Muqaddas Kitob
Ester
1. Bu voqea Axashverash davrida bo‘lib o‘tgan edi. Axashverash Hindistondan Habashistongacha bir yuz yigirma yetti viloyat ustidan hukmronlik qilardi.
2. Shoh Axashverash Shushandagi qal’ada shohlik taxtiga o‘tirgandan keyin,
3. hukmronligining uchinchi yilida barcha vazirlari va saroy a’yonlari, Fors va Midiya shohliklarining bosh lashkarboshilari va zodagonlari, qo‘li ostidagi viloyatlarning hokimlari uchun ziyofat berdi.
4. Axashverash ancha vaqt — bir yuz sakson kun davomida o‘z shohligining beqiyos boyligini, dabdabali va hashamatli ulug‘vorligini ko‘rsatdi.
5. Bu ziyofatdan keyin Axashverash Shushan qal’asining kattayu kichigiga shoh saroyining bog‘ hovlisida yetti kun ziyofat berdi.
6. Bog‘ning marmar ustunlari tepasidagi kumush halqalarga oliy navli va safsar rangli zig‘ir iplardan to‘qilgan, arqonlarga bog‘langan oq va ko‘k rangli zig‘ir pardalar osilgandi. Arg‘uvon va oq marmar, sadaf va qoramtir toshlar qoplangan joyga oltin va kumush o‘rindiqlar o‘rnatilgan edi.
7. Ichimliklar turli–tuman oltin qadahlarda berildi. Shohona sharob ham, shohning boyligi kabi, juda serob bo‘ldi.
8. Chunki shoh o‘z xonadoni boshqaruvchilariga: “Har kimga istaganicha berilsin”, deb farmon etdi. Shuning uchun ichimliklar, shohning farmoniga ko‘ra, mehmonlarning xohishiga qarab berildi.
9. Malika Vashti ham shoh Axashverash saroyida ayollar uchun ziyofat berayotgan edi.
10. Yettinchi kuni shoh sharob ichib vaqti chog‘ bo‘lib, o‘zining Maxumon, Bizta, Xarbona, Bixta, Avag‘ta, Zatar, Karkas ismli yettita mulozimiga farmon berdi:
11. “Malika Vashtiga shohona toj kiydirib, huzurimga olib kelinglar, xalqqa va a’yonlarga uning go‘zalligini ko‘rsatay.” Haqiqatan ham malika g‘oyat go‘zal edi.
12. Lekin malika Vashti kelmadi, mulozimlar orqali shohning bergan farmonini bajarishdan bosh tortdi. Shoh bundan qattiq g‘azablandi, malikadan g‘oyatda jahli chiqdi.
13. Shoh o‘z ishlarini qonun–qoidani biladiganlar oldida qilardi.
14. O‘sha paytda shohning yaqinlari Fors va Midiya shohligining yettita beki — Karshana, Shator, Admata, Tarshish, Miros, Marsano, Mamuxon edi. Ularning joyi shohning huzurida bo‘lib, shohlikda eng yuqori mavqeni egallagan edilar. — Shoh qonun–qoidalarni yaxshi biladigan o‘sha donishmandlardan so‘radi:
15. — Shoh Axashverash malika Vashtiga mulozimlar orqali farmon bergan edi, u itoat etmadi. Buning uchun qonunga binoan uni nima qilish kerak?
16. Shunda Mamuxon shoh va a’yonlar huzurida shunday javob berdi: — Malika Vashti yolg‘iz shohimiz oldidagina emas, balki shoh Axashverash hukmronligi ostidagi hamma viloyatlarning beklari va xalqi oldida aybdordir.
17. Chunki malikaning qilig‘ini hamma ayollar eshitishgach, ular: “Shoh Axashverash, malika Vashtini huzurimga olib kelinglar, deb farmon bergan ekan, malika bormabdi”, deb gapirib yuradilar va erlarini mensimay qo‘yadilar.
18. Malikaning qilig‘i to‘g‘risida eshitgan Fors va Midiya shohligi bekoyimlari shohimizning hamma a’yonlariga ayni o‘sha gapni aytadilar. O‘rtada kiborlik, dilsiyohlik paydo bo‘ladi.
19. Agar shohimiz ma’qul ko‘rsalar, o‘zlari butun shohlik hududi bo‘yicha qaror chiqarsinlar. Fors hamda Midiya shohligi qonunlariga: “Vashti shoh Axashverash huzuriga kirmasin, uning shohlikdagi martabasi boshqa yaxshirog‘iga berilsin”, degan qo‘shimcha kiritilsin va bu farmon o‘zgartirilmasin.
20. Shohlik qanchalik katta bo‘lmasin, shohimizning bu farmoni shohlik bo‘ylab tarqalganda, barcha ayollar — boyu kambag‘ali erlarini hurmat qiladigan bo‘ladilar.
21. Bu gap shohga va a’yonlarga ma’qul bo‘ldi. Shoh Mamuxon aytganiday qildi.
22. U qo‘li ostidagi hamma viloyatlarga maktub jo‘natdi. Maktub har bir viloyatning o‘z yozuvida va har bir xalqning o‘z tilida bitilgan bo‘lib, unda: “Har bir erkak o‘z oilasida xo‘jayin bo‘lsin va uning gapi gap bo‘lsin”, deb yozilgan edi.

1. Axashverash g‘azabidan tushgandan keyin, Vashti va uning qilmishi, Vashtining ustidan chiqarilgan hukm esiga tushib qoldi.
2. Shohning a’yonlari aytdilar: “Shohimiz uchun yosh, chiroyli qizlar qidirilsin.
3. Buning uchun shohimiz qo‘li ostidagi viloyatlarda nazoratchilar tayin qilinsin, ular chiroyli barno qizlarni shohimizning xizmatkori, haram og‘asi Xegay nazorati ostida Shushan qal’asidagi haramga to‘plasinlar, qizlarga pardoz bersinlar.
4. Shohimizga yoqqan qiz Vashtining o‘rniga malika bo‘lsin.” Bu gap shohga ma’qul keldi va u aytilganlarni qildi.
5. Shushan qal’asida bir yahudiy yashardi. Uning ismi Yovir o‘g‘li Mordaxay bo‘lib, Benyamin qabilasidan edi. Yovir, Shimax va Kish nasliga borib taqalardi.
6. Bobil shohi Navuxadnazar Yahudo shohi Yohayixinni asir qilib olib kelganda, Mordaxay ham Quddusdan keltirilgan edi.
7. Ota–onasidan yetim qolgan Hadassani Mordaxay asrab olib tarbiya qildi. Hadassa Mordaxayning jiyani edi. Uning boshqa ismi Ester bo‘lib, kelishgan, go‘zal qiz edi.
8. Shohning amru farmoni e’lon qilingach, Shushan qal’asiga ko‘p qizlarni to‘plab, Xegay nazoratiga topshirildi. Ester ham shoh saroyiga keltirilib, haram og‘asi Xegay nazoratiga topshirildi.
9. Xegayga Ester yoqdi, Xegay unga iltifot ko‘rsatdi. Xegay darrov: “Bu qizga pardoz berib, parvarishlanglar, unga ulushini berib turinglar, saroydan yettita kanizak tanlab olinib, unga cho‘ri qilib berilsin”, deb buyurdi. Shoh haramining eng yaxshi bo‘lmasiga qizni va uning kanizlarini joylashtirdi.
10. Lekin Ester o‘z xalqi, urug‘– aymog‘i to‘g‘risida hech narsa aytmadi. Chunki Mordaxay unga bu to‘g‘rida og‘iz ochmasligini buyurgan edi.
11. Mordaxay har kuni Esterning sog‘ligidan xabar olgani, unga qanday muomala qilishyapti ekan, deb bilgani haram hovlisi atrofida yurardi.
12. Har bir yosh qizga, Axashverash huzuriga kirish uchun navbati kelganda, o‘n ikki oy davomida pardoz berilardi. Ayollar uchun chiqarilgan qoida shunaqa edi. Olti oy mirra moyi bilan, olti oy xushbo‘y narsalar va upa–eliklar bilan pardoz qilardilar.
13. Shundan keyin qiz shoh huzuriga kirardi: qiz saroyga kirayotganda, haramdan nima talab qilsa, hammasi berilardi.
14. Kechqurun shoh huzuriga kirgan qiz, ertasiga ertalab shohning mulozimi, kanizaklar soqchisi Shashagaz nazorati ostidagi boshqa haramga qaytardi. Faqat shohga xush yoqqan, shoh nomini aytib chaqirgan qiz qaytadan uning huzuriga kirardi.
15. Mordaxayning asrandisi, uning amakisi Abuhayilning qizi Ester shoh huzuriga kiradigan payt ham keldi. Ester shohning mulozimi, haram og‘asi Xegay nima taklif qilgan bo‘lsa, shuni oldi va boshqa hech narsa so‘ramadi. Esterni ko‘rganlarning ko‘zlarida quvonch porladi.
16. Shunday qilib, Axashverash shohligining yettinchi yili, o‘ninchi oyi — Tabat oyida, Ester shoh Axashverash saroyiga keltirildi.
17. Shoh Esterni hamma qizlardan ortiq sevib qoldi. Ester shohning muruvvatiga va iltifotiga barcha qizlardan ko‘proq sazovor bo‘ldi: Axashverash malikalik tojini Esterning boshiga kiygizib, uni Vashtining o‘rniga malika qildi.
18. So‘ngra shoh hamma a’yonlari va xizmatkorlari uchun Ester sharafiga ziyofat berdi, hamma viloyatlarda bayram e’lon qildi. Oliyhimmatlik bilan hadyalar ulashdi.
19. Barno qizlar keyingi safar haramga to‘planishganda, Mordaxay saroyda o‘z vazifasini bajarayotgan edi.
20. Ester Mordaxayning buyrug‘iga itoat etib, urug‘–aymog‘i va xalqi to‘g‘risida hali gapirmagan edi. Ester Mordaxayning tarbiyasida bo‘lgan paytda unga qanday itoat qilgan bo‘lsa, hozir ham shunday itoat etardi.
21. O‘sha kunlarda — Mordaxay saroyda o‘z vazifasini bajarayotganda, shohning Bixtan va Tarash degan ikkita darvozaboni quturib, shoh Axashverashning joniga suiqasd qilishni rejalashtirdilar.
22. Mordaxay bu fitnani bilib qolib, malika Esterni ogohlantirdi. Ester esa fitna to‘g‘risidagi xabarni Mordaxay nomidan shohga yetkazdi.
23. Bu voqea tekshirilgach, to‘g‘ri deb topildi va ikkala xizmatkor dorga osildi. Bu voqea shohning “Kundalik xotiralar kitobi”ga yozib qo‘yildi.

1. Bu hodisalardan keyin shoh Axashverash O‘gax naslidan bo‘lgan Xamadoto o‘g‘li Xomonni ko‘klarga ko‘tarib, yuksak martabaga tayinladi. Boshqa hamma a’yonlar ustidan Xomonni nozir etib tayinladi.
2. Shohning saroydagi boshqa a’yonlari Xomonga tiz cho‘kib ta’zim qilardilar. Chunki shohning amri shunday edi. Mordaxay esa na egilardi, na ta’zim qilardi.
3. Shohning saroydagi a’yonlari Mordaxayga: “Nimaga sen shohning amriga itoat etmayapsan–a?!” deb aytardilar.
4. Ular Mordaxayga bu gapni har kuni aytsalar ham, Mordaxay ularning gapiga quloq solmasdi. A’yonlar, Mordaxayning bu qilig‘iga Xomon toqat qila olarmikan, deb uni bu ahvoldan xabardor qildilar. Chunki Mordaxay ularga: “Men yahudiyman”, deb aytgan edi.
5. Xomon Mordaxayning tiz cho‘kib ta’zim qilmayotganini ko‘rganda, g‘azabdan tutoqardi.
6. Xomon birgina Mordaxayni o‘ldirishni arzimas ish deb o‘yladi. Mordaxayning qaysi xalqdan ekanini bilgani uchun, Xomon Axashverashning butun shohligi hududidagi mordaxaylarni — jamiki yahudiy xalqini qirib tashlashga qasd qilib qo‘ydi.
7. Axashverash shohligining o‘n ikkinchi yili, birinchi oyida — Nison oyida bu fitna amalga oshiriladigan kun va oy uchun Xomon oldida pur — qur’a tashladilar. Qur’a o‘n ikkinchi oyning — Adar oyining o‘n uchinchi kuniga tushdi.
8. Shundan keyin Xomon shoh Axashverashga aytdi: — Shohligingiz viloyatlaridagi boshqa xalqlarning orasiga sochilib–tarqalib ketgan bir xalq bor. Ularning qonunlari hamma xalqlar qonunidan farq qiladi. Shohimiz qonunlariga ular bo‘ysunmaydilar. Ularga sabr–toqat qilish — shohimizning manfaatlariga ziddir.
9. Agar shohimiz ma’qul ko‘rsalar, bu xalqni qirib tashlash uchun farmon bersinlar. Men o‘n ming talant kumushimni a’yonlar qo‘liga olib borib beraman. Ular bu kumushni shohimiz xazinasiga topshiradilar.
10. Shundan keyin shoh barmog‘idagi muhr uzugini yechib, farmonini tasdiqlash uchun yahudiylar dushmani O‘gax naslidan Xamadoto o‘g‘li Xomonga berdi.
11. — Bu pullar o‘zingda qolsin, xalqni ham senga berdim, — dedi shoh Xomonga. — Anavi xalqqa nimani ma’qul ko‘rsang, shuni qil.
12. Birinchi oyning o‘n uchinchi kuni shohning mirzalari chaqirildi. Xomonning hamma buyruqlari har bir viloyat xalqining o‘z yozuvida va o‘z tilida shohning noiblariga, har bir viloyat hokimiga va har bir xalqning bekiga yozildi. Maktublar shoh Axashverash nomidan yozilib, shohning muhr uzugi bilan tasdiqlandi.
13. Maktublar choparlar orqali shohning qo‘li ostidagi hamma viloyatlarga jo‘natildi. “Yahudiylarning hammasi — yoshu qarisi, bolalaru ayollari bir kunda — o‘n ikkinchi oyning, ya’ni Adar oyining o‘n uchinchi kuni yo‘q qilinsin, o‘ldirilsin, qirilsin, mol–mulki talon–taroj qilinsin,
14. hamma o‘sha kunga tayyor bo‘lsin”, deb farmon e’lon qilindi. Shuning uchun har bir viloyatga ular uchun qonun sifatida farmondan ko‘chirma berildi.
15. Choparlar shohning aytganiga muvofiq tezlik bilan yo‘lga chiqdilar. Farmon Shushan qal’asida ham e’lon qilingach, shahar besaranjom bo‘lib qoldi. Shoh bilan Xomon esa o‘tirishib kayfu safo qilishardi.

1. Mordaxay yuz bergan voqeadan xabardor bo‘lgach, kiyimlarini yirtdi, qanorga o‘ranib, ustiga kul sochdi. Keyin qattiq alamli faryod ko‘tarib, shahar bo‘ylab yurdi.
2. O‘sha holatda saroy darvozasiga bordi, lekin qanor kiyib saroy darvozasidan ichkariga kirish mumkin emasdi.
3. Shuningdek, har bir viloyatda — shohning amru farmoni yetib borgan joylarda yahudiylar chuqur qayg‘uga botdilar, ro‘za tutib, yig‘lab nola qildilar. Ko‘pchilik qanorga o‘ranib va kulga belanib yotdi.
4. Esterning kanizlari va xizmatkorlari kelib, bu haqda xabar berishganda, malika qattiq tashvishga tushdi. “Mordaxay ustidagi qanorni yechib, mana bu kiyimlarni kiyib olsin”, deb malika kiyim berib yuborgan edi, Mordaxay olmadi.
5. Esterning xizmatiga tayinlangan Xatax ismli shohning mulozimi bor edi. Ester Xataxni chaqirib, unga: “Bu nimasi, Mordaxay nimaga bunday qilyapti ekan, bilib kel–chi”, deb buyurdi.
6. Xatax shoh saroyi darvozasi oldidagi shahar maydoniga — Mordaxayning yoniga ketdi.
7. Mordaxay o‘zining boshiga tushgan hamma kulfatni, Xomon yahudiylarga qirg‘in keltirish uchun shoh xazinasiga qancha miqdorda kumush berishga va’da qilganini Xataxga aytib berdi.
8. Keyin Mordaxay Xataxga yahudiylarni qirish to‘g‘risida Shushanda e’lon qilingan farmondan bir nusxasini berib: “Esterga buni ko‘rsat, u hamma narsani tushunib olsin”, dedi. “Ester shoh huzuriga kirib, o‘z xalqiga rahm etishini iltijo qilib so‘rasin”, deb tayinladi.
9. Xatax qaytib kelib, Mordaxayning gaplarini Esterga aytib berdi.
10. Ester “Mordaxayga shu gaplarni yetkaz”, deb Xataxni yana jo‘natdi:
11. “Shoh saroyida hamma xizmat qilayotganlar va shohning qo‘li ostidagi viloyatlar xalqi shuni biladilarki, kimki ichki hovliga — shoh huzuriga chaqirilmasdan kirsa, erkakmi, ayolmi, baribir, hukm bitta — uni o‘lim kutadi. Shoh saltanatning oltin hassasini kimga tomon uzatsagina, o‘sha tirik qoladi. Lekin o‘ttiz kundan buyon shoh meni chaqirgani yo‘q.”
12. Esterning bu gaplarini Mordaxayga aytishgach,
13. u Esterga shu javobni yetkazishni so‘radi: “Saroyda yashaganim uchun yahudiylardan yolg‘iz o‘zim omon qolaman deb o‘ylamagin.
14. Agar shu damlarda sen sukut saqlasang, yahudiylarga boshqa joydan najot keladi, ular ozod bo‘ladilar. Sen va otang xonadoni esa halok bo‘lasizlar. Kim bilsin, balki shunaqa kunlar uchun sen malikalik martabasiga erishgandirsan.”
15. Ester ham Mordaxayga quyidagicha javob jo‘natdi:
16. “Boring, Shushandagi hamma yahudiylarni to‘plab, men uchun ro‘za tutinglar. Uch kechayu, uch kunduz hech narsa yemanglar ham, ichmanglar ham. Men ham kanizaklarim bilan ro‘za tutaman, so‘ngra qonunga xilof bo‘lsa ham, shoh huzuriga boraman. Mayli, o‘lsam, o‘lay.”
17. Mordaxay ketdi va Ester nima buyurgan bo‘lsa, hammasini qildi.

1. Uchinchi kuni Ester shohona liboslarini kiyib, saroyning ichki hovlisida — shoh yashaydigan xosxona ro‘parasida paydo bo‘ldi. Shoh xosxonaning to‘ridagi taxtda o‘tirib,
2. hovlida kutib turgan malika Esterni ko‘rdiyu, unga marhamat qildi va qo‘lidagi saltanatning oltin hassasini Esterga tomon cho‘zdi. Ester yaqinroq kelib hassaning uchiga tegindi.
3. Shoh undan: — Senga nima kerak, malika Ester? — deb so‘radi. — Tilaging nima? Hatto yarim shohlikni so‘rasang ham beriladi.
4. — Agar shohimiz ma’qul ko‘rsalar, bugun Xomon bilan birga menikiga ziyofatga kelsalar, — dedi malika. — Men shohimiz uchun ziyofat tayyorlagandim.
5. Shoh: — Zudlik bilan borib Xomonni topib kelinglar! — deb buyurdi. — Esterning istagini bajo qilaylik. Shunday qilib, shoh Xomon bilan birga Ester tayyorlagan ziyofatga bordi.
6. Shoh maydan ichar ekan: — Ayt, nima istaysan? Nima istasang beriladi, — dedi. — Qanday tilaging bor? Yarim shohlikni so‘rasang ham, xohishing qondiriladi. Ester shunday javob berdi:
7. — Mening istagim va iltimosim shuki,
8. agar shohimiz mendan mamnun bo‘lsalar, shohimiz mening tilagimni va istagimni qondirishni ma’qul ko‘rsalar, ertaga men tayyorlaydigan ziyofatga Xomon bilan birga kelsinlar. O‘shanda shohimizning savoliga javob beraman.
9. Xomon o‘sha kuni ziyofatdan xursand, kayfiyati chog‘ bo‘lib chiqdi. U shoh saroyi darvozasi oldida Mordaxayni ko‘rdi. Mordaxay Xomonning hurmati uchun o‘rnidan turmadi ham, ta’zim ham qilmadi. Xomon esa g‘azabdan tutoqdi.
10. Biroq u o‘zini bosdi. Uyiga kelib, do‘stlarini va xotini Zareshni chaqirtirdi.
11. Xomon ularga o‘zining cheksiz boyligidan, ko‘pdan–ko‘p o‘g‘illaridan, shoh uni a’yonlar va xizmatkorlar ustidan yuksak martabaga ko‘targani to‘g‘risida gapirdi.
12. Keyin u yana aytdi: — Malika Ester ziyofat tayyorlagan ekan, shoh bilan mendan boshqa hech kimni taklif qilmabdi. Ertaga ham men shoh bilan birga unikiga ziyofatga chaqirilganman.
13. Lekin saroy darvozasida turgan yahudiy Mordaxayni ko‘rganimda, bularning men uchun hech bir qimmati qolmaydi.
14. Shunda xotini Zaresh va hamma do‘stlari Xomonga maslahat berishdi: — Dor tayyorlashsin, balandligi ellik tirsak bo‘lsin. Ertalab shohdan iltimos qil, Mordaxayni o‘sha dorga osishsin. Keyin xursand bo‘lib, shoh bilan birga ziyofatga boraverasan. Bu gap Xomonga ma’qul tushdi. U dorni tayyorlatib qo‘ydi.

1. Shu kecha shohning uyqusi qochdi. Shoh: — “Kundalik xotiralar kitobi”ni olib kelinglar! — deb buyurdi. Kitobni unga o‘qib berishdi.
2. Xotira kitobidagi shoh Axashverashning darvozabonlari Bixtan va Tarash shohning joniga qasd qilishni rejalashtirganlari, buni Mordaxay bilib qolib shohga yetkazgani to‘g‘risida yozilgan voqeaga yetib kelishdi.
3. Shunda shoh: — Bu xizmati uchun Mordaxay nima bilan taqdirlangan? Unga hurmat ko‘rsatilganmi? — deb so‘radi. — U hech narsa bilan taqdirlanmagan, — deb javob berishdi shohning a’yonlari.
4. — Hovlida kim bor? — so‘radi shoh. Shu paytda Xomon shoh saroyining tashqi hovlisiga kelgan va Mordaxay uchun tayyorlatib qo‘ygan dorga uni ostirish to‘g‘risida shoh bilan maslahatlashmoqchi bo‘lib turgan edi.
5. Shohning a’yonlari: — Hovlida Xomon turibdi, — deb javob berishdi. — Bu yoqqa kirsin! — deb buyurdi shoh.
6. Xomon kirgach, shoh undan so‘radi: — Shoh taqdirlamoqchi bo‘lgan odamga qanday hurmat ko‘rsatsa bo‘ladi? Xomon o‘z ko‘nglida: “Shoh mendan boshqa kimga ham izzat–hurmat ko‘rsatishni istardi”, deb o‘yladi
7. va shohga aytdi: — Shohimiz hurmat ko‘rsatib, taqdirlamoqchi bo‘lgan odam uchun
8. o‘zlari kiygan shohona liboslarni, shohimiz mingan, usti shohona zeb– ziynatlar bilan bezatilgan otni olib kelishsin.
9. Shohning eng yaqin beklaridan biri qo‘liga liboslarni va otni berishsin. Shoh hurmat ko‘rsatib, taqdirlamoqchi bo‘lgan o‘sha odam kiyintirilgandan keyin, otga mindirilsin–da, shahar maydoniga olib chiqilsin. Uning oldida yurib “Shoh taqdirlamoqchi bo‘lgan odam mana shunday hurmatga sazovor bo‘ladi!” deb jar solinsin.
10. Shoh Xomonga buyurdi: — Hoziroq, o‘zing aytganingday, liboslarni va otni olgin–da, saroy darvozasida turgan yahudiy Mordaxayga shunday qil. Aytganlaringdan birortasi ham qolib ketmasin
11. Xomon liboslarni va otni olib, Mordaxayni kiyintirdi. So‘ng uni otga mindirib, shahar maydoniga olib chiqdi va uning oldida yurib: “Shoh taqdirlamoqchi bo‘lgan odam mana shunday hurmatga sazovor bo‘ladi!” deb jar soldi.
12. Mordaxay saroy darvozasiga qaytib keldi. Xomon esa sharmanda bo‘lganidan yuzini berkitib jadal uyiga yo‘l oldi.
13. Xomon xotini Zareshga va barcha do‘stlariga yuz bergan voqeani aytib berdi. Do‘stlari va xotini Zaresh shunday deyishdi: — Mordaxay tufayli sen pastga ketding. Agar u yahudiylardan bo‘lsa, unga bas kela olmaysan. Aksincha, martabang, shubhasiz, pastlashadi.
14. Ular gaplashib turganlarida, shohning mulozimlari kelib, Xomonni Ester tayyorlagan ziyofatga apil–tapil olib ketdilar.

1. Shoh va Xomon malika Ester bilan yeb–ichish uchun unikiga kelishdi.
2. Ular ikkinchi kuni ham sharobxo‘rlik qilishayotganda, shoh Esterga yana aytdi: — Qanday istaging bor, malika Ester? Istaging qondiriladi. Qanday iltimosing bor, malikam? Yarim shohlikni so‘rasang ham, beriladi.
3. Shundan keyin malika Ester gapirdi: — Shoh hazratlari! Agar o‘zlari mendan mamnun bo‘lsalar, agar shohim ma’qul ko‘rsalar, istagim shuki, jonimni saqlab qolsinlar, tilagim shuki, mening xalqim joniga rahm qilsinlar!
4. Men va mening xalqim yer yuzidan yo‘q qilinish uchun, o‘ldirilish va qirilish uchun sotilganmiz. Agar biz qul va cho‘ri qilib sotilganimizda edi, ovozimni chiqarmasdim. O‘sha dushmanning qilmishi uchun shohimizni bezovta qilish arzimas ish bo‘lardi.
5. Shoh Axashverash malika Esterdan: — Kim u? Qani o‘sha odam? Kim shunday qilishga jur’at etdi? — deya so‘radi.
6. — Zararkunanda, g‘anim, yovuz Xomon! — dedi Ester. Shu zahoti Xomon shoh bilan malika qarshisida vahimaga tushdi.
7. Shoh g‘azab bilan dasturxondan turdi–yu saroy bog‘iga qarab ketdi. Xomon esa malika Esterdan “Jonimni qutqargin”, deb yolvorish uchun qoldi, chunki shohdan o‘ziga nisbatan yovuz qismat tayin etilganini u ko‘rib turardi.
8. Shoh bog‘dan saroyning ziyofat bo‘layotgan xonasiga qaytganda, Xomon Ester yonboshlab o‘tiradigan o‘rindiqqa mahkam yopishib yotgan edi. Shoh bu ahvolni ko‘rdiyu: — Oh–ho, men uyda ekanimda malikaning nomusiga tegmoqchi bo‘ldingmi? — deb baqirdi. Shoh gapini tugatar–tugatmas, Xomonning yuzini yopdilar.
9. Shohning mulozimlaridan biri Xarbona aytib qoldi: — Ha, aytganday, Xomon uyining oldiga ellik tirsakli dor tayyorlab qo‘ygan. Bu dorga Mordaxayni osmoqchi. Mordaxay esa shohimizni ogohlantirib uning hayotini saqlab qolgan. — O‘sha dorga Xomonning o‘zini osinglar! — deb farmon berdi shoh.
10. Mordaxay uchun tayyorlab qo‘yilgan dorga Xomonning o‘zini osdilar. Shundan so‘nggina shohning g‘azabi bosildi.

1. O‘sha kuni shoh Axashverashyahudiylar dushmani Xomonning mol–mulkini malika Esterga in’om qildi. Mordaxay shoh huzuriga kirib chiqadigan bo‘ldi. Chunki malika Mordaxayning o‘ziga qarindosh ekanini aytgan edi.
2. Shoh Xomondan qaytarib olgan muhr uzugini barmog‘idan chiqarib Mordaxayga berdi. Ester esa Mordaxayni Xomonning mol–mulki ustidan boshqaruvchi qilib tayinladi.
3. Ester shoh bilan yana gaplashdi. Shohning oyog‘iga yiqilib “O‘gax naslidan bo‘lgan Xomonning yahudiylarga qarshi o‘ylagan xusumatini va rejasini daf qiling”, deb yig‘lab yolvordi.
4. Shoh saltanatning oltin hassasini Esterga tomon uzatgan edi, Ester o‘rnidan turib, shohning qarshisiga keldi
5. va aytdi: — Agar shohimiz ma’qul ko‘rib, mendan mamnun bo‘lsalar, bu ishni o‘rinli deb bilsalar, o‘zlariga yoqqan bo‘lsam, O‘gax naslidan Xamadoto o‘g‘li Xomonning shohlik hududidagi hamma yahudiylarni qirib tashlash to‘g‘risida qasddan yozgan maktubini qaytarish uchun maktub yozilsin.
6. Axir, xalqimning boshiga tushadigan kulfatni tomosha qilib chidab tura olamanmi?! Qabiladoshlarim o‘ldirilayotganda, guvoh bo‘lib tura olamanmi?!
7. Shunda shoh Axashverash malika Esterga va yahudiy Mordaxayga aytdi: — Xomonning mol–mulkini Esterga berdim. Xomon esa yahudiylarni qirib tashlamoqchi bo‘lgani uchun, uni dorga ostirdim.
8. Endi shoh nomidan yahudiylar to‘g‘risidagi maktubni o‘zlaringizga ma’qul keladigan tarzda yozib, shohning uzugi bilan muhrlanglar. Shoh nomidan yozilib, shohning uzugi bilan muhrlangan maktubni hech kim o‘zgartirishi mumkin emas.
9. Shundan so‘ng uchinchi oyda — Shavon oyining yigirma uchinchi kuni shohning mirzalari chaqirildi. Hindistondan Habashistongacha bo‘lgan bir yuz yigirma yetti viloyatdagi yahudiylarga, noiblarga, hokimlarga, viloyatlarning beklariga xuddi Mordaxay buyurganiday maktub yozildi. Maktub har bir viloyat xalqining yozuvi va tilida, yahudiylarga ham o‘zlarining yozuvida va tilida yozildi.
10. Mordaxay shoh Axashverash nomidan maktubni yozdirgach, shohning uzugi bilan muhrladi va shohning yilqisidagi uchqur otlarga choparlarni o‘tqazib jo‘natdi.
11. Shoh maktubda yahudiylarga hamma shaharlarda to‘planib, o‘zlarini himoya qilishlariga huquq berdi. Bundan tashqari, hujum qiladigan har qanday dushman xalqning yoki yurtning qurolli kuchlarini, bolalarini va ayollarini yo‘q qilishga, o‘ldirishga, mol–mulkini talon–taroj qilishga, qirishga ijozat berdi.
12. Shoh Axashverashning qo‘l ostidagi hamma yurtlarda bir kun — o‘n ikkinchi oyning, ya’ni Adar oyining o‘n uchinchi kuni uchun ijozat berilgandi.
13. Ushbu farmon matni har bir viloyatga, barcha xalqlarga qonun o‘rnida e’lon qilindi. Shunday qilib, yahudiylar o‘sha kuni o‘z dushmanlaridan qasos olishga tayyor turishlari kerak edi.
14. Choparlar shohning uchqur otlariga mindilaru uning farmoniga ko‘ra, to‘rt tomonga yelib ketdilar. Shushandagi qal’ada ham farmon e’lon qilindi.
15. Mordaxay ko‘k va oq rangli shohona liboslarga burkanib, katta oltin tojni kiyib, safsar rangli zig‘ir ridoga o‘ranib, shoh huzuridan chiqdi. Shushanda xursandchilik, shodu xurramlik hukm surardi.
16. Bundan yahudiylarning qalbi umidga to‘ldi, shodu xurram, vaqti chog‘ bo‘ldi, ular uchun sharafli kunlar boshlangan edi.
17. Hamma viloyatlarda, har bir shaharda, shohning amru farmoni yetib borgan har qanday joyda yahudiylar shodu xurram bo‘lib, o‘ynab–kuldilar, ziyofatlar uyushtirdilar, bayram qildilar. Shohlikdagi ko‘p xalqlar yahudiy bo‘ldi, chunki hammani yahudiylardan qo‘rquv tuyg‘usi qamrab olgan edi.

1. Shohning amru farmoni ijro qilinadigan o‘n ikkinchi oy — Adar oyining o‘n uchinchi kuni keldi. Bu kunni yahudiylarning g‘animlari, ularning ustidan hukmronlikni egallaymiz, deb umid bilan kutgan edilar. Ammo aksincha bo‘lib chiqdi: yahudiylar o‘z g‘animlari ustidan hukmronlikni o‘rnatdilar.
2. Yahudiylar yovuz kimsalarga qarshi kurashish uchun shoh Axashverashga qarashli hamma viloyatlardagi o‘zlari yashaydigan shaharlarda bir joyga yig‘ildilar. Hech kim yahudiylarga dosh bera olmadi, chunki yahudiylardan qo‘rquv tuyg‘usi hamma xalqlarni qamrab olgan edi.
3. Viloyatlardagi hamma beklar, noiblar, hokimlar va shohning a’yonlari Mordaxaydan qo‘rqqanlari uchun yahudiylarni qo‘llab–quvvatladilar.
4. Mordaxay saroyning yuksak martabali odami bo‘lib, u tobora o‘sib borar, uning shuhrati butun viloyatlarga yoyilardi.
5. Yahudiylar jamiki dushmanlarini qilichdan o‘tkazib, o‘ldirib, qirib tashladilar. G‘animlariga nisbatan istaganini qildilar.
6. Jumladan, yahudiylar Shushan qal’asida besh yuz kishini qirib tashladilar.
7. Yana yahudiylar o‘zlarining dushmani Xamadoto o‘g‘li Xomonning o‘nta o‘g‘lini — Parshandata, Dalfon, Aspata,
8. Po‘rata, Odaliyo, Oridato,
9. Parmashto, Orisay, Oriday va Vayzotoni o‘ldirdilar.
10. Ammo mol–mulkiga qo‘l tekkizmadilar.
11. O‘sha kuni Shushan qal’asida o‘ldirilganlarning hisobini shohga ma’lum qildilar.
12. Shoh esa malika Esterga aytdi: — Yahudiylar Shushan qal’asida Xomonning o‘nta o‘g‘lini va yana besh yuz kishini qirib, yo‘q qildilar. Kim bilsin, boshqa viloyatlarimda ular nima qildilar ekan? Istaging nima? Ayt, qondirayin. Yana qanday tilaging bor? Bajo qilayin.
13. — Agar shohimizga ma’qul bo‘lsa, Shushandagi yahudiylar ertaga ham bugungi farmoningizni ijro etsinlar, — dedi Ester. — Xomonning o‘nta o‘g‘lining jasadlari ham dorga osilsin.
14. Shoh ushbu istakni bajarishni buyurdi. Shushanda farmon chiqarildi. Xomonning o‘nta o‘g‘lining jasadi ham dorga osildi.
15. Adar oyining o‘n to‘rtinchi kuni Shushandagi yahudiylar yana to‘planib, qal’ada dushmanlardan uch yuztasini o‘ldirdilar. Lekin mol–mulkiga qo‘l tekkizmadilar.
16. Shohlikning turli viloyatlarida yashaydigan boshqa yahudiylar ham jonini saqlash va dushmanlaridan qutulish uchun bir joyga to‘plandilar. Dushmanlaridan yetmish besh ming kishini o‘ldirdilar, lekin mol–mulkiga qo‘l tekkizmadilar.
17. Bularning hammasi Adar oyining o‘n uchinchi kuni yuz berdi. Yahudiylar o‘n to‘rtinchi kuni tinchib, bu kunni bayram qildilar.
18. Shushandagi yahudiylar ham o‘zlarini qutqarish uchun o‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi kunlari yig‘ildilar. O‘n beshinchi kuni esa tinchib, bu kunni bayram qildilar.
19. Shuning uchun qishloq ahli Adar oyining o‘n to‘rtinchi kunini bayram sifatida nishonlab ziyofat uyushtiradilar va bir– birlariga taom ulashadilar.
20. Mordaxay bu voqealarni yozib qo‘ydi. So‘ngra shoh Axashverash qo‘li ostidagi uzoq– yaqindagi hamma yurtlarda yashayotgan yahudiylarga maktublar yubordi.
21. Maktubda har yili Adar oyining o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi kunlarini nishonlash lozimligi ta’kidlangan edi.
22. Chunki bu kunlar — yahudiylar o‘z dushmanlaridan qutulgan kunlardir. O‘sha oy — g‘am — xursandchilikka, motam — bayramga aylangan oydir. Mordaxay: “Shu kunlari ziyofat berib, xursandchilik qilinsin, taomlar ulashilsin, kambag‘allarga hadyalar in’om qilinsin”, deb buyurgan edi.
23. Shunday qilib, yahudiylar Mordaxayning buyrug‘ini qabul etdilar va boshlagan bayramlarini davom ettirdilar.
24. Darvoqe, butun yahudiylarning dushmani O‘gax naslidan bo‘lgan Xamadoto o‘g‘li Xomon fitna qo‘zg‘ab yahudiylarni ezib, yo‘q qilish uchun pur — qur’a tashlagandi.
25. Lekin Ester shohning huzuriga kirganda, shoh yangi maktub orqali farmon bergandi: Xomon yahudiylarga qarshi yovuz reja o‘ylab qo‘ygan, lekin rejasi o‘zining boshiga yetib, Xomon va uning o‘g‘illari dorga osilgandi.
26. Shuning uchun bu bayramga Purim deb nom berilgandi. Bu nom “pur” so‘zidan olingan. Shunday qilib, yahudiylar Mordaxayning maktubida yozilganlardan, ko‘rgan– kechirganlaridan va boshlariga tushgan ko‘rgiliklardan keyin,
27. o‘zlari, bolalari va barcha qabiladoshlari o‘sha ikki kunni belgilangan vaqtda, yozilganiday, har yili doimiy ravishda bayram qilishga qaror qilgandilar.
28. “Bu kunlar avlodlar osha hamma oilada, viloyatlarda, har bir shaharda unutilmasdan, bayram qilinsin, Purim kunlarini yahudiylar o‘tkazib yubormasin, bu kunlar avlodlar osha davom etib xotirlansin”, deb qaror chiqardilar.
29. Abuhayil qizi malika Ester, yahudiy Mordaxay bilan birga, o‘z huquqi bo‘yicha, Purim to‘g‘risida o‘sha yangi maktubni yozib tasdiqladi.
30. Mordaxay Axashverashning hukmronligi ostidagi yuz yigirma yettita viloyatda yashaydigan hamma yahudiylarga tinchlik–omonlik tilangan o‘sha maktublarni yubordi.
31. Maktubda malika Ester bilan Mordaxay ilgari buyurganlariday, Purim kunlarini belgilangan sanada nishonlashga qat’iy rioya qilishlari aytilgan edi. Bu bayramlarga yahudiylar, o‘zlari va bolalari ro‘za tutishga va motam odatlariga amal qilganlari singari, rioya qilishlari ta’kidlangan edi.
32. Shunday qilib, Purimga oid qoidalar, Esterning buyrug‘iga ko‘ra, tasdiqlandi va kitobga yozib qo‘yildi.

1. Shoh Axashverash o‘z shohligining bu chetidan tortib orollargacha bo‘lgan joylarda o‘lpon yig‘ardi.
2. Uning kuch–qudrati, faoliyati va Mordaxayni har jihatdan qanday yuksaltirgani Fors hamda Midiya shohlarining “Kundalik xotiralar” kitobida yozilgan.
3. Yahudiy Mordaxay, huquqi bo‘yicha, shoh Axashverashdan keyin turardi. U yahudiy qabiladoshlari orasida ulug‘likka erishdi, birodarlari orasida hurmatga sazovor bo‘ldi. Chunki u o‘z xalqi manfaati uchun, hamma qabiladoshlarining tinchligi uchun kurashardi.

YouTube kanaliga xush kelibsiz!
► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)
Muqaddas Kitob
- Ibtido
- Chiqish
- Levilar
- Sahroda
- Qonunlar
- Yoshua
- Hakamlar
- Rut
- Shohlar (birinchi kitob)
- Shohlar (ikkinchi kitob)
- Shohlar (uchinchi kitob)
- Shohlar (to‘rtinchi kitob)
- Solnomalar (birinchi kitob)
- Solnomalar (ikkinchi kitob)
- Ezra
- Naximiyo
- Ester
- Ayub
- Zabur
- Sulaymonning hikmatlari
- Voiz
- Ishayo
- Sulaymonning go‘zal qo‘shig‘i
- Yeremiyo
- Yeremiyoning marsiyasi
- Hizqiyo
- Doniyor
- Xo‘sheya
- Yo‘el
- Amos
- Obodiyo
- Yunus
- Mixo
- Noxum
- Xabaqquq
- Zafaniyo
- Xaggey
- Zakariyo
- Malaki
- Matto Muqaddas xushxabar
- Luqo Muqaddas xushxabar
- Yuhanno Muqaddas xushxabar
- Mark Muqaddas xushxabar
- Havoriylarning faoliyati
- Yoqubning maktubi
- Butrusning birinchi maktubi
- Butrusning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning birinchi maktubi
- Yuhannoning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning uchinchi maktubi
- Yahudoning maktubi
- Rimliklarga maktub
- Korinfliklarga birinchi maktub
- Korinfliklarga ikkinchi maktub
- Galatiyaliklarga maktub
- Efesliklarga maktub
- Filippiliklarga maktub
- Kolosaliklarga maktub
- Salonikaliklarga birinchi maktub
- Salonikaliklarga ikkinchi maktub
- Timo‘tiyga birinchi maktub
- Timo‘tiyga ikkinchi maktub
- Titusga maktub
- Filimo‘nga maktub
- Ibroniylarga maktub
- Yuhannoga ko‘rsatilgan vahiy
AJOYIB KITOBNI O'QING

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)
MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Tavrot | Zabur | Injil (+audio)

Яхши аудио Китоблар

Kinolar va Multiklar

Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Аудио Кутубхона

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz