Muqaddas Kitob

Naximiyo

1. Quyidagilar Xaxalyo o‘g‘li Naximiyoning xotiranomasidir. Shoh Artaxshas hukmronligining yigirmanchi yilida, Xislav oyida men Shushandagi qal’asida edim.
2. Shunda ukam Xonin boshqa ba’zi odamlar bilan Yahudo yurtidan keldi. Men ulardan asirlikka olib ketilmagan va asirlikdan qaytib borgan yahudiylarning holini, shuningdek, Quddus shahrining ahvolini so‘radim.
3. Ular shunday javob berdilar: “Viloyatdagi asirlikka olib ketilmagan va asirlikdan qaytib borgan yahudiylar og‘ir qayg‘u, sharmandali ahvolda qolganlar: Quddusning devori vayron bo‘lib ketgan, darvozalari yondirilgan.”
4. Bu so‘zlarni eshitganimda, o‘tirib yig‘ladim. Bir necha kun qayg‘urib yurdim. Ro‘za tutdim, Samoviy Xudoga iltijo qilib yurdim. Unga shunday deb yolvordim:
5. “Ey Samoviy Xudo — Egam! Sen buyuk va haybatli Xudosan. Seni sevib, amrlaringga rioya qilgan bandalaringga ahdingni sodiq saqlaysan.
6. Men, qulingning ibodatlarini eshit, ahvolimga boq. Isroil xalqi uchun kechayu kunduz qilgan iltijolarimni eshit. Axir, ular Sening qullaring–ku. Men xalqim qilgan hamma gunohlarni e’tirof etaman. Men o‘zim ham, xonadonim ham gunoh qildik.
7. Quling Muso orqali bergan amrlaringga, farmonlaringga, qonun–qoidalaringga biz rioya qilmadik, Seni qattiq xafa qildik.
8. Yolvoraman, quling Musoga bergan va’dangni yodingda tut. Axir, Sen shunday degansan: “Agar sizlar Menga sodiq bo‘lmasangizlar, Men sizlarni xalqlar orasiga tarqatib yuboraman.
9. Lekin Menga yuz bursangizlar, amrlarimga rioya qilib bajarsangizlar, Men sizlarni yig‘ib olaman. Yerning eng chetiga surgun qilingan bo‘lsalaringiz ham, sizlarni o‘sha joylardan yig‘ib kelaman, Men ulug‘lanishim uchun tanlangan joyga sizlarni qaytarib olib kelaman.”
10. Biz Sening qullaringmiz, buyuk qudrating va ajoyibotlaring bilan O‘zing qutqargan xalqingmiz.
11. Yo Rabbiy! Bu qulingning iltijolarini eshit. Seni izzat–hurmat qilishni xush ko‘radigan hamma qullaringning iltijolariga quloq tut. Men, qulingga bugun omad ber, shoh Artaxshasda menga nisbatan shafqat uyg‘otgin.” O‘sha paytlarda men shohning soqiysi edim.
1. Shoh Artaxshas hukmronligining yigirmanchi yili, Nison oyi edi. Bir kuni shohga sharob keltirildi. Men sharobni olib kirib, unga uzatdim. Shoh qarshisida men hech qachon g‘amgin ahvolda bo‘lmagandim.
2. Shuning uchun shoh mendan so‘radi: — Nega g‘amgin ko‘rinasan? Kasalga o‘xshamaysan–ku! Yuragingda biror darding bo‘lsa kerak–a? Men qattiq qo‘rqib ketdim,
3. shunga qaramay shohga dedim: — Shoh hazratlarining umrlari uzoq bo‘lsin. Ota–bobolarimning qabrlari joylashgan shahar tashlandiq bo‘lib, o‘sha shaharning darvozalari yondirib yuborilsa–yu, nega g‘amgin bo‘lmayin?!
4. Shoh mendan: — Tilaging nima? — deb so‘radi. Shunda men Samoviy Xudoga ibodat qilib,
5. shohga shunday javob berdim: — Agar shoh hazratlari ma’qul topsalar, bu qulingiz shoh hazratlaridan marhamat topgan bo‘lsa, meni Yahudo yurtiga — ota–bobolarimning qabrlari joylashgan shaharga yuborsalar, deb iltimos qilmoqchi edim, toki men u shaharni qaytadan qurayin. —
6. Malika ham shohning yonida o‘tirgan edi. Shoh mendan: — Qancha vaqt yo‘l yurasan? Qachon qaytib kelasan? — deb so‘radi. Shoh menga marhamat qilib, ijozat berdi. Men unga qachon qaytib kelishimni aytdim.
7. So‘ngra shohga yana dedim: — Agar shoh hazratlari ma’qul deb topsalar, Furot daryosining g‘arbidagi viloyat hokimlariga maktublar yozib berilsa, toki Yahudoga kirib borishim uchun ular menga ijozat berishsin.
8. Yana shoh hazratlarining o‘rmon qorovuli Osifga ham maktub yozilib, unga ko‘rsatma berilsa. Ma’bad yonidagi qal’a darvozalari uchun, shahar devori uchun va o‘zim yashaydigan uy uchun yog‘och tayyorlagani u menga daraxtlar kesib bersin. Men nima so‘ragan bo‘lsam, shoh hammasiga ijozat berdi, chunki Xudoyimning marhamati menga yor edi.
9. Shoh bir necha lashkarboshisini va otliq sipohlarini menga hamroh qilib jo‘natdi. Men Furot daryosining g‘arbidagi viloyat hokimlari huzuriga borib, ularga shohning maktublarini berdim.
10. Bayt–Xo‘ronlik Sanballat va Ommonlik malay To‘viyo: “Isroil xalqining manfaati uchun jon kuydiradigan bittasi kelibdi”, degan gapni eshitib, g‘oyat g‘azablandilar.
11. Shunday qilib, men Quddusga yetib keldim. Oradan uch kun o‘tgach,
12. tunda o‘rnimdan turdim, yonimga bir nechta sheriklarimni olib, tashqariga chiqdim. Lekin Quddus haqidagi Xudo ko‘nglimga solgan rejamni hech kimga aytmadim. Men mingan eshakdan bo‘lak boshqa birorta hayvonni o‘zimiz bilan olmadik.
13. Men tunda Soylik darvozasi orqali shahardan chiqib, Ajdar bulog‘iga, u yerdan Go‘ng darvozasiga bordim. Vayron bo‘lib yotgan Quddus devorini, yonib ketgan darvozalarini ko‘zdan kechirdim.
14. So‘ngra Buloq darvozasiga va Shoh hovuziga bordim. Lekin minib borayotgan eshagim vayronalar orasidan yo‘l topa olmadi.
15. Shu sababdan men Qidron soyligiga tushdim. Soylik bo‘ylab chiqib borib, o‘sha yerdan devorni ko‘zdan kechirishda davom etdim. So‘ng ortimga qaytib, Soylik darvozasi orqali shaharga kirdim.
16. Qayerga borganimni, nima qilayotganimni shahar amaldorlari bilmasdilar. Men yahudiylarga, ruhoniylarga, yo‘lboshchilarga, amaldorlarga va ishda qatnashadigan boshqa odamlarga hali hech gap aytmagandim.
17. Nihoyat, endi ularga shunday dedim: “Qanchalar kulfatda qolganimizni o‘zlaringiz ko‘rib turibsizlar! Quddus vayron bo‘lib yotibdi, shaharning darvozalari yonib ketgan. Kelinglar, shahar devorini qaytadan quraylik, sharmandali ahvolimizdan qutulaylik.”
18. Xudoyimning marhamati menga yor bo‘lganini va shohning menga aytgan gaplarini ularga aytib berdim. Ular: “Qurilishni boshlaylik”, deyishdi. Shunday qilib, ular ishni boshlashga tayyor bo‘ldilar.
19. Bayt–Xo‘ronlik Sanballat, Ommonlik malay To‘viyo va Arabistonlik Gashim buni eshitib, bizning ustimizdan kuldilar, nafrat bilan shunday dedilar: — Bu qilayotganlaringiz nimasi?! Sizlar shohga qarshi isyon ko‘taryapsizlarmi?!
20. Men ularga shunday javob berdim: — Samoviy Xudo ishimizning barorini beradi. Biz, Uning qullari, devorni qayta qurishni boshlaymiz. Ammo sizlar bizga gaplaringni o‘tkaza olmaysizlar, qo‘lingizdan hech narsa kelmaydi. Sizlar bizning diniy marosimlarimizda ham qatnasha olmaysiz.
1. Oliy ruhoniy Eliashab qo‘li ostidagi ruhoniylar bilan ishga kirishib, Qo‘y darvozasini qaytadan qurdilar. So‘ngra darvozani Xudoga bag‘ishlab, darvozaning qanotlarini o‘rnatdilar. Miyo minorasidan Xanonil minorasigacha bo‘lgan devorni ham Xudoga bag‘ishladilar.
2. Yerixo shahridan bo‘lgan erkaklar devorning keyingi qismini qurdilar. Ulardan keyingi qismini esa Imri o‘g‘li Zakkur qurdi.
3. Xassano urug‘i Baliq darvozasini qurdi. Ular darvozaning yondorlarini tiklab, darvoza qanotlarini, zulfinlarini, tambalarini o‘rnatdilar.
4. Devorning undan keyingi qismida Xakko‘zning nabirasi, Uriyoning o‘g‘li Miromo‘t ta’mirlash ishlarini olib bordi. Keyingi qismida Mashazavilning nabirasi, Barxiyoning o‘g‘li Mashullom, undan keyingi qismida Bano o‘g‘li Zodo‘x ta’mirlash ishlarini olib bordilar.
5. Keyingi qismida Taxuva shahridan bo‘lgan erkaklar ta’mirlash ishlarini olib bordilar. Lekin shaharning zodagonlari qurilish nazoratchilari buyurgan ishlardan bosh tortdilar.
6. Posiyox o‘g‘li Yo‘xadax va Besodayax o‘g‘li Mashullom Yashono darvozasini ta’mirladilar. Ular darvozaning yondorlarini tiklab, darvoza qanotlarini, zulfinlarini, tambalarini o‘rnatdilar.
7. Devorning navbatdagi qismida Givonlik Malatiyo, Mirono‘tlik Yodo‘n, shuningdek, Givon va Mispax aholisining erkaklari ta’mirlash ishlarini olib bordilar. Mispax shahri Furot daryosining g‘arbidagi viloyatning ma’muriy markazi edi.
8. Devorning keyingi qismida zargarlardan biri Xarhiyo o‘g‘li Uziyol ta’mirlash ishlarini olib bordi. Uning yonida attorlardan biri Xanoniyo ta’mirlash ishlarini olib bordi. Ular Quddus devorining Keng devorgacha bo‘lgan qismini ta’mirladilar.
9. Devorning keyingi qismida Xur o‘g‘li Rafiyo ta’mirlash ishlarini olib bordi. Rafiyo Quddus hududining yarmini boshqaruvchi hokim edi.
10. Undan keyin Xarumaf o‘g‘li Yodiyo o‘z uyining ro‘parasidagi devorni ta’mirladi. Devorning keyingi qismida Xashavniyo o‘g‘li Xattush ta’mirlash ishlarini olib bordi.
11. Xarim o‘g‘li Malkiyo va Paxatmo‘ab o‘g‘li Xashshub devorning keyingi qismini va Tandir minorasini ta’mirladilar.
12. Devorning keyingi qismida Xalloxesh o‘g‘li Shallun o‘z qizlari bilan ta’mirlash ishlarini olib bordi. Shallun Quddus hududining ikkinchi yarmini boshqaruvchi hokim edi.
13. Zono‘vax aholisi va Xanun Soylik darvozasini ta’mirlashdi. Ular darvozani qurib, darvozaning qanotlarini, zulfinlarini, tambalarini o‘rnatishdi, devorning ming tirsak uzunligidagi Go‘ng darvozasigacha bo‘lgan qismini ham ta’mirlashdi.
14. Bayt–Xakerem hududining hokimi Raxav o‘g‘li Malkiyo Go‘ng darvozasini ta’mirladi. U darvozani qurib, darvozaning qanotlarini, zulfinlarini, tambalarini o‘rnatdi.
15. Mispax hududining hokimi Xolxozi o‘g‘li Shallum Buloq darvozasini ta’mirladi. U darvozani qurib, ustini yopdi va darvozaning qanotlarini, zulfinlarini, tambalarini o‘rnatdi. Shuningdek, Siloam hovuzi yonidagi devorni ham qaytadan qurdi. Devorning bu qismi shohning bog‘idan to Dovud qal’asidan pastga ketgan zinapoyagacha cho‘zilgan edi.
16. Undan keyin Ozbuk o‘g‘li Naximiyo ta’mirlash ishlarini olib bordi. Naximiyo Bayt–Zur hududining yarmini boshqaruvchi hokim edi. U devorni Dovud qabristonining ro‘parasigacha — sun’iy hovuz va Jangchilar uyigacha bo‘lgan qismini ta’mirladi.
17. Quyidagi levilar devorning keyingi bir necha qismlarini qaytadan qurdilar: Banix o‘g‘li Raxum keyingi qismini qurdi. Keylax hududining yarmini boshqaruvchi hokim Xashaviyo o‘z hududi nomidan keyingi qismini qurdi.
18. Undan keyingi qismini ularning birodarlari Xanadod o‘g‘li Binnuy boshchiligida qurishdi. Binnuy Keylax hududining ikkinchi yarmini boshqaruvchi hokim edi.
19. Keyingi qismida Mispax shahri hokimi Yeshuva o‘g‘li Eyzar ta’mirlash ishlarini olib bordi. U aslahaxonaga chiqadigan yo‘lning ro‘parasidagi devorni g‘isht tirgovuchigacha bo‘lgan qismini ta’mirladi.
20. Zabbay o‘g‘li Borux devorning keyingi qismini — g‘isht tirgovuchidan oliy ruhoniy Eliashabning uyi eshigigacha bo‘lgan qismni ta’mirladi.
21. Xakko‘zning nabirasi, Uriyo o‘g‘li Miromo‘t devorning keyingi qismini — Eliashab uyining eshigi ro‘parasidan to uyning oxirigacha bo‘lgan qismini ta’mirladi.
22. Quddus atrofida istiqomat qiladigan ruhoniylar devorning navbatdagi qismini ta’mirladilar.
23. Ulardan keyin Benyamin va Xashshub devorning o‘z uylari ro‘parasidagi qismini ta’mir qildilar. Ulardan keyin Ononiyohning nabirasi, Masiyoning o‘g‘li Ozariyo o‘z uyining ro‘parasidagi qismini ta’mirladi.
24. Xanadod o‘g‘li Binnuy devorning keyingi qismini — Ozariyoning uyidan to devorning burchagidagi g‘isht tirgovuchigacha bo‘lgan qismini ta’mirladi.
25. Uzay o‘g‘li Polol devorning g‘isht tirgovuchidan boshlangan qismini ta’mirladi. Devorning bu qismi soqchilar hovlisi yonidagi shohning yuqori saroy minorasi ro‘parasida joylashgan edi. Paro‘sh o‘g‘li Podiyo
26. va Ofel tepaligida istiqomat qiluvchi Ma’bad xizmatkorlari devorning keyingi qismini ta’mirladilar. Ular devorning sharq tomonidagi Suv darvozasigacha va baland minoragacha bo‘lgan qismini ta’mirladilar.
27. Taxuvalik erkaklar devorning keyingi qismini ta’mirladilar. Ular baland minoraning ro‘parasini to Ofel devorigacha ta’mir qildilar.
28. Ruhoniylar guruhi devorning Ot darvozasidan tepalikka tomon ketgan qismini ta’mirladilar. Har biri o‘z uyining ro‘parasini ta’mir qildi.
29. Immar o‘g‘li Zodo‘x o‘z uyining ro‘parasini ta’mirladi. Shaxaniyo o‘g‘li Shamayo devorning keyingi qismini ta’mirladi. Shaxaniyo Ma’badning Sharqiy darvozasi darvozaboni edi.
30. Shalamiyo o‘g‘li Xanoniyo va Zalafning oltinchi o‘g‘li Xanun devorning keyingi qismini ta’mirladi. Barxiyo o‘g‘li Mashullom o‘zining uyi ro‘parasini ta’mirladi.
31. Zargarlardan biri Malkiyo devorning burchagidagi yuqori xonagacha bo‘lgan qismni ta’mirladi. Ma’bad xizmatkorlarining va savdogarlarning uyi shu yerda — Nazorat darvozasi yonida joylashgan edi.
32. Devorning burchakdagi yuqori xonadan Qo‘y darvozasigacha bo‘lgan qismini zargarlar va savdogarlar ta’mirladilar.
1. Sanballat devorni qurayotganimizni eshitdiyu jahli chiqib, qattiq g‘azablandi. So‘ng yahudiylarni masxaralay boshladi.
2. U sheriklarining va Samariya lashkarboshlarining oldida shunday dedi: “Bu ojiz yahudiylar nima qilyaptilar o‘zi?! O‘zlaricha devorni ta’mirlamoqchilarmi?! Bu ishni bir kunda bitirib, qurbonlik kuydirishni ham o‘ylayaptilar, shekilli–a?! Yonib bitgan vayronalardan toshlarga jon ato qilmoqchilarmi?!”
3. Ommonlik To‘viyo Sanballatning yonida edi. U ham shunday dedi: “Ular qurayotgan bu devor ustiga hatto tulki chiqsa ham, devor qulab tushadi.”
4. Shunda men ibodat qilib dedim: “Ey Xudoyimiz! Bizlarni qanchalik xor qilishayotganini eshitib qo‘y! Ularning masxaralashlarini o‘zlarining boshiga sol. Ular surgun bo‘lishsin, dushmanlariga o‘lja bo‘lishsin.
5. Ularning ayblaridan o‘tma, gunohlarini unutma! Axir, ular binokorlar oldida Seni haqorat qildilar.”
6. Biz devorni quraverdik, xalq chin dildan ishlagani uchun, tez orada devorni yarmigacha ko‘tarib bo‘ldik.
7. Devorni ta’mirlash ishlari yaxshi ketib, devorning o‘pirilgan joylari tiklana boshlagan edi. Sanballat, To‘viyo, Arabistonliklar, Ommonliklar va Ashdodliklar bu haqda eshitib, qattiq g‘azablandilar.
8. Hammalari birgalikda til biriktirib, Quddusga hujum qilishga va shaharni sarosimaga solishga qasd qildilar.
9. Lekin biz Xudoyimizga iltijo qildik, shaharni va o‘zimizni kechayu kunduz ulardan himoya qilish uchun qo‘riqchilar tayinladik.
10. Yahudo xalqi esa shunday deb nola qilar edi: Og‘ir yuk tashuvchilarning holi qolmadi, Axlatning–chi oxiri ko‘rinmaydi! Bu devorni bitirishga hech ko‘zimiz yetmaydi.
11. Dushmanlarimiz esa quyidagicha reja qilishardi: “Biz bildirmasdan, ko‘rinmay ularning ustiga bostirib boramiz–da, hammalarini o‘ldiramiz, ishlarini to‘xtatamiz.”
12. Ularga qo‘shni bo‘lgan yahudiylar ham har tomondan o‘n martacha oldimizga kelishdi va bizni shunday deb ogohlantirdi: “Xavf ostida qoldingizlar. Yaxshisi, bu joydan chiqib ketinglar, borib, biz bilan yashanglar.”
13. Shuning uchun men devorning eng past joylari orqasiga, ochiq joylariga qilich, nayza va yoy bilan qurollangan odamlarni urug‘lari bo‘yicha joylashtirdim.
14. Keyin ahvolni ko‘rib, yo‘lboshchilarga, amaldorlarga va qolgan xalqqa aytdim: “Dushmanlardan qo‘rqmanglar. Rabbiyni yodingizda tutinglar. U qudratli va haybatli Xudodir. Qarindosh–urug‘laringizni, o‘g‘il– qizlaringizni, xotinlaringizni, uy–joylaringizni himoya qilish uchun jang qilinglar!”
15. Dushmanlarimizning bizga qarshi o‘ylagan fitnalaridan xabardor ekanimizni ularning o‘zlari ham eshitishdi. Ularning niyatini Xudo puchga chiqargan edi. Shunday qilib, hammamiz yana devorni ta’mirlash ishlariga qaytdik. Har kim o‘z ishiga bordi.
16. O‘sha kundan boshlab odamlarimning yarmi qurilishda ishladi, yarmi esa sovut kiyib, nayza, qalqon va yoy ushlab, soqchilik qildi. Yo‘lboshchilar devorni qurayotgan Yahudo odamlarining yonida o‘z joylarini egallashdi.
17. Og‘ir yuk tashuvchilar bir qo‘li bilan mehnat qilib, bir qo‘lida qurol ushlab, o‘z vazifalarini bajarardilar.
18. Devor qurayotganlarning har biri yoniga qilich bog‘lagan holda ish qilar edi. Burg‘u chaladigan odam ham doim yonimda edi.
19. Men yo‘lboshchilarga, amaldorlarga va qolgan xalqqa aytdim: “Ishimiz katta, oramizdagi masofa uzoq, shuning uchun devor bo‘ylab bir–birimizdan ajralib qolganmiz.
20. Burg‘u ovozini eshitishingiz bilanoq, bizga qo‘shilinglar. Xudoyimiz biz uchun jang qiladi!”
21. Biz shu yo‘sinda mehnat qilardik. Odamlarning yarmi erta tongdan osmonda yulduzlar ko‘ringuncha nayza ushlab soqchilik qilardi.
22. Men o‘sha paytda odamlarga shunday deb aytdim: “Sizlar o‘z yordamchilaringiz bilan tunni Quddusning ichkarisida o‘tkazinglar. Tunda soqchilik qilinglar, kunduzi esa ishlanglar.”
23. Shunday qilib, hech birimiz — men ham, qarindosh–urug‘larim ham, odamlarim ham, yonimdagi qo‘riqchilar ham shu vaqt davomida hatto kechasi ham kiyimlarimizni yechmadik. Qurollarimiz doimo yonimizda edi.
1. Oradan bir oz vaqt o‘tgach, ba’zi erkagu ayollar o‘z yahudiy birodarlaridan qattiq noliy boshlashdi.
2. Ulardan ba’zilari shunday deb aytishardi: “Biz ko‘pchilikmiz, bola–chaqamiz ko‘p. Bizga bug‘doy kerak, bo‘lmasa ochlikdan o‘lib qolamiz.”
3. Boshqa ba’zi birlari esa shunday deb aytishardi: “Ocharchilik paytida donimiz bo‘lsin, deb dalalarimizni, uzumzorlarimizni, uylarimizni garovga beryapmiz.”
4. Yana birovlari shunday deb nolishardi: “Dalalarimiz va uzumzorlarimiz solig‘ini shohga to‘lash uchun pulni qarzga olyapmiz.
5. Bizning yahudiy birodarlarimizdan kam joyimiz yo‘q! Ularning bolalari bizning bolalarimizdan ortiq emas. Lekin o‘g‘il–qizlarimizni qul, cho‘ri qilib sotishga majbur bo‘lyapmiz. Ha, qizlarimizdan ba’zilari cho‘ri qilib sotildi ham. Bu xususda biror narsa qilishga ojizmiz. Axir, dalalarimiz, uzumzorlarimiz endi boshqalarning qo‘lida.”
6. Ularning dod–faryodlarini, shikoyatlarini eshitib, qattiq g‘azablandim.
7. Bu to‘g‘rida mulohaza qilib, yo‘lboshchilar bilan amaldorlarni koyidim: “Sizlar hali birodarlaringizning garovga qo‘ygan mulklarini tortib olyapsizlarmi?!” So‘ngra katta bir yig‘in chaqirtirib, yo‘lboshchilarga tanbeh berdim:
8. “Butparast xalqlarga qul va cho‘ri qilib sotilgan yahudiy birodarlarimizni imkonimiz boricha qaytarib sotib oldik. Endi esa birodarlaringizning qullikka sotilishiga o‘zlaringiz sababchi bo‘lyapsizlar. Ularni biz yana qaytarib sotib olishimiz kerakmi?!” Yo‘lboshchilar va amaldorlar sukut saqlab, miq etmay turaverdilar.
9. Men gapimni davom ettirdim: “Qilayotgan ishlaringiz yaxshi emas. Dushman xalqlarga masxara bo‘lmasligingiz uchun Xudoyimizdan qo‘rqib yurishlaringiz kerak emasmi?!
10. Mana, mening yaqinlarim, odamlarim, hatto o‘zim ham yahudiy birodarlarimizga qarzga pul va bug‘doy berib turibmiz. Kelinglar, endi ularning garovga qo‘yilgan narsalarini tortib olmaylik!
11. Sizlar ulardan tortib olgan dalalarni, uzumzorlarni, zaytunzorlarni, uylarni, foiz qilib olgan pullarni, donni, sharobni, zaytun moyini hoziroq o‘zlariga qaytarib beringlar.”
12. Yo‘lboshchilar va amaldorlar shunday dedilar: “Aytganlaringizni qilamiz. Biz ularning hamma narsasini qaytarib beramiz, ulardan endi hech narsa talab qilmaymiz.” Men ruhoniylarni chaqirdim, bergan va’dalarini bajarishlari uchun yo‘lboshchilar va amaldorlarga qasam ichirdim.
13. So‘ng belbog‘imni yechib qoqdim–u shunday dedim: “Shu va’dani bajarmaganni Xudo xuddi shunday qilib qoqib yuborsin. Uni uyidan va mol–mulkidan mahrum qilsin. Xudo o‘sha odamlarni qup–quruq qoldirsin.” Butun jamoa “Omin”, deb, Egamizga hamdu sanolar aytdi. Yo‘lboshchilar va amaldorlar bergan va’dalarida turdilar.
14. Men Yahudo yurti hokimi etib tayinlanganim uchun xalqdan oziq–ovqat talab qilish huquqiga ega edim. Lekin hokimligimning o‘n ikki yili davomida — Artaxshas hukmronligining yigirmanchi yilidan to o‘ttiz ikkinchi yiligacha men xalqdan o‘zim uchun ham, qarindosh–urug‘larim uchun ham hech qanday oziq–ovqat talab qilmadim.
15. Mendan oldingi hokimlar xalqdan kuniga qirq kumush tanga bilan birga oziq–ovqat va sharob ham olib, xalqning yelkasiga minib olgan ekan. Hatto hokimlarning odamlari ham xalqqa hukmini o‘tkazardilar. Men esa Xudodan qo‘rqqanim uchun shunday qilmadim.
16. Buning o‘rniga men butun kuchimni devorni qayta qurishga bag‘ishladim. Odamlarimning hammasi ta’mirlash ishlariga bel bog‘lagan edi. Yer sotib olishga vaqtimizni sarflab o‘tirmadik.
17. Mening dasturxonimdan har kuni 150 yahudiy va ularning amaldorlari taom yer edilar. Bulardan tashqari, atrofdagi xalqlardan kelgan mehmonlarning oyog‘i menikidan uzilmas edi.
18. Har kungi dasturxonimga bitta buqa, oltita semiz qo‘y va bir qancha tovuqlar talab qilinardi. Har o‘n kunda mesh–mesh turli xil sharob kerak bo‘lardi. Lekin xalq shusiz ham og‘ir soliqlar ostida qolib ketganini bilar edim. Shu bois men hokim sifatida talab qilishga haqqim bo‘lgan oziq– ovqatdan voz kechdim.
19. Ey Xudoyim! Bu xalq uchun qilgan hamma ishlarimni yodingda tut, mendan marhamatingni darig‘ tutmagin.
1. Sanballat, To‘viyo, Arabistonlik Gashim va boshqa dushmanlarimiz devorni qurib bo‘lganimni, devorda bironta ham o‘pirilgan joy qolmaganini eshitishdi. Lekin darvozalarning qanotlarini hali o‘rnashtirib bo‘lmagan edim.
2. Shunda Sanballat va Gashim menga: “Kel, Ono‘ tekisligidagi qishloqlardan birida uchrashaylik”, deb xabar jo‘natishdi. Lekin ular menga shikast yetkazishga qasd qilayotgan edilar.
3. Shuning uchun ularga xabarchilar orqali shunday javob berdim: “Men muhim ish bilan bandman, bora olmayman. Sizlarning oldingizga ketsam, ish to‘xtab qoladi!”
4. Ular menga to‘rt marta shunday xabar jo‘natishdi, men bir xil javob beraverdim.
5. Beshinchi marta Sanballatning odami qo‘lida ochiq maktub bilan keldi.
6. Maktub shunday yozilgan edi: “Boshqa xalqlar orasida shunday mish–mishlar yuribdi, Gashim ham o‘sha gapni aytyapti: sen va yahudiylar isyon qilmoqchi bo‘lib, devorni qurayotgan ekansizlar. Xabarlarga qaraganda, sen yahudiylarning shohi bo‘lishni mo‘ljallayotgan ekansan.
7. Sen Quddusda payg‘ambarlar tayinlabsan. Payg‘ambarlar: “Yahudoning shohi bor”, deb sen to‘g‘ringda bashorat qilishayotgan ekan. Bu gap–so‘zlar albatta shohning qulog‘iga yetib boradi. Taklifim shuki, kelgin, bu haqda maslahatlashib olaylik.”
8. Men unga shunday javob jo‘natdim: “Aytganlaringning hammasi yolg‘on. Hammasini o‘zing to‘qib chiqargansan.”
9. Ular bizni qo‘rqitmoqchi bo‘lgan, “Shunday qilsak, ularning qo‘llari ishdan soviydi, ishlari oxiriga yetmay qolib ketadi”, deb o‘ylagan edilar. Shuning uchun, men: “Ey Xudo, menga kuch ber!” deb yolvordim.
10. Bir kuni men Maxitavalning nabirasi, Daloyoning o‘g‘li Shamayonikiga bordim. U uyiga berkinib olgan ekan. Shamayo menga shunday dedi: Kel, Xudoning uyida uchrashaylik, Muqaddas xonasiga kirib olaylik, Eshiklarini berkitib qo‘yaylik. Axir, dushmanlaring seni o‘ldirgani kelyaptilar, Shu kecha joningga qasd qilmoqchi bo‘lyaptilar.
11. — Lekin men shunday javob berdim: — Mening martabamdagi odam bunday vaziyatda qocharmidi?! Muqaddas xonada yashirinib olsam, jonimni haqiqatdan ham qutqara olaman, deb o‘ylayapsizmi?! Muqaddas xonaga hecham kirmayman!
12. Shamayoning so‘zlari Xudodan emasligini men aniq bildim. To‘viyo va Sanballat Shamayoni yollaganlari uchun, u menga shu xabarni bergan edi.
13. Ularning bundan maqsadi meni qo‘rqitish, aytganlarini qildirib, meni gunohga botirish edi. Shunda obro‘yim to‘kilib, ularga mazax bo‘lgan bo‘lardim.
14. Ey Xudoyim! To‘viyo bilan Sanballatning qilmishlarini yodingda tut. Meni qo‘rqitmoqchi bo‘lgan payg‘ambar ayol Novadiyoning va boshqa payg‘ambarlarning qilmishlarini unutma, ularning jazosini ber.
15. Shunday qilib, devor Elul oyining yigirma beshinchi kuni — ellik ikki kunda bitkazildi.
16. Atrofdagi xalqlardan bo‘lgan dushmanlarimiz buni eshitishib, qo‘rqdilar, xijolatda qoldilar. Chunki bu ish Xudoyimizning madadi bilan qilinganini ular bildilar.
17. Ellik ikki kun davomida Yahudo yo‘lboshchilari va To‘viyo bir–birlari bilan maktub yozishib turdi.
18. Chunki Yahudo yurtidagi ko‘p odam To‘viyoga sodiq edi, bunga ikkita sabab bor edi: To‘viyoning qaynatasi Orax o‘g‘li Shaxaniyo edi, To‘viyoning o‘g‘li Yoxuxanon esa Barxiyo o‘g‘li Mashullomning qiziga uylangan edi.
19. O‘sha odamlar mening oldimda To‘viyoning savob ishlaridan gapirishar, o‘z navbatida mening gaplarimni unga yetkazishar edi. To‘viyo esa meni qo‘rqitish niyatida maktub jo‘natardi.
1. Devor qurilib, men darvozalarning qanotlarini o‘rnattirib bo‘lganimdan keyin, Ma’bad darvozabonlari, qo‘shiqchilar va levilar tayinlandi.
2. Men ukam Xoninni va qal’a qo‘mondoni Xanoniyoni Quddus ustidan hokimlar qilib tayinladim. Xanoniyo sodiq odam bo‘lib, boshqalarga qaraganda Xudodan qo‘rqardi.
3. Men ularga shunday deb aytdim: “Kun issiq paytida Quddus darvozalarini ochiq qoldirmanglar. O‘sha paytda navbatchilikda turgan soqchilar darvozalarni berkitib, qulflab qo‘ysinlar. Quddus aholisi orasidan ham qo‘riqchilarni tayinlanglar. Ularning ba’zilari maxsus joylarni, boshqalari esa o‘zlarining uylari atrofini qo‘riqlashsin.”
4. Quddus keng, katta shahar edi. Lekin shaharda ko‘p odam yashamas, hali uylar ko‘p qurilmagan edi.
5. Shunda yo‘lboshchilarni, amaldorlarni va xalqni to‘plab, urug‘lari bo‘yicha ro‘yxat tuzishni Xudoyim ko‘nglimga soldi. Men Yahudoga asirlikdan birinchi bo‘lib qaytib kelganlarning nasabnomasi ro‘yxatini topdim. Nasabnoma kitobida quyidagilar yozilgan edi:
6. Bobil shohi Navuxadnazar asir qilib olib ketgan yahudiylarning bir qismi Quddusga va Yahudo yurtidagi o‘zlarining shaharlariga qaytib kelib, o‘rnashdilar.
7. Ular Zarubabel, Yoshua, Naximiyo, Ozariyo, Ramiyo, Naxamonax, Mordaxay, Bilshon, Mispar, Big‘vay, Nixum va Banax boshchiligida qaytib kelgan edilar. Asirlikdan qaytib kelgan Isroil erkaklarining soni quyidagicha edi:
8. Paro‘sh urug‘idan — 2172 ta erkak.
9. Shafatiyo urug‘idan — 372 ta erkak.
10. Orax urug‘idan — 652 ta erkak.
11. Paxatmo‘ab, ya’ni Eshuva hamda Yo‘ab urug‘laridan — 2818 ta erkak.
12. Elam urug‘idan — 1254 ta erkak.
13. Zattu urug‘idan — 845 ta erkak.
14. Zakkay urug‘idan — 760 ta erkak.
15. Binnuy urug‘idan — 648 ta erkak.
16. Bo‘vay urug‘idan — 628 ta erkak.
17. Ozgad urug‘idan — 2322 ta erkak.
18. Odonixam urug‘idan — 667 ta erkak.
19. Big‘vay urug‘idan — 2067 ta erkak.
20. Adin urug‘idan — 655 ta erkak.
21. Oter, ya’ni Hizqiyo urug‘idan — 98 ta erkak.
22. Xashum urug‘idan — 328 ta erkak.
23. Bezay urug‘idan — 324 ta erkak.
24. Xorif urug‘idan — 112 ta erkak.
25. Givon urug‘idan — 95 ta erkak.
26. Baytlahmlik va Natufolik — 188 ta erkak.
27. Onoto‘tlik — 128 ta erkak.
28. Bayt–Ozmobitlik — 42 ta erkak.
29. Xirat–Yorimlik, Xafiralik va Bero‘tlik — 743 ta erkak.
30. Ramalik va G‘ibolik — 621 ta erkak.
31. Mixmashlik — 122 ta erkak.
32. Baytillik va Aylik — 223 ta erkak.
33. Navolik — 52 ta erkak.
34. Elamlik — 1254 ta erkak.
35. Xarimlik — 320 ta erkak.
36. Yerixolik — 345 ta erkak.
37. Lo‘dlik, Hodidlik va Ono‘lik — 721 ta erkak.
38. Sanolik — 3.930 ta erkak.
39. Asirlikdan qaytib kelgan ruhoniylarning soni quyidagicha edi: Yoshua naslidan, aniqrog‘i Yodiyo urug‘idan — 973 ta erkak.
40. Immar urug‘idan — 1052 ta erkak.
41. Pashxur urug‘idan — 1247 ta erkak.
42. Xarim urug‘idan — 1017 ta erkak.
43. Asirlikdan qaytib kelgan levilar urug‘larining soni quyidagicha edi: Xo‘davo naslidan bo‘lgan Yeshuva, aniqrog‘i Kadmil urug‘idan — 74 ta erkak.
44. Osif urug‘idan bo‘lgan qo‘shiqchilar — 148 ta erkak.
45. Shallum, Oter, Talmo‘n, Oqquv, Xatita va Sho‘vay urug‘laridan bo‘lgan Ma’bad darvozabonlari — 138 ta erkak.
46. Asirlikdan qaytib kelgan Ma’bad xizmatkorlarining urug‘lari quyidagilar edi: Zixo, Xasufa, Tabbayo‘t,
47. Kerosh, Siyo, Pado‘n,
48. Lavon, Xagava, Shalmay,
49. Xanon, Giddol, Gaxar,
50. Rayo, Ratan, Nakudo,
51. G‘azzom, Uzzo, Posiyox,
52. Besay, Munim, Nafusim,
53. Bobuh, Xakufa, Xorxur,
54. Bazulat, Maxido, Xarsha,
55. Borkis, Sisaro, Tamax,
56. Naziyo, Xatifa.
57. Sulaymon qarollarining asirlikdan qaytib kelgan urug‘lari quyidagilar edi: So‘tay, So‘farat, Paridax,
58. Yalox, Darxun, Giddol,
59. Shafatiyo, Xattil, Paxarathazzavoyim, Omon.
60. Ma’bad xizmatkorlari va Sulaymonning qarollari urug‘laridan bo‘lganlarning jami 392 kishi edi.
61. Quyidagilar Tel–Malax, Tel–Xarsha, Xarub, Ado‘n va Immar shaharlaridan kelgan edilar, lekin o‘zlarining urug‘boshisi Isroil nasliga mansubligini isbotlay olmasdilar:
62. Daloyo, To‘viyo va Nakudo urug‘lari — 642 kishi.
63. Quyidagi ruhoniylar urug‘lari o‘z nasabnomasini topa olmadilar: Xavayo, Xakko‘z va Borzulay urug‘lari (Borzulayning bobosi Giladlik Borzulay degan odamning qiziga uylangan bo‘lib, bu urug‘ o‘sha ayolning urug‘i nomi bilan yuritilar edi.)
64. Shu sababdan ular xizmat qilishga nopok hisoblanib, ruhoniylikka qabul qilinmadilar.
65. Yahudo hokimi ularga shunday dedi: “Birorta ruhoniy Xudodan Urim va Tummim orqali ruhoniy ekanligingizni so‘rab, tasdiqlamaguncha, sizlar nazrlarning ruhoniylarga tegishli ulushidan tanovul qilmaysizlar.”
66. Bu jamoa jami 42.360 kishidan iborat edi.
67. Bulardan tashqari, qul va cho‘rilari — 7.337 kishi, qul va cho‘ri qo‘shiqchilar 245 kishi edi.
68. Jamoaning 736 ta oti, 245 ta xachiri,
69. 435 ta tuyasi, 6.720 ta eshagi bor edi.
70. Ba’zi urug‘boshilar qurilish ishlari uchun in’omlar berdilar. Hokim ham xazinaga 1000 oltin tanga, 50 ta tog‘oracha va ruhoniylar uchun 530 ta ko‘ylak berdi.
71. Ba’zi urug‘boshilar inshoot qurilishi uchun xazinaga 20.000 oltin tanga, 80 pud kumush berdilar.
72. Qolgan xalq jami 20.000 oltin tanga, 75 pud kumush va ruhoniylar uchun 67 ta ko‘ylak berdilar.
73. Shunday qilib, ruhoniylar, levilar, Ma’bad darvozabonlari, qo‘shiqchilar, Ma’bad xizmatkorlari va xalqning qolganlari o‘z shaharlariga borib joylashdilar.
1. Yettinchi oyda Isroil xalqi o‘z shaharlarida o‘rnashib olgandan keyin,butun xalq Suv darvozasi oldidagi maydonda to‘plandi. Ular tafsirchi Ezraga: “Isroil xalqiga Muso orqali Egamiz bergan Tavrotni olib keling”, deb aytdilar.
2. Shunday qilib, yettinchi oyning birinchi kunida ruhoniy Ezra Tavrotni jamoa oldiga olib keldi. Erkagu ayol, esini tanigan hamma odam shu yerda edi.
3. Ezra Suv darvozasining oldidagi maydonda sahardan peshingacha jamoaga Tavrotni o‘qib berdi. Jamiki xalq diqqat bilan quloq solib tingladi.
4. Tafsirchi Ezra yig‘in uchun tayyorlangan baland yog‘och supa ustida turardi. Uning o‘ng tomonida Mattitiyo, Shama, Onoyoh, Uriyo, Xilqiyo, Masiyo va chap tomonida Podiyo, Mishail, Malkiyo, Xashum, Xashbaddanax, Zakariyo, Mashullom turardi.
5. Ezra baland supa ustida turgani uchun jamiki xalq uni ko‘rib turar edi. U butun xalqning ko‘zi oldida Tavrot kitobini ochdi. Ezra kitobni ochganda, butun xalq o‘rnidan turdi.
6. So‘ngra Ezra ulug‘vor Xudo — Egamizni olqishladi, jamiki xalq qo‘llarini ko‘tarib, “Omin, Omin”, dedi. So‘ng xalq ikki bukilib, Egamizga ta’zim qildi.
7. Xalq joyida turar ekan, levilar — Yeshuva, Banix, Sharaviyo, Yomin, Oqquv, Shabbatay, Xo‘diyo, Masiyo, Kilit, Ozariyo, Yo‘zabad, Xanon va Paliyo xalqqa Tavrotni tushuntirar edilar.
8. Ular Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib, o‘qiganlarini tarjima qilib berardilar, Tavrotning mazmunini tushuntirardilar, shuning uchun xalq o‘qilganlarni tushundi.
9. Butun xalq Tavrot so‘zlarini eshitganlarida yig‘ladi. Lekin hokim Naximiyo, ruhoniy va tafsirchi bo‘lgan Ezra, shuningdek, xalqqa Tavrotni tushuntirgan levilar butun jamoaga aytdilar: “Bugungi kun Egamiz Xudoga bag‘ishlangan muqaddas kundir, shuning uchun qayg‘urmanglar, yig‘lamanglar.”
10. Keyin Ezra xalqqa dedi: “Endi uylaringizga qaytib boringlar, yog‘li taomlar yeb, shirin sharob ichinglar. Hech narsa tayyorlamaganlarga taomlaringizdan beringlar. Bugungi kun Rabbimizga bag‘ishlangan muqaddas kundir. Bugun qayg‘urmanglar, axir, Egamiz tufayli topgan sevinchingiz najot qo‘rg‘oningizdir.”
11. Levilar ham jamiki xalqqa: “Xotirjam bo‘linglar, qayg‘uga botmanglar, chunki bu kun muqaddasdir”, deb tasalli berdilar.
12. Jamiki xalq Tavrotdan eshitgan so‘zlarini anglab tushunganlari uchun, yeb–ichgani, taom ulashib, katta xursandchilik qilgani uylariga ketishdi.
13. Ertasi kuni jamiki xalqning urug‘boshilari, ruhoniylar va levilar Tavrot so‘zlarini o‘rganish uchun tafsirchi Ezraning huzuriga kelishdi.
14. Ular Tavrotni o‘rganib, Muso orqali Egamiz bergan Chayla bayrami haqidagi amrni topdilar. Bu amrga ko‘ra, Isroil xalqi yettinchi oyda nishonlanadigan Chayla bayrami kunlarida chaylalarda yashashlari kerakligini bildilar.
15. Bundan tashqari, Quddusda va Isroil xalqining hamma shaharlarida quyidagilar e’lon qilinishi kerakligini ham bilib oldilar: “Tavrotda yozilgan ko‘rsatmalarga muvofiq, qirlarga chiqinglar, chaylalar yasash uchun zaytun daraxti, mirta butasi, palma daraxtining va boshqa daraxtlarning shox–shabbalaridan olib kelinglar.”
16. Shunday qilib, xalq borib, shox–shabbalar olib keldi va o‘zlari uchun chaylalar yasashdi. Ular chaylalarni uylarining tomlarida, hovlilarida, Xudoning uyi hovlisida, Suv darvozasi yonidagi maydonda, Efrayim darvozasi yonidagi maydonda yasadilar.
17. Asirlikdan qaytgan hamma odamlar chaylalar yasab, o‘sha chaylalarda yashadilar. Nun o‘g‘li Yoshua davridan beri Isroil xalqi bunday bayramni nishonlamagan edi. Hamma g‘oyat xursand edi.
18. Ezra har kuni — bayramning birinchi kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi. Tavrotda talab qilinganiday, ular yetti kun bayramni nishonladilar, sakkizinchi kuni muqaddas yig‘in bo‘ldi.
1. Yettinchi oyning yigirma to‘rtinchi kuni Isroil xalqi yana yig‘in qildi. Ular qayg‘udan qanorga o‘ranib, boshlaridan tuproq sochib, ro‘za tutdilar.
2. Isroil nasli o‘zlarini hamma begonalardan ayirib oldilar, so‘ng o‘zlarining va ota–bobolarining gunohlari uchun tavba qildilar.
3. Ular taxminan uch soat davomida tik turib, Egasi Xudoning Tavrot kitobidan o‘qilgan so‘zlarni eshitdilar. Keyingi uch soat davomida esa tavba qilib, Egasi Xudoga sajda qildilar.
4. O‘sha yerda levilar turadigan bir zina bor edi. Yeshuva, Banix, Kadmil, Shabaniyo, Bo‘nax, Sharaviyo, Banix va Xanonax o‘sha zinaga chiqib, Egasi Xudoga qattiq ovozda iltijo qildilar.
5. So‘ngra levilardan bo‘lgan Yeshuva, Kadmil, Banix, Xashavniyo, Sharaviyo, Xo‘diyo, Shabaniyo va Patixiyo xalqqa da’vat qilib dedilar: “Endi turinglar, Egangiz Xudoni olqishlanglar!” Levilar hamdu sano o‘qidilar: “Ey Egamiz Xudo! Senga abadulabad hamdu sanolar bo‘lsin. Senga munosib hamdu sano aytishga tilimiz ojiz bo‘lsa–da, hamma Sening ulug‘vor nomingni olqishlasin.
6. Yolg‘iz Sen Egamizdirsan! Sen osmonni, beqiyos falakni, undagi hamma samoviy jismlarni, zaminni, zamindagi hamma narsani, dengizlarni, dengizlardagi hamma narsani yaratgansan. Ularning hammasiga jon ato qilgan Sensan. Samodagi farishtalar Senga sajda qiladi.
7. Sen Parvardigor Egamizsan. Sen Ibromni tanlab olding, uni Xaldeydagi Ur shahridan olib chiqding, unga Ibrohim, deb ism berding.
8. Uning sodiqligiga amin bo‘lding. Shuning uchun u bilan ahd qilib, deding: “Sening nasllaringga Kan’on, Xet, Amor, Pariz, Yobus va Girgosh xalqlarining yurtlarini beraman.” Sen ahdingda turding, chunki Sen sodiq Xudosan.
9. Ota–bobolarimizning Misrdagi azob– uqubatlarini O‘zing ko‘rding, ularning Qizil dengizda qilgan dod–faryodlarini eshitding.
10. Sen fir’avnga, uning barcha a’yonlariga, Misr yurtining xalqiga qarshi alomatu mo‘jizalar ko‘rsatding. Chunki ular ota–bobolarimizga nisbatan surbetlarcha ish tutganlarini bilarding. O‘shanda qozongan dovrug‘ing shu kungacha saqlanib qolgan.
11. Sen ota–bobolarimizning ko‘z o‘ngida dengizni ikkiga bo‘lding, shu bois ular dengiz orqali quruq yerdan o‘tdilar. Ularni ta’qib qilayotgan Misrliklarni esa Sen dengiz qa’riga uloqtirding. Ular bahaybat suvlarga toshday g‘arq bo‘ldilar.
12. Sen kunduzi ota–bobolarimizni ustun shaklidagi bulut bilan boshlab bording, kechalari ustun shaklidagi alanga bilan ularning yo‘llarini yoritding.
13. Sen Sinay tog‘i uzra kelib turding, samodan turib ularga gapirding, ularga adolatli qoidalar, to‘g‘ri qonunlar, yaxshi farmonlaru amrlar berding.
14. Senga bag‘ishlangan Shabbat kuniga rioya qilish to‘g‘risida ularga ko‘rsatmalar berding. Quling Muso orqali ularga amrlar, farmonlar, qonunlar berding.
15. Ular och qolganlarida, samodan non berding, chanqaganlarida qoyadan ularga suv chiqarib berding. Sen Kan’on yurtini ularga beraman, deya ont ichgan eding. So‘ng ularga, boringlar, o‘sha yerni mulk qilib olinglar, deb aytding.
16. Lekin ota– bobolarimiz o‘zlariga bino qo‘yib, o‘jarlik qildilar, Sening amrlaringga itoat etmadilar.
17. Ular Senga itoat etishdan bosh tortdilar, ularning orasida ko‘rsatgan mo‘jizalaringni esga olmadilar. Shu qadar o‘jarlik qildilarki, Misrdagi qullikka qaytib borish uchun o‘zlariga yo‘lboshchi tayinladilar. Lekin Sen kechiradigan, inoyatli, rahmdil, jahli tez chiqmaydigan, sodiq sevgisi mo‘l Xudosan.
18. Bizning ota–bobolarimiz o‘zlariga buqaning tasvirini yasab: “Mana bizlarni Misrdan olib chiqqan xudoyimiz”, degan edilar. Shu tariqa o‘ta shakkoklik qilgan edilar. Hatto o‘shanda ham Sen ota–bobolarimizni tark etmading.
19. Sen g‘oyat rahmdil bo‘lganing uchun ota– bobolarimizni sahroda tashlab ketmading. Ularni kunduzlari doim bulut ustuni bilan yo‘lda boshlab bording, kechalari yura olsin, deb doim alanga ustuni bilan yo‘llarini yoritding.
20. Ularga o‘git bersin, deb ezgu Ruhingni baxsh etding, ularning og‘zidan mannani uzmading, chanqoqlarini bostirishsin, deb suv berding.
21. Sen qirq yil sahroda ularga g‘amxo‘rlik qilding, ular hech narsaga muhtojlik sezmadilar, kiyimlari to‘zib ketmadi, oyoqlari shishib ketmadi.
22. Sen ularga shohliklar va xalqlar ustidan g‘alaba ato qilding, qo‘lga kiritgan yerning har bir parchasini taqsimlab berding. Ular Xashbon shohi Sixo‘nning yurtini, Bashan shohi O‘gning yurtini mulk qilib oldilar.
23. Sen ularning nasllarini samodagi yulduzlar singari ko‘paytirding. Ota– bobolariga va’da qilgan yurtga ularni olib kirding.
24. Ular borib, Kan’on yurtini mulk qilib oldilar. Sen ularga Kan’on yurti aholisini bo‘ysundirib berding, bu yurtni shohlariyu mahalliy xalqlari bilan birga ularning qo‘llariga berib: “Bularga istaganingizni qilinglar”, deding.
25. Ota–bobolarimiz mustahkam shaharlarni, hosildor yerlarni qo‘lga kiritdilar, ajoyib buyumlar bilan to‘la uylarga, qazilgan sardobalarga, uzumzorlarga, zaytunzorlarga, ko‘plab mevali daraxtlarga ega bo‘ldilar. Yeb to‘ydilar, semirdilar, Sening ulug‘ marhamatingdan ko‘ngillarini chog‘ qildilar.
26. Lekin shunga qaramay, ular yana itoatsizlik qilib, Senga qarshi bosh ko‘tardilar. Qonunlaringni mensimadilar, “Egamizga qaytinglar”, deb da’vat qilgan payg‘ambarlaringni o‘ldirdilar. O‘taketgan shakkokliklar qildilar.
27. Shuning uchun Sen ularni dushmanlari qo‘liga berding, dushmanlari ularga zulm o‘tkazdilar. Ular azob tortganlarida Senga iltijo qilishdi, Sen ularning iltijolarini samodan turib eshitding. Buyuk rahm–shafqating tufayli ularga qutqaruvchilarni yubording. Qutqaruvchilar ularni dushmanlari qo‘lidan xalos qildilar.
28. Lekin hammasi yaxshi bo‘lgandan keyin, ular Sening oldingda yana qabihlik qilishdi. Sen ularni yana dushmanlari qo‘liga berib, tark etding. Dushmanlari ular ustidan hukmronlik qilishdi. Ota– bobolarimiz yana Senga yuz burib, iltijo qilganlarida, samodan turib ularning iltijolarini eshitding. Rahmdil bo‘lganing uchun, ko‘p martalab Sen ularga najot berding.
29. Qonunlarim bo‘yicha oldingiday yashanglar, deb ularni ogohlantirding. Lekin ular o‘zlariga bino qo‘yib, Sening amrlaringga itoat etmadilar. Garchi qonun–qoidalaringga amal qilish hayot bersa–da, ular bu qonun–qoidalaringga qarshi gunoh qildilar, o‘jarlik bilan qonun– qoidalaringdan yuz o‘girdilar, itoat etishdan bosh tortdilar.
30. Uzoq yillar Sen ularga sabr–toqat qilib kelding, Ruhing ila payg‘ambarlar orqali xalqingni ogohlantirib kelding. Lekin ular Senga quloq solmadilar. Shu sababdan Sen ularni begona xalqlar qo‘liga taslim qilib berding.
31. Ammo shunday bo‘lsa ham, buyuk rahm–shafqating tufayli Sen ularni qirib tashlamading, ularni tark etmading, chunki Sen inoyatli, rahmdil Xudosan!
32. Ey Xudoyimiz! Sen buyuk, qudratli va haybatli Xudosan! Sen ahdingda turasan, sodiq sevgingni saqlaysan. Chekkan azob–uqubatlarimizdan ko‘z yumma. Axir, Ossuriya shohlari davridan bugungacha shohlarimiz, yo‘lboshchilarimiz, ruhoniylarimiz, payg‘ambarlarimiz, ota– bobolarimiz, butun xalqimiz boshiga og‘ir azob– uqubatlar tushdi.
33. Sen bizni jazolab to‘g‘ri qilding. Sen sadoqat bilan ish tutding, biz esa qabihlik qildik.
34. Shohlarimiz, yo‘lboshchilarimiz, ruhoniylarimiz, ota–bobolarimiz Sening qonunlaringga rioya qilmadilar, Sen bergan amrlaringga, ogohlantirishlaringga ular quloq solmadilar.
35. Hatto o‘z shohligiga ega bo‘lgan paytlarida, Sen ularga buyuk marhamat ko‘rsatgan bo‘lsang ham, ular Senga xizmat qilmadilar. Sen ularga keng, serhosil bir yurt berding, lekin ular qabih qilmishlaridan qaytmadilar.
36. Mana, bugun biz qulmiz! Sen ota– bobolarimizga bergan yurtda biz qul bo‘lib yashayapmiz. Sen esa bu yurtni ota–bobolarimizga mevalaridan, mo‘l–ko‘lchiligidan bahramand bo‘lsin, deb bergansan.
37. Ammo gunohlarimiz oqibatida Sen bizni shohlarga tobe qilib qo‘yding. Yurtimizning mo‘l hosili o‘shalarga ketadi. Ular bizga va chorvamizga xohlagan ishini qiladi. Evoh, og‘ir kulfatda qoldik!”
38. Xalq quyidagicha qaror qildi: “Bo‘lib o‘tgan voqealar tufayli biz yozma ravishda qat’iy qaror qilyapmiz. Yo‘lboshchilarimiz, levilarimiz va ruhoniylarimiz bu qarorga muhrlarini bosdilar.”
1. Xaxaliyo o‘g‘li, hokim Naximiyo qarorni tasdiqlab, muhrladi. Zidqiyo ham qarorga muhrini bosdi. Bulardan tashqari, qarorni muhrlaganlarning ismlari quyidagilardir:
2. Sarayo, Ozariyo, Yeremiyo,
3. Pashxur, Emoriyo, Malkiyo,
4. Xattush, Shabaniyo, Mallux,
5. Xarim, Miromo‘t, Obodiyo,
6. Doniyor, Ginatoy, Borux,
7. Mashullom, Abiyo, Miyomin,
8. Maziyo, Bilgi, Shamayo. Ular ruhoniylar edilar.
9. Levilar: Ozaniyo o‘g‘li Yeshuva, Xanadod urug‘idan Binnuy, Kadmil,
10. ularning sheriklari: Shabaniyo, Xo‘diyo, Kilit, Paliyo, Xanon,
11. Mixa, Rexob, Xashaviyo,
12. Zakkur, Sharaviyo, Shabaniyo,
13. Xo‘diyo, Banix, Baninu.
14. Xalq yo‘lboshchilari: Paro‘sh, Paxatmo‘ab, Elam, Zattu, Banix,
15. Bo‘nax, Ozgad, Bo‘vay,
16. Odoniyo, Big‘vay, Adin,
17. Oter, Hizqiyo, Ozzur,
18. Xo‘diyo, Xashum, Bezay,
19. Xorif, Onoto‘t, Nabay,
20. Maxpiyosh, Mashullom, Xazir,
21. Mashazavil, Zodo‘x, Yodduva,
22. Pilatiyo, Xanon, Onoyoh,
23. Xo‘sheya, Xanoniyo, Xashshub,
24. Xalloxesh, Pilxo, Sho‘vex,
25. Raxum, Xashavno, Masiyo,
26. Oxiyo, Xanon, Onon,
27. Mallux, Xarim, Banax.
28. Biz, jamiki Isroil xalqi — ruhoniylar, levilar, Ma’bad darvozabonlari, qo‘shiqchilar, Ma’bad xizmatchilari va Tavrotga muvofiq o‘zlarini mahalliy xalqlardan ayirgan hamma yahudiylar xotinlari va esini tanigan o‘g‘il–qizlari bilan birga,
29. yo‘lboshchilarimiz qatorida ont ichamiz. Agar ontimizni buzsak, la’nati bo‘laylik. Xudo O‘z quli Muso orqali bergan Tavrotga biz amal qilib yashaymiz. Egamiz — Rabbimizning amrlariga, qonun–qoidalariga va farmonlariga rioya qilamiz.
30. Biz mahalliy xalqlar bilan quda–andachilik qilmaymiz.
31. Agar mahalliy odamlar Shabbat kuni yoki boshqa biror muqaddas kunda sotish uchun don yoki har xil mol olib kelishsa, ulardan hech narsa sotib olmaymiz. Biz har yettinchi yili yerga ishlov bermaslikka va bergan hamma qarzlarimizdan voz kechib yuborishga va’da qilamiz.
32. Bundan tashqari, shuni va’da qilamizki, Xudoyimizning uyidagi sajda marosimlari ehtiyojlari uchun har yili bir misqol kumushni topshiramiz.
33. Bu pullar quyidagi narsalar uchun sarf qilinadi: muqaddas nonlar uchun, kundalik don nazrlari uchun, kundalik kuydiriladigan qurbonliklar uchun, Shabbat kunida, yangi oy shodiyonasida, har yili o‘tkaziladigan bayramlarda keltiriladigan qurbonliklar, nazrlar va boshqa ehsonlar uchun, Isroil xalqini poklaganda qilinadigan gunoh qurbonliklari uchun, Xudoyimizning uyida qilinadigan boshqa sarf– xarajatlar uchun.
34. Biz qur’a tashlab, ruhoniylar, levilar va xalqning har bir xonadoni qay vaqtda Xudoning uyi uchun o‘tin olib kelishlari kerakligini aniqlab oldik. So‘ng shunday va’da berdik: biz har yili belgilangan paytda o‘tin olib kelamiz. Shu yo‘l bilan Tavrotda, Egamiz Xudoningqurbongohida doimo olov yonib tursin, deb yozilgan amrni bajaramiz.
35. Biz har yili yerimizning birinchi hosilini va hamma mevali daraxtlarimizning birinchi hosilini Egamizning uyiga olib kelamiz, deb va’da qilamiz.
36. Shuningdek, Tavrotda yozilganiga muvofiq, to‘ng‘ich o‘g‘illarimizni, mol–qo‘ylarimizning birinchi tug‘ilganlarini Xudoyimizga bag‘ishlaymiz, deb va’da qilamiz. Biz ularni Xudoyimizning uyida o‘z vazifasini o‘tayotgan ruhoniylarga olib kelamiz.
37. Ruhoniylarga atalgan mahsulotlarni Xudoyimizning uyidagi omborxonalarga olib kelamiz. Unimizning va boshqa don mahsulotlarimizning a’losini, mevalarimizning a’losini, yangi sharob va zaytun moyimizning a’losini omborxonalarga olib kelamiz. Biz yerimizning hosilidan levilarga ushr berishga va’da qilamiz. Dehqonchilik bilan mashg‘ul hamma shaharlarimizdan levilar ulush yig‘adilar.
38. Levilar ushrni olayotganlarida, Horun naslidan bo‘lgan ruhoniy ularning yonida bo‘ladi. Levilar ushrning o‘ndan birini Xudoyimizning uyiga olib kelib, omborxonalarga joylashtiradilar.
39. Xullas, Isroil xalqi va levilar ehson qilgan don, sharob va zaytunmoylarini Ma’baddagi omborlarga olib kelishadi. Bu omborxonalar vazifasini o‘tayotgan ruhoniylar, darvozabonlar va qo‘shiqchilarning xonalari yonida joylashgan bo‘lib, u yerda Ma’bad buyumlari ham saqlanadi. Biz Xudoyimizning uyini qarovsiz qoldirmaymiz, deb va’da beramiz.”
1. Xalq yo‘lboshchilari Quddusda o‘rnashib oldilar. Qolgan xalq esa qur’a tashladi, chunki har o‘nta xondadondan bittasi muqaddas Quddus shahriga ko‘chib borishi, qolgan to‘qqiztasi boshqa shaharlarda qolishlari kerak edi.
2. O‘z xohishi bilan Quddusga ko‘chib bormoqchi bo‘lganlarning hammasini xalq duo qildi.
3. Shunday qilib, Isroil xalqining ko‘pchiligi, ruhoniylar, levilar, Ma’bad xizmatchilari, Sulaymon qarollarining avlodlari Yahudo yurtidagi boshqa shaharlarda, o‘zlarining mulkida yashab qoldilar.
4. Yahudo va Benyamin qabilalaridan ba’zilari esa Quddusda qaytadan uy–joy qildilar. Quddusda o‘rnashib olgan viloyat yo‘lboshchilarining ro‘yxati quyidagichadir: Yahudo qabilasidan: Quddusda Uzziyo o‘g‘li Otayox o‘rnashdi. Otayoxning nasabnomasi quyidagicha edi: Uzziyo — Zakariyoning o‘g‘li, Zakariyo — Emoriyoning o‘g‘li, Emoriyo — Shafatiyoning o‘g‘li, Shafatiyo — Maxaliyolning o‘g‘li, Maxaliyol Paraz naslidan edi.
5. Borux o‘g‘li Masiyo ham Quddusda o‘rnashdi. Masiyoning nasabnomasi quyidagicha edi: Borux — Xolxozining o‘g‘li, Xolxozi — Xaziyoning o‘g‘li, Xaziyo — Odayoning o‘g‘li, Odayo — Yo‘xarivning o‘g‘li, Yo‘xariv — Zakariyoning o‘g‘li, Zakariyo Shelo naslidan edi.
6. Paraz naslidan Quddusda hammasi bo‘lib 468 ta bahodir jangchi yashar edi.
7. Benyamin qabilasidan: Quddusda Mashullom o‘g‘li Sallu o‘rnashdi. Salluning nasabnomasi quyidagicha edi: Mashullom — Yo‘adning o‘g‘li, Yo‘ad — Podiyoning o‘g‘li, Podiyo — Xulayoning o‘g‘li, Xulayo — Masiyoning o‘g‘li, Masiyo — Ixtiyolning o‘g‘li, Ixtiyol — Yeshayoning o‘g‘li.
8. Salluning izdoshlari Gabboy va Salloy ham Quddusda o‘rnashdilar. Benyamin naslidan Quddusda hammasi bo‘lib 928 ta kishi yashar edi.
9. Ularning lashkarboshisi Zixri o‘g‘li Yo‘el edi, Xassinuva o‘g‘li Yahudo esa Yo‘elning o‘ng qo‘l yordamchisi edi.
10. Ruhoniylardan: Quddusda Yo‘xariv o‘g‘li Yodayo, Yoxin
11. va oliy ruhoniy Sarayo o‘rnashdilar. Sarayoning nasabnomasi quyidagicha edi: Sarayo — Xilqiyoning o‘g‘li, Xilqiyo — Mashullomning o‘g‘li, Mashullom — Zodo‘xning o‘g‘li, Zodo‘x — Maroyo‘tning o‘g‘li, Maroyo‘t Oxitobning o‘g‘li edi.
12. Yodayo, Yoxin va Sarayoning Xudo uyida xizmat qiladigan qarindosh–urug‘lari hammasi bo‘lib 822 ta kishi edi. Yeroxam o‘g‘li Odayo ham Quddusda o‘rnashib oldi. Uning nasabnomasi quyidagicha edi: Yeroxam — Palaliyoning o‘g‘li, Palaliyo — Omzining o‘g‘li, Omzi — Zakariyoning o‘g‘li, Zakariyo — Peshxurning o‘g‘li, Peshxur — Malkiyoning o‘g‘li.
13. Odayoning qarindosh– urug‘lari orasida hammasi bo‘lib 242 ta urug‘boshi bor edi. Ozariyol o‘g‘li Emashay ham Quddusda o‘rnashib oldi. Uning nasabnomasi quyidagicha edi: Ozariyol — Oxzayning o‘g‘li, Oxzay — Mashillamo‘tning o‘g‘li, Mashillamo‘t — Immarning o‘g‘li.
14. Emashayning qarindosh– urug‘lari orasida hammasi bo‘lib 128 ta botir jangchi bor edi. Ruhoniylarning lashkarboshisi Xagdolim o‘g‘li Zabdiyol edi.
15. Levilardan: Quddusda Xashshub o‘g‘li Shamayo o‘rnashdi. Uning nasabnomasi quyidagicha edi: Xashshub — Ozrikomning o‘g‘li, Ozrikom — Xashaviyoning o‘g‘li, Xashaviyo — Bo‘naxning o‘g‘li.
16. Levilarning yo‘lboshchilaridan bo‘lgan Shabbatay va Yo‘zabad ham Quddusda o‘rnashib oldilar. Ularning vazifasi Xudoning uyiga qarash va ta’minotini nazorat qilish edi.
17. Mixa o‘g‘li Mattaniyo ham Quddusda o‘rnashib oldi. Uning nasabnomasi quyidagicha edi: Mixa — Zabdining o‘g‘li, Zabdi — Osifning o‘g‘li. Mattaniyo Ma’bad qo‘shiqchilarini hamdu sano aytishda boshqarar edi. Mattaniyoning yordamchisi Bobuhyo va Shammuva o‘g‘li Abdax Quddusda o‘rnashib oldilar. Shammuva o‘g‘li Abdaxning nasabnomasi quyidagicha edi: Shammuva — Galolning o‘g‘li, Galol — Yodutunning o‘g‘li.
18. Muqaddas shahar Quddusda hammasi bo‘lib 284 ta levi yashagan edi.
19. Ma’bad darvozabonlaridan: Oqquv, Talmo‘n va ularning qarindoshlari Quddusda o‘rnashib oldilar. Ular hammasi bo‘lib 172 kishi edi.
20. Isroil xalqining, ruhoniylarning va levilarning qolganlari Yahudo yurtidagi shaharlarda, o‘zlarining mulkida istiqomat qilishardi.
21. Ma’bad xizmatkorlari esa Quddusdagi Ofel tepaligida istiqomat qilishardi. Zixo va Gishpo ularning ustidan nazoratchi edilar.
22. Quddusdagi levilarning nazoratchisi Banix o‘g‘li Uzzi edi. Uning nasabnomasi quyidagicha edi: Banix — Xashaviyoning o‘g‘li, Xashaviyo — Mattaniyoning o‘g‘li, Mattaniyo — Mixaning o‘g‘li, Mixa Osif naslidan edi. Osif nasli Xudo uyidagi xizmatda qo‘shiqchilar uchun mas’ul edi.
23. Shoh Dovudning qo‘shiqchilar to‘g‘risida chiqargan farmoniga ko‘ra, qo‘shiqchilar har kuni moddiy tomondan ta’minlanar edi.
24. Mashazavil o‘g‘li Patixiyo Fors shohining Yahudodagi vakili bo‘lib, Isroil xalqiga oid hamma ishlarga mas’ul edi. Patixiyo Yahudo o‘g‘li Zerax naslidan edi.
25. Xalqning ko‘pchiligi boshqa shaharlarda va o‘sha shaharlar atrofida yashar edilar. Yahudo qabilasidan bo‘lganlar quyidagi joylarda istiqomat qilar edilar: Xirat–Arba shahrida va uning atrofidagi qishloqlarda, Dibon shahrida va uning atrofidagi qishloqlarda, Yoxavzol shahrida va uning atrofidagi qishloqlarda,
26. Yeshuva, Mo‘lodax, Bayt–Palat va
27. Xazor– Shuvol shaharlarida, Bersheva shahrida va uning atrofidagi qishloqlarda,
28. Zixlax shahrida, Maxuno shahrida va uning atrofidagi qishloqlarda,
29. En–Rimmon, Zorox, Yarmut,
30. Zono‘vax, Adullam shaharlarida va ularning atrofidagi qishloqlarda, Laxish shahrida va uning atrofidagi dalalarda, Ozikah shahrida va uning atrofidagi qishloqlarda. Yahudo qabilasi yashagan bu yerlar janubdagi Bershevadan to shimoldagi Xinnum soyligigacha cho‘zilgan edi.
31. Benyamin qabilasidan bo‘lganlar quyidagi joylarda istiqomat qilar edilar: G‘ibo, Mixmash va Oya shaharlarida, Baytil shahrida va uning atrofidagi qishloqlarda,
32. Onoto‘t, Nav, Ononiyoh,
33. Xazor, Rama, Gitayim,
34. Hodid, Zavo‘m, Navallot,
35. Lo‘d, Ono‘ shaharlarida va Hunarmandlar vodiysida.
36. Yahudo qabilasining hududida yashagan ba’zi levi guruhlari ham Benyamin qabilasi orasida istiqomat qilish uchun yuborilgan edi.
1. Shaltiyol o‘g‘li Zarubabel va Yoshua bilan birga asirlikdan qaytib kelgan ruhoniylar hamda levilar quyidagilardir: Ruhoniylar: Sarayo, Yeremiyo, Ezra,
2. Emoriyo, Mallux, Xattush,
3. Shaxaniyo, Raxum, Miromo‘t,
4. Iddo, Ginaton, Abiyo,
5. Minyomin, Mo‘vadiyo, Bildax,
6. Shamayo, Yo‘xariv, Yodayo,
7. Sallu, Omoq, Xilqiyo, Yodayo. Bular Yoshua davridagi ruhoniylarning va ruhoniy hamkorlarining yetakchilari edilar.
8. Levilar: Yeshuva, Binnuy, Kadmil, Sharaviyo, Yahudo va Mattaniyo. Mattaniyo va uning hamkorlari shukrona madhiyasini kuylaydiganlar uchun mas’ul edilar.
9. Bobuhyo, Unno va ularning hamkorlari madhiyaning jo‘r bo‘lib aytilishi uchun mas’ul edilar.
10. Yoshua — Yo‘yiqimning otasi, Yo‘yiqim — Eliashabning otasi, Eliashab — Yo‘xadaxning otasi,
11. Yo‘xadax — Yo‘xanonning otasi, Yo‘xanon Yodduvaning otasi edi.
12. Oliy ruhoniy Yo‘yiqim davrida quyidagi ruhoniylar urug‘boshilar edilar: Sarayo urug‘idan — Moriyo. Yeremiyo urug‘idan — Xanoniyo.
13. Ezra urug‘idan — Mashullom. Emoriyo urug‘idan — Yoxuhanon.
14. Mallux urug‘idan — Yo‘natan. Shaxaniyo urug‘idan — Yusuf.
15. Xarim urug‘idan — Adna. Miromo‘t urug‘idan — Xalkay.
16. Iddo urug‘idan — Zakariyo. Ginaton urug‘idan — Mashullom.
17. Abiyo urug‘idan — Zikri. Minyomin urug‘idan ham bir urug‘boshi bor edi. Mo‘vadiyo urug‘idan — Piltay.
18. Bildax urug‘idan — Shammuva. Shamayo urug‘idan — Yo‘natan.
19. Yo‘xariv urug‘idan — Mattanay. Yodayo urug‘idan — Uzzi.
20. Sallu urug‘idan — Kalloy. Omoq urug‘idan — Ibir.
21. Xilqiyo urug‘idan — Xashaviyo. Yodayo urug‘idan — Natanil.
22. Oliy ruhoniylar Eliashab, Yo‘xadax, Yo‘xanon va Yodduva davrlarida levilar ro‘yxatda o‘z urug‘boshilari nomi bilan qayd etilganlar. Fors shohi Doro hukmronligi davrida esa ro‘yxatga olishning bunday usuli ruhoniylarga nisbatan qo‘llanilgan edi.
23. Oliy ruhoniy Eliashab nevarasi Yo‘xanon davrigacha “Tarix kitobi”dagi ro‘yxatlarda levilar o‘z urug‘boshilari nomlari bo‘yicha yozilganlar.
24. Quyidagilar levilarning urug‘boshilari edilar: Xashaviyo, Sharaviyo, Yeshuva, Binnuy, Kadmil va ularning hamkorlari Mattaniyo, Bobuhyo va Obodiyo.
25. Xudoning odami Dovud bergan farmonga ko‘ra, ular Xudoga hamdu sano va shukrona aytayotganlarida, ikki guruhga bo‘linib, bir– birlariga ro‘parama–ro‘para turib, kuylar edilar. Mashullom, Talmo‘n va Oqquv Ma’bad darvozabonlari edilar. Ular Egamizning uyi darvozalari yonidagi omborxonalarni qo‘riqlar edilar.
26. Bu odamlar oliy ruhoniy Yo‘yiqim, hokim Naximiyo, ruhoniy hamda tafsirchi Ezraning zamondoshlari edilar. Oliy ruhoniy Yo‘yiqim — Yoshuaning o‘g‘li, Yohuzadaxning nabirasi edi.
27. Quddusning yangi devori Xudoga bag‘ishlanayotganda Yahudo yurtidagi hamma levilar chaqirildi. Ular xursandchilik paytida shukrona qo‘shiqlar kuylab, zang, arfa, chang chalib, marosimda ishtirok etishlari kerak edilar.
28. Levi qo‘shiqchilari Quddus atrofidagi qishloqlardan yig‘ilib keldilar. Quddus atrofidagi o‘sha qishloqlarni levilar o‘zlari uchun qurgan edilar.
29. Natufo, Bayt–Gilgal, G‘ibo va Ozmobi shaharlarining atrofidagi qishloqlarda yashaydigan levilar ham yig‘ilib keldilar.
30. Ruhoniylar va levilar o‘zlarini pokladilar, so‘ngra xalqni, Quddus darvozalarini va devorini pokladilar.
31. Keyin men Yahudo yo‘lboshchilarini devor ustiga chiqardim. Xudoga shukrona aytadigan ikkita katta guruh qo‘shiqchilarni tayinladim. Qo‘shiqchilarning bir guruhi devor ustida janubga — Go‘ng darvozasi tomonga tantana bilan yurdi.
32. Ho‘shayyo Yahudo yo‘lboshchilarining yarmini ergashtirib, birinchi guruh qo‘shiqchilarning orqasidan bordi.
33. Ularning orqasidan esa quyidagi ruhoniylar karnaylar chalib bordilar: Ozariyo, Ezra, Mashullom,
34. Yahudo, Benyamin, Shamayo va Yeremiyo.
35. Ularning ketidan Yo‘natan o‘g‘li Zakariyo bordi. Zakariyoning nasabnomasi quyidagicha edi: Yo‘natan — Shamayoning o‘g‘li, Shamayo — Mattaniyoning o‘g‘li, Mattaniyo — Mixiyoning o‘g‘li, Mixiyo — Zakkurning o‘g‘li, Zakkur Osaf naslidan edi.
36. Zakariyoning yonida uning hamkorlari — Shamayo, Ozariyol, Milalay, Jilalay, May, Natanil, Yahudo, Xoninni bor edilar. Ular Xudoning odami shoh Dovudning ko‘rsatmasiga binoan musiqa asboblarini ko‘tarib borardilar. Tafsirchi Ezra birinchi guruh qo‘shiqchilarining orqasidan borayotganlarni boshlab bordi.
37. Ular Buloq darvozasidan Dovud qal’asiga olib boradigan zinapoya orqali to‘g‘riga yurdilar. Dovudning saroyidan o‘tib, sharq tomondagi Suv darvozasiga ketdilar.
38. Xudoga shukrona aytayotgan ikkinchi guruh qo‘shiqchilar devorning ustida shimol tomonga ketdilar. Men Yahudo yo‘lboshchilarining yarmini boshlab, ikkinchi guruh qo‘shiqchilarning ortidan ketdim. Biz Tandir darvozasidan, Keng devoridan,
39. Efrayim darvozasidan, Yashono darvozasidan, Baliq darvozasidan, Xanonil minorasidan, Yuz minorasidan va Qo‘y darvozasidan o‘tdik. Nihoyat, Qo‘riqchi darvozasi yonidagi manzilga yetib bordik.
40. Shunday qilib, Xudoga shukrona aytgan ikkala guruh Xudoning uyi oldida to‘xtadi. Yonimdagi yo‘lboshchilar bilan birga,
41. quyidagi ruhoniylar ham karnay chalib, ikkinchi guruh qo‘shiqchilar ortidan yurdilar: Eliyaqim, Masiyo, Minyomin, Mixiyo, Eliyo‘nay, Zakariyo va Xanoniyo.
42. Ularning ketidan Masiyo, Shamayo, Elazar, Uzzi, Yohuxanon, Malkiyo, Elam va Eyzar borgandilar. Qo‘shiqchilar o‘zlarining yo‘lboshchisi Yizraxiyo boshchiligida kuylagandilar.
43. O‘sha kuni xalq ko‘p qurbonliklar keltirib, xursandchilik qilishdi, chunki Xudo ularga ko‘p shod–xurramlik ato qilgan edi. Ayollar va bolalar ham xursand edilar. Quddusdagi shodlik sadolari uzoqlardan eshitilib turardi.
44. O‘sha kuni Ma’baddagi omborxonalar ustidan odamlar tayinlandi. Omborxonalarda hadyalar, birinchi hosildan keltirilgan nazrlar va ushrlar saqlanar edi. Tayinlangan odamlar Tavrotga ko‘ra, shaharlar atrofidagi dalalardan ruhoniylar va levilar uchun ulushlarni yig‘ib, omborxonalarga olib kelishlari kerak edi. Chunki Yahudo xalqi ruhoniylar va levilarning xizmatini qadrlar edi.
45. Ruhoniylar, levilar poklash marosimlarini va Xudo tayin etgan boshqa marosimlarni bajarar edilar. Qo‘shiqchilar va darvozabonlar ham, ular qatorida, shoh Dovud va uning o‘g‘li Sulaymondan qolgan farmonga muvofiq, Ma’badda xizmat qilar edilar.
46. Darvoqe, ko‘shiqchilarga boshlovchi tayinlab, Xudoga hamdu sano va shukronalar aytish odati azaldan — Dovud va Osif davridan boshlangan edi.
47. Zarubabel davrida ham, Naximiyo davrida ham butun Isroil xalqi qo‘shiqchilar va Ma’bad darvozabonlari uchun kundalik ulushlarni berardi. Ular levilar uchun ham ulush ajratishardi, levilar esa ruhoniylarning ulushini ajratib berishar edi.
1. O‘sha kuni xalqqa Musoning kitobidan o‘qib berildi. U yerda shunday yozilgan ekan: “Ommonliklar va Mo‘abliklar Xudoning jamoasiga kirolmaydi,
2. chunki Isroil xalqi Misrdan chiqqanda, Ommonliklar va Mo‘abliklar ularni non va suv bilan kutib olmadilar. Aksincha, Isroil xalqini la’natlash uchun Balomni yolladilar. Lekin Xudoyimiz la’natni duoga aylantirdi.”
3. Isroil xalqi Tavrot so‘zlarini eshitgach, Isroil jamoasidan hamma begona nasllarni chiqarib yubordi.
4. Bu voqea Quddus devori bag‘ishlanishidan ancha oldin sodir bo‘lgan edi. O‘sha vaqtda To‘viyoning qarindoshi Eliashab Xudoyimizning uyidagi omborxonalar uchun mas’ul edi.
5. Eliashab To‘viyo uchun Ma’badga qarashli katta bir xonani bo‘shatib beribdi. Ilgari bu xonada nazr qilingan don, xushbo‘y tutatqilar va Ma’bad buyumlari saqlanardi. Egamiz bergan amrga muvofiq, levilarga, qo‘shiqchilarga, Ma’bad darvozabonlariga atalgan don, sharob, zaytun moyi ushrlari va ruhoniylarga atalgan nazrlar ham o‘sha xonada saqlanardi.
6. Bu ishlar sodir bo‘lganda, men Quddusda emasdim. Bobil shohi Artaxshas hukmronligining o‘ttiz ikkinchi yilida men shoh huzuriga ketgan edim. Ma’lum vaqt o‘tgach, shohdan ijozat so‘rab,
7. Quddusga qaytib keldim. Shundagina Eliashabning qilgan bu rasvo ishidan xabardor bo‘ldim. U To‘viyoga Xudoning uyidagi bir xonani ajratib beribdi–ya!
8. Men qattiq g‘azablanib, To‘viyoning barcha uy jihozlarini xonadan uloqtirib tashladim.
9. So‘ng, omborxonalar poklansin, deb buyruq berdim. Omborxonalar poklangach, Xudoning uyi buyumlarini, don nazrlarini va xushbo‘y tutatqilarni o‘z joyiga qaytarib qo‘ydirdim.
10. Shuningdek, levilarga hosilning o‘zlariga tegishli ulushlari berilmaganini ham bilib qoldim. Shu sababdan Ma’badda xizmat qilib yurgan levilar va qo‘shiqchilar o‘zlarining dalalariga qaytib ketishgan ekan.
11. Yo‘lboshchilarga: “Nima uchun Xudoning uyini o‘z holiga tashlab qo‘ydingizlar?!” deb tanbeh berdim. Levilar va qo‘shiqchilarni to‘plab, hammalarini o‘z vazifalariga qo‘ydim.
12. Shundan keyin jamiki Yahudo xalqi don, sharob, zaytunmoyi ushrlarini Ma’bad omborxonalariga olib kelishdi.
13. Ruhoniy Shalamiyoni, kotib Zodo‘xni va levilardan Podiyoni omborxonalarga mas’ul qilib tayinladim. Mattaniyoning nabirasi Zakkur o‘g‘li Xanonni ularning yordamchisi qilib tayinladim. Ular ishonchli odamlar bo‘lib, vazifalari birodarlariga ulushni taqsimlashdan iborat edi.
14. Ey Xudoyim! Qilgan bu ishlarimni yodingda tut, mendan marhamatingni darig‘ tutmagin. Sening uying uchun va uyingda o‘tkaziladigan sajda marosimlari uchun sadoqat bilan qilgan savob ishlarimni unutma.
15. O‘sha vaqtda men Shabbat kunlari uzum ezayotgan yahudiylarni ko‘rardim. Uyum–uyum don, sharob, uzum, anjir va har xil yuklarni olib kelayotganlarni kuzatar edim. Ular bu narsalarni eshaklarga yuklab, Shabbat kuni Quddusga olib kelishar edi. Ular o‘z mahsulotlarini sotayotganlarida men ularni ogohlantirib, bunday ishlarni Shabbat kuni qilmanglar, deb aytardim.
16. Quddusda yashagan Tirliklar ham baliq va har xil mahsulotlarni olib kelib, o‘shalarni Shabbat kuni Yahudo xalqiga Quddusda sotayotgan edilar.
17. Men Yahudo yo‘lboshchilariga tanbeh berdim: “Bu qilayotganlaringiz qabihlik–ku! Axir, Shabbat kunini bulg‘ayapsizlar!
18. Xudo bizni va bu shaharni ota–bobolarimizning xuddi shunday qabihligi uchun jazolagan edi–ku! Endi esa sizlar Shabbat kunini bulg‘ab, xalqimizning boshiga Xudoning qahr–g‘azabini yanada ko‘proq olib kelyapsizlar.”
19. Shunda men buyruq berdim: “Shabbatdan oldin oqshom tushishi bilanoq Quddus darvozalari yopilsin, Shabbat tugamaguncha ochilmasin.” Shabbat kuni birortasi yuk olib chiqmasligi uchun darvoza oldiga odamlarimdan ba’zilarini o‘tqazib qo‘ydim.
20. Shunda savdogarlar va har xil mahsulotlarni sotuvchilar tunni bir–ikki marta Quddusdan tashqarida o‘tkazdilar.
21. Men ularni ogohlantirib, shunday dedim: “Nega sizlar tunni devor ortida o‘tkazasizlar?! Agar yana shunday qilsalaringiz, sizlarni qamayman.” O‘shandan keyin ular Shabbat kuni kelmay qo‘ydilar.
22. So‘ngra men levilarga, o‘zlaringizni poklab kelib, Shabbat kunini muqaddas saqlash uchun shahar darvozalarini qo‘riqlanglar, deb buyruq berdim. Ey Xudoyim! Qilgan bu ishlarimni ham yodingda tut, mendan marhamatingni darig‘ tutmagin. Buyuk sodiq sevging haqi menga shafqat qil.
23. O‘sha kunlarda Ashdodlik, Ommonlik va Mo‘ablik ayollarga uylangan yahudiylar haqida xabar topgan edim.
24. Bolalarining yarmi ibroniy tilida gaplashishni bilmasdilar, Ashdod tilida yoki boshqa tilda so‘zlashardilar.
25. Shuning uchun men ularga tanbeh berdim, ularni la’natladim, ba’zilarini urdim, sochlarini yuldim.
26. Ularga shunday dedim: “Hatto Isroil shohi Sulaymon bunday ayollarga uylanib, gunoh qilgan edi! Bir o‘ylab ko‘ringlar! Xalqlar orasida Sulaymonga o‘xshagan shoh yo‘q edi. Xudo uni yaxshi ko‘rib, uni Isroil ustidan shoh qilgan edi. Shunga qaramay, butparast ayollar uni gunohga boshladilar.
27. Mana endi sizlar ham huddi shunday gunohga qo‘l urganingizni eshitib turibmiz! Sizlar Xudoga qarshi o‘taketgan qabihlik qilyapsizlar! Butparast ayollarga uylanib, Xudoga bevafolik qilyapsizlar!” Men Xudoning nomini o‘rtaga qo‘yib: “Biz bu yerdagi begona xalqlar bilan quda–andachilik qilmaymiz”, deb ularga qasam ichdirdim.
28. Yo‘xadax oliy ruhoniy Eliashabning o‘g‘li edi. Yo‘xadaxning o‘g‘illaridan biri Bayt–Xo‘ronlik Sanballatning qiziga uylangan edi. Yo‘xadaxning o‘sha o‘g‘lini oldimdan haydab yubordim.
29. Ey Xudoyim! Bu uchala odamning qilmishini yodingda tut, ularning jazosini ber. Axir, ular ruhoniylikni bulg‘adilar, Sen ruhoniylar va levilar bilan tuzgan ahdni buzdilar.
30. Shunday qilib, men xalqni begonalarning ta’siridan pokladim. Ruhoniylar va levilarning burchlarini, har birining vazifasini belgilab berdim.
31. Qurbonliklarni kuydirish uchun o‘tinlarni o‘z vaqtida olib kelishni va birinchi hosildan ruhoniylar uchun nazrlarni olib kelishni yo‘lga qo‘ydim. Ey Xudoyim! Qilgan ishlarimni yodingda tut, mendan marhamatingni darig‘ tutmagin.



YouTube kanaliga xush kelibsiz!




► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)


Muqaddas Kitob



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак