Muqaddas Kitob
Malaki
1. Bashorat. Malaki payg‘ambar orqali Isroil xalqiga Egamiz quyidagi so‘zlarni ayon qildi.
2. Egamiz shunday deydi: — Men sizlarni sevdim. Sizlar esa: “Bizga sevgingni qanday namoyon qilding?” deb so‘raysizlar. Esov Yoqubning akasi emasmidi?! — deydi Egamiz. — Shunday bo‘lsa–da, Men Yoqubni yaxshi ko‘rib,
3. Esovdan nafratlandim. Esovga berilgan qirlarni xarob qildim, meros bo‘lgan o‘sha yerlarini chiyabo‘rilarga berdim.
4. Bordi–yu, Edom xalqi: — Shaharlarimiz vayron bo‘ldi, ammo biz ularni tiklab olamiz, — degudek bo‘lsalar, Sarvari Olam ularga shunday javob beradi: — Shaharlarini tiklasinlar, Men esa ularni yana vayron qilaveraman. Shunda odamlar Edom haqida: “Bu yovuzlar yurti, Egamiz ulardan abadiy g‘azablangan”, deb aytadigan bo‘lishadi.
5. Ey Isroil xalqi, buni sizlar o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rib: “Egamizning qudrati Isroilning chegaralari bilan cheklanmas”, deb aytadigan bo‘lasiz.
6. Sarvari Olam shunday deydi: — Ey ruhoniylar, o‘g‘il otasini hurmat qiladi–ku! Xizmatkor xo‘jayinidan qo‘rqadi–ku! Agar Men otangiz bo‘lsam, nega Meni hurmat qilmaysiz? Agar xo‘jayiningiz bo‘lsam, nega Mendan qo‘rqmaysiz? Sizlar Meni xo‘rlayapsiz. Yana: “Qanday qilib Seni xo‘rlabmiz?”, deb so‘raysiz.
7. Sizlar qurbongohimga harom nazrlar olib kelib, Meni xo‘rlayapsiz. Yana: “Qanday qilib Seni haqorat qilibmiz?” deb so‘raysiz. Sizlar: “Egamizning dasturxonini pisand qilmasa ham bo‘ladi”, deb aytasiz. Shu orqali Meni haqoratlagan bo‘lasiz.
8. Ko‘r molni qurbonlik qilayotganingiz to‘g‘rimi?! Cho‘loq, kasalmand molni qurbonlik qilayotganingiz to‘g‘rimi?! O‘shani hukmdoringizga taqdim qilib ko‘ring–chi. U sizlardan mamnun bo‘lib, iltifot qilarmikan?! — deydi Sarvari Olam.
9. — Ey ruhoniylar, ayb o‘zingizda. Qani: “Bizga baraka ber!” deb Men, Xudoga yolvorib ko‘ringlar–chi. Bunday qilmishlaringiz uchun Men birontangizga baraka berarmikinman?! — deydi Sarvari Olam.
10. — Qaniydi, birortangiz Ma’bad eshiklarini yopib tashlaganingizda! Shunda ichkariga kirib qurbongohim ustida behuda olov yondirmagan bo‘lar edingiz! Men sizlardan mamnun emasman, nazrlaringizni qabul qilmayman, — deydi Sarvari Olam.
11. — Zero, dunyoning u chekkasidan bu chekkasigacha bo‘lgan barcha xalqlar orasida Mening nomim ulug‘lanmoqda. Butun yer yuzida Menga atab tutatqilar tutatilmoqda, halol qurbonliklar keltirilmoqda. Ha, xalqlar orasida buyukdir Mening nomim! — deydi Sarvari Olam.
12. — Sizlar esa: “Rabbiyga arzimas nazrlar keltirsak ham bo‘laveradi”, deya Mening dasturxonimni bulg‘ayapsizlar.
13. Yana: “Bularning hammasidan charchab ketdik”, deya yuzlaringizni burushtiryapsizlar, — deydi Sarvari Olam. — Sizlar cho‘loq, kasalmand yoki birovdan tortib olingan jonivorni qurbonlik qilasizlar! Men esa o‘shani qabul qilishim kerakmi?! — deydi Egamiz.
14. — La’natisizlar! Podangizdagi bir qo‘chqorni Men, Rabbiyga atab qo‘ygansizlar–u, lekin o‘rniga nuqsonli jonivorni qurbonlik qilyapsizlar. Men buyuk Shohman — deydi Sarvari Olam. — Mening nomim xalqlar orasida izzat–ikrom bilan tilga olinur.

1. Sarvari Olam shunday deydi: “Ey ruhoniylar, endi sizlarga amrim shudir: Menga quloq soling.
2. Chin yurakdan nomimni ulug‘lang. Aks holda ustingizga la’natlar yog‘diraman, barakalaringni la’nati qilaman. Darvoqe, barakalaringni la’natlab bo‘ldim ham, chunki birontangiz ogohimga e’tibor bermadingiz.
3. Men farzandlaringizni jazolayman. Qurbonliklaringiz axlatini betlaringizga sochaman, sizlarni huzurimdan chiqarib yuboraman.
4. Shunda bu amrni sizlarga Men berganimni bilib olasizlar. Men bu amr orqali ota–bobongiz Levi va uning nasllari bilan tuzgan ahdimni mustahkam qilmoqchi edim, — deydi Sarvari Olam.
5. — Levi qabilasi bilan qilgan o‘sha ahdim farovon hayot ahdi edi. Men levilarning qalbiga qo‘rquvni solib qo‘ydim, ular Mendan qo‘rqishardi, nomimni benihoya izzat etishardi.
6. Ular ko‘rsatmalarimni buzmasdan yetkazishardi, adolatli hukm chiqarishardi. Sofdillik va to‘g‘rilik yo‘llarida Menga hamroh edilar, ko‘plarni gunohdan qaytardilar.
7. Ruhoniyning vazifasi odamlarga to‘g‘ri ta’lim berishdir. Odamlar uning oldiga maslahat so‘rab borishlari kerak, axir, u Men, Sarvari Olamning elchisidir.
8. Ammo, ey ruhoniylar, sizlar yo‘limdan og‘dingizlar, o‘z ko‘rsatmalaringiz bilan ko‘plarni yo‘ldan urdingizlar. Levi qavmi bilan tuzgan ahdimni barbod qildingizlar, — deydi Sarvari Olam.
9. — Men esa sizlarni xo‘rladim, barcha xalqlardan pastroq qildim. Sizlar Mening yo‘limdan yurmayapsiz, qonun masalasida tarafkashlik qilyapsiz.”
10. Hammamizning otamiz bir emasmi?! Hammamizni bir Xudo yaratgan emasmi?! Nega endi biz bir–birimizga sadoqatsiz bo‘lishimiz kerak? Nega Xudo ota–bobolarimiz bilan tuzgan ahdni bulg‘ashimiz kerak?
11. Ey Yahudo xalqi, sizlar sadoqatsizlik qildingiz. Quddus va Isroilda jirkanch ishlarga qo‘l urdingiz. Ha, Egamiz yaxshi ko‘radigan Ma’badni bulg‘ab, begona xudolarga topinadigan qizlarga uylandingiz.
12. Egamiz bunday qilmishlarga qo‘l urgan har bir odamni, u kim bo‘lishidan qat’iy nazar, Yoqub chodirlaridan yo‘q qilsin. Unday odamlar Sarvari Olamga nazrlar keltirmasin.
13. Sizlar yana shunday qilyapsiz: Egamizning qurbongohini ko‘z yoshlar bilan yuvyapsiz, faryod qilib fig‘on chekyapsiz, chunki Xudo nazrlaringizni qabul qilmayapti, U ulardan mamnun emas.
14. “Nima uchun?” deb so‘raysiz. Chunki sizlar yoshlik chog‘ingizda uylangan xotiningizga bevafolik qildingiz. Axir, u sizning umr yo‘ldoshingiz, nikoh ahdingizdagi xotiningiz–ku! Egamizning O‘zi sizlarning orangizda guvohdir.
15. Ehtiyot bo‘ling, orangizda hech kim o‘z xotiniga xiyonat qilmasin. Xudo sizlarni bir tan bir jon qilgan–ku! Endi Xudo sizlardan nimani kutyapti? Haqiqiy xudojo‘y farzandlarni kutyapti.
16. “Xotinidan nafratlanib, undan ajrashgan erkak o‘z himoyasi ostida bo‘lgan xotiniga shafqatsizlik qilgan bo‘ladi”, — deydi Isroil xalqining Xudosi — Egamiz. “Shu bois hushyor bo‘linglar, xiyonat qilmanglar”, — deydi Sarvari Olam.
17. Sizlar gaplaringiz bilan Egamizni charchatib yubordilaring–ku, yana: “Qanday qilib Uni charchatibmiz?” deb so‘raysizlar. Sizlar: “Yomonlik qilgan hammani Egamiz yaxshi ko‘radi, ulardan mamnun bo‘ladi. Qani, adolat Xudosi bormi o‘zi?!” deb aytasizlar. Bu gaplaring bilan Egamizni charchatyapsizlar.

1. Sarvari Olam shunday deydi: “Mana, Men O‘z elchimni yuboryapman. U Men uchun yo‘lni hozirlaydi. U to‘satdan O‘z Ma’badiga keladi. Sizlar izlayotgan Rabbiy O‘shadir. Ahd elchisi Uning O‘zidir. Sizlar Undan g‘oyat mamnun bo‘lasiz.”
2. Ammo U kelganda kim bardosh bera oladi?! Paydo bo‘lganda kimning joni saqlanib qoladi?! Ha, U o‘yadigan ishqor, tozalaydigan olov kabidir.
3. U o‘tirib, Levi avlodini tozalaydi, kumush va oltinni olovda soflaganday ularni soflaydi. Shunda ular Egamizga manzur keladigan nazrlar taqdim qilishadi.
4. Keyin Yahudo xalqi va Quddus aholisi keltirgan nazrlarEgamizga oldingiday ma’qul bo‘ladi.
5. Sarvari Olam shunday deydi: “Shundagina Men hukm qilgani oldingizga boraman. Mendan qo‘rqmaydigan hammaga — sehrgar, zinokor, yolg‘on qasam ichganlar, mardikorlarning ish haqini ushlab qoladiganlar, yetim va bevalarni ezuvchilarga va musofirlarni turtkilaganlarga qarshi tezda guvohlik beraman.”
6. Sarvari Olam shunday deydi: — Ey Yoqub o‘g‘lonlari, Men Egangizman. Men hech qachon o‘zgarmayman! Shuning uchungina sizlar yo‘q bo‘lib ketmadingizlar.
7. Ota– bobolaringiz qonun–qoidalarimdan yuz o‘girdilar. Sizlar ham ular singari qonunlarimga rioya qilmadingizlar. Endi tavba qilinglar. Ha, Mening oldimga qaytib kelinglar. Shunda Men ham oldingizga qaytib boraman. Ammo sizlar: “Nega tavba qilishimiz kerak?” deb so‘raysizlar.
8. Inson Xudodan narsa o‘g‘irlashga jur’at qiladimi?! Ammo Sizlar Mening narsamni o‘g‘irlayapsizlar! Yana “Nimangni o‘g‘irlabmiz?” deb so‘raysizlar. Ushr va ehsonlarimni o‘g‘irladingiz!
9. E, la’nati bo‘lib ketinglar! Mening narsamni o‘g‘irlabsiz–a! Sizlar, butun xalq, la’natisizlar!
10. Qani, omborxonaga ushrni bekami–ko‘st qilib olib kelinglar. Xonadonimga ozuqa keltiringlar. Shu yo‘l bilan Meni sinab ko‘ringlar, — deydi Sarvari Olam. — Shunda ko‘rasizlar, Men osmon qopqalarini ochaman. Sizlarga marhamatimni serob qilib yog‘diraman.
11. Men chigirtkalarga man etaman. Ular ekinlaringizni nobud qilmaydi. Uzumzorlaringiz hosiliga tegmaydi, — deydi Sarvari Olam.
12. — Shunda barcha xalqlar sizlarni baxtli deb ataydi. Ha, yurtingiz orombaxsh bir joy bo‘ladi, — deydi Sarvari Olam.
13. Egamiz shunday dedi: — Sizlar Men haqimda yomon gapirdingiz. Yana: “Qachon sen haqingda yomon gapiribmiz?” deysizlar–a.
14. Sizlar aytasiz: “Xudoga xizmat qilish behuda. Sarvari Olamning talablarini ado etishdan hech foyda yo‘q. Uning huzurida azador kabi yurishning nima keragi bor?!
15. Takabburlar baxtli–ku. Yovuzlar ham gullab–yashnaydilar. Mana, qarang, ular Xudoni sinab turib jazodan ham qochib qutuldilar.”
16. Egamizdan qo‘rqqanlar bular haqida gaplashdilar. Egamiz esa ularning gaplariga e’tibor berib quloq soldi. Uning huzurida Egamizdan qo‘rqqan, Uning nomini e’zozlaganlar haqida Xotira kitobi yozildi.
17. Sarvari Olam shunday deydi: “Ular Meniki bo‘ladilar. Men belgilagan kunda xazinamning gavharlari bo‘ladilar. Mehribon ota–ona o‘z itoatkor bolasini xalos etganday, Men ham ularni xalos etaman.
18. Shunda, ey xalqim, sizlar solihu fosiqning farqini yana ko‘rasiz. Ha, Menga xizmat qiladiganu Menga xizmat qilmaydiganning holini bilasiz.”

1. Sarvari Olam shunday deydi: “Ana, qiyomat kuni yaqinlashib qoldi. O‘sha kun lovullagan tandirday bo‘ladi. Takabburlar bilan yovuzlarning hammasi go‘yo xas–cho‘pdir. Kelayotgan o‘sha kuni hammasi yondirib tashlanadi. Ulardan na shoxlar, na ildizlar qoladi.
2. Sizlar uchun esa, ey nomimni eshitib qo‘rqadiganlar, zafar quyosh kabi ko‘tariladi, sizlarga shifo nurlarini sochadi. Ha, sizlar shodlanasizlar. Og‘ilxonadan qo‘yib yuborilgan buzoqlarday sakraysizlar.
3. Yovuzlarni bosib ezasizlar. Ha, Men belgilagan o‘sha kunda ular oyog‘ingiz ostidagi tuproqday bo‘ladi, — deydi Sarvari Olam. —
4. Qulim Musoning ko‘rsatmalarini eslang. Unga Sinay tog‘ida butun Isroil xalqi uchun bergan odil qonun–qoidalarimni esga oling.
5. Mana, Men, Egangizning ulug‘ va dahshatli kuni kelishidan oldin, oldingizga Ilyos payg‘ambarni yuboryapman.
6. U otalarning yuraklarini farzandlarga, farzandlarining yuraklarini esa otalarga moyil qiladi. Toki Men yurtni la’natlab yo‘q qilmayin.”

► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)
Muqaddas Kitob
- Ibtido
- Chiqish
- Levilar
- Sahroda
- Qonunlar
- Yoshua
- Hakamlar
- Rut
- Shohlar (birinchi kitob)
- Shohlar (ikkinchi kitob)
- Shohlar (uchinchi kitob)
- Shohlar (to‘rtinchi kitob)
- Solnomalar (birinchi kitob)
- Solnomalar (ikkinchi kitob)
- Ezra
- Naximiyo
- Ester
- Ayub
- Zabur
- Sulaymonning hikmatlari
- Voiz
- Ishayo
- Sulaymonning go‘zal qo‘shig‘i
- Yeremiyo
- Yeremiyoning marsiyasi
- Hizqiyo
- Doniyor
- Xo‘sheya
- Yo‘el
- Amos
- Obodiyo
- Yunus
- Mixo
- Noxum
- Xabaqquq
- Zafaniyo
- Xaggey
- Zakariyo
- Malaki
- Matto Muqaddas xushxabar
- Luqo Muqaddas xushxabar
- Yuhanno Muqaddas xushxabar
- Mark Muqaddas xushxabar
- Havoriylarning faoliyati
- Yoqubning maktubi
- Butrusning birinchi maktubi
- Butrusning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning birinchi maktubi
- Yuhannoning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning uchinchi maktubi
- Yahudoning maktubi
- Rimliklarga maktub
- Korinfliklarga birinchi maktub
- Korinfliklarga ikkinchi maktub
- Galatiyaliklarga maktub
- Efesliklarga maktub
- Filippiliklarga maktub
- Kolosaliklarga maktub
- Salonikaliklarga birinchi maktub
- Salonikaliklarga ikkinchi maktub
- Timo‘tiyga birinchi maktub
- Timo‘tiyga ikkinchi maktub
- Titusga maktub
- Filimo‘nga maktub
- Ibroniylarga maktub
- Yuhannoga ko‘rsatilgan vahiy
AJOYIB KITOBNI O'QING

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)
MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Tavrot | Zabur | Injil (+audio)

Яхши аудио Китоблар

Kinolar va Multiklar

Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Аудио Кутубхона

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz