Muqaddas Kitob

Yeremiyoning marsiyasi

1. Voy sho‘rim! Odamlarga to‘lib–toshgan bir vaqtlar, Naqadar yolg‘izdir endi bu shahar! Xalqlar orasida shuhrat qozongan, Endi bir beva ayolga u o‘xshab qolgan. U viloyatlar orasida malikaday edi, Endi u bir cho‘riga o‘xshab qoldi.
2. Kechalari u achchiq–achchiq yig‘laydi, Ko‘zlaridan yoshlar oqadi. Uni yupatadigan biron kimsa Yo‘qdir o‘ynashlarining orasida. Do‘stlari unga xiyonat qilishdi, Unga dushman bo‘lib qolishdi.
3. Yahudo xalqi surgun bo‘lib, azoblar tortdi, Tutqunlikning mashaqqatini u totib qo‘rdi. Begona xalqlar orasida o‘rnashganda, O‘ziga orom topa olmadi. U tang ahvolga tushib qolganda, Ta’qib etuvchilar uni qo‘lga oldi.
4. Quddusga boradigan yo‘llar tutyapti motam, Axir, belgilangan bayramlarga kelmas biror ham odam. Shaharning hamma darvozalari huvullab qoldi, Ruhoniylari xo‘rsinib o‘tiribdi. Quddusdagi qizlar qayg‘uga botgan, Quddusning o‘zi ham iztirobda qolgan.
5. Quddusga dushmanlari bosh bo‘ldi, Uning g‘animlari ravnaq topdi. Quddus behad ko‘p gunoh qildi, Shu sababdan Egamiz uni azobga soldi. Quddusning farzandlari surgun qilindi, G‘animlari ularni olib ketdi.
6. Qiz Quddus o‘z savlatini yo‘qotdi. Yo‘lboshchilari o‘tloq topa olmagan kiyikka o‘xshaydi. Ovchidan qochishga ularning madori qolmadi.
7. Kulfatu sargardonlik kunlarda, Quddus oldingi hazinalarini esladi. Uning aholisi dushmanlarga taslim bo‘lganda, Quddusga yordam beradigan hech kim yo‘q edi. G‘animlar uning qulashini tomosha qilib, Quddusni masxara qilardi.
8. Ha, Quddus jirkanch gunohga qo‘l urdi, Atrofdagilarga u kulgi bo‘ldi. Oldin uni e’zozlagan hammalar Endi undan hazar qiladilar. Quddusning sharmandaligini ular ko‘rdilar. Mana endi, Quddus xo‘rsinib o‘tiribdi, Hammadan yuzini yashirib o‘tiribdi.
9. Uning nopokligi kiyimini dog‘ qildi, Kelajagi haqida u qayg‘urmadi. U dahshatli tarzda quladi, Uning yupatuvchisi yo‘q edi. U shunday deb yolvordi: “Kulfatimga bir nazar solgin, ey, Egam, Zero, dushmanlarim g‘olib keldi ustimdan!”
10. G‘animlar Quddus xazinalariga chang soldi. Quddusning ko‘zi oldida Begona xalqlar muqaddas makonga kirdi. Ammo Egamiz o‘sha g‘ayriyahudiylarga Hatto Isroil jamoasida bo‘lishni man etgandi!
11. Mana endi, shahardagi hamma odamlar xo‘rsinyapti, Bir burda nonni izlab yuribdi. Ular boyliklarini sotib, ovqat olishyapti, Shu yo‘sin o‘z jonlarini saqlashyapti. Quddus shunday deb yolvormoqda: “Ey Egam, menga bir boqqin, Xor bo‘lganimni ko‘rib qo‘ygin!”
12. Quddus o‘tgan–ketganlarga xitob qiladi: “Nahotki sizlarga bari bir bo‘lsa?! Menga bir qaranglar! — deb yolvoradi. — Egamiz g‘azab kunida menga azob bergan, Bunday azobni hech kim ko‘rmagan.
13. U osmondan olov yubordi, O‘sha olov ichimni yondirdi. Xudo oyog‘imga tuzoq qo‘ydi, Meni ortga qaytishga majbur qildi. Adoyi tamom qildi meni Xudoyim, Azobu alamda qoldi mening jonim.
14. Gunohlarim bo‘yinturuqqa aylangan, O‘sha bo‘yinturuqni Xudoning O‘zi yasagan. U gunohlarimni bo‘ynimga osdi. Meni tamom holdan toydirdi. Rabbiy berdi meni dushmanlarim qo‘liga, Men qarshilik qila olmayman ularga.
15. Egam kuchli jangchilarimni rad etdi, Yigitlarimni yakson qilish–chun lashkar yubordi. Bokira qiz Yahudoni Rabbiy uzum ezganday ezdi.
16. Shuning uchun men faryod qilaman, Ko‘z yoshimni sel–sel oqizaman. Axir, yupatuvchim mendan uzoqda, Jonimga oro kiruvchi olisda. Evoh, dushmanlarim mendan g‘olib keldi, Farzandlarim xonavayron bo‘ldi.”
17. Quddus qo‘llarini cho‘zib yordam so‘raydi, Biroq hech kim uni yupatmaydi. Egamiz qo‘shni xalqlarga amr berdi, Shunda hammasi Yoqub nasliga dushman bo‘lib qoldi. Dushmanlarining nazarida Quddus axlatday jirkanch bo‘lib qoldi.
18. Quddus aytmoqda: “Ha, mening Egam haq, Axir, o‘zim Uning amriga qarshi bosh ko‘tardim. Ey xalqlar, menga quloq soling, Mening kulfatimni ko‘rib qo‘ying. Mening yigit–qizlarim surgun bo‘ldi.
19. Men o‘ynashlarimni chaqirdim, Ular esa meni aldashdi. Jonini saqlash uchun non izlagan Ruhoniyu oqsoqollarim ko‘chalarda jon berdi.
20. Ey, Egam, ko‘rib qo‘ygin qayg‘umni, Ko‘r to‘kilib turgan yuragimni. Evoh, yurak–bag‘rim ezilib ketdi, Axir, men Senga qarshi bosh ko‘tardim. Ana, tashqarida qilich odamlarni chopyapti, Ichkarida o‘lim hukmronlik qilyapti.
21. Odamlar ohu nolalarimni eshitdi, Biroq mening yupatuvchim yo‘q edi. G‘animlarim eshitdi kulfatlarim haqida, Xursand bo‘lishdi qilgan ishingdan shunda. Sen e’lon qilgan o‘sha kuningni keltirgin, Dushmanlarim ham mening holimga tushsin.
22. Nazaringdan qochmasin ularning qilgan qabihliklari, Gunohim–chun meni jazolaganday jazolagin ularni. Ko‘pdir mening ohu nolalarim, Hech ham qolmadi mening madorim.”
1. Voy sho‘rim! Rabbimiz g‘azablanib, Qiz Quddusni zulmat bilan qopladi, U Isroilning salobatini Osmondan yerga uloqtirdi. Achchiq qahri kelganda, O‘z poyandozi bo‘lgan Ma’badini esga olmadi.
2. Rabbiy ayovsiz vayron qildi Yoqub naslining maskanlarini. G‘azabi kelib yakson qildi Qiz Yahudoning qal’alarini. Oyoq osti qilib, xo‘rladi Shohlik va uning hukmdorlarini.
3. U qattiq g‘azabga minib, Isroilning bor qudratini yo‘q qildi. G‘animlar hujum qilganda, O‘z xalqini himoya qilmadi. Avjiga chiqqan olov kabi, Yoqubning yurtini yondirib yubordi.
4. U g‘animday bizga qarata yoyini tortdi, O‘q uzishga Uning qo‘li tayyor turardi. U dushmanday kelishgan yigitlarimizni o‘ldirdi. Qiz Quddusning chodirlariga olovday qahrini sochdi.
5. Rabbiy dushmanga o‘xshab qoldi, Isroil yurtini vayron qildi. Xarob qildi barcha saroylarini, Yakson etdi Isroil qal’alarini. Qiz Yahudoga keltirdi g‘am–g‘ussa, Uning qayg‘usini orttirdi ming hissa.
6. Bog‘dagi chaylani yiqitganday, Ma’badini U buzib tashladi. Quddusdagi bayram va Shabbat kunlarni Egamiz bekor qildi. Shohlar va ruhoniylarni G‘azab ustida rad etdi.
7. Rabbiy O‘z qurbongohidan voz kechdi, O‘z maskanini tashlab ketdi. Quddus saroylarini yovning qo‘liga berdi. Egamiz uyidagi yovning hayqirig‘i Bayramdagi shodon ovozlarga o‘xshaydi.
8. Ha, Egamiz qiz Quddusning devorlarini Vayron etishga qaror qildi. Devorlarga birma–bir qarab chiqdi, Shashtidan qaytmadi, hammasini yakson qildi. Endi qal’ayu devorlar qayg‘uryapti, Hammasi xarob bo‘lib yotibdi.
9. Quddus darvozalari tuproqqa belanib yotibdi, Darvoza tambalari parchalanib yotibdi. Shohu amaldorlari surgun bo‘lishdi, Qonunlar xalqqa o‘rgatilmas endi. Egamizdan kelgan vahiylarni Payg‘ambarlar endi ko‘rmaydi.
10. Qiz Quddusning oqsoqollari Sukut saqlab yerda o‘tiribdi. Boshlaridan ular tuproq sochgan, O‘zlari qanorga o‘rangan. Boshlarini solib quyi O‘tiribdi Quddus qizlari.
11. Yig‘layverib ko‘zlarim tolgan, Ichimda yuragim to‘kilib ketgan. Jigar–bag‘rim ezilib ketdi, Axir, mening xalqim qirilib ketdi! Och qolgan go‘dagu chaqaloqlar Shahar ko‘chalarida hushsiz yotibdi!
12. “Qornim ochdi! Chanqadim!” deb Onalariga ular faryod qilar. Yarador jangchiday shahar ko‘chalarida hushsiz yotishar. Onalarining bag‘rida jon taslim etishar.
13. Sen haqingda nima aytay?! Seni kimga solishtiray, ey qiz Quddus? Nima deb yupatay?! Seni kimlarga o‘xshatay, ey bokira qiz Sion? Dengizday cheksizdir sening kulfating, Endi shifo bera olmas senga hech kim!
14. Sening payg‘ambarlaring Yolg‘on va behuda vahiylar aytishdi. Gunohlaringni fosh qilmay, Surgunning oldini olishmadi. Yolg‘on bashoratlar aytib, Seni yo‘ldan ozdirishdi.
15. O‘tgan–ketganlar sendan or qilib, Qo‘l siltab ketadilar. Yoqasini ushlab, boshlarini chayqaydilar, Ey qiz Quddus, seni mazax qilib shunday aytadilar: “Go‘zallikda komil shaharmi shu?! Butun dunyoning sevinchimish u!”
16. Barcha yovlaring ustingdan kuladi, Holingni ko‘rib yoqasini ushlaydi. Tishlarini g‘ijirlatib aytishadi: “Biz uni yamladik! Voh, qanday intizorlik bilan Bu kunni kutgan edik! Nihoyat, o‘sha kunga yetdik!”
17. Evoh, Egamiz O‘z rejalarini amalga oshirdi, O‘z aytganlarini bitta qoldirmay bajardi. Azaldan ogohlantirib kelganday Sizlarni ayovsiz qirib tashladi. G‘animlarning qudratini yuksaltirdi, Holingizdan dushmanlarni xursand qildi.
18. Shaxar ahlining qalbi Rabbiyga faryod qilmoqda, Ey, qiz Quddusning devorlari! Ko‘z yoshingiz kechayu kunduz daryo bo‘lib oqsin. O‘zingizga tinim bermang, Ko‘z yoshingizni aslo to‘xtatmang!
19. Tur, ey qiz Quddus! Kechasi bilan Xudoga iltijo qilib chiqqin! Yuragingni Rabbiyga suvday to‘kib solgin! Qo‘llaringni uzat osmonga, Farzandlaring uchun yolvorgin Unga! Axir, ular ochlikdan hushsiz yotibdi Har bir ko‘chaning boshida.
20. Shunday ibodat qilgin: “Ey Egam, ko‘rmaysanmi buni: Ne ko‘ylarga solib qo‘yding Sen xalqingni?! Onalar erkalatib o‘stirgan farzandlarini yeyishyapti–ku! Ruhoniyu payg‘ambarlar maskaningda qirilib ketyapti–ku!
21. Yoshu qarilarning jasadlari ko‘chada changga belanib yotibdi. Qilich tufayli yigitu qizlarim juvonmarg bo‘ldi. Sen g‘azabing chiqqan kuni ularni halok qilding, Ayovsiz ularni qirib tashlading.
22. Menga qarshi yig‘ding Sen tevarakdagi yovlarni, Go‘yo ziyofatga chaqirganday taklif qilding ularni. O‘sha kuni Sening g‘azabingdan hech kim qutilolmadi, Biror odam o‘z jonini saqlab qololmadi. Evoh, erkalab o‘stirgan bolalarimni Dushmanlarim o‘ldirdi.”
1. Azoblarda qolgan insonman, Xudoning g‘azabi tufayli tayoq yedim.
2. Boshlab bordi Xudo meni zulmatga, Nur tushmaydigan qorong‘i joyga.
3. Yolg‘iz menga qarshi U qo‘l ko‘tardi, Kun bo‘yi meni qayta–qayta jazoladi.
4. Qaritib yubordi etu terimni, Sindirib tashladi suyaklarimni.
5. Alamga meni tutqun qildi, Jabru jafo zindoniga meni tashladi.
6. Majbur qildi meni zimistonda yashashga, O‘xshab qoldim men ancha oldin o‘lgan marhumga!
7. Qochib ketmasin, deya Xudo atrofimni qurshadi, Og‘ir zanjirlar bilan meni kishanband etdi.
8. Yordam so‘rab yolvorsam ham men Unga, Quloq solmas U mening fig‘onimga.
9. Yo‘nilgan toshlar bilan U yo‘limni to‘sdi, Yurgan yo‘limni chalkashtirib yubordi.
10. Poyladi U meni ayiqday, Tashlanmoqchi bo‘ldi menga sherday.
11. So‘ng meni sudradi bir chetga, G‘ajidi, tashlab ketdi tang ahvolda.
12. Xudo O‘z yoyini tortdi, O‘qlariga meni nishon qildi.
13. Sadog‘idagi o‘qlari bilan yuragimni teshdi.
14. Mana, endi o‘z xalqim ustimdan kulmoqda, Uzzukun ular meni mazax qilib, qo‘shiq kuylamoqda.
15. Xudo menga achchiq o‘tdan yedirdi, Zaharli suvdan menga ichirdi.
16. Meni oyoq osti qilib, tuproqqa beladi, Shag‘al yedirib, tishlarimni sindirdi.
17. Tinchlik bilmas endi mening jonim, Baxt nimaligini tamom unutdim,
18. Shunda o‘zimga dedim: “Adoyi tamom bo‘ldim! “Barbod bo‘ldi Egamga bo‘lgan umidim!”
19. Kulfatu sargardonlik haqidagi o‘ylarim Zaharli suvga, achchiq o‘tga o‘xshaydi.
20. Bunday o‘ylarga tolgan mening jonim Tushkunlikka tushdi.
21. Biroq men bir narsani yodda tutarman, Shuning uchun doim umid qilarman:
22. Egamning sodiq sevgisi bo‘lmaydi ado, Uning rahm–shafqati tugamas aslo.
23. Har tong ular yangilanadi, Buyukdir Xudoning sadoqati!
24. Qalbimda aytaman: “Egamdir mening bor– yo‘g‘im, Shunday ekan, yolg‘iz Undadir mening umidim.”
25. Egamiz O‘ziga umid bog‘laganlarga yaxshilik qiladi, Unga intilgan har bir jonga ezguligini ko‘rsatadi.
26. Egamizning najotini toqat ila kutish yaxshidir.
27. Yoshlikdan tarbiyaga bo‘ysunish yaxshidir.
28. Rabbimiz tarbiyalaganda, Yolg‘iz o‘tirib, sukut saqlaylik.
29. Bunday vaqtlarda yer o‘pib ta’zim qilaylik, Axir, yana umid bordir.
30. Tarsaki yeganimizda qarshilik qilmaylik, Eshitgan ko‘p haqoratlarni ichimizga yutaylik.
31. Zero, Rabbiy bizni abadiy tashlab qo‘ymaydi!
32. Uning O‘zi bizga qayg‘u keltirgan bo‘lsa–da, O‘zi bizga rahm–shafqat qiladi. Axir, Uning sodiq sevgisi buyukdir!
33. Ha, U insonga g‘am keltirib, ozor berishni xush ko‘rmaydi.
34. Yurtdagi hamma asirlarning oyoq osti bo‘lganini,
35. Odamlar haq–huquqdan mahrum bo‘lganini, Xudoyi Taolo ko‘rib turibdi.
36. Bir yoqlama hukm chiqarilganini Rabbiy bilib turibdi.
37. Rabbiyning ijozatisiz, Hech kimning buyrug‘i bajo bo‘lmas.
38. Yaxshilik ham, yomonlik ham Xudoyi Taoloning amrisiz sodir bo‘lmas.
39. Hanuz hayot ekanmiz, Gunohimiz uchun jazo tortganda nolimaylik!
40. Tutgan yo‘llarimizni yaxshilab tekshiraylik, Egamizga qaytaylik.
41. Qo‘llarimizni osmonga cho‘zib, Chin dildan samodagi Xudoga yolvorib aytaylik:
42. “Ey Egamiz! Biz itoatsizlik qildik, Senga qarshi bosh ko‘tardik, Sen bizni kechirmading.
43. Sen g‘azabga minib, ta’qib qilding bizni, Shafqatsiz qirding hammamizni.
44. Iltijolarimiz Senga yetib bormasligi uchun, Bulutlar bilan oldingni to‘sding.
45. Sen bizni axlatday tashlab yubording, Xalqlar orasida supurindiday qilding.
46. Mana, barcha yovlarimiz ustimizdan kulyapti.
47. Biz vahimaga tushdik, tuzoqqa ilindik, Falokatu halokatga giriftor bo‘ldik.”
48. Sel–sel bo‘lib oqar mening ko‘z yoshlarim, Axir, qirilib ketdi mening xalqim!
49. Egamiz osmondan bizga qaramaguncha,
50. Men to‘xtamay obi diyda qilaman, Tinmay ko‘z yosh to‘kaman.
51. Quddusdagi hamma qizlarning qismati Yurak–bag‘rimni ezib yubordi!
52. Sababsiz dushmanlik qilayotir menga odamlar, Qushni ovlaganday meni ovladi ular.
53. Meni tiriklayin chuqurlikka tashlashdi, Chuqurlik og‘zini tosh bilan berkitishdi.
54. Suvlar ko‘tarilib oshdi boshimdan, “Ado bo‘ldim” dedim ichimda.
55. Ey Egam, chuqurlik tubidan Senga iltijo qildim.
56. “Dodimni tingla, yopma qulog‘ingni!” dedim. Sen eshitding bu iltijoimni.
57. Yolvorganimda Sen menga yaqinlashding, “Qo‘rqma!” deb o‘shanda menga aytding.
58. Yo Rabbiy, Sen da’voimni himoya qilding, Mening jonimni xalos etding.
59. Ko‘rding menga qilingan nohaqlikni, Ey, Egam, O‘zing yoqlagin meni.
60. Yovlarimning til biriktirganini Sen ko‘rding, Menga qarshi qilgan yovuz niyatlarini bilding.
61. Ey Egam, ular mazax qilganini O‘zing eshitding, Menga qarshi til biriktirganini bilding.
62. G‘animlarim meni g‘iybat qilar, Kun bo‘yi menga piching otar!
63. Qara, ular o‘tirsa ham, tursa ham, Qo‘shiq kuylab, meni mazax qilishar.
64. Ularning qilmishlariga yarasha, Jazosini bergin ey, Egam!
65. Yuraklariga g‘ulg‘ula solgin, Ularni la’natga duchor qilgin,
66. G‘azab bilan ularning ketidan quvla, Yer yuzidan tamomila yo‘q qilib tashla!
1. Voy sho‘rim! Oltin xira tortdi, Sof tilla jilosini yo‘qotdi. Har bir ko‘cha boshida Ma’bad toshlari sochilib yotibdi.
2. Quddusning aziz farzandlari Oltindan ham qadrli edi, Evoh, endi esa ular Kulol yasagan sopol idishday Qadrsiz bo‘lib qoldilar.
3. Hatto chiyabo‘rilar, O‘z bolalarini emizishar. Mening xalqim esa tuyaqushga o‘xshab qoldi, Ular o‘z farzandlariga shafqat qilmaydi.
4. Chaqaloqlar juda chanqagan Tillari tanglayiga yopishib qolgan, Non so‘rab, yosh bolalar tilanchilik qilyapti, Biroq hech kim ularga bir burda ham non bermaydi.
5. Tansiq taomlar yegan odamlar Endi ko‘chalarda ochlikdan o‘lyaptilar. Qimmatbaho libos kiyib o‘sganlar Endi kul uyumlari orasida yotibdilar.
6. Sado‘m shahriga qarshi inson qo‘li ko‘tarilmadi, Ammo bu shahar bir zumda vayron bo‘ldi. Xalqimning tortgan jazosi Sado‘mning jazosidan ham og‘irroq bo‘ldi.
7. Sutdan ham oq, qordan ham oppoq edi Yo‘lboshchilarimizning ko‘ngillari, Marjonday tovlanardi sog‘lom tanalari, Yoqutday ko‘rkam edi ko‘rinishlari.
8. Endi tanib bo‘lmas ularni ko‘chalarda, Ularning yuzlari kuyadan ham qoraroq tusda. Bujmaygan terilari suyaklarga yopishgan, Tarashadan ham battar qurib–qaqshab ketgan.
9. Nobud bo‘lganlar qilich tig‘idan Baxtliroqdir ochlik qurbonlaridan. Zero, qahatchilikka duchor bo‘lganlar Jonlarini asta–sekin taslim qilarlar.
10. Mehribon onalar tuqqan bolalarini O‘z qo‘llari bilan pishirdilar. Xalqim halokatga uchraganda, Bolalari ularga ozuqa bo‘ldi.
11. Egamizning qahr–g‘azabi qaynadi, U achchiq qahrini sochdi, Quddus shahrida olov yondirdi, Olov shaharni poydevorigacha kuydirdi.
12. Dushman Quddus darvozalarini yorib o‘tishiga Yer yuzidagi hukmdorlar ishonmaganlar. Jahondagi odamlar buni hatto xayoliga ham keltirmaganlar.
13. Shahardagi payg‘ambarlarning gunohi, Ruhoniylarning jinoyatlari bunga sabab bo‘ldi. Axir, ular shaharda solih odamning qonini to‘kdilar.
14. Ha, ular o‘z kiyimini qonga bulg‘adilar, Ularning kiyimidan odamlar hazar qiladilar. Ko‘r odamday bu yo‘lboshchilar Ko‘chalarda daydib yuribdilar.
15. “Yo‘qol, harom!” deb baqiradi hamma ularga, “Yo‘qollaring! Yo‘qol! Tega ko‘rmang sizlar bizlarga!” Qochib, g‘aribu musofir bo‘lib yurganda ular, “Bu yerdan chiqib ketinglar”, deb xalqlar ularni haydar.
16. Egamizning O‘zi tarqatib yubordi ularni, Bu yo‘lboshchilarga endi U nazar solmaydi. Ruhoniylarga hech kim hurmat ko‘rsatmaydi, Oqsoqollarga hech kim marhamat qilmaydi.
17. Behuda kutaverib madad, Toldi bizning ko‘zimiz, Madad bera olmaydigan bir xalqqa Umid bog‘lagan ekanmiz.
18. Har bir qadamimizni poyladi yovimiz, O‘z ko‘chalarimizda yurolmadik biz. Bor–yo‘g‘i sanoqli kunimiz qoldi. Bizning umrimiz poyoniga yetdi.
19. Bizni ta’qib qiluvchilar Burgutdan ham tezroq uchishardi, Ular tog‘larda bizni ovlashardi, Cho‘llarda bizni poylashardi.
20. Egamiz tanlagan shoh ularning tuzog‘iga ilindi, Evoh, hayotimiz manbayi u edi. Biz shohimiz soyasida Xalqlar orasida yashaymiz, deb o‘ylagandik.
21. Ey Uz yurtida yashovchi qiz Edom, Xursand bo‘l, shodlan! Biroq sen ham jazo kosasidan ichasan, Mast bo‘lib kiyimingni yechasan.
22. Ey qiz Quddus, jinoyatlaring uchun Sen jazoingni tortib bo‘lding. Endi Egamiz seni surgunda ushlab turmaydi. Ey qiz Edom, sening gunohlaringni esa Egamiz fosh qiladi, Jinoyatlaring uchun U seni jazolaydi.
1. Ey Egam, boshimizga tushgan ko‘rgilikni yodingda tutgin, Qanchalik xor bo‘lganimizni bir ko‘rib qo‘ygin!
2. Mulk qilib olgan yerimiz ajnabiylar qo‘liga tushdi, Kelgindilar uylarimizga ega bo‘lishdi.
3. Otasiz yetimday bo‘lib qoldik biz, Bevaga o‘xshab qoldi onalarimiz.
4. Biz ichgan suvimizga pul to‘laymiz, Yoqqani o‘tinni sotib olamiz.
5. Yovlarimiz ta’qib qilib, qo‘ymas bizni holimizga, Charchab ketdik, tinim yo‘q bizga.
6. To‘yguncha non yeymiz deb, Misr va Ossuriya bilan biz sulh tuzdik.
7. Ajdodlarimiz gunoh qilib, o‘tib ketdi, Ammo ularning jazosini biz tortyapmiz endi.
8. Bizga hukmronlik qilayotir qullar, Ular zulmidan bizni kim qutqarar?!
9. Non izlaymiz, jonimizni qo‘yib xavf ostiga, Chunki kallakesarlar pisib yotibdi dalalarda.
10. Ocharchilik dastidan chiqqan issig‘imiz, Tandirday qizigan bizning badanimiz.
11. G‘animlarimiz Quddusda ayollarni zo‘rlashdi, Yahudo shaharlarida qizlarning nomusiga tegishdi.
12. Qo‘llaridan osishdi yo‘lboshchilarimizni, Xor qilishdi oqsoqollarimizni.
13. Yigitlar tegirmon toshini tortyapti, O‘g‘lonlar og‘ir o‘tin ostida gandiraklab qoldi.
14. Shahar darvozasida oqsoqollar o‘tirmaydigan bo‘ldi, Yigitlar shodon kuylar chalmaydigan bo‘ldi.
15. Ko‘nglimizni shodlik tark etdi, O‘yin–kulgimiz azaga aylandi.
16. Boshimizdagi tojimiz tushib ketdi, Gunoh qildik! Sho‘rimiz quridi!
17. Dardu alamga to‘ldi yuragimiz, Yig‘layverib xiralashdi ko‘zimiz.
18. Axir, Sion tog‘i huvullab qoldi, Chiyabo‘rilar u yerda izg‘ib yuribdi.
19. Sen esa, ey Egam, abadiy hukmronlik qilasan, Avlodlar osha O‘z taxtingda o‘tirasan.
20. Nechun bizni Sen tamom unutding? Nechun uzoq vaqtga tashlab qo‘yding?
21. Ey Egam, bizni O‘zingga yuz burdirgin, Toki Senga qaytaylik. Qadimgi ulug‘vorligimizni tiklagin.
22. Nahotki Sen bizdan butunlay voz kechding?! Qahru g‘azabingning had–poyoni bordir, axir!



YouTube kanaliga xush kelibsiz!




► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)


Muqaddas Kitob



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак