Muqaddas Kitob
Yo‘el
1. Patuval o‘g‘li Yo‘elga Egamiz shu so‘zlarni ayon qildi:
2. Ey, oqsoqollar, buni eshiting! Yahudo odamlari, siz quloq tuting! Yuz berganmi hech bunday falokat Sizning yoki ota–bobolaringiz zamonida?!
3. Bu haqda farzandlaringizga ayting siz, Bolalariga so‘zlab bersin farzandlaringiz, Keyingi avlodga yetkazsin nabiralaringiz.
4. Qirg‘in keltiruvchi chigirtkadan qolganini Yeb bitirdi kemiruvchi chigirtka galasi. Kemiruvchi chigirtka galasidan qolganini Yeb bitirdi sakraydigan chigirtka galasi. Sakraydigan chigirtkadan qolganini Yeb bitirdi qirtishlovchi chigirtka galasi.
5. Uyg‘oninglar, ey, mayxo‘rlar, yig‘langlar! Ey, sharobxo‘rlar, faryod qilinglar! Sharob og‘zingizdan tortib olindi, axir.
6. Bostirib keldi yurtimizga lashkarlar, Son–sanoqsiz kuchli bahodirlar. Arslon tishiga o‘xshar tishlari, Go‘yo urg‘ochi arslonniki qoziq tishlari.
7. Uzumzorlarimizni ular payhon qilishdi, Anjir daraxtlarimizni sindirishdi, Shoxlariyu novdalar po‘stlog‘in shilib, Hammasini ship–shiydam qilishdi.
8. Qanorga o‘raning, ey, odamlar, faryod qiling, Kuyovidan judo bo‘lgan kelinchak kabi.
9. Egamiz uyidan uzilgan sharob, don nazri, Aza tutayotir Egamizning xizmatkor ruhoniylari.
10. Xarob bo‘ldi ekinzorlar, Motam tutayotir dalalar. Bug‘doy boshoqlari qovjirab qoldi, Uzum sharbati ham oqmay to‘xtadi, zaytun moyi ham tamom quridi.
11. Qayg‘urmaysizlarmi, ey, dehqonlar?! Faryod solmaysizlarmi, ey, bog‘bonlar?! Nobud bo‘lib ketdi–ku arpa, bug‘doyingiz, Xarob bo‘lib ketdi–ku jamiki hosilingiz.
12. Uzum toki so‘lidi, anjir daraxti quridi. Xazon bo‘ldi anor, xurmo, olma — hamma daraxtlar. Inson sevinchi tamom qurib bitdi!
13. Qanorga o‘ranib motam tuting, ey, ruhoniylar! Faryod qiling qurbongohda xizmat qiladiganlar! Tunni ham qanorda o‘tkazing sizlar, Ey, Xudoyimning xizmatida yurganlar! Xudoyingiz uyida nazr qilgani Don va sharob qolmadi, axir.
14. Ro‘za kunlarini belgilanglar, O‘sha kunlarga yig‘in e’lon qilinglar. Yig‘ib kelinglar oqsoqollarni, Yurtning jamiki aholisini. Egangiz Xudoning uyiga yig‘inglar, Egamizga iltijo qilib yolvoringlar!
15. Sho‘rimiz qurisin, evoh! Egamizning kuniga oz qoldi, Qodir Xudo kulfat keltiradi!
16. Rizq–ro‘zimiz ko‘z o‘ngimizda qirqildi–ku! Xudoyimiz uyida shod–xurramlik tugadi–ku!
17. Kesaklar tagida urug‘lar nobud bo‘ldi, Donli ekinlar unmasdan qoldi. Omborxonalar bo‘m–bo‘sh yotibdi, Don omborlari xarob bo‘libdi.
18. Ingramoqda hayvonlar naqadar! Axir, qurigan–ku o‘tloqlar. Daydib yurar mol podalari, Gangigan hatto qo‘y suruvlari.
19. Ey Egam, Senga men faryod qilurman! Axir, olov yamladi dashtdagi yaylovlarni, Yong‘in yo‘q qildi daladagi daraxtlarni.
20. Hatto yovvoyi hayvonlar ham Senga nola qilmoqda! Axir, irmoqlar ham qurib ketdi, Dashtdagi yaylovlarni olov yamladi.

1. Siondaburg‘u chalinglar! Egamizningmuqaddas tog‘ida bong uringlar! Titrasin Yahudoning jamiki ahli, Axir, kelyapti Egamizning kuni. U kunga oz vaqt qoldi.
2. Zimziyo zulmat kuni bo‘lur u kun, Bulut qoplagan tim qorong‘i bo‘lur u kun! Katta kuchli lashkar yurtni bosar, Yorishgan tongday tog‘lar uzra yoyilar. Bunaqasi azaldan hech sodir bo‘lgan emas, Bundan keyin ham hech qachon sodir bo‘lmas.
3. Alanga yutib borar ular oldidan, Olov guvullab yonar ular ortidan, Biron jonzot qochib qutulmas ulardan. Ilgari edi zamin Adan bog‘iday, Endi bo‘lib qoldi qaqroq sahroday.
4. Ularning ko‘rinishi otlarga o‘xshar, Jang otlari kabi hujum qilishar.
5. Tog‘ cho‘qqilariga sakrab chiqishar, Jang aravasiday gumburlab chopar, Yonayotgan xas–cho‘p kabi chirsillar, Jangga tayyor bo‘lib saf tortgan Kuchli lashkarga o‘xshar ular.
6. Ularning oldida xalqlar dahshatga tushar, Hammaning yuzi bo‘zday oqarib ketar.
7. Jangchilarday hujum qilar bu lashkar, Sipohlarday devordan oshib tushar. Safdan chetga chiqmay olg‘a bosishar.
8. Bir–birlarin turtmaslar, Hammasi o‘z yo‘lida ketar. G‘ovlarni ham yorib o‘tishar, Hech narsa ularni to‘xtata olmas.
9. Bostirib borishar ular shaharga, Yopirilishar shahar devorlariga. Uylarga tirmashib chiqishar, O‘g‘riday derazalardan ichkariga kirishar.
10. Ularning oldida zamin titrar, Osmonu falak qaltirab turar. Quyosh ham, oy ham qorayar, Yulduzlar nuri so‘nar.
11. Egamiz lashkarning boshida turar, Lashkariga O‘z sadosin berar. Naqadar behisob Uning qo‘shini, Uning amriga bo‘ysunadiganlar qudratli. Egamizning kuni chindan dahshatli! Bu vahimali kunga bardosh bergay kim?!
12. Egamizning kalomi shudir: “Hozir ham kech emas, Ro‘za tutib, yig‘lab, qayg‘urib, Butun qalbingiz bilan Menga qaytinglar.
13. Kiyimingizni emas, bag‘ringizni yirtinglar.” Egangiz Xudoga qaytinglar, U inoyatli, Rahmdil, jahli tez chiqmaydi, sodiq sevgisi mo‘ldir, G‘azabidan tushib kechiradigan Xudodir.
14. Kim bilsin, U shashtidan qaytar, Balki xirmoningizga baraka berar. Shunda Egangiz Xudoga sizlar Don bilan sharob nazrin taqdim qilasizlar.
15. Burg‘u chaling Sionda! Ro‘za kunlarin belgilanglar, O‘sha kunlarga yig‘in e’lon qilinglar.
16. Yig‘ing jamiki xalqni, Pok qiling jamoani. Chaqirtiring qariyalarni, Olib keling bolalaru emizikli go‘daklarni. Hatto yangi kelin–kuyovlar ham Chimildiqdan chiqib kelishsin.
17. Ma’badning ayvoni bilan qurbongoh orasida Yig‘lashsin Egamizning xizmatkor ruhoniylari, Yolvorishsin shunday deya Xudoga: “Ey Egamiz, shafqat qilgin xalqingga, Mulking bo‘lgan Isroil ellar aro kulgi bo‘lmasin. ‘Ularning Xudosi qani?!’ deya xalqlar bizni mazax qilmasin!”
18. Egamiz O‘z yurtiga jon kuydirdi shul zamon, O‘z xalqiga rahm qildi U o‘shal on.
19. Javob berdi U xalqiga shunday debon: “To‘q bo‘lasiz, sizlarga beraman sharob, moy va don. Xalqlar orasida mazax bo‘lishingizga endi yo‘l qo‘ymayman.
20. Daf qilaman shimoldan kelgan lashkarlarni, Haydab solaman qaqroq, huvullagan sahroga ularni. O‘lik dengizga uloqtiraman ilg‘or qismlarini, O‘rta yer dengiziga suraman orqa qismlarini. Jasadlaridan qo‘lansa hid anqiydi.” Bajo qildi Egamiz buyuk ishlarini!
21. Ey zamin, qo‘rqma! Xursand bo‘l, shodlan. Bajo qildi Egamiz buyuk ishlarini!
22. Qo‘rqmanglar endi, ey, yovvoyi hayvonlar, Chunki yam–yashildir dashtdagi yaylovlar, Meva berayotir endi daraxtlar, Anjir va uzumning hosili mo‘ldir.
23. Ey Sion xalqi, xursand bo‘linglar, Egangiz Xudoning ishlaridan sevininglar. Sizlarga U yon bosib, yomg‘irni mo‘l yog‘dirdi. Oldingiday, kuz, bahorda yomg‘irni quydirdi.
24. Endi xirmonlar donga to‘lib ketadi, Xumlar sharobu moy bilan to‘lib–toshadi.
25. Egamiz shunday deydi: “Zarar ko‘rdingiz qirg‘in keltiruvchi, Yemiruvchi chigirtkalar dastidan, Ekinzorlaringizni kemirib tashlagan Sakraydigan chigirtka galasi dastidan, Ko‘rgan zararingizni Men qoplayman. Bu kuchli lashkarni sizga qarshi Men yuborganman.
26. Endi sizlar xohlaganingizcha yeysiz, Sizlar uchun ajoyibotlar ko‘rsatgan Men, Egangiz Xudoga hamdu sano aytasiz. Ey xalqim, hech qachon sharmanda bo‘lmaysan endi!
27. Ey Isroil, Men orangda ekanimni bilib olasan shunda, Men Egangiz Xudoman, yo‘qdir Mendan boshqasi. Ey xalqim, hech qachon sharmanda bo‘lmaysan endi!
28. So‘ngra O‘z Ruhimni yog‘diraman har bir inson ustiga, Vahiylar keladi yigitlaringizga. Bashorat qilurlar sizning o‘g‘il–qizlaringiz. Karomatli tushlar ko‘rurlar qariyalaringiz.
29. O‘z Ruhimni yog‘diraman o‘sha kunlarda, Hattoki qulu cho‘rilaringiz ustiga.
30. Mening buyuk va dahshatli kunim kelishidan oldin, Men yeru osmonda alomatlarni ko‘rsataman. Yer yuzida qonni, olovni va tutun ustunlarini paydo qilaman.
31. Quyosh qorayadi, oy qon tusiga kiradi.”
32. Shunda Xudo da’vat etgan odamlar omon qoladi. Ha, Egamizga iltijo qilgan har bir inson qutqariladi. Egamiz aytganiday, Sion tog‘iga va Quddusga qochib borganlar najot topishadi.

1. Egamiz shunday deydi: “O‘sha kunlarda Men Yahudo va Quddusning oldingi mavqeini tiklayman.
2. So‘ng barcha xalqlarni yig‘ib, Hukm vodiysiga olib tushaman. U yerda xalqim Isroil haqi uchun ular bilan da’volashaman, chunki ular Mening xalqimni turli ellarga tarqatib yubordilar. Yurtimni esa o‘zaro bo‘lishib oldilar.
3. Ular xalqim uchun qur’a tashlab, o‘g‘il–qizlarimni sotib yubordilar. Tushgan pulga fohishabozligu aysh– ishrat qildilar.
4. Ey Tir, Sidon va butun Filist xalqi, Menda nima qasdingiz bor?! Sizlar hali Mendan o‘ch olmoqchimisiz?! Bordi–yu, niyatingiz shu bo‘lsa, Men o‘sha zahotiyoq qilmishingizga yarasha jazoingizni beraman.
5. Sizlar oltinu kumushlarimni tortib oldingiz, qimmatbaho xazinalarimni sajdagohlaringizga olib ketdingiz.
6. Yahudo va Quddus xalqini yunonlarga sotib, o‘z vatanidan yiroq qildingiz.
7. Endi Men Yahudo va Quddus xalqini sizlar sotgan yurtlardan olib chiqaman. Qilmishingizga yarasha jazoingizni beraman.
8. O‘g‘il–qizlaringizni Yahudo xalqiga sotaman, ular esa farzandlaringizni olisdagi bir xalqqa — Savoliklarga sotishadi.” Zotan, bu so‘zlarni Egamiz aytdi.
9. Xalqlar orasida shunday deb e’lon qiling: “Jangga tayyorlanib, jangchilarni safarbar qiling! Sipohlaringiz hujum qilsin!
10. Omochlaringizdan yasang qilichlar, O‘roqlaringizdan qiling nayzalar. Zaiflar ham qo‘liga qurol tutsin.
11. Ey tevarakdagi xalqlar, shoshiling, Qani, hammangiz vodiyda to‘planing.” O‘z sipohlaringni, ey Egam, chaqir!
12. Egamiz shunday deydi: “Barcha xalqlar bo‘lsin safarbar, Hukm vodiysiga kelishsin ular. Men u yerda o‘tirurman, Hamma xalqlar ustidan hukm chiqarurman.
13. Qani kelinglar, Yetilgan bug‘doyni o‘rganday ularni o‘ringlar, Pishgan uzumni ezganday, bosib yo‘q qilinglar, Xumlar to‘lgan, Ularning qabihliklari bilan to‘lib–toshgan.”
14. Ming–minglab olomon To‘plangan Hukm vodiysida! Zotan, yaqinlashgandir Egamizning kuni Hukm vodiysiga.
15. Quyosh ham, oy ham qoraygan, Yulduzlar nuri so‘ngan.
16. Egam Siondan turib hayqirar, Quddusdan gulduros ovozi yangrar, Yeru osmon larzaga kelar. Ammo Egam O‘z xalqini panohiga olar, U Isroil xalqining qo‘rg‘oni bo‘lar.
17. Egamiz shunday deydi: “Ey xalqim, shunda sizlar Egangiz Xudo Men ekanligimni bilasizlar. Men muqaddas tog‘im Sionda qurganman maskan. Tabarruk bir shahar bo‘ladi Quddus, Bosqinchilar endi aslo unga qilmas tajovuz.
18. O‘sha kuni sut oqar qirlardan, Uzum sharbati kelar tog‘lardan, Yahudodagi o‘zanlar suvga to‘lar, Mening uyimdan buloq otilib chiqar, Qaqroq Shitim vodiysini sug‘orar.
19. Misr huvullab, Edom bo‘m–bo‘sh sahroga aylanar. Oh, Yahudo xalqiga zulm o‘tkazdi ular, Begunoh odamlarning qonin to‘kdilar.
20. Men albatta jazolayman ularni! Aslo oqlamayman jinoyatchilarni! Yahudo esa abadiy yashar, Quddus avlodlar osha barqaror bo‘lar.
21. Men, Egangiz, Sionda qurganman maskan.”

YouTube kanaliga xush kelibsiz!
► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)
Muqaddas Kitob
- Ibtido
- Chiqish
- Levilar
- Sahroda
- Qonunlar
- Yoshua
- Hakamlar
- Rut
- Shohlar (birinchi kitob)
- Shohlar (ikkinchi kitob)
- Shohlar (uchinchi kitob)
- Shohlar (to‘rtinchi kitob)
- Solnomalar (birinchi kitob)
- Solnomalar (ikkinchi kitob)
- Ezra
- Naximiyo
- Ester
- Ayub
- Zabur
- Sulaymonning hikmatlari
- Voiz
- Ishayo
- Sulaymonning go‘zal qo‘shig‘i
- Yeremiyo
- Yeremiyoning marsiyasi
- Hizqiyo
- Doniyor
- Xo‘sheya
- Yo‘el
- Amos
- Obodiyo
- Yunus
- Mixo
- Noxum
- Xabaqquq
- Zafaniyo
- Xaggey
- Zakariyo
- Malaki
- Matto Muqaddas xushxabar
- Luqo Muqaddas xushxabar
- Yuhanno Muqaddas xushxabar
- Mark Muqaddas xushxabar
- Havoriylarning faoliyati
- Yoqubning maktubi
- Butrusning birinchi maktubi
- Butrusning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning birinchi maktubi
- Yuhannoning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning uchinchi maktubi
- Yahudoning maktubi
- Rimliklarga maktub
- Korinfliklarga birinchi maktub
- Korinfliklarga ikkinchi maktub
- Galatiyaliklarga maktub
- Efesliklarga maktub
- Filippiliklarga maktub
- Kolosaliklarga maktub
- Salonikaliklarga birinchi maktub
- Salonikaliklarga ikkinchi maktub
- Timo‘tiyga birinchi maktub
- Timo‘tiyga ikkinchi maktub
- Titusga maktub
- Filimo‘nga maktub
- Ibroniylarga maktub
- Yuhannoga ko‘rsatilgan vahiy
AJOYIB KITOBNI O'QING

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)
MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Tavrot | Zabur | Injil (+audio)

Яхши аудио Китоблар

Kinolar va Multiklar

Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Аудио Кутубхона

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz