Muqaddas Kitob
Zakariyo
1. Shoh Doro hukmronligining ikkinchi yili, sakkizinchi oyida, Yiddoning nabirasi — Barxiyoning o‘g‘li payg‘ambar Zakariyoga Egamiz O‘z so‘zini ayon qildi.
2. Egamiz unga quyidagi xabarni xalqqa yetkazishni buyurdi: Egamiz ota–bobolaringizdan qattiq g‘azablangan edi. Endi Sarvari Olam shunday aytmoqda:
3. — Menga qaytinglar, — demoqda Sarvari Olam. — Shunda Men ham sizlarga qaytaman, — deydi Sarvari Olam.
4. Ota–bobolaringizga o‘xshagan bo‘lmanglar. Oldingi payg‘ambarlar Sarvari Olam nomidan ularni shunday deb ogohlantirishgan: — Yomon yo‘ldan va qabih qilmishlaringizdan qaytinglar. Sarvari Olam shunday demoqda: — Garchi Men ota–bobolaringizni ogohlantirgan bo‘lsam–da, ular Mening so‘zlarimga e’tibor bermadilar, Menga quloq solmadilar.
5. Qani endi o‘sha ota–bobolaringiz?! Qani, o‘sha payg‘ambarlar, ular abadiy yashaydilarmi?!
6. O‘z qullarim payg‘ambarlar orqali aytgan so‘zlarim, ogohlantirishlarim ota–bobolaringizning boshiga tushdi–ku! Shunda ular tavba qilib: “Sarvari Olam O‘zi rejalashtirganday, yurgan yo‘llarimiz va qilmishlarimizga yarasha bizni jazoladi”, deb aytishdi.
7. Shoh Doro hukmronligining ikkinchi yili, o‘n birinchi oy — Shebat oyining yigirma to‘rtinchi kunida, Yiddoning nabirasi — Barxiyoning o‘g‘li payg‘ambar Zakariyoga Egamiz yana O‘z so‘zini ayon qildi. Zakariyo quyidagi vahiylarni ko‘rdi:
8. Kechasi men qizil ot mingan Egamizning farishtasini ko‘rdim. U kichik jarlikda mirta butalar orasida to‘htab turardi. Uning orqasida esa qizil, jigarrang va oq otlarda o‘tirgan chavandozlar turardi.
9. Boshqa bir farishta men bilan gaplashayotgan edi. Men undan: — Ey to‘ram, bu chavandozlar kim bo‘ldi? — deb so‘radim. U shunday dedi: — Ularning kimligini senga ko‘rsataman.
10. Shunda mirta butalar orasidagi farishta javob berib dedi: — Egamiz ularni, butun yer yuzini kezib chiqsin, deb yuborgan.
11. Keyin chavandozlar mirta butalar orasidagi Egamizning farishtasiga dedilar: — Biz butun yer yuzini aylanib chiqdik, butun dunyo tinch ekan.
12. Shunda Egamizning farishtasi shunday deb yolvordi: — Ey Sarvari Olam, qachongacha Quddus va Yahudo shaharlaridan o‘z mehr–shafqatingni darig‘ tutasan?! Axir, yetmish yildan beri ulardan g‘azabdasan!
13. Shunda Egamiz men bilan gaplashgan farishtaga mehribon va tasalli beruvchi so‘zlar bilan javob berdi.
14. O‘sha farishta odamlarga quyidagi habarni e’lon qilishimni buyurdi: Sarvari Olam shunday aytmoqda: — Men Quddus va Sionni juda rashk qilaman.
15. O‘z xalqimdan ozgina jahlim chiqqan edi, mana bu xalqlar esa ularning boshiga tushgan kulfatni yanada ko‘paytirishdi. Endi mana shu tinch yashayotgan xalqlardan g‘azabdaman.
16. Shuning uchun Egamiz aytmoqda: — Men Quddusga mehr–shafqat ko‘rsatay, deb qaytdim. Mening uyim o‘sha yerda quriladi, Quddus qaytadan qurilishi uchun o‘lchanadi. Sarvari Olamning kalomi shudir.
17. Farishta yana shunday so‘zlarni e’lon qilishimni buyurdi: Sarvari Olam demoqda: — Mening shaharlarimda yana to‘kin–sochinlik bo‘ladi. Men Quddus aholisini yana bir bor yupataman, Sionni, O‘z shahrim, deb yana aytaman.
18. Men tepaga qarab, to‘rtta shox ko‘rdim.
19. Men bilan gaplashgan farishtadan: — Bular nima? — deb so‘radim. U menga dedi: — Bu shoxlar Yahudo, Isroil va Quddus xalqlarini sochib tashlagan hukmdorlarni bildiradi.
20. Shundan keyin Egamiz menga to‘rtta temirchini ko‘rsatdi.
21. Men yana: — Bu temirchilar nima qilgani kelishyapti? — deb so‘radim. U shunday deb javob berdi: — Boshqa hech kim bosh ko‘tarmasin, deb to‘rtta shox Yahudo xalqini sochib tashlagandi. Endi temirchilar o‘sha shoxlarni qo‘rquvga solishga kelishyapti. O‘zga xalqlar Yahudo yurtini o‘z shoxlari bilan suzgandi. Yurtning xalqini sochib yuborgandi. Endi temirchilar mana shu xalqlarning shoxlarini kesib tashlash uchun kelishyapti.

1. Men yana tepaga qarab, qo‘lida tanobi bor bir kishini ko‘rdim.
2. Undan: — Qayerga ketyapsiz? — deb so‘radim. U menga: — Quddusni o‘lchashga, eni va uzunligi qancha chiqarkan, shuni ko‘rishga ketyapman, — deb javob berdi.
3. Shundan keyin men bilan gaplashgan farishta ketayotgan edi, yana bir farishta unga peshvoz chiqib,
4. shunday dedi: — Yugur, borib o‘sha yigitga ayt: “Egamiz aytmoqda: — Odam va mol–qo‘y ko‘pligidan Quddus devorsiz bo‘ladi.
5. Uning atrofida Men O‘zim olov devorday bo‘laman. O‘zim shahar ichidagi ulug‘vorlik bo‘laman.”
6. “Qani, turinglar! Shimol yurtidan qochinglar, — demoqda Egamiz. — Men sizlarni yerning to‘rt tarafiga sochib tashlagan bo‘lsam ham turinglar, — aytmoqda Egamiz.
7. — Ey, go‘zal Bobilda yashaydiganlar, Quddusga qochinglar.”
8. Ey Quddus! “Menga shuhrat keltirsin”, deya Sarvari Olam sizlarni xarob qilgan xalqlarga meni yubordi. U shunday aytmoqda: “Sizlarga tekkanlar xuddi Mening ko‘z qorachig‘imga tekkanday bo‘ladi.
9. Qarab turinglar, Men O‘zim ularga qarshi chiqaman. O‘z qullari ularni talon–taroj qiladilar.” Ha, ana o‘shanda Sarvari Olam meni yuborganligini anglab yetasiz.
10. Egamizning kalomi shudir: “Qo‘shiq kuylab, xursand bo‘lgin, ey Quddus xalqi! Men kelib sizlarning orangizda yashayman.
11. O‘sha kuni ko‘p xalqlar Menga qo‘shilib, Mening xalqim bo‘ladilar. Men sizlarning orangizda yashayman.” Ha, ana o‘shanda Sarvari Olam meni yuborganligini anglab yetasiz.
12. Egamiz muqaddas yurtda Yahudoni o‘z mulki qilib oladi, yana Quddusni “O‘z shahrim”, deb aytadi.
13. Ey odamzod, Egamiz oldida sukut saqla. Mana, U O‘z muqaddas maskanida o‘rnidan turdi.

1. Keyin farishta menga Egamizning farishtasi oldida oliy ruhoniy Yoshua turganini ko‘rsatdi. Yoshuaning o‘ng tomonida esa shayton uni ayblab turgan edi.
2. Egamiz shaytonga shunday dedi: — Ey, shayton! Gaplaringning hammasi yolg‘on! Men Quddusni tanlagan Egangman. Men senga aytaman, gaplaring yolg‘on! Axir, bu kishi alangadan qutqarilgan bir o‘tin parchasiday emasmi?!
3. Farishtaning oldida turgan Yoshua kir kiyimlarda edi.
4. Farishta atrofida turganlarga: — Uning kir kiyimlarini yechinglar, — dedi. Yoshuaga esa: — Mana, qara, Men sening gunohlaringni olib tashladim, — dedi. — Endi senga toza, bayramlarda kiyadigan yangi kiyimlarni kiydiraman.
5. Keyin men: — Uning boshiga toza salla kiydiringlar, — dedim. Uning boshiga toza salla, ustiga esa yangi kiyim kiydirishdi. Egamizning farishtasi uning yonida turar edi.
6. Keyin Egamizning farishtasi Yoshuani ogohlantirib, shunday dedi:
7. “Sarvari Olam shunday aytmoqda: — Agar sen Mening yo‘llarimdan yurib, Mening talablarimni bajarsang, Mening uyimda, Ma’badim hovlilarida bosh bo‘lasan. Senga shu yerda turganlar orasidan joy beraman.
8. Ey oliy ruhoniy Yoshua, quloq sol! Oldingda turgan ruhoniylar ham quloq solishsin. Sizlar kelajakda sodir bo‘ladigan voqealarning ramzisizlar. Men ismi “Novda” bo‘lgan xizmatkorimni zohir qilaman.
9. Men Yoshuaning oldiga bir tosh qo‘ydim. Mening yetti ko‘zim o‘sha toshga qadalgan. Bu toshning ustiga Men yozuv yozaman, — demoqda Sarvari Olam. — Mana shu yurtning gunohini bir kunda olib tashlayman.
10. O‘sha kuni sizlar qo‘ni– qo‘shnilaringizni chaqirib, o‘z uzumzorlaringizda va anjir daraxtlaringiz tagida o‘tirasizlar. Sarvari Olamning kalomi shudir.”

1. Men bilan gaplashgan farishta qaytib kelib, xuddi meni uyqudan uyg‘otganday qilib turg‘izdi.
2. U mendan: — Nima ko‘ryapsan? — deb so‘radi. Men shunday javob berdim: — Tilladan yasalgan bir chiroqpoyani ko‘ryapman, uning ustida moy uchun bir tovoq turibdi. Chiroqpoyada esa yettita chiroq turibdi. U chiroqlarning har birida yettita jo‘mrak bor.
3. Chiroqpoyaning oldida ikkita zaytun daraxti bor. Bu daraxtlarning biri chiroqpoyaning o‘ng tomonida, ikkinchisi esa chap tomonida turibdi.
4. Men bilan gaplashgan farishtadan so‘radim: — Bular nima, ey to‘ram?
5. U mendan: — Nimaligini bilmaysanmi? — deb so‘radi. Men: — Yo‘q, to‘ram, — deb javob berdim.
6. U menga shunday dedi: — Quyidagilar Egamizning Zarubabelga bergan so‘zlaridir: “Qudrat bilan emas, kuch bilan emas, Mening Ruhim ila ishlaring yurishadi, — deydi Sarvari Olam.
7. — Ey, baland tog‘, sen nima bo‘libsan?! Zarubabel oldida sen tekislik bo‘lasan. Zarubabel Mening uyimni qayta quradi, uning eng oxirgi toshini qo‘yadi. Shundan keyin butun xalq: ‘Go‘zal! Go‘zal!’ deb hayqiradi.”
8. Yana Egamiz menga quyidagi so‘zini ayon qildi:
9. “Zarubabel o‘z qo‘llari bilan uyimning poydevorini yotqizdi. Qurilishni ham o‘zi tugatadi. Ana shunda Men, Sarvari Olam seni yuborganimni xalq anglab yetadi.
10. Qurilishning boshlanishi arzimasday ko‘rinsa ham, ko‘nglingiz cho‘kmasin! Zero, Mening ko‘zlarim — Egangizning yetti ko‘zi Zarubabelning qo‘lidagi yozuv o‘yilgan toshga xursandchilik bilan qaraydi.” Shunda Farishta menga dedi: — Sen ko‘rgan yettita chiroq butun yer yuziga qarab turuvchi Egamizning yettita ko‘zidir.
11. Men farishtadan so‘radim: — Chiroqpoyaning o‘ng va chap tomonida turgan zaytun daraxtlarining ma’nosi nima?
12. Oltin novlari orqali tillasimon moy oqayotgan zaytun daraxtlarining ikki shoxlari nimani bildiradi?
13. U mendan: — Bilmaysanmi? — deb so‘radi. Men: — Yo‘q, to‘ram, — deb javob berdim.
14. U shunday dedi: — Bular boshiga moy surtib tanlangan, butun olamning Rabbiysi oldida xizmat qiladigan ikki zotdir.

1. Men yana tepaga qarab, uchayotgan o‘rama bir qog‘ozni ko‘rdim.
2. Farishta mendan: — Nima ko‘ryapsan? — deb so‘radi. Men: — Uchib ketayotgan o‘rama bir qog‘ozni ko‘ryapman, uning uzunligi yigirma tirsak, eni esa o‘n tirsak, — deb javob berdim.
3. Shunda u menga dedi: — Bu qog‘ozga butun yurt ustiga keladigan la’nat yozilgan. O‘g‘irlik qilganlar bir tomondagi yozuvga ko‘ra, yolg‘on qasam ichganlar esa ikkinchi tomondagi yozuvga ko‘ra, yurtdan yo‘q qilinadi.
4. Sarvari Olam aytmoqda: “Bu la’natni Men yubordim, u o‘g‘rining uyiga kiradi. Kim Mening nomim bilan yolg‘on qasam ichsa, o‘shaning uyiga kiradi. La’nat o‘sha uyda bo‘lib, uni tosh va sinchlariga qo‘shib, butunlay vayron qiladi.”
5. Men bilan gaplashgan farishta kelib, menga shunday dedi: — Qara–chi, kelayotgan narsa nima ekan.
6. Men: — U nima? — deb so‘radim. Farishta: — Bu kelayotgan narsa savatdir, — deb javob berdi. — Butun yurtning ko‘zi undadir.
7. Qo‘rg‘oshindan yasalgan qopqoq ochildi, savatning ichida esa bir ayol o‘tirgan ekan.
8. Farishta: — Bu ayol fosiqlikdir, — dedi. Shunday deb, u ayolni qaytarib savatga tiqib qo‘ydi–da, qopqog‘ini yopdi.
9. Men yana tepaga qarab, ikkita ayol uchib kelayotganini ko‘rdim. Qanotlari shamolda yoyilib uchib kelayotgan edi. Ularning qanotlari turnaning qanotlariga o‘xshar edi. Ular kelib o‘sha savatni oldilar–da, osmonga ko‘tarib olib ketdilar.
10. Men bilan gaplashayotgan farishtadan so‘radim: — Ular savatni qayerga olib ketishyapti?
11. U menga: — Bobil yurtiga olib ketishyapti, — deb javob berdi. — O‘sha yerda unga sajdagoh qurishadi. Sajdagoh tayyor bo‘lgandan keyin, savatni o‘sha yerda o‘z joyiga qo‘yishadi.

1. Men yana tepaga qarab, ikkita bronza tog‘ orasidan chiqib kelayotgan to‘rtta aravani ko‘rdim.
2. Birinchi aravani qizil, ikkinchi aravani esa qora otlar,
3. uchinchi aravani oq, to‘rtinchi aravani esa ola–bula otlar tortib kelayotgan edilar. Bu otlarning hammasi kuchli edi.
4. Men bilan gaplashayotgan farishtadan: — Ey, to‘ram, bular nima? — deb so‘radim.
5. Farishta shunday javob berdi: — Bular butun olam Rabbiysining huzuridan chiqib kelayotgan to‘rtta samoviy ruhdir.
6. Qora otli arava shimolga boradi. Oq otlisi esa uning orqasidan ketadi. Ola–bula otli arava janubga boradi.
7. Ana shu kuchli otlar chiqdilar. Keyin ular borib, yerni aylanib kelishga shoshildilar. Farishta ularga: — Boringlar, yerni ko‘rib chiqinglar, — dedi. Shunda ular borib, aylanib kelishdi.
8. Keyin farishta meni chaqirib, shunday dedi: — Mana, qara! Otlar shimoliy yurtga borib, u yerda Egamizning Ruhiga tinchlik berishdi.
9. Egamiz menga quyidagi so‘zlarni ayon qildi:
10. — Bobildagi surgundan qaytib kelgan Xalday, Toviyo va Yodayodan tilla va kumush ol. O‘sha kuniyoq Zafaniyo o‘g‘li Yo‘shiyoning uyiga bor.
11. Berilgan kumush va oltindan toj yasagin. Uni Yohuzadax o‘g‘li — oliy ruhoniy Yoshuaning boshiga kiygizgin–da,
12. unga shunday degin: “Sarvari Olam shunday demoqda: ‘Novda degan odam o‘z turgan joyidan shoxlaydi–da, Mening Ma’badimni quradi.
13. Mening Ma’badimni quradigan o‘shadir. U shohona ulug‘vorlikka ega bo‘lib, hukmronlik qiladi. Taxtining oldida ruhoniy turadi. Ikkalasi orasida tinchlik, osoyishtalik bo‘ladi.
14. Bu toj Xalday, Toviyo, Yodayo va Zafaniyo o‘g‘li Yo‘shiyoning qaramog‘ida bo‘ladi. U Mening Ma’badimda yodgorlik bo‘lib qoladi.
15. Uzoq joylardan odamlar kelib, Mening Ma’badimni qurishga yordam berishadi.’” Ey surgundan qaytib kelganlar, shunda Sarvari Olam meni yuborganini sizlar anglab yetasizlar. Agar sizlar Egangiz Xudoning so‘zlariga yaxshilab quloq solsangizlar, mana shularning hammasi sodir bo‘ladi.

1. Shoh Doro hukmronligining to‘rtinchi yili, to‘qqizinchi oyi edi. Mana shu Xislav oyining to‘rtinchi kunida Egamiz O‘z so‘zini Zakariyoga ayon qildi.
2. Bundan oldin Baytil aholisi Egamizdan iltifot so‘rash uchun Sarizar, Raxemmalek va ularning odamlarini Ma’badga yuborib, shunday degan edi:
3. — Borib, Sarvari Olamning uyida bo‘lgan ruhoniy va payg‘ambarlardan so‘ranglar: “Biz ancha yillardan beri Egamizning uyi vayron qilingan oyda qayg‘urib, ro‘za tutib kelamiz. Shunday qilishda davom etaveraylikmi?”
4. Sarvari Olam Zakariyoga ayon qilgan so‘zida shunday dedi:
5. — Bu yurtdagi barcha odamlarga va ruhoniylarga ayt: “Ha, sizlar mana shu o‘tgan yetmish yil davomida beshinchi va yettinchi oylarda ro‘za tutib, qayg‘urdingizlar. Ammo buni Men uchun emas, o‘zingiz uchun qilgan edingizlar!
6. Qorningizni to‘ydirish uchun yeb–ichganingizday, o‘z manfaatingiz uchun ro‘za tutib qayg‘urgansizlar.
7. Men o‘tgan payg‘ambarlar orqali ham sizlarni shu haqda ogohlantirganman– ku! O‘sha paytlarda Quddus va uning atrofidagi qishloqlar odamga to‘la edi. U yerda farovonlik hukm surar edi. Nagav cho‘li va Yahudo qir etaklarida ham odamlar yashardilar.”
8. Egamiz Zakariyoga quyidagi so‘zlarni ayon qildi:
9. — Men, Sarvari Olam shunday degan edim: “Adolatli hukm qilinglar. Bir–biringizga mehribon bo‘linglar, rahm–shafqat qilinglar.
10. Bevalarga, yetimlarga, musofirlarga, kambag‘allarga zulm qilmanglar. Bir–biringizga qarshi yovuz rejalar tuzmanglar.”
11. Ammo xalqim quloq solishdan bosh tortdi. O‘jarlik qilib, eshitmaslik uchun quloqlarini berkitdilar.
12. Men, Sarvari Olam, O‘z Ruhim bilan payg‘ambarlar orqali so‘zlarimni ayon qilganman. Ammo xalqim yuragini tosh qilib, qonun va o‘gitlarga quloq solmadi. Shuning uchun Men juda qattiq g‘azablandim.
13. “Men chaqirganimda ular eshitmagandek, ular chaqirganda Men ham eshitmadim, — deydi Sarvari Olam.
14. — Men ularni o‘zlari tanimagan, bilmagan xalqlar orasiga sochib tashladim. Shunday qilib, ularning yurti vayron bo‘ldi. Na u yerga birov boradi, na u yerdan birov keladi. O‘sha ajoyib yurt vayron bo‘ldi.”

1. Sarvari Olam menga O‘z so‘zini ayon qildi.
2. Sarvari Olam shunday aytmoqda: “Men Quddusni juda qattiq rashk qilaman. Unga bo‘lgan rashkim alangaday yonmoqda.”
3. Egamizning kalomi shudir: “Men Quddusga qaytaman, Sion Mening maskanim bo‘ladi. Shunda Quddus, sadoqatli shahar, deb ataladi. Mening tog‘im — Sarvari Olamning tog‘i muqaddas tog‘, deb ataladi.”
4. Sarvari Olam shunday demoqda: “Cholu kampirlar yana Quddus ko‘chalarida o‘tiradilar. Yoshi ulug‘ bo‘lgani uchun ularning qo‘llarida hassalari bo‘ladi.
5. Shaharning ko‘chalari o‘ynayotgan bolalar bilan to‘ladi.”
6. Sarvari Olamning kalomi shudir: “Balki bularning hammasi xalqimdan qolganlariga imkonsizday tuyular. Ammo bu ishlar Men uchun imkonsiz emas”, demoqda Sarvari Olam.
7. Sarvari Olam shunday aytmoqda: “Men sharq va g‘arbda sarson bo‘lgan O‘z xalqimni qutqaraman.
8. Ularni yana Quddusda yashash uchun olib kelaman. Ular Mening xalqim bo‘ladi, Men esa ularning Xudosi bo‘laman. Ularning ustidan sadoqat va odillik bilan hukm suraman.”
9. Sarvari Olam shunday demoqda: “Dovyurak bo‘linglar, endi sizlar payg‘ambarlarning so‘zlarini eshityapsizlar. Ma’bad — Mening uyim qayta qurilishi uchun poydevor qo‘yilayotganda o‘sha payg‘ambarlar shu yerda edilar.
10. Ha, o‘sha kunlardan ilgari odamlarga ish haqi berilmasdi, hayvonlardan ham hech bir foyda kelmasdi. Dushmanlar xalqqa tinchlik bermasdi. Men hammani bir–biriga qarshi qilib qo‘ygan edim.
11. Ammo endi, ey, xalqimning qolganlari, sizlar bilan Men oldingiday munosabatda bo‘lmayman, — demoqda Sarvari Olam.
12. — Sizlar tinchlikda urug‘laringizni ekasizlar. Toklaringiz serhosil bo‘ladi. Yer hosil beradi, osmondan shudring tushadi. Sizlarni Men mana shular bilan barakalayman.
13. Ey Yahudo va Isroil xalqi, sizlar boshqa xalqlar orasida la’natlangan xalqning ramzi edingizlar. Endi bunday bo‘lmaydi! Men sizlarni qutqaraman. Sizlar baraka ramzi va manbayi bo‘lasizlar. Qo‘rqmanglar! Dadil bo‘linglar!”
14. Sarvari Olam shunday aytmoqda: “Ota– bobolaringiz Mening jahlimni chiqarganda boshlariga ofat keltiraman, degandim. O‘z fikrimdan qaytmadim, — demoqda Sarvari Olam.
15. — Qo‘rqmanglar. Ey Quddus va Yahudo xalqi, endi Men, sizlarga yaxshilik keltiraman, deb qaror qildim.
16. Quyidagi aytganlarimni qilishingiz kerak: Bir–biringizga haqiqatni gapiring. Hukm qilganingizda odil qaror chiqarib, tinchlik o‘rnating.
17. Bir–biringizga qarshi yovuz rejalar tuzmanglar, yolg‘on qasam ichmanglar. Men bulardan nafratlanaman.” Sarvari Olamning kalomi shudir.
18. Sarvari Olam menga O‘z so‘zini ayon qildi.
19. Sarvari Olam shunday aytmoqda: “Ey Yahudo xalqi, to‘rtinchi, beshinchi, yettinchi va o‘ninchi oylar endi azayu ro‘za vaqti emas, balki sizlar uchun shodu xurramlik va quvnoq bayram davri bo‘ladi. Sizlar haqiqat va tinchlikni sevinglar.”
20. Sarvari Olam shunday demoqda: “Hali boshqa shaharlarda yashaydigan odamlar ham Quddusga keladi.
21. Bir shaharning aholisi ikkinchi shaharda yashovchilarning oldiga borib: ‘Biz ketyapmiz, yuringlar, Egamizdan marhamat so‘raylik, Sarvari Olamga sajda qilaylik’, deb aytadi.”
22. Ko‘p ellar va kuchli xalqlar Quddusga, Sarvari Olamdan mehr–shafqat so‘rashga va Unga sajda qilishga keladilar.
23. Sarvari Olamning kalomi shudir: “O‘sha kunlarda turli tillarda gapiruvchi xalqlardan kelgan o‘n kishi bir yahudiyni ushlab oladi. Uning kiyimidan mahkam tutadi–da, unga: ‘Biz sen bilan boraylik. Axir, biz Xudo sizlar bilan ekanligini eshitdik’, deb aytishadi.”

1. Bashorat. Egamizning so‘zi Xadrax yurtiga qarshidir. Damashq shahriga qaratilgandir. Barcha Isroil qabilalarining hamda insoniyatning ko‘zlari Egamizdadir.
2. Xadraxga chegaradosh bo‘lgan Xomat ham, Donolarga to‘la bo‘lgan Tir va Sidon ham Egamizga ko‘z tikkan.
3. Tir shahri o‘ziga qal’a qurib olgan, Shunchalik ko‘p kumush va oltin yiqqanki, Ular ko‘chadagi chang va loydaydir.
4. Lekin endi Egamiz ularning mulkini olib qo‘yadi, Boyliklarini dengizga uloqtiradi. Shaharning o‘zi esa olovga yem bo‘ladi.
5. Ashqalon shahri buni ko‘rib, qo‘rquvga tushadi, G‘azo ham dahshatga tushib qaltiraydi, Umidi puchga chiqqan Exron ham shu ahvolga tushadi. G‘azoning shohi halok bo‘ladi, Ashqalonda esa hech bir zot qolmaydi.
6. Egamiz shunday deydi: “Ashdodda duragay xalqlar yashaydi. Ha, Men Filistlarning takabburligiga chek qo‘yaman.
7. Men Filistlarning og‘zidan qonli go‘shtni, Tishlaridagi harom ovqatlarni olib tashlayman. Filistlarning tirik qolganlari Menga tegishli bo‘ladi, Ular Yahudoning avlodiday bo‘lib qoladi. Exron ham Yobus xalqiday O‘z xalqimning bir qismi bo‘ladi.
8. Bosqinchilardan asray, deb Men O‘zim uyimni qo‘riqlayman. Xalqimning yurtini hech kim bosib ololmas, Ha, Men hammasini ko‘rib turibman.
9. Xursand bo‘lib, quvoning, Ey Quddus xalqi! Shodlik–la hayqiring, Ey Sion xalqi! Mana shohingiz kelyapti. U zafar qozongan g‘olibdir. Shunga qaramay, Kamtarindir shohingiz, U eshakning ustida, Ha, eshakning bolasini — ho‘tikni minib kelyapti.
10. Men Efrayimningjang aravalarini yo‘qotaman, Quddusning jang otlarini olib qo‘yaman. Urush kamonlari ham yo‘q qilinadi, Shohingiz xalqlarga tinchlik keltiradi. Men bir dengizdan ikkinchisiga qadar, Furot daryosidan tortib, Yer yuzining to‘rt tomoniga hukmronlik qilaman.
11. Men sizlar bilan qilgan, qurbonlik qoni bilan mustahkamlangan ahdim tufayli, Asirlaringizni suvsiz chuqurlikdan ozod qilaman.
12. Ey umidvor asirlar, O‘z qal’angizga qayting. Bugun Men aytyapman, Yo‘qotganlaringizni ikki barobar qilib tiklayman.
13. Men Yahudoni O‘z kamonimdek qayirdim, Efrayimni esa kamonim o‘qi qildim. Ey Quddus, Men sening o‘g‘illaringni Yunon o‘g‘illariga qarshi qo‘zg‘ataman. Mening qo‘limda jangchining qilichiday o‘ynaysan.”
14. Shundan keyin Egamiz O‘z xalqi uzra zohir bo‘ladi, Uning o‘qi yashinday otiladi. Egamiz Rabbiyburg‘uni chalib, Janubdan kelgan quyunlar orasida hujum qiladi.
15. Sarvari Olam O‘z xalqini himoya qiladi, Ular dushmanlarini qirib, Palaxmonlarini ezib tashlashadi. Ha, Uning xalqi sharobdan mast bo‘lganday jangda o‘kiradi. Ular tog‘oracha singari, Qurbongohning to‘rt burchagi kabi Qonga to‘la bo‘ladi.
16. O‘sha kuni ularning Egasi — Xudo O‘z xalqini qutqaradi. Axir, ular Egamizning suruvidir. Egamizning yurtida ular Toj gavharlariday porlaydilar.
17. Uning xalqi qanday go‘zal va ajoyib! Yangi sharobu donlar Yigit–qizlarni baquvvat qilar.

1. Bahorda yomg‘ir beradigan Egamizdan yomg‘ir so‘ranglar. Bo‘ron bulutlarini yaratgan, Odamzodga yomg‘ir beradigan, Hamma uchun dalalarni O‘t–o‘langa to‘ldiradigan Egamizdir.
2. Xonaki sanamlar behuda gaplarni gapiradilar, Folbinlar yolg‘on follar ochadilar. Tush ta’bir qiluvchilar yolg‘on ta’bir qiladilar, Foydasiz tasallilar beradilar. Shuning uchun bu xalq qo‘yday sarson bo‘lib yuribdi, Cho‘poni yo‘qligi uchun azob chekyapti.
3. Egamiz shunday deydi: “G‘azabim xalqimning yo‘lboshchilariga qarshi yonyapti, Men xalqimning bu cho‘ponlarini jazolayman. Men, Sarvari Olam O‘z suruvim bo‘lgan Yahudo xalqi uchun qayg‘uraman. Men o‘sha suruvni ulug‘vor jang otlariday qilaman.
4. Yahudo orasidan tamal toshi, Chodir qozig‘i, jang kamoni chiqadi. Ha, har bir yetakchi ularning orasidan chiqadi.
5. Birgalikda ular jang payti ko‘chada loy kechgan Jangchilarday bo‘ladilar, Men, Egangiz ular bilan birgaman. Ular urushga chiqib, Dushman chavandozlarini sharmanda qiladilar.
6. Men Yahudo xalqini kuchga to‘ldiraman, Yusufning avlodini qutqaraman. Ularga rahm–shafqat ko‘rsataman, Axir, Men ularning Egasi Xudoman. Ularning iltijolariga javob berib, O‘z yurtiga qaytarib olib kelaman. O‘shanda ular hech qachon rad qilinmaganday bo‘ladi.
7. Efrayim xalqi qudratli jangchilarday bo‘ladi, Ularning yuraklari sharob ichgandagi singari quvnoq bo‘ladi. Buni ko‘rgan farzandlari shodlanadi, Ular Mening qilgan ishlarimdan xursand bo‘ladi.
8. Men xalqimni alomat ila chaqirib, yig‘aman, Axir, Men ularni qutqarganman. Oldin ular qancha bo‘lgan bo‘lsalar, Ularning soni yana shuncha bo‘ladi.
9. Men ularni xalqlarning orasiga sochib yuborgan bo‘lsam ham, Eng uzoqdagi yurtlarda ham ular Meni eslaydilar. Farzandlariyu o‘zlari omon qolib, qaytib kelishadi.
10. Men xalqimni Misr yurtidan qaytaraman, Ossuriya yeridan yig‘ib kelaman. Men ularni Gilad va Lubnon yurtigacha bo‘lgan yerlarga joylashtiraman. Hatto mana shu joylar ham ularga torlik qiladi.
11. Mening xalqim kulfat dengizidan o‘tsa, O‘sha dengizning to‘lqinlarini urib tushiraman. Nil daryosining tubi qurib qoladi. Ossuriya xalqining takabburligiga barham beraman. Misr esa o‘z saltanat hassasini yo‘qotadi.
12. O‘z qudratim bilan xalqimni kuchli qilaman. Ular Mening nomimga loyiq hayot kechiradilar.” Egamizning kalomi shudir.

1. Ey, Lubnon, och darvozalaringni! Sadr daraxtlaringni olov yondirib tashlasin.
2. Ey, sarv daraxti, dod solib, yig‘lagin, Axir, sadr daraxtlari quladi. O‘sha ulug‘vor daraxtlar vayron bo‘ldi. Bashan yurti emanlari, dod solib, yig‘lang, Qalin–qalin o‘rmonlarning daraxtlari Kesib tashlandi axir.
3. Ana, eshiting! Cho‘ponlarning yig‘isin, Axir, ko‘m–ko‘k yaylovlar nobud bo‘ldi. Quloq soling sherlarning o‘kirishiga, Axir, Iordan butazorlari nobud bo‘ldi.
4. Egam Xudo menga shunday dedi: — Bo‘g‘izlanishga olib ketilayotgan qo‘y suruviga cho‘ponlik qilgin.
5. Qo‘ylarni sotib olganlar ularni o‘ldirib, jazosiz yuribdilar. Qo‘ylarni sotganlar esa: “Xudoga hamdu sanolar bo‘lsin! Biz boymiz”, deydilar. Qo‘ylarga hatto o‘z cho‘ponlarining ham rahmi kelmaydi.
6. Men, Egangiz shunday aytmoqdaman: “Endi Yahudo yurtidagi odamlarga rahm qilmayman. Men ularni bir–birining qo‘liga va hukmdorlarining qo‘liga topshiraman. Hukmdorlari yurtni vayron qiladi. Men esa hech kimni bu hukmdorlarning qo‘lidan qutqarmayman.”
7. Shunday qilib, men bo‘g‘izlanishga olib ketilayotgan qo‘y suruviga cho‘pon bo‘ldim. Men ikkita tayoq oldim. Ulardan birini “Iltifot”, ikkinchisini esa “Ahillik”, deb atab, qo‘ylarni boqdim.
8. Bir oy ichida ularning uchta cho‘ponini haydab yubordim. Ammo suruvga bo‘lgan sabr– toqatim ham tugadi, ular ham meni yomon ko‘rar edilar.
9. Shundan keyin men suruvga: — Endi sizlarning cho‘poningiz bo‘lmayman, — dedim. — O‘ladigani o‘lsin, halok bo‘ladigani halok bo‘lsin, qolganlari esa bir–birining go‘shtini yesin.
10. Men “Iltifot” nomli tayog‘imni oldim–da, uni sindirib tashladim. Shu orqali Egamizning butun Isroil xalqi bilan qilgan ahdini bekor qildim.
11. Shunday qilib, o‘sha kuni bu ahd bekor bo‘ldi. Meni kuzatib turgan, qattiq zulm ko‘rgan suruv bu ish Egamizning so‘zi ekanligini tushundilar.
12. Keyin men ularga shunday dedim: — Agar sizlar ish haqimni berishni lozim ko‘rsangiz beringlar, bo‘lmasa bermay qo‘yaveringlar. Shunda ular menga bor–yo‘g‘i o‘ttiz kumush tanga berdilar.
13. Shundan keyin Egamiz menga: — Bu kumushni kulolga bergin, — dedi. Meni baholab, berilgan bu arzimas kumush tangalarni olib, Egamiz uyidagi kulolga berdim.
14. Keyin “Ahillik”, deb atalgan ikkinchi tayog‘imni sindirdim. Shunday qilib, Yahudo va Isroil orasidagi birodarlikni bekor qildim.
15. Shundan keyin Egamiz menga aytdi: “Bor, yana bir marta cho‘ponlik qilgin. Ammo bu safar foydasiz cho‘ponday bo‘lgin.
16. Ha, men bu yurtga shunday bir cho‘pon beramanki, u halok bo‘layotganlarga qaramaydi. Yo‘qolganlarni izlamaydi, yaradorlarga shifo bermaydi, sog‘ bo‘lganlarni oziqlantirmaydi. Semiz qo‘ylarni so‘yib yeydi, tuyoqlarini ham kesib tashlaydi.
17. Ey suruvni tark etadigan qadrsiz cho‘ponim, Holingga voy! Qilich sening qo‘lingni chopib, O‘ng ko‘zingni chiqarib tashlasin! Sening qo‘ling butunlay qurib qolsin, O‘ng ko‘zing esa ko‘r bo‘lsin.”

1. Bashorat. EgamizningIsroil haqida aytgan gaplari. Zamin poydevorini qo‘ygan, falaklarni yoygan, insonga jon ato qilgan Egamiz shunday demoqda:
2. “Qarab turinglar, Men Quddusni sharob qadahiday qilib qo‘yaman. U o‘zining atrofidagi xalqlarni gandiraklatadigan bo‘ladi. Quddusni qamalga olishganda, Yahudo yurtining qolgan boshqa joylari ham qamalda qoladi.
3. O‘sha kuni Men Quddusni boshqa xalqlar uchun og‘ir toshday qilib qo‘yaman. Uni ko‘targanlarning hammasi o‘zlariga zarar keltiradilar. Butun yer yuzidagi xalqlar unga qarshi chiqish uchun birlashadilar.
4. O‘sha kuni, Men har bir otni dahshatga solaman, ularning chavandozlarini esa jinni qilib qo‘yaman, — demoqda Egamiz. — Yahudo xalqiga esa O‘zim g‘amxo‘rlik qilaman. Dushmanlarining otlarini ko‘r qilib qo‘yaman.
5. Shunda Yahudo urug‘lari o‘zlariga: — Quddus aholisining qudrat manbayi bizning Xudoyimiz, Sarvari Olamdir, — deydilar.
6. O‘sha kuni Men Yahudo urug‘larini o‘tin orasidagi qizib turgan cho‘g‘day, bug‘doy bog‘lamlari orasidagi mash’aladay qilaman. Ular o‘ngu so‘ldagi, atrofidagi xalqlarni yamlab yutadilar. Quddusdagi odamlar esa osoyishta hayot kechiradilar.
7. Men, Egangiz avval Yahudo xalqiga g‘alaba beraman. Dovud avlodining va Quddus aholisining shuhrati Yahudoning shuhratidan o‘tmasligi uchun shunday qilaman.
8. O‘sha kuni Men Quddus aholisini himoya qilaman. Ularning orasidagi eng ojizi ham Dovudday kuchli bo‘ladi. Dovud avlodi esa Mening farishtamday, xuddi O‘zimday ularni boshlab boradi.
9. Mening rejam o‘sha kuni Quddusga qarshi chiqqan barcha xalqlarni halok qilishdir.
10. Men Dovud avlodiga, Quddus aholisiga mehr– shafqat va ibodat ruhini yog‘diraman. Ular Menga — o‘zlari nayza sanchiganga qarashadi. Yolg‘iz farzandga aza tutganday, aza tutishadi. To‘ng‘ich farzand uchun motam tutganday motam tutishadi.
11. O‘sha kuni Quddusdagi dod–faryod Maxido‘ vodiysida Hadad–Rimmon uchun tutilgan azaday katta bo‘ladi.
12. Butun yurt aza tutadi. Har bir oila alohida aza tutadi: Dovud avlodining oilalari alohida, ularning xotinlari alohida, Natan avlodining oilalari alohida, ularning xotinlari alohida,
13. Leviy avlodining oilalari alohida, ularning xotinlari alohida, Shimax avlodining oilasi va ularning xotinlari alohida aza tutadilar.
14. Qolgan oilalar ham o‘zlari alohida aza tutadilar. Ularning xotinlari ham alohida aza tutadilar.”

1. Sarvari Olam shunday aytmoqda: “O‘sha kuni Dovud avlodi va Quddus aholisi uchun bir favvora ochiladi. Bu favvora ularning barcha gunohlari va nopokliklarini tozalaydi.
2. O‘sha kuni Men bu yurtdan barcha butlarni yo‘q qilaman. Hatto ularning nomlari ham unutiladi. Men bu yurtdan yana soxta payg‘ambarlarni va ularni ilhomlantiradigan nopok ruhni olib tashlayman.
3. Agar yana soxta payg‘ambar chiqsa, o‘z ota–onasi unga shunday deydi: — Sen endi yashamaysan, chunki sen Egamiz nomidan yolg‘on gaplarni gapiryapsan. O‘sha payg‘ambar yana bashorat qilganda o‘z tuqqan ota–onasi uni nayza sanchib o‘ldiradi.
4. O‘sha kuni payg‘ambarlarning har biri o‘zlarining bashoratlaridan uyatga qoladilar. Ular endi xalqni aldab payg‘ambarlarning junli kiyimlarini kiymaydilar.
5. Endi ular: — Men payg‘ambar emasman, men yerga ishlov beraman. Yoshligimdan bir kishining xizmatidaman, — deydilar.
6. Agar birortasi ulardan: — Ko‘kragingizdagi yaralar qayerdan kelgan? — deb so‘rasa, ularning javobi quyidagicha bo‘ladi: — Men bu yaralarni do‘stlarimning uyida orttirdim.”
7. Sarvari Olam shunday demoqda: “Qani, qo‘zg‘algin, ey qilich! Menga yaqin bo‘lganga, Mening O‘z cho‘ponimga qarshi chiq. Cho‘ponga hamla qilgin, Shunda qo‘ylar har yoqqa sochilib ketadi, Men qo‘zichoqlarga qarshi qo‘limni ko‘taraman.
8. Butun yurtda xalqning uchdan ikki qismi halok bo‘ladi, — deb aytmoqda Egamiz. — Uchdan bir qismi esa tirik qoladi.
9. Men mana shu qolgan uchdan bir qismini Olovdan o‘tkazganday qilaman. Ularni kumushni toblaganday toblayman, Oltinni sinaganday sinayman. Ular Menga iltijo qiladilar, Men esa ularga javob beraman. ‘Ular Mening xalqimdir’, deyman Men. Ular esa: ‘Egamiz bizning Xudomizdir’, deb aytishadi.”

1. Egamizning kuniga oz qoldi. Ey Quddus ahli, o‘sha kuni mulkingiz ko‘z oldingizda talon–taroj qilinadi.
2. Egamiz barcha xalqlarni Quddusga qarshi jang qilishga yig‘adi. Dushmanlar shaharni qo‘lga kiritishadi. Uylarni talab ketishadi, ayollarni zo‘rlashadi. Shahar aholisining yarmi surgunga ketadi. Qolganlari esa shahardan haydalmaydi.
3. Shundan keyin Egamiz urush payti jang qilganday, o‘sha xalqlarga qarshi jang qiladi.
4. O‘sha kuni U Quddus shahrining sharqida bo‘lgan Zaytun tog‘ining ustida turadi. Shu kuni Zaytun tog‘i ikkiga ajraladi. Tog‘ orasidan sharqdan g‘arbga qarab ketgan keng bir vodiy o‘tadi. Shunda tog‘ning bir tarafi shimolga, ikkinchi tarafi esa janubga suriladi.
5. Sizlar Egamiz tog‘ining vodiysi orqali qochasizlar. Tog‘larning orasidagi bu vodiy Oziyolgacha cho‘ziladi. Sizlar Yahudo shohi Uziyo davrida bo‘lgan zilzila paytida qochganday qochasizlar. Shunda Egamiz Xudo keladi. U bilan birga Uning farishtalari ham keladi.
6. O‘sha kuni nur bo‘lmaydi. Barcha yorug‘lik manbalari so‘nadi.
7. Ammo kun davom etaveradi. Shunda kun ham, tun ham bo‘lmaydi. Kech kirganda ham yorug‘ bo‘lib turaveradi. Bu qachon sodir bo‘lishini faqatgina Egamiz biladi.
8. O‘sha kuni Quddusdan hayotbaxsh suvlar oqib chiqadi, uning yarmi O‘lik dengizga, qolgan yarmi esa O‘rta yer dengiziga quyiladi. Suv yozda ham, qishda ham oqaveradi.
9. Egamiz esa butun yer yuzining Shohi bo‘ladi. O‘sha kuni barcha xalqlar faqatgina Uni Egamiz, deb biladi va faqat Unga sajda qilishadi.
10. Shimoldagi G‘ibodan Quddusning janubidagi Rimmongacha bo‘lgan joylar, butun yurt tekislikka aylanadi. Quddus esa o‘zining yuksak joyida turaveradi. Shahar Benyamin darvozasidan Eski darvozagacha, Burchak darvozasigacha, Xanonil minorasidan shohning sharob chiqariladigan joylarigacha cho‘zilgan bo‘ladi.
11. Quddusda yana odamlar yashaydigan bo‘ladi, bundan keyin uni hech qachon vayron qilishmaydi. Quddusda tinchlik qaror topadi.
12. Quddusga qarshi urush ochgan xalqlarning boshiga Egamiz quyidagi o‘latni yuboradi: tirik bo‘lsalar ham tanasi chirib ketadi, ko‘zlari kosasidayoq chirib ketadi, tillari esa og‘izlaridayoq chirib ketadi.
13. O‘sha kuni Egamiz ularni benihoya dahshatga tushiradi. Hamma o‘z yonidagi odamni ushlab, bir–biriga qarshi qo‘l ko‘taradi.
14. Hatto Yahudo xalqi ham Quddusdagi jangga qo‘shiladi. Uning atrofidagi barcha xalqlarning boyliklari — juda ko‘p tilla, kumush va kiyimlar o‘lja qilib olinadi.
15. Yuqorida aytilgan o‘lat dushmanlarning otlari, hachirlari, tuyalari, eshaklari — ularning qarorgohidagi hamma hayvonlarga ham keladi.
16. Quddusga qarshi urush ochganlardan tirik qolganlari esa har yili Shoh — Sarvari Olamga sajda qilishga va Chayla bayramini nishonlashga kelishadi.
17. Agar yer yuzidagi xalqlarning birortasi Shoh — Sarvari Olamga sajda qilish uchun Quddusga kelmasa, ularning yurtida yomg‘ir yog‘maydi.
18. Agar Misr xalqi bayramga kelishni rad etsa, Egamiz Chayla bayramiga kelishni rad etgan boshqa xalqlarning boshiga solgan o‘latni ularning boshiga ham soladi.
19. Chayla bayramini nishonlashga chiqmagan Misr xalqi va boshqa hamma xalqlarning jazosi shu bo‘ladi.
20. O‘sha kuni hatto otlarning bo‘yinturuqlaridagi qo‘ng‘iroqlariga ham “Egamizga bag‘ishlangan”, deb yozilgan bo‘ladi. Qurbongoh oldida ishlatiladigan tog‘orachalar muqaddasdir. Egamizning uyidagi oddiy qozonlar ham xuddi shunday muqaddas bo‘ladi.
21. Quddus va Yahudodagi barcha qozonlar Sarvari Olamga bag‘ishlangan bo‘ladi. Shunda kim qurbonlik keltirmoqchi bo‘lsa, qurbonlik go‘shtini shu qozonlarda qaynatsa bo‘laveradi. O‘sha kuni Mening uyimda savdogarlar boshqa bo‘lmaydi.

YouTube kanaliga xush kelibsiz!
► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)
Muqaddas Kitob
- Ibtido
- Chiqish
- Levilar
- Sahroda
- Qonunlar
- Yoshua
- Hakamlar
- Rut
- Shohlar (birinchi kitob)
- Shohlar (ikkinchi kitob)
- Shohlar (uchinchi kitob)
- Shohlar (to‘rtinchi kitob)
- Solnomalar (birinchi kitob)
- Solnomalar (ikkinchi kitob)
- Ezra
- Naximiyo
- Ester
- Ayub
- Zabur
- Sulaymonning hikmatlari
- Voiz
- Ishayo
- Sulaymonning go‘zal qo‘shig‘i
- Yeremiyo
- Yeremiyoning marsiyasi
- Hizqiyo
- Doniyor
- Xo‘sheya
- Yo‘el
- Amos
- Obodiyo
- Yunus
- Mixo
- Noxum
- Xabaqquq
- Zafaniyo
- Xaggey
- Zakariyo
- Malaki
- Matto Muqaddas xushxabar
- Luqo Muqaddas xushxabar
- Yuhanno Muqaddas xushxabar
- Mark Muqaddas xushxabar
- Havoriylarning faoliyati
- Yoqubning maktubi
- Butrusning birinchi maktubi
- Butrusning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning birinchi maktubi
- Yuhannoning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning uchinchi maktubi
- Yahudoning maktubi
- Rimliklarga maktub
- Korinfliklarga birinchi maktub
- Korinfliklarga ikkinchi maktub
- Galatiyaliklarga maktub
- Efesliklarga maktub
- Filippiliklarga maktub
- Kolosaliklarga maktub
- Salonikaliklarga birinchi maktub
- Salonikaliklarga ikkinchi maktub
- Timo‘tiyga birinchi maktub
- Timo‘tiyga ikkinchi maktub
- Titusga maktub
- Filimo‘nga maktub
- Ibroniylarga maktub
- Yuhannoga ko‘rsatilgan vahiy
AJOYIB KITOBNI O'QING

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)
MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Tavrot | Zabur | Injil (+audio)

Яхши аудио Китоблар

Kinolar va Multiklar

Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Аудио Кутубхона

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz