Muqaddas Kitob

Sulaymonning go‘zal qo‘shig‘i

1. Sulaymonning eng go‘zal qo‘shig‘i. O‘pgin meni lablaring bilan, Sening sevging sharobdan ham shirinroqdir.
2. Atir moylaring qanchalik xushbo‘y! Yoqimli atir kabi noming har tarafga taralar. Shuning uchun qizlar seni sevarlar.
3. Meni o‘zing bilan olib ket, tezroq boraylik. Ey shohim, meni o‘z yotog‘ingga olib kirgin. Ey shohimiz, biz quvonamiz. Siz bilan sevinamiz, Sharobdan ham ko‘proq sizning sevgingizni maqtaymiz. Ey sevgilim! Qizlar seni sevib, to‘g‘ri qilishadi.
4. Ey Quddus qizlari! Men qorachadan kelgan bo‘lsam ham go‘zalman, Kedar chodirlariday qora bo‘lsam ham, Sulaymon pardalariday chiroylidirman.
5. Qoraligim uchun menga past nazar bilan qaramanglar. Quyosh nurlari meni qoraytirdi. Aka–ukalarimning mendan jahli chiqib, Meni uzumzorlar qorovuli qilib qo‘yishdi, Ammo o‘z uzumzorimga qaray olmadim!
6. Sevgilim, menga aytgin–chi, Qayerda o‘z podangni boqasan? Tush vaqti ularni qayerga yotqizasan? Ayt menga, yana podachi do‘stlaring oldida Uyatsiz ayollarday bo‘lib yurmay axir.
7. Qayerdaligimni bilmasang, Ey go‘zallarning go‘zali, Podaning izlaridan borgin. Cho‘ponlarning chodirlari oldida O‘z echkilaringni o‘tlatgin.
8. Ey sevgilim, Sen fir’avn aravasiga qo‘shilgan uchqur otday go‘zalsan.
9. Ziraklaring tufayli yonoqlaring go‘zaldir, Marvaridlar bo‘yningni qanday chiroyli qilar.
10. Senga atab tilladan bezaklar, Kumushdan taqinchoqlar yasattiraman.
11. Shohim yonboshlab yotganda, Atirlarim o‘z hidini taratdi.
12. Ko‘kraklarim orasida yotgan, Xushbo‘y mirraga to‘la xaltacha kabidir mening sevgilim.
13. U men uchun Engedi bog‘laridagi Xina gullaridaydir.
14. Go‘zaldirsan, ey sevgilim, Sen go‘zalsan! Ko‘zlaring kabutar ko‘zlariday nazokatlidir.
15. Chiroylisan, ey sevgilim, Juda ham xushro‘ydirsan, Yam–yashil maysalar bizning to‘shagimizdir.
16. Sadr daraxtlari tomimiz bo‘lsa, Archalar tomimiz sinchlaridir.
1. Men Sharon atirguliman, Vodiylar nilufaridirman.
2. Mening sevgilim qizlar orasida, Tikanlar orasidagi nilufar gulidaydir!
3. Mening sevgilim yigitlar orasida, O‘rmon daraxtlari orasidagi olma daraxtiday ajralib turar. Men uning soyasida o‘tirib zavq olaman, Uning mevasi juda shirindir.
4. U meni o‘z mehmonxonasiga olib kirdi, Meni o‘z sevgisi bilan qopladi.
5. Mayizlar yedirib, menga kuch bergin, Olmalar bilan quvvatga to‘ldirgin, Axir, sevgilimning ishqi dardida yonmoqdaman.
6. Uning chap qo‘li boshim ostidadir, O‘ng qo‘li bilan esa meni quchoqlaydi!
7. Ey Quddus qizlari, Kiyigu yovvoyi ohular haqi ont iching. Vaqt–soati kelmaguncha, Sevgini qo‘zg‘atmang, uyg‘otmang.
8. Sevgilim ovozi eshitilyapti, Ana qaranglar, u kelyapti. Tog‘laru qirlar osha kelyapti.
9. Sevgilim ohuday, yosh kiyikdaydir. Mana, u devor ortida turibdi. Oynalardan mo‘ralab, Panjaralar orasidan qarab turibdi.
10. Sevgilim menga shunday deydi: “Tura qol, sevgilim, oppog‘im, Men bilan yurgin.
11. Mana qish o‘tdi, yomg‘irlar to‘xtadi.
12. Yer yuzi gullar bilan qoplanmoqda, Yurt bo‘ylab kabutarlar kuyi eshitilmoqda, Qo‘shiq kuylash vaqti yetib keldi.
13. Anjir meva tugishni boshladi, Toklar ham gulga kirdi. Ular xushbo‘y hidlarini taratmoqda. Tura qol, sevgilim, oppog‘im, Men bilan yurgin.”
14. Sevgilim, sen tog‘larda yashaydigan, Qoyalarda yashirinadigan kabutardaysan. Yuzingni ko‘rsatgin, ovozingni eshitay. Ovozing juda shirin, yuzing go‘zaldir.
15. Qarang, uzumzorimiz gullab yotibdi, Kichkina tulkilarni ushlanglar. Axir, ular uzumzorlarni vayron qiladi.
16. Sevgilim menikidir, men esa unikiman, U nilufarlar terib, o‘z bog‘idan zavq oladi.
17. Tong otmay turib, boraqol jonim. Baland tog‘larda sakraydigan ohu, kiyikday bo‘lib, Qorong‘ulik chekinmasdan oldin, qaytib keta qol.
1. Kechqurun o‘rnimda yotganimda, Butun qalbim bilan sevgan oshig‘imni qo‘msadim. Juda qo‘msadim, lekin uni topolmadim.
2. Endi turib, shaharga chiqaman. Shahar maydonlariyu, ko‘chalarida yurib, Sevgilimni izlayman. Izladim–u, ammo uni topolmadim.
3. Qo‘riqchilar shaharni kezib yurib, Meni ko‘rib qolishdi. Ulardan: “Sevgilimni ko‘rmadingizmi?” deb so‘radim.
4. Ularning oldidan ketishim bilanoq, Sevgilimni topdim. Uni mahkam quchib, qo‘yib yubormadim. Onamning uyiga olib keldim. Uni o‘z tuqqan onamning xonasiga olib kirdim.
5. Ey Quddus qizlari, Kiyigu yovvoyi ohular haqi ont iching. Vaqt–soati kelmaguncha, Sevgini qo‘zg‘atmang, uyg‘otmang.
6. Dashtda tutunday ko‘tarilib, Ko‘rinayotgan narsa nimadir? Undan attor rastasidagi barcha xushbo‘y atirlarning hidi, Mirra va xushbo‘y tutatqilarning hidi kelib turibdi.
7. Qaranglar, u Sulaymonning taxtiravonidir, Uning atrofida oltmishta pahlavoni bor. Ular Isroil xalqi orasidagi eng bahodir jangchilardir.
8. Qilich o‘ynatishda hammasi mohir, Jangda ham juda mahoratlidirlar. Tunda bo‘ladigan hujumlardan saqlanish uchun Ularning hammasi qilich bilan qurollangan.
9. Shoh Sulaymon o‘z taxtiravonini Lubnon yog‘ochlaridan yasattirgan.
10. Bu taxtiravon dastalari kumushdan, Orqasi tilladan yasalgan, O‘rindig‘iga esa safsar kimxob to‘shalgan. Quddus qizlari taxtiravonning ichini Muhabbat bilan bezatganlar.
11. Chiqinglar, ey Sion qizlari! Shoh Sulaymonga qaranglar. To‘yi kuni, yuragi shodlik bilan to‘lgan kuni Onasi kiydirgan tojga qaranglar.
1. Qanday go‘zalsan, ey sevgilim, Qanchalik go‘zalsan! Chachvoning ortidagi ko‘zlaring Kabutarlarday muloyimdir. Gilad qirlaridan yoyilib tushayotgan Qop–qora qo‘ylardaydir sening sochlaring.
2. Yuvib–taralgan, juni qirqiladigan, Oppoq echkilardaydir sening tishlaring. Har birining egizi bor, O‘rni hech bo‘sh qolmagan.
3. Lablaring qirmizi g‘unchalardaydir, Og‘zing ham juda go‘zal. Chachvoning ortidagi yonoqlaring esa Anorlarday qip–qizil.
4. Bo‘yning tik qurilgan Dovud minorasiday, Marjonlaring tizim–tizim, Jangchilarning minglarcha qalqonlaridaydir.
5. Ko‘kraklaring egizak kiyiklardaydir. Ha, nilufarlar orasida o‘tlaydigan Ikki kiyikdaydir ular.
6. Qorong‘ulik chekinmasdan oldin, Tong otmay turib, O‘sha xushbo‘y mirra tog‘iga, Ladan qiriga chiqaman.
7. Har jihatdan go‘zaldirsan, sevgilim, Senda hech qanday nuqson yo‘q.
8. Kela qol, kelinchagim, Lubnondan menga kel. Emona va Sanir tog‘laridan, Xermon tog‘lariyu sherlar makonidan, Qoplonlarning maskanidan tush.
9. Ey jonim, kelinchagim, Qalbimni asir qilding. Ko‘zlaringning nigohi bilan, Bo‘yningdagi marjoning bilan Qalbimni asir qilding.
10. Sevging qanday shirindir, Ey jonim, kelinchagim. Sening sevging sharobdan ham yaxshiroqdir. Atir moylaring esa Har qanday ziravordan ham xushbo‘yroqdir.
11. Kelinchagim, lablaringdan bol tomar. Asal va sut tiling ostida, Kiyimlaring hidi Lubnon hidiga o‘xshar.
12. Jonim mening, kelinchagim. Qulflangan bog‘, devor bilan o‘ralgan buloqdaysan, Yopib qo‘yilgan chashmadaysan sen.
13. A’lo mevalar beradigan Anor bog‘iga o‘xshaysan. Bu bog‘da xina va sunbullar o‘sadi.
14. Ha, bu bog‘da sunbulu safron, Xushbo‘y igir va dolchin, Har xil xushbo‘y daraxtlar, Mirra va saburlar, Eng a’lo ziravorlar o‘sadi.
15. Sevgilim, sen bog‘dagi chashmaga, Hayotbaxsh suv bulog‘iga o‘xshaysan. Lubnon tog‘larining oqar suvlaridaysan.
16. Ey shimol shabadasi, qo‘zg‘al, Janub shamoli, kelgin! Bog‘imda esgin, Toki xushbo‘y hidlari Hamma joyga taralsin. Sevgilim o‘z bog‘iga kelib, A’lo mevalaridan yesin.
1. Ey jonim, kelinchagim, bog‘imga kelib, Mirra va ziravorlarimni to‘playman. Asalari mumini hamda asalimni yeyman, Sut va sharobimni ichaman. To‘yguningcha yegin, sevgilim, Sevgidan ichib, qoniqqin.
2. Uxladim, lekin yuragim uyg‘oq edi. Ana, sevgilim chaqirmoqda: “Ochgin eshigingni, jonim, sevgilim, Kabutarim, komilim. Boshim ho‘ldir shudringdan, Sochlarim esa tun shabnamidan.”
3. Kiyimlarimni yechib qo‘yganman, Qanday qilib yana kiyaman?! Oyoqlarim yuvilgan, Ularni kir qilaymi?!
4. Sevgilim qo‘lini eshik teshigidan kirgizganda, Butun vujudim titrab ketdi.
5. Sevgilimni kirg‘izay, deya turdim. Qo‘llarimdagi mirra, Eshikning tutqichlariga oqib tushdi.
6. Sevgilimga eshikni ochdim, Lekin u ketib qolibdi. U ketganiga yurak–bag‘rim ezildi. Qidirib, uni topa olmadim, Chaqirdim, lekin u javob bermadi.
7. Shaharni aylanib yurgan qo‘riqchilar Meni ko‘rib qoldilar. Ular meni urib yaraladilar. O‘sha shahar qo‘riqchilari Ustimdagi ro‘molimni olib qo‘ydilar.
8. Ey Quddus qizlari, va’da beringlar, Sevgilimni topsangiz, aytib qo‘yinglar, Uning ishqi dardida yonmoqdaman.
9. Ey ayollar go‘zali, Sevgilingning boshqalardan nimasi ortiq?! Uning boshqalardan nimasi ortiqki, Sen bizga, va’da beringlar, deb aytasan?!
10. Sevgilim qo‘hlik, chiroylidir, O‘n mingtaning ichida ajralib turar.
11. Boshi eng a’lo tilladay go‘zal, Jingalak sochlari qarg‘aday qop–qoradir.
12. Ko‘zlari esa buloqlar bo‘yidagi kabutarlarday, Chashmalar bo‘yidagi, sutga cho‘mdirilgan kaptarlardaydir.
13. Uning yonoqlari muattar hidli Ziravor bog‘lari kabi juda xushbo‘ydir. Lablari esa mirra oqib turgan Nilufarlar kabi shirindir.
14. Qo‘llari tilladan yasalib, Topaz toshlar bilan bezatilganga o‘xshaydi. Tanasi esa zangori yoqutlar o‘rnatilgan Tep–tekis fil tishiday chiroylidir.
15. Oyoqlari tilla taglikka o‘rnatilgan Marmar ustunlari kabi kuchlidir. Uning qiyofasi ulug‘vor Lubnonday, Qudratli a’lo sadr daraxtlaridaydir.
16. Uning ovozi juda shirin, O‘zi esa har jihatdan maftunkor. Ey Quddus qizlari, mana shunday yigit Mening sevgilim, do‘stimdir.
1. Sevgiling qayerga ketdi, Ey go‘zallarning go‘zali? Ayt–chi, qaysi tomonga yo‘l oldi, Biz sen bilan uni qidiraylik.
2. Sevgilim o‘z bog‘iga, Xushbo‘y ziravorlar bog‘iga keldi. U nilufar gullar terib, O‘z bog‘idan zavq olgani keldi.
3. Men sevgilimniki, sevgilim esa menikidir! U nilufarlar terib, o‘z bog‘idan zavq oladi.
4. Sen Tirza shahriday go‘zaldirsan, sevgilim, Quddus shahriday xushro‘ydirsan, Bayroqlari ko‘tarilgan qo‘shinday savlatlisan.
5. Ko‘zlaringni olib qoch mendan, Ular meni maftun qilganlar. Gilad qirlaridan yoyilib tushayotgan Qop–qora qo‘ylardaydir sening sochlaring.
6. Yuvib–taralgan oppoq Echkilardaydir sening tishlaring. Har birining egizi bor, O‘rni hech bo‘sh qolmagan.
7. Chachvoning ortidagi yonoqlaring esa Anorlarday qip–qizil.
8. Ana, oltmishta malika, saksonta kanizak, Son–sanoqsiz qizlar!
9. Ammo mening kabutarim, Komil sevgilim o‘zgachadir. Onasining erkasi, Tuqqan onasining yagonasidir. Qizlar uni ko‘rib, u baxtlidir, deyishadi, Malikayu kanizaklar uni ko‘rib, maqtashadi.
10. Mahbubamning nigohlari tongdaydir. O‘zi esa to‘lin oyday go‘zal, quyoshday yorqin, Bayroqlari ko‘tarilgan qo‘shinday savlatlidir.
11. Men bodomzorga, Vodiy chechaklarini ko‘rishga bordim. Toklaru anorlar gullaganmikin, deya bordim.
12. Shohona aravada o‘tirganday, Hayajondan titrar edim.
1. Qaytgin, qaytib kelgin, ey Shulamlik qiz! Qaytib kel, seni yana bir bor ko‘raylik. Nima uchun bu Shulamlik qizga qaraysizlar?! U ikki qator qizlar orasida raqsga tushyaptimi?!
2. Ey malikaga o‘xshagan qiz! Kafsh kiygan oyoqlaring qanday chiroyli! Dumaloq sonlaring javohirlarday, Xuddi mohir ustaning qo‘li bilan ishlanganday!
3. Doimo xushbo‘y sharobga to‘la bo‘lgan, Dum–dumaloq kosadaydir sening kindiging. Yumaloq qorning esa nilufarlar bilan o‘ralgan, Tillarang bug‘doy uyumi kabidir.
4. Ko‘kraklaring egizak kiyiklardaydir.
5. Fil suyagidan qurilgan minoraday go‘zaldir bo‘yning, Batrabim darvozasi yonidagi Xashbon buloqlariday yorqindir ko‘zlaring. Burning esa Damashq shahriga qaragan Lubnon minorasiday tekisdir.
6. Boshing Karmil tog‘iday baland turadi, Soching kimxobday go‘zal, Hatto shoh ham unga asirdir.
7. Qanday go‘zal va xushro‘ysan, Huzurbaxsh sevgilim mening.
8. Palma daraxtiday savlatlisan, Ko‘kraklaring uning mevalariday to‘liqdir.
9. Men shunday dedim: “Palma daraxtiga chiqib, Mevalaridan ushlayman.” Ko‘kraklaring men uchun uzumday mazali, Nafasing esa olmalarday shirin bo‘lsin.
10. O‘pichlaring eng a’lo sharobday shirindir, Bunday sharob lab va tishlar orasidan tekis o‘tadi.
11. Men sevgilimnikiman, U faqat meni qo‘msaydi.
12. Kelgin, sevgilim, dalalarga boraylik. Xina gullar orasida yotib qolaylik.
13. Vaqtli turib, uzumzorlarga kiraylik. Ular gulga kirdimikin?! Toklaru anorlar gullaganmikin?! O‘sha yerda men senga o‘z sevgimni to‘la ko‘rsataman.
14. Mehrigiyolar hid taratib turibdi. Eshigimiz tepasiga har xil mevalardan osib, Sen uchun saqlab qo‘ydim, sevgilim.
1. Qaniydi, onam emizgan akamday bo‘lsang edi. Ko‘chada ko‘rganimda, seni o‘pgan bo‘lardim, Hech kim meni bu uchun ayblamagan bo‘lardi.
2. Men seni onamning uyiga boshlab kelardim. Menga o‘git bergan onamning yotog‘iga olib kirardim, Senga xushbo‘y sharobu anorlarim sharbatini berardim.
3. Mana, sevgilimning chap qo‘li boshim ostidadir, O‘ng qo‘li bilan esa meni quchoqlaydi!
4. Ey Quddus qizlari, va’da beringlar, Vaqt–soati kelmaguncha, Sevgini qo‘zg‘atmang, uyg‘otmang.
5. O‘z sevgilisi bilan quchoqlashib, Cho‘l tarafdan kelayotgan kim? Olma daraxti ostida men seni uyg‘otdim. Onang shu yerda senga homilador bo‘lgan, Mana shu yerda seni dunyoga keltirgan.
6. Qo‘lingdagi muhr uzugingday, Meni ham yuragingga muhrlab olgin. Axir, sevgi o‘limday kuchli, Ishq ajalday shiddatlidir. Sevgining uchqunlari olov uchqunlariday, Lovullagan alangadaydir.
7. Suv sevgini o‘chirolmaydi, To‘fonlar uni cho‘ktirolmaydi. Birortasi sevgi uchun Uyidagi bor boyligini bersa ham, Mazaxdan boshqa hech narsaga erishmaydi.
8. Bizning bir singlimiz bor, Uning ko‘kraklari hali bo‘rtmagan. Uni so‘rab kelishsa, Biz nima qilamiz?
9. Agar u devor bo‘lsa, Uning atrofida kumushdan qal’a quramiz. Agar u eshik bo‘lsa, Uni sadr yog‘ochlari bilan to‘sib qo‘yamiz.
10. Men ham devorday edim. Endi esa ko‘kraklarim minoralardaydir. Shuning uchun sevgilim meni To‘liq yetilgan, deb biladi.
11. Sulaymonning Baal–Homonda uzumzori bor edi. Uzumzorini bog‘bonlarga ishonib topshirdi. Ularning har biri uzumzor uchun Ming kumush tanga to‘lashlari kerak edi.
12. Sulaymon, sen ming tanga ol, Qorovullarga esa ikki yuz tangadan berilsin. Mening uzumzorim o‘zimnikidir.
13. Ey bog‘larda yashovchi qiz, Do‘stlarim ovozingni eshitishni kutmoqda. Qani, men ham ovozingni bir eshitay.
14. Xuddi kiyikday, yosh ohuday bo‘lgin, Ziravorlar tog‘lariga tezroq kelgin, sevgilim.



YouTube kanaliga xush kelibsiz!




► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)


Muqaddas Kitob



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак