Muqaddas Kitob
Xabaqquq
1. Xabaqquq payg‘ambarga vahiy orqali ayon bo‘lgan bashorat.
2. Ey Egam, qachongacha Sendan yordam so‘rab yolvoray?! Menga quloq solasanmi o‘zi?! Qachongacha: “Zo‘ravonlikdan qutqar!” — deb iltijo qilay?! Bizga najot berasanmi o‘zi?!
3. Nima uchun nohaqlikka qarab turishim kerak?! Bunday haqsizlikka qanday chiday olyapsan?! Atrofimga nazar solsam, zo‘ravonligu talonchilikni ko‘raman. Janjal bilan urush avj olmoqda.
4. Natijada qonun kuchini yo‘qotdi, adolat esa poymol bo‘ldi. Fosiqlar solihlardan baland kelgani uchun, nohaq hukm chiqarilyapti.
5. Atrofdagi xalqlarga nazar solinglar! Ularga yaxshilab qaranglar! Ko‘rganingizdan hayratda qolasizlar. Sizning davringizda Men shunday bir ish qilamanki, agar eshitsangiz qulog‘ingizga ishonmaysizlar.
6. Mana, Men Bobilliklarni g‘oyat kuchli qilmoqdaman. Bu xalq shafqatsiz va tajovuzkordir. Ular dunyoning har tomoniga yurish qiladilar, o‘zga yurtlarni bosib oladilar.
7. Hammani qo‘rquv, vahimaga soladilar. O‘ziga xon, o‘ziga bek bo‘lgan takabburdir ular.
8. Ularning otlari qoplondan tez, kechasi izg‘iydigan bo‘rilardan xavfli. Otliqlari uzoqdan otlarini yeldirib kelishadi, o‘ljasiga tashlanadigan burgut kabi uchib kelishadi.
9. Ularning to‘dalari zo‘ravonlik maqsadida kelishadi. Ular sahrodan keladigan quyun kabi bo‘lib, qum yiqqanday asirlarni yig‘ishadi.
10. Shohlarni mazaxlashadi, hukmdorlarni masxara qilishadi. Mustahkam shaharlar ustidan kulishadi. O‘sha shaharlar devorlariga qiyalatib tuproq uyadilar. Ularni qo‘lga kiritadilar.
11. So‘ng shamol kabi tez o‘tib ketishadi. Ular o‘z kuchini xudo, deb biladilar, shuning uchun jazodan qocha olmaydilar.
12. Ey, Egam Xudo, Muqaddas Xudoyim! Doimo mavjud bo‘lgan Xudo Sen emasmi?! Shunday ekan, Bobilliklar dastidan biz yo‘q bo‘lib ketmaymiz. Ey, Egam! Sen, hukmimni amalga oshirsin, deb Bobilliklarni tanlading. Ey, Tayanchim, xalqimni jazolasin deb, ularni tayinlading.
13. Sening ko‘zlaring shu qadar pokizaki, Sen yovuzlikka qarab turolmaysan. Haqsizlikka chiday olmaysan. Hayronman, qanday qilib bu makkor odamlarga chidab yuribsan?! Bu qabihlar o‘zlaridan solihroq xalqni yamlab yutyapti–ku, qanday qilib ularga indamay jim turibsan?!
14. Sen odamlarni dengizdagi baliqlar kabi qilding, yo‘lboshchisi bo‘lmagan dengiz maxluqlariga o‘xshatib qo‘yding.
15. Bobilliklar odamlarni o‘z qarmog‘iga ilintiradilar. To‘r tashlab baliq ovlaganday ularni ovlaydilar. Yoyma to‘rlariga tushirib, qirg‘oqqa tortib chiqaradilar. Ovini ko‘rgach, xursand bo‘lib sevinadilar.
16. Ha, to‘rlari tufayli ular mo‘l o‘lja oladilar, sara taomlardan tanovul qiladilar. Shuning uchun to‘rlariga atab qurbonliklar keltiradilar, yoyma to‘rlariga atab tutatqilar tutatadilar.
17. Qachongacha ular to‘rlari bilan ellarni ovlaydilar?! Qachongacha xalqlarni shafqatsiz nobud qiladilar?!

1. Men minoraga chiqib olaman. Shahar devoridan olislarga qarab, Egamning javobini kutaman. Shikoyatimga javob berganda, Unga nima aytishimni o‘ylab ko‘raman.
2. Egamiz menga shunday javob berdi: “Senga ayon qilgan so‘zlarimni tosh lavhalarga aniq qilib yoz, yugurib ketayotgan odam uni bir qarashdanoq o‘qiy oladigan bo‘lsin.
3. Bashorat belgilangan vaqtda amalga oshadi. O‘sha vaqt hademay yetib keladi, bashorat ro‘yobga chiqadi. Bordi–yu, u kechikadigan bo‘lsa, sabr qilgin. U albatta bajo bo‘ladi, kech qolmaydi.
4. Menga qara! To‘g‘ri yo‘ldan yurmaganlar halok bo‘ladi. Colihlar esa Xudoga bo‘lgan sadoqati tufayli tirik qoladi.”
5. Boylik aldamchidir. Boylar takabbur, ular hech qachon tinib–tinchimaydilar. Ular o‘liklar diyori kabi ochko‘z, o‘lim kabi to‘ymaslar. Ular xalqlarni o‘zlariga tobe qilishar, ellarni qo‘l ostiga olishar.
6. Asirlikka tushganlar ularni nafratomuz mazax etadilar, masxara qilib, shunday aytadilar: “Ey, birovning boyligini talab, uyum qilganlar, sizning holingizga voy! Sizlar birovning narsasini qaytarmay, qarzlaringizni orttirib yuribsizlar. Bunday hol uzoqqa cho‘zilarmidi?!
7. Qarzlaringizni qistaydiganlar to‘satdan paydo bo‘ladi. Ular kelib sizlarni dahshatga solishadi. Shunda sizlar ular uchun o‘lja bo‘lasizlar.
8. Sizlar ko‘p xalqlarni taladingiz. Odamlarning qonini to‘kdingiz, yurtu shaharlarni vayron qilib, u yerdagilarni nobud qildingiz. Shuning uchun omon qolgan xalqlar endi sizlarni talon–taroj qiladilar.
9. Ey, harom yo‘l bilan boylik topib, uyiga tashiganlar, sizning holingizga voy! Sizlar uylaringizni balandlikda qurib, o‘zingizni kulfat changalidan asramoqchi bo‘ldingiz.
10. Ammo hiylalaringiz xonadoningizni sharmanda qildi. Sizlar ko‘p xalqlarni nobud qilganingiz uchun o‘z boshingizga yetdingiz.
11. Hatto uyingiz devoridagi toshlar zo‘ravonligingizdan dod soladi. To‘sinlarning nolasi aks sado bo‘lib chiqadi.
12. Ey, qotillik ila shaharlar qurganlar, holingizga voy! Ey, zo‘ravonlik ila qo‘rg‘onlarga asos solganlar, holingizga voy!
13. Ellar behuda tinkasini quritadi. Xalqlarning ter to‘kib erishganlari olovga yem bo‘ladi. Bu Sarvari Olamning ishi emasmi?!
14. Ha, suvlar to‘ldirganday dengizni, yer yuzi to‘liq biladi Egamizning ulug‘vorligini.
15. Ey, qo‘shni xalqlarga sharobni zo‘rlab ichirganlar, holingizga voy! Yalang‘och badanlarini tomosha qilaylik deb, ularga g‘azabingiz sharobidan ichirdingiz. Ularni mast qildingiz.
16. Biroq sizlar obro‘ topmay o‘zingiz sharmandalikdan mast bo‘lasizlar. Qani, iching! Yalang‘och tanangizni ko‘rsating! Ana, Egamizning o‘ng qo‘lidagi jazo kosasi sizlarga yetib keldi! Obro‘yingiz to‘kilib, sharmandangiz chiqadi.
17. Ha, Lubnonda qilgan zo‘ravonligingiz o‘z boshingizga yetadi. U yerda yovvoyi hayvonlarni qirdingiz, endi hayvonlar sizlarni dahshatga tushiradi. Chunki sizlar yurtu shaharlarni vayron qildingiz. Odamlarning qonini to‘kib, ularni nobud qildingiz.”
18. Inson yasagan butdan ne foyda?! Sanamning foydasi bormi yolg‘ondan boshqa?! Nega odam o‘zi yasagan narsasiga umidini bog‘laydi?! Nega tili yo‘q bir butni yasaydi?!
19. Holingizga voy, ey, bir parcha yog‘ochga “Uyg‘on!” deganlar! Holingizga voy, ey tilsiz toshga “Tur!” deb yolvorganlar! But sizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatarmidi?! Oltinu kumush bilan qoplangan butning joni bormidi?!
20. Egamiz esa O‘zining muqaddasMa’badidadir. Uning oldida butun dunyo sukut saqlasin!

1. Xabaqquq payg‘ambarning kuyga solingan ibodati:
2. “Ey, Egam, men Sening shuhrating haqida eshitdim. Qilgan buyuk ishlaringdan hayratda qoldim. Ey, Egam, bizning davrimizda ham shunday ishlaringni qilgin. Odamlar Sening nimalarga qodir ekanligingni bilib qo‘yishsin. G‘azablanganingda mehr–shafqatni esdan chiqarmagin.
3. Xudo keladi Edom yurtidan, Muqaddas Xudo keladi Poron qirlaridan. Uning ulug‘vorligi ko‘kni porlatar, Hamdu sanolariga butun dunyo to‘lar.
4. Ulug‘vorligi chaqmoqday chaqnar, Nur sochilar Uning qo‘lidan — Kuch yashiringan bilagidan.
5. Uning oldida yuradi o‘lat, Uning ketidan ergashadi ofat.
6. To‘xtaganda yer silkinadi, Nazar solganda xalqlarni titroq bosadi. Uning qadimdan yurgan yo‘llaridagi Mangu tog‘lar o‘pirilib tushadi, Abadiy qirlar cho‘kib past bo‘ladi.
7. Kushondagi odamlarning qo‘rqqanini men ko‘ryapman, Midiyondagi odamlarning dag‘–dag‘ qaltiraganini ko‘ryapman.
8. Ey, Egam, nahotki g‘azablansang daryolardan?! Nahot Sening jahling chiqsa irmoqlardan?! Yoki Sening qasding bormidi dengizdan?! Shuning uchun otlaringni choptirasanmi, Zafarli jang aravalaringga minib olasanmi?!
9. Sen g‘ilofdan chiqarasan kamoningni, O‘qlarga to‘ldirasan o‘qdoningni. Daryolar bilan yorasan yer yuzini.
10. Buni ko‘rganda tog‘larni dard tutar, Shiddatli oqim ko‘pirib oqar. Dengiz chuquridan nido yangrar, Dengiz to‘lqinlari ko‘kka intilar.
11. Sening o‘qlaring uchib chaqnaydi, Nayzalaring yalt etib yonadi. Bundan quyoshu oy o‘z joyida qotib turadi.
12. Sen jahl ustida bosib o‘tarsan yer yuzini, G‘azabga minib oyoq osti qilarsan xalqlarni.
13. Qutqarish uchun kelasan O‘z xalqingni, O‘z tanlaganing orqali ozod qilish–chun ularni. Fosiq xalqning yo‘lboshchisini urasan, Boshdan–oyoq uni shilib tashlaysan.
14. G‘animlarimiz quyun kabi kelyaptilar, Bizni har yoqqa tarqatib yubormoqchi bo‘lyaptilar. O‘z uyasida o‘ljasini g‘ajigan yirtqich hayvonday, Kuchsiz ovidan o‘zida yo‘q sevinyaptilar. Sen esa ularning yo‘lboshchisini o‘z o‘qlari bilan halok qilasan.
15. Otlaring tuyoqlari dengizni bosib ezadi, Bahaybat suvlarni bir joyga yig‘ib qo‘yadi.”
16. Men bularni eshitdim. Shunda uvushdi mening yuragim, Titray boshladi lablarim, Madorim qolmay, qaltiradi tizzalarim. Ammo men sabr–toqat qilaman, Bosqinchilarimiz boshiga tushadigan kulfat kunini kutaman.
17. Bordi–yu, anjir daraxti gullamay qolsa, Uzum toklari meva tugmasa, Zaytun daraxtlari hosil bermasa, Daladagi ekinlar unmay qolsa, Qo‘ralarda qo‘ylar qolmasa, Og‘ilxonalar bo‘m–bo‘sh bo‘lsa,
18. Shunda ham Egamdan shod bo‘lurman, Najotkorim Xudodan quvonurman. Ijrochilar rahbariga. Torli asboblar jo‘rligida.

YouTube kanaliga xush kelibsiz!
► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)
Muqaddas Kitob
- Ibtido
- Chiqish
- Levilar
- Sahroda
- Qonunlar
- Yoshua
- Hakamlar
- Rut
- Shohlar (birinchi kitob)
- Shohlar (ikkinchi kitob)
- Shohlar (uchinchi kitob)
- Shohlar (to‘rtinchi kitob)
- Solnomalar (birinchi kitob)
- Solnomalar (ikkinchi kitob)
- Ezra
- Naximiyo
- Ester
- Ayub
- Zabur
- Sulaymonning hikmatlari
- Voiz
- Ishayo
- Sulaymonning go‘zal qo‘shig‘i
- Yeremiyo
- Yeremiyoning marsiyasi
- Hizqiyo
- Doniyor
- Xo‘sheya
- Yo‘el
- Amos
- Obodiyo
- Yunus
- Mixo
- Noxum
- Xabaqquq
- Zafaniyo
- Xaggey
- Zakariyo
- Malaki
- Matto Muqaddas xushxabar
- Luqo Muqaddas xushxabar
- Yuhanno Muqaddas xushxabar
- Mark Muqaddas xushxabar
- Havoriylarning faoliyati
- Yoqubning maktubi
- Butrusning birinchi maktubi
- Butrusning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning birinchi maktubi
- Yuhannoning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning uchinchi maktubi
- Yahudoning maktubi
- Rimliklarga maktub
- Korinfliklarga birinchi maktub
- Korinfliklarga ikkinchi maktub
- Galatiyaliklarga maktub
- Efesliklarga maktub
- Filippiliklarga maktub
- Kolosaliklarga maktub
- Salonikaliklarga birinchi maktub
- Salonikaliklarga ikkinchi maktub
- Timo‘tiyga birinchi maktub
- Timo‘tiyga ikkinchi maktub
- Titusga maktub
- Filimo‘nga maktub
- Ibroniylarga maktub
- Yuhannoga ko‘rsatilgan vahiy
AJOYIB KITOBNI O'QING

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)
MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Tavrot | Zabur | Injil (+audio)

Яхши аудио Китоблар

Kinolar va Multiklar

Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Аудио Кутубхона

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz