Muqaddas Kitob
Yeremiyo
1. Ushbu kitobda Xilqiyo o‘g‘li Yeremiyoning so‘zlari bayon etilgan. Yeremiyo Benyamin hududidagi Onoto‘t shahrida yashagan ruhoniylardan biri edi.
2. Omon o‘g‘li Yo‘shiyo Yahudoda hukmronlik qilgan davrning o‘n uchinchi yilida, Egamizning so‘zi ilk bor Yeremiyoga ayon bo‘lgan edi.
3. Shundan so‘ng, Yahudo shohi Yo‘shiyo o‘g‘li Yohayiqim davridan tortib, to Yahudo shohi Yo‘shiyo o‘g‘li Zidqiyo hukmronligining o‘n birinchi yiligacha, Egamiz Yeremiyoga O‘z so‘zini bir necha marta ayon qilgan edi. Zidqiyo hukmronligining o‘n birinchi yili, beshinchi oyida Quddus aholisi Bobilga surgun qilindi.
4. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
5. “Onang qornida senga shakl bermasimdan oldin seni bilgan edim, Tug‘ilmasingdan oldin seni O‘zim uchun ajratib olgan edim. Xalqlarga seni payg‘ambar etib tayinlagan edim.”
6. Men Unga shunday javob qaytardim: — Yo, Egam Rabbiy! Men tuzuk gapira olmayman. Hali juda yoshman.
7. Egamiz esa menga shunday dedi: — O‘zingni, yoshman, deb aytma! Men seni kimning oldiga yuborsam, o‘shalarning oldiga borasan. Senga amr qilgan hamma gaplarimni ularga aytasan.
8. Sen ulardan qo‘rqma. Men sen bilan birga bo‘laman, seni xalos qilaman. Egangning kalomi shudir.
9. So‘ng Egamiz qo‘lini uzatib, labimga tekkizdi–yu dedi: — Mana, so‘zlarimni og‘zingga solib qo‘ydim.
10. Xalqlar va shohliklarni qo‘porib, yo‘q qilishing uchun, vayron qilib, ag‘darishing uchun, bunyod etib, mustahkamlashing uchun bugun senga izn berdim.
11. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qilib, shunday dedi: — Ey Yeremiyo, nimani ko‘ryapsan? — Bodom shoxini, — deb javob berdim men.
12. — To‘g‘ri ko‘rding, — dedi Egamiz. — Bodom shoxi Mening hushyor turishimni bildiradi. Aytgan so‘zlarimni Men tez orada bajo keltiraman.
13. Egamiz menga O‘z so‘zini yana ayon qilib, dedi: — Nimani ko‘ryapsan? — Shimolda qaynab turgan bir qozonni. Qozon biz tomonga ag‘darilay–ag‘darilay deb turibdi, — dedim.
14. Egamiz menga shunday dedi: — Bu yurtning butun aholisi ustiga shimoldan falokat yog‘iladi.
15. Egamiz shunday demoqda: “Men shimoldagi shohliklarining barcha xalqlarini chaqirib olyapman. Ularning shohlari kelib, o‘z taxtlarini Quddus darvozalarining yoniga o‘rnatadilar. Quddus devorlarini qurshab oladilar, Yahudo shaharlarining hammasiga hujum qiladilar.
16. Shu yo‘sin Men xalqimga qarshi hukmimni e’lon qilaman, chunki O‘z xalqim Meni tark etib, qabihlik qildi. Ular begona xudolarga qurbonliklar keltirib, o‘z qo‘llarining ijodiga sajda qildilar.
17. Sen esa bo‘laqol, belingni bog‘la. Buyurganlarimning hammasini ularga borib ayt. Ulardan qo‘rqma. Aks holda ularning oldida seni dahshatga solaman.
18. Bugun Men seni bir qal’aday, temir ustunday va bronza devorday mustahkam qildim. Sen butun yurtga — Yahudo shohlariga, shahzodalariga, ruhoniylariga, yurt aholisiga qarshi chiqasan.
19. Ular senga hujum qilishadi, lekin seni yenga olishmaydi. Men sen bilan birga bo‘laman, seni xalos qilaman.” Egamizning kalomi shudir.

1. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2. — Quddusga borib, jar sol. “Egangiz shunday deb aytmoqda: Yoshligingdagi vafodorliging yodimda, Kelinchakligingdagi sevging esimda. Sen sahroda Menga ergashgan eding, Ekin ekilmagan yerda orqamdan yurar eding.
3. Ey Isroil, sen Menga bag‘ishlangan eding, O‘rimimning ilk hosiliga o‘xshagan eding. O‘sha hosilni yegan har kim aybdor hisoblanardi, Bundaylarning boshiga kulfat kelar edi”, deb aytmoqda Egamiz.
4. Ey Yoqub xonadoni, jamiki Isroil urug‘lari, Egamizning so‘zlarini eshitinglar.
5. “Egamiz shunday demoqda: Ota–bobolaringiz Mendan nima ayb topdilar? Nima uchun Mendan uzoqlashdilar? Ular betayin butlarga sig‘indilar, O‘zlari ham betayin bo‘lib qoldilar.
6. Ular Menga intilmaydilar. Men esa ularni Misrdan olib chiqqan edim, Cho‘ldan, chuqurliklarga to‘la sahrodan olib o‘tgandim, Zulmat qamragan qaqroq yerda olib yurgan edim. Odam yashamagan, oyoq yetmagan joydan olib o‘tgan edim.
7. Men sizlarni hosildor yurtga olib kelgandim, Mevalaridan, mo‘l hosilidan yenglar, degan edim. Ammo sizlar kelib, yurtimni harom qildingizlar, Mulkimni jirkanch bir joyga aylantirdingizlar.
8. Ruhoniylar Menga intilmaydilar, Qonun himoyachilari Meni bilmadilar, Hukmdorlar Menga qarshi bosh ko‘tardilar, Payg‘ambarlar Baal nomidan bashorat qildilar, Hech narsaga yaramaydigan butlarga ko‘ngil bog‘ladilar.
9. Egamiz shunday demoqda: — Men sizlarni yana bir bor ayblayman, Nabiralaringizni ham ayblayman.
10. G‘arbdagi Kipr qirg‘oqlariga borib ko‘ringlar, Sharqdagi Kedarga odam jo‘natib, bilib kelinglar. Bunday voqea hech yuz berganmikan?
11. Biron xalq o‘z xudolaridan voz kechganmikan?! Xudolari haqiqiy bo‘lmasa–da, ulardan yuz o‘girganmikan?! Mening xalqim esa o‘z ulug‘vor Xudosidan voz kechdi, Qadrsiz butlarga Meni almashtirdi.
12. Ey osmon, bundan hayratlangin, Vahima ichra titragin. — Egamizning kalomi shudir. —
13. Mening xalqim ikkita gunoh qildi: Ular Meni — hayotbaxsh suv bulog‘ini tark etdilar. O‘zlari uchun sardobalar qazidilar, Suvni ushlab turolmaydigan yoriq sardobalar qurdilar.
14. Isroil qulmidi?! Yoki qullikda tug‘ilganmidi? Nechun unda u g‘animlariga o‘lja bo‘ldi?
15. G‘animlari unga sherday o‘kirdi, Ovozi boricha unga bo‘kirdi. O‘shalar dastidan Isroil yurti xarob bo‘ldi, Shaharlari vayron bo‘lib, huvullab qoldi.
16. Nuf va Taxpanxasdagi xalqlar Sochingni qirib tashladilar.
17. Ey Isroil, senga yo‘l ko‘rsatgan Xudoni tark etding, Shu qilmishing bilan o‘z boshingni o‘zing yeding.
18. Endi nega Misrga borasan? Nil suvidan ichish uchunmi?! Nechun Ossuriyaga yo‘l olasan? Furot suvidan ichish uchunmi?!
19. Qabihliging o‘zingning boshingga yetadi, Xiyonating seni mahkum qiladi. Egang Xudoni tark etganing Naqadar yomon va alamli ekanini Ko‘rib, bilib qo‘ygin. Sen Mendan qo‘rqmas ekansan”, demoqda Parvardigori Olam — Rabbiy.
20. “Egamiz shunday demoqda: — Ey Isroil, sen ancha oldin bo‘yinturug‘ingni sindirgan eding, Ko‘p vaqt oldin kishanlaringni uzgan eding. “Senga xizmat qilmayman!” deb aytgan eding. Har bir baland tepalikda butlarga sajda etding, Har bir yashil daraxt ostida fohishaday yotding.
21. Men seni a’lo tokday ekkan edim, Sen eng sara urug‘dan paydo bo‘lgan eding. Nechun endi aynib qolding? Nega yovvoyi tokka aylanib qolding?
22. Sen o‘zingni ishqor bilan ishqalasang ham, Ko‘p sovun ishlatib, o‘zingni yuvsang ham, Aybdorlik dog‘laring ketmaydi, Bular doim ko‘z o‘ngimda bo‘ladi”, Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.
23. Shunday ekan, qanday qilib: “Bulg‘anmadim”, deb aytasan?! Nega “Baalga sig‘inmadim”, deysan?! Vodiyda qilgan ishlaringga qara, Qilgan qilmishlaring haqida o‘ylab ko‘r, Sen hirsi qo‘zigan ona tuyaga o‘xshaysan, O‘zingni u yoqdan–bu yoqqa urasan.
24. Sahroda ulg‘aygan bir qulonga o‘xshaysan, Shahvating qo‘ziganda, havoni iskaysan. Sening hirsingni kim qondira oladi? Hech bir erkak senga erishish uchun o‘zini urintirishi shart emas, Juftlashish davrida seni osonlikcha topib olishadi.
25. Ey Isroil, boshqa xudolarning ketidan yuguraverma, Chorig‘ing yirtilguncha, tomog‘ing quriguncha ular ketidan yuravermagin. Lekin sen shunday deding: “Gapirganing befoyda, Axir, men o‘sha xudolarni sevib qoldim, Ularning ketidan bormasam bo‘lmaydi.”
26. Qo‘lga tushgan o‘g‘ri sharmanda bo‘lganday, Isroil xalqi ham sharmanda bo‘ladi. Ularning o‘zlari, shohlari, a’yonlari uyatga qoladi, Ruhoniylaru payg‘ambarlari sharmanda bo‘ladi.
27. Ular yog‘ochga: “Mening otam sensan” deyishadi, Toshga: “Tuqqan onam sensan”, deb aytishadi. Ammo Menga yuz burmay, orqa o‘girishadi, Boshlariga kulfat kelganda esa, “Bizga najot ber!” deya Menga yolvorishadi.
28. Xo‘sh, o‘zlaringiz uchun yasagan xudolaringiz qani? Kulfat chog‘ida sizlarni qutqara olsa, kelsin. Shaharlaringiz qancha ko‘p bo‘lsa, Xudolaringiz ham shunchadir, ey Yahudo xalqi.
29. “Nechun Men bilan da’volashasiz?! Hammangiz Menga qarshi bosh ko‘tardingiz!” deb aytmoqda Egamiz.
30. Ey xalqim, seni jazolaganim zoye ketibdi. Sen baribir gapimga kirmading. Sening qiliching yirtqich arslonday, Payg‘ambarlaringni qirib tashladi.
31. Ey bu nasl, Egangning gaplariga quloq sol! Nahotki Men Isroil uchun sahroday bo‘lgan bo‘lsam?! Nahotki, zulmat qoplagan qorong‘i yerday bo‘lgan bo‘lsam?! Nechun xalqim: “Endi ozodmiz, oldingga qaytib bormaymiz”, deb aytadi?
32. Qiz bola taqinchoqlarini unutadimi?! Kelinchak o‘z libosini esdan chiqaradimi?! Yo‘q! Ammo xalqim Meni unutdi, Oradan son–sanoqsiz kunlar o‘tib ketdi.
33. Oshiqlarni topishga naqadar ustasan! Eng buzuq ayol ham sendan o‘rgansa bo‘ladi.
34. Sen kiyimlaringni dog‘ qilding, Aybsiz qashshoqlarning qoniga belading, Ular uyingga o‘g‘ri bo‘lib tushmagan edi. Shunga qaramay sen:
35. “Aybsizman”, deb aytasan. “Egamiz g‘azabidan tushgani aniq”, deysan. “Gunoh qilmadim”, deganing uchun, Men seni jazolayman.
36. Nega sen yengiltaklik qilasan? Nega ittifoqchilaringni o‘zgartirasan? Sen Ossuriyadan yordam olmaganingday, Misrdan ham hech qanday yordam olmaysan.
37. Sen Misrdan chiqib kelasan, Uyalganingdan yuzingni qo‘ling bilan to‘sasan. Zero, sen umid bog‘lagan xalqni Egamiz rad etdi. Sen ulardan hech qanday naf ko‘rmaysan.”

1. Egamiz shunday demoqda: “Bir odam xotini bilan ajrashdi, deylik. Agar xotini borib, boshqasiga turmushga chiqsa, oldingi eri uni qayta nikohiga olishi mumkinmi?! Bunday bema’nigarchilik yurtni harom qilib yubormaydimi?! Ey Isroil, sen ko‘p o‘ynashlar orttirib fohishalik qilding. Endi qaysi yuz bilan oldimga qaytib kelmoqchisan?!
2. Atrofingdagi yalang qirlarga nazar solib, qara! Sen fohishalik qilmagan biror joy qoldimi?! Sen yo‘l bo‘ylarida o‘tirib, o‘ynashlaringni kutding. Cho‘lda bosqinchilik qilishga shay turgan qaroqchiday bo‘lding. Menga qilgan bevafoliging va fosiqliging bilan, Butun yurtni harom qilding.
3. Shu sababdan yomg‘ir yog‘madi, Bahorda yog‘ingarchilik bo‘lmadi. Sen fohishaday bezbetsan, Uyat degan narsani bilmaysan.
4. Endi esa Menga: “Otajonimsan”, deyapsan, “Yoshligimdan buyon do‘stimsan”, deb aytyapsan!
5. “Hadeb mendan jahling chiqaveradimi?” deysan, “Bir umr menga g‘azabingni sochasanmi?” deb aytasan, O‘zing esa imkoning boricha yovuzlik qilaverasan.”
6. Shoh Yo‘shiyo davrida Egamiz menga shunday dedi: “Bevafo Isroilning qilmishlarini ko‘rdingmi? Har bir baland tepalikda va har bir yashil daraxt ostida u fohishalik qildi.
7. Barcha qilmishlaridan keyin ham, oldimga qaytib keladi, deb o‘ylagan edim. Lekin u qaytib kelmadi. Shuning uchun Men sadoqatsiz Isroilga taloq xatini berib, jo‘natib yubordim. Uning singlisi Yahudo esa buni ko‘rgan edi.
8. Shunga qaramay bu munofiq zarracha ham qo‘rqmadi, u Menga vafo qilmay, fahshga berildi.
9. Isroil tosh va yog‘ochdan yasalgan xudolarga sig‘inib, zino qilgan edi. Yengiltaklik bilan fohishalik qilib, yurtni harom etgan edi.”
10. “Bularga qaramay, uning munofiq singlisi Yahudo, Menga sof ko‘ngil bilan qaytmadi. U ko‘zbo‘yamachilik qildi”, deb aytmoqda Egamiz.
11. Keyin Egamiz menga shunday dedi: “Bevafo Isroil munofiq Yahudoga qaraganda o‘zini solih qilib ko‘rsatdi.
12. Qani, shimolga bor, u yerda ushbu so‘zlarimni jar solib ayt: — Egamiz shunday deb aytmoqda: Ey bevafo Isroil, Menga yuz bur! Endi Men senga g‘azabimni sochmayman, Men rahmdilman. Sendan to abad g‘azablanmayman.” Egamizning kalomi shudir.
13. “Faqatgina gunohingni tan olgin: sen Egang Xudoga qarshi bosh ko‘tarding, har bir yashil daraxt ostida begona xudolarga sajda etib, zino qilding, Mening gapimga kirmading”, deb aytmoqda Egamiz.
14. Egamiz shunday demoqda: “Ey sadoqatsiz farzandlar, oldimga qaytinglar! Zero, Men xo‘jayiningizman. Har bir shahardan bittangizni, har bir xonadondan ikkitangizni olib, Quddusga olib kelaman.
15. Men sizlarga ko‘nglimdagi cho‘ponlarni beraman. Ular sizlarni donolik va bilim bilan boshqarishadi.
16. Sizlar yurtda ko‘payib, uvali–juvali bo‘lasizlar. Shunda xalq Mening ahd sandig‘im haqida gapirmaydigan bo‘ladi. Ular sandiq haqida o‘ylashmaydi, uni esga ham olishmaydi. Ularga zarurati bo‘lmagani uchun, yangisini yasashmaydi.
17. Zero, o‘sha vaqtda Quddus “Egamizning Taxti”, deb ataladi. Hamma xalqlar Menga sajda qilish uchun Quddusda, Mening huzurimda to‘planadilar. Shundan keyin ular hech qachon yovuz yuraklarining o‘jarliklarini qilmaydilar.
18. O‘sha kunlarda Yahudo va Isroil xalqlari birlashadi. Ular shimoldagi yurtdan Men ota–bobolaringizga mulk qilib bergan yurtga birga qaytib kelishadi.”
19. Men, Egangiz, ichimda shunday degan edim: “Seni jon–jon deya O‘zimga farzand qilib olgan bo‘lar edim, Senga ajoyib yurtni sovg‘a qilgan bo‘lar edim, Xalqlarning eng go‘zal mulkini senga bergan bo‘lar edim. Meni “Otajonim deysan”, deya niyat qilgan edim, Mendan hech qachon yuz o‘girmaysan, deb o‘ylagan edim.
20. Ammo, ey Isroil, Menga bevafolik qilding! Sen eriga xiyonat qilgan ayolday bo‘lding”, deb aytmoqda Egamiz.
21. Yap–yalang qirlar uzra fig‘on eshitilmoqda, Isroil xalqi dodu faryod solmoqda. Zotan, ular haq yo‘ldan ozgan edilar, O‘zlarining Egasi Xudoni unutib yuborgan edilar.
22. Ey, sadoqatsiz farzandlarim, orqaga qaytinglar! Bevafo qalbingizga Men shifo beraman.” Sizlar shunday deysizlar: “Mana, oldingga qaytyapmiz, Axir, Egamiz Xudo Sensan.
23. Biz qirlarda butlarga sajda qilar edik, Qattiq shovqin–suron ko‘tarar edik. Ammo hammasi behuda ekan. Yagona Najotkorimiz Sensan.
24. Bu yaramas butlar bolaligimizdan buyon, Otalarimizning mehnatini yo‘qqa chiqardi, Ularni mol–qo‘ylaridan ayirdi, O‘g‘il–qizlaridan judo qildi.
25. Keling, sharmandalikni o‘zimizga to‘shak qilaylik, Uyatni yopinchiq qilib, ustimizga yopaylik! Axir, ota–bobolarimiz bilan biz Egamiz Xudoga qarshi gunoh qildik. Yoshligimizdan to bugungacha Egamiz Xudoning gapiga kirmadik.”

1. Egamiz shunday demoqda: “Ey Isroil, qani endi qaytsang, Qani endi, Menga qaytib kelsang! Huzurimdan jirkanch butlaringni uloqtirib tashlasang, Qani endi, Mening yo‘limdan ozmay yursang.
2. Qani endi, haqiqat, adolat va to‘g‘rilik ila “Egamiz shohid!” deya qasam ichsang. Shunda xalqlar Men orqali baraka topadi, Ular Men bilan faxrlanadi.”
3. Egamiz Yahudo xalqiga va Quddus aholisiga shunday deb aytmoqda: “Yeringizni shudgor qiling, Tikanlar orasiga urug‘ sepmang.
4. Ey Yahudo xalqi va Quddus aholisi, O‘zingizni Men, Egangizga, bag‘ishlang, Yuragingizni sunnat qiling. Aks holda, yovuz qilmishingiz uchun G‘azabimni ustingizga olovday yog‘diraman, Olovni hech kim o‘chira olmaydi.
5. Yahudoda e’lon qiling, Quddusda jar soling. Butun yurt bo‘ylab burg‘u chalinsin, Baland ovozda hayqiring: “To‘planinglar! Mustahkam shaharlarga qochaylik!”
6. Quddusga qochib kelish uchun ishora bering, Imillamay, tezroq qoching! Men shimoldan kulfat keltirmoqdaman, Dahshatli halokat olib kelmoqdaman.
7. Ana, xalqlarni halok etuvchi yo‘lga tushdi, U sher kabi chakalakzordan chiqdi. Yurtingizni xarob qilgani uyasini tark etdi. Evoh, endi shaharlaringiz vayron bo‘ladi, Hammasi huvullab qoladi.
8. Marsiya aytib, faryod qilinglar, Qanorga o‘ranib olinglar. Axir, Egamizning alangali g‘azabi Bizni chetlab o‘tmadi.
9. Egamiz shunday demoqda: “O‘sha kuni shoh bilan a’yonlarning yuragi orqaga tortib ketadi. Ruhoniylar bilan payg‘ambarlar dahshatga tushadi.”
10. Shunda men dedim: “Yo, Egam Rabbiy, Sen Quddus aholisini yomon laqillatding! Qilich ularning bo‘g‘zida turgan bir paytda, Sen ularga tinchlik va’da qilding.”
11. O‘sha payt kelganda Egamiz Quddus aholisiga shunday deb aytadi: “Sahrodagi yalang qirlardan chiqqan garmsel xalqim tomon esmoqda. U donni xashakdan tozalaydigan mayin shabada emas,
12. balki Men yuborgan kuchli bir garmseldir. Men sizlarga qarshi O‘z hukmimni e’lon qilmoqdaman.”
13. Qarang! Dushman bulutday ko‘tarilmoqda. Ularning jang aravalari quyun kabidir, Otlari burgutdan ham chaqqondir. Evoh, sho‘rimiz qurisin! Xonavayron bo‘ldik!
14. “Ey Quddus, najot topishing uchun yuragingni pokla. Qachongacha yuragingda yovuz niyat saqlaysan?!
15. Ana, Dan shahridan xabarchining ovozi eshitilmoqda, Efrayim qirlaridan bir shum xabar kelmoqda.
16. Xalqlarga buni aytinglar, Quddusda shunday e’lon qilinglar: “Olis yurtdan bosqinchilar kelmoqda, Ular Yahudo shaharlariga qarshi hayqirmoqda.
17. Bosqinchilar dala qo‘riqchilariga o‘xshab, Quddusni qurshab olishadi. Zotan Quddus ahli Menga qarshi bosh ko‘tardi”, demoqda Egamiz.
18. Tutgan yo‘lingizdan, qilgan qilmishingizdan Bu kulfat boshingizga keldi–ku! Jazoingiz shudir. Oh, naqadar achchiq bo‘lmasa bu kulfat! Naqadar yurakni ezadi–ya!”
19. Voy jonim, adoyi tamom bo‘ldim! Voy yuragim! Qinidan chiqquday bo‘lyapti! Sukut saqlab tura olmayman, Eshityapman burg‘u sadolarini, Eshityapman urushga da’vatlarni.
20. Kulfat ketidan kulfat keldi, Butun yurt xonavayron bo‘ldi. Bir zumda chodirlarim buzilib ketdi, Chodirimning pardalari yo‘q bo‘ldi.
21. Qachongacha yov bayrog‘i ko‘zim oldida hilpirab turaveradi?! Qachongacha burg‘u ovozi qulog‘imga chalinaveradi?!
22. Egamiz shunday javob berdi: “Axir, Mening xalqim befarosat, Ular Meni tanishmaydi. Ular nodon, aqlsiz farzandlardir. Yomonlik qilishga usta, Yaxshilik qilish esa qo‘llaridan kelmaydi.”
23. Men yerga qaradim, yer ayqash–uyqash edi, Ko‘zimni osmonga tikdim, osmonda nur ko‘rinmasdi.
24. Tog‘larga qaradim, tog‘lar silkinayotgan edi, Hamma qirlar larzaga kelgan edi.
25. Qaradim, ammo inson zoti ko‘rinmadi, Hatto ko‘kdagi qushlar ham uchib ketgan edi.
26. Qaradim, hosildor yerlar cho‘lga aylangan edi, Hamma shaharlar vayron bo‘lgan edi. Bunga sabab Egamizning qattiq qahri edi.
27. Zero, Egamiz shunday degan edi: “Butun yurt vayron bo‘ladi, Lekin yurtni butunlay yo‘q qilib yubormayman.
28. Butun dunyo aza tutadi, Osmon ham qop–qora bo‘lib ketadi. Buni Men aytdim, shaxtimdan qaytmayman. Qaror qildim, qarorimni o‘zgartirmayman.”
29. Otliq va kamonchilar hayqirig‘idan Har bir shahar aholisi qochib qoladi. Ular chakalakzorlar oralab yugurishadi, Qoyalarga chiqib, oralariga yashirinib olishadi. Hamma shaharlar huvullab qoladi, U yerlarda yashaydigan odam bo‘lmaydi.
30. Sen esa, ey xarobazorga aylangan shahar, Nega ustingga qirmizi libos kiyib olding, Oltin taqinchoqlar bilan bezanding? Nega ko‘zlaringni bo‘yab olding? Bekorga bezanib olibsan! O‘ynashlaring sendan nafratlanadi, Joningga qasd qilmoqchi ular.
31. Ana, kimdir to‘lg‘oq tutgan ayolday baqirmoqda, Kimdir ilk bor tug‘ayotgan ayolday ingramoqda. Qiz Quddus entikib qichqirmoqda, Qo‘llarini cho‘zib shunday demoqda: “Sho‘rim qurisin! Qotillarim oldida madorim qolmadi.”

1. Egamiz shunday deydi: “Quddusning har bir ko‘chasiga kirib chiqinglar, Atrofingizga qarab, bilib olinglar, Shahar maydonlarida qidirib ko‘ringlar, Biron adolatli, rostgo‘y odam bormikan. Agar shunday odamni topib kelsangiz, Men Quddus aholisining gunohidan o‘taman.
2. Ular “Egamiz shohid!” deya qasam ichadilar, Ammo ichgan qasamlari yolg‘on.”
3. Ey Egam, Sen haqiqatni izlaysan. Sen bu xalqni urgan eding, Ammo ular og‘riq sezmadilar. Ularni deyarli yo‘q qilib yuborganingda ham, Gapingga kirmadilar. Betlarini toshdan ham qattiq qildilar, Tavba qilishni xohlamadilar.
4. Shunda men ichimda dedim: “Eha, bular kambag‘al–ku! Shuning uchun ularning farosati yo‘q, Ular Egamizning yo‘lini bilmaydi, Xudosining qonunini tanimaydi.
5. Qani, boylarning oldiga boray–chi, Ular bilan gaplashib ko‘ray–chi, Egamizning yo‘lini ular albatta biladi, Ular Xudosining qonunini tanishadi.” Ammo ularning hammasi bo‘yinturug‘ini sindirgan ekan, Egamizga itoat etishdan bosh tortgan ekan.
6. Shuning uchun o‘rmondan chiqqan sher ularni o‘ldiradi, Cho‘ldan kelgan bo‘ri ularni g‘ajib tashlaydi. Qoplon shaharlari oldida pisib turadi, Shahardan chiqqan har bir odamni tilka–pora qiladi. Axir, ular ko‘p gunoh qildilar, Xudoga ko‘p xiyonat etdilar.
7. “Sizlarni qanday qilib kechiraman?! Farzandlaringiz Meni tark etdilar–ku! Xudo bo‘lmagan butlarning nomini o‘rtaga qo‘yib ont ichdilar. Men ularning ehtiyojlarini qondirar edim, Ular esa zino qilaverar edilar, Fohishalarning uyiga to‘dalashib borar edilar.
8. Ular hirsi qo‘zg‘agan ayg‘ir otlar kabi edi, Har biri qo‘shnisining xotiniga kishnar edi.
9. Men ularni buning uchun jazolamaymi?! Shunday bir xalqdan o‘ch olmaymi?!” Egamizning kalomi shudir.
10. “Qani, ularning uzumzorlariga kiringlar, Toklarini kesib tashlanglar. Ammo butunlay yo‘q qilmanglar. Novdalarini sindiringlar, Endi ular Meniki emas.
11. Axir, Isroil va Yahudo xalqlari Menga butunlay hiyonat qilishdi.” Egamizning kalomi shudir.
12. Isroil xalqi Xudo haqida yolg‘on gapirdi, Ular shunday dedi: “Xudo baribir hech narsa qilmaydi. Hech qanday ko‘rgilik boshimizga tushmaydi! Qahatchilik, urush bo‘lmaydi!
13. Payg‘ambarlarining bema’ni so‘zlari shamolga o‘xshaydi, Xudoning so‘zi ularga ayon bo‘lmagan. Bu kulfatlar o‘zlarining boshiga tushsin!”
14. Shuning uchun Parvardigori Olam — Egamiz shunday demoqda: “Ey Yeremiyo, xalqim aytgan bu so‘zlari uchun, Men O‘z so‘zlarimni sening og‘zingda olovday qilaman. Bu xalq esa o‘tin kabi bo‘ladi, Olov ularni yondirib tashlaydi.”
15. Egamiz shunday demoqda: “Ey Isroil xalqi, Men olisdagi bir xalqni qo‘zg‘ataman. Ularni sizga qarshi yuboraman. Ular kuchli, qadimgi bir xalqdir. Bu xalqning tilini sizlar bilmaysizlar, Ularning gaplarini tushunmaysizlar.
16. Ularning hammasi mohir jangchilardir, O‘qlari o‘lim elchilaridir.
17. Ular hosilingizni, noningizni yeb bitirishadi, O‘g‘il–qizlaringizni o‘ldirishadi. Mol–qo‘ylaringizni bo‘g‘izlashadi, Uzumzoru anjirzorlaringizni yo‘q qilishadi. Suyangan mustahkam shaharlaringizni Qilich bilan vayron qilishadi.”
18. Egamiz shunday demoqda: “Shunday kunlarda ham Men O‘z xalqimni butunlay qirib yubormayman.
19. Xalqim sendan: “Nima uchun Egamiz Xudo bunday ishlarni qildi?” deb so‘raganda, sen, ey Yeremiyo, ularga shunday javob ber: “Sizlar Xudoni tark etib, yurtimizda begona xudolarga xizmat qildingizlar. Endi o‘zga yurtda begonalarga xuddi shunday xizmat qilasizlar.”
20. “Borib, Yoqub nasliga shunday deb ayt, Yahudo xalqiga shunday deb e’lon qil:
21. Sizlarning ko‘zingiz bor, ammo ko‘rmaysizlar, Qulog‘ingiz bor, ammo eshitmaysizlar. Ey aqlsiz, befarosat odamlar, Gaplarimni eshitinglar!”
22. Egamiz shunday demoqda: “Nahotki Mendan qo‘rqmasangizlar?! Mening oldimda titramasangizlar?! Axir, Men qumni dengizga chegara qilib qo‘ydim, Qumni o‘tib bo‘lmaydigan abadiy to‘siq qildim. To‘lqinlar ko‘pirib, ko‘tarilsa ham, To‘siqdan ustun kelolmaydi. Hayqirib o‘kirsa ham, Undan oshib o‘tolmaydi.
23. Ammo bu odamlar o‘jar va isyonkordir, Ular yo‘ldan ozib, Meni tark etdilar,
24. Ular ichlarida hech qachon aytmaydilar: “Egamiz Xudodan qo‘rqaylik, U o‘z vaqtida yomg‘ir yog‘diradi–ku. Kuzda ham, bahorda ham yerimizni sug‘oradi– ku. O‘rim–terim mavsumini o‘z vaqtida beradi–ku”, deb.
25. Gunohlaringiz sizlarni bulardan mahrum etdi, Ayblaringiz sizlarni barakadan judo etdi.
26. “Ha, xalqim orasida yaramas odamlar bor. Ular qushtutar kabi pisib yotishar, Tuzoq qo‘yib, odamlarni o‘z domiga tortishar.
27. Ovchi qafasni qushlarga to‘ldirganday, Ular uylarini hiylaga to‘ldirdilar. Shu tufayli kuchayib, davlat orttirdilar,
28. Semirib, yaltirab ketdilar. Qabih ishlarining cheki–chegarasi yo‘q. Ular yetimni oqlashga harakat qilmaydi, Yo‘qsilning haqini himoya etmaydi.
29. Ularni bu uchun jazolamaymi?! Shunday bir xalqdan o‘ch olmaymi?!” Egamizning kalomi shudir.
30. “Qo‘rqinchli va dahshatli ishlar Bu yurtda sodir bo‘lmoqda:
31. Payg‘ambarlar yolg‘ondan bashorat qilmoqda, Ruhoniylar o‘zlaricha xalqni boshqarmoqda, Xalqqa bularning hammasi xush kelmoqda. Ammo oxirida ular nima qilar ekan–a?”

1. Ey Benyamin nasli, Joningizni qutqaringlar! Quddusdan qochib chiqinglar! Taxuva shahrida burg‘u chalinglar! Bayt–Xakerem shahrida olov yoqib, belgi ko‘rsatinglar. Ana, shimoldan bir falokat kelyapti, Dahshatli bir halokat yaqinlashyapti.
2. Qiz Quddus go‘zal va latofatlidir, Ammo Men uni yo‘q qilib tashlayman.
3. Shahar atrofiga joylashib olgan cho‘ponlarday, Dushmanlar Quddusni qamal qiladi. Har biri o‘z lashkari uchun joy tanlaydi.
4. Ular shunday deb aytishadi: “Quddusga qarshi jangga tayyorlaninglar! Bo‘la qolinglar, kunduz kuni ularga hujum qilamiz! Sho‘rimiz qurisin! Kun ham botyapti, Oqshom soyalari bo‘y cho‘zib qoldi.
5. Endi tunda hujum qilamiz, Shahardagi qal’alarni vayron etamiz!”
6. Sarvari Olam dushman lashkariga shunday demoqda: “Daraxtlarini kesib tashlanglar, Quddus devoriga qiyalatib tuproq uyinglar. Bu shahar jazolanishi kerak, Shahar zo‘ravonlikka to‘lib–toshgan.
7. Buloqdan suv qaynab chiqqani singari, Quddusdan qabihliklar qaynab chiqyapti. Zo‘ravonligu buzg‘unchilik sadolari eshitilyapti. U yerda ko‘rganim xastaligu yaralar.
8. Ey Quddus, esingni yig‘ib olgin, Yo‘qsa Men sendan yuz o‘giraman. Seni tashlandiq bir joyga aylantiraman, Yurtingni huvullatib qo‘yaman.
9. Dushmanlaringga aytaman, Ular seni ship–shiydam qiladilar, Bir shingil uzumi qolmagan tokka o‘xshatib qo‘yadilar.” Sarvari Olamning kalomi shudir.
10. Ey Egam! Kimga gapiray, kimni ogohlantiray?! Kim mening gaplarimga quloq soladi?! Qara, ularning quloqlari yopiq, Ular hech narsani eshitmaydi. Sening so‘zingdan ular xafa bo‘ladi, Uni eshitishni xush ko‘rmaydi.
11. Ammo ichim Sening g‘azabingga to‘lgan edi, Jahlimni tiyishdan charchadim. Egamiz menga shunday dedi: “G‘azabimni ko‘chadagi bolalarga sochgin, To‘dalashib turgan yigitlarga sochgin. G‘azabim erkagu ayollarga tushadi, Munkillagan qariyalar ham undan qochib qutulmaydi.
12. Uylari, dalalari va xotinlari Boshqa birovlarga beriladi. Men bu yurt aholisiga qarshi qo‘l ko‘taraman.” Egamizning kalomi shudir.
13. “Ular kichkinasidan tortib kattasigacha, Nafsini tiyolmay harom yo‘l bilan pul topishadi. Payg‘ambardan tortib ruhoniygacha — Hammasi tovlamachilik qilishadi.
14. Xalqimning yaralarini yuzaki davolashadi. Ahvol og‘ir bir paytda “hammasi yaxshi”, deb aytishadi.
15. Jirkanch ishlari uchun uyaladilarmi? Yo‘q, uyalmaydilar! Qizarish degan narsani bilmaydilar. Shuning uchun boshqalarday halok bo‘ladilar, Ularni jazolab, xonavayron qilaman”, deb aytmoqda Egamiz.
16. Egamiz O‘z xalqiga shunday deb aytmoqda: “Chorrahalarda turib qarang, Qadimgi yo‘llar haqida so‘rang, Yaxshi yo‘l qayerda ekanligini bilib oling. O‘sha yo‘ldan yuring, Shunda ko‘nglingiz taskin topadi.” Ammo ular: “Yo‘q, u yo‘ldan yurmaymiz”, dedilar.
17. Egamiz qo‘riqchilarni qo‘yib, ularga: “Burg‘uning jangovar sadolariga quloq solinglar”, deb tayinladi. Ular esa “Quloq solmaymiz”, deb aytdilar.
18. “Shuning uchun, ey xalqlar, eshiting! Xalqim ne holga tushishini bilib oling.
19. Ey zamin, quloq sol! Men bu xalqning boshiga kulfat keltiraman, Yomon niyatlarining oqibatidir shudir. Zotan ular so‘zlarimga kirmadilar, Qonunlarimni rad etdilar.
20. Shava yurtidan keltirilgan ziravorlarni nima qilaman?! Olis yurtdan olib kelingan xushbo‘y qamishni nimaga ishlataman?! Kuydiriladigan nazrlaringizni Men qabul qilmayman, Qurbonliklaringizdan xushnud bo‘lmayman.”
21. Shu sababdan Egamiz demoqda: “Men bu xalqqa to‘g‘onoq solaman, Otalar farzandlari bilan birga qoqilib tushadilar, Qo‘shnilar yor–birodarlari bilan birga halok bo‘ladilar.”
22. Egamiz shunday demoqda: “Ana, shimoldagi yurtdan odamlar kelmoqda, Dunyoning chetidan buyuk bir xalq qo‘zg‘almoqda.
23. Kamonu nayzalar bilan qurollangandir ular, Shafqat qilmaydigan zolimdir u odamlar. Ular otlarini yeldiradi, To‘lqinlangan dengizday guvullab keladi. Ey qiz Quddus, ular qarshingda saf tortadilar, Jang qilishga shay bo‘lib turadilar.”
24. “Ular haqidagi bu xabarni eshitdik, Madorimiz qolmadi. Azobu iztirob chekdik Dard tutgan ayol kabi.
25. Dalalarga bormanglar, Ko‘chalarda yurmanglar! Dushman qilichini tutgan. Atrofni dahshat qamragan.”
26. Ey xalqim, qizalog‘im! Qanorga o‘ranib, kulga belangin. Yolg‘iz farzand uchun aza tutgandek, Achchiq–achchiq yig‘lagin. Ana, halok etuvchi kelyapti, U to‘satdan senga hujum qiladi.
27. Ey Yeremiyo, xalqimni tekshirgin, Temirni sinaganday ularni sinagin, Tutgan yo‘llarini bilib olgin.
28. Ularning hammasi o‘jar va beboshdir, Birovlarga tuhmat qilib yuradilar. Bag‘rlari mis va temir kabi qattiq, Hammasi buzg‘unchilik qiladilar.
29. Ana, bosqonga to‘xtovsiz dam berilmoqda, O‘choqdagi olov lovullab yonmoqda. Ammo bunday olov ham ularni tozalay olmadi, Ular fosiqligicha qoldi.
30. Ularni “sifatsiz kumush”, deb ataydilar, Axir, Egamiz ularni rad etdi.

1. Yeremiyoga Egamizning quyidagi so‘zi ayon bo‘ldi:
2. “Egang uyining darvozasi oldiga bor. O‘sha yerda turib, baland ovozda shunday deb ayt: Ey jamiki Yahudo xalqi — Egamizga sajda qilish uchun mana bu darvozalardan kirganlar! Egamizning gaplarini eshitinglar.
3. Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: “Yomon yo‘lingizdan qaytinglar. Turmush tarzingizni o‘zgartiringlar. Shundagina bu yurtda yashashingizga ijozat beraman.
4. “Egamizning Ma’badi shu yerda! Mana, Egamizning Ma’badi, shuning uchun hech qanday xavf–xatar yo‘q!” degan yolg‘on so‘zlarga ishonmang.
5. Agar haqiqatan yomon yo‘lingizdan qaytsangiz, turmush tarzingizni o‘zgartirsangiz, bir–biringizga nisbatan adolatli bo‘lsangiz,
6. musofirlarga, yetim va bevalarga zulm qilmasangiz, bu yurtda aybsiz odamning qonini to‘kmasangiz, boshingizga falokat keltiradigan boshqa xudolarga ergashmasangiz,
7. bu yerda qolishingizga ijozat beraman. Men ota– bobolaringizga abadiy mulk qilib bergan bu yurtda sizlar yashayverasizlar.
8. Ammo sizlar yolg‘on so‘zlarga ishonyapsizlar.
9. O‘g‘irlik qilyapsizlar, odam o‘ldiryapsizlar, zino qilyapsizlar, yolg‘ondakam qasam ichyapsizlar, Baalga nazrlar atab, o‘zingiz bilmagan xudolarga ergashyapsizlar.
10. Shunday ekan, nima uchun sizlar Mening nomim bilan atalgan uyimga kelib, “Biz xavf–xatardan xolimiz!” deb aytyapsizlar?! Bunday jirkanch ishlarni davom ettirish uchunmi?!
11. Aytinglar–chi, Mening nomim bilan atalgan bu uy sizlar uchun qaroqchilar uyasi bo‘lib qoldimi?! Qilgan barcha ishlaringizni Men O‘z ko‘zim bilan ko‘rib turibman–ku!” deb aytmoqda Egamiz.
12. “Qani, Shilo‘ shahriga boringlar! Men ilk bor o‘sha joyni ulug‘lanishim uchun tanlagan edim. Ammo xalqim Isroilning qabihliklari tufayli o‘sha joyni ne ahvolga solganimni ko‘rib qo‘yinglar.
13. Bunday yovuz ishlarni qilayotganingizda, Men sizlarga qayta–qayta gapirdim. Ammo sizlar gaplarimga quloq solmadingiz. Sizlarga xitob qildim, ammo javob bermadingiz”, deb aytmoqda Egamiz.
14. “Shunday ekan, Men Shilo‘ni ne ko‘yga solgan bo‘lsam, O‘z nomim bilan atalgan uyimni ham o‘sha ahvolga solaman. Sizlar umid bog‘lagan bu uyimni va ota–bobolaringizga bergan bu yurtni Shilo‘ning ahvoliga tushiraman.
15. Qondoshingiz Efrayim xalqini uloqtirganimday, sizlarni ham O‘z huzurimdan uloqtirib tashlayman.”
16. Egamiz shunday dedi: “Ey Yeremiyo, sen bu xalq uchun ibodat qilma! Ular uchun faryod qilib, iltijo qilma! Ularni deb, Menga yolvorma! Men senga quloq solmayman.
17. Yahudo shaharlarida, Quddus ko‘chalarida ular nimalar qilayotganini ko‘rmayapsanmi?!
18. Bolalar o‘tin yig‘ishadi, otalari olov yoqishadi, xotinlar esa xamir qorib, Samo Qirolichasiga atab nonlar yopishadi. G‘azabimni keltirish uchun begona xudolarga sharob nazrini keltirishadi.”
19. Egamiz shunday demoqda: “Bu qilmishlari bilan ular Menga emas, o‘zlariga zarar keltirmoqda–ku! O‘zlarini sharmanda qilishmoqda–ku!”
20. Shu sababdan, Egamiz Rabbiy demoqda: “Men qahru g‘azabimni bu zaminga, insonlaru hayvonlarga, daladagi daraxtlaru ekinlarga sochaman. G‘azabim so‘nmas olovday yonadi.”
21. Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: “Sizlar qurbonliklarning go‘shtini yeysizlar, kuydiriladigan qurbonliklaringizning go‘shtini ham o‘zlaringiz yeyaveringlar.
22. Men ota–bobolaringizni Misrdan olib chiqqanimda ularga nafaqat qurbonliklar va kuydiriladigan qurbonliklarga oid amrlar bergan edim,
23. balki ularga yana shunday amr bergan edim: “Menga itoat qiling! Shunda Men sizning Xudoyingiz, sizlar esa Mening xalqim bo‘lasizlar. Faqat Men ko‘rsatgan yo‘ldan yuringlar, shunda baxtiyor bo‘lasizlar.”
24. Ammo ular itoat qilishni ham, quloq solishni ham xohlamadilar. Yovuz yuraklarining o‘jarliklarini qildilar. Oldinga yurmay, orqaga ketdilar.
25. Ajdodlaringiz Misrdan chiqqan kunidan boshlab shu kunga qadar, ketma– ket payg‘ambar qullarimni ularning oldilariga jo‘natdim.
26. Ammo ular Menga quloq ham solmadilar, e’tibor ham bermadilar. Ular qaysar edilar, yovuz qilmishlari bilan ota–bobolaridan ham o‘tib tushdilar.
27. Ey Yeremiyo, sen borib, aytganlarimning hammasini ularga yetkazasan, lekin ular senga quloq solishmaydi. Ularga xitob qilasan, ammo ular senga javob berishmaydi.
28. Shuning uchun sen ularga shunday deb ayt: “Sizning xalqingiz Egasi Xudoga itoat qilmadi, Uning gapiga kirmadi. Haqiqat qolmabdi, og‘zingizdan haq so‘z chiqmaydigan bo‘ldi.”
29. “Ey Quddus aholisi, aza tuting! Sochingizni qirib tashlang. Marsiyangiz yalang qirlar uzra nola qilsin, Zero, Egamizning toqati toq bo‘ldi, U bu naslni rad etib, tashlab ketdi.
30. Egamiz shunday demoqda: “Yahudo xalqi o‘zining Egasi oldida qabihliklar qildi. Ular Mening nomim bilan atalgan uyimga makruh butlarini o‘rnatdilar. Uyimni harom qildilar.
31. Shunisi yetmagandek, Xinnum soyligidagi Tofatda sajdagohlar qurdilar. U yerda o‘z o‘g‘ilu qizlarini olovda kuydirdilar. Ammo Men ularga buni amr qilmaganman, bunaqasini xayolimga ham keltirmaganman.”
32. Egamiz shunday demoqda: “Qarab turing! Shunday kunlar keladiki, odamlar bu joyni Tofat yoki Xinnum soyligi, deb atamaydi. Bu joy “Qirg‘in vodiysi” deb nom oladi. U yerda ko‘p murdalar dafn qilinadi, murdalar ko‘pligidan qabrlarga joy yetmay qoladi.
33. Bu xalqning jasadlari qushlarga va yovvoyi hayvonlarga yem bo‘ladi, hech kim ularni haydamaydi.
34. Yahudo shaharlarida va Quddus ko‘chalarida shodu xurramlik sadolari bo‘lmaydi, kelin–kuyovning ovozi eshitilmaydi. Bu yurt huvullab qoladi.”

1. Egamiz shunday demoqda: “O‘sha vaqtda Yahudo shohlarining suyaklari, a’yonlarning, ruhoniylarning, payg‘ambarlarning va Quddus aholisining suyaklari qabrlardan olib chiqiladi.
2. Ularning suyaklari quyosh, oy va osmon yulduzlari oldida sochib tashlanadi. Zotan bu odamlar osmon jismlarini sevar edilar, o‘shalarga xizmat qilar edilar, ularga ergashib, maslahat solar edilar, o‘shalarga sajda etar edilar. Ularning suyaklarini hech kim yig‘ib ko‘mmaydi, go‘ngday yer ustida yotaveradi.
3. Bu yovuz naslning omon qolganlarini Men turli joylarga surgun qilaman. O‘shanda ular yashashdan ko‘ra o‘limni afzal ko‘radigan bo‘ladilar.” Sarvari Olamning kalomi shudir.
4. Ularga borib ayt: Egamiz shunday deb aytmoqda: Yiqilgan odam turmaydimi?! Yo‘ldan adashgan ortiga qaytmaydimi?!
5. Nima uchun bu xalq Men ko‘rsatgan yo‘ldan ozdi? Nima uchun Quddus ahli to‘g‘ri yo‘lga qaytmayapti? Ular yolg‘onga qattiq yopishib oldilar, Huzurimga qaytishdan bosh tortdilar.
6. Men ularning gaplariga yaxshilab quloq soldim, Birontasi to‘g‘ri gap aytmaydi. Hech biri qilmishidan pushaymon bo‘lmaydi, “Nimalar qilib qo‘ydim?” demaydi. Ular jangga chopgan otga o‘xshaydilar O‘z yo‘llaridan qaytmaydilar.
7. Hattoki osmondagi laylaklar Qaytib kelish vaqtini biladi. Kaptar, qaldirg‘ochu turnalar Mavsumda ko‘chish vaqtiga amal qiladi. Mening xalqim esa o‘z Egasining Qonun–qoidalarini bilmaydi.
8. Sizlar: “Biz donomiz” deb aytasiz, “Bizda Egamizning qonunlari bor”, deb maqtanasiz. Aslida tafsirchilar qalloblik qilib, Qonunimni o‘zgartirdilar.
9. Bunday donolar sharmanda bo‘ladi, Sarosimaga tushib, tuzoqqa ilinadi. Egamizning so‘zini rad etganlarni Dono, deb bo‘ladimi?!
10. Shuning uchun ularning xotinlarini boshqalarga beraman, Dalalarini bosqinchilarga topshiraman. Zotan ularning kichigidan tortib kattasigacha Nafsini tiyolmay harom yo‘l bilan pul topishadi. Payg‘ambaridan tortib ruhoniysigacha — Hammasi tovlamachilik qilishadi.
11. Xalqimning yaralarini yuzaki davolashadi. Ahvol og‘ir bir paytda “hammasi yaxshi”, deb aytishadi.
12. Jirkanch ishlari uchun ular uyaladilarmi? Yo‘q, ular uyalmaydilar! Qizarish degan narsani bilmaydilar. Shuning uchun boshqalarday halok bo‘ladilar, Ularni jazolab, xonavayron qilaman”, deb aytmoqda Egamiz.
13. “Men ularning hosilini tortib olaman. Toklarida uzum qolmaydi, Anjir daraxtlari meva tugmaydi, Barglari to‘kilib xazon bo‘ladi. Ularga nima bergan bo‘lsam, Hammasidan judo bo‘lishadi.” Egamizning kalomi shudir.
14. Yahudo odamlari bir–biriga aytishadi: “Bu yerda nima qilib o‘tiribmiz axir? Qani bo‘linglar, yig‘ilishib, Mustahkam shaharlarga qochib boraylik, O‘sha yerda jon taslim qilaylik. Evoh, Egamizga qarshi gunoh qildik! Egamiz Xudo bizni o‘limga mahkum etdi, Zaharli suvdan bizga ichirdi.
15. Biz tinchlikni izladik, Ammo yaxshilik kelmadi. Shifo topmoqchi edik, Ammo vahimaga duchor bo‘ldik.
16. Ana, dushman Dan shahriga yetib keldi, U yerdan otlarining pishqirgani eshitilmoqda. Ayg‘irlarning kishnagani Butun yurtni titratmoqda. Dushman yurtimizni yakson qilmoqchi, Shaharlarni vayron etib, odamlarni o‘ldirmoqchi.”
17. Egamiz shunday demoqda: “Men orangizga ilonlarni yuboryapman, Bu zaharli ilonlar sizlarni chaqadi, Bu ilonlarni o‘ynatib bo‘lmaydi.”
18. Qayg‘ularimga tasalli topa olmayapman, Yurak–bag‘rim ezilib ketdi.
19. Xalqim faryod etmoqda, Yurt bo‘ylab dod–voylari eshitilmoqda: “Nahotki Egamiz Quddusni tark etgan bo‘lsa?! “Nahotki Shohimiz Sionda bo‘lmasa?!” Egamiz shunday javob berdi: “Ular butlari bilan qahrimni keltirdilar–ku! Yaroqsiz begona tasvirlari bilan Meni g‘azablantirdilar–ku!”
20. Xalq esa shunday deb nolimoqda: “O‘rim vaqti o‘tdi, Yoz ham tugadi, Biz esa hanuz qutqarilmadik!”
21. Xalqim tortgan azoblardan ezilib ketdim, Qayg‘urib, vahimaga tushdim.
22. Nima, Giladda malham yo‘qmidi?! Tabib yo‘qmidi?! Unday bo‘lsa, nega xalqim shifo topmayapti?

1. Koshkiydi, boshim bir buloq bo‘lsa, Ko‘zlarim yoshlar chashmasi bo‘lsa. Xalqim halokatga uchragani uchun, Kechayu kunduz yig‘lagan bo‘lar edim!
2. Qaniydi, sahroda bir qo‘nolg‘am bo‘lsaydi, Men xalqimni tark etgan bo‘lardim, Ularning orasidan chiqib ketardim! Axir, ularning hammasi zinokor, xoinlar to‘dasidir.
3. Egamiz shunday demoqda: “Xalqim tillarini kamon kabi qayirib, Yolg‘on so‘zlarni o‘qdek otishadi. Xalqim nohaqlik qilib, yurtda kuchayib bormoqda, Yomonlik ketidan yomonlik qilmoqda, Ular Meni tan olmaydilar.”
4. “Qo‘shningizdan ehtiyot bo‘ling, Qarindoshingizga ishonmang. Hamma qarindoshingiz yolg‘onchi, Hamma qo‘shningiz tuhmatchi.
5. Qo‘shni qo‘shnisini aldaydi, Birontasi to‘g‘ri gap gapirmaydi. Tili yolg‘on gapirishga o‘rganib qolgan. Holdan toyguncha gunoh qilishadi.
6. Ey Yeremiyo, sen yolg‘onchilar orasida yashayapsan, Ular yolg‘onlari dastidan Meni tan olishni xohlamayaptilar.” Egamizning kalomi shudir.
7. Shu sababdan Sarvari Olam demoqda: “Men xalqimni sinovdan o‘tkazib, poklayman. Ularni boshqa nima ham qilar edim?!
8. Ularning tili halokat keltiradigan o‘qqa o‘xshaydi, Og‘zidan faqat yolg‘on so‘zlar chiqadi. Qo‘shnilariga shirin gapirishadi, Ichlarida esa ularni tuzoqqa tushirmoqchi bo‘lishadi.
9. Shunday ekan, bular uchun ularni jazolamaymi?! — deb aytmoqda Egamiz, Shunday bir xalqdan o‘ch olmaymi?!”
10. Men tog‘lar uchun faryod qilib, yig‘layman, Dashtdagi yaylovlar uchun marsiya aytaman, Chunki yaylovlarning hammasi qurib qolgan. U yerdan hech kim o‘tmaydi, Sigirlarning ma’rashi eshitilmaydi. Qushlaru hayvonlar bu yerlarni tark etgan.
11. Egamiz shunday dedi: “Men Quddusni vayron qilaman, Bu yerni chiyabo‘rilarning makoniga aylantiraman. Yahudo shaharlari huvullab qoladi, U yerda bironta ham odam qolmaydi.”
12. Men Egamizdan so‘radim: “Ey Egam, nechun bu yurt shu qadar vayron bo‘lib ketdi? Nechun sahro kabi huvullab qoldi? U yerda bironta ham sayyoh ko‘rinmaydi. Qaysi farosatli odamning bunga aqli yetadi?! Sen bularni kim orqali xalqqa yetkazasan?”
13. Egamiz shunday javob berdi: “Men xalqimga qonunlar bergan edim, lekin ular rad etdilar, Menga itoat etmadilar, qonunlarimga rioya qilmadilar.
14. Aksincha, yuraklarining o‘jarliklarini qildilar, ota–bobolari o‘rgatgandek Baalga sig‘indilar.”
15. Shuning uchun Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam demoqda: “Men bu xalqqa achchiq o‘tdan yedirib, zaharli suvdan ichiraman.
16. O‘zlari va ota–bobolari bilmagan xalqlar orasiga Men ularni tarqatib yuboraman. Ularning ketidan qilich jo‘natib, qirdirib tashlayman.”
17. Sarvari Olam shunday demoqda: “Endi quloq soling! Yig‘ichilarni chaqirib keling, Ularning eng mohirlari kelsin.”
18. Xalq shunday dedi: “Ularga ayting, tezroq kelsin. Biz uchun marsiya aytishsin, Ko‘zimizdan yoshlar oqsin, Kipriklarimizdan suvlar to‘kilsin
19. Ana, Quddusdan faryod eshitilmoqda: “Xonavayron bo‘ldik! Qanday sharmandagarchilik! Yurtimizni tark etishga majburmiz, Uylarimiz vayron bo‘ldi.”
20. Ey ayollar, Egamizning so‘zini eshiting, Uning og‘zidan chiqqan har bir so‘ziga quloq soling. Qizlaringizga marsiya aytishni o‘rgating, Bir–biringizga yig‘i qo‘shig‘ini yodlating.
21. Ana, derazalardan o‘lim o‘rmaladi, Qal’alarimizga kirib oldi. Ko‘chalardagi bolalarni yo‘q qilib tashladi, Maydonlardagi yoshlarni qirib yubordi.
22. Ey ayollar, sizlar ayting: — Egamiz shunday demoqda: “Odamlarning jasadlari yotadi Daladagi go‘ng kabi, O‘roq solingan bug‘doy kabi. Ularni hech kim yig‘ishtirib olmaydi.”
23. Egamiz shunday deb aytmoqda: “Donolar donoligi bilan maqtanmasin. Kuchlilar kuchi bilan maqtanmasin. Boylar boyligi bilan maqtanmasin.
24. Kim maqtanmoqchi bo‘lsa, Xudoni bilaman, deb maqtansin, Xudoni tushunaman, deb maqtansin. Men Egangizman. Men mehr–shafqat ko‘rsataman, yer yuzida adolatu haqiqat ila ish tutaman. Bunday qilishdan Men zavqlanaman.” Egamizning kalomi shudir.
25. Egamiz shunday demoqda: “Shunday kunlar keladiki, badani sunnat qilingan, yuragi esa sunnat qilinmagan odamlarning hammasini Men jazolayman.
26. Ha, Men Misrliklarni, Edom naslini, Ommon xalqini, Mo‘abliklarni, sochini oldirib yuradigan cho‘l qabilalarining hammasini va ular bilan birga O‘z xalqim Yahudoni jazolayman. Chunki aslida, bu xalqlarning hammasi sunnatsiz, ularning yuragi sunnat qilinmagan.”

1. Ey Isroil xalqi, Egamiz sizlarga aytayotgan so‘zlarga quloq soling.
2. Egamiz shunday demoqda: “Boshqa xalqlarga taqlid qilmanglar, Boshqa xalqlar singari Osmondagi alomatlardan qo‘rqmanglar.
3. Xalqlarning udumlari behuda! Ular o‘rmondan daraxt kesadi, Hunarmand boltasi bilan unga shakl berib,
4. Kumushu oltin bilan bezatadi. Yiqilib ketmasin, deya mix bilan mahkamlaydi,
5. Butlari polizdagi qo‘riqchilarga o‘xshaydi. Ular gapira olmaydi. Ularni ko‘tarib yurish kerak bo‘ladi, O‘zlari yura olmaydi. Ulardan qo‘rqmanglar, Ularning qo‘lidan hech qanday yomonlik kelmaydi, Yaxshilik ham qila olmaydi.”
6. Ey Egamiz, Senga o‘xshashi yo‘q! Sen buyukdirsan, Sening noming ulug‘ va qudratlidir.
7. Ey ellarning Shohi, Sendan qo‘rqmaydigan biror zot bormi?! Sen bunga loyiqdirsan. Xalqlarning donishmandlari orasida, Ularning shohlari orasida Senga o‘xshashi yo‘q.
8. Ahli donishu shohlar ahmoq va befarosat. Ular betayin yog‘och butlaridan maslahat olishadi.
9. Butlarini yasash uchun kumushni Tarshishdan, Oltinni Ufazdan keltirishadi. Butlarni hunarmandu zargarlar yasagan. Ko‘k va safsar liboslar bilan bezagan, Hammasi — mohir ustalarning ishidir.
10. Ammo Egamiz haq Xudodir. U barhayot Xudo va abadiy Shohdir. G‘azablanganda yer silkinadi, Uning qahriga xalqlar dosh bermaydi.
11. — Boshqa xalqlarga shunday deb ayt: “Bu xudolar yeru osmonni yaratmagan. Ular yer yuzidan va osmon ostidan yo‘q bo‘lib ketadi.”
12. Egamiz qudrati ila yerni yaratdi, Donoligi ila dunyoni bunyod etdi, Idroki ila osmon gumbazini o‘rnatdi.
13. Uning ovozidan osmondagi suvlar gulduraydi, U dunyoning to‘rt burchidan bulutlar olib keladi. Yomg‘ir yog‘dirishdan oldin momaqaldiroqni guldiratadi, Omborlaridagi shamollardan esdiradi.
14. Uning oldida hamma odamlar ahmoq va nodondir. Zargarlar o‘z butlari tufayli sharmanda bo‘ladi, Ularning sanamlari jonsiz va soxtadir.
15. Bu betayin butlar aldamchidir. Ularni jazolaganim zahoti yo‘q bo‘lishadi.
16. Yoqubning Xudosi esa unday emas. Butun borliqni U yaratgan, Isroil qabilasini O‘ziga mulk qilgan. Uning nomi Sarvari Olamdir.
17. Ey qurshovda yashaganlar! Bor–yo‘g‘ingizni yig‘ishtirib oling.
18. Zero, Egamiz shunday demoqda: “Men sizlarni Isroil yurtidan uloqtirib tashlayman, Boshingizga kulfat yog‘diraman, Toki sizlar buni sezinglar.”
19. Sho‘rim qurisin! Shunchalik azoblarga qoldim! Og‘ir yaralangan ekanman. Ammo o‘zimga o‘zim “Boshimda shu dard bor ekan, Unga chidashim kerak”, dedim.
20. Chodirim yiqitilgan, iplari uzib tashlangan. Farzandlarim ketdi, ular yo‘q bo‘ldi. Endi chodirimni kim tikadi?! Chodirimning pardalarini kim osadi?!
21. Axir, cho‘ponlar ahmoq, Ular Egamizdan maslahat olmadilar. Shuning uchun ham ishlari o‘ngidan kelmadi, Qo‘ylari har yoqqa tarqalib ketdi.
22. Eshitinglar! Bir xabar kelmoqda! Ana, shimoldan shovqin–suron ko‘tarilmoqda! Lashkarlar Yahudo shaharlarini xarob qilar emish, Chiyabo‘rilar yashaydigan makonga aylantirar emish.
23. Ey Egam, bilaman, Odam zoti o‘z taqdirini o‘zi belgilay olmaydi, O‘z qadamini o‘zi boshqara olmaydi.
24. Ey Egam, meni jahl ustida jazolamagin. Adolating ila haq yo‘lga solgin, Aks holda meni yo‘q qilib yuborasan.
25. Seni tan olmaydigan xalqlar ustiga qahringni soch, Senga sajda qilmaydigan ellar ustiga soch, Axir, ular Yoqub naslining boshini yedilar. Hammasini halok etib, yo‘q qildilar, Yurtini xarobazorga aylantirdilar.

2. “Mening Isroil xalqi bilan tuzgan ahd shartlarimga quloq sol. Bularni Yahudo xalqi va Quddus aholisiga yetkaz.
3. Ularga ayt: Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday demoqda: “Ushbu ahd shartlariga rioya qilmagan har bir odam la’nati bo‘lsin!
4. Men ota–bobolaringizni Misrdan, o‘sha temir o‘choq ichidan olib chiqqan edim. Ularga, gaplarimga quloq solinglar, hamma amrlarimni bajaringlar, deb aytgan edim. Agar shunday qilsangiz, sizlar Mening xalqim, Men esa sizning Xudoyingiz bo‘laman, deb aytdim.
5. Men ota–bobolaringizga bergan qasamimni bajarish uchun shu so‘zlarni aytgan edim. Mana, Men ularga va’da qilgan, sut va asal oqib yotgan yurtda sizlar yashab yuribsizlar.” “Omin, ey Egam, aytganing kelsin”, dedim men.
6. Egamiz menga shunday dedi: “Aytadigan gaplarimning hammasini Yahudo shaharlarida va Quddus ko‘chalarida shunday deb e’lon qilgin: Ushbu ahdning shartlarini eshitinglar, ularga rioya qilinglar.
7. Men ota–bobolaringizni Misrdan olib chiqqanimdan beri ularni ogohlantirib keldim. Ularga: “Mening gaplarimga quloq solinglar”, deb qayta–qayta aytdim.
8. Ammo ular itoat qilmadilar, Menga quloq solmadilar. Aksini qilib, yovuz yuraklarining o‘jarliklarini bajardilar. Shuning uchun ahdda yozilgan hamma la’natlarni ularning boshiga soldim. Men ularga buyurgan ahdimning shartlarini bajarmaganlari uchun shunday qildim.”
9. Egamiz menga dedi: “Yahudo xalqi va Quddus aholisi Menga qarshi fitna uyushtirishmoqda.
10. Ular ota–bobolarining eski gunohlariga qaytishdi. Ota–bobolari singari gaplarimga quloq solmay, begona xudolarga ergashib, sajda qilishdi. Yahudo xalqi Isroil xalqiga taqlid qildi, Men ota– bobolari bilan tuzgan ahdimni ular buzishdi.”
11. Shuning uchun Egamiz shunday deb aytmoqda: “Ularning boshlariga shunday kulfat keltiramanki, birontasi ham qutulib qololmaydi. Menga iltijo qilishsa ham, ularning iltijolariga quloq solmayman.
12. O‘shanda Yahudo xalqi bilan Quddus aholisi xudolariga iltijo qilishadi. Ular bu xudolariga qurbonliklar keltirishar edi. Ammo kulfat kuni o‘sha xudolari ularni aslo qutqarolmaydi.
13. Ey Yahudo xalqi, shaharlaringiz soni qancha bo‘lsa, xudolaringiz ham shunchadir. Quddusdagi ko‘chalar qancha ko‘p bo‘lsa, qurbongohlaringiz ham shunchadir. Sizlar bu qurbongohlarni jirkanch Baalga qurbonliklar keltirish uchun qurgandingizlar.”
14. “Ey Yeremiyo, sen bu xalq uchun ibodat qilma. Ular uchun iltijo qilib yolvorma. Ularning boshlariga kulfat tushib, iltijo qilganlarida, Men ularga quloq solmayman.
15. “Aziz xalqim shuncha jirkanch ishlar qildi. Endi uyimga kirishlariga nima haqlari bor?! Va’dalaru qurbonliklar bilan kulfatning oldini olib bo‘larmidi?! Axir, xalqim qabihliklar qilayotganda sevindi–ku!”
16. Egamiz O‘z xalqini “Yaxshi meva beradigan, maftunkor yam–yashil zaytun daraxti”, deb atagan edi. Ammo endi Egamiz bo‘ronning dahshatli tovushi ostida daraxtga o‘t qo‘yadi, uning shox– shabbalari yonib ketadi.
17. Bu daraxtni ekkan Sarvari Olamning O‘zi uni yo‘q qilishga amr berdi. Zero, Isroil va Yahudo xalqlari qabihliklar qildilar. Baalga qurbonliklar keltirib, Xudoni g‘azablantirdilar.
18. Egamiz menga dushmanlarimning fitnasini ayon qildi. Egamiz ularning yovuz qilmishlarini ko‘rsatgani uchun, men bu haqda xabar topdim.
19. Men bo‘g‘izlanishga olib ketilayotgan yuvosh qo‘ziday bo‘lgan ekanman. Dushmanlarim menga qarshi fitna uyushtirganlarini payqamagan ekanman. Ular shunday deb aytishgan edi: “Daraxt va uning mevalari kesilganday, Kelinglar, uni ham bu dunyodan daf qilaylik, Uning xotirasini o‘chiraylik!”
20. Ey Sarvari Olam, Sen adolat bilan hukm qilasan, Insonning yuragini, xayollarini sinaysan. Dushmanlarimdan o‘ch olganingni ko‘ray, Da’voimni O‘zing hal qil!
21. Shunda Egamiz menga shunday dedi: “Ey Yeremiyo, Onoto‘t aholisi senga: “Egamizning nomidan gapirma, bo‘lmasa o‘lasan”, deb aytib yurishibdi.”
22. Ammo Men, Sarvari Olam, shunday demoqdaman: “Men ularni jazolayman! Yigitlari qilichdan o‘ladi. O‘g‘il–qizlari qahatchilikdan nobud bo‘ladi.
23. Ularning birontasi omon qolmaydi. Belgilangan vaqtda Onoto‘t aholisining boshiga kulfat keltiraman.”

1. Sen bilan da’volashganimda, ey Egam, Sen har doim haq bo‘lib chiqasan. Shunday bo‘lsa–da, Sen bilan yana gaplashmoqchiman, Adolat xususida savol bermoqchiman. Nechun fosiqlarning ishi yurishadi? Nechun munofiqlar rohatda yashaydi?
2. Ularni Sen ekib undirding, Ular o‘sib hosilga kirdilar. Noming ularning og‘zidan tushmaydi, Ammo dillari Sendan uzoqdir.
3. Lekin Sen, ey Egam, meni bilasan. Sen meni sinagansan, Dilim Senga moyil ekanini O‘zing ko‘rding. Endi yovlarimni bo‘g‘izlanadigan qo‘ylarday sudragin! Bo‘g‘izlashga tayyorlab, ajratib qo‘ygin!
4. Oh, qachongacha yer qaqrab yotadi? Qachongacha hamma daladagi o‘tlar quriydi? Bu yerda yashaydigan fosiqlarning dastidan, Qushlaru hayvonlar nobud bo‘ldi. Bu odamlar: “Bizga nima bo‘lishini Yeremiyo qayerdan ham bilardi?!” deb aytishadi.
5. Egamiz menga dedi: “Ey Yeremiyo, Sen odamlar bilan poyga qilib holdan toygan bo‘lsang, Qanday qilib otlar bilan poyga qilasan?! Faqat osoyishta yurtda o‘zingni bexatar sezsang, Iordan bo‘yidagi chakalakzorda nima qilasan?!
6. Hatto qarindoshlaring ham sendan yuz o‘girdi, O‘z oilang senga xiyonat qildi. Ovozi boricha senga do‘q urdi. Ular senga shirin gapirishsa ham, Ularning so‘zlariga ishonma.”
7. Egamiz shunday deb aytdi: “Men xonadonimni tark etdim, Mulk qilib olgan xalqimni rad etdim. Sevgan xalqimni dushmanlarining qo‘liga berdim.
8. O‘z xalqim Menga O‘rmondagi sherday bo‘lib qoldi. U Menga qarab bo‘kirdi, Shuning uchun undan nafratlandim.
9. O‘z xalqim Menga Olachipor kalxatday bo‘lib qoldi. Boshqa kalxatlar xalqimni o‘rab oldi! Boring, barcha yovvoyi hayvonlarni yig‘ing, Xalqimni g‘ajib tashlashsin.
10. To‘da–to‘da cho‘ponlar uzumzorimni xarob qildilar, Dalamni ular payhon qildilar. Ha, go‘zal dalamni tashlandiq cho‘lga aylantirdilar.
11. Ular yerimni xarob qildilar, Tashlandiq yerim ko‘z oldimda qaqrab yotibdi. Butun yurtim vayron bo‘ldi, Ammo bu bilan hech kimning ishi yo‘q.
12. Bosqinchilar sahrodagi Hamma yalang qirlarni egallab oldilar. Endi Mening qilichim butun yurtni vayron qiladi, U boshidan bu boshigacha hammani qirib tashlaydi. Bexatar yashayotgan bironta odam qolmaydi.
13. Mening xalqim bug‘doy ekdi, Ammo tikan o‘rib oldi, Zo‘r berib ishladi, Ammo hech narsaga erishmadi. Qattiq qahrim hosilini nobud qildi. Ular hosilsiz qolib, sharmanda bo‘lishdi.”
14. Egamiz shunday demoqda: “Men xalqimga Isroil yurtini mulk qilib bergan edim, ammo uning yovuz qo‘shnilari xalqimga hujum qilib, yurtimni talon–taroj qildilar. Men bu yovuz xalqlarni o‘z yurtlaridan sug‘urib tashlayman. Yahudo xalqini ularning iskanjasidan sug‘urib olaman.
15. O‘sha yovuz xalqlarni sug‘urib tashlaganimdan keyin, ularga yana rahm–shafqat qilaman. Hammasini o‘z yurtlariga, o‘z mulklariga qaytarib olib kelaman.
16. Ilgari bu xalqlar Isroil xalqiga Baal nomi bilan qasam ichishni o‘rgatgan edilar. Agar endi ular xalqim Isroilning yo‘lini astoydil o‘rgansalar, “Egamiz shohid” deya Mening nomim bilan qasam ichsalar, xalqim orasida o‘rnashib oladilar.
17. Bordi–yu, bironta xalq Menga itoat etmasa, o‘sha xalqni tag–tomiri bilan qo‘porib tashlayman.” Egamizning kalomi shudir.

1. Egamiz menga shunday dedi: “Bor, o‘zing uchun zig‘ir qiyiqcha sotib ol. Uni belingga bog‘la, ammo suvga tekkizma.”
2. Egamizning amriga binoan men qiyiqcha sotib olib, belimga bog‘lab oldim.
3. Keyin Egamiz menga shu so‘zini ayon qildi:
4. “Sotib olgan belingdagi qiyiqchani qo‘lingga olginu Poro anhorining bo‘yiga tush. Qiyqchani qoyaning yoriq joyiga yashirib qo‘y.”
5. Men Egamiz buyurganidek qildim. Qiyiqchani Poro anhorining bo‘yiga yashirib qo‘ydim.
6. Oradan ancha kun o‘tgandan so‘ng, Egamiz menga shunday dedi: “Qani, Poro anhorining bo‘yiga bor, Mening amrimga binoan u yerda yashirib qo‘ygan qiyiqchani olib kel.”
7. Shunda men borib, qiyiqchani o‘zim yashirib qo‘ygan joydan kovlab oldim. Ammo qiyiqcha chirib ketgan, hech narsaga yaramaydigan bo‘lib qolgan edi.
8. Shunda Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi.
9. Egamiz shunday demoqda: “Men Yahudo xalqining mag‘rurligini va Quddus aholisining takabburligini qiyiqcha kabi chiritaman.
10. Bu fosiq xalq so‘zlarimni eshitishdan bosh tortdi, o‘jar yuragining xohishini bajardi. Begona xudolarga ergashdi, ularga xizmat qilib, sajda etdi. Ular o‘sha chirib ketgan qiyiqcha kabi, hech narsaga yaramaydigan bo‘ladilar.
11. Qiyiqcha odamning beliga yopishib turgani kabi, Men jamiki Isroil va Yahudo xalqlarini O‘zimga yaqin tutar edim: Ular Mening xalqim bo‘lishadi, Menga shon–shuhrat, olqishlar va sharaf keltirishadi, deb shunday qilgan edim. Ammo ular quloq solmadilar.” Egamizning kalomi shudir.
12. Isroil xalqining Xudosi — Egamiz menga shunday dedi: “Yeremiyo, xalqqa ayt: Sharob meshlari sharob bilan to‘ldirilishi kerak. Bordi– yu, ular senga: “Sharob meshlari sharob bilan to‘ldirilishi kerakligini o‘zimiz ham bilamiz”, deb aytishsa,
13. sen ularga shunday deb javob ber: “Egamiz demoqda: Men bu yurtdagi hamma odamlarni mast qilaman. Dovud taxtida o‘tirgan shohdan tortib, ruhoniylar, payg‘ambarlar va Quddusning butun aholisigacha — hammani mast qilaman.
14. Men ularni bir–birlariga, ota–onalarni bolalariga qarshi qilib qo‘yaman. Ularni ayamay yo‘q qilib tashlayman, ularga achinmayman, rahm– shafqat qilmayman.” Egamizning kalomi shudir.
15. Eshitinglar, quloq solinglar, Katta ketmanglar, Zotan, Egamiz gapirmoqda.
16. Xudo ustingizga zulmat yubormasdan oldin, Qorong‘i qirlarda qoqilmasingizdan oldin, Egangiz Xudoni ulug‘lang. Aks holda siz kutayotgan yorug‘likni U zulmatga aylantiradi, Uni tim qorong‘i qiladi.
17. Agar siz gaplarimga quloq solmasangiz, Mag‘rurligingiz uchun qalbim pinhon yig‘laydi. Men achchiq–achchiq ko‘z yosh to‘kaman, Axir, Egamizning qo‘ylari Asirlikka olib ketiladi.
18. Egamiz menga dedi: “Shohga va ona malikaga shunday degin: Taxtdan tushinglar, Axir, chiroyli tojingiz Boshingizdan tushib ketdi.
19. Nagav cho‘lidagi shaharlar berkitilgan, Darvozalarni ochadigan kimsa yo‘q. Yahudo xalqi asirlikka olib ketildi, Ha, butun xalq surgun qilindi.”
20. Ey Quddus, shimoldan kelayotganlarga bir qara! Qani sening chiroyli qo‘ylaring? Qani senga topshirilgan suruving?
21. Sen ittifoqdoshlaringga o‘zing ustozlik qilgan eding, Egamiz o‘shalarni boshingga chiqarganda, nima der ekansan? Shunda sen to‘lg‘oq tutgan ayolday bo‘lib qolasan–ku! Dard azobida qolib ketasan–ku!
22. “Nega bular boshimga tushdi?” dersan. Sen ko‘p gunoh qilding, Etaging ko‘tarildi, xo‘rlanding.
23. Habashistonlik terisining rangini o‘zgartira oladimi?! Qoplon terisidagi xollarini yo‘qota oladimi?! Shu singari sizlar ham yaxshilik qila olmaysizlar, Yomonlik qilishga odatlanib qolgansizlar!
24. Garmsel somonni to‘zg‘itganday, Egamiz ham sizlarni sochib tashlaydi.
25. Bu sizlarning qismatingizdir, Boshingizga yog‘iladigan kulfatingizdir. Sizlar Egamizni unutdingizlar, Soxta xudolarga inondingizlar.
26. Xudo ko‘ylagingiz etagini baland ko‘taradi, Sharmandangizni chiqaradi.
27. U ko‘rdi dalalarda, qirlarda Qilgan jirkanch ishlaringizni, Zino va shahvoniy qiyqiriqlaringizni. Ko‘rdi uyatsizlarcha qilgan fohishabozligingizni. Ey Quddus, holingga voy! Qachongacha bulg‘anib yurasan?!

1. Yeremiyoga Egamizning qurg‘oqchilik haqidagi so‘zi ayon bo‘ldi:
2. “Yahudo aza tutmoqda, Shaharlari adoyi tamom bo‘ldi. Odamlar qayg‘uga botgan, Bag‘rlarini yerga berib yotibdi, Quddusdan faryod ko‘tarilmoqda.
3. Asilzodalar xizmatkorlarini suvga yubordilar. Xizmatkorlar sardobalarga borgan edilar, Ammo suv topa olmadilar. Idishlari bo‘m–bo‘sh qaytib keldilar. Ular tushkunlikka tushdilar, Sharmanda bo‘lib qoldilar, Uyatdan yuzlarini berkitib oldilar.
4. Yomg‘ir yog‘magani–chun yer yorilib ketdi, Dehqonlar umidsizlikka tushdi, Yuzlarini berkitib olishdi.
5. Hatto cho‘ldagi ona ohu ham, O‘t–o‘lan bo‘lmagani uchun, Yangi tug‘ilgan ohuchalarini tashlab ketmoqda.
6. Qulonlar yalang qirlarda turib, Chiyabo‘rilar kabi hansirayapti, O‘t yo‘qligidan qulonlarning ko‘zlari kirtayib qolgan.”
7. Gunohlarimiz bizga qarshi guvohlik bersa–da, O‘z noming haqi–hurmati bizga rahm qil, ey Egam. Axir, biz Senga ko‘p xiyonat qildik, Senga qarshi gunoh ishlar qildik.
8. Ey, Isroilning yolg‘iz umidi, Kulfat vaqtida Qutqaruvchisi! Nechun yurtimizda musofirga o‘xshaysan, Bir kechagina tunaydigan sayyohga o‘xshaysan?
9. Nega sarosimaga tushgan odamga o‘xshaysan? Nega yordam bera olmaydigan jangchiga o‘xshaysan? Ey Egam, Sen bizning oramizdasan–ku! Biz Senikimiz. Bizni tark etma!
10. Egamiz bu xalq haqida shunday demoqda: “Ular o‘zlarini sira tiya olmaydilar, Daydib yurishni haqiqatan yaxshi ko‘radilar. Shuning uchun Men ulardan rozi emasman, Endi qabihliklarini yodga olaman, Gunohlari uchun ularni jazolayman.”
11. So‘ng Egamiz menga shunday dedi: “Bu xalq uchun ibodat qilma.
12. Ular ro‘za tutishsa ham, Men ularning iltijolariga quloq solmayman. Menga atab qurbonliklar kuydirishsa ham, don nazrlarini olib kelishsa ham qabul qilmayman. Aksincha, ularni qahatchilik, urush va o‘lat orqali qirib tashlayman.”
13. Men esa shunday dedim: “Yo Egam Rabbiy, payg‘ambarlar bu xalqqa, urush va qahatchilik bo‘lmaydi, sizlar bu yurtda chinakamiga osoyishta hayot kechirasizlar, deb aytishmoqda–ku.”
14. Egamiz menga shunday javob berdi: “Payg‘ambarlar Mening nomimdan yolg‘on gapirishmoqda. Men ularni yubormaganman, ularga gapirishni buyurmaganman. Ular sizlarga uydirmalarni o‘zlaricha bashorat qilishyapti, behuda fol ochib, xayollariga kelgan yolg‘onlarni gapirishyapti.
15. O‘sha payg‘ambarlar Mening nomimdan gapirishsa ham, ularni Men jo‘natmaganman. Ular: “Yurtda urush va qahatchilik bo‘lmaydi”, deb aytayotgan ekanlar, ammo Men aytamanki, o‘sha payg‘ambarlar urush va qahatchilikdan nobud bo‘lishadi.
16. Ularning gaplarini tinglayotgan odamlar ham urush va qahatchilikdan o‘ladi. Jasadlari Quddus ko‘chalarida yotadi. Ularning, xotinlarining, o‘g‘il–qizlarining jasadlarini ko‘madigan odam bo‘lmaydi. Qilgan qabihliklarini Men o‘zlarining boshlariga solaman.”
17. Sen ularga shunday deb ayt: “Kechayu kunduz ko‘zlarimdan yosh oqyapti, O‘zimni to‘xtata olmayapman. Zero, bokira qizim — Mening xalqim, Qattiq zarba yedi, og‘ir yaralandi.
18. Dalaga chiqaman, Evoh, ana, qilichdan halok bo‘lganlar yotibdi. Shaharga kiraman, Ana, ocharchilikdan o‘lganlar yotibdi. Payg‘ambaru ruhoniylar esa pul dardida yuribdilar, Odamlarga befoyda so‘zlar beryaptilar.”
19. Ey Egamiz, nahotki Yahudoni butunlay rad etgan bo‘lsang?! Nahotki Quddusdan hazar qilsang?! Nechun bizni og‘ir yaralading? Shifo topa olmayapmiz–ku! Biz tinchlikni izladik, ammo yaxshilik kelmadi, Shifo topmoqchi edik, ammo vahimaga duchor bo‘ldik.
20. Ey Egamiz, Senga qarshi gunoh qildik! Qabihliklarimizga iqror bo‘ldik, Ha, ota–bobolarimizning ayblarini tan olamiz.
21. Noming haqi–hurmati bizni rad etma, Ulug‘vor taxting turgan joyni xor qilma. Biz bilan tuzgan ahdingni yodingda tut, O‘tinamiz, ahdingni buzma.
22. Xalqlarning betayin butlari yomg‘ir yog‘dira olarmidi?! Yog‘ingarchilik osmonning xohishi bilan bo‘larmidi?! Bularni qilishga qodir Sen emasmi, ey Egamiz Xudo?! Biz umidimizni Senga bog‘laganmiz, Zotan bularning hammasini qila oladigan Sensan.

1. Egamiz menga dedi: “Hatto Muso bilan Shomuil huzurimda turib, yolvorganda ham, Men bu xalqqa achinmagan bo‘lardim. Bu xalqni huzurimdan hayda! Yo‘qolishsin!
2. Ular sendan “Qayerga boramiz?” deb so‘rashsa, ularga shunday deb ayt: Egamiz shunday demoqda: Hamma peshanasidagini ko‘rsin, Ba’zilar o‘latga yo‘liqib nobud bo‘lsin, Ba’zilar qilichdan o‘tkazilsin, Ba’zilar ochlikdan qirilib ketsin, Ba’zilar asirlikka tushib, surgunga ketsin.
3. Egamiz demoqda: “Ularning boshiga to‘rt xil balo–ofatni keltiraman: ular qilichdan halok bo‘lishadi, jasadlarini itlar sudraydi, qushlar va yovvoyi hayvonlar ularni g‘ajib tashlaydi.
4. Hizqiyo o‘g‘li Manashe Yahudo shohligi taxtida o‘tirib, Quddusda ko‘p qabihliklar qilgan edi. O‘sha qabihliklar tufayli dunyodagi barcha shohliklar xalqimdan hazar qiladigan bo‘ladi.”
5. Egamiz shunday demoqda: “Ey Quddus, kim senga achinar ekan?! Kim sen uchun motam tutar ekan?! Birontasi senga kelib, Hol–ahvol so‘rarmikan?!”
6. Egamiz shunday demoqda: “Sen Meni rad etding, Menga orqa o‘girding. Senga rahm qilaverib charchadim. Endi senga qarshi qo‘l ko‘taraman, Seni yo‘q qilib yuboraman.
7. Men seni yurtning har bir shahrida Bug‘doyni sovurganday sovuraman. Seni farzandlaringdan judo qilaman. Ey xalqim, seni nobud etaman, Axir, sen o‘z yo‘lingdan qaytmading.
8. Men bevalaringni dengiz qumidan ham ko‘p qilaman, Yigitlaringning onalariga qarshi Kuppa–kunduz kuni qirg‘in etuvchini jo‘nataman. To‘satdan boshlariga dahshat va azob–uqubat solaman.
9. Yetti farzandning onasi holdan toyib, jon beradi. Uning quyoshi kunduz kuni botadi, U xo‘rlanib, sharmanda bo‘ladi. Omon qolganlari dushman qilichidan o‘ladi.” Egamizning kalomi shudir.
10. Sho‘rim qurisin! Nega onam meni dunyoga keltirgan ekan–a?! Men butun yurt bilan tortishib, janjallashyapman. Qarz olmagan, qarz bermagan bo‘lsam ham, hamma meni qarg‘amoqda.
11. Egamiz shunday dedi: “Ey Quddus ahli, Men ayrimlaringizni omon qoldiraman, o‘shalarga yaxshiroq taqdir ato qilaman. Qolganingizning ustiga esa dushman tortib kelaman, boshingizga kulfatu og‘ir kunlar solaman.
12. Ey Yahudo xalqi, siz bronza va temirni sindira olmaganingiz kabi, shimoldan sizga hujum qiladigan dushmanlarni ham sindira olmaysizlar.”
13. “Sizlar yurtingizning hamma joyida ko‘p gunohlar qildingizlar. Shuning uchun boyliklaringiz va xazinalaringiz dushmanlarga tekin o‘lja bo‘ladi.
14. O‘zingiz bilmagan yurtda dushmanlaringizga xizmat qilasizlar. Mening g‘azabim olovday sizlarni yamlamay yutadi”, deb aytmoqda Egamiz.
15. Shunda men dedim: Ey Egam, Sen hammasini bilasan, Yodga ol meni, yordam bergin, Meni quvg‘in qilganlardan o‘ch olgin. G‘animlarimga sabr–toqat qilib, Tag‘in meni halok qilib yuborma. Seni deb xo‘rlanganimni esingdan chiqarma.
16. Aytgan har bir so‘zingga tashna edim. So‘zlaringdan shodlanar edim, So‘zlaring dilimga quvonch bag‘ishlar edi. Zero, men Senga tegishliman, Ey Parvardigori Olam — Egamiz.
17. Men xushchaqchaq ulfatlar davrasida o‘tirmadim, Ularning xursandchiligiga sherik bo‘lmadim. Qo‘ling ostida yolg‘iz o‘zim o‘tirar edim, Sen meni g‘azabga to‘ldirgan eding.
18. Nega mening dardim zo‘rayyapti? Nega og‘ir yaram tuzalmayapti? Nahotki yozda qurigan buloq kabi Umidlarimni barbod qilsang?!
19. Egamiz demoqda: “Agar tavba qilsang, seni yana xizmatimga olaman. Bo‘lmag‘ur gaplar o‘rniga to‘g‘ri so‘zlar gapirsang, Seni O‘zimning so‘zlovchim qilaman. Shunda sen ularning oldiga bormaysan, Ular sening oldingga kelishadi.
20. Men seni bu xalq qarshisida Mustahkam bronza devorday qilaman. Ular senga hujum qilishadi, Lekin seni yenga olishmaydi. O‘zim sen bilan birga bo‘laman, Seni xalos qilib, qutqaraman.
21. Ha, fosiqlar qo‘lidan xalos qilaman, Zolimlar changalidan ozod etaman.” Egamizning kalomi shudir.

1. Egamizning quyidagi so‘zi menga ayon bo‘ldi:
2. “Oila qurma, bu yurtda o‘g‘il–qizlaring bo‘lmasin.
3. Bu yurtda tug‘ilgan o‘g‘il–qizlar haqida va ularni dunyoga keltirgan ota–onalar haqida Men, Egang, shunday deyapman:
4. Ular og‘ir xastaliklardan halok bo‘lishadi. Ular uchun hech kim aza tutmaydi, jasadlarini ko‘madigan hech–kim bo‘lmaydi, jasadlari go‘ng kabi yer ustida yotaveradi. Ular qilichdan va qahatchilikdan halok bo‘lishadi, jasadlari qushlar va yovvoyi hayvonlarga yem bo‘ladi.”
5. Zero, Egamiz shunday deb aytmoqda: “Azador uyga kirma, motam tutma, ta’ziya bildirma. Men bu xalqni tinchlik–xotirjamligimdan mahrum qildim. Men bu xalqni sevmayman, ularga mehr–shafqat ko‘rsatmayman.
6. Bu yurtning kattayu kichigi o‘lib ketadi, ularni hech kim ko‘mmaydi. Hech kim ular uchun aza tutmaydi, qayg‘udan badanini tilmaydi, sochini oldirmaydi.
7. Azadorlarga tasalli berish uchun hech kim ovqat olib chiqmaydi. Hech kim ota yoki onasidan judo bo‘lganlarga tasalli berish uchun bir kosa sharob uzatmaydi.
8. Ziyofat bo‘layotgan uyga kirma, ular bilan o‘tirib, yeb–ichma.”
9. Zero, Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: “Sening zamoningda shodu xurramlik sadolariga, kelin– kuyovning xursandchilik ovozlariga chek qo‘yaman. Buni o‘z ko‘zing bilan ko‘rasan.
10. Aytganlarimning hammasini odamlarga gapirib berganingda, ular sendan shunday deb so‘raydilar: “Nega Egamiz bizga bunday kulfatlarni ravo ko‘ryapti? Aybimiz nima? Egamiz Xudoga qarshi nima gunoh qildik?”
11. Sen ularga shunday javob ber: Egamiz aytmoqda: Ota–bobolaringiz Meni tark etdilar. Mendan yuz o‘girib, qonunlarimga rioya qilmadilar. Boshqa xudolarga ergashdilar, ularga xizmat qilib, sajda etdilar.
12. Sizlarning gunohlaringiz esa ota–bobolaringiznikidan ham oshib tushdi. Mana, har biringiz yovuz yuragingizning o‘jarliklarini bajaryapsiz, Menga quloq solmayapsiz.
13. Shuning uchun Men sizlarni bu yerdan boshqa bir yurtga uloqtirib yuboraman. U yurtni o‘zingiz ham, ota–bobolaringiz ham bilmaydilar. U yerda sizlar kechayu kunduz boshqa xudolarga xizmat qilasizlar. Endi Men sizlarga rahm qilmayman.”
14. Egamiz demoqda: “Shunday kunlar keladiki, odamlar ont ichganda: “Isroil xalqini Misrdan olib chiqqan Egamiz shohid”, deb aytmaydigan bo‘ladi.
15. Buning o‘rniga ular: “Isroil xalqini shimoldagi yurtdan va O‘zi surgun qilgan barcha boshqa yurtlardan olib chiqqan Egamiz shohid”, deb ont ichadigan bo‘lishadi. Men xalqimni O‘zim ota– bobolariga bergan yurtga qaytarib olib kelaman.”
16. Egamiz shunday demoqda: “Mana, Men talay dushmanni yuboryapman. Ular xalqimni baliqchilar kabi tutib oladilar. U dushmanlar ketidan boshqalarni jo‘nataman, ular ovchilar kabi xalqimni har bir tog‘da, har bir tepalikda, qoyalarning jarliklarida ovlaydilar.
17. Men xalqimning tutgan hamma yo‘llarini ko‘rib turibman. Ularning yovuz yo‘llari Mendan yashirin emas. Hamma gunohlari ko‘z o‘ngimda.
18. Qilgan gunohlari va qilmishlari uchun xalqimga ikki barobar qilib qaytaraman. Zotan ular jonsiz, jirkanch xudolari bilan yurtimni harom qildilar, Mening mulkimni makruh butlarga to‘ldirdilar.”
19. Ey Egam, mening qudratim, qo‘rg‘onimsan, Kulfat kunida panohimsan. Dunyoning to‘rt burchagidan xalqlar Sening oldingga kelib, aytadi: “Ajdodlarimizning soxta butlaridan bo‘lak hech narsasi yo‘q edi, Bu betayin butlaridan foyda bo‘lmagan edi.
20. Inson o‘zi uchun xudolarni yasay oladimi?! Bunday xudolar haqiqiy Xudo emas–ku!”
21. “Shunday ekan, ularga saboq beray, Kuch–qudratimni ularga ko‘rsatib qo‘yay. Shunda Egangiz Men ekanligimni bilib olishadi.”

1. Ey Yahudo xalqi, sizlarning gunohingiz temir qalam bilan o‘yib yozilgan. Sizlarning gunohingiz tosh yuraklaringiz ustiga va qurbongohlaringiz shoxlariga olmos uchi bilan o‘yib bitilgan.
2. Hatto farzandlaringiz ham baland qirlardagi va sersoya daraxtlar ostidagi qurbongohlarga borib, Asheraning ustunlariga sajda qilishadi.
3. Butun yurtda qilgan gunohlaringiz evaziga Men O‘z tog‘imni, sizning hamma boyliklaringizni, xazinalaringizni va barcha sajdagohlaringizni dushmanga o‘lja qilib beraman.
4. Sizlarga Men mulk qilib bergan yurtdan o‘z aybingiz tufayli ayrilasizlar. Men sizlarni o‘zingiz bilmagan bir yurtga jo‘nataman, dushmanlaringizga hammangizni qul qilib beraman. Sizlar Meni g‘azablantirdingiz, g‘azabim so‘nmas olov kabi yonmoqda.
5. Egamiz shunday demoqda: “Umidini insonga bog‘lagan, Foniy bandaning kuchiga ishongan, Yuragi Egamizdan uzoqlashgan odam la’natidir.
6. Bunday odam sahrodagi butaday bo‘ladi, Farovon hayot ko‘rmaydi. Cho‘lning qaqroq joylarida, Sho‘r bosgan bo‘m–bo‘sh yerlarda yashaydi.”
7. “Egamizdan umid qilgan kishi baxtlidir, Yolg‘iz Unga inongan saodatlidir!
8. Bunday kishi suv bo‘yiga o‘tqazilgan daraxtga o‘xshaydi, Oqar suvlar tomon ildiz otadi. Kunning jaziramasidan qo‘rqmaydi, Barglari doim yam–yashil bo‘ladi. Qurg‘oqchilik kelganda ham bezovta bo‘lmaydi, Meva berishdan to‘xtamaydi.”
9. “Odamning yuragi shunchalik ayyor–ki, Uning davosi yo‘q! Uning ichidagini kim biladi?!
10. Ammo Men, Egangiz, odamning yuragini bilaman, Uning o‘y–fikrlarini tekshiraman. Qilmishiga yarasha jazolayman, Qilgan ishiga yarasha taqdirlayman.”
11. Nohaqlik bilan boylik orttirgan kishi, O‘zi qo‘ymagan tuxumlarni bosib yotgan kaklikka o‘xshaydi. Bunday kishi umrining yarmida Boyliklaridan mahrum bo‘ladi, Hayoti oxirlab qolganda ahmoq bo‘lib chiqadi.
12. Muqaddas makonimiz Azaldan yuksaltirilgan ulug‘vor taxtdir!
13. Ey Egamiz, Sen Isroilning yolg‘iz umidisan! Seni tark etganlarning hammasi sharmanda bo‘lur, Sendan yuz o‘girganlarning ismlari tuproqqa yozilur. Ey Egamiz, ular Seni tark etdilar. Ha, hayotbaxsh suvlar bulog‘idan voz kechdilar.
14. Ey Egam, menga shifo ber, sog‘ayib ketay. Meni qutqargin, najot topay. Axir, yolg‘iz Seni olqishlayman.
15. Qara, bu odamlar ustimdan kulishyapti, “Egamizning tahdidli so‘zlari qani?! Aytganlari bajo bo‘lsin–chi endi!” deb aytishyapti.
16. Men esa xalqingga cho‘pon bo‘ldim, Xizmat qilishdan bosh tortmadim. Ofat kuni kelishini xohlamaganimni bilasan. Og‘zimdan chiqqan har bir so‘z Senga ayondir.
17. Meni vahimaga solmagin, Kulfat kunida panohim Sensan.
18. Meni quvg‘in qilganlar sharmanda bo‘lsin, Meni esa sharmanda qilma. Dushmanlarim sarosimaga tushsin, Meni esa dovdiratib qo‘yma. Ularning boshlariga kulfat keltir, Jazosini ikki barobar og‘irroq qilgin.
19. Egamiz menga shunday dedi: — Yahudo shohlari kirib chiqadigan Xalq Darvozasi oldiga borib tur, so‘ng Quddusning boshqa darvozalari oldiga ham bor.
20. Borganingda xalqqa shunday deb ayt: “Ey Yahudo shohlari, ey Yahudo xalqi, bu darvozadan o‘tib yurgan butun Quddus aholisi, Egamizning so‘zini eshitinglar!
21. Egamiz shunday deb aytmoqda: Shabbat kuni yuk tashimanglar, Quddus darvozalaridan yukni ko‘tarib kirmanglar. Hushyor bo‘linglar, tag‘in hayotingizga o‘zingiz zomin bo‘lib qolmanglar.
22. Shabbat kuni uyingizdan biron yukni ko‘tarib chiqmanglar, hech qanday ish qilmanglar. Men ota– bobolaringizga amr qilganimdek, Shabbat kunini muqaddas deb bilinglar.
23. Ota–bobolaringiz gaplarimga e’tibor bermagan, Menga quloq solmagan edilar. Ular qaysarlik qilib, so‘zlarimni tinglamagandilar, gapimga kirmagandilar.”
24. Endi Egamiz shunday demoqda: “Bordi–yu, sizlar gaplarimga quloq solsangizlar, Shabbat kuni shahar darvozalaridan yuk tashimasangizlar, o‘sha muborak kunni muqaddas deb bilib, hech qanday ish qilmasangizlar,
25. Quddus taxtida doim Dovud naslidan bo‘lgan shoh o‘tiradi. Jang aravalariyu otlarni minib olgan shohlar va a’yonlar shahar darvozalaridan kirishadi. Yahudo xalqi va Quddus aholisi ular bilan birga kiradilar. Quddusdan to abad odam arimaydi.
26. Shunda Yahudo shaharlaridan, Quddus atrofidagi qishloqlardan, Benyamin hududidan, qirlardan, g‘arbdagi qirlar etaklaridan, Nagav cho‘lidan odamlar keladi, ular Egamizning uyiga kuydiriladigan va boshqa qurbonliklarni, shukrona va don nazrlarini, xushbo‘y tutatqilarni olib keladilar.
27. Bordi–yu, sizlar gapimga quloq solmasangizlar, Shabbat kunini muqaddas deb bilmay, yuk tashib, darvozalardan kirib chiqsangizlar, Men shahar darvozalarini yondirib yuboraman. Olov Quddus saroylarini yo‘q qiladi, hech kim uni o‘chira olmaydi.

1. Egamiz Yeremiyoga shu so‘zini ayon qildi:
2. “Qani bo‘l, kulolning uyiga bor. O‘sha yerda senga bir gap aytaman.”
3. Men kulolning uyiga bordim. Kulol charx urib, ishlayotgan edi.
4. U loydan yasayotgan idish buzilib qoldi, shundan keyin u o‘zi xohlagan shakldagi boshqa bir idishni yasadi.
5. Egamiz O‘z so‘zini menga ayon qilib,
6. dedi: “Ey Isroil xonadoni, nahotki bu kulol qilgan ishni Men sizlarga qila olmasam?! Sizlar Mening qo‘limda kulol qo‘lidagi loyga o‘xshaysizlar.
7. Men biron xalqni yoki shohlikni qo‘porib tashlashimni, yo‘q qilib vayron qilishimni e’lon etishim mumkin.
8. Ammo o‘sha xalq yovuz qilmishlaridan qaytsa, Men ham ularning boshlariga falokat keltirish niyatimdan qaytaman.
9. Shunday paytlar ham bo‘ladiki, Men biron xalq yoki shohlikka: “Sizlarni qayta bunyod etib, mustahkam qilaman”, deb aytaman.
10. Ammo o‘sha xalq Mening oldimda qabihlik qilsa yoki aytganlarimga quloq solmasa, Men niyatimdan qaytaman, ularga qilmoqchi bo‘lgan yaxshiligimni qilmayman.”
11. Shunday ekan, Yahudo xalqi bilan Quddus aholisiga ayt: “Egamiz shunday demoqda: Mana, Men boshingizga soladigan kulfatni tayyorlayapman, sizlarga qarshi rejalar tuzyapman. Bo‘ldi endi, har biringiz yomon yo‘lingizdan qaytinglar. Turmush tarzingizni o‘zgartiringlar. Eski qilmishlaringizdan voz kechinglar.”
12. Ammo ular: “Gapirganing befoyda!” — deyishadi. “Biz baribir xohlaganimizday yashaymiz, yovuz yuraklarimizning o‘jarliklarini qilaveramiz”, deb aytishadi.
13. Shuning uchun Egamiz demoqda: “Xalqlardan so‘rab–surishtiring–chi, Bunaqasini hech eshitganmikan?! Bokira qiz Isroil jirkanch bir ish qildi.
14. Lubnondagi qorlar hech eriganmi?! Azim cho‘qqilarni hech tark etganmi?! Uning muzdek suvlari hech ado bo‘lganmi?!
15. Mening xalqim esa Meni tark etdi, Ular behuda butlarga tutatqi tutatdilar. Butlari tufayli xalqim qoqildi, Azaliy yo‘lidan adashdi. To‘g‘ri yo‘lni tark etib, so‘qmoqlardan yurib ketdi.
16. Shu sababdan yurti huvullab qoladi, Yurtning ahvolidan odamlar qotib qoladi, O‘tgan–ketganlar dahshatga tushadi, “Yo tavba”, deb, yoqasini ushlashadi.
17. Sharqdan esgan shamol kabi, Men ularni dushmanlari oldida sochib tashlayman. Boshlariga kulfat tushgan kuni Ularga orqa o‘giraman, Ularga nazar solmayman.”
18. So‘ng odamlar shunday dedilar: “Qani, Yeremiyoga qarshi fitna uyushtiraylik. Axir, qonunni o‘rgatadigan ruhoniylar, maslahat beradigan donishmandlar va Xudoning so‘zini aytadigan payg‘ambarlar har doim bor. Yeremiyoga tuhmat qilaylik, uning gaplariga umuman e’tibor bermaydigan bo‘laylik.”
19. Ey Egam, meni tingla, Raqiblarim gaplarini eshit!
20. Nahotki yaxshilikka yomonlik qaytarishsa?! Esingdami, huzuringda turib, Ular uchun Senga yolvorgandim, Ulardan Sening qahringni qaytargandim. Ular esa menga chuqur qazidilar.
21. Shunday ekan, bolalarini ochlikdan o‘ldir, Hammasini qilich izmiga topshir. Xotinlari bolalaridan judo bo‘lsin, Hammasi beva bo‘lib qolsin. Erkaklari o‘latdan qirilib ketsin, Yigitlari jangda halok bo‘lsin.
22. To‘satdan ustiga bosqinchi yuborganingda, Uylaridan dod–faryodlar ko‘tarilsin! Axir, ular meni tutib olmoqchi bo‘lib, chuqur qazidilar, Oyog‘imni sirtmoqqa ilintirmoqchi bo‘ldilar.
23. Meni o‘ldirish uchun fitna qildilar, Buni Sen bilasan, ey Egam. Ularning gunohlarini kechirma, Jinoyatlaridan o‘tma. G‘azablanib, jazolarini bergin, Ular Sening oldingda yiqilib qolsinlar.

1. Egamiz menga shunday dedi: “Borib kuloldan bir sopol ko‘za sotib ol. So‘ng yoningga xalq oqsoqollaridan va bosh ruhoniylardan olib,
2. Singan ko‘zalar darvozasi yaqinidagi Xinnum soyligiga tush. Men senga aytadigan so‘zlarni oqsoqollarga sen o‘sha yerda aytasan.
3. Sen ularga shunday deb ayt: “Ey Yahudo shohlari, Quddus aholisi, Egamizning so‘zlarini eshitinglar. Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: Men bu joyga shunday falokat yog‘diramanki, bu falokatni eshitganlarning boshidan hushi uchadi.
4. Zotan xalqim Meni tark etdi, bu yerni harom qildi. Ular o‘zlari bilmagan, ota–bobolari ham, Yahudo shohlari ham bilmagan begona xudolarga qurbonliklar kuydirdilar. Bu yerni begunoh odamlarning qoniga to‘ldirdilar.
5. Baalga atab sajdagohlar qurdilar. U yerda o‘z o‘g‘il–qizlarini Baalga qurbonlik qilib kuydirdilar. Men ularga buni amr qilmaganman, bunaqasini xayolimga ham keltirmaganman.”
6. Egamiz shunday demoqda: “Qarab turinglar! Shunday kunlar keladiki, odamlar bu joyni Tofat yoki Xinnum soyligi, deb atamaydi, balki bu joy “Qirg‘in vodiysi” deb ataladigan bo‘ladi.
7. Mana shu joyda Men Yahudo va Quddusning rejalarini barbod qilaman. Xalqimni dushmanlarga mag‘lub qilib beraman, ularda qasdi borlarning qo‘liga topshiraman. Jasadlarini qushlarga, yovvoyi hayvonlarga yem qilaman.
8. Men bu shaharni shunday vayron qilamanki, uning oldidan o‘tgan– ketgan har bir kishi shaharning ayanchli ahvolidan dahshatga tushib, qotib qoladi.
9. Dushmanlar shaharni qamal qilib, odamlarni qirib tashlamoqchi bo‘ladilar. Qamal paytida azobda qolgan xalq o‘g‘il–qizlarining va bir–birining etini yeydigan bo‘ladi.”
10. Ey Yeremiyo, o‘zing bilan kelganlarning oldida ko‘zani sindir.
11. Ularga shunday deb ayt: “Sarvari Olam shunday demoqda: Mana bu ko‘za chilparchin bo‘lib, tuzatib bo‘lmaydigan ahvolga tushgani kabi, Men bu xalqni va bu shaharni chilparchin qilaman. O‘liklar Tofatda dafn qilinadi, o‘liklar ko‘pligidan qabrlarga joy yetmay qoladi.”
12. Egamiz shunday demoqda: “Men bu shaharni va uning aholisini shunday ahvolga solamanki, bu shahar Tofatga o‘xshagan bo‘lib qoladi.
13. Quddusdagi xonadonlar va Yahudo shohlarining saroylari Tofat kabi harom bo‘ladi. Chunki u yerlardagi hamma uylarning tomlarida samoviy jismlarga atab qurbonliklar kuydirilgan, begona xudolarga sharob nazrlari keltirilgan.”
14. Yeremiyo Egamizning amri bilan Tofatda bashorat qildi, so‘ng u yerdan qaytib kelgach, Egamizning uyi hovlisida turib xalqqa dedi:
15. “Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: Endi Men aytgan so‘zimga binoan bu shahar va uning atrofidagi qishloqlarga falokat keltiraman, chunki sizlar o‘jarlik qilib, so‘zlarimni eshitishni xohlamadingizlar.”

1. Immar o‘g‘li Pashxur ruhoniy bo‘lib, Egamiz uyining bosh nazoratchisi edi. U Yeremiyoning bashorat qilib aytgan bu so‘zlarini eshitdi.
2. Shu sababdan Yeremiyoni kaltaklatib, Egamiz uyining hovlisidagi Yuqori Benyamin darvozasi tomonda kishanlab qo‘yishni buyurdi.
3. Ertasi kuni ertalab Pashxur Yeremiyoning kishanlarini yechganda, Yeremiyo unga shunday dedi: “Egamiz senga Pashxur emas, “Dahshat qamragan”, deb ism qo‘ygan.
4. Zero, Egamiz shunday deb aytmoqda: “Men seni va hamma do‘stlaringni vahimaga solaman. Do‘stlaring dushmanlari qo‘lida halok bo‘layotganini o‘z ko‘zing bilan ko‘rasan. Men butun Yahudo xalqini Bobil shohining qo‘liga topshiraman. Bobil shohi xalqimni asir qilib, o‘zining yurtiga olib ketadi. Ularni qilichdan o‘tkazadi.
5. Men bu shaharning boyliklarini, bor narsasini, qimmatbaho buyumlarini, Yahudo shohlarining xazinalarini dushmanning qo‘liga beraman. Ular shaharni talon–taroj qilishadi. Barcha boyliklarini Bobilga olib ketishadi.
6. Sen ham, ey Pashxur, o‘z xonadoning bilan Bobilga surgun bo‘lasan. Sen u yerda jon berib, dafn qilinasan. Yolg‘on bashoratlaringga quloq solgan do‘stlaring ham o‘sha ko‘yga tushadi.”
7. Ey Egam, sen meni ko‘ndirding, Men ham ko‘ndim. Mendan ustun kelding, meni yengding. Men hammaga mazax bo‘ldim, Hamma ustimdan kulmoqda.
8. Gapirganimda jar solishim kerak, “Zo‘ravonlik! Halokat!” deya baqirishim kerak. Sening so‘zing tufayli hammaga kulgi bo‘ldim, Kun bo‘yi meni masxara qilishyapti.
9. Bordi–yu, men: “Bo‘ldi, Egam haqida so‘zlamayman, Uning nomidan gapirmayman” desam, Sening so‘zing olov kabi ichimni yondiradi, O‘t qo‘yganday suyaklarimni zirqiratadi. So‘zingni ichimda saqlab turishdan charchadim, Ha, uni boshqa ushlab tura olmayman.
10. Eshityapman, ko‘pchilik g‘iybat qilyapti. Atrofimni dahshat qamragan! “Fosh bo‘lsin! Uni fosh qilaylik!” deb aytyaptilar. Hatto mening yaqin do‘stlarim ham Qoqinishimni poylab turibdilar, “Yeremiyo tuzoqqa tushadi, Shunda uni yengamiz, Undan qasdimizni olamiz”, deyaptilar.
11. Ammo Egam men bilan birgadir, U bahodir jangchiga o‘xshaydi. Meni quvg‘in qilganlar qoqilib tushadi, Ular mendan ustun kelolmaydi. Isnodga qoladi, muvaffaqiyatga erisholmaydi. Ular to abad dog‘da qoladi, Sharmandagarchiligi hech qachon unutilmaydi.
12. Ey Sarvari Olam, sen solih kishini sinaysan, Odamning dilini, o‘y–xayolini bilasan. Dushmanlarimdan o‘ch olganingni ko‘rayin, Axir, da’voimni Senga topshirdim!
13. Egamizga qo‘shiq kuylanglar! Egamizga hamdu sanolar aytinglar! Zero, U bechora bandaning jonini Badkirdorlar qo‘lidan qutqardi.
14. Evoh, tug‘ilgan kunim qurib ketsin! Onam meni tuqqan kun xosiyatsiz bo‘lsin!
15. Otamga xabar olib kelgan odam la’nati bo‘lsin, “O‘g‘il ko‘rding!” deya, uni xursand qilgan qurib ketsin.
16. Egamiz shafqatsizlarcha vayron qilgan Ko‘hna shaharlarday bo‘lsin o‘sha odam. U ertalabdanoq dodu faryodlar eshitsin, Kunduz kuni urush na’ralarini eshitsin.
17. Axir, u meni onamning qornidayoq o‘ldirmadi. Shunda onamning qorni qabrim bo‘lgan bo‘lardi, Onam to abad homilador bo‘lib qolgan bo‘lardi.
18. Nimaga ham tug‘ildim ekan–a?! Mashaqqatu qiyinchilik ko‘rish uchunmi?! Umrimni sharmandalikda xazon qilish uchunmi?!

1. Shoh Zidqiyo Yeremiyo payg‘ambarning oldiga Malkiyo o‘g‘li Peshxur va Masiyo o‘g‘li ruhoniy Zafaniyoni yubordi. Shunda Egamiz O‘z so‘zini Yeremiyoga ayon qildi. Peshxur bilan Zafaniyo Yeremiyoga shunday dedilar:
2. “O‘tinamiz, biz uchun Egamizga yolvor, chunki Bobil shohi Navuxadnazar bizga hujum qilyapti. Balki Egamiz avvalgidek mo‘jizalar ko‘rsatib, Navuxadnazarni orqaga chekintirar.”
3. Yeremiyo ularga shunday deb javob berdi:
4. “Borib, Zidqiyoga Isroil xalqining Xudosi — Egamizning so‘zlarini aytinglar: Sizlar qo‘lingizga qurol olib, sizlarni qamal qilgan Bobil shohiga va Bobilliklarga qarshi jang qilyapsizlar. Ammo qo‘lingizdagi qurollaringizni Men Bobilliklarga emas, balki o‘zlaringizga qarshi ishlataman. Mana shu shahar markazida qurollaringizni uyib tashlayman.
5. Men O‘zim sizlarga qarshi chiqaman. O‘z qudratu ajoyibotlarim bilan, qahru g‘azabim bilan sizlarga qarshi jang qilaman.
6. Bu shahar aholisini yo‘q qilaman. Odamlaru hayvonlar o‘latdan nobud bo‘ladilar.”
7. Egamiz shunday demoqda: “Shundan keyin Men Yahudo shohi Zidqiyoni, uning a’yonlarini, shaharda urushdan, qahatchilikdan va o‘latdan omon qolgan hamma odamlarni Bobil shohi Navuxadnazarning qo‘liga beraman. Ularda qasdi borlarga topshiraman, dushman qo‘liga beraman. Dushmanlar shahar aholisini shafqatsizlarcha qirib tashlaydilar. Bironta odamning ham qonidan kechmaydilar, ularga achinmaydilar, rahm qilmaydilar.”
8. “Sen bu xalqqa shunday deb ayt: Egamiz demoqda: Men sizlarga ikkita yo‘lni — hayot va o‘lim yo‘lini berdim.
9. Shaharda qolganlar qilich, qahatchilik va o‘latdan nobud bo‘ladilar. Shahardan chiqib, Bobilliklarga taslim bo‘lganlar esa tirik qoladilar. Bu odamlar hech bo‘lmasa o‘z jonlarini saqlab qoladilar.
10. Men bu shaharga yaxshilik emas, kulfat keltirishga qaror qildim. Bu shaharni Bobil shohiga taslim qilib beraman. Navuxadnazar shaharga o‘t qo‘yadi.” Egamizning kalomi shudir.
11. “Yahudo shohining xonadoniga shunday deb ayt: Egamizning so‘zini eshitinglar,
12. ey Dovud sulolasi! Egamiz shunday demoqda: Har kuni ertalabdan adolat qilinglar, Jabrdiydalarni zo‘ravonlar qo‘lidan qutqaringlar. Aks holda qilgan yovuzliklaringiz tufayli Mening g‘azabim alanga oladi, U g‘azabimni so‘ndirishga hech kimning qurbi yetmaydi.”
13. Egamiz shunday demoqda: “Ey, vodiydagi qoya ustida qurilgan Quddus, Men senga qarshiman! Sizlar aytasiz: “Kim ham bizga qarshi chiqa olardi?! Kim ham qo‘rg‘onlarimizga kira olardi?!”
14. Men qilmishingizga yarasha jazoingizni beraman. Shohning saroyiga o‘t qo‘yaman, Olov atrofdagi hamma narsani yondiradi.” Egamizning kalomi shudir.

1. Egamiz menga shunday dedi: “Yahudo shohi saroyiga borib, quyidagi gaplarimni ayt:
2. Ey, Dovud taxtida o‘tirgan Yahudo shohi, eshit. A’yonlaring va mana bu saroyga kirgan odamlaring ham sen bilan birga Egamizning so‘zini eshitsin.
3. Egamiz shunday demoqda: Adolat va to‘g‘rilik bilan ish tuting. Jabrdiydalarni zo‘ravonlarning qo‘lidan qutqaring. Musofirlarga, yetim va bevalarga nohaqlik qilmang, ularni ezmang. Bu yerda begunoh odamning qonini to‘kmang.
4. Bordi– yu, sizlar haqiqatan ham bularga rioya qilsangizlar, Quddus taxtida doim Dovud naslidan bo‘lgan shoh o‘tiradi. Jang aravalariyu otlar mingan shohlar saroy darvozalaridan kirishadi. A’yonlar va xalq ham ular bilan birga kiradi.
5. Bordi–yu, bu amrlarimga rioya qilmasangizlar, Men O‘zimning nomim haqi ont ichib aytamanki, bu saroy vayron bo‘ladi.” Egamizning kalomi shudir.
6. Egamiz Yahudo shohining saroyi haqida shunday demoqda: “Sen Men uchun go‘zal Gilad yurtiga o‘xshaysan, Bamisoli Lubnonning yuksak cho‘qqilarisan. Lekin qasam ichib aytamanki, sen sahroga o‘xshab qolasan, Huvullagan bir shaharga aylanib qolasan.
7. Senga qarshi bosqinchilarni jo‘nataman, Qurollangan odamlarni yuboraman. Ular sara sadrlaringni kesadilar, Yog‘ochlaringni olovga tashlaydilar.
8. Ko‘plab xalqlar bu shahar oldidan o‘tayotib, bir–birlaridan: “Nega Egamiz bunday buyuk shaharni shu ko‘yga solgan ekan–a?” deb so‘raydilar.
9. Ularga shunday javob berishadi: “Shahar aholisi o‘zlarining Egasi Xudo bilan tuzgan ahdini buzdi. Boshqa xudolarga sajda qilib, xizmat qiladigan bo‘ldi.”
10. O‘lgan shohingiz uchun yig‘lamang, U uchun aza tutmang. Undan ko‘ra surgun bo‘lgan shahzodangiz uchun qayg‘uring, U uchun achchiq–achchiq ko‘z yosh to‘king. Axir, u endi qaytib kelmaydi, Ona yurtini boshqa ko‘rmaydi.
11. Shoh Yo‘shiyodan keyin Yahudo taxtiga Yo‘shiyoning o‘g‘li Yohuxoz o‘tirgan edi. Shoh Yohuxoz surgun qilingandan keyin Egamiz u haqda shunday dedi: “U bu yerga hech qachon qaytib kelmaydi.
12. Surgun qilingan yerda olamdan o‘tadi, bu yurtni boshqa ko‘rmaydi.”
13. “Uyini nohaqlik bilan qurganning holiga voy! Yuqori xonalarini adolatsizlik bilan bino qilganning holiga voy! Bunday odam birodarini tekinga ishlatadi, Uning mehnat haqini bermaydi.
14. U shunday deydi: “Mana, o‘zim uchun katta saroy qurdim, Yuqori qavatdagi xonalarni keng qildirdim.” U uyiga katta oynalar qo‘ydirmoqda, Devorlarini sadr yog‘ochi bilan qoplamoqda, Ularni qirmizi rangga bo‘yamoqda.
15. Sen o‘zing uchun ko‘p sadr yog‘ochini yig‘ding, Bu bilan sen yaxshi shoh bo‘lib qolmading! Sening otang ham xohlaganicha yeb–ichgan, Ammo doim haqiqatu adolatni o‘rnatgan. Shu sababdan uning ishi yurishgan.
16. U faqiru bechorani himoya qilgan, Shuning uchun farovon hayot kechirgan. Xudoni bilish degani shu emasmi?!” Egamizning kalomi shudir.
17. “Sen esa faqat nohaq foydani ko‘zlaysan. Begunoh odamning qonini to‘kasan, Zo‘ravonlik va zulm o‘tkazasan.”
18. Shu sababdan Yo‘shiyo o‘g‘li Yahudo shohi Yohayiqim haqida Egamiz shunday demoqda: “Uning uchun hech kim aza tutmaydi, “Voy, jigarim! Voy, jigarim!” deya yig‘lamaydi. “Xo‘jayinim! Olampanohim!” deya hech kim kayg‘urmaydi.
19. Uni o‘lgan eshakning ahvoliga soladilar, Quddus darvozalaridan sudrab chiqib, otib yuboradilar.
20. Ey Quddus, Lubnonga chiqib faryod qilgin, Bashan o‘lkasiga borib, xitob etgin. Aborim tog‘larida turib, ovozing boricha baqirgin, Chunki hamma o‘ynashlaring yo‘q bo‘ldi.
21. Farog‘atda yashaganingda, senga gapirdim, Sen esa “Gapingga quloq solmayman!” deb aytding. Ha, yoshligingdan shu yo‘lni tutgansan, Gapimga sen kirmagansan.
22. Shamol hamma cho‘ponlaringni supurib ketadi, O‘ynashlaring surgun bo‘ladi. Sen esa qabih ishlaring tufayli uyatda qolasan, Sharmandayi sharmisor bo‘lasan.
23. Sen “Lubnon” saroyida yashab yuribsan, Sadr daraxtlari orasida in qurgansan, Ammo tug‘ayotgan ayol kabi dard chekasan, Azobdan ingraysan.
24. Yohayiqim o‘g‘li Yohayixin haqida Egamiz shunday demoqda: “Ey Yahudo shohi Yohayixin, bordi–yu, sen Mening o‘ng qo‘limdagi muhr uzugim bo‘lganingda edi, Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, seni uloqtirib tashlagan bo‘lar edim.
25. Sen kimdan qo‘rqsang, seni o‘shaning qo‘liga beraman, senda qasdi borlarning qo‘liga topshiraman. Seni shoh Navuxadnazarning va Bobilliklarning qo‘liga beraman.
26. Seni va seni tuqqan onangni begona bir yurtga, kindik qoning to‘kilmagan bir yerga uloqtirib yuboraman. Sizlar o‘sha yerda o‘lasizlar.
27. Sizlar bu yurtga qaytib kelishni orzu qilasizlar, ammo qaytib kelmaysizlar.”
28. Yohayixin tashlab yuboriladigan siniq xumday bo‘lib qoladi, Hech kimga kerak bo‘lmaydigan sopol idishga o‘xshab qoladi. U bolalari bilan surgun bo‘ladi! O‘zi bilmagan yurtga uloqtirib tashlanadi!
29. Ey yurt, yurt, yurt! Egamizning so‘zini eshit!
30. Egamiz shunday demoqda: “Bu odamning farzandlarini nasabnomaga kiritmang, Uni hayotda omadi yo‘q, deb qayd qiling. Uning zurriyotidan birortasi muvaffaqiyat qozonmas, Birortasi Dovud taxtiga chiqa olmas. Yahudoda ular hech qachon hukmronlik qilmaydilar.”

1. Egamiz shunday demoqda: “Cho‘ponlar yaylovimdagi qo‘ylarni tarqatib yuboryaptilar, ularni yo‘q qilyaptilar. Bunday cho‘ponlarning holiga voy!”
2. Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday demoqda: “Ey xalqimni boqqan cho‘ponlar, sizlar qo‘ylarimni o‘z holiga tashlab qo‘ydingizlar. Ularni tarqatib, uzoqlarga qochirib yubordingizlar. Bu qilgan yovuz qilmishingiz uchun Men sizlarni o‘z holingizga qo‘ymay jazolayman.” Egamizning kalomi shudir.
3. “Men qo‘ylarimni har xil yurtlarga haydab yuborgan edim. Endi O‘zim ularni yig‘ib olaman, o‘zlarining yayloviga olib kelaman. Ular barakali bo‘lib, ko‘payadilar.
4. Men ular ustidan boshqa cho‘ponlarni tayinlayman. Cho‘ponlar qo‘ylarimni boqadilar. Shunda qo‘ylarim hech narsadan qo‘rqmaydi, sarosimaga tushmaydi. Ularning birontasi ham yo‘qolmaydi”, deb aytmoqda Egamiz.
5. Egamiz demoqda: “Shunday kunlar keladiki, Men Dovud naslidan solih bir novdani chiqaraman. Bu Shoh donolik bilan hukmronlik qiladi. Adolat va to‘g‘rilik bilan ish tutadi.
6. Uning hukmronligi davrida Yahudo xalqi bexatar yashaydi, Isroil xalqi osoyishta hayot kechiradi. O‘sha Shohni “Egamiz najotkorimizdir”, deb atashadi.”
7. Egamiz demoqda: “Shunday kunlar keladiki, odamlar ont ichganda: ‘Isroil xalqini Misrdan olib chiqqan Egamiz shohid’, deb aytmaydigan bo‘ladi.
8. Buning o‘rniga ular: ‘Isroil naslini shimoldagi yurtdan va surgun qilingan barcha boshqa yurtlardan olib chiqqan Egamiz shohid’, deb ont ichadigan bo‘ladi. Ular o‘z yurtlarida yashashadi.”
9. Payg‘ambarlar haqida: Yurak–bag‘rim ezilib ketdi, Vujudim titrab ketmoqda. Egamiz tufayli, Uning aytgan muqaddas so‘zi tufayli Men mast odamga o‘xshab qoldim, Sharobga bo‘kkan kishiday bo‘lib qoldim.
10. Evoh, yurt zinokorlarga to‘lib ketdi, La’nat tufayli yer qaqrab qoldi, Dashtdagi yaylovlar qurib yotibdi. Payg‘ambarlar qabihlik qilishga shoshiladi, Kuchini haqsizlik yo‘lida ishlatishadi.
11. Egamiz shunday demoqda: “Payg‘ambaru ruhoniylar betavfiqdirlar, Hatto Mening uyimda ham qabihlik qilganlarini ko‘rdim.”
12. “Shu sababdan yurgan yo‘llari sirpanchiq bo‘ladi, Ular zulmatga g‘arq bo‘lishadi. Hammasi yiqilib qoladi. Jazo oladigan yili, Boshlariga kulfat keltiraman”, deb aytmoqda Egamiz.
13. “Samariya payg‘ambarlari orasida Jirkanch bir ishni ko‘rdim: Ular Baal nomidan bashorat qilishdi, Xalqimni yo‘ldan ozdirishdi.
14. Ammo Quddus payg‘ambarlari orasida Bundan ham battarog‘ini ko‘rdim: Ular zino qilib, yolg‘on ichida yashashadi, Yovuzlarning ishini qo‘llab turishadi, Shuning uchun hech kim yomon yo‘lidan qaytmayapti. Nazarimda ularning hammasi Sado‘m odamlariday bo‘lib qolgan, Quddus aholisi G‘amo‘ra aholisiga o‘xshab qolgan.”
15. Sarvari Olam payg‘ambarlar haqida shunday demoqda: “Men ularga achchiq o‘tdan yediraman, Zaharli suvdan ichiraman, Zero, Quddus payg‘ambarlari tufayli Yurtimda betavfiqlar ko‘payib ketdi.”
16. Sarvari Olam shunday demoqda: “Sizlarga bashorat qilayotgan payg‘ambarlarning gaplariga quloq solmanglar. Ular qo‘yningizni puch yong‘oqqa to‘ldiryapti. Ular Mening og‘zimdan chiqqan so‘zlarni emas, o‘z dil orzularini aytishyapti.
17. Egangizning so‘zidan nafratlangan odamlarga ular hadeb “Hammasi yaxshi bo‘ladi” deyishadi. Yuragidagi o‘jarliklarni bajarganlarga “Boshingizga balo–qazo yetmaydi”, deyishadi.”
18. Xo‘sh, Egamizning kengashida ulardan qaysi biri qatnashibdi?! Xudoning so‘zini qaysi biri eshitibdi?! Qaysi biri e’tibor bilan Uni tinglabdi?!
19. Ana, bo‘ron ko‘tarildi! Bu Egamizning g‘azabidir. Uning g‘azabi quyun girdobi bo‘lib, Fosiqlarning boshiga tushdi.
20. Egamiz ko‘nglidagi niyatini bajarmaguncha, Uni oxirigacha yetkazmaguncha, G‘azabidan tushmaydi. Keyinchalik buni anglab olasizlar.
21. Egamiz shunday dedi: “Bu payg‘ambarlarni Men yubormadim, Ular o‘zlari yugurib bordilar. Ularga Men gapirmadim, Ular esa bashorat qildilar.
22. Agar o‘sha payg‘ambarlar kengashimda bo‘lganlarida edi, So‘zlarimni xalqimga yetkazgan bo‘lardilar. Xalqimni yomon yo‘ldan, Yovuz qilmishlardan qaytargan bo‘lardilar.”
23. Egamiz shunday demoqda: “Men hamma yoqdaman — yaqinda ham, uzoqda ham o‘sha Xudoman.”
24. “Kim Mendan yashirina oladi?! Yeru ko‘kni to‘ldirib turgan Men emasmi?!” deb aytmoqda Egamiz.
25. “Mening nomimdan yolg‘on bashorat qilgan payg‘ambarlarning: “Men bir tush ko‘rdim! Xudo menga bir tush berdi!” deganlarini eshitdim.
26. Qachongacha bu davom etadi?! Ular yuraklaridagi hiylayu nayranglarini, yolg‘on bashoratlarini bas qilishadimi, yo‘qmi?!
27. Ularning ota–bobolari Meni unutib, Baalga sajda qilgan edilar. Shu singari bu soxta payg‘ambarlar “Xalq Egamizni unutsin”, deya bir–birlariga tushlarini aytishadi.”
28. Egamiz shunday demoqda: “Mayli, tush ko‘rgan payg‘ambar tushini aytsin, so‘zimni eshitgan esa uni sadoqat bilan e’lon qilsin. Axir, somon bilan bug‘doyning farqi bor– ku!”
29. Egamiz shunday demoqda: “Mening so‘zim olovday kuydiradi. Qoyani yoradigan bolg‘aday zarba beradi.”
30. Egamiz demoqda: “Bu payg‘ambarlar “Egamizning so‘zi” deb bir–biridan gap o‘g‘irlaydi. Men ularga qarshiman.”
31. “Ha, Men o‘sha payg‘ambarlarga qarshiman”, — deb aytmoqda Egamiz. “Ular o‘zlaricha valdirab yuradilar, yana “bu Egamizning so‘zlari”, deb aytadilar.
32. Uydirma tushlarini aytgan payg‘ambarlarga qarshiman! Ular yolg‘onlariyu telbaligi bilan xalqimni yo‘ldan ozdirishmoqda. Ularni Men tayinlamaganman, xalqimning oldiga Men yubormaganman. Xalqimga ularning zarracha ham foydasi yo‘q.” Egamizning kalomi shudir.
33. Egamiz menga dedi: “Ey Yeremiyo, agar xalqimdan bo‘lgan birorta odam, payg‘ambar yoki ruhoniy sendan: “Bu safar Egamiz bizga nima yuklamoqchi?” deb so‘rasa, sen shunday deb javob ber: “Sizlar o‘zlaringiz Egamizga yuk bo‘ldingizlar. Endi U sizlarni uloqtirib tashlaydi.”
34. Bordi–yu, biron odam, payg‘ambar yoki ruhoniy: “Egamizning so‘zi bizga yuk bo‘ldi”, deb aytadigan bo‘lsa, Men unday odamni butun xonadoni bilan jazolayman.
35. Sizlar bir– biringizdan: “Egamiz nima deb javob berdi?” yoki “Egamiz nima deb aytdi?” deb so‘ranglar.
36. Ammo “Egamiz bizga nima yuklamoqchi?” deya boshqa so‘ramanglar. Zero, odamlar bu iborani ishlatib, o‘z so‘zlarini ishonarli qilmoqchi bo‘ladilar, barhayot Xudo, Sarvari Olam — Xudoyimizning so‘zlarini buzib aytadilar.
37. Sizlar esa payg‘ambarning oldiga borganingizda, undan: “Egamiz sizga nima javob berdi?” yoki “Egamiz sizga nima dedi?”, deb so‘ranglar.
38. Bordi–yu, sizlar gapimga kirmay, “Egamiz bizga nima yuklamoqchi?” deb yana so‘rasangizlar,
39. Men sizlarni yuk ko‘targanday ko‘tarib, O‘z huzurimdan uloqtirib tashlayman. Ota–bobolaringizga O‘zim bergan shaharni ham shu ko‘yga solaman.
40. Abadiy isnod va sharmandalikka duchor qilaman. Bunday sharmandalikni unutib bo‘lmaydi.”

1. Egamiz menga Ma’bad oldida turgan ikki savat anjirni ko‘rsatdi. Bu voqea Bobil shohi Navuxadnazar Quddusdagi Yahudo shohi Yohayixinni, Yahudo a’yonlarini, hunarmandlaru temirchilarni Bobilga asir qilib olib ketgandan so‘ng sodir bo‘ldi. Shoh Yohayixin Yohayiqimning o‘g‘li edi.
2. Men ko‘rgan savatlarning birida yaxshi chillaki anjirlar, boshqasida esa yomon, yeb bo‘lmaydigan anjirlar bor edi.
3. Egamiz mendan: — Yeremiyo, nimani ko‘ryapsan? — deb so‘radi. — Anjirlarni, — deb javob berdim men. — Yaxshi anjirlar nihoyatda yaxshi ekan, yomonlari esa yeb bo‘lmaydigan darajada irib ketgan ekan.
4. Shunda Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
5. Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday demoqda: “Bobilliklarning yurtiga surgun bo‘lgan Yahudo asirlari o‘sha yaxshi anjirlarga o‘xshaydi. Men ularga iltifot ko‘rsataman.
6. Nazarimni solib, yaxshilik qilaman, ularni bu yurtga qaytarib olib kelaman. Ularni yo‘q qilmayman, balki qayta bunyod etaman. Qo‘porib tashlamayman, balki barqaror qilaman.
7. Qalblariga Meni bilish istagini solaman, ular Meni, Egamiz, deb tan oladilar. Butun qalblari bilan Menga qaytadilar. Ular Mening xalqim, Men esa ularning Xudosi bo‘laman.”
8. Ammo Yahudo shohi Zidqiyo to‘g‘risida, uning a’yonlari, Quddusning omon qolgan aholisi va Misrga qochib borganlari to‘g‘risida Egamiz shunday demoqda: “Ular yeb bo‘lmaydigan anjirlarga o‘xshaydi. Irigan anjirlarni nima qilishsa, Men ham ularni shunday qilaman.
9. Ularning boshiga shunday kulfat solamanki, buni ko‘rgan yer yuzidagi barcha xalqlar dahshatga tushadi. Men ularni tarqatib yuborgan hamma joyda odamlar ularning ustidan kuladi, ularni mazax qiladi, xor qiladi, nomini qarg‘ishlarda ishlatadi.
10. Men ularga va ota–bobolariga bergan yurtdan ularni qirib tashlamagunimcha boshlariga urush, ocharchilik va o‘lat yuboraman.

1. Yahudo shohi Yo‘shiyo o‘g‘li Yohayiqim hukmronligining to‘rtinchi yilida Yeremiyoga Yahudo xalqi to‘g‘risida Egamizning so‘zi ayon bo‘ldi. Bobil taxtiga xuddi o‘sha yili Navuxadnazar o‘tirgan edi.
2. Payg‘ambar Yeremiyo Yahudo xalqi va Quddus aholisiga shunday dedi:
3. “Omon o‘g‘li Yo‘shiyo Yahudoda hukmronlik qilgan davrning o‘n uchinchi yilidan tortib to bugunga qadar Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qilib kelmoqda. Mana, yigirma uch yildirki, men sizlarga to‘xtovsiz gapiryapman, ammo sizlar gaplarimga quloq solmayapsizlar.
4. Egamiz oldingizga payg‘ambar qullarini birin–ketin yuborgan bo‘lsa ham, sizlar ularning gaplarini eshitmadingiz, ularga quloq solmadingiz.
5. Ular sizlarga aytishgan edi: “Qabih ishlaringizni bas qilinglar. Yomon yo‘ldan qaytinglar. Shunda Egamiz sizlarga va ota–bobolaringizga abadiy mulk qilib bergan yurtda qolasizlar.
6. Boshqa xudolarga ergashmanglar. Ularga xizmat qilmanglar, sajda etmanglar. Yasagan butlaringiz bilan Egamizni g‘azablantirmanglar. Shunda Egamiz boshingizga falokat keltirmaydi.”
7. Ammo sizlar gapimga quloq solmadingizlar. Butlaringiz bilan Meni g‘azablantirib, o‘z boshingizga falokat keltirdingizlar.” Egamizning kalomi shudir.
8. Shu sababdan Sarvari Olam demoqda: “Sizlar gapimga kirmaganingiz uchun,
9. Men shimoldagi barcha qabilalarni yig‘ib olaman. Bobil shohi qulim Navuxadnazarni ham chaqiraman. Ularni sizlarga qarshi, bu yurt aholisi va yon– atrofingizdagi xalqlarga qarshi tortib kelaman. Men sizlarni tamomila qirib bitiraman. Ahvolingizni ko‘rgan odamlar qotib qoladi, sizlarni ko‘rganlar dahshatga tushadi. Men yurtingizni abadiy xarobazorga aylantiraman.
10. Shunday qilamanki, orangizda shodu xurramlik sadolari bo‘lmaydi, kelin–kuyovning ovozi eshitilmaydi, tegirmonning tovushi chiqmaydi. Chirog‘ingiz yonmaydi.
11. Butun yurt vayron bo‘lib, xarobazorga aylanadi. Bu xalqlar yetmish yil mobaynida Bobil shohiga xizmat qilishadi.”
12. Egamiz shunday demoqda: “Yetmish yildan keyin esa Men Bobil shohini, uning xalqini va Bobilliklarning butun yurtini qilgan gunohlari uchun jazolayman. Ularning yurti to abad huvullab qoladi.
13. O‘zim aytgan hamma kulfatlarni o‘sha yurtga yog‘diraman. Bu kitobda yozilgan hamma falokatlarni keltiraman. Yeremiyoning hamma xalqlarga qarshi aytgan bashoratlarini amalga oshiraman.
14. Bobilliklar ko‘plab xalqlaru buyuk shohlarga qul bo‘ladilar. Qilgan qilmishlariga yarasha jazolarini oladilar.”
15. Isroil xalqining Xudosi — Egamiz menga shunday dedi: “Qo‘limdagi kosani ol. Bu kosa g‘azabim sharobiga to‘la. Men seni yuboradigan hamma xalqlarga bu kosadagi sharobdan ichir.
16. Ular sharobdan ichadilar, gandiraklab qolib, aqldan ozadilar. Axir, Men ularga qarshi qilich yuboraman.”
17. Men Egamizning qo‘lidagi kosani oldim. Egamiz meni qaysi xalqlar oldiga yuborgan bo‘lsa, o‘sha xalqlarga sharobdan ichirdim:
18. Quddus, Yahudo yurtining shaharlari va u yerdagi shohu a’yonlar xonavayron bo‘lsin, deb men ularga sharobdan ichirdim. Bugungacha ularning ahvolidan odamlar yoqasini ushlaydi, xalqimning nomini qarg‘ishlarda ishlatishadi.
19. So‘ng men Misrga yo‘l oldim. Fir’avn, uning xizmatkorlari, a’yonlari, butun xalqi
20. va u yerda yashayotgan musofirlarga sharobdan ichirdim. So‘ng Uz nomli yurtning shohlariga, shuningdek, Ashqalon, G‘azo, Exron va talafot ko‘rgan Ashdodda hukmronlik qilgan hamma Filist shohlariga sharobdan ichirdim.
21. So‘ng men Edom, Mo‘ab, Ommonga,
22. Tir, Sidon va dengiz ortidagi yurtlarning shohlariga sharobdan ichirdim.
23. Dedon, Temo, Buz va sochini oldirib yuradigan boshqa hamma xalqlarga sharobdan ichirdim.
24. Hamma Arabiston shohlariga, sahroda yashaydigan har xil ko‘chmanchi qabilalarning hamma shohlariga sharobdan ichirdim.
25. Zimri, Elam va Midiya yurtlarining hamma shohlariga sharobdan ichirdim.
26. Shimoldagi uzog‘u yaqinda bo‘lgan hamma shohlarga sharobdan ichirdim. Yer yuzidagi barcha saltanatlarga birin–ketin borib keldim. Oxiri kosadagi sharobdan Bobil taxtida o‘tirgan shoh ichadigan bo‘ldi.
27. Egamiz menga dedi: “Ularga shunday deb ayt, Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam demoqda: G‘azab kosamdan ichinglar! Mast bo‘lib qusinglar! Turmaydigan bo‘lib yiqilinglar, chunki Men sizlarning ustingizga qilich yuboryapman.”
28. Bordi–yu, ular qo‘lingdagi kosani olishdan va sharob ichishdan voz kechsalar, sen ularga shunday deb ayt: “Sarvari Olam sizlarga “Ichishingiz shart!” deb aytmoqda.
29. Mana, O‘zimga tegishli Quddus shahriga kulfat yog‘dira boshladim. Sizlar jazodan qochib qutularmidingiz?! Yo‘q, jazodan qutula olmaysizlar! Men yer yuzidagi barcha odamlarni urush balosiga giriftor etaman.” Sarvari Olamning kalomi shudir.
30. “Shuning uchun, ey Yeremiyo, sen bu so‘zlarning hammasini ularga ayt: Egamiz yuksakdan o‘kiradi, Muqaddas makonidan sado beradi. Yurtiga shiddat bilan o‘kiradi. Uzum ezuvchilar kabi baqiradi, Yer yuzidagi hamma insonlarga hayqiradi.
31. Gumburlashi dunyoning chetigacha eshitiladi. Zero, Egamiz xalqlarga da’vo qilmoqda, Dunyodagi odamzodni U hukm etmoqda, Fosiqlarni qilichdan o‘tkazmoqda.” Egamizning kalomi shudir.
32. Sarvari Olam shunday demoqda: “Qaranglar, falokat kelmoqda, Xalqdan xalqqa yuqmoqda! Dunyoning to‘rt burchagidan Kuchli bo‘ron ko‘tarilmoqda!
33. O‘sha kuni butun yer yuzi, bu boshidan narigi chetigacha Xudoning qudratidan nobud bo‘lgan odamlarning jasadlariga to‘ladi. Marhumlar uchun hech kim marsiya aytmaydi, hech kim ularni yig‘ib ko‘mmaydi. Ular yer ustida go‘ngday yotaveradi.
34. Ey cho‘ponlar, uvvos solib yig‘langlar! Ey yo‘lboshchilar, kulga belaninglar! Bo‘g‘izlanadigan kuningiz yetib keldi, Jasadlaringiz yerda sochilib yotadi, Chilparchin bo‘lgan qimmatbaho ko‘zaday bo‘ladi.
35. Cho‘ponlar hech qayerga qocha olmaydi, Yo‘lboshchilar qutulolmaydi.
36. Eshiting! Yo‘lboshchilar faryod qilmoqda, Cho‘ponlar ho‘ngramoqda! Egamiz ularning yaylovlarini nobud qilyapti.
37. Sokin maysazorlarini payhon etyapti. Axir, Egamizning g‘azabi alanga oldi.
38. O‘lja qidirib uyasidan chiqqan sherday, Egamiz O‘z makonidan chiqdi. Egamizning alangali g‘azabi tufayli, Urush balosi tufayli Butun yurt xarobazorga aylanadi.

1. Yo‘shiyo o‘g‘li Yohayiqimning Yahudodagi ilk hukmronligi davrida Yeremiyoga Egamiz O‘z so‘zini ayon qildi.
2. Egamiz shunday dedi: “Ey Yeremiyo, uyimning hovlisiga borib tur. Yahudo shaharlaridan uyimga sajda qilmoqchi bo‘lib kelgan hamma odamlarga gapir. Men senga amr qilgan barcha so‘zlarni, birontasini ham qoldirmay ularga ayt.
3. Balki, ular Men aytgan gaplarga quloq solib, yovuz yo‘llaridan qaytishar. Shunda Men ham shaxtimdan qaytaman. Qilgan qabihliklari tufayli boshlariga keltirmoqchi bo‘layotgan falokatni keltirmayman.
4. Sen ularga shunday deb ayt: Egamiz demoqda: “Sizlar Menga quloq solmadingizlar, bergan qonunlarimni bajarmadingizlar.
5. Oldilaringizga qayta–qayta payg‘ambar qullarimni jo‘natdim, ammo sizlar ularning gapiga kirmadingizlar. Agar endi aytganlarimni bajarmasangizlar,
6. Men bu uyni Shilo‘ning ko‘yiga solaman. Bu shaharni esa yer yuzidagi xalqlar orasida la’nati qilaman.”
7. Ruhoniylar, payg‘ambarlar va butun xalq Yeremiyoning Egamiz uyida aytayotgan bu gaplarini eshitishdi.
8. Yeremiyo Egamizning amr qilgan hamma so‘zlarini butun xalqqa aytib bo‘lgach, ruhoniylar, payg‘ambarlar va butun xalq unga tashlanib: “O‘ldiringlar uni!” — deya baqira boshlashdi.
9. “Sen hali Egamiz nomidan bashorat qiladigan bo‘lib qoldingmi?! “Bu uy Shilo‘ning ko‘yiga tushadi, bu shahar esa vayron bo‘lib huvullab qoladi”, deb aytishga qanday jur’at etding?!” Egamiz uyidagi butun olomon Yeremiyoni o‘rab oldi.
10. Bundan xabar topgan saroydagi Yahudo a’yonlari Egamizning uyiga keldilar. Qozilik qilish uchun Yangi darvozaning kiraverishidagi kursilarga o‘tirdilar.
11. Shunda ruhoniylar bilan payg‘ambarlar yetib kelgan a’yonlarga va xaloyiqqa murojaat qilib dedilar: “Bu odam o‘limga loyiq! U shahrimizga qarshi bashorat qildi, buni o‘z qulog‘ingiz bilan eshitdingiz.”
12. Yeremiyo o‘z navbatida shunday dedi: “Sizlar eshitgan barcha so‘zlarni gapirishim uchun, meni Egam yubordi. “Bu uyga va shaharga qarshi bashorat qil”, dedi.
13. Agar sizlar yomon yo‘lingizdan qaytsangiz, turmush tarzingizni o‘zgartirsangiz, Egangiz Xudoga itoat etsangiz, Egamiz ham shaxtidan qaytadi, sizlarga e’lon qilgan falokatni boshingizga keltirmaydi.
14. Mana, men sizning ixtiyoringizdaman. Nimani to‘g‘ri, deb bilsangiz, menga shuni qiling.
15. Faqat bilib qo‘yinglar: agar meni o‘ldirsangizlar, sizlar ham, shahar aholisi ham aybsiz odamning qonini to‘kkan bo‘lasizlar. Zotan, bu so‘zlarning hammasini sizlarga aytishim uchun Egamizning O‘zi meni yuborgan.”
16. So‘ng a’yonlar bilan butun xaloyiq ruhoniylarga va payg‘ambarlarga shunday dedilar: “Yo‘q, bu odam o‘limga loyiq emas. U bizga Egamiz Xudo nomidan gapiryapti–ku!”
17. Yurtning bir nechta oqsoqoli ham chiqib, to‘plangan butun olomonga shunday dedilar:
18. “Yahudo shohi Hizqiyo davrida bashorat qilib yurgan Mo‘rashatlik Mixo ham Yahudo xalqiga shunday deb aytgan edi: “Sarvari Olam demoqda: Quddus daladay shudgor qilinadi, Sion xarobazor bo‘ladi, Egamizning uyi turgan tog‘ni Qalin o‘rmonzor qoplaydi.”
19. O‘shanda Yahudo shohi bilan butun xalq payg‘ambarni o‘ldirganmidi?! Aksincha, shoh Egamizdan qo‘rqib, Undan marhamat so‘ragan edi. Egamiz esa shaxtidan qaytib, ularga e’lon qilgan falokatni boshlariga keltirmadi. Biz–chi? Biz o‘zimizning boshimizga o‘zimiz falokat keltiryapmiz–ku!
20. Egamizning nomidan bashorat qilgan yana bir odam bor edi. U Xirat–Yorimlik Shamayo o‘g‘li Uriyo edi. U ham xuddi Yeremiyoga o‘xshab bu yurt va shaharga qarshi bashorat qilgan edi.
21. Shoh Yohayiqim, uning hamma soqchilari va a’yonlari Uriyoning so‘zlarini eshitdilar. Shunda shoh Uriyoni o‘ldirishga qasd qildi. Bundan xabardor bo‘lgan Uriyo qo‘rqqanidan Misrga qochib ketdi.
22. Shoh Yohayiqim uning orqasidan Axbor o‘g‘li Elnatanni odamlari bilan jo‘natdi.
23. Ular Uriyoni Misrda tutib olib, shohning oldiga olib kelgan edilar. Shoh uni o‘ldirib, jasadini avom xalqning qabristoniga tashlagan edi.”
24. Shunga qaramay, Shofon o‘g‘li Oxixam Yeremiyoning tarafini oldi. Yeremiyoni o‘ldirmoqchi bo‘lgan olomonning qo‘liga topshirishga yo‘l qo‘ymadi.

1. Yo‘shiyo o‘g‘li Zidqiyo Yahudoda hukmronlik qilayotgan ilk davrida, Egamiz O‘z so‘zini Yeremiyoga ayon qildi.
2. Egamiz menga shunday dedi: “Yog‘ochdan bir bo‘yinturuq yasa, qayishlar yordamida uni gardaningga osib ol.
3. So‘ng esa Quddusga — shoh Zidqiyo huzuriga kelgan elchilar orqali Edom, Mo‘ab, Ommon, Tir va Sidon shohlariga xabar jo‘nat.
4. Ularga quyidagi xabarni yetkazishlarini buyur: Isroilning Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: “Shohlaringizga aytinglar,
5. bu dunyoni, yer yuzidagi odamzodu hayvonlarni Men O‘z qudratim va ajoyibotlarim bilan yaratganman. Shunday ekan, ularni xohlagan odamga beraman.
6. Ana shu yurtlarning barchasini Men Bobil shohi qulim Navuxadnazarga berdim. Hattoki yovvoyi hayvonlarni ham uning izmiga topshirdim, ular ham Navuxadnazarga xizmat qilishadi.
7. Navuxadnazarning shohligi qulaguncha hamma xalqlar unga, uning o‘g‘liyu nevarasiga xizmat qiladi. Keyin esa Navuxadnazarning o‘zi ham ko‘plab xalqlarga va buyuk shohlarga xizmat qilishga majbur bo‘ladi.
8. Bobil shohi Navuxadnazarga xizmat qilmagan, unga bo‘yin bermagan har bir xalq va shohlikni Men urushga, qahatchiligu o‘latga giriftor etib, qirib tashlayman. O‘sha xalqni Navuxadnazar orqali butunlay yo‘q qilmagunimcha qo‘ymayman.” Egamizning kalomi shudir.
9. “Sizlar Bobil shohiga xizmat qilmaysizlar”, deya karomat qilayotgan payg‘ambarlaringizga, folbinlaringizga, tush ta’birchilariga, bashoratgo‘y odamlaringizga, sehrgarlaringizga ishonmanglar.
10. Ular sizlarga yolg‘on bashorat qilyaptilar. Agar ularga quloq solsangizlar, Men sizlarni bu yerdan chiqarib yuboraman. Uzoq yurtlarga surgun qilaman, oqibatda sizlar halok bo‘lasizlar.
11. Bobil shohining bo‘yinturug‘i ostida bo‘yin eggan, unga xizmat qilgan har bir xalqni esa Men o‘z yurtida qoldiraman. Ular o‘z joyida yashab, o‘z yeriga ishlov beradilar.” Egamizning kalomi shudir.
12. Men Yahudo shohi Zidqiyoni ham xuddi shunday deb ogohlantirdim: “Bobil shohiga bosh eging, uning o‘ziga ham, xalqiga ham xizmat qiling, shunda joningizni saqlab qolgan bo‘lasiz.
13. Egamiz: “Bobil shohiga xizmat qilmagan har bir xalq urush, qahatchilik va o‘latdan nobud bo‘ladi” degan edi. Nahotki o‘zingizning va o‘z xalqingizning joniga zomin bo‘lsangiz?!
14. “Bobil shohiga xizmat qilmang”, deb aytayotgan payg‘ambarlarning gaplariga quloq solmang, ular sizlarga yolg‘on bashorat qilyapti.
15. O‘sha payg‘ambarlar haqida Egamiz shunday deb aytdi: “Ularni Men yubormaganman. Ular Mening nomimdan yolg‘on bashorat qilishyapti. Shunday ekan, Men sizlarni va sizlarga bashorat qilayotgan payg‘ambarni bu yurtdan uloqtirib tashlayman. Hammangiz halok bo‘lasizlar.”
16. So‘ng men ruhoniylarga va butun xalqqa gapirdim: “Egamiz shunday demoqda: Egamizning uyiga qarashli ashyolar Bobildan yaqinda olib kelinadi, deb aytayotgan payg‘ambarlarga quloq solmanglar. Ular sizlarga yolg‘on bashorat qilishyapti.
17. Ularga quloq solmanglar! Joningizni saqlab qolmoqchi bo‘lsangizlar, Bobil shohiga xizmat qilinglar. Aks holda shahar vayron qilinadi!
18. Agar ular haqiqatan ham payg‘ambarlar bo‘lishsa, agar chindan ham Mening kalomim ularga ayon bo‘lgan bo‘lsa, unda ular Menga — Sarvari Olamga yolvorishsin. “Sening uyingdagi, shoh saroyidagi va Quddusdagi qolgan ashyolar Bobilga olib ketilmasin”, deb Menga iltijo qilishsin.
19. -
20. Bobil shohi Navuxadnazar Yahudoga bostirib kelib, taxtda o‘tirgan Yohayiqim o‘g‘li Yohayixinni Yahudo amaldorlari bilan birga asir qilib olib ketganda, Ma’baddagi ikkita bronza ustunni, hovuzni, tagkursilarni va Quddusdagi ayrim idishlarni qoldirib ketgan edi. O‘sha qolgan–qutgan ashyolar haqida Sarvari Olam shunday demoqda:
21. “Men, Isroil xalqining Xudosi, Sarvari Olam uyimda, shoh saroyida va Quddusda qolgan ashyolar haqida aytadigan gaplarimni eshitinglar:
22. Ashyolarning hammasi Bobilga olib ketiladi. Men ularni olib kelgani bormagunimcha, o‘sha yerda qoladi. So‘ng esa Men ularni qaytarib olib kelaman, shu yerga joylashtiraman.” Egamizning kalomi shudir.

1. Ayni o‘sha yili, ya’ni Yahudo shohi Zidqiyo hukmronlik qilayotgan ilk davrida, to‘rtinchi yilining beshinchi oyida Xanoniyo payg‘ambar Egamiz uyidagi ruhoniylar va xalq oldida menga gapirdi. Xanoniyo Givonlik Ozzurning o‘g‘li edi. U menga shunday dedi:
2. “Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam demoqda: Bobil shohi solgan bo‘yinturuqni Men sindirib tashladim.
3. Shoh Navuxadnazar uyimdan Bobilga olib ketgan hamma ashyolarni Men ikki yil ichida bu yerga qaytarib olib kelaman.
4. Bundan tashqari, Bobilga surgun bo‘lgan Yahudo shohi Yohayiqim o‘g‘li Yohayixinni va u bilan birga hamma asirlarni qaytarib olib kelaman. Men Bobil bo‘yinturug‘ini sindirib tashlayman.” Egamizning kalomi shudir.
5. Shunda men Egamiz uyida hozir bo‘lgan ruhoniylar va xalq oldida Xanoniyoga
6. shunday dedim: “Omin! Egamiz shunday qilsin. Bashorat qilgan so‘zlaringizni Egamizning O‘zi bajo aylasin. O‘z uyining ashyolariyu asirlarni Bobildan qaytarib, bu yerga olib kelsin.
7. Endi esa men sizga va xalqqa aytmoqchi bo‘lgan mana bu gaplarimni eshiting.
8. Sizdan va mendan oldin o‘tgan payg‘ambarlar ko‘p yurtlaru buyuk shohliklarga qarshi urush, ocharchilik va o‘latni bashorat qilgan edilar.
9. Tinchlikni bashorat qilgan payg‘ambarning bashorati bajo bo‘lganidan keyingina, xalq uni “haqiqatan ham Egamizning elchisi”, deb tan olar edi.”
10. So‘ng Xanoniyo payg‘ambar Yeremiyoning gardanidagi bo‘yinturuqni olib sindirdi–da,
11. to‘planib turgan xaloyiqqa murojaat qilib dedi: “Egamiz aytmoqda, xuddi shunday qilib, Men ikki yil ichida Bobil shohi Navuxadnazarning xalqlarga solgan bo‘yinturug‘ini olib, sindirib tashlayman.” Bu gaplardan keyin Yeremiyo o‘z yo‘liga ketdi.
12. Xanoniyo payg‘ambar Yeremiyo payg‘ambarning gardanidagi bo‘yinturuqni sindirgandan keyin, ko‘p o‘tmay Egamiz Yeremiyoga O‘z so‘zini ayon qilib dedi:
13. “Xanoniyoning oldiga borib, shunday deb ayt: Egamiz aytmoqda, sen yog‘och bo‘yinturuqni sindirding, ammo o‘shaning o‘rniga Men temirini yasayman.
14. Zero, Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: Men bu xalqlarning gardaniga temir bo‘yinturuq solaman. Ularning hammasi Bobil shohi Navuxadnazarga xizmat qilishadi. Ha, ularning hammasi Navuxadnazarga bosh egadi. Men hatto yovvoyi hayvonlarni ham Navuxadnazarning izmiga topshiraman.”
15. Yeremiyo payg‘ambar Xanoniyo payg‘ambarga dedi: “Menga qara, Xanoniyo, Egamiz seni yubormagan. Sen esa bu xalqni yolg‘on gaplaringga ishontirib qo‘yding.
16. Shu qilganing uchun Egamiz shunday demoqda: Men seni yer yuzidan daf qilaman. Sen o‘z bashoratlaring bilan xalqni Egangga qarshi qo‘zg‘atganing uchun shu yiliyoq o‘lasan.”
17. O‘sha yilning yettinchi oyida Xanoniyo olamdan o‘tdi.

1. Yeremiyo payg‘ambar Bobilda asirlarning orasida omon qolgan oqsoqollarga, ruhoniylarga, payg‘ambarlarga va asirlikda yurgan butun xalqqa Quddusdan bir maktub yo‘lladi. Bu asirlarni shoh Navuxadnazar Quddusdan Bobilga surgun qilgan edi.
2. Shoh Yohayixin, ona malika, a’yonlar, Yahudo va Quddus yo‘lboshchilari, hunarmandlaru temirchilar Quddusdan surgun qilingandan keyin bu maktub yozildi.
3. Yeremiyo maktubini Shofon o‘g‘li Elasax va Xilqiyo o‘g‘li Gamariyo orqali jo‘natdi. Yahudo shohi Zidqiyo bu odamlarni Bobil shohi Navuxadnazar huzuriga yuborgandi. Maktub quyidagi mazmunda edi:
4. “Isroil Xudosi — Sarvari Olam Quddusdan Bobilga surgun qilgan barcha odamlarga shunday demoqda:
5. O‘zlaringizga yashash uchun uylar quringlar, bog‘–rog‘lar yaratinglar, mevalaridan tanovul qilinglar.
6. Uylaninglar, o‘g‘il–qizlar ko‘ringlar, o‘g‘illaringizga qizlar olib beringlar. Qizlaringizni turmushga beringlar, ular ham uvali–juvali bo‘lishsin. O‘sha yerda ko‘payinglar, soningiz kamaymasin.
7. Men sizlarni surgun qilgan o‘sha shaharning tinch va farovon hayoti uchun mehnat qilinglar. O‘sha shahar uchun Menga ibodat qilinglar. Shahar tinch bo‘lsa, sizlar ham tinch bo‘lasizlar.”
8. Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: “Orangizdagi payg‘ambarlar bilan folbinlar sizlarni laqillatishmasin. Ular ko‘rgan tushlarini aytganlarida quloq solmang,
9. ular Mening nomim bilan bashorat qilib aytayotgan hamma gaplari yolg‘ondir. Ularni Men oldingizga yubormaganman.” Egamizning kalomi shudir.
10. Egamiz shunday demoqda: “Bobil hukmronligiga yetmish yil bo‘lgandan keyin, Men oldingizga boraman. Bergan ezgu va’damga binoan sizlarni shu yerga qaytarib, olib kelaman.
11. Axir, Men sizlar to‘g‘ringizda tuzgan rejalarimni bilaman. Bu rejalarim sizlarga kulfat emas, farovonlik olib keladi, yorug‘ kelajagu umid beradi.” Egamizning kalomi shudir.
12. “O‘sha damlarda Menga qilgan iltijoyu ibodatlaringiz ijobat bo‘ladi.
13. Meni butun qalbingiz bilan izlasangizlar, topasizlar.
14. Ha, Meni topasizlar, — deb aytmoqda Egamiz. — Men sizlarni yana farovonlikka erishtiraman. Sizlarni surgun bo‘lgan barcha xalqlar orasidan, hamma yurtlardan yig‘ib olaman. Sizlarni chiqarib yuborgan ona yurtingizga qaytarib olib kelaman.” Egamizning kalomi shudir.
15. Sizlar: “Egamiz bizga Bobilda payg‘ambarlar berdi”, deb aytishingiz mumkin.
16. Endi Dovud taxtida o‘tirgan shoh haqida, hanuz Quddusda yashab kelayotgan butun xalq haqida, sizlar bilan surgunga ketmagan qarindosh–urug‘ingiz haqida Egamizning aytgan so‘zlarini eshiting.
17. Sarvari Olam shunday demoqda: “Men ularning boshiga urush, ocharchilik va o‘lat balosini keltiraman. Ularni yeb bo‘lmaydigan chirik anjirga o‘xshatib qo‘yaman.
18. Qilich, ocharchilik va o‘lat bilan ularning ketidan quvaman. Bularni ko‘rgan yer yuzidagi hamma shohliklar dahshatga tushadi. Men ularni tarqatib yuborgan joyda ularning ahvolini ko‘rgan hamma odamlar dahshatga tushib, yoqasini ushlaydi. Ularni masxara qilib, nomini qarg‘ishlarda ishlatishadi.
19. Axir, ular gapimga quloq solmadilar”, deb aytmoqda Egamiz. “Men ularning oldilariga payg‘ambar qullarimni uzluksiz yuborib turdim. Biroq ular payg‘ambarlarimga quloq solmadilar.” Egamizning kalomi shudir.
20. Shunday ekan, ey Men Bobilga surgun qilgan asirlar, gaplarimga quloq solinglar!
21. Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam Xulayo o‘g‘li Axab va Masiyo o‘g‘li Zidqiyo haqida shunday demoqda: “Ular Mening nomim bilan yolg‘on bashoratlar aytib yurishibdi. Men ularni Bobil shohi Navuxadnazar qo‘liga topshiraman. Sizlarning ko‘zingiz oldida o‘ldirtirib yuboraman.
22. Shundan keyin Bobildagi Yahudolik asirlar birovni qarg‘aganda shunday deb aytadigan bo‘ladi: “Iloyim, boshingga Bobil shohi tiriklayin yoqib yuborgan Zidqiyo va Axabning kuni tushsin.”
23. Axab bilan Zidqiyoning qismati shudir, chunki ular Isroilda razilliklar qildilar. Qo‘shnilarining xotinlari bilan zino qildilar. Men ularga amr qilmagan bo‘lsam ham, Mening nomimdan yolg‘on gapirdilar. Qilgan qilmishlarini bilaman, O‘zim shularga guvohman.” Egamizning kalomi shudir.
24. Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam menga Naxalamlik Shamayo to‘g‘risida bir xabar berdi.
25. Shamayo o‘zboshimchalik qilib, Quddusdagi hamma odamga, Masiyo o‘g‘li ruhoniy Zafaniyoga va boshqa hamma ruhoniylarga bir maktub jo‘natgan ekan. U maktubida ruhoniy Zafaniyoga shunday deb yozgan ekan:
26. “Egamizning O‘zi sizni Yohayido o‘rniga ruhoniy qilib tayinladi. Siz Egamiz uyining nazoratchisi sifatida, o‘zini payg‘ambar qilib ko‘rsatgan har bir telbani kishanlab, zanjirband qilishingiz lozim.
27. Nega endi Onoto‘tlik Yeremiyoga indamay yuribsiz? U sizlarning orangizda o‘zini payg‘ambar qilib ko‘rsatib yuribdi–ku!
28. U Bobilga, bizga maktub jo‘natib, maktubida: “Sizlar uzoq yillar davomida surgunda yashaysizlar. O‘zlaringizga yashash uchun uylar quringlar, bog‘–rog‘lar yaratinglar, mevasidan tanovul qilinglar”, deb yozibdi.”
29. Bu maktubni Yeremiyoga ruhoniy Zafaniyo o‘qib berdi.
30. Shunda Egamiz Yeremiyoga O‘z so‘zini ayon qildi:
31. “Surgundagi barcha odamlarga shunday deb yoz: Naxalamlik Shamayo haqida Egamiz demoqda: Shamayoni Men yubormaganman. U esa bashorat qilib, sizlarni yolg‘on gaplariga ishontirib qo‘ydi.
32. Shuning uchun Men uni butun xonadoni bilan birga jazolayman. Bu xalq orasida uning avlodidan bo‘lgan bironta odam ham tirik qolmaydi. Ularning birontasi ham xalqimga Men qiladigan yaxshiligimni ko‘rmaydi, chunki Shamayo o‘z gaplari bilan xalqimni Menga qarshi qo‘zg‘atmoqchi bo‘ldi.” Egamizning kalomi shudir.

1. Egamizning so‘zi Yeremiyoga ayon bo‘ldi.
2. Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday dedi: “Men senga aytgan barcha so‘zlarimni o‘rama qog‘ozga yozib qo‘y.
3. Shunday kunlar keladiki, Men xalqim Isroilni va Yahudoni yana farovonlikka erishtiraman. Ota–bobolariga bergan yurtga ularni olib kelaman. Ular o‘sha yurtga egalik qiladilar.” Egamizning kalomi shudir.
4. Quyida Egamizning Isroil va Yahudo haqida aytgan so‘zlari yozilgan:
5. “Egamiz shunday demoqda, Sarosima xitoblarini eshitdik. Ana, vahima sadolari eshitilmoqda! Tinchlik yo‘q!
6. Qani, so‘rab ko‘ring: Erkak kishi tug‘adimi? Nega unda men ko‘rgan har bir kuchli erkak Dard tutgan ayolday belini ushlab olgan? Nega har bir erkakning yuzi bo‘zday oqargan?
7. Evoh, naqadar dahshatli bu kun! Bunday kun hech qachon bo‘lmagan. Yoqub nasli uchun bu jabr kuni bo‘ladi, Ammo bu kundan xalqim qutqariladi.”
8. Sarvari Olam shunday demoqda: “O‘sha kuni Men xalqimning bo‘ynidagi bo‘yinturuqni sindiraman, kishanlarini uzib tashlayman. Mening xalqim endi hech qachon ajnabiylarga qul bo‘lmaydi.
9. Ular Menga — O‘z Egasi Xudoga va Men taxtga o‘tqizadigan Dovud avlodidan bo‘lgan shohga xizmat qilishadi.
10. Egamiz shunday demoqda: “Ey qulim Yoqub, qo‘rqma! Ey Isroil xalqi, sarosimaga tushma! Men seni olis yurtdan ozod qilib olib kelaman, Naslingni surgun bo‘lgan mamlakatdan qutqaraman. Ey Yoqub nasli, sen yurtingga qaytasan, Osoyishta va bexatar yashaysan. Endi hech kim seni qo‘rqitmaydi.”
11. Egamiz shunday demoqda: “Men sen bilan birga bo‘laman, O‘zim seni qutqaraman. Seni xalqlar orasiga tarqatgan edim, Endi o‘sha xalqlarning hammasini qirib tashlayman. Seni esa qirib yubormayman, Ammo jazosiz ham qoldirmayman, Adolat ila jazoingni beraman.”
12. Mana, Egamiz xalqiga shunday demoqda: “Yarangni davolab bo‘lmaydi, Sening darding tuzalmasdir.
13. Arzingni eshitadigan odam yo‘q, Yarang uchun dori–darmon yo‘q, Seni davolab bo‘lmaydi.
14. Hamma o‘ynashlaring seni unutdi, Ularning sen bilan ishi yo‘q. Men dushman kabi senga hamla qildim, Shafqatsiz jazoingni berdim. Og‘ir jinoyating, ko‘p gunohlaring uchun, Seni shu ko‘yga soldim.
15. Nechun jon achchig‘ida baqiryapsan?! Yarangni davolab bo‘lmaydi, axir! Og‘ir jinoyating, ko‘p gunohlaring uchun Seni shu ko‘yga soldim.
16. Ammo seni halok qilganlar halok bo‘ladi, Dushmanlaringning hammasi surgun qilinadi. Seni talon–taroj qilganlar talanadi. Senga hujum qilganlar bosib olinadi.
17. Dushmanlar seni “Tashlab ketilgan”, deb atashsa ham, “Hech kimning Quddus bilan ishi yo‘q”, deb aytishsa ham, Men seni sog‘aytiraman, Yarangga shifo beraman.” Egamizning kalomi shudir.
18. Egamiz shunday demoqda: “Men Yoqub naslining chodirlarini qayta tiklayman. Xalqim xonadonlariga rahm–shafqat qilaman. Shahar o‘z vayronalari ustida qayta bunyod bo‘ladi, Saroy o‘z joyida tiklanadi.
19. U yerdan shukrona qo‘shiqlari eshitiladi, Shodlik hayqiriqlari yangrab turadi. Men xalqimni ko‘paytiraman, Ularning soni kamaymaydi. Ularni obro‘–e’tiborli qilaman, Hech kim ularni oyoq osti qilmaydi.
20. Farzandlari oldingiday farovon hayot kechiradi, Jamoasi oldimda mustahkam turadi. Ularga jabr qilganlarni Men jazolayman.
21. Shahzodasi o‘zlaridan chiqadi, Hukmdori Mening xalqimdan bo‘ladi. Men uni O‘zimga yaqinlashtiraman, Shunda u Menga yaqinlasha oladi. Zotan hech kim o‘zidan o‘zi Menga yaqinlashishga jur’at etmaydi!” deb aytmoqda Egamiz.
22. Shunda sizlar Mening xalqim, Men esa sizlarning Xudoyingiz bo‘laman.
23. Qaranglar, Egamiz g‘azabga mindi, Uning qahri bo‘ronga o‘xshaydi, Avj olgan to‘fonday, Fosiqlarning boshiga tushadi.
24. Egamiz niyatini to‘liq bajarmaguncha, O‘z g‘azabidan tushmaydi. Keyinchalik buni anglab olasiz.”

1. Egamiz shunday demoqda: “O‘sha vaqtda Men hamma Isroil qabilalarining Xudosi bo‘laman, ular esa Mening xalqim bo‘ladi.”
2. Egamiz shunday demoqda: “Qirg‘indan omon qolgan Isroil xalqi Orom izlab safarga chiqqanda, Sahroda inoyat topdi.
3. Men qadimda Isroilga zohir bo‘lib, shunday degan edim: Seni mangu sevgi bilan sevdim, Senga sodiq bo‘lib keldim.
4. Ey bokira qiz Isroil, Men seni qaytadan bunyod etaman. Sen qayta bino bo‘lasan. Sen yana childirmalaringni chalasan, Quvonch ila raqsga tushasan.
5. Samariya qirlarida yana uzumzorlar barpo qilasan. Tok ekkan dehqonlar o‘z hosilidan yeydilar.
6. Shunday kunlar keladiki, Soqchilar Efrayim qirlarida jar soladilar: “Kelinglar, Egamiz Xudoning oldiga boraylik! Kelinglar, Quddusga chiqaylik!”
7. Egamiz shunday demoqda: “Yoqub nasli uchun sevinch ila qo‘shiq ayting, Ha, xalqlar sardori uchun Xudoni madh qiling. Xudoga hamdu sanolar o‘qing, Unga yolvorib ayting: “Ey Egamiz, O‘z xalqingni xalos qilgin! Isroilning omon qolganlarini qutqargin!”
8. Men ularni shimoldan olib kelaman, Dunyoning to‘rt burchagidan yig‘ib olaman. Oralarida ko‘ru cho‘loqlar bo‘ladi, Homilador ayollaru to‘lg‘oq tutayotganlar bo‘ladi. Katta bir jamoa bo‘lib, bu yerga qaytib kelishadi.
9. Ular yo‘l yurib, ko‘z yosh to‘kishadi, Ularni boshlab kelayotganimda iltijo qilishadi. Men ularni suv buloqlari bo‘ylab yetaklayman, Qoqilmasin deb, tekis yo‘ldan olib yuraman. Zotan, Men Isroilning otasidirman, Efrayim Mening to‘ng‘ich o‘g‘limdir.
10. Ey xalqlar, Egamizning so‘zini eshitinglar, Dengiz ortidagi yurtlarda shunday e’lon qilinglar: “Egamiz Isroil xalqini tarqatib yubordi, Ammo endi uni qayta yig‘ib oladi, Cho‘pon suruvini qo‘riqlaganday, Egamiz Isroilni qo‘riqlaydi.”
11. Zero, Yoqub naslini Egamiz ozod qildi, Ulardan kuchliroq bo‘lgan bir xalqdan bu naslni qutqardi.
12. Yoqub nasli Quddus qirlarida quvonch ila ashula aytadi, Egamiz bergan barakadan quvonadi. Bug‘doy, sharob va zaytun moyi tufayli, Suruvdagi qo‘zilaru podalardagi buzoqlar tufayli Ularning yuzidan nur sochiladi. Ular sug‘orilgan boqqa o‘xshaydigan bo‘ladi, Butunlay qayg‘uni unutib yuborishadi.
13. Qizlar xursand bo‘lib, raqsga tushadilar, Erkaklarning yoshu qarisi shod bo‘ladi. Men ularning qayg‘usini quvonchga aylantiraman, Hasrat o‘rniga taskin va shodlik beraman.
14. Ruhoniylarni a’lo sifatli ovqatlar bilan to‘yg‘izaman, Xalqimni barakalardan bahramand qilaman.” Egamizning kalomi shudir.
15. Egamiz shunday demoqda: “Rama shahridan bir nido eshitilur, Achchiq bir nolayu ohu fig‘on bu. Bolalari uchun yig‘lar Rohila, Ovunishni xohlamas, Axir, ular endi yo‘q.”
16. Egamiz shunday demoqda: “Bo‘ldi bas, yig‘lama, Ko‘z yoshlaringni to‘kma. Zero, mehnating taqdirlanadi, Farzandlaring dushman yurtidan qaytib keladi.
17. Kelajaging uchun umid bor, Bolalaring o‘z yurtiga qaytib keladi.” Egamizning kalomi shudir.
18. Efrayimning hasratini eshitdim: “Meni jazolading, o‘zimga saboq oldim. Men o‘jar bir buzoqqa o‘xshagan edim. Meni qaytar, oldingga qaytib boray, Axir, Egam Xudo Sensan.
19. Sendan yuz o‘girganimdan pushaymon bo‘ldim, Esim joyiga kelgach, ko‘ksimga urdim. Yoshlikda isnodga qolganim tufayli Sharmandayu sharmisor bo‘ldim.”
20. “Efrayim — Mening aziz o‘g‘lonim, Suyukli farzandimdir u! Unga qarshi ko‘p gapirganim bilan, Xayolimdan uni ketkizmayman. Unga ich–ichimdan achinib ketdim, Albatta unga rahm qilaman.” Egamizning kalomi shudir.
21. Ey bokira qiz Isroil, O‘zing uchun yo‘l belgilarini qo‘y, Yo‘nalish ustunlarini o‘rnat. Kelgan yo‘lingni aniqlab ol. Qayt, o‘z shaharlaringga qayt.
22. Ey vafosiz qiz, Qachongacha ikkilanasan?! Egamiz dunyoda yangi bir narsa yaratadi: Isroil O‘z Xudosiga chirmashib oladi.
23. Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: “Men xalqimni yana farovonlikka erishtiraman. Shunda Yahudo yurtidagi va barcha shaharlaridagi odamlar Quddusni shunday duo qiladigan bo‘lishadi: ‘Ey muqaddas tog‘, Solihlik makoni, Egamiz senga baraka bersin!’
24. Odamlar Yahudo yurtida va uning hamma shaharlarida yashaydilar. U yerda dehqonlar va qo‘ylarni boqadigan chorvadorlar bo‘ladi.
25. Men chanqaganlarning chanqog‘ini qondiraman, toliqqan jonga orom beraman.”
26. Shunda odamlar miriqib uxlab, kuchga to‘lib uyg‘onadilar.
27. Egamiz shunday demoqda: “Shunday kunlar keladiki, Men Isroil va Yahudo yurtlarini odamlarga va hayvonlarga to‘ldiraman.
28. Ilgarilari Men bu xalqni qo‘porib, vayron qilgan bo‘lsam, ularni ag‘darib tashlab, yakson etgan bo‘lsam, boshlariga falokat keltirgan bo‘lsam, endi ularni qayta bunyod etib, mustahkam qilaman.” Egamizning kalomi shudir.
29. O‘shanda odamlar shunday deb aytmaydigan bo‘ladi: “Otalari achchiq uzum yeyishgan edi, Bolalarining esa tishi qamashdi.”
30. Aksincha, har bir odam qilgan gunohi uchun o‘zi o‘lim jazosini tortadi. Kim achchiq uzum yegan bo‘lsa, o‘shaning tishi qamashadi.”
31. Egamiz demoqda: “Shunday kunlar keladiki, Men Isroil va Yahudo xalqlari bilan yangi ahd tuzaman.
32. Bu yangi ahd Men ularning ota– bobolari bilan tuzgan ahdga o‘xshamaydigan bo‘ladi. Men ota–bobolarini qo‘lidan yetaklab, Misrdan olib chiqqanimda, ular bilan ahd tuzgan edim. Men ularga sodiq xo‘jayin edim, ammo ular o‘sha ahdimni buzishdi.”
33. Egamiz shunday demoqda: “Men kelajakda Isroil xalqi bilan tuzadigan ahd shunday bo‘ladi: Men qonunimni odamlarning ongiga solib qo‘yaman, qonunimni yuraklariga yozaman. Men ularning Xudosi, ular esa Mening xalqim bo‘ladilar.
34. Shundan keyin odamlar bir–biriga: ‘Egamizni tanib–biling’, demaydigan bo‘lishadi. Chunki ularning hammasi — kattasidan tortib kichigigacha Meni biladigan bo‘ladi. Men ularning ayblarini kechiraman, gunohlarini hech qachon esga olmayman.” Egamizning kalomi shudir.
35. Kunni yoritsin, deya Egamiz quyosh ato qildi. Kechasi nur sochsin, deya oy va yulduzlarni yaratdi. U dengizni ko‘pirtirar, To‘lqinlarini o‘kirtirar, Uning nomi Sarvari Olamdir. U shunday demoqda:
36. “Agar tabiatdagi bu tartib buzilsa, Isroil nasli ham xalq sifatida yo‘q bo‘ladi.”
37. Egamiz shunday demoqda: “Osmonu falakni o‘lchab bo‘lmaganday, Zamin poydevorini tekshirib bo‘lmaganday, Men ham Isroil naslini tark etolmayman, Qilgan qilmishlari uchun ularni tashlab ketolmayman.” Egamizning kalomi shudir.
38. Egamiz shunday demoqda: “Shunday kunlar kelyaptiki, Quddus Men uchun qayta tiklanadi. Butun shahar Xanonil minorasidan tortib, to Burchak darvozasigacha qayta quriladi.
39. Shahar kengayadi, chegarasi g‘arbdagi Goriv tepaligigacha borib, Go‘ax tomon buriladi.
40. O‘liklar ko‘milgan, axlat tashlangan butun Xinnum soyligi va Qidron soyligining sharqidagi Ot darvozasigacha cho‘zilgan hamma dalalar Men uchun muqaddas bo‘ladi. Quddus shahri endi hech qachon vayron qilinmaydi, xarobaga aylanmaydi.”

1. Yahudo shohi Zidqiyo hukmronligining o‘ninchi yilida Yeremiyoga Egamizning so‘zi ayon bo‘ldi. O‘sha yili Bobil shohi Navuxadnazar hukmronligining o‘n sakkizinchi yili bo‘lib,
2. ayni vaqtda u lashkarlari bilan Quddusni qamal qilib turgan edi. Yeremiyo esa Yahudo shohi saroyidagi soqchilar hovlisiga qamab qo‘yilgan edi.
3. (Shoh Zidqiyoning o‘zi Yeremiyoni o‘sha yerga qamatib, shunday degan edi: “Nega sen Egamizning nomidan bashorat qilib yuribsan? Sen shunday deb yurgan emishsan: “Egamiz bu shaharni Bobil shohining qo‘liga topshiradi, shahar taslim bo‘ladi.
4. Yahudo shohi Zidqiyo ham Bobilliklarning qo‘lidan qochib qutulolmaydi. U Bobil shohining qo‘liga topshiriladi. U o‘z ko‘zi bilan shoh Navuxadnazarni ko‘radi, Navuxadnazar u bilan yuzma–yuz gaplashadi.”
5. Yana shunday deb yurgan emishsan: “Navuxadnazar Zidqiyoni Bobilga olib ketadi. Egamiz Zidqiyoni jazolamaguncha Zidqiyo o‘sha yerda qoladi.” Yana: “Agar Bobilliklarga qarshi jang qilsangizlar, mag‘lub bo‘lasizlar”, deb aytgan ekansan.)
6. Egamiz Yeremiyoga O‘z so‘zini ayon qilib dedi:
7. “Ey Yeremiyo, sening oldingga Shallum amakingning o‘g‘li Xanomil keladi. U senga: “Onoto‘tdagi dalamni sotib ol. Eng yaqin qarindoshim bo‘lganing uchun, dalamni sotib olish huquqiga egasan”, deb aytadi.”
8. Keyin, xuddi Egamiz aytganidek, soqchilar hovlisiga amakivachcham Xanomil kirib keldi. U menga shunday dedi: “Benyamin hududida joylashgan Onoto‘tdagi dalamni sotib olsang, degan edim. Sen yaqin qarindoshim bo‘lganing uchun, dalamni o‘zingga mulk qilib olish huquqiga egasan. Dalamni sotib olaqol.” Shunda menga haqiqatan ham Egamiz gapirganini bildim.
9. Men amakivachcham Xanomildan Onoto‘tdagi dalani sotib olib, unga 43 misqol kumushni o‘lchab berdim.
10. Keyin vasiqaga qo‘l qo‘yib, uni muhrladim, hammasini guvohlar oldida qildim, kumushni tarozida o‘lchab berdim.
11. So‘ng muddat va shartlari bayon qilingan vasiqaning muhrlangan nusxasini, shuningdek, ochiq nusxani
12. Boruxga berdim (Borux Neriyoning o‘g‘li, Maxsiyoning nevarasi edi). Soqchilar hovlisida o‘tirgan hamma yahudiylar, vasiqaga qo‘l qo‘ygan guvohlar va amakivachcham Xanomil buning shohidi bo‘ldilar.
13. Men ularning oldida Boruxga shunday dedim:
14. “Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam demoqda: “Bu vasiqaning ikkala nusxasini, muhrlangan va ochiq nusxalarini olib, xumchaga solib qo‘y, toki ular uzoq yillar davomida saqlanib qolsin.
15. Zero, bu yurtda odamlar yana uylar, dalalar va uzumzorlar sotib oladigan bo‘lishadi.” Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olamning kalomi shudir.”
16. Men vasiqani Neriyo o‘g‘li Boruxga berganimdan so‘ng, Egamizga ibodat qildim:
17. “Yo Egam Rabbiy! Sen O‘z qudrating va ajoyibotlaring bilan yeru osmonni yaratding. Sening qo‘lingdan kelmaydigan narsa yo‘q.
18. Sen ming–ming avlodlarga O‘zingning mustahkam sevgingni ko‘rsatasan, ammo otalarning gunohlari uchun bolalarni jazolaysan. Ey, buyuk va qudratli Xudo! Sarvari Olamdir Sening noming.
19. Sen dono rejalar tuzib, buyuk ishlar qilasan. Foniy bandalar qilayotgan barcha ishlarni kuzatib turasan. Ularni qilmishiga yarasha jazolaysan, qilgan ishiga yarasha taqdirlaysan.
20. Sen Misrda yodda qoladigan alomatu mo‘jizalar ko‘rsatding. Hozirgi kunda ham Isroil va butun odamzod orasida Sening noming nihoyatda mashhur.
21. Alomatu mo‘jizalaring, O‘z qudratingu ajoyibotlaring, buyuk bir dahshating bilan Sen O‘z xalqingni Misrdan olib chiqqan eding.
22. Ota–bobolariga va’da qilgan, sut va asal oqib yotgan yurt ularga bergan eding.
23. Ular bu yurtga kelib, uni mulk qilib oldilar. Ammo Senga bo‘ysunmadilar, qonunlaringga rioya qilmadilar. Buyurgan amrlaringni bajarmadilar. Shu sababdan Sen bu falokatlarning hammasini ularning boshiga solding.
24. Ana endi Bobilliklar Quddusga hujum qilyaptilar. Quddusni qo‘lga kiritish uchun, shahar devoriga qiyalatib tuproq uyyaptilar. Qirg‘in, ocharchilik va o‘lat dastidan shahar taslim bo‘ladi. O‘zing ko‘rib turganingdek, aytganlaringning bari bajo bo‘lyapti.
25. Ey Egam Rabbiy, shahar Bobilliklarga taslim bo‘layotgan shunday bir paytda Sen menga: “Guvohlar oldida kumushga dala sotib ol”, deding–a!
26. Egamiz Yeremiyoga O‘z so‘zini ayon qildi:
27. “Men Egangman. Men barcha tirik jonning Xudosiman. Qo‘limdan kelmaydigan ish yo‘q!”
28. Egamiz yana shunday dedi: “Men bu shaharni Bobilliklarga, Bobil shohi Navuxadnazarga taslim qilib beraman. Ular shaharni qo‘lga kiritadilar.
29. Sizlarga hujum qilib kelayotgan bu Bobilliklar shaharga o‘t qo‘yadilar. Quddusdagi uylarni yondirib tashlaydilar! Axir, Quddus aholisi uylarining tomlari ustida Baalga qurbonliklar kuydirib, boshqa xudolarga sharob nazrlarini keltirib, Meni g‘azablantirdi.”
30. Egamiz shunday demoqda: “Isroil va Yahudo xalqlari yoshligidan beri oldimda faqat qabihlik qilishadi. Qachon qarasa, Isroil xalqi o‘z ishlari bilan Meni g‘azablantirib yuradi.
31. Bu shahar bino bo‘lgandan beri, to bugunga qadar, shahar aholisi Meni qattiq g‘azablantirib kelmoqda. Men ularni huzurimdan daf qilaman,
32. chunki Isroil va Yahudo xalqlari — shohlariyu a’yonlari, ruhoniylariyu payg‘ambarlari, Yahudo va Quddusda yashagan hamma odamlar qilgan yovuzliklari bilan jahlimni chiqardilar.
33. Ular Menga yuz burmay, orqa o‘girdilar. Men ularni to‘g‘ri yo‘lga solmoqchi bo‘lib astoydil harakat qilgandim, ammo ular Menga quloq solmadilar, o‘zlariga saboq olmadilar.
34. Mening nomim bilan atalgan uyga jirkanch butlarini o‘rnatib, uyimni harom qildilar.
35. Xinnum soyligida Baalga sajdagohlar qurdilar. U yerda o‘g‘il–qizlarini Mo‘laxga olovda kuydirib qurbonlik qildilar. Men ularga bunday jirkanch ishni amr qilmaganman, bu hatto xayolimga ham kelmagan. Natijada bu qilmishlari tufayli Yahudo jazoga loyiq bo‘ldi.”
36. Sizlar bu shahar haqida “Quddus shahri qirg‘in, ocharchilik va o‘lat dastidan Bobilliklar oldida taslim bo‘ladi”, deb aytyapsizlar, ammo Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday demoqda:
37. “Men g‘azab, qahr va qattiq jahl ustida turli yurtlarga xalqimni tarqatib yuborgan edim, endi ularni yig‘ib olaman. Ularni yana mana shu yerga olib kelaman. Ular bu yerda osoyishta umr kechiradilar.
38. Ular Mening xalqim, Men esa ularning Xudosi bo‘laman.
39. Ular Mendan har doim qo‘rqsin, deb ularni yakdil qilaman, hammasini hayotning bir maqsadi tomon yo‘naltiraman. Shunda o‘zlariga ham, bolalariga ham yaxshi bo‘ladi.
40. Men ular bilan abadiy ahd tuzaman. Ularga doim yaxshilik qilishdan qochmayman. Mendan yuz o‘girib ketmasliklari uchun, ularning yuraklariga Mendan qo‘rqish hissini solib qo‘yaman.
41. Men ularga yaxshilik qilganimdan xursand bo‘laman, ularni jonu dilim bilan bu yurtda albatta mustahkam o‘rnashtiraman.”
42. Egamiz shunday demoqda: “Men bu xalqning boshiga katta falokatni qanday yog‘dirgan bo‘lsam, va’da qilgan barcha ezguliklarimni ham ustilariga xuddi shunday yog‘diraman.
43. Odamlar bu yurt haqida “Ha, yurtimiz Bobilliklarga taslim bo‘ldi, odamlar va hayvonlarsiz huvullab qoldi”, deb aytishyapti. Ammo shunday kun keladiki, bu yurtdagi dalalar yana sotiladigan bo‘ladi.
44. Odamlar bu dalalarni kumushga sotib oladilar, guvohlar oldida vasiqalarga qo‘l qo‘yib, muhr bosadilar. Bunday hodisa Benyamin hududida, Quddus atrofida, Yahudo shaharlarida, qirlarda, g‘arbdagi qirlar etaklarida va Nagav cho‘lida sodir bo‘ladi. Axir, Men xalqimni yana farovonlikka erishtiraman.” Egamizning kalomi shudir.

1. Yeremiyo soqchilar hovlisida qamoqda o‘tirganda, Egamiz unga ikkinchi marta O‘z so‘zini ayon qildi.
2. Olamni yaratgan, yerga shakl berib o‘rnatgan, nomi Egamiz bo‘lgan Xudo shunday demoqda:
3. “Menga iltijo qil, senga javob beraman. Sen hali bilmaydigan buyuk sirlarni senga aytaman.”
4. Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday demoqda: “Sizlar dushmanning qamal inshootlaridan va uning qilichidan saqlanmoqchi bo‘lib, shahringiz devorlarini mustahkam qildingiz. Buning uchun uylaringizni, hatto Yahudo shohlarining saroylarini buzdingizlar.
5. Sizlar Bobilliklar bilan jang qilasizlar. Ular esa vayrona uylaringizni jasadlarga to‘ldiradilar. Men qahr– g‘azabga to‘lib, xalqimni qiraman! Xalqimning qabihliklari tufayli bu shahardan yuz o‘girdim.
6. Shunga qaramay, bu shaharga yana shifo beraman, uni sog‘aytiraman. Aholisini sog‘–salomat qilib, cheksiz tinchlik va osoyishtalikdan bahramand etaman.
7. Men Yahudo va Isroil xalqlarini yana farovonlikka erishtiraman, avvalgiday qayta bunyod etaman.
8. Menga qarshi qilgan barcha gunohlaridan ularni poklayman. Bosh ko‘tarib, qilgan gunohlarini kechiraman.
9. Yer yuzidagi hamma xalqlar oldida Quddus Menga shuhrat, quvonch va shon–sharaf keltiradi. Quddusga qilgan yaxshiligimni, uning ravnaqini ko‘rgan barcha ellarni qo‘rquv va titroq bosadi.”
10. Egamiz shunday demoqda: “Sizlar, bu huvullagan shaharda na odam, na hayvon bor, deb aytasizlar. Aytganingiz ham bejiz emas. Yahudo shaharlari bilan Quddus ko‘chalari huvullab qolgan, u yerda na odam, na hayvon bor. Biroq u yerda siz yana bir bor
11. quvonchu shodlik sadolarini, kelin–kuyov ovozlarini eshitasiz. Odamlar Egasining uyiga yana shukrona nazrlarini keltiradilar, shunday deb yana kuylaydilar: Shukrona ayting Sarvari Olamga, U yaxshidir! Uning sodiq sevgisi abadiydir! Men bu yurtni ilgarigi farovonligiga erishtiraman.” Egamizning kalomi shudir.
12. Sarvari Olam shunday demoqda: “Odam va hayvonsiz huvullab qolgan bu joyda, yurtning hamma shaharlarida yana yaylovlar bo‘ladi, cho‘ponlar u yerda qo‘ylarini o‘tlatishadi.
13. Qirlardagi shaharlarda, g‘arbiy qirlar etaklaridagi, Nagav cho‘lidagi va Benyamin hududidagi shaharlarda, Quddus atrofida, Yahudo shaharlarida cho‘ponlar yana qo‘ylarini sanaydigan bo‘ladi.” Egamizning kalomi shudir.
14. Egamiz shunday demoqda: “Men Isroil va Yahudo xalqlariga bergan ezgu va’damni bajaraman. Va’damni bajaradigan kunlar yaqinlashib kelyapti.
15. O‘sha kunlarda Men Dovud naslidan solih bir novdani yetishtiraman. Yurtda u adolatu to‘g‘rilik ila ish tutadi.
16. O‘sha kunlarda Yahudo xalqi bexatar yashaydi, Quddus aholisi osoyishta hayot kechiradi. Quddus shahri “Egamiz najotkorimizdir” deb nom oladi.”
17. Egamiz shunday demoqda: “Dovudning nasli Isroil taxtida abadiy o‘tiradi.
18. Levi avlodidan bo‘lgan ruhoniylar esa huzurimda qurbonliklar kuydirib, don nazrlarini keltiradilar, ular abadulabad Menga qurbonliklar qiladilar.”
19. Egamizning so‘zi Yeremiyoga ayon bo‘ldi.
20. Egamiz shunday dedi: “Bordi–yu, birontangiz tun va kun bilan tuzgan amrimni buzishga qodir bo‘lsangiz, ularning tartibini o‘zgartira olsangiz,
21. shundagina Men ham Dovud va Menga xizmat qilayotgan Levi avlodi bilan tuzgan ahdimni buzaman, Dovud sulolasini taxtdan tushiraman.
22. Men qulim Dovud naslini va Menga xizmat qilayotgan Levi avlodini osmondagi yulduzlarday, dengizdagi qumday son–sanoqsiz qilaman.”
23. Yeremiyoga Egamizning so‘zi ayon bo‘ldi:
24. “Bu odamlarning gapini eshitdingmi? Ular, Egamiz O‘zi tanlagan ikkita xalqni — Isroil va Yahudoni rad etdi, deb aytib yurishibdi. Bu odamlar xalqimdan shunchalik hazar qilishadiki, uni endi xalq deb tan olishdan or qilishyapti.”
25. Egamiz shunday demoqda: “Men kun va tunga bergan amrimni, osmonu falak uchun o‘rnatgan qonun–qoidalarimni hech qachon o‘zgartirmayman.
26. Shu singari Yoqub avlodini va qulim Dovud sulolasini rad etmayman. Men doimo Dovud naslidan shoh tanlayman. Uni Ibrohim, Is’hoq va Yoqub avlodining ustidan hukmron qilib qo‘yaman. Men xalqimni yana farovonlikka erishtiraman, ularga rahm–shafqat ko‘rsataman.”

1. Bobil shohi Navuxadnazar o‘z lashkarlari, qo‘li ostidagi barcha shohliklaru xalqlar bilan birga Quddusga va uning yon–atrofidagi shaharlarga qarshi jang qilayotgan edi. Shunda Yeremiyoga Egamizning so‘zi ayon bo‘ldi.
2. Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday demoqda: “Qani bo‘l, Yeremiyo, Yahudo shohi Zidqiyo huzuriga bor. Unga ayt: Egamiz shunday demoqda: “Men bu shaharni Bobil shohiga taslim qilaman, u shaharga o‘t qo‘yadi.
3. Sen ham Bobil shohining qo‘lidan qochib qutula olmaysan. Odamlar seni tutib oladilar. Bobil shohining qo‘liga topshiradilar. Sen o‘z ko‘zing bilan Bobil shohini ko‘rasan, u sen bilan yuzma–yuz gaplashadi. Keyin seni Bobilga jo‘natib yuboradi.
4. Biroq, ey Yahudo shohi Zidqiyo, Egamizning so‘zini eshit! Egamiz sen haqingda shunday demoqda: Sen qilichdan halok bo‘lmaysan.
5. Tinchgina olamdan ko‘z yumasan. Odamlar ota– bobolaringni, sendan oldin o‘tgan shohlarni qanday dafn qilishgan bo‘lsa, ularning sharafiga qanday gulxan yoqishgan bo‘lsa, sening sharafingga ham shunday gulxan yoqishadi. Yig‘i–sig‘i qilib: “Voy, xojam!” deya marsiya aytishadi.” Egamizning kalomi shudir.”
6. Yeremiyo payg‘ambar bularning hammasini Quddusda Yahudo shohi Zidqiyoga aytdi.
7. Shu orada Bobil shohining lashkarlari Quddus, Laxish va Ozikah shaharlariga hujum qilayotgan edilar. Yahudoning mustahkam shaharlaridan o‘shalargina yovga hanuzgacha taslim bo‘lmagan edi.
8. Shoh Zidqiyo Quddusdagi butun aholi bilan ahd qilib, ibroniy qullarini ozodlikka chiqarishni e’lon qilgandan keyin, Yeremiyoga Egamizning so‘zi ayon bo‘ldi.
9. Zidqiyo qilgan ahdga ko‘ra, hamma ibroniy qullariga va cho‘rilarga ozodlik berilishi lozim edi. Yahudiy birodarlarni qullikda tutish man etilgan edi.
10. A’yonlar bilan butun xalq ahd shartlariga ko‘ndi. Ular o‘z qullari bilan cho‘rilarini ozod qilishga, ularni bundan keyin qul qilib olmaslikka rozi bo‘lgan edilar. Barcha quldorlar ahdga rioya qilgan holda, qullariga ozodlik berishdi.
11. Keyinchalik esa o‘z fikrlaridan qaytib, ozod qilgan qul va cho‘rilarni majburlab, o‘zlariga yana qul qilib olishdi.
12. Shunda Egamizning so‘zi Yeremiyoga ayon bo‘ldi.
13. Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday demoqda: “Men ota–bobolaringizni Misrdagi qullikdan olib chiqqanimda, ular bilan ahd qilib, shunday degan edim:
14. O‘zini sizga sotib, olti yil xizmat qilgan har bir ibroniy qulini ozod qilinglar.” Ammo ota–bobolaringiz aytganlarimga e’tibor bermadilar, Menga quloq solmadilar.
15. Yaqinda esa sizlar tavba qilgan edingizlar. Mening nomim bilan atalgan uyimda — huzurimda turib, birodarlaringizni ozod qilishga ahd qilgan edingiz. Mening nazarimda bu ishingiz to‘g‘ri edi.
16. Keyin esa sizlar fikringizdan qaytdingizlar. Meni badnom qildingizlar. O‘z xohishiga ko‘ra, ozod qilingan qulu cho‘rilaringizni qaytarib oldingizlar, ularni qul bo‘lishga majbur qildingizlar.”
17. Egamiz shunday demoqda: “Sizlar Menga itoatsizlik qilib, yoru do‘stlaringizni, qo‘ni–qo‘shnilaringizni qo‘yib yubormadingiz, shuning uchun Men sizlarni qo‘yib yuboraman. Mana, urush, qahatchiligu o‘latga yo‘lingiz ochiq! Ahvolingizni dunyodagi barcha shohliklar ko‘rib, dahshatga tushadi.
18. Ahdimni buzgan bu odamlarni Men jazolayman. Ular huzurimda ahd tuzgan edilar, buzoqni ikki qismga bo‘lib, ikki bo‘lagi orasidan o‘tgan edilar. Ammo ahd shartlariga rioya qilmadilar. Shuning uchun Men ularni bo‘g‘izlangan buzoqning holiga tushiraman.
19. Buzoqning ikki bo‘lagi orasidan o‘tgan Yahudo a’yonlarini, Quddus ma’murlarini, saroy amaldorlarini, ruhoniylarini va xalq ommasini jazolayman.
20. Ulardan qasdi borlarga o‘zlarini topshiraman, dushman qo‘liga beraman. Jasadlari qushlarga va yovvoyi hayvonlarga yem bo‘ladi.
21. Yahudo shohi Zidqiyoni ham a’yonlari bilan birga dushman qo‘liga beraman, ulardan qasdi borlarga topshiraman. Vaqtinchalik chekingan Bobil shohining lashkarlariga ularni taslim qilaman.
22. Men buyruq berib, Bobilliklarni bu shaharga qaytarib olib kelaman. Ular sizlarga hujum qiladilar. Shaharni qo‘lga olib, o‘t qo‘yadilar. Yahudo shaharlari vayron bo‘ladi, u yerda hech kim yashamaydi.” Egamizning kalomi shudir.

1. Yo‘shiyo o‘g‘li shoh Yohayiqim hukmronlik qilgan davrda Egamiz O‘z so‘zini Yeremiyoga ayon qildi:
2. “Qani bo‘laqol, Yeremiyo, Raxav xonadoni huzuriga borib, u yerdagi odamlar bilan gaplash. So‘ng Egang uyidagi yon xonalarning biriga ularni taklif qilgin–da, sharobdan quyib ber.”
3. Men borib, Xavazzinyoning nevarasi — Yeremiyo o‘g‘li Yazaniyoni aka–ukalari bilan birga, hamma o‘g‘illarini va butun Raxav xonadonini chaqirib,
4. Ma’badga boshlab keldim. Ularni Yixdaliyo o‘g‘li Xanon payg‘ambarning o‘g‘illariga qarashli xonaga olib kirdim. Bu xonaning yonida Ma’bad a’yonlarining xonasi, tagida esa Shallum o‘g‘li Masiyoning xonasi joylashgan edi. Masiyo Ma’bad darvozaboni bo‘lib xizmat qilar edi.
5. Men dasturxonga idishlarni to‘ldirib sharob tortdim, piyolalar qo‘ydim. So‘ng Raxab nasliga: — Marhamat qilib, sharobdan ichinglar, — deb taklif qildim.
6. Ular shunday dedilar: — Biz sharob ichmaymiz. Ajdodimiz Raxav o‘g‘li Yohunadov bizga shunday amr qilgan edi: “Zinhor sharob ichmanglar, bolalaringiz ham ichmasin.
7. Uylar qurmanglar, ekin ekmanglar, uzumzorlar barpo qilmanglar, ularni o‘zingizga mulk qilib olmanglar. Ko‘chib borgan joyingizda uzoq vaqt yashay olishingiz uchun, chodirlarda kun kechiringlar.”
8. Shuning uchun biz ajdodimizning amriga bo‘ysunib, hech qachon sharob ichmaymiz, xotinlarimiz ham, o‘g‘il–qizlarimiz ham sharob ichmaydilar.
9. O‘zimiz uchun uylar qurmaymiz, bizda na uzumzor, na dala bor, na ekin ekamiz.
10. Biz ajdodimiz Yohunadovning amriga itoat qilib, bir umr chodirlarda yashab keldik.
11. Ammo Bobil shohi Navuxadnazar bu yurtga bostirib kelgandan so‘ng, Bobil va Oram lashkarlaridan qo‘rqib, Quddusga kelishga qaror qilgan edik. Shu sababdan hozir biz Quddusda yashab yuribmiz.
12. Shundan so‘ng Yeremiyoga Egamizning quyidagi so‘zi ayon bo‘ldi.
13. Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam unga shunday dedi: “Qani bo‘l, Yeremiyo, Yahudo xalqi va Quddus aholisining huzuriga borib, shunday deb ta’na qil: Sizlar o‘zi saboq olasizlarmi?! Menga itoat qilishni o‘rganasizlarmi o‘zi?!
14. Ana, ko‘rib qo‘ying, Raxav nasli o‘z ajdodining amriga itoat qilgani uchun, bugunga qadar sharobni og‘ziga ham olmay yuribdi. Men esa sizlarga qayta–qayta gapirgan bo‘lsam ham, sizlar Menga itoat qilmadingizlar.
15. Men payg‘ambar qullarimni oldingizga qayta–qayta jo‘natdim. Ular orqali sizlarni shunday deb ogohlantirgan edim: “Sizlarga va ota–bobolaringizga Men bergan bu yurtda yashay olishingiz uchun, yomon yo‘lingizdan qaytinglar. Turmush tarzingizni o‘zgartiringlar. Boshqa xudolarga ergashmanglar. Ularga xizmat qilmanglar.” Ammo sizlar quloq solmadingizlar, gapimga kirmadingizlar.
16. Yohunadovning avlodi o‘z ajdodi buyurib ketgan amrni ijro etdi, bu xalq esa Menga itoat qilmadi.”
17. Shuning uchun Isroil xalqining Xudosi, Parvardigori Olam — Egamiz shunday demoqda: “Men Yahudo va Quddus aholisiga gapirgan edim, ammo ular gaplarimga quloq solmadilar, ularni chaqirgan edim, ammo Menga javob bermadilar. Shuning uchun O‘zim aytgan barcha balo–qazolarni ularning boshlariga yog‘diraman.”
18. Raxav xonadoniga esa Yeremiyo shunday dedi: “Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam demoqda: Sizlar ajdodingiz Yohunadovning amriga itoat etdingiz, uning nasihatlarini rad etmay, aytganlarining hammasini bajardingiz, shuning uchun,
19. Raxav o‘g‘li Yohunadov avlodidan bo‘lgan kishi huzurimda abadulabad xizmat qiladigan bo‘ladi.” Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olamning kalomi shudir.

1. Yahudo shohi Yo‘shiyo o‘g‘li Yohayiqim hukmronligining to‘rtinchi yilida Yeremiyoga Egamizning shu so‘zi ayon bo‘ldi:
2. “O‘rama qog‘oz ol. Isroil, Yahudo va barcha shohliklarga qarshi Men aytgan so‘zlarni yozib qo‘y. Senga ilk bor Yo‘shiyo davrida ayon qilgan so‘zimdan tortib, to bugunga qadar aytgan barcha gaplarimni yoz.
3. Balki Yahudo xalqi Men boshlariga keltirmoqchi bo‘lgan falokatlar haqida eshitib, yovuz yo‘llaridan qaytar. Shunda Men ularning gunohu ayblarini kechiraman.”
4. Yeremiyo Neriyo o‘g‘li Boruxni chaqirib, Egamizning aytgan hamma so‘zlarini yozdirdi.
5. So‘ng Yeremiyo Boruxga tayinlab dedi: “Egamizning uyiga kirish menga man etilgan.
6. Shuning uchun ro‘za kuni sen o‘zing u yerga borasan. U yerdagi odamlarga men senga yozdirgan Egamizning so‘zlarini o‘rama qog‘ozdan o‘qib berasan. O‘sha kuni Yahudoning turli shaharlaridan kelgan xaloyiq Egamizning uyida bo‘ladi, ular ham o‘qiganingni eshitishsin.
7. Balki ular Egamizga yolvorib, yovuz yo‘llaridan qaytishar. Axir, Egamiz qahru g‘azabini ularga sochishini e’lon qildi!”
8. Neriyo o‘g‘li Borux Yeremiyoning aytganlarini to‘la–to‘kis bajardi. U Egamizning uyiga bordi, o‘rama qog‘ozga bitilgan Egamizning so‘zlarini o‘qidi.
9. Bu voqea Yahudo shohi Yo‘shiyo o‘g‘li Yohayiqim hukmronligining beshinchi yili, to‘qqizinchi oyida sodir bo‘ldi. Quddus aholisi bilan Yahudo shaharlaridan kelgan butun xalq Egamizga bag‘ishlab ro‘za tutgan edi.
10. Shunda Borux Egamiz uyining Yangi darvozasi yonidagi yuqori hovlida joylashgan Shofon o‘g‘li kotib Gamariyoning xonasidan turib, o‘rama qog‘ozga bitilgan Yeremiyoning so‘zlarini butun xalqqa ovoz chiqarib o‘qib berdi.
11. Gamariyo o‘g‘li Mixiyo o‘rama qog‘ozga bitilgan Egamizning so‘zlarini eshitgach,
12. darhol shoh saroyidagi kotibning xonasiga jo‘nadi. Barcha a’yonlar o‘sha yerda jamuljam bo‘lib o‘tirgan ekan: ular — kotib Elishama, Shamayo o‘g‘li Daloyo, Axbor o‘g‘li Elnatan, Shofon o‘g‘li Gamariyo, Xanoniyo o‘g‘li Zidqiyo va boshqa a’yonlar edilar.
13. Borux o‘rama qog‘ozdan xalqqa o‘qib bergan barcha so‘zlarni Mixiyo ularga aytib berdi.
14. A’yonlar Kushi o‘g‘li Shalamiyo avlodidan bo‘lgan Nataniyo o‘g‘li Yohudini Boruxning oldiga jo‘natib, shunday gapni aytib yubordilar: “Xalqqa o‘qib bergan o‘rama qog‘ozni olib, huzurimizga kelgin.” Neriyo o‘g‘li Borux o‘rama qog‘ozni olib a’yonlarning oldiga bordi.
15. A’yonlar Boruxga: “Qani, o‘tir, bizga ham o‘rama qog‘ozdagi so‘zlarni o‘qib ber”, dedilar. Borux o‘qidi.
16. A’yonlar eshitgan so‘zlaridan vahimaga tushib, bir–biriga qarab qoldilar. So‘ng Boruxga: “Bu haqda shohni xabardor qilishimiz zarur”, dedilar.
17. Ular Boruxdan so‘radilar: — Bularni qayerdan olib yozding? Bu so‘zlarni senga aytgan mabodo Yeremiyo emasmi?
18. — Ha, Yeremiyoning o‘zi aytib turdi, men esa uning aytganlarini siyoh bilan o‘rama qog‘ozga yozdim, — deb javob berdi Borux.
19. — Yeremiyo bilan borib, biron joyga yashirinib olinglar, hech kim bu haqda bilmasin, — deb tayinlashdi a’yonlar.
20. A’yonlar o‘rama qog‘ozni kotib Elishamaning xonasida qoldirdilar, o‘zlari esa shoh huzuriga borib, hamma gapni yetkazdilar.
21. Shoh o‘rama qog‘ozni olib kelish uchun Yohudini jo‘natdi. Yohudi kotib Elishama xonasidan o‘rama qog‘ozni olib kelib, uni shohga va shoh huzuridagi a’yonlarga o‘qib berdi.
22. Kech kuz. Shoh qishki saroyida o‘tirar, yonidagi manqalda o‘t yonib turar edi.
23. Yohudi o‘rama qog‘ozdan uch–to‘rt ustunni o‘qib bo‘lishi bilanoq, shoh Yohayiqim kotibning pichoqchasi bilan o‘ramning o‘sha qismini qirqib, manqaldagi olovga tashlayverdi. U o‘rama qog‘ozning hammasini olovda yondirib bo‘lguncha shunday qilaverdi.
24. O‘rama qog‘ozdagi so‘zlarni eshitgan shoh bilan xizmatkorlar qo‘rqmadilar, qayg‘udan kiyimlarini yirtmadilar.
25. Elnatan, Daloyo va Gamariyo shohga yolvorib, o‘rama qog‘ozni yondirmang, deb iltimos qilgan bo‘lsalar ham, shoh ularga quloq solmadi.
26. U shahzoda Yaraxmalga, Ozriyol o‘g‘li Sarayoga va Abdal o‘g‘li Shalamiyoga, Yeremiyo payg‘ambarni va kotib Boruxni tutib kelinglar, deb buyurdi. Egamiz esa Yeremiyo bilan Boruxni yashirib qo‘ygan edi.
27. Yeremiyo Boruxga yozdirgan o‘rama qog‘ozni shoh yoqib yuborgandan keyin, Yeremiyoga Egamizning quyidagi so‘zi ayon bo‘ldi:
28. “Yeremiyo, boshqa bir o‘rama qog‘oz ol. Unga Yahudo shohi Yohayiqim yondirib yuborgan avvalgi o‘rama qog‘ozdagi hamma so‘zlarni yoz.
29. Yahudo shohi Yohayiqimga esa shunday deb ayt: Egamiz demoqda: — O‘rama qog‘ozda “Bobil shohi albatta keladi, yurtni vayron qiladi, odamlaru hayvonlarni qirib tashlaydi”, deb yozilgani uchun, sen Yeremiyoga do‘q qilibsan, o‘rama qog‘ozni yoqib yuborishga jur’at etibsan.
30. Shuning uchun, ey Yahudo shohi Yohayiqim, Egamiz sen haqingda shunday demoqda: Sening avlodingdan birontasi ham Dovud taxtida o‘tirmaydi. Sening jasadingni odamlar uloqtirib yuborishadi, o‘liging kunning jaziramasigda, tunning sovug‘ida qoladi.
31. Men seni, sening avlodingu a’yonlaringni qilgan gunohlaringiz uchun jazolayman. O‘zim aytgan barcha falokatlarni sizlarning boshingizga, Quddus aholisi va Yahudo xalqining boshiga yog‘diraman, chunki sizlar Menga quloq solmadingizlar.”
32. Yeremiyo boshqa bir o‘rama qog‘oz olib, Neriyo o‘g‘li kotib Boruxga berdi. So‘ng Yahudo shohi Yohayiqim yondirib yuborgan avvalgi o‘rama qog‘ozdagi barcha so‘zlarni unga yozdirdi. Ammo bu safar o‘ramga shunga o‘xshash mazmundagi ko‘p xabarlar qo‘shilgan edi.

1. Bobil shohi Navuxadnazar Yo‘shiyo o‘g‘li Zidqiyoni Yohayiqim o‘g‘li Yohayixinning o‘rniga Yahudo shohi qilib tayinladi.
2. Ammo na shoh, na a’yonlari, na yurtdagi xalq Egamizning Yeremiyo orqali aytgan so‘zlariga quloq solar edilar.
3. Shoh Zidqiyo Shalamiyo o‘g‘li Yohuxal bilan Masiyo o‘g‘li ruhoniy Zafaniyoni Yeremiyo payg‘ambarning oldiga yuborar ekan, shu gaplarni ayttirib yubordi: “Iltimos, biz uchun Egamiz Xudoga iltijo qil.”
4. Yeremiyo shu vaqtgacha qamoqqa olinmaganligi uchun, xalq orasida bemalol yurar edi.
5. Shu orada fir’avn lashkarlari Misrdan chiqishdi. Quddusni qamal qilib turgan Bobilliklar bu xabarni eshitishgach, Quddusdan chekindilar.
6. Shunda Egamiz so‘zini Yeremiyoga ayon qildi.
7. Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday demoqda: “Xudoning so‘zini bilmoqchi bo‘lib, ikkovingizni oldimga yuborgan Yahudo shohiga shunday deb ayting: Sizlarga yordam bermoqchi bo‘lib kelayotgan fir’avn lashkarlari o‘zlarining yurti — Misrga qaytib ketishadi.
8. Bobilliklar esa Quddusga qaytib kelib, shaharga qarshi jang qiladilar. Ular shaharni qo‘lga olib, yondirib yuboradilar.”
9. Egamiz yana shunday demoqda: “Bobilliklar endi qaytib kelishmaydi, deb o‘zlaringizni aldamanglar, chunki ular albatta qaytib kelishadi.
10. Bordi–yu, sizlar Bobilliklarning butun lashkarini mag‘lub qilganingizda ham, ularning chodirlarida qolgan yaradorlar kelib, shahringizga o‘t qo‘ygan bo‘lardi.”
11. Fir’avn lashkarlari yaqinlashib kelayotganligi uchun, Bobilliklar Quddusdan chekindilar.
12. Shunda Yeremiyo Benyamin hududidagi xalq orasida o‘ziga tegishli yer ulushini ko‘rish uchun Quddus shahridan ketmoqchi bo‘ldi.
13. U Quddusning Benyamin darvozasiga yetib olgach, soqchilar boshlig‘i Yiriyo: “Sen Bobilliklarning oldiga qochib ketmoqchisan”, deb uni qamoqqa oldi. Yiriyo Shalamiyoning o‘g‘li, Xanoniyoning nevarasi edi.
14. “Yolg‘on! — dedi Yeremiyo — Men Bobilliklarning oldiga qochmoqchi emasman.” Ammo Yiriyo Yeremiyoning gapiga quloq solishni istamay, uni hibsga olib, a’yonlarning oldiga olib bordi.
15. A’yonlar Yeremiyodan g‘azablanib, uni kaltaklashdi. So‘ng kotib Yo‘natanning zindonga aylantirilgan uyiga qamab qo‘yishdi.
16. Shunday qilib, Yeremiyo uzoq vaqt zindon hujralaridan birida yotdi.
17. Oradan vaqt o‘tdi. Shoh Zidqiyo Yeremiyoni saroyiga chaqirtirib: — Egamizdan biron xabar bormi? — deb yashirincha so‘radi. — Ha, bor, — dedi Yeremiyo. — Siz Bobil shohining qo‘liga tushasiz.
18. Nega ular meni zindonga tashlashdi? Men a’yonlaringizga va bu xalqqa qarshi nima gunoh qilibman?! — dedi yana u.
19. — “Bobil shohi sizga hujum qilmaydi, yurtimizga u tajovuz qilmaydi”, deb bashorat qilgan payg‘ambarlaringiz qani?!
20. Yolvoraman, Olampanohim, iltijoimni rad etmang, meni kotib Yo‘natanning uyiga qaytarib yubormang. U yerda adoi tamom bo‘laman.
21. Shoh Zidqiyo, Yeremiyoni soqchilar hovlisiga qamab qo‘yinglar, shaharda non qolmaguncha, har kuni unga novvoy rastasidan bittadan non olib beringlar, deb buyurdi. Shunday qilib, Yeremiyo soqchilar hovlisida qoldi.

1. Matton o‘g‘li Shafatiyo, Pashxur o‘g‘li Gadaliyo, Shalamiyo o‘g‘li Yuxal va Malkiyo o‘g‘li Peshxur Yeremiyoning xalqqa aytgan shu so‘zlarini eshitgan edilar:
2. “Egamiz demoqda: Shaharda qolganlar qilichdan, qahatchilik va o‘latdan nobud bo‘ladilar. Bobilliklarning oldiga chiqqanlar esa tirik qoladilar. Bunday odamlar hech bo‘lmaganda o‘z jonlarini saqlab qoladilar.”
3. Ular yana Egamizning Yeremiyo orqali aytgan shu so‘zlarni ham eshitgan edilar: Egamiz demoqda: “Bobil shohining lashkarlari albatta bu shaharni taslim qilib, qo‘lga kiritadilar.”
4. A’yonlar shohga arz qilib: — Bu odamni yo‘q qilish kerak! — dedilar, — chunki u o‘zining bema’ni gaplari bilan shaharda qolgan jangchilaru odamlarning ruhini tushirmoqda. U xalqimizning foydasini emas, zararini ko‘zlamoqda.
5. — Juda soz, — dedi shoh, — u bilan xohlaganingizni qiling. Men sizlarga monelik qila olmayman.
6. A’yonlar Yeremiyoni ushlab, arqonlarga bog‘lab sardobaga tushirdilar. Soqchilar hovlisidagi bu suvsiz sardoba shahzoda Malkiyoga tegishli bo‘lib, sardobada balchiqdan boshqa hech narsa yo‘q edi. Yeremiyo balchiqqa botib qoldi.
7. Shoh saroyining amaldori Habashistonlik Obidmalek Yeremiyo sardobaga tashlanganligi haqida xabardor bo‘ldi. Shoh o‘sha paytda Benyamin darvozasidagi mahkamada edi.
8. Obidmalek saroydan chiqdi–da, shohning oldiga borib dedi:
9. — Shoh hazratlari, Yeremiyo payg‘ambarni sardobaga tashlagan odamlar qabihlik qilishibdi. Shaharda non qolmagan bo‘lsa, Yeremiyo u yerda ochlikdan o‘ladi–ku.
10. Shoh Habashistonlik Obidmalekka shunday amr qildi: — Bu yerdan o‘ttizta odamni olginda, borib Yeremiyoni sardobadan chiqarib ol. Tag‘in u yerda o‘lib qolmasin.
11. Obidmalek yoniga odamlarni olib, saroy xazinasining ostki qismida joylashgan xonaga kirdi. U yerdan eski–tuski kiyimlar va latta–putta topib, ularni arqonlarga bog‘lab, Yeremiyoga tushirdi.
12. So‘ng Yeremiyoga dedi: “Arqon tanangizga botmasligi uchun, lattalarni arqon bilan qo‘ltig‘ingiz orasiga qo‘ying.” Yeremiyo aytilganday qildi.
13. Odamlar Yeremiyoni arqonlar yordamida sardobadan chiqarib oldilar. Yeremiyo soqchilar hovlisida qoldi.
14. Shoh Zidqiyo Yeremiyo payg‘ambarni chaqirtirdi, uni Egamiz Ma’badining uchinchi kirishida kutib oldi. — Sendan bir narsa so‘ramoqchiman, — dedi shoh. — Mendan hech narsa yashira ko‘rma.
15. — Sizga haqiqatni aytsam meni o‘ldirishingiz aniq, — dedi Yeremiyo. — Sizga maslahat berganim bilan, baribir quloq solmaysiz.
16. Shoh Zidqiyo Yeremiyoga maxfiy ravishda ont ichib dedi: — Bizga hayot baxshida etgan Xudo shohid, men seni o‘ldirmayman. Joningga qasd qilayotgan odamlarning qo‘liga ham seni topshirmayman.
17. Shundan keyin Yeremiyo Zidqiyoga dedi: — Isroil xalqining Xudosi, Parvardigori Olam — Egamiz demoqda: Agar siz Bobil shohining a’yonlariga taslim bo‘lsangiz, o‘z joningizni saqlab qolasiz, bu shahar ham olovga yem bo‘lmaydi. Siz va butun xonadoningiz tirik qolasizlar.
18. Bordi–yu, Bobil shohining a’yonlariga taslim bo‘lmasangiz, Bobilliklar bu shaharni yengib, unga o‘t qo‘yadilar, o‘zingiz ham ularning qo‘lidan qochib qutulolmaysiz.
19. — Men Bobilliklar tomonga qochib o‘tgan yahudiylardan qo‘rqaman, — dedi shoh. — Bobilliklar meni ularning qo‘liga topshirishsa, ular meni xo‘rlashadi.
20. — Topshirishmaydi, — dedi Yeremiyo. — Aytganlarimni qilib, Egamizning so‘ziga itoat qilsangiz, hammasi yaxshi bo‘ladi, joningizni saqlab qolasiz.
21. Bordi–yu, taslim bo‘lishdan bosh tortsangiz, Egamiz menga vahiy orqali ayon qilganlari bajo bo‘ladi:
22. Saroyingizda qolgan hamma ayollar Bobil shohining a’yonlari oldiga chiqariladi. O‘sha ayollar sizga shunday deyishadi: Ishongan do‘stlaringiz Sizni aldab, yengib ketishdi. Oyog‘ingiz loyga botganda, Ishongan do‘stlaringiz sizni tashlab ketishdi.
23. Sizning xotinu bola–chaqalaringiz Bobilliklarning oldiga chiqariladi. Siz o‘zingiz ham Bobilliklarning qo‘lidan qochib qutula olmaysiz. Bobil shohi sizni qo‘lga tushirib, shaharni yondirib yuboradi.”
24. — Suhbatimiz haqida hech kimga og‘iz ochma, aks holda o‘lasan, — dedi Zidqiyo Yeremiyoga.
25. — Bordi–yu, a’yonlar sen bilan gaplashganimni bilib qolib, senga: “Shoh bilan nimalar haqida gaplashding? Bizdan biron narsani yashirmay ayt, bo‘lmasa o‘lasan”, — deb aytishsa,
26. sen ularga: “Meni Yo‘natanning uyiga qaytarib yubormang, shohim, aks holda u yerda adoi tamom bo‘laman, deb iltijo qildim”, deya javob ber.
27. A’yonlar Yeremiyoning oldiga kelib, uni so‘roqqa tutishdi. Yeremiyo shoh buyurgan gaplarni aytib, javob berdi. Shundan keyin a’yonlar unga boshqa savol bermadilar, chunki shoh bilan Yeremiyo orasida bo‘lgan suhbatni hech kim eshitmagan edi.
28. Yeremiyo Quddus qulagan kunga qadar soqchilar hovlisida qoldi.

1. Yahudo shohi Zidqiyo hukmronligining to‘qqizinchi yili, o‘ninchi oyida Bobil shohi Navuxadnazar Quddusga qarshi bor qo‘shini bilan kelib, shaharni qamal qildi.
2. Zidqiyo hukmronligining o‘n birinchi yili, to‘rtinchi oyining to‘qqizinchi kunida Bobilliklar Quddus devorini yorib, shaharga kirdilar.
3. Shahar qo‘lga olingach, Bobil shohining hamma a’yonlari shaharning O‘rta darvozasidagi mahkamalarda qo‘mondonlik qarorgohini joylashtirdilar. A’yonlarning orasida Nargalsharazar, Samgarnavu, bosh maslahatchi Sarsahim va amaldor Nargalsharazar bor edilar.
4. Yahudo shohi Zidqiyo va uning hamma lashkarlari ularni ko‘rdilaru qochdilar. Ular yarim kechasi shohning bog‘i orqali o‘tib, ikki devor orasidagi darvozadan chiqdilar–da, Iordan vodiysiga qarab ketdilar.
5. Ammo Bobil lashkarlari Zidqiyoning orqasidan quvib, Yerixo tekisligida ularga yetib olishdi. Ular Zidqiyoni qo‘lga olib, Xomat yurtidagi Rivlo shahriga — Bobil shohi Navuxadnazarning huzuriga olib borishdi. Shoh Navuxadnazar Zidqiyoni hukm qildi,
6. Rivloda Zidqiyoning o‘g‘illarini ko‘zi oldida o‘ldirdi, so‘ng hamma Yahudo a’yonlarini qatl qildi.
7. Zidqiyoning esa ko‘zlarini o‘yib, Bobilga olib ketish uchun kishanladi.
8. Bobilliklar shoh saroyiga va odamlarning uylariga o‘t qo‘yib, Quddus devorlarini yiqitdilar.
9. Qo‘riqchilar sardori Nabizaradon shaharda qolgan butun xalqni, Bobil shohi tomonga o‘tgan qochoqlarni Bobilga asir qilib olib ketdi.
10. U Yahudo yurtida hech vaqosi bo‘lmagan qashshoq odamlarnigina qoldirdi. O‘sha odamlarga dala va uzumzorlarni berdi.
11. Shoh Navuxadnazar qo‘riqchilar sardori Nabizaradon orqali Yeremiyoga oid quyidagi amrni berdi:
12. “Yeremiyoni qaramog‘ingizga olib, unga yaxshi qaranglar. Aslo zarar yetkazmanglar, sizlardan nima so‘rasa bajaringlar.”
13. Qo‘riqchilar sardori Nabizaradon, bosh nazoratchi Navushazbon, shoh maslahatchisi Nargalsharazar va Bobil shohining hamma bosh amaldorlari odam yuborib,
14. Yeremiyoni qo‘riqchilar hovlisidan olib kelishini buyurdilar. Uni eson–omon uyiga eltib qo‘yish uchun, Gadaliyoga topshirdilar. Gadaliyo Oxixamning o‘g‘li, Shofoning nevarasi edi. Shunday qilib, Yeremiyo o‘z xalqining orasida qoldi.
15. Yeremiyo soqchilar hovlisida qamoqda o‘tirganda, unga Egamizning so‘zi ayon bo‘lgan edi:
16. “Habashistonlik Obidmalekning oldiga borib, shunday deb ayt: Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam aytmoqda, Men aytgan so‘zlarimni bajo qilaman. Bu shaharga yaxshilik emas, yomonlik keltiraman. Sen o‘zing buning guvohi bo‘lasan.”
17. Egamiz yana shunday demoqda: “Lekin o‘sha kuni Men seni qutqarib qolaman. O‘zing qo‘rqadigan odamlarning qo‘liga seni bermayman.
18. Seni, albatta qutqaraman, jangda halok bo‘lmaysan. Menga umid bog‘laganing uchun, joning omon bo‘ladi.” Egamizning kalomi shudir.

1. Qo‘riqchilar sardori Nabizaradon Yeremiyoni Bobilga olib ketilayotgan Quddus va Yahudo asirlari orasidan zanjirband holda topib olib, uni Rama shahrida ozod qildi. Shundan so‘ng Yeremiyoga Egamizning so‘zi ayon bo‘ldi.
2. Qo‘riqchilar sardori Nabizaradon Yeremiyoni yoniga chaqirib shunday dedi: “Egang Xudo, bu yurtga falokat keltiraman, deb aytgan edi.
3. Mana, hozirgi kunda Egang aytganini qilib, yurtingga falokat keltirdi, chunki sizlar Egangizga qarshi gunoh qildingizlar, Uning aytganini qilmadingizlar. Shu sababdan bunday kulfat boshingizga tushdi.
4. Hozir men qo‘lingdagi kishanlarni yechaman, seni ozod qilaman. Agar men bilan Bobilga bormoqchi bo‘lsang, marhamat, senga yaxshi qarayman. Bordi–yu, Bobilga borishni istamasang, ixtiyoring o‘zingda. Mana, butun yurt sening ro‘parangda turibdi, xohlagan yeringga boraver.
5. Bu yurtda qoladigan bo‘lsang, Oxixam o‘g‘li Gadaliyoning oldiga bor. Bobil shohi Gadaliyoni Yahudo shaharlariga hokim qilib tayinladi. Gadaliyo Shofon degan odamning nevarasidir. Sen uning yonida qolib, xalqing orasida yashashing mumkin yoki xohlagan joyingga borishing mumkin.” Qo‘riqchilar sardori Yeremiyoga yegulik bilan sovg‘a berib, ozod qildi.
6. Yeremiyo Mispax shahriga — Oxixam o‘g‘li Gadaliyoning oldiga borib, yurtda qolgan odamlar orasida o‘rnashdi.
7. Ba’zi yahudiy lashkarboshilari va jangchilar taslim bo‘lmagan edilar. Oxixam o‘g‘li Gadaliyoni Bobil shohi yurtga hokim qilib tayinlaganini, yurtda qolgan eng qashshoq erkak, ayollar va bolalarni Gadaliyening ixtiyoriga topshirganini ular eshitdilar.
8. So‘ng Mispaxga kelib, Gadaliyoga uchrashdilar. Kelganlar — Nataniyo o‘g‘li Ismoil, Kariyox o‘g‘li Yo‘xanon, Tanxumat o‘g‘li Sarayo, Natufolik Efayning o‘g‘illari, Maxolik Yazaniyo va ularning lashkarlari edi.
9. Gadaliyo kelganlarga va ularning odamlariga shunday deb, ont ichdi: “Bobilliklarga tobe bo‘lishdan qo‘rqmanglar. Yurtda o‘rnashib, Bobil shohiga xizmat qilaveringlar, shunda hammasi yaxshi bo‘ladi.
10. Men esa Mispaxda qolaman. Keladigan Bobilliklarning oldida vakilingiz bo‘laman. Sizlar o‘rnashib olgan shaharlaringizda yashayverasizlar. Mevalarni yig‘ishtirib olinglar, sharob va zaytun moyini tayyorlab, g‘amlab qo‘yinglar.”
11. Bobil shohi ba’zi odamlarga Yahudo yurtida qolishga ijozat berganini va Gadaliyoni hokim qilib tayinlaganini Mo‘ab, Ommon, Edom va boshqa yurtlarda yashayotgan yahudiylar ham eshitishdi.
12. Shunda ular surgun qilingan hamma joylardan Yahudo yurtiga — Mispaxdagi Gadaliyoning oldiga qaytib kelishdi. U yerdan bir talay meva yig‘ishtirib, ko‘p sharob tayyorlashdi.
13. Bir kuni Kariyox o‘g‘li Yo‘xanon va qirlardagi lashkarboshilar Mispaxga Gadaliyoning oldiga kelib so‘radilar:
14. “Ommon shohi Baalis sizni o‘ldirtirish uchun Nataniyo o‘g‘li Ismoilni yuborganidan xabaringiz bormi?” Ammo Gadaliyo ularga ishonmadi.
15. Shunda Yo‘xanon hech kimga bildirmay Gadaliyoga dedi: “Ijozat bering, borib Ismoilni o‘ldiray. Bu haqda hech kim bilmaydi. Nima uchun u sizni o‘ldirishiga yo‘l qo‘yishimiz kerak? Bordi–yu, Ismoil niyatiga yetsa, atrofingizga yig‘ilgan barcha yahudiylar tarqalib ketadilar, Yahudoda qolgan odamlarning boshi esa baloga qoladi.”
16. Ammo Gadaliyo: “Unday qilma! Ismoil haqida aytgan gaplaring yolg‘on”, dedi.

1. O‘sha yilning yettinchi oyida shoh Zidqiyoning bosh lashkarboshilardan biri bo‘lgan Nataniyo o‘g‘li Ismoil o‘nta odami bilan birga Mispaxga — Oxixam o‘g‘li Gadaliyoning huzuriga bordi. Ismoil shoh urug‘idan bo‘lgan Elishamaning nabirasi edi. Gadaliyo kelganlar bilan birga dasturxon atrofida o‘tirib ovqatlanayotganda,
2. Nataniyo o‘g‘li Ismoil va u bilan kelgan o‘nta odam qilichlarini yalang‘ochlab, Bobil shohi hokim qilib tayinlab ketgan Gadaliyoni chopib tashladi.
3. Gadaliyo bilan birga Mispaxda bo‘lgan hamma yahudiylarni Ismoil qilichdan o‘tkazdi. U yerdagi Bobillik sipohlarni ham o‘ldirdi.
4. Ertasi kuni Gadaliyo o‘ldirilganligi haqidagi xabar tarqalmay turib,
5. Shakam, Shilo‘ va Samariyadan saksonta odam keldi. Ular qayg‘udan soqolini olgan, kiyimlarini yirtgan, tanalarini tilgan edilar. Ular don va tutatqilarni nazr qilish uchun Ma’badga ketayotgan edilar.
6. Nataniyo o‘g‘li Ismoil ularni kutib olish uchun Mispaxdan yig‘lab chiqdi. Ularga yaqinlashgach: “Qani ichkariga, Gadaliyoning oldiga kiringlar”, dedi.
7. Ular shaharga kirishlari bilanoq, Ismoil bilan uning odamlari ularni ham qirib tashladilar.
8. Ammo kelganlardan o‘ntasi Ismoilga yolvorib dedilar: “Iltimos, bizni o‘ldirma! Dalalarda yashirib qo‘ygan bug‘doy, arpa, zaytun moyi va asalimiz bor.” Ismoil ularni o‘ldirmay, hayotlarini asrab qoldi. O‘ldirgan odamlarning jasadlarini esa katta sardobaga tashladi.
9. U jasadlarga to‘ldirgan bu sardobani Yahudo shohi Oso Isroil shohi Basho hujum qilgan paytda qurdirgan edi.
10. Ismoil Mispaxda omon qolgan hamma odamlarni asir qilib oldi. Ularning orasida Bobillik qo‘riqchilar sardori Nabizaradon Gadaliyoning ixtiyoriga topshirgan malikalar va Mispaxdagi hamma odamlar bor edi. Nataniyo o‘g‘li Ismoil ularning hammasini asir qilib, Ommon yurtiga jo‘nadi.
11. Nataniyo o‘g‘li Ismoilning qilgan jinoyatlari haqida Kariyox o‘g‘li Yo‘xanon va lashkarboshilar xabar topdilar.
12. Ular bor odamlarini to‘plab, Ismoil bilan jang qilish uchun yo‘lga tushdilar. Ular Ismoilga Givondagi katta hovuz yoqasida yetib oldilar.
13. Ismoilning asirlari Kariyox o‘g‘li Yo‘xanonni va uning yonidagi hamma lashkarboshilarni ko‘rib, xursand bo‘lib ketishdi.
14. Ismoil Mispaxdan asir qilib olgan o‘sha odamlarning hammasi orqaga — Kariyox o‘g‘li Yo‘xanonning oldiga yugurib kelishdi.
15. Nataniyo o‘g‘li Ismoil esa sakkizta odami bilan Yo‘xanondan qochib, Ommon yurtiga ketdi.
16. Shunday qilib, Kariyox o‘g‘li Yo‘xanon va uning lashkarboshilari Mispaxdagi fojiada omon qolgan ayolu bola–chaqalarni, saroy amaldorilariyu jangchilarni Gadaliyoning qotili Ismoilning qo‘lidan ozod qildilar. Ularni o‘zlari bilan Givondan olib ketdilar.
17. -
18. Yo‘xanon lashkarlari Bobilliklardan qo‘rqqanlari uchun, Misrga yo‘l oldilar. Chunki Bobil shohi yurtga hokim qilib tayinlagan Gadaliyoni Ismoil o‘ldirgan edi. So‘ng hammasi yo‘lda Baytlahm yonidagi Ximxam qo‘nolg‘asida to‘xtadilar.

1. Hamma lashkarboshilar, Kariyox o‘g‘li Yo‘xanon, Ho‘shayyo o‘g‘li Ozariyo va kattayu kichik odam
2. Yeremiyoning oldiga borib, shunday dedilar: “Iltimos, bir og‘iz gapimizga quloq soling. Egangiz Xudoga biz uchun ibodat qiling, tirik qolganlar uchun so‘rang. O‘zingiz ko‘rib turibsiz, ilgarilari biz nihoyatda ko‘pchilik edik, endi esa sanoqli odam qoldik.
3. Biz qayerga borishimizni, nima qilishimizni Egangiz Xudo bizga ko‘rsatsin.”
4. Yeremiyo payg‘ambar ularga shunday javob berdi: “Yaxshi, iltimosingizga binoan Egamiz Xudoga ibodat qilaman. Egamiz nimaiki desa hammasini sizlarga aytaman, hech narsani sizlardan yashirmayman.”
5. Ular esa Yeremiyoga shunday dedilar: “Agar biz Egangiz Xudoning siz orqali aytgan bironta so‘ziga rioya qilmasak, Uning O‘zi oramizda adolatli va sadoqatli shohid bo‘lsin.
6. Biz Egamiz Xudoning hamma amrlariga, yaxshi yoki yomon bo‘lishidan qat’iy nazar, itoat qilamiz. Egamiz Xudoga itoat qilsak, hammasi yaxshi bo‘ladi.”
7. Oradan o‘n kun o‘tdi. Yeremiyoga Egamizning so‘zi ayon bo‘ldi.
8. Yeremiyo Kariyox o‘g‘li Yo‘xanonni, lashkarboshilarni va odamlarning kattayu kichigini to‘plab,
9. ularga shunday dedi: — Men iltimosingizga binoan Isroil xalqining Xudosi — Egamizga iltijo qildim. U menga shunday dedi:
10. “Endi shu yurtda qolsangizlargina Men sizlarni barbod qilmayman, balki qayta bunyod etaman, qo‘porib tashlamayman, balki mustahkam o‘rnashtiraman. Sizlarning boshingizga falokat keltirganimdan pushaymonman.”
11. Egamiz shunday deb aytdi: “Bundan buyon Bobil shohidan qo‘rqmanglar. Men sizlar bilan birgaman. Shunday ekan, undan qo‘rqmanglar. O‘zim sizlarni qutqaraman, uning qo‘lidan ozod qilaman.
12. Men sizlarga rahm–shafqat qilaman. Bobil shohi sizlarga achinib, ona yurtingizga o‘rnashtiradi.”
13. Ammo Egangiz Xudoga bo‘ysunmay: “Bu yerda qolmaymiz.
14. Misrga ketamiz, u yerda urush ko‘rmaymiz, burg‘u sadolarini eshitmaymiz, nonga zor bo‘lmaymiz, u yerda yashaymiz”, deb aytadigan bo‘lsangizlar,
15. ey Yahudo xalqining omon qolganlari, Egamizning so‘zini eshitib qo‘yinglar! Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: “Agar sizlar Misrga borib, u yerda o‘rnashib olishni qaror qilgan bo‘lsangizlar,
16. o‘sha yerga borganingizda o‘zlaringiz qo‘rqayotgan urushga duch kelasizlar. Sizlar ocharchilikdan qo‘rqyapsizlar, ammo ocharchilik ketingizdan Misrga ergashib boradi, u yerda nobud bo‘lasizlar.
17. Misrga borib, u yerda o‘rnashib olishga jazm qilgan har bir kishi qilichdan, ocharchilik va o‘latdan nobud bo‘ladi. Unday odamlardan birontasi ham tirik qolmaydi, Men ularning boshlariga keltiradigan kulfatdan hech kim qochib qutulmaydi.”
18. Isroil xalqining Xudosi Sarvari Olam shunday demoqda: “Agar sizlar Misrga borgudek bo‘lsangizlar, Men Quddus aholisiga yog‘dirgan qahrimni Misrda sizlarning ustingizga yog‘diraman. Ahvolingizni odamlar ko‘rganda dahshatga tushadi. Sizlarni mazax qilib, nomingizni qarg‘ishlarda ishlatishadi. Sizlar bu yurtni boshqa hech qachon ko‘rmaysizlar.”
19. Ey, Yahudo xalqining omon qolganlari, Egamiz sizlarga, Misrga bormanglar, deb aytdi. Bilib qo‘yinglar, bugun men sizlarni ogohlantirib qo‘yyapman,
20. sizlar katta xato qilyapsizlar. O‘zlaringiz meni Egangiz Xudoning oldiga jo‘natib: “Iltimos, Egamiz Xudoga iltijo qil, Egamiz Xudo nima desa, hammasini qilamiz”, degan edingizlar.
21. Egangiz Xudoning menga aytgan hamma so‘zlarini bugun sizlarga aytdim, ammo sizlar Uning aytgan bironta so‘ziga itoat qilishni xohlamayapsizlar.
22. Sizlarga aytib qo‘yay: bormoqchi bo‘layotgan joyingizda sizlar qilichdan, ocharchilik va o‘latdan nobud bo‘lasizlar.

1. Yeremiyo Egasi Xudo o‘ziga ayon qilgan bu so‘zlarning hammasini butun xalqqa aytib bo‘lgach,
2. Ho‘shayyo o‘g‘li Ozariyo, Kariyox o‘g‘li Yo‘xanon va boshqa surbetlar Yeremiyoga shunday dedilar: “Yolg‘on gapiryapsan! Egamiz Xudo senga, Misrga borib yashamanglar, deb aytmagan.
3. Neriyo o‘g‘li Borux seni gijgijlab yuribdi. U bizni Bobilliklarning qo‘liga tushirib, halok qilmoqchi yoki surgun qilib yubormoqchi.”
4. Shunday qilib, Kariyox o‘g‘li Yo‘xanon, lashkarboshilar va butun xalq Egamizning amriga itoat qilmadilar, ular Yahudo yurtida qolishdan bosh tortdilar.
5. Yahudoga turli yurtlardan qaytib kelgan hamma odamlarni Kariyox o‘g‘li Yo‘xanon va lashkarboshilar o‘zlari bilan olib ketdilar.
6. Bulardan tashqari, ular qo‘riqchilar sardori Nabizaradon Oxixam o‘g‘li Gadaliyo yonida qoldirib ketgan hamma erkagu ayollarni, bola– chaqa, malikalar, Yeremiyo payg‘ambar va Neriyo o‘g‘li Boruxni ham o‘zlari bilan olib ketdilar.
7. Ular Egamizning amriga itoat qilmay, Misrga jo‘nab, Taxpanxas shahriga yetib bordilar.
8. Taxpanxasda Yeremiyoga Egamizning quyidagi so‘zi ayon bo‘ldi:
9. “Yahudiylarning ko‘zi oldida katta toshlarni ol. Bu toshlarni Taxpanxas shahridagi fir’avn saroyining kiraverishiga, hovlidagi g‘isht yo‘lagi ostiga ko‘mib qo‘y.
10. So‘ng yahudiylarga shunday deb ayt: Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam demoqda: Men Bobil shohi qulim Navuxadnazarni bu yerga olib kelaman. U mana shu ko‘milgan toshlarning ustiga taxtini o‘rnatib, shohona chodirini tikadi.
11. U kelib Misrni vayron qiladi, har bir odam peshanasidagini ko‘radi: Ba’zilar o‘latga yo‘liqib, nobud bo‘ladi, Ba’zilar asirlikka tushib, surgun qilinadi, Ba’zilar qilichdan o‘tkaziladi.
12. Mening amrim bilan Navuxadnazar Misr xudolarining sajdagohlariga o‘t qo‘yadi. Ba’zi butlarini yondiradi, ba’zilarini o‘zi bilan olib ketadi. Qo‘ychivon to‘nini bit–burgadan astoydil tozalaganday, Navuxadnazar ham Misr yurtini qirtishlab tozalaydi. So‘ng sog‘–salomat o‘z yurtiga qaytib ketadi.
13. U Misrdagi Quyosh sajdagohiga o‘rnatilgan butsimon toshlarni buzib tashlaydi. Misr xudolarining sajdagohlarini yoqib yuboradi.”

1. Misrning shimolidagi Migdol, Taxpanxas va Nuf shaharlarida, shuningdek Misrning janubida istiqomat qilayotgan yahudiylar to‘g‘risida Yeremiyoga Egamiz shu so‘zini ayon qildi:
2. “Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: — Men Quddus va Yahudoning hamma shaharlariga keltirgan barcha falokatlarni sizlar o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rdingizlar. O‘sha shaharlar hozir xarob bo‘lib, huvullab yotibdi.
3. Yahudo odamlari qabih ishlari bilan Meni g‘azablantirdilar. Ular begona xudolarga sig‘inib, qurbonliklar kuydirdilar. Bu begona xudolarni na ularning o‘zlari, na sizlar, na ota–bobolaringiz biladilar.
4. Men Yahudo xalqi oldiga payg‘ambar qullarimni qayta–qayta jo‘natdim. “Men nafratlanadigan jirkanch ishlaringizni qilmanglar” deb xalqimdan o‘tingan edim.
5. Ammo Yahudo xalqi quloq solmadi, gaplarimga e’tibor ham bermadi. Qabihliklaridan qaytmadi, begona xudolarga qurbonliklar qilishda davom etdi.
6. Shunda achchiq g‘azabim Yahudo shaharlari bilan Quddus ko‘chalariga lovullagan olov bo‘lib tushdi. Hozir o‘sha joylar huvullab, tashlandiq bo‘lib yotibdi.”
7. Endi Isroil xalqining Xudosi, Parvardigori Olam — Egamiz shunday demoqda: “Nega o‘z boshingizga bunday falokat keltirmoqchisizlar?! Yahudo yurtidan kelgan erkagu ayol, bola– chaqaning boshiga yetib, hammangiz bitta qolmay qirilib ketmoqchimisizlar?!
8. Sizlar Misrda o‘rnashib olib, begona xudolarga qurbonliklar qilyapsizlar. Qilmishlaringiz bilan jahlimni chiqaryapsizlar. Ehtiyot bo‘linglar, yana boshingizga falokat tilab olmanglar. Dunyo xalqlarining qarg‘ishiga qolib, hammaga kulgi bo‘lib qolmanglar.
9. Yahudo shaharlarida va Quddus ko‘chalarida qilgan qabihliklaringizni unutdingizmi?! Bularni ota–bobolaringiz, Yahudo shohlariyu malikalari, o‘zlaringiz va xotinlaringiz qilgansizlar–ku!
10. Mana bugungacha sizlar Mendan zarracha ham qo‘rqmadingizlar, nadomat qilmadingizlar. Sizlar ota–bobolaringizga bergan qonun–qoidalarim bo‘yicha yashamayapsizlar.”
11. Shuning uchun Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam demoqda: “Men boshingizga ofatu falokat keltiraman. Yahudo xalqini yo‘q qilishga qat’iy qaror qildim.
12. Misrda yashashga qaror qilgan yahudiylarning omon qolganlarini halok etaman. Hammasi Misrda o‘lib ketadi. Kattayu kichigi qilich va qahatchilikdan nobud bo‘ladi. Ularning ahvolini ko‘rganlar vahimaga tushadi. Ularni mazax qilib, nomini qarg‘ishlarda ishlatishadi.
13. Misrda yashagan o‘shalarni Men Quddusni jazolaganday, urush, qahatchilik va o‘lat ila jazolayman.
14. Misrda yashayman, deb kelgan yahudiylarning omon qolganlaridan birontasi qochib qutula olmaydi. Ulardan hech kim tirik qolmaydi, Yahudo yurtiga qaytib borolmaydi. O‘z yurtiga qaytib borishni orzu qilgan odamlardan faqatgina bir–ikki qochoq ona yurtiga qaytib borishga muvaffaq bo‘ladi.”
15. Xotinlari boshqa xudolarga qurbonlik keltirganini bilgan erkaklar, o‘sha yerda turgan ayollar — Misrning shimoliy va janubiy hududida yashagan yahudiylarning ko‘pchiligi bir ovozdan Yeremiyoga shunday dedilar:
16. “Sen Egamizning nomidan bizga bashorat qilib aytgan so‘zlaringga quloq solmaymiz.
17. Biz Samo Qirolichasiga qurbonliklar qilamiz, sharob nazrini keltiramiz, deb ont ichganmiz, bu ontimizdan qaytmaymiz. Biz o‘zlarimiz, ota–bobolarimiz, shohlarimiz, a’yonlarimiz Yahudo shaharlarida, Quddus ko‘chalarida nima qilgan bo‘lsak shuni qilaveramiz. Nega desangiz, o‘sha zamonlarda biz istaganimizcha non yer edik, turmushimiz farovon edi, g‘am chekmas edik.
18. Ammo Samo Qirolichasiga qurbonliklar qilishni va sharob nazrini keltirishni to‘xtatganimizdan beri yetishmovchilikdan boshimiz chiqmaydi. Qancha odamlarimiz ocharchilikdan o‘lib, urushda qirilib ketdi.”
19. Xotinlar ham shunday deb aytdilar: “Biz Samo Qirolichasiga qurbonliklar qilaveramiz, sharob nazrlarini keltiraveramiz! Samo Qirolichasiga sharob nazr qilishimizni, uning shaklida nonlar yopishimizni erlarimiz biladi–ku!”
20. So‘ng Yeremiyo bunday javob bergan erkagu ayollarga va butun xaloyiqqa dedi:
21. “Sizlar, ota– bobolaringiz, shohlaringiz, a’yonlaringiz, butun yurt xalqi Yahudoda va Quddus ko‘chalarida boshqa xudolarga nazrlar keltirgan edingizlar. Bu nazrlaringizni Xudo unutgan, deysizmi?! Yoki Uning bundan xabari yo‘q, deb o‘ylaysizmi?!
22. Egamiz yovuz qilmishlaringizga, jirkanch ishlaringizga ortiq toqat qila olmagani uchun, hozir yurtingiz huvullab, tashlandiq bo‘lib yotibdi. Odamlar yurtingizning nomini qarg‘ishlarda ishlatishmoqda.
23. Axir, sizlar begona xudolarga qurbonliklar keltirib, Egamizga qarshi gunoh qildingizlar. Egamizga itoat etmadingizlar, Uning qonun–qoidalarini va shartlarini bajarmadingizlar. Shuning uchun bu ko‘rgilik boshingizga keldi. Shularning oqibatida hozir shu ahvolga tushib yuribsizlar.”
24. Yeremiyo ularning hammasiga, ayniqsa, xotinlarga qarata shunday dedi: “Ey Misr yurtidagi yahudiylar, Egamizning so‘zini eshitinglar.
25. Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam demoqda: Sizlar xotinlaringiz bilan birga “Samo Qirolichasiga albatta qurbonliklar qilamiz, sharob nazrlarini keltiramiz”, deb ont ichibsizlar. Ontingizni ham bajaribsizlar. Juda soz, aytganingizni qilaveringlar! Ichgan ontingizdan aslo qaytmanglar!
26. Lekin, ey Misr yurtida yashab yurgan yahudiylar, Egangizning shu so‘zini eshitib qo‘yinglar: “Men O‘zimning buyuk nomim bilan ont ichib aytamanki, bundan buyon Misr yurtidagi bironta yahudiy Mening nomimni tilga olmaydi, “Egam Rabbiy shohid” deya ont ichmaydi.
27. Men ularning boshiga yaxshilik emas, yomonlik keltiraman. Misrdagi yahudiylarning hammasi, bitta ham qolmay qilichdan va ocharchilikdan nobud bo‘lishadi.
28. Bir–ikkitagina odam qirg‘indan qochib, Misrdan Yahudoga qaytib boradi. O‘shanda Misrga yashagani borgan yahudiylarning hammasi kimning so‘zi haq bo‘lib chiqqanini — Mening so‘zimmi yoki ularnikimi bilishadi.”
29. Egamiz shunday demoqda: “Men sizlarni mana shu yerda jazolayman. Aytganlarimning hammasi bajo bo‘lishiga ishonch hosil qilishingiz uchun, sizlarga shunday bir alomat beraman:
30. Men Yahudo shohi Zidqiyoni uning ashaddiy dushmani bo‘lgan Bobil shohi Navuxadnazarga taslim qilganimday, Misr fir’avni Xofrani ham uning joniga qasd qilayotgan dushmaniga taslim qilib beraman.” Egamizning kalomi shudir.

1. Yahudo shohi Yo‘shiyo o‘g‘li Yohayiqim hukmronligining to‘rtinchi yili edi. Yeremiyo yuqoridagi so‘zlarni Neriyo o‘g‘li Boruxga aytib, o‘rama qog‘ozga yozdirgandan so‘ng, unga shunday dedi:
2. Ey Borux, Isroil xalqining Xudosi — Egamiz sen haqingda shunday dedi,
3. sen: “Sho‘rim qursin! Egam qayg‘u ustiga qayg‘u orttirdi, yurak–bag‘rim ezilib ketdi, jonimni qo‘yarga joy topolmayapman”, deb aytgan ekansan.
4. Shuning uchun Egamiz senga shunday gaplarni aytib qo‘yishimni buyurdi: “Men butun yurt bo‘ylab bunyod qilgan hamma narsamni buzib tashlayman, mustahkam qilib o‘rnatganlarimni qo‘porib tashlayman.
5. Sen o‘zing uchun katta rejalar tuzma! Mana, Men barcha odamzodning boshiga kulfat yog‘diraman. Ammo sening joningni saqlab qolaman, borgan joyingda seni asrayman.” Egamizning kalomi shudir.

1. Egamiz xalqlar haqida Yeremiyoga O‘z so‘zini ayon qildi.
2. Bu Misr haqida bashorat edi. Aniqrog‘i, Misr fir’avini Nexoning lashkarlari to‘g‘risida edi. Ular Furot daryosi bo‘yidagi Karxamish shahrida qarorgoh qurgan edilar. (Yahudo shohi Yo‘shiyo o‘g‘li Yohayiqim hukmronligining to‘rtinchi yilida Bobil shohi Navuxadnazar bu lashkarlarni mag‘lub qildi).
3. “Kattayu kichik qalqonlarni tayyor tuting! Qani, endi jangga kiring!
4. Otlarga egar uring, Chopqir otlarni mining! Dubulg‘alarni kiyib oling, Jangovar holatga turing. Nayzalarni o‘tkirlang, Sovutlarni kiyib oling!
5. Nimalarni ko‘ryapman?! Misr lashkari vahimaga tushdi, Ular orqaga chekindi, Jangchilari tor–mor bo‘ldi. Ular orqaga qaramay shoshilib qochdilar. Atrofni dahshat qamradi.” Egamizning kalomi shudir.
6. Chaqqonlar qocha olmaydilar, Sipohlar qochib qutulolmaydilar. Ular shimolda, Furot daryosi bo‘yida Qoqilib yiqilib tushadilar.
7. Kim u Nil daryosiday qirg‘og‘idan chiqib ketgan?! Kim u suvlari toshqin daryo kabi bo‘lib qolgan?!
8. Misr Nilday haddidan oshgan, Suvlari toshqin daryoga o‘xshab qolgan. U aytadi: “Men ko‘tarilib, yer yuzini qoplayman, Shaharlarni vayron qilaman, Aholisini qirib tashlayman.”
9. Ey otliqlar, hujum qiling! Jang aravalarini uchirtiring! Ey qalqon tutgan Habashistonliklaru Liviyaliklar, Ey kamon ushlagan Lidiyaliklar, Qani, jangga kiring!
10. Axir, bu Sarvari Olam — Rabbiyning kunidir. Bu kun qasos kuni bo‘ladi, Xudo dushmanlaridan o‘ch oladi. Uning qilichi to‘yguncha et yeydi, Chanqog‘i bosilguncha qondan ichadi. O‘sha kuni Furot bo‘yidagi shimoliy yurtda, Sarvari Olam — Rabbiy yovlarini qurbon qiladi.
11. Ey, bokira qiz Misr, Giladga bor, malham olgin. Ammo sen bekorga dori–darmon yig‘asan, Baribir dardingga shifo topmaysan.
12. Xalqlar sharmanda bo‘lganingni eshitdi, Faryodlaring bilan yer yuzini to‘ldirding. Jangchilaring bir–biriga urildi, Hammasi mag‘lub bo‘lib yiqildi.
13. Bobil shohi Navuxadnazar Misrga hujum qilishi haqida Yeremiyoga Egamizning quyidagi so‘zi ayon bo‘ldi:
14. Misrda shunday deb e’lon qilgin, Migdol shahrida shunday deb xabar bergin, Nuf va Taxpanxas shaharlarida jar solib aytgin: “Joylaringizni egallang! Jangga shay turing! Zero, qilich atrofdagi hammani qiradi.”
15. Jangchilaringiz mag‘lub bo‘ladi! Ular bardosh bera olmaydi. Zero, Egamizning O‘zi ularni uradi.
16. Ular qayta–qayta qoqiladilar, Bir–birining ustiga yiqiladilar. Shunda o‘zlariga o‘zlari aytadilar: “Qani, bo‘linglar, Xalqimizning oldiga qochib qolaylik! Kindik qonimiz to‘kilgan yurtga boraylik. Bu qirg‘indan qochib qutulaylik.”
17. Ular shunday deb baqiradilar: “Fir’avn katta gapirdi, Ammo fursatni qo‘ldan boy berdi.”
18. Xudo Shohdir, Sarvari Olamdir Uning nomi. U shunday demoqda: “Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi aytamanki, Sizlarga qarshi bir g‘anim kelayotir. U tog‘lar orasidagi Tovur tog‘iday zabardast, Dengiz bo‘yidagi Karmil tog‘iday ulkan.
19. Ey qiz Misr, Tuguningni yiqqin, Surgunga ketishga hozirlangin! Ana, Nuf shahri vayron bo‘ladi, Kimsasiz, huvullab qoladi.
20. Misr chiroyli bir g‘unajinga o‘xshaydi, Ammo shimol so‘nasi unga yopiriladi.
21. Misrning yollanma askarlari Boqilgan buzoqlarga o‘xshaydi. Ammo kulfat kuni kelganda, Jazo oladigan vaqti yetganda, Ularning hammasi orqaga qochadi, Dushman qarshisida chekinadi.
22. “Bostirib kelayotgan dushman dastidan Misr qochayotgan ilonday vishillaydi. Dushmanlar daraxt kesuvchilar kabi Bolta ko‘tarib, Misrga hujum qilishadi.”
23. Egamiz shunday demoqda: “Misrning o‘rmoni qalin bo‘lsa–da, Dushmanlar uni kesib tashlaydi. Axir, dushmanlar chigirtkadan ham ko‘p, Sanog‘iga yetib bo‘lmaydi.
24. Qiz Misr sharmanda bo‘ladi, Shimoldagi xalqning qo‘liga tushadi.”
25. Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: “Men No‘ shahrining xudosi Omonni jazolayman. Fir’avnning, Misrning, u yerdagi shohlar va xudolarning, fir’avnga umid bog‘lagan hammaning adabini beraman.
26. Ularning jonlariga qasd qilayotgan Bobil shohi Navuxadnazarning va a’yonlarining qo‘liga beraman. Ammo vaqt o‘tib, Misrda ilgarigidek odamlar yashaydigan bo‘ladi.” Egamizning kalomi shudir.
27. “Ey qulim Yoqub, qo‘rqma! Ey Isroil xalqi, sarosimaga tushma! Men seni olis yurtdan ozod qilaman, Naslingni surgun bo‘lgan mamlakatdan qutqaraman. Ey Yoqub nasli, sen yurtingga qaytasan, Osoyishta va bexatar yashaysan. Endi hech kim seni qo‘rqitmaydi.”
28. Egamiz shunday demoqda: “Sen, ey qulim Yoqub, qo‘rqma, Men sen bilan birga bo‘laman. Seni xalqlar orasiga tarqatib yuborgan edim, Endi o‘sha xalqlarning hammasini qirib tashlayman. Seni esa qirib yubormayman, Ammo jazosiz ham qoldirmayman. Adolat ila jazoingni beraman.”

1. Fir’avn G‘azo shahriga hujum qilishidan oldin, Filist xalqi haqida Egamizning shu so‘zlari Yeremiyoga ayon bo‘ldi:
2. Egamiz aytmoqda: — Qarang, shimolda dushmanlar to‘planmoqda, Ular suvga o‘xshab ko‘pirib kelmoqda. Jo‘shqin daryo kabi toshib hovliqmoqda. Ular to‘fonday butun yurtni bosib ketadi, U yerdagi hammani — Shaharlar va odamlarni cho‘ktiradi. Xalq dodu faryod qiladi, Yurt aholisi fig‘on chekadi.
3. Ot tuyoqlari tasir–tusur uradi, Aravalar taraq–turuq qiladi, G‘ildiraklar gursullaydi. Erkaklar ichidan zil ketadilar. Hatto bolalarini qutqargani ham Ular orqaga qaytmaydilar.
4. Ha, o‘sha kun keladi, Filist xalqi qirib tashlanadi! Omon qolgan ittifoqchilari yo‘q qilinadi. Tir va Sidon shaharlariga yordam kelmaydi, Xafto‘r sohillaridan kelgan Filistlarni Egamizning O‘zi yo‘q qiladi.
5. G‘azo aholisi qayg‘udan sochlarini oldiradi, Ashqalon odamlarining dami ichiga tushib ketadi. Ey, Filist zabardastlaridan omon qolganlari! Qachongacha g‘am chekib, badaningizni tilasiz?!
6. “Sho‘rim qursin! Ey Egamning qilichi! Qachon tinib–tinchiysan sen?! Bo‘ldi yetar, tinchlanaqol! Qiningga kir, damingni ol!”
7. Evoh, Egamning O‘zi amr etgan bo‘lsa, Qanday dam olsin u qilich?! “Ashqalon shahriga va sohilga hujum qil” degan bo‘lsa, Qanday tinchlansin u qilich?!

1. Isroil xalqining Xudosi — Sarvari OlamMo‘ab haqida shunday demoqda: “Navo aholisining holiga voy! Ularning shahri xarob bo‘ladi. Xiratayim sharmandalarcha mag‘lub bo‘ladi, Uning qal’asi uyatga qoladi, Yer bilan yakson qilinadi.
2. Mo‘abning dovrug‘idan asar ham qolmaydi. Dushman Xashbon shahrini qo‘lga kiritadi, Mo‘ab xalqini ildizidan quritishni reja qiladi. Madmon shahrida sukunat hukm suradi, Qilich uning iziga tushadi.
3. Ana, Xo‘ronaymdan faryod eshitilmoqda! “Xonavayron bo‘ldik!” deya xitob qilishmoqda.
4. “Mo‘ab vayron bo‘ldi–ku!” deya dodlashmoqda. Go‘daklari bo‘g‘ilib yig‘lamoqda.
5. Odamlar achchiq–achchiq yig‘lab, Luxit tepaligiga chiqishadi. Hatto Xo‘ronaymga tushish yo‘lida Achchiq fig‘on ovozlari eshitiladi.
6. Tezroq qoching! Cho‘ldagi yulg‘unday Joningizni saqlab qolishga tirishing!
7. Ey Mo‘ab, sen kuch va boyligingga tayanding, Endi esa mag‘lub bo‘lasan. Xudoying Xamo‘sh surgun qilinadi, Ruhoniylaringu a’yonlaring asir qilib olib ketiladi.
8. Har bir shahringga vayron etuvchi keladi, Birorta shahring omon qolmaydi. Vodiy vayron qilinadi, Yassi tepalik yakson etiladi.” Egamizning kalomi shudir.
9. Mo‘ab uchun qabr toshi tayyorlang, Ko‘p o‘tmay Mo‘ab yo‘q bo‘ladi. Shaharlari vayron qilinadi, Hammasi huvullab qoladi.
10. Egamizning ishidan bo‘yin tovlagan kishi la’nati bo‘lsin! Qon to‘kishdan o‘zini tiygan bunday kishi la’nati bo‘lsin!
11. Mo‘ab yoshligidan bexatar o‘sgan, Tindirilgan sharob kabi tinch yashagan. Go‘yo bir idishdan boshqasiga quyilmagan, Hech qachon o‘z yurtidan surgun bo‘lmagan. Shu bois uning ta’mi o‘zgarmagan, Muattar hidi saqlanib qolgan.
12. Egamiz shunday demoqda: “Ammo shunday kunlar kelmoqdaki, Men Mo‘abga qarshi odamlarni jo‘nataman. Ular Mo‘abni sharob to‘kkanday to‘kib tashlaydilar. Idishlarini bo‘shatib, chilparchin qiladilar.
13. Mo‘ab xalqi o‘z xudosi Xamo‘sh dastidan sharmanda bo‘ladi, Isroil xalqining holiga tushadi. Axir, Isroil ham Baytildagi buzoqqa inonib, Sharmandayi sharmisor bo‘lgan edi–ku!
14. “Biz qahramonlarmiz, Jasur jangchilarmiz”, deb Aytishga qanday haddingiz sig‘di?
15. Xudo Shohdir, Sarvari Olamdir Uning nomi. U shunday demoqda: “Mo‘ab vayron bo‘ladi, Shaharlari bosib olinadi. Eng sara yigitlari qirib tashlanadi.
16. Mo‘abga kulfat yaqinlashmoqda, Falokat unga yelday uchib kelmoqda.
17. Ey Mo‘ab qo‘shnilari, qayg‘uringlar, Ey Mo‘abni taniganlar, motam tutinglar. Aytinglar: “Evoh, saltanat hassasi sindi. Qudratli va ulug‘vor hassa parchalandi.”
18. Ey Dibonda yashaganlar, To‘rdagi o‘rningizdan turinglar, Yerdagi tuproqqa o‘tiringlar. Zero, Mo‘abni halok etuvchi sizga qarshi chiqadi, U qo‘rg‘onlaringizni qulatadi.
19. Ey Arorda yashaydiganlar, Ko‘chaga chiqib kuzatib turinglar! Qochib ketayotgan erkagu ayollardan “Nima bo‘ldi?” deb so‘ranglar.
20. Oh, Mo‘ab sharmanda bo‘ldi, vayron qilindi. Uvvos solib, faryod qilinglar! Mo‘ab xarob bo‘lganini Arnon daryosi bo‘ylarida e’lon qilinglar.”
21. Xudo yassi tepaliklarda joylashgan hamma shaharlarni: Xo‘lunni, Yaxazni, Mifatni,
22. Dibonni, Navoni, Bayt–Diblatayimni,
23. Xiratayimni, Bayt– Gamulni, Bayt–Miyonni,
24. Xariyo‘tni, Bozraxni jazolaydi. Xullas, uzoq–yaqinda joylashgan hamma Mo‘ab shaharlari vayron bo‘ladi.
25. Mo‘abning qudrati sinadi, kuchi kesiladi. Egamizning kalomi shudir.
26. O‘zini Egamizdan ustun qo‘ygan Mo‘abni mast qilinglar. O‘z qusug‘ida o‘zi dumalab yotsin, odamlarga kulgi, masxara bo‘lsin.
27. Ey Mo‘ab, esingdami, Isroil ustidan kulgan eding! U o‘g‘rimidiki, u haqda gapirganingda boshingni chayqagan eding!
28. “Ey, Mo‘ab aholisi! Shaharlarni tark eting, Qoyalar orasida yashab yuravering. Tog‘ darasida in qurgan kabutarlarday bo‘ling.
29. Eshitganmiz Mo‘abning mag‘rurligini, Manmanligi, kiborligi, takabburligini! Naqadar takabburdir u! Nihoyatda gerdayib ketgan!”
30. Egamiz shunday demoqda: “Men bu xalqning surbetligini bilaman. Ular behuda maqtanadilar.
31. Shunday ekan, Mo‘ab uchun men yig‘layman, Butun Mo‘ab xalqi uchun faryod qilaman. Xir–Xarasot aholisi uchun ko‘z yosh to‘kaman.
32. Ey Sivmo qishlog‘ining uzumzorlari, Men ham Yazir shahri singari sizlar uchun qayg‘uraman. Sizning novdalaringiz o‘sib ketdi, Hatto O‘lik dengizdan ham oshib o‘tdi, Shoxlaringiz Yazir shahrigacha yetdi. Ammo yozgi mevalar va uzumlaringizga Zararkunanda tushdi.
33. Mo‘abning hosildor yerlarida Shodligu xursandchilik barham topdi. Men uzum siqish chuqurlardagi Sharobni tortib olaman. Endi hech kim shodlikdan hayqirib uzum ezmaydi, Shodon qiyqiriqlar endi eshitilmaydi.”
34. “Xashbon, Elaley ahli faryod chekadi, Ularning ovozi Yaxazgacha eshitiladi. Sadosi Zo‘vardan Xo‘ronaymgacha jaranglaydi, To Eglat–Shalishiyogacha yetib boradi. Hatto Nimrim suvlari nobud bo‘ladi.
35. Egamiz shunday demoqda: Mo‘ab sajdagohlarida qurbonlik qilganlarni yo‘q qilaman, O‘z xudolariga atab tutatqi tutatganlarni o‘ldiraman.
36. Qalbim nay kabi nola qilib, Mo‘ab uchun qayg‘urmoqda. Ha, qalbim nay kabi, Xir–Xarasot odamlari uchun yig‘lamoqda. Axir, ularning yiqqan boyligi yo‘q bo‘ldi.”
37. Qayg‘udan hamma sochini oldirgan, Hamma soqolini qirib tashlagan, Hamma qo‘llarini tilgan, Bellariga qanor o‘rab olgan.”
38. Egamiz shunday demoqda: Mo‘abdagi hamma tomlar ustida, Hamma shahar maydonlarida Faqat marsiya aytiladi. Zotan Men Mo‘abni sindirib tashlayman, Keraksiz idishday chilparchin qilaman.
39. Mo‘ab chil–chil sinadi! Odamlari achchiq–achchiq yig‘laydi! Sharmandalikdan Mo‘ab yuzini yashiradi! Mo‘ab hammaga masxara bo‘ladi, Uning ahvolidan qo‘shni xalqlar vahimaga tushadi.”
40. Egamiz shunday demoqda: “Qaranglar! Dushman burgut singari Mo‘abga hujum qilmoqda, Qanot kerib Mo‘ab uzra parvoz etmoqda.
41. Mo‘ab shaharlari endi olinadi, Qal’alari qo‘lga kiritiladi. O‘sha kuni Mo‘ab lashkarlari vahimaga tushadi, Ular dard tutgan ayol kabi bo‘lib qoladi.
42. Axir, Mo‘ab o‘zini Egamizdan ustun qo‘ydi– da, Endi u nobud bo‘ladi.
43. Ey Mo‘ab ahli, sizni vahima, Tuzoq va choh kutmoqda!” Egamizning kalomi shudir.
44. “Vahimadan qochgan chuqurga tushar, Chuqurdan chiqqan esa tuzoqqa ilinar. Men Mo‘abning boshiga Jazo yilini keltiraman.” Egamizning kalomi shudir.
45. “Holdan toygan qochoqlar Xashbon shahri soyasida to‘xtaydi. Ammo olov chiqadi Xashbon shahridan, Alanga chiqadi shoh Sixo‘nning shahridan. Yong‘in butun Mo‘ab yurtini yamlab yutadi, Isyonkor odamlarning boshini yeydi.
46. Ey Mo‘ab, holingga voy! Xamo‘shga sig‘inganlar nobud bo‘ladi, O‘g‘il–qizlaring asirlikka tushadi.
47. Ammo keyinchalik Men Mo‘ab xalqini yana farovonlikka erishtiraman.” Egamizning kalomi shudir. Mo‘ab to‘g‘risidagi bashoratlar o‘z nihoyasiga yetdi.

1. EgamizOmmon xalqi to‘g‘risida shunday dedi: “Isroil tirnoqqa zormidi?! Uning merosxo‘ri yo‘qmidi?! Nimaga unda Mo‘laxga topinadiganlar Gad hududini egallab olishdi? Nimaga Ommon xalqi Gad shaharlarida yashayapti?”
2. Egamiz demoqda: “Bu qilmishlari uchun shunday kunlar keladiki, Men Ommonliklarning Rabba shahriga qarshi jang e’lon qilaman. Rabba shahrini vayronalar uyumiga aylantiraman, Atrofdagi qishloqlariga o‘t qo‘yaman. Shunda Isroil xalqi bosqinchilarining yerlarini bosib oladi.” Egamizning kalomi shudir.
3. Dod sol, ey Xashbon! Ay shahri vayron bo‘ldi! Ey Rabba aholisi, faryod qiling! Qanorga o‘ranib, marsiya ayting, Sarosimaga tushib badaningizni tiling. Axir, xudoyingiz Mo‘lax surgun qilinadi, Ruhoniylaru a’yonlaringiz asirga olib ketiladi.
4. Ey isyonkor qiz Ommon, Nechun kuching bilan maqtanasan? Sening kuching qirqiladi! Sen boyligingga ishonasan, “Bizga hujum qilishga kim jur’at etar?”, deysan.
5. Sarvari Olam — Rabbiy shunday demoqda: “Men O‘zim senga har tomondan dahshat solaman. Hammangiz tumtaraqay bo‘lib qochasizlar, Qochoqlaringizni hech kim to‘play olmaydi.
6. Ammo shundan so‘ng Men Ommon xalqini yana farovonlikka erishtiraman.” Egamizning kalomi shudir.
7. Sarvari Olam Edom haqida shunday dedi: Temonda farosatli kishi qolmadimi? Oqilona nasihat beradigan topilmadimi? Aqllarini mog‘or bosdimi?
8. Ey Dedonliklar, qochinglar, Chuqur g‘orlarda bekinib olinglar! Vaqt keldi Esov naslini jazolashga, Falokat keltiraman uning boshiga.
9. Bog‘ingizda uzum tergan odamlar Bir–ikki bosh uzum qoldiradi–ku! Kechasi uyga tushgan o‘g‘ri Faqat xohlagan narsasini oladi–ku!
10. Men esa Esovning bor–yo‘g‘ini tortib olaman, Uning pana joylarini oshkor qilaman, U hech qayerga yashirina olmaydi. Uning bolalari halok bo‘ladi, Og‘a–ini, qo‘shnilari o‘ladi. Undan asar ham qolmaydi.
11. Yetimlaringizni qoldiring, Ularning jonini asrayman. Bevalaringiz Menga inonib yashasin.
12. Egamiz shunday demoqda: “Aybsiz odamlar jabr tortsa–yu, sen, ey Edom, jazosiz qolasanmi?! Yo‘q, sen jazodan qochib qutulolmaysan. Jazo kosasidan albatta ichasan.
13. O‘z nomim bilan qasam ichib aytamanki, Bozrax shahri vayron bo‘ladi. Uning ayanchli ahvoli odamlarni vahimaga soladi. O‘tgan–ketganlar uni mazax qilib, nomini qarg‘ishlarda ishlatadi. Yon– atrofidagi hamma shaharlar ham to abad tashlandiq bo‘ladi.” Egamizning kalomi shudir.
14. Men, Yeremiyo, Egamizdan bir xabar oldim, Jarchi bu xabarni xalqlarga e’lon qildi: “To‘planing! Shaharga hujum qiling, Qani, jangga otlaning!
15. Ey Edom, seni xalqlar orasida arzimas qilib qo‘yaman, Butun odamzod sendan hazar qiladigan bo‘ladi.
16. Vajohating seni aldadi, Takabburliging seni ahmoq qildi. Sen–ku tik qoyada yashaysan, Azim cho‘qqilarni egallagansan. Burgut kabi iningni baland qurgan bo‘lsang ham, Seni u yerdan tortib tushiraman.” Egamizning kalomi shudir.
17. Edomning boshiga tushadigan kulfatlar shu qadar dahshatli bo‘ladiki, bu yurtning oldidan o‘tgan har bir kishi vahimaga tushib, qotib qoladi.
18. Sado‘m, G‘amo‘ra va atrofdagi shaharlar qanday vayron bo‘lgan bo‘lsa, Edom ham xuddi shunday vayron bo‘ladi. U yerda hech kim yashamaydi.
19. Men Iordan chakalakzoridagi arslonday yaylovdagi qo‘ylarga hujum qilaman. Bir zumda Edom xalqini o‘z yurtidan haydab chiqaraman. O‘zim xohlagan insonni u yerga bosh qilaman. Axir, kim Menga teng kela oladi?! Kim Mendan hisobot so‘ray oladi?! Qaysi cho‘pon Menga qarshi tura oladi?!
20. Shunday ekan, Edom xalqiga qarshi tuzgan rejalarimni eshitib qo‘ying. Temon aholisiga qilgan niyatlarimga quloq tuting: Yirtqichlar suruvdagi qo‘zichoqlarni sudrab ketadi. Qilmishlari tufayli yam–yashil yaylovlari payhon bo‘ladi.
21. Edom gursullab qulaganda, yer yuzi larzaga keladi. Xalqning dodu voylari Qizil dengizgacha eshitiladi.
22. Qaranglar! Dushman burgutday Bozraxga hujum qilmoqda. Qanot kerib shahar uzra parvoz etmoqda. O‘sha kuni Edom lashkarlari dard tutgan ayol kabi vahimaga tushadi.
23. Quyidagi xabar Damashq haqidadir: Xomat bilan Arpad ahli shum xabar eshitishadi, Shuning uchun ular sarosimaga tushadi. Yuragiga tushgan g‘ulg‘ula bosilmaydi, Jo‘shqin dengiz kabi tinchlanmaydi.
24. Damashq madorsiz qoladi, Orqaga qochmoqchi bo‘ladi, Butun vujudini vahima qamrab oladi. Dard tutgan ayolday azobu qiynoqda qoladi.
25. Evoh, mashhur shahar tark etiladi! Quvonch makoni tashlab ketiladi!
26. O‘sha kuni yigitlari maydonlarda o‘ladi, Hamma sipohlari halok bo‘ladi.” Sarvari Olamning kalomi shudir.
27. “Men Damashq devorlariga o‘t qo‘yaman, Olov Banhadad qal’alarini yondirib tashlaydi.”
28. Bobil shohi Navuxadnazar mag‘lub qilgan Kedar va Xazor shohliklari haqida Egamiz shunday deydi: “Qani bo‘ling, Kedarga hujum qiling! O‘sha sharq qabilalarini halok eting!
29. Qo‘lga kiriting chodirlariyu qo‘ylarini, Pardalariyu bor bisotini. Tuyalarini o‘zingizga oling.“ Odamlar baqiradi: “Atrofni dahshat qamradi!”
30. Egamiz shunday demoqda: “Ey Xazor aholisi! Qoching! Uzoqlarga bosh olib keting. Chuqur g‘orlarda yashirinib oling. Zero, Bobil shohi Navuxadnazar Sizlarga qarshi bir reja tuzdi, Sizlarni halok etish niyatida yuribdi.”
31. Egamiz shunday demoqda: “Ey Bobil lashkarlari, Qani, xotirjam bo‘lgan xalqqa hujum qilinglar! Bexatar yashayotganlarga tashlaninglar! Ular sahroda yolg‘iz yashaydilar, Shaharlarining na darvozalari, na tambalari bor.
32. Ularning tuyalarini o‘lja olasiz, Mol podalarini qo‘lga kiritasiz. Sochini oldirib yurgan Xazorliklarni Men to‘rt tomonga tarqatib yuboraman. Ularning ustiga har yoqdan kulfat yog‘diraman.” Egamizning kalomi shudir.
33. Xazor to abad tashlandiq bo‘lib qoladi, Chiyabo‘rilar makoniga aylanadi. U yerda hech kim yashamaydi, U joylarga hech kim borib o‘rnashmaydi.
34. Yahudo shohi Zidqiyo hukmronligining boshida Egamiz Yeremiyo payg‘ambarga Elam yurti to‘g‘risida O‘z so‘zini ayon qildi.
35. Sarvari Olam demoqda: “Men Elam merganlarini nobud qilaman. Qudratining manbaini sindiraman.
36. Ular ustiga to‘rt tomondan dushman solaman. Hammasini yer yuzining to‘rt tomoniga tarqatib yuboraman. Elamliklar qochib bormagan biron bir yurt qolmaydi.”
37. Egamiz demoqda: “Men Elamni qasdi bor dushmanlari qarshisida sarosimaga solaman. Qaynagan g‘azabimni ustilariga kulfat qilib yog‘diraman. Ortidan qilich solib, hammasini bitta qoldirmay qirib tashlayman.
38. Ularning shohini a’yonlari bilan birga yo‘q qilaman. Elamda O‘z taxtimni o‘rnataman.
39. Ammo keyinchalik Men Elam xalqini yana farovonlikka erishtiraman.” Egamizning kalomi shudir.

1. EgamizBobil yurti va Bobilliklarning diyori xususida Yeremiyo payg‘ambar orqali shunday so‘zlarni aytdi:
2. “Xalqlarga e’lon qiling, xabar yetkazing! Bayroq ko‘tarib, yangilikni ayting. Hech narsa yashirmay shunday jar soling: “Bobil qulaydi, Ularning xudosi Bel sharmanda bo‘ladi, Xudosi Mardux parcha–parcha qilinadi. Bobil butlari xor bo‘ladi, Sanamlari sindirib tashlanadi.
3. Shimoldagi bir xalq Bobil ustiga bostirib keladi. Ular butun yurtni vayron qilishadi. U yerda hech kim yashamaydigan bo‘ladi. Odamlar va hayvonlar u yerdan qochib ketadi.
4. Egamiz shunday demoqda: “O‘sha kunlar kelganda, Isroil xalqi Yahudo xalqi bilan birga ko‘z yosh to‘kib, Egasi Xudoga intiladigan bo‘ladi.
5. Ular yuzlarini Quddus tomon buradilar, u yerga olib boradigan yo‘lni surishtiradilar. Egamizga bog‘lanib qoladilar, U bilan unutilmas, abadiy bir ahd tuzadilar.
6. Mening xalqim adashgan qo‘ylarga o‘xshaydi. Cho‘ponlari ularni yo‘ldan adashtirib, tog‘larga haydab yubordilar. Ular tog‘laru qirlarda darbadar kezib, oromgohini unutdilar.
7. Qo‘ylarimga kim duch kelgan bo‘lsa, qo‘ylarimni yedi. Dushmanlar esa shunday dedi: “Bizning aybimiz yo‘q. Ularning o‘zlari Egasiga qarshi gunoh qildi. Egasi ular uchun asil yaylovday edi, ota–bobolari Egasiga umid bog‘lagan edi.”
8. Ey Isroil xalqi, Bobildan qochib chiqing! Bobilliklarning yurtini tark eting! Suruvni boshqarib ketayotgan serkaday birinchi bo‘lib chiqing.
9. Mana, Men shimoldagi qudratli xalqlarni Bobilga qarshi qo‘zg‘atyapman. Ular saf tortib, Bobilga hujum qiladilar. Bobil jangda mag‘lub bo‘ladi. Dushman o‘qlarining hammasi to‘g‘ri nishonga tegadi, ularning o‘qlari merganlarning o‘qlaridaydir.
10. Bobil talon–taroj qilinadi, hamma talonchilari o‘ljaga to‘yadi.” Egamizning kalomi shudir.
11. Ey, xalqimni talagan Bobilliklar! Sizlar sevinib, xursand bo‘lyapsizlar, O‘tloqdagi buzoqday shodon sakrayapsizlar, Otlar kabi kishnayapsizlar.
12. Ammo bilib qo‘ying, ona yurtingiz xor bo‘ladi, Siz tug‘ilgan yurt oyoq osti qilinadi. Yurtingiz xalqlar orasida arzimas bo‘lib qoladi, Cho‘l, qaqroq yer, sahroga aylanadi.
13. Egamiz Bobilga qahrini sochadi, U yerda hech kim yashamaydi. Butunlay tashlandiq bo‘lib qoladi. U yerdan kim o‘tsa yoqasini ushlaydi, Bobil xarobalarini ko‘rib qotib qoladi.
14. Ey merganlar! Bobil atrofiga saf torting! Unga qarshi o‘q uzing! O‘qingizni sira ayamang. Axir, Bobil Egamizga qarshi gunoh qildi.
15. Har yoqdan Bobilga shunday deb xitob qiling! “Bobil taslim bo‘lyapti, Istehkomlari yiqilyapti, Devorlari o‘pirilib tushyapti.” Mana bu — Egamizning qasosidir. Sizlar ham Bobildan o‘ch oling, Qilmishlarini o‘z boshiga qaytarib soling.
16. Bobildagi urug‘ sepuvchilarni yo‘q qiling, O‘rim mavsumida o‘roqchilarni o‘ldiring. Dushman qilichidan hamma qochsin, U yerdagi asirlar o‘z xalqi orasiga qaytsin, Ona yurtiga qochib borsin.
17. Egamiz shunday deydi: “Isroil xalqi sherlar har yoqqa tumtaraqay qochirib yuborgan qo‘ylarga o‘xshaydi. Ilk bor Isroilga Ossuriya shohi tashlangan edi, Isroilning suyaklarini esa Bobil shohi Navuxadnazar g‘ajigan edi.
18. Shu sababdan Men, Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam, Ossuriya shohini qanday jazolagan bo‘lsam, Bobil shohini va uning yurtini ham xuddi shunday jazolayman.
19. Isroilni o‘z yayloviga qaytarib olib kelaman, ular Karmil tog‘ining yon bag‘irlarida va Bashanda o‘tlab yuradilar. Efrayim qirlarida va Giladda yurib, qorinlarini to‘yg‘izadilar.
20. O‘sha kunlar kelganda Isroildan biron gunoh topilmaydi, Yahudo ham benuqson bo‘ladi. Zero, Men asragan xalqimni kechiraman.
21. Egamiz shunday demoqda: “Marotayim yurtiga bostirib boringlar, Paxo‘d aholisiga hujum qilinglar, Ularni tamomila qirib bitiringlar. Sizlarga Men buyurgan hamma ishni bajaringlar.”
22. Bobildan jang shovqin–suroni ko‘tarilmoqda, Hamma yoq xarobaga aylanmoqda.
23. Bobil butun dunyoni bolg‘aday parcha–parcha qildi, Eh, endi o‘zi sinib parchalanib ketdi! Bobilning ahvoli xalqlarni vahimaga soldi.
24. Ey Bobil, Men senga tuzoq qo‘ygandim, Bilmasdan tuzog‘imga tushib qolding. Seni fosh qildim, qo‘lga oldim. Axir, sen Menga qarshi chiqqan eding.”
25. Egamiz O‘z aslahaxonasini ochdi, G‘azab qurollarini olib chiqdi. Sarvari Olam — Rabbiy Bobilliklar yurtida bir ish qilishga shaylandi.
26. Uzoq yurtlardan Bobilga hujum qiling! Omborxona eshiklarini buzing! Bobilni donday uyum–uyum qilib yig‘ing, Hammasini yo‘q qiling. Undan asar ham qolmasin!
27. Yosh jangchilarini o‘ldiring, Hammasini qirib tashlang. Bobilning holiga voy, uning kuni bitdi, Jazo oladigan vaqti yetdi.
28. Bobildan qochib kelayotganlarning gaplarini eshiting. Ular Quddusga kelib, Egamiz Xudo O‘z Ma’badi uchun olgan qasosini e’lon qilishmoqchi.”
29. “Bobilga hujum qilish uchun kamonchilarni yig‘inglar. Shaharni qurshovga olinglar, bironta odam qochib keta olmasin. Bobilliklarning qilgan ishiga yarasha jazosini beringlar, qilmishlarini o‘z boshiga qaytarib solinglar. Zero, ular Isroil xalqining Muqaddas Xudosi — Egamizga nisbatan takabburlik qildilar.
30. O‘sha kuni Bobilliklarning yigitlari maydonlarda o‘lib ketadi, hamma sipohlari halok bo‘ladi.” Egamizning kalomi shudir.
31. Sarvari Olam — Rabbiy shunday demoqda: “Ey takabbur Bobil, Men senga qarshi chiqyapman! Sening kuning bitdi, Seni jazolaydigan vaqt yetdi.
32. Bu takabbur xalqing qoqilib tushadi, Seni hech kim turg‘izib qo‘ymaydi. Men hamma shaharlaringga o‘t qo‘yaman, Olov atrofdagi hamma narsani yondirib yuboradi.
33. Sarvari Olam shunday demoqda: “Isroil va Yahudo xalqlari zulm iskanjasida qolishdi. Dushmanlarning hammasi ularni qattiq tutib turibdi. Ularni qo‘yib yuborishdan bosh tortyapti.
34. Ammo ularning Qutqaruvchisi qudratlidir, Uning nomi Sarvari Olamdir. U xalqini astoydil himoya qiladi, yurtiga orom beradi. Bobilliklarni esa tinchlikdan mahrum qiladi.”
35. Egamiz shunday demoqda: “Bobilliklarga o‘lim! Butun Bobil aholisi, A’yonlariyu donishmandlariga o‘lim!”
36. Folbinlariga o‘lim! Naqadar ahmoqdir ular! Jangchilariga o‘lim! Naqadar vahimaga tushgan ular!
37. Otlariyu jang aravalariga o‘lim! Yollangan jangchilariga o‘lim! Ayollarga o‘xshagan zaifdir ular! Ziynatu boyliklarini yo‘q qiling, Talang, o‘lja qilib oling.
38. Butun yurtga qurg‘oqchilik kelsin! Daryolari qurib ketsin. Zero, bu yurt butlar makoni bo‘ldi, Vahimaga solgan o‘sha butlar tufayli Odamlari aqldan ozdi.
39. Shuning uchun Bobilda sirtlonlaru tuyaqushlar yashaydi. U yer yovvoyi dasht hayvonlarining makoniga aylanadi. Inson zoti endi u yerda hech qachon yashamaydi, Bobil to abad bo‘m–bo‘sh bo‘lib qoladi.
40. Sado‘m, G‘amo‘ra va atrofdagi shaharlar qanday vayron bo‘lgan bo‘lsa, Bobil ham shunday vayron bo‘ladi. U yerda hech kim yashamaydi.
41. Ana, shimoldan olomon kelmoqda. Dunyoning bir chetida Qudratli xalqlaru ko‘p shohlar qo‘zg‘almoqda.
42. Kamonu nayzalar bilan qurollangan ular, Shafqat qilmaydigan zolimdir bu odamlar. Ular otlarini yeldiradi, Dengizday guvullab keladi. Ey qiz Bobil, ular senga qarshi chiqadi, Jang qilgani saf tortishadi.
43. Bobil shohi bu xabarni eshitdi, Qo‘llarida mador qolmadi. Dard tutgan ayol kabi Azobu iztirobda qoldi.
44. Men Iordan chakalakzoridagi arslonday yaylovdagi qo‘ylarga hujum qilaman. Bir zumda Bobil xalqini o‘z yurtidan haydab chiqaraman. O‘zim xohlagan insonni u yerga bosh qilaman. Axir, kim Menga teng kela oladi?! Kim Mendan hisobot so‘raydi?! Qanday cho‘pon Menga qarshi tura oladi?!
45. Shunday ekan, Bobil yurtiga qarshi Men tuzgan rejalarni eshitinglar. Bobil xalqi to‘g‘risida qilgan niyatlarimga quloq tutinglar: Yirtqichlar suruvdagi qo‘zichoqlarni sudrab ketadi. Qilmishlari tufayli yam–yashil yaylovlari payhon bo‘ladi.
46. Bobil gursullab qulaganda, yer yuzi larzaga keladi, xalqning dodu voylari olisdagi ellarga eshitiladi.

1. Egamiz shunday demoqda: “Men Bobilga va uning aholisiga qarshi, Halokat keltiradigan shamol qo‘zg‘ataman.
2. Bobilga ajnabiylarni jo‘nataman. Ular bug‘doyni sovurganday, Bobilni sovurib tashlaydilar. Uning bor–yo‘g‘ini shilib oladilar. Kulfat kuni unga har yoqdan yopiriladilar.
3. Bobil kamonchilarining sovut kiyishiga, O‘q uzishlariga imkon bermang. Bobil yigitlariga rahm qilmang! Lashkarini tamomila qirib bitiring.
4. Ular Bobil yurtida chopib tashlanadilar, Ko‘chalarida og‘ir yaralanib yotadilar.
5. Isroil va Yahudo xalqlari Sarvari Olam oldida gunoh qilgan bo‘lsalar ham, Xudosi ularni tark etmadi. Isroilning Muqaddas Xudosi ulardan yuz o‘girmadi.
6. Bobildan qochib chiqinglar! Joningizni qutqarib qolinglar! Bobilning gunohi tufayli qirilib ketmanglar, Zotan Egamiz Bobildan o‘ch olmoqda, Qilgan qilmishlariga yarasha jazosini bermoqda.
7. Bobil Egamizning qo‘lidagi oltin kosaday edi, Bobil butun dunyoni mast qildi. Dunyo xalqlari kosadagi sharobdan ichdi, Hammasi aqldan ozdi.
8. Bobil birdaniga qulaydi, buzib tashlanadi. Uning uchun faryod qiling! Yaralariga malham surting, Zora tuzalib qolsa!
9. Bobilda yashagan ajnabiylar aytishadi: “Bobilni tuzatmoqchi edik, ammo u tuzalmadi. Endi uni tashlab ketaylik, Har birimiz yurtimizga qaytib ketaylik. Axir, Bobilning jazosi boshidan oshdi, Ko‘kdagi bulutlargacha yetib bordi.”
10. Isroil xalqi deydi: “Egamiz bizni oqladi. Yuringlar, Quddusga boraylik, Egamiz Xudoning buyuk ishlarini U yerda e’lon qilaylik.
11. O‘tkirlang o‘qlarni! To‘ldiring o‘qdonlarni! Egamiz O‘z Ma’badi uchun Bobilliklardan o‘ch olmoqchi bo‘ldi. U butun Bobil yurtini vayron qilishni rejalashtirib qo‘ygan edi. Rejasini amalga oshirish uchun Midiya shohlarini Bobilga qarshi qo‘zg‘atgan edi.
12. Bobilga qarshi bayroq ko‘taring. Qo‘riqchilar safini kuchaytiring, Soqchilar qo‘ying. Pistirma qo‘yishga tayyor turing. Egamiz rejalarini amalga oshiradi, Bobilga qarshi aytganlarini bajaradi.
13. Ey serob suvlar bo‘yidagi shahar, Boy xazinaga ega bo‘lgan shahar! Sening kuning bitdi. Hayoting ipi uzildi.
14. Sarvari Olam O‘z nomi bilan qasamyod qilib dedi: “Chigirtkaday gala–gala dushmanni senga qarshi yuboraman. Ular yurting uzra g‘olibona hayqiradi.”
15. Egamiz qudrati ila yerni yaratdi, Donoligi ila dunyoni bunyod etdi, Idroki ila osmon gumbazini o‘rnatdi.
16. Uning ovozidan osmondagi suvlar gulduraydi, U dunyoning to‘rt burchidan bulutlarni olib keladi. Yomg‘ir yog‘dirishdan oldin momaqaldiroq chaqtiradi, Omborlaridagi shamollardan esdiradi.
17. Uning oldida hamma odamlar ahmoq va nodondir. Zargarlar yasagan butlari tufayli sharmanda bo‘lishadi. Yasagan sanamlari soxtadir, ularning joni yo‘q.
18. Bu betayin butlar aldamchidir. Ularni jazolagan kunim yo‘q bo‘lishadi.
19. Yoqubning Xudosi esa unday emas. U butun borliqni yaratgan, Merosi bo‘lgan Isroilni bino qilgan. Uning nomi Sarvari Olamdir.
20. Ey Bobil, sen Mening bolg‘am, urush qurolimsan. Sen bilan ezdim Men xalqlarni, Sen bilan parchaladim shohliklarni.
21. Sen bilan pachaqladim otlaru chavandozlarni, Majaqladim jang aravalariyu aravakashlarni.
22. Sen bilan ezdim erkagu ayollarni, Sen bilan urdim yoshu qarilarni, Sen bilan o‘ldirdim yigitu qizlarni,
23. Sen bilan ezdim cho‘ponlaru ularning suruvlarini, Sen bilan urdim dehqonlaru ularning ho‘kizlarini, Sen bilan o‘ldirdim hokimlaru a’yonlarni.
24. Egamiz shunday demoqda: “Quddusga qilgan barcha yovuzliklari uchun Bobilliklarni va butun Bobil yurtini sizning ko‘zingiz oldida jazolayman.”
25. Egamiz shunday demoqda: “Ey Bobil, sen tog‘day bo‘lib, Butun dunyoni vayron qilding. Shu bois Men senga qarshiman! Men senga qarshi qo‘l ko‘taraman, Seni qoyalardan pastga dumalatib yuboraman, Kuyib abgor bo‘lgan toqqa aylantiraman.
26. Sendan na peshtoq uchun tosh, Na poydevor uchun tosh olinadi. Sen to abad tashlandiq bo‘lib qolasan.” Egamizning kalomi shudir.
27. “Bayroqni ko‘taring! Xalqlarga burg‘u chaling! Xalqlarni Bobilga qarshi urushga tayyorlang. Ararat, Minnax va Ashkanoz shohliklarini Unga qarshi to‘plang. Bobilga qarshi jang qiladigan lashkarboshini tayinlang, Chigirtka galasiday ko‘p otlar keltiring.
28. Xalqlarni Bobilga qarshi urushga tayyorlang. Midiya shohlarini, ularning hokimu a’yonlarini, Ularning qo‘li ostidagi hamma yurtlarni Bobilga qarshi safarbar qiling.
29. Butun dunyo dag‘–dag‘ titramoqda, Zero, Egamiz O‘z rejasini amalga oshirmoqda. Bobil vayron bo‘ladi, Evoh, kimsasiz huvullab qoladi.
30. Bobil sipohlari jangdan voz kechishadi, Qal’alarida pisib yotishadi. Ularning madori qolmaydi, Ayollarday zaif bo‘lib qolishadi. Bobilning dushmani shahar binolariga o‘t qo‘yadi, Shahar darvozalarini buzadi.
31. Chopar ketidan chopar yugurar, Xabarchi ketidan xabarchi kelar. Bobil shohiga shunday xabar yetkazmoqchi ular: “Shahringiz quladi,
32. Daryoning kechuv joylari qo‘lga olindi, To‘qaylarga o‘t qo‘yildi, Sipohlar sarosimaga tushdi.”
33. Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: “Qiz Bobil xirmondagi bug‘doyga o‘xshaydi. Tez orada o‘rim vaqti yetib keladi, Hademay u yanchiladi.”
34. Quddus aholisi shunday dedi: “Bobil shohi Navuxadnazar bizni g‘ajidi, ezdi, Bizni bo‘m–bo‘sh idishday qilib qo‘ydi. U ajdahoday bizni yamladi, Lazzatlarimiz bilan qornini to‘yg‘izdi, Keyin esa bizni tupurib tashladi.”
35. Quddus aholisi aytsin: “Majaqlangan tanam uchun Bobildan o‘ch olinsin”, deya. Sion aholisi aytsin: “To‘kilgan qonim uchun Bobilliklar jazolansin”, deya.
36. Egamiz shunday demoqda: “Men da’voingizni eshitib, Sizni himoya qilaman. Sizlar uchun o‘ch olaman. Bobilning bulog‘ini quritaman, Daryolarini suvsiz qoldiraman.
37. Bobilni bir uyum toshga aylantiraman, Chiyabo‘rilarning makoni qilaman. Bobilning ahvolidan odamlar dahshatga tushadi, Uni ko‘rganlar qotib qoladi. U yerda biron kimsa yashamaydi.
38. Bobilliklar sher kabi o‘kirishadi, Sher bolalariday bo‘kirishadi.
39. Ayni qizishgan paytlarida Ularga o‘tkir ichimlikdan ichiraman. Ularni mastu shodon qilaman. So‘ng ular abadiy uyquga ketishadi, Hech qachon uyg‘onishmaydi.” Egamizning kalomi shudir.
40. “Men ularni qo‘zichoq, qo‘chqor va takalarday Qassob oldiga olib boraman.”
41. Eha, Bobil shahri quladi–ya! Butun dunyo g‘ururi mag‘lub bo‘ldi–ya! Uning qismatidan xalqlar dahshatga tushdi!
42. Dengiz suvlari Bobilni bosdi, Shovqin to‘lqinlar uni qoplab oldi.
43. Ana, shaharlari xarob bo‘ldi, Ular cho‘lu sahroga aylandi. Endi u yerda hech kim yashamaydi, Inson qadami u yerga yetib bormaydi.
44. Bobil xudosi Belni Men jazolayman, Yutganlarini og‘zidan chiqaraman. Endi xalqlar uning oldiga oqib bormaydi, Bobil devorlari qulab tushadi.
45. Ey xalqim, chiqib ket u yerdan! Qochib qol Egangning qahridan! Joningni qutqargin!
46. Yurtdagi mish–mishlar sizni qo‘rqitmasin, Yuragingizga g‘ulg‘ula solmasin. Bir yil bir mish–mish bo‘ladi, Keyingi yili boshqasi chiqadi. Ha, yurtdagi zo‘ravonlik haqida mish–mish chiqadi, Shohlar orasidagi urush haqida mish–mish tarqaladi.
47. Mana, shunday kun kelyaptiki, Men Bobilning soxta xudolarini jazolayman. Butun Bobil yurti sharmanda bo‘ladi, Ko‘chalarida jasadlar yotadi.
48. Ha, Bobilga qarshi shimoldan Qirg‘in keltiruvchi keladi. Shunda Bobilning halokatidan Yeru osmon shodlanadi, U yerdagi barcha mavjudot xursand bo‘ladi”, deb aytmoqda Egamiz.
49. “Axir, Bobil Isroil xalqining umriga zomin bo‘ldi, Yer yuzidagi ko‘p xalqlarning boshini yedi, Ana endi uning qilmishlari o‘zining boshiga yetdi.
50. Ey, qilichdan omon qolganlar! Qochinglar, o‘ylanmanglar! Olis yurtda Egangizni eslanglar. Quddus haqida o‘ylanglar.
51. Sizlar aytasiz: “Sharmanda bo‘ldik. Haqoratlar eshitdik. Yuzimiz shuvut. Axir, Egamiz uyining muqaddas xonalarini Ajnabiylar oyoq osti qildi.”
52. Egamiz esa shunday demoqda: “Mana, shunday kunlar kelyaptiki, Men Bobilning soxta xudolarini jazolayman. Butun yurt uzra Yaradorlarning faryodlari eshitiladi.
53. Bobil osmonga chiqib olsa ham, Baland qal’asini mustahkam qilsa ham, Men unga qarshi qirg‘in keltiruvchini yuboraman.” Egamizning kalomi shudir.
54. Egamiz shunday demoqda: “Ana, Bobil xalqidan dodu faryod ko‘tarilmoqda, Bobil yurtidan vayron–talqon sadolari kelmoqda.”
55. Egamiz Bobilni vayron qiladi, Shang‘illagan tovushini o‘chiradi. Dushmanlar shiddatli to‘lqinlarday o‘kiradi, Quloq teshgudek qilib baqiradi.
56. Qirg‘in keltiruvchi Bobilga qarshi chiqadi, Sipohlarini asirlikka oladi. Kamonlarini sindiradi. Axir, Egamiz jazolaydigan Xudodir, U rosa Bobilning jazosini beradi.
57. Xudo Shohdir, Sarvari Olamdir Uning nomi. U shunday demoqda: “Mast qilaman Bobil amaldorlariyu donishmandlarini, Hokimlarini, a’yonlariyu jangchilarini. Ular abadiy uyquga ketadilar, Hech qachon uyg‘onmaydilar.”
58. Sarvari Olam shunday demoqda: “Bobilning qalin devorlari yer bilan yakson qilinadi, Baland darvozalari yondirib tashlanadi. Ellar behuda tinkasini quritadi. Xalqlarning ter to‘kib erishganlari olovga yem bo‘ladi.”
59. Yahudo shohi Zidqiyo hukmronligining to‘rtinchi yili. Shoh Zidqiyo Bobilga bormoqchi bo‘lib yo‘lga otlanganda, Yeremiyo payg‘ambar Neriyoning o‘g‘li, Maxsiyoning nevarasi Sarayoga ko‘rsatmalar berdi. Sarayo bu safarda javobgar bir shaxs edi.
60. Yeremiyo o‘rama qog‘ozga Bobilning boshiga tushadigan barcha kulfatlarni batafsil bayon qilib yozdirgan edi.
61. U Sarayoga shunday tayinladi: “Bobilga borganingdan keyin, o‘rama qog‘ozdagi hamma so‘zlarni xalqqa baland ovozda o‘qib ber.
62. Keyin esa shunday xitob qil: “Ey Egam, Sen O‘zing bu joyni vayron qilaman, degansan. Bu yerda na odamlar, na hayvonlar yashaydi, bu joy to abad tashlandiq bo‘ladi, deb aytgansan.”
63. O‘rama qog‘ozni o‘qib bo‘lganingdan keyin, unga bir tosh bog‘lagin–da, Furot daryosining o‘rtasiga uloqtirib yubor.
64. Keyin shunday deb ayt: “Bobil ham shunga o‘xshab cho‘kib ketadi. Egamiz Bobilga yog‘diradigan kulfatlar tufayli Bobil hech qachon o‘nglanmaydi. Uning butun aholisi o‘ladi.” Yeremiyoning bashoratlari tugadi.

1. Zidqiyo yigirma bir yoshida shoh bo‘ldi va Quddusda o‘n bir yil hukmdorlik qildi. Onasining ismi Xamutal bo‘lib, Libnalik Yeremiyoning qizi edi.
2. Zidqiyo ham, Yohayiqim kabi, Egamiz oldida qabih ishlar qilgani uchun
3. Egamiz Quddus va Yahudo xalqidan g‘oyat g‘azablangan, oqibatda ularni O‘z huzuridan quvib yuborgan edi. Zidqiyo Bobil shohiga qarshi isyon ko‘tardi.
4. Zidqiyo hukmronligining to‘qqizinchi yili, o‘ninchi oyning o‘ninchi kunida Bobil shohi Navuxadnazar Quddusga qarshi bor lashkarini tortib kelib, shaharni qamal qildi. Shahar devori atrofida baland qurilmalar yasatdi.
5. Shoh Zidqiyo hukmronligining o‘n birinchi yiligacha shahar qamalda qoldi.
6. To‘rtinchi oyning to‘qqizinchi kuni shaharda ocharchilik shu qadar kuchaydiki, xalq bir luqma non topolmay qoldi.
7. Bobilliklar Quddus devorini yorib kirdilar. Ular Quddusni har tomondan qurshab olishgan bo‘lsalar–da, Yahudo sipohlari shoh bilan birga qochib ketdilar. Ular tunda saroyning bog‘i yaqinidagi ikki devor orasidagi darvozadan chiqib, Iordan vodiysi tomonga qochdilar.
8. Ammo Bobil sipohlari shohning orqasidan quvib, Yerixo tekisligida Zidqiyoga yetib oldilar. Zidqiyoning hamma lashkarlari shohni tashlab qochib ketdilar.
9. Bobil sipohlari shoh Zidqiyoni ushlab, Xomat yurtidagi Rivlo shahriga, Bobil shohi huzuriga olib keldilar. Bobil shohi Zidqiyoni o‘sha yerda hukm qildi.
10. Rivloda Zidqiyoning ko‘zi oldida hamma o‘g‘illarini, so‘ng Yahudo a’yonlarini qatl qildi.
11. Zidqiyoning esa ko‘zlarini o‘yib, uni kishanlab qo‘ydi. Bobil shohi uni o‘zi bilan Bobilga olib ketdi. Zidqiyo umrining oxirigacha zindonda yotdi.
12. Bobil shohi Navuxadnazar hukmronligining o‘n to‘qqizinchi yili, beshinchi oyining o‘ninchi kunida Bobil shohi xizmatidagi qo‘riqchilar sardori Nabizaradon Quddusga kirdi.
13. U Egamizning uyiga, shoh saroyiga, Quddusdagi hamma uylarga, har bir hashamatli imoratga o‘t qo‘ydi.
14. Qo‘riqchilar sardori boshchiligida hamma Bobil lashkarlari Quddus devorlarini yiqitdilar.
15. Nabizaradon ba’zi qashshoqlarni, shaharda tirik qolganlarni, Bobil shohi tomonga o‘tgan qochoqlaru qolgan–qutgan hunarmandlarni asir qilib olib ketdi.
16. Uzumchilik va dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lsinlar, deya hech vaqosi yo‘q, qashshoq odamlardan ba’zilarinigina qoldirdi, xolos.
17. Bobilliklar Egamizning uyidagi bronza ustunlarni, aravalarni, bronza hovuzni parchaladilar, hamma bronzani Bobilga olib ketdilar.
18. Egamizning uyida xizmat paytida ishlatiladigan buyumlarni — qozonlarni, kuraklarni, qaychilarni, tog‘orachalar va kurakchalarni, barcha bronza ashyolarni ham olib ketdilar.
19. Qo‘riqchilar sardori Nabizaradon oltin va kumushdan yasalgan tog‘oralarni, olovkuraklarni, tog‘orachalarni, tovoqlarni, chiroqpoyalarni, kurakchalarni va sharob nazri uchun ishlatiladigan idishlarni ham olib ketdi.
20. Egamizning uyi uchun shoh Sulaymon yasattirgan ikkita ustunga, hovuzga, hovuz ostidagi o‘n ikkita buqaga va aravalarga behisob bronza sarf qilingan edi.
21. Har bir ustunning balandligi 18 tirsak, tevaragi 12 tirsak edi. Ustunlarning ichi kavak bo‘lib, devorlarining qalinligi to‘rt enli edi.
22. Ikkala ustunning tepasida bittadan ustunqosh bor edi. Ustunqoshlarning balandligi 5 tirsakdan, atroflari bronzadan yasalgan to‘rsimon bezak va anor tasviri bilan bezatilgan edi.
23. Ustunqoshning har bir tomoniga to‘qson oltita anor tasviri tushirilgan edi. Hammasi bo‘lib to‘rsimon bezakdagi anorlar soni yuzta edi.
24. Qo‘riqchilar sardori Nabizaradon oliy ruhoniy Sarayoni, undan keyingi ruhoniy Zafaniyoni va uchta darvozabonni ham asirga oldi.
25. Quddusda qolgan sipohlarning lashkarboshisini, shohning yettita shaxsiy maslahatchisini, xalqni lashkar safiga yozgan lashkarboshining kotibini va xalqdan shaharda qolgan oltmish kishini ham bandi qildi.
26. Ularning hammasini Rivloga, Bobil shohi huzuriga olib keldi.
27. Bobil shohi ularni Xomat yurtida, Rivloda qatl qildi. Shunday qilib, Yahudo xalqi o‘zlarining yurtidan surgun qilindilar.
28. Navuxadnazar surgun qilgan xalqning miqdori quyidagichadir: Hukmronligining yettinchi yili 3.023 nafar yahudiyni,
29. o‘n sakkizinchi yili Quddus aholisidan 832 nafar kishini,
30. yigirma uchinchi yili qo‘riqchilar sardori Nabizaradon Yahudodan 745 nafar kishini surgun qildi. Hammasi bo‘lib surgun qilingan xalqning miqdori 4.600 kishi edi.
31. Yahudo shohi Yohayixin surgunda yurganiga o‘ttiz yetti yil bo‘lganda, Evilmardux Bobil shohi bo‘ldi. Evilmardux o‘sha yilning o‘n ikkinchi oyi yigirma beshinchi kuni Yahudo shohi Yohayixinga iltifot ko‘rsatib, uni zindondan olib chiqdi.
32. Unga yaxshi munosabatda bo‘ldi, Bobilga surgun qilingan boshqa shohlardan ko‘ra balandroq martaba berdi.
33. Shunday qilib, Yohayixin zindon kiyimlarini yechdi. Umr bo‘yi doimo Bobil shohining dasturxonidan taom yedi.
34. Umrining oxirigacha Bobil shohi tarafidan kundalik ehtiyoji har doim qondirildi.

YouTube kanaliga xush kelibsiz!
► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)
Muqaddas Kitob
- Ibtido
- Chiqish
- Levilar
- Sahroda
- Qonunlar
- Yoshua
- Hakamlar
- Rut
- Shohlar (birinchi kitob)
- Shohlar (ikkinchi kitob)
- Shohlar (uchinchi kitob)
- Shohlar (to‘rtinchi kitob)
- Solnomalar (birinchi kitob)
- Solnomalar (ikkinchi kitob)
- Ezra
- Naximiyo
- Ester
- Ayub
- Zabur
- Sulaymonning hikmatlari
- Voiz
- Ishayo
- Sulaymonning go‘zal qo‘shig‘i
- Yeremiyo
- Yeremiyoning marsiyasi
- Hizqiyo
- Doniyor
- Xo‘sheya
- Yo‘el
- Amos
- Obodiyo
- Yunus
- Mixo
- Noxum
- Xabaqquq
- Zafaniyo
- Xaggey
- Zakariyo
- Malaki
- Matto Muqaddas xushxabar
- Luqo Muqaddas xushxabar
- Yuhanno Muqaddas xushxabar
- Mark Muqaddas xushxabar
- Havoriylarning faoliyati
- Yoqubning maktubi
- Butrusning birinchi maktubi
- Butrusning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning birinchi maktubi
- Yuhannoning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning uchinchi maktubi
- Yahudoning maktubi
- Rimliklarga maktub
- Korinfliklarga birinchi maktub
- Korinfliklarga ikkinchi maktub
- Galatiyaliklarga maktub
- Efesliklarga maktub
- Filippiliklarga maktub
- Kolosaliklarga maktub
- Salonikaliklarga birinchi maktub
- Salonikaliklarga ikkinchi maktub
- Timo‘tiyga birinchi maktub
- Timo‘tiyga ikkinchi maktub
- Titusga maktub
- Filimo‘nga maktub
- Ibroniylarga maktub
- Yuhannoga ko‘rsatilgan vahiy
AJOYIB KITOBNI O'QING

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)
MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Tavrot | Zabur | Injil (+audio)

Яхши аудио Китоблар

Kinolar va Multiklar

Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Аудио Кутубхона

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz