘ylaysan. Yashiringan kishining qayerdaligini bildiradigan nimalargadir qaraysan: eshikdan chiqib turgan kiyim chetiga, kiyimning turtib chiqqan qismiga, darparda ortidagi qimirlashga.

Bekinmachoq o‘ynaydigan ko‘plab odamlar o‘zlarini topib olmasliklarini istashadi, lekin Xudo bilan shunday o‘yin qilayotganingda, U xuddi o‘yin qoidalarini bilmadigandek tuyuladi senga. Xudo go‘yoki yaxshiroq berkinib olish o‘rniga, O‘z berkingan joyini bildirib qo‘yayotganga o‘xshaydi. Ba’zan esa Uni payqashning mutlaqo iloji yo‘qdek tuyuladi!

Ehtimol, sen Xudoni izlamayotgandirsan, biroq U doimo seni izlaydi va O‘zini senga ko‘rsatishga urinadi. Xudo takror va takror bizni sevishini aytadi. U takror va takror O‘z Kalomida bizga yaxshilikni tilashini aytadi. Xudoning sabr-bardoshi chegara bilmaydi. Uning biz bilan munosabatda bo‘lish istagi aslo tugamaydi.

Agar sen keyingi paytlarda Xudoni izlashdan ko‘ra, Undan yashirinishga ko‘proq urinayotgan bo‘lsang, nega bu vaziyatni o‘zgartirmaslik kerak? Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Egangiz yoningizda ekan, Unga intiling, U yaqiningizda ekan, Uni chaqiring” (Ishayo 55:6). Xudoni ibodatda va Kalomni o‘qishdan izlagin. Sen Uni aniq topasan.

MULOHAZA QILGIN: Agar Xudo chindan ham bizdan bekinmoqchi bo‘lsa, nima deb o‘ylaysan, biz Uni topa olarmidik? Agar biz Undan yashirinishga urinsak, nima deb o‘ylaysan, biz buni eplay olarmidik? Sen hozirda Xudoni izlayapsanmi yoki Undan yashirinayapsanmi? Sen bugun Xudoni qay tarzda faolroq izlashing mumkin?

HARAKAT QIL: Do‘stlaring va yaqinlaring bilan sen Xudodan yashirinishing emas, balki Uni izlashing lozimligini yodda tutgan holda, bekinmachoq o‘ynagin.

IBODAT: “Samoviy Ota, Seni izlash uchun sarflaydigan barcha urinishlarimga Sen munosibsan. Seni topa olishim uchun Sendan minnatdorman”.

 

 

29 NOYABR. JOAN OSBORNGA MAKTUB

Kalomdan o‘qish: Filippiliklar 2:3-7 

Fikr-zikringiz Iso Masihnikiday bo‘lsin: Iso Masih Xudoning tabiatiga ega edi, shunda ham U... ulug‘vorligidan voz kechib, qul tabiatiga kirdi, inson qiyofasiga kirdi (Filippiliklar 2:5-7).

 

QADRLI JOAN OSBORN,

Bilanman, “Xudo bizdan birimizmi?” qo‘shig‘ini yozganingizdan buyon ko‘p vaqtlar o‘tdi. Lekin Men bugun sizga yozishga va ajoyib yangiliklarni baham ko‘rishga qaror qildim.

Bilaman, bu qo‘shiqni, ayniqsa naqoratni eshitib, ko‘plab masihiylarning ta’bi xira  bo‘lgan:

Xudo bizdan birimiz bo‘lsa agar,

Ayting, U kim bo‘lishi mumkin?

Bir sayoqmi olomon ichra?

Avtobusda uy tomon

Shoshayotgan notanishmikan?

Xo‘sh, sizga ayta qolay, Men hech qachon sayoq bo‘lmasdim. Men harqalay tartibsizlik emas, tartib Xudosiman (1 Korinfliklar 14:33). Lekin qo‘shig‘ingizda yozilganlari – haqiqat ekanligini eshitish sizga yoqimli bo‘lardi. Xudo sizlardan biringiz bo‘ldi (Yuhanno 1:14). Men shunday qilganman, faqat bundan ikki ming yil muqaddam. Men inson bolasining vujudida tug‘ilishim uchun samodagi O‘z taxtimni qoldirganman. Men o‘ttiz yildan ko‘proq yashab, so‘ngra gunohlaringiz uchun beriladigan jazodan sizni qutqarib, kechirimga erishishlaringiz uchun xochda jon berdim.

 Ko‘rayapsizmi, Joan, Xudo chindan ham “bizlardan birimiz”! Sizning istagingiz – siz uni izhor etmasingizdan avval – bajo bo‘ldi. Men sizga yana ayrim narsalarni aytmoqchiman, Joan: Men samoni qoldirib va O‘zimni past tutib bu olamga tushganimda, barchaga taqvodorlik sifati – itoatkorlikni ko‘rsatdim. Men O‘zimni past tutdim, shu sababdan odamlar o‘z mag‘rurliklarini bir chetga surib, kamtar bo‘lganlari yaxshidir. Bugungi kunda ko‘pchilik odamlardagi eng katta muammo – Xudo nihoyatda kamtar va odam darajasiga tushib O‘zini past tutgani bois – imonining yo‘qligida emas, – yo‘q, muammo shundaki, ular Menga O‘z hayotlarini ishonib topshirishi uchun o‘zlarini past tutishmaydi. Bu ular uchun – Men uchun ham – katta muammo, negaki Men ularni sevaman. Men sizni ham sevaman, Joan. Men buni shunchaki bilib qo‘yishingizni istadim.

Sevgi ila,

Iso Masih.

MULOHAZA QILGIN: Sen qachonlardir Joan Osbornning ushbu qo‘shig‘ini eshitganmisan: “Xudo bizdan birimiz bo‘lsa, Ayting, U kim bo‘lishi mumkin”? Agar ha deb javob bersang, birinchi marotaba eshitganingda qanday xayollarga bording? Joan Isoning maktubiga qanday javob qaytargan bo‘lardi? Xo‘sh, sen Isoning maktubiga nima deb javob yozarding? Nega (Isoning maktubiga ko‘ra) itoatkorlik –yaxshi? Sen mag‘rurlikni bir chetga surib, kamtar bo‘lishing mumkinmi? Sen bugun masihiycha muloyimlikni qay tariqa ko‘rsatishing mumkin?

IBODAT: “Iso, men gunohlarim uchun jazodan qutulishim va kechirilishim uchun Sen o‘zingni past olib odam sifatida bu olamga kelganing uchun Senga rahmat. Iltimos, muloyimlik yaxshi ekanligini menga eslatib tur, negaki Sen O‘zing muloyimsan. Menga O‘zing kabi muloyim bo‘lishimga yordam ber”.

 

 

30 NOYABR. BALIQ HAVZASI

Kalomdan o‘qish: Filippiliklar 2:5-11

Shuhratparast bo‘lmang, aksincha kamtarlik bilan boshqalarni o‘zingizdan yuqori deb biling (Filippiliklar 2:3).

 

SEN QACHONLARDIR attraksion parkida bo‘lganmisan? U yerda quvnasa bo‘ladi, to‘g‘rimi? Qanchadan-qancha o‘yin va bellashuvlar bor o‘sha joyda!

Albatta, musobaqalarda hammasi omadga bog‘liq, to‘g‘rimi? Sen kattaligi o‘zingdek keladigan baxmal ayiqni yutib olish uchun sharni keglini urishga harakat qilasan. Afsuski, barcha kenglini urish uchun yagona imkoniyat berilgan – birinchi qatorning o‘rtasidagi keglining kichkina belgisiga sharni tushirish kerak.

Ehtimol, sen sharchani ikkita kichikroq do‘nglik oralig‘idagi tirqishga haydab tushirish uchun ularni metall ramkada aylantirarsan. Afsuski, shar soatiga 0,287904 kilometr tezlikda aylanib, zarba sharning to‘g‘risidan yo‘naltirilishi kerak, aks holda pullaring havoga uchib ketadi.

Odatda nimanidir yutib olishning yaxshi yo‘li – bu, “baliq havzasi”da ov qilmoqdir. Kichkina qarmoq yordamida sen baliqni basseynga tashlangan ohanrabo bilan ovlashga urinasan, ba’zan esa suvdan raqami yozilgan baliqni (yoki o‘rdakni) shunchaki tortib chiqarasan. Sen har qanday holatda ham qandaydir mukofot olasan: rezina chuvalchang, plastmassali uzuk yoki braslet. Bu katta narsa emas, biroq har holda yo‘qdan ko‘ra yaxshiroq, to‘g‘rimi?

Shunday odamlar borki, ular hatto parkdagi attraksionda bo‘lmasalar ham hayotlarida “suv havzasi” o‘yinini o‘ynaydilar. Ular olqish va maqtovlarni ovlashadi.

– Ko‘rdingmi, to‘pni qanday tashladim? Aniq nishonga urdim! Boshqa birovning bunday qilishi amri mahol! Bu haqiqat, shunday emasmi?

– U sochimni turmaklab bo‘lganida, oynaga qarab bunchalik go‘zal ko‘rinishimdan o‘zim hayron qoldim. Shunday emasmi?

– Albatta, sen hech qachon bunday gaplarni aytmaysan, to‘g‘rimi? Sen hech qachon maqtovlar ortidan quvmaysan. Sen bunday maqtanmagan bo‘larding, to‘g‘rimi?

Aslida, biz vaqti-vaqti bilan amalda o‘zimizni shunday tutamiz. Biroq Xudo aniq qilib, biz o‘zimizni maqtamasligimiz kerakligi haqida aytgan. U bizning itoatkor bo‘lishimizni istaydi. U bizning Iso Masihga o‘xshash bo‘lishimizni xohlaydi. Iso garchi Xudo bo‘lsada, bizning Xaloskorimiz bo‘lish uchun O‘zini past tutdi (Filippiliklar 2:5-8; Ibroniylar 12:2).

Xullas, keyingi safar biror nimada omading kelsa yoki yangi soch turmaging ajoyib ko‘rinsa, maqtov so‘rama. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Seni o‘zing emas, boshqalar, o‘z og‘zing emas, o‘zgalar maqtasin” (Hikmatlar 27:2).

MULOHAZA QILGIN: Sen qachonlardir o‘zingga olqish tilab, maqtanganmisan? Nima deb o‘ylaysan, sen o‘zing so‘raganingda maqtaganlari yaxshimi yoki boshqalar o‘z tashabbuslari bilan maqtashlari afzalmi? Nima uchun? Muqaddas Kitobdan bugun o‘qiladigan amrlarni qanday bajarishing haqida o‘ylab ko‘r? (“shuhratparast bo‘lmang”, “boshqalarni o‘zingizdan yuqori qo‘ying”).

IBODAT: “Rabbim Iso, men o‘zimga maqtov so‘ramasligim uchun yordam ber. Buning o‘rniga, atrofimdagilarni maqtashimga yordam ber”.


O‘smirlarning har kungi o‘qishlari uchun (Uzbek tilida kitob) To‘g‘ri qarorlar izlab (Josh Makdauell va Bob Xostetler)
YANVAR - FEVRAL - MART - APREL - MAY - IYUN - IYUL - AVGUST - SENTYABR - OKTYABR - NOYABR - DEKABR



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак