YAHUDONING MAKTUBI

Duoyi salom

 

1Men, Iso Masihning quli va Yoqubning ukasi Yahudo, Otamiz Xudo chorlagan va Iso Masih saqlayotgan Xudo azizlariga salom aytaman. 2Sizlarga marhamat, tinchlik va muhabbat ko‘paysin.

 

Soxta ustozlarning gunohi va jazosi

 

3Ey sevganlarim, mushtarak najotimiz haqida yozishga g‘ayratim ko‘p bo‘lgan. Xudo bu imonni o‘z azizlariga umrbod omonatga topshirgan, men esa sizni shu yo‘lda yana jonkuyarlik bilan kurashishga undamoqni lozim ko‘rdim. 4Chunki ba’zi betavfiq odamlar sizning orangizga o‘g‘rincha kirib olganlar. Bular Xudoning inoyatidan buzuqlik qilishda foydalanadi, yagona Ega Xudoni va Rabbimiz Iso Masihni esa rad qiladilar. Ularning jazosi azaldanoq yozilgan.

5Siz hamma narsani bilsangiz ham, esingizga tushirmoqchiman: XudovandIsroil xalqini Misr yeridan, asirlikdan qutqarib, keyin imonsizlarni halok qilgan edi. 6Shuningdek, qadr-qimmatini saqlamay, o‘z makonini tashlab ketgan farishtalarni Xudovand buyuk qiyomat kunigacha zanjirband qilib, abadiy qorong‘i-zimistonga qamab qo‘ygan. 7Ularga o‘xshab, fahshbozlikka va notabiiy shahvoniy hirsga berilgan Sado‘m va G‘amo‘ra shaharlari, shuningdek, atrofdagi barcha shaharlar ham abadiy o‘t bilan kuydirilib, boshqalarga o‘rnak bo‘ldi[1].

8Endi shu tariqa o‘z badanlarini harom qiluvchi, ilohiy hokimiyatni rad qiluvchi, samoviy mavjudotlarni haqorat qiluvchi xayolparastlar paydo bo‘ldi. 9Hatto bosh farishta Mikoil Muso payg‘ambarning jasadi haqida iblis bilan bahslashganda, iblisni qarg‘ashga jur’at etolmay, faqat: “Rabbim sening adabingni bersin”, – degan edi.

10Ammo bu odamlar aqliga sig‘dirolmagan hamma narsani yomonlaydilar. Qolaversa, ular ongsiz hayvonlarday tabiatan nimani uqsalar, bundan halokatga yo‘liqadilar. 11Ularning holiga voy! Ular Qobilning yo‘lidan bormoqdalar. Ular Bal’om kabi manfaatparastlik tuzog‘iga ilinganlar. Ular Qo‘rahga[2] o‘xshab isyon qilib, halokatga uchraydilar.

12Sevgi kechalaringizda sizlar bilan birga uyalmasdan yeb-ichadigan bu odamlar qora bir dog‘dir. Ular faqat o‘zlarini semirtiradigan cho‘ponlar, shamolda uchib yuradigan yomg‘irsiz bulutlardir. Ular tomiri bilan yulib tashlangan, mevasini tugmagan, ikki marta o‘lgan kuzgi daraxtlardir. 13Ular dengizning jo‘shqin to‘lqinlariday o‘zining qabohatlarini atrofga sachratadilar. Ular adashgan yulduzlardir. To abad ularga qop-qorong‘i zulmat tayyorlab qo‘yilgan.

14Odam Atoning yettinchi avlodi bo‘lgan Hano‘x ham bu odamlar haqida karomat qilib shunday degan:

“Xudovand son-sanoqsiz azizlari bilan kelib,

15Butun odamzod ustidan hukm qilgay.

U fosh qilgay oralaridagi barcha gunohkorlaru,

Xudodan qo‘rqmay yomonlik qiluvchi

Barcha betavfiqu shakkoklarni”.

16Bular – o‘z taqdiridan norozi noluvchilar. Ular faqat o‘z nafsini o‘ylab ish qiladilar, dabdabali gaplar va tilyog‘lamalik bilan odamlarning ko‘nglini ovlaydilar.

 

Sabr-toqat qilishga undov

 

17Ey sevganlarim, boshda Rabbimiz Iso Masihning havoriylari tomonidan aytilgan so‘zlarni esdan chiqarmanglar. 18Ular sizlarga: “Oxirgi zamonlarda o‘z nafsiga mahliyo, Xudodan qo‘rqmas masxarabozlar paydo bo‘ladi”, – deb aytishgan edi. 19Mana bular judolik soluvchi, moddiyatga qul, Muqaddas Ruhdan mahrum odamlardir.

20Sizlar esa, ey sevganlarim, azizu muqaddas imoningizni ibrat qilib, rivoj topinglar, Muqaddas Ruh ilhomi bilan ibodat qilinglar. 21Abadiy hayot uchun Rabbimiz Iso Masihning marhamatiga ko‘z tutib, o‘zingizni Xudoning mehr-muhabbati soyasida saqlanglar.

22Ba’zi ikkilanuvchi kishilarga mulohaza bilan shafqat qilinglar. 23Boshqalarni esa olovdan olib chiqqandek, tavakkal qilib qutqarib qolinglar. Yana ba’zilarni shafqat va qo‘rquv bilan fosh qilib, ularning tanasi bulg‘agan kiyimdan ham hazar qilinglar.

24Sizlarni yiqilishdan saqlab qolishga,

O‘zining ulug‘vor huzurida bekamu ko‘st va

Shod-xurram qilib turg‘izishga qodir bo‘lgan

25Yakkayu-yagona, donishmand Najotkorimiz Xudoga

Iso Masih orqali azaldan, hozir va to abad

Shon-sharaf, ulug‘vorlik, kuch-qudrat va saltanat bo‘lsin! Omin.

 


[1] 1:7 - Tavrot, Ibtidoning 6-bobida mazkur “ilohiy zotlar” odamzod qizlarini olib buzilgan bo‘lsalar, Sado‘m shahri aholisi esa odamzod naslidan bo‘la turib farishtalarga tajovuz qilganlar; qarang: Ibtido 19-bob, 2-Butrus 2:4-10.

[2] 1:11 - QOBIL...BAL’OM...QO‘RAH: lug‘atga qarang.




Китоблар / Муқаддас Китоб / Ўзбек тилидаги

Эски Аҳд:  |  ИБТИДО  |  ЧИҚИШ  |  ЛЕВИЛАР  |  САҲРОДА  |  ҚОНУНЛАР  |  ЁШУА  |  ҲАКАМЛАР  |  РУТ  |  ШОҲЛАР (БИРИНЧИ КИТОБ)  |  ШОҲЛАР (ИККИНЧИ КИТОБ)  |  ШОҲЛАР (УЧИНЧИ КИТОБ)  |  ШОҲЛАР (ТЎРТИНЧИ КИТОБ)  |  СОЛНОМАЛАР (БИРИНЧИ КИТОБ)  |  СОЛНОМАЛАР (ИККИНЧИ КИТОБ)  |  ЭЗРА  |  НАХИМИЁ  |  ЭСТЕР  |  АЮБ  |  ЗАБУР  |  СУЛАЙМОННИНГ ҲИКМАТЛАРИ  |  ВОИЗ  |  СУЛАЙМОННИНГ ГЎЗАЛ ҚЎШИГИ  |  ИШАЁ  |  ЕРЕМИЁ  |  ЕРЕМИЁНИНГ МАРСИЯСИ  |  ҲИЗҚИЁ  |  ДОНИЁР  |  ХЎШЕЯ  |  ЙЎЭЛ  |  АМОС  |  ОБOДИЁ  |  ЮНУС  |  МИХО  |  НОХУМ  |  ХАБАҚҚУҚ  |  ЗАФАНИЁ  |  ХАГГЕЙ  |  ЗАКАРИЁ  |  МАЛАКИ
Янги Аҳд:
МАТТО  |  МАРК  |  ЛУҚО  |  ЮҲАННО  |  ҲАВОРИЙЛАРНИНГ ФАОЛИЯТИ  |  РИМЛИКЛАРГА МАКТУБ  |  КОРИНФЛИКЛАРГА БИРИНЧИ МАКТУБ  |  КОРИНФЛИКЛАРГА ИККИНЧИ МАКТУБ  |  ГАЛАТИЯЛИКЛАРГА МАКТУБ  |  ЭФЕСЛИКЛАРГА МАКТУБ  |  ФИЛИППИЛИКЛАРГА МАКТУБ  |  КОЛОСАЛИКЛАРГА МАКТУБ  |  САЛОНИКАЛИКЛАРГА БИРИНЧИ МАКТУБ  |  САЛОНИКАЛИКЛАРГА ИККИНЧИ МАКТУБ  |  ТИМЎТИЙГА БИРИНЧИ МАКТУБ  |  ТИМЎТИЙГА ИККИНЧИ МАКТУБ  |  ТИТУСГА МАКТУБ  |  ФИЛИМЎНГА МАКТУБ  |  ИБРОНИЙЛАРГА МАКТУБ  |  ЁҚУБНИНГ МАКТУБИ  |  БУТРУСНИНГ БИРИНЧИ МАКТУБИ  |  БУТРУСНИНГ ИККИНЧИ МАКТУБИ  |  ЮҲАННОНИНГ БИРИНЧИ МАКТУБИ  |  ЮҲАННОНИНГ ИККИНЧИ МАКТУБИ  |  ЮҲАННОНИНГ УЧИНЧИ МАКТУБИ  |  ЯҲУДОНИНГ МАКТУБИ  |  ЮҲАННОГА КЎРСАТИЛГАН ВАҲИЙ


Injil Uzbek tili: Yangi Ahd. Latin online
 Matto | Mark | Luqo | Yuhanno | Havoriylar | Yoqub | 1 Butrus | 2 Butrus | Yuhannoning 1chi | Yuhannoning 2chi | Yuhannoning 3chi | Yahudoning | Rimliklarga | Korinfliklarga 1chi | Korinfliklarga 2chi | Galatiyaliklarga | Efesliklarga | Filippiliklarga | Kolosaliklarga | Salonikaliklarga 1chi | Salonikaliklarga 2chi | Timo‘tiyga 1chi | Timo‘tiyga 2chi | Titusga | Filimo‘nga | Ibroniylarga | Vahiy  
Injil Uzbek tili: Eski Ahd. Latin online
IBTIDO | ZABUR

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак

Kitoblar - Kutubxona  |  Simfoniya  |  Guvohliklar  |  Musiqa mp3  |  VIDEO  |  UzLatin.com   |  Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz


Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musiqasi


(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb)
Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb)
Online Yangi o'zbek MP3. Ayni damda musiqa javonida 3gb. guruh. Ҳамду санолар
++ KANAL MP3 https://t.me/uzbekmusika ++


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)



Yaxshi audio kitoblarni O`zbek tilidagi

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

O'zbek tilidagi Kinolar

Uzbek tilidagi Kinolar

KitoBook.com