Muqaddas Kitob
Xo‘sheya
1. Yahudo yurtida shohlar Uzziyo, Yo‘tom, Oxoz va Hizqiyo hukmronlik qilgan davrlarda Isroil taxtida Yo‘sh o‘g‘li Yorubom o‘tirgan edi. O‘sha vaqt mobaynida Beri o‘g‘li Xo‘sheyaga Egamiz O‘z so‘zlarini ayon qildi.
2. Egamiz dastlab Xo‘sheya orqali gapirishni boshlaganda, unga shunday degan edi: “Borib fohisha ayolga uylan, u senga begona erkaklardan orttirgan farzandlar tug‘ib beradi. Zotan, Mening xalqim ham fohishaga o‘xshaydi. Ular Menga bevafolik qilib, begona xudolarga sajda qilishmoqda.”
3. Xo‘sheya Diblayim qizi Go‘meraga uylandi. Go‘mera homilador bo‘lib, Xo‘sheyaga o‘g‘il tug‘ib berdi.
4. Egamiz Xo‘sheyaga dedi: “O‘g‘lingning ismini Yizril qo‘y. Chunki ko‘p o‘tmay Men Yohu xonadonini Yizril vodiysida qon to‘kkani uchun jazolayman. Isroil shohligini yo‘q qilaman.
5. O‘sha kuni Men Yizril vodiysida Isroilning kamonu o‘qlarini sindiraman.”
6. Go‘mera yana homilador bo‘lib, qiz tug‘di. Egamiz Xo‘sheyaga dedi: “Qizingning ismini Lo‘ruxamo, ya’ni ‘Rahmdan bebahra’, deb qo‘y. Chunki bundan buyon Men Isroil xonadoniga rahm qilmayman, ularni kechirmayman.
7. Yahudo xonadoniga esa rahm qilaman. Men, Egasi Xudo, ularga najot beraman. Qilichu kamon, jang–jadal, otlaru chavandozlar bilan emas, O‘z qudratim bilan ularni qutqaraman.”
8. Go‘mera qizini ko‘krakdan chiqargach, yana homilador bo‘lib, o‘g‘il tug‘di.
9. Egamiz Xo‘sheyaga dedi: “O‘g‘lingning ismini Lo‘ami, ya’ni ‘Xalqim emas’, deb qo‘y. Chunki Isroil xalqi endi Mening xalqim emas, Men esa ularning Xudosi emasman.
10. Ammo shunday vaqtlar keladiki, Isroil xalqi dengizdagi qum kabi bo‘ladi, ularni na sanab, na o‘lchab bo‘ladi. Ularga: ‘Xalqim emas’, deb aytilgan bo‘lsa, kelajakda ular: ‘Barhayot Xudoning bolalari’, deb ataladi.
11. Yahudo va Isroil xalqlari qayta birlashadilar. Ular o‘zlariga bir yo‘lboshchi tanlaydilar. O‘z yurtida tup qo‘yib palak otadilar. Ha, Yizrilning kuni ulug‘ bir kun bo‘ladi.”

1. Egamiz shunday deydi: “Aka–ukalaringizni — Yomi, ya’ni ‘Mening xalqim’, opa–singillaringizni — Ruxamo, ya’ni ‘Rahmdan bahramand’, deb chaqiringlar.
2. Ey farzandlarim, Onangiz bilan da’volashing, Aybini yuziga soling. U endi xotin emas Menga, Men ham er emasdirman unga. Ayting, yuzidagi upa–eligini artib tashlasin, Egnidagi uyatsiz kiyimini yechib tashlasin. Bo‘ldi, fohishaligini bas qilsin.
3. Aks holda uning kiyimini O‘zim yechib tashlayman, Onasining qornidan tushganday qip–yalang‘och qilaman. Yerini bepusht sahroga aylantiraman, Uning yurtini qaqragan cho‘l qilaman. Tashnalikdan uni o‘ldiraman.
4. Bolalariga ham rahm qilmayman, O‘ynashlaridan orttirgan haromi ular.
5. Ha, ularning onasi fohishalik qilgan, Ularni tuqqan ayol sharmu hayoni yo‘qotgan. U dedi: ‘O‘ynashlarim oldiga ketdim. Nonu suvimni, junu zig‘ir matolarimni, Zaytun moyiyu sharobimni, Menga o‘shalar bergan.’
6. Shuning uchun yo‘lini tikanaklar bilan to‘saman, O‘tolmaydigan qilib devor quraman.
7. U o‘ynashlarining ketidan quvib yetolmaydi, Ularni izlab, topolmaydi. Keyin esa aytadi: ‘Birinchi erimning oldiga qaytib boray, Axir, o‘shandagi holim hozirgidan tuzukroq edi.’
8. Bug‘doyni, sharobu zaytunmoyini, Unga Men berganimni u bilmaydi. Baalga nazr qilgan kumushu oltinni Unga Men sovg‘a qilganimni anglamaydi.
9. Shuning uchun hosil paytida bug‘doyimni tortib olaman, Yig‘im–terim mavsumida sharobimni olib qo‘yaman. Badanini yopib turgan junu zig‘ir matolarimni qaytarib olaman.
10. Mana, endi uni yalang‘och qilaman, O‘ynashlarining oldiga chiqarib qo‘yaman, Qo‘limdan uni hech kim xalos qila olmaydi.
11. Men uning bazmlariga chek qo‘yaman. Yillik bayramlariyu yangi oy shodiyonalariga, Shabbatlari va barcha tayinlangan bayramlariga barham beraman.
12. ‘O‘ynashlarimning bergan to‘lovi’, deb o‘ylagan, Uzumzoru anjir bog‘larini buzib tashlayman, Hammasini to‘qayzor qilaman. Yovvoyi hayvonlar bog‘larini yo‘q qiladi.
13. U bayramlarda Baalga atab tutatqilar tutgani uchun, Uzugu taqinchoqlar bilan bezanib, O‘ynashlarining ketidan yurgani uchun, Meni esa tamom esidan chiqarib yuborgani uchun, Men uni jazolayman! — Egamizning kalomi shudir. —
14. Ko‘p o‘tmay Men uning ko‘nglini ovlayman, Uni sahroga olib borib, shirin so‘zlar aytaman.
15. O‘sha yerda uzumzorlarini qaytarib beraman, Kulfat soyligini umid eshigi qilaman. O‘sha yerda u Menga ergashadi, Yoshligida, Misrdan chiqqan chog‘ida ergashganday ortimdan yuradi.”
16. Egamiz shunday demoqda: “Ey Isroil xalqi, o‘sha kuni sen Meni ‘Erim’, deb chaqirasan, hech qachon ‘Baalim’ demaysan.
17. Baalning nomini qayta tilingga olmaydigan qilaman.
18. O‘sha kuni yovvoyi hayvonlar, osmondagi qushlar va yerda sudraluvchi maxluqlar bilan ahd tuzaman, ular senga zarar yetkazmaydi. Yurtdagi barcha qamonu qilichlarni, hamma jang qurollarini yo‘q qilaman. Sen tinch, bexatar yashaysan.
19. Men seni O‘zimga abadiy nikohlab olaman. Senga nisbatan adolatli va odil bo‘laman. Seni doim sevaman, mehr– shafqat ko‘rsataman.
20. Senga vafo qilaman, sen Meni Egang, deb bilasan.”
21. Egamiz demoqda: “O‘sha kuni Men xalqimning iltijolariga javob beraman, Men osmonga amr qilaman, Osmon yerga yomg‘ir yog‘diradi.
22. Yer bug‘doy, uzum, zaytun yetishtiradi, Ular esa hayot bag‘ishlaydi Yizrilga — ‘Xudo ekkan’ deb atalgan Mening xalqimga.
23. Ha, Men Yizrilni O‘zim uchun bu yurtga o‘tqazaman. ‘Rahmdan bebahra’ — Lo‘ruxamoga rahm qilaman, ‘Xalqim emas’ — Lo‘amini, ‘Mening xalqim’, deb atayman. U esa ‘Xudoyim’, deb chaqirar Meni.”

1. Egamiz menga dedi: “Qani bor, Xo‘sheya! O‘ynashi bor o‘sha suyuq oyoq xotiningga boshqatdan ko‘ngil qo‘y. Men Isroil xalqini qanday sevsam, sen ham xotiningni shunday sevgin. Zotan xalqimning ham ko‘ngli boshqa xudolarga chopadi, mayizli kulchalarni ularga nazr qilishni xalqim yaxshi ko‘radi.”
2. Shunday qilib, men o‘n besh kumush tanga va to‘qqiz savat arpaga o‘z xotinimni sotib oldim.
3. Unga dedim: “Sen uzoq vaqt davomida menikida yashaysan. Fohishalik qilmaysan. O‘sha vaqt mobaynida birorta erkakka yaqinlashmaysan, men ham senga yaqinlashmayman.”
4. Shu singari Isroil xalqi ham ancha vaqt davomida shohu shahzodasiz, qurbonliklarubutsimon toshlarsiz, efod va butlarsiz yashaydi.
5. Bundan keyin ular qaytadan Egasi Xudoga va Dovud naslidan bo‘lgan shohga yuz burishadi. Kelajakda qo‘rquv bilan Egamizga bo‘yin egishadi. Xudoning barakasidan bahramand bo‘lishadi.

1. Egamizning da’vosi bor bu yurt aholisiga, Ey Isroil xalqi, quloq tut Egamizning so‘ziga: “Bu yurt vafoyu sadoqatni bilmaydi, Ular Men, Xudoni tan olmaydi.
2. Qachon qaramasa la’nat aytishadi, Aldashadi, odam o‘ldirishadi, O‘g‘irlik qilib, fahsh ishlarga berilishadi. Hamma yoqda zo‘ravonlik, qotilliklar qilishadi.
3. Mana shuning uchun yurt qurib bormoqda, U yerda yashovchi xalq nobud bo‘lmoqda. Halok bo‘lmoqda yovvoyi hayvonlar, Ko‘kdagi qushlaru hatto dengizdagi baliqlar.
4. Birontangiz xalqni ayblamang! Ularga ta’na qilmang! Mening da’voim sizlarga qarshidir, Ey ruhoniylar!
5. Sizlar kechayu kunduz qoqilasizlar, Hatto payg‘ambarlar ham sizlar bilan birga qoqiladi. Sizlarni deb Men xalqingizni nobud qilaman!
6. Ana, xalqim Meni bilmagani uchun nobud bo‘lmoqda. Bu sizning aybingiz, ey ruhoniylar! Axir, sizlar voz kechdinglar Meni bilishdan, Endi Men ham voz kechaman sizdan. Mening ruhoniylarim bo‘lmaysizlar! Sizlar Xudoyingizning qonunlarini unutdingizlar, Shuning uchun Men ham farzandlaringizni unutaman.
7. Ey ruhoniylar, ko‘paygani sari sizning soningiz, Menga qarshi ko‘proq gunoh qildingiz. Endi ulug‘vorligingizni sharmandalikka almashtiraman.
8. Axir, sizlar xalqimning gunoh qurbonliklari bilan Qorningizni to‘yg‘izdingiz, Xalqimning qabihliklariga tashnadir siz.
9. Mana, Men xalqimni ham, Sizni ham birday jazolayman. Tutgan yo‘llaringiz, Qilgan qilmishlaringizga yarasha qaytaraman.
10. Sizlar yeysizlar, ammo qorningiz to‘ymaydi, Zino qilasizlar, ammo soningiz ko‘paymaydi. Sizlar Menga bo‘ysunmay qo‘ygansiz.
11. Fahsh, sharobning eski va yangisi Xalqimni es–hushidan ayirdi.
12. Ular yog‘och butdan vahiy so‘rashadi. Tayoqdan pand–nasihat olishadi. Shahvoniy hirs ularni yo‘ldan urdi, Ular Men, Xudosiga bevafo bo‘ldi.
13. Qurbonliklar qilishayotir tog‘ cho‘qqilarida, Tutatqilar tutatishayotir qirlarda, Eman, chinor va qayrag‘ochlarning orombaxsh soyalarida. Ey xalqim, natijada qizlaring fohisha bo‘ldi, Kelinlaring zinoga botdi.
14. Ammo Men fohisha qizlaringni jazolamayman, Zinokor kelinlaringning adabini bermayman. Axir, erkaklarning o‘zi g‘arlar oldiga bormoqda, Sajdagoh fohishalari bilan ular qurbonliklar keltirmoqda. Aytilgan–ku, es–hushidan ayrilgan xalq nobud bo‘ladi, deya.
15. Isroil xalqi Menga bevafolik qilsa ham, Bu jinoyatga Yahudo xalqi qo‘l urmasin. Ular sajda qilgani Gilgalga bormasin, Bayt–Obunga ham oyoq bosmasin. ‘Xudo shohid’, deya qasam ichishmasin.
16. Ha, eshakday o‘jardir Isroil xalqi, Ko‘p o‘tmay Men ularni yaylovga haydab yuboraman, Ular keng daladagi yolg‘iz qo‘ziga o‘xshab qolishadi.
17. Efrayim xalqi ko‘ngil bog‘ladi butlarga, Bilganlarini qilishsin, qo‘ying ularni o‘z holiga!
18. Aysh–ishratdan keyin ular fahshga berilishar. Ularning yo‘lboshchilari behayolikni yaxshi ko‘rar.
19. Quyun ularni supurib ketadi. Butlarga qilgan qurbonliklari tufayli sharmanda bo‘lishadi.”

1. Egamiz shunday deydi: “Ey ruhoniylar, eshiting buni! Diqqat qilgin, Isroil xalqi! Quloq solgin, shoh xonadoni! Sizning ustingizdan hukm ketyapti. Sizlar Mispaxda odamlar uchun tuzoq bo‘ldingiz, Tovur tog‘ida yoyilgan to‘r bo‘ldingiz.
2. Qotillikka botgan isyonchi sizlar! Men hammangizning adabingizni beraman.
3. Ey Efrayim, juda yaxshi bilaman seni, Isroil, Mendan yashira olmassan o‘z qilmishingni. Sen, Efrayim, Xudoga bevafo bo‘lding, Ey Isroil, o‘zingni harom qilding.
4. Men Xudoyingman, Ammo qilmishlaring Menga qaytib kelishingga yo‘l qo‘ymas. Sen Meni — o‘z Egangni bilmaysan, Chunki qalbing shahvatga to‘lgan.”
5. Isroilning mag‘rurligi o‘ziga qarshi guvohlik beryapti, U jinoyatlari tufayli qulaydi. Yahudo ham u bilan birga yiqiladi.
6. Isroil Egamizning iltifotini izlaydi, Qo‘y–mollarini qurbonlik qiladi, Ammo Egamizni topa olmaydi, Chunki Egamiz uni tark etgan.
7. U Egamizga xiyonat qildi, Begonalardan orttirgan bolalar tug‘di. Ko‘p o‘tmay u mulki bilan birga xarob bo‘ladi.
8. Egamiz shunday deydi: “Burg‘u chaling Givoda! Karnay chaling Ramada! Bayt–Obunda bong uring! Ey Benyamin, ortingdan dushman kelyapti!
9. Jazo kuni Efrayim xarob bo‘ladi. Isroil qabilalariga e’lon qilgan bu so‘zlarim Albatta ro‘yobga chiqadi.
10. Yahudo shahzodalari chegarani buzgan firibgarlarga o‘xshaydi, Men ularning ustiga O‘z qahrimni jaladay yog‘diraman.
11. Axir, Efrayim butlarga ergashishni afzal ko‘rdi, Endi u ezilib, hukmga bardosh bera olmaydi.
12. Men Efrayimni kuyaday yemiraman, Yahudo xonadonini qurtday kemiraman.
13. Efrayim o‘z betobligini tushungach, Yahudo o‘z yaralarini ko‘rgach, Efrayim Ossuriyaga bordi, Buyuk shohni yordamga chaqirdi. Ammo shoh ularni davolay olmaydi, Yaralariga shifo bera olmaydi.
14. Men Efrayimga sherday hujum qilaman, Yahudo xonadoniga yosh arslonday tashlanaman. Ularni O‘zim tilka–pora qilaman, Sudrab, O‘zim bilan olib ketaman. Ularni hech kim xalos eta olmas.
15. Ular o‘z aybini bo‘yniga olguncha, Chin dildan Menga intilguncha, Men O‘z makonimga qaytib ketaman. Balki qayg‘uli damlarida ular Menga qaytishar.”

1. Bu xalq shunday deydi: “Kelinglar, Egamizga qaytaylik! U bizni tilka–pora qildi, Shifoni ham O‘zi beradi. Bizni yarador qildi, Yaralarimizni O‘zi bog‘laydi.
2. Uning huzurida yashay olishimiz uchun, Ikki kunda bizni hayotga qaytaradi, Uchinchi kuni oyog‘imizga turg‘izadi.
3. Kelinglar, Egamizni bilishga intilaylik. Tong otishi muqarrar bo‘lganday, U albatta bizga zohir bo‘ladi, Kuz va bahorda yomg‘ir yog‘ishi tabiiy bo‘lganday, U albatta oldimizga keladi.”
4. Egamiz shunday deydi: “Seni nima qilay, ey Efrayim?! Seni nima qilay, ey Yahudo?! Sening sevging tongdagi tumanday tez g‘oyib bo‘lar, Sahardagi shudring kabi bug‘lanib ketar.
5. Shuning uchun so‘zlarim bilan seni o‘lguday savaladim, Payg‘ambarlarim orqali seni chopib tashladim. Chiqargan hukmim chaqmoq kabi seni uradi.
6. Zero, Men qurbonlikni emas, Rahm–shafqatni istayman, Kuydirilgan qurbonliklarni emas, Meni tanib–bilishingni afzal ko‘raman.
7. Xalqim Odam Atoday ahdni buzdi, Evoh, Menga bevafolik qildi.
8. Gilad — yovuzlarning shahridir, Ko‘chalari qon dog‘lariga to‘ladir.
9. Ruhoniylar qaroqchilarga o‘xshaydi, Ular pistirmada yotib, qurbonini poylashadi. Shakam shahri yo‘lida qotilliklar qilishadi, Ha, ular mudhish jinoyatlarga qo‘l urdi.
10. Men Isroilda dahshatli hodisani ko‘rdim: Efrayim bevafolik qildi! Isroil o‘zini bulg‘adi!
11. Ey Yahudo, sen uchun ham o‘rim payti belgilandi. Men xalqimni yana farovonlikka erishtirmoqchi bo‘lganimda,

1. Isroilni shifolamoqchi bo‘lib turganimda, Uning buzuqligi oshkor bo‘ldi, Samariyaning jinoyatlari ochildi. Ular makkorona ish tutishadi, O‘g‘rilar xonadonlarni o‘marishadi, Qaroqchilar yo‘lto‘sarlik qilishadi.
2. Qilgan barcha qabihliklari yodimda, Biroq ular buni xayoliga keltirmaydi. Mana, ular gunohlarga botishdi, Ko‘z o‘ngimda bu gunohlar gavdalanadi.
3. Odamlar shohni yovuzliklari bilan xushnud qilar, Ular beklarni hiylalari bilan shod etar.
4. Ularning hammasi sadoqatsiz va makkor, Lovullagan tandirga o‘xshaydi. Novvoy xamirini qorib bo‘lgunicha, Xamir oshib tayyor bo‘lgunicha, Hatto olov kovlashga ham ehtiyoj yo‘q.
5. Shoh ziyofat bergan kuni Beklar shohga maydan ichirishdi, Shoh mazaxchilar bilan hamtovoq bo‘ldi.
6. Ularning yuraklari tandirga o‘xshaydi, Shohga qarshi ular fitna uyushtiradi, Kechasi bilan g‘azabi cho‘g‘day tutab yotadi, Saharga kelib, olovday lovullab yonadi.
7. Tandirday qizishgan bu hamma odamlar, Hukmdorlarini yamlamay yutyaptilar. Natijada shohlari birin–ketin nobud bo‘lyapti, Ammo birontasi ham Menga iltijo qilmayapti.”
8. Efrayim boshqa xalqlarga qorishgan. U xom pishgan nonga o‘xshab qolgan.
9. O‘zga xalqlar uning kuchini kesdi, U esa buni anglamaydi. Sochlari oqarib bo‘ldi, U esa buni payqamaydi.
10. Isroilning mag‘rurligi O‘ziga qarshi guvohlik beradi. Boshiga tushgan kulfatlarga qaramay Isroil O‘z Egasi Xudoga qaytmadi, Yuzini Unga burmadi.
11. Egamiz shunday deydi: “Efrayim kabutarga o‘xshar, Ham befarosat, ham ovsar. U Misrdan yordam so‘raydi, Pir etib Ossuriyaga uchadi.
12. Uchganda, Men unga to‘r tashlayman, Ovlangan qushday yerga tushiraman. To‘dalashganini eshitsam, jazosini beraman.
13. Xalqimning holiga voy! Axir, ular Mendan uzoqlashdi! Endi vayron bo‘lishadi! Axir, Menga qarshi bosh ko‘tarishdi! Ularni xalos qilardim–u, Ammo Menga yolg‘on gapirishdi.
14. Ular Menga chin dildan iltijo qilmaydi, Ammo to‘shaklarida yotib, faryod chekishadi. Butparastlarday badanlarini tilib, Bug‘doy va sharob talab qilishadi. Menga qarshi bosh ko‘tarishadi.
15. Men O‘zim ularni boqdim, kuchaytirdim, Ular esa Menga qarshi fitna qiladi.
16. Ular yaroqsiz bir kamonga o‘xshaydi, Menga, Xudoyi Taologa yuzini burmaydi. Beklari haqoratli so‘zlar aytganlari uchun, Qilichdan halok bo‘ladi. Bu qilmishlari uchun, Misrda kulgi bo‘lishadi.”

1. Egamiz shunday deydi: “Qani bo‘ling, bong uring! Dushman kalxatday uyimga yopirilmoqda. Axir, xalqim ahdimni barbod qildi, Ular qonunimni buzdi.
2. Isroil xalqi Menga faryod qiladi: ‘Ey Xudoyim, Seni tan olamiz’, deb aytadi.
3. O‘zlari esa ezgulikni rad etishdi, Dushmanlar ularni ta’qib qiladi.
4. Ular roziligimni so‘ramay shohlar tanlashdi, Ijozatimni olmay, mulozimlar tayinlashdi. Oltinu kumushlaridan butlar yasashdi, Shu orqali boshlariga halokat keltirishdi.
5. Samariyaliklarning buzoqsimon butini Men rad etdim! Ulara qarshi alanga olgandir Mening g‘azabim. Qachon o‘zini poklab oladi?
6. Butni Isroillik hunarmand yasagan–ku, But Xudo emas! Samariya shahrining buzog‘i parchalanib tashlanadi.
7. Shamolni ekkan odam bo‘ronni o‘rib olar. Bug‘doy boshoqsiz bo‘lsa, xalq nonga zor bo‘lar. Bug‘doyingiz boshoq tuggan taqdirda ham, Uni begonalar yeb ado qilar.
8. Boshqa xalqlar orasida Isroil ado bo‘ldi, Qadrsiz sopol idishga u o‘xshab qoldi.
9. Yolg‘iz daydigan qulonday u, Ossuriyaga yordam so‘rab bordi. Efrayim o‘zini o‘ynashlariga sotdi.
10. U boshqa xalqlarga sotilgan bo‘lsa ham, Men uni yig‘ib olaman. Ossuriya shohining zulmi ostida U tezda xazon bo‘ladi.
11. Efrayim gunohlarini yuvmoqchi bo‘ldi, Qurbongohlar qurib tashladi. Qurbongohlar esa gunoh makoni bo‘lib qoldi.
12. Men bu xalqqa ko‘plab qonunlar yozdim, Biroq qonunlarimni ular yot deb biladi.
13. Ular Menga, Egasiga a’lo qurbonliklar keltirishsa ham, Qurbonlik go‘shtidan tanovul qilishsa ham, Men ulardan mamnun bo‘lmayman. Men jinoyatlarini esga olaman, Gunohlari uchun jazosini beraman. Ular Misrga qaytib ketadi.
14. Isroil o‘z Yaratuvchisini unutib, saroylar qurdi. Yahudo ko‘plab shaharlarni mustahkam qildi. Men esa shaharlariga o‘t qo‘yaman, Qal’alarini olovga yem qilaman.”

1. Ey Isroil, bas qil shodligingni! Boshqa xalqlarday nishonlading sen bayramingni! Sen Xudoga bevafolik qilding. Baalga fohishaday sajda etding, Olgan hosilingni Baaldan to‘lov deb bilding.
2. Endi xirmonu sharob meshlaring senga yetarlicha ozuqa bermas, Yangi sharobing chanqog‘ingni bosmas.
3. Sen Egamizning yurtida qolmaysan, Misrga qaytib ketasan. Ossuriyada xarom ovqat yeysan.
4. Egamizga sharob nazr qila olmaysan, Keltirgan qurbonliklaring Unga ma’qul bo‘lmaydi. Bunday qurbonliklar azadorning noniga o‘xshaydi, Undan yeganlarning hammasi bulg‘anadi. Zero, sening noning qorin uchun xolos, Bunday nonlar Egamizning uyiga kiritilmaydi, Egamizga ular nazr qilinmaydi.
5. Ey Isroil, endi sen tayinlangan bayramlarni o‘tkaza olmaysan! Egamizning muqaddas yig‘inlarini nishonlay olmaysan!
6. Sen ofatdan qochib qutulsang ham, Misr senga changalini soladi, Poytaxti Nuf senga qabr bo‘ladi. Kumush xazinalaring yantoqqa nasib bo‘ladi, Chodirlaringni tikanak o‘t bosadi.
7. Mana, hisob–kitob vaqti keldi! Jazo olish vaqti yetdi! Ey Isroil, tez orada sen bundan xabar topasan. Axir, ko‘plab gunohlaring sababli, Cheksiz adovatga to‘lgansan. Sen payg‘ambarlarni ahmoq hisoblaysan, Ruhdan ilhomlangan odamlarni telba, deb bilasan.
8. Ey Efrayim xalqi, Egam meni sizlarga posbon qildi. Ammo sizlar payg‘ambarlarni tuzoqqa tushirdingiz, Xudoyingizning uyini adovatga to‘ldirdingiz.
9. Givoda razillik qilgan ajdodlaringizga o‘xshab qoldingiz, Ularday yaramas ishlarga berilib ketdingiz. Ammo Xudo jinoyatingizni esga oladi, Gunohingizga yarasha jazoingizni beradi.
10. Egamiz shunday deydi: “Men Isroilni ilk bor topganimda, Sahroda uzum solgan tokni topganday bo‘ldim. Ha, ota–bobolarini birinchi ko‘rganimda, Anjirning chillaki mevalarini ko‘rganday bo‘ldim. Ammo ular Piyordagi Baalga kelganda, O‘zlarini o‘sha sharmanda butga bag‘ishladilar. Ko‘ngil qo‘ygan o‘sha butday jirkanch bo‘lib qoldilar.
11. Efrayimning shuhrati qushday uchib ketadi. Ularda na farzand tug‘iladi, Na ayollari homilador bo‘ladi, Na pushti kamaridan bola bino bo‘ladi!
12. Farzand o‘stirish nasib qilgan taqdirda ham, Birontasini qoldirmay yo‘q qilaman. Holiga voy, ularni tark etaman!
13. Men Efrayimni ko‘rganimda, U Tir shahriga o‘xshardi, Go‘zal yerda joylashgandi. Ammo endi Efrayim o‘z bolalarini Qotil oldiga olib chiqadi.”
14. Ey Egam, bu xalqingga Sendan nima tilay?! Ayollarini bepusht qilgin, Emiza olmaydigan qilgin.
15. Egamiz shunday deydi: “Ularning har bir qabihligi Gilgaldan boshlangan, O‘sha yerda nafratlana boshladim ulardan. Qabih qilmishlari uchun, Ularni uyimdan haydab chiqaraman. Endi ularni sevmayman. Ularning hamma beklari Menga qarshi bosh ko‘targan.
16. Efrayim quladi, Uning ildizlari quridi, Meva berishga u ojiz bo‘ldi. Farzand ko‘rgan taqdirda ham, Avaylagan zurriyotini o‘ldiraman.”
17. Isroil xalqini Xudoyim rad etadi, Ular Xudoga itoat qilmadi. Xalqlar orasida darbadar bo‘lishadi.

1. Isroil gurkiragan, Hosildor tok kabidir. Ammo hosili ko‘paygani sari, U ko‘plab qurbongohlar qurdi. Yurti ravnaq topgani sari, Butsimon toshlariga zeb berdi.
2. Ichi qora bu xalq endi ta’zirini yeydi. Xudo qurbongohlarini vayron qiladi, Butsimon toshlarini sindirib tashlaydi.
3. Ko‘p o‘tmay ular aytishadi: “Biz Egamizdan qo‘rqmadik, Shuning uchun shohimizdan ayrilib qoldik. Ammo shohning qo‘lidan nima ham kelardi?!”
4. Ular bema’ni gaplar gapirmoqda, Soxta qasamlar ichib, ahdlar tuzishmoqda. Natijada egatlardagi zaharli o‘tday, Da’volar unib chiqmoqda.
5. Samariya ahli Bayt–Obundagi Oltin buzog‘idan xavotir oladi, Uning uchun ular aza tutishadi. Butidan xursand bo‘lgan ruhoniylar ham But surgun bo‘lganidan yig‘lashadi.
6. Butning o‘zi Ossuriyaga olib ketiladi, Buyuk shohga taqdim qilinadi. Efrayim sharmanda bo‘ladi, O‘z rejalari dastidan Isroil uyatga qoladi.
7. Samariya shohi suvga g‘arq bo‘lgan payrahaday Halok bo‘ladi.
8. Isroilning gunohiga sabab bo‘lgan Obundagi sajdagohlar yo‘q qilinadi. Qurbongohlarini yantog‘u tikan bosadi. Odamlar tog‘larga: “Bizni bosib qoling!” deya baqirishadi. Qirlarga: “Ustimizga qulang!” deb yolvorishadi.
9. Egamiz shunday demoqda: “Ey Isroil, sen Givoda gunoh qila boshlading, O‘sha yerda gunohdan chiqmay qoldi sening boshing. Givodagi jinoyatchilar jazosini olganday, Sen ham jazodan qochib–qutulolmaysan.
10. Men xohlagan paytimda jazoingni beraman. Senga qarshi xalqlarni birlashtiraman. Ikki barobar ko‘paygan jinoyatlaring uchun, Dushmanlar senga kishan soladi.
11. Efrayim o‘rgatilgan buzoqqa o‘xshardi, Yanchishni u xo‘p yaxshi ko‘rardi. Mana endi uning go‘zal bo‘yniga, Men bo‘yinturuq taqaman. Endi unga omoch torttiraman. Qani, Yahudo shudgor qilsin! Yoqub o‘zi uchun mola bossin!
12. Ey Isroil, o‘zingiz uchun solihlik urug‘ini eking, Cheksiz sevgini o‘rib oling. Haydalmagan yeringizga ishlov bering, Vaqt keldi! Menga intiling! Shunda Men oldingizga boraman, Yomg‘ir yog‘dirganday, sizga najot beraman.
13. Sen yovuzlikni ekding, Adolatsizlikni o‘rib olding, Yolg‘onning mevasidan yeding. Sen o‘z yo‘lingga tayanganing uchun, Son–sanoqsiz sipohlaringga ishonganing uchun,
14. Jangu jadallar seni chetlab o‘tmaydi. Shoh Shalman Bayt–Arbelni jangda vayron qilganday, Xotin, bola–chaqalarni toshga urib o‘ldirganday, Hamma shaharlaring vayron bo‘ladi.
15. Ey Baytil, sen qabihliklar qilganing uchun, Bu kunlar boshingga tushadi. Tong otgach, ey Isroil, shohing o‘ldiriladi.”

1. Egamiz shunday deydi: “Men Isroilni bolaligida yaxshi ko‘rar edim, O‘z o‘g‘lonimni Misrdan chaqirib olgan edim.
2. Uni qancha ko‘p chaqirsam, Mendan shuncha ko‘p uzoqlashardi. Baalga qurbonliklar keltirardi, Butlarga tutatqilar nazr qilardi.
3. Efrayimga yurishni Men o‘rgatgan edim, Uni qo‘llarimda ko‘tarib yurgan edim. Ammo qilgan g‘amxo‘rligimni u bilmadi.
4. Men esa uni mehr ila yetaklagandim, Muhabbat rishtalari ila olib yurgan edim. Bo‘ynidan bo‘yinturuqni olib tashlagandim, Oldiga engashib, uni oziqlantirgandim.
5. Xalqim tavba qilishdan bosh tortdi. Shuning uchun Men ularni endi Misrga jo‘natib jazolamayman, Zolim Ossuriyaga tobe qilaman.
6. Shaharlarida qilich hukm suradi, Darvozalarining tambalarini yo‘q qiladi. Yovuz rejalari tufayli xalqim qilichdan haloq bo‘ladi.
7. Qachon qarasa ular Mendan yuzini o‘girishadi. Yana Menga — Xudoyi Taologa faryod qilishadi, Ammo Men ularni aslo yuksaltirmayman.
8. Ey Efrayim, qanday qilib sendan voz kechay?! Ey Isroil, qanday qilib seni tashlab ketay?! Admani yo‘q qilganimday seni yo‘q qila olarmikanman?! Zavo‘yimga qilganimni senga qila olarmikanman?! Bunday qilishga yuragim betlamas aslo! Senga bo‘lgan mehrim uyg‘ondi.
9. Yo‘q, sochmayman senga qahr–g‘azabimni, Ey Efrayim, qayta barbod qilmayman seni, Zero, Men Xudoman, inson emas, Orangizdagi Muqaddas Xudoman, Oldingizga jahl bilan bormayman.
10. Sherday o‘kirganimda xalqim ortimdan ergashadi, Ovozimni eshitgach, farzandlarim g‘arbdan titrab kelishadi.
11. Ular Misrdan ham qushlarday titrab kelishadi, Ossuriya yurtidan ham kaptarlarday qaltirab kelishadi. Men ularni uylariga eltib qo‘yaman, — Egamizning kalomi shudir. —
12. Efrayim atrofimni yolg‘on bilan o‘rab tashladi, Isroil xonadoni Meni hiylaga ko‘mib tashladi. Yahudo xalqi Menga qarshi bosh ko‘tardi, Menga, Muqaddas Xudoga ular itoat qilmayapti.”

1. Efrayim garmsel boqib yurar, Kun bo‘yi sharqdan esgan shamol ketidan quvar. Yolg‘onu zo‘ravonlikni u orttirar. Ossuriya bilan sulh tuzib, Zaytun moyini Misrga jo‘natar.
2. YahudogaEgamiz da’vo qiladi. Yoqub naslining ta’zirini U beradi, Tutgan yo‘liga yarasha uni jazolaydi.
3. Onasining qornidayoq Yoqub akasi bilan talashgan, Ulg‘aygach esa Xudo bilan olishgan.
4. Farishta bilan olishib, uni yenggan edi, Keyin yig‘lab, iltifot qilishini so‘ragandi. Baytilda Yoqub Xudoni topgandi, O‘sha yerda Xudo bilan suhbat qurgandi.
5. Sarvari Olam — Xudo O‘shadir, Egamizdir Uning nomi!
6. Ey Yoqub nasli, Xudoyingizga qayting. Sevgi va adolatga intiling, Sabr–toqat ila Xudodan umid qiling.
7. Egamiz shunday deydi: “Xalqim tarozidan urgan savdogarga o‘xshaydi, Firibgarlik qilishni ular xo‘p yaxshi ko‘radi.
8. ‘O, men boyman’, deb maqtanasan, ey Efrayim. ‘Men o‘zimga davlat orttirdim, Borimni peshana terim bilan topdim. Hech kim meni gunohda ayblay olmas.’
9. Ammo Egangiz Xudo — Menman, Seni Misrdan olib chiqqanman. Men senga sahroda zohir bo‘lar edim, O‘sha davrdagiday seni yana chodirlarda yashattiraman.
10. Men payg‘ambarlarga gapirgandim, O‘zim ularga ko‘p vahiylar bergandim, Ular orqali matallar aytgandim.”
11. Giladda butparastlik qilindi. Uning ahli albatta barham topadi. Gilgalda buqalar qurbonlik qilindi, Qurbongohlar egatlardagi behisob tosh uyumlarga o‘xshaydi.
12. Yoqub Oram yurtiga qochib bordi, Xotin olish uchun u xizmat qildi, Qalin evaziga qo‘ylar boqdi.
13. So‘ng Egamiz payg‘ambar orqali Isroilni Misrdan olib chiqdi, Payg‘ambar ularga g‘amxo‘rlik qildi.
14. Ammo Efrayim Egamizni qattiq ranjitdi. To‘kkan qon uchun Efrayimni Rabbiy jazolaydi, Uni haqoratlagani uchun adabini beradi.

1. Egamiz shunday deydi: “Ilgari Efrayim gapirganda hammani titroq bosardi, Isroilda uning martabasi ulug‘ edi. Ammo Efrayim Baalga sajda qilib, gunoh orttirdi, Shunday qilib, o‘zini o‘limga mahkum etdi.
2. Hozir ham xalqim gunoh ustiga gunoh qilishar. O‘zlariga butlar yasashar, Kumushdan mahorat bilan sanamlar ishlashar, Bularning barchasi bor–yo‘g‘i hunarmandning ishi! Bunday odamlar to‘g‘risida bordir bir matal: Butga qurbonlik qilgan — buzoqni o‘pgan bo‘lar!
3. Shuning uchun ular tonggi tumanday bo‘ladi, Birpasda g‘oyib bo‘ladigan shudringga o‘xshab qoladi. Shamol xirmondan uchirgan to‘ponday ular g‘oyib bo‘ladi, Mo‘ridan chiqadigan tutunga o‘xshab qoladi.
4. Ammo Egangiz Xudo — Menman. Ey Isroil, seni Misrdan olib chiqqanman. Mendan boshqa Xudoni sen bilmaysan, Mendan boshqa yo‘qdir najotkoring.
5. Men sahroda senga g‘amxo‘rlik qildim, Suvsiz qaqragan cho‘lda seni boqdim.
6. Seni boqqanimda qorning to‘ydi, Qorning to‘ygach, manman bo‘lib ketding, Shu sababdan sen Meni unutding.
7. Endi Men yo‘lingni qoplonday poylayman, Senga bir sherday hujum qilaman.
8. Bolalaridan ayrilgan ona ayiq kabi tashlanaman, Seni tilka–pora qilaman. O‘sha joydayoq seni sherday g‘ajiyman, Yirtqichga o‘xshab seni qonga belayman.
9. Ey Isroil, o‘z boshingga o‘zing balo orttirding, Axir, Menga — O‘z Madadkoringga qarshi chiqding.
10. Shaharlaringni qutqaradigan shohing qani?! ‘Bizga shohu hokimlar ber’, deb so‘ragan boshliqlaring qani?!
11. Men jahl ustida senga shohlarni berdim, G‘azabga minganimda ularni olib tashladim.
12. Efrayimning jinoyati yozib qo‘yilgan, Ha, uning gunohi kitobga bitilgan.
13. Isroilning yashashga imkoniyati bor edi, Ammo u nodon bolaga o‘xshadi, Onani to‘lg‘oq tutganda, U qorindan chiqishni xohlamadi.
14. Men bu xalqni o‘liklar diyoridan qutqararmikanman?! Ularni o‘limdan xalos qilarmikanman?! Ey o‘lim, qirg‘in olib kelgin! Ey o‘liklar diyori, halokatli kuchingni ko‘rsatgin! Endi Men rahm–shafqat qilmayman.”
15. Isroil qarindoshlari orasida Serpusht va farovon bo‘lsa–da, Egamiz uning ustiga sharq shamolini yuboradi, Sahrodan esgan garmselni jo‘natadi. Isroilning bulog‘ini quritadi, Uning chashmasini qovjiratadi. Xazinasidagi qimmatbaho ziynatlarini tortib oladi.

1. Samariya aholisi o‘z Xudosiga qarshi bosh ko‘tardi, Endi ular gunohining jazosini tortadi. Ular qilichdan halok bo‘ladi, Dushmanlar go‘daklarini yerga urib o‘ldiradi, Homilador ayollarning qorinlarini yoradi.
2. Ey Isroil, Egang Xudoga qaytgin! Axir, gunoh tufayli sen qulading.
3. Gapingni tayyorlab, Egamizga qayt. Sen Unga shunday deb ayt: “Gunohlarimizdan kechib yuborgin, Ibodatimizni qabul qilgin. Biz Senga madhiyamizni nazr qilamiz.
4. Ossuriya bizga najot bermaydi, Biz jangovar otlarga minmaymiz. Qo‘l bilan yasalgan butlarni Endi biz: ‘xudolarimiz’, deb atamaymiz. Ey Egamiz, biz — yetimlarga Faqat Sen rahm–shafqat qilasan.”
5. Egamiz shunday deydi: “Men xalqimga shifo berib, Ularni bevafolikdan qaytaraman, Ularga qayta ko‘ngil qo‘yaman, Men jahldan tushdim.
6. Men Isroil uchun shudringday bo‘laman, Shunda Isroil nilufarday ochiladi, Lubnon o‘rmoniday tomir otadi.
7. Ularning novdalari o‘sib chiqadi, Zaytun daraxtiday ko‘rkam bo‘ladi, Lubnon sadriday muattar hid taratadi.
8. Ularning soyasida xalqlar yashaydi. Isroil mo‘l bug‘doy yetishtiradi, Ular uzumzorday ko‘p hosil berishadi, Lubnon sharobiday mashhur bo‘lishadi.
9. Ey Efrayim, butlaring bilan Mening ishim yo‘q! Men ibodatlaringga javob beraman, Senga g‘amxo‘rlik qilaman. Men doim yashil sarv daraxti kabidirman, Olgan mo‘l hosilingning manbaidirman.”
10. Kim dono bo‘lsa, Bu yerda yozilgan so‘zlarni tushunadi, Kim fahm–farosatli bo‘lsa, Bularning hammasini anglab oladi. Egamizning yo‘llari to‘g‘ridir. Solihlar ulardan yuradi, Isyonchilar esa qoqilib tushadi.

YouTube kanaliga xush kelibsiz!
► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)
Muqaddas Kitob
- Ibtido
- Chiqish
- Levilar
- Sahroda
- Qonunlar
- Yoshua
- Hakamlar
- Rut
- Shohlar (birinchi kitob)
- Shohlar (ikkinchi kitob)
- Shohlar (uchinchi kitob)
- Shohlar (to‘rtinchi kitob)
- Solnomalar (birinchi kitob)
- Solnomalar (ikkinchi kitob)
- Ezra
- Naximiyo
- Ester
- Ayub
- Zabur
- Sulaymonning hikmatlari
- Voiz
- Ishayo
- Sulaymonning go‘zal qo‘shig‘i
- Yeremiyo
- Yeremiyoning marsiyasi
- Hizqiyo
- Doniyor
- Xo‘sheya
- Yo‘el
- Amos
- Obodiyo
- Yunus
- Mixo
- Noxum
- Xabaqquq
- Zafaniyo
- Xaggey
- Zakariyo
- Malaki
- Matto Muqaddas xushxabar
- Luqo Muqaddas xushxabar
- Yuhanno Muqaddas xushxabar
- Mark Muqaddas xushxabar
- Havoriylarning faoliyati
- Yoqubning maktubi
- Butrusning birinchi maktubi
- Butrusning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning birinchi maktubi
- Yuhannoning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning uchinchi maktubi
- Yahudoning maktubi
- Rimliklarga maktub
- Korinfliklarga birinchi maktub
- Korinfliklarga ikkinchi maktub
- Galatiyaliklarga maktub
- Efesliklarga maktub
- Filippiliklarga maktub
- Kolosaliklarga maktub
- Salonikaliklarga birinchi maktub
- Salonikaliklarga ikkinchi maktub
- Timo‘tiyga birinchi maktub
- Timo‘tiyga ikkinchi maktub
- Titusga maktub
- Filimo‘nga maktub
- Ibroniylarga maktub
- Yuhannoga ko‘rsatilgan vahiy
AJOYIB KITOBNI O'QING

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)
MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Tavrot | Zabur | Injil (+audio)

Яхши аудио Китоблар

Kinolar va Multiklar

Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Аудио Кутубхона

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz