Muqaddas Kitob
Shohlar (to‘rtinchi kitob)
1. Isroil shohi Axabning vafotidan keyin, Mo‘ab yurti Isroilga qarshi isyon ko‘tardi.
2. Isroil shohi Oxaziyo Samariya shahridagi saroyining tomi[5] panjarasidan yiqilib, qattiq shikastlandi. So‘ng choparlariga: “Filistlarning Exron shahridagi xudosi Baal–Zabub yoniga borib, undan so‘ranglar–chi, men sog‘ayarmikanman”, deb ularni jo‘natdi.
3. Shunda Tishba shahridan bo‘lgan payg‘ambar Ilyosga Egamizning farishtasi gapirdi: — Qani, bo‘l, Samariya shohi yuborgan choparlarga peshvoz chiqib, ularga shu gaplarni yetkaz: “Nima uchun sizlar Exron shahrining xudosi Baal–Zabubdan, shoh sog‘ayarmikan, deb so‘rab bilish uchun kelyapsizlar?! Isroilda Xudo yo‘q deb o‘ylayapsizlarmi?!
4. Endi Egam shunday aytmoqda: shohingiz shu qilgani uchun yotgan joyidan turmay, o‘ladi.” Ilyos Egamizning aytganini bajardi.
5. Choparlar Oxaziyoning huzuriga qaytib bordilar. Shoh: — Namuncha tez qaytib keldingizlar? — deb so‘radi.
6. Choparlar Oxaziyoga aytdilar: — Qarshimizdan bir odam bizga peshvoz chiqdi. Sizning huzuringizga qaytishimizni, shu xabarni yetkazishimizni aytdi: “Egamiz shunday demoqda: nimaga sen Exronning xudosi Baal–Zabubdan, sog‘ayarmikanman, deb so‘rab bilish uchun choparlar jo‘natding? Isroilda Xudo yo‘q deb o‘yladingmi?! Shu qilganing uchun yotgan joyingdan turmay, o‘lasan.”
7. Oxaziyo choparlardan: — Sizlarga peshvoz chiqib, shu gaplarni aytgan odamning ko‘rinishi qanaqa? — deb so‘radi.
8. — U odam hayvon terisidan kiyim kiygan ekan, beliga charm kamar bog‘lab olibdi, — deb javob berishdi choparlar shohga. — U Ilyos, — dedi Oxaziyo.
9. Shundan keyin shoh Oxaziyo Ilyosni olib kelish uchun ellikboshini ellikta sipohi bilan jo‘natdi. Ilyos tog‘ tepasida o‘tirgan edi. Ellikboshi Ilyosni topib, unga dedi: — Ey, Xudoning odami! Tezroq pastga tushar ekansiz, shohimiz shunday deb amr qilmoqda.
10. — Agar men Xudoning odami bo‘lsam, — deya javob berdi Ilyos, — osmondan olov tushib, seni va ellikta sipohingni yondirib yuborsin. Shu zahoti osmondan olov tushib, ellikboshini ham, hamma sipohlarini ham yondirib yubordi.
11. Shoh Ilyosning oldiga yana boshqa ellikboshisini ellikta sipohi bilan jo‘natdi. U ellikboshi ham: “Ey, Xudoning odami! Tezroq pastga tushar ekansiz, shohimiz shunday deb amr qilmoqda”, dedi.
12. — Agar men Xudoning odami bo‘lsam, — deb javob berdi Ilyos, — osmondan olov tushib, seni va ellikta sipohingni yondirib yuborsin. Shu zahoti osmondan olov tushib, ellikboshini ham, ellikta sipohini ham yondirib yubordi.
13. Oxaziyo uchinchi marta yana ellikta sipoh bilan boshqa ellikboshini jo‘natdi. Ellikboshi Ilyosning oldiga chiqib, uning qarshisida tiz cho‘kdi va unga iltijo qilib dedi: — Ey, Xudoning odami! Mening jonimga va mana shu ellikta qulingizning joniga rahm qiling.
14. Osmondan olov tushib, mendan oldingi ikkala ellikboshi ham barcha sipohlari bilan yonib ketgandi. Endi mening jonimga rahm qiling.
15. Shunda Ilyosga Egamizning farishtasi zohir bo‘lib: — Shohdan qo‘rqma, ellikboshi bilan birga boraver, — deb aytdi. Ilyos ellikboshi bilan birga shoh huzuriga borib,
16. unga shunday dedi: — Egamiz aytmoqda: “Isroilda Xudo yo‘qday, Exronning xudosi Baal–Zabubdan, sog‘ayarmikanman, deb so‘rab bilish uchun choparlar jo‘natding. Shu qilganing uchun yotgan to‘shagingdan turmay, o‘lasan.”
17. Shunday qilib, Egamizning Ilyos orqali aytganiga muvofiq, shoh Oxaziyo vafot etdi. Shohning o‘g‘li bo‘lmagani uchun uning o‘rniga ukasi Yoram shoh bo‘ldi. Bu voqea yuz berganda, Yahudo shohi Yohuram ikkinchi yil shohlik qilayotgan edi. Yohuram Yohushafatning o‘g‘li edi.
18. Oxaziyoning boshqa ishlari “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan.

1. Egamiz Ilyosni quyun ichida osmonga ko‘tarib ketadigan vaqt keldi. Ilyos bilan Elishay Gilgal shahridan chiqib ketishayotganda,
2. Ilyos Elishayga: — Sen shu yerda qol, Egamiz menga, Baytil shahriga bor, deb amr qilgan, — dedi. — Xudo shohid! Ont ichib aytamanki, sizdan hecham ayrilmayman, — dedi Elishay. So‘ngra ular Baytilga jo‘nadilar.
3. Baytilda payg‘ambarlar guruhi Elishayga peshvoz chiqib: — Egamiz bugun hazratingni olib ketadi, buni bilasanmi? — deb so‘radilar. — Bilaman, — dedi Elishay, — lekin menga bu to‘g‘rida gapirmanglar.
4. Keyin Ilyos Elishayga: — Sen shu yerda qol, Egamiz menga, Yerixo shahriga bor, deb amr bergan, — dedi. — Xudo shohid! Ont ichib aytamanki, sizdan hecham ayrilmayman, — deya javob qaytardi Elishay. So‘ngra ular Yerixoga kelishdi.
5. Yerixoda payg‘ambarlar guruhi Elishayning oldiga kelib, undan: — Egamiz bugun hazratingni olib ketadi, buni bilasanmi? — deb so‘rashdi. — Bilaman, — dedi Elishay, — lekin menga bu to‘g‘rida gapirmanglar.
6. Keyin Ilyos Elishayga: — Sen shu yerda qol, Egamiz menga, Iordan daryosiga bor, deb amr bergan, — dedi. — Xudo shohid! Ont ichib aytamanki, sizdan hecham ayrilmayman, — dedi Elishay. Shunday qilib, ikkovlari jo‘nab ketishdi.
7. Payg‘ambarlardan elliktasi kelib, uzoqroqda ikkovining ro‘parasida to‘xtadilar. Ikkovi esa Iordan daryosi bo‘yida turardilar.
8. Bir payt Ilyos chakmonini oldi–da, burab eshib, suvga urgan edi, suv ikki tomonga surilib, yo‘l ochildi. Ikkovlari quruq joydan o‘tib ketdilar.
9. Ular narigi qirg‘oqqa o‘tib olishgach, Ilyos Elishayga aytdi: — Meni hademay Egamiz olib ketadi. Ayt, shu voqea yuz bermasdan oldin sen uchun nima qilay? Shunda Elishay: — Iltimos, sizning payg‘ambarlik ruhingizdan menga ikki hissa ko‘p meros qolsin, toki sizning izdoshingiz bo‘lay, — dedi.
10. — Qiyin narsani so‘rayapsan, — dedi Ilyos. — Mayli, agar men yoningdan ko‘tarilib ketayotganimni ko‘ra olsang, istaganing bajo bo‘ladi. Agar ko‘ra olmasang, bajo bo‘lmaydi.
11. Ular yo‘lda suhbatlashib ketishayotgan edi, birdan olov otlar qo‘shilgan olov arava paydo bo‘lib, ularning o‘rtasiga yeldek uchib keldi. Ilyos quyun ichida osmonga chiqib ketdi. Shunday qilib, ikkovlari bir–birlaridan ayrildilar.
12. Elishay buni ko‘rib Ilyosga xitob qildi: — Otam! Otam! Siz Isroilning qudratli himoyachisi edingiz! Isroilning jang aravasi va otliq lashkari kabi edingiz–a! Qayoqqa ketib qoldingiz–a! Elishay Ilyosni boshqa ko‘ra olmagani uchun, egnidagi kiyimini ikkiga bo‘lib tashladi.
13. Ilyosning egnidan chakmoni tushib qolgan edi. Elishay o‘sha chakmonni olib orqasiga qaytib, Iordan daryosi qirg‘og‘iga keldi.
14. Elishay Ilyosning chakmonini suvga urib: “Egam Ilyosga qilganiday, men uchun ham mo‘jiza ko‘rsatadimi?” — dedi. Elishay chakmonini yana suvga urgan edi, daryo suvi ikki tomonga surilib yo‘l ochildi. Elishay o‘sha joydan o‘tib ketdi.
15. Yerixolik payg‘ambarlar guruhi olisdan Elishayni ko‘rib: — Elishayda Ilyosning ruhi bor, — deb Elishayga peshvoz chiqdilar. Uni kutib oldilar, yer o‘pib unga ta’zim qildilar.
16. So‘ngra payg‘ambarlar Elishayga: — Biz, qullaringizning ellikta baquvvat odamlarimiz bor, — dedilar. — Ijozat bering, ular borib, hazratingizni izlashsin. Balki Egamizning Ruhi uni biror toqqa yoki vodiyga boshlab ketgandir. — Yo‘q, yubormanglar, — dedi Elishay ularga.
17. Lekin payg‘ambarlar guruhi iltimos qilaverib, oxiri uni ko‘ndirdilar. Elishay: “Mayli, yuboringlar”, dedi. Payg‘ambarlar guruhi ellikta odamni jo‘natdilar. Odamlar uch kun qidirib, Ilyosni topa olmaganlaridan keyin,
18. Elishayning yoniga qaytib keldilar. Elishay bu paytda Yerixoda edi. Elishay ularga: — Sizlarga, bormanglar, deb aytmaganmidim?! — dedi.
19. O‘sha shaharning aholisi Elishayga murojaat qildi: — Hazratimiz ko‘rib turganlariday, shahar yaxshi yerga joylashgan, lekin suvi yaxshi emas, yeri ham hosil bermaydi.
20. Shunda Elishay: — Menga yangi kosaga tuz solib beringlar, — dedi. Ular Elishayning aytganini berdilar.
21. Elishay buloq boshiga chiqib, tuzni suvga tashladi–da, shunday dedi: — Egamiz shunday aytmoqda: “Men bu suvni toza qildim, endi bu suv tufayli hecham o‘lim, hosilsizlik bo‘lmaydi.”
22. Elishay aytganidek, suv toza bo‘ldi va hozirgacha tozadir.
23. Shundan keyin Elishay u yerdan Baytilga yo‘l oldi. U yo‘lda ketayotgan edi, shahardan yosh bolalar chiqib: — Jo‘nab qol, yo‘qol, kal! Jo‘nab qol, kal! — deb uni masxara qilishdi.
24. Elishay orqasiga qayrilib, bolalarga qaradi va ularni Egamizning nomi bilan qarg‘adi. Shu payt o‘rmondan ikkita urg‘ochi ayiq chiqib, bolalardan qirq ikkitasini burda–burda qilib tashladi.
25. Elishay bu yerdan Karmil tog‘iga ketdi, u yerdan esa Samariyaga qaytdi.

1. Axab o‘g‘li Yoram SamariyadaIsroil taxtiga o‘tirdi va o‘n ikki yil shoh bo‘ldi. Bu paytda Yohushafat Yahudoda shohlik qilayotganiga o‘n sakkiz yil bo‘lgan edi.
2. Yoram Egamiz oldida qabihliklar qilgan bo‘lsa ham, otasi va onasichalik emasdi. Otasi Baalga atab o‘rnatgan toshni u qo‘porib tashladi.
3. Shunday bo‘lsa ham, Isroil xalqini gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yeribom qilgan gunohlarga ergashdi.
4. Mo‘ab shohi Mesha chorvachilik bilan shug‘ullanardi. U Isroil shohiga har yili 100.000ta qo‘zi va 100.000ta qo‘yining junini o‘lpon qilib to‘lardi.
5. Axab vafot etgandan keyin, Mo‘ab shohi Isroil shohiga qarshi bosh ko‘tardi.
6. Shunda shoh Yoram Samariyadan chiqib, jamiki Isroil lashkarini to‘pladi.
7. So‘ngra Yahudo shohi Yohushafatga shu xabarni yetkazdi: “Mo‘ab shohi menga qarshi qo‘zg‘aldi. Mo‘abga qarshi urishgani men bilan borasizmi?” Yahudo shohi quyidagicha javob jo‘natdi: “Boraman, men sen bilan birgaman, mening xalqim — sening xalqingdir, mening otlarim — sening ham otlaringdir.”
8. “Biz qaysi yo‘ldan borishimiz kerak?” so‘radi Yahudo shohi. “Edom sahrosidagi yo‘ldan”, javob berdi shoh Yoram.
9. Isroil, Yahudo va Edom shohlari birgalikda yo‘lga chiqdilar. Ular yetti kun yo‘l yurganlaridan keyin, birga borgan lashkar uchun ham, hayvonlar uchun ham suv tugadi.
10. Shunda Isroil shohi: — Evoh, Egamiz bizni — uchala shohni Mo‘ab shohi qo‘liga berish uchun bir joyga to‘plabdi–da, — dedi.
11. — Bu yerda Egamizning payg‘ambari yo‘qmi? Agar bo‘lsa, biz o‘sha payg‘ambar orqali Egamizning xohish–irodasini bilardik, — dedi Yohushafat. Isroil shohining a’yonlaridan bittasi: — Shofot o‘g‘li Elishay shu yerda, u doimo Ilyosning xizmatida bo‘lgan edi, — deb javob berdi.
12. — Egamizning xabarini bizga u ayta oladi, — dedi Yohushafat. So‘ngra Isroil shohi, Yohushafat va Edom shohi Elishayning huzuriga bordilar.
13. Elishay Isroil shohiga aytdi: — Men senga qanday yordam bera olaman?! Bor, o‘zingning ota–onangning payg‘ambarlaridan maslahat so‘ra. Isroil shohi Elishayga: — Yo‘q, Egamiz biz, uchala shohni Mo‘ab shohi qo‘liga berish uchun to‘plagan, — dedi.
14. — O‘zim xizmatida bo‘lgan Sarvari Olam shohid! — dedi Elishay. — Agar men Yahudo shohi Yohushafatni hurmat qilmaganimda, senga hech ham qaramagan, hatto nazar solmagan ham bo‘lardim.
15. Endi menga bir sozanda olib kelinglar! Sozanda musiqa chalgan edi, Egamiz Elishayga O‘z qudratidan berdi.
16. Elishay dedi: — Egamiz shunday aytmoqda: “Qurib qolgan bu soylik suvga to‘ladi.”
17. Egamiz aytmoqda: “Na shamolni, na yomg‘irni ko‘rasizlar, lekin bu soylik suvga to‘lib–toshadi. O‘zlaringiz ham, ot– ulovlaringiz ham, chorvangiz ham shu suvdan ichasizlar.”
18. Egamiz qiladigan bu ishlar hali kamdir: U Mo‘ab xalqini sizlarning qo‘lingizga beradi.
19. Sizlar esa Mo‘abning hamma mustahkam shaharlarini, eng chiroyli shaharlarini vayron qilasizlar, hamma mevali daraxtlarini kesib tashlaysizlar, hamma buloqlarini ko‘masizlar, hosildor dalalarining hammasini toshloq qilib ishdan chiqarasizlar.”
20. Keyingi kuni ertalabki qurbonlik paytida, birdan Edom tomondan suv to‘lib–toshib oqa boshladi. Hamma yerni suv bosib ketdi.
21. Mo‘ab xalqi shohlar jang qilish uchun kelayotganini eshitdi–yu, hammalari — qurol osishga yaraydiganlaridan tortib kattalarigacha yig‘ilishib, chegaraga kelishdi.
22. Ular saharda turganlarida, quyosh suv ustida yog‘du sochar, suv Mo‘ab lashkariga uzoqdan qonga o‘xshab qizarib ko‘rinardi.
23. — Bu qon–ku, — deyishdi ular, — shohlar bir–birlari bilan jang qilibdilar, bir–birini qiribdilar. Qani, o‘ljaga, Mo‘ab lashkari!
24. Ammo Mo‘ab lashkari Isroil qarorgohiga borganda, Isroil lashkari ularga birdan tashlanib, hujum qilib qoldilar, Mo‘ab lashkari esa qochib qoldi. Isroil lashkari Mo‘ab yurtiga kirib ham hujumni davom ettirdi.
25. Shaharlarini vayron qildilar, daladagi hamma hosildor yerlarga tosh otaverib, dalani toshga to‘ldirib tashladilar, buloqlarini ko‘mib yubordilar, barcha mevali daraxtlarini kesdilar. Faqat Xir–Xarasot shahridagi tosh devorlar qoldi, xolos. Palaxmonchilar shaharni qurshab olib, tosh irg‘itaverdilar.
26. Mo‘ab shohi jangda mag‘lub bo‘layotganini anglab yetgach, yetti yuzta qilichbozini yoniga oldi. U Edom shohi kuchlarini yorib o‘tmoqchi bo‘ldi, lekin buning uddasidan chiqolmadi.
27. Shundan keyin Mo‘ab shohi taxt vorisi bo‘lgan to‘ng‘ich o‘g‘lini olib keldi–da, uni devor ustida kuydirib qurbonlik qildi. Bu voqeadan Isroil lashkari qattiq vahimaga tushdi. Ular Mo‘ab shohidan uzoqlashib, o‘z yurtiga qaytib ketdilar.

1. Ilgari payg‘ambarlar guruhida bir payg‘ambar bo‘lar edi. O‘sha payg‘ambarning bevasi Elishayning oldiga kelib faryod qildi: — Sizga xizmat qilib yurgan mening erim vafot qildi. O‘zingiz bilasiz, u Egamizdan qo‘rqardi. Bir odam oldin qarz bergan edi. Endi u ikkala o‘g‘limni o‘ziga qul qilib olib ketgani keldi.
2. Shunda Elishay: — Ayt–chi, sen uchun men nima qilay? Uyingda nima bor? — dedi. — Bu cho‘ringizning uyida zaytun moyi solingan xumchadan boshqa hech vaqo yo‘q, — dedi ayol.
3. — Bor, hamma qo‘shnilaringdan bo‘sh idishlarini so‘rab ol, — dedi Elishay. — Iloji boricha ko‘proq so‘rab ol.
4. Borganingdan keyin o‘g‘illaring bilan birga uyga kirib, eshikni yopib qo‘y. So‘ng hamma idishga zaytunmoyi quy, to‘lgan idishlarni nari surib qo‘yaver.
5. Ayol Elishayning oldidan ketgach, o‘g‘illari bilan birga uyga kirib, eshikni berkitdi. O‘g‘illari idishlarni uzatib turishdi, ayol esa quyaverdi.
6. Hamma idishlar to‘lgandan keyin, ayol o‘g‘liga: — Yana idish uzat, — dedi. — Boshqa idish yo‘q, — dedi o‘g‘li. Shundan so‘ng zaytun moy ham oqmay qoldi.
7. Ayol payg‘ambar huzuriga kelib, bo‘lgan voqeani aytib berdi. — Bor, moyni sotib qarzingni to‘la, — dedi Elishay. — Ortib qolgan moyni ishlatib, o‘g‘illaring bilan kun kechir.
8. Bir kuni Elishay Shunamga keldi. U yerda bir boy ayol: “Menikiga kirib, choy–poy ichib keting”, deb iltimos qilib, ko‘ndirdi. Elishay qachon kelmasin, har doim tamaddi qilgani o‘sha ayolnikiga kirardi.
9. Bir kuni ayol eriga: — Shu yo‘ldan doimo o‘tib yuradigan odam Xudoning muqaddas odami ekanini bilib oldim, — dedi.
10. — Keling, tom ustiga chog‘roqqina boloxona qurib, u yerga ko‘rpa–to‘shak, xontaxta, kursi, moychiroq qo‘yaylik. U biznikiga kelganda, boloxonada tursin.
11. Kunlarning birida Elishay Shunamga kelganda, boloxonaga kirib, yonboshladi.
12. Keyin xizmatkori Gaxaziga: “Shunamlik ayolni chaqir”, deb buyurdi. Xizmatkor ayolni chaqirib keldi. Ayol kelgach,
13. Elishay xizmatkoriga gapirdi: — Bu ayolga shunday deb ayt: “Sen bizga g‘amxo‘rlik qilyapsan. Buning evaziga sen uchun nima qilaylik? Sening biror ishing yuzasidan shoh bilan yoki lashkarboshi bilan gaplashish kerak emasmi?” — Yo‘q, — dedi ayol, — men xalqim orasida yashasam, bas.
14. Elishay Gaxazidan: — Unday bo‘lsa, bu ayol uchun nima qilishim kerak? — deb so‘radi. — Uning o‘g‘li yo‘q ekan, eri esa keksayib qolibdi, — dedi Gaxazi.
15. — Chaqir uni! — buyurdi Elishay. Xizmatkor ayolni chaqirib keldi, ayol eshik oldida hozir bo‘ldi.
16. — Kelgusi yili xuddi shu paytda qo‘lingda o‘g‘lingni ko‘tarib yurgan bo‘lasan, — deb aytdi Elishay ayolga. — Yo‘q, hazratim, ey, Xudoning odami, bu cho‘ringizni behudaga umidvor qilmang, — dedi ayol.
17. Lekin Elishay aytganiday, ayol homilador bo‘lib, kelgusi yil o‘sha vaqtda o‘g‘il tug‘di.
18. Bola ulg‘ayaverdi. Bir kuni bola o‘roqchilar orasida ishlayotgan otasi yoniga borib:
19. “Voy boshim! Boshim og‘rib ketdi!” dedi otasiga. Otasi esa xizmatkoriga: “Onasiga olib bor”, deb buyurdi.
20. Xizmatkor bolani ko‘tarib, onasiga olib bordi. Bola tushgacha onasining tizzasida o‘tirdi–yu, so‘ngra vafot etdi.
21. Ona bolasini ko‘tarib borib, payg‘ambar yotadigan to‘shakka yotqizdi–da, eshikni berkitib, tashqariga chiqdi.
22. So‘ng erini chaqirib kelib, unga aytdi: — Mening yonimga xizmatkorlaringizdan bittasini eshagi bilan birga yuboring. Men payg‘ambar huzuriga borib, tezda qaytib kelaman.
23. — Nimaga uning oldiga bugun borishing kerak?! — dedi eri. — Bugun yangi oy shodiyonasi kuni emas, Shabbat kuni ham emas. — Hechqisi yo‘q, — dedi ayol.
24. Shundan keyin ayol eshakni egarlab, xizmatkorga: — Eshakni hayda, — dedi, — men senga gapirmagunimcha sekinlama.
25. Ayol jo‘nab ketdi. U payg‘ambar yoniga — Karmil tog‘iga yetib bordi. Payg‘ambar uni uzoqdan ko‘rib, xizmatkori Gaxaziga: — Bu o‘sha Shunamlik ayol–ku! — dedi.
26. — Yugur, uni kutib ol, “O‘zing yaxshimisan? Ering sog‘–salomatmi? Bolang yaxshimi?” deb undan so‘ra. — Hammasi yaxshi, — dedi ayol.
27. Ayol toqqa, payg‘ambar yoniga yetib kelgach, uning oyoqlariga yopishib oldi. Gaxazi, ayolni chetroqqa olib qo‘yay, deb yaqin kelgan edi, Elishay Gaxaziga aytdi: — Uni tinch qo‘y, uning dili ozor chekkan. Egamiz esa buni mendan yashirdi, menga ma’lum qilmadi.
28. — Men hazratimdan o‘g‘il so‘raganmidim?! — dedi ayol. — “Meni behudaga umidvor qilmang”, deb aytmaganmidim?!
29. Elishay Gaxaziga aytdi: — Qani bo‘l, mening tayog‘imni qo‘lingga olib yugur. Birortasini uchratib qolsang, u bilan salomlashma, kim senga salom bersa, salomiga alik olma. Borganingdan keyin tayog‘imni bolaning yuziga qo‘y.
30. — Xudo shohid! Ont ichib aytamanki, sizsiz ketmayman, — dedi bolaning onasi Elishayga. U o‘rnidan turib, ayolni ergashtirib ketdi.
31. Gaxazi oldin yetib borib, tayoqni bolaning yuziga qo‘ydi. Na bir sado, na bir javob bo‘lmagandan keyin Elishayga peshvoz chiqib: “Bola uyg‘onmayapti”, dedi.
32. Elishay ichkariga kirdi. Qarasa, o‘lgan bola Elishayning to‘shagida yotgan ekan.
33. Elishay xonaga kirgach, eshikni berkitdi–da, Egamizga yolvorib ibodat qildi.
34. So‘ng bolaning ustiga cho‘zilib yotdi. U og‘zini bolaning og‘ziga, ko‘zlarini ko‘zlariga, kaftini kaftiga qo‘ydi, bolaning ustida cho‘zilib yotganda, bolaning tanasi isidi.
35. So‘ngra u o‘rnidan turib boloxonaning u yog‘idan bu yog‘iga yurdi. Keyin yana qaytib kelib, bolaning ustiga cho‘zildi. Bola yetti marta aksirib, ko‘zlarini ochdi.
36. Elishay Gaxaziga: “Ayolni chaqir!” — dedi. Gaxazi ayolni chaqirib keldi. Ayol Elishayning oldiga yaqinlashdi. Elishay unga: “Ol o‘g‘lingni!” — dedi.
37. Ayol ichkari kirib, Elishayning oyoqlariga yiqildi, boshi yerga tekkuday bo‘lib ta’zim qildi. O‘g‘lini olib, chiqib ketdi.
38. Elishay Gilgalga qaytib keldi. Bu yerda ocharchilik hukm surayotgan edi. Payg‘ambarlar guruhi Elishayning oldiga yig‘ilishgan edi. Shunda Elishay xizmatkoriga: — Katta qozon o‘rnatib, payg‘ambarlar guruhi uchun biror taom pishir! — dedi.
39. Bittasi dalaga ko‘kat tergani chiqdi. U yerda chirmashib o‘sadigan yovvoyi qovoqlarni topib, etagini to‘ldirib qovoqlardan terdi. U qovoqlarni olib kelib to‘g‘radi va taom qaynayotgan qozonga tashladi. O‘sha odam qovoqning qanaqaligini bilmas edi.
40. Hammalariga taomdan quyib berildi. Ular taomni tatib ko‘rishlari bilanoq: “Ey, payg‘ambar hazratlari! Qozondagi taom zahar bo‘lib ketibdi– ku!” deb shovqin ko‘tardilar. Taomdan hech kim tanovul qila olmadi.
41. Shunda Elishay: — Menga un beringlar! — dedi. Unni qozonga solgach, xizmatkorga: — Endi odamlarga quyib beraver, yeyaverishsin, — dedi. Qozondagi taom bezarar bo‘lib qolgan edi.
42. Baal–Sholisho shahridan bir kishi arpasining birinchi hosilidan qilingan yigirmata kulcha va bir qop yangi uzilgan boshoqni payg‘ambarga olib keldi. Elishay xizmatkoriga: — Odamlarga ber, tanovul qilishsin, — deb buyurdi.
43. Qanday qilib shuginani yuzta odamga beraman?! — dedi xizmatkor. — Odamlarga bo‘lib ber, tanovul qilishsin, — dedi Elishay, — chunki Egamiz shunday demoqda: “Hamma to‘yadi, hatto ortib ham qoladi.”
44. Xizmatkor odamlarga kulchalarni va boshoqni bo‘lib berdi. Egamiz aytganiday, odamlar yeb to‘ydi, yana ortib ham qoldi.

1. Oram shohining No‘mon degan lashkarboshisi bor edi. Xo‘jayini uni juda ulug‘lar va hurmat qilar edi, chunki Egamiz No‘mon orqali Oramga g‘alaba ato qilardi. No‘mon juda dovyurak jangchi edi–yu, lekin teri kasalligiga chalingan edi.
2. Oram lashkarlari Isroil yurtiga bostirib borganlarida, kichkina qizchani asir qilib olib ketgan edilar. Qizcha No‘monning xotiniga cho‘rilik qilardi.
3. Qizcha bir kuni bekasiga aytib qoldi: — Agar to‘ram Samariyadagi payg‘ambar huzuriga borganlarida edi, o‘sha payg‘ambar to‘ramga shifo bergan bo‘lardi.
4. Shunday qilib, No‘mon o‘z hukmdori huzuriga bordi. Shohga Isroil yurtidan keltirilgan qizchaning aytganlarini gapirib berdi.
5. Oram shohi No‘monga: — Yo‘lga otlanaver, men Isroil shohiga maktub yozib beraman, — dedi. No‘mon yigirma bir pud kumush, to‘rt pud oltin, o‘n sidra qimmatbaho kiyim–bosh olib, yo‘lga chiqdi.
6. No‘mon maktubni Isroil shohiga keltirib berdi. Maktub shu mazmunda bitilgan edi: “Ushbu maktub yetib borganda, bilingizki, xizmatkorim No‘monni sizning huzuringizga yuborgan bo‘laman, uni teri kasalligidan siz forig‘ qilishingiz mumkin.”
7. Isroil shohi maktubni o‘qib, vahimaga tushib, kiyimlarini yirtdi: — Oram shohi meni hayot baxsh etadigan va jon oladigan Xudo deb o‘ylayaptimi?! Shifo berishim uchun u mening huzurimga odamini jo‘natibdi–ya! Mana, bilib qo‘yinglar, Oram shohi men bilan urush chiqarish uchun bahona izlayapti.
8. Isroil shohi vahimaga tushib liboslarini yirtganini payg‘ambar Elishay eshitgach, shohga xabarchi orqali shu gapni yetkazdi: “Nega vahimaga tushib liboslaringizni yirtdingiz? O‘sha odam mening oldimga kelsin, Isroilda payg‘ambar borligini bilib qo‘ysin.”
9. No‘mon otlariyu jang aravalarini Elishayning uyi eshigi oldiga olib kelib to‘xtatdi.
10. Elishay No‘monning oldiga xizmatkorini chiqarib, u orqali No‘monga shu gapni yetkazdi: “Bor, Iordan daryosida yetti marta yuvin, shunda tanang yangilanib, pok bo‘ladi.”
11. No‘mon esa darg‘azab bo‘ldi: “Men o‘ylagan edimki, payg‘ambar albatta mening oldimga chiqadi, o‘zining Egasi Xudoni chaqirib iltijo qiladi. Qo‘llari bilan kasal joyimni silab, meni bu kasallikdan forig‘ qiladi.
12. Damashqdagi Abano va Parfar daryolari Isroilning hamma daryolaridan afzal emasmi?! Men o‘sha daryolarda yuvinib, poklanib olaverardim–ku!” No‘mon jahl bilan burilib ketdi.
13. Shunda xizmatkorlari kelib: — Janobi oliylari, agar payg‘ambar sizga qiyin narsani aytganda, qilmasmidingiz? — deb gapirishdi, — u sizga: “Yuvingin, pok bo‘lib qolasan”, dedi xolos–ku.
14. Oxiri, No‘mon payg‘ambarning aytganini qilib, Iordan suvida yetti marta sho‘ng‘idi. Shunda tanasi xuddi yosh bolaning tanasi kabi yangilanib, pok bo‘ldi.
15. No‘mon va uning barcha hamrohlari payg‘ambar huzuriga qaytib keldilar. No‘mon Elishayning huzuriga kelgach, aytdi: — Butun yer yuzida Isroilning Xudosidan boshqa xudo yo‘qligini bildim. Marhamat, endi men, qulingizning hadyalarini qabul qiling.
16. Men xizmat qilayotgan Xudo shohid! Hadyangni olmayman! — dedi Elishay. No‘mon Elishayni qancha majbur qilsa ham, Elishay rad etdi.
17. Shunda No‘mon aytdi: — Unday bo‘lsa, men, qulingizga ikkita xachir ko‘tara oladigan tuproq olib ketishga ijozat bering. Men, qulingiz, bundan buyon Egamizdan boshqa xudolarga har xil qurbonliklarukuydiriladigan qurbonliklar qilmayman.
18. Egamiz men, qulingizni faqat bitta narsada kechirsin: xo‘jayinim xudo Rimmon uyiga borib sajda qilish uchun qo‘limga suyanganda, men ham Rimmon uyida u bilan birga ta’zim qilaman. O‘sha yerda ta’zim qilganimda, shu narsa uchun Egamiz meni kechirsin.
19. — Eson–omon bor, — dedi unga Elishay. No‘mon Elishay huzuridan chiqib, hali uncha uzoq yo‘l yurmagan ham ediki,
20. payg‘ambar Elishayning xizmatkori Gaxazi o‘ziga o‘zi aytdi: “Hazratim anavi Oram xalqidan No‘mon keltirgan hadyalarni qabul qilmasdan, unga ijozat berdi. Xudo haqi! Ortidan yugurib borib, undan biror narsa undiray.”
21. Gaxazi No‘monning orqasidan ketdi. No‘mon ortidan kelayotgan Gaxazini ko‘rib, uni qarshi olgani aravadan tushdi. — Tinchlikmi? — so‘radi No‘mon.
22. — Tinchlik, — dedi xizmatkor, — xo‘jayinim mendan aytib yubordi, uning huzuriga Efrayim qirlaridagi payg‘ambarlar guruhidan ikkitasi kelibdi, ularga ikki pud kumush va ikki sidra kiyim–bosh berarkansiz.
23. — Balki to‘rt pud olarsan, — dedi No‘mon va Gaxazini to‘rt pud olishga ko‘ndirdi. No‘mon ikkita qopdagi to‘rt pud kumushni va ikki sidra kiyim–boshni bog‘lab, o‘zining ikkita xizmatkoriga berdi. Xizmatkorlar bu narsalarni ko‘tarib, Gaxazining oldiga tushib jo‘nadilar.
24. Tepalikka kelganlarida, Gaxazi narsalarni xizmatkorlarning qo‘lidan oldi va uyiga olib borib yashirdi. So‘ngra No‘monning ikkala xizmatkoriga ijozat berdi.
25. Gaxazi qaytib kelgach, xo‘jayinining huzuriga kirdi. — Qayerda eding, Gaxazi? — so‘radi Elishay undan. — Men, qulingiz hech qayerga bormadim, — javob berdi u.
26. Elishay esa Gaxaziga: — O‘sha odam aravasidan tushib senga peshvoz chiqqanda, mening ruhim sen bilan birga emasmidi?! — dedi. — Hozir kumushu liboslar yoki zaytunzorlar, uzumzorlar, qo‘y, sigirlar, qul va cho‘rilar oladigan paytmi?!
27. Shu qilganing uchun No‘monning teri kasalligi senga va sening naslingga abadiy yopishib qolsin. O‘sha zahoti Gaxaziga yara toshib, teri qorday oppoq bo‘lib qoldi. U Elishayning huzuridan chiqib ketdi.

1. Bir kuni payg‘ambarlar guruhi Elishayga: — Qarang, siz bilan biz yig‘iladigan mana shu joyimiz tor, — dedilar.
2. — Ijozat bering, Iordan daryosi bo‘yiga boraylik, har birimiz u yerda yog‘och kesib, o‘sha yerda o‘zimizga boshpana quraylik. — Mayli boringlar, — dedi Elishay.
3. — Ulardan bittasi: — Marhamat qilib, siz ham biz, qullaringiz, bilan birga boring, — dedi. — Xo‘p, boraman, — dedi Elishay.
4. Elishay ular bilan birga ketdi. Hammalari Iordan daryosi bo‘yiga yetib kelib, daraxt kesa boshladilar.
5. Bittasi daraxt kesayotib, boltasini suvga tushirib yubordi. U: “O, hazratim! Boltani omonatga olgan edim!” — deb baqirdi.
6. — Bolta qaysi joyga tushdi? — so‘radi payg‘ambar. O‘sha odam Elishayga bolta tushgan joyni ko‘rsatdi. Elishay daraxtdan bitta shox kesib olib, suvga tashlagan edi, bolta suv yuziga chiqdi.
7. — Ol uni, — dedi Elishay. O‘sha odam qo‘lini uzatib, boltani oldi.
8. Oram shohi Isroilga lashkar tortdi va “Falon joyga lashkarimni joylashtiraman”, deb lashkarboshilari bilan maslahatlashib oldi.
9. Payg‘ambar Isroil shohiga: “O‘sha joydan o‘tmang, chunki u yerga Oram lashkari pistirma qo‘ygan” degan xabar yubordi.
10. Isroil shohi payg‘ambar aytgan joyga xabarchi yubordi. O‘sha yerda yashaydigan odamlar bu xavfning chorasini ko‘rdilar. Bunday voqea bir–ikki marta emas, ko‘p marta yuz berdi.
11. Bu hodisadan Oram shohi qattiq bezovtalandi. U lashkarboshilarini chaqirib: — Menga aytinglar–chi, qaysi biringiz Isroil shohi bilan aloqadasiz? — dedi ularga.
12. — Hech qaysimiz, shoh janoblari! — dedi lashkarboshilardan biri. — Bu Isroildagi payg‘ambar Elishayning ishi, u hatto yotoqxonangizda aytgan gapingizni ham Isroil shohiga ayon qilib turadi.
13. — Boringlar, uning qayerdaligini bilib kelinglar! — deb buyurdi Oram shohi. — Men birortasini yuboraman–da, uni qo‘lga tushiraman. Shundan keyin: “Elishay Do‘tanda”, deb shohga xabar yetkazdilar.
14. Oram shohi o‘sha yerga otliqlar, jang aravalari va katta kuch jo‘natdi. Ular tunda kelib, shaharni o‘rab oldilar.
15. Tongda payg‘ambarning xizmatkori o‘rnidan turib, tashqari chiqdi. Qarasa, shahar atrofida otliq lashkarlar, jang aravalari turibdi. Shunda xizmatkor: — Evoh! Hazratim, endi nima qilamiz? — deb so‘radi.
16. — Qo‘rqma, — dedi Elishay, — chunki bizning himoyachilarimiz ularnikidan juda ko‘p.
17. Keyin Elishay iltijo qildi: — Ey, Egam! Xizmatkorimning ko‘zini och, u ko‘rsin! Egamiz xizmatkorning ko‘zini ochib yubordi. Elishayning atrofidagi qirlar olovli otlar va jang aravalariga to‘lib ketganini xizmatkor ko‘rdi.
18. Oram lashkari Elishayga hujum qilgan edi, Elishay Egamizga: “Ularni ko‘r qilib qo‘y!” deb iltijo qildi. Egamiz Elishayning iltijosini eshitdi– da, Oram lashkarini ko‘r qilib qo‘ydi.
19. Keyin, Elishay Oram lashkariga dedi: — Sizlar adashib qolibsizlar, sizlar izlayotgan shahar bu emas. Ortimdan yuringlar, men izlayotgan odamingiz oldiga sizlarni olib boraman. Shunday qilib, Elishay Oram lashkarini Samariyaga boshlab keldi.
20. Ular Samariyaga yetib kelganlaridan keyin Elishay: — Ey, Egamiz! Ularning ko‘zlarini och, toki ular ko‘rsin, — deb iltijo qilgan edi, Egamiz Oram lashkarining ko‘zini ochdi. Ular qarasalar, Samariyaning o‘rtasida turibdilar.
21. Isroil shohi Oram lashkarini ko‘rgach: — Ularni qirib tashlaymi, ota? — deb so‘radi.
22. — Yo‘q, o‘ldirma! — dedi Elishay. — Nega o‘ldirar ekansan?! Sen ularni jang qilib asir olganingda ham o‘ldirmasding. Ularga non, suv ber, yeb–ichib, o‘zlarining hukmdori yoniga qaytib ketishsin.
23. Shoh asirlarga katta ziyofat tayyorladi. Asirlar yeb–ichib bo‘lishgach, Isroil shohi ularni yo‘llariga qaytarib yubordi. Oram lashkarlari o‘zlarining hukmdori yoniga ketishdi. Bu bosqinchilar qaytib Isroil yerlariga qadam bosmadilar.
24. Oradan ancha vaqt o‘tgach, Oram shohi Banhadad hamma lashkarlarini yig‘ib Samariyani qamal qildi.
25. Oram lashkarlari Samariyani qamal qilib turar ekanlar, u yerda og‘ir qahatchilik yuz berdi. Natijada eshakning kallasi sakson kumush tangaga, ikki kosa kaptar axlati besh kumush tangaga sotildi.
26. Bir kuni Isroil shohi shahar devori ustida ketayotgan edi, bir ayol: “Shoh hazratlari! Yordam bering”, deb faryod qildi.
27. — Senga Egamiz yordam bermasa, men qanday yordam bera olaman?! — dedi shoh. — Men bug‘doy yoki sharob bera olarmidim?!
28. Darding nima? — Mana bu ayol: “O‘g‘lingni ber, uni bugun yeylik, mening o‘g‘limni ertaga yeymiz”, deb aytgan edi.
29. Mening o‘g‘limni pishirib yedik. Ertasiga men unga: “O‘g‘lingni ber, uni yeylik”, degan edim, u o‘g‘lini yashirib qo‘yibdi, — dedi u.
30. Shoh ayolning so‘zlarini eshitgach, qayg‘udan liboslarini yirtdi. Xalq devor ustida ketayotgan shohning libosi ichidagi qanorni ko‘rib qoldi.
31. So‘ngra shoh dedi: — Agar shu bugun Elishayning boshi olinmasa, Xudo meni ne ko‘yga solsa solsin, hatto bundan battarrog‘ini qilsin.
32. Shoh xabarchi jo‘natganda, Elishay o‘z uyida oqsoqollar bilan birga o‘tirgan edi. Shoh yuborgan xabarchi Elishaynikiga kelmasdan oldin, Elishay oqsoqollarga aytdi: — Ko‘ryapsizlarmi qotilni?! Mening boshimni olmoq uchun qotil odamini jo‘natdi! Qarab turinglar, xabarchi kelganda, eshikni yopinglar, uni ichkariga kiritmanglar. Ana, uning orqasidan xo‘jayinining oyoq tovushlari kelyapti!
33. Elishay oqsoqollar bilan suhbatlashib o‘tirganda, xabarchi uning oldiga kelib, shohning quyidagi so‘zlarini yetkazdi: “Shuncha kulfat Egamizdan keldi! Nima uchun men endi Unga umid bog‘lashim kerak?!”

1. Elishay aytdi: — Egamizning so‘zini eshitinglar: U shunday demoqda: “Ertaga xuddi shu paytda Samariya darvozasi oldida yarim tog‘ora yaxshi un bir kumush tangadan, bir tog‘ora arpa ham bir kumush tangadan sotiladi.”
2. Shohning eng yaqin amaldori shu yerda edi. U Elishayga: — Hatto Egamiz osmonning qopqasini ochib, yomg‘ir yog‘dirganda ham shunday bo‘lmas–ov, — dedi. Shunda Elishay: — Sen ko‘zing bilan ko‘rasan, lekin senga nasib qilmaydi, — dedi.
3. Shu vaqtda shahar darvozasi tashqarisida teri kasalligiga chalingan to‘rtta odam o‘tirib: “O‘limimizni kutib, shu yerda o‘tiraveramizmi?!” deb bir–biriga gapirdi.
4. “Agar shaharga kiradigan bo‘lsak, u yerda ocharchilik bo‘lyapti, biz ham o‘sha yerda o‘lib ketamiz. Shu yerda o‘tiraversak ham o‘lamiz. Yaxshisi, Oram lashkarining qarorgohiga boraylik. Agar bizni tirik qoldirishsa, yashaymiz, o‘ldirishsa, o‘lamiz.”
5. Ular oqshom payti Oram lashkarining qarorgohiga bormoqchi bo‘lishib, otlanishdi. Oram lashkarining qarorgohi chekkasiga kelib qarasalar, u yerda birorta ham odam yo‘q ekan.
6. Rabbiy Oram lashkariga jang aravalarining taqir–tuqurini, otlarning kishnashini, ko‘p lashkarning shovqin–suronini eshittirgan edi. Ular bir–birlariga: “Isroil shohi bizga qarshi hujum qilgani Xet xalqini va Misrning shohlarini yollaganga o‘xshaydi”, dedilar.
7. Ular oqshom payti jonlarini qutqarish uchun chodirlarini, otlarini, eshaklarini, butun qarorgohni shundayicha tashlab qochib qolgan edilar.
8. O‘sha kasal odamlar qarorgohga kelib, bir chodirga kirdilar. Chodirda yeb–ichib, u yerdan kumush, oltin, kiyim–kechaklarni olib ketib, yashirib qo‘ydilar. Keyin qaytib kelib boshqa chodirga kirdilar, u yerdan ham topganlarini olib borib yashirdilar.
9. So‘ngra ular bir–birlariga aytdilar: — Biz to‘g‘ri ish qilmayapmiz. Bu kun — xushxabarlar yuz bergan kundir. Agar biz sustkashlik qilib, tong otishini kutsak, jazoga tortilishimiz aniq. Ketdik, shoh saroyiga borib xabar beraylik.
10. Kasal odamlar borib, shahar darvozabonlarini chaqirdilar–da, ularga shunday dedilar: — Biz Oram lashkarining qarorgohiga borgan edik. U yerda na biror tirik jon bor, na biror inson tovushi eshitiladi. Faqat bog‘lovliq otlar, eshaklar turgan ekan. Chodirlarni, qanday turgan bo‘lsa, shundayligicha tashlab ketibdilar.
11. Darvozabonlar jar solib bu xushxabarni shoh saroyiga yetkazdilar.
12. Shoh tunda o‘rnidan turib, lashkarboshilariga shunday dedi: — Oram lashkari qanday reja tuzayotganlarini sizlarga aytib qo‘yay. Biz qahatchilikni boshdan kechirayotganimizni ular biladilar. Shahardan chiqqanimizdan keyin, bizni tiriklayin qo‘lga olib, shaharga yorib kirishni rejalashtirganlar. Shuning uchun dalada pistirma qo‘yish uchun qarorgohdan chiqib ketganlar.
13. Shohning a’yonlaridan biri: — Bir nechta odam shaharda qolgan beshta otni olib ahvolni bilib kelsin, — deb aytdi. — Bu yerdagilardan kim borsa ham, biz, tirik qolganlar va shaharda halok bo‘lganlar kabi, o‘limga mahkum.
14. Ular ikkita otliq odamni tayyorladilar. Shoh o‘sha odamlarni Oram lashkari izidan jo‘natar ekan: “Borib nima bo‘lganini bilib kelinglar”, dedi.
15. Otliqlar Oram lashkarining izidan Iordan daryosigacha borishdi. Yo‘l bo‘yi kiyim–kechak, buyumlar sochilib ketgan edi. Bu narsalarni Oram lashkari shoshib–pishib qochayotganlarida tashlab ketgan edilar. Yuborilgan odamlar qaytib kelib, shohga xabar berdilar.
16. Xalq Oram lashkarining qarorgohiga borib, u yerni talon–taroj qildi. Egamiz aytganiday, yarim tog‘ora yaxshi un bir kumush tangadan, bir tog‘ora arpa ham bir kumush tangadan sotildi.
17. Shoh o‘sha yaqin amaldorini darvozaga tayinlagan edi. Xalq amaldorni darvoza oldida bosib, yanchib o‘tib ketdi, amaldor o‘ldi. Shoh payg‘ambar huzuriga borganda, payg‘ambar bo‘ladigan hodisalarni unga oldindan aytgan edi.
18. Hammasi payg‘ambar aytganiday bo‘ldi. U shohga: “Ertaga xuddi shu paytda Samariya darvozasi oldida yarim tog‘ora yaxshi un bir kumush tangadan, bir tog‘ora arpa bir kumush tangadan sotiladi”, degan edi.
19. Amaldor esa payg‘ambarga: “Hatto Egamiz osmonning qopqasini ochib, yomg‘ir yog‘dirganda ham, shunday bo‘lmas–ov”, deb javob bergan edi. Elishay esa unga: “Sen ko‘zing bilan ko‘rasan, lekin senga nasib qilmaydi”, degandi.
20. Shunday qilib, aytilgan voqea yuz berdi: xalq o‘sha amaldorni darvoza oldida bosib, yanchib o‘tib ketdi, amaldor o‘ldi.

1. Elishay o‘zi tiriltirgan bolaning onasiga shunday degan edi: — Tur o‘rningdan, o‘zing va xonadoning ahli bilan birga jo‘na. Qayerda yashay olsang, o‘sha yerda yashayver, chunki Egamiz yurtga yetti yil qahatchilik yuborishga qaror qildi.
2. Ayol payg‘ambarning aytganlariga quloq soldi. Uning o‘zi va xonadoni ahli Filistlar yeriga borib, u yerda yetti yil istiqomat qildi.
3. Oradan yetti yil o‘tgach, o‘sha ayol Filistlar yeridan qaytib keldi. So‘ng uyimni va dalamni qaytarib olay, deb shoh huzuriga keldi.
4. Shu paytda shoh Elishayning xizmatkori Gaxazi bilan gaplashayotgan edi: — Elishay qilgan hamma ajoyibotlar haqida menga aytib ber–chi, — dedi shoh.
5. Payg‘ambar o‘likni qanday tiriltirganini Gaxazi shohga gapirayotgan edi, haligi ayol shohdan o‘z uyi va dalasini qaytarib olish uchun so‘rab kelib qoldi. — Shoh hazratlari! — dedi Gaxazi. — Bu o‘sha ayoldir. Ana, Elishay tiriltirgan o‘g‘li ham yonida turibdi.
6. Shoh ayoldan bo‘lib o‘tgan voqealarni so‘radi. Ayol shohga hammasini aytib berdi. Shundan so‘ng shoh saroy amaldorlaridan birini chaqirib, ayol bilan birga jo‘natar ekan, amaldorga amr berdi: — Bu ayolning hamma narsasi, bu yurtdan chiqib ketgan kundan boshlab bugungacha olingan jamiki daromadi bilan birga dalasi qaytarilsin.
7. Elishay Damashqqa keldi. Oram shohi Banhadad xasta edi. “Payg‘ambar shu yerga kelibdi”, deb shohga xabar yetkazishdi.
8. Shoh shunda Xazayil degan odamga dedi: — Birorta hadya olgin–da, payg‘ambarga peshvoz chiq. U orqali Egamizdan so‘rab ko‘r–chi, men shu kasallikdan xalos bo‘larmikanman.
9. Xazayil Damashqdagi eng yaxshi hadyalardan qirqta tuyaga yuklab, Elishayni kutib olgani ketdi. Elishayning oldiga kelgach, unga shunday dedi: — Oram shohi Banhadad — qulingiz meni sizning huzuringizga yubordi. “Shu kasallikdan xalos bo‘larmikanman yoki yo‘qmikan, bilib kel”, dedi.
10. — Shohning huzuriga borib, albatta sog‘ayib ketarkansiz, deb ayt, — dedi Elishay Xazayilga, — lekin Egamiz menga ayon qildi: shoh o‘ladi.
11. Xazayil uyatdan qizarguncha, Elishay uning yuziga tik qarab turaverdi. Keyin payg‘ambar yig‘lay boshladi.
12. — Hazratim nechun yig‘layaptilar? — so‘radi Xazayil. — Isroil xalqiga qiladigan yovuzliklaringni bilganim uchun yig‘layapman, — dedi Elishay. — Sen Isroil xalqining qal’alariga o‘t qo‘yasan, yigitlarini qilichdan o‘tkazasan, go‘daklarini yerga urib o‘ldirasan, homilador ayollarning qornini yorib tashlaysan.
13. — Ko‘ppakdan farq qilmaydigan men, qulingiz, kim bo‘libmanki, shunaqa ishlarni qila olar ekanman?! — dedi Xazayil. — Egamiz menga ayon qildi: sen Oram shohi bo‘lasan, — deya javob berdi Elishay.
14. Xazayil Elishayning huzuridan chiqib, hukmdori Banhadadning yoniga qaytib keldi. — Elishay senga nima dedi? — so‘radi shoh Xazayildan. — U menga aytdiki, siz albatta sog‘ayib ketarkansiz, — deb javob berdi Xazayil.
15. Ertasi kuni Xazayil ko‘rpani olib, suvga botirdi–da, ho‘l ko‘rpani shohning yuziga yopib uni bo‘g‘di. Shunday qilib, Xazayil shohni o‘ldirib, uning o‘rniga o‘zi shoh bo‘ldi.
16. Yohushafat hali Yahudo shohi bo‘lib turganda, uning o‘g‘li Yohuram ham taxtga o‘tirdi. Bu voqea Isroil shohi Yoram hukmronligining beshinchi yilida yuz berdi.
17. Yohuram Yahudo shohi bo‘lganda, o‘ttiz ikki yoshda edi. U Quddusda sakkiz yil hukmronlik qildi.
18. Xotini Axabning qizi bo‘lgani uchun, Yohuram ham, Axab xonadoni singari, Isroil shohlari yo‘lidan yurib, Egamiz oldida qabihliklar qildi.
19. Egamiz O‘z quli Dovud haqi–hurmati uchun Yahudoni halokatga uchratishni istamadi, chunki Egamiz Dovudga: “Sening naslingga to abad so‘nmaydigan chiroq beraman”, deb va’da qilgan edi.
20. Yohuram davrida Edom Yahudo shohligiga qarshi isyon qildi. Edom xalqi o‘zlarining mustaqil shohligini qurdilar.
21. Shundan so‘ng Yohuram hamma jang aravalarini boshlab Zoirga bordi. Edom lashkari Yohuramni va uning jang aravalari sardorlarini o‘rab olgan edi, lekin Yohuram tunda hujum qilib, qamalni yorib chiqdi. Yahudo lashkari uylariga qochib ketdi.
22. Shunday qilib, Edom xalqi hozirgacha Yahudo hukmronligidan ozoddir. O‘sha paytda Libna shahri ham isyon ko‘targan edi.
23. Yohuramning boshqa ishlari, butun faoliyati “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
24. Yohuram olamdan o‘tdi. U Dovud qal’asida ota– bobolari yoniga dafn qilindi. Yohuramning o‘rniga o‘g‘li Oxaziyo shoh bo‘ldi.
25. Isroil shohi Yoram o‘n ikkinchi yil shohlik qilayotganda, Oxaziyo Yahudo shohi bo‘ldi. U Yohuramning o‘g‘li edi.
26. Oxaziyo taxtga o‘tirganda, yigirma ikki yoshda edi. U Quddusda bir yil shohlik qildi. Onasining ismi Otaliyo bo‘lib, Isroil shohi Omrining nevarasi edi.
27. Oxaziyo ham Axab xonadonining yo‘lidan ketdi. Axab nasliga o‘xshab, Egamiz oldida qabihliklar qildi. Chunki u Axab xonadoniga qarindosh edi.
28. Oxaziyo bilan Yoram birga Giladdagi Ramo‘tga borib, Oram shohi Xazayilga qarshi urush ochdi. Yoram shu urushda yarador bo‘ldi.
29. Shoh Yoram yarasini davolatish uchun Yizril shahriga qaytib kelgan edi. Yahudo shohi Oxaziyo esa yaralangan Yoramni ko‘rgani Yizrilga bordi.

1. Payg‘ambar Elishay payg‘ambarlar guruhidan bittasini chaqirib, unga dedi: — Qani, bo‘l, qo‘lingga anavi moy solingan idishni ol, Giladdagi Ramo‘tga bor.
2. U yerga borganingdan keyin, Yohuni qidirib top. Nimshi deganning nabirasi Yohu Yahoshafat degan odamning o‘g‘lidir. Uni o‘rtoqlari orasidan chaqirib chiqib, boshqa xonaga olib kir.
3. So‘ngra moy solingan idishni ol. Yohuning boshiga moyni surtgin–da, shunday degin: “Egamiz shunday aytmoqda: senga moy surtib, Isroil ustidan shoh qilib tanladim.” Keyin eshikni ochgin–u, kutmasdan qoch.
4. Yosh payg‘ambar Giladdagi Ramo‘tga ketdi.
5. O‘sha joyga yetib kelganda, lashkarboshilar suhbatlashib o‘tirgan edi. — Senda gapim bor, lashkarboshi, — dedi u. — Qaysi birimizda gaping bor? — deb so‘radi Yohu. — Senda, lashkarboshi, — dedi u Yohuga.
6. Yohu o‘rnidan turib, boshqa xonaga kirdi. Yosh payg‘ambar uning boshiga moyni surtgach, dedi: — Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: “Senga moy surtib, O‘zimning xalqim Isroil ustidan shoh qilib tanladim.
7. Sen hukmdoring Axabning xonadonini qirib tashlaysan, toki payg‘ambar qullarim va boshqa hamma qullarimning to‘kilgan qonlari uchun Men Izabeldan o‘ch olay.
8. Axabning butun xonadoni yo‘q bo‘ladi. Isroilda Axabning urug‘idan har bir erkak zotini, xoh qul bo‘lsin, xoh ozod bo‘lsin, qirib tashlayman.
9. Axab xonadonini Nabat o‘g‘li Yeribomning xonadoni va Oxiyo o‘g‘li Bashoning xonadoni ko‘yiga solaman.
10. Izabel esa Yizril yerlarida itlarga yem bo‘ladi, uni dafn qiladigan hech kimsa bo‘lmaydi.” U shunday deb eshikni ochdi–yu, qochdi.
11. Yohu lashkarboshi do‘stlari oldiga qaytdi. — Tinchlikmi? Anavi telba sening oldingga nima uchun kelibdi? — deb so‘rashdi do‘stlari undan. — E, bunaqa odamlarni bilasizlar–ku, valdirayveradilar–da ular, — dedi Yohu do‘stlariga.
12. — Ey, yolg‘onchi! Qani, bizga ham ayt–chi, — deyishdi ular. Yohu do‘stlariga: “Egamiz menga moy surtib Isroil ustidan shoh qilib tanlabdi”, deb payg‘ambarlarning gaplarini aytib berdi.
13. Hammalari shoshilib qolishdi. Har kim liboslarini yechib, Yohu turgan zinapoyaga to‘shadilar va burg‘u chalib: “Yohu shoh bo‘ldi!” deb jar soldilar.
14. Yohu Yoramga qarshi fitna uyushtirdi. Bu paytda butun Isroil lashkari shoh Yoram boshchiligida Giladdagi Ramo‘t shahrini Oram shohi Xazayildan himoya qilayotgan edi.
15. Yoram Xazayil bilan jang qilganda, Oram lashkari uni yaralagan, Yoram esa yaralarini davolatish uchun Yizrilga qaytgan edi. Yohu do‘stlariga: — Agar sizlar men tomonda bo‘lsalaringiz, shahardan biror kimsa chiqib ketishiga va Yizrilga xabar olib borishiga yo‘l qo‘ymanglar, — dedi.
16. Yohu otiga minib, Yizril shahriga yo‘l oldi, chunki Yoram kasal bo‘lib, u yerda yotgan edi. Yahudo shohi Oxaziyo ham Yoramni ko‘rgani kelgan edi.
17. Yizril minorasi ustida qorovul turardi. Yohuning odamlari yaqinlashib kelardi. Qorovul ularni ko‘rib qolib: “Bir talay odamni ko‘ryapman”, dedi. Yoram qorovulga aytdi: — Birorta otliqni yubor, odamlarni kutib olib: “Tinchlik bilan kelyapsizlarmi?” deb so‘rasin.
18. Suvori Yohuga peshvoz chiqib dedi: — Shoh: “Tinchlik bilan kelyapsizlarmi?” deb so‘rayapti. — Tinchlikdan senga nima?! Orqamdan yur, — dedi Yohu. Qorovul esa: “Otliq ularning oldiga yetib bordi–yu, lekin qaytib kelmayapti”, deb xabar berdi.
19. Endi boshqa bir otliqni yuborishdi, bunisi ham ularning oldiga kelib: — Shohimiz: “Tinchlik bilan kelyapsizlarmi?” deb so‘rayapti, — dedi. — Tinchlikdan senga nima?! Orqamdan yur, — dedi Yohu.
20. Qorovul: “Otliq ularning oldiga yetib bordi– yu, qaytib kelmadi, o‘pkasi og‘ziga tiqilganday hovliqib ot choptirib kelishidan Yohuga o‘xshaydi”, deb xabar yetkazdi.
21. — Aravani qo‘sh! — deb buyurdi Yoram. Shohning jang aravasini qo‘shdilar. Isroil shohi Yoram va Yahudo shohi Oxaziyo o‘z aravalariga minib, Yohuni kutib olgani chiqdilar. Ular Yohuni Yizrillik Navo‘tning dalasida kutib oldilar.
22. Yoram Yohuni ko‘rgach, unga: — Tinchlik bilan keldingmi, Yohu? — deb so‘radi. — Onang Izabel boshlagan zinoyu sehr–jodu bizda hanuzgacha davom etib kelar ekan, qanaqasiga tinchlik bo‘lsin?! — dedi Yohu.
23. Yoram Oxaziyoga: “Qochdik, Oxaziyo! Xoinlik bu!” dedi–yu, ot tizginini burib, qochib qoldi.
24. Yohu kamonni kuchi boricha tortib, Yoramning ikkala kuragi o‘rtasini mo‘ljallab otdi. O‘q Yoramning qoq yuragini teshib o‘tdi. Yoram aravasi ichiga yiqildi.
25. Yohu xizmatkori Bidkarga dedi: — Uning jasadini Yizrillik Navo‘tning dalasiga olib borib tashla, shuni yodingdan chiqarmaginki, biz, ikkovimiz, Yoramning otasi Axabning ortidan jang aravasida borganimizda, Axabga qarshi Egamiz shuni ayon qilgan edi:
26. “Kecha Navo‘t bilan uning o‘g‘illari qonini ko‘rdim. Sendan o‘sha dalada qasos olaman.” Endi Egamizning aytganiga ko‘ra, Yoramning jasadini olib, Navo‘tning dalasiga olib borib tashla.
27. Yahudo shohi Oxaziyo bu hodisani ko‘rib, Bayt–Xagon shahriga qarab qochdi. Yohu uning ortidan quvib ketayotganda: — Uni ham o‘ldiringlar! — deb baqirdi. Yiblayom shahri yonidagi Gur tepaligida aravasida turgan Oxaziyoni otdilar. Oxaziyo Maxido‘ shahriga qochib borib, o‘sha yerda jon berdi.
28. A’yonlari uning jasadini aravada Quddusga olib keldilar va Dovud qal’asida ota–bobolari xilxonasiga dafn qildilar.
29. Axab o‘g‘li Yoram shohligining o‘n birinchi yilida Oxaziyo Yahudo shohi bo‘lgan edi.
30. Yohu Yizrilga bordi. Izabel esa bu xabarni eshitib ko‘zlariga surma surtib, sochlarini tarab, derazadan qarab turgan edi.
31. Yohu shahar darvozasidan kirgach, Izabel: — Ha, senmisan, hukmdorini o‘ldirgan Zimridan qolishadigan joying yo‘q! Tinchlik bilan keldingmi? — dedi.
32. Yohu ko‘zlarini derazaga qadab: — Kim men tomonda? Kim? — deb baqirdi. Tepada haram og‘alaridan ikki–uchtasi paydo bo‘ldi.
33. — Uni pastga uloqtiringlar! — deb buyurdi Yohu. Ular Izabelni ushlab pastga uloqtirdilar. Uning qoni devorga, otlarga sachradi, Yohuning oti jasadni ezg‘ilab tashladi.
34. Shundan keyin Yohu kelib, yeb–ichdi. So‘ngra: — Anavi la’natini topib, ko‘minglar, — dedi, — nima bo‘lganda ham, shoh qizi–da.
35. Lekin Izabelning jasadini dafn qilishga borgan odamlar, uning bosh–suyagi, oyog‘i va qo‘l panjasidan boshqa biror a’zosini topa olmadilar.
36. Hammalari qaytib kelib, Yohuni ahvoldan xabardor qildilar. Yohu ularga shunday dedi: — Egamizning O‘z quli Ilyos orqali aytgan bu so‘zlari bajo bo‘ldi: “Izabelning jasadi Yizril yerlarida ko‘ppaklarga yem bo‘lar,
37. Uning jasadi Yizril dalalaridagi go‘ngga o‘xshab qolar, Shuning uchun hech kim, bu Izabeldir, deb aytmas.”

1. Axabning Samariyada yetmishta o‘g‘li bor edi. Yohu Samariya hududidagi Yizril beklariga, oqsoqollariga va Axab o‘g‘illarining murabbiylariga shu mazmunda maktub yozib yubordi:
2. “Shohingizning o‘g‘illari sizlar bilan birga turibdilar, jang aravalaringiz, otlaringiz va qurol– yarog‘laringiz ham bor, o‘zlaringiz mustahkam shaharda yashaysizlar. Ushbu maktub sizlarga yetib borishi bilanoq,
3. hukmdoringiz o‘g‘illaridan eng munosibini tanlab olib, otasining o‘rniga taxtga o‘tqazinglar va hukmdoringizning xonadonini himoya qilish uchun men bilan jang qilishga tayyorlaninglar.”
4. Ammo Samariyadagilar juda qo‘rqib ketdilar: — Yohuga ikkita shoh bardosh berolmadi–yu, biz qanday qilib bardosh berardik?! — deyishdi ular.
5. Shundan keyin bosh vazir, shahar hokimi, oqsoqollar, Axab o‘g‘illarining murabbiylari Yohuga shunday xabar berishdi: “Biz hech kimni shoh qilmaymiz. Biz sizning qullaringizmiz, nima buyursangiz, shuni ijro qilurmiz, sizga nima ma’qul bo‘lsa, shuni qiling.”
6. Yohu esa ularga ikkinchi marta shu mazmunda maktub yozdi: “Agar sizlar men tarafda bo‘lib, menga itoat etishga tayyor bo‘lsangizlar, hukmdoringiz o‘g‘illarining boshlarini olib, ertaga shu paytda Yizrilga mening huzurimga keltiringlar.” Shohning yetmishta o‘g‘li bo‘lib, ularni shaharning eng aslzodalari tarbiya qilayotgan edilar.
7. Maktub aslzodalarning qo‘liga tekkach, ular shoh o‘g‘illarini ushlab, hammalarini — yetmish kishini bo‘g‘izladilar, ularning boshlarini savatga solib, Yizrilga — Yohuning huzuriga jo‘natdilar.
8. Xabarchi Yohuga: “Ular shoh o‘g‘illarining boshlarini olib keldilar”, dedi. Yohu: “Kallalarni darvoza oldiga ikki to‘p qilib taxlanglar, ertalabgacha o‘sha yerda qolsin”, dedi.
9. Ertasiga ertalab Yohu xalqning oldiga chiqib gapirdi: — O‘z hukmdorimga qarshi men isyon ko‘tarib, uni o‘ldirdim. Sizlar aybdor emassizlar. Lekin mana bu odamlarni kim o‘ldirdi?
10. Shuni bilib qo‘yinglarki, Egamizning Axab xonadoni to‘g‘risida aytgan bironta so‘zi ijrosiz qolmaydi. Egamiz O‘z quli Ilyos orqali aytgan so‘zini bajo qildi.
11. So‘ngra Yohu Yizrilda Axab xonadonining qolgan–qutganini, uning hamma a’yonlarini, yaqinlarini, ruhoniylarini o‘ldirdi. Shunday qilib, Axabning bironta ham odami tirik qolmadi.
12. Shundan keyin Yohu Yizrildan Samariya tomon yo‘lga chiqdi. U yo‘lda cho‘ponlarga qarashli Bayt–Akad degan joyda
13. Yahudo shohi Oxaziyoning qarindoshlari bilan uchrashib qoldi va ulardan: “Sizlar kimsizlar?” deb so‘radi. — Biz Oxaziyoning qarindoshlarimiz, — deyishdi ular. — Shohning oilasidan va malika Izabelning o‘g‘illaridan xabar olgani ketyapmiz.
14. — Bularni tiriklayin ushlanglar! — deb buyurdi Yohu odamlariga. Ularni tiriklayin ushlab hammalarini — qirq ikkita odamni Bayt–Akad sardobasi yonida bo‘g‘izladilar. Ulardan birortasini ham tirik qoldirmadilar.
15. Yohu u yerdan jo‘nab ketdi. Yo‘lda o‘ziga tomon to‘g‘ri kelayotgan Yohunadov degan odam bilan uchrashib qoldi. U Raxav degan odamning o‘g‘li edi. Yohu u bilan salomlashib: — Senga mening niyatim xolis, sening niyating ham xolismi? — deb so‘radi. — Shunday, — deb javob berdi Yohunadov. — Unday bo‘lsa, qo‘lingni ber, — dedi Yohu. Yohunadov qo‘lini uzatdi. Yohu uni yoniga — aravasiga oldi.
16. — Men bilan yur, men Egamiz uchun qanchalik jon kuydirishimni ko‘rib qo‘y, — dedi Yohu unga. So‘ngra uni aravasida Samariyaga olib ketdi.
17. Yohu Samariyaga yetib kelgach, Egamiz Ilyos orqali aytganiday, Axabning u yerdagi qolgan– qutgan qarindoshlarini bitta qo‘ymay o‘ldirdi.
18. Yohu jamiki xalqni to‘plab, ularga aytdi: — Axab Baalga unchalik sig‘inmas edi, men esa Baalga chin dildan sig‘inaman.
19. Endi mening oldimga Baalning hamma payg‘ambarlarini chaqirib kelinglar, hech kim kelmay qolmasin, chunki men Baalga juda katta qurbonlik qilaman, kelmaganlar o‘ldiriladi. Aslida Yohu Baalga sig‘inganlarni o‘ldirish maqsadida bir hiyla o‘ylayotgan edi.
20. — Baalga bag‘ishlangan bayram yig‘ini bo‘lishini tayinlanglar, — dedi Yohu. Bu to‘g‘rida e’lon qildilar.
21. Yohu butun Isroil bo‘ylab xabar jo‘natgan edi, Baalga sajda qiluvchilarning hammasi keldi, birontasi ham kelmay qolmadi. Hamma Baalning uyiga kirdi. Baalning uyi liq to‘ldi.
22. Yohu muqaddas liboslarni saqlovchi xizmatkorga: — Baalga sig‘inadiganlarning hammasiga liboslar keltir, — deb amr berdi. Xizmatkor har biriga libos keltirdi.
23. Shu payt Yohu Yohunadov bilan birga Baalning uyiga kirdi– da, sajda qiluvchilarga: — Atrofingizga yaxshilab qarang, — dedi. — Orangizda Egamizga xizmat qiladiganlardan hech kim bo‘lmasin, bu yerda faqat Baalga sajda qiluvchilar bo‘lsin.
24. Shundan keyin Yohu bilan Yohunadov kuydiriladigan va boshqa qurbonliklar qilgani ichkariga kirdilar. Yohu Baalning uyi atrofiga sakson kishini qo‘yib, ularga shunday amr bergan edi: “Qo‘lingizga mana bu odamlarni topshiryapman. Bulardan birortasi qochib jonini qutqarib ketishiga kimki yo‘l qo‘ysa, boshi bilan javob beradi.”
25. Qurbonlik kuydirib bo‘linishi bilanoq, Yohu qo‘riqchilarga va lashkarboshilarga: “Ichkariga kirib, hammani o‘ldiringlar, birortasi ham qochib ketmasin!” — deb buyruq berdi. Qo‘riqchilar va lashkarboshilar hammasini qilich damidan o‘tkazib, jasadlarini tashqariga otdilar. So‘ngra Baalning uyidagi ichkari xonaga kirib,
26. u yerdagi butsimon ustunlarni tashqariga olib chiqib yoqib yubordilar.
27. Baalga atalgan toshni sindirdilar, uyini vayron qildilar. Xalq bu joyni hojatxonaga aylantirdi. O‘sha joy bugungacha hojatxona bo‘lib qoldi.
28. Shunday qilib, Yohu Isroil yerida Baalga sajda qilishga barham berdi.
29. Biroq Yohu Isroil xalqini gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yeribom qilgan gunohlarga ergashdi, ya’ni Baytil va Dandagi oltin buzoqlarga sajda qilishdan Yohu qaytmadi.
30. Egamiz Yohuga: — Mening oldimda to‘g‘ri ish qilib muvaffaqiyat qozonding, — dedi. — Axab xonadoniga qarshi Men nima istagan bo‘lsam, hammasini qilding. Buning uchun sening nasling to‘rtinchi avlodigacha Isroil taxtida o‘tiradi.
31. Ammo Yohu Isroil xalqining Xudosi — Egamizning qonunlariga butun qalbi bilan itoat qilmadi, Isroil xalqini gunohga botirgan Yeribom qilgan gunohlarga ergashdi.
32. O‘sha paytda Egamiz Isroil yerlarini parchalab, kichraytira boshladi.
33. Oram shohi Xazayil Iordan daryosining sharqida Gad, Ruben, Manashe qabilalari yashaydigan butun Gilad yerlarini, Arnon soyligidagi Aror shahridan Gilad va Bashan o‘lkalariga qadar bo‘lgan jamiki Isroil yerlarini bosib oldi.
34. Yohuning boshqa ishlari, butun faoliyati va qahramonliklari haqida “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
35. Yohu olamdan o‘tdi. U Samariyada ota–bobolari yoniga dafn etildi. Yohuning o‘rniga o‘g‘li Yohuxoz shoh bo‘ldi.
36. Yohu Samariyada yigirma sakkiz yil Isroilga hukmdorlik qildi.

1. Otaliyo o‘z o‘g‘li shoh Oxaziyoning o‘ldirilganini eshitgach, Yahudoda Oxaziyoning jamiki urug‘ini qirib tashlashga kirishdi.
2. Shohning hamma o‘g‘illarini o‘ldirish rejalashtirilgan edi. Shoh Yohuramning Yohusheva degan qizi bor edi. Yohusheva Oxaziyoga o‘gay singil edi. Yohusheva Oxaziyoning o‘g‘li Yo‘shni shohning o‘g‘illari orasidan bildirmasdan olib qochdi. Uni, enagasi bilan birga, Egamizning uyidagi yotoqxonaga yashirdi. Bola Otaliyodan yashirinib, tirik qoldi.
3. Otaliyo yurtni boshqargan paytda, bola olti yil davomida Egamizning uyida enagasi bilan birga yashirinib yurdi.
4. Yettinchi yili ruhoniy Yohayido Xaryollik qo‘riqchilarning lashkarboshilariga va saroy qo‘riqchilarining lashkarboshilariga xabar berib, ularni chaqirtirdi. Hammalarini Egamizning uyiga yig‘ib, ular bilan ahd tuzdi. Hammalariga Egamizning uyida ont ichirgandan keyin, shohning o‘g‘li Yo‘shni ularga ko‘rsatdi.
5. Yohayido ularga shunday buyurdi: “Endi sizlar bunday qilasizlar: Shabbat kuni xizmatdagilarning uchdan biri shoh saroyini qo‘riqlashadi.
6. Uchdan biri Sur darvozasini, uchdan biri esa saroy darvozasini qo‘riqlashadi va saroy qo‘riqchilari o‘rniga turishadi.
7. Shabbat kuni xizmatlari bitgan boshqa ikki qism sipohlaringiz Egamizning uyi atrofida turib shohni qo‘riqlasin.
8. Hamma qo‘lida quroli bilan shohni har tomondan o‘rab olsin, kim safga yaqinlashsa, o‘ldirilsin. Shoh kirganda ham, chiqqanda ham, unga hamroh bo‘linglar.”
9. Yuzboshilar ruhoniy Yohayidoning amrlarini so‘zsiz bajardilar. Har bir yuzboshi Shabbat kuni xizmatini boshlagan va xizmatini tugatgan qo‘riqchilarini olib, Yohayidoning yoniga bordi.
10. Ruhoniy Egamizning uyida turgan shoh Dovudning nayzalariyu qalqonlarini yuzboshilarga tarqatdi.
11. Shohni qo‘riqlash uchun uyning janub tomonidan shimol tomonigacha, qurbongohning va uyning atrofiga soqchilar jangga shay qilib qo‘yildi.
12. Yohayido shohning o‘g‘li Yo‘shni tashqariga olib chiqib, boshiga toj kiygizdi. Unga shohlik qonunlarini berdi. Yo‘sh shoh deb e’lon qilindi. Uning boshiga moy surtishdi, so‘ngra: “Shohimizning umrlari uzoq bo‘lsin!” deya olqishlab, qarsak chaldilar.
13. Otaliyo qo‘riqchilar bilan xalqning shovqin– suronini eshitgach, Egamizning uyiga yig‘ilganlar yoniga bordi.
14. Qarasaki, odatga ko‘ra, Egamizning uyi eshigi yonidagi ustun oldida shoh turibdi, shohning atrofini lashkarboshilar, karnaychilar o‘rab olgan. Yurtning butun xalqi shod–xurram, karnay chalyapti. Shunda Otaliyo g‘azabdan liboslarini yirtib: “Xoinlik! Xoinlik!” deb baqirdi.
15. Ruhoniy Yohayido yuzboshilarga: “U xotinni bu yerdan olib chiqib ketinglar, kimki unga ergashsa, qilichdan o‘tkazinglar”, deya buyruq berdi. Ruhoniy o‘sha ayolning Egamiz uyida o‘ldirilishini istamadi.
16. Otaliyo ushlandi va saroyning Ot darvozasiga keltirilib, o‘sha yerda o‘ldirildi.
17. Ruhoniy Yohayido, Yahudo xalqi Egamizning xalqi bo‘lsin, deya shoh, xalq va Egamiz orasida ahd tuzdi. Undan keyin xalq bilan shoh orasida ham ahd tuzdi.
18. So‘ng butun xalq Baalning uyiga borib, uni buzib tashladi, u yerdagi qurbongohlarni va Baalning tasvirlarini sindirdi, Baalning ruhoniysi Mattonni esa qurbongohlarning ro‘parasida o‘ldirdi.
19. So‘ngra yuzboshilarni, Xaryollik qo‘riqchilarni, saroy qo‘riqchilarini va jamiki xalqni yoniga olib, shohni Egamizning uyidan olib chiqdi. Ular qo‘riqchilar darvozasidan o‘tib, shohni saroyga olib keldilar va taxtga o‘tqazdilar.
20. Otaliyo shoh saroyida o‘ldirilgani uchun, yurt xalqi sevindi. Quddus osoyishta bo‘lib qoldi.
21. Yo‘sh taxtga o‘tirgan paytda yetti yoshda edi.

1. Isroil shohi Yohu yettinchi yil shohlik qilayotganda, Yo‘sh Yahudo shohi bo‘lgan edi. U Quddusda qirq yil hukmronlik qildi. Onasi Bersheva shahridan bo‘lib, ismi Zibiyox edi.
2. Yo‘sh umri bo‘yi Egamiz oldida to‘g‘ri ishlar qildi, chunki ruhoniy Yohayido unga yo‘l ko‘rsatardi.
3. Lekin sajdagohlar hamon yo‘q qilinmagan, xalq hali ham o‘sha joylarda qurbonlik qilib, tutatqi tutatardi.
4. Yo‘sh ruhoniylarga farmon berdi: — EgamizningMa’badiga ehson sifatida olib kelingan kumushni, doimiy soliqni, ont tufayli berilgan to‘lovni yoki ixtiyoriy berilgan hadyalarni to‘planglar.
5. Bu kumushlarni ruhoniylar olib keluvchilardan qabul qilib olib, Egamiz uyining buzilgan joylarini tuzatishga sarflashsin.
6. Yo‘sh shohligining yigirma uchinchi yilida ham ruhoniylar Egamiz uyining buzilgan joylarini hali tuzatmagan edilar.
7. Shundan keyin shoh Yo‘sh ruhoniy Yohayido bilan boshqa ruhoniylarni chaqirib: — Nimaga Egamizning uyini tuzatmayapsizlar? — dedi ularga, — endi odamlardan kumush olmanglar. Olgan kumushlaringizni Egamizning uyini tuzatishga beringlar.
8. Ruhoniylar xalqdan o‘zlari pul yig‘maslikka va Egamizning uyi ta’mirlanishini nazorat qilmaslikka rozi bo‘lishdi.
9. Ruhoniy Yohayido bir quti olib, qopqog‘i ustidan teshik ochdi. Uni qurbongohning yoniga — odamlar Egamizning uyiga kiradigan joyning o‘ng tomoniga joylashtirdi. Ostonada qorovul bo‘lib turgan ruhoniylar Egamizning uyiga keltirilgan hamma kumushni qutiga tashlayverishdi.
10. Qutida ko‘p pul yig‘ilganidan keyin, shohning mirzasi bilan oliy ruhoniy kelib, Egamizning uyiga keltirilgan kumushlarni qoplarga solib tortishdi.
11. Tortilgan kumushlar Egamizning uyidagi ishlarning boshida turgan odamlarga berildi. Ular esa bu kumushlarni Egamizning uyida ishlayotgan duradgor va binokorlarga,
12. tosh teruvchilarga, sangtaroshlarga to‘lashar, uyni tuzatmoq uchun yog‘och va tosh sotib olishga ishlatishar, uyni tuzatishga kerak bo‘lgan boshqa ashyolarga sarf qilishardi.
13. Egamizning uyida yig‘ilgan kumush bu joy uchun kumush tog‘oralar, qaychilar, tog‘orachalar va karnaylar, har xil oltin yoki kumush buyumlar yasashga sarf qilinmadi.
14. Bu kumushning hammasi ishlovchilarga to‘lashga va uyni tuzatishga sarf qilindi.
15. Egamizning uyida ishlovchilarga pul taqsimlaydigan odamlardan hisob–kitob talab qilinmadi, chunki ular halol ishlashdi.
16. Ayb va gunoh nazr qilib berilgan pullar esa Egamizning uyiga keltirilmadi. Bu pullar ruhoniylarniki edi.
17. O‘sha paytda Oram shohi Xazayil Gat shahriga hujum qilib, shaharni qo‘lga kiritdi. Keyin Quddusga hujum qilmoqqa qaror qildi.
18. Yahudo shohi Yo‘sh esa ota–bobolari — Yahudo shohlari Yohushafatning, Yohuramning, Oxaziyoning va o‘zining Egamizga atagan hamma muqaddasnazrlarini, Egamizning uyidan va saroy xazinalaridan olingan jamiki oltinlarni Oram shohi Xazayilga yubordi. Shundan keyin Xazayil Quddusga hujum qilish qaroridan qaytdi.
19. Yo‘shning boshqa ishlari, butun faoliyati “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
20. Shoh Yo‘shning a’yonlari isyon ko‘tarib, uni Silloga boradigan yo‘lda — Millodagi uyda o‘ldirdilar.
21. Uni o‘ldirganlar Yo‘shning a’yonlaridan Shimat degan odamning o‘g‘li Yo‘zabad bilan Sho‘mer deganning o‘g‘li Yohuzabad edilar. Yo‘sh Dovud qal’asida ota–bobolari yoniga dafn qilindi. Uning o‘rniga o‘g‘li Emoziyo shoh bo‘ldi.

1. Yahudo shohi Yo‘sh shohligining yigirma uchinchi yilida Yohuxoz SamariyadaIsroil taxtiga o‘tirdi va o‘n yetti yil hukmronlik qildi. Yohuxoz Yohuning o‘g‘li edi.
2. Yohuxoz Egamiz oldida qabih ishlar qildi va Isroilni gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yeribomning qilgan gunohlariga ergashdi. U qabih yo‘lidan aslo qaytmadi.
3. Shuning uchun Egamiz Isroildan g‘azablandi va Isroil xalqini uzoq vaqt Oram shohi Xazayil bilan Xazayilning o‘g‘li Banhadadning qo‘liga berib qo‘ydi.
4. Shu sababdan Yohuxoz Egamizga iltijo qilgan edi, Egamiz uning iltijolarini eshitdi. Isroil xalqi chekkan azob–uqubatlarni, Oram shohi ularni siquvga olganini Egamiz ko‘rib turardi.
5. Egamiz Isroilga bir qutqaruvchi yuborgandan keyin, ular Oram xalqining zulmidan xalos bo‘ldi va oldingiday tinchgina yashayverdi.
6. Ammo xalq Yeribom xonadoni Isroilga olib kirgan gunohlarga ergashaverdi, bu gunohlardan qaytmadi. Asheraga atalgan ustun hali ham Samariyada turgan edi.
7. Oram shohi Yohuxozning lashkarlarini qirib, kulini ko‘kka sovurgan edi. Yohuxozning ellikta otliq sipohi, o‘nta jang aravasi, o‘n mingta piyoda sipohidan boshqa kuchi qolmagan edi.
8. Yohuxozning boshqa ishlari, butun faoliyati va uning qahramonliklari “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
9. Yohuxoz olamdan o‘tdi. U Samariyada ota–bobolari yoniga dafn qilindi. O‘rniga o‘g‘li Yoho‘sh shoh bo‘ldi.
10. Yahudo shohi Yo‘sh shohligining o‘ttiz yettinchi yilida Yoho‘sh Samariyada Isroil taxtiga o‘tirdi va o‘n olti yil hukmronlik qildi. Yoho‘sh Yohuxozning o‘g‘li edi.
11. U Egamiz oldida qabih ishlar qildi. Isroilni gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yeribom qilgan jamiki gunohlarga ergashdi, bu gunohlardan qaytmadi.
12. Yoho‘shning boshqa ishlari, butun faoliyati, Yahudo shohi Emoziyo bilan jang qilganda ko‘rsatgan qahramonliklari “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
13. Yoho‘sh olamdan o‘tib, Samariyada ota–bobolari — Isroil shohlari yoniga dafn qilindi. O‘rniga o‘g‘li Yorubom shoh bo‘ldi.
14. Elishay tuzalmas xastalikka yo‘liqqanda, Isroil shohi Yoho‘sh uni ziyorat qilgani borib: “Otam! Otam! Siz Isroilning qudratli himoyachisi edingiz! Isroilning jang aravasi va otliq lashkari kabi edingiz–a! Qayoqqa ketib qoldingiz–a?” deb yig‘lagan edi.
15. O‘shanda Elishay shohga: “Yoying bilan o‘qlaringni ol!” dedi. Shoh yoyi bilan o‘qlarini oldi.
16. Elishay: “Yoyni hozirla!” deb shohga buyurdi. Shoh yoyni hozirlagach, Elishay qo‘llarini shohning qo‘llari ustiga qo‘ydi.
17. So‘ngra unga: “Sharq tomondagi derazani och!” deb buyurdi. Shoh derazani ochgandan keyin, Elishay: “O‘qni ot!” dedi. Shoh o‘qni otdi. — Bu o‘q Egamiz beradigan najot alomatidir, u seni Oram lashkari ustidan zafarga erishtiradi, — dedi Elishay. — Sen Oram lashkarini Ofoqda yo‘q qilasan.
18. Keyin Elishay shohga: “Qolgan o‘qlarni ol!” deb buyurdi. Isroil shohi o‘qlarni olgach, Elishay unga: “O‘qlarni yerga ur!” dedi. Shoh o‘qlarni uch marta yerga urib, to‘xtab qoldi.
19. Shunda payg‘ambar shohdan achchiqlandi: — Besh–olti marta urishing lozim edi, o‘shanda Oram lashkarini tamomila mag‘lub qilgan bo‘larding. Endi esa ularni uch martagina mag‘lub etasan, xolos.
20. Shundan keyin Elishay vafot etdi, uni dafn qildilar. Har yili bahorda Mo‘abdan bosqinchilar Isroil yerlariga bostirib kelardi.
21. Bir safar Isroil odamlari bir marhumni dafn qilayotgan edilar, Mo‘ablik bosqinchilarni ko‘rdilar–u, jasadni Elishayning xilxonasiga tashlab qochdilar. Jasad Elishayning suyaklariga tekkanda tirilib ketdi va oyoqqa turdi.
22. Oram shohi Xazayil Yohuxozning butun shohligi davrida Isroil xalqiga zulm o‘tkazib kelgan edi.
23. Ammo Egamiz Isroil xalqiga rahm– shafqat ko‘rsatib, Ibrohim, Is’hoq va Yoqub bilan qilgan ahdiga ko‘ra, Isroil xalqiga yuz burgan edi. Egamiz hozirgacha Isroil xalqini O‘z huzuridan quvib chiqarmadi va ularning qirilib ketishiga yo‘l qo‘ymadi.
24. Oram shohi Xazayil vafot etgach, o‘rniga o‘g‘li Banhadad shoh bo‘ldi.
25. So‘ngra Yoho‘sh otasi Yohuxoz shohligi davrida boy bergan shaharlarni Xazayilning o‘g‘li Banhadaddan qaytarib oldi. Banhadadni uch marta mag‘lub qilib, Isroil shaharlariga boshqatdan egalik qildi.

1. Isroil shohi Yoho‘sh ikkinchi yili shohlik qilayotganda, Emoziyo Yahudo shohi bo‘ldi. Emoziyo Yo‘shning o‘g‘li edi.
2. Emoziyo shoh bo‘lganda, yigirma besh yoshda edi. U Quddusda yigirma to‘qqiz yil hukmronlik qildi. Onasi Qudduslik bo‘lib, ismi Yohuvaddon edi.
3. Emoziyo Egamiz oldida to‘g‘ri ishlar qilsa ham, bobosi Dovud kabi emasdi. U har qanday ishni otasi Yo‘sh kabi qildi.
4. Shu boisdan sajdagohlar hamon yo‘q qilinmagan, xalq u yerlarda hali ham qurbonliklar keltirib, tutatqi tutatardi.
5. Emoziyo o‘z shohligini mustahkamlab olgandan keyin, shohni — otasini o‘ldirgan a’yonlarni yo‘q qildi.
6. Biroq Musoning Tavrotida yozilganiga ko‘ra, qotillarning bolalarini o‘ldirmadi, chunki Egamiz: “Otalar farzandlari gunohi uchun o‘ldirilmasin, farzandlar otalari gunohi uchun o‘ldirilmasin, har kim o‘zining gunohi uchungina jazolansin”, deb amr qilgan edi.
7. Emoziyo Tuz vodiysida o‘n mingta Edomsipohini o‘ldirdi. Sela shahrini jang qilib qo‘lga kiritib, u yerga Yoxtal deb nom berdi. O‘sha joy hozir ham shu nom bilan yuritiladi.
8. Shundan so‘ng Emoziyo Isroil shohi Yoho‘shga xabarchilar jo‘natib: “Qani, menga jang maydonida ro‘baro‘ kelib ko‘r–chi”, dedi.
9. Isroil shohi Yoho‘sh esa bunga javoban Yahudo shohi Emoziyoga shu xabarni jo‘natdi: “Lubnondagi g‘ovtikan shu yerdagi sadr daraxtiga, qizingni o‘g‘limga xotinlikka ber, deb xabar yo‘llabdi. O‘sha paytda Lubnondagi yirtqich hayvon o‘sha yerdan o‘tib ketayotib, g‘ovtikanni bosib yanchib ketibdi.
10. Shunga o‘xshab, sen ham Edom xalqini mag‘lub etganing uchun mag‘rurlanib ketding, Emoziyo. O‘sha shuhrating bilan kifoyalanib, uyingda o‘tiraver. Nima uchun qitmirlik qilyapsan? O‘z boshingni ham, Yahudo xalqining boshini ham baloga giriftor qilyapsan!”
11. Lekin Emoziyo quloq solmadi. Shuning uchun Isroil shohi Yoho‘sh Yahudo shohi Emoziyo ustiga yurish qildi. Ikkala tomonning lashkari Yahudoning Bayt–Shamash shahrida ro‘baro‘ keldi.
12. Isroil lashkari Yahudo lashkarini mag‘lub etdi. Yahudo lashkarining hammasi uylariga qochib ketdi.
13. Isroil shohi Yoho‘sh Yahudo shohi Emoziyoni Bayt–Shamashda asir qilib oldi. Emoziyo Oxaziyoning nevarasi, Yo‘shning o‘g‘li edi. So‘ng Yoho‘sh Quddusga kelib, Quddus devorining Efrayim darvozasidan Burchak darvozasigacha bo‘lgan to‘rt yuz tirsak qismini buzdirdi.
14. Egamizning uyida va saroyning xazinalarida topilgan oltinlarni, kumushlarni va hamma ashyolarni tortib oldi. Buning ustiga, asirlarni ham olib, Samariyaga qaytib ketdi.
15. Yoho‘shning boshqa ishlari, Yahudo shohi Emoziyo bilan jang qilganda ko‘rsatgan qahramonliklari haqida “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
16. Yoho‘sh olamdan o‘tdi. U Samariyada ota–bobolari — Isroil shohlari yoniga dafn qilindi. Uning o‘rniga o‘g‘li Yorubom shoh bo‘ldi.
17. Yahudo shohi Emoziyo Isroil shohi Yoho‘shning o‘limidan keyin o‘n besh yil yashadi.
18. Emoziyoning boshqa ishlari haqida “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
19. Quddusda Emoziyoga qarshi fitna uyushtirildi. Emoziyo bundan xabar topib Laxish shahriga qochdi. Ammo dushmanlari Emoziyoning ortidan odam yuborib, uni o‘sha yerda o‘ldirtirdilar.
20. Emoziyoning jasadini otda Quddusga olib keldilar. U Dovud qal’asida ota–bobolarining yoniga dafn qilindi.
21. So‘ngra Yahudo xalqi o‘n olti yoshli Uzziyoni otasi Emoziyoning o‘rniga shoh qilib ko‘tardilar.
22. Otasi Emoziyo olamdan o‘tgach, Uzziyo Elet shahrini qaytadan Yahudo yerlariga qo‘shib olib, boshqatdan qurdi.
23. Yahudo shohi Emoziyo shohligining o‘n beshinchi yilida Yorubom Samariyada Isroil shohi bo‘ldi va qirq bir yil hukmronlik qildi. Yorubom Yoho‘shning o‘g‘li edi.
24. U Egamiz oldida qabih ishlar qildi va Isroilni gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yeribom qilgan gunohlarga ergashdi.
25. Yorubom Levo–Xomatdan O‘lik dengizgacha bo‘lgan Isroil yerlarini qaytadan qo‘lga kiritdi. Zotan, Isroil xalqining Xudosi — Egamiz O‘z quli Yunus payg‘ambar orqali bu to‘g‘rida aytgan edi. Yunus Amitay deganning o‘g‘li bo‘lib, u Gat–Xafer shahridan edi.
26. Egamiz Isroil xalqi tortayotgan nihoyatda og‘ir azoblarni ko‘rdi. Bu yerda Isroilga yordam berishga qodir na qul, na ozod qolgan edi.
27. Egamiz Isroil xalqi nomini yer yuzidan o‘chirishni istamagani uchun, Yorubom orqali ularni qutqargan edi.
28. Yorubomning boshqa ishlari, butun faoliyati, janglarda ko‘rsatgan qahramonliklari, ilgaridan Yahudoga qarashli bo‘lgan Damashq va Xomatni qaytadan Isroil yerlariga qo‘shib olgani to‘g‘risida “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
29. Yorubom olamdan o‘tib, ota–bobolari — Isroil shohlari yoniga dafn qilindi. O‘rniga o‘g‘li Zakariyo shoh bo‘ldi.

1. Yorubom Isroilda hukmronlik qilayotganiga yigirma yetti yil bo‘lganda, Uzziyo Yahudo shohi bo‘ldi. Uzziyo Emoziyoning o‘g‘li edi.
2. Uzziyo shoh bo‘lganda, o‘n olti yoshda edi. U Quddusda ellik ikki yil hukmdorlik qildi. Onasi Qudduslik bo‘lib, ismi Yoxoliyo edi.
3. Uzziyo ham, otasi Emoziyo kabi, Egamiz oldida to‘g‘ri ishlar qildi.
4. Lekin sajdagohlar hamon yo‘q qilinmagan, xalq o‘sha joylarda hali ham qurbonliklar keltirib, tutatqi tutatardi.
5. Egamiz Uzziyoni jazolab, teri kasalligiga yo‘liqtirdi. Umrining oxirigacha bir uyda yolg‘iz yashadi. Yurt xalqini ham, shoh saroyini ham o‘g‘li Yo‘tom boshqarardi.
6. Uzziyoning boshqa ishlari, butun faoliyati “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
7. Uzziyo olamdan o‘tib, Dovud qal’asida ota– bobolari yoniga dafn qilindi. O‘rniga o‘g‘li Yo‘tom shoh bo‘ldi.
8. Uzziyo Yahudoda shohlik qilayotganiga o‘ttiz sakkiz yil bo‘lganda, Zakariyo Samariyada Isroil shohi bo‘ldi va olti oy hukmronlik qildi. Zakariyo Yorubomning o‘g‘li edi.
9. U ham, otalari kabi, Egamiz oldida qabih ishlar qilib, Isroilni gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yeribom qilgan gunohlarga ergashdi.
10. Shallun degan odam Zakariyoga qarshi fitna uyushtirdi. Shallun Yobosh deganning o‘g‘li edi. Hammaning oldida Zakariyoni o‘ldirib, o‘rniga o‘zi shoh bo‘ldi.
11. Zakariyoning boshqa ishlari “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
12. Shunday qilib, Egamizning Yohuga: “Sening nasling to‘rtinchi avlodigacha Isroil taxtida o‘tiradi”, deb aytgan va’dasi amalga oshdi.
13. Uzziyo Yahudoda shohlik qilayotganiga o‘ttiz to‘qqiz yil bo‘lganda, Shallun Isroil shohi bo‘ldi va Samariyada bir oy hukmronlik qildi.
14. Manaxim degan odam Tirzadan Samariyaga kelib, Shallunga suiqasd uyushtirdi. Manaxim Gadi deganning o‘g‘li edi. Manaxim Shallunni o‘ldirib, o‘rniga o‘zi shoh bo‘ldi.
15. Shallunning boshqa ishlari va u qilgan fitna haqida “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
16. O‘shanda Tifsax aholisi taslim bo‘lmagani uchun, Manaxim Tirzadan tortib Tifsax shahri va uning atrofidagi qishloqlarni qirdi. Hatto homilador ayollarning qorinlarini yorib tashladi.
17. Uzziyo Yahudoda shohlik qilayotganiga o‘ttiz to‘qqiz yil bo‘lganda, Manaxim Isroil shohi bo‘lgan va Samariyada o‘n yil hukmdorlik qilgan edi.
18. U Egamiz oldida qabih ishlar qilib, Isroilni gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yeribom qilgan gunohlarga umri bo‘yi ergashdi.
19. Shundan keyin Ossuriya shohi Tig‘latpilasar Isroil yerlariga hujum qildi. “Tig‘latpilasar meni qo‘llab–quvvatlasin, o‘zim shoh bo‘lib qolay”, degan maqsadda Manaxim unga 2140 pud kumush berdi.
20. Manaxim Isroildagi hamma boylarni odam boshiga ellik kumush tangadan to‘lashga majbur qilib, Ossuriya shohiga berilgan kumushning o‘rnini qopladi. Shundan so‘ng Ossuriya shohi Isroil yerlaridan chiqib, yurtiga qaytib ketdi.
21. Manaximning boshqa ishlari, uning butun faoliyati “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
22. Manaxim olamdan o‘tgach, o‘rniga o‘g‘li Pakaxiyo shoh bo‘ldi.
23. Uzziyo Yahudoda shohlik qilayotganiga ellik yil bo‘lganda, Pakaxiyo Samariyada Isroil shohi bo‘ldi va ikki yil hukmronlik qildi. Pakaxiyo Manaximning o‘g‘li edi.
24. Pakaxiyo Egamiz oldida qabih ishlar qilib, Isroilni gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yeribom qilgan gunohlarga ergashdi.
25. Pekax degan lashkarboshi Pakaxiyoga qarshi fitna uyushtirdi. Pekax Ramaliyo degan odamning o‘g‘li edi. Pekax yoniga Giladlik ellikta odamni olib, Samariyadagi shoh saroyining qal’asida Pakaxiyoni, Argob va Oreyni o‘ldirdi. Uning o‘rniga Pekaxning o‘zi shoh bo‘ldi.
26. Pakaxiyoning boshqa ishlari, butun faoliyati “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
27. Uzziyo Yahudoda shohlik qilayotganiga ellik ikki yil bo‘lganda, Pekax Samariyada Isroil shohi bo‘ldi va yigirma yil hukmronlik qildi.
28. U Egamiz oldida qabih ishlar qilib, Isroilni gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yeribom qilgan gunohlarga ergashdi.
29. Isroil shohi Pekax davrida Ossuriya shohi Tig‘latpilasar bostirib kelib, Isroilning Iyxon, Ovil–Bayt–Maxo, Yonox, Kedesh, Xazor shaharlari bilan birga Gilad, Jalila va butun Naftali hududlarini qo‘lga kiritdi hamda bu yerlardagi xalqni Ossuriyaga asir qilib olib ketdi.
30. Yahudo shohi Yo‘tom hukmronligining yigirmanchi yilida Xo‘sheya Pekaxga fitna uyushtirib, uni o‘ldirdi va o‘rniga o‘zi shoh bo‘ldi. Xo‘sheya Elox deganning o‘g‘li edi.
31. Pekaxning boshqa ishlari, butun faoliyati “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
32. Isroil shohi Pekax hukmronlik qilayotganiga ikki yil bo‘lganda, Yo‘tom Yahudo shohi bo‘ldi. Yo‘tom Uzziyoning o‘g‘li edi.
33. Yo‘tom yigirma besh yoshida shoh bo‘lib, Quddusda o‘n olti yil hukmdorlik qildi. Onasining ismi Yerusha bo‘lib, u Zodo‘xning qizi edi.
34. Yo‘tom, otasi Uzziyo kabi, Egamiz oldida to‘g‘ri ishlar qildi.
35. Ammo sajdagohlar hamon yo‘q qilinmagan, xalq o‘sha sajdagohlarda qurbonliklar keltirib, tutatqi tutatardi. Yo‘tom Egamiz uyining hovlisida Yuqori Darvozani qurdi.
36. Yo‘tomning boshqa ishlari, butun faoliyati haqida “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
37. O‘sha kunlarda Oram shohi Ratan bilan Isroil shohi Pekax Yahudoga hujum qilishlariga Egamiz yo‘l qo‘yib berdi.
38. Yo‘tom olamdan o‘tib, bobosi Dovud qal’asida ota–bobolari yoniga dafn qilindi. O‘rniga o‘g‘li Oxoz shoh bo‘ldi.

1. Isroil shohi Pekax hukmronlik qilayotganiga o‘n yetti yil bo‘lganda, Oxoz Yahudo shohi bo‘ldi. Oxoz Yo‘tomning o‘g‘li edi.
2. Oxoz yigirma yoshida shoh bo‘lib, Quddusda o‘n olti yil hukmdorlik qildi. U bobosi Dovuddan namuna olmadi, Egasi Xudo oldida to‘g‘ri ishlar qilmay,
3. Isroil shohlarining yo‘lidan ketdi. Kan’on yurtidan Egamiz quvgan qavmlarning jirkanch odatlariga taqlid qilib, hatto o‘z o‘g‘lini olovda kuydirib qurbonlik qildi.
4. Sajdagohlarda, do‘ngliklarda va har qanday yashil daraxt ostida qurbonliklar keltirib, tutatqi tutatardi.
5. Oram shohi Ratan bilan Isroil shohi Pekax Quddusni bosib olish uchun yurish qildilar. Shaharni qamal qilib tursalar–da, Oxozni yenga olmadilar.
6. Shunda Oram shohi Ratan Elet shahrini olib, u yerdagi Yahudo xalqini haydab chiqardi. Eletga joylashgan Oram xalqi hozir ham o‘sha yerda istiqomat qiladilar.
7. Oxoz Ossuriya shohi Tig‘latpilasarga: “Men sizga qaramman, qulingizman, keling, menga hujum qilayotgan Oram va Isroil shohlarining qo‘lidan meni qutqaring”, deb elchilar jo‘natdi.
8. Egamizning uyidagi va shoh saroyining xazinalaridagi oltinu kumushlarni Ossuriya shohiga hadya qilib yubordi.
9. Ossuriya shohi Oxozning iltimosiga rozi bo‘ldi. Damashqqa hujum qilib, bu shaharni bosib oldi. Shahar aholisini Xirga surib chiqardi va shoh Ratanni o‘ldirdi.
10. Shoh Oxoz Ossuriya shohi Tig‘latpilasar bilan uchrashish uchun Damashqqa borganda, u yerdagi qurbongohni ko‘rdi. Qurbongohning rejasini hamma ikir–chikirlarigacha chizib, tayyorlab, ruhoniy Uriyoga yubordi.
11. Shoh Oxoz Damashqdan qaytgunga qadar, ruhoniy Uriyo, u yuborganlari bo‘yicha, aynan o‘shanday qurbongoh qurdi.
12. Shoh Damashqdan qaytgach, yangi qurbongohni ko‘rib, uning ustida qurbonliklar keltirish uchun bordi.
13. Kuydiriladigan qurbonligini va don nazrini ado etdi, yangi qurbongoh ustiga sharob nazrini quydi, tinchlik qurbonligining qonini qurbongohga sepdi.
14. Egamizga bag‘ishlangan oldingi bronza qurbongoh yangi qurbongoh bilan Egamizning uyi orasida edi. Oxoz bronza qurbongohni bir chetga — o‘zi qurgan yangi qurbongohning shimol tomoniga ko‘chirtirib tashladi.
15. So‘ngra shoh Oxoz ruhoniy Uriyoga shunday farmon berdi: “Ertalabki kuydiriladigan qurbonlik bilan kechqurungi don nazrini, shohning kuydiriladigan qurbonligini va uning don nazrini, bundan tashqari, yurt xalqining kuydiriladigan qurbonligini, don nazrini va sharob nazrini mana shu katta qurbongoh ustida ado et. Kuydiriladigan qurbonlik bilan boshqa qurbonliklarning qonini shu qurbongohga sep. Kelajakda nima bo‘lishi menga ayon bo‘lishi uchun esa bronza qurbongohni saqla.”
16. Ruhoniy Uriyo shoh Oxozning hamma farmonini bajardi.
17. Shoh Oxoz Ossuriya shohini mamnun qilish uchun quyidagi ishlarni qildi: Xudoning uyidagi aravalarning yon to‘siqlarini ko‘chirtirib tashladi, bularning ustidagi tog‘oralarni ham oldirdi. Bronzadan qilingan buqalarning ustidan hovuzni olib, toshdan yasalgan to‘shama ustiga joylashtirdi.
18. Egamizning uyi ichkarisida qurilgan va Shabbat kuni shoh foydalanadigan joyni, shoh tashqaridan kiradigan yo‘lakni oldirib tashladi.
19. Oxozning boshqa ishlari “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
20. Oxoz olamdan o‘tib, Dovud qal’asida ota–bobolari yoniga dafn etildi. O‘rniga o‘g‘li Hizqiyo shoh bo‘ldi.

1. Yahudo shohi Oxoz hukmronlik qilayotganiga o‘n ikki yil bo‘lganda, Xo‘sheya SamariyadaIsroil shohi bo‘ldi va to‘qqiz yil hukmdorlik qildi. Xo‘sheya Eloxning o‘g‘li edi.
2. U Egamiz oldida qabih ishlar qilgan bo‘lsa ham, o‘zidan oldin o‘tgan Isroil shohlari qadar emasdi.
3. Ossuriya shohi Shalmanasar Xo‘sheyaga qarshi urush ochdi. Xo‘sheya taslim bo‘lib, Shalmanasarga o‘lpon to‘lay boshladi.
4. Lekin keyinroq Xo‘sheya Misr fir’avni So‘vaxdan yordam so‘rab xabarchilar jo‘natdi va Ossuriya shohiga har yili to‘lashi kerak bo‘lgan o‘lponni to‘lamay qo‘ydi. Xo‘sheyaning xoinlik qilganini Ossuriya shohi bilib qoldi, shuning uchun uni tutib, zindonga tashladi.
5. Shalmanasar Isroil yerlariga hujum qilib, Samariyani uch yil qamal qilib turdi.
6. Xo‘sheya to‘qqizinchi yili shohlik qilayotganda, Ossuriya shohi Samariyani qo‘lga kiritib, Isroil xalqini Ossuriyaga ko‘chirdi. Ularni Xalax shahriga, Xavor daryosi bo‘yidagi Gozan hududiga va Midiya shaharlariga joylashtirdi.
7. Isroil xalqi o‘zlarini Misr fir’avni hukmronligidan xalos qilib, Misrdan olib chiqqan Egasi Xudoga qarshi gunoh qilgan edilar. Ularning boshiga kelgan jamiki g‘am–kulfatlarning sababi shu edi. O‘sha paytlarda Isroil xalqi begona xudolarga sajda qilishar,
8. Kan’on yurtidan Egamiz quvgan qavmlarning odatlariga va Isroil shohlari o‘zlaricha joriy qilgan odatlarga binoan yashardilar.
9. O‘zlarining Egasi Xudoga ma’qul kelmaydigan ishlarni xuddi Xudodan yashirganday xufyona qilardilar. Hamma yerda — qishloqlardan tortib mustahkam shahargacha bo‘lgan joylarda sajdagohlar qurgan edilar.
10. Har bir tepalikning ustiga, har bir yashil daraxtning ostiga butsimon toshlarni, Asheraga atab ustunlar o‘rnatgan edilar.
11. Kan’on yurtidan Egamiz quvib yuborgan xalqlar singari, Isroil xalqi hamma sajdagohlarda qurbonliklar qilishardi. Ular qabih ishlari bilan Egamizni g‘azablantirardilar.
12. Egamiz: “Bunday ishlarni qilmanglar”, deb aytganiga qaramasdan, butlarga xizmat qilaverardilar.
13. Egamiz Isroil va Yahudo xalqini hamma payg‘ambarlar, valiylar orqali ogohlantirib, ularga shunday amr bergan edi: “Qabih yo‘llaringizdan qaytinglar. Mening amrlarimga, farmonlarimga itoat etinglar! Men hamma qonunlarimni ota– bobolaringizga berganman, qullarim — payg‘ambarlar orqali sizlarga yuborganman.”
14. Ammo Isroil xalqi quloq solmasdi. Otalari kabi o‘zlarining Egasi Xudoga qarshi isyon qilib, o‘jarlik qilaverardilar.
15. Egamizning farmonlaridan, ogohlantirishlaridan va otalari bilan qilgan ahdidan yuz o‘girib, betayin xudolarga sajda qilgani uchun o‘zlari ham betayin bo‘lib qolgandilar. Egamiz: “Atrofingizdagi xalqlarga o‘xshab yashamanglar”, deb ularga amr bersa ham, o‘sha xalqlarning odatlariga ko‘ra yashayverardilar.
16. Isroil xalqi o‘zlarining Egasi Xudoning hamma amrlaridan yuz o‘girgandilar. Ular topingani ikkita buzoq tasvirini va Asheraning ustunini yasadilar. Barcha samoviy jismlarga sajda qilib, Baalga xizmat etardilar.
17. O‘g‘illarini, qizlarini olovda kuydirib qurbonlik qilardilar, fol ochtirib, ta’birchilarga e’tiqod qilardilar. Egamiz oldida qabih ishlarga mukkasidan ketib, Egamizni g‘azablantiraverdilar.
18. Egamiz Isroil xalqidan qattiq g‘azablanib, ularni O‘zining huzuridan chiqarib tashlagandi. Yahudo xalqidan tashqari bironta qabila Egamizning huzurida qolmagan edi.
19. Hatto Yahudo xalqi ham o‘zlarining Egasi Xudoning amrlariga rioya qilmay qo‘ygandi. Ular Isroil xalqi joriy qilgan qabih yo‘ldan ketdilar.
20. Oqibatda Egamiz Isroilning hamma qavmidan yuz o‘girdi. Ularni talonchilarning qo‘liga berib, jazoladi. Oxiri, hammasini huzuridan uloqtirib tashladi.
21. Darvoqe, Egamiz Dovud xonadonidan Isroilni tortib olgandan keyin, Isroil xalqi Nabat o‘g‘li Yeribomni shoh qilgan edi. Yeribom Isroil xalqini Egamizning yo‘lidan ozdirib, og‘ir gunohga botirdi.
22. Isroil xalqi Yeribom qilgan hamma gunohlarga ergashdi, bu gunohlardan qaytmadi.
23. Natijada Egamiz payg‘ambar qullari orqali aytganiday, Isroil xalqini O‘z huzuridan quvgan va Isroil xalqi o‘z yurtlaridan Ossuriyaga surgun qilingan edilar. Ular hozirgacha o‘sha yerda yashaydilar.
24. Bobildan, Go‘sax, Ivvax va Sefarvayim shaharlaridan Ossuriya shohi odamlar olib kelib, Samariya shaharlarida Isroil xalqi o‘rniga joylashtirdi. Ular Samariyani egallab, Samariya shaharlarida istiqomat qila boshladilar.
25. Ular bu joylarga dastlab o‘rnashganlarida Egamizga sajda qilmadilar. Shuning uchun Egamiz Samariya shaharlariga arslonlar yubordi. Arslonlar o‘sha xalqlardan ba’zi odamlarni o‘ldirdi.
26. So‘ngra Ossuriya shohiga quyidagicha xabar jo‘natildi: “Siz Samariya shaharlariga ko‘chirib kelib o‘rnashtirgan xalqlar bu yurtning xudosi qonun–qoidalarini bilmayaptilar. Shuning uchun o‘sha xudo bu yerga arslonlar yuboryapti, odamlar esa arslonlarga yem bo‘lyapti.”
27. Shundan keyin Ossuriya shohi quyidagicha farmon berdi: “Samariyadan ko‘chirib yuborilgan ruhoniylardan birortasini o‘sha yerga qaytarib olib boringlar. Ruhoniy o‘sha yurtga borib yashasin va Samariyaning xudosi qonun–qoidalarini o‘sha yerdagi xalqlarga o‘rgatsin.”
28. Samariyadan ko‘chirib yuborilgan ruhoniylardan biri qaytib kelib, Baytilda istiqomat qila boshladi. U o‘sha yerda o‘rnashgan xalqlarga Egamizga qanday sajda qilishni o‘rgatishga kirishdi.
29. Lekin Samariya shaharlariga joylashgan har bir xalq o‘z xudolarining tasvirini yasayverdilar. Isroil xalqi Samariyada yashaganda barpo qilgan sajdagohlarga o‘sha xudolarning tasvirini qo‘ydilar.
30. Bobilliklar xudo Suxo‘tvano‘tning, Xutliklar xudo Nargalning, Xomatliklar xudo Oshimaning,
31. Ivvaxliklar esa xudo Nivxaz va Tartoqning tasvirlarini yasab, o‘sha xudolarga sajda qildilar. Sefarvayimliklar o‘zlarining xudolari Odrammalek va Anammalekka bolalarini kuydirib qurbonlik qildilar.
32. Ular ham Egamizga sajda qildilar, ayni paytda begona xudolarning sajdagohlarida xizmat qilish uchun oralaridan ruhoniylar ham saylab oldilar.
33. Ular Egamizga sajda qilish bilan birga, oralaridan ko‘chib kelgan xalqlarning odatlariga muvofiq o‘zlarining xudolariga ham xizmat qilaverdilar.
34. O‘sha xalqlar bugungacha eski odatlari bo‘yicha yashab keladilar: na Egamizdan qo‘rqadilar, na Egamiz Isroil otini bergan odam — Yoqubning o‘g‘illariga qilgan farmonlarga, qoidalarga, qonun va amrlarga itoat etadilar.
35. Zotan, Egamiz Yoqub o‘g‘illari bilan ahd tuzib, shunday amr etgan edi: “Begona xudolarga sajda qilmanglar, ta’zim qilmanglar, u xudolarga xizmat qilmanglar, qurbonlik qilmanglar.
36. Faqat buyuk qudrati va ajoyibotlari bilan sizlarni Misrdan olib chiqqan Men, Egangizga sajda qilinglar. Menga ta’zim qilib, qurbonlik keltiringlar.
37. Sizlar uchun yozgan farmonlarimni, qoidalarimni, qonunlarimni va amrlarimni to abad ijro etinglar va begona xudolarga sajda qilmanglar.
38. Sizlar bilan tuzgan ahdimni unutmanglar, begona xudolarga sajda qilmanglar.
39. Faqat Men, Egangiz Xudoga sajda qilinglar. Shunda Men sizlarni hamma g‘animlaringiz qo‘lidan xalos qilaman.”
40. Samariyaga o‘rnashgan xalqlar esa Egamizning amrlariga quloq solmasdan ilgarigi odatlariga ko‘ra yashayverdilar.
41. Bu xalqlar bir paytning o‘zida ham Egamizga sajda qilar, ham o‘yib ishlangan tasvirlarga xizmat qilardilar. Ularning bolalari va nabiralari ham bugungacha otalari kabi yashaydilar.

1. Isroil shohi Xo‘sheya hukmronlik qilayotganiga uch yil bo‘lganda, Hizqiyo Yahudo hukmdori bo‘ldi. Hizqiyo Oxozning o‘g‘li edi.
2. Hizqiyo yigirma besh yoshda edi. U Quddusda yigirma to‘qqiz yil shohlik qildi. Onasining ismi Abiyo bo‘lib, Zakariyo degan odamning qizi edi.
3. Hizqiyo, bobosi Dovud kabi, Egamiz oldida to‘g‘ri ishlar qildi.
4. U sajdagohlarni yo‘qotdi, butsimon toshlarni parchalab tashladi, Asheraning ustunlarini kesdi. Muso bronzadan yasagan Naxushton nomli ilon tasvirini ham sindirdi. Chunki Isroil xalqi o‘sha kungacha bronza ilon tasviriga qurbonlik keltirardi.
5. Hizqiyo Isroil xalqining Xudosi — Egamizga ishonardi. Hizqiyogacha ham, undan keyin ham Yahudo shohlari orasida unga o‘xshagani bo‘lmadi.
6. Hizqiyo Egamizga nihoyatda sodiq bo‘lib, Uning yo‘llaridan ozmadi. Egamiz Musoga bergan amrlarni ijro etdi.
7. Egamiz Hizqiyo bilan bo‘ldi. Hizqiyo nima ish qilmasin, Egamiz uni barakali qildi. U Ossuriya shohiga itoat qilmay, unga qarshi bosh ko‘tardi.
8. Hamma joyda — G‘azo va uning atroflarigacha, qishloqlardan tortib mustahkam shahargacha bo‘lgan joylarda Filistlarni mag‘lub qildi.
9. Hizqiyo shohligining to‘rtinchi yilida Ossuriya shohi Shalmanasar Samariyaga hujum qilib, qamal qildi. Bu paytda Isroil shohi Xo‘sheya yettinchi yil shohlik qilayotgan edi.
10. Qamalning uchinchi yilida Samariya quladi. Hizqiyo hukmronligining oltinchi yilida va Isroil shohi Xo‘sheya hukmronligining to‘qqizinchi yilida Shalmanasar Samariyani oldi.
11. Ossuriya shohi Isroil xalqini Ossuriyaga ko‘chirib, ularni Xalax shahriga, Xavor daryosi bo‘yidagi Gozan hududiga va Midiya shaharlariga joylashtirdi.
12. Ular o‘zlarining Egasi Xudoning amriga quloq solmaganlari uchun, Uning ahdini buzganlari uchun, Egamizning quli Musoning hamma amrlariga quloq solmay, ijro etmaganlari uchun shu hodisalar yuz berdi.
13. Hizqiyo shohligining o‘n to‘rtinchi yilida, Ossuriya shohi Sanxariv Yahudoning hamma mustahkam shaharlariga hujum qilib, bosib oldi.
14. Yahudo shohi Hizqiyo Laxish shahrida turgan Ossuriya shohiga shunday xabar yubordi: “Men aybdorman, mening yurtimdan keting, nimani talab qilsangiz, rozi bo‘laman.” Ossuriya shohi Yahudo shohi Hizqiyoga 640 pud kumush va 64 pud oltinni o‘lpon qilib to‘lashga majbur qildi.
15. Hizqiyo hamma kumushni Egamizning uyidan va shoh saroyining xazinalaridan topib, unga berdi.
16. Hizqiyo yana Egamizning uyi eshiklari bilan eshik kesakilari ustiga ilgari o‘zi qoplatgan oltin qoplamalarni ham chiqarib olib, Ossuriya shohiga berdi.
17. Keyin Ossuriya shohi o‘zining bosh qo‘mondoni, bosh vaziri va mulozimi boshchiligida katta lashkarni Laxishdan Quddusga, shoh Hizqiyoning ustiga safarbar qildi. Lashkar Quddusga borayotib, Yuqori Hovuz arig‘i yonida to‘xtadi. Bu ariq kir yuvuvchining dalasiga boradigan yo‘l yonida edi.
18. Ular shoh Hizqiyoga xabarchi yuborgan edilar, Xilqiyo o‘g‘li — bosh vazir Eliyaqim, kotib Shavna va Osif o‘g‘li — mushovir Yo‘x Ossuriyaliklarning yoniga bordilar.
19. Mulozim ularga shunday dedi: “Ulug‘ Ossuriya shohining shu gaplarini Hizqiyoga yetkazing: ‘Nimangga ishonyapsan o‘zi?
20. Harbiy mahoratingdan va kuch–qudratingdan gapiryapsan, lekin bular quruq gaplar–ku. Kimingga ishonib menga itoat etmayapsan?
21. Ha, sen Misrga ishonyapsan. Lekin Misr yoriq qamishdan qilingan hassaga o‘xshaydi–ku. Unga suyansang, qo‘lingga sanchiladi. Misr fir’avni unga ishonganlar uchun o‘sha yoriq qamishdir.
22. Balki menga: «Biz Egamiz Xudoga ishonamiz», deb aytarsizlar. Ha, Hizqiyo Yahudo xalqi va Quddusliklarga: «Faqat Quddusda, shu qurbongohning oldida sajda qilinglar», deb aytgan. Lekin u yo‘q qilgan sajdagohlar va qurbongohlar Egangizniki emasmidi?!’
23. Kelinglar, janobi oliylari Ossuriya shohi nomidan sizlar bilan garov o‘ynaymiz. Sizlarga ikki mingta ot bersak, otlarni mina oladigan odamlar topa olasizlarmi?!
24. Misrning jang aravalari va otliqlari yordami bilan ham janobi oliylarining eng zaif lashkarboshisini yenga olarmidilaring?!
25. Qolaversa, bizni Egangizning xohishisiz bu yerni vayron qilishga kelgan, deb o‘ylayapsizlarmi? Egangizning O‘zi bizga: ‘Bu yurtga borib, u yerni vayron qil’, deb amr bergan– ku!”
26. Eliyaqim, Shavna va Yo‘x mulozimga aytdilar: — Bu qullaringga oramiycha gapiraver, oramiychani tushunamiz. Ibroniycha gapirma. Devor ustidagilar bizning gapimizni eshitib qoladi.
27. Shunda mulozim: — Janobi oliylari bu so‘zlarni faqat hukmdoringizga va sizlarga gapirsin, deb meni yuboribdimi?! — deb javob berdi. — Devor ustida to‘plangan odamlarga ham gapiryapman–da. Ular ham, sizlar kabi, tezaklarini yeb, siydiklarini ichishga giriftor qilingan.
28. So‘ngra u tik turib, baland ovoz bilan ibroniycha gapirdi: “Ulug‘ Ossuriya shohining gaplarini eshiting!
29. Shoh hazratlari shunday aytmoqda: ‘Hizqiyo sizlarni yo‘ldan urmasin. U sizlarni mening qo‘limdan qutqara olmaydi.
30. Hizqiyo: «Egamiz bizni albatta qutqaradi, bu shahar Ossuriya shohi qo‘liga berilmaydi», deb sizlarni Egangizdan umidvor qilmasin.’
31. Hizqiyoga itoat qilmanglar. Chunki Ossuriya shohi aytmoqda: ‘Men bilan sulh tuzib, mening oldimga chiqinglar. Shunda har kim o‘z uzumzori hosilidan va anjir daraxti mevasidan tanovul qilishiga, o‘z sardobasidan suv ichishiga ijozat beriladi.
32. So‘ngra men sizlarni o‘z o‘lkangizga o‘xshagan bir yurtga olib boraman. U joy bug‘doy, sharob, non, uzum, zaytun moyi va asal yurtidir. O‘limni emas, hayotni tanlanglar. «Egamiz bizni qutqaradi», deb sizlarni aldamoqchi bo‘lgan Hizqiyoga quloq solmanglar.
33. Qaysi xalqning xudosi o‘z yurtini Men, Ossuriya shohining qo‘lidan qutqaribdi?!
34. Xomat bilan Arpadning xudolari qani? Sefarvayim, Xana va Ivvaxning xudolari qani? Ular Samariyani mening qo‘limdan qutqara olmadilar–ku!
35. Jamiki xalqlarning xudolaridan qaysi biri o‘z yurtini mening qo‘limdan qutqaribdiki, Egangiz Quddusni qutqara olsa?!’”
36. Xalq jim qoldi, birontasi ham javob bermadi. Chunki shoh Hizqiyo: “Uning gapiga javob qaytarmanglar”, deb farmon bergan edi.
37. Shundan keyin bosh vazir Eliyaqim, kotib Shavna va mushovir Yo‘x qayg‘udan liboslarini yirtib, Hizqiyoning oldiga keldilar–da, Ossuriya shohi mulozimining gaplarini Hizqiyoga aytib berdilar.

1. Shoh Hizqiyo yuz bergan voqealarni eshitgach, qayg‘udan liboslarini yirtib, qanorga o‘ranib, Egamizning uyiga bordi.
2. Bosh vazir Eliyaqimni, kotib Shavnani va oqsoqol ruhoniylarni Omiz o‘g‘li Ishayo payg‘ambar huzuriga yubordi. Hammalari qanorga o‘ranib olgan edilar.
3. Ular Ishayoning huzuriga borib, shunday dedilar: — Hizqiyo aytyaptiki: “Bugun jafo chekyapmiz, jazo olyapmiz, sharmanda bo‘lyapmiz. Biz ko‘zi yoriyotgan, lekin tug‘ish uchun madori qolmagan ayolga o‘xshaymiz.
4. Barhayot Xudoni tahqirlash uchun Ossuriya shohi o‘zining mulozimini yuboribdi. Mulozimning so‘zlarini koshkiydi Egangiz Xudo eshitsa–yu, o‘sha so‘zlari uchun ularni jazolasa. Endi qolganlar uchun iltijo qil.”
5. Shoh Hizqiyoning a’yonlari Ishayo huzuriga kelgach,
6. Ishayo ularga shunday dedi: — Shohingizga shu gaplarni yetkazinglar: “Egamiz shunday aytmoqda: ‘Ossuriya shohining qullari Meni haqoratlab aytgan so‘zlardan qo‘rqma.
7. Uning ichiga bir ruh yuborganimdan keyin, u bir mish–mishni eshitib, o‘z yurtiga qaytib ketadi. Unga o‘z yurtida ajal keltiraman.’”
8. Ossuriya shohi Sanxarivning Laxish shahridan qaytib ketganini eshitib, shohning mulozimi ham orqasiga qaytdi. Shohni Libna shahriga qarshi urishayotgan yerida topdi.
9. Sanxariv: “Habashiston shohi Tirxoqo sen bilan urush qilgani otlandi” degan xabarni eshitdi. U Habashistonga qarshi jang boshlashdan oldin Yahudo shohi Hizqiyoga yana odamlari orqali shu gapni yetkazdi:
10. “Umid qilgan xudoying: ‘Quddus Ossuriya shohiga taslim bo‘lmaydi’, deb seni aldamasin.
11. Ossuriya shohlari butun yurtlarni yer bilan yakson qilib, ularni qanday ahvolga solganini eshitgansan. Endi sen qutulib qolmoqchi bo‘lyapsanmi?!
12. Otalarim qancha xalqlarni xonavayron qilgan edi, lekin ularni xudolari saqlab qolmadi–ku! Gozan, Xoron, Razaf aholisini, Talassarda yashagan Eden xalqlarini o‘zlarining xudolari saqlab qola oldimi?!
13. Qani, ayt–chi, Xomat shahrining shohi qani endi?! Arpad, Sefarvayim, Xana, Ivvax shaharlarining shohlari qayerda?!”
14. Hizqiyo xabarchilarning qo‘lidan maktubni olib o‘qigach, Egamizning uyiga kirdi. Maktubni Egamizning oldida ochib, yerga yoydi va
15. yolvorib ibodat qildi: “Ey, ikki karub orasida taxt qurgan Isroil xalqining Xudosi — Egamiz! Butun yer yuzidagi shohliklarning tanho Xudosi Sensan. Osmonni va yerni Sen yaratgansan.
16. Ey, Egam! Quloq solib, eshit, ko‘zlaringni ochib, qara. Sanxariv nimalar aytganini, u barhayot Xudoni qanday haqoratlaganini bilib qo‘y.
17. Ey, Egamiz! Biz bilamizki, Ossuriya shohlari bir qancha xalqlarni va ularning yurtlarini vayron qilganlar.
18. O‘sha xalqlarning xudolarini olovda yoqib, yo‘q qilganlar. Chunki o‘sha narsalar xudolar emas, balki inson qo‘li bilan yog‘ochdan, toshdan yasalgan narsalar edi.
19. Ey, Egamiz Xudo! Endi Sen bizni Sanxarivning qo‘lidan qutqargin, toki butun yer yuzidagi shohliklar Sening tanho Xudo ekaningni bilishsin, ey, Egamiz!”
20. Hizqiyoga Ishayo payg‘ambar shunday xabar yubordi: “Isroil xalqining Xudosi — Egamiz aytmoqda: ‘Ossuriya shohi Sanxariv haqida qilgan iltijolaringni eshitdim.’
21. Egamiz unga qarshi shu so‘zlarni menga ayon qildi: ‘Bokira qiz Quddus sendan nafratlanar, Ustingdan kular. Qiz Quddus orqangdan masxara qilar, Boshini chayqar.
22. Kimni haqorat qilding o‘zi? Kimni tahqirlading? Kimga qo‘rs gapirding? Kiborlarcha boqding, hey? Isroilning haqiqiy Xudosiga!
23. Xabarchilaring orqali Men, Rabbiyni haqorat qilding. O‘zing haqingda aytdingki: «Jang aravalari bilan Zabt etdim tog‘ cho‘qqilarini. Yetib bordim Lubnondagi inson qadami yetmagan joylarga. Qo‘pordim eng baland sadr daraxtlarini, Ham eng sara sarv daraxtlarini. Yetib bordim Lubnonning eng kimsasiz maskanlariga, Hatto o‘rmondagi eng qalin daraxtzorlariga.
24. Begona yurtlarda quduqlar qazidim, Suvlaridan shimirdim, chanqog‘im qondi. Quritdim Misrning hamma daryolarin Oyog‘im kafti bilan.»
25. Eshitmaganmisan, ey, Sanxariv, Ancha oldin mo‘ljallab qo‘ygan edim buni. Azaldan reja qilgan edim buni. Endi amalga oshirdim buni. Vayronaga aylantirgizdim Mustahkam shaharlarini.
26. Qo‘l, qanoti qirqildi shahar ahlining. Vahimaga tushib, bo‘ldilar sharmanda. Dalada o‘sgan o‘tga, Yangi maysalarga, Tomlarda o‘sgan maysalarga o‘xshab, O‘smasdan oldin qurib qoldilar.
27. Lekin seni bilaman: qanday o‘tirasan, Qachon kelib, qachon ketasan. Bilaman: Mendan g‘azabdasan.
28. Mendan g‘azablangan eding, Manmanliging yetib keldi qulog‘imga, shu bois O‘tkazaman burningdan halqamni, Og‘zingdan suvlig‘imni. Qaytarib olib keturman seni Kelgan yo‘lingdan.’
29. Sen uchun alomat shu bo‘ladi, ey, Hizqiyo: bu yil o‘zicha o‘sib chiqib pishgan narsani tanovul qilasizlar, ikkinchi yil — o‘rnidan o‘sib chiqqanini. Uchinchi yil urug‘ ekib hosil o‘rasiz, uzumzorlar barpo qilib, mevasin tanovul qilasiz.
30. Yahudo xalqining qutulib qolganlari yana quyiga ildiz otajak va yuqorida meva berajak.
31. Xalqning qolgani Quddusdan kelar, qutulganlari — Sion tog‘idan. Sarvari Olam buning yuz berishini qat’iy qilib qo‘ygan.
32. Ossuriya shohi to‘g‘risida Egamiz shunday aytmoqda: ‘Sanxariv bu shaharga kirolmas, o‘qlar otolmas, shaharga yaqinlashmas qalqoni bilan, shahar devoriga qiyalatib tuproq uydirmas.
33. Kelgan yo‘lidan qaytib ketar, shaharga kirmas, — deb aytmoqda Egamiz.
34. — O‘zim uchun, qulim Dovudning haqi–hurmati uchun bu shaharni saqlayman, qo‘riqlayman.’”
35. O‘sha kechasi Egamizning farishtasi Ossuriyaliklarning qarorgohiga borib, 185.000 kishini o‘ldirdi. Ertasiga uyg‘onib qarasalar, qarorgoh jasadga to‘lib ketibdi.
36. Ossuriya shohi Sanxariv qarorgohni tashlab, orqaga qaytdi. Naynavoga kelib, o‘sha yerda to‘xtadi.
37. Sanxariv o‘z xudosi Nisroxning uyida sajda qilayotganda, o‘g‘illaridan Odrammalek bilan Sarizar unga bir qilich urgan edilar, u o‘ldi. Ikkovi ham Ararat yurtiga qochib ketdi. Sanxarivning o‘rniga o‘g‘li Isarxaddo‘n shoh bo‘ldi.

1. O‘sha kunlari Hizqiyo qattiq kasal bo‘lib qoldi. Ishayo payg‘ambar uning huzuriga kelib, shunday dedi: “Egamiz shunday aytmoqda: ‘Tayyorgarligingni ko‘rib qo‘yaver, tuzalmaysan endi, o‘lasan.’”
2. Hizqiyo yuzini devorga burib, Egamizga yolvordi:
3. “Ey, Egam! Chin qalbimdan Senga sodiq bo‘lib, yo‘llaringdan yurganimni va oldingda to‘g‘ri ishlar qilganimni esla.” Shunday deb achchiq–achchiq yig‘ladi.
4. Ishayo saroyning ichkari hovlisidan chiqib ulgurmagan ham ediki, Egamiz unga quyidagi so‘zlarini ayon qildi:
5. “Orqangga qaytib borib, xalqimning hukmdori Hizqiyoga shu xabarni yetkaz: ‘Bobong Dovudning Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: «Iltijolaringni eshitdim, ko‘z yoshlaringni ko‘rdim. Senga sog‘ligingni qaytaraman. Uchinchi kuni Mening uyimga chiqasan.
6. Umringni yana o‘n besh yilga uzaytiraman. O‘zingni va bu shaharni Ossuriya shohining qo‘lidan xalos qilaman. O‘zim uchun va qulim Dovudning haqi–hurmati uchun bu shaharni muhofaza qilaman».’”
7. Shundan keyin Ishayo: “Anjir shirasi keltiringlar, shirani olib kelgach, yaraning ustiga qo‘yinglar, shunda Hizqiyo sog‘ayadi”, dedi.
8. Hizqiyo Ishayodan: — Egamiz meni sog‘aytirgandan keyin, uchinchi kuni Egamizning uyiga chiqar ekanman, buning alomatini nima isbotlaydi? — deb so‘radi.
9. Ishayo shunday javob berdi: — Egamiz bergan va’dasini bajarishini isbotlab, senga alomat ko‘rsatadi. Soya Oxozning zinapoyasidan o‘n qadam oldinga ketsinmi yoki o‘n qadam orqaga surilsinmi?
10. — Soya zinapoyadan o‘n qadam ilgari ketmog‘i odatdagi holdir, shuning uchun o‘n qadam orqaga surilsin, — dedi Hizqiyo.
11. Payg‘ambar Ishayo Egamizga iltijo qilgan edi, Egamiz soyani Oxozning zinapoyasidan o‘n qadam orqaga surdi.
12. O‘sha paytda Hizqiyoning xastaligini eshitgan Bobil shohi Marduxbaladon, unga maktub bilan birga hadyalar ham jo‘natdi. Marduxbaladon Baladon deganning o‘g‘li edi.
13. Hizqiyo elchilarni qabul qildi. Xazinasidagi bor narsa — omborlardagi hamma qimmatbaho ashyolarini, oltinni, kumushni, xushbo‘y hidli ziravorlarni va moylarni, qurol–yarog‘ omborini, omborlaridagi hamma narsalarni ularga ko‘rsatdi. Hizqiyo saroyidagi va o‘z hukmronligi ostidagi yerlarda bor bo‘lgan hamma narsani elchilarga ko‘rsatdi.
14. Ishayo payg‘ambar shoh Hizqiyoning huzuriga kelib: — Bu odamlar qayerdan kelibdilar? Senga nima dedilar? — deb so‘radi. — Uzoq bir yurtdan, Bobildan kelibdilar — deb javob berdi Hizqiyo.
15. Ular saroyingda nimani ko‘rdilar? — deb so‘radi Ishayo. — Saroyimdagi hamma narsani ko‘rdilar, — deya javob berdi Hizqiyo. — Xazinalarimda men ularga ko‘rsatmagan hech narsa qolmadi.
16. Shunda Ishayo aytdi: — Endi Egamizning so‘ziga quloq sol.
17. Egamiz aytmoqdaki: “Bir kun kelib, saroyingdagi hamma narsa, ota–bobolaringning bugungacha to‘plab qoldirganlari Bobilga tashib ketiladi. Hech narsa qolmaydi.
18. Sening pushti–kamaringdan bo‘lgan o‘g‘illaringdan ba’zilari ham olib ketiladi, ular Bobil shohining saroyida bichilgan qul bo‘ladi.”
19. Hizqiyo Ishayoga: — Egamiz sen orqali aytgan so‘zlar xosiyatlidir, — dedi–da, ichida: “Nima bo‘lgandayam, umrim oxirigacha tinch, xotirjam yashar ekanman–ku”, deb o‘yladi.
20. Hizqiyoning boshqa ishlari, qahramonliklari, hovuz va quvur qazib, qanday qilib shaharga suv keltirgani to‘g‘risida “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
21. Hizqiyo olamdan o‘tgach, o‘rniga o‘g‘li Manashe shoh bo‘ldi.

1. Manashe o‘n ikki yoshida shoh bo‘lib, Quddusda ellik besh yil hukmdorlik qildi. Onasining ismi Xafzibo edi.
2. U Egamiz oldida qabih ishlar qildi. Egamiz xalqi Isroilning oldidan quvib yuborgan xalqlarning jirkanch odatlariga ergashdi.
3. Otasi Hizqiyo yo‘q qilgan sajdagohlarni qaytadan barpo etdi. U Isroil shohi Axab kabi, Baalga atab qurbongohlar qurdi, Asheraning ustunini o‘rnatdi. Barcha samoviy jismlarga sajda qilib xizmat etdi.
4. Manashe Egamizning ulug‘lanishi kerak bo‘lgan uyida begona xudolarga atab qurbongohlar qurdi.
5. Egamiz uyining ikkala hovlisida ham jamiki samoviy jismlarga sajda qilish uchun qurbongohlar barpo qildirdi.
6. O‘g‘lini olovda kuydirib qurbonlik qildi, follar ochtirdi, ta’birchilarga e’tiqod qildi, arvoh chaqiruvchilarga maslahat soldi. Egamiz oldida ko‘p qabih ishlar qilib, Uni g‘azablantirdi.
7. Manashe Asheraga atab o‘yib ishlangan ustunni Egamizning uyiga qo‘ydi. Egamiz bu uy to‘g‘risida Dovud bilan uning o‘g‘li Sulaymonga shunday degan edi: “Men bu uyni va Quddusni Isroil qavmlari yashaydigan maskanlar orasidan tanlab olganman. Men to abad o‘sha yerda ulug‘lanaman.
8. Ular amrlarimni ado etsalar, qulim Muso amr etgan hamma qonunlarga rioya qilsalar, Isroil xalqining ota–bobolariga Men bergan yerdan ular haydalishiga yo‘l qo‘ymayman.”
9. Ammo xalq quloq solmadi. Manashe xalqni shu qadar yo‘ldan ozdirdiki, Kan’on yurtidan Egamiz yo‘qotib yuborgan xalqlardan ham ko‘ra, ko‘proq qabih ishlar qildilar.
10. Egamiz O‘z qullari — payg‘ambarlar orqali shunday dedi:
11. — Yahudo shohi Manashe jirkanch ishlar qilgani, o‘zidan oldingi Amor xalqlaridan ham battar qabihliklar qilgani, butlar yasab, Yahudo xalqini gunohga botirgani uchun Men, Isroil xalqining Xudosi — Egangiz aytmoqdaman:
12. “Quddusning va Yahudo xalqining boshiga shunday falokat keltiramanki, bu falokatni eshitganlarning boshidan hushi uchadi.
13. Samariyaga qarshi ishlatgan o‘lchov ipini va Axabning xonadoniga qarshi ishlatgan shoqulni Quddusga qarshi ishlataman. Bir odam kosasini qanday artib tozalab, to‘nkarib qo‘ysa, Quddusni ham kosaga o‘xshatib top–toza qilib yo‘q qilib yuboraman.
14. Merosim — Isroil xalqining qolganlaridan yuz o‘giraman va g‘animlarining qo‘liga taslim ettiraman. G‘animlar Quddus aholisini talon–taroj qiladi, o‘lja qilib olib ketadi.
15. Chunki ular oldimda qabih ishlar qildilar. Ota–bobolari Misrdan chiqqan kundan bugungacha bu xalq Meni g‘azablantirib keladilar.”
16. Manashe shunchalik ko‘p aybsiz qon to‘kdiki, Quddusni bu boshidan narigi boshigacha qonga botirdi. Qon to‘kishdan tashqari, Yahudo xalqini gunohga botirdi, ular Egamiz oldida qabihliklar qildilar.
17. Manashening boshqa ishlari, butun faoliyati, qilgan gunohlari haqida “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
18. Manashe olamdan o‘tdi va saroyidagi Uzzo degan boqqa dafn etildi. O‘rniga o‘g‘li Omon shoh bo‘ldi.
19. Omon shoh bo‘lganda yigirma ikki yoshda edi. U Quddusda ikki yil hukmdorlik qildi. Onasining ismi Mashullamot bo‘lib, Yotbaxlik Xoruzning qizi edi.
20. Omon ham, otasi Manashe kabi, Egamiz oldida qabih ishlar qildi.
21. Xuddi otasi yurgan yo‘llardan yurib, o‘sha butlarga xizmat etib, sajda qildi.
22. Ota–bobolarining Xudosi — Egamizdan yuz o‘girib, Uning yo‘lidan yurmadi.
23. Shoh Omonning a’yonlari fitna uyushtirib uni o‘z saroyida o‘ldirdilar.
24. Yahudo xalqi o‘z shohi Omonga fitna uyushtirganlarning hammasini o‘ldirib, o‘rniga o‘g‘li Yo‘shiyoni shoh qilib ko‘tardilar.
25. Omonning boshqa ishlari “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
26. Omon Uzzo bog‘ida ota–bobolari xilxonasiga dafn etildi. Uning o‘rniga o‘g‘li Yo‘shiyo shoh bo‘ldi.

1. Yo‘shiyo sakkiz yoshida shoh bo‘lib, Quddusda o‘ttiz bir yil hukmdorlik qildi. Onasining ismi Yodido bo‘lib, Bozxatlik Odayoning qizi edi.
2. Yo‘shiyo Egamiz oldida to‘g‘ri ishlar qildi. O‘ngga ham, chapga ham og‘masdan, bobosi Dovudning yo‘lidan yurdi.
3. Yo‘shiyoning Shofon degan kotibi bor edi. Shofon Mashullom degan odamning nabirasi, Ozaliyo deganning o‘g‘li edi. Yo‘shiyo o‘z shohligining o‘n sakkizinchi yilida Shofonni Egamizning uyiga yuborayotib, unga shu gaplarni aytdi:
4. “Oliy ruhoniy Xilqiyoning huzuriga bor. Darvozabonlar xalqdan to‘plab, Egamizning uyiga keltirgan kumushlarni u hisoblab chiqsin.
5. So‘ngra kumushlarni Egamizning uyida mehnat qilayotgan ishboshilarga bersin. Ishboshilar esa kumushlarni olib, Egamizning uyidagi buzilgan joylarni tuzatayotganlarga, duradgorlarga, binokorlarga, tosh teruvchilarga bersinlar.
6. Uyning tuzatilishi uchun lozim bo‘lgan yog‘ochni, yo‘nilgan toshni ham o‘sha kumushga sotib olishsin.
7. Ularga berilgan kumushning hisobi so‘ralmasin, chunki ular halol ishlashyapti.”
8. Oliy ruhoniy Xilqiyo kotib Shofonga: “Egamizning uyidan Tavrot kitobi topib oldim”, deb kitobni Shofonga berdi. Shofon kitobni o‘qidi.
9. Keyin shohning huzuriga borib: “Xizmatkorlaringiz Egamizning uyidagi kumushlarni olib, o‘sha yerdagi ishboshilarga berdilar”, deb hisobot berdi.
10. Keyin u shohga: “Ruhoniy Xilqiyo menga kitob berdi”, dedi–da, ovoz chiqarib shohga kitobni o‘qib berdi.
11. Shoh Tavrotda yozilgan so‘zlarni eshitgach, qayg‘udan liboslarini yirtib tashladi.
12. Keyin ruhoniy Xilqiyoga, Shofon o‘g‘li Oxixamga, Mixiyo o‘g‘li Axborga, kotib Shofonga va o‘zining mulozimi Osoyohga shunday farmon berdi:
13. “Boringlar, topilgan bu kitobdagi so‘zlarga muvofiq, men to‘g‘rimda ham, butun Yahudo xalqi to‘g‘risida ham Egamizning xohish–irodasini bilinglar. Otalarimiz bu kitobdagi so‘zlarga quloq solmaganlari, hammamiz uchun yozilgan bu so‘zlarga rioya qilmaganlari uchun, Egamizning dahshatli g‘azabi bizga qarshi g‘oyatda alanga olgan.”
14. Ruhoniy Xilqiyo, Oxixam, Axbor, Shofon va Osoyoh payg‘ambar Xulda huzuriga borib, unga maslahat soldilar. Xulda Egamizning uyidagi muqaddas liboslar posboni Shallunning xotini edi. Shallun Tixvoning o‘g‘li, Xarxasning nabirasi edi. Xulda Quddusning Yangi dahasida yashardi.
15. Xulda ularga shunday dedi: — Isroil xalqining Xudosi — Egamiz aytmoqda: “Sizlarni Mening huzurimga yuborgan odamga shu gaplarimni aytinglar:
16. Yahudo shohi o‘qigan kitobda yozilganday, bu yurtga ham, bu yurtda yashayotgan xalqqa ham falokat keltiraman.
17. Ular Mendan yuz o‘girganlari, boshqa xudolarga qurbonliklar keltirib, o‘z qo‘llari bilan yasagan butlar tufayli qahrimni keltirganlari uchun, bu yurtga qarshi g‘azabim alangalanadi va aslo bosilmaydi.”
18. Egamizning xohish–irodasini bilish uchun sizlarni yuborgan Yahudo shohiga shu xabarni beringlar: “Isroil xalqining Xudosi — Egamiz eshitgan so‘zlaring to‘g‘risida shuni aytmoqda:
19. bu yurt vayron bo‘lib, bu yurtda yashaganlar la’nati bo‘lsin, degan so‘zlarimni eshitganingdan keyin, yuraging yumshadi, Menga bo‘yin egding, qayg‘udan liboslaringni yirtib, huzurimda nola qilding. Men ham iltijolaringni eshitdim.
20. Shunga ko‘ra, sen ota–bobolaring yoniga xotirjam ketasan, o‘z qabringga dafn etilasan. Bu yurtga Men keltiradigan jamiki falokatlarni sen ko‘rmaysan.” Xilqiyo va uning hamrohlari bu xabarni shohga yetkazdilar.

1. Shoh Yo‘shiyo xabar berib, Yahudo va Quddusning hamma oqsoqollarini huzuriga to‘pladi.
2. Jamiki Yahudo xalqi va Quddus aholisi, ruhoniylar, payg‘ambarlar, zodagonlaru avom xalq shoh boshchiligida Egamizning uyiga bordi. Shoh Egamizning uyidan topilgan Ahd kitobini boshidan oxirigacha ularning oldida o‘qidi.
3. Shoh Egamizning uyi eshigi oldidagi ustun yonida turib: “Egamiz ko‘rsatgan yo‘ldan yuraman, amrlariga itoat etaman, shartlariga, farmonlariga butun qalbim bilan, jonu dilim bilan quloq solaman, bu kitobda yozilgan ahd so‘zlarini ado etaman”, deb Egamiz bilan qayta ahd qildi. Butun xalq bu ahdga qo‘shildi.
4. Shoh Yo‘shiyo: “Baalga, Asheraga va barcha samoviy jismlarga atab qilingan narsalar Egamizning uyidan olib chiqib tashlansin”, deb oliy ruhoniy Xilqiyoga, undan keyingi ruhoniylarga, Egamizning uyi darvozabonlariga farmon berdi. O‘sha buyumlarni Quddus tashqarisidagi Qidron soyligiga chiqartirib yoqdi, kulini Baytilga olib keltirdi.
5. Yahudo shohlari Yahudo shaharlaridagi va Quddus atrofidagi sajdagohlarda butparast ruhoniylarni tayinlagan edilar. O‘sha ruhoniylar sajdagohlarda qurbonliklar keltirardi. Yo‘shiyo Baalga, quyoshga, oyga, sayyoralarga va jamiki samoviy jismlarga qurbonlik qilgan o‘sha ruhoniylarni yo‘q qildi.
6. U Egamizning uyidan Asheraning ustunini Quddus tashqarisiga — Qidron soyligiga chiqarib yoqdi. Maydalab kul qilib, kulni avom xalqning qabrlari ustiga sepdi.
7. Fahshbozlarning Egamiz uyidagi hujralarini buzdi. U yerda ayollar Asheraga atab to‘quv ishlarini bajarishardi.
8. Yo‘shiyo Yahudo shaharlaridan hamma ruhoniylarni chiqarib yubordi. G‘ibodan Bershevagacha ruhoniylar qurbonliklar keltiradigan sajdagohlarni yaramaydigan qildi. U Quddus hokimi Yoshua Darvozasining kirishidagi sajdagohlarni yo‘qotdi. Bu darvoza shaharga kirishda chap tomonda edi.
9. Sajdagohlarning ruhoniylari Egamizning Quddusdagi qurbongohiga qurbonlik qilishmas, lekin ruhoniy birodarlarning ulushidan xamirturushsiz non tanovul qila olardilar.
10. Yo‘shiyo, birortasi o‘g‘lini yoki qizini Mo‘laxga olovda kuydirib qurbonlik qilmasin, deb Xinnum soyligidagi Tofat degan joydagi sajdagohni yaramaydigan qildi.
11. Yahudo shohlari quyoshga atagan otlarning haykalini Egamizning uyi eshigi oldidan yo‘qotdi. Otlar Egamiz uyining hovlisida — a’yon Natanmalekning xonasi yonida edi. Yo‘shiyo quyoshga atalgan jang aravalarini ham olovda yoqdi.
12. Oxozning boloxonasi tomidagi Yahudo shohlari qildirgan qurbongohlarni ham, Egamiz uyining ikkala hovlisida Manashe qildirgan qurbongohlarni ham buzdi va maydalab tuyib, Qidron soyligiga sochib yubordi.
13. Quddusning sharqida — Makruh tog‘ining janubida Isroil shohi Sulaymon Sidonning makruh xudosi Ashtaret uchun, Mo‘abning makruh xudosi Xamo‘sh uchun va Ommonning makruh xudosi Mo‘lax uchun qildirgan sajdagohlarni yaramaydigan qildi.
14. U butsimon toshlarni sindirib, Asheraga atalgan ustunlarni qo‘porib tashladi, ularning o‘rnini inson suyaklari bilan to‘ldirdi.
15. Bundan tashqari, Isroilni gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yeribom Baytilda o‘rnatgan sajdagohni ham, qurbongohni ham yo‘qotdi. Sajdagohga o‘t qo‘yib, kulini ko‘kka sovurdi. U Asheraning ustuniga o‘t qo‘yib yubordi.
16. So‘ngra Yo‘shiyo qayrilib qarab, adirdagi qabrlarni ko‘rdi. U yerdagi qabrlarni ko‘rgach, odamlarini yuborib, mozorlardagi suyaklarni chiqartirdi, Egamizning so‘ziga binoan, suyaklarni qurbongohda yoqdi va shu tariqa qurbongohni yaramaydigan qildi. Zotan, bu haqda payg‘ambar qurbongohga nido qilgan edi.
17. — Anavi yodgorlik toshi kimniki? — deb so‘radi Yo‘shiyo. — Yahudodan kelib, Baytildagi qurbongohda siz qilgan ishlar to‘g‘risida nido qilgan payg‘ambarning qabridir, — deya javob berishdi shahar aholisi.
18. — Unga tegmanglar, — dedi shoh. — Hech kim uning suyaklarini bezovta qilmasin. Shunday qilib, payg‘ambarning suyaklariga ham, Samariyadan kelgan payg‘ambarning suyaklariga ham tegmadilar.
19. Isroil shohlari butun yurt bo‘ylab begona xudolarning sajdagohlarini qurib Egamizni g‘azablantirgan edilar. Yo‘shiyo, xuddi Baytilda qilganiday, bu sajdagohlarni vayron qilish uchun sipohlar jo‘natdi.
20. O‘sha shaharlardagi sajdagohlarning hamma ruhoniylarini qurbongohlarda bo‘g‘izladi. Inson suyaklarini qurbongohlarda yoqdi. Shundan keyin Quddusga qaytib ketdi.
21. Shoh: “Egangiz Xudoning Fisih ziyofatini bu Ahd kitobida yozilganiday nishonlang”, deb xalqqa farmon berdi.
22. Isroilga rahnamolik qilgan hakamlar davridan buyon na Isroil shohlari, na Yahudo shohlari hukmronligi paytida Fisih ziyofati shunchalik nishonlanmagan edi.
23. Egamizga atalgan bu Fisih ziyofati esa shoh Yo‘shiyo hukmronligining o‘n sakkizinchi yilida Quddusda nishonlandi.
24. Yo‘shiyo yana ruhoniy Xilqiyo Egamizning uyidan topgan kitobda yozilgan qonunni ijro etmoq maqsadida arvoh chaqiruvchilarni, folbinlarni, xonaki sanamlarni va boshqa butlarni, Yahudo va Quddusda paydo bo‘lgan hamma makruh narsalarni yo‘q qilib tashladi.
25. Yo‘shiyodan oldin ham, keyin ham unga o‘xshab Musoning hamma qonunlariga muvofiq, butun qalbi bilan, jonu dili bilan, butun vujudi bilan Egamizga itoat etgan biron shoh chiqmadi.
26. Lekin Manashe qilgan gunohlari bilan Egamizning qattiq qahrini keltirgani uchun, Egamiz Yahudoga qarshi alangalangan g‘azabini hali qaytarmagan edi.
27. Shuning uchun Egamiz: “Isroil xalqini huzurimdan qanday haydagan bo‘lsam, Yahudo xalqini ham shunday qilaman, O‘zim tanlagan shahar Quddusdan va Men o‘sha yerda ulug‘lanaman, deb aytgan uyimdan yuz o‘giraman”, degan edi.
28. Yo‘shiyoning boshqa ishlari, butun faoliyati “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
29. Yo‘shiyo hukmronligi paytida Misr fir’avni Nexo Ossuriya shohiga yordam berish uchun Furot daryosi tomon yo‘lga chiqdi. Shoh Yo‘shiyo esa Nexoning ustiga yurish qildi. Maxido‘da to‘qnashganlarida, Nexo Yo‘shiyoni o‘ldirdi.
30. A’yonlari Yo‘shiyoning jasadini jang aravasida Maxido‘dan Quddusga olib kelib, ota–bobolari xilxonasiga dafn qildilar. Yahudo xalqi Yo‘shiyoning o‘g‘li Yohuxozga moy surtib, uni otasining o‘rniga shoh qilib ko‘tardilar.
31. Yohuxoz yigirma uch yoshida taxtga o‘tirib, Quddusda uch oy shohlik qildi. Onasining ismi Xamutal bo‘lib, Libnalik Yeremiyoning qizi edi.
32. Yohuxoz ota–bobolariga o‘xshab Egamiz oldida qabih ishlar qildi.
33. Fir’avn Nexo, Yohuxoz Quddusda hukmdor bo‘lmasin deya Xomat yurtidagi Rivlo shahrida uni zanjirband qildi. Yurt xalqidan 200 pud kumush va 2 pud oltin o‘lpon talab qildi.
34. Fir’avn Nexo Yo‘shiyoning o‘g‘li Eliyaqimni otasining o‘rniga shoh qildi va ismini o‘zgartirib Yohayiqim qo‘ydi. So‘ngra Yohuxozni olib Misrga qaytdi. Yohuxoz o‘sha yerda vafot etdi.
35. Yohayiqim fir’avn istagan oltin va kumushni berdi. Nexoga o‘lpon to‘lash uchun esa yurt xalqiga soliq soldi va har biridan boyligiga qarab oltin va kumush yig‘di.
36. Yohayiqim yigirma besh yoshida shoh bo‘lib, Quddusda o‘n bir yil hukmdorlik qildi. Onasining ismi Zabudo bo‘lib, Rumaxlik Podiyoning qizi edi.
37. Yohayiqim ota– bobolari singari, Egamiz oldida qabih ishlar qildi.

1. Yahudo shohi Yohayiqim hukmdorligi davrida Bobil shohi Navuxadnazar Yahudoga hujum qildi. Yohayiqim uch yil uning hukmronligi ostida bo‘ldi. Oxiri u Navuxadnazarga qarshi isyon ko‘tardi.
2. Egamiz O‘z qullari payg‘ambarlar orqali aytganiga ko‘ra, Yahudo xalqiga qarshi Bobil, Oram, Mo‘ab va Ommon bosqinchi to‘dalarini yuborib, bu yurt xalqini yo‘q qilmoqchi bo‘ldi.
3. Egamizning amri bilan Yahudo xalqining boshiga ko‘p kulfat keldi. Manashe qilgan hamma gunohlar uchun,
4. beayblarning qonini to‘kkani uchun, Egamiz Yahudo xalqini O‘z huzuridan haydamoqchi bo‘ldi. Manashe Quddusni beayblarning qoniga botirgan edi. Egamiz Manasheni bu qilmishi uchun kechirmoqchi emasdi.
5. Yohayiqimning boshqa ishlari, butun faoliyati “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
6. Yohayiqim olamdan o‘tgach, o‘rniga o‘g‘li Yohayixin shoh bo‘ldi.
7. Misr fir’avni qaytib o‘z yurtidan tashqariga chiqmadi. Bobil shohi Misrning shimoliy chegarasi — Misr soyligidan tortib, Furot daryosigacha fir’avnga qarashli bo‘lgan hamma yerlarni bosib olgan edi.
8. Yohayixin o‘n sakkiz yoshida shoh bo‘lib, Quddusda uch oy hukmdorlik qildi. Onasining ismi Naxushta bo‘lib, Qudduslik Elnatanning qizi edi.
9. Yohayixin ham, otasi kabi, Egamiz oldida qabih ishlar qildi.
10. O‘sha paytda Bobil shohi Navuxadnazarning lashkarlari Quddusni qamal qildi.
11. Qamal paytida Navuxadnazarning o‘zi Quddusga keldi.
12. Yahudo shohi Yohayixinning o‘zi, onasi, xizmatkorlari, lashkarboshilari, saroy a’yonlari Navuxadnazarga taslim bo‘ldilar. Bobil shohi hukmronligining sakkizinchi yilida Yohayixin asirga olingan edi.
13. Egamizning aytgani bo‘yicha, Navuxadnazar Egamizning uyidagi va shoh saroyidagi barcha xazinalarni bo‘shatdi. Isroil shohi Sulaymon Egamizning uyi uchun yasattirgan oltin ashyolarning hammasini maydaladi.
14. Jamiki Quddus aholisini, beklarni, jasur sipohlarni, hunarmandlarni, temirchilarni, hammasi bo‘lib o‘n mingta odamni asir qilib olib ketdi. Yahudo xalqining eng qashshoq to‘pidan boshqa kimsa bu yurtda qolmadi.
15. Bobil shohi Navuxadnazar Yohayixinni asir qilgandan keyin, Bobilga olib keldi. Yohayixin bilan birga uning onasini, xotinlarini, a’yonlarini va yurtning obro‘li odamlarini ham Quddusdan Bobilga haydab keldi.
16. Bundan tashqari, hamma jasur sipohlarni — yetti mingta sipohni, jang qilishga qodir mingta hunarmand va temirchini ham asir qilib olib ketdi.
17. Yohayixinning o‘rniga esa amakisi Mattaniyoni shoh qilib tayinladi va uning otini o‘zgartirib, Zidqiyo qo‘ydi.
18. Zidqiyo yigirma bir yoshida shoh bo‘ldi va Quddusda o‘n bir yil hukmdorlik qildi. Onasining ismi Xamutal bo‘lib, Libnalik Yeremiyoning qizi edi.
19. Zidqiyo ham, Yohayiqim kabi, Egamiz oldida qabih ishlar qilgani uchun
20. Egamiz Quddus va Yahudo xalqidan g‘oyat g‘azablangan, oqibatda ularni O‘z huzuridan quvib yuborgan edi. Zidqiyo Bobil shohiga qarshi isyon ko‘tardi.

1. Zidqiyo shohligining to‘qqizinchi yili o‘ninchi oyining o‘ninchi kuni Bobil shohi Navuxadnazar hamma lashkari bilan Quddus atrofiga kelib, qarorgoh qurdi. Shahar devori atrofida baland qurilmalar yasatdi.
2. Shoh Zidqiyo hukmronligining o‘n birinchi yiligacha shahar qamalda qoldi.
3. To‘rtinchi oyning to‘qqizinchi kuni shaharda ochlik shu qadar kuchaydiki, xalq bir luqma non topolmay qoldi.
4. Oxiri shahar devoridan bir teshik ochishdi. Bobilliklar shaharni gir atrofdan qurshab turgan edilar. Hamma sipohlar tunda shoh bilan birga shohning bog‘i yaqinidagi ikki devorning orasidagi darvozadan chiqib, Iordan vodiysi tomonga qochib ketdilar.
5. Ammo Bobil sipohlari shohning orqasidan quvib, Yerixo tekisligida unga yetib oldilar. Hamma lashkar esa shohni tashlab qochib ketdi.
6. Bobil sipohlari shoh Zidqiyoni ushlab, Rivlo shahriga Bobil shohi huzuriga olib keldilar. Zidqiyoni hukm qildilar.
7. Zidqiyoning ko‘zi oldida o‘g‘illarini qatl qilib, o‘zining ko‘zlarini o‘yib oldilar. Keyin uni kishanlab, Bobilga olib ketdilar.
8. Beshinchi oyning yettinchi kunida, Bobil shohi Navuxadnazar shohligining o‘n to‘qqizinchi yilida Bobil shohining amaldori — qo‘riqchilari sardori Nabizaradon Quddusga kirdi.
9. U Egamizning uyiga, shoh saroyiga va Quddusdagi hamma nufuzli odamlarning hashamatli imoratlariga o‘t qo‘ydi.
10. Qo‘riqchilar sardori rahnamoligida Bobil lashkarlari Quddusni o‘rab turgan devorlarni yiqitdilar.
11. Nabizaradon qolgan hamma xalqni — shaharda tirik qolganlarni, Bobil shohi tomonga o‘tgan qochoqlarni olib ketdi.
12. Uzumchilik va dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lsinlar, deya hech vaqosi yo‘q, qashshoq odamlardan ba’zilarinigina qoldirdi, xolos.
13. Bobilliklar Egamizning uyidagi bronza ustunlarni, aravalarni, bronza hovuzni parchalab, hamma bronzani Bobilga olib ketdilar.
14. Egamizning uyida xizmat paytida ishlatiladigan idishlarni — qozonlarni, kuraklarni, qaychilar va kurakchalarni, barcha bronza ashyolarni ham olib ketdilar.
15. Nabizaradon toza oltin va kumush olovkuraklarni, tog‘orachalarni, hamma oltin va kumush buyumlarni olib ketdi.
16. Egamizning uyi uchun Sulaymon qildirgan ikki ustun, hovuz va aravalarga behisob bronza sarf qilingan edi.
17. Har bir ustunning balandligi 18 tirsak bo‘lib, tepasida bronzadan yasalgan ustunqosh bor edi. Ikkala ustunqoshning balandligi 5 tirsakdan, atroflari bronzadan yasalgan to‘rsimon bezak va anor tasviri bilan bezatilgan edi.
18. Qo‘riqchilar sardori Nabizaradon oliy ruhoniy Sarayoni, undan keyingi ruhoniy Zafaniyoni va uchta darvozabonni ham asirga oldi.
19. Shaharda qolgan sipohlarning bitta lashkarboshisini, shohning yaqinlaridan beshtasini, yana xalqni lashkar safiga yozgan lashkarboshi kotibini va xalqdan shaharda qolgan oltmish kishini ham bandi qildi.
20. Ularning hammasini Rivlo shahriga — Bobil shohi huzuriga olib keldi.
21. Bobil shohi ularni Xomat yurtida — Rivloda qatl qildi. Shunday qilib, Yahudo xalqi o‘zlarining yurtidan surgun qilindilar.
22. Bobil shohi Navuxadnazar Yahudoda qolgan xalq ustidan Gadaliyoni hokim qilib tayinladi. Shofonning nabirasi Gadaliyo Oxixamning o‘g‘li edi.
23. Lashkarboshilar va sipohlar, Bobil shohi Gadaliyoni hokim qilib tayinlaganini eshitgach, Mispaxga — Gadaliyoning huzuriga keldilar. Kelganlar Nataniyo o‘g‘li Ismoil, Kariyox o‘g‘li Yo‘xanon, Natufolik Tanxumat o‘g‘li Sarayo, Maxolik Yazaniyo va ularning odamlari edi.
24. Gadaliyo kelganlarga va ularning odamlariga ont ichib, shunday dedi: “Bobilliklarga tobe bo‘lishdan qo‘rqmanglar. Bu yurtda o‘rnashib, Bobil shohiga xizmat qilaveringlar. Shunda sizlarga yaxshi bo‘ladi.”
25. O‘sha yilning yettinchi oyida shoh urug‘idan bo‘lgan Ismoil o‘nta odami bilan birga Mispaxga borib, Gadaliyoni o‘ldirdi. Ismoil Elishamaning nabirasi, Nataniyoning o‘g‘li edi. Mispaxda Gadaliyo bilan birga bo‘lgan Yahudo odamlarini va Bobilliklarni ham qilichdan o‘tkazdi.
26. Shundan keyin jamiki xalq — boyu kambag‘al Bobilliklardan qo‘rqib, lashkarboshilar bilan birga, Misrga qochib ketdi.
27. Yahudo shohi Yohayixin surgunda yurganiga o‘ttiz yetti yil bo‘lganda, Evilmardux Bobil shohi bo‘ldi. Evilmardux o‘sha yilning o‘n ikkinchi oyi yigirma yettinchi kuni Yahudo shohi Yohayixinni zindondan ozod qildi.
28. Unga yaxshi munosabatda bo‘ldi, Bobilga surgun qilingan boshqa shohlardan ko‘ra, balandroq martaba berdi.
29. Shunday qilib, Yohayixin zindon kiyimlarini yechdi. Umr bo‘yi doimo Bobil shohining dasturxonidan taom yedi.
30. Umrining oxirigacha shoh tarafidan kundalik ehtiyoji har doim qondirildi.

YouTube kanaliga xush kelibsiz!
► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)
Muqaddas Kitob
- Ibtido
- Chiqish
- Levilar
- Sahroda
- Qonunlar
- Yoshua
- Hakamlar
- Rut
- Shohlar (birinchi kitob)
- Shohlar (ikkinchi kitob)
- Shohlar (uchinchi kitob)
- Shohlar (to‘rtinchi kitob)
- Solnomalar (birinchi kitob)
- Solnomalar (ikkinchi kitob)
- Ezra
- Naximiyo
- Ester
- Ayub
- Zabur
- Sulaymonning hikmatlari
- Voiz
- Ishayo
- Sulaymonning go‘zal qo‘shig‘i
- Yeremiyo
- Yeremiyoning marsiyasi
- Hizqiyo
- Doniyor
- Xo‘sheya
- Yo‘el
- Amos
- Obodiyo
- Yunus
- Mixo
- Noxum
- Xabaqquq
- Zafaniyo
- Xaggey
- Zakariyo
- Malaki
- Matto Muqaddas xushxabar
- Luqo Muqaddas xushxabar
- Yuhanno Muqaddas xushxabar
- Mark Muqaddas xushxabar
- Havoriylarning faoliyati
- Yoqubning maktubi
- Butrusning birinchi maktubi
- Butrusning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning birinchi maktubi
- Yuhannoning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning uchinchi maktubi
- Yahudoning maktubi
- Rimliklarga maktub
- Korinfliklarga birinchi maktub
- Korinfliklarga ikkinchi maktub
- Galatiyaliklarga maktub
- Efesliklarga maktub
- Filippiliklarga maktub
- Kolosaliklarga maktub
- Salonikaliklarga birinchi maktub
- Salonikaliklarga ikkinchi maktub
- Timo‘tiyga birinchi maktub
- Timo‘tiyga ikkinchi maktub
- Titusga maktub
- Filimo‘nga maktub
- Ibroniylarga maktub
- Yuhannoga ko‘rsatilgan vahiy
AJOYIB KITOBNI O'QING

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)
MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Tavrot | Zabur | Injil (+audio)

Яхши аудио Китоблар

Kinolar va Multiklar

Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Аудио Кутубхона

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz