Muqaddas Kitob

Hizqiyo

1. O‘ttizinchi yil, to‘rtinchi oyning beshinchi kuni. Men, Buzi o‘g‘li ruhoniy Hizqiyol, surgunda yashayotgan odamlar bilan birga Bobildagi Kavor daryosining bo‘yida edim. Shunda osmon qopqasi ochildi–da, Xudodan menga vahiylar keldi. Bu voqea shoh Yohayixin surgundaligining beshinchi yilida sodir bo‘ldi. O‘sha kuni Kavor daryosi bo‘yida Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi. Men Egamizning qudratini yaqqol sezib turar edim.
2. -
3. -
4. Qarasam, shimoldan bo‘ron turdi. Ulkan bir bulutdan chaqmoq chaqar edi, bulut atrofi yarqirab turardi. Bulutning olovli markazi sayqal misday tovlanardi.
5. O‘shaning o‘rtasida men to‘rtta jonli mavjudotni ko‘rdim. Ular inson qiyofasida edi.
6. Ammo har birining to‘rtta yuzi va to‘rtta qanoti bor edi.
7. Ularning oyoqlari tekis bo‘lib, buzoqning tuyoqlariga o‘xshash tuyoqlari bor edi. Tuyoqlar yaltiroq bronza kabi tovlanib turardi.
8. Qanotlari ostida odam qo‘liga o‘xshagan qo‘llari bor edi.
9. Mavjudotlar bir–biriga orqa o‘girib turar edilar, qanotlarining uchlari bir–biriga tegib turardi. Ular har tomonga birgalikda yurardilar, yurganlarida burilmas edilar.
10. Mavjudotlarning yuzlariga kelsak, ular to‘rt xil edi: old tomonida inson yuzi, o‘ng tomonida sher yuzi, chap tomonida buqa yuzi va orqa tomonida burgut yuzi bor edi.
11. Mavjudotlarning bir juft qanoti tepaga yoyilgan bo‘lib, yonidagi mavjudotlarning qanotlariga tegib turardi. Qolgan bir juft qanoti esa tanasini yopib turardi.
12. Mavjudotlar to‘g‘riga qarab yurishar edi. Ruh ularni qayerga yo‘naltirsa, ular o‘sha yerga borishardi, yurganda burilmasdi.
13. Jonli mavjudotlarning ko‘rinishi yonayotgan ko‘mirga yoki mash’alaga o‘xshar edi. Mavjudotlarning orasida olov aylanib yurardi. Bu olov chaqnardi, undan chaqmoq chaqib turar edi.
14. Mavjudotlarning o‘zlari ham chaqmoq tezligi bilan u yerdan bu yerga borib kelishardi.
15. Men to‘rtta mavjudotni tomosha qilib turganimda, mavjudotlar yonidagi g‘ildiraklarni ko‘rdim. Har bir mavjudotning yonida bittadan g‘ildirak bor edi. G‘ildiraklar yerga tegib turardi.
16. To‘rttala g‘ildirakning ko‘rinishi va tuzilishi bir xil edi. Ular qimmatbaho toshday tovlanardi. Har bir g‘ildirakning ichida ko‘ndalangiga solingan yana bittadan g‘ildiragi bor edi.
17. Shu sababdan g‘ildiraklar harakatga kelganda, to‘rt tomonga yura olar edi, yurganda burilmasdi.
18. G‘ildiraklarning gardishlari baland va bahaybat edi. Ularning gir aylanasi ko‘zlar bilan qoplangan edi.
19. Jonli mavjudotlar yurganda, yonlaridagi g‘ildiraklar ham harakatga kelardi. Yerdan ko‘tarilganda, g‘ildiraklar ham ular bilan birga ko‘tarilardi.
20. Mavjudotlardagi ruh g‘ildiraklarda ham edi. Shu sababdan ruh mavjudotlarni qayerga yo‘naltirsa, mavjudotlar o‘sha yerga borishardi, g‘ildiraklar ham ular bilan birga harakatga kelardi.
21. Mavjudotlar yurganda, ular ham yurar edi, to‘xtaganda to‘xtar edi, yerdan ko‘tarilganda ko‘tarilar edi.
22. Mavjudotlarning boshlari uzra gumbazga o‘xshash bir narsa bor edi, o‘sha narsa billurdek tovlanardi.
23. Qanotlarini yoygan mavjudotlar gumbaz ostida edi. Ularning qanotlari bir–biriga tegib turardi. Ikkinchi juft qanotlari esa badanlarini yopib turardi.
24. Ular qanot qoqib uchardilar. Qoqqan qanotlarining tovushi shovullagan dengiz tovushiday, Qodir Xudoning gumburlagan ovoziday, ulkan lashkarning shovqin–suroniday edi. Mavjudotlar to‘xtaganda qanotlarini yig‘ishtirib olishardi.
25. Ular to‘xtab, qanotlarini yig‘ishtirib oldilar. Shunda boshlari tepasidagi gumbaz uzra bir ovoz yangradi.
26. Gumbaz ustida zangori yoqutdan yasalgan taxtga o‘xshash bir narsa bor edi. Taxt ustida inson qiyofasidagi bir zot o‘tirardi.
27. O‘sha kimsaning belidan yuqori qismi sayqal misday yarqirardi, atrofini olov o‘ragandi. Belidan pastki qismi esa otash kabi porlardi. Uning butun borlig‘i nur taratib turardi.
28. O‘sha nur yomg‘irdan keyin bulutlar orasida paydo bo‘ladigan kamalakdek jilvalanardi. Bu yog‘du Egamizning ulug‘vorligini aks etardi. Men buni ko‘rishim bilanoq yerga muk tushdim, so‘ng bir ovoz eshitdim.
1. O‘sha ovoz menga dedi: — Ey inson, o‘rningdan tur, Men sen bilan gaplashmoqchiman.
2. Ovoz menga gapirayotganda Ruh ichimga kirib, meni turg‘izib qo‘ydi. Men gapning davomini tingladim.
3. U menga shunday dedi: — Ey inson, Men seni itoatsiz Isroil xalqining oldiga yuboraman. Ular Menga qarshi bosh ko‘tarishdi. Ularning o‘zlari ham, ota–bobolari ham shu kungacha Menga qarshi gunoh qilib kelishgan.
4. Bu xalq qaysar va o‘jardir. Men seni ularning oldiga yuboraman. Sen ularga: “Egamiz Rabbiy shunday demoqda”, deb gapirasan.
5. Bu isyonkor xalq gapingga quloq soladimi, yo‘qmi, Men ularning oldiga payg‘ambarni yuborganimni bilib qo‘yishsin.
6. Sen esa, ey inson, ulardan hayiqma, ularning gaplaridan qo‘rqma. Atrofingni yantog‘u tikanaklar o‘rab olsa ham, chayonlar orasida yashasang ham qo‘rqma. Ularning gaplaridan cho‘chima, ularning vajohatidan dahshatga tushma.
7. Bu isyonkor xalq senga quloq soladimi, yo‘qmi, ularga Mening gaplarimni yetkaz.
8. Sen esa, ey inson, bu isyonkor xalqqa o‘xshama. Og‘zingni och. Men senga beradigan narsani yegin.
9. Qarasam, men tomon bir qo‘l cho‘zildi. Qo‘lda bir o‘rama qog‘oz bor edi.
10. Qo‘l o‘ramni ochib, menga ko‘rsatdi. O‘ramning oldi va orqa tomonlariga marsiya, motam va qayg‘u so‘zlari yozilgan edi.
1. U menga shunday dedi: — Ey inson, Men senga berayotgan bu o‘rama qog‘ozni olib yegin. So‘ng Isroil xalqining oldiga borib, aytganlarimni ayt.
2. Men og‘zimni ochdim, U menga o‘sha o‘rama qog‘ozni yegani berdi.
3. U menga dedi: “Qog‘ozning hammasini yeb, qorningni to‘yg‘az.” Men qog‘ozni yedim, uning ta’mi asalday shirin edi.
4. U menga yana shunday dedi: — Ey inson, endi borib, Isroil xalqiga Mening gaplarimni ayt.
5. Men seni qiyin va murakkab tilda gapiradigan xalq oldiga emas, balki Isroil xalqi oldiga yuboryapman.
6. Agar Men seni so‘zlari tushunarsiz bo‘lgan ko‘p xalqlar oldiga yuborganimda edi, ular senga albatta quloq solishgan bo‘lar edi.
7. Ammo Isroil xalqi senga quloq solmaydi, ular hatto Menga ham quloq solishmaydi. Ha, bu xalq qaysar va o‘jardir.
8. Mana qara, Men seni ular kabi qaysar va o‘jar qilaman.
9. Sening boshing toshday qattiq, qayroqtoshdan ham qattiqroq bo‘ladi. Ular isyonkor xalq bo‘lsa–da, sen ulardan cho‘chima, dahshatga tushma.
10. U gapida davom etib shunday dedi: — Ey inson, senga aytadigan gapimni ikki qulog‘ing bilan yaxshilab eshitib, hammasini dilingga tugib olgin.
11. So‘ng surgundagi yurtdoshlaring oldiga bor. Ular senga quloq soladimi, yo‘qmi, ularga “Egamiz Rabbiy shunday demoqda” deb gaplarimni yetkaz.
12. Ruh meni ko‘tardi. Shunda men orqadan kelayotgan baland gumburlagan tovushni eshitdim. O‘sha tovush: “Egamizning ulug‘vorligini Uning makonida madh qilinglar”, deb aytayotgan edi.
13. Men jonli mavjudotlarning bir–biriga ishqalangan qanotlarining tovushini va yonlaridagi g‘ildiraklarning guldurosini ham eshitdim.
14. Ruh meni boshqa yoqqa olib ketdi. Men achchiqlanib, jahlim chiqa boshladi. Egamizning qudrati meni qamrab olgan edi.
15. Men Ovuv tepaligida, Kavor daryosining bo‘yida yashayotgan surgunlarning oldiga bordim. O‘sha yerda yetti kun davomida o‘zimga kela olmay gangib o‘tirdim.
16. Yetti kundan keyin Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
17. — Ey inson, Men seni Isroil xalqiga soqchi qilib tayinladim. Og‘zimdan chiqqan har bir gapimni aytib, ularni ogohlantirasan.
18. Agar Men fosiqqa “Sen albatta o‘lasan”, deb aytsam–u, sen esa o‘sha odamni bu haqda ogohlantirmasang, hayotini saqlab qolay deb, uni fosiqlik yo‘lidan qaytarmasang, o‘sha odam o‘z gunohi uchun o‘ladi. Biroq uning o‘limi uchun Men seni javobgar qilaman.
19. Agarda sen fosiqni ogohlantirsang–u, u esa fosiqlik yo‘lidan qaytmasa, u o‘z gunohi uchun o‘ladi, sen esa o‘z joningni asrab qolgan bo‘lasan.
20. Agar solih kishi yomon yo‘lga kirib, gunohga qo‘l ursa va Men unga to‘g‘onoq solsam, u nobud bo‘ladi. Bordi–yu, sen o‘sha odamni ogohlantirmagan bo‘lsang, u o‘zining gunohi uchun nobud bo‘ladi. Men uning qilgan savob ishlarini esga olmayman. Uning o‘limi uchun seni javobgar qilaman.
21. Bordi–yu, sen solih kishini yomon yo‘ldan qaytarsang, u senga quloq solgani uchun yashaydi. Sen esa o‘z joningni asrab qolgan bo‘lasan.
22. Egamiz menga O‘z qudratini ato etib, shunday dedi: — Qani tur, vodiyga tush. Men sen bilan o‘sha yerda gaplashaman.
23. Men turib, vodiyga tushdim. Egamizning ulug‘vorligi menga zohir bo‘ldi. U yerda ko‘rgan Egamizning ulug‘vorligi xuddi Kavor daryosi bo‘yida ko‘rgan ulug‘vorlikka o‘xshar edi. Men muk tushdim.
24. Ruh vujudimga kirib, meni oyoqlarimga turg‘izib qo‘ydi. So‘ng Egamiz menga shunday dedi: “Uyingga kirib, eshiklarni ichidan qulflab ol.
25. Sen ko‘chaga chiqa olmasliging uchun seni arqonlar bilan bog‘lashadi.
26. Sen bu isyonkor xalqqa tanbeh bera olmasliging uchun, Men seni gung qilib, tilingni tanglayingga yopishtirib qo‘yaman.
27. Ammo ularga aytadigan gapim bo‘lganda, seni yana tilga kiritaman. Ularga: “Egamiz Rabbiy shunday demoqda”, deb gapirasan. Senga quloq soladiganlar quloq solishsin, quloq solishni xohlamaganlar esa solishmasin. Axir, ular isyonkor xalq–ku!
1. Ey inson, bir g‘isht olib oldingga qo‘y, uning ustiga Quddus rasmini chiz.
2. Rasmdagi shaharni qamal qilib, atrofiga qamal inshootlarini bildiruvchi uyumlarni qil, shahar devoriga qiyalatib tuproq uy, dushman qarorgohlarini o‘rnat, shaharning gir aylanasiga devorteshar qurollarni joylashtir.
3. Keyin tovani ol. Tovani temir devor kabi o‘zing bilan rasmdagi shaharning orasiga o‘rnat. So‘ng shaharga yuzlan, sen shaharni qamal qilgan bo‘lasan. Bu Isroil xalqi uchun bir alomat bo‘ladi.
4. So‘ng chap tomoningga yonboshlab, o‘z gardaningga Isroil xalqining gunohlarini ol. Sen chap tomoningda yotgan paytingda ularning gunohi uchun jazo tortgan bo‘lasan.
5. Ular gunoh qilgan yillarning soniga ko‘ra, Men sen uchun kunlarni ajratdim. Sen 390 kun davomida Isroil xalqining gunohi uchun jazo tortasan.
6. Belgilangan vaqt tugagach, o‘ng tomoningga yonboshlab yotgin. Bu safar sen 40 kun davomida Yahudo xalqining gunohi uchun jazo tortasan. Bir kun bir yil hisoblanadi.
7. Quddus ramzi bo‘lgan g‘ishtga yuzlan, qo‘lingni panshaxa qilib, qamal qilingan shaharga qarshi bashorat qil.
8. Mana, qamalingning muddati tugamaguncha bir tomondan boshqa tomonga o‘girilmasliging uchun, Men seni arqonlar bilan bog‘lab tashlayman.
9. Endi borib o‘zing uchun bug‘doy, arpa, loviya, yasmiq doni, tariq va qizil bug‘doyni olib, bir xumchaga sol. Sen ulardan o‘zingga non tayyorlaysan. 390 kun chap tomoningga yonboshlab yotib, o‘sha nondan yeysan.
10. Bir kunlik yeydigan ozuqangning miqdori 50 misqolni tashkil qilishi kerak. Har kuni belgilangan vaqtdagina uni yeyishing shart.
11. Suvni ham belgilangan vaqt va belgilangan miqdorda ichasan. Kuniga bir kosa suv ichasan.
12. O‘tin o‘rniga odam tezagini ishlatasan, odamlarning ko‘zi oldida non yopib yeysan.”
13. Egamiz shunday dedi: — Men Isroil xalqini begona xalqlar orasiga surgun qilganimda, ular ham xuddi shunday harom nonni yeydigan bo‘ladilar.
14. — Yo Egam Rabbiy! — deya yolvordim men, — men hech qachon o‘zimni bulg‘agan emasman. O‘zi o‘lib qolgan yoki hayvonlar g‘ajigan jonivorning go‘shtini yoshligimdan yegan emasman. Hech qanday harom go‘shtni og‘zimga olgan emasman!
15. U menga shunday javob berib dedi: — Xo‘p mayli, odam tezagining o‘rniga mol tezagini ishlataqol. Tezak yoqib, non yopib yeysan.
16. So‘ng gapida davom etib dedi: — Men Quddus aholisini nonga zor qilib qo‘yaman. Ular qo‘rquv ichra nonni o‘lchab yeydilar, umidsizlanib suvini taqsimlab ichadilar.
17. Suv va nonning tanqisligidan odamlar bir– birlariga dahshat ichra qaraydilar. Tortgan jazosidan ado bo‘ladilar.
1. Egamiz shunday dedi: “Ey inson, o‘tkir bir qilich ol. Ustara o‘rniga o‘shani ishlatib, soching bilan soqolingni qirib tashlagin. So‘ng sochingni tarozida o‘lchab, teng uch qismga bo‘lgin.
2. Shaharning qamal kunlari tugaganda sochingning bir qismini g‘ishtga chizilgan shahar o‘rtasida yondir. Ikkinchi qismini shahar atrofiga sochib tashlab, qilich bilan maydala. Uchinchi qismini esa shamolda uchirtirib yuborgin. Men qilichimni yalang‘ochlab, shahar aholisini ta’qib qilaman.
3. Sochingning ozginasini olib, choponingning etagiga qistirib qo‘y.
4. O‘sha sochingning bir qismini olovga tashlab, yondirib yubor. Undan chiqqan olov avj olib, butun Isroil xonadoniga yoyiladi.”
5. Egamiz Rabbiy shunday deb aytmoqda: “Mana, Quddusga bir qarang. Men uni xalqlarning o‘rtasiga joylashtirdim, boshqa yurtlar uni o‘rab turibdi.
6. Ammo u qonun–qoidalarimga qarshi chiqdi, atrofdagi xalqlardan ko‘ra, ko‘proq qabihlik qildi. U qonun–qoidalarimni rad etdi, farmonlarimga bo‘ysunmadi.”
7. Shuning uchun EgamizRabbiy Quddusga aytmoqda: “Sizlar badkirdorlikda atrofingizdagi xalqlardan ham o‘tib tushdingiz. Farmonlarimga bo‘ysunmadingiz, qonun–qoidalarimga rioya etmadingiz. Hatto boshqa xalqlarning udumlarini ham bajarmadingiz.”
8. Egamiz Rabbiy shunday deb aytmoqda: “Ey Quddus ahli, Men O‘zim sizlarga qarshi chiqaman. Xalqlarning ko‘zi oldida sizlarni jazolayman.
9. Qilgan jirkanch ishlaringiz tufayli Men boshingizga dahshatli bir ko‘rgilik keltiraman. Men bunaqasini hech qachon qilmaganman va bundan keyin ham qilmayman.
10. Quddusda ota– onalar o‘z farzandlarining etini, farzandlar esa o‘z ota–onalarining etini yeydilar. Men sizlarni jazolayman, omon qolganlaringizni dunyoning to‘rt tomoniga tarqatib yuboraman.
11. Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, sizlarni yo‘q qilaman. Sizlar muqaddas maskanimni makruh butlaru jirkanch odatlaringiz bilan harom qildingiz. Shuning uchun sizlarga achinmayman, rahm qilmayman.
12. Xalqingizning uchdan bir qismi o‘latu qahatchilikdan nobud bo‘ladi. Ikkinchi qismi jangda, shahar tashqarisida qirilib ketadi. Qolgan qismini esa Men to‘rt tomonga tarqatib yuboraman, qilichimni yalang‘ochlab ta’qib qilaman.
13. Shunda g‘azabimdan tushaman, qahrimni ularga sochib bo‘lganimdan keyingina taskin topaman. Qahrimni ularga sochib bo‘lganimdan keyin, Men, Egangiz, rashk ustida gapirganimni ular bilib oladilar.
14. Men sizlarni xonavayron qilaman. Yon–atrofda yashovchi xalqlar hamda o‘tgan–ketgan odamlar sizlarni mazax qiladilar.
15. Men sizlarni qahru g‘azab bilan hukm qilganimda, jahl ustida qattiq jazolaganimda, atrofdagi xalqlar dahshatga tushadilar. Ular bundan saboq oladilar, sizlarni esa mazax qilib, ustingizdan kuladilar. Bularni Men, Egangiz aytdim.
16. Men ustingizga qahatchilikning halokatli o‘qlarini yog‘diraman, sizlarni yo‘q qilaman. Shahardagi ocharchilikni avjiga chiqaraman, sizlarni bir burda nonga zor qilaman.
17. Men ustingizga qahatchiligu yovvoyi hayvonlarni yuboraman. Ular sizlarni farzandlaringizdan judo qiladi. O‘latu qotillik yurtingizda hukm suradi, Men sizlarga qarshi dushman qilichini yalang‘ochlayman. Bularni Men, Egangiz aytdim.”
1. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2. “Ey inson, Isroil tog‘lariga yuzlan. Ularga qarshi shunday bashorat qil:
3. Ey Isroil tog‘lari, Egamiz Rabbiyning so‘zlarini eshitinglar! EgamizRabbiy tog‘laru qirlarga, jarliklaru vodiylarga shunday deb aytmoqda: Men O‘zim sizlarga qarshi qilich yuboraman, butlarga atagan barcha sajdagohlaringizni vayron qilaman.
4. Qurbongohlaringiz buzib tashlanadi, tutatqi qurbongohlaringiz parcha–parcha qilinadi. Men odamlaringizni butlaringiz oldida qirib yuboraman.
5. Isroil xalqining jasadlarini butlaringiz oldiga tashlayman, suyaklarini qurbongohlaringiz atrofiga sochaman.
6. Hamma shaharlaringizni yakson qilaman, sajdagohlaringizni vayron etaman. Shunda qurbongohlaringiz buziladi, butlaringiz parcha– parcha qilinadi, tutatqi qurbongohlaringiz qo‘porib tashlanadi, qo‘llaringiz yaratgan hamma narsa supurib tashlanadi.
7. Butun yurt jasadlarga to‘ladi. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.
8. Men ba’zi bir odamlarning jonini qirg‘indan saqlab qolaman. Biroq ularni boshqa yurtlarga, begona xalqlar orasiga quvib yuboraman.
9. Ular begona xalqlar orasiga surgun qilinganda Meni eslaydilar. Meni rad etgan vafosiz qalblariyu, butlar ketidan qaragan hirsli ko‘zlari dilimga qanchalik ozor yetkazganini tushunib oladilar. Ular qilgan qabihliklari va jirkanch ishlari uchun o‘z– o‘zlaridan hazar qilib, nafratlanadilar.
10. O‘shanda Egasi Men ekanligimni bilib oladilar. Boshlariga keladigan falokat haqida Men ularni jiddiy ogohlantirganimni biladilar.”
11. Egamiz Rabbiy shunday deb aytmoqda: “Qani bo‘l, ko‘ksingga ur, yerni tep. Shunday deb xitob qil:— Qabihlikka qo‘l urgan Isroil xalqining holiga voy! Ular qilichdan, ocharchiligu o‘latdan nobud bo‘ladilar!
12. Uzoqlarda bo‘lganlar o‘latdan o‘ladi. Yaqinda bo‘lganlar qilichdan o‘tkaziladi. Omon qolganlar ocharchilikdan nobud bo‘ladi. Shu yo‘l bilan Men ularning ustilariga qahrimni sochaman.
13. Ularning jasadlari butlari orasida, qurbongohlari atrofida, har bir baland tepalikda, barcha tog‘ cho‘qqilarida, har bir yashil daraxtu sersoya eman ostida — xalqim butlarga atab xushbo‘y xidli qurbonliklar keltirgan har bir joyda yotadi. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.
14. Men ularga qarshi qo‘limni ko‘taraman. Butun yurtni, sahrodan tortib, to Rivlo shahrigacha vayron qilib, tashlandiq yerga aylantiraman. O‘shanda ular Egasi Men ekanligimni bilib oladilar.
1. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2. “Ey inson, Egang RabbiyIsroil yurti haqida shunday deb aytmoqda: Kuni bitdi! Butun yurtning kuni yetdi!
3. Ey Isroil, sening kuning bitdi, Men qahrimni ustingga sochaman. Tutgan yo‘ling uchun seni hukm qilaman, jirkanch odatlaring uchun jazolayman.
4. Senga achinmayman, rahm ham qilmayman. Tutgan yo‘ling uchun, jirkanch odatlaring uchun adabingni beraman. O‘shanda Egang Men ekanligimni bilib olasan.”
5. Egamiz Rabbiy shunday deb aytmoqda: “Dahshatli kulfat! Mana, kulfat kelmoqda!
6. Kuning bitdi! Evoh, kuning bitdi! Mana, balo boshingga yetdi!
7. Ey, yurtda yashovchi odam, halokating keldi! Tog‘larda xursandchilik emas, sarosima hukm suradigan kun keldi.
8. Ko‘p o‘tmay seni g‘azabimga giriftor etaman, jahlimdan tushmagunimcha qahrimni ustingga sochaman. Tutgan yo‘ling uchun seni hukm qilaman, jirkanch odatlaring uchun jazolayman.
9. Senga achinmayman, rahm qilmayman. Tutgan yo‘ling uchun, jirkanch odatlaring uchun adabingni beraman. O‘shanda seni jazolagan Egang Men ekanligimni bilib olasan.
10. Ana, kulfat kuni yetib keldi! Halokat boshingga tushdi! Zo‘ravonlik gulladi, mag‘rurlik kurtakladi.
11. Zo‘ravonlik fosiqlikni jazolaydigan xivichga aylandi. Bu odamlarning birontasi omon qolmaydi. To‘kinligu boyligi, dabdabasi yo‘q bo‘ladi.
12. O‘sha vaqt keldi! O‘sha kun yaqinlashdi! Xaridor xarid qilgan narsasidan quvonmasin, sotuvchi ko‘rgan zararidan g‘am chekmasin. Mening g‘azabim butun olomon ustiga birday yog‘iladi.
13. Sotuvchi bilan xaridor tirik qolgan taqdirda ham, sotuvchi sotgan yerini qaytarib ololmaydi. Butun olomonga tegishli bu bashoratni qaytarib bo‘lmaydi. Gunoh qilganlari uchun ularning birortasi o‘z hayotini saqlab qololmaydi.
14. Burg‘ular chalindi, hammasi tayyor bo‘ldi. Ammo jangga hech kim kirmadi, chunki Mening g‘azabim butun olomon ustiga yog‘iladi.
15. Ko‘chada jang bo‘lmoqda. Ichkarida ocharchiligu o‘lat hukm surmoqda. Daladagilar jangda halok bo‘ladilar, shahardagilar ocharchiligu o‘latdan o‘ladilar.
16. Omon qolganlar dashtdagi kabutarlarday tog‘larga qochadi. Ular gunoh qilganlari uchun ingraydi.
17. Odamlarning qo‘llarida mador qolmaydi, ishtonlari ho‘l bo‘ladi.
18. Ular qanorga o‘ranishadi, dahshat ularning yopinchig‘i bo‘ladi. Yuzlari shuvut, boshi kal bo‘ladi.
19. Kumushlarini ko‘chaga uloqtirishadi, oltini axlat kabi bo‘ladi. Egamizning g‘azab kunida kumushu oltini ularga najot bera olmaydi. Ularning nafsini qondirmaydi, och qorinlarini to‘yg‘izmaydi. Ha, oltinu kumush xalqimga to‘g‘onoq bo‘ldi.
20. Ular ko‘z–ko‘z qilib yurgan chiroyli oltin bezaklaridan makruh xudolaru jirkanch butlarni yasadilar. Shu sababdan Men boyliklarini ular uchun axlat kabi qilaman.”
21. “Men o‘sha boyliklarni kelgindilarga o‘lja qilib beraman, dunyoning fosiqlariga talataman. Ular xalqimning bisotini harom qiladilar.
22. Men xalqimdan yuzimni o‘giraman. Shunda ular aziz uyimni bulg‘aydilar. Ha, zo‘ravonlar bostirib kelib, uni bulg‘aydilar.”
23. “Xalqim uchun zanjirlar tayyorlang! Zero, yurtda qotillik avjga chiqqan. Quddus shahri zo‘ravonlikka to‘lgan.
24. Men yurtimga eng vahshiy xalqlarni boshlab kelaman. Ular xalqimning uylariga egalik qilishadi. Men kuchlilarning mag‘rurligiga chek qo‘yaman. Xalqimning sajdagohlari harom qilinadi.
25. Dahshatu alam xalqimni qamrab oladi. Ular tinchlikka intilishadi, ammo tinchlik bo‘lmaydi.
26. Kulfat ketidan kulfat keladi, mish–mish ketidan mish–mish tarqaladi. Odamlar bashorat qidirib, payg‘ambar oldiga behuda borishadi. Ruhoniylar ta’limot berishga, oqsoqollar maslahat berishga ojiz bo‘ladilar.
27. Shunda shoh qayg‘uga botadi, shahzodalar tushkunlikka tushadilar. Qo‘rqqandan yurt ahlining qo‘li titraydi. Men ularni qilgan qilmishlariga yarasha jazolayman. Ular boshqalarni qanday hukm qilgan bo‘lsa, Men ham ularni xuddi shunday hukm qilaman. O‘shanda Egasi Men ekanligimni bilib oladilar.
1. Surgun bo‘lgan paytimizning oltinchi yili oltinchi oyning beshinchi kunida Yahudo oqsoqollari meni ko‘rgani uyimga kelishdi. Men ular bilan o‘tirganimda, Egam Rabbiyning qudrati meni qamrab oldi.
2. Qarasam, inson qiyofasidagi bir kishi turibdi. O‘sha kimsaning belidan pastki qismi olovday chaqnar edi. Yuqori qismi esa sayqallangan misday nur taratib turar edi.
3. U qo‘lga o‘xshash bir uzvini uzatib, meni sochimdan tutdi. So‘ng Ruh meni zamin uzra ko‘tardi–da, Xudoning mana shu vahiysida Quddus shahriga olib ketdi. U meni Ma’badning ichki hovlisidagi shimoliy darvozaning oldida turgan katta bir but oldiga olib bordi. Bu but Xudoning rashkini qo‘zg‘atardi.
4. O‘sha yerda Isroil Xudosining ulug‘vorligi bor edi. Men bunday vahiyni vodiyda ham ko‘rgan edim.
5. Xudo menga shunday dedi: “Ey inson, shimol tomonga nazar tashla.” Men shimol tomonga nazar tashladim. Xudoning rashkini qo‘zg‘atadigan o‘sha but qurbongoh yonidagi darvozaning kiraverishida turardi.
6. Shunda Xudo menga dedi: “Ey inson, xalqimning qilmishini ko‘rdingmi? Ular bu yerda jirkanch ishlarni qilib, Meni muqaddas maskanimdan haydab yubormoqchilar. Qani yur, Men senga bundan battarini ham ko‘rsataman.”
7. U meni Ma’badning tashqi hovlisi kiraverishiga olib bordi. Qarasam devorda bir teshik bor ekan.
8. U menga dedi: “Ey inson, qani bo‘l, devordagi teshikni kattalashtir.” Men devordagi teshikni kattalashtirdim, shunda bir eshikka duch keldim.
9. Xudo menga dedi: “Ichkariga kir. Bu yerda qilinayotgan o‘taketgan jirkanch ishlarni o‘z ko‘zing bilan ko‘rib qo‘y.”
10. Men ichkariga kirdim. Devorlarning aylanasiga sudralib yuruvchi jonivorlarning va harom hayvonlarning rasmlari hamda Isroil xalqi sig‘inadigan barcha butlarning tasvirlari solingan edi.
11. Tasvirlarning oldida Isroil xalqining yetmishta oqsoqoli turgan edi. Shofon o‘g‘li Yazaniyo ham o‘shalarning orasida edi. Har birining qo‘lida bittadan otashkurak bor edi. Otashkuraklardan yonayotgan tutatqilarning xushbo‘y tutuni ko‘tarilardi.
12. Xudo dedi: “Isroil oqsoqollarining butlarga to‘la qorong‘i xonada nima qilayotganini ko‘rdingmi? Ular shunday deydilar: ‘Egamiz bizni ko‘rmayapti, U yurtimizni tark etgan.’”
13. So‘ng Xudo yana dedi: “Qarab tur, Men senga bundan ham battarog‘ini ko‘rsataman.”
14. So‘ng Egamiz meni uyining shimoliy darvozasi yoniga olib bordi. U yerda xotinlar o‘tirib, xudo Tammuz uchun qayg‘urib yig‘layotgan edilar.
15. Shunda Xudo dedi: “Ey inson, buni ko‘rdingmi?! Men senga bundan ham battarrog‘ini ko‘rsataman.”
16. Egamiz meni uyining ichki hovlisiga olib kirdi. Uyning kiraverishida, ayvon va qurbongoh orasida yigirma besh nafar kishi turar edi. Ular Ma’badga orqasini o‘girib, sharqdan chiqayotgan quyoshga sajda qilayotgan edilar.
17. Egamiz menga shunday dedi: “Ana ko‘rdingmi, inson? Yahudo xalqining mana shu yerda qilayotgan jirkanch ishlari yetmasmidi?! Ular butun yurtni zo‘ravonlikka to‘ldirmoqdalar, hadeb qahrimni keltirmoqdalar. Meni haqorat qilayotganlarini bir ko‘rib qo‘y!
18. Shuning uchun Men ularning ustiga g‘azabimni sochaman. Ularga achinmayman, rahm qilmayman. Ovozlari boricha Menga xitob qilishsa ham, ularga quloq solmayman.”
1. Men Xudoning jarangdor ovozini eshitdim. U baland ovozda dedi: “Ey shaharni jazolash uchun tayinlanganlar, qurollaringizni olinglar. Bu yerga kelinglar!”
2. Shu onda shimoldagi Yuqori darvoza tomonidan olti kishi keldi. Har birining qo‘lida halokatli quroli bor edi. Ularning orasida zig‘ir tolasidan to‘qilgan libos kiygan, beliga esa kotiblik asboblarini taqib olgan bir kimsa ham bor edi. Kelgan odamlarning hammasi ichkariga kirib, bronza qurbongohning yoniga borib turishdi.
3. Karublar ustidagi Isroil Xudosining ulug‘vorligi o‘z joyidan ko‘tarilib, uyning ostonasiga bordi. So‘ng Egamiz zig‘ir libos kiygan kishini chaqirib,
4. dedi: “Borib shaharning hamma joyini aylanib chiq. Shaharda qilinayotgan jirkanch ishlardan siqilib, zorlangan kishilarning peshanasiga belgi qo‘y.”
5. Qurollangan olti kishiga esa Egamizning shunday deganini eshitdim: “Unga ergashinglar. Butun shaharni aylanib chiqinglar. Odamlarni o‘ldiringlar, ularga achinmanglar, rahm qilmanglar.
6. Qariyalarni, yigitu qizlarni, ayolu bolalarni, hammasini o‘ldiringlar, ammo peshanasiga belgi qo‘yilgan bironta odamga ham zarar yetkazmanglar. Buyrug‘imni bajarishni shu yerdan, muqaddas maskanimdan boshlanglar.” Shunday qilib, ular qirg‘inni Egamizning uyi oldida bo‘lgan oqsoqollardan boshladilar.
7. Egamiz dedi: “Uyimni harom qilinglar! Hovlini jasadlarga to‘ldiringlar. Qani boshlanglar!” Qurollangan odamlar shaharga borib, u yerdagilarni halok qildilar.
8. Ular buyruq bajargani ketganlarida, men yolg‘iz o‘zim qoldim. Men yerga muk tushib, Xudoga iltijo qildim: “Yo Egamiz Rabbiy! Sen g‘azabingni Quddusga sochib, Isroilning qolgan– qutgan xalqini ham yo‘q qilib yubormoqchimisan?”
9. U menga shunday javob berdi: “Isroil va Yahudo xalqlari og‘ir gunohga qo‘l urishdi. Ular butun yurtni qonga belashdi, Quddus shahrini adolatsizlikka to‘ldirishdi. Ular: “Egamiz yurtimizni tark etgan, U bizni ko‘rmayapti”, deb aytishyapti.
10. Men esa ularga achinmayman, rahm qilmayman. Qilgan barcha qilmishlariga yarasha jazosini beraman.”
11. Shu orada zig‘ir libosli, beliga kotib asboblarini taqib olgan kishi qaytib kelib, “Amrlaringizni bajo ayladim”, dedi.
1. Qarasam, karublar tepasidagi gumbaz uzra zangori yoqutga o‘xshash bir narsa paydo bo‘ldi. O‘sha narsa taxt shaklida edi.
2. Xudo zig‘ir libos kiygan kishiga shunday dedi: “Qani bo‘l, karublar ostidagi g‘ildiraklar orasiga kirib, u yerdan bir hovuch yonayotgan qo‘mirdan olib chiq. Ko‘mirni shaharning hamma yog‘iga sochib tashla.” O‘sha kishi g‘ildiraklar orasiga kirib ketdi. Men esa uni kuzatib turdim.
3. U kirgan paytda karublar Egamiz uyining janub tomonida turgan edilar, ichki hovlini esa bulut qoplagan edi.
4. So‘ng Egamizning ulug‘vorligi karublar uzra ko‘tarilib, uyning ostonasiga borib to‘xtadi. Shu onda uy bulutga to‘ldi, butun hovli Egamizning ulug‘vorligidan chaqnab yorishib ketdi.
5. Karublar qanotlarini qimirlatganlarida shunday shovqin ko‘tarilar ediki, uni hatto tashqi hovlidan turib eshitsa ham bo‘lar edi. Bu shovqin Qodir Xudoning ovoziga o‘xshab ketar edi.
6. Egamiz zig‘ir libos kiygan kishiga: “Karublarning o‘rtasiga kir, g‘ildiraklar orasidagi yonayotgan ko‘mirdan olib chiq”, deb amr berganda, o‘sha kishi bitta g‘ildirakning oldiga borib turdi.
7. Shunda karublardan biri qo‘lini uzatib, biroz yonayotgan ko‘mirdan oldi–da, zig‘ir libos kiygan kishining qo‘liga tutdi. U kishi yonayotgan ko‘mirni olib ketdi.
8. Har bir karubning qanoti ostida inson qo‘liga o‘xshagan qo‘li bor edi.
9. Qarasam, karublar yonida to‘rtta g‘ildirak turibdi. Har bir karubning yonida bittadan g‘ildirak bor edi. G‘ildiraklar qimmatbaho toshday tovlanardi.
10. To‘rttala g‘ildirakning ko‘rinishiga kelsak, ular bir–biriga o‘xshar edi. Har bir g‘ildirakning ichida ko‘ndalangiga solingan yana bittadan g‘ildiragi bor edi.
11. Ular harakatga kelganda to‘rt tomonga yura olar edi, yurganda burilmasdi. Karubning yuzi qayerga yo‘naltirilgan bo‘lsa, hammasi burilmay o‘sha tomonga yurishardi.
12. Karublarning butun badanlari, orqalari, qo‘llari, qanotlari hatto to‘rttala g‘ildiragi ham ko‘z bilan qoplangan edi.
13. G‘ildiraklarning nomi “Aylanadigan g‘ildiraklar” ekanligini men eshitib qoldim.
14. Har bir karubning to‘rttadan yuzi bor edi: birinchi yuz — karubning yuzi, ikkinchi yuz — odamning yuzi, uchinchi yuz — sherning yuzi va nihoyat to‘rtinchi yuz burgutning yuzi edi.
15. Karublar zamin uzra ko‘tarildilar. Men Kavor daryosi bo‘yida ko‘rgan jonli mavjudotlar mana shu karublar ekan.
16. Karublar yurganlarida, g‘ildiraklar ham yonlarida yurardi. Qanot yozib ko‘tarilganlarida, g‘ildiraklar ham ulardan ayrilmasdi.
17. Xullas, karublar to‘xtaganda, ular ham to‘xtar edi, ko‘tarilganda ular ham birga ko‘tarilar edi, chunki jonli mavjudotlarning ruhi g‘ildiraklarda edi.
18. Egamizning ulug‘vorligi uy ostonasidan chiqib, karublar uzra to‘xtadi.
19. Men buni tomosha qilib turganimda, karublar qanotlarini yozdilar, zamin uzra ko‘tarilib, g‘ildiraklari bilan birga uydan chiqib ketdilar. Karublar Egamiz uyining sharkiy darvozasi yonida to‘xtab qoldilar. Isroil Xudosining ulug‘vorligi ularning ustida edi.
20. Bu jonli mavjudotlarni men Kavor daryosi bo‘yida ko‘rgan edim. O‘shanda ham ular Isroil Xudosining oyog‘i ostida edilar. Bu mavjudotlar karublar ekanligini men endi tushunib olgan edim,
21. chunki har bir karubning to‘rtta yuzi, to‘rtta qanoti xamda qanotlari ostida odam qo‘liga o‘xshagan qo‘llari bor edi.
22. Ularning yuz tuzilishi men Kavor daryosi bo‘yida ko‘rgan mavjudotlarniki bilan bir xil edi. Har bir mavjudot old tomonga qarab yurar edi.
1. Ruh meni ko‘tarib, Egamiz uyining sharqiy darvozasiga olib bordi. Darvoza yonida men yigirma besh nafar kishini ko‘rdim. Ularning orasida xalq rahnamolaridan Ozzur o‘g‘li Yazaniyo va Binayo o‘g‘li Pilatiyo bor edi.
2. Egamiz menga shunday dedi: — Ey inson, mana bu odamlarning niyati yomon. Ular shahardagilarga bo‘lmag‘ur maslahatlar berib yurishibdi.
3. O‘sha buzuq odamlar shunday deydilar: “Hozir imoratlar solishning hojati yo‘q. Bu shahar qozon kabidir, biz esa qozonda saqlangan go‘shtdaymiz.”
4. Shunday ekan, ey inson, ularga qarshi bashorat qil!
5. So‘ng Egamizning Ruhi butun vujudimni qamrab oldi. U Isroil xalqiga quyidagilarni aytishimni buyurdi: “Egamiz shunday demoqda: — Ey Isroil xalqi, sizlar o‘sha gapni aytdingiz. Men esa hamma o‘ylaringizni bilaman.
6. Sizlar shahardagi ko‘p odamlarni o‘ldirdingiz, ko‘chalarni jasadlarga to‘ldirdingiz.
7. Shuning uchun Men, Egangiz Rabbiy, aytamanki: bu shahar haqiqatan ham qozon kabidir. Ammo go‘sht sizlar emas, siz o‘ldirgan odamlarning jasadlaridir. Men sizlarni shahardan chiqarib yuboraman.
8. Sizlar qilichdan qo‘rqqan edingizlar, ammo ustingizga qilich yuboraman. Men, Egangiz Rabbiy, shunday dedim.
9. Men sizlarni shahardan haydab chiqarib, ajnabiylarning qo‘liga topshiraman. Shu yo‘sin sizlarni jazolayman.
10. Sizlar qilichdan nobud bo‘lasizlar. Men sizlarni Isroil chegaralarida jazolayman. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.
11. Bu shahar sizlar uchun qozonday bo‘lmaydi, sizlar ham qozon ichidagi go‘shtday bo‘lmaysizlar. Men sizlarni Isroil chegaralarida jazolayman.
12. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar. Zero, sizlar shu paytgacha qonun– qoidalarimni buzib, yon–atrofingizda yashovchi xalqlarning odatlariga taqlid qilib keldingizlar.”
13. Men, Hizqiyol, bashorat qilayotganimda, birdaniga Binayo o‘g‘li Pilatiyo jon berdi. Men yerga yuz tuban yiqilib: “Yo Egam Rabbiy! Sen Isroilda qolgan hamma odamlarni nobud qilmoqchimisan?” deya ovozim boricha hayqirib yubordim.
14. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
15. — Ey inson, Quddusda qolgan odamlar sen va sening surgun bo‘lgan qarindoshlaring haqida shunday aytishmoqda: “Ular uzoqda, Egamizga sajda qila olmaydilar. Shuning uchun bu yurt bizga mulk qilib berildi.”
16. Ammo sen surgunda bo‘lgan xalqimga shunday xabarni yetkaz: “Egangiz Rabbiy aytmoqda, Men sizlarni olisdagi xalqlar orasiga jo‘natdim. Boshqa yurtlarga tarqatib yubordim. Biroq begona yurtdagi musofirlik davringizda, O‘zim sizlarga sajdagoh bo‘laman.”
17. — Yana ayt: “Egamiz Rabbiy shunday demoqda, Men sizlarni xalqlar orasidan yig‘ib olaman. Ha, sizlar begona yurtlarga tarqalib ketdingiz, ammo Men sizlarni olib chiqaman. Isroil yurtini sizlarga qaytarib beraman.
18. Xalqim o‘z yurtiga qaytib kelganda, u yerdagi makruh xudolarni, jirkanch butlarni ildizi bilan yo‘q qiladi.
19. Men ularga yaxlit bir yurak beraman, qalblarini yangi ruhga to‘ldiraman. Bag‘ridagi tosh yurakni olib tashlab, o‘rniga yumshoq yurak solaman.
20. Shunda ular farmonlarimni bajaradilar, qonun-qoidalarimga rioya qiladigan bo‘ladilar. Ular Mening xalqim, Men esa ularning Xudosi bo‘laman.
21. Ammo makruh xudolaru jirkanch butlarga sajda qilishni xush ko‘rgan odamlarni qilmishlariga yarasha jazolayman”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
22. Karublar qanotlarini yozib, yonidagi g‘ildiraklari bilan birga osmonga ko‘tarildilar. Isroil Xudosining ulug‘vorligi karublar ustida edi.
23. Egamizning ulug‘vorligi shaharni tark etib, shaharning sharq tomonidagi toqqa borib to‘xtadi.
24. Vahiyda Ruh meni ko‘tarib, Bobilga surgun qilinganlarning oldiga qaytarib olib bordi. Vahiy tamom bo‘ldi.
25. Men surgundagi birodarlarimga Egamiz ayon qilgan hamma narsani aytib berdim.
1. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2. “Ey inson, sen isyonkor xalq orasida yashab yuribsan. Ularning ko‘zlari bor, ammo ko‘rmaydilar, quloqlari bor, ammo eshitmaydilar, chunki ular isyonkor xalqdir.”
3. Ey inson, kerakli narsalaringni tugib ol. Xuddi surgunga ketayotganday yo‘lga chiq. Buni kunduz kuni qil, odamlar seni ko‘rsin. Sen uyingni tashlab, boshqa joyga ketayotganingni hamma ko‘rsin. Kim bilsin, balki shunda bu isyonkor xalq esini yig‘ib olar.
4. Xalq seni tomosha qila olishi uchun, tuguningni kunduz kuni tashqariga chiqarib qo‘y. O‘zing esa kech tushganda seni tomosha qilayotgan olomon oldida, xuddi surgunga ketayotganday yo‘lga chiq.
5. Odamlarning ko‘zi oldida uying devorini tesh, tuguningni teshikdan olib chiq.
6. Kech tushganda uni yelkangga ortib, yo‘lga tush. Tark etayotgan yurtingni ko‘ra olmasliging uchun, yuzingni yopib ol, chunki xalq tomosha qiladigan bu namoyish ular uchun bir timsol bo‘ladi.
7. Men Egamizning aytganini qilib, surgunga ketayotganday tugunimni kunduz kuni ko‘chaga chiqarib qo‘ydim. Kech tushganda qo‘lim bilan uyim devorini teshdim. Qorong‘ida tugunni ko‘chaga chiqarib, yelkamga ortib oldim. Odamlar meni tomosha qilayotgan edi.
8. Ertasi kuni ertalab Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
9. — Ey inson, bu isyonkor Isroil xalqi sendan “Nimalar qilyapsan?” deb so‘ragandi, shunday emasmi?
10. Ularning oldiga borib ayt: “Egangiz Rabbiy shunday demoqda, sizlar tomosha qilgan namoyish — Quddusda hukmronlik qilayotgan shahzoda va u yerdagi butun Isroil xalqining qismati ramzidir.”
11. So‘ng ayt: “Kecha men sizlarga kelajakda sodir bo‘ladigan voqealarni namoyish qildim. Sizlar surgun bo‘lib, asirlikka tushasizlar.
12. Hozir hukmronlik qilayotgan shahzodangiz ham qorong‘ida yelkasiga tugun ortib, yo‘lga tushadi. U devorda ochilgan teshikdan chiqadi. Tark etayotgan yurtni ko‘rmasligi uchun, yuzini yopib oladi.
13. Men uning ustiga to‘r tashlayman, u tuzog‘imga tushadi. Men uni Xaldeylar yurti Bobilga olib boraman, ammo u Bobilni ko‘ra olmaydi. U o‘sha yerda olamdan o‘tadi.
14. Men shoh saroyining butun ahlini — vazirlaru soqchilarini to‘rt tomonga tarqatib yuboraman. Qilichimni yalang‘ochlab, ularni ta’qib qilaman.
15. Men ularni xalqlar orasiga tarqatib tashlaganimda, boshqa yurtlarga quvib yuborganimda, Egasi Men ekanligimni bilib oladilar.
16. Ammo Men xalqimdan ba’zilarini asrab qolaman. Ularni jangda saqlayman, ocharchiligu o‘latdan qutqaraman. Ular boshqa uluslar orasiga surgun bo‘lganda, qilgan jirkanch odatlarini e’tirof qiladilar. O‘shanda Egasi Men ekanligimni bilib oladilar.”
17. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
18. “Ey inson, noningni yeganingda titragin, suvingni ichganingda qo‘rquv ichra qaltiragin.
19. Yurtdagi odamlarga ayt: “Isroildagi Quddus aholisi to‘g‘risida Egamiz Rabbiy shunday demoqda: bu odamlar yovuz bo‘lib ketganlari uchun Men ularning yurtini talon–taroj qildiraman. Ular nonni qo‘rquv ichra yeydilar, suvni sarosima ichra ichadilar.
20. Aholi yashagan shaharlari vayron bo‘ladi, butun yurt tashlandiq bo‘lib qoladi. Shunda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.”
21. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
22. — Ey inson, Isroil yurtida aytilayotgan, “kunlar o‘tyapti, bashoratlar esa puchga chiqyapti”, degan maqolni eshitgansan.
23. Endi xalqim oldiga borib ayt: “Egamiz Rabbiy shunday demoqda, Men bu maqolni yo‘q qilib yuboraman. Isroilda uni aytmaydigan bo‘lishadi.” Yana ularga: “Bashoratlar bajo bo‘ladigan kunlar yaqinlashib qoldi”, deb ayt.
24. Endi Isroil yurtida soxta bashoratlaru, yolg‘on karomatlar aytilmaydi.
25. Ammo Men, Egangiz, sizlarga gapiraman, aytgan so‘zlarim amalga oshadi, kechikmaydi. Ey isyonkor xalq, sizning kuningizda Men aytganlarimni bajo keltiraman”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
26. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
27. — Ey inson! Isroil xalqi sen aytgan bashoratlar uzoq kelajakka taalluqli, deb o‘ylayapti.
28. Shuning uchun ularga borib ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Aytgan birorta so‘zim kechikmaydi, hammasi amalga oshadi!” Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.
1. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2. “Ey inson, Isroilda o‘zicha bashorat qilib yurgan payg‘ambarlarga qarshi bashorat qil. Ularga shunday deb ayt: Egamizning so‘zlarini eshiting!
3. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: axmoq payg‘ambarlarning holiga voy! Ular hech qanday vahiy ko‘rmagan, bashoratlarini o‘zlari o‘ylab to‘qishgan.
4. Ey Isroil xalqi, payg‘ambarlaringiz shahar vayronalari orasida daydib yurgan chiyabo‘rilarga o‘xshaydi.
5. Mana, ular devorning o‘pirilib tushgan joylarini qo‘riqlamadilar, devorni tuzatmadilar. Endi Egangiz kunidagi jangda Isroil xalqi o‘zini muhofaza qila olmaydi.
6. Payg‘ambarlaringizning ko‘rgan vahiylari soxta, karomatlari yolg‘ondir! Men ularni yubormaganman, ammo ular “Egamiz shunday demoqda”, deb gapiradilar. Yana o‘z gaplari amalga oshishini kutadilar!
7. Ko‘rgan vahiylari soxta emasmi?! Aytgan karomatlari yolg‘on emasmi?! Men ularga gapirmasam ham “Egamiz shunday aytmoqda” deb aytishadi!
8. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Sizlar yolg‘on gaplarni aytganlaringiz uchun, soxta vahiylarni ko‘rganlaringiz uchun, Men sizlarga qarshiman”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
9. “Men bu yolg‘onchi payg‘ambarlarga qo‘l ko‘taraman, ularni xalqim kengashidan yo‘q qilaman. Nomlarini Isroil xalqi ro‘yxatidan o‘chirib tashlayman, ular hech qachon Isroil yurtiga qaytib kelmaydilar. O‘shanda Egangiz Rabbiy Men ekanligimni bilib olasizlar.
10. Notinch paytlarda, bu payg‘ambarlar “tinchlik”, deya xalqimni yo‘ldan uradilar. Xalqim zaif devor ko‘targanda, payg‘ambarlar uni ohak bilan oqlaydilar.
11. Devorni oqlayotganlarga ayt: bu devor qulaydi. Uning ustiga jala yog‘adi, katta– katta do‘l tushadi, unga qarshi dovul turadi.
12. Devor qulaganda odamlar: “Devor oqlagandan nima foyda chiqdi?!” deb aytmaydimi?
13. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men g‘azab ustida dovul turg‘izaman. Qahr ustida jala yog‘diraman. Jahl ustida do‘l yuborib, devorni qulataman.
14. Sizlar ohak bilan oqlagan bu devorni Men yiqitaman. Uni poydevorigacha ochib tashlayman. Qulagan devor sizlarni bosib qoladi, sizlar hammangiz halok bo‘lasizlar. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.
15. Shu yo‘sinda Men g‘azabimni devor va devorni oqlagan odamlar ustiga yog‘diraman. Men sizlarga: “Devor ham, uni oqlagan odamlar ham yo‘q bo‘ldi, deb aytaman.
16. Ha, bu payg‘ambarlar notinch damlarda Quddus aholisiga bashorat qilib, tinchlik vahiylarini bergan edilar”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
17. “Ey inson, Isroil xalqining o‘zicha bashorat qilib yurgan ayollariga yuzlan. Ularga qarshi bashorat qilib,
18. ayt: — Egangiz Rabbiy shunday demoqda: “Ey, odamlarning jonini ovlab yurgan ayollar, sizlarning holingizga voy! Sizlar har bir odamning bilagiga tumor taqasizlar. Yoshu qarining boshiga yopinchiqlar yopasizlar. Sizlar xalqimning jonlarini ovlab turib, o‘z joningizni saqlab qolasiz, deb o‘ylaysizmi?!
19. Sizlar bir hovuch arpa bilan bir burda non uchun, xalqim oldida Meni badnom qildingiz–ku! Yolg‘onni xush ko‘rgan xalqimga yolg‘on gapirib, aybsiz odamni nobud qildingiz. O‘limga loyiq bo‘lgan odamning jonini esa asrab qoldingiz.”
20. Shuning uchun Egamiz Rabbiy aytmoqda: “Sizlar tumorlaringiz bilan odamlarning jonlarini ovlayapsizlar. Men o‘sha tumorlaringizga qarshiman. Men ularni qo‘llaringizdan yulib olaman, qafasdagi qushni ozod qilganday xalqimni ozod qilaman.
21. Yopinchiqlaringizni yirtib tashlayman, xalqimni changalingizdan xalos qilaman. Ular endi sizning qurbonlaringiz bo‘lmaydi. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.
22. Sizlar yolg‘onlaringiz bilan solih odamning dilini ranjitdingiz. Men esa uni ranjitmoqchi emas edim. Fosiq odam yomon yo‘lidan qaytmasligi, jonini saqlab qolmasligi uchun sizlar uni qo‘llab turdingiz.
23. Shu sababdan endi sizlar yolg‘on vahiylar ko‘rmaysizlar, fol ochib yurmaysizlar. Men O‘z xalqimni changalingizdan ozod qilaman. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.
1. Isroil oqsoqollaridan ba’zi birlari meni ko‘rgani keldilar.
2. Shu onda Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
3. “Ey inson, bu odamlar butlarga ko‘ngil qo‘yganlar, gunohni o‘zlariga to‘g‘onoq qilganlar. Shunday ekan, Menga maslahat solishlariga qanday yo‘l qo‘yay?!
4. Sen ularga ayt: — Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Butlarga ko‘ngil qo‘ygan, gunohni o‘ziga to‘g‘onoq qilgan, Isroil xalqidan birorta odam payg‘ambar oldiga kelsa, Men, Egangiz, o‘sha odamning sanoqsiz butlariga yarasha javobini beraman.
5. O‘sha butlari tufayli butun Isroil xalqi Mendan uzoqlashib ketdi, ammo Men beradigan javobim bilan ularning sadoqatini qozonaman.”
6. Isroil xalqiga ayt: — EgamizRabbiy shunday demoqda: “Tavba qilinglar, butlaringizdan voz kechinglar. Jirkanch odatlaringizdan yuz o‘giringlar.
7. Bilib qo‘yinglar, agar Isroil xalqidan bo‘lgan birorta odam yoki xalqim orasida yashab yurgan birorta musofir Mendan yuz o‘girsa, butlarga ko‘ngil ko‘yib, gunohni o‘ziga to‘g‘onoq qilsa, so‘ng payg‘ambar oldiga kelib, Menga maslahat solsa, o‘sha odamga javobni O‘zim beraman.
8. Men bunday odamlarga qarshi chiqaman. Boshqalar ularni misol qilib, masallar aytadi. Men ularni xalqim orasidan yo‘q qilaman. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.”
9. “Agar payg‘ambar yanglishib, noto‘g‘ri maslahat bersa, o‘sha payg‘ambarni Men, Egangiz yanglishtirgan bo‘laman. Men unga qarshi qo‘limni ko‘taraman, uni Isroil xalqi orasidan daf qilaman.
10. Men payg‘ambarni ham, uning oldiga maslahat so‘rab kelgan odamni ham birday jazolayman.
11. Shunda Isroil xalqi yo‘limdan ozmaydigan bo‘ladi, gunohlari bilan o‘zini bulg‘amaydi. Ular Mening xalqim, Men ularning Xudosi bo‘laman”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
12. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
13. “Ey inson, agar biror yurtning aholisi Menga bo‘lgan sadoqatini unutib, gunohga qo‘l ursa, Men ularga qarshi qo‘limni ko‘tarib, butun yurtga ocharchilik yuboraman. Odamlarni bir burda nonga zor qilaman. Yurtdagi odamu hayvonlarni qirib tashlayman.
14. Bunday xalq orasida hattoki Nuh, Doniyor va Ayub payg‘ambarlar yashagan taqdirda ham, ular solihligi bilan faqat o‘z jonlarini saqlab qolgan bo‘lishardi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
15. “Men o‘sha yurt aholisini yirtqich hayvonlarga talatmoqchi bo‘ldim, deylik. Yurt huvullab qolib, hayvonlar tufayli odamlar u yerga oyoq bosmay qo‘ydi ham, deylik.
16. Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, agar o‘sha uchala payg‘ambar u yerda bo‘lganda edi, ular o‘z bola–chaqasini ham qutqara olmagan bo‘lardi. Ular faqat o‘z jonlarini saqlab qolgan bo‘lardi. Yurt esa xarobazorga aylanardi.
17. Bordi–yu, o‘sha yurtga dushman yuborib, u yerdagi bor jonzotni qilichdan o‘tkazishga qaror qildim, deylik.
18. Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, agar o‘sha uchala payg‘ambar u yerda bo‘lganda edi, ular o‘z bola–chaqasini ham qutqara olmagan bo‘lardi. Ular faqat o‘z jonlarini saqlab qolgan bo‘lardi.
19. Bordi–yu, Men o‘sha yurtga g‘azabimni yog‘dirib, butun jonzotni o‘lat orqali qirib tashlamoqchi bo‘ldim, deylik.
20. Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, hattoki Nuh, Doniyor va Ayub u yerda bo‘lganda edi, ular o‘z bola–chaqasini ham qutqara olmagan bo‘lardi. Ular faqat o‘z jonlarini saqlab qolgan bo‘lardi.”
21. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men bundan ham battarini qilaman, Quddus ustiga to‘rt xil dahshatli kulfat yog‘diraman. Shahardagi odamlaru hayvonlar urush, ocharchilik, yovvoyi hayvonlar va o‘latdan nobud bo‘ladilar!
22. Ammo ba’zi erkagu ayollar omon qoladilar. Ular qochib, oldingizga keladilar. O‘shanda ularning yurish– turishini, qilmishlarini o‘zlaringiz ko‘rib, Men Quddus ustiga yuborgan hamma kulfatlardan taskin topasizlar.
23. O‘sha odamlarning yurish–turishini, qilmishlarini ko‘rganlaringizdan keyin taskin topasizlar. Qilgan hamma ishlarim bejiz emasligini bilib olasizlar”, deb aytmoqda Egangiz Rabbiy.
1. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2. “Ey inson, tok novdasining yog‘ochdan farqi bormi?! O‘rmon daraxtlaridan uning biron afzalligi bormi?!
3. Undan biron bir narsa yasab bo‘ladimi? Hech bo‘lmasa, buyum osish uchun qoziq qilsa bo‘ladimi?
4. Yo‘q, u faqat o‘tin uchun yaraydi, xolos. Novdaning ikki chekkasi kuyib, o‘rtasi yonib bo‘lgandan keyin, uni biron narsaga ishlatib bo‘larmidi axir?!
5. Kuymagan tok novdasi yaroqsiz bo‘lgandan keyin, kuyib bo‘lgani hech qanday foyda keltirmasligi aniq!”
6. Shuning uchun Egamiz Rabbiy aytmoqda: “Quddus aholisi o‘rmon daraxtlari orasidagi uzum tokiga o‘xshaydi. Ular yaroqsiz bo‘lganlari uchun, Men ularni olovda kuydirib yuboraman.
7. Men O‘zim ularga qarshi chiqaman. Ular olovdan qochib qutulsalar ham, baribir, olovdan nobud bo‘ladilar. Men ularga qarshi chiqqanimdan keyin, Egangiz Men ekanligimni sizlar bilib olasizlar.
8. Xalqim Menga xiyonat qilgani uchun, Men butun yurtni sahroga aylantiraman”, deb aytmoqda EgamizRabbiy.
1. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2. “Ey inson, Quddusning barcha jirkanch odatlarini yuziga solib,
3. ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: asli sen Kan’on yurtida tug‘ilgansan, sening otang Amor xalqidan, onang Xet urug‘idan bo‘lgan.
4. Sen tug‘ilganingda hech kim senga qaramagan. Hech kim kindigingni qirqmagan, seni yuvintirmagan, teringni tuz bilan artib, yo‘rgaklamagan.
5. Bironta odamning senga rahmi kelmagan, hech kim senga achinmagan, qaramagan. Sen tug‘ilganingda hamma sendan hazar qilgan, shuning uchun seni dalaga olib borib tashlashgan.
6. Men o‘sha yerdan o‘tib ketayotib, seni ko‘rib qoldim. Sen o‘z qoningda tipirchilab yotgan eding. Shunda Men senga: “Yasha!” deb aytdim. Ha, senga “Yasha!” dedim.
7. Men seni dashtdagi o‘simlik kabi o‘stirdim. Sen ulg‘ayding, bo‘ying cho‘zildi, eng go‘zal bir gavharga o‘xshab qolding. Sening ko‘kraklaring to‘lishdi, sochlaring uzun bo‘ldi, ammo sen qip–yalang‘och eding.
8. Men yana o‘sha yerdan o‘tib ketayotib, seni ko‘rib qoldim. Sen sevgi uchun yetilganingni ko‘rib, kiyimimning etagi bilan yalang‘och badaningni yopdim. Men senga qasamyod qildim, sen bilan nikoh ahdini tuzdim. Shunda sen Meniki bo‘lding”, deb aytmoqda EgamizRabbiy.
9. “Men seni cho‘miltirib, badaningga yopishib qolgan qon qoldiqlarini yuvib tashladim. Teringga xushbo‘y moylarni surtdim.
10. Egningga naqsh solingan ko‘ylak, oyog‘ingga yumshoq teridan tikilgan choriqlar kiydirdim. Boshingga harir ro‘mol o‘rab, ustingga shoyi to‘n tashladim.
11. Qimmatbaho bezaklar bilan senga zeb berdim: qo‘llaringga bilaguzuklar, bo‘yningga tilla zanjir,
12. burningga uzuk, quloqlaringga sirg‘a taqdim, boshingga go‘zal bir toj kiydirdim.
13. Seni oltinu kumush bilan bezantirdim, ustingga qimmatbaho, mayin zig‘ir matolardan tikilgan liboslaru naqsh solingan ko‘ylaklar kiydirdim. Oliy navli undan yopilgan nonlar bilan, zaytun moyi va asal bilan seni boqdim. Sen nihoyatda go‘zal bo‘lding, haqiqiy malikaga o‘xshab qolding.
14. Mislsiz go‘zalliging bilan xalqlar orasida dong taratding, chunki Men senga bergan ulug‘vorligim go‘zalligingni komil qilgan edi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
15. Sen esa go‘zalligingga ishonding. Shuhratingdan foydalanib, fahsh yo‘liga kirding. O‘tgan–ketgan erkakka o‘zingni berding, go‘zalligingdan ularni bahramand qilding.
16. Men senga bergan nafis matolar bilan sajdagohlaringni bezab, u yerda fohishalik qilding. Bunaqasi hech bo‘lmagan, bo‘lmaydi ham.
17. Bundan tashqari, Men senga bergan oltin va kumush bezaklardan o‘zingga erkak tasviridagi haykalchalar yasattirding. Ular bilan zino qilding.
18. Naqsh solingan ko‘ylaklaringni butlar ustiga kiydirding. Men senga bergan moy bilan xushbo‘y tutatqilarni ularga nazr qilding.
19. Senga non uchun bergan oliy navli unni, zaytun moyi va asalni butlaringga xushbo‘y hadya qilding. Eha, shular sodir bo‘ldi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
20. “So‘ng Mendan ko‘rgan o‘g‘il–qizlaringni olding, ularni o‘z butlaringga yem qilib, qurbon qilding. Nahotki, fohishalik qilganing yetmagan bo‘lsa?!
21. Bolalarimni so‘yib, butlaringga qurbon qilishing shartmidi?!
22. Jirkanch odatlaru fohishalik qilganingda sen biron marta ham o‘z bolaligingni eslamading, qip–yalang‘och bo‘lganingni, o‘z qoningda tipirchilab yotganingni esga olmading.”
23. Egamiz shunday demoqda: “Sening holingga voy! Qilgan qabihliklaring yetmaganday sen
24. o‘zing uchun karavotlar qurding, har bir maydonda baland supalar o‘rnatding.
25. Har bir ko‘chaning boshida baland supalar qurib, go‘zalligingni xor qilding. O‘tgan–ketganga putingni ochding, fohishalikka berilib ketding.
26. A’zosi yirik bo‘lgan qo‘shni Misr bilan yotding. Fahshga berilib, g‘azabimni keltirding.
27. Shunda Men qo‘limni senga qarshi ko‘tardim. Rizqingni kamaytirib, seni dushmanlaring bo‘lgan Filist ayollarining ixtiyoriga topshirdim. Hattoki o‘shalar ham sening behayoligingni ko‘rib, yoqalarini ushlashgan.
28. Sen to‘ymas hirsingni qoniqtirish uchun, Ossuriya bilan fohishalik qilding. Ammo shunda ham qoniqmading.
29. Savdogarlar yurti bo‘lgan Bobil bilan ham fahshga berilding, ammo shunda ham qoniqmading.”
30. “Naqadar buzuqdir sening yuraging!” deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. “Sen o‘zingni shaloq xotinday tutding–ku!
31. Sen har bir ko‘chaning boshida karavotlar qurding, har bir maydonda baland supalar o‘rnatding. Yo‘q, sen fohishaday emas eding, sen to‘lovdan hazar qilarding.
32. Sen buzuq ayolsan! Begona erkaklarni o‘z eringdan afzal ko‘rding.
33. Hamma fohishalarga sovg‘alar beriladi. Lekin sen hamma o‘ynashlaringga sovg‘alar berding. Har yoqdan kelib, sen bilan fohishalik qilishlari uchun ularni sotib olding.
34. Ha, sen boshqa fohishalardan ajralib turasan. Hech kim seni fohishalik qilishga undamagan, hech kim senga to‘lov bermagan. Aksincha, sen boshqalarga to‘lov bergansan. Haqiqatan ham, sen boshqachasan!
35. Ey fohisha, Egamizning so‘zlarini eshit,
36. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Sen kiyimlaringni yechib, o‘ynashlaring bilan fohishalik qilding, makruh butlaringga sajda etding. O‘z bolalaringning qonini to‘kib, xudolaringga qurbon qilding.
37. Shuning uchun sendan lazzatlangan hamma o‘ynashlaringni Men har yerdan yig‘ib kelaman. Sen sevganlarni ham, nafratlangalaringni ham senga qarshi yig‘aman. Seni qip–yalang‘och qilib, ularning oldiga chiqarib qo‘yaman. Ular seni tomosha qiladilar.
38. Men seni qotilliging va zinokorliging uchun hukm qilaman. Rashku g‘azabda seni qonga belayman.
39. Seni o‘ynashlaring ixtiyoriga topshiraman. Ular karavotlaringni buzadilar, supalaringni vayron qiladilar. Ustingdagi kiyimlaringni yulib oladilar, chiroyli taqinchoqlaringni tortib oladilar. Sen qip– yalang‘och qolasan.
40. Ular olomonni yig‘ib, seni toshbo‘ron qiladilar, jasadingni qilich bilan nimtalab tashlaydilar.
41. Uylaringni yondirib yuboradilar, seni bir talay ayollarning ko‘zi oldida jazolaydilar. Shu yo‘sin Men fohishaligingga chek qo‘yaman. Sen o‘ynashlaringga boshqa to‘lov bermaysan.
42. Shunda Men jahldan tushaman, rashkimni bosib olaman. Tinchlanib, boshqa g‘azablanmayman.
43. Sen bolaligingni eslamaganing uchun, qilmishlaring bilan qahrimni keltirganing uchun, Men qilmishlaringga yarasha jazoingni beraman. Jirkanch odatlaring yetmasmidi, nimaga behayolik qilding?”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
44. Egamiz shunday demoqda: “Ey Quddus, odamlar sen haqingda gapirganda “Qiz onasiga tortar” degan maqolni ishlatishadi.
45. Sen haqiqatan ham o‘z eri va bolalaridan hazar qilgan onangga o‘xshaysan. Erlari va bolalaridan hazar qilgan opa–singillaringdan qolishmaysan. Sening onang Xet urug‘idan, otang Amor xalqidan edi.
46. Sening opang Samariya o‘z qizlari bilan shimolda, singling Sado‘m esa o‘z qizlari bilan janubda yashar edilar.
47. Sen nafaqat ularning yo‘llaridan yurgansan, jirkanch odatlariga taqlid qilgansan. Sen qisqa vaqt ichida barcha qabihliklaring bilan ulardan o‘zib ham ketgansan.
48. Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, sening singling Sado‘m o‘z qizlari bilan senchalik va sening qizlaringchalik qabihliklar qilmagan.
49. Sado‘mning aybi shudir: u va uning qizlari mag‘rur edilar. Ular to‘q, tinch va osoyishta hayot kechirar edilar, ammo mazlumu nochorlarga yordam bermas edilar.
50. Ha, ular mag‘rur edilar, oldimda jirkanch ishlar qilgandilar. Men buni ko‘rib, ularni yo‘q qilgan edim.
51. Hatto Samariya ham sen qilgan gunohlarning yarmisini qilmagan. Sen ulardan ko‘proq qabihliklar qilgansan. Qilgan qabihliklaring oldida opang bilan singling solih bo‘lib ko‘rinadi.
52. Mana endi sharmandaligingga toqat qil. Sen opa–singillaringning jazosini yengillashtirding. Sen ulardan ham battar gunohlar qilib, ularni begunohday qo‘rsatding. Endi uyalgin, sharmandaligingga toqat qilgin, chunki sen opa– singillaringni oppoq qilib ko‘rsatding.
53. “Ammo bir kun kelib, Men Sado‘m va Samariyani ularning qizlari bilan birga yana farovonlikka erishtiraman. Ular bilan birga seni ham tiklayman.
54. Shunda sen sharmandaligingga toqat qilib, o‘z–o‘zingdan uyalib ketasan, chunki sen qilgan qilmishlaring bilan opa–singillaringni ancha yupatding.
55. Ha, opa–singillaring Sado‘m va Samariya qizlari bilan tiklanadi. Sen ham qizlaring bilan qayta tiklanasan.
56. Sen mag‘rurlanib, singling Sado‘mni mazax qilar eding.
57. Ammo endi, sening fosiqliging butun dunyoga oshkor bo‘ldi. Sen Edom qizlari va ularning hamma qo‘shnilari uchun mazax bo‘lding. Filist qizlari hamma joyda seni masxara qiladilar.
58. Sen behayoliging va jirkanch odatlaringga yarasha jazo tortishing shart”, deb aytmoqda Egamiz
59. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men qilgan qilmishingga yarasha jazoingni beraman, chunki sen bergan va’dalaringni mensimading, ahdingni buzding.
60. Ammo Men yoshligingda sen bilan tuzgan ahdimga sodiq qolaman, sen bilan abadiy bir ahd tuzaman.
61. Sen qilgan qilmishlaringni eslaysan. Opangni ham, singlingni ham qabul qilganingda uyalasan. Men ularni senga farzand qilib beraman. Buni sen bilan tuzadigan ahddan tashqari qilaman.
62. Ha, Men sen bilan ahd tuzaman, shunda Egang Men ekanligimni bilib olasan.
63. Men qilgan barcha gunohlaringni kechiraman, ammo sen ularni doim yodingda tutib, xijolat bo‘lasan. Uyalganingdan sen hatto og‘zingni ham ocha olmaysan”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
1. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2. “Ey inson, Isroil xalqiga quyidagi bir matalni aytib ber.
3. Ularga ayt, Egamiz Rabbiy shunday demoqda: bahaybat, baroq patli, chipor bir burgut ulkan qanotlarini keng yoyib, Lubnon tog‘lariga uchib keldi. U sadr daraxtining uchini ushlab,
4. uchidagi bir shoxchasini sindirib oldi. So‘ng uni savdogarlar shahriga olib borib, u yerga o‘tqazdi.
5. Keyin Isroil yurtidan olib kelgan tok qalamchasini unumdor yerga ekdi. Uni serob suvlar bo‘yiga majnuntolday o‘tqazdi.
6. Qalamcha unib, yerda yoyilgan sernovda uzum tokiga aylandi. Uning novdalari burgut tomon cho‘zildi, tagidagi ildizlari yerga chuqur o‘sdi. U tokka aylandi, novdalari gurkirab o‘sdi, barra yaproqlar chiqardi.”
7. “Keyin boshqa bahaybat bir burgut uchib keldi. Bu ulkan qanotli burgut qalin pat bilan qoplangan edi. Shunda tok “kelgan burgut meni sug‘orar”, deya o‘sgan joyidan ildizlarini burgut tomon cho‘zdi, novdalarini u tomon uzatdi.
8. Ammo tok allaqachon serob suvlar bo‘yidagi unumdor yerda o‘sayotgan edi. U ungan edi, mo‘l hosil berishga, ko‘rkam uzum toki bo‘lib yetishishga imkoniyati bor edi.”
9. EgamizRabbiy shunday demoqda: “Bu tok endi gurkirab o‘sarmikan?! Tokni ekkan burgut uni ildizi bilan sug‘urib tashlamaydimi?! Uzumlarini uzib, barra yaproqlarini quritib yubormaydimi?! Ha, tokni sug‘urib tashlash uchun katta kuch yoki qudratli lashkar kerak emas.
10. Bordi–yu, tokni boshqa joyga ko‘chirib o‘tqazsa, u yana unarmikan?! Yo‘q, garmsel uni batamom qovjiratib yuboradi–ku. Tok o‘sgan joyida so‘lib qoladi–ku.”
11. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
12. “Bu isyonkor Isroil xalqiga shunday deb ayt: matalning ma’nosini tushundingizmi? Men sizlarga ma’nosini aytib beray: Bobil shohi Quddusga bostirib keldi, u yerdagi shohu a’yonlarni o‘zi bilan Bobilga olib ketdi.
13. So‘ng shoh oilasiga mansub bo‘lgan bir kishini tanladi. Unga qasam ichdirib, u bilan bir sulh tuzdi. Yurtdagi barcha nufuzli odamlarni o‘zi bilan olib ketdi.
14. Toki Isroil xalqi bo‘ysunsin, isyon ko‘tarmasin, sulhga rioya qilgani uchun omon qolsin.
15. Ammo yangi tanlangan Isroil shohi Bobilga qarshi isyon ko‘tardi. U Misr shohi huzuriga choparlar jo‘natdi, undan ko‘mak uchun otlaru lashkarlar so‘radi. U muvaffaqiyat qozonarmikan?! Bunday ish qilgan odam jazosiz qolarmikan?! Sulhni buzgan kishi jazodan qochib qutularmikan?!
16. Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, bunday shoh Bobilda jon beradi. Garchi Bobil shohi uni taxtga chiqargan bo‘lsa–da, u Bobil shohi bilan tuzgan sulhni buzdi, ichgan qasamini mensimadi.
17. Shu sababdan Bobil shohi Quddusdagi ko‘p odamlarni qatl qilish uchun shahar devoriga qiyalatib tuproq uyadi, qamal inshootlarini quradi. Shunda Isroilga hatto fir’avnning qudratli lashkari ham yordam bera olmaydi.
18. Chunki Isroil shohi ichgan qasamidan qaytdi, tuzgan sulhni buzdi. U Bobil shohiga so‘z bergan bo‘lsa–da, shu ishlarni qildi! Mana endi qochib qutula olmaydi!”
19. Shuning uchun Egamiz Rabbiy aytmoqda: “Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, ahdimni buzgan, Mening nomim bilan ichgan qasamidan qaytgan bu odam jazosiz qolmaydi.
20. Men uning ustiga to‘r tashlayman, uni O‘z tuzog‘imga tushiraman. Menga xiyonat qilgani uchun, uni Bobilga olib borib, u yerda adabini beraman.
21. Uning qochayotgan jangchilari qilichdan halok bo‘ladilar, omon qolganlari dunyoning to‘rt tomoniga tarqalib ketadilar. Shunda sizlarga bu so‘zlarni aytgan Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.”
22. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men baland sadr daraxtining uchidan nozik bir novdani olaman. Ulkan toqqa chiqib, uni o‘tqazaman.
23. Ha, Isroil tog‘ining cho‘qqisiga ekaman. Novda butoq chiqarib, hosilga kiradi, ko‘rkam sadr daraxti bo‘lib yetishadi. U yerda har xil qushlar yashaydi, turli parrandalar shoxlari soyasidan panoh topadi.
24. Ana o‘shanda dashtdagi hamma daraxtlar Egangiz Men ekanligimni bilib oladi. Zotan, ulkan daraxtlarni yiqitadigan Menman. Past daraxtlarni baland qilib, o‘stiradigan ham Menman. Ko‘karib turgan daraxtni qovjiratadigan ham, qovjiragan daraxtni ko‘kartiradigan ham Menman. Bularni Men, Egangiz aytdim! Aytganlarimning hammasini O‘zim amalga oshiraman.”
1. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2. “Nima uchun sizlar Isroil yurtida: “Otalari achchiq uzum yeyishgan edi, bolalarining esa tishi qamashdi”, degan maqolni ishlatasizlar?
3. Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, sizlar endi Isroilda bu maqolni boshqa aytmaydigan bo‘lasizlar.
4. Bilib qo‘ying, har bir odamning joni Menikidir. Ota–onalarning ham, bolalarning ham jonlari Menga tegishlidir. Faqat gunoh qilgan odamgina o‘ladi.
5. Bordi–yu, odam solih bo‘lib, adolatli va to‘g‘ri ishlar qilsa,
6. Isroil xalqining butlariga sig‘inmasa, butxonalarda keltirilgan qurbonliklardan tanovul qilmasa, birovning xotini bilan zino qilmasa, hayz ko‘rgan ayolga yaqinlashmasa,
7. birovga jabr qilmasa, garovga olgan narsasini qaytarib bersa, o‘g‘irlik qilmasa, ochga non, yalang‘ochga kiyim bersa,
8. bergan qarzidan foiz talab qilmasa, o‘zini gunohdan tortsa, to‘g‘ri hukm chiqarsa,
9. farmonlarimga rioya qilsa, qonun–qoidalarimni bitta qoldirmay sadoqat bilan bajarsa, bunday odam haqiqatan ham solih hisoblanib albatta yashaydi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
10. “Endi shunday solih odamning vahshiy bir o‘g‘li bor, deb faraz qilaylik. Bordi–yu, bu yaramas o‘g‘il qotillik qilsa yoki quyidagi jinoyatlarning birortasini Isroillik birodariga qilsa:
11. otasi qilmagan ishlarga qo‘l urib, butxonalarda keltirilgan qurbonliklardan tanovul qilsa, birovning xotini bilan zino qilsa,
12. kambag‘alu mazlumlarga jabr yetkazsa, o‘g‘irlikka qo‘l ursa, garovga olgan narsani qaytarmasa, butlarga sig‘insa, jirkanch odatlarga taqlid qilsa,
13. bergan qarzidan foiz talab qilsa, u yasharmidi?! Yo‘q! Bunday jirkanch ishlarga qo‘l urgan odam albatta o‘ladi. U o‘z boshini o‘zi yeydi–ku!”
14. Ammo bunday fosiq kishining o‘g‘li, otasi qilgan gunohlarini ko‘ra turib, otasiga taqlid qilmasa,
15. Isroil xalqining butlariga u sig‘inmasa, butxonalarda keltirilgan qurbonliklardan tanovul qilmasa, birovning xotini bilan zino qilmasa,
16. birovga zulm o‘tkazmasa, qarzdorlaridan kafillik talab qilmasa, o‘g‘irlik qilmasa, ochga non, yalang‘ochga kiyim bersa,
17. kambag‘alga jabr yetkazmasa, bergan qarzidan foiz olmasa, qonun– qoidalarimga rioya qilib, farmonlarimni bajarsa, bunday odam o‘z otasining gunohlari uchun o‘lmaydi. U albatta yashaydi.
18. O‘sha odamning otasi esa qilgan qabihliklari uchun o‘zi o‘ladi, chunki u birodariga jabr yetkazib, narsasini o‘g‘irladi, odamlar orasida yaramas ishlar qildi.
19. Sizlar esa: “Yo‘g‘–ye, nahotki bola otasining gunohi uchun jazo tortmasa?” deb aytasizlar. Agar bola adolatli va to‘g‘ri ishlar qilsa, qonun– qoidalarimning hammasini bitta qoldirmay bajarsa, u albatta yashaydi.
20. Gunoh qilgan odamgina o‘ladi. Bola otasining gunohi uchun jazolanmaydi, ota ham bolasining gunohi uchun jazolanmaydi. Solih odamlar o‘z solihligiga yarasha mukofot oladilar, fosiqlar o‘z fosiqligi uchun jazo tortadilar.
21. Bordi–yu, fosiq odam qilgan gunohlaridan tavba qilsa, qonun–qoidalarimning hammasini bajarsa, adolatli va to‘g‘ri ishlar qilsa, u albatta yashaydi, o‘lmaydi.
22. Men bunday odamning qilgan barcha gunohlaridan kechib yuboraman. U qilgan solih ishlari tufayli yashaydi.
23. “Nahotki Men fosiq odamning o‘limini istasam? Yo‘q! Men uning yomon yo‘ldan qaytishini va yashashini istayman!” deb aytmoqda EgamizRabbiy.
24. Yomon yo‘lga kirib ketgan solih odam–chi? Fosiqlar kabi jirkanch ishlar qilgan bunday odam yashaydimi? Yo‘q! Men uning bironta xayrli ishini esga olmayman. U Menga xiyonat qilgani uchun, gunohga qo‘l urgani uchun o‘ladi.
25. Sizlar esa: “Rabbiy noto‘g‘ri ish tutyapti”, deb aytyapsizlar. Ey Isroil xalqi, gapimni tinglang: “Noto‘g‘ri ish tutgan Menmi yoki sizlarmi?!
26. Bilib qo‘ying, yomon yo‘lga kirib ketgan har bir solih kishi qilgan gunohi uchun o‘ladi.
27. Yomon yo‘ldan qaytgan fosiq esa adolatli va to‘g‘ri ishlar qilsa, o‘z hayotini asrab qoladi.
28. Bunday odam tutgan yo‘li noto‘g‘ri ekanligini anglab, qilgan gunohlaridan qaytgani uchun albatta yashaydi, o‘lmaydi.
29. Shunday bo‘lsa–da, Isroil xalqi: “Rabbiy noto‘g‘ri ish tutyapti”, deb aytyapti. Ey Isroil xalqi, qani, Menga ayting–chi, noto‘g‘ri ish tutgan Menmi yoki sizlarmi?!”
30. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Ey Isroil xalqi, Men har biringizni tutgan yo‘lingizga yarasha hukm qilaman. Tavba qilinglar! Gunohlaringizdan qaytinglar! Aks holda gunohingiz sizga to‘g‘onoq bo‘ladi.
31. Menga qarshi qilgan gunohlaringizdan voz kechinglar. O‘zlaringiz uchun yangi yurak va yangi ruh olinglar! Nima uchun sizlar o‘lishingiz kerak, ey Isroil xalqi?!
32. Men bironta odamning halok bo‘lishini istamayman. Yomon yo‘ldan qayting, yashang!” deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
1. Egamiz menga Isroilning ikki shahzodasi uchun marsiya aytishimni buyurdi:
2. Sening onang qo‘rqmas bir sher edi! U sherlar orasida o‘rnashdi, Yosh sherlar orasida bolalarini o‘stirdi.
3. Bitta bolasi kuchli bir sher bo‘ldi. U ov qilishni o‘rgandi, Odamxo‘rlik qila boshladi.
4. Buni xalqlar eshitdilar, Sherni tuzog‘iga tushirdilar. Uni zanjirband qilib, Misrga olib ketdilar.
5. Ona sher umidi puchga chiqqanini ko‘rdi, Orzusi ushalmaganini bildi. Shunda boshqa bolasini o‘stirdi, Uni kuchli bir sher qildi.
6. U katta bo‘lgach, Boshqa sherlar ila izg‘iydigan bo‘ldi. Ov qilishni o‘rgandi, Odamxo‘rlik qila boshladi.
7. Qal’alarini buzar edi, Shaharlarini vayron qilardi. Yurt va uning butun aholisi U o‘kirganda dahshatga tushardi.
8. Atrofdagi hududlardan xalqlar Unga hujum qildilar. Ustiga to‘r tashlab, Tuzog‘iga tushirdilar.
9. Zanjirband qilib, qafasga soldilar, Bobil shohi huzuriga olib bordilar. Isroil tog‘larida uning tovushi Boshqa eshitilmasin, deya Uni zindonga tashladilar.
10. Sening onang uzumzordagi tokday edi, Ariq bo‘yiga o‘tqazilgan edi. Suvga miriqqanidan Sernovdayu serhosil edi.
11. Baquvvat novdalari Saltanat hassalariga aylandi. Qalin shox–shabbadan ham baland ko‘tarildi. Balandligi, serbargligi bilan Ko‘zga tashlanib turar edi.
12. Ammo g‘azab ichra tok sug‘urib tashlandi, Yerga uloqtirib yuborildi. Sharqdan esgan shamol hosilini quritdi, Baquvvat novdalari sinib quridi. Hammasini olov yamlab yubordi.
13. Endi bu tok sahroga o‘tqazilgan. Ha, quruq, suvsagan cho‘lga ekilgan.
14. Uning poyasidan olov chiqdi, Novdalaru mevalarini kuydirib yubordi. Bironta baquvvat novdasi qolmadi, Saltanat hassasiga yaramaydigan bo‘ldi. Bu marsiya qo‘shig‘idir, u motam ohangida kuylanadi.
1. Surgun bo‘lgan paytimizning yettinchi yili beshinchi oyning o‘ninchi kunida, ayrim Isroil oqsoqollari Egamizga maslahat solmoqchi bo‘lib, oldimga keldilar. Ular ro‘paramga o‘tirdilar.
2. Shunda Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
3. “Ey inson, Isroil oqsoqollariga ayt, Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Sizlar hali Menga maslahat solmoqchi bo‘lib keldingizlarmi?! Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, sizlarga hech qanday maslahat bermayman!” deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
4. Ey inson, kelgan bu odamlarni sen hukm qilishga tayyormisan? Qani, ularga ota–bobolarining qilgan jirkanch odatlari haqida gapirib ber–chi.
5. Ularga ayt, Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Men Isroil xalqini tanlab, Misrda ularga O‘zimni tanitgan edim. O‘shanda Men ularga, Egangiz Xudo bo‘laman, deb ont ichgandim.
6. Ularni Misrdan olib chiqishga, ular uchun tanlab qo‘ygan eng ulug‘vor yurtga, sut va asal oqib yotgan yurtga olib borishga ont ichgan edim.
7. O‘shanda ularga aytgan edim: har biringiz, ko‘zingizni quvontirgan makruh butlaringizni yo‘qotinglar. Misr butlariga sig‘inib o‘zingizni bulg‘amanglar. Egangiz Xudo Menman.
8. Ammo ular Menga qarshi isyon ko‘tardilar. Gapimga quloq solmadilar. Birontasi ham makruh butini tashlamadi, Misr xudolaridan ular voz kechishmadi. Shunda Men qahru g‘azabimni Misrdayoq ularning ustiga yog‘dirmoqchi bo‘ldim.
9. Ammo shaxtimdan qaytdim. Isroil atrofida yashagan xalqlar oldida badnom bo‘lishni istamadim. Chunki Men Isroil xalqini Misrdan olib chiqib, o‘sha xalqlar oldida O‘zimni tanitgan edim.
10. Shuning uchun Men Isroil xalqini Misrdan olib chiqdim, sahroga boshlab bordim.
11. U yerda ularga farmonlarimni berdim, qonun–qoidalarimni bildirdim. Zotan qonun–qoidalarimga rioya qilgan har qanday kishi yashaydi.
12. Men ularga Shabbat kunlarni O‘zim va ular orasidagi alomat qilib berdim. Toki ularni muqaddas qiladigan Egangiz Men ekanligimni bilishsin.
13. Ammo ular sahroda ham Menga qarshi isyon ko‘tardilar. Farmonlarimni bajarmadilar, qonun–qoidalarimni rad etdilar. O‘shalarga rioya qilgan kishi yashagan bo‘lardi. Ular Shabbat kunlarimni ham bulg‘adilar. Shunda Men sahroda ularning ustiga g‘azabimni yog‘dirib, yo‘q qilib yubormoqchi bo‘ldim.
14. Ammo Isroilni Misrdan olib chiqqanimni ko‘rgan xalqlar oldida badnom bo‘lmasligim uchun, shaxtimdan qaytdim.
15. Shunday bo‘lsa–da, ularni dunyodagi eng ulug‘vor yurtga, sut va asal oqib yotgan yurtga olib bormayman, deb sahroda ont ichdim.
16. Ular qonun–qoidalarimni rad etgan edilar, farmonlarimni bajarmagan edilar, Shabbat kunlarimni bulg‘agandilar. Qo‘yingki, qalblarini butlarga bag‘ishlagan edilar.
17. Shunga qaramay, Men ularga achindim, sahroda qirilib ketishlariga yo‘l qo‘ymadim.
18. Men ularning farzandlariga, ota–bobolaringiz yo‘lidan yurmanglar, ularning odatlariga taqlid qilmanglar, butlari bilan o‘zingizni bulg‘amanglar, deb uqtirdim.
19. Men Egangiz Xudoman. Mening farmonlarimga rioya qilinglar, qonun–qoidalarimni bitta qoldirmay bajaringlar.
20. Shabbat kunlarimni muqaddas deb bilinglar, chunki bular oramizdagi alomatdir. Shunda Egangiz Xudo Men ekanligimni bilib olasizlar.”
21. “Ammo farzandlari ham Menga qarshi isyon ko‘tardilar. Qonunlarimga rioya qilgan kishi yashagan bo‘lardi. Ammo ular farmonlarimni bajarmadilar, qonun–qoidalarimga rioya qilmadilar. Shabbat kunlarimni bulg‘adilar. Shunda Men sahroda ularning ustiga g‘azabimni yog‘dirmoqchi bo‘ldim.
22. Ammo Isroilni Misrdan olib chiqqanimni ko‘rgan xalqlar oldida badnom bo‘lmasligim uchun, O‘zimni tiydim.
23. Shunday bo‘lsa–da, Men sahroda ont ichdim: sizlarni boshqa yurtlarga quvib yuboraman, xalqlar orasiga tarqatib tashlayman, deb aytdim.
24. Ha, ular qonun– qoidalarimni buzdilar, farmonlarimni rad etdilar, Shabbat kunlarimni bulg‘adilar, ko‘ngillari ota– bobolarining butlarini tusadi.
25. Shuning uchun Men ularga yomon qonunlarni, hayot uchun yaramaydigan qoidalarni berdim.
26. Ularni o‘zlari keltirgan nazrlari bilan bulg‘adim. Dahshatga solish uchun, to‘ng‘ich bolalarini qurbonlik qilishlariga yo‘l qo‘ydim. Toki Egasi Men ekanligimni bilib olishsin.”
27. “Shuning uchun, ey inson, Isroil xalqiga shunday deb ayt: Egamiz Rabbiy aytmoqda, sizlarning ota–bobolaringiz Menga xiyonat qilib, shak keltirar edilar.
28. Men, beraman, deb ont ichgan yurtga ularni olib kirganimdan so‘ng, ular ko‘ziga ko‘ringan har bir baland tepalik ustida, har bir yashil daraxt ostida o‘z xudolariga qurbonliklar keltirar edilar. Meni qattiq g‘azablantirar edilar! O‘sha xudolariga xushbo‘y tutatqilar tutatib, sharobni nazr qilardilar.
29. Men ulardan: “Sizlar o‘sha xudolarga sajda qilish uchun qayerga borasizlar?” deb so‘radim. Ular menga: “Sajdagohlarga boramiz”, deb javob berdilar. Shu sababdan o‘sha joylar bugungi kungacha Bamax, deb atalmoqda.
30. Shunday ekan, Isroil xalqiga borib ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: sizlar ham ota–bobolaringiz singari o‘zlaringizni bulg‘amoqchimisizlar?! Menga befavolik qilib, makruh butlarga sig‘inmoqchimisizlar?!
31. Sizlar butlarga nazrlar keltiryapsizlar. Bolalaringizni olovda kuydirib, qurbonlik qilyapsizlar. Bunday jirkanch qilmishlar bilan bugunga qadar bulg‘anib kelyapsizlar. Shunday ekan, qanday qilib Mendan maslahat so‘rashga jur’at etdingiz?! Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, sizlarga hech qanday maslahat bermayman.”
32. Sizlar ichingizda: “Boshqa xalqlarga o‘xshasak edi, yog‘och va toshga sig‘inadigan ellarday bo‘lsak edi”, deb niyat qilasizlar. Ammo bu niyatingiz amalga oshmaydi.
33. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, cheksiz qudratim, ajoyibotlarim va alangali g‘azabim bilan sizlarga hukmronlik qilaman.
34. Sizlar begona xalqlar orasiga tarqalib ketdingiz, Men sizlarni o‘sha yurtlardan olib chiqaman. Qudratim, ajoyibotlarim va alangali g‘azabim bilan sizlarni yig‘ib olaman.
35. Sizlarni xalqlardan uzoqqa, sahroga olib boraman. U yerda hammangizni yuzma–yuz hukm qilaman.
36. Men ota– bobolaringizni Misr sahrosida qanday hukm qilgan bo‘lsam, sizlarni ham xuddi shunday hukm qilaman, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
37. Sizlarni cho‘ponning tayog‘i bilan saralayman, ahdimga bo‘ysunishga majbur qilaman.
38. Menga qarshi gunoh qilgan isyonkor odamlarni orangizdan yo‘q qilaman. Sizlar musofir bo‘lib yurgan yurtdan o‘sha isyonkorlarni chiqarib yuboraman. Ammo Isroil yurtiga ular kirmaydilar. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.”
39. Ey Isroil xalqi, Egangiz Rabbiy shunday demoqda: “Menga quloq solishni xohlamasangiz, yo‘qolinglar! Har biringiz butlaringizga sig‘inib yuraveringlar! Ammo nazrlaru butlaringiz bilan Meni badnom qila ko‘rmanglar.
40. Zero, ey Isroil, butun xonadoning, faqat Mening muqaddas tog‘imda, Isroilning baland tog‘ida, yurtda Menga sajda qiladi, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. — O‘sha yerda Men sizlarni qabul qilaman. Hadyalaru a’lo in’omlaringizni, muqaddas tortiqlar keltirishingizni buyuraman.
41. Sizlar boshqa yurtlarga tarqalib ketgan bo‘lsangiz–da, Men sizlarni yig‘ib olaman, xalqlar orasidan olib chiqaman. Xushbo‘y tutatqining muattar hididan mamnun bo‘lganday sizlardan mamnun bo‘laman. Barcha xalqlarning ko‘zi oldida O‘z muqaddasligimni orangizda namoyon qilaman.
42. Ota–bobolaringizga ont ichib, va’da qilgan Isroil yurtiga sizlarni olib kirganimda, Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.
43. Shunda sizni bulg‘agan qabih ishlaringizni, tutgan yo‘llaringizni eslab, o‘z–o‘zingizdan hazar qilasizlar.
44. Sizning egri yo‘llaringiz, qabih ishlaringizga ko‘ra, Men ish tutmayman. O‘z nomim haqi, sizlarga yaxshilik qilaman. Shunda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
45. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
46. “Ey inson, janubga yuzlanib, Nagavdagi o‘rmonga qarshi bashorat qilgin.
47. Janubdagi bu o‘rmonga ayt: Egamizning so‘zini eshit! Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Men sening har bir daraxtingni, ko‘karganini ham, quriganini ham yondirib yo‘q qilaman. Avj olgan alangani hech kim o‘chira olmaydi. Bu alanga janubdan shimolgacha bo‘lgan yer yuzini kuydirib tashlaydi.
48. Bu olovni Men yondirganimni butun dunyo ko‘radi. Hech kim uni o‘chira olmaydi.”
49. Shunda men yolvorib, dedim: — Yo Egam Rabbiy, bu odamlar menga, “Hadeb matallar bilan gapiraverasanmi?” deb aytishmoqda.
1. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2. “Ey inson, Quddusga yuzlan. Isroil yurtiga va barcha sajdagohlariga qarshi bashorat qil.
3. Isroil yurtiga qaratib shunday so‘zlarni ayt: Egamiz aytmoqda, Men O‘zim senga qarshi chiqaman! Qilichimni qinidan sug‘urib, hammangizni — solihu fosiqlarni yo‘q qilaman.
4. Qilichim janubdan shimolgacha bo‘lgan hamma jonzotni qirib tashlaydi.
5. Shunda hamma Egangiz Men ekanligimni biladi. Ha, Men qilichimni qinidan sug‘uraman! Uni qaytarib joyiga solmayman.”
6. “Ey inson, siqilgan odamga o‘xshab, chuqur xo‘rsingin, qayg‘urganingni hamma ko‘rsin.
7. Ular sendan: “Nega xo‘rsinyapsan?” deb so‘rashganda, ularga shunday javob ber: “Noxush bir xabar eshitdim. U amalga oshganda odamlarning yuragi orqaga tortib ketadi, qo‘llarida mador qolmaydi, ruhi tushadi, ishtonlari ho‘l bo‘ladi. Mana o‘sha vaqt yaqinlashib qoldi! U albatta amalga oshadi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
8. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
9. “Ey inson, bashorat qilib ayt: Rabbiy shunday demoqda: Mana, Men qilichimni yaltiratib, charxladim.
10. Odamlarni qirish uchun qayradim. Chaqmoq kabi chaqnashi uchun yaltiratib tozaladim. Ammo bundan qanday xursand bo‘laylik?! Ey o‘g‘lim Yahudo, Qilichim saltanat hassasini mensimaydi, Har qanday tayoqni pisand qilmaydi.
11. Mana, qilichim charxlandi, Ishlatish uchun tayyor bo‘ldi. Yaltiratib qayraldi, Qotil uchun hozirlandi.
12. Ey inson, dod solib faryod qilgin! Zero, qilich xalqimga qarshidir, Barcha Isroil shahzodalariga qarshidir. Ular qilichdan nobud bo‘ladi, Xalq qatorida qirilib ketadi. Endi ko‘ksingga ur!
13. Bu sinov paytidir! Qilich hatto Yahudoning saltanat hassasini mensimasa nima bo‘ladi?! Saltanatning kuni bitadi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
14. “Ey inson, bashorat qilgin. Kaftingni kaftingga uravergin, Qilich xalqimni qayta–qayta chopaversin. Bu qirg‘in qilichidir, Qirg‘in–barot qilichidir. U xalqimni har tomondan siqib kelmoqda!
15. Odamlarning yuragi orqaga tortib ketdi, Ular qo‘rquvdan qoqila boshlashdi. Men qilichimni qirg‘in uchun o‘rnatdim, Shaharning har bir darvozasi oldiga qo‘ydim. Eh, mana qilichim yaltiratib tozalandi. Odamlarni qirish uchun qinidan chiqarildi.
16. Ey qilichim, o‘ngdagilarni chop! So‘ldagilarni chop! Hammani tig‘dan o‘tkaz!
17. Men ham kaftimni kaftimga uraman, Shunda jahldan tushaman. Bularni Men, Egangiz aytdim.”
18. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
19. “Ey inson, xaritaga ikki yo‘lni tushir. Bobil shohi bu yo‘llardan yurib, hujum qiladi. Ikkala yo‘l ham bir joydan boshlansin. Yo‘llarning ayrilgan joyiga bir belgi qo‘ygin.
20. Yo‘llardan biri Bobil shohini Ommon yurtining poytaxti Rabbaga, ikkinchisi Yahudo yurtining mustahkam shahri Quddusga olib borsin.
21. Hozir Bobil shohi yo‘llar ayrilgan joyda turib, qaysi shaharga hujum qilish kerakligi haqida bosh qotiryapti. U kamon o‘qlarini silkitib, qur’a tashlayapti. But–sanamlarga maslahat solyapti, qurbonlik qilingan hayvonlarning jigariga qarab, fol ochdiryapti.
22. U o‘ng qo‘li bilan “Quddus” deb yozilgan o‘qni chiqaradi. Quddus atrofiga devorteshar qurollarni o‘rnashtiradi. Lashkariga, o‘ldir, deya buyruq beradi, ularni jangga da’vat qiladi. Darvozani buzadigan qurollarni o‘rnashtiradi, shahar devoriga qiyalatib tuproq uydiradi, qamal inshootlarini qurdiradi.
23. Quddus aholisi Bobil shohiga sadoqat qasamini ichgani uchun, bu ularga soxta bashoratday tuyuladi. Ammo Bobil shohi ularning aybini yuziga soladi, ularni asir qilib oladi.”
24. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Ey xalqim, sen ochiqchasiga isyon ko‘tarib, o‘z aybingni o‘zing fosh qilding. Qilgan har bir ishing bilan gunohlaringni ko‘rsatding. Shu bois sen asirlikka tushasan.”
25. “Ey buzuq, fosiq Isroil hukmdori, sening kuning bitdi! Oxirgi jazoingning soati yetdi!
26. Men Egang Rabbiy senga aytyapman: boshingdagi sallangni yech, tojingni olib tashla. Endi hammasi o‘zgaradi, xo‘rlangan odam yuksaladi, yuksalgan odam esa xo‘rlanadi.
27. Qarang, vayronalar, vayronalar! Ha, Men Quddusni vayron qilaman. Ammo shaharni hukm qiladigan odam kelmaguncha bular sodir bo‘lmaydi. Men shaharni o‘shaning qo‘liga beraman.”
28. Egamiz menga dedi: “Ey inson, bashorat qilib ayt: Isroilni mazax qilgan Ommon xalqi haqida Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Ey qilich, qilich, sen qirg‘in uchun qindan chiqarilding. Odamlarni qirish uchun charxlanding, chaqmoq kabi yashnash uchun yaltiratib tozalanding!
29. Ommon xalqi sen haqingda yolg‘on vahiylar ko‘ryapti, sen to‘g‘ringda bo‘lmag‘ur follar ochdiryapti. Sen bu yovuz, fosiqlarning boshini chopib tashlaysan! Ularning kuni bitdi, oxirgi jazosining soati yetdi!
30. Qilichni qiniga solinglar! Ey Ommon xalqi, Men sizni ona yurtingizda, tavallud topgan joyingizda hukm qilaman.
31. Ustingizga g‘azabimni sochaman, qahrimning olovini sizga ufuraman. Sizni shafqatsizlarning qo‘liga beraman, o‘sha mohir qotillarga topshiraman.
32. Sizlar olovga yem bo‘lasiz, qoningiz ona yurtingizda to‘kiladi. Siz haqingizdagi xotira abadiy o‘chadi. Bularni Men, Egangiz aytdim.”
1. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2. “Ey inson, qotillar shahrini hukm qilgin. Uning jirkanch odatlarini yuziga solgin.
3. Shunday deb ayt: Egamiz Rabbiy aytmoqda: ey Quddus, sen o‘z ko‘chalaringda qon to‘kib, boshingga balo orttirding. Butlar yasab, o‘zingni bulg‘ading.
4. To‘kkan o‘sha qon uchun sen aybdor bo‘lding, yasagan butlar bilan bulg‘anding. Halokat kuningni yaqinlashtirding. O‘z hayotingga yakun yasading! Shu bois xalqlar seni mazax qilishlariga, yurtlar ustingdan kulishlariga Men yo‘l qo‘yaman.
5. Ey yomon ot chiqargan, g‘alayonga to‘la shahar, uzog‘u yaqindagilar seni mazax qiladilar.”
6. “Shahardagi Isroil yo‘lboshchilari o‘z mansabidan foydalanib, qon to‘kadilar.
7. U yerdagi odamlar ota–onasini xor qiladilar, musofirlarni aldaydilar, yetim va bevalarga zulm o‘tkazadilar.
8. Muqaddas narsalarimni xor qilib, Shabbat kunlarimni bulg‘aydilar.
9. Ba’zilari odamlarni o‘ldirish uchun tuhmat qiladilar. Butxonalarda keltirilgan qurbonliklardan tanovul qiladilar, o‘zlarining shahvoniy hirslarini qondirish bilan ovora bo‘ladilar.
10. Boshqalari o‘gay onalari bilan yotadilar, hayz ko‘rgan ayollarni zo‘rlaydilar.
11. Qo‘shnining xotini bilan jirkanch ishlar qiladilar, kelinlarini uyatsizlarcha bulg‘aydilar, tug‘ishgan singillarining nomusiga tegadilar.
12. Shahardagi ba’zi odamlar pul uchun odam o‘ldiradilar. Bergan qarzidan foiz undiradilar, o‘zganing bor–yo‘g‘ini tortib olib, daromad ko‘radilar. Meni esa unutib yubordilar!” deb aytmoqda EgamizRabbiy.
13. Noxaq foyda ko‘rganingiz uchun, qon to‘kkaningiz uchun Men g‘azab ichra kaftimni kaftimga uraman.
14. Adabingizni bergan kunim mardligingizni ko‘raman, o‘shanda Men bilan olishishga qurbingiz yetarmikan? Men, Egangiz aytganlarimni amalga oshiraman.
15. Men sizlarni xalqlar orasiga tarqatib tashlayman, boshqa yurtlarga quvib yuboraman, iflos qilmishlaringizga chek qo‘yaman.
16. Begona xalqlar sizlarni xor qilganda, Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.”
17. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
18. “Ey inson, Isroil xalqi Men uchun toshqolday qadrsiz bo‘lib qoldi. Kumush eritilgandan keyin o‘choqda qotib qolgan mis, qalay, temir va qo‘rg‘oshin qorishmasi kabidir bu xalq.
19. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Sizlar toshqolday bo‘lib qolganingiz uchun, Men sizlarni Quddusga yig‘aman.
20. Kumush, mis, qalay, temir va qo‘rg‘oshin o‘choqqa qanday yig‘ilsa, eritish uchun tagiga olov qanday yoqilsa, Men xuddi shunday qahru g‘azab bilan sizlarni yig‘aman, hammangizni shaharda eritib yo‘q qilaman.
21. Ha, Men sizlarni Quddusga yig‘ib olaman, g‘azabim olovini sizga sochaman. Sizlar erib yo‘q bo‘lib ketasizlar.
22. Kumush o‘choqda eriganday, sizlar qahrim o‘tida erib yo‘q bo‘lasizlar. Shunda ustingizga g‘azab o‘tini sochgan Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.”
23. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
24. “Ey inson, Isroil xalqiga shunday deb ayt: Sizlar qahr kunida poklanmagan, ustiga yomg‘ir yog‘magan bir yurtdirsiz.
25. Yurtingizdagi shahzodalar o‘kirayotgan, o‘ljasini tilka–pora qilayotgan sherga o‘xshaydi. Ular odamxo‘rlik qiladilar, mulku boylikni qo‘lga kiritadilar, qotilliklar qilib, bevalarning sonini ko‘paytiradilar.
26. Ruhoniylar qonunimni buzib, muqaddas narsalarimni bulg‘adilar. Muqaddas bilan oddiy narsaning farqiga bormadilar. Odamlarga nima haromu nima halol ekanini o‘rgatmadilar, Shabbat kunlariga rioya qilmadilar, xullas xalqim orasida Men beobro‘ bo‘ldim.
27. Isroil yo‘lboshchilari o‘ljasini tilka–pora qilayotgan bo‘riga o‘xshaydilar. Ular boylik orttirish uchun qon to‘kadilar, odamlarning jonini oladilar.
28. Payg‘ambarlar esa devorni oqlagan mardikorlar kabi, ularning bu gunohlarini oqlaydilar. Yolg‘on vahiylar ko‘rib, soxta bashoratlar aytadilar. Men ularga gapirmasam ham,“Egamiz Rabbiy shunday demoqda” deb gapiradilar.
29. Bu yurtdagi odamlar qallobligu o‘g‘irlik qiladilar, kambag‘alu nochorni ezadilar, musofirning bor–yo‘g‘ini tortib oladilar, haqini talab qilishga yo‘l qo‘ymaydilar.
30. Devorni qayta quradigan, devorning o‘pirilib tushgan joyida turib, yurtni himoya qiladigan birorta odam bormikan, deya ularning orasidan izladim. Ammo yurtni qahrimdan saqlab qolmoqchi bo‘lgan bunday odamni topa olmadim.
31. Shuning uchun Men ularga qahrimni sochaman, hammasini g‘azabim olovida yo‘q qilaman. Qilgan qilmishlariga yarasha jazosini beraman”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
1. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2. “Ey inson, bir onadan tug‘ilgan ikki opa–singil bor edi.
3. Ular Misrda fohishalik qilardilar. Yoshligidan fahsh yo‘liga kirgandilar. Qizlik ko‘kragi u yerda silandi, emchaklari siypalandi.
4. Kattasining ismi Oxola, kichkinasining ismi Oxolibo edi. Men ikkovini ham O‘z nikohimga olgan edim, ular Menga o‘g‘il–qizlar tug‘ib berishdi. Oxola Samariyani, Oxolibo Quddusni bildiradi.
5. Oxola Mening nikohimda bo‘la turib, fohishalik qilar edi. U o‘ynashlari bo‘lgan Ossuriyalik jangchilarga hirs qo‘ygan edi.
6. Ularning hammasi kelishgan yigitlar, zangori libos kiygan, ot mingan hokimu lashkarboshilar edi.
7. Oxola Ossuriyaning hamma sara erkaklari bilan fohishalik qilar edi. Hirs qo‘ygan har bir erkakning butlariga sig‘inib, o‘zini bulg‘ab yurardi.
8. U Misrda qilgan fohishaliklarini tashlamadi. Yoshligida erkaklar u bilan yotishgan edi, qizlik ko‘kragini silab, shahvatini qondirishgan edi.
9. Shu sababdan Men uni o‘ynashlarining qo‘liga topshirib qo‘ydim. U hirs qo‘ygan o‘sha Ossuriyaliklarning qo‘liga berdim.
10. Ular Oxolani qip–yalang‘och qildilar, uni o‘ldirdilar. O‘g‘il–qizlarini o‘zlariga qul qilib oldilar. Jazosini tortgan Oxola ayollarning og‘zidan tushmay qoldi.
11. Singlisi Oxolibo bularni ko‘rdi. Shunday bo‘lsa–da, suyuq oyoqligi va fohishaligi bilan opasidan o‘tib tushdi.
12. U ham o‘sha Ossuriyalik hokimu lashkarboshilarga, qurol–aslahalar taqqan otliq xushbichim jangchilarga hirs qo‘ydi.
13. Men Oxoliboning bulg‘anganini ko‘rdim, opasi bilan bir yo‘lni tanlaganini bildim.
14. U borgan sari fohishalikka berilib ketar edi. Bir kuni u devorga tushirilgan Bobilliklarning rasmlarini ko‘rib qoldi. Ular qizil rangga bo‘yalgan edilar.
15. Bellarida kamar, boshlarida ko‘rkam salla bilan tasvirlangan edilar. Ular Xaldey yurtida tug‘ilgan Bobil otliq sarkardalarga o‘xshar edilar.
16. Oxolibo o‘sha rasmlarni ko‘rdi–yu shahvat uning qonini qizdira boshladi. U Bobilga choparlar jo‘natib, Bobilliklarni o‘z huzuriga chorladi.
17. Bobilliklar uning oldiga kirdilar, ishq to‘shagiga u bilan yotdilar, o‘z hirsi bilan uni bulg‘adilar. Oxolibo bulg‘angandan keyin Bobilliklardan jirkanib ketdi, ulardan yuzini o‘girdi.
18. U fohishalikka berilib, yalang‘och badanini hammaga ko‘z–ko‘z qilganda, Men undan jirkanib ketdim, opasidan yuz o‘girganimday undan ham yuzimni o‘girdim.
19. U esa yoshlik davrini, Misrda qilgan behayoligini eslab, yanada ko‘p fohishalik qilaverdi.
20. Jinsiy a’zolari eshaklarnikiday, maniylari ayg‘irlarnikiday bo‘lgan o‘ynashlariga hirs qo‘ydi.
21. “Ey Oxolibo, sen yoshligingda qilgan behayoliklaringni qaytarmoqchi bo‘lding. O‘sha paytlarda Misrliklar emchaklaringni siypalagan edilar, qizlik ko‘kraklaringni silagan edilar.”
22. Shuning uchun, ey Oxolibo, Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Sen o‘sha o‘ynashlaringdan jirkanib, ulardan yuzingni o‘girgansan, ammo Men o‘shalarni senga qarshi qo‘zg‘ataman. Ular har tomondan kelib, senga hamla qiladilar.
23. Men Bobilliklarni, Paxo‘d, Sho‘va va Qo‘vadan kelgan hamma Xaldeylarni, jamiki Ossuriyaliklarni boshlab kelaman. Ot mingan o‘sha xushbichim yosh aslzodalarni, hokimu lashkarboshilarni, sarkardayu oliy toifali jangchilarni yig‘ib kelaman.
24. Ular qurollanadilar, senga qarshi jang aravalar, yuk aravalar va talay lashkarni tortib keladilar. Boshiga dubulg‘a kiygan, qo‘liga qalqon va sipar tutgan jangchilar seni qurshovga oladilar. Hukm qilishlari uchun Men seni ularning qo‘liga topshiraman. Ular seni o‘z qonunlariga muvofiq hukm qiladilar.
25. Men ustingga qahrimni yog‘diraman, lashkarlar seni shafqatsiz jazolaydilar. Ular sening burning va quloqlaringni kesib tashlaydilar, omon qolgan har bir odamni qilichdan o‘tkazadilar. O‘g‘il–qizlaringni asir qilib oladilar, omon qolganlarni yondirib yuboradilar.
26. Ustingdagi kiyimlarni yechib oladilar, qimmatbaho taqinchoqlaringni olib ketadilar.
27. Sen Misrda boshlagan fohishaligu suyuqoyoqligingga Men shu yo‘sin chek qo‘man. Bularga bo‘lgan ishtiyog‘ing yo‘qoladi, sen Misrni unutib yuborasan.”
28. Zero, EgamizRabbiy shunday demoqda: “Men seni o‘zing nafratlangan, jirkanib, yuzingni o‘girgan odamlarning qo‘liga topshiraman.
29. Ular nafrat bilan seni jazolaydilar, topgan–tutganingni tortib oladilar. Seni yalang‘och, hech vaqosiz tashlab ketadilar. Fohishaliging ochiladi, sharmanda bo‘lasan. Suyuqoyoqliging, fohishaliging
30. tufayli shu ahvolga tushasan. Sen boshqa xalqlar bilan fohishalik qilding, ularning butlari bilan bulg‘anding.
31. Sen opangning yo‘lidan ketding, shuning uchun Men opangga ichirgan jazo kosasidan senga ham ichiraman.”
32. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Sen ham opangning kosasidan ichasan, U kosa katta va chuqurdir. Seni mazax qilishadi, ustingdan kulishadi, U kosa limmo–lim to‘ladir.
33. Sen qayg‘uga botib mast bo‘lasan. Ha, bu dahshatu vayrona kosasidir, Opang Samariyaning kosasidir.
34. Sen kosani oxirgacha ichasan, Uni chil–chil sindirasan. Ko‘ksingni yulib, faryod qilasan.” Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.
35. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Sen Meni unutib, Menga orqa o‘girganing uchun, fohisha va suyuqoyoq bo‘lganing uchun jazo tortasan.”
36. Egamiz menga dedi: “Ey inson, sen Oxola va Oxoliboni hukm qilishga tayyormisan? Tayyor bo‘lsang, ularning jirkanch odatlarini yuzlariga sol.
37. Axir, ular zino qildilar, qonli jinoyatlarga qo‘l urdilar. Butlari bilan zino qilib, Mendan ko‘rgan bolalarini o‘sha butlarga qurbonlik qilib, yedirdilar.
38. Bundan tashqari, o‘sha vaqtning o‘zidayoq muqaddas maskanimni harom qildilar, Mening Shabbat kunlarimni bulg‘adilar.
39. Bolalarini butlarga atab so‘ygan kuni muqaddas maskanimga kirib, uyimni harom qildilar!”
40. “Ular uzoq yurtlarga choparlar jo‘natib, erkaklarni o‘z huzuriga chorladilar. Ular yetib kelganlarda bu opa–singillar yuvinib–tarandilar, ko‘zlariga surma surdilar, taqinchoqlar bilan bezanib oldilar.
41. Dasturxon tuzalgan serhasham supaga o‘tirdilar. O‘sha dasturxon ustiga Mening xushbo‘y tutatqimni va moyimni qo‘ydilar.
42. Xonalaridan aysh–ishrat qilayotgan erkaklarning ovozi kelar edi. Sahrodan kelgan bu mayxo‘r qalang‘i–qasang‘ilar opa–singillarning qo‘llariga bilaguzuklar taqdilar, boshlariga chiroyli tojlar kiydirdilar.
43. Shunda men: “Bu ayollar fohishalik qilaverib, holdan toyganlar. Nahotki kelganlar ularning bu ahvolini ko‘ra turib, ular bilan jinsiy aloqa qilishsa?!” deb o‘yladim ichimda.
44. Kelgan erkaklar bu suyuqoyoqlar bilan birga bo‘lishdi. Ular fohishaning oldiga kirganday qayta–qayta Oxola va Oxoliboning oldiga kiraverishdi.
45. Solih odamlar esa bu ikki opa–singilni zinokorlik va qotillikda ayblaydilar, chunki ular zinoga ruju qo‘yib, qo‘llarini qonga beladilar.”
46. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Bir olomon odamni bu yerga yig‘ib kelinglar, ular bu ikki opa–singilni azoblab, bor–yo‘g‘ini tortib olishsin.
47. Ularni toshbo‘ron qilib, tanalarini nimtalab tashlashsin, o‘g‘il–qizlarini o‘ldirishsin, uylariga o‘t qo‘yishsin.
48. Shu yo‘sin Men yurtdagi bu behayolikka chek ko‘yaman. Buni ko‘rgan boshqa ayollar o‘zlari uchun saboq oladilar, bunday behayolik qilmaydigan bo‘ladilar.
49. O‘sha ikkita opa–singil o‘z behayoligi tufayli jabr tortadilar, gunohkor butparastligining jazosini oladilar. O‘shanda Egasi Men ekanligimni biladilar.”
1. Surgun bo‘lgan paytimizning to‘qqizinchi yili o‘ninchi oyning o‘ninchi kunida Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2. “Ey inson, bu kunning sanasini yozib qo‘y, chunki Bobil shohi bugun Quddusni qamal qildi.
3. Bu isyonkor xalqimga matal so‘zlab ayt: Egangiz Rabbiy shunday demoqda: o‘choqqa o‘t yoqing, qozonga suv quying.
4. Qozon ichiga eng yaxshi go‘shtlardan — son va yelka go‘shtlaridan soling, ilikli suyaklar bilan qozonni to‘ldiring.
5. Suruvning sara qo‘chqoridan so‘ying, o‘choqqa ko‘proq o‘tin yig‘ing, qozondagi suvni qaynating, go‘shtu suyaklarni obdan pishiring.
6. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Qotillar shahri Quddusning holiga voy! Bu shahar qasmoqli qozon kabidir, uning qasmog‘i ketmaydigan bo‘lib qolgan. Qani, qozonni bir chekkadan bo‘shating, qo‘lingizga nima ilinsa, olib ketavering.
7. Shahar ichida qotillik qilindi, odamlarning qoni qoyatoshga to‘kildi. O‘sha qon yerga to‘kilganda edi, tuproq bilan ko‘milib ketardi.
8. Men qonni o‘sha qoya ustida qoldirdim, uni yashirib bo‘lmaydi. Men uni ko‘rganimda g‘azabim alanga oladi, u Meni qotillardan qasos olishga undaydi.”
9. Shuning uchun Egamiz Rabbiy aytmoqda: “Qotillar shahri Quddusning holiga voy! Men O‘zim o‘tinni baland qilib uyaman.
10. Qani, shox– shabbalarni yig‘ayin, olov yoqayin! Go‘shtni obdan pishiray, ziravorlardan solay. Suyaklar esa olovda yonib yo‘q bo‘lsin.
11. Qozonni bo‘shatayin, ko‘mir ustiga qo‘yayin! Temir qozonni qizarguncha qizdirayin. Ichidagi iflosliklari erib ketsin, qasmoqlari olovda kuyib, yo‘q bo‘lsin.
12. Eh, O‘zimni behuda urintiribman. Qozonning qalin qasmog‘i ketmadi. Uni qasmog‘i bilan olovga tashlanglar!
13. Ey Quddus, sen behayoliging bilan o‘zingni bulg‘ading. Men seni tozalab ko‘rdim, ammo sen haromligingcha qolding. Endi ustingga O‘z qahrimni sochmagunimcha sen poklanmaysan.
14. Men, Egangiz shunday dedim. Aytganlarimni amalga oshiradigan vaqti keldi. Endi O‘zimni tutib turmayman. Senga achinmayman, O‘z shaxtimdan qaytmayman. Tutgan yo‘llaringga, qilgan qilmishlaringga yarasha seni jazolayman”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
15. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
16. “Ey inson, Men o‘lat yuborib, seni ko‘zing quvonchidan judo qilaman. Ammo sen aza tutma, faryod qilma, ko‘z yosh to‘kma.
17. Ingragan tovush chiqarma, o‘lgan aziz odaming uchun motam tutma. Sallangni yechma, oyoq yalang yurma. Yuzingni yopma, ta’ziyaxonalarda yeyiladigan ovqatdan yema.”
18. Ertalab men xaloyiqqa gapirdim. O‘sha kuni kechqurun esa mening xotinim olamdan o‘tdi. Ertasi kuni men Xudoning aytganini qildim.
19. Odamlar mendan: “Nimaga bunday qilyapsan? Bu bilan bizga biron narsa aytmoqchimisan?” deb so‘radilar.
20. Men ularga shunday javob berdim: Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qilib,
21. Isroil xalqiga shu gaplarni aytib qo‘yishimni buyurdi. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Faxrlanadigan qo‘rg‘oningiz, ko‘zingiz quvonchi, yuragingiz orzusi bo‘lmish muqaddas maskanimni Men harom qildiraman. Quddusda qolgan o‘g‘il–qizlaringiz qilichdan halok bo‘ladi.”
22. Shunda men nima qilgan bo‘lsam sizlar shuni qilasizlar. Sizlar yuzingizni yopmaysizlar, ta’ziyaxonalarda yeyiladigan ovqatdan yemaysizlar.
23. Sallangizni yechmaysizlar, oyoq yalang yurmaysizlar, aza tutmaysizlar, faryod qilmaysizlar. Gunohlaringiz sizlarni adoyi tamom qiladi, dardingizni bir–biringizga ingrab aytasizlar.
24. Men sizlar uchun bir alomat bo‘laman, men hozir nima qilayotgan bo‘lsam sizlar ham shuni qilasizlar. O‘sha vaqt kelganda bu ishlarni Egangiz Rabbiy qilganini bilib olasizlar.
25. Egamiz menga shunday dedi: “Ey inson, Men xalqimning qo‘rg‘onini, zavqu shuhratini, ko‘z quvonchi, yurak orzusi bo‘lmish Ma’badni vayron qilgan kunim o‘g‘il–qizlarini ham qirdirib tashlayman.
26. Qirg‘indan qochib qutulgan bir odam o‘sha kuni yoningga keladi. U bo‘lib o‘tgan voqealarni senga so‘zlab beradi.
27. Shunda sen yana tilga kirasan. Kelgan o‘sha odam bilan gaplashasan, boshqa sukut saqlamaysan. Xullas, xalqim uchun bir alomat bo‘lasan, shunda Egangiz Men ekanligimni ular bilib oladilar.”
1. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2. “Ey inson, Ommon xalqiga yuzlan, ularga qarshi bashorat qil.
3. Ommon xalqiga ayt: Egamiz Rabbiyning so‘zlarini eshiting! EgamizRabbiy shunday demoqda: muqaddas maskanim harom qilinganda, Isroil yurti xarob bo‘lganda, Yahudo xonadoni surgun qilinganda sizlar: “Aha!” deya xursand bo‘lgan edingizlar.
4. Shuning uchun Men sizlarni sharqdagi ko‘chmanchilar qo‘liga topshiraman. Ular yurtingizda qarorgohlar qurib, chodirlarini tikadilar, hosilingizni yeb, sutingizni ichadilar.
5. Men poytaxtingiz Rabbani tuyalar uchun dasht qilaman. Butun Ommon yurtini qo‘ylar uchun qo‘ra qilaman. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.”
6. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Sizlar yuragingizdagi butun g‘araz bilan Isroilning baxtsizligiga sevindingizlar, chapak chalib, sakrab o‘ynadingizlar.
7. Shu qilganingiz uchun, Men qo‘limni sizlarga qarshi ko‘taraman. Sizlarni boshqa xalqlarga o‘lja qilib beraman. Xalqlar orasidan sizlarni yo‘q qilib, yurtingizni yer yuzidan supurib tashlayman. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.”
8. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Mo‘ab xalqi: — Yahudo xalqining boshqa xalqlardan hech qanday farqi yo‘q, — deb aytgani uchun,
9. Men Mo‘abning g‘arbiy qanotini ochib tashlayman, yurtning gavharlari Bayt–Yashimo‘t, Baal–Miyon, Xiratayim shaharlarini vayron qilaman.
10. Mo‘abni Ommon xalqi singari sharqdagi ko‘chmanchilarning qo‘liga beraman. Ommon xalqi yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketadi,
11. Men Mo‘ab xalqini ham jazolayman. Shunda ular Egasi Men ekanligimni bilib oladilar.”
12. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Edom xalqi Yahudodan o‘ch olib, katta gunoh qildi.”
13. Shu sababdan Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men ularga qarshi qo‘limni ko‘tarib, Edom yurtini vayron qilaman. Odamu hayvonlarini qirib tashlayman. Temon shahridan tortib, to Dedan shahrigacha bo‘lgan hammani qilichdan o‘tkazaman.
14. Xalqim Isroil orqali Edomdan qasos olaman. Ular orqali qahru g‘azabimni Edomliklar ustiga sochaman. Shunda Edom xalqi qasosim nima ekanligini bilib oladi.” Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.
15. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Asrlar davomida Filistlar adovat qilib, xalqimdan o‘ch oldilar. Xalqimni xonavayron qilish maqsadida, yuraklaridagi g‘arazga berilib, ulardan qasos oldilar.”
16. Shu sababdan Egamiz Rabbiy aytmoqda: “Men Filist yurtiga qarshi qo‘limni ko‘taraman, Xaret xalqini yo‘q qilaman, sohilda qolganlarning hammasini qirib yuboraman.
17. Men ulardan dahshatli qasos olaman, g‘azabim ustida ularni jazolayman. O‘shanda Egasi Men ekanligimni bilib oladilar.”
1. Surgun bo‘lgan paytimizning o‘n birinchi yili, oyning birinchi kunida Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2. “Ey inson, mana, Tir Quddus haqida shunday deb aytmoqda: Aha! Xalqlarning savdo darvozasi buzildi. Menga keng yo‘l ochildi. Endi u vayron bo‘lganda men boyib ketaman.”
3. Shuning uchun Egamiz Rabbiy aytmoqda: “Ey Tir, Men senga qarshiman! Men ko‘plab xalqlarni senga qarshi yig‘aman, ular dengiz to‘lqinlari kabi senga yopiriladilar.
4. Shahringning devorlarini buzib, minoralaringni qulatadilar. Men tuprog‘ingni supurib tashlayman, seni yalang‘och bir toshloq holiga keltiraman.
5. Dengiz o‘rtasidagi bu orolda baliqchilar to‘rlarini yoyib quritadigan bo‘ladilar”, deb aytmoqda EgamizRabbiy. “Bu shahar xalqlarga o‘lja bo‘ladi.
6. Tirga qarashli sohildagi hamma qishloqlar qilichdan o‘tkaziladi. O‘shanda ular Egasi Men ekanligimni bilib olishadi.”
7. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men Tirga qarshi eng buyuk shohni — Bobil yurtining hukmdori Navuxadnazarni qo‘zg‘ataman. U Tir aholisi ustiga shimoldan otlaru jang aravalarni, suvorilaru katta lashkarni tortib keladi.”
8. “Ey Tir, Bobil shohi senga qarashli barcha qishloqlaringni qilichdan o‘tkazadi. Shahar atrofiga qamal inshootlarini qurdiradi, shahar devoriga qiyalatib tuproq uydiradi, senga qarshi qalqonlarini o‘rnatadi.
9. Devorteshar qurollar bilan devorlaringga zarba beradi. Boltalar bilan minoralaringni buzadi.
10. Devordan teshik ochilgan shaharga odamlar bostirib kirganday, Bobil shohi sening darvozalaringdan bostirib kiradi. Suvorilarining, g‘ildiragu jang aravalarining shovqinidan devorlaring titraydi. Son–sanoqsiz otlarining ko‘targan changi seni qoplab oladi.
11. Otlarining tuyoqlari hamma ko‘chalaringni toptaydi. Odamlaring qilichdan yiqiladi, ulkan ustunlaring yer bilan yakson bo‘ladi.
12. Dushman boyliklaringni talab ketadi, mollaringni o‘lja qilib oladi. Devorlaringni yiqitadi, hashamatli uylaringni vayron qiladi, toshlari, yog‘ochlari hatto tuprog‘ini ham dengizga uloqtiradi.
13. Men qo‘shiqlaringga chek qo‘yaman. Arfangning navolari ham eshitilmaydigan bo‘ladi.
14. Men seni yalang‘och bir toshloqqa aylantiraman, baliqchilar to‘rlarini quritadigan bir yer bo‘lasan. Hech kim shahringni qayta qurmaydi. Axir, bularni Men, Egangiz aytdim”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
15. Egamiz Rabbiy Tirga shunday demoqda: “Shahringda qirg‘in bo‘lganda, yaradorlar ingraganda, qulashingning shovqinidan sohildagi barcha xalqlarni titroq bosadi.
16. Dengiz bo‘yidagi saltanatlarning shohlari taxtlaridan tushib, zar choponu naqsh solingan liboslarini yechishadi. Ular vahimaga burkanib, yerga o‘tirishadi. Boshingga tushgan kulfatdan dahshatga tushib, to‘xtovsiz titrashadi.
17. Ular sen haqingda shunday marsiya kuylashadi: Ey dong taratgan dengizchilar shahri, Naqadar vayron bo‘lding–a! Sen va sening aholing dengiz qudrati edilaring, Sohildagi barcha xalqlarni dahshatga solarding.
18. Sen qulagan kuning sohillarni titroq bosdi, Halokatingdan dengizdagi orollar sarosimaga tushdi.
19. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men Tir shahrini huvullagan xarobazorga aylantiraman. Dengiz tubidagi ulkan suvlar bilan vayronalarni qoplayman.
20. Ey Tir shahri, seni go‘rga, qadimda o‘tib ketgan odamlar oldiga tushiraman. Sen yer osti saltanatida yashaysan, abadiy vayronalar orasidagi marhumlarga hamroh bo‘lasan. Tiriklar dunyosiga hech qachon qaytib kelmaysan, obod bo‘lib ilgarigi mavqeingga erishmaysan.
21. Ha, Men boshingga dahshatli o‘lim keltiraman, seni yo‘q qilaman. Seni qidirganlar seni hech qachon topa olmaydilar”, deb aytmoqda Egangiz Rabbiy.
1. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2. “Ey inson, Tir haqida bir marsiya kuyla.
3. Dengiz sohilidagi yurtlar bilan savdo–sotiq qiladigan, dengiz darvozasida o‘rnashgan Tir shahriga ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Ey Tir, sen “go‘zallikda barkamolman” deding.
4. Ha, sening chegaralaring dengiz bag‘ridan o‘tgan, Quruvchilaring go‘zalligingni barkamol qilgan.
5. Xermon tog‘idagi archa yog‘ochidan qurilgan Ulkan bir kemaday eding sen. Quruvchilaring machtangni yasash uchun Lubnondagi sadr yog‘ochini ishlatdilar.
6. Eshkaklaringni Bashan emanlaridan yasadilar. Kema sahnini Kipr qarag‘aylaridan qildilar, Fil tishi bilan uni bezatdilar.
7. Misrdan keltirilgan naqshli matolar yelkanlaring edi, Ular senga bayroq bo‘lib xizmat qilardi. Elishox qirg‘oqlaridan olib kelingan Ko‘k va safsar gazlamalar soyaboning edi.
8. Sidon va Arvod odamlari eshkaklaringni eshar edi, O‘z mohir odamlaring esa kemalaringni boshqarar edi.
9. Gabollik tajribali kemasozlaring bor edi, Ular kemangning yoriqlarini saqichlardi. Barcha kemalaru dengizchilar kelib, Sening mollaringni sotib olishar edi.
10. Fors, Lidiya va Liviya yurtlaridan askarlar saflaringni tashkil qilar edi. Qalqonu dubulg‘alarini devorlaringga osib, Seni savlatli qilishar edi.
11. Arvod va Xelekdan kelgan odamlar Devorlaringda soqchilik qilishardi, Gamadliklar minoralaringni qo‘riqlashardi. Devorlaringga qurollarini osib, Go‘zalligingni barkamol qilishardi.
12. Sening boyliklaring shu qadar ko‘p ediki, hatto Tarshish aholisi sen bilan savdo–sotiq qilardi. Ular kumush, temir, qalay va qo‘rg‘oshinni mollaringga ayirboshlashardi.
13. Yunonlar, Tuval va Meshex xalqlari sen bilan savdo–sotiq qilar edi. Mollaring evaziga qullarni va bronza buyumlarni berishar edi.
14. To‘xarmo xalqi aravaga qo‘shiladigan otlarni, jang otlariyu xachirlarini mollaringga almashtirishardi.
15. Ro‘don xalqi sen bilan savdo–sotiq qilar edi. Dengiz sohilidagi ko‘p yurtlar sening xaridorlaring edi. Ular fil tishi va obnus yog‘ochini senga to‘lov qilib berishardi.
16. Mollaring behisob bo‘lgani uchun, Oram xalqi ham sen bilan savdo–sotiq qilardi. Mollaring evaziga qimmatbaho firuza toshlarni, safsar matolarni, naqsh solingan gazlamalaru mayin zig‘ir matolarni, marjonu yoqutlarni olib kelardi.
17. Yahudo va Isroil yurtlari sen bilan tijorat qilishardi. Ular mollaring evaziga Minnitdan keltirilgan bug‘doy, tariq, asal, zaytun moyi va mumiyo olib kelishardi.
18. Sening cheksiz boyliklaring, turli xil mollaring tufayli, Damashq aholisi sen bilan savdo–sotiq qilardi. Mollaring evaziga ular Xelbon sharobini va oppoq yungni olib kelishardi.
19. Uzol shahridan sharob keltirib, sen bilan tijorat qilishardi. Ishlov berilgan toza temir, dolchin, xushbo‘y qamishni mollaringga almashtirishardi.
20. Dedanliklar senga ot yopiqlarini sotishar edi.
21. Qo‘zichoq, qo‘chqor va echkilar bilan seni ta’min qilgan Arabiston va Kedar shahzodalari mollaringni xarid qilishardi.
22. Shava va Ramo savdogarlari sen bilan tijorat qilishardi. Mollaring evaziga eng a’lo ziravorlarni, qimmatbaho toshlaru oltinni berishardi.
23. Xoron, Xannox va Eden shaharlari hamda Shava, Oshur va Xilmad savdogarlari sen bilan tijorat qilishardi.
24. Ular qimmatbaho liboslar, ko‘k matolar, naqsh solingan ko‘ylaklar, rang–barang gilamlar, puxta eshilgan arqonlarni senga sotishardi.
25. Tarshish kemalari karvonlaring bo‘lib xizmat qilardi. Sen dengizda suzgan bir kemadaydirsan, Og‘ir yuk bilan yuklangansan.
26. Evoh, eshkakchilaring seni ochiq dengizga olib chiqishadi. Sharq shamoli seni dengiz bag‘rida parchalab yuboradi.
27. Kemang halokatga uchragan kuni Mollaring, boyliklaring, Dengizchilaring, darg‘alaring, Kemasozlaring, savdogarlaring, Jangchilaring va kemadagi odamlaring Dengiz tubiga cho‘kib, halok bo‘ladilar.
28. Cho‘kayotgan darg‘alaring faryod qiladi, Dodlari sohillarni larzaga soladi.
29. Hamma eshkakchilar kemalarini tark etadi, Dengizchilaru darg‘alar sohilga chiqib oladi.
30. Ular sen uchun faryod qiladi, Achchiq–achchiq ko‘z yoshlar to‘kadi. Boshlaridan tuproq sochadi, Kulga belanib, yotib oladi.
31. Seni deb sochlarini qirdiradi, Qanorga o‘ranib oladi, Qayg‘udan yurak–bag‘ri qon bo‘ladi.
32. Ular yig‘lab, sen haqingda marsiya kuylaydi: “Tir kabi bironta shahar bormi?! Dengiz uni o‘z qa’riga tortib ketdi.
33. Sen dengiz ortidan keltirgan mollaring bilan, Ko‘plab xalqlarning ehtiyojini qondirding. Cheksiz ziynatlaru mollaring bilan Dunyo shohlarini sen boyitding.
34. Endi esa dengiz seni parchaladi, O‘z domiga seni tortib ketdi. Barcha mollaringu dengizchilaring Sen bilan birga nobud bo‘ldi.
35. Sohildagi xalqlar kulfatingni ko‘rib, dahshatga tushadi. Shohlarning afti qo‘rquvdan burishib ketadi.
36. Ahvolingdan dunyo savdogarlari yoqasini ushlaydi. Ha, sening boshingga dahshatli o‘lim keldi, Sen abadiy yo‘q bo‘lasan.”
1. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2. “Ey inson, Tir shohiga ayt, Egamiz Rabbiy shunday deb aytmoqda: sen mag‘rurlanib ketding. “Men xudoman, dengiz bag‘ridagi xudolar taxtida o‘tiribman”, deb aytding. Sen o‘zingni xudoday dono deb bilasan, axir, sen xudo emas, insonsan– ku!
3. Nahotki Doniyordan ham dono bo‘lsang?! Nahot barcha sirlarni bilsang?!
4. Sen donoliging va aqling bilan o‘zingga davlat orttirding, xazinalaringni oltinu kumushga to‘ldirding.
5. Savdo–sotiqdagi iqtidoring bilan ko‘p davlat yig‘ding. Ammo boyliging tufayli mag‘rurlanib ketding.”
6. EgamizRabbiy shunday demoqda: “Sen o‘zingni xudoday dono deb bilganing uchun,
7. Men ustingga begona xalqni tortib kelaman. Ular o‘taketgan yovuz xalqdir. Ular go‘zalliging va donoligingga qarshi chiqib, qilich yalang‘ochlaydilar. Hashamatingni xor qiladilar.
8. O‘zingni esa tubsiz chuqurlikka uloqtiradilar. Ha, sen dengiz bag‘rida azoblanib jon berasan.
9. Shunda, jallodlaring oldida “men xudoman”, deb aytarmikansan?! Axir, qotillaring qo‘lida sen xudo emas, oddiy bir inson bo‘lasan!
10. Sen musofirlar qo‘lida sunnatsizlar kabi o‘lasan”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
11. Egamiz menga yana shunday dedi:
12. “Ey inson, Tir shohi haqida marsiya kuylab ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Ey Tir shohi, sen barkamollikning a’lo namunasi bo‘lding. Nihoyatda dono, go‘zallikda barkamol eding.
13. Sen Xudoning bog‘i Adanda yashar eding. Qizil yoqut, xrizolit, olmos, Topaz, aqiq, yashma, Zangori yoqut, firuza va zumrad kabi Qimmatbaho toshlar bilan bezanar eding. Taqinchoqlaring oltindan yasalgan edi. Sen yaralgan kuning bular tayyorlangandi.
14. Men seni soqchi karub qilib tanladim, O‘sha martabaga seni tayinladim. Sen Xudoning tog‘ida yashar eding, Olovday tovlangan toshlar orasida yurar eding.
15. Bino bo‘lganingdan, to qabihlik qilguningga qadar, Sen to‘g‘ri yo‘ldan yurding.
16. Katta tijorating tufayli, Yovuzlikka to‘lib, gunoh qilding. Men seni sharmandalarcha Xudoning tog‘idan haydadim. Ey soqchi karub, Men seni chiqarib yubordim, Olovday tovlangan toshlar orasidan haydadim.
17. Sen go‘zalliging tufayli mag‘rurlanib ketgan eding. Savlating tufayli aql–farosatdan voz kechgan eding. Shuning uchun Men seni yerga uloqtirdim, Shohlar oldida sharmandangni chiqardim.
18. Sen cheksiz gunohlaring bilan, Savdo–sotiqdagi nohaqliklaring bilan, O‘z sajdagohlaringni bulg‘ading. Shuning uchun Men ichingdan olov chiqardim, Seni kuydirib tashladim. Odamlarning ko‘zi oldida kulingni ko‘kga sovurdim.
19. Seni bilgan xalqlar ahvolingni ko‘rib, dong qotdilar. Sening boshingga dahshatli o‘lim keldi, Sen abadiy yo‘q bo‘lasan.”
20. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
21. “Ey inson, Sidon shahriga yuzlan, unga qarshi bashorat qilib ayt:
22. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Ey Sidon, Men senga qarshiman! Men sening orangda O‘zimni ulug‘layman. Seni jazolab, sen orqali muqaddasligimni ayon qilaman. O‘shanda Egang Men ekanligimni bilib olasan.
23. Men seni dahshatli o‘latga giriftor qilaman. Ko‘chalaringda qon daryo bo‘lib oqadi. Dushmanlaring senga har tomondan hamla qiladi, odamlarning jasadlari shahar ichida yotadi. O‘shanda Egang Men ekanligimni bilib olasan.”
24. Isroil xalqidan hazar qilib, zulm o‘tkazgan bironta qo‘shni xalq bundan buyon Isroil xalqi uchun tikan va yantoqday bo‘lmaydi. Isroil xalqi Egasi Rabbiy Men ekanligimni bilib oladi.
25. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men xalqim Isroilni tarqatib yuborgan uzoq yurtlardan yig‘ib olaman. Ular orqali barcha xalqlarga muqaddasligimni ayon qilaman. Men qulim Yoqubga mulk qilib bergan yerda ularni o‘rnashtiraman.
26. Ular osoyishta hayot kechiradilar. Uylar qurib, uzumzorlar barpo qiladilar. Ulardan hazar qilgan qo‘shni xalqlarni jazolaganim uchun, xalqim bexatar, tinch yashaydi. O‘shanda Egasi Xudo Men ekanligimni bilib oladi.”
1. Surgun bo‘lgan paytimizning o‘ninchi yili o‘ninchi oyning o‘n ikkinchi kunida Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2. “Ey inson, Misr fir’avniga yuzlan. Unga va butun Misr xalqiga qarshi bashorat qilib ayt:
3. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Ey Misr fir’avni, Men senga qarshiman. Sen Nil havzalarida cho‘zilib yotgan bamisoli buyuk ajdarhodirsan. Sen: “Nil daryosi mening shaxsiy mulkim, uni o‘zim uchun yaratganman”, deb aytasan.
4. Ammo Men jag‘laringga ilmoqlar solaman. Teringdagi tangachalaringga baliqlarni yopishtiraman. Seni teringga yopishgan baliqlar bilan birga quruqlikka tortib chiqaraman.
5. Men seni va havzalaringdagi hamma baliqlarni sahroga uloqtirib tashlayman. Sen ochiq maydonda yotasan. Seni olib, ko‘madigan odam bo‘lmaydi. Men seni dasht hayvonlariyu osmon qushlariga yem qilib beraman.
6. Shunda butun Misr xalqi Egangiz Men ekanligimni bilib oladi. Sen xalqim Isroil uchun qamish hassaday bo‘lding.
7. Ular seni ushlaganda, sen yorilib, qo‘llarini kesib yubording. Senga suyanganlarida sinib, bellarini chiqarib yubording.”
8. Shu bois EgamizRabbiy aytmoqda: “Men sening boshingga qilich keltiraman, odamu hayvonlaringni qilich tig‘idan o‘tkazaman.
9. Butun Misr yurtini tashlandiq xarobazorga aylantiraman. O‘shanda Egang Men ekanligimni bilib olasan. Sen: “Nil meniki, men o‘zim uni yaratdim”, deb aytganing uchun,
10. Men senga va sening barcha havzalaringga qarshi chiqaman. Butun Misr yurtini butunlay xarob qilaman. Migdoldan tortib, to Savanaygacha va janubdagi Habashiston hududigacha hamma yerlarini tashlandiq qilaman.
11. Odam u yerga oyog‘ini bosmaydi, hayvonlar ham u yerdan yurmaydi. Qirq yil mobaynida u yerda hech kim yashamaydi.
12. Men Misr yurtini dunyodagi eng xarob yurtga aylantiraman. U yerdagi shaharlar qirq yil mobaynida tashlandiq bo‘lib yotadi, vayronalari boshqa shaharlardan battar bo‘ladi. Men Misrliklarni xalqlar orasiga tarqatib tashlayman, boshqa yurtlarga quvib yuboraman.”
13. Egamiz Rabbiy yana shunday demoqda:“Qirq yil o‘tgach, Men xalqlar orasiga tarqatib yuborgan Misrliklarni yig‘ib olaman.
14. Ularni yana farovonlikka erishtirib, o‘z ona yurti Patro‘sga olib kelaman. Ularning shohligi ojiz bir shohlik bo‘ladi.
15. Ha, ular dunyoning eng ojiz shohligi bo‘lib, hech qachon boshqa xalqlardan ustun bo‘lishmaydi. Men ularni shu qadar ahamiyatsiz qilamanki, ular o‘z hukmini boshqa xalqlarga o‘tkaza olmaydi.
16. Xalqim Isroil endi hech qachon o‘z umidini Misrga bog‘lamaydi. Ular Misrdan yordam so‘rab, gunoh qilganlarini doimo eslarida tutadilar. O‘shanda Egasi Rabbiy Men ekanligimni bilib oladilar.”
17. Surgun bo‘lgan paytimizning yigirma yettinchi yili birinchi oyning birinchi kunida Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
18. “Ey inson, Bobil shohi Navuxadnazar Tirga qarshi shiddatli urush olib bordi. Bobil lashkarlarining sochlari to‘kilib, yelkalari shilinib yallig‘landi. Ammo qilgan mehnatlariga yarasha ular Tirdan hech qanday o‘lja ololmadilar.”
19. Shu bois Egamiz Rabbiy aytmoqda: “Men Misr yurtini Bobil shohi Navuxadnazarga beraman. U Misrni talon–taroj qilib, u yerdagi boyliklarni o‘zi bilan olib ketadi. Misr boyliklari Bobil lashkarlari uchun mehnat haqi bo‘ladi.
20. Ha, Men Misr yurtini Bobil shohiga mehnat haqi qilib berdim, chunki u va uning lashqarlari Mening xizmatimni kildilar”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
21. “O‘sha kuni Men Isroil xalqining qudratini tiklayman. Bu so‘zlarimni xalqimga yetkazishing uchun Men senga kuch beraman. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni ular bilib oladilar.”
1. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2. “Ey inson, bashorat qilib ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Sho‘rimiz qursin, evoh!
3. Dahshatli kun yaqinlashdi, Egamizning kuniga oz qoldi. Mana shu kun bulutli kun bo‘ladi, Xalqlar kulfat chekadigan zamon boshlanadi.
4. Misrning bo‘g‘ziga qilich keladi, Habashiston kulfat azobida qoladi. Misrda ko‘p odamlar halok bo‘ladi, Uning boyligi olib ketiladi, Poydevori buzib tashlanadi.
5. Habashiston, Liviya, Lidiya, butun Arabiston, Kub va Misrning boshqa ittifoqchilari jangda halok bo‘ladilar.”
6. Egamiz aytmoqda: “Misr ittifoqchilarining ustiga qirg‘in keladi. Ularning jasadlari shimoldagi Migdoldan to janubdagi Savanaygacha yotadi. Misrning mag‘rur qudrati halok bo‘ladi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
7. Misr dunyoning eng xarob yurtiga aylanadi, u yerdagi shaharlar vayron bo‘ladi.
8. Men Misrga o‘t qo‘yib, uning madadkorlarini tor–mor qilaman. Shunda Egasi Men ekanligimni Misrliklar bilib oladilar.”
9. O‘sha kuni xotirjam yashayotgan Habashistonliklarni qo‘rqitish uchun Men kemalarda elchilarimni jo‘nataman. Misr ustiga kulfat tushgan kuni Habashistonliklar azobda qoladilar. Mana, o‘sha kun hademay keladi.
10. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men Bobil shohi Navuxadnazar orqali Misrning to‘dasini yakson qilaman.
11. Navuxadnazar qo‘shin tortib keladi. Ular o‘taketgan yovuz xalqdir. Ular butun yurtni xarob qiladilar. Misrliklarni qilichdan o‘tkazib, yurtni jasadlarga to‘ldiradilar.
12. Men Nil havzalarini quritaman, yurtni razil odamlarning qo‘liga beraman. Kelgindilarning qo‘li bilan Misrni va u yerdagi hamma narsani tashlandiq sahroga aylantiraman. Bularni Men, Egangiz aytdim.”
13. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men barcha butlarni yo‘q qilaman, Nuf ma’budalariga chek qo‘yaman. Misr yurtida bironta hukmdor qolmaydi, Misrliklarni qo‘rquv qamrab oladi.
14. Men Patro‘sni tashlandiq qilaman. Zo‘van shahriga o‘t qo‘yaman, Misr poytaxti No‘ni jazolayman.
15. Misrning mustahkam Sin qal’asini g‘azabimga giriftor qilaman, poytaxt shahar No‘ning to‘dasini qirib tashlayman.
16. Butun Misr yurtiga olov qo‘yaman! Sin aholisi cheksiz azobda qoladi, No‘ shahrining devori yiqitiladi, qo‘rquv Nuf shahrini karaxt qiladi.
17. On va Pi–Bashat yigitlari jangda halok bo‘lishadi, shaharlar aholisi asirlikka tushadi.
18. Men Misrning hukmronligini yo‘q qilganimda, uning pesh qilgan qudratini sindirganimda, Taxpanxas shahri qorong‘ilikka botadi, uni qora bulutlar qoplab oladi. Shahar atrofidagi qishloqlar asirlikka tushadi.
19. Shu yo‘sin Men Misrni jazolayman. O‘shanda ular Egasi Men ekanligimni bilib oladilar.”
20. Surgun bo‘lgan paytimizning o‘n birinchi yili birinchi oyning yettinchi kunida Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
21. “Ey inson, Men Misr fir’avnining qo‘lini sindirdim. Hech kim uning qo‘lini bog‘lamadi, taxtakachlab qo‘ymadi. Endi uning qo‘li shifo topmaydi, qilich ushlashga qodir bo‘lmaydi.”
22. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men fir’avnga qarshiman. Men uning ikkala qo‘lini, sog‘ qo‘lini ham, singan qo‘lini ham sindiraman. Qo‘lidagi qilichni yerga tushirib yuboraman.
23. Misrliklarni xalqlar orasiga tarqatib tashlayman, boshqa yurtlarga quvib yuboraman.
24. Bobil shohining kuchiga esa kuch qo‘shib, qo‘llariga qilichimni tutqazaman. Ha, Men fir’avnning qo‘llarini sindiraman, u dushmani oldida og‘ir yaralangan odam kabi ingraydi.
25. Uning qo‘llari arqonday osilib qoladi, Bobil shohining qo‘llarini esa Men kuchli qilaman. Uning qo‘llariga qilichimni tutqazib, Misrga qarshi yuboraman. Shunda Egasi Men ekanligimni Misrliklar bilib oladilar.
26. Ha, Men Misrliklarni xalqlar orasiga tarqatib tashlayman, boshqa yurtlarga quvib yuboraman. O‘shanda Egasi Men ekanligimni ular bilib oladilar.”
1. Surgunda bo‘lgan paytimizning o‘n birinchi yili uchinchi oyning birinchi kunida Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2. “Ey inson, Misr fir’avni va uning to‘dasiga shunday deb ayt: Buyukligingda senga teng keladigan kim bor?!
3. Ossuriyaga bir qara! U ham bamisoli Lubnondagi sadr daraxti edi, Ko‘rkam shoxlari o‘rmonga soya solar edi, Baland qomatining uchi bulutlarga o‘ralashardi.
4. Suvlar uni sug‘orar edi, Yer osti buloqlari uni o‘stirar edi. Anhor suvlari ildizlarining atrofida oqar edi, Irmoqlari hamma dasht daraxtlarini to‘ydirardi.
5. Bu ulkan sadr baland o‘sib, Atrofdagi hamma daraxtlardan daroz bo‘ldi. Mo‘l sug‘orilgani uchun novdalari o‘sdi, Shoxlari uzun va sersoya bo‘ldi.
6. Barcha osmon qushlari shoxlarida in qurar, Ostida barcha yovvoyi hayvonlar bolalashar, Soyasida hamma buyuk xalqlar yashardi.
7. Bu ko‘rkam, salobatli daraxt edi, Uning shoxlari keng yoyilgan edi. Axir, ildizlari serob suvdan bahra olardi.
8. Xudoning bog‘idagi birorta sadr unga teng kelmas edi, Birorta archa butoqlari bilan bellasha olmas edi. Birorta chinor bunday shoxlarga ega emasdi, Xudoning bog‘idagi birorta daraxt shu qadar go‘zal emasdi.
9. Men uni go‘zal qilib yaratdim, Shox–butalarini serfayz qildim. Edendagi hamma daraxtlar unga havas qilardi, Ha, Xudo bog‘idagi hammaning unga havasi kelardi.”
10. Shu bois Egamiz Rabbiy aytmoqda: “Bu sadr daraxti baland o‘sib, uchi bulutlarga yetdi. U balandligidan mag‘rurlanib ketdi.
11. Men uni ajnabiy hukmdorning qo‘liga topshirdim. U o‘sha daraxtni fosiqligiga yarasha jazoladi. Men O‘zim esa bu daraxtdan voz kechdim.
12. Ajnabiylarning eng yovuz xalqi uni yiqitib, tashlab ketdi. Chopilgan shoxlari qirlaru vodiylarda, singan butoqlari yurtning hamma jarliklarida sochilib yotdi. Soyasida orom olgan jahonning hamma xalqlari tarqalib ketdi.
13. Barcha osmon qushlari ag‘darilib yotgan daraxt tanasiga kelib qo‘ndi, barcha yovvoyi hayvonlar shoxlari orasiga kirib yotdi.
14. Toki suv bo‘yiga o‘tqazilgan, birorta daraxt endi bu qadar baland bo‘lib o‘smasin. Ularning uchi bulutlarga tegmasin. Suvga to‘ygan birorta daraxt shunchalik baland bo‘lmasin. Ularning hammasi foniy bandalar kabi bu dunyodan o‘tib ketishadi, qabrdagi marhumlarga hamroh bo‘lishadi.”
15. EgamizRabbiy shunday demoqda: “O‘sha ulkan daraxt o‘liklar diyoriga tushganda, unga aza tutishlari uchun Men yer osti suvlarini berkitgan edim. Daryolariga to‘siq qo‘ygan edim, serob suvlarini to‘xtatgan edim. Uni deb Lubnon tog‘lariga zulmat libosini kiydirgan edim. Uni deb hamma o‘rmon daraxtlari xazon bo‘lgan edi.
16. Men o‘sha daraxtni chuqurdagi marhumlarga hamroh qilib, o‘liklar diyoriga tushirganimda, qulashining shovqinidan xalqlar qo‘rquvga tushib, titragan edi. O‘shanda Eden bog‘ining yer qa’riga tushgan hamma daraxtlari, Lubnonning eng sara, eng a’lo, yaxshi sug‘orilgan hamma daraxtlari uning qulashidan taskin topgan edi.
17. Uning panasida yashagan ittifoqchilarining hammasi daraxt bilan birga o‘liklar diyoriga tushishgan. Ular qilich tig‘idan halok bo‘lganlarga qo‘shilishgan.
18. Ey Misr, sening shon–shuhratingu salobatingni Edendagi qaysi daraxtga qiyoslasam bo‘lar ekan– a? Sen ham Edendagi boshqa daraxtlar singari yer qa’riga tushasan. Qilichdan halok bo‘lgan sunnatsizlar bilan birga go‘rda yotasan.” “Bu daraxt fir’avn va Misr to‘dasining timsolidir”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
1. Surgundaligimizning o‘n ikkinchi yili o‘n ikkinchi oyning birinchi kunida Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2. “Ey inson, fir’avn haqida shunday marsiya kuyla: Sen o‘zingni xalqlar orasidagi sher deb bilasan. Ammo sen suvdagi ajdarho kabidirsan! Sen irmoqlaringdagi suvni ko‘pirtirasan, Oyoqlaring bilan uni loyqalatasan.”
3. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Bir talay xaloyiq yig‘ilganda, Men ustingga to‘r tashlayman. Ular esa seni qirg‘oqqa tortib chiqarishadi.
4. Men seni yerga uloqtiraman, Yalanglikka tashlab qo‘yaman. Osmondagi barcha qushlarni ustingga qo‘ndiraman. Yer yuzidagi hamma yovvoyi hayvonlarga Seni yem qilib beraman.
5. Ichak–chovoqlaringni qirlarga yoyib tashlayman, Vodiylarni jasading qoldiqlari bilan qoplayman.
6. Yurtni tog‘largacha oqqan qoning bilan sug‘oraman, Jarliklarni sening eting bilan to‘ldiraman.
7. Seni daf qilganimda, osmonni to‘sib qo‘yaman, Yulduzlarni zulmatga cho‘ktirib yuboraman. Quyosh yuzini bulut bilan qoplayman, Oy nurini so‘ndiraman.
8. Boshing uzra porlagan Hamma osmon chiroqlarini o‘chiraman. Yurtingni zulmat quchog‘iga otaman”, EgamizRabbiyning kalomi shudir.
9. Men qulashingning xabarini xalqlar orasiga yoyaman, sen bilmagan yurtlarga yetkazaman. Shunda ko‘p xalqlarning yuraklariga vahima solaman.
10. Boshingga tushiradigan kulfatlar bois ko‘p xalqlarning aqlini shoshiraman. Qilichimni o‘ynatib, sen tufayli ularning hukmdorlarini titrataman. Boshingga kulfat kelgan kuni, ularning har biri jonini hovuchlab, qaltiraydi.”
11. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Bobil shohining qilichi bo‘g‘zingda bo‘ladi.
12. Lashkarlaring o‘taketgan yovuz xalqning qo‘liga tushadi. Ular qudratli jangchilar tig‘idan o‘ladi. Sening g‘ururing poymol etiladi, to‘da lashkarlaring halok bo‘ladi.
13. Serob suvlar bo‘yidagi hamma podalaringni Men qirib tashlayman. Bundan buyon birorta inson oyog‘i bilan suvlarni loyqalatmaydi, birorta hayvon tuyoqlari bilan uni bulg‘amaydi.
14. Men Misr suvlarini tindiraman, irmoqlarini moyday oqadigan qilaman”, deb aytmoqda Egamiz.
15. “Men Misrni tashlandiq qilganimda, u yerdagi hamma narsani yo‘q qilganimda, butun aholisini qirib tashlaganimda, Egasi Men ekanligimni ular bilib oladilar.
16. Misr uchun aytiladigan marsiya shudir. Ajnabiy ayollar bu marsiyani kuylashar. Ha, bu motam she’rini Misr va uning to‘dasiga bag‘ishlab aytishar”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
17. O‘sha oyning o‘n beshinchi kunida Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
18. “Ey inson, Misr va uning to‘dasi uchun qayg‘urib yig‘la. Ularni boshqa buyuk xalqlar qatorida go‘rdagi marhumlar oldiga jo‘nat.
19. Ularga shunday deb ayt: sen o‘zingni boshqalardan go‘zal deb bilasanmi? Qani bor, sunnatsizlar bilan bir go‘rda yot!”
20. Misrliklar jangda halok bo‘lganlar bilan birga jon beradilar. Mana, qilich hozirlandi! U Misrni va uning to‘dasini qirib tashlasin.
21. O‘liklar diyoridagi buyuk sarkardalar Misrliklar va ularning ittifoqchilarini qarshilab olishadi. Ular shunday deb hayqirishadi: “Bu sunnatsizlar jangda halok bo‘lishdi, yer bag‘riga tushib kelishdi, endi shu yerda yotishibdi!”
22. Ossuriya ham u yerda, sipohlarining qabrlari orasida yotibdi. Ularning hammasi qilichdan halok bo‘lishgan.
23. Qabrlari chuqurlikning eng tubidadir. Ossuriyaning qabri sipohlarining qurshovida joylashgan. Ha, tiriklar dunyosiga dahshat solgan hamma qilichdan halok bo‘ldi.
24. Elam ham o‘sha yerda, bir to‘da sipohlarining qabrlari orasida yotibdi. Ularning hammasi jangda halok bo‘lgan. Bu sunnatsizlar narigi dunyoga ketgan. Ular tiriklar dunyosiga dahshat solishgan edi, endi esa go‘rdagi marhumlar singari isnodga qolishdi.
25. O‘ldirilganlar orasida Elam uchun to‘shak hozirlangan. Bir to‘da sipohlari uning atrofiga dafn qilingan. Jangda halok bo‘lgan bu sunnatsizlar qachonlardir tiriklar dunyosiga dahshat solishgan edi, endi esa go‘rdagi marhumlar singari isnodga qolishdi. Ha, ular halok bo‘lganlar orasida o‘rnashishdi.
26. Meshex bilan Tuval ham o‘sha yerdadir. Ular sipohlarining qabrlari orasida yotishibdi. Bu sunnatsizlarning hammasi jangda halok bo‘lishgan. Biroq ular ham qachonlardir tiriklar dunyosiga dahshat solishgan edi.
27. Qadimda qahramonlarni qurol–aslahalari bilan birga dafn qilishar edi. Marhumlarning boshi ostiga qilich qo‘yib, tanasini qalqon bilan yopishar edi. Biroq Meshex bilan Tuval bunday izzat–ehtiromlarga sazovor bo‘lmadi, chunki ular tirikligida butun jahonga dahshat solishgan edi.
28. Sen ham, ey fir’avn, yo‘q qilinasan. Jangda halok bo‘lgan sunnatsizlar bilan birga yotasan.
29. Edom ham o‘z shohlariyu rahnamolari bilan o‘sha yerdadir. Ular o‘z qudratiga qaramay, o‘ldirilganlar orasiga dafn qilinganlar. Go‘rdagi sunnatsizlar bilan birga yotishibdi.
30. Shimol saltanatlarining hamma shahzodalari va hamma Sidonliklar o‘sha yerdadir. Ular qachonlardir buyuk qudrati bilan butun jahonni dahshatga tushirishgan edi, so‘ng sharmandalarcha halok bo‘lishdi. Bu sunnatsizlar qilichdan halok bo‘lganlar orasida yotishibdi. Ular go‘rdagi marhumlar singari isnodga qolishdi.”
31. Egamiz Rabbiy aytmoqda: “O‘z to‘dasidan ayrilgan fir’avn bu cheksiz qabristonning manzarasini ko‘rib, taskin topadi.
32. Men u orqali butun jahonni dahshatga solgan bo‘lsam ham, fir’avn va uning barcha qo‘shinlari jangda halok bo‘lgan sunnatsizlar orasida yotadi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
1. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2. “Ey inson, xalqing oldiga borib shunday so‘zlarni ayt: Bordi–yu, Men biron bir yurtga qilich yubormoqchi bo‘lsam, o‘sha yerdagi xalq o‘ziga bir soqchini tayinlaydi.
3. Soqchi yaqinlashib kelayotgan yov qo‘shinlarini ko‘rgach, burg‘u chalib bu haqda butun xalqni ogohlantiradi.
4. Bordi–yu, burg‘u ovozini eshitgan odamlar beparvolik qilib halok bo‘lishsa, ularning qoni o‘z gardanida qoladi.
5. Ular burg‘u ovozini eshitib turib, unga e’tibor bermaganlari uchun, o‘z boshini o‘zlari yegan bo‘ladilar. Ular ogohlantirishga e’tibor berganda, jonlarini saqlab qolishlari mumkin edi, axir!
6. Bordi–yu, soqchi yaqinlashib kelayotgan yov qo‘shinini ko‘rib turib, burg‘u chalmasa, u xalqni ogohlantirmagan bo‘ladi. Halok bo‘lgan odamlar o‘z gunohlari uchun o‘ladilar, biroq ular uchun Men soqchidan o‘ch olaman.
7. Shu singari, ey inson, Men seni Isroil xalqi uchun bir soqchi qilib tayinladim. Sen og‘zimdan chiqqan har bir so‘zimni xalqimga aytib, ularni ogohlantirasan.
8. Bordi–yu, Men fosiqqa: “Ey fosiq, sen o‘lasan”, deb aytsam–u, sen esa unga gapirmasang, uni yomon yo‘ldan qaytarish uchun ogohlantirmasang, o‘sha fosiq o‘z gunohlari uchun o‘ladi, biroq uning o‘limi uchun Men seni javobgar qilaman.
9. Bordi–yu, sen o‘sha fosiqni ogohlantirsang–u, u esa yomon yo‘lidan qaytmasa, u o‘z gunohlari uchun o‘ladi, sen esa joningni saqlab qolgan bo‘lasan.”
10. “Ey inson, Isroil xalqiga ayt: Sizlar shunday deb aytasizlar: “Qilgan gunohlarimiz bizni bosib qoldi. Biz ado bo‘lyapmiz. Bunday ahvolda yashab bo‘ladimi o‘zi?!”
11. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, fosiqning halokatidan sevinmayman. Aksincha, fosiqlar yomon yo‘lidan qaytib, yashashini xohlayman. Ey Isroil, orqaga qayt! Yomon yo‘ldan qayt! Nima uchun halok bo‘lishing kerak?!
12. Ey inson, xalqing oldiga borib ayt: agar solih odam yomon yo‘lga kirsa, qilgan savob ishlari uni qutqara olmaydi. Agar fosiq odam to‘g‘ri yo‘lga kirsa, qilgan gunohlari uni halokatga yetaklamaydi. Gunohga qo‘l urgan solih odam esa jonini saqlab qolmaydi.
13. Bordi–yu, Men solih odamga hayot va’da qilsamu u odam esa solihligiga ishonib, gunohga qo‘l ursa, uning qilgan savob ishlari hisobga olinmaydi. Qilgan gunohi tufayli u o‘ladi.
14. Bordi–yu, fosiq odamga “Sen o‘lasan”, deb aytsam–u, u odam esa yomon yo‘lidan qaytib to‘g‘ri, adolatli ishlar qilsa,
15. garovga olgan narsani egasiga bersa, o‘g‘irlagan narsasini qaytarsa, yomonlikdan voz kechib, hayotbaxsh qonun–qoidalarga rioya qilsa, bunday odam albatta yashaydi, u o‘lmaydi.
16. Men uning qilgan birorta gunohini esga olmayman. O‘sha odam to‘g‘ri va adolatli ishlar qilgani uchun albatta yashaydi.
17. Sening xalqing “Rabbiyning tutgan yo‘li nohaq–ku!” deb shikoyat qiladi. Aslida esa o‘zlarining yo‘llari nohaqdir.
18. Haq yo‘ldan ozgan va gunohga qo‘l urgan solih kishi qilgan gunohi uchun halok bo‘ladi.
19. Yomon yo‘ldan qaytib to‘g‘ri, adolatli ishlar qilgan fosiq kishi esa qilgan to‘g‘ri ishlari uchun jonini saqlab qoladi.
20. Sizlar esa: “Rabbiyning tutgan yo‘li nohaq–ku”, deb aytasizlar. Ey Isroil xalqi, bilib qo‘y, Men hammangizni qilgan ishingizga yarasha hukm qilaman.”
21. Surgun bo‘lgan paytimizning o‘n ikkinchi yili o‘ninchi oyning beshinchi kunida Quddusdan qochib kelgan bir odam oldimga kelib: “Quddus quladi”, deb aytdi.
22. Bundan bir kun avval, kechasi, Egamizning qudrati meni qamrab olgan edi. Ertalab qochoq kelmasidan oldin, Egamiz menga gapirish iqtidorini qaytarib bergan edi. Men yana tilga kirgan edim.
23. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
24. “Ey inson, Isroilning xarob shaharlarida yashab yurgan odamlar shunday deb yurishibdi: “Ibrohim yolg‘iz o‘zi bo‘la turib, butun yurtga egalik qilar edi. Biz esa ko‘pchilikmiz. Bizning ham bu yurtga egalik qilishga haqimiz bor.”
25. O‘sha odamlarga ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda, sizlar qoni chiqarilmagan go‘shtni tanovul qilasizlar, butlarga sig‘inib, qotillikka qo‘l urasizlar. Shunday ekan, bu yurtga egalik qilishga nima haqingiz bor?!
26. Sizlar faqat o‘z qilichingizga ishonyapsizlar! Jirkanch ishlar qilyapsizlar. Har biringiz qo‘shningizning xotinini bulg‘ayapsizlar! Bu yurtga egalik qilishga nima haqingiz bor?!”
27. Ularga ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, o‘sha xarob shaharlarda yashab yurgan odamlarning hammasi qilichdan halok bo‘ladilar. Bepoyon dalalarda bo‘lganlarni yovvoyi hayvonlar g‘ajib tashlaydi. Qal’alarda va g‘orlarda bo‘lganlar esa o‘latdan nobud bo‘ladilar.
28. Men butun yurtni tashlandiq xarobazorga aylantiraman. Bu xalqning mag‘rur qudratiga chek qo‘yaman. Isroil tog‘larida birorta tirik jon qolmaydi, u yerga odam oyoq bosmaydi.
29. Men odamlarni qilgan jirkanch ishlari uchun jazolab, yurtni tashlandiq xarobazorga aylantirganimda, Egasi Men ekanligimni ular bilib oladilar.”
30. “Ey inson, yurtdoshlaring shahar devorlari oldida hamda uy ostonalarida turib, seni g‘iybat qilishyapti. Ular bir–birlariga: “Qani yuringlar, Egamizdan kelgan xabarni bir eshitib ko‘raylik– chi!” deyishadi.
31. Ular oldingga to‘dalashib kelishadi. Gaplaringni eshitib o‘tirishadi, lekin birontasi ham aytganlaringni qilmaydi. Ularning tilidan bol tomadi, ammo dilida o‘z foydasini ko‘zlaydilar.
32. Ular uchun sen mohir bir sozanda, muhabbat haqida kuylagan xushovoz bir ashulachidaysan, xolos. Ular aytganlaringni eshitishadi–yu, ammo gapingga kirishmaydi.
33. Men senga aytgan barcha kulfatlar ularning boshiga tushadi. Shunda ular seni payg‘ambar deb tan olishadi.
1. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2. “Ey inson, Isroil cho‘ponlariga qarshi bashorat qil. Ularga bashorat qilib ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Ey Isroil cho‘ponlari, sizning holingizga voy! Sizlar qo‘ylarni boqish o‘rniga o‘zingizni boqib yuribsizlar!
3. Eng semiz qo‘ylarni so‘yib, dumba yeysizlar. Jundan to‘qilgan kiyimlar kiyasizlar. Qo‘ylarni esa boqmaysizlar.
4. Nimjon qo‘ylarga qaramaysizlar, kasallarni shifolamaysizlar, yaralarini bog‘lamaysizlar, adashganlarni olib kelmaysizlar, yo‘qolganlarni izlamaysizlar. Aksincha, ularni qattiqqo‘llik bilan boshqarib, zulm o‘tkazasizlar.
5. Suruvning cho‘poni bo‘lmagani uchun qo‘ylarim har yoqqa tarqalib ketdi. Ular hamma yovvoyi hayvonlar uchun o‘lja bo‘ldi.
6. Ha, qo‘ylarim tarqalib ketdi. Ular tog‘u tepaliklarda sandiroqlab yurdi. Butun yer yuziga yoyilib ketdi, ularni hech kim izlamadi.”
7. Ey cho‘ponlar, Egamizning so‘zini eshitib qo‘yinglar.
8. Egamiz Rabbiy aytmoqda: “Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi sizlarga aytaman: cho‘ponsiz qolgan qo‘ylarim o‘lja bo‘ldi. Mening qo‘ylarim hamma yovvoyi hayvonlarga yegulik bo‘ldi. Cho‘ponlarim qo‘ylarimni qidirmadilar. Qo‘ylarimni boqmay, o‘zlarini boqdilar.
9. Shuning uchun, ey cho‘ponlar, Egangizning so‘zini ikki qulog‘ingiz bilan eshitib qo‘yinglar!”
10. Egangiz Rabbiy shunday demoqda: “Men cho‘ponlarimga qarshiman. Nobud bo‘lgan qo‘ylarimni ulardan undirib olaman. Ular suruvimni boshqa boqmaydilar. Bundan buyon faqat o‘z qorinlarini to‘yg‘izib yurmaydilar. Men qo‘ylarimni ularning og‘zidan tortib olaman, ular qo‘ylarimni yemaydilar.”
11. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men O‘zim qo‘ylarimni qidirib topaman.
12. Adashgan suruvni qidirgan cho‘ponday qo‘ylarimni izlayman. Bulutli, qorong‘i kunda har yoqqa tarqalib ketgan qo‘ylarimni hamma joydan xalos qilaman.
13. Ularni begona o‘lkayu yurtlardan olib chiqib, ona zaminiga olib kelaman. Isroil tog‘larida, soyliklarda va yurtning obod o‘lkalarida ularni boqaman.
14. Yaxshi yaylovlarda o‘tlataman, Isroil tog‘lari ularning yaylovi bo‘ladi. Ular o‘sha yerdagi maysazorlarda yotib, Isroil tog‘larining ko‘m–ko‘k yaylovlarida o‘tlab yuradi.
15. Men O‘zim qo‘ylarimga cho‘pon bo‘laman. Ularga orom bag‘ishlayman”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
16. Men yo‘qolgan qo‘ylarimni izlab topaman, adashganlarini qaytarib olib kelaman. Ularning yaralarini bog‘lab qo‘yaman, nimjon qo‘ylarni parvarish qilaman. Semiz, kuchli qo‘ylarni esa yo‘q qilaman. Men suruvimni adolat ila boqaman.”
17. “Ey suruvimdagi qo‘ylar, sizlar haqingizda Egangiz Rabbiy shunday demoqda: Men suruvimdagi qo‘ylar orasida ajrim qilaman, qo‘chqor va taka orasida hukm chiqaraman.
18. Nega sizlar yaxshi o‘tdan yeb, ortganini payhon qilyapsizlar?! Tiniq suvdan ichib, qoniqqaningizdan keyin suvni loyqalatyapsizlar?!
19. Nima uchun qo‘ylarim sizlar payhon qilgan o‘tdan yeyishlari kerak? Sizlar loyqalatgan suvdan ichishlari kerak?”
20. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men O‘zim semiz va oriq qo‘ylarni ajrim qilaman.
21. Sizlar oriq qo‘ylarimni biqiningiz va yelkangiz bilan itarib, shoxlaringiz bilan suzdingiz. Ularni uzoqlarga tarqatib yubordingiz.
22. Lekin Men suruvimni qutqarib olaman, ular endi o‘lja bo‘lmaydilar. Men bir qo‘y bilan boshqa qo‘y orasida ajrim qilaman.
23. Men qulim Dovudni cho‘pon qilib tayinlayman. U suruvimni boqadi, ularga cho‘ponlik qiladi.
24. Men, Egangiz ularning Xudosi, qulim Dovud esa ularning hukmdori bo‘ladi. Bularni Men, Egangiz aytdim.
25. Men ular bilan tinchlik ahdini tuzib, yurtdagi barcha yovvoyi hayvonlarni quvib chiqaraman. Shunda qo‘ylarim dashtu biyobonlarda osoyishta hayot kechirishadi, o‘rmonlarda tinch uxlashadi.
26. Men ularga baraka beraman. Muqaddas tog‘im atrofida yashashlariga yo‘l qo‘yaman. Yomg‘irni ularga o‘z mavsumida baraka qilib yog‘diraman.
27. Bog‘–rog‘lardagi daraxtlar meva beradi, yer mo‘l hosil yetishtiradi. Xalqim o‘z zaminida har qanday xavf–xatardan xoli bo‘ladi. Men xalqimni qul qilib olgan zolimlarning qo‘lidan xalos qilaman, bo‘yinturug‘ini sindiraman. O‘shanda ular Egasi Men ekanligimni bilib oladilar.
28. Bundan buyon o‘zga xalqlar xalqimni talamaydi, yurtdagi yovvoyi hayvonlar ularni g‘ajimaydi. Mening xalqim osoyishta hayot kechiradi, hech kim ularga tahdid solmaydi.
29. Xalqim ocharchilikdan nobud bo‘lmasligi uchun, Men ularga serunum yerlarni beraman. O‘zga xalqlar ularni haqorat qilmaydigan bo‘ladilar.
30. Shunda Men, Egasi Xudo, xalqim bilan birga ekanligimni ular bilib oladilar. Isroil xalqi Mening xalqim ekanligini ular anglaydilar”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
31. “Sizlar Mening suruvim, yaylovimdagi qo‘ylarimsizlar, Men esa sizning Xudoyingizman”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
1. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2. “Ey inson, Seir tog‘lariga yuzlan, ularga qarshi bashorat qilib ayt:
3. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Ey Seir tog‘lari, Men sizlarga qarshiman. Men sizlarga qarshi qo‘limni ko‘tarib, sizlarni tashlandiq xarobazor qilaman.
4. Shaharlaringizni vayron qilib, yurtingizni tashlandiq qilaman. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.
5. Xalqimga bo‘lgan qadimgi adovatingiz tufayli sizlar Isroil xalqining taqdirini qilich bilan hal qilgan edingizlar. Ular shusiz ham oxirgi jazosini tortib, boshlaridan og‘ir damlarni kechirayotgan edilar–ku!
6. Shu qilganlaringiz uchun, Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, sizlarni qonga belayman, qon ketingizdan quvadi. Sizlar qotillikdan hazar qilmaganingiz uchun, qotillik sizlarni doim ta’qib qiladi.
7. Ey Seir tog‘lari, Men sizlarni xarob va tashlandiq qilaman. Hududingizdan hech kim yurmaydigan bo‘ladi.
8. Men sizlarni jasadlarga to‘ldiraman. Qilichdan halok bo‘lgan odamlarning jasadlari qirlaringizda, vodiylaringizda, soyliklaringizda yotadi.
9. Sizlarni to abad tashlandiq qilaman. Shaharlaringizda hech qachon odam yashamaydi. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.”
10. “Men, Egangiz, Yahudo va Isroil yurtida bo‘lganimga qaramay sizlar shunday deb aytgan edingiz: bu ikki xalq bizniki bo‘ladi, ularning yurtini biz qo‘lga kiritamiz.
11. Shunday ekan, Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, sizlarni qilgan qilmishlaringizga yarasha jazolayman. Sizlar xalqimdan nafratlanib, ularga qarshi xusumat saqlaganlaringiz hamda ustilariga g‘azabingizni sochganlaringiz uchun adabingizni beraman. Men sizlarni jazolaganimda O‘zimni ularga tanitaman.
12. Sizlar Isroil tog‘lariga qarata aytgan haqoratli so‘zlaringizni Men eshitganimni bilib olasizlar. Sizlar shunday degan edingiz: “Isroil xarob bo‘ldi, endi bu xalq bizga yem bo‘ladi.”
13. Ha, sizlar Mening oldimda o‘zingizni katta tutdingizlar. Og‘zingizni ko‘pirtirib, Menga qarshi gapirdingizlar. Men hammasini eshitdim.”
14. EgamizRabbiy shunday demoqda: “Men sizlarni xarob qilganimda butun jahon sevinadi.
15. Axir, sizlar Isroil xonadoni xarob bo‘lganidan sevingan edingizlar. Shuning uchun Men bu ko‘rgilikni boshlaringizga solaman. Ey Seir tog‘lari, ey butun Edom yurti, sizlar xarob bo‘lasiz. Shunda Egangiz Men ekanligimni butun jahon bilib oladi.”
1. Ey inson, Isroil tog‘lari haqida shunday bashorat qil: “Ey Isroil tog‘lari, Egamizning so‘zini eshiting.
2. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: g‘animlaringiz sizni mazax qilib: “Aha! Bu ko‘hna tepaliklar endi bizniki bo‘ldi”, deb aytgan edilar.
3. Shuning uchun bashorat qilib, ayt: EgamizRabbiy shunday demoqda: Qo‘shni xalqlar sizlarga har yoqdan hamla qilib, sizlarni vayron qilganlari uchun, sizlar ularning mulki bo‘ldingiz, odamlardan haqoratlar eshitib, xo‘rliklar ko‘rdingiz.
4. Ey Isroil tog‘lari, endi Egamiz Rabbiyning so‘zini eshiting! Egamiz Rabbiy tog‘laru qirlarga, soyliklaru vodiylarga, xarobazorlaru huvullagan shaharlarga gapirmoqda. Axir, bu shaharlar atrofdagi hamma xalqlarga o‘lja va kulgi bo‘ldi.”
5. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men Isroil atrofida yashagan xalqlardan, xususan Edom xalqidan qattiq g‘azabdaman. Chunki ular nafrat tuyg‘usiga berilib, yaylovlarni talon–taroj qilish uchun yurtimni qo‘lga kiritdilar. Shunda o‘zida yo‘q xursand bo‘ldilar.
6. Shu sababdan Isroil yurti haqida bashorat qilib, tog‘laru qirlarga, soyliklaru vodiylarga ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Qo‘shni xalqlar sizlarni qanchalik xo‘rlaganini ko‘rib, g‘azabim keldi, rashkim qo‘zidi.
7. Shu sababdan Egamiz Rabbiy aytmoqda: Ont ichib aytamanki, Men atrofingizdagi barcha xalqlarni xo‘rlamay qo‘ymayman.”
8. “Sizlar esa, ey Isroil tog‘lari, butoq otasizlar. Xalqim Isroil uchun mo‘l hosil yetishtirasizlar. Ha, ko‘p o‘tmay ular o‘z yurtiga qaytib keladilar.
9. Men sizlarga yuzimni buraman, O‘zim sizlarga g‘amxo‘rlik qilaman. Yerlaringiz shudgor qilinadi, ekinlar ekiladi.
10. Men Isroil aholisini ko‘paytiraman. Butun Isroil xonadonini son– sanoqsiz qilaman. Huvullagan shaharlarga odamlar ko‘chib keladi, xarobazorlar qayta quriladi.
11. Nafaqat odamlarning, balki mol–qo‘ylarning ham soni behad ko‘payadi. Ular ko‘payib, barakali bo‘ladi. Yurtingiz ilgarigiday odamlarga to‘lib– toshadi. Men sizlarni oldingidan ham a’loroq hayotga erishtiraman. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.
12. Men xalqim Isroilni oldingizga yetaklab kelaman. Ular yerlaringizga egalik qiladilar, sizlar xalqimning mulki bo‘lasizlar. Xalqimning farzandlarini boshqa nobud qilmaysizlar.”
13. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Ey Isroil tog‘lari, odamlar sizlar haqingizda shunday aytishadi: Isroil yurti o‘z odamlarini nobud qiladi, o‘z xalqini farzandlaridan judo qiladi.”
14. Ammo endi sizlar odamlarni nobud qilmaysizlar, xalqingizni farzandlaridan judo qilamaysizlar, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
15. Begona xalqlar sizlarni haqorat qilishlariga va ustingizdan kulishlariga Men yo‘l qo‘ymayman. Bundan buyon xalqimning qoqilishiga sizlar sabab bo‘lmaysiz, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
16. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
17. “Ey inson, Isroil xalqi ona yurtida yashab yurgan paytida yerni yaramas qilmishlari bilan bulg‘agan edi. Ularning bunday qilmishlari Mening nazarimda hayz ko‘rgan ayolday nopok edi.
18. Ular yurtda qon to‘kkanlari uchun, butlar bilan zaminni bulg‘aganlari uchun, Men ularning ustiga g‘azabimni sochgan edim.
19. Ularni xalqlar orasiga tarqatib tashlagan edim, boshqa yurtlarga quvib yuborgan edim. Men ularni tutgan yo‘llari va qilgan qilmishlariga yarasha jazolagan edim.
20. Biroq ular borgan joylarida Meni badnom qilishdi. Ularni ko‘rgan odamlar: “Bu Xudoning xalqi–ku! Ular Egasining yurtidan chiqib ketishga majbur bo‘libdi–da!” deb aytishar edi.
21. Ha, Isroil xalqi borgan joyida Meni badnom qildi. Bulg‘angan muqaddas nomim uchun Men qayg‘urdim.”
22. Shunday ekan, Isroil xalqiga ayt: “Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Men sizlarni yurtingizga qaytarib olib kelaman. Lekin buni sizlar uchun emas, balki sizlar xalqlar orasida bulg‘agan O‘z nomim uchun qilaman.
23. Sizlar bulg‘agan Mening buyuk nomim qanchalik muqaddas ekanligini Men barcha xalqlarga ko‘rsataman. O‘shanda Egasi Men ekanligimni ular bilib oladilar. Egamiz Rabbiyning kalomi shudir. Men sizlar orqali O‘z muqaddasligimni ularga ayon qilaman.
24. Sizlarni barcha xalqlar orasidan, hamma yurtlardan yig‘ib olaman. O‘z yurtingizga olib borib o‘rnashtiraman.
25. Ustingizga toza suvdan sepib, sizlarni poklayman. Barcha nopokliklaru butlaringizdan tozalayman.
26. Sizlarga yangi yurak berib, qalbingizni yangi ruhga to‘ldiraman. Bag‘ringizdagi tosh yurakning o‘rniga yumshoq, muloyim bir yurak beraman.
27. Ichingizga O‘z Ruhimni solaman. Sizlar farmonlarimga rioya qiladigan, qonun–qoidalarimni bitta qoldirmay bajaradigan bo‘lasizlar.
28. Shunda Men ota– bobolaringizga bergan bu yurtda yashaysizlar. Sizlar Mening xalqim, Men esa sizning Xudoyingiz bo‘laman.
29. Men sizlarni barcha nopokliklardan xalos qilaman. G‘alla hosilini mo‘l yetishtirib, ocharchilikka chek qo‘yaman.
30. Ovqat tanqisligidan xalqlar orasida xor bo‘lmasligingiz uchun, bog‘laru dalalaringizga mo‘l hosil beraman.
31. Shunda sizlar yovuz yo‘llaringizni, qabih qilmishlaringizni eslaysizlar, qilgan gunohlaringiz va jirkanch odatlaringiz uchun o‘zingizdan nafratlanib ketasizlar.
32. Ey Isroil xalqi, bilib qo‘y, Men senga qilmoqchi bo‘lgan bu yaxshiliklarga sen loyiq emassan, biroq shu orqali Men seni uyaltiraman. Sen qilgan qilmishlaringdan pushaymon bo‘lasan”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
33. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men sizlarni gunohlardan tozalaganimda, odamlarni olib kelib shaharlaringizga o‘rnashtiraman. Vayrona bo‘lib yotgan xarobalaringiz tiklanadi.
34. Qachonlardir sayyohlar kezib yurgan tashlandiq, qarovsiz yerlarga qayta ishlov beriladi.
35. Ular bu yerlarni ko‘rganda shunday deb aytishadi: “Vo, ajabo! Tashlandiq bo‘lib yotgan bu yerlar Adan bog‘iday yashnab ketibdi–ku! Huvullab yotgan xarob shaharlar mustahkam devorlar bilan o‘ralib, obod bo‘libdi–ku!”
36. Shunda atrofdagi omon qolgan xalqlar xarob shaharlarni Men, Egangiz qayta qurganimni, yalang maydonlarga Men ekin ekkanimni bilib olishadi. Men, Egangiz, aytgan bu so‘zlarimni albatta amalga oshiraman.”
37. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men xalqim Isroilning iltijolariga quloq tutib, ularni qo‘ylarday son–sanoqsiz qilaman.
38. Bayram arafasida Quddus ko‘chalari qurbonlik qilinadigan qo‘ylar bilan to‘lib–toshganiday, hozir vayron bo‘lib yotgan shaharlar ham odamlar bilan to‘lib– toshadi. O‘shanda Egasi Men ekanligimni xalqim bilib oladi.”
1. Egamizning qudrati meni qamrab oldi. Egamizning Ruhi meni ko‘tarib, vodiyning o‘rtasiga qo‘ydi. Vodiy suyaklarga to‘la edi.
2. Ruh meni vodiydagi bir dunyo suyaklar orasida aylantirib yurdi. Suyaklar qurib ketgan edi.
3. Ruh menga: — Ey inson, bu suyaklar tirilishi mumkinmi? — deya savol berdi. — Yo Egam Rabbiy, bunisi yolg‘iz O‘zingga ayon, — deya javob berdim men.
4. So‘ng U menga shunday dedi: — Suyaklarga bashorat qilib ayt: “Ey qurigan suyaklar, Egamizning so‘zini eshiting!
5. Egam Rabbiy suyaklarga shunday demoqda: Men ichingizga ruh solaman, sizlar tirilasizlar.
6. Ustingizni payu mushaklar bilan qoplab, teri tortaman, ichingizga ruh solib, sizlarni tiriltiraman. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.”
7. Egamiz menga amr qilganiday, men Uning bu so‘zlarini bashorat qilib aytdim. Bashorat qilayotganimda birdaniga qulog‘imga taraq–turuq ovozlar chalindi, suyaklar birlasha boshladi.
8. Qarasam, suyaklar payu mushaklar bilan qoplandi, so‘ng ustilariga teri tortildi. Biroq tanalarda hanuz ruh yo‘q edi.
9. Egamiz menga shunday dedi: — Endi shamolga shunday buyruq ber: “Ey shamol, Egamiz Rabbiy aytmoqda, har tomondan esib, bu o‘ldirilganlarni tiriltir.”
10. Men Egamizning aytganini qildim. Shamol tanalarning ichiga kirib, odamlarni tiriltirdi. Ular turganlarida buyuk bir olomonni tashkil qilishdi.
11. Keyin Egamiz menga shunday dedi: — Ey inson, butun Isroil xalqi mana shu suyaklarga o‘xshaydi. Ular: “Suyaklarimiz qurib ketdi, kelajakka hech qanday umid yo‘q”, — deb nola qilishadi.
12. Shuning uchun xalqimga bashorat qilib ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Ey xalqim Isroil, Men qabrlaringizni ochib, sizlarni go‘rdan chiqaraman. So‘ng sizlarni o‘z yurtingiz — Isroilga qaytarib olib boraman.
13. O‘shanda sizlar Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.
14. Men sizlarning ichingizga Ruhimni solaman, sizlarni tiriltiraman. Ona yurtingizga olib borib, u yerda o‘rnashtiraman. O‘shanda Men, Egangiz aytgan gaplarimni amalga oshirganimni sizlar bilib olasizlar” Egamizning kalomi shudir.
15. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
16. “Ey inson, bir tayoq olib, uning ustiga “Yahudo shohligi”, deb yoz. So‘ng boshqa bir tayoq olib, uning ustiga “Isroil shohligi”, deb yoz.
17. Keyin ikki tayoqning uchlarini bir qo‘lingda shunday qilib ushlaginki, ular bir tayoqday bo‘lib ko‘rinsin.
18. Odamlar sendan: “Bu bilan bizga nima demoqchisan?” deb so‘raganlarida,
19. ularga shunday deb javob ber: Egamiz Rabbiy demoqda: “Men Isroil shohligini bildiruvchi tayoqni olaman. Uni Yahudo shohligining tayog‘i bilan birlashtiraman. Ikkala tayoqni bitta qilib, qo‘limda ushlayman.”
20. Qo‘lingdagi tayoqlarni hamma ko‘radigan bo‘lsin,
21. so‘ng xalqqa ayt: “Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Men har yoqqa tarqalib ketgan xalqimni o‘zga xalqlar orasidan yig‘ib olaman. Ularni o‘z yurtlariga olib kelaman.
22. Ularni o‘sha yurtda yagona bir xalq qilaman. Ha, Isroil tog‘larida ulardan yagona davlat yarataman. Ustilaridan bir shoh tayinlayman, ular hech qachon ikki shohlikka ajralmaydilar.
23. Butlar va makruh xudolar tufayli o‘zlarini bulg‘amaydilar, gunohdan o‘zlarini pok saqlaydilar. Ular gunoh qilib, yashagan hamma manzilgohlardan Men ularni xalos qilaman. Dillarini poklab tozalayman. Shunda ular Mening xalqim, Men esa ularning Xudosi bo‘laman.
24. Qulim Dovud ularning shohi bo‘ladi. Ha, hammasini bir cho‘pon boshqaradi. Ular qonun– qoidalarimga rioya qilib, farmonlarimni bitta qoldirmay bajarishadi.
25. Men qulim Yoqubga bergan yerda ular yashaydilar, ajdodlari o‘tgan yurtda istiqomat qiladilar. Bola–chaqalari va butun avlodi o‘sha yurtda abadiy o‘rnashadi. Qulim Dovudning sulolasi ularga to abad hukmronlik qiladi.
26. Men ular bilan tinchlik ahdini tuzaman. Bu mangu bir ahd bo‘ladi. Men ularga baraka beraman, ko‘paytiraman. Ma’badimni ularning orasida abadiy o‘rnashtiraman.
27. Ular orasida maskan quraman, Men ularning Xudosi, ular esa Mening xalqim bo‘ladilar.
28. Men maskanimni ular orasida abadiy o‘rnashtirganimda, Isroilni muqaddas qiladigan Egangiz Men ekanligimni xalqlar bilib oladilar.”
1. Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2. “Ey inson, Mago‘g yurtidagi Meshex va Tuval xalqlarining bosh hukmdori Go‘gga yuzlan. Unga qarshi bashorat qilib,
3. ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: ey Meshex va Tuval xalqlarining bosh hukmdori Go‘g, Men senga qarshiman!
4. Men seni orqaga qaytaraman, jag‘laringga ilmoqlar solaman. Seni va butun lashkaringni, otlaru otliqlaringni, tish–tirnog‘igacha qurollangan askarlaringni, ulkan bir olomonni, katta va kichik qalqon ushlab, qilich o‘ynatgan jangchilaringni sudrab chiqaraman.
5. Sening safingga Forslar, Habashlar va Fut xalqining qurollangan jangchilari qo‘shiladi.
6. Go‘merning va shimoldagi Bayt–To‘xarmoning barcha lashkarlari senga ergashadi. Sening lashkarlaring nihoyatda ko‘pdir.
7. Qani tayyorlan! Atrofingdagi lashkarlarni jangga shay qil! Sen ularni boshlab borasan.
8. Yillar o‘tib, jangga otlanasan. Urushdan keyin o‘zini tiklab olgan bir yurtga sen bostirib borasan. Uzoq vaqt davomida tashlandiq bo‘lib yotgan bu yurtga, turli xil xalqlardan Isroil tog‘lariga kelib o‘rnashgan odamlarga hujum qilasan. Ularning hammasi osoyishta turmush kechirayotgan bo‘ladi.
9. Ammo sen dovuldek ularga yopirilasan. Sen, lashkarlaring va senga ergashib kelgan ko‘plab xalqlar yurtni bulut kabi qoplab olasizlar.”
10. “Egang Rabbiy shunday demoqda: O‘sha kuni sen yomon xayollarga berilasan, yovuz rejalar tuza boshlaysan.
11. Sen shunday aytasan: — Men devor bilan o‘ralmagan qishloqlarga bostirib boraman. Xotirjam yashayotgan odamlarga hujum qilaman. Ularning na devorlari bor, na darvozasi, na tambasi bor.
12. Sen xarob shaharlarni tiklagan odamlarni talon–taroj qilasan. Bu odamlar turli xalqlardan yig‘ilgan, chorva ko‘paytirib, dunyo orttirgan, jahon chorrahasida joylashib olishgan.
13. Shunda Shava va Dedan xalqlari hamda Tarshish savdogarlariyu zodagonlari sendan so‘raydilar: “Sen hali o‘lja olgani keldingmi? Talon–taroj qilgani, oltinu kumush olib ketgani, chorvayu boylikni tortib olgani, qo‘lga behad o‘lja kiritgani bir to‘da qo‘shin tortib keldingmi?”
14. “Ey inson, Go‘gga bashorat qilib ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: sen xalqim Isroilning xotirjam yashaganini ko‘rib,
15. shimoldagi olis yurtingdan ko‘p xalqlarni ergashtirib kelasan. Ha, bu cheksiz otliq lashkarni, bir to‘da buyuk qo‘shinni tortib kelasan.
16. Yer yuzini qoplagan bulut kabi xalqim Isroilni bosib olasan. Ey Go‘g, kelajakda Men seni yurtimga hujum qilgani yuboraman. Sen orqali xalqlarga muqaddasligimni ayon qilib, O‘zimni tanitaman.”
17. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “O‘z qullarim — payg‘ambarlar orqali Men xalqimni ogohlantirib kelganman. Kelajakda ularga qarshi bir dushman yuborishimni oldindan aytganman. O‘sha dushman sensan, ey Go‘g.”
18. Egamiz Rabbiy aytmoqda: “Go‘g Isroil yurtiga hujum qilgan kuni, Men g‘azabga minib olaman!
19. Rashku g‘azabda e’lon qilamanki, o‘sha kuni Isroil yurtida dahshatli zilzila bo‘ladi.
20. Yer yuzidagi barcha jonzot — dengizdagi baliqlaru ko‘kdagi qushlar, yovvoyi hayvonlaru sudraluvchilar, hamma odamlar Mening huzurimda titraydilar. Tog‘lar ag‘darilib tushadi, qoyalar parchalanib ketadi, hamma devorlar o‘pirilib tushadi.”
21. “Ey Go‘g, Men hamma Isroil tog‘larida senga qarshi qilich hozirlayman, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. — Lashkarlaring bir–biriga hamla qiladi.
22. Men o‘latu qotilliklar orqali seni jazolayman. Sening, lashkaringning, senga ergashib kelgan ko‘p xalqlarning ustiga olovli oltingugurt, jala va do‘l yog‘diraman.
23. Dunyodagi ko‘plab xalqlarga O‘zimning ulug‘vorligim va muqaddasligimni namoyon qilaman, ularga O‘zimni tanitaman. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni ular bilib oladilar.”
1. “Ey inson, Go‘gga qarshi bashorat qilib ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Ey, Meshex va Tuval bosh hukmdori Go‘g, Men senga qarshiman!
2. Men seni orqaga qaytarib, sudrab kelaman. Seni uzoq shimoldan olib chiqib, Isroil tog‘lariga olib kelaman.
3. Chap qo‘lingdagi yoying va o‘ng qo‘lingdagi o‘qlaringni urib tushiraman.
4. Sen Isroil tog‘larida jon berasan! Sening hamma lashkarlaring va senga ergashib kelgan xalqlar u yerda halok bo‘lishadi. Ularning jasadlari turli yirtqich qushlarga va yovvoyi hayvonlarga o‘lja bo‘ladi.
5. Sen ochiq maydonda o‘lasan. Men shunday dedim”, deb aytmoqda EgamizRabbiy.
6. “Men Mago‘g ustiga va dengiz qirg‘og‘ida osoyishta hayot kechirayotgan barcha xalqlar ustiga olov yog‘diraman. O‘shanda Egasi Men ekanligimni ular bilib oladilar.
7. Men O‘zimning muqaddas nomimni xalqim Isroilga tanitaman. Meni badnom qilishlariga endi yo‘l qo‘ymayman. Shunda Men Egangiz — Isroil yurtidagi muqaddas Xudo ekanligimni xalqlar bilib oladilar.
8. Men aytgan o‘sha kun albatta keladi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
9. “Shunda Isroil xalqi shaharlardan chiqib, mag‘lub bo‘lgan yovning qurol–aslahalarini yig‘adi. Ular yig‘ib olgan kattayu kichik qalqonlarni, yoy va o‘qlarni, tayoq va nayzalarni yoqishadi. Yetti yil davomida ularni o‘tin o‘rniga ishlatishadi.
10. O‘tin yig‘ish, o‘rmonda daraxt chopishga ehtiyoj qolmaydi, chunki bu qurol– aslahalar xalqim uchun yoqilg‘i bo‘ladi. Shu tariqa Isroil xalqi o‘z talonchilaridan o‘ch oladi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
11. Bu hodisalar ro‘y bergan kuni Go‘g va uning to‘dasi uchun Men bir qabriston hozirlayman. Bu qabriston O‘lik dengizning sharqiy tomonidagi Sayohatchilar vodiysida joylashgan bo‘ladi. U sayohatchilarning yo‘lini to‘sib qo‘yadi. Shuning uchun sayohatchilar o‘sha vodiyning nomini o‘zgartirib, uni “Go‘g to‘dasining vodiysi”, deb ataydigan bo‘lishadi.
12. Isroil xalqi yetti oy mobaynida jasadlarni ko‘mib, o‘z yurtini poklaydi.
13. Butun yurt aholisi jasadlarni ko‘madi. Shu qilganlari uchun Men ulug‘vorligimni namoyon qilgan kunda ular yuksak obro‘ga erishadi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
14. Yetti oy o‘tgach, yurtni poklaydigan maxsus odamlar tayinlanadi. Ular yurtni kezib, ko‘milmay qolib ketgan jasadlarni ko‘madilar.
15. Ular yurtni kezib yurganlarida topgan har bir suyak oldiga belgi qo‘yadilar. Go‘rkovlar bu suyaklarni yig‘ib olib, “Go‘g to‘dasining vodiysi”ga ko‘madilar.
16. Qabriston yonidagi shaharning nomi ham To‘da bo‘ladi. Shunday qilib, ular yurtni poklaydilar.
17. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Ey inson, turli xil qushlarni va hamma yovvoyi hayvonlarni yig‘ib, ularga shunday deb ayt: Qani, kelinglar! Men sizlar uchun qurbonlik hozirlayman, Isroil tog‘larida katta ziyofat uyushtiraman. Sizlar to‘yguningizcha go‘shtdan yeb, qondan ichasizlar.
18. Bashan o‘lkasida semirtirilgan qo‘chqor, qo‘zichoq, echki va buqalar bo‘g‘izlanganday, bahodir jangchilaru jahon hukmdorlari qurbon qilinadi. Sizlar ularning tanalarini yeb, qonini ichasizlar.
19. Men sizlar uchun uyushtiradigan bu ziyofatda sizlar to‘yguningizcha yog‘dan yeysizlar, mast bo‘lguningizcha qondan ichasizlar.
20. Sizlar Mening dasturxonimdan xohlaganingizcha ot va otliqlarning go‘shtidan, sipoh va turli xil jangchilarning go‘shtidan tanovul qilasizlar”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
21. Men O‘z ulug‘vorligimni xalqlar orasida namoyon qilaman. Xalqlarni jazolab, ularga O‘z qudratimni ko‘rsataman.
22. O‘sha kundan boshlab, Isroil xalqi Egasi Xudo Men ekanligimni biladi.
23. Isroil xalqi gunoh qilib, Menga xiyonat qilgani uchun Men ularni begona yurtlarga surgun qilganimni boshqa xalqlar tushunib olishadi. Xalqimning bu qilmishi uchun Men ulardan yuz o‘girib, dushmanlarning qo‘liga topshirgan edim, qirilib ketishlariga to‘sqinlik qilmadim.
24. Men ulardan yuz o‘girdim, buzuqligi va qilgan gunohlariga yarasha jazosini berdim.”
25. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Mana endi Men Yoqub naslini yana farovonlikka erishtiraman. Butun Isroil xonadoniga shafqat ko‘rsataman. Obro‘im to‘kilishiga yo‘l qo‘ymayman!
26. Ular o‘z yurtiga qaytib kelganlaridan keyin o‘tmishdagi sharmandagarchiligi va Menga qilgan hiyonati uchun javobgar bo‘ladilar. Shunda hech kim ularga tahdid qilmaydi.
27. Men ularni g‘animlarning yurtlaridan olib chiqqanimda, xalqlar muqaddasligimni ko‘rishadi.
28. Egasi Xudo Men ekanligimni xalqim bilib oladi. Garchi Men ularni o‘zga yurtlarga tarqatib yuborgan bo‘lsam–da, ularni ona yurtiga qaytarib olib kelaman. Xalqimdan birontasi ham begona yurtda qolib ketmaydi.
29. Men xalqim Isroil ustiga O‘z Ruhimdan yog‘diraman, endi ulardan yuz o‘girmayman”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
1. Surgun bo‘lgan paytimizning yigirma beshinchi yili birinchi oyning o‘ninchi kunida Quddus qulaganiga o‘n to‘rt yil bo‘lgan edi. O‘sha kuni Egamizning qudrati meni qamrab olib, ko‘tarib ketdi.
2. Vahiyda Xudo meni Isroil yurtiga olib borib, juda baland bir tog‘ning ustiga turg‘izib qo‘ydi. U yerdan men janub tomonda joylashgan shaharga o‘xshash bir nechta binoni ko‘rdim.
3. Xudo meni o‘sha yerga yaqinroq olib borganda, men darvoza yonida turgan bir odamni ko‘rib qoldim. O‘sha odamning butun vujudi yarqiroq misday tovlanib turar edi. Uning qo‘lida o‘lchov asboblaridan zig‘ir arqon va chizg‘ich bor edi.
4. U menga shunday dedi: “Ey inson, men senga ko‘rsatadigan hamma narsaga yaxshilab e’tibor ber, sen shu sababdan bu yerga keltirilgansan. Yaxshilab quloq sol, chunki sen ko‘rganlaringni Isroil xalqiga aytib berishing kerak.
5. Men Ma’bad hovlisini o‘rab turgan bir devorni ko‘rdim. Darvoza yonida turgan o‘sha odam chizg‘ichi bilan devorni o‘lchadi. Chizg‘ichining uzunligi 6 uzun tirsak bo‘lib, har bir uzun tirsak bir tirsagu to‘rt enli edi. Devorning qalinligi 6 tirsak, balandligi ham 6 tirsak chiqdi.
6. So‘ng u sharqiy darvoza binosining oldiga bordi. Zinalardan tepaga ko‘tarilib, ostonani o‘lchadi. Ostona ikki yon devorining qalinligi 6 tirsak chiqdi.
7. Ostonadan yo‘lak boshlanar edi. Yo‘lakning ikki tomonida soqchilar uchun maxsus qurilgan uchtadan xona bor edi. Xonalarning eni va uzunligi bir xil, 6 tirsakdan edi. Xonalarni ajratib turgan devorlarning qalinligi esa 5 tirsak edi. Yo‘lakning oxirida dahliz ostonasi bor edi. Dahliz ostonasining ikki yon devori 6 tirsak qalinlikda edi.
8. So‘ng o‘sha odam dahlizni o‘lchadi.
9. Dahlizning eni 8 tirsak edi. Dahliz eshigining ikki yon devorlari 2 tirsak qalinlikda edi. Bu dahliz darvoza binosining ichki tarafida, Ma’badning ro‘parasida joylashgan edi.
10. Yo‘lakning ikki yon tarafidagi o‘sha soqchilar xonalari bir xil kattalikda, orasidagi devorlar ham bir xil qalinlikda edi.
11. So‘ng o‘sha odam darvoza binosining ostonasini o‘lchadi. Ostonaning eni 10 tirsak chiqdi. Yo‘lakning eni esa 13 tirsak chiqdi.
12. Har bir xonaning oldida balandligi va eni 1 tirsak bo‘lgan pastak devor bor edi. (Xonalarning uzunligi va eni 6 tirsakdan edi.)
13. So‘ngra o‘sha odam darvoza binosining shiftini ko‘ndalangiga, bir xonaning orqa devoridan tortib, ro‘paradagi xonaning orqa devorigacha o‘lchadi. Shiftning eni 25 tirsak chiqdi.
14. Keyin u dahliz eshigining ikki yon devorini o‘lchadi. Devorning balandligi 60 tirsak chiqdi. Darvoza binosining atrofi hovli edi.
15. Darvoza binosining uzunligi, darvozadan tortib to ichkaridagi dahlizgacha, 50 tirsak edi.
16. Xonalarning uchala devorida panjarali tuynuklari bor edi. Dahlizda ham panjarali tuynuklar bor edi. Dahliz eshigi yon devorlariga palma daraxtining tasvirlari tushirilgan edi.
17. O‘sha odam meni darvoza orqali Ma’badning tashqi hovlisiga olib kirdi. Hovlining devori bo‘ylab o‘ttizta hujra qurilgan edi. Hujralarning old tomonida tosh yotqizilgan bir yo‘l bor edi.
18. Bu yo‘l past yo‘l hisoblanar edi. Uning eni 50 tirsak edi.
19. So‘ng men ichki hovliga olib kiradigan darvoza binosini ko‘rdim. O‘sha odam ichki darvoza binosi bilan tashqi darvoza binosi orasidagi masofani o‘lchadi. Masofa 100 tirsak chiqdi.
20. So‘ng o‘sha odam tashqi hovlining shimoliy darvoza binosini o‘lchadi.
21. Bu darvoza binosining ikki yon tomonidagi uchtadan bo‘lgan soqchilar xonalari, dahliz va yon devorlarning o‘lchamlari sharqiy darvoza binosiniki bilan bir xil edi. Darvoza binosining uzunligi 50 tirsak, eni 25 tirsak edi.
22. Devorlardagi panjarali tuynuklar, dahliz va palma tasvirlarining o‘lchamlari sharqiy darvoza binosiniki bilan bir xil edi. Darvozaga yetti pog‘onali zina olib borar edi. Dahliz darvoza binosining ichki tomonida joylashgan edi.
23. Shimoliy darvoza binosining ro‘parasida ham sharqiy darvoza binosidagiday ichki hovliga olib kiradigan darvoza binosi bor edi. O‘sha odam ichki darvoza binosidan tashqi darvoza binosigacha bo‘lgan masofani o‘lchagan edi, masofa 100 uzun tirsak chiqdi.
24. So‘ng o‘sha odam meni janub tomonga olib bordi. Janub tomonda ham darvoza binosi bor edi. O‘sha odam darvoza binosining dahlizini va dahliz devorlarini o‘lchadi, ularning o‘lchamlari boshqalarniki bilan bir xil edi.
25. Bu darvoza binosidagi xonalarning va dahlizning boshqa darvozalarnikiga o‘xshagan panjarali tuynuklari bor edi. Darvoza binosining uzunligi 50 tirsak, eni esa 25 tirsak edi.
26. Darvozaga yetti pog‘onali zina olib borar edi. Dahliz darvoza binosining ichki tomonida joylashgan edi. Dahliz eshigining ikki yon devoriga palma daraxtining tasvirlari tushirilgan edi.
27. Janub tomonda Ma’badning ichki hovlisiga olib kiradigan darvoza binosi bor edi. O‘sha odam janubdagi ichki darvoza binosidan tashqi darvoza binosigacha bo‘lgan masofani o‘lchadi, masofa 100 tirsak chiqdi.
28. So‘ng o‘sha odam meni janubiy darvoza orqali Ma’badning ichki hovlisiga olib kirdi–da, darvoza binosini o‘lchadi. Darvoza binosining o‘lchamlari boshqa darvoza binolarniki bilan bir xil edi.
29. Darvoza binosining xonalari, dahlizi va dahliz eshigining ikki yon devori boshqa darvoza binolarnikiga o‘xshagan edi. Xonalarning va dahlizning panjarali tuynuklari bor edi. Darvoza binosining uzunligi 50 tirsak, eni 25 tirsak edi.
30. Ichki hovliga qaratilgan darvoza binolarining dahlizlari bir xil edi. Ularning uzunligi 25 tirsak, eni 5 tirsak edi.
31. Dahliz orqali Ma’badning tashqi hovlisiga chiqilar edi. Dahliz eshigining ikki yon devoriga palma daraxtining tasvirlari tushirilgan edi. Darvozaga sakkiz pog‘onali zinapoya olib borar edi.
32. So‘ng o‘sha odam meni sharqiy darvoza orqali Ma’badning ichki hovlisiga olib kirdi–da, darvoza binosini o‘lchadi. Darvoza binosining o‘lchamlari boshqa darvoza binolariniki bilan bir xil edi.
33. Darvoza binosining xonalari, dahlizi va dahliz eshigining yon devorlari boshqa darvozalarnikiga o‘xshagan edi. Xonalarning va dahlizning panjarali tuynuklari bor edi. Darvoza binosining uzunligi 50 tirsak, eni 25 tirsak edi.
34. Dahliz orqali Ma’badning tashqi hovlisiga chiqilar edi. Dahliz eshigining ikki yon devoriga palma daraxtining tasvirlari tushirilgan edi. Darvoza binosiga sakkiz pog‘onali zinapoya olib borar edi.
35. So‘ng o‘sha odam meni shimoliy darvoza oldiga olib borib, darvoza binosini o‘lchadi. Darvoza binosining o‘lchamlari boshqa darvoza binolarniki bilan bir xil edi.
36. Darvoza binosining xonalari, dahlizi va dahliz eshigining yon devorlari boshqa darvoza binolarnikiga o‘xshagan edi. Xonalar va dahlizning panjarali tuynuklari bor edi. Darvoza binosining uzunligi 50 tirsak, eni 25 tirsak edi.
37. Dahliz orqali Ma’badning tashqi hovlisiga chiqilar edi. Dahliz eshigining ikki yon devoriga palma daraxtining tasvirlari tushirilgan edi. Darvozaga sakkiz pog‘onali zinapoya olib borar edi.
38. Shimol tomondagi ichki darvozaning dahlizi yonida bir xona bor edi. Bu xonaga dahliz orqali kirilar edi. Qurbonlik uchun bo‘g‘izlangan hayvonlar shu xonada yuvilar edi.
39. Dahlizning o‘zida esa to‘rtta xontaxta bor edi. Xontaxtaning ikkitasi dahlizning bir chekkasida, qolgan ikkitasi dahlizning boshqa chekkasida turar edi. Bu xontaxtalarning ustida kuydiriladigan qurbonlik, gunoh qurbonligi va ayb qurbonliklari uchun hayvonlar bo‘g‘izlanar edi.
40. Tashqi hovlida yana to‘rtta xontaxta bor edi. Xontaxtaning ikkitasi darvoza zinapoyasining bir tomonida, boshqa ikkitasi zinapoyaning boshqa tomonida turar edi.
41. Hammasi bo‘lib sakkizta xontaxta bor edi. To‘rtta xontaxta dahlizning ichida, yana to‘rttasi darvozaning tashqarisida turar edi. Bu xontaxtalarning ustida hayvonlar bo‘g‘izlanar edi.
42. Kuydiriladigan qurbonliklar uchun yana to‘rtta xontaxta bor edi. Bu xontaxtalar yo‘nilgan toshdan yasalgan bo‘lib, ularning uzunligi va eni bir yarim tirsak, bo‘yi bir tirsak edi. Bu xontaxtalar ustiga qurbonliklarni so‘yishda ishlatiladigan asboblar qo‘yilar edi.
43. Dahliz devorlariga uzunligi to‘rt enli bo‘lgan ilgaklar qoqilgan edi. Hayvonlarning go‘shti esa xontaxtalar ustiga qo‘yilar edi.
44. Ichki hovlida qo‘shiqchilar uchun ikkita xona qurilgan edi. Xonalarning bittasi shimoliy darvoza yonida, janub tomonga qaratib qurilgan edi. Ikkinchisi esa janubiy darvoza yonida, shimol tomonga qaratib qurilgan edi.
45. O‘lchayotgan odam menga shunday dedi: “Shimoliy darvoza yonidagi xona Ma’bad uchun mas’ul bo‘lgan ruhoniylarga mo‘ljallangan.
46. Janubiy darvoza yonidagi xona esa qurbongoh yonida xizmat qiladigan ruhoniylar, ya’ni Zodo‘x avlodlari uchun mo‘ljallangandir. Levi qabilasidan faqat Zodo‘x avlodlari Egamizning huzurida xizmat qilishadi.”
47. So‘ng o‘sha odam ichki hovlini o‘lchadi. Hovli to‘rtburchak shaklda, uzunligi va eni 100 tirsakdan edi. Qurbongoh Ma’badning old tarafida edi.
48. Keyin u odam meni Ma’bad ayvoniga olib kirib, ayvon darvozasining yon devorlarini o‘lchadi. Yon devorlarning qalinligi 5 tirsak chiqdi. Darvozaning eni 14 tirsak, darvoza yon devorlarining uzunligi 3 tirsak chiqdi.
49. Ayvonning uzunligi 20 tirsak, eni 12 tirsak edi. Ayvonga o‘n pog‘onali zinapoya olib borar edi. Ayvon darvozasining ikki yon tomonida bittadan ustun bor edi.
1. Keyin o‘sha odam meni Ma’badning asosiy xonasiga olib kirdi. U asosiy xona eshigining ikki yon devorini o‘lchadi. Yon devorlarning qalinligi 6 tirsak chiqdi.
2. Ostonaning eni 10 tirsak, ostona ikki yon devorlarining uzunligi 5 tirsakdan chiqdi. So‘ngra o‘sha odam asosiy xonani o‘lchadi. Xonaning uzunligi 40 tirsak, eni 20 tirsak chiqdi.
3. Keyin u asosiy xonadan Ma’badning ichkari xonasiga kirib, ichkari xona eshigining yon devorlarini o‘lchadi. Yon devorlarning qalinligi 2 tirsak chiqdi. Ostonaning eni 6 tirsak, ostona ikki yon devorlarining uzunligi esa 7 tirsakdan chiqdi.
4. O‘sha odam ichki xonani ham o‘lchadi. Ichki xonaning uzunligi bilan eni bir xil — 20 tirsakdan chiqdi. U menga: “Bu Eng muqaddas xona”, deb tushuntirdi.
5. So‘ng o‘sha odam Ma’bad devorini o‘lchadi. Devorning eni 6 tirsak chiqdi. Ma’badning tashqi devorga taqab yon xonalar qurilgan edi. Xonalarning uzunligi 7 tirsak edi.
6. Xonalar uch qavat qilib qurilgan bo‘lib, har bir qavatda o‘ttiztadan xona bor edi. Ma’badning devorlari uch pog‘onali zina shaklida bo‘lib, xonalarga tayanch bo‘lib xizmat qilar edi. Shu sababdan Ma’bad devorlarining o‘zi butun edi.
7. Ma’bad devorining quyi qismi yuqori qismiga qaraganda qalinroq bo‘lgani uchun tepadagi xonalar kengroq edi. Zinapoya orqali pastki qavatdan ikkinchi qavatga, so‘ng uchinchi qavatga chiqilar edi.
8. Men Ma’bad atrofida balandligi 6 tirsak bo‘lgan poydevor borligini ham ko‘rdim. Yon xonalar mana shu poydevor ustiga qurilgan edi.
9. Yon xonalarning tashqi devori 5 tirsak qalinlikda edi. Yon xonalar va
10. ichki hovlining devori bo‘ylab qurilgan hujralar orasidagi masofa 20 tirsak edi. Ma’badning aylanasi hovli edi.
11. Yon xonalarga ikkita eshik orqali kirilar edi. Bir eshik shimol tomonda, boshqasi janub tomonda joylashgan edi. Yon xonalar tevaragida bo‘sh qolgan joyning eni 5 tirsak edi.
12. Ma’bad hovlisining g‘arb tomonida katta bir imorat bor edi. Imoratning eni 70 tirsak, uzunligi 90 tirsak, devorlarning qalinligi 5 tirsak edi.
13. O‘sha odam Ma’badning uzunligini o‘lchadi. Ma’badning uzunligi 100 tirsak chiqdi. So‘ng u Ma’badning orqa devoridan g‘arbdagi imoratning orqa devorigacha bo‘lgan masofani o‘lchadi, masofa 100 tirsak chiqdi.
14. Ma’badning old tomonidagi, ya’ni sharq tomondagi hovlining eni ham 100 tirsak chiqdi.
15. So‘ngra u odam hovlining g‘arbida joylashgan imoratning uzunligini o‘lchadi. Imorat va uning ikki yon tomondagi xonalarning uzunligi 100 tirsak chiqdi. Ma’badning ayvoni, Muqaddas xonasi va Eng muqaddas xonasi
16. yerdan derazalargacha yog‘och bilan qoplangan edi. Ma’badning ostonalari, panjarali derazalari va yon xonalari yog‘och bilan pardoz qilingan edi.
17. Eng muqaddas xonaga olib kiradigan eshikning ustki qismi ham yog‘och bilan qoplangan edi.
18. Hamma devorlarga karublarning suratlari o‘yilgan edi. Karublarning orasiga palma daraxtining suratlari ham o‘yilgandi. Har bir karubning ikkitadan yuzi bor edi.
19. Karubning inson yuziga o‘xshagan yuzi bir tomondagi palma daraxtiga, sher yuziga o‘xshagan boshqa bir yuzi boshqa tomondagi palma daraxtiga qaratilgan edi. Bunday suratlar Ma’badning ichki devorining gir aylanasiga,
20. yerdan eshikning tepasigacha o‘yilgan edi.
21. Asosiy xona eshigining kesakisi to‘rt burchak shaklida yasalgan edi. Muqaddas xonaning ro‘parasida
22. yog‘och qurbongohga o‘xshash bir narsa bor edi. Uning bo‘yi 3 tirsak, uzunligi va eni 2 tirsak edi. Burchaklari, asosi va yon tomonlari yog‘ochdan yasalgan edi. O‘sha odam menga shunday dedi: “Bu Egamiz huzurida turadigan xontaxtadir.”
23. Asosiy xonaning va Eng muqaddas xonaning eshiklari bor edi.
24. Eshiklarning har biri ikki tavaqali, yig‘ma edi.
25. Asosiy xona eshiklarining yuzasiga devordagiday karublar va palma daraxtlarining suratlari o‘yilgan edi. Ma’bad ayvonining oldi tomoniga yog‘och bostirma qurilgan edi.
26. Ayvonning panjarali derazalari bor edi. Ayvon devorlariga palma daraxtining suratlari o‘yilgan edi.
1. So‘ng o‘sha odam meni tashqi hovliga olib chiqib, Ma’badning shimolidagi bir qator xonalar oldiga olib bordi. Bu xonalar Ma’badning g‘arb tomondagi imoratga yaqin joylashgan edi.
2. Ularning umumiy uzunligi 100 tirsak, eni 50 tirsak edi, ularning eshigi shimol tomonga ochilardi.
3. Xonalar bir tomoni bilan eni 20 tirsak bo‘lgan ichki hovlining ochiq joyiga, ikkinchi tomoni bilan Ma’badning tosh yotqizilgan tashqi hovlisiga qarab turardi. Xonalar uch qavat qilib qurilgan edi.
4. Xonalarning ichki hovli tomonida bir keng yo‘lak bor edi. Bu yo‘lakning eni 10 tirsak, uzunligi 100 tirsak edi. Ammo xonalarning eshiklari shimol tomon ochilar edi.
5. Uchinchi qavatdagi xonalar, ikkinchi qavatdagilarga, ikkinchi qavatdagi xonalar esa birinchi qavatdagilarga qaraganda torroq edi. Shuning hisobiga yuqori qavatdagi ayvonlar kengroq edi.
6. Quyi qavatdagi xonalar yuqori qavatdagi xonalarga tayanch bo‘lib xizmat qilar edi. Shu sababdan bu inshoot qurilmasida Ma’badning boshqa binolaridan farqli ravishda ustunlardan foydalanilmagan.
7. Bu xonalarni tashqi hovlidan devor ajratib turar edi. Uzunligi 50 tirsak bo‘lgan bu devor tashqi hovlidagi hujralarning davomiga qurilgan edi.
8. Tashqi hovlidagi hujralarning uzunligi 50 tirsak, ichki hovlidagi bu xonalarning uzunligi esa 100 tirsak edi.
9. Bu xonalarga tashqi hovlidan kirish uchun sharqdagi kiraverishdan foydalanilgan.
10. Bu kiraverish hovlining devori boshlangan joyida edi. Janub tomonda ham ochiq joy va imorat ro‘parasida xonalar bor edi.
11. Bu xonalarning old tomonida yo‘lakchasi bor edi. Xonalarning hajmi, eshiklari, tuzilishi va kirish joylari shimol tomondagi xonalarniki bilan bir xil edi.
12. Bu xonalarga sharq tomondan o‘sha yo‘lakcha orqali kirilar edi. Yo‘lakning bir tomoni devor edi.
13. U odam menga shunday dedi: “Ma’badning shimol va janub tomoniga qurilgan bu xonalar muqaddasdir. Bu xonalarda Egamizning huzuriga kiradigan ruhoniylar eng muqaddas nazrlarni tanovul qiladilar. Don nazri, gunoh qurbonliklari va ayb qurbonliklari bu xonalarga qo‘yiladi, chunki bu xonalar muqaddasdir.
14. Ruhoniylar Ma’badda xizmat qilib bo‘lganlaridan keyin, muqaddas liboslarini bu xonalarda yechib, boshqa kiyim kiyib olishlari kerak. Shundan keyingina tashqi hovliga, odamlarning oldiga chiqishlari mumkin.
15. O‘sha odam Ma’bad hovlisidagi binolarni o‘lchab bo‘lgandan so‘ng, meni sharqiy darvoza orqali tashqariga olib chiqib, Ma’bad hovlisining atrofidagi devorni o‘lchay boshladi.
16. U chizg‘ichi bilan devorning sharq tomonini o‘lchadi, devorning uzunligi 500 tirsak chiqdi.
17. -
18. -
19. So‘ng devorning shimol, janub va g‘arb tomonlarini o‘lchadi. Devorning hamma tomonlari 500 tirsak uzunlikda edi.
20. Ma’bad hududi to‘rt burchak shaklda edi. Bu devor muqaddas joyni oddiy joydan ajratib turar edi.
1. O‘sha odam meni sharqiy darvoza oldiga olib bordi.
2. Birdaniga men sharq tomonda paydo bo‘lgan Isroil Xudosining ulug‘vorligini ko‘rdim. Xudoning ovozi shovullagan dengiz tovushiga o‘xshar edi. Uning ulug‘vorligidan zamin porlay boshladi.
3. Men ko‘rgan bu vahiy, Xudo Quddusni vayron qilish uchun kelganda va Kavor daryosi bo‘yida ko‘rgan vahiylarimga o‘xshab ketar edi. Men muk tushdim.
4. Egamizning ulug‘vorligi sharqiy darvoza orqali Ma’badga kirdi.
5. So‘ng Ruh meni oyoqqa turg‘izib, ichki hovliga olib kirdi. Egamizning ulug‘vorligi Ma’badni to‘ldirdi.
6. Ma’badni o‘lchagan odam yonimda bo‘lgan paytda, Ma’bad ichidan kimdir menga gapirdi.
7. O‘sha ovoz menga dedi: “Ey inson, bu joy Mening taxtimdir, oyog‘im ostidagi poyandozimdir. Men bu yerda, xalqim Isroil orasida abadiy yashayman. Ular va ularning shohlari endi Meni badnom qilishmaydi. Ular boshqa xudolarga ko‘ngil bog‘lashmaydi, o‘lgan shohlariga haykallar yasashmaydi.
8. Ular o‘z saroylarini muqaddas Ma’badimning yonginasiga qurishgan edi. Meni ulardan bittagina devor ajratib turar edi, xolos. Ular qilgan jirkanch ishlari bilan Meni badnom qilishdi. Shuning uchun Men g‘azablanib, ularni qirib tashladim.
9. Agar endi ular begona xudolardan voz kechib, shohlariga o‘rnatgan haykallarni yo‘q qilishsa, Men ularning orasida abadiy yashayman.
10. Ey inson, sen borib Isroil xalqiga Ma’badimni tasvirlab ber, ular Ma’badning loyihasi bilan tanishib chiqishsin. Qilgan gunohlaridan pushaymon bo‘lishsin.
11. Qilmishlaridan pushaymon bo‘lishganda sen ularga Ma’badning loyihasini: uning joylashish tartibini, kirish– chiqishlarini, tuzilishini, qonun–qoidalarini batafsil tushuntirib ber. Loyihaning chizmasini ularning oldida chizib, barcha qonun–qoidalarini yozib qo‘y, toki hammasiga rioya qilishsin.
12. Tog‘ cho‘qqisidagi Ma’bad joylashgan hudud muqaddas saqlansin. Bu Ma’badning asosiy qoidasi bo‘lsin.
13. Ma’baddagi qurbongohning o‘lchamlari uzun tirsak bo‘yicha bo‘lsin. Ya’ni har bir uzun tirsak bir tirsagu to‘rt enni tashkil qilib, o‘lchamlari quyidagicha bo‘lsin: qurbongoh atrofidagi ariqchaning chuqurligi 1 tirsak, eni ham 1 tirsak, ariqcha chetining balandligi 1 qarich.
14. -
15. 17Qurbongoh uch qismdan iborat bo‘lishi shart. Har bir qism to‘rt burchak shaklida bo‘lsin. Qurbongoh quyi qismining balandligi ariqchaning tubidan o‘lchaganda 2 tirsak, har bir tomonining uzunligi 16 tirsak bo‘lsin.
16. -
17. Ikkinchi qismining balandligi 4 tirsak, har bir tomonining uzunligi 14 tirsak bo‘lsin. Bu qismning aylanasiga tarnov qilinsin. Tarnovning eni yarim tirsak, tarnov chetining balandligi 1 tirsak bo‘lsin. Qurbongohning yuqori qismida qurbonliklar kuydiriladi. Bu qismning balandligi 4 tirsak, har bir tomonining uzunligi 12 tirsak bo‘lsin. Uning to‘rtala burchagidan shoxlar chiqib tursin. Qurbongohga sharq tomondan, zinapoyalar orqali chiqiladigan bo‘lsin.
18. Egamiz Rabbiy menga shunday dedi: “Ey inson, qurbonliklarni kuydirish va qon sepish uchun qurbongohni qurganingizdan keyin quyidagi koidalarga rioya qilinglar:
19. Mening huzurimda faqat Zodo‘x naslidan bo‘lgan leviruhoniylari xizmat qilishsin. Sen ularga gunoh qurbonligi uchun bir buqani ber”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
20. “Sen o‘sha buqaning qonidan olib, qurbongohning to‘rtta shoxiga, qurbongoh o‘rta qismining to‘rtala burchagiga va chetlarga surtib chiq. Shu yo‘sin sen qurbongohni poklab, muqaddas qilasan.
21. Buqaning jasadini esa Ma’baddan tashqariga, maxsus ajratilgan joyga olib chiqib kuydir.
22. Keyingi kuni gunoh qurbonligi sifatida nuqsonsiz takani keltir. Qurbongohni buqaning qoni bilan qanday poklagan bo‘lsang, takaning qoni bilan ham xuddi shunday pokla.
23. Qurbongohni poklaganingdan so‘ng, nuqsonsiz buqa va qo‘chqorni
24. Mening huzurimga keltir. Ruhoniylar bu jonivorlarning ustiga tuz sochib, ularni Menga atab qurbonlik qilib kuydirishsin.
25. Har kuni, yetti kun davomida bir takani gunoh qurbonligi qil. Bundan tashqari, bir buqa va bir qo‘chqorni qurbonlik uchun keltir. Jonivorlar nuqsonsiz bo‘lishi shart.
26. O‘sha yetti kun davomida ruhoniylar qurbongohni poklab, muqaddas qilishsin. Shunday qilib, uni Mening xizmatimga bag‘ishlasinlar.
27. Sakkizinchi kundan boshlab, ular har kuni o‘sha qurbongohda tinchlik va kuydiriladigan qurbonliklarini keltirishsin. Shunda Men sizlardan mamnun bo‘laman”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
1. O‘sha odam meni Ma’badning sharq tomonidagi tashqi darvoza binosi yoniga olib bordi. Biroq darvoza yopiq edi.
2. Egamiz menga shunday dedi: “Bu darvoza doim yopiq tursin, uni ocha ko‘rmanglar. Birorta odam bu darvozadan foydalanmasin. Men, Isroil xalqining Xudosi — Egangiz bu darvozadan kirganim uchun, u yopiqligicha qolsin.
3. Faqatgina hukmdoringiz shu darvoza binosining ichida o‘tirib, Mening huzurimda muqaddas taomni tanovul qilishi mumkin. Darvoza binosiga u dahliz orqali kirib, yana o‘sha yo‘l bilan chiqib ketadi.”
4. So‘ng o‘sha odam meni shimoliy darvoza orqali Ma’bad oldiga olib bordi. Vo ajabo! Egamizning ulug‘vorligi Ma’badni to‘ldirganini ko‘rdim! Men muk tushdim.
5. Egamiz menga dedi: “Ey inson, gaplarimni qulog‘ingga quyib ol. Men senga Ma’badimning qonun–qoidalarini tushuntiraman. Ma’badga kim kirishi mumkin–u, kim kirishi mumkin emasligini yaxshilab eslab qol.
6. Isyonkor Isroil xalqiga ayt: “Egamiz Rabbiy shunday demoqda: jirkanch ishlaringizni bas qilinglar!
7. Qurbonliklarning qoni va yog‘i Menga taqdim qilinayotgan paytda, sizlar yuragi va tanasi sunnat qilinmagan musofirlarni dargohimga olib kirib, Ma’badimni bulg‘adingiz. Jirkanch odatlaringiz bilan ahdimni buzdingiz.
8. Muqaddas nazrlarimga oid talablarimni bajarmay, musofirlarni Ma’badimdagi xizmatga tayinladingiz.”
9. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Yuragi va tanasi sunnat qilinmagan bironta musofir Ma’badimga kirmaydi. Bu Isroil xalqi orasida yashagan musofirlarga ham taalluqlidir.”
10. Isroil xalqi haq yo‘ldan ozganda, ba’zi bir levilar ham Mendan yuz o‘girib, butlarga sig‘ina boshlagan edilar. Buning uchun Men ularni jazosiz qoldirmayman.
11. Ular Ma’badimda xizmat qilaveradilar: darvozabonlar bo‘ladilar, Ma’bad ichida xizmat qiladilar. Kuydiriladigan va boshqa qurbonliklar uchun keltirilgan hayvonlarni so‘yadilar, Ma’badga kelgan odamlarga xizmat qiladilar.
12. Ammo ular butlarga sajda qilgan Isroil xalqiga xizmat qilib, xalqni gunohga botirganlari uchun, Men, Egangiz Rabbiy, qasam ichib aytamanki, ular o‘z jazosini tortadilar.
13. Men ularni ruhoniylikdan chetlashtiraman. Ular endi na huzurimga kiradilar, na muqaddas narsalarimga, na eng muqaddas nazrlarimga qo‘l tekkizadilar. Jirkanch odatlari uchun tortadigan jazosi shu bo‘ladi, ular isnodga qoladilar.
14. Shunga qaramay, Ma’baddagi hamma yumushlarni bajaraveradilar.
15. Isroil xalqi Mendan yuz o‘girganda, Zodo‘x naslidan bo‘lgan levi ruhoniylari Ma’badimdagi xizmatlarini sadoqat bilan bajarib keldilar. Shunday ekan, ular doimo Mening xizmatimda bo‘ladilar. Huzurimda turib, qurbonliklarning qonini va yog‘ini Menga taqdim qiladilar”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
16. “Ma’badimga kiradigan, dasturxonim yoniga borib, Menga xizmat qiladigan o‘shalardir. Ular Mening talablarimni bajarishlari shart.
17. Ular Ma’badning ichki hovlisiga kirganlarida egnilariga zig‘ir matosidan tikilgan liboslarni kiyib olishsin. Ma’bad ichkarisida yoki ichki hovlida xizmat qilganlarida ustilarida bironta junli kiyim bo‘lmasin.
18. Boshlariga zig‘ir salla o‘rab, ichlaridan zig‘ir ishton kiyib olishsin. Terlatadigan birorta kiyim kiyishmasin.
19. Tashqi hovliga, xaloyiq oldiga chiqishlaridan oldin xizmat vaqtida kiygan kiyimlarini yechib, muqaddas hujralarda qoldirishsin. Ustilariga boshqa kiyimlarni kiyib olishsin, toki muqaddas kiyimlarda xaloyiq oldiga chiqib, odamlarga shikast yetkazishmasin.
20. Ruhoniylar sochlarini o‘z vaqtida kaltalatib turishsin. Soch qirdirish va soch o‘stirish ularga man etilgan.
21. Ichki hovliga kirishlaridan oldin sharob ichishmasin.
22. Beva yoki eridan ajrashgan ayolga uylanishmasin. O‘z nikohiga faqat Isroil xalqidan bo‘lgan bokira qizni yoki boshqa ruhoniyning bevasini olishsin.
23. Xalqimga muqaddas va oddiy narsaning farqini, halol bilan haromning farqini o‘rgatishsin.
24. Xalqimga qozi bo‘lishsin, arzlarni qonunlarimga muvofiq hal etishsin. Men tayin etgan bayramlarga oid qonun va farmonlarimga rioya qilishsin. Shabbat kunini muqaddas saqlashsin.
25. Marhumga yaqinlashib bulg‘anmasin. Vafot etgan odam ruhoniyning otasi, onasi, farzandi, aka–ukasi yoki turmush qurmagan opa–singlisi bo‘lsagina, ruhoniy marhumga yaqinlashib, bulg‘anishi mumkin.
26. Bunday hollarda u poklanish marosimini ado etishi shart. Yetti kundan keyin
27. Ma’badning ichki hovlisiga kirib, poklanish qurbonligini keltirsin. Shundan keyingina u Ma’badda yana xizmat qila oladi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
28. “Ruhoniylarga Isroil xalqi orasidan hech qanday ulush berilmasin. Ularning mulki ham, ulushi ham Menman.
29. Don nazri, gunoh va ayb qurbonliklari ularning rizqidir. Isroil xalqi Menga atagan har bir narsa ruhoniylarga tegishli bo‘lsin.
30. Ilk hosilning va hamma nazrlarning eng yaxshisi ruhoniylarniki bo‘lsin. Xamirning birinchi zuvalasidan yopilgan nonni ruhoniylarga nazr qilib beringlar, shunda Xudoning barakasi xonadoningizdan arimaydi.
31. Harom o‘lgan yoki yovvoyi hayvon g‘ajigan jonivorning go‘shtini tanovul qilish ruhoniylarga taqiqlangan.
1. Isroil qabilalariga yerni bo‘lib berayotganingizda, Egamizga tegishli qismini ham ajratib qo‘yinglar. Egamizga ajratilgan hududning uzunligi 25.000 tirsak, eni 20.000 tirsak bo‘lsin. Butun hudud tabarruk hisoblansin.
2. Hududning 500 tirsakka 500 tirsak bo‘lgan to‘rtburchak yeri Ma’bad uchun ajratiladi. Uning atrofi 50 tirsak masofada ochiq joy bo‘ladi.
3. Tabarruk hududning yarmi ruhoniylarniki bo‘ladi. Uzunligi 25.000 tirsak, eni 10.000 tirsak bo‘lgan hududning
4. bu qismida ruhoniylarning uylari va Ma’bad joylashadi. Bu eng muqaddas joy bo‘ladi.
5. Tabarruk hududning ikkinchi yarmi Ma’baddagi yumushlarni bajarayotgan levilarga qarashli bo‘ladi. Ular yashaydigan shaharlar shu yerda joylashadi.
6. Tabarruk hududning yoniga uzunligi 25.000 tirsak, eni 5.000 tirsak bo‘lgan joyni qo‘shinglar. Bu yerda shahar joylashadi. Isroil xalqidan bo‘lgan har qanday odam kelib, bu shaharda yashasa bo‘ladi.
7. Taxtda o‘tirgan hukmdorga alohida yer berilsin. Unga beriladigan yerning bir qismi tabarruk hududning g‘arbiy chegarasidan O‘rta yer dengizigacha cho‘zilsin. Ikkinchi qismi tabarruk hududning sharqiy chegarasidan Iordan daryosigacha cho‘zilsin. Demak, hukmdorga qarashli yerning uzunligi Isroil qabilalariga ajratilgan yerning uzunligi bilan bir xil bo‘ladi.
8. Bu hukmdorning ulushidir. Bundan buyon hukmdorlar xalqimga zulm o‘tkazmaydilar, Isroil qabilalari o‘z yerlariga o‘zlari egalik qiladilar.
9. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Ey Isroil hukmdorlari, zo‘ravonligu zulmingizni bas qiling! Adolatu to‘g‘rilik ila ish tuting. Xalqimni o‘z yeridan mahrum qilmang.” Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.
10. “Doim to‘g‘ri o‘lchovni va to‘g‘ri tarozini ishlating:
11. Sochiluvchan quruq narsalarni o‘lchash uchun tog‘orani ishlating, suyuq narsalarni o‘lchash uchun ko‘zani ishlating. Tog‘ora va ko‘zaning hajmi bir xil bo‘lsin. Tog‘ora ham, ko‘za ham xo‘mrning o‘ndan bir qismini sig‘dirsin.
12. Og‘irlik birligi sifatida kumush shaqalni ishlating. Bir shaqal yigirma geraga, oltmish shaqal bir minaga to‘g‘ri kelsin.
13. Hukmdorga quyidagi miqdorda soliq to‘lansin: Bug‘doy hosilining oltmishdan bir qismi, Arpa hosilinining oltmishdan bir qismi,
14. Zaytun moyining bir foizi (Zaytunmoyini ko‘zalarda o‘lchanglar. O‘nta ko‘za — bir xo‘mrga yoki bir korga to‘g‘ri keladi),
15. Suruvdagi ikki yuzta qo‘ydan biri. Bular don nazri, quydiriladigan va tinchlik qurbonliklari sifatida xalqni gunohlaridan poklash uchun keltiriladi, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
16. Butun Isroil xalqi bu nazrlarni hukmdorga berishi lozim.
17. Hukmdor yangi oy shodiyonasida, Shabbat va boshqa bayramlarda keltiriladigan qurbonliklaru nazrlar uchun hayvonlarni, don va sharobni ta’minlab berishi shart. Isroil xalqini gunohlaridan poklash uchun keltiriladigan gunoh, tinchlik va kuydiriladigan qurbonliklar hamda don nazri uchun hukmdor mas’uldir.”
18. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Birinchi oyning birinchi kunida, nuqsonsiz bir buqani qurbonlik qilib, Ma’badni pokla.
19. Ruhoniy bu gunoh qurbonligining qonidan olib, Ma’bad eshiklarining kesakisiga, qurbongohning to‘rt burchagiga va ichki hovli darvozalarining yondorlariga surtsin.
20. Birinchi oyning yettinchi kuni ham xuddi shunday qilsin va shu yo‘l bilan xalqning bilmay qilgan gunohlarini yuvsin. Shunda Ma’bad pok bo‘ladi.
21. Birinchi oyning o‘n to‘rtinchi kunidan boshlab Fisih ziyofati va yetti kun davomida Xamirturushsiz non bayramini nishonlanglar. O‘sha vaqt davomida xamirturushsiz nonlar yenglar.
22. Bayramning birinchi kunida hukmdor o‘zining va butun xalqning gunohlari uchun bir buqani gunoh qurbonligi qilib, olib kelsin.
23. U bayramning yetti kuni davomida Egamizga kuydiriladigan qurbonlik uchun har kuni yettitadan buqa va yettitadan nuqsonsiz qo‘chqor yetkazib bersin. Bundan tashqari, har kuni gunoh qurbonligi uchun bittadan taka bersin.
24. Qurbonlik qilinadigan har bir buqa va har bir qo‘chqor bilan birga bir tog‘ora don va sakkiz kosa zaytun moyini bersin.
25. Yettinchi oyning o‘n beshinchi kunida boshlanadigan Chayla bayrami uchun ham, yetti kun davomida keltiriladigan gunoh qurbonliklari, kuydiriladigan qurbonliklar, don va zaytun nazrlarini yetkazib tursin.
1. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Ichki hovlining sharqiy darvozasi haftaning olti kuni davomida yopiq tursin, Shabbat kuni va yangi oy shodiyonasi kuni ochilsin.
2. Hukmdor tashqi hovlidan bu darvoza binosining dahliziga kirib, dahlizning eshigida tursin. Ruhoniy kuydiriladigan va tinchlik qurbonliklarini keltirayotganda hukmdor dahliz ostonasida turib, Xudoga sajda qilsin. So‘ng kelgan yo‘li bilan chiqib ketsin. Darvoza kechgacha ochiq tursin.
3. Har Shabbat va yangi oy shodiyonasi kuni Isroil xalqi bu darvoza oldida turib, Egangizga sajda qilsin.
4. Har Shabbat kuni hukmdor kuydiriladigan qurbonlik uchun oltita nuqsonsiz qo‘zini va bitta nuqsonsiz qo‘chqorni Egangizga atab, olib kelsin.
5. Qo‘chqor bilan birga bir tog‘ora donni nazr qilsin. Qurbonlik qilinadigan har bir qo‘zi bilan birga xohlagan miqdorda don nazr qilsin. Har bir tog‘ora don bilan birga sakkiz kosa zaytun moyini nazr qilsin.
6. Yangi oy shodiyonasi kuni bitta nuqsonsiz buzoq, oltita nuqsonsiz qo‘zini va bitta nuqsonsiz qo‘chqorni olib kelsin.
7. Menga atalgan har bir buzoq va qo‘chqor bilan birga bir tog‘oradan don nazr qilsin. Qo‘zilar bilan birga esa xohlagan miqdorda don nazr qilsin. Har bir tog‘ora don bilan birga sakkiz kosa zaytunmoyini nazr qilsin.
8. Hukmdor ichkariga kirganda, darvoza binosining dahlizi orqali kirsin va yana o‘sha yo‘l bilan qaytib chiqsin.
9. Belgilangan bayramlarda odamlar Egangizga sajda qilgani keladilar. Shunda ular bir darvozadan kirib, qarshisidagi darvozadan chiqib ketishlari shart. Ma’bad hovlisiga shimoliy darvozadan kirganlar janubiy darvoza orqali chiqishsin. Janubiy darvozadan kirganlar shimoliy darvozadan chiqishsin.
10. Hukmdor xalq bilan birga kirib, xalq bilan birga chiqib ketsin.
11. Shunday qilib, bayramlarda va belgilangan tantanalarda qurbonlik qilinadigan har bir buzoq va qo‘chqor bilan birga bir tog‘oradan don nazr qilinadi. Qurbonlik qilinadigan qo‘zilar bilan birga xohlagan miqdorda don nazr qilinishi mumkin. Har bir tog‘ora don bilan birga sakkiz kosa zaytun moyi nazr qilinadi.
12. Hukmdor ko‘ngildan chiqarib beradigan tinchlik yoki kuydiriladigan qurbonlikni keltirmoqchi bo‘lganda, uning uchun ichki hovlining sharqiy darvozasi ochilsin. U bu qurbonliklarini Shabbat kunida keltiradigan qurbonliklarga o‘xshab taqdim qilsin, darvoza binosidan chiqib ketganidan so‘ng darvoza bekitilsin.
13. Har kuni ertalab nuqsonsiz bir yoshli qo‘zini Egangizga qurbonlik qilib, kuydiringlar.
14. Bu bilan birga har kuni ertalab don nazrini keltiringlar. Don nazri quyidagilardan iborat bo‘lsin: olti kosa sifatli un va bu unni namlash uchun uch kosa zaytun moyi. Kundalik qurbonlik va nazrlarga oid bu qoidaga doimiy ravishda rioya qilinglar.
15. Xullas, har kuni ertalab Egangizga qo‘zini, donni va zaytun moyini kuydiriladigan qurbonlik qilish uchun olib kelinglar. Bu sizlar uchun abadiy qoida bo‘lsin.”
16. EgamizRabbiy shunday demoqda: “Agar hukmdor biror o‘g‘liga yerini sovg‘a qilsa, sovg‘a qilingan yer o‘sha o‘g‘lining abadiy merosi bo‘lib qoladi.
17. Bordi–yu, hukmdor yerini biror xizmatkoriga sovg‘a qilsa, xizmatkor sovg‘a qilingan yerga Qutlug‘ yiligacha egalik qila oladi. Qutlug‘ yilida yer hukmdorga qaytadi. Hukmdor yerlarini faqatgina o‘z o‘g‘illariga meros qilib berishi mumkin.
18. Boshqa odamlarning yerlarini tortib olish unga taqiqlanadi. U o‘g‘illariga faqat o‘zining qaramog‘ida bo‘lgan yerlardan meros bersin, xalqimni o‘z yeridan mahrum qilmasin.
19. So‘ng odam meni darvoza yonidagi yo‘l orqali, shimol tomondagi ruhoniylarning muqaddas xonalari oldiga boshlab bordi. O‘sha yerdan u menga g‘arbdagi, eng chetdagi bir joyni ko‘rsatib,
20. dedi: “Anavi — oshxona. Ruhoniylar bu yerda ayb va gunoh qurbonliklarining go‘shtini qaynatadilar, nazr qilingan donning unidan non yopadilar. Bu muqaddas nazrlarni tashqi hovliga olib chiqmaslik uchun va shu orqali odamlarga shikast yetkazmaslik uchun oshxona aynan shu yerda joylashgan.”
21. So‘ng u meni yana tashqi hovliga olib chiqib, hovlining to‘rtta burchagida joylashgan oshxonalarni ko‘rsatdi.
22. Usti ochiq bu to‘rttala oshxona bir xil: uzunligi 40 tirsak, eni 30 tirsak edi.
23. Oshxona devorlari bo‘ylab o‘choqlar qurilgan edi.
24. Odam menga shunday dedi: “Bu oshxonalar Ma’badda xizmat qiladiganlar uchun mo‘ljallangan. Ular bu yerda odamlar keltirgan qurbonliklarni qaynatadilar.”
1. O‘sha odam meni Ma’badning eshigi yoniga olib bordi. Qarasam, Ma’bad ostonasidan bir irmoq oqib chiqayotgan ekan. Ostonaning janub tomonidan chiqqan bu irmoq qurbongohning janubidan o‘tib, sharqqa oqayotgan edi.
2. So‘ng o‘sha odam meni shimoliy darvoza orqali tashqariga olib chiqdi. Biz aylanib, Ma’badning sharqiy darvozasi yoniga bordik. Irmoq sharqiy darvozaning janub tomonidan jildirab oqib chiqayotgan edi.
3. O‘sha odam qo‘lidagi arqon bilan sharq tomonga oqayotgan bu irmoqning uzunligini o‘lchay boshladi. U 1.000 tirsak o‘lchab bo‘lganidan so‘ng, irmoqdan kechib o‘tishimni buyurdi. O‘sha yerdagi suv to‘pig‘imgacha kelar edi.
4. So‘ng yana 1.000 tirsak o‘lchab, irmoqdan kechib o‘tishimni buyurdi. Bu safar suv tizzamgacha chiqqan edi. Keyingi 1.000 tirsak masofadan so‘ng suv belimgacha chiqdi.
5. So‘ng u odam yana 1.000 tirsak o‘lchadi, bu yerda irmoq o‘tib bo‘lmaydigan bir daryoga aylangan edi. U shu qadar chuqur ediki, uni faqat suzib o‘tsa bo‘lar edi.
6. Shunda u odam menga: “Ey inson, ko‘rgan bu narsani doim yodingda tut”, — dedi–da, meni qirg‘oqqa boshlab ketdi.
7. Qirg‘oqqa chiqqanimizdan so‘ng, men daryoning ikki tomonida o‘sayotgan juda ko‘p daraxtlarni ko‘rdim.
8. Odam menga dedi: “Bu daryo sahro orqali Iordan vodiysiga oqib, O‘lik dengizga quyiladi. Shunda O‘lik dengizning sho‘r suvlari shirin bo‘ladi.
9. Daryo oqib borgan hamma joyda sudraluvchilar yashaydi, baliqlar to‘lib– toshadi. Shirin bo‘lgan bu suvlar oqib o‘tgan hamma joyda hayot boshlanadi.
10. Odamlar O‘lik dengizning qirg‘oqlarida turib baliq tutishadi, En– Kaydidan En–Exlayimgacha bo‘lgan joyda to‘rlarini quritishadi. O‘rta yer dengizidagi kabi baliqlarning turi ko‘p bo‘ladi.
11. Biroq botqoqliklar bilan xalqoblarning suvlari yangilanmaydi. Ular tuz manbayi bo‘lib qoladi.
12. Daryoning ikki tomonida turli xil mevali daraxtlar o‘sadi. Ular har oyda yangi mevalar tugadi, barglari hech qachon so‘limaydi. Ma’baddan chiqqan suv ularni sug‘organi uchun ular hech qachon hosildan qolmaydi. Ularning mevalari ozuqa bo‘ladi, barglari shifo keltiradi.
13. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Yurtni Isroilning o‘n ikki qabilasiga bo‘lib berayotganingizda quyidagi ko‘rsatmalarga rioya qilinglar: Yusuf qabilasiga ikki ulush yer berilsin.
14. Men ota–bobolaringizga ont ichib, va’da qilgan bu yerni qabilalar orasida teng bo‘linglar. Bu yer sizning mulkingiz bo‘ladi.
15. Shimoliy chegarangiz O‘rta yer dengizidan boshlanib, sharqqa Xetlon shahri tomon boradi, so‘ng Levo–Xomat orqali o‘tib, Zadod shahrigacha davom etadi.
16. Keyin Damashq va Xomat oralig‘idagi Baro‘tax va Sivrayim shaharlarigacha borib, Xavron chegarasidagi Xazer–Xatikongacha cho‘ziladi.
17. Shunday qilib, shimoliy chegarangiz O‘rta yer dengizidan sharqdagi Xazor–Enan shahrigacha boradi. Xazor–Enan shahri janubdagi Damashq va shimoldagi Xomat hududlari orasida joylashgan.
18. Sharqiy chegara Xavron va Damashq hududlari orasida boshlanib, Isroil va Gilad yerlari o‘rtasidan oqqib o‘tgan Iordan daryosi bo‘ylab boradi. O‘lik dengizdan ham o‘tib, janubdagi Tamar shahrigacha yetib boradi. Mana shu sharqiy chegaradir.
19. Janubiy chegara Tamar shahrida boshlanib, Kadeshdagi Mariva suvlarigacha boradi, keyin Misr soyligi bo‘ylab borib, O‘rta yer dengizigacha yetadi. Bu janubiy chegaradir.
20. O‘rta yer dengizining qirg‘og‘i g‘arbiy chegarani tashkil qilib, Levo–Xomatning g‘arbdagi shimoliy chegara boshlangan joygacha boradi.
21. Bu yerlarni Isroil qabilalariga bo‘lib beringlar.
22. Uni qur’a bo‘yicha meros qilib olinglar. Bolalari Isroilda tug‘ilgan orangizdagi musofirlarga ham yeringizdan ulush beringlar. Ularni Isroilning mahalliy aholisi deb bilinglar. Ularga o‘zingiz qatori Isroil qabilalari orasidan yerni mulk qilib beringlar.
23. Ular qaysi qabila orasida yashashsa, o‘sha qabila hududidan yer olishsin”, deb aytmoqda Egangiz Rabbiy.
1. Quyida Isroil qabilalarining nomlari va ularning ulush qilib olgan yerlari qayd etilgan. Dan qabilasining hududi Isroil yurtining shimolida joylashgan. Uning chegarasi Xetlon yo‘li bo‘ylab Levo–Xomatga, so‘ng Xazor–Enanga boradi. Xazor–Enan shahri janubdagi Damashq va shimoldagi Xomat hududlari orasida joylashgan. Dan qabilasining hududi Isroil yurtining g‘arbiy chegarasidan sharqiy chegarasigacha cho‘ziladi.
2. Dan hududidan janubda Asher qabilasi joylashadi, uning hududi ham Isroil yurtining g‘arbiy chegarasidan sharqiy chegarasigacha cho‘ziladi.
3. Asher hududidan janubda Naftali qabilasi joylashadi, ularning hududi ham g‘arbdan sharqqacha cho‘ziladi.
4. Naftalidan janubda Manashe qabilasi,
5. Manashedan janubda Efrayim,
6. so‘ng Ruben,
7. so‘ng Yahudo qabilalari joylashadi. Hamma qabilalarning hududlari Isroil yurtining g‘arbiy chegarasidan sharqiy chegarasigacha cho‘ziladi.
8. Yahudo hududidan janubda maxsus ajratilgan yer bo‘ladi. Bu yerning uzunligi har bir qabilaga ajratilgan yerning uzunligi bilan teng, Isroil yurtining g‘arbiy chegarasidan sharqiy chegarasigacha bo‘ladi. Eni esa 25.000 tirsak bo‘ladi. Bu maxsus ajratilgan yerning o‘rtasida Ma’bad joylashadi.
9. Menga ajratilgan bu hududning uzunligi 25.000 tirsak, eni 20.000 tirsak bo‘ladi.
10. Men, Egangiz, muqaddas yerimning yarmini ruhoniylarga beraman. Ularga ajratilgan yerning shimol tomonidagi uzunligi 25.000 tirsak, g‘arb tomondagi eni 10.000 tirsak, sharq tomondagi eni 10.000 tirsak va janub tomondagi uzunligi 25.000 tirsak bo‘ladi. Ruhoniylarga ajratilgan yerning markazida Mening Ma’badim joylashadi.
11. Bu yer faqat Zodo‘x avlodidan tayinlangan ruhoniylarga tegishli bo‘ladi, chunki ular Mening talablarimni bajardilar. Isroil xalqi va boshqa levilar Mendan yuz o‘girganlarida ular Mendan yuz o‘girmadilar.
12. Menga ajratilgan hududning eng muqaddas joyi ruhoniylarning maxsus ulushi bo‘ladi. Ruhoniylarning bu yeri levilarning yerlariga tutashgan bo‘ladi.
13. Men muqaddas yerimning ikkinchi yarmini levilarga beraman. Ularga beradigan yerning uzunligi 25.000 tirsak, eni 10.000 tirsak bo‘ladi. Ruhoniy va levilarga beradigan yerning umumiy uzunligi 25.000 tirsak, eni 20.000 tirsak bo‘ladi.
14. Bu yerni sotish, ayirboshlash yoki birovning nomiga o‘tkazish qat’iyan man etiladi. Axir, bu yer Meniki, u muqaddasdir.
15. Menga ajratilgan yerdan janubda shaharga qarashli yerlar bo‘ladi. Uzunligi 25.000 tirsak, eni 5.000 tirsak bo‘lgan bu yerlarda odamlarning uylari va yaylovlari bo‘ladi. Shahar o‘sha yerning markazida joylashadi.
16. Shaharning eni va uzunligi bir xil 4.500 tirsak bo‘ladi.
17. Shahar har tomondan eni 250 tirsak bo‘lgan yaylovlar bilan o‘ralgan bo‘ladi.
18. Shahardan ortib qolgan g‘arbdagi va sharqdagi 10.000 tirsakka 5.000 tirsak bo‘lgan yer dalalar uchun mo‘ljallangan. U yerda shahardagi ishchilar uchun ozuqa yetishtiriladi.
19. Shaharda yashaydigan har qanday odam, qaysi qabiladan bo‘lmasin, o‘sha dalalarga ekin ekishi mumkin.
20. Demak, maxsus ajratilgan yer to‘rtburchak shaklda, har bir tomoni 25.000 tirsak uzunlikda bo‘ladi. Bu yer muqaddas yerlarni va shahar qaramog‘idagi yerlarni o‘z ichiga oladi.
21. Maxsus ajratilgan yerning g‘arb va sharq tomonidagi ortgan yerlar Isroil hukmdoriga qarashli bo‘ladi. Hukmdorning sharqdagi yerlari Iordan daryosiga, g‘arbdagi yerlari O‘rta yer dengiziga borib taqaladi. G‘arbdagi yerning ham, sharqdagi yerning ham uzunligi 25.000 tirsak bo‘ladi. Ularning o‘rtasida Mening muqaddas ulushim, Ma’badim,
22. Levilarning ulushi va Quddus shahri joylashadi. Hukmdorning yerlari shimolda Yahudo qabilasining yerlariga, janubda Benyamin qabilasining yerlariga chegaradosh bo‘ladi.
23. Qolgan qabilalarga quyidagi yerlar ulush qilib beriladi: maxsus ajratilgan yerdan janubda Benyamin qabilasining hududi bo‘lib, Isroil yurtining sharqiy chegarasidan g‘arbiy chegarasigacha cho‘ziladi.
24. Benyamin hududidan janubda Shimo‘n qabilasining hududi bo‘lib, yurtning sharqiy chegarasidan g‘arbiy chegarasigacha cho‘ziladi.
25. Shimo‘n hududidan janubda Issaxor qabilasining hududi bo‘lib, sharqiy chegaradan g‘arbiy chegaragacha cho‘ziladi.
26. Issaxor hududidan janubda Zabulun qabilasining hududi bo‘lib, sharqiy chegaradan g‘arbiy chegaragacha cho‘ziladi.
27. Zabulun hududidan janubda Gad qabilasining hududi bo‘lib, sharqiy chegaradan g‘arbiy chegaragacha cho‘ziladi.
28. Gad hududining janubiy chegarasi Tamar shahridan to Kadeshdagi Mariva suvlarigacha boradi, keyin Misr soyligi bo‘ylab o‘tib, O‘rta yer dengizigacha yetadi.
29. Shunday qilib, Isroil yurti o‘n ikki qabilaga bo‘lib beriladi, olgan yerlari ularning ulushi bo‘ladi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
30. Shaharning darvozalari quyidagicha bo‘lsin: shaharning shimoliy devori 4.500 tirsak uzunlikda bo‘lib,
31. uning uchta darvozasi bo‘ladi. Shahar darvozalariga Isroil qabilalarining nomlari beriladi. Bu tomondagi darvozalarning nomlari Ruben, Yahudo va Levi bo‘ladi.
32. Sharqiy devorning uzunligi ham 4.500 tirsak bo‘ladi, uning uchta darvozasi Yusuf, Benyamin va Dan qabilalari nomlari bilan nomlanadi.
33. Janubiy devorning uzunligi ham 4.500 tirsak bo‘ladi, uning uchta darvozasi Shimo‘n, Issaxor va Zabulun, deb nomlanadi.
34. G‘arbiy devorning uzunligi ham 4.500 tirsak bo‘ladi, uning uchta darvozasi Gad, Osher va Naftali deb nomlanadi.
35. Shaharni o‘rab turgan devorning umumiy uzunligi 18.000 tirsak bo‘ladi. O‘sha vaqtdan boshlab shaharning nomi “Egamiz shu yerdadir” bo‘ladi.



YouTube kanaliga xush kelibsiz!




► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)


Muqaddas Kitob



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак