Muqaddas Kitob

Mixo

1. Yahudo shohlari Yo‘tom, Oxoz va Hizqiyo hukmronlik qilgan davrlarda Egamiz Mo‘rashatlik Mixo payg‘ambarga O‘z so‘zini ayon qilib turdi. Samariya va Quddus haqida Egamiz aytgan bu so‘zlar Mixo payg‘ambarga vahiy orqali ayon bo‘ldi.
2. Quloq tuting, ey xalqlar! Quloq soling, yer yuzida yashovchilar! Egamiz Rabbiy sizlarga qarshi guvohlik beradi. MuqaddasMa’badidanRabbiy gapiradi.
3. Ana, Egamiz O‘z maskanidan chiqyapti, Tog‘ cho‘qqilarini bosib kelyapti.
4. Uning oyog‘i ostida eriydi tog‘lar, Yorilib ketadi daralar. Tog‘lar olovda erigan mum kabi bo‘ladi, Tepalikdan oqib tushgan suvday to‘kiladi.
5. Yoqub nasli itoatsizlik qilgani uchun, Isroil gunohga botib ketgani uchun, Bu voqealar sodir bo‘ladi. Yoqub nasli orasida itoatsizlik qilgan kim? Poytaxt shahar Samariya emasmi?! Butparastlar uyasi Yahudoning qayerida joylashgan? Quddusning naq o‘zida emasmi?!
6. Egamiz shunday deydi: “Men Samariyani yo‘q qilaman. Uni tok ekiladigan joyga, Ochiq maydondagi bir uyum toshga aylantiraman. Shahar toshlarini vodiyga yumalataman, Uning poydevorlarini ochib tashlayman.
7. Samariyaning butlari parcha–parcha bo‘ladi, Barcha sanamlari sindirib, yondiriladi. Fahsh yo‘li bilan kelgan butlarning qimmatbaho bezaklari O‘zga yurt fohishalariga to‘lov qilib beriladi.”
8. Bunday musibatdan yig‘lab, faryod qilaman, Yalang‘och, oyoq yalang yuraman, Chiyabo‘riday uvullab fig‘on chekaman, Bo‘ta kabi bo‘zlab yig‘layman.
9. Axir, davo yo‘q Samariyaning yarasiga, Yopishdi Yahudoga ham u yara, Xalqim darvozasi — Quddusga yuqdi.
10. Gat aholisiga buni hasrat qilmang, Ular oldida ko‘z yoshingizni to‘kmang! Bayt–Lafroga borib, U yerda qayg‘udan tuproqqa yumalang!
11. Ey Shofir ahli, Siz asirlikka ketasiz, Yalang‘och, sharmanda bo‘lib borasiz. Zanon xalqi tashqariga chiqishga jur’at etmaydi. Bayt–Ezel ahli motam tutadi, Endi ular sizga panoh bermaydi.
12. Moro‘t aholisi madad kutgan edi, Ammo Egamiz falokat yubordi. Bu falokat hatto Quddus darvozalariga yetdi.
13. Ey Laxish ahli, Otlaringizni aravalarga qo‘shing! Siz itoatsiz Isroil xalqiga taqlid qildingiz, Quddus ahlini ilk bor gunohga boshladingiz!
14. Shunday ekan, ey Yahudo xalqi, Endi Mo‘rashat shahri bilan xayrlashavering, Esdalik sovg‘alaringizni ularga taqdim qiling. Attang, Axsib ahli Isroil shohlariga pand berdi, Bera olmaydigan yordamni ularga va’da qildi.
15. Ey Morisho ahli, Egamiz ustingizga bir bosqinchini yuboradi. Isroil yo‘lboshchilari Adullamga qochib borishadi.
16. Suyukli farzandlaringizni deb Sochingizni oldiring. Kalxatlar kabi siyqa bosh bo‘ling, Axir, bolalaringiz surgun qilinadi.
1. Ey to‘shagida yotib, yovuzlikni rejalashtirganlar! Sizning holingizga voy! Tong otganda siz Rejalaringizni amalga oshirasiz. Ha, bu sizning qo‘lingizdan keladi.
2. Sizlar birovning ekinzoriga ko‘z olaytirib, Uni tortib olasiz. Birovning uyini yoqtirib qolib, Uni o‘zingizniki qilib olasiz. Birini o‘z uyidan, Boshqasini — meros qilib olgan yeridan mahrum etasiz.
3. Shu sababdan Egamiz demoqda: “Men sizlarga qarshi falokatni reja qilyapman. Sizlar bo‘yinturuqdan qochib qutulolmaysiz, Burningizni osmonga ko‘tarib yurmaysiz. Bu og‘ir damlar bo‘ladi.”
4. O‘sha vaqt kelganda Odamlar sizlarni masxara qilishadi, Siz haqingizda shunday achchiq marsiya kuylashadi: “Biz merosimizdan mahrum bo‘ldik! Dalalarimiz yovlarga bo‘lib berildi. Endi biz butunlay xarob bo‘ldik!”
5. Shunday ekan, Egamizning xalqi qaytadan bo‘lganda yurtni, Ulush qilib olmaysiz siz bir parcha yerni.
6. Sizlar menga aql o‘rgatib deyapsiz: “Bizga aql o‘rgatma! Nafasingni issiq qil, Biz sharmanda bo‘lmaymiz.”
7. Ey Yoqub nasli, sizlar aytasiz: “Nahotki, Egamizning sabri tugagan bo‘lsa?! Nahotki, Xudo shunday ishlarni qilsa?!” Bu so‘zlarni aytishingiz joizmi?! Axir, Xudoning so‘zlari to‘g‘ri odamga yaxshilik keltiradi–ku!
8. Egamiz demoqda: “Sizlar o‘z xalqingizga zulm qildingiz! Jangdan xotirjam qaytgan odamni poyladingiz, Uning egnidagi to‘nini tortib oldingiz.
9. Xalqimning ayollarini shinam uylaridan chiqarib yubordingiz, Yosh bolalarning nasibasini Mening yurtimdan uzdingiz.
10. Qani turinglar, ketinglar bu yerdan! Orom topa olmaysiz endi bu yurtda! Axir, qilgan gunohlaringiz yurtimni harom qildi, Uning xarob bo‘lishiga sababchi bo‘ldi.
11. Bordi–yu, oldingizga yolg‘onchi odam kelsa, — Sharob, bo‘zadan va’z aytaman, — deb aytsa, Sizlar uni payg‘ambar deya qabul qilasiz!
12. Ey Yoqub nasli, Men sizlarni albatta yig‘aman, Ey Isroilning omon qolganlari, Men sizlarni to‘plab olaman. Qo‘radagi qo‘ylarday, yaylovdagi suruvday, Sizlarni Men bir joyga yig‘aman. O‘shanda yurtingiz odamlarga to‘lib–toshadi.
13. Men Yo‘lboshchingiz bo‘lib, sizlarga yo‘l ochaman, Sizlarni asirlikdan olib chiqaman. Sizlar shahar darvozasidan chiqib ketasiz. Men, Shohingiz sizlarni boshlab boraman. Men, Egangiz oldinda yuraman.”
1. Men shunday dedim: “Ey Yoqub yo‘lboshchilari eshiting! Ey Isroil hukmdorlari quloq soling! Adolat o‘rnatish sizning vazifangiz–ku!
2. Sizlar esa yaxshilikdan nafratlanasiz, Qabihlikka mehr qo‘yasiz, Siz xalqimning terisini shilib, Etini suyagidan ajratib olasiz.
3. Siz xalqimning etini yeysiz, Terisini shilib, suyaklarini maydalaysiz, Qozonga solinadigan go‘shtday ularni nimtalaysiz.
4. Vaqti kelib, Egamizga iltijo qilarsiz, O‘shanda Xudodan javob olmaysiz. Sizlar qabihlarcha ish tutdingiz, Shu bois U sizlardan yuz o‘giradi.”
5. Egamiz shunday demoqda: “Ey xalqimni yo‘ldan ozdirgan payg‘ambarlar! Sizlar qorningizni to‘yg‘izganlarga tinchlikni bashorat qilasiz, Og‘zingizni moylamaganlarga esa urushni e’lon qilasiz.
6. Endi ustingizga tun bostirib keladi, Sizlar vahiylarni ko‘rmaysiz. Qaro zulmat sizni o‘rab oladi, Bashorat qilishingizga imkon bo‘lmaydi. Sizlar uchun quyosh botadi, Kunduz ham zulmat bo‘ladi.
7. Sharmanda bo‘lasiz, ey valiylar, Uyatga qolasiz, ey folchilar. Mendan so‘z olmaganingiz uchun, Og‘zingizni yopasiz.”
8. Ammo mening vujudim kuchga to‘lgan, Egamizning Ruhi meni to‘ldirgan. Qudrat va adolatga to‘lganman. Endi men Yoqubning itoatsizligini fosh qilaman, Isroil xalqining gunohini yuziga solaman.
9. Ey Yoqub nasli yo‘lboshchilari, eshiting! Ey Isroil rahnamolari, quloq soling! Sizlar adolatdan hazar qilasiz, Haqiqatni buzib ko‘rsatasiz.
10. Qonlar evaziga barpo qildingiz Quddusni, Zulm evaziga bunyod etdingiz Sionni!
11. Ey Quddus hokimlari, sizlar pora olib hukm qilasiz, Ey Quddus ruhoniylari, sizlar tama qilib ta’lim berasiz, Ey Quddus payg‘ambarlari, sizlar pul uchun bashorat qilasiz. Tag‘in Egamizning nomini ro‘kach qilib, aytasiz: “Egamiz biz bilan, bunga shubha yo‘q! Boshimizga biror ko‘rgilik tushmas.”
12. Sizlar sababli Quddus daladay shudgor qilinadi, Sion xarobazor bo‘ladi, Egamizning uyi turgan tog‘ni Qalin o‘rmonzor qoplaydi.
1. Shunday kunlar keladiki, Egamizning uyi turgan tog‘ Tog‘larning eng yuksagi bo‘lib, qaror topadi. Bu tog‘ hammasidan ham baland bo‘ladi, Xalqlar u yerga daryoday oqib keladi.
2. Ko‘plab ellar keladi, Ular shunday deb aytadi: “Qani, yuringlar! Chiqaylik Egamizning tog‘iga! Qani, yuringlar! Boraylik Yoqub naslining Xudosi uyiga! Toki U bizga o‘rgatsin O‘zining yo‘llarini, Toki yuraylik bizlar Uning so‘qmoqlaridan.” Axir, Egamizning kalomi kelib chiqar Quddusdan, Ha, Xudoning ta’limoti kelib chiqar Siondan.
3. Egamiz hukm qiladi ko‘p xalqlarning orasida, Ajrim qiladi olisdagi kuchli millatlar orasida. Qilichlarini aylantirishadi omochga, Nayzalarini esa tok qaychilariga. Qilich ko‘tarmaydi bir–biriga xalqlar, Hech qachon jang qilmaydi ular.
4. Orom olar har kim o‘z uzumzorida, O‘tirar har kim o‘z anjirzorida, Biror kimsa ularga tahdid solmaydi. Buni Sarvari Olamning O‘zi aytdi!
5. Hamma xalqlar o‘z xudolariga ergashaversin, Biz esa abadulabad Egamiz Xudoning yo‘lidan yuramiz.
6. Egamizning kalomi shudir: “Shunday vaqt keladiki, Men cho‘loqlarni yig‘ib olaman. Haydab yuborilganlarni to‘playman, O‘zim azobga giriftor qilganlarimni yig‘aman.
7. Cho‘loqlarni omon saqlayman, Haydab yuborilganlardan kuchli bir xalq bunyod etaman, O‘sha kundan boshlab to abad Men, Egangiz, Sion tog‘ida ularga hukmronlik qilaman.”
8. Ey Quddusdagi shoh qal’asi, Xudo xalqining kuzatuv minorasi, Sobiq hokimiyating o‘zingga qaytadi. Ey Quddus shahri, Sening saltanating qayta tiklanadi.
9. Endi esa nechun faryod qilyapsan? Nima bo‘ldi, hukmdoring yo‘qmidi?! Nechun to‘lg‘oq tutgan ayol kabi azoblanyapsan? Maslahatching nobud bo‘ldimi?!
10. Ey qiz Quddus, Tug‘ayotgan xotin kabi oh–voh qilmaysanmi?! O‘zingni har tomonga tashlamaysanmi?! Axir, hozir shahardan chiqib ketasan! Yalang qirlarga borib maskan qilasan! Ha, Bobilga sen surgun bo‘lasan. Biroq u yerda sen najot topasan, Dushman qo‘lidan xalos qilar Egamiz seni.
11. Senga qarshi birlashdi talay xalqlar, Sen haqingda shunday deb aytadi ular: “Qani kelinglar, Quddusni xo‘rlaymiz, Shahvat bilan uni tomosha qilamiz.”
12. Ammo bilmas ular Egamizning niyatini, Aslo tushunmaslar Uning rejalarini, Bilmas ne sababdan Egamiz ularni yiqqanini, Anglamas bug‘doyday ularni yanchimoqchi ekanini.
13. Egamiz demoqda: “Turing, ey Quddus aholisi! Yanchib tashlang ularni! Temirdan qilaman shoxlaringizni, Bronzadan yasayman tuyoqlaringizni, Ezib majaqlaysiz ko‘plab xalqlarni.” Egamizga bag‘ishlaysiz olgan o‘ljangizni, Butun olam Rabbiysiga yov boyligini.
1. Ey Quddus, yiqqin lashkaringni! G‘animlar bizni qurshovga oldi! Ular Isroil hukmdorining betiga tayoq bilan uradi.
2. Ammo Egamiz demoqda: “Ey Efratdagi Baytlahm, Sen Yahudoning mitti shahri bo‘lsang ham, Isroilni Men uchun boshqaradigan zot sendan chiqadi. Uning nasabi qadimlarga borib taqaladi.”
3. Ha, Egamiz Isroil xalqini bir muddatga dushmanlarga taslim qiladi, Ammo bu hol uzoq davom etmaydi. Homilador ayolning ko‘zi yoriganda, Bo‘lg‘usi hukmdorning birodarlari surgundan qaytadi. Ular Isroil xalqi bilan birlashadi.
4. Egamizning qudrati ila o‘sha hukmdor suruvini boqadi, Egamiz Xudo O‘z ulug‘vorligi ila ularni boshqaradi. Isroil xalqi xatarsiz yashaydi, Axir, hukmdorining dovrug‘i butun dunyoga yoyiladi.
5. O‘sha zot tinchlik o‘rnatuvchi bo‘ladi. Mabodo Ossuriyaliklar Yurtimizga bostirib kelsa, Chegaramizga qadam bosishsa, Hukmdorimiz bizni qutqaradi.
6. Xa, Ossuriyaliklar Yurtimizga bostirib kelsa, Qal’alarni ular yorib o‘tsa, Biz ularga qarshi yetti yo‘lboshchini tanlaymiz, Hatto sakkiz rahnamoni tayinlaymiz. Ular qilich ko‘tarib, Ossuriyada hukmronlik qilishadi, Qilich o‘ynatib, Nimro‘dning yerida o‘z hukmini o‘tkazishadi.
7. Ko‘p xalqlar orasida Yoqub naslining omon qolganlari Egamiz osmondan tushira oladigan Shudringday bo‘lishadi, Maysalarni sug‘oradigan Yomg‘irga o‘xshagan bo‘lishadi. Ularni hech kim to‘xtata olmaydi, Ular dushmanlari ustiga bostirib borishadi.
8. Ha, ko‘p xalqlar orasida Yoqub naslining omon qolganlari O‘rmon hayvonlari orasidagi Arslonday bo‘lishadi, Qo‘y suruviga kirib qolgan Sher bolasiga o‘xshagan bo‘lishadi. Yurgan yo‘llarida hammaga tashlanib g‘ajishadi, Ularning qo‘lidan hech kim qutqara olmaydi.
9. Ey Isroil, sening qo‘ling yovlardan baland keladi, Barcha dushmanlaring qirilib ketadi.
10. Egamizning kalomi shudir: “O‘sha kuni otlaringizni Men yo‘q qilaman, Jang aravalaringizni parcha–parcha etaman.
11. Vayron qilaman yurtingiz shaharlarini, Yakson etaman jamiki qal’alaringizni.
12. Yurtingizda sehr–joduga barham beraman, Orangizda bironta folbinni qoldirmayman.
13. Yo‘q qilaman tasviru butsimon toshlaringizni, Boshqa sajda qilmaysiz qo‘lingiz ijodiga.
14. Qo‘porib tashlayman Asheraning ustunlarini, Shaharlaringiz kulini ko‘kka sovuraman.
15. Menga itoat qilmagan xalqlar ustiga Qahru g‘azabimni yog‘dirib, qasos olaman.”
1. Egamizning suzini eshiting: “Qani turing! Tog‘lar oldida ayting da’voingizni, Qirlar eshitsin sizning ovozingizni.”
2. Ey tog‘lar, Egamizning da’vosiga quloq tuting, Zaminning mangu poydevorlari, siz ham eshiting! O‘z xalqi bilan Egamiz da’volashadi, Xalqi Isroil bilan U bahslashadi.
3. Egamiz demoqda: “Ey xalqim, senga Men nima qildim?! Senga tushdimi biror og‘irligim?! Qani, javob bergin–chi Menga!
4. Men sizlarni Misr yurtidan olib chiqqan edim– ku, U yerdagi qullikdan xalos etgan edim–ku. Oldingizga yuborgandim yo‘lboshchilarni — Muso, Horun va Maryamni.
5. Ey xalqim, nahot eslamasangiz Mo‘ab shohi Boloqning yovuz niyatini, Bavo‘r o‘g‘li Balomning unga bergan javobini?! Shitimdan Gilgalga qilgan safaringizda ham Nimalar yuz berganini bir eslang. Bu voqealarni esga olsangiz, Men sizlarni qutqarmoqchi bo‘lib, Ne–ne ishlar qilganimni ko‘rasiz!”
6. Xudoyi Taologa sajda qilganimda, Nima olib boray Egamizning huzuriga?! Unga atab qurbonliklar kuydirsammikan?! Bir yoshli buzoqlarni nazr qilsammikan?!
7. Unga atab minglab qo‘chqorlarni so‘ysam, Zaytun moyin daryo–daryo qilib oqizsam Egamiz mendan mamnun bo‘larmikan?! Itoatsizligim uchun to‘ng‘ich o‘g‘limni beraymi?! Gunohim–chun o‘z farzandimni qurbon qilaymi?!
8. Ey inson, nima yaxshi ekanligini Egamiz senga ayon qildi. Shudir Uning sendan qilgan talabi: Adolatli ish tutgin, Mehr–shafqat qilishdan zavq olgin, Kamtar bo‘lib, Xudoning yo‘lidan yurgin.
9. Xudodan qo‘rqish — donolik axir! Egamiz Quddus ahliga xitob qilar: “Yaxshilab quloq soling! Men sizlarni hademay jazolayman!
10. Ey fosiqlar, harom boyligingizga qanday ko‘z yumay?! Tarozidan urib yiqqan davlatingizni qanday unutay?! Bunday boylikdan jirkanaman, axir!
11. Noto‘g‘ri tarozini ishlatgan odamni qanday oqlayin?! Soxta qadoq toshlardan foydalangan kishiga qanday chidayin?!
12. Ey Quddus boylari, sizlar zo‘ravonlik qilyapsiz, Ey shahar odamlari, sizlar aldayapsiz. Yolg‘ondan boshqani bilmas tillaringiz.
13. Shuning uchun Men sizlarga qaqshatgich zarba beraman, Gunohlaringiz uchun sizlarni xarob qilaman.
14. Sizlar yeysiz, lekin to‘ymaysiz, Qorningiz doim och bo‘ladi. Narsa yig‘asizu saqlay olmaysiz, Yiqqanlaringizni urushda nobud qilaman.
15. Siz ekasiz, ammo o‘rib olmaysiz. Moy olasiz, ammo undan foydalanmaysiz. Uzum ezasiz, ammo sharobidan ichmaysiz.
16. Axir, sizlar shoh Omrining odatlarini tashlamayapsiz. Axab xonadonining barcha qilmishlariga taqlid qilyapsiz, Ularning yo‘lini tutyapsiz. Shuning uchun Men sizlarni xarob qilaman. Sizni ko‘rganlar sizlardan hazar qiladi, Barcha xalqlar sizlarni haqorat etadi.”
1. Sho‘rim quridi! Yozgi mevalar yig‘ib olingach, Uzumzor hosili yig‘ishtirilgach, Toklardan bir bosh uzum ham topa olmagan, Bir dona anjirga zor bo‘lgan odamdayman men.
2. Xudojo‘y yo‘q bo‘ldi bu yurtda, To‘g‘ri odam qolmadi insonlar orasida. Qon to‘kaman, deb odamlar bir–birini poylaydi, Hattoki qarindosh qarindoshiga tuzoq qo‘yadi.
3. Yomonlik qilishga ustadir ular. Amaldoru qozilari pora olishadi, Boylari xohlaganini qildirishadi, Birgalikda ular haqiqatni buzib ko‘rsatishadi.
4. Ularning himmatlisi yantoqqa o‘xshaydi, Vijdonlisi bir uyum tikandan qolishmaydi. Ey Isroil xalqi, Soqchilar sizlarga e’lon qilgan kun yaqinlashdi, Ha, jazo oladigan kuningiz yetib keldi. Hammangiz sarosimaga tushadigan vaqt bo‘ldi.
5. Do‘stingizga suyanmang, Sherigingizga ishonmang, Quchog‘ingizda xotiningiz yotganda, Qulf soling og‘zingizga.
6. O‘g‘il o‘z otasini xo‘rlaydi, Qiz onasining yuziga sapchiydi, Kelin qaynanasiga dushmanlik qilar. Sizning dushmanlaringiz — o‘z uyingizdagilar.
7. Men esa Egamga tikaman ko‘zlarimni, Umid–la kutaman najotkorim Xudoni, Albatta eshitar Xudoyim meni.
8. Holimni ko‘rib shod bo‘lmangiz, ey g‘animlar! Yiqilganimda o‘zim turib olarman. Zulmatda o‘tirganimda, Menga nur sochar Egam.
9. Gunoh qildim men Egamga qarshi, Uning qahriga dosh beraman endi. Bir kun U mening tarafimni oladi, Mening haqligimni isbot etadi. Yorug‘likka olib chiqadi U meni, Ko‘raman men Xudoning adolatini.
10. Ey dushmanlarim, albatta buni ko‘rasiz. “Egang Xudo qani?!” deb meni masxara qildingiz, Endi siz sharmandayi sharmisor bo‘lasiz. Men ko‘zlarim bilan ko‘raman sizning qulashingizni, Oyoq osti bo‘lasizlar ko‘chadagi loy kabi.
11. Ey Quddus, kelar shunday zamonlar: Sening devorlaring qayta qurilar, Kengayib ketadi sening hududing.
12. O‘sha kuni oldingga odamlar keladi. Ular Ossuriyadan Misrgacha, Misrdan Furot daryosigacha Bo‘lgan barcha o‘zga yurtlardan, Uzoq dengiz sohillaridan, Olis tog‘lar bag‘ridan kelishadi.
13. Zamin ahli qilmishlaridan Dunyo xarobazorga aylanib ketadi.
14. Ey Egam, O‘z xalqingning cho‘poni bo‘lgin, O‘z suruvingni tayog‘ing bilan boshqargin, Ularning yon–atrofi ko‘m–ko‘k yaylovlar, Biroq o‘rmonda yolg‘iz yashayapti ular. Uzoq o‘tmishdagiday ularni o‘tlatgin, Bashan va Gilad yaylovlarida ularni to‘yg‘azgin.
15. Egamiz demoqda: “Men sizlarni Misrdan olib chiqqan kunlarimday, Sizlarga O‘z ajoyibotlarimni yana ko‘rsataman.”
16. Ey Egam, ajoyibotlaring oldida xalqlar Buyuk lashkarlarining ojizligini ko‘rib, sharmanda bo‘ladilar. Qo‘llari bilan yuzlarini berkitadilar. Ularning quloqlari garang bo‘lib qoladi.
17. Ilon kabi ular tuproq yalaydi, Sudraluvchi maxluqlar kabi tuproq oshaydi. Ey Egamiz Xudo, ular titrab–qaqshab, O‘z uyalaridan Sening oldingga chiqadilar. Sening huzuringda dahshatga tushadilar.
18. Ey Xudo, Senga o‘xshashi bormikan?! Xalqingdan omon qolganlarning Gunohlarini Sen kechirasan, Ularning itoatsizligini afv etasan. To abad g‘azablanmassan xalqingdan, Zavq olasan rahm–shafqat ko‘rsatishdan.
19. Sen bizga yana rahm qilasan. Ayblarimizni ko‘mib yuborasan, Gunohlarimizni dengiz tubiga uloqtirasan.
20. Qadimda ota–bobolarimizga ont ichganingday Sen Yoqub avlodiga sadoqatli bo‘lasan, Ibrohim nasliga so‘nmas sevgingni ko‘rsatasan.



YouTube kanaliga xush kelibsiz!




► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)


Muqaddas Kitob



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак