Muqaddas Kitob

Titusga maktub

1. Xudoning quli va Iso Masihninghavoriysi bo‘lgan men — Pavlusdan salom! Xudoning tanlangan odamlari imonda sobit bo‘lsinlar va xudojo‘ylikka chorlovchi haqiqatni bilib olsinlar deb, Xudo meni bu xizmatga tayinladi.
2. Havoriy sifatida men ularni abadiy hayotdan umidvor bo‘lishga da’vat etaman. Zero, Xudo abadiy hayotni azaldanoq va’da qilgan. U hech qachon yolg‘on va’dalar bermaydi.
3. Belgilangan paytda Xudo abadiy hayotga chorlovchi Xushxabarni bizning voizligimiz orqali ayon etdi. Najotkorimiz Xudo bu Xushxabarni menga topshirib, uni e’lon qilishimni buyurdi.
4. Qadrdonim Titus, bizning e’tiqodimiz bir, sen menga o‘z o‘g‘limday bo‘lib qolgansan. Otamiz Xudo va Najotkorimiz Iso Masih senga inoyat va tinchlik ato qilsin.
5. Qolgan ishlarni bitirishing uchun men seni Krit orolida qoldirgan edim. Senga buyurganimdek, orolning har bir shahridagi imonlilar jamoati ustidan oqsoqollar tayinlagin.
6. Jamoat oqsoqoli yaxshi nom chiqargan bo‘lishi shart. U o‘z xotiniga vafodor bo‘lsin. Uning farzandlari imonli bo‘lib, shaloqlik va itoatsizlik aybidan holi bo‘lishsin.
7. Zero, jamoat yetakchisi Xudoning xonadonini boshqaruvchi sifatida kamchiliksiz bo‘lishi lozim, ya’ni u takabbur, jahldor, mayxo‘r, zo‘ravon yoki pulparast emas,
8. balki mehmondo‘st, yaxshilikni sevadigan, vazmin, odil, oq ko‘ngil va nafsini tiygan odam bo‘lsin.
9. Haqiqatga o‘rgatilgan, Xushxabar aqidalariga qattiq rioya qiladigan inson bo‘lsin. Shunda u boshqalarga ham sog‘lom ta’limot bilan nasihat qila oladi, qarshilik qiluvchilarni esa fosh eta oladi.
10. Axir, hech kimga itoat qilmaydigan, quruq gap sotuvchi yolg‘onchi birodarlar bor, ayniqsa sunnatlilar orasida bundaylar ko‘p.
11. Ularning safsatalarini to‘xtatish kerak. Zero, ular pul ishlash niyatida soxta ta’limotlar o‘rgatib, butun oilalarni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirmoqdalar.
12. Mana, ulardan chiqqan bir mutafakkir o‘z yurtdoshlari haqida shunday degan: “Kritliklar doimo yolg‘on gapirishadi, Ular yeb–to‘ymas dangasalardir, Go‘yoki yirtqich hayvonlardir”.
13. Bu gapda jon bor. Shuning uchun beboshlarga qattiq tanbeh ber, toki ular haq imonga qaytsinlar.
14. Yahudiylarning afsonalariga va haqiqatdan yuz o‘girgan odamlarning ko‘rsatmalariga quloq solmasinlar.
15. Qalbi pok odamlar uchun hamma narsa haloldir. Buzuq va imonsizlarning nazarida esa hamma narsa haromdir. Bundaylarning aqli ham, vijdoni ham bulg‘angan.
16. Ular, Xudoni bilamiz, deydilar–u, o‘z qilmishlari bilan Uni inkor etadilar. Bunday qabih, o‘zboshimcha odamlar hech bir xayrli ishga yaramaydilar.
1. Titus, sen sog‘lom ta’limot asosida nasihat qil.
2. Yoshi katta erkaklarga ayt: ular mayxo‘rlikka berilmaydigan, hurmatga sazovor, vazmin, imonda mustahkam, mehribon va sabr–toqatli bo‘lsinlar.
3. Yoshi katta ayollarga ham tayinla, ular sharafli hayot kechirsinlar. G‘iybat qilmasinlar, mayxo‘rlikka ruju qo‘ymasinlar. Har qanday xayrli ishda ibrat ko‘rsatib,
4. kelinlarga pand–nasihat qilsinlar, ularga o‘z erlari va farzandlarini sevishni,
5. vazmin, iffatli, ro‘zg‘orga jonkuyar, mehribon, erlariga bo‘ysunadigan bo‘lishni o‘rgatsinlar. Shunda hech kim Xudoning kalomini yomonlamaydi.
6. Yigitlarni ham bosiq bo‘lishga undagin.
7. Har bir ishda yurish–turishing bilan o‘zing ularga o‘rnak bo‘lgin. Ta’lim berganingda samimiy va jiddiy bo‘l.
8. To‘g‘ri ta’lim bergin, shunda tanqidning oldini olgan bo‘lasan va raqiblarimiz biz haqimizda yomon so‘z aytolmay, uyatga qoladilar.
9. Qullarga o‘rgat, ular doim o‘z xo‘jayinlariga itoat etib, ularni mamnun qilsinlar. Gap qaytarmasinlar,
10. o‘g‘rilik qilmasinlar, har qanday vaziyatda to‘g‘ri yo‘l tutib, ishonchga sazovor bo‘lsinlar. Shunda qullar xulq–atvori bilan Najotkorimiz Xudo haqidagi ta’limotning tengi yo‘q go‘zalligini namoyon etadilar.
11. Zero, Xudo butun insoniyatga najot yo‘lini ochib berib, O‘z inoyatini ko‘rsatdi.
12. Bu inoyat orqali Xudo bizga shuni o‘rgatadiki, biz xudosiz hayotdan va dunyoviy orzu–ehtiroslardan voz kechishimiz kerak.
13. Axir, bizning ajoyib umidimiz bor: biz Najotkorimiz Iso Masihning kelishiga va buyuk Xudoning ulug‘vorligini ko‘rishga umid bog‘laganmiz. Masihning kelishini kutar ekanmiz, bu o‘tkinchi hayotimizda nafsni tiyishimiz, to‘g‘ri va taqvodor hayot kechirishimiz lozim.
14. Axir, Iso Masih bizni barcha illatlarimizdan xalos qilish uchun O‘z jonini fido qildi. U bizni poklab, O‘ziga tegishli bo‘lgan, yaxshilik qilishga bag‘ishlangan aziz bir xalq qildi.
15. Aytganlarimning hammasini sen jamoatdagilarga o‘rgat. Xudo bergan hokimiyat bilan ularga nasihat qil, tanbeh ber. Seni birontasi kamsitishiga yo‘l qo‘yma.
1. Sen jamoatdagilarga eslatib tur: ular davlat boshliqlariyu hokimlarga bo‘ysunsinlar, itoat etib, har qanday xayrli ishga tayyor bo‘lsinlar.
2. Hech kimni yomonlamasinlar, janjallashmasinlar, boshqalarga nisbatan doim muloyim va mehribon bo‘lsinlar.
3. Bir vaqtlar bizlar ham fahmsiz, itoatsiz, adashgan odamlar edik, har xil zavqu ehtiroslarning quli bo‘lib, gina–kudurat va hasadgo‘ylik bilan kun kechirardik, bir–birimizdan nafratlanadigan razil odamlar edik.
4. Ammo Najotkorimiz Xudo bizga bo‘lgan ezguligi va mehr–muhabbatini ko‘rsatdi.
5. Savobli ishlarimiz tufayli emas, balki O‘zining rahm–shafqati tufayli U bizni qutqardi. Muqaddas Ruh orqali gunohlarimizni yuvdi, bizni yangidan tug‘dirib, yangi hayot ato etdi.
6. Najotkorimiz Iso Masih orqali Xudo bizning ustimizga Muqaddas Ruhini mo‘l–ko‘l qilib yog‘dirdi.
7. Biz Isoning inoyati bilan oqlandik, endi abadiy hayotga umid bog‘lab, Xudo va’da qilgan barakalardan bahramand bo‘la olamiz.
8. Bu gaplarning hammasi to‘g‘ri va asoslidir. Ushbu ta’limotning foydasi katta. Jamoatdagilarga yaxshilab uqtir, ular o‘rgatganlarimning hammasiga rioya qilsinlar. Xudoga ishonganlar xayrli ishlarga astoydil bel bog‘lasinlar.
9. Sen esa ahmoqona bahslardan, shajaralar hamda Tavrotqonunlari borasidagi munozarayu janjallardan o‘zingni olib qoch. Bular foydasiz va behudadir.
10. Orangizga nizo urug‘ini sepayotgan odamni bir–ikki marta ogohlantir, agar gapingga kirmasa, u bilan aloqani uz.
11. O‘zing bilasan–ku, bunday odamning fikri buzuq. Uning qilayotgan gunohlari o‘zini mahkum etadi.
12. Artemas yoki Tixikni sening yoningga yuborganimdan keyin, Nikopol shahriga, mening oldimga tezroq kelishga harakat qil. Chunki men qishni shu yerda o‘tkazishga qaror qildim.
13. Qo‘lingizdan kelgancha qonunshunos Zinas va Apollosga yordam qilinglar, safarga chiqishlari uchun kerakli hamma narsani ularga bekamu ko‘st qilib yetkazib beringlar.
14. Toki jamoatdagilar ham xayrli ishlarga astoydil bel bog‘lashga odatlansinlar, boshqalarning zaruriy ehtiyojlarini qondirsinlar, shunda hayotlari samarasiz bo‘lmaydi.
15. Yonimdagilarning hammasi senga salom yo‘llayaptilar. Bizni yaxshi ko‘radigan imondagi birodarlarimizga salom aytgin. Xudoning inoyati hammangizga yor bo‘lsin.

► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)


Muqaddas Kitob



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
YouTube.com/@UzAudioKitob

Audiokitoblar Uzbek tilida

Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz
@audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


MakDonaldning sharhlari kitob
Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms


Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18