Muqaddas Kitob

Voiz

1. Quyidagilar Dovud o‘g‘li, Quddusda hukmronlik qilgan Voizning so‘zlaridir.
2. “Behuda! Behuda! — deydi Voiz. — Hammasi behudadir!”
3. Odam bu dunyoda qilgan mehnatidan Qanday foyda topar?
4. Avlod kelib, avlod ketar, Bu dunyo esa shundayligicha qolaverar.
5. Quyosh chiqib yana botar, Chiqqan joyiga qaytishga shoshar.
6. Shamol janubga esar, Shimol tarafga yelar, Takror–takror aylanib, O‘z yo‘lidan yuraverar.
7. Barcha daryolar dengizga oqar, Dengiz esa hech to‘lmas, Shunda ham o‘z makoni sari Oqaverar daryolar.
8. Hamma narsa charchatar, holdan toydirar, Ularni tasvirlashga so‘zlar ham yetmas. Ko‘zlarimiz ko‘raverar, ammo to‘ymas, Quloqlarimiz eshitaverar, ammo qoniqmas.
9. Oldin nima bo‘lgan bo‘lsa, yana sodir bo‘lgay, Nima qilingan bo‘lsa, yana qaytarilgay, Bu dunyoda hech qanday yangi narsa yo‘q.
10. Biror narsa bormidiki, biz bu haqda: “Qaranglar, bu yangilik–ku!” — deb ayta olsak?! U oldindan bor edi, biz tavallud topmasdan oldin ham shu yerda edi.
11. Qadimda bo‘lganlar esga olinmas, hatto bundan keyin bo‘ladiganlar ham kelajakda eslanmas.
12. Men, Voiz — Isroil ustidan Quddusda shohman.
13. O‘zimni donolik bilan izlanishga, mana shu dunyoda bo‘layotgan hamma ishlarni tushunishga bag‘ishladim. Xudo insonga bergan bu ish qanday qayg‘uli–a!
14. Men bu dunyoda bo‘layotgan hamma narsani ko‘rdim, qaranglar, hammasi behuda, shamolning orqasidan quvishday ekan.
15. Egri narsani to‘g‘rilab bo‘lmas, Yo‘q narsani sanab bo‘lmas.
16. O‘zimga shunday dedim: “Mana, men buyuk bo‘lib, donolikda mendan oldin Quddusda hukmronlik qilganlarning hammasidan o‘zib ketdim. Ko‘p donolik orttirdim, ilmu ma’rifatni yaxshilab o‘rgandim.”
17. Donolik va ilm–ma’rifatning foydasi telbalik va ahmoqlikdan ustunligini anglab yetishga o‘zimni bag‘ishladim, ammo bu ham shamolning orqasidan quvishday ekanligini tushundim.
18. Qayg‘u ham ortarkan, donolik qancha ko‘p bo‘lsa, Dard ko‘payar ekan gar bilim oshsa.
1. Men, Voiz, o‘zimga: “Qani, rohatlanib, bir maza qilay–chi”, — dedim, lekin bu ham behuda ekan.
2. “Kulgi telbalik ekan, rohat qanday foyda keltiradi?” — dedim.
3. Donolik meni boshqarar ekan, ko‘nglimni sharob bilan chog‘ qilib ko‘ray– chi, deb ahmoqlikka o‘z bag‘rimni ochdim. Bu dunyoda odamlar o‘z qisqa hayotlari davomida qanday ish qilsalar ularga foyda kelishini bilmoqchi bo‘ldim.
4. Buyuk ishlar qildim: o‘zimga uylar qurdim, uzumzorlar barpo qildim,
5. polizlar va bog‘lar yaratdim, u yerlarga har xil mevali daraxtlar ekdim.
6. O‘sayotgan daraxtlarni sug‘orish uchun hovuzlar qazdirdim.
7. O‘zim uchun qullar va cho‘rilar sotib oldim, uyimda qul–cho‘rilar tug‘ilib, ularning soni ortib boraverdi. Podalarim shunchalik ko‘p ediki, Quddusda mendan oldin yashagan hech kimda bunchalik ko‘p mol–qo‘y bo‘lmagan.
8. O‘zim uchun kumushu oltin, shohlarga loyiq ajoyib boyliklardan yig‘dim, juda ko‘p yerlarga ega bo‘ldim. Ayol va erkak qo‘shiqchilar menga xizmat qilishar edi, menga zavq keltiradigan haramim ham katta edi.
9. Men buyuk bo‘lib, buyuklikda Quddusda mendan oldin yashaganlarning hammasidan o‘tdim. Donoligim menga pand bermadi.
10. O‘zim xohlagan hamma narsani oldim, ko‘nglim istaganini qildim. Qilgan har bir ishimdan jonim rohatlandi, bu qilgan mehnatlarim evaziga kelgan mukofot edi.
11. Ammo qarasam, o‘z qo‘llarim bilan qilgan ishlarim, qilgan hamma mehnatim — bularning hammasi behuda ekan, shamolning orqasidan quvishday ekan. Bu dunyoda birorta foydali narsa topilmasligini bildim.
12. Shundan keyin yana donolik, telbalik va ahmoqlikni solishtirishga qaror qildim. Vorisim menikidan ham yaxshiroq xulosaga kela olarmidi?!
13. Yorug‘lik qorong‘ilikdan yaxshiroq bo‘lganiday, donolik ham ahmoqlikdan yaxshiroqligini tushundim:
14. Dononing ko‘zi bor, Nodon esa qorong‘ilikda yuradi. Ammo hammaning taqdiri bir ekanligini ham tushundim.
15. O‘zimcha: “Nodonning boshiga tushgan narsa, mening ham boshimga tushar ekan. Shunday ekan, dono bo‘lishning nima foydasi bor?!” — deb o‘yladim. “Bu ham behuda!” — dedim.
16. Donolar ham, nodonlar unutilgani kabi, unutiladi, kelajakda hamma birday unutiladi. Nima uchun donolar nodonlarday o‘lishi kerak?!
17. Shuning uchun ham men hayotdan nafratlandim, chunki bu dunyoda qilingan har bir ish menga qayg‘u keltirdi. Hammasi behuda, shamolning orqasidan quvishdaydir.
18. Bu dunyoda mehnat qilib topgan hamma narsamdan nafratlandim, chunki hammasi baribir mendan keyin keladiganlarga qolishini bilardim.
19. Ular dono bo‘ladimi yoki ahmoqmi, kim biladi? Men bu dunyoda mehnat qilib, donolik bilan topganlarimga baribir o‘shalar egalik qilishadi. Bu ham behudadir.
20. Shunda bu dunyoda qilgan barcha mehnatim uchun yuragim achib, qayg‘ura boshladim.
21. Axir, baribir donolik, bilim va mohirlik bilan topilgan narsalar mana shu narsalar uchun ishlamaganlarga qolar ekan. Bu ham behuda, qanday falokat!
22. Bu dunyoda qilgan mehnati va tirishqoqligi uchun odam qanday foyda olarkan–a?!
23. Axir, uning kunlari dardga to‘la bo‘lsa, qayg‘udan boshi chiqmasa, hattoki kechalari ham dam ololmasa. Eh, bu ham behuda!
24. Odam uchun yeyish, ichish va qilgan mehnatidan rohatlanishdan yaxshiroq narsa yo‘q. Bu ham Xudodan ekanligini tushundim,
25. axir, Xudosiz kim ovqat yeya oladi, kim rohat topadi?!
26. Xudoga ma’qul bo‘lganlarga Xudoning O‘zi donolik, bilim va quvonch beradi. Gunohkorlarga esa boylik yig‘ish ishtiyoqini beradi–yu, ularning ishlab topganlarini olib, Xudo O‘ziga ma’qul bo‘lganlarga ato etadi. Gunohkorlarning bu ishlari ham behuda va shamolning orqasidan quvishdaydir.
1. Bu dunyoda hamma narsaning o‘z tayinlangan payti bor, har bir ishning o‘z vaqti bor.
2. Tug‘ilishning ham, o‘lishning ham o‘z vaqti bor. Ekishning ham, ekilganni o‘rishning ham o‘z vaqti bor.
3. O‘ldirishning ham, shifo berishning ham o‘z vaqti bor. Buzishning ham, qurishning ham o‘z vaqti bor.
4. Yig‘lashning ham, kulishning ham o‘z vaqti bor. Azaning ham, raqsning ham o‘z vaqti bor.
5. Tosh otishning ham, tosh yig‘ishning ham o‘z vaqti bor. Bag‘riga bosishning ham, undan o‘zini tiyishning ham o‘z vaqti bor.
6. Qidirishning ham, yo‘qotishning ham o‘z vaqti bor. Saqlab qo‘yishning ham, tashlab yuborishning ham o‘z vaqti bor.
7. Yirtishning ham, tikishning ham o‘z vaqti bor. Sukut saqlashning ham, so‘zlashning ham o‘z vaqti bor.
8. Yaxshi ko‘rishning ham, nafratning ham o‘z vaqti bor. Urushning ham, tinchlikning ham o‘z vaqti bor.
9. Shuncha mehnat qilib inson qanday foyda topadi?
10. Insonlar qilishi uchun Xudo bergan mushkul ishni ko‘rdim.
11. Xudo aytgani bo‘yicha hamma narsa o‘z vaqtida sodir bo‘ladi. Xudo yuragiga solgani uchun inson vaqt o‘tishini sezadi, lekin Xudo boshidan oxirigacha qilgan ishlarni inson tushuna olmaydi.
12. Inson uchun baxtli hayot kechirish, o‘z hayotidan rohatlanishdan boshqa yaxshiroq narsa yo‘q ekanligini tushunib yetdim.
13. Hamma yeb, ichib, o‘z qilgan mehnatining rohatini ko‘rsin. Bu Xudoning in’omidir.
14. Xudo qilgan har bir ish to abad o‘zgarmas, bu ishga hech narsa qo‘shib bo‘lmaydi, undan hech narsani ayirib bo‘lmaydi. Xudo bu ishlarni, hamma Mendan qo‘rqsin, deb qildi.
15. Hozir nima bo‘lsa, oldin ham bo‘lgan, kelajakda bo‘ladigani hozir ham bordir. Xudo o‘z vaqtida o‘tmishni yana qaytarar.
16. Men yana bu dunyoda adolat hukm surishi kerak bo‘lgan joyda — qozixonada ham, to‘g‘rilik o‘rnida ham egrilik ko‘rdim.
17. O‘zimga: “Yaxshini ham, yomonni ham Xudo hukm qiladi, chunki Xudoning O‘zi har bir narsaning, har bir ishning vaqtini belgilagan”, — dedim.
18. Men yana odamzod haqida shuni tushundim: “Insonlar ham xuddi hayvonlarday ekan. Shuni ko‘rsatish uchun Xudo insonlarni sinar ekan.”
19. Axir, odamlar bilan hayvonlarning taqdiri bir xil, unisi ham bunisi ham o‘ladi. Insonlarga ham, hayvonlarga ham Xudo jon bergan, odamlar hayvonlardan ustun emas. Hammasi behuda ekan.
20. Hamma bitta joyga boradi, tuproqdan yaralganlar tuproqqa qaytadi.
21. Insonning ruhi tepaga chiqadimi, hayvonlarning ruhi pastga — yerning ostiga tushadimi, kim biladi?!
22. Shunda men tushundim: inson uchun o‘z mehnatidan rohat olishdan boshqa yaxshiroq narsa yo‘q ekan, chunki bu uning taqdiri. Inson o‘tib ketgandan keyin nima bo‘lishini kim unga ko‘rsata oladi?!
1. Men yana bu dunyoda bo‘layotgan zulmni ko‘rdim. Mana ezilganlarning ko‘z yoshlari, lekin ularning yupatuvchisi yo‘q. Ularga zulm qilayotganlarda kuch bor, ezilganlarning esa yupatuvchisi yo‘q.
2. Shunda men: “Marhumlar tiriklardan baxtliroqdir”, — dedim.
3. Ammo hali tug‘ilmaganlar marhumlardan ham baxtliroqdir, chunki ular bu dunyoda qilinayotgan qayg‘uli ishlarni ko‘rmaganlar.
4. Men yana bir narsani ko‘rdim: inson hamma ishni mohirlik bilan qiladi, lekin bu ishni birovga g‘ayirlik bilan qilsa, bu ham behuda, shamol orqasidan quvishdaydir. Ammo:
5. Nodon qo‘llarini qovushtirib o‘tirib o‘zini o‘zi xarob qiladi.
6. Vaqtni yelga sovurib, mashaqqatli mehnat bilan ikki hovuch narsaga erishish mumkin, lekin xotirjamlik bilan bir hovuch narsaga ega bo‘lish undan afzalroqdir.
7. Bu dunyoda yana bir behudalikni ko‘rdim.
8. Mana, bir kishi — yolg‘iz, uning farzandlari ham, aka–ukalari ham yo‘q. U tinim bilmay mehnat qiladi, ko‘zi esa boylikka to‘ymaydi. U: “Kim uchun ishlayapman, nima uchun o‘zimni rohat qilishdan qisyapman?!” — demaydi. Bu ham behudadir, qayg‘uli ishdir.
9. Ikki kishi bir kishidan ko‘proq ish bajara oladi, ular o‘z mehnatlari uchun yaxshi taqdirlanadilar.
10. Agar bittasi yiqilsa, ikkinchisi turg‘izadi, lekin yolg‘iz bo‘lganning ahvoli chatoqdir, u yiqilsa, turg‘izishga yonida hech kim bo‘lmaydi.
11. Ikki kishi birga yotsa, sovuq qotmaydilar, agar kishi bir o‘zi yotsa qanday qilib isinadi?!
12. Kishi bir o‘zi bo‘lsa, uni yiqitish oson, lekin ikki kishi o‘zlarini himoya qila oladi. Uchta ipdan eshilgan arqonni uzish qiyindir.
13. Qari, maslahatga quloq solmaydigan nodon shohdan kambag‘al, lekin dono bo‘lgan yigit yaxshiroqdir.
14. Shunga o‘xshash bir yigit o‘z yurtida kambag‘al bo‘lib tug‘ilib, qarzini to‘lay olmay qamoqqa tushib qolishi mumkin. Lekin qamoqdan chiqqandan keyin kelajakda shoh bo‘lishi ham mumkin.
15. Shohning vorisi bo‘lgan o‘sha yigitni qo‘llab–quvvatlashga tayyor bo‘lgan, mana shu dunyoda yashayotganlarni ko‘rdim.
16. Unga ergashganlar son–sanoqsiz bo‘lib ketishi, uning obro‘si ortishi mumkin. Shunday bo‘lsa ham, kelajak avlod uni rad qiladi. Ha, bu ham behuda ekan, shamolning orqasidan quvishday ekan.
17. Xudoning uyiga borganda qadamingizni o‘ylab bosing. Nodonlarday harakat qilmasdan, aksincha quloq solish uchun boringlar. Nodonlar Xudoga o‘ylamasdan qurbonlik keltiradilar. O‘ylamasdan, beparvolik bilan qurbonlik keltirish fosiqlik ekanligini esa tan olmaydilar.
1. Hech qachon gapirishga shoshilma, qalbingda Xudoga va’da berishga xovliqma. Xudo jannatda, sen esa yerdasan, shuning uchun kamgap bo‘lgin.
2. Tashvish ko‘p bo‘lganda, puch niyatlar ham ko‘payadi, Ko‘p gapirganda, og‘izdan ahmoqona so‘zlar chiqadi.
3. Xudoga nazr ataganingdan keyin uni bajarishni orqaga surmagin. U nodonlarni yoqtirmaydi. Albatta va’dangda turgin.
4. Va’da berib, uni bajarmaslikdan ko‘ra, umuman va’da bermaslik yaxshiroqdir.
5. Shunday paytda tiling seni gunohga yetaklamasin. Ruhoniyga: “Nazr atab, xato qildim”, — deb aytmagin. Shunday deb Xudoning qahrini keltirsang, o‘z qo‘llaring bilan qilgan ishlaringni Xudo buzib tashlashi mumkin.
6. Puch niyatlaru ko‘p gapirish behuda oqibatlarga olib boradi. Shunday qilish o‘rniga Xudodan qo‘rqqin.
7. Agar kambag‘allarga zulm qilinayotganini, adolat va haqiqat yo‘qligini ko‘rsang, hayron bo‘lmagin, har bir amaldorning ustidan undan ham kattarog‘i bor, ularning ustidan yana ham kattarog‘i bordir.
8. Hammasi, hatto shoh ham, dalaning hosiliga ko‘z tikib, ulush talab qilib oladi.
9. Pulga ruju qo‘ygan hech qachon pulga, boylikni yaxshi ko‘rgan esa boylikka to‘ymaydi. Bu ham behudadir.
10. Buyum, narsalar ko‘payganda, ularni ishlatib yuboradiganlar ham ko‘payadi. Boylikning egasi faqat o‘z boyligiga termulib qarashdan boshqa yana qanday foyda topadi?!
11. Mehnatkashlar kam yesa ham, ko‘p yesa ham tinch uxlaydi, boylar esa boyligi ko‘pligidan xavotirlanib uxlay olmaydi.
12. Bu dunyoda shunday bir qayg‘uli fojia ko‘rdim: yig‘ilgan boylik egasiga zarar keltiradi,
13. ya’ni o‘sha boylik qandaydir omadsizlik tufayli yo‘qoladi. O‘z bolalariga qoldirish uchun esa boy odamning hech narsasi bo‘lmaydi.
14. Onadan qanday tug‘ilgan bo‘lsa, shundayligicha bu dunyodan ketadi, qilgan mehnatlarining mevalaridan birortasini qo‘llarida olib keta olmaydi.
15. Bu ham qayg‘uli fojiadir: inson qanday kelgan bo‘lsa, shundayligicha ketadi, shamol uchun mehnat qilib qanday foyda topadi?
16. Butun umrini qorong‘ilikda o‘tkazadi, qayg‘u–alam, g‘azab va xastaliklar bilan yashaydi.
17. Mana, men bir narsani tushundim: inson uchun Xudo bergan qisqa umri davomida yeyish, ichish va bu dunyoda qilgan o‘z mehnatidan zavqlanish yaxshi ekan, chunki bu insonning taqdiridir.
18. Xudo kimga boylik va mulk berib, unga mana shu narsalardan rohatlanishga imkoniyat ham bersa, insonga o‘z qilgan mehnatidan mamnun bo‘lib, undan zavqlanishiga yo‘l bersa, mana shu Xudoning in’omidir.
19. Bunday inson hayoti haqida qayg‘urmaydi ham, chunki Xudo uning qalbini zavqlanish bilan band qiladi.
1. Bu dunyoda shunday bir fojiani ko‘rdim, u inson zotini toshday bosib turadi:
2. Xudo ba’zilarga boylik, mulk va obro‘ beradi, bu insonlar ko‘ngli xohlagan narsaga ega bo‘ladi. Lekin Xudo ularga bu narsalardan zavq olishga yo‘l bermasa, bir begona bu narsalarning rohatini ko‘radi. Bu behuda, qayg‘uli fojiadir.
3. Inson yuzta farzandli bo‘lishi ham mumkin, uzoq umr ko‘rishi ham mumkin, lekin u qancha ko‘p yashasa ham, mana shu hayotning rohatini ko‘rmasa yoki hurmat bilan ko‘milmasa, menimcha, o‘lik tug‘ilgan bolaning taqdiri unikidan yaxshiroqdir.
4. Bu bola behuda dunyoga kelib, olamdan o‘tadi. Hech kim uni bilib tanimaydi.
5. U quyosh yuzini ko‘rmagan, hayot nimaligini bilmagan.
6. Shunday bo‘lsa ham, ikki ming yil yashab hayotning rohatini ko‘rmagan kishidan ko‘ra, ko‘proq o‘sha bola orom oladi. Baribir hamma bir joyga boradi–ku!
7. Insonning barcha mehnatiyu intilishlari o‘z qornini to‘ydirish uchundir, shunda ham u hech qachon qoniqmaydi.
8. Donolarning nodonlardan qanday ustunligi bor? Kambag‘allar bu hayotni uddalab yashashga aqllari yetsa ham, ularga bundan nima foyda bor?!
9. Ko‘z oldingda turgan narsa havas qilingandan yaxshiroqdir. Doimo mol– mulkim ko‘paysin, deb havas qilish behudadir, shamolning orqasidan quvishdaydir.
10. Dunyoda nima bo‘lsa, hammasi allaqachon belgilangan, insonning taqdiri ham ma’lum, hech bir kishi hammadan kuchli bo‘lgan Xudo bilan bahslasha olmaydi.
11. Qancha ko‘p bahslashsang, shuncha behudadir, senga hech qanday foydasi yo‘q.
12. Hayot yelday o‘tib ketar, inson uchun nima yaxshiligini kim biladi?! Xudo hayotimizni o‘tib ketadigan soyadek qilib qo‘ygan, kim ham bizga kelajakda nima bo‘lishini aytib bera olardi?!
1. Yaxshi nom qimmatbaho xushbo‘y moydan, o‘lim kuni esa tug‘ilgan kundan yaxshiroqdir.
2. To‘y bo‘layotgan uyga borishdan ko‘ra, azador xonadonga borish yaxshiroq, chunki hammaning taqdiri bir, hayot bo‘lganlar buni unutmasinlar.
3. Qayg‘u kulgidan yaxshiroqdir, qayg‘uli yuz yurakka yaxshi.
4. Dononing qalbi azador uydagilar bilandir, nodon esa doimo xursandchilik haqida o‘ylaydi.
5. Dono odamning tanbehini eshitish nodonning maqtovlaridan yaxshiroq,
6. chunki nodonning maqtov kuyi qozonning ostida yonib turgan yantoqning chirsillashiga o‘xshaydi. Ammo bu ham behuda, chunki
7. do‘q–po‘pisa dononi ham telba qiladi, pora esa yurakni egri qiladi.
8. Hamma narsaning oxiri — boshidan, sabr–toqat — mag‘rurlikdan yaxshiroqdir.
9. Jahldor bo‘lmagin, chunki jahl nodonlarning yuragida uy quradi.
10. “Nima uchun o‘tmish kunlar hozirgilardan yaxshiroq edi?” — deb so‘ramagin, bu savolni so‘rash donolikdan emas.
11. Donolik xuddi meros kabi yaxshidir, bu dunyoda hayot bo‘lganlarga foydalidir.
12. Donolik ham pul kabi vaqtinchalik orom beradi, donolik hayotga chidashga yordam beradi, ilm–ma’rifat foyda keltiradi.
13. Xudo qilgan ishlarga qaragin, U egri qilgan narsalarni kim ham to‘g‘rilay olardi?!
14. Baxtli kunlaringda quvongin, qayg‘uli kunlaringda esa shuni esingda tut, quvonchni ham, qayg‘uni ham Xudo yaratgan. Hech kim kelajakda nima bo‘lishini aytib bera olmaydi.
15. Mana shu behuda hayotim davomida hamma narsani ko‘rdim. Solih insonlar solih bo‘lsalar ham halok bo‘ladilar, fosiqlar esa o‘z fosiqliklari bilan uzoq umr ko‘radilar.
16. Qonunparast bo‘lma, donoligingga juda ham ishonaverma, nima uchun o‘zingni o‘zing halok qilishing kerak?!
17. Ammo shakkok yoki ahmoq ham bo‘lmagin, nima uchun ajaling yetmay turib vafot etishing kerak?!
18. Bu nasihatlarning birini tutib, ikkinchisini unutma. Xudodan qo‘rqqan ikkisini ham esda tutadi.
19. Donolik insonni shahardagi o‘nta hukmdordan qudratliroq qiladi.
20. Lekin bu dunyoda har doim solihlik qilib, umuman gunoh qilmaydigan inson yo‘qdir.
21. Xizmatkoring seni yomonlayotganini eshitib qolmasliging uchun, odamlar gapirayotgan hamma narsaga ham e’tibor beravermagin.
22. O‘zing bilasan, sen o‘zing ham boshqalarni juda ko‘p yomonlagansan–ku!
23. Bularning hammasini donoligim bilan sinab ko‘rdim, o‘zimga: “Donolikka erishaman”, — dedim, lekin unga yeta olmadim.
24. Hamma sodir bo‘ladigan narsalarning ma’nosi juda chuqur, yetib bo‘lmasdir. Kim ham uni topa olardi?!
25. Shunda men donolikni qidirib topishga, har bir sodir bo‘lgan narsani tushunishga o‘zimni bag‘ishladim. Fosiqlik nodonlik ekanligini, ahmoqlik telbalik ekanligini o‘z hayotimda isbotlamoqchi bo‘ldim.
26. Men mana bu narsani bildim. Ahmoqlik bir ayolga o‘xshaydi. U o‘zi tuzoq, yuragi to‘r, qo‘llari esa zanjirdaydir. U o‘limdan ham achchiqroq ekan. Xudoga ma’qul keladigan ishlarni qiladiganlar undan qocha oladilar, lekin gunohkor uning qo‘llariga tushadi.
27. -
28. Voiz shunday dedi: “Bekorga har bir sodir bo‘lgan narsaning ma’nosini qidirib (bu ma’noni juda sinchkovlik bilan izlagan bo‘lsam ham), mana shu narsani tushunib yetdim: minglar orasida bitta solih kishini topdim, shularning orasidan bitta ham solih ayol topa olmadim.
29. Ammo mana bu bir narsani angladim, qarang, Xudo insonni to‘g‘ri qilib yaratgan, lekin u har xil qabih rejalar tuzadi.”
1. Kim dono kishiga o‘xshaydi? Kim biror narsaning ma’nosini biladi? Donolik kishining yuzini yashnatadi, Yuz qattiqligini yumshatadi.
2. Xudoga bergan qasamingni bajarganingday, shohning ham amriga itoat qil.
3. Uning oldida qo‘rqib turavermasdan, borib aytganini qil. Yomon ishlarning tarafdori bo‘lma, chunki shoh o‘zi xohlagan ishni qiladi.
4. Shohning so‘zi e’tiborlidir, hech kim unga: “Nima qilyapsiz?” — deb ayta olmaydi.
5. Farmonlarga itoat qilganlarga zarar yetmaydi. Dono kishi hamma narsaning, hatto hukmning ham o‘z vaqti borliginiyu
6. insonning qilgan yovuzliklari uni toshdek bosib turishini biladi.
7. Dono kishi yana shuni biladi: hech kim kelajakda nima bo‘lishini, qachon sodir bo‘lishini bilmaydi.
8. Hech kimning shamolni ushlashga kuchi yetmaganiday, o‘lim kunini orqaga surishga ham hech kimning kuchi yetmaydi. Jangchi o‘rniga birovni qo‘yib, urushdan qocha olmaganday, fosiqlar ham fosiqlikdan qochib qutulolmaydi.
9. Bu dunyoda bo‘layotgan hamma narsa haqida chuqur o‘ylab, bularning hammasini ko‘rdim, bir kishi ikkinchisining ustidan zulm o‘tkazib, hukmronlik qiladigan bir zamon bu.
10. Yana shu narsani ko‘rdim, fosiq kishining jasadi muqaddas joydan olib chiqildi. Orqasidan olomon borardi, o‘sha fosiq kishi hurmat bilan ko‘mildi. Solihlarning jasadlari esa sochilib yotardi. Bu ham behudadir.
11. Jinoyatga tez jazo berilmagani uchun, insonlarning yuragi yovuzliklar qilishga doim tayyor.
12. Gunohkorlar yuz marta jinoyat qilsalar ham, uzoq umr ko‘rishlari mumkin. Ha, “Xudodan qo‘rqadiganlarga undan ham yaxshiroq bo‘ladi, chunki ular Xudodan qo‘rqadilar.
13. Fosiqlarga esa yaxshi bo‘lmaydi, hayotlari soyaday tez o‘tib ketadi, chunki ular Xudodan qo‘rqmaydilar”, degan gapni bilaman.
14. Qaranglar–a, bu dunyoda mana shunday bema’ni narsalar ham sodir bo‘ladi, solihlar fosiqlarga loyiq bo‘lgan jazoni oladilar, fosiqlarga esa xuddi solihlarday munosabatda bo‘ladilar. Men: “Bu ham behudadir”, — dedim.
15. Shuning uchun men bu hayotdan rohat olishni maslahat beraman. Bu dunyoda odamlarga yeyish, ichish va xursand bo‘lishdan boshqa yaxshiroq narsa yo‘qdir. Xudo insonga bergan bu dunyodagi hayoti davomida qiladigan mehnatida shodlik u bilan bo‘ladi.
16. Donolikni bilishga, yer yuzida bo‘layotgan ishlarni o‘rganishga o‘zimni bag‘ishladim.
17. Xudoning hamma ishlarini ko‘rdim, haqiqatan ham hech kim bu dunyoda Xudo nima qilayotganini tushunmaydi. Hatto uyqudan voz kechib ham, qancha harakat qilmaylik, bilolmaymiz, ma’nosini topa olmaymiz. Donolar: “Bilamiz”, — deb aytadi, ammo ular ham haqiqatan tushunmaydilar.
1. Bularning hammasini yuragimga joylab, ular haqida yaxshilab o‘yladim: solihlar ham, donolar ham, ularning ishlari ham Xudoning qo‘lida ekan, hatto ularning sevgisi ham, nafrati ham Xudoning qo‘li ostida ekan. Hech kim kelajakda nima bo‘lishini bilmaydi.
2. Hammaning taqdiri bir xil, solihning ham, fosiqning ham, yaxshining ham, yomonning ham, halolning ham, haromning ham, qurbonlik qiladiganlarning ham, qurbonlik qilmaydiganlarning ham taqdiri birdir. Gunohkorlarga nima bo‘lsa, yaxshilarga ham shunday bo‘ladi, xudojo‘ylik bilan nazr qiladiganlarning ham, chin ko‘ngildan nazr qilmaydiganlarning ham qismati bir.
3. Bu dunyoda bo‘layotgan hamma ishlarning qayg‘uliligi shundadir: hammaning taqdiri bir xil. Shuning uchun hammaning yuragi g‘azabu alamga to‘la, hayotliklarida yuragi telbalik bilan to‘la. Keyin esa ular bu olamdan o‘tadilar.
4. Lekin hayot bo‘lganning umidi bor, axir: “Tirik it o‘lik sherdan yaxshiroq”, — deyishadi–ku.
5. Hayot bo‘lganlar hech bo‘lmasa o‘lishlarini biladilar, marhumlar esa hech narsani bilmaydilar. Marhumlar uchun hech qanday mukofot yo‘q, vaqti kelib hech kim ularni yodga ham olmaydi.
6. Ular sevgan, nafratlangan va jon kuydirgan narsalarning hammasi o‘tib ketgan. Bundan keyin ular hech qachon bu dunyoda bo‘layotgan narsalarga qo‘shila olmaydilar.
7. Marhamat, noningizni shodlik bilan yeyavering, sharobingizni quvnoq yurak bilan ichavering, chunki Xudo shunday qilishingizni ma’qul ko‘rgan.
8. Kiyimlaringiz har doim oppoq bo‘lsin, boshingizdan xushbo‘y moy arimasin.
9. Bu dunyodagi sizga berilgan umr davomida o‘z sevgan xotiningiz bilan tez o‘tib ketadigan bu hayotdan zavqlaning. Hayotingiz va dunyoda qiladigan mehnatlaringiz davomida sizga shunday imkoniyatni Xudo bergan.
10. Nima qilsangiz ham bor kuchingiz bilan qiling, chunki siz borayotgan joy — o‘liklar diyorida hech qanday ish, fahm– idrok, ilm–ma’rifat yoki donolik yo‘qdir.
11. Men yana bir narsani tushundim, bu dunyoda: Musobaqada g‘alaba doimo tez yugurganga, Jangda g‘alaba doim kuchliga nasib etmas ekan. Mol–mulk doimo donoga, Boylik ham doim uddaburonga nasib etmas ekan. Omad doimo bilimdonga kelavermas ekan. Ha, kuni kelib, hammaning ham omadi ketadi.
12. Kulfat qachon kelishini hech kim bilmaydi. To‘rga tushib qolgan baliq va tuzoqqa ilingan qushlarday, insonlar ham boshlariga kulfat tushganda birdaniga tutilib qoladilar.
13. Bu dunyoda men donolik haqida quyidagi berilgan namunani ko‘rdim. Menimcha bu juda ham muhim edi.
14. Kichkina bir shaharcha bo‘lgan ekan, unda yashovchilarning soni ham ko‘p emas ekan. Bir qudratli shoh bostirib kelib, mana shu shaharchani qurshovga olibdi. Shaharchani qo‘lga kiritish uchun katta tayyorgarliklar ko‘rib, baland qurilmalar yasabdi.
15. Bu shaharda bir kishi yashar ekan. O‘zi kambag‘al, lekin dono ekan. U o‘zining donoligi bilan shaharni qutqarib qolishi mumkin edi, lekin bu kambag‘al kishini hech kim esga olmadi.
16. Men o‘zimga: “Donolik qudratdan yaxshiroq bo‘lsa ham, kambag‘al kishining donoligini hech kim qadrlamaydi, uning so‘zlariga quloq solmaydi”, — dedim.
17. Shunday bo‘lsa ham, Dono kishining xotirjamlik bilan aytgan so‘zlari nodon hukmdorning baland ovoz bilan aytgan so‘zlaridan afzalroqdir.
18. Donolik urush qurollaridan yaxshiroqdir, lekin bir befarosat ko‘p yaxshilarni buzadi.
1. O‘lik pashshalar xushbo‘y moyni sasitib yuboradi, shuningdek, ozgina ahmoqlik ko‘p donolikdan og‘irroq chiqadi.
2. Dononing yuragi o‘ngga — to‘g‘ri ishlarni qilishga, nodonniki esa chapga — fosiqlikka tortadi.
3. Ahmoqlarning aqli yetmay, qilgan qiliqlari bilan ham hammaga ahmoqligini ko‘rsatadi.
4. Agar hukmdorning sendan jahli chiqsa, joyingni tashlab ketmagin, chunki vazminlik tufayli xafagarchiliklar ham bosilib ketadi.
5. Mana men bu dunyoda ko‘rgan fojia, hukmdordan boshlangan katta xato:
6. ahmoqlar baland lavozimga ko‘tariladi, boylar esa pastda o‘tirishadi.
7. Men yana shuni ko‘rdim: zodagonlar xuddi qullarday piyoda yurganda, qullar otda yurardi.
8. Chuqur qaziganning o‘zi unga tushishi, devorni buzganni esa ilon chaqishi mumkin.
9. Tosh kesgan o‘ziga zarar yetkazishi, xoda yorgan esa og‘riqqa duchor bo‘lishi mumkin.
10. Agar bolta o‘tmas bo‘lsa–yu, uni o‘tkirlamasang, uni ishlatish uchun ko‘proq kuch kerak bo‘ladi. Mana, donolikdan qanday foyda bor ekan.
11. Ammo ilon o‘ynatilmasdan oldin chaqib olsa, ilon o‘ynatuvchiga donishmandlikning nima foydasi bor?!
12. Donolarning so‘zlari ularga hurmat keltiradi, nodonlarning so‘zlari esa o‘zlarini halok qiladi.
13. Ularning so‘zlari ahmoqlik bilan boshlanib, g‘irt telbalik bilan tugaydi,
14. shunda ham ahmoqlar gapiraveradilar. Hech kim nima bo‘lishini bilmaydi, kim bizga kelajakni aytib bera oladi?!
15. Nodonning harakatlari uni juda charchatadi, chunki u shunchalik ahmoqki, shaharga boradigan yo‘lni ham qayta topa olmaydi.
16. Ey, shohi yosh bo‘lgan, hukmdorlari ertalabdan ziyofat qiladigan yurt, senga afsus– nadomatlar bo‘lsin.
17. Shohi asilzoda bo‘lgan, hukmdorlari mastlik uchun emas, kuch to‘plash uchun o‘z vaqtida ziyofat qiladigan yurt baxtlidir.
18. Dangasalikdan uyning tomi cho‘kadi, Yalqovlik tufayli tomdan chakki o‘tadi.
19. Ziyofat berilganda ko‘ngil shodlikka to‘ladi, Sharob insonni xushnud etadi. Lekin ikkalasi uchun ham pul kerak.
20. Hatto sirdosh do‘stlaring orasida ham shohni la’natlama, o‘z yotoqxonangda ham boylarni yomonlama. Yaxshi gapning ham, yomon gapning ham qanoti bordir. Osmondagi qush so‘zlaringni yetkazib borishi mumkin.
1. Noningni suvga tashla, bir necha kundan keyin uni yana topasan.
2. Bu dunyoda qanday kulfat kelishini bilmaysan, shuning uchun narsalaringni yetti, hatto sakkiz kishiga bo‘lib bergin.
3. Bulutlar to‘lganda, yerga yomg‘ir yog‘adi, daraxt shimol tomonga yoki janub tomonga yiqilsa ham, o‘sha yiqilgan joyida yotaveradi.
4. Shamolni ko‘rib qo‘rqqan hech qachon urug‘ ekmaydi, yomg‘irdan xavfsirab, bulutni kuzatgan hech qachon hosil o‘rmaydi.
5. Onaning bachadonidagi bolaga qanday qilib jon kirishini bilmaganingdek, hamma narsani sodir qiladigan Xudoning ishlarini bilmaysan.
6. Urug‘laringni ertalab ekkin, kechqurun ham qo‘llaring bo‘sh o‘tirmasin, chunki sen qaysi biri — unisimi yoki bunisimi yaxshi o‘sishini bilmaysan, balki ikkalasi ham yaxshi o‘sar.
7. Yorug‘lik lazzatlidir, quyoshni ko‘rish ko‘zlar uchun ham yoqimlidir.
8. Uzoq yillar yashaydiganlar ham har bir yashagan kunlaridan zavq olsin, hali ko‘p qorong‘ilik kunlari bo‘lishini esda tutsin. Hamma keladigan narsalar yelday o‘tib ketadi.
9. Ey, yigit, yoshligingda rohatlan, yuraging seni zavqlantirsin. Ko‘ngling orzu qilgan, ko‘zlaring xohlagan ishni qilgin, lekin bilib qo‘y, har bir qilgan ishing uchun Xudo seni hukm qiladi.
10. Qayg‘urmagin, tanang og‘riqni bilmasin, chunki yoshlik, hayot tongi yelday tez o‘tib ketadi.
1. Yoshligingda, qayg‘uli kunlar kelishidan oldin Yaratganni yodda tut, shunday yillar keladiki, sen: “Bu vaqt menga hech qanday rohat keltirmaydi”, — deysan.
2. Hayotingning o‘sha yillarida: Quyosh, yorug‘lik, oy va yulduzlar qorayar, Yomg‘irli bulutlar o‘tib ketmas.
3. Seni himoya qilgan qo‘llaring qarilikdan qaltirar, Kuchli oyoqlaring zaiflashar, Tishlaring kamligidan chaynay olmassan, Ko‘zlaring yaxshi ko‘rmaydigan bo‘lib qolar.
4. Quloqlaring ham ko‘chada bug‘doy yanchilayotganiniyu Ashulachilar ovozini eshitolmaydigan darajada kar bo‘lib qolar. Qushlarning ovozi esa seni uyg‘otib yuborar.
5. Balandliklardan qo‘rqadigan bo‘lib qolarsan, Ehtiyotlik bilan qadam tashlarsan. Sochlaring gulga kirgan bodom daraxtiday oppoq bo‘lib qolar, Turib yurishga qiynalarsan, Belingning quvvati ketib sudralib yurarsan. Har bir inson dunyodan o‘tganday, sen ham vafot etarsan, Azadorlar ko‘chalarni to‘ldirarlar.
6. Kumush zanjir uzilar, Hayotning tilla chirog‘i tushib ketib, buzilar. Buloq boshidagi suv ko‘zasi sinib ketar, Quduqning arqoni uzilib ketar.
7. Sening o‘tkinchi tanang Yerning tuprog‘iga qaytar, Xudo bergan ruhing ham Uning O‘ziga qaytar.
8. “Behuda! Behuda! — deydi Voiz. — Hammasi behudadir!”
9. Voiz dono odam edi. U o‘z bilganlarini odamlarga o‘rgatdi, sabr–toqat bilan hikmatlarni o‘rganib, ularni to‘g‘rilab yozdi.
10. Voiz ma’qul keladigan so‘zlar topishga harakat qilib, haqiqat so‘zlarini ochiq yozdi.
11. Donolarning hikmatlari o‘tkir tayoqqa o‘xshaydi, hikmatli so‘zlar mahkam qoqilgan mixlarga o‘xshaydi. Bularning hammasini barchamizning Cho‘ponimiz bergan.
12. Bulardan boshqa nasihatlarga ehtiyotkorlik bilan qaragin, bolam. Ko‘p kitob yozishning oxiri yo‘q, Ko‘p o‘qish odamni charchatadi.
13. Hamma narsa aytildi, mana endi xulosa: Xudodan qo‘rq, Uning amrlarini bajar, chunki bu hammaning burchidir.
14. Har bir ishni, hatto yashirin qilingan ishlarni ham, yaxshi yoki yomon bo‘lishidan qat’iy nazar, Xudo hukm qiladi.



YouTube kanaliga xush kelibsiz!




► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)


Muqaddas Kitob



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак