Muqaddas Kitob
Ezra
1. Egamizning Yeremiyo orqali aytganlarini bajo qilish uchun Fors shohi Kurushning ruhini qo‘zg‘atdi. Bu voqea Kurush hukmronligining birinchi yilida sodir bo‘ldi. Shoh Kurush shohligining hamma tomoniga xabarchilar jo‘natib, yozma farmonda quyidagilarni e’lon qildi:
2. “Fors shohi Kurush shunday demoqda: — Samoviy Xudo — Egamiz yer yuzidagi jamiki shohliklarni menga bergan. U Yahudo yurtidagi Quddus shahrida O‘ziga bir uy qurishni menga topshirdi.
3. Xudoning xalqidan bo‘lganlarga men ijozat beraman: ular Quddusga borishlari va Isroil xalqining Xudosi — Egamizning uyini qayta qurishlari mumkin. Quddusda sajda qilinadigan Xudo Udir. Isroil xalqiga o‘zlarining Xudosi yor bo‘lsin.
4. Surgundagi yahudiylar yashaydigan hamma joyda shunday deb e’lon qilinsin: Quddusga qaytmaydigan yahudiylar qaytadigan yahudiylarga yordam bersin. Ularga kumush, oltin, safar uchun zarur buyumlar va chorva berishsin. Shuningdek, Xudoning Quddusdagi uyi qayta qurilishi uchun ko‘ngildan chiqarib nazrlar berishsin.”
5. Shunday qilib, Yahudo va Benyamin qabilalarining urug‘boshilari, ruhoniylar va levilar, shuningdek, Xudo ruhlantirgan har bir odam Egamizning Quddusdagi uyini qayta qurish uchun safarga tayyorlandi.
6. Barcha qo‘shnilari ularga chin ko‘ngildan chiqarib nazrlar berdilar. Bulardan tashqari, kumush idishlar, oltin, safar uchun buyumlar, chorva va boshqa qimmatbaho hadyalar berib yordam qildilar
7. Shoh Kurush Egamizning uyiga tegishli bo‘lgan buyumlarni olib kelishni buyurdi. Bu buyumlarni shoh Navuxadnazar Quddusdan olib kelib, o‘zining xudolari uyiga qo‘ygan edi.
8. Shoh Kurush bu buyumlarni xazinabon Mitradot nazorati ostiga topshirtirdi. Mitradot esa bularni Yahudo yo‘lboshchisi Shashbazzarga sanab berdi.
9. Buyumlarning ro‘yxati quyidagicha edi: oltin tog‘orachalar — 30 ta kumush tog‘orachalar — 1000 ta boshqa idishlar — 29 ta
10. oltin kosalar — 30 ta kumush kosalar — 410 ta boshqa buyumlar — 1000 ta.
11. Oltin va kumush buyumlarning jami 5400 ta edi. Shashbazzar boshqa asirlar qatorida Bobildan Quddusga qaytib ketayotganda, bu buyumlarning hammasini o‘zi bilan olib ketdi.

1. Bobil shohi Navuxadnazar asir qilib olib ketgan yahudiylarning bir qismi Quddusga va Yahudo yurtidagi o‘z shaharlariga qaytib kelib, o‘rnashdilar.
2. Ular Zarubabel, Yoshua, Naximiyo, Sarayo, Raliyo, Mordaxay, Bilshon, Mispar, Big‘vay, Raxum va Banax boshchiligida qaytib kelgan edilar. Asirlikdan qaytib kelgan Isroil erkaklarining soni quyidagicha edi:
3. Paro‘sh urug‘idan — 2172 ta erkak.
4. Shafatiyo urug‘idan — 372 ta erkak.
5. Orax urug‘idan — 775 ta erkak.
6. Paxatmo‘ab, ya’ni Eshuva hamda Yo‘ab urug‘laridan — 2812 ta erkak.
7. Elam urug‘idan — 1254 ta erkak.
8. Zattu urug‘idan — 945 ta erkak.
9. Zakkay urug‘idan — 760 ta erkak.
10. Banix urug‘idan — 642 ta erkak.
11. Bo‘vay urug‘idan — 623 ta erkak.
12. Ozgad urug‘idan — 1222 ta erkak.
13. Odonixam urug‘idan — 666 ta erkak.
14. Big‘vay urug‘idan — 2056 ta erkak.
15. Adin urug‘idan — 454 ta erkak.
16. Oter, ya’ni Hizqiyo urug‘idan — 98 ta erkak.
17. Bezay urug‘idan — 323 ta erkak.
18. Yo‘ra urug‘idan — 112 ta erkak.
19. Xashum urug‘idan — 223 ta erkak.
20. Gibor urug‘idan — 95 ta erkak.
21. Baytlahmlik — 123 ta erkak.
22. Natufolik — 56 ta erkak.
23. Onoto‘tlik — 128 ta erkak.
24. Ozmobitlik — 42 ta erkak.
25. Xirat–Arimlik, Xafiralik va Bero‘tlik — 743 ta erkak.
26. Ramalik va G‘ibolik — 621 ta erkak.
27. Mixmashlik — 122 ta erkak.
28. Baytillik va Aylik — 223 ta erkak.
29. Navolik — 52 ta erkak.
30. Maxbishlik — 156 ta erkak.
31. Elamlik— 1254 ta erkak.
32. Xarimlik — 320 ta erkak.
33. Lo‘dlik, Hodidlik va Ono‘lik — 725 ta erkak.
34. Yerixolik — 345 ta erkak.
35. Sanolik — 3.630 ta erkak.
36. Asirlikdan qaytib kelgan ruhoniylarning soni quyidagicha edi: Yoshua naslining Yodiyo urug‘idan — 973 ta erkak.
37. Immar urug‘idan — 1052 ta erkak.
38. Pashxur urug‘idan — 1247 ta erkak.
39. Xarim urug‘idan — 1017 ta erkak.
40. Asirlikdan qaytib kelgan levilar urug‘larining soni quyidagicha edi: Xo‘daviyo naslidan bo‘lgan Yeshuva hamda Kadmil urug‘idan — 74 ta erkak.
41. Osif urug‘idan bo‘lgan qo‘shiqchilar — 128 ta erkak.
42. Shallum, Oter, Talmo‘n, Oqquv, Xatita va Sho‘vay urug‘laridan bo‘lgan Ma’bad darvozabonlari, hammasi bo‘lib — 139 ta erkak.
43. Asirlikdan qaytib kelgan Ma’bad xizmatkorlarining urug‘lari quyidagilar edi: Zixo, Xasufa, Tabbayo‘t,
44. Kerosh, Siyoho, Pado‘n,
45. Lavon, Xagava, Oqquv,
46. Xagav, Shamlay, Xanon,
47. Giddol, Gaxar, Rayo,
48. Ratan, Nakudo, G‘azzom,
49. Uzzo, Posiyox, Besay,
50. Osnax, Munim, Nafusim,
51. Bobuh, Xakufa, Xorxur,
52. Bazulut, Maxido, Xarsha,
53. Borkis, Sisaro, Tamax,
54. Naziyo, Xatifa.
55. Sulaymon qarollarining asirlikdan qaytib kelgan urug‘lari quyidagilar edi: So‘tay, Haso‘farat, Parudo,
56. Yalox, Darxun, Giddol,
57. Shafatiyo, Xattil, Paxarathazzavoyim, Omay.
58. Ma’bad xizmatkorlari va Sulaymonning qarollari urug‘laridan bo‘lganlarning jami 392 kishi edi.
59. Quyidagilar Tel–Malax, Tel–Xarsha, Xarub, Adon va Immar shaharlaridan kelgan edilar, lekin o‘zlarining urug‘boshisi Isroil avlodiga mansubligini isbotlay olmasdilar:
60. Daloyo, To‘viyo va Nakudo urug‘lari — 652 kishi.
61. Quyidagi ruhoniylar urug‘lari o‘z nasabnomasini topa olmadilar: Xavayo, Xakko‘z va Borzulay urug‘lari (Borzulayning bobosi Giladlik Borzulay degan odamning qiziga uylangan bo‘lib, bu urug‘ o‘sha ayolning urug‘i nomi bilan yuritilar edi).
62. Shu sababdan xizmat qilishga nopok hisoblanib, ruhoniylikka qabul qilinmadilar.
63. Yahudo hokimi ularga shunday dedi: “Birorta ruhoniy Xudodan Urim va Tummim orqali ruhoniy ekanligingizni so‘rab, tasdiqlamaguncha, sizlar nazrlarning ruhoniylarga tegishli ulushidan tanovul qilmaysizlar.”
64. Bu jamoa jami 42.360 kishidan iborat edi.
65. Bulardan tashqari, qul va cho‘rilari — 7.337 kishi, qul va cho‘ri qo‘shiqchilar 200 kishi edi.
66. Jamoaning 736 ta oti, 245 ta xachiri,
67. 435 ta tuyasi, 6.720 ta eshagi bor edi.
68. Asirlar jamoasi Quddusga — Egamiz uyining vayronalari oldiga kelishdi. Shu zahoti, ba’zi urug‘boshilar Xudoning uyini oldingi o‘rnida qayta tiklash uchun ko‘ngildan chiqarib nazrlar keltirdilar.
69. Har biri qurbi yetgancha nazr atadi. Ular qurilish uchun jami 61.000 oltin tanga, 190 pud kumush va ruhoniylar uchun 100 ta ko‘ylak berdilar.
70. Ruhoniylar, levilar, qo‘shiqchilar, Ma’bad darvozabonlari, Ma’bad xizmatkorlari va xalqdan bir qanchasi Quddusga hamda uning atrofidagi shaharlarga o‘rnashib oldilar. Isroil xalqining qolganlari esa o‘z shaharlariga borib joylashdilar.

1. Isroil xalqi o‘z shaharlariga o‘rnashib olganlardan keyin, yettinchi oyda hammasi Quddusda yig‘ilishdi.
2. Yohuzadax o‘g‘li Yoshua, uning ruhoniy hamkorlari va Shaltiyol o‘g‘li Zarubabel urug‘–aymog‘i bilan birgalikda Isroil xalqining Xudosiga atalgan qurbongohni qaytadan qurdilar. Ularning maqsadi: Xudoning odami — Musoning Tavrotida yozilgan amrlarga muvofiq, qurbongohda kuydiriladigan qurbonliklarni keltirish edi.
3. Ular mahalliy xalqlardan qo‘rqardilar, ammo shunga qaramay, qurbongohni oldingi poydevori ustiga qurdilar. Qurbongohning ustida har kuni ertalab va kechqurun Egamizgaqurbonliklarni kuydirib nazr qildilar.
4. So‘ngra Musoning qonunida yozilgani singari, Chayla bayramini nishonladilar. Har bir bayram kuniga oid qurbonliklar qilib, kuydirdilar.
5. Ular kunda kuydiriladigan qurbonliklardan tashqari, har oyda nishonlanadigan yangi oy shodiyonasida va yil davomida Egamizga atab nishonlanadigan bayramlarda qurbonliklar keltirdilar. Shuningdek, ko‘ngildan chiqarib qurbonliklar olib keldilar.
6. Xullas, odamlar yettinchi oyning birinchi kunidan boshlab, Egamizga kuydiriladigan qurbonliklarni keltira boshlagan edilar. Lekin Egamizning Ma’badi poydevori hali yotqizilmagan edi.
7. Xalq tosh yo‘nuvchilarni va duradgorlarni pul bilan ta’minlab turdi. Ular Fors shohi Kurushning ijozati bilan O‘rta yer dengizi orqali Lubnondan Yaffa shahriga sadr yog‘ochlarini keltirdilar. Yog‘ochlarni olib kelgan Sidonliklar va Tirliklarga yegulik, ichimlik va zaytun moyi berdilar.
8. Asirlikdan qaytganlar Xudoning Quddusdagi uyi vayronalari oldiga kelganlariga bir yilu ikki oy bo‘lgach, ular Egamizning uyini qayta qurishni boshladilar. Qurilishda Shaltiyol o‘g‘li Zarubabel, Yohuzadax o‘g‘li Yoshua, ularning birodarlari ruhoniy va levilar, shuningdek, asirlikdan qaytib kelgan hamma odamlar ishtirok etdi. Ular qurilish ishlarini nazorat qilish uchun yigirma va undan yuqori yoshdagi levilarni tayinladilar.
9. Xudoning uyi qurilishini Yeshuva, uning o‘g‘illari va qarindoshlari, Kadmil va uning o‘g‘illari nazorat qilar edilar. (Yeshuva va Kadmil Xo‘daviyo naslidan edilar.) Ularga bu ishda levilarning Xanadod urug‘i yordam berar edi.
10. Binokorlar Egamiz Ma’badining poydevorini yotqizib bo‘lganlaridan keyin, ruhoniylar o‘z liboslarini kiydilar. Isroil shohi Dovudning ko‘rsatmalariga muvofiq, ruhoniylar karnaylari bilan, Osif naslidan bo‘lgan levilar zanglari bilan, Egamizga hamdu sano aytish uchun o‘z joylarini egalladilar.
11. Ular Egamizga hamdu sano va shukronalar aytib, shunday naqorat kuyladilar: “Egamiz yaxshidir, Uning Isroilga bo‘lgan sodiq sevgisi abadiydir.” Egamizning uyi poydevori yotqizilganidan, butun xalq baland ovoz bilan Egamizga hamdu sano aytdi.
12. Odamlar xursandchilikdan baqirardi, Egamizning oldingi uyini ko‘rgan yoshi ulug‘ ruhoniylar, levilar va urug‘boshilarning ko‘pchiligi esa uyning poydevorini ko‘rganlarida ho‘ngrab yig‘ladilar.
13. Xalq shunchalik qattiq baqirardiki, ovozlari uzoqdan ham eshitilib turardi. Buni eshitganlar xursandchilik ovozlarini yig‘i tovushidan farqlay olmasdi.

1. Yahudo va Benyamin qabilasining g‘animlari: “Asirlikdan qaytib kelganlar Isroilning Xudosi — EgamizMa’badini qayta qurayotgan ekanlar”, degan xabarni eshitib qolishdi.
2. Ular Zarubabelning va urug‘boshilarning oldiga kelib, shunday dedilar: “Biz ham sizlarga qo‘shilib Xudoyingizning uyini quraylik, chunki biz ham, sizlar singari, Xudoyingizga sajda qilamiz. Ossuriya shohi Isarxaddo‘n bizni bu yerga olib kelgandan buyon Xudoyingizga qurbonlik qilib kelyapmiz.”
3. Lekin Zarubabel, Yoshua va Isroilning boshqa urug‘boshilari ularga shunday deb javob berdilar: “Sizlar Xudoyimizga uyni biz bilan birga qurmaysizlar. Isroil xalqining Xudosi — Egamiz uchun uyni o‘zimiz quramiz. Fors shohi Kurush buni bizga buyurgan.”
4. Shundan keyin mahalliy xalqdan bo‘lgan bu g‘animlar Yahudo xalqini sarosimaga solib, qo‘rqitishga va qurilish ishlaridan qaytarishga harakat qilishdi.
5. Ular amaldorlarga pora berib, Fors shohi Kurushning butun hukmronligi davomida Ma’badni qayta qurish rejalariga qarshilik qilib keldilar. Doro taxtni egallab, Fors shohi bo‘lgunga qadar bu ahvol davom etib keldi.
6. Bir necha yildan keyin shoh Axashverash taxtga chiqdi. Axashverash hukmronligining boshlarida, g‘animlar Yahudo yurti va Quddus shahrida yashayotgan yahudiylarga qarshi aybnoma yozdilar.
7. Hatto keyinroq — Fors shohi Artaxshas hukmronligi davrida ham Bishlam, Mitradot, To‘val va ularning boshqa sheriklari shohga maktub yozdilar. Maktub oramiycha yozilib, tarjima qilindi.
8. Keyin hokim Raxum va kotib Shimshay ham shoh Artaxshasga Quddus aholisini qoralab maktub yozdi. Maktub shunday so‘zlar bilan boshlangan edi:
9. “Hokim Raxumdan, kotib Shimshaydan va ularning boshqa sheriklari — hakamlar, yo‘lboshchilar, amaldorlar, Eraxliklar, Bobilliklar, Shushanliklar (ya’ni Elam xalqi),
10. shuningdek, ulug‘ va qudratli shoh O‘snapar Samariya shaharlariga va Furot daryosining g‘arbidagi viloyatga olib kelib o‘rnashtirgan turli xalqlardan maktub.”
11. Ular yuborgan maktubning mazmuni quyidagicha edi: “Shoh Artaxshas janobi oliylari! Biz, Furot daryosining g‘arbidagi viloyatda istiqomat qiluvchi qullaringiz, sizga salom yo‘llamoqdamiz.
12. Janobi oliylariga shu narsa ma’lum bo‘lsinkim, sizning qo‘l ostingizdagi boshqa o‘lkalardan Quddusga kelib o‘rnashgan yahudiylar isyonkor, bexosiyat shaharni qaytadan tiklamoqdalar. Ular poydevor yotqizib, tez orada shahar devorlarini ham qurib tugatadilar.
13. Janobi oliylarini shundan xabardor qilmoqchimizki, agar shahar qaytadan qurilib, devorlari ham bitsa, yahudiylar o‘lpon, soliq va xiroj to‘lamay qo‘yadilar. Natijada shohlikning daromadi kamayib ketadi.
14. Saroyning tuziga biz ham sherik bo‘lganimiz uchun, shohimizning sharmanda bo‘lishiga qarab o‘tirishimiz bizga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun maktub jo‘natib, shohimizni xabardor qilmoqchi bo‘ldik.
15. Siz farmon bering: ota–bobolaringizning yilnomalarini ko‘rib chiqishsin. Bu shahar g‘alayon makoni bo‘lganini o‘sha yilnomalardan topasiz. Bu shahar oldindan hukmdorlar va viloyat hokimlariga qarshi bosh ko‘tarib, ko‘p muammolar tug‘dirgan, shu sababdan vayron qilingan edi.
16. Biz janobi oliylariga shuni ma’lum qilib qo‘ymoqchimizki, agar bu shahar qayta qurilib, devorlari bitsa, Furot daryosining g‘arbidagi bu viloyatga egalik qila olmay qolasiz.”
17. Shoh quyidagicha javob jo‘natdi: “Samariyada va Furot daryosining g‘arbidagi viloyatda istiqomat qilayotgan hokim Raxumga, kotib Shimshayga va ularning boshqa sheriklariga salom yo‘llayman.
18. Sizlar menga yuborgan maktub huzurimda tarjima qilinib, o‘qib eshittirildi.
19. Shunday qilib, mening farmonimga binoan, tekshiruv olib borildi va bu shahar oldindan shohlarga qarshi isyon ko‘targani aniqlandi. Haqiqatan ham, bu shahar isyonu g‘alayon makoni bo‘lgan ekan.
20. Quddusda qudratli shohlar bo‘lgan ekan. Ular Furot daryosining g‘arbidagi barcha yurtlarni boshqargan ekanlar, o‘sha yurtlardan o‘lpon, soliq va xiroj yiqqan ekanlar.
21. Shuning uchun yahudiylarga buyuringlar, ishni to‘xtatsinlar. Men farmon bermagunimcha shahar qayta qurilmasin.
22. Hushyor bo‘linglar: mening manfaatimga zarar keltiradigan ish boshqa qilinmasin.”
23. Shoh Artaxshasning maktubi Raxum, kotib Shimshay va ularning sheriklari huzurida o‘qilgach, ular shosha–pisha Quddusga bordilar, shahar qurilishini to‘xtatishga yahudiylarni majburladilar.
24. Xudoning Quddusdagi uyini qayta qurish ishlari to‘xtatilgan edi. Fors shohi Doro hukmronligining ikkinchi yiligacha u yerda hech qanday ish qilinmadi.

1. O‘sha davrda Xaggey va Iddo o‘g‘li Zakariyo payg‘ambarlar Yahudo yurtidagi va Quddusdagi yahudiylargaIsroil xalqining Xudosi nomidan bashorat qila boshladilar.
2. Shunda Shaltiyol o‘g‘li Zarubabel va Yohuzadax o‘g‘li Yoshua Xudoning Quddusdagi uyini qayta qurishga yana kirishdilar. Xudoning payg‘ambarlari ularning ishini qo‘llab– quvvatlab turdilar.
3. O‘sha zahoti Furot daryosining g‘arbidagi viloyat hokimi Tattanay bilan Shatarbo‘zanay hamda ularning sheriklari yahudiylarning oldiga kelib: “Bu uyni ko‘tarishga, uni qayta qurishga kim sizlarga ijozat berdi?” deb so‘rashdi.
4. Binoni qurayotgan odamlarning ismlarini ham talab qilishdi.
5. Lekin yahudiy oqsoqollarga Xudo nazarini solgan edi. Shuning uchun Fors amaldorlari shoh Doroga maktub yuborishga qaror qildilar. “Maktubga javob kelmaguncha yahudiylarni to‘xtatmaymiz”, deb kelishib oldilar.
6. Furot daryosining g‘arbidagi viloyat hokimi Tattanay, Shatarbo‘zanay va ularning sheriklari — viloyat amaldorlari shoh Doroga maktub yubordilar.
7. Ular yuborgan maktubning mazmuni quyidagicha edi: “Shoh Doro janobi oliylariga tinchlik–omonlik bo‘lsin.
8. Shoh janoblariga ma’lum bo‘lsinki, biz Yahudo viloyatida ulug‘ Xudoga atab qurilayotgan uyga borgan edik. Bu uy yo‘nilgan toshlardan va sadr yog‘ochidan qurilyapti. Ish qunt bilan qilinyapti, qurilish bir maromda ilgarilab boryapti.
9. Biz o‘sha yerdagi oqsoqollar bilan gaplashdik, ulardan: “Bu uyni ko‘tarishga, uni qayta qurishga kim sizlarga ijozat berdi?” deb so‘radik.
10. Sizni xabardor qilib qo‘yaylik, deb ularga boshchilik qilayotgan odamlarning ismlarini ham so‘radik.
11. Ularning bizga bergan javobi shu bo‘ldi: — Biz Samoviy Xudoning qullarimiz. Biz tiklayotgan Xudoning bu uyi ancha yillar oldin Isroilning ulug‘ bir shohi tomonidan qurib bitkazilgan edi.
12. Lekin ota–bobolarimiz Samoviy Xudoni g‘azablantirdilar. Shuning uchun, Xudo ularni Xaldey qabilasidan bo‘lgan Bobil shohi Navuxadnazarning qo‘liga berdi. Navuxadnazar bu uyni vayron qilib, xalqni Bobilga surgun qildi.
13. -
14. Xudoning uyidan oltin va kumush buyumlarni olib, Bobildagi ma’badga olib ketdi. Lekin Bobil shohi Kurush o‘z hukmronligining birinchi yilida, Xudoning uyi qayta qurilsin, deb farmon chiqardi. U hatto Quddusdagi Ma’abadga qarashli o‘sha oltin va kumush buyumlarni Bobildagi ma’baddan olib kelishni buyurib, Shashbazzar degan odamga berdi. Shoh Kurushning o‘zi Shashbazzarni Yahudoning hokimi qilib tayinladi.
15. U Shashbazzarga shunday dedi: “Bu buyumlarni Quddusga olib bor. Xudoning uyini oldingi o‘rnida qurdirib, buyumlarni Ma’badga joylashtir.”
16. Shunda Shashbazzar kelib, Xudoning Quddusdagi uyi poydevorini yotqizdirdi. O‘shandan buyon hozirgacha qurilish davom etmoqda, hali tugagani yo‘q.
17. Endi, shohimizga ma’qul bo‘lsa, Bobildagi shoh hujjatlarini sinchiklab qarab chiqsalar. O‘shanda shoh Kurush Xudoning Quddusdagi o‘sha uyini qayta qurish uchun farmon chiqarganmi yoki yo‘qmi, ko‘radilar. Shohimiz bu ishga oid qarorlarini bizga ma’lum qilishlarini so‘raymiz.”

1. Shundan so‘ng shoh Doro, Bobilda saqlanadigan hujjatlar sinchiklab qarab chiqilsin, deb farmon berdi.
2. Nihoyat, Midiya viloyatining markazi Yekbatana shahridagi arxivdan bir o‘rama qog‘oz topildi. Unda quyidagilar yozilgan edi:
3. “Shoh Kurush o‘z hukmronligining birinchi yilida Xudoning Quddusdagi uyiga oid shunday farmon chiqardi: Xudoning uyi oldingi o‘rnida qayta qurilsin, toki odamlar u yerda qurbonliklar keltira oladigan bo‘lishsin. Bu uyning balandligi oltmish tirsak, kengligi ham oltmish tirsak bo‘lsin.
4. Devorlari yo‘nilgan tosh va yog‘ochdan qurilsin, har uch qator toshning ustiga bir qator yog‘och yotqizilsin. Xarajatlar shoh xazinasidan to‘lansin.
5. Bundan tashqari, Navuxadnazar Quddusdagi Ma’baddan Bobilga olib kelgan Xudoning uyiga tegishli buyumlar ham Quddusga qaytarib olib borilsin. Hammasi Xudoning uyiga oldingiday joylashtirilsin.”
6. Shoh Doro shunday maktub jo‘natdi: “Furot daryosining g‘arbidagi viloyat hokimi Tattanay, Shatarbo‘zanay va sheriklaringiz — viloyat amaldorlari! Sizlar nari turinglar!
7. Xudoning uyidagi ishlarga aralashmanglar. Yahudo hokimi va yahudiy oqsoqollar Xudoning uyini oldingi o‘rnida qaytadan quraverishsin.
8. Bundan tashqari, sizlar yahudiy oqsoqollarga Xudoning uyini qayta qurishda quyidagicha yordam berishingizni amr qilaman: ish uchun kerak bo‘lgan hamma mablag‘ni ularga kechiktirmay yetkazib turinglar. Mablag‘ni Furot daryosining g‘arbidagi viloyatdan yig‘ilgan o‘lpondan — shoh xazinasidan to‘langlar.
9. Quddusdagi ruhoniylarSamoviy Xudoga har kuni kuydiriladigan nazrlarni keltira olishlari uchun ularni kerakli narsalar bilan ta’minlanglar. Ularga so‘raganini — buqa, qo‘chqor, qo‘zilarni, shuningdek, bug‘doy, tuz, sharob va zaytun moyini beringlar.
10. Shunda ular Samoviy Xudoga ma’qul keladigan qurbonliklarni nazr qila oladigan bo‘lishadi hamda meni va farzandlarimni duo qilib yurishadi.
11. Yana buyuraman: kim bu farmonimni o‘zgartirsa, o‘sha odamning uyidan xoda sug‘urib olinsin. Aybdor odam tik o‘rnatilgan xodaning uchiga qoqilsin. Qilgan jinoyati uchun uyi buzib tashlanib, go‘ngtepaga aylantirilsin.
12. Bu farmonimni o‘zgartirishga uringan yoki Xudoning Quddusdagi uyini yo‘qotishga harakat qilgan har qanday shoh yoki xalqni Xudoning O‘zi yo‘q qilsin. Zotan Xudo ulug‘lanishi uchun O‘ziga Quddus shahrini tanlagan. Bu farmonni men, Doro, joriy qildim. Farmonim so‘zsiz bajarilsin.”
13. Shoh Doro yuborgan buyruqqa muvofiq, Furot daryosining g‘arbidagi viloyat hokimi Tattanay, Shatarbo‘zanay va ularning sheriklari shohning farmonini so‘zsiz bajarishdi.
14. Shunday qilib, yahudiy oqsoqollar Xudoning uyini quraverdilar, ish bir maromda ilgarilab borardi. Xaggey va Iddo o‘g‘li Zakariyo payg‘ambarlar esa ularni bashoratlari bilan ruhlantirib turdilar. Yahudiy oqsoqollar Isroil xalqining Xudosi amriga hamda Fors shohlari Kurush, Doro va Artaxshasning farmonlariga ko‘ra, qurilishni tamomladilar.
15. Adar oyining uchinchi kuni, shoh Doro hukmronligining oltinchi yilida Xudoning uyi qurilishi tugatildi.
16. Isroil xalqi — ruhoniylar, levilar va asirlikdan qaytgan boshqa odamlar shod–xurramlik bilan uyni Xudoga bag‘ishladilar.
17. Ular Xudo uyining bag‘ishlanishiga atab, 100 ta buqa, 200 ta qo‘chqor, 400 ta qo‘zini qurbonlik qildilar. Isroil qabilalarining soniga ko‘ra, butun Isroil xalqi uchun 12 ta takani gunoh qurbonligi qildilar.
18. So‘ng ruhoniy va levilarni guruhlarga bo‘ldilar, ularga Xudoning Quddusdagi uyida bajariladigan vazifalarni taqsimlab berdilar. Bularning hammasini Musoning kitobida yozilgan ko‘rsatmalar bo‘yicha qildilar.
19. Asirlikdan qaytganlar keyingi yilning birinchi oyi, o‘n to‘rtinchi kunida Fisih ziyofatini nishonladilar.
20. Ruhoniylar va levilar o‘zlarini pokladilar. Hammalari pok bo‘lganlaridan keyin, levilar asirlikdan qaytgan xalq uchun, ruhoniylar uchun va o‘zlari uchun Fisih qo‘zisini so‘ydilar.
21. Asirlikdan qaytgan Isroil xalqi Fisih taomidan tanovul qildi. Yurtdagi boshqa odamlar ham yahudiylarga qo‘shilib, Fisih taomidan tanovul qildilar. Ular Isroil xalqining Xudosi — Egamizga sajda qilish uchun qo‘shni xalqlarning butparast udumlaridan voz kechgan edilar.
22. Hammasi shod– xurramlik bilan yetti kun davomida Xamirturushsiz non bayramini birgalikda nishonladilar. Ular xursand edilar, chunki Egamiz ularni Ossuriya shohining iltifotiga sazovor qilgan edi. Ossuriya shohi ularga Isroil xalqi Xudosining uyini qayta qurishda yordam bergandi.

1. Oradan ko‘p yillar o‘tdi. Fors shohi Artaxshas hukmronligi davrida Ezra degan bir odam bor edi. Uning nasabnomasi quyidagicha edi: Ezra — Sarayoning o‘g‘li, Sarayo — Ozariyoning o‘g‘li, Ozariyo — Xilqiyoning o‘g‘li,
2. Xilqiyo — Shallumning o‘g‘li, Shallum — Zodo‘xning o‘g‘li, Zodo‘x — Oxitobning o‘g‘li,
3. Oxitob — Emoriyoning o‘g‘li, Emoriyo — Ozariyoning o‘g‘li, Ozariyo — Maroyo‘tning o‘g‘li,
4. Maroyo‘t — Zaraxiyoning o‘g‘li, Zaraxiyo — Uzzining o‘g‘li, Uzzi — Bukkining o‘g‘li,
5. Bukki — Abushuvaning o‘g‘li, Abushuva — Finxazning o‘g‘li, Finxaz — Elazarning o‘g‘li, Elazar — oliy ruhoniy Horunning o‘g‘li edi.
6. Ezra Isroil xalqining Xudosi — Egamizning Musoga bergan qonunini juda yaxshi biladigan mohir tafsirchi edi.
7. Shoh Artaxshas hukmronligining yettinchi yilida Ezra Bobildan Quddusga tomon yo‘lga otlandi. Isroil xalqidan, ruhoniylardan, levilardan, qo‘shiqchilardan, Ma’bad darvozabonlaridan, Ma’bad xizmatkorlaridan ba’zilari ham Ezra bilan birga Quddusga ketmoqchi bo‘ldilar. Ezraga Egasi Xudo yor bo‘lgani uchun, shoh unga so‘ragan narsasini in’om qildi.
8. -
9. Birinchi oyning birinchi kunida ular Ezraning boshchiligida Bobildan chiqdilar. Ezraga Xudoning marhamati yor bo‘lgani uchun, ular to‘rt oydan keyin — beshinchi oyning birinchi kunida Quddusga yetib keldilar.
10. Ezra butun hayotini Xudoning qonunlarini o‘rganishga, bu qonunlarni bajarishga, Isroil xalqiga Xudoning qonun–qoidalarini o‘rgatishga bag‘ishlagan edi.
11. Egamizning Isroil xalqiga bergan amr va qonunlarining mohir tafsirchisi — ruhoniy Ezraga shoh Artaxshas maktub bergan edi. Maktubning mazmuni quyidagicha edi:
12. “Samoviy Xudo qonunlarining mohir tafsirchisi — ruhoniy Ezraga shahanshoh Artaxshasdan salomlar bo‘lsin.
13. Mening shohligimda istiqomat qilayotgan Isroil xalqidan, shuningdek, ruhoniy va levilardan sen bilan Quddusga ketishni istagan har kimga ijozat berilsin, deb farmon beraman.
14. Men yettita maslahatchim bilan birga seni Yahudo yurti va Quddusga yuborib, u yerdagi vaziyatni tekshirib chiqishingga vakolat beramiz. Senga topshirilgan Xudoyingning qonuni u yerda ijro etilyaptimi yoki yo‘qmi, bilib kel.
15. Quddusda maskan qilgan Isroil xalqining Xudosiga biz ko‘ngildan chiqarib nazr qilgan kumush va oltinlarni ham o‘zing bilan olib ket.
16. Bobil viloyati bo‘ylab sen to‘playdigan hamma kumush va oltinni ol. Isroil xalqi va ularning ruhoniylari o‘z Xudosining Quddusdagi uyi uchun ko‘ngildan chiqarib beradigan nazrlarni ham olib ket.
17. Bu pulga, birinchi navbatda, buqalar, qo‘chqorlar, qo‘zilar, ularga qo‘shib qilinadigan don bilan sharob nazrlarini sotib ol. Bularni Xudoyingning Quddusdagi uyi qurbongohida nazr qil.
18. Qolgan kumush va oltinni esa Xudoyingning xohishiga muvofiq, o‘zingga va hamkorlaringga ma’qul kelganicha ishlatsang bo‘ladi.
19. Xudoyingning uyida foydalanish uchun berilgan buyumlarni Quddusdagi Xudoga in’om qil.
20. Bordi–yu, Xudoyingning uyi uchun yana boshqa xarajatlar talab qilinsa, mablag‘ni shoh xazinasidan olishing mumkin.
21. Men, shoh Artaxshas, Furot daryosining g‘arbidagi viloyat xazinabonlarining hammasiga farmon beraman: Samoviy Xudo qonunlarining mohir tafsirchisi — ruhoniy Ezra nima talab qilmasin, uning talabi so‘zsiz ijro etilsin.
22. 210 pudga qadar kumush, 1000 tog‘oraga qadar bug‘doy, 200 ko‘zaga qadar sharob, 200 ko‘zaga qadar moy va keragicha tuz berilsin.
23. Samoviy Xudo O‘z uyi uchun nimalarni amr qilgan bo‘lsa, o‘sha narsalar albatta muhayyo qilinsin. Mendan va mening merosxo‘rlarimdan Xudo g‘azablanmasin.
24. Biz yana sizlarni xabardor qilamizki, ruhoniylardan, levilardan, qo‘shiqchilardan, Ma’bad darvozabonlaridan, Ma’bad xizmatkorlaridan, Xudoning uyidagi boshqa xizmatkorlardan o‘lpon, soliq yoki xiroj olish man etiladi.
25. Sen, Ezra, Xudo bergan donolik bilan qozi va hakamlarni tayinla. Ular Furot daryosining g‘arbidagi viloyatda Xudoyingning qonunlarini biladigan jamiki xalqni hukm qilsinlar. Qonunlarni bilmaydigan odamlarga sizlar ta’lim beringlar.
26. Xudoyingning qonuniga va shohning qonuniga itoat qilmaganlarning hammasi albatta jazoga tortilsin: qatl qilinsin yoki surgun qilinsin, mol– mulki musodara qilinsin yoki qamoqqa tashlansin.”
27. Ota–bobolarimizning Xudosiga hamdu sanolar bo‘lsin! Egam Quddusdagi uyini sharaflashi uchun bularni shohning yuragiga soldi.
28. Xudoning marhamati bilan men shohning, maslahatchilarining, barcha obro‘li a’yonlarining iltifotiga sazovor bo‘ldim. Egam Xudo menga yor bo‘lgani uchun, men dadil bo‘lib, Isroil yo‘lboshchilarini o‘zim bilan olib ketgani to‘pladim.

1. Shoh Artaxshas hukmronligi davrida men bilan birga Bobildan ketgan urug‘boshilar va ular bilan birga ro‘yxatga olinganlar quyidagilardir:
2. Finxaz urug‘idan — Gershom. Itamar urug‘idan — Doniyor. Dovud urug‘idan — Shaxaniyo naslidan bo‘lgan Xattush.
3. Paro‘sh urug‘idan — Zakariyo va u bilan birga ro‘yxatga olingan 150 ta erkak.
4. Paxatmo‘ab urug‘idan — Zaraxiyo o‘g‘li Elixo‘nay va u bilan birga 200 ta erkak.
5. Zattu urug‘idan — Yaxaziyol o‘g‘li Shaxaniyo va u bilan birga 300 ta erkak.
6. Adin urug‘idan — Yo‘natan o‘g‘li Evid va u bilan birga 50 ta erkak.
7. Elam urug‘idan — Otaliyo o‘g‘li Yeshayo va u bilan birga 70 ta erkak.
8. Shafatiyo naslidan — Mikoyil o‘g‘li Zabadiyo va u bilan birga 80 ta erkak.
9. Yo‘ab naslidan — Yoxiyol o‘g‘li Obodiyo va u bilan birga 218 ta erkak.
10. Banix urug‘idan — Yo‘sifiyo o‘g‘li Shalumit va u bilan birga 160 ta erkak.
11. Bo‘vay urug‘idan — Bo‘vay o‘g‘li Zakariyo va u bilan birga 28 ta erkak.
12. Ozgad urug‘idan — Xakkatan o‘g‘li Yo‘xanon va u bilan birga 110 ta erkak.
13. Odonixam urug‘idan — Elifalet, Yaviyol, Shamayo va ular bilan birga 60 ta erkak. Elifalet, Yaviyol va Shamayo qarindoshlari orasidan eng oxirgi bo‘lib qaytib keldilar.
14. Big‘vay urug‘idan — Utay, Zakkur va ular bilan birga 70 ta erkak.
15. Men ularni Ohabo shahriga oqib boradigan daryo bo‘yida to‘pladim. O‘sha joyda biz uch kun turdik. Men to‘planganlarni sinchiklab ko‘rib chiqdim, ularning orasida ruhoniylarni topdim, lekin levilar yo‘q edi.
16. Keyin yo‘lboshchilar Eliazarni, Oriyolni, Shamayoni, Elnatanni, Yorivni, Elnatanni, Natanni, Zakariyoni, Mashullomni hamda Tavrot ustozlari Yo‘xariv va Elnatanni chaqirtirdim.
17. Ularni Kosifiyodagi levilarning yo‘lboshchisi Iddoning huzuriga jo‘natayotib, ularga shunday deb tayinladim: “Iddoning huzuriga borgach, unga, uning sheriklariga, Kosifiyodagi Ma’bad xizmatkorlariga aytinglar, Xudoning uyi uchun levilarni yuborishsin.”
18. Xudoyimizning marhamati bizga yor bo‘lgani uchun, ular Sharaviyo degan layoqatli bir odamni, o‘g‘illari va qarindoshlari bilan birga yubordilar. Sharaviyo Yoqub o‘g‘li Levi naslining Maxli urug‘idan edi. Kelganlar jami 18 ta erkak edilar.
19. Shuningdek, Marori urug‘idan Xashaviyo va Yeshayo o‘g‘illari va qarindoshlari bilan birga yuborilgan edi. Ular jami 20 ta erkak edilar.
20. Bulardan tashqari, 220 ta Ma’bad xizmatkori ham yuborildi. Bu xizmatkorlarning ajdodlarini shoh Dovud va uning a’yonlari levilarga yordam berish uchun tayinlagan edilar. Ularning hammasi nomma–nom qayd etilgan.
21. Xudodan: “Bizni, bolalarimizni va butun mol– mulkimizni safarda saqlagin”, deb so‘rab, toat– ibodat qilishimiz uchun men Oxabo daryosi bo‘yida ro‘zani e’lon qildim.
22. Shohdan: “Bizni yo‘lda dushmandan himoya qilish uchun bir guruh sipoh va otliq sipoh bering”, deb so‘rashga xijolat bo‘lardim. Chunki biz shohga: “Xudoyimiz Unga yuz burganlarning hammasiga marhamat qiladi, lekin Undan yuz o‘girganlarga g‘azabini sochadi”, deb aytgan edik.
23. Shunday qilib, biz ro‘za tutdik va Xudoyimizga, bizni saqlagin, deb iltijo qildik. Xudoyimiz bizning iltijolarimizni eshitdi.
24. So‘ngra bosh ruhoniylarning orasidan o‘n ikkita ruhoniyni — Sharaviyoni, Xashaviyoni va ularning qarindoshlaridan o‘ntasini tanlab oldim.
25. Xudoyimizning uyi uchun nazr qilingan kumush, oltin va buyumlarni ularning huzurida tarozida tortdim. Shoh, uning maslahatchilari, a’yonlari, Bobil viloyatidagi butun Isroil xalqi nazr qilgan bu hadyalarni ularga topshirdim.
26. Men ularga topshirgan nazrlarning miqdori quyidagicha edi: 1400 pud kumush, 210 pud kumush buyum, 210 pud oltin,
27. yarim pud chiqadigan 20 ta oltin kosa, qiymati oltinga teng bo‘lgan, sayqallangan a’lo sifatli 2 ta bronza buyum.
28. Men ularga shunday dedim: “Sizlar Egamizga bag‘ishlangansizlar, buyumlar ham Egamizga bag‘ishlangan. Odamlar bu kumush va oltinlarni ota–bobolaringizning Xudosi — Egamizga ko‘ngildan chiqarib nazr qildilar.
29. Sizlar bu nazrlarni Quddusga olib borgunlaringizgacha ehtiyot qilib saqlanglar. So‘ng bularni Egamizning uyi omborida bosh ruhoniylar, levilar va urug‘boshilar huzurida tarozida tortinglar.”
30. Shunday qilib, ruhoniylar va levilar tarozida tortilgan bu kumush, oltin va buyumlarni Xudoyimizning Quddusdagi uyiga olib borish uchun qabul qilib oldilar.
31. Birinchi oyning o‘n ikkinchi kuni biz Ohabo daryosi bo‘yidan Quddus tomon yo‘lga tushdik. Xudoyimiz bizga yor edi. Yo‘lda ketayotganimizda, U bizni dushman hujumidan va qaroqchilardan himoya qildi.
32. Biz Quddusga yetib kelib, u yerda uch kun turdik.
33. To‘rtinchi kuni esa kumush, oltin va buyumlarni Xudoyimizning uyida tarozida tortib, Uriyo o‘g‘li ruhoniy Miromo‘tga topshirdik. Uning yonida Finxaz o‘g‘li ruhoniy Elazar, shuningdek, levilardan Yeshuva o‘g‘li Yo‘zabad va Binnuy o‘g‘li Novadiyo bor edilar.
34. O‘sha kuni biz hamma narsani tarozida tortib, hisoblab chiqdik, har bir narsaning vaznini yozib qo‘ydik.
35. Shundan so‘ng asirlikdan qaytib kelganlar Isroil xalqining Xudosiga qurbonliklar keltirdilar. Ular butun Isroil xalqi uchun 12 ta buqani, 96 ta qo‘chqorni, 77 ta qo‘zini Egamizga qurbonlik qilib kuydirdilar. Bulardan tashqari, xalqni gunohlaridan poklash uchun 12 ta takani qurbonlik qildilar.
36. So‘ng shohning farmonini Furot daryosining g‘arbidagi viloyat noiblariga va hokimlariga olib bordilar. Noiblar bilan hokimlar xalqqa va Xudoning uyiga yordam ko‘rsatdilar.

1. Shu voqealardan keyin Isroil xalqining yo‘lboshchilari mening oldimga kelib, shunday deyishdi: “Asirlikdan qaytgan Isroil xalqining ko‘pchiligi, hatto ba’zi ruhoniylar bilan levilar mahalliy xalqlardan o‘zlarini saqlamadilar. Ular Kan’on, Xet, Pariz, Yobus, Ommon, Mo‘ab, Misr va Amor xalqlarining jirkanch odatlarini o‘zlashtirib oldilar.
2. Yahudiy erkaklarining ba’zilari o‘sha xalqlarning qizlariga uylandilar, o‘g‘illariga ham o‘sha xalqlarning qizlaridan olib berdilar. Shu tariqa muqaddas xalq yurtdagi boshqa xalqlar bilan chatishib ketdi. Bu xiyonatni yo‘lboshchilar bilan amaldorlar boshlab berishdi.”
3. Men bu gaplarni eshitganimda qayg‘udan ko‘ylagim va ridoimni yirtib tashladim, soch– soqolimni yuldim. Qattiq iztirobda qoldim.
4. Asirlikdan qaytganlarning bu xiyonati dastidan Isroil Xudosining so‘zlaridan qo‘rqadigan hamma odamlar mening atrofimga to‘plandilar. Men esa kechki qurbonliknazr qilinadigan paytgacha iztirob chekib o‘tiraverdim.
5. Kechki qurbonlik paytida men hamon iztirob chekkanimcha o‘tirgan o‘rnimdan turdim. Ko‘ylaklarim va ridoim yirtilgan holatda tiz cho‘kdim. Egam Xudoga qo‘llarimni cho‘zib,
6. yolvordim: “Ey Xudoyim! Qattiq xijolatdaman, huzuringda boshimni ko‘tarishga botinolmayman. Ey Xudoyim! Ayblarimiz boshimizdan ham oshib ketgan, gunohlarimiz tog‘day uyilib, osmonu falakka yetgan.
7. Ota–bobolarimiz davridan shu kungacha biz gunohga botib keldik. Ayblarimiz tufayli Sen bizni, shohlarimizni, ruhoniylarimizni boshqa yurtlarning shohlariga mag‘lub qilding. Ular bizni o‘ldirishdi, talon–taroj qilishdi, asir qilib olib ketishdi, xuddi hozirgiday, biz sharmandali ahvolga tushdik.
8. Endi esa, ey Egamiz Xudo, sen qisqa vaqt davomida bizga shafqatingni ko‘rsatib, bizni omon saqlading, muqaddas maskaning oldiga joylashtirding. Bizga umid berding, qulligimizda ozgina bo‘lsa ham, halovat ato qilding.
9. Ey Xudoyimiz, biz qul bo‘lsak ham, Sen bizni tark etmading. Bizga marhamat ko‘rsatib, Fors shohining iltifotiga sazovor qilding. Bizga yangi hayot ato qilding, uyingni qayta qurishimizga, uni tiklashimizga imkoniyat berding, Yahudo yurtida va Quddusda bexatar yashashimizga imkoniyat yaratding.
10. Ey Xudoyimiz, endi nima ham derdik?! Bularning hammasidan keyin ham biz amrlaringga rioya qilmadik.
11. Sen payg‘ambar qullaring orqali shunday amr bergan eding: — Sizlar egalik qilish uchun kirayotgan bu yurt mahalliy xalqlarning butparast udumlari tufayli harom bo‘lgan. Xalqlar jirkanch odatlari bilan butun yurtni u boshidan bu boshigacha bulg‘adilar.
12. Shuning uchun ularga qiz uzatmanglar, o‘g‘illaringizga ularning qizlarini olib bermanglar. Ularga hech qachon tinchlik va farovonlikni ravo ko‘rmanglar. Shundagina sizlar kuchli bo‘lasizlar, yurtning a’lo hosilidan yeb, rohatlanasizlar, bu yurtni bolalaringizga abadiy meros qilib qoldirasizlar.
13. Boshimizga tushgan hamma ko‘rgiliklarga qilgan qabih ishlarimiz, o‘zimizning ayblarimiz sabab bo‘ldi. Ey Xudoyimiz, shunga qaramay, sen bizni qilmishlarimizga yarasha jazolamay, oz jazolading, ayrimlarimizni omon saqlading. Mana shulardan keyin ham
14. biz amrlaringni buzdik. Jirkanch odatlarga mukkasidan ketgan xalqlar bilan quda–andachilik qildik! Endi Sen bizdan g‘azablanib, birontamizni ham tirik qoldirmay qirib tashlashing aniq!
15. Ey Isroil xalqining Xudosi — Egamiz, Sen adolatlisan. Shunga qaramay, shu kungacha Sen bizni asrab kelding. Sening oldingda turishga haqimiz yo‘q, lekin mana, ayblarimiz bilan oldingda turibmiz.”

1. Ezra Xudoning uyi oldida o‘zini yerga otib yig‘laganicha, gunohlarni e’tirof etdi. U Xudoga iltijo qilayotganda, atrofiga Isroildan katta jamoa — erkagu ayol, bolalar yig‘ilishdi. Xalq ham achchiq–achchiq yig‘lardi.
2. Elam naslidan Yoxiyol o‘g‘li Shaxaniyo Ezraga shunday deya murojaat qildi: “Biz mahalliy xalqlarning butparast ayollariga uylanib, Xudoyimizga bevafolik qildik. Lekin shunga qaramay, biz, Isroil xalqi uchun hali ham umid bor!
3. Keling, Xudoyimiz bilan ahd qilaylik. Hazratim, sizning maslahatingizga ko‘ra va Xudoyimizning so‘zlaridan qo‘rqadiganlarning maslahatiga ko‘ra, barcha butparast xotinlarni bolalari bilan birga qo‘yib yuboraylik. Tavrot qonuniga amal qilaylik.
4. Qani hazratim, ishga kirishing, bu sizning burchingizdir. Biz siz bilanmiz. Dadil bo‘ling, ishni boshlang.”
5. Shunda Ezra o‘rnidan turib, ruhoniylarning, levilarning va butun Isroil xalqining boshliqlariga, aytilganlarni qilamiz, deb ont ichirdi. Hammalari ont ichdilar.
6. So‘ng Ezra Xudoning uyi oldidan ketib, Eliashab o‘g‘li Yoxuxanonning xonasiga bordi, tunni o‘sha yerda o‘tkazdi. U na non yedi, na suv ichdi, u asirlikdan qaytganlarning xiyonatkorligi dastidan qayg‘urayotgan edi.
7. “Asirlikdan qaytganlarning hammasi Quddusga to‘plansin”, deb Yahudo yurti va Quddus bo‘ylab jar solindi.
8. “Agar kimki uch kun ichida kelmasa, yo‘lboshchilarning va oqsoqollarning buyrug‘iga ko‘ra, ularning hamma mol–mulki musodara qilinsin, o‘zlari asirlikdan qaytganlar jamoasidan chiqarilsin”, deb xabar berildi.
9. Uch kun ichida Yahudo va Benyamin hududida yashayotganlarning hammasi Quddusda to‘plandi. Bu voqea to‘qqizinchi oyning yigirmanchi kunida ro‘y berdi. Odamlar Xudoning uyi oldidagi hovlida joylashib o‘tirdi. Ahvolning jiddiyligidan va kuchli yomg‘ir yog‘ayotganidan xalq titrardi.
10. Ruhoniy Ezra o‘rnidan turib, xalqqa dedi: “Sizlar butparast ayollarga uylanib, Egamizga xiyonat qildingizlar, Isroil xalqining ayblari ustiga ayb orttirdingizlar.
11. Endi ota–bobolaringizning Xudosi — Egamiz oldida tavba qilinglar, Uning xohishi bo‘yicha ish tutinglar. O‘zlaringizni mahalliy xalqlardan ayirib, butparast xotinlaringizni qo‘yib yuboringlar.”
12. Shundan keyin butun jamoa baland ovoz bilan javob berdi: “Siz haqsiz! Aytganlaringizni qilamiz.
13. Lekin xalq ko‘p, yomg‘ir ham yog‘yapti, shuning uchun ochiq joyda tura olmaymiz. Oramizdagi ko‘pchilik bu gunohga qo‘l urgan, shuning uchun bu masalani bir–ikki kunda hal qilib bo‘lmaydi.
14. Mayli, yo‘lboshchilarimiz Quddusda qolsinlar, ular bu ishning mas’uliyatini o‘z zimmalariga olsinlar. Butparast ayollarga uylanganlarning hammasi belgilangan vaqtda o‘z shahar oqsoqoli va hakami bilan birga kelishsin. Shu yo‘sin bu masaladagi Xudoyimizning qattiq g‘azabi bizdan qaytadi.”
15. Faqat Osoyil o‘g‘li Yo‘natan bilan Tixvo o‘g‘li Yaxziyo bu taklifga qarshi chiqdilar, levilardan Mashullom va Shabbatay ham ularni qo‘llab– quvvatladilar.
16. Shunday qilib, asirlikdan qaytganlar berilgan taklifni qabul qildilar. Ruhoniy Ezra urug‘boshilar orasidan odamlarni tayinlab, ularning ismlarini yozib qo‘ydi. O‘ninchi oyning birinchi kuni ular bu ishni tekshirishga kirishdilar.
17. Birinchi oyning birinchi kuniga kelib, butparast ayollarga uylangan barcha erkaklar bilan bog‘liq bo‘lgan masala ko‘rib chiqildi.
18. Butparast ayollarga uylangan odamlar quyidagilardir: Ruhoniylardan: Yohuzadax o‘g‘li Yoshuaning urug‘idan va uning hamkorlaridan — Masiyo, Eliazar, Yoriv va Gadaliyo.
19. Ular xotinlarini qo‘yib yuborishga ont ichdilar va ayblari uchun bitta qo‘chqorni ayb qurbonligi qildilar.
20. Immar urug‘idan — Xonin va Zabadiyo.
21. Xarim urug‘idan — Masiyo, Ilyos, Shamayo, Yoxiyol va Uzziyo.
22. Pashxur urug‘idan — Eliyo‘nay, Masiyo, Ismoil, Natanil, Yo‘zabad va Elasax.
23. Levilardan: Yo‘zabad, Shimax, Kilayox (Kilit deb ham aytiladi), Patixiyo, Yahudo va Eliazar.
24. Qo‘shiqchilardan: Eliashab. Ma’bad darvozabonlaridan: Shallum, Talim va Uri.
25. Isroil xalqining qolganlaridan: Paro‘sh urug‘idan — Romiyo, Yiziyo, Malkiyo, Miyomin, Elazar, Malkiyo va Binayo.
26. Elam urug‘idan — Mattaniyo, Zakariyo, Yoxiyol, Abdi, Yorimo‘t va Ilyos.
27. Zattu urug‘idan — Eliyo‘nay, Eliashab, Mattaniyo, Yorimo‘t, Zobod va Azizax.
28. Bo‘vay urug‘idan — Yoxuxanon, Xanoniyo, Zabbay va Otley.
29. Banix urug‘idan — Mashullom, Mallux, Odayo, Yoshuv, Shayol va Yorimo‘t.
30. Paxatmo‘ab urug‘idan — Adna, Xilol, Binayo, Masiyo, Mattaniyo, Bazalil, Binnuy va Manashe.
31. Xarim urug‘idan — Eliazar, Ishshiyo, Malkiyo, Shamayo, Shimo‘n,
32. Benyamin, Mallux, Shamariyo.
33. Xashum urug‘idan — Mattanay, Mattatax, Zobod, Elifalet, Yorimay, Manashe va Shimax.
34. Banix urug‘idan — Maday, Imrom, Uval,
35. Binayo, Bidayo, Xalux,
36. Vaniyo, Miromo‘t, Eliashab,
37. Mattaniyo, Mattanay va Yasoy.
38. Binnuy urug‘idan — Shimax,
39. Shalamiyo, Natan, Odayo,
40. Maxnadbay, Shoshay, Shoroy,
41. Ozariyol, Shalamiyo, Shamariyo,
42. Shallum, Emoriyo va Yusuf.
43. Navo urug‘idan — Yaviyol, Mattitiyo, Zobod, Zabino, Yadday, Yo‘el va Binayo.
44. Yuqoridagilarning hammasi butparast ayollarga uylangan edilar. Ayrimlari o‘sha ayollardan farzandlar ham ko‘rgan edilar.

YouTube kanaliga xush kelibsiz!
► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)
Muqaddas Kitob
- Ibtido
- Chiqish
- Levilar
- Sahroda
- Qonunlar
- Yoshua
- Hakamlar
- Rut
- Shohlar (birinchi kitob)
- Shohlar (ikkinchi kitob)
- Shohlar (uchinchi kitob)
- Shohlar (to‘rtinchi kitob)
- Solnomalar (birinchi kitob)
- Solnomalar (ikkinchi kitob)
- Ezra
- Naximiyo
- Ester
- Ayub
- Zabur
- Sulaymonning hikmatlari
- Voiz
- Ishayo
- Sulaymonning go‘zal qo‘shig‘i
- Yeremiyo
- Yeremiyoning marsiyasi
- Hizqiyo
- Doniyor
- Xo‘sheya
- Yo‘el
- Amos
- Obodiyo
- Yunus
- Mixo
- Noxum
- Xabaqquq
- Zafaniyo
- Xaggey
- Zakariyo
- Malaki
- Matto Muqaddas xushxabar
- Luqo Muqaddas xushxabar
- Yuhanno Muqaddas xushxabar
- Mark Muqaddas xushxabar
- Havoriylarning faoliyati
- Yoqubning maktubi
- Butrusning birinchi maktubi
- Butrusning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning birinchi maktubi
- Yuhannoning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning uchinchi maktubi
- Yahudoning maktubi
- Rimliklarga maktub
- Korinfliklarga birinchi maktub
- Korinfliklarga ikkinchi maktub
- Galatiyaliklarga maktub
- Efesliklarga maktub
- Filippiliklarga maktub
- Kolosaliklarga maktub
- Salonikaliklarga birinchi maktub
- Salonikaliklarga ikkinchi maktub
- Timo‘tiyga birinchi maktub
- Timo‘tiyga ikkinchi maktub
- Titusga maktub
- Filimo‘nga maktub
- Ibroniylarga maktub
- Yuhannoga ko‘rsatilgan vahiy
AJOYIB KITOBNI O'QING

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)
MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Tavrot | Zabur | Injil (+audio)

Яхши аудио Китоблар

Kinolar va Multiklar

Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Аудио Кутубхона

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz