Muqaddas Kitob

Sahroda

1. Isroil xalqi Misr yurtini tark etib, Sinay sahrosiga kelganiga ikki yilu ikki oy bo‘ldi. Ikkinchi oyning birinchi kunida EgamizUchrashuv chodirida Musoga shunday dedi:
2. “Sen va Horun jamiki Isroil xalqini urug‘i, xonadoni bo‘yicha sanab chiqinglar.
3. Urushga yaroqli bo‘lgan yigirma va undan yuqori yoshdagi hamma erkaklarni guruhlarga bo‘lib, nomma–nom ro‘yxatini tuzinglar.
4. Har bir qabiladan bittadan urug‘boshi sizlarga yordam bersin.
5. Sizlarga yordam beradigan urug‘boshilarning ismi quyidagichadir: Ruben qabilasidan — Shaduvor o‘g‘li Elizur.
6. Shimo‘n qabilasidan — Zurishaday o‘g‘li Shalumiyol.
7. Yahudo qabilasidan — Ominadov o‘g‘li Naxsho‘n.
8. Issaxor qabilasidan — Zuvor o‘g‘li Natanil.
9. Zabulun qabilasidan — Xalon o‘g‘li Eliyob.
10. Yusuf o‘g‘li Efrayim qabilasidan — Omihud o‘g‘li Elishama. Yusuf o‘g‘li Manashe qabilasidan — Padozur o‘g‘li Gamaliel.
11. Benyamin qabilasidan — Gido‘nax o‘g‘li Avidon.
12. Dan qabilasidan — Omishaday o‘g‘li Oxazar.
13. Osher qabilasidan — Oxron o‘g‘li Paxiyol.
14. Gad qabilasidan — Duvel o‘g‘li Eliasaf.
15. Naftali qabilasidan — Enan o‘g‘li Oxir.”
16. Jamoa orasidan tanlangan ana shu urug‘boshilar Isroil qabilalarining yo‘lboshchilari edi.
17. Muso va Horun urug‘boshilar bilan birgalikda ikkinchi oyning birinchi kunida butun jamoani yig‘ishdi.
18. Ular Isroil xalqining barcha urug‘larini va xonadonlarini aniqlab chiqishdi. So‘ng Musoga Egamiz amr etganday, jamoaning yigirma va undan yuqori yoshdagi hamma erkaklarini nomma–nom alohida ro‘yxatga olishdi.
19. Shu tariqa Muso Sinay sahrosida Isroil xalqini sanab chiqdi.
20. Urug‘i va xonadoni bo‘yicha nomma–nom ro‘yxatga olingan, yigirma va undan yuqori yoshdagi urushga yaroqli erkaklarning soni quyidagicha edi:
21. Isroilning to‘ng‘ich o‘g‘li Ruben qabilasidan — 46.500 ta odam,
22. Shimo‘n qabilasidan
23. — 59.300 ta odam,
24. Gad qabilasidan
25. — 45.650 ta odam,
26. Yahudo qabilasidan
27. — 74.600 ta odam,
28. Issaxor qabilasidan
29. — 54.400 ta odam,
30. Zabulun qabilasidan
31. — 57.400 ta odam,
32. Yusuf o‘g‘li Efrayim qabilasidan
33. — 40.500 ta odam,
34. Yusuf o‘g‘li Manashe qabilasidan
35. — 32.200 ta odam,
36. Benyamin qabilasidan
37. — 35.400 ta odam,
38. Dan qabilasidan
39. — 62.700 ta odam,
40. Osher qabilasidan
41. — 41.500 ta odam,
42. Naftali qabilasidan
43. — 53.400 ta odam.
44. Muso, Horun va Isroil xalqining o‘n ikki urug‘boshisi sanab chiqqan odamlar ana shular edilar. Ularning hammasi ota–bobolarining nasli bo‘yicha ro‘yxatga olindi.
45. Xullas, Isroil xalqining yigirma va undan yuqori yoshdagi urushga yaroqli hamma erkaklari xonadonlari bo‘yicha sanalganda,
46. 603.550 ta chiqdi.
47. Levi qabilasi esa ro‘yxatga kiritilmagan edi,
48. chunki Musoga Egamiz shunday degandi:
49. “Levi qabilasini ro‘yxatga kiritma, ularni Isroil xalqi bilan birga sanama.
50. LevilargaMuqaddas ahd chodirini, uning hamma ashyolarini va chodirga tegishli bo‘lgan barcha narsalarni topshir. Yo‘lga chiqqanlaringizda, ular chodirni va undagi hamma ashyolarni ko‘tarib yursinlar. Chodirni asrab– avaylab, uning yoniga o‘z chodirlarini tiksinlar.
51. Har safar chodir ko‘chirilganda, levilar Muqaddas chodirni yig‘ishsin. Qarorgoh qurganingizda esa chodirni yana o‘rnatishsin. Chodirning yaqiniga borgan boshqa har qanday odam uchun jazo o‘limdir.
52. Qolgan Isroil qabilalari o‘z qarorgohlarida guruh–guruh bo‘lib joylashsin.
53. Isroil xalqi Mening qahr–g‘azabimga uchramasligi uchun, levilar o‘z chodirlarini Muqaddas ahd chodiri atrofida o‘rnatib, o‘sha yerda chodirni qo‘riqlashsin.”
54. Musoga Egamiz qanday amr etgan bo‘lsa, Isroil xalqi shuni qildi.
1. Egamiz Muso bilan Horunga yana dedi:
2. “Isroil xalqining har bir qabilasi chodirlarini o‘z qarorgohida, o‘z xonadoni tamg‘alari ostida o‘rnashtirsin. Ular chodirlarini Uchrashuv chodirining aylanasiga, undan ma’lum bir masofada tikishsin.
3. Uchrashuv chodirining sharq tomonida chodir tikadigan qabilalar Yahudo qarorgohida guruh– guruh bo‘lib joylashsin. Yahudo qabilasining yo‘lboshchisi Ominadov o‘g‘li Naxsho‘ndir.
4. Uning sanoqqa kirgan sipohlari 74.600 tadir.
5. Undan keyin Issaxor qabilasi chodirlarini joylashtirsin. Issaxor qabilasining yo‘lboshchisi Zuvor o‘g‘li Natanildir.
6. Uning sanoqqa kirgan sipohi 54.400 tadir.
7. Undan keyin esa Zabulun qabilasi chodirlarini joylashtirsin. Zabulun qabilasining yo‘lboshchisi Xalon o‘g‘li Eliyobdir.
8. Uning sanoqqa kirgan sipohi 57.400 tadir.
9. Yahudo qarorgohidagi sanoqqa kirgan sipohlarning hammasi 186.400 tadir. Birinchi bo‘lib ular yo‘lga chiqishsin.
10. Uchrashuv chodirining janub tomonida chodir tikadigan qabilalar Ruben qarorgohida guruh– guruh bo‘lib joylashsinlar. Ruben qabilasining yo‘lboshchisi Shaduvor o‘g‘li Elizurdir.
11. Uning sanoqqa kirgan sipohlari 46.500 tadir.
12. Uning yonida Shimo‘n qabilasi chodirlarini o‘rnashtirsin. Shimo‘n qabilasining yo‘lboshchisi Zurishaday o‘g‘li Shalumiyoldir.
13. Uning sanoqqa kirgan sipohi 59.300 tadir.
14. Keyin Gad qabilasi chodirlarini joylashtirsin. Gad qabilasining yo‘lboshchisi Duvel o‘g‘li Eliasafdir.
15. Uning sanoqqa kirgan sipohi 45.650 tadir.
16. Ruben qarorgohidagi hisobga kirgan sipohlarning hammasi 151.450 tadir. Ikkinchi bo‘lib ular yo‘lga chiqishsin.
17. Dastlabki ikkita qarorgoh va keyingi ikkita qarorgoh o‘rtasida levilar Uchrashuv chodiri bilan birga yo‘lga chiqishsin. Qabilalar qay tartibda qarorgohda joylashgan bo‘lsa, yana o‘sha tartibda yo‘lga chiqishlari lozim. Har biri o‘z o‘rnida, o‘z qarorgohi safida borsin.
18. Uchrashuv chodirining g‘arb tomonida chodir tikadigan qabilalar Efrayim qarorgohida guruh– guruh bo‘lib joylashsinlar. Efrayim qabilasining yo‘lboshchisi Omihud o‘g‘li Elishamadir.
19. Uning sanoqqa kirgan sipohi 40.500 tadir.
20. Undan keyin Manashe qabilasi chodirlarini o‘rnashtirsin. Manashe qabilasining yo‘lboshchisi Padozur o‘g‘li Gamalieldir.
21. Uning sanoqqa kirgan sipohlari 32.200 tadir.
22. So‘ngra Benyamin qabilasi chodirlarini joylashtirsin. Benyamin qabilasining yo‘lboshchisi Gido‘nax o‘g‘li Avidondir.
23. Uning sanoqqa kirgan sipohlari 35.400 tadir.
24. Efrayim qarorgohidagi sanoqqa kirgan hamma sipohlar 108.100 tadir. Uchinchi bo‘lib ular yo‘lga chiqishsin.
25. Uchrashuv chodirining shimol tomonida chodir tikadigan qabilalar Dan qarorgohida guruh–guruh bo‘lib joylashsinlar. Dan qabilasining yo‘lboshchisi Omishaday o‘g‘li Oxazardir.
26. Uning sanoqqa kirgan sipohlari 62.700 tadir.
27. Uning yonida Osher qabilasi chodirlarini o‘rnashtirsin. Osher qabilasining yo‘lboshchisi Oxron o‘g‘li Paxiyoldir.
28. Uning sanoqqa kirgan sipohlari 41.500 tadir.
29. So‘ngra Naftali qabilasi chodirlarini o‘rnashtirsin. Naftali qabilasining yo‘lboshchisi Enan o‘g‘li Oxirdir.
30. Uning sanoqqa kirgan sipohlari 53.400 tadir.
31. Dan qarorgohidagi sanoqqa kirgan hamma sipohlar 157.600 tadir. Ular guruh–guruh bo‘lib oxirida yo‘lga chiqishsin.”
32. Shunday qilib, butun Isroil xalqi xonadonlari bo‘yicha sanoqdan o‘tdi. Qarorgohlarda guruh– guruh bo‘lib joylashgan lashkarning umumiy soni 603.550 ta chiqdi.
33. Musoga Egamiz amr etganday, Levi qabilasi Isroil xalqiga qo‘shib hisoblanmadi.
34. Xullas, Musoga Egamiz qanday amr etgan bo‘lsa, Isroil xalqi shuni qildi. Ular qarorgohi bo‘yicha joylashgan, har biri o‘z urug‘i, xonadoni bo‘yicha yo‘lga chiqqan edi.
1. Egamiz Sinay tog‘ida Muso bilan so‘zlashganda, Muso va Horunning nasli quyidagilardan iborat edi:
2. Horunning to‘rtta o‘g‘li bor edi: Nadov, Abihu, Elazar va Itamar. Nadov to‘ng‘ich o‘g‘il edi.
3. Muso Horunning bu o‘g‘illariga moy surtib, ularni ruhoniylikka tayinlagan edi.
4. Lekin Nadov bilan Abihu Sinay sahrosida Egamiz amr etmagan olovni Uning huzuriga olib kelganlari uchun o‘sha yerda nobud bo‘lgan edilar. Ikkovi ham befarzand edi. Shuning uchun faqat Elazar bilan Itamar otalari Horunning hayotligida ruhoniy bo‘lib xizmat qilgan edilar.
5. Musoga Egamiz shunday amr berdi:
6. “Levi qabilasini ruhoniy Horun huzuriga boshlab kel. Ular Horunga yordam berishsin.
7. Levilar Horun va butun Isroil jamoasiga xizmat qilib, Muqaddas chodirga oid bo‘lgan barcha yumushlarni bajarishsin.
8. Ular Isroil xalqi uchun Muqaddas chodirda xizmat qilib, chodirdagi hamma ashyolar uchun mas’ul bo‘lishsin.
9. Levilarni Horun va uning o‘g‘illari ixtiyoriga ber. Isroil xalqining bu qabilasi to‘liq ularning ixtiyorida bo‘lishi shart.
10. Horun va uning o‘g‘illarini ruhoniylik xizmatiga tayinla. Ruhoniylik vazifasini bajargan har qanday boshqa odamning jazosi o‘limdir.”
11. Musoga Egamiz yana dedi:
12. “Men levilarni Isroil xalqining onadan tug‘ilgan barcha to‘ng‘ich o‘g‘illari o‘rnida qabul qilganman. Levilar Menikidir.
13. Zotan, hamma to‘ng‘ich o‘g‘illar Menga tegishli. Men Misrliklarning hamma to‘ng‘ich o‘g‘illarini nobud qilgan kunim Isroil xalqining barcha to‘ng‘ich o‘g‘illarini — odamidan tortib hayvoniga qadar — O‘zim uchun ajratib olganman. Ularning hammasi Meniki bo‘lishi shart. Zotan, Men Egangizman.”
14. Musoga Egamiz Sinay sahrosida yana aytdi:
15. “Levi qabilasini urug‘i va xonadonlari bo‘yicha sanab chiq. Bir oylik va undan yuqori yoshdagi hamma erkak zotini sanab chiq.”
16. Egamizning amri bo‘yicha Muso ularni sanab chiqdi.
17. Levining uchta o‘g‘li bo‘lib, ismlari Gershon, Qohot va Marori edi.
18. Gershonning Lubnax va Shimax degan o‘g‘illari bo‘lib, har qaysisidan bittadan urug‘ kelib chiqdi.
19. Qohotning Imrom, Izxor, Xevron va Uziyol degan o‘g‘illari bo‘lib, ulardan ham bittadan urug‘ kelib chiqdi.
20. Marorining Maxli va Mushi degan o‘g‘illari bo‘lib, ulardan ham bittadan urug‘ kelib chiqdi. Levi urug‘larining ota xonadoni bo‘yicha ro‘yxatga olinganlari ana shular edi.
21. Gershondan Lubnax va Shimax urug‘lari kelib chiqdi.
22. Gershon urug‘iga qarashli bir oylik va undan yuqori yoshdagi erkaklar sanalganda, 7500 ta chiqdi.
23. Gershon urug‘i chodirlarini Muqaddas chodirning orqa tomonida, g‘arbda o‘rnashtirishlari kerak edi.
24. Gershon urug‘ining oqsoqoli Loyol o‘g‘li Eliasaf edi.
25. Gershon urug‘i chodirning quyidagi ashyolari uchun mas’ul edi: chodirning ichki qavati va qoplamalari, chodirga kiraverishdagi parda,
26. chodir bilan qurbongoh atrofini to‘sib turadigan pardalar, hovliga kiraverishdagi parda va uning arqonlari. Chodirning bu ashyolar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xizmat Gershon urug‘i zimmasida edi.
27. Qohotdan Imrom, Izxor, Xevron va Uziyol urug‘lari kelib chiqdi.
28. Ularga qarashli bir oylik va undan yuqori yoshdagi erkaklar sanalganda, 8600 ta chiqdi. Qohot urug‘i Muqaddas chodir uchun mas’ul edi.
29. Qohot urug‘i Muqaddas chodirning janub tomonida chodir qurishi kerak edi.
30. Qohot urug‘i oqsoqoli Uziyol o‘g‘li Elizofon edi.
31. Ular chodirdagi quyidagi ashyolar uchun mas’ul edilar: sandiq, xontaxta, chiroqpoya, qurbongohlar, xizmat paytida ishlatiladigan Muqaddas chodir buyumlari va ichki pardasi. Chodirdagi bu ashyolar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xizmat Qohot urug‘i zimmasida edi.
32. Levi oqsoqollari ustidan ruhoniy Horun o‘g‘li Elazar boshchilik qilardi. Muqaddas chodir uchun mas’ul bo‘lganlar Elazarning nazorati ostida edilar.
33. Maroridan Maxli va Mushi urug‘lari kelib chiqdi.
34. Marori urug‘ining bir oylik va undan yuqori yoshdagi erkaklari sanalganda, 6200 ta chiqdi.
35. Marori urug‘i oqsoqoli Abuhayil o‘g‘li Zuriyol edi. Ular Muqaddas chodirning shimol tomoniga chodirlarini o‘rnatishlari kerak edi.
36. -
37. Ular chodirdagi quyidagi ashyolar uchun mas’ul edilar: chodirning romlari, tambalari, ustunlar va ustun tagliklari, ularga oid barcha buyumlar, hovlining atrofidagi ustunlar va ustun tagliklari, qoziq va arqonlari, ularga tegishli hamma buyumlar. Chodirdagi bu ashyolar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xizmat Marori urug‘i zimmasida edi.
38. Muso, Horun va uning o‘g‘illari o‘z chodirlarini sharq tomonda — Muqaddas chodirning oldida o‘rnatishlari kerak edi. Ular Isroil xalqining vakillari sifatida Muqaddas chodirdagi xizmat uchun mas’ul edilar. Ulardan boshqa birontasi chodirga yaqin kelsa, o‘sha odamning jazosi o‘lim edi.
39. Muso va Horun, Egamizning amriga ko‘ra, Levi qabilasining bir oylik va undan yuqori yoshdagi hamma erkaklarini urug‘lari bo‘yicha sanab chiqqanda, ularning umumiy soni 22.000 ta chiqdi.
40. Egamiz shundan keyin Musoga yana aytdi: “Isroil xalqining bir oylik va undan yuqori yoshdagi hamma to‘ng‘ich o‘g‘illarini sanab chiq. Ularning ismlarini ro‘yxat qilib yoz.
41. Men Egangizman. Men Levi qabilasini Isroil xalqining hamma to‘ng‘ich o‘g‘illari o‘rniga qabul qilaman. Isroil xalqining chorvasida birinchi tug‘ilgan bolasi o‘rniga levilarning chorvasini ham olaman.”
42. Muso Egamizning amrini bajardi. Isroil xalqining hamma to‘ng‘ich o‘g‘illarini sanab chiqdi.
43. Bir oylik va undan yuqori yoshdagi hamma to‘ng‘ich o‘g‘il bittama–bitta sanalganda, 22.273 ta chiqdi.
44. Musoga Egamiz aytdi:
45. “Isroil xalqining hamma to‘ng‘ich o‘g‘illari o‘rniga levilarni Menga bag‘ishla, Isroil xalqining chorvasi o‘rniga esa levilarning chorvasini Menga bag‘ishla. Levilar Meniki bo‘ladi. Men Egangizman.
46. Isroilning to‘ng‘ich o‘g‘illari levilardan 273 ta ortiq. Isroil xalqi ana shu ortiqchasi evaziga tovon to‘lashi kerak.
47. Har bir ortiq odam evaziga besh bo‘lakdan kumush ol. Har bir kumush bo‘lakning og‘irligi 2,5 misqol bo‘lsin.
48. O‘sha kumushni Horun va uning o‘g‘illariga ber.”
49. -
50. Muso ortiq chiqqan Isroil to‘ng‘ich o‘g‘illaridan 1365 ta kumush bo‘lakni yig‘ib oldi.
51. Muso Egamizning amriga ko‘ra, yig‘ib olgan tovon pulini Horun va uning o‘g‘illariga berdi.
1. Muso bilan Horunga Egamiz yana dedi:
2. “Endi Levi qabilasidan bo‘lgan Qohot avlodini urug‘i va xonadoni bo‘yicha sanab chiq.
3. Uchrashuv chodirida xizmat qilishga yaroqli, o‘ttiz yoshdan ellik yoshgacha bo‘lganlarni sana.
4. Qohot urug‘ining xizmati Uchrashuv chodirining eng muqaddas ashyolari bilan bog‘liq bo‘ladi.
5. Yo‘lga chiqqaningizda, Horun va uning o‘g‘illari chodirga kirib, ahd sandig‘ini to‘sib turadigan ichki pardani yechishsin. O‘sha parda bilan sandiqni yopishsin.
6. So‘ng uning ustidan yumshoq teridan qilingan yopinchiq tashlashsin. Uning ustidan esa sidirg‘a ko‘k choyshab tashlashsin. So‘ng xodalarni joy–joyiga o‘rnatishsin.
7. Keyin muqaddas nonlar qo‘yiladigan xontaxtaga ko‘k choyshab to‘shashsin. Xontaxtaga lagan, piyola, sharob nazr qilish uchun kosa va ko‘zalar qo‘yishsin. Xontaxta ustida muqaddas nonlar doimo tursin.
8. Bu narsalarning ustidan qirmizi choyshab tashlashsin. Keyin yumshoq teridan qilingan yopinchiq bilan yopib, xodalarni joy–joyiga o‘rnatishsin.
9. So‘ng ko‘k choyshab bilan chiroqpoyani, uning moychiroqlarini, qisqichlarini, patnislarini va zaytun moyi solingan hamma idishlarini yopib qo‘yishsin.
10. So‘ng bularning ustidan yumshoq teridan qilingan yopinchiq bilan yopib, zambilga solishsin.
11. Oltin qurbongohga ko‘k choyshab tashlab, uning ustidan yumshoq teridan qilingan yopinchiq bilan yopishsin va xodalarni joy–joyiga o‘rnatishsin.
12. Keyin Muqaddas xonada ishlatiladigan buyumlarni olib, ko‘k choyshab ustiga qo‘yishsin. So‘ng ustini yumshoq teridan qilingan yopinchiq bilan yopib, zambilga solishsin.
13. Bronza qurbongohni kuldan tozalab, uni safsar rangdagi choyshab bilan yopishsin.
14. So‘ng qurbongohda ishlatilgan hamma buyumlarni — olovkurak, sanchqi, kurak, tog‘orachalarni qurbongoh ustiga qo‘yishsin. Yumshoq teridan qilingan yopinchiq bilan qurbongohni yopib, xodalarni joy–joyiga o‘rnatishsin.
15. Horun va uning o‘g‘illari Muqaddas chodirdagi jihozlarni va buyumlarni yopib bo‘lganlaridan keyin, yo‘lga chiqish vaqti bo‘lganda, Qohot urug‘i bu ashyolarni ko‘tarib borsin. Lekin ular bu muqaddas ashyolarga qo‘l tekkizishmasin, aks holda ular o‘ladilar. Demak, Qohot urug‘i Uchrashuv chodiridagi ashyolarni ko‘tarib boradi.
16. Ruhoniy Horun o‘g‘li Elazar chiroqpoya uchun zaytunmoyi, xushbo‘y hidli tutatqi, kundalik don nazri va muqaddas qiladigan moyga mas’ul bo‘ladi. Xullas, butun Muqaddas chodir va u yerdagi hamma narsalar, muqaddas jihozlar va buyumlar Elazar nazorati ostida bo‘ladi.”
17. Egamiz Muso bilan Horunga yana dedi:
18. “Levi qabilasi orasidan Qohot urug‘ining qirilib ketishiga yo‘l qo‘ymanglar.
19. Qohot urug‘idan bo‘lgan har bir odamga xizmat vaqtida nima qilishini va nimani ko‘tarib borishini Horun va uning o‘g‘illari aytishsin.
20. Muqaddas ashyolarga bir lahza bo‘lsa ham qaragani Qohot urug‘i chodirga kirmasligi kerak. Shunda Qohot urug‘idagi erkaklar eng muqaddas ashyolarga yaqin kelganlarida, o‘lmay tirik qolishadi.”
21. So‘ng Musoga Egamiz shunday dedi:
22. “Gershon avlodini ham urug‘i va xonadoni bo‘yicha sanab chiq.
23. Uchrashuv chodirida xizmat qilishga yaroqli, o‘ttiz yoshdan ellik yoshgacha bo‘lganlarini sana.
24. Gershon urug‘ining xizmati va ko‘taradigan yuklari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
25. Ular Muqaddas chodirning ichki qavatini, chodirning qoplamasi va yumshoq teridan qilingan tashqi qoplamani, chodirga kiraverishdagi pardani,
26. chodir bilan qurbongoh atrofini to‘sib turadigan pardalarni, hovliga kiraverishdagi pardani va unga tegishli arqonlar va hamma buyumlarni ko‘tarib borishlari lozim. Bu ashyolar bilan aloqador ishlarning hammasini Gershon urug‘i bajarsin.
27. Horun va uning o‘g‘illari Gershon urug‘ining xizmatini, tashiydigan yuklarini va bajaradigan vazifalarini to‘liq nazorat qilib turishsin. Gershon urug‘i ularning aytganlarini qilib, aytgan yuklarni ko‘tarishsin.
28. Gershon urug‘ining Uchrashuv chodirida qiladigan xizmati mana shulardan iboratdir. Ular ruhoniy Horun o‘g‘li Itamarning nazorati ostida xizmat qilishadi.
29. Endi Marori avlodini urug‘i va xonadoni bo‘yicha sanab chiq.
30. Uchrashuv chodirida xizmat qilishga yaroqli o‘ttiz yoshdan ellik yoshgacha bo‘lganlarini sana.
31. Ularning Uchrashuv chodiridagi vazifasi quyidagi ashyolarni ko‘tarib yurishdan iborat bo‘ladi: chodirning romlarini, tambalarini, ustunlar va ustun tagliklarini,
32. hovlining atrofidagi ustunlar va ustun tagliklarini, qoziq va arqonlarini, ularga tegishli hamma buyumlarni. Qaysi odam qaysi narsani ko‘tarib borishini aniq belgilanglar.
33. Marori urug‘ining Uchrashuv chodirida qiladigan ishlari mana shulardan iboratdir. Ular ruhoniy Horun o‘g‘li Itamarning nazorati ostida xizmat qilishadi.”
34. Muso, Horun va jamoaning yo‘lboshchilari Qohot avlodini urug‘i va xonadoni bo‘yicha sanab chiqishdi.
35. Uchrashuv chodirida xizmat qilishga yaroqli, o‘ttiz yoshdan ellik yoshgacha bo‘lgan erkaklarning soni
36. 2750 ta chiqdi.
37. Qohot urug‘ining Uchrashuv chodirida xizmat qiladiganlari ana shular edi. Muso orqali Egamiz bergan amrga ko‘ra, Muso bilan Horun ularni sanadi.
38. Gershon avlodi ham urug‘i va xonadoni bo‘yicha sanab chiqildi.
39. Uchrashuv chodirida xizmat qilishga yaroqli o‘ttiz yoshdan ellik yoshgacha erkaklarning soni
40. 2630 ta chiqdi.
41. Gershon urug‘ining Uchrashuv chodirida xizmat qiladiganlari ana shular edi. Egamizning amriga ko‘ra, Muso bilan Horun ularni sanadi.
42. Marori avlodi ham urug‘i va xonadoni bo‘yicha sanab chiqildi.
43. Uchrashuv chodirida xizmat qilishga yaroqli o‘ttiz yoshdan ellik yoshgacha erkaklarning soni
44. 3200 ta chiqdi.
45. Marori urug‘i ana shular edi. Muso orqali Egamiz bergan amrga ko‘ra, Muso bilan Horun ularni sanadi.
46. Shunday qilib, Muso, Horun va Isroil yo‘lboshchilari Levi qabilasini urug‘i va xonadoni bo‘yicha sanab chiqishdi.
47. Uchrashuv chodirida xizmat qilishga va chodir ashyolarini ko‘tarishga yaroqli, o‘ttiz yoshdan ellik yoshgacha bo‘lgan erkaklarning
48. umumiy soni 8580 ta chiqdi.
49. Ular Muso orqali Egamiz bergan amrga ko‘ra, har bir odamga qiladigan ishlarini va ko‘tarib boradigan buyumlarini taqsimlab berishdi. Musoga Egamiz amr etganday, hamma odam ro‘yxatga olindi.
1. Musoga Egamiz aytdi:
2. “Isroil xalqiga buyur. Ular teri kasalligiga chalinganlarni, jinsiy a’zosidan ajralma chiqqanlarni, murdalarga tegib harom bo‘lganlarni qarorgohdan chiqarib yuborishsin.
3. Erkagini ham, ayolini ham qarorgohdan tashqariga chiqarib yuborishsin. Ularning dastidan qarorgoh harom bo‘lmasin. Axir, Men xalqim orasida yashayman.”
4. Isroil xalqi Egamizning Musoga bergan amrini ado etib, o‘shanaqa odamlarni qarorgohdan chiqarib yubordi.
5. Muso orqali Isroil xalqiga Egamiz quyidagi qonunlarni berdi:
6. Egamizga xiyonat qilgan, birodariga firib bergan har qanday erkak yoki ayol aybdor hisoblansin.
7. Bunday odam qilgan gunohini tan olsin. Jabr chekkan tomonga keltirgan zarari uchun tovon to‘lasin, buning ustiga, tovonning beshdan bir qismini ham qo‘shib bersin.
8. Bordi– yu, jabr chekkan odam vafot etgan bo‘lsa va uning yaqin qarindoshi bo‘lmasa, zararni qoplash uchun to‘lanadigan tovon Egamizga bag‘ishlanib, ruhoniyga berilsin. Aybdor tomon tovon bilan birga bir qo‘chqorni olib kelsin. Ruhoniy qo‘chqorni qurbonlik qilib, aybdor tomonni gunohdan poklasin.
9. Isroil xalqi Egamizga atab, ruhoniyga olib kelgan har qanday ehson ruhoniyniki hisoblansin.
10. Ruhoniy qabul qilib olgan hamma ehsonlar ruhoniyning o‘ziga tegishli bo‘lsin.
11. Muso orqali Isroil xalqiga Egamiz quyidagi qonunlarni berdi:
12. agar birontasining xotini yomon yo‘lga kirib, eriga xiyonat qilsa,
13. begona erkak bilan yotib o‘zini bulg‘asa–yu, uni hech kim tutib olmasa, bunga biror guvoh bo‘lmagani uchun erining bundan xabari bo‘lmasa,
14. keyinchalik eri xotinidan shubhalana boshlasa, xotini o‘zini bulg‘amagan taqdirda ham, eri undan shubhalanib, rashk qilsa,
15. er xotinini ruhoniy huzuriga yetaklab borsin. Xotini uchun to‘rt kosa arpa unini nazr qilib olib borsin. Arpa uniga zaytun moyi yoki xushbo‘y tutatqi qo‘shilmasin. Bu nazr ayol aybdor yoki aybdor emasligini bilish uchun keltirilayotgan rashk nazridir.
16. Ruhoniy ayolni yetaklab, Egamiz huzuriga olib kirsin.
17. So‘ng muqaddas suvni sopol idishga quysin–da, Muqaddas chodirning ichidagi yerdan tuproq olib, suvga qo‘shsin.
18. Ayolni ruhoniy Egamiz huzuriga olib kirgandan so‘ng, ayolning sochini yoysin. Uning qo‘liga rashk uchun keltiriladigan don nazrini tutqizib qo‘ysin. Ruhoniyning o‘zi esa qo‘lida la’nat keltiradigan achchiq suvni ushlab tursin.
19. Ruhoniy ayolga qasam ichtirib, unga shunday so‘zlarni aytsin: “Agar sen begona erkak bilan yotmagan bo‘lsang, bulg‘anmagan, eringga xiyonat qilmagan bo‘lsang, mana shu la’nat keltiradigan achchiq suv senga hech qanday zarar yetkazmasin.
20. Agar eringga xiyonat qilib, bulg‘angan bo‘lsang, eringdan boshqa odam bilan yotgan bo‘lsang,
21. odamlar kimnidir la’natlaganda, Egam sening nomingni la’natga qo‘shib aytadigan qilsin. Egam seni bola tug‘a olmaydigan qilib qo‘ysin.
22. O‘sha la’nat keltiradigan suv ichingga kirganda, seni bola tug‘a olmaydigan qilib qo‘ysin.” Shunda ayol: “Omin, omin”, deb aytsin.
23. So‘ng ruhoniy la’nat so‘zlarini qog‘ozga yozib, uni achchiq suvda yuvsin.
24. Toki ayol o‘sha suvni ichganda, la’nat uning tanasiga kirib azob bersin.
25. Ruhoniy ayolning qo‘lidan rashk uchun keltirilgan don nazrini olib, bu nazrni Egamizga bag‘ishlaganini ko‘rsatish uchun yuqoriga ko‘tarsin, so‘ng qurbongohga olib borsin.
26. Don nazrining bir hovuchini qurbongoh ustida kuydirsin. Bunday qshilish, unning hammasi Xudoga tegishli ekannini bildiradi. Keyin ayolga achchiq suvdan ichirsin.
27. Agar ayol eriga xiyonat qilib bulg‘angan bo‘lsa, la’nat keltiruvchi achchiq suv uning ichiga kirgach, qattiq azob beradi. Ayol bola tug‘a olmaydigan bo‘lib qoladi. O‘sha ayol o‘z xalqi orasida la’nati bo‘ladi.
28. Agar ayol bulg‘anmagan, pok bo‘lsa, hech qanday zarar ko‘rmaydi, bundan keyin ham farzand ko‘rishga qodir bo‘ladi.
29. Rashk haqidagi qonun mana shundan iboratdir. Xotin eriga vafo qilmay, yomon yo‘lga kirib bulg‘anganda
30. yoki eri xotinini rashk qilib, undan shubhalana boshlaganda, er xotinini Egamizning huzuriga boshlab kelsin. Ruhoniy esa shu qonunga binoan ish tutsin.
31. O‘shanda er gunohdan forig‘ bo‘ladi, ayol esa qilgan gunohi uchun jazosini tortadi.
1. Muso orqali Isroil xalqiga Egamiz quyidagi qonunlarni berdi:
2. agar erkak yoki ayol ont ichib, o‘zini Egamizganazr qilib bag‘ishlashga qaror qilgan bo‘lsa,
3. u sharob va o‘tkir ichimliklardan o‘zini tiysin. Uzum sirkasini ham, boshqa o‘tkir ichimliklarni ham iste’mol qilmasin. Uzumdan tayyorlangan biror ichimlikni zinhor ichmasin. Mayizni va uzumni hech og‘ziga olmasin.
4. U o‘zini nazr qilgan davr mobaynida uzumdan tayyorlangan biror narsani iste’mol qilmasin, hatto uzumning doni va po‘stlog‘ini ham og‘ziga olmasin.
5. Ont ichib, belgilagan davr mobaynida sochiga ham, soqoliga ham ustara tegmasin. U Egamizga bag‘ishlanganligi uchun, nazr qilingan kunlari tugagunga qadar sochlarini o‘stirib yursin.
6. Soch o‘sha odamning Egamizga bag‘ishlanganligi belgisidir. Shuning uchun o‘sha odam Egamizga nazr qilingan kunlari davomida murdaga yaqinlashmasin.
7. Otasi, onasi, aka–ukasi yoki opa– singillaridan birortasi vafot etib qolganda ham, u murda yoniga borib o‘zini bulg‘amasin.
8. Nazr qilingan kunlari davomida u Egamizga bag‘ishlangandir.
9. Bordi–yu, uning oldida kimdir to‘satdan vafot etib qolsa, nazr qilingan odamning boshi harom bo‘lgan hisoblanadi. Shuning uchun nazr qilingan odam yetti kundan keyin sochini oldirsin. Shunda u yana pok bo‘ladi.
10. Sakkizinchi kuni esa Uchrashuv chodiri kiraverishiga ikkita kaptar yoki ikkita musichani olib kelib ruhoniyga bersin.
11. Ruhoniy bu qushlardan bittasini gunoh qurbonligi qiladi, ikkinchisini esa kuydiriladigan qurbonlik qiladi. Shunday qilib, murda tufayli harom bo‘lgan o‘sha odamni gunohidan poklaydi. Nazr qilingan odam o‘sha kuniyoq o‘zini qaytadan Egamizga bag‘ishlashi kerak.
12. U bulg‘anganligi uchun oldingi kunlar hisobga kirmaydi. U Egamizga bag‘ishlangan nazr kunlarini boshqatdan boshlashi lozim. Buning uchun u bir yoshli qo‘chqor qo‘zini ayb qurbonligi qilsin.
13. Nazr qilinganlar uchun qonun quyidagichadir: nazr qilingan odam Egamizga bag‘ishlagan kunlari tugaganda, Uchrashuv chodiri kiraverishiga kelsin.
14. U Egamizga atab quyidagi qurbonligu nazrlarni keltirsin: kuydiriladigan qurbonlik uchun bir yoshli nuqsonsiz qo‘chqor qo‘zini, gunoh qurbonligi uchun bir yoshli nuqsonsiz sovliq qo‘zini, tinchlik qurbonligi uchun nuqsonsiz qo‘chqorni,
15. ularga qo‘shib qilinadigan don bilan sharob nazrini, bir savat xamirturushsiz nonlarni — zaytun moyi aralashtirilgan sifatli undan tayyorlangan nonlar va zaytunmoyi surtilgan chalpaklarni.
16. Ruhoniy bularning hammasini Egamizga taqdim qilib, gunoh qurbonligi va kuydiriladigan qurbonlik qilsin.
17. So‘ng qo‘chqorni don va sharob nazri bilan birga Egamizga tinchlik qurbonligi qilsin. Shuningdek, savatdagi xamirturushsiz nonlarni ham keltirsin.
18. Nazr qilgan odam Uchrashuv chodiriga kiraverishda nazr qilingan sochini oldirsin. Keyin sochlarini yig‘ishtirib olib, tinchlik qurbonligi kuydirilayotgan olovga tashlasin.
19. U sochini oldirib bo‘lgandan so‘ng, ruhoniy qo‘chqorning pishirilgan yelkasini, savatdan bir dona xamirturushsiz nonni, bitta chalpakni olib, nazr qilingan odamning qo‘liga tutqizsin.
20. Keyin ruhoniy o‘sha narsalarni Egamizga bag‘ishlaganini ko‘rsatib, yuqoriga ko‘tarsin. Bu narsalar ruhoniyning muqaddas ulushi bo‘ladi. Bular — ruhoniy yuqoriga ko‘tarishi uchun beriladigan qo‘chqor to‘shi va nazr qilingan qo‘chqor sonidan tashqari beriladi. Shundan so‘ng nazr qilingan odam sharob ichishi mumkin.
21. Nazr qilinganlar uchun qonun shundan iboratdir. Agar nazr qilingan odam Egamizga bulardan tashqari yana biron narsani va’da qilgan bo‘lsa, bergan va’dasi ustidan chiqsin.
22. Egamiz Musoga dedi:
23. — Horun va uning o‘g‘illari Isroil xalqini duo qilganlarida, shunday deb aytishlari kerak:
24. “Egam senga baraka bersin, Seni O‘z panohida asrasin!
25. Egam senga ochiq yuz bilan boqsin, Senga iltifot qilsin.
26. Egam nazarini senga solsin, Senga tinchlik ato etsin!”
27. Horun va uning o‘g‘illari Isroil xalqini Mening nomim bilan duo qilishsin. Shunda Men Isroil xalqiga baraka beraman.
1. Muso Muqaddas chodirni o‘rnatib bo‘lgan kuni chodirga moy surtib muqaddas qildi. So‘ng chodirning barcha ashyolariga, qurbongohga va uning barcha buyumlariga moy surtib chiqib, muqaddas qildi.
2. Shundan keyin xalqni ro‘yxatga olish uchun mas’ul bo‘lgan yo‘lboshchilar — Isroil qabilalarining urug‘boshilari o‘z nazrlarini keltirishdi.
3. Ularning Egamizga keltirgan nazrlari oltita soyabonli arava va o‘n ikkita ho‘kizdan iborat edi. Har bir yo‘lboshchi bittadan ho‘kiz va har ikkita yo‘lboshchi bittadan arava olib kelgan edi. Yo‘lboshchilar bu nazrlarini Egamizga Muqaddas chodir oldida taqdim qilishdi.
4. Shunda Egamiz Musoga aytdi:
5. “Ular olib kelgan narsalarni qabul qilib ol. Bu narsalardan Uchrashuv chodirida xizmat qilishda foydalaninglar. Levilar nima ish qilishlariga qarab, bu narsalarni ularga taqsimlab ber.”
6. Shunday qilib, Muso aravalarni va ho‘kizlarni levilarga taqsimlab berdi.
7. Gershon urug‘ining qiladigan xizmatiga yarasha ikkita arava va to‘rtta ho‘kizni berdi.
8. Marori urug‘ining qiladigan xizmatiga yarasha esa to‘rtta arava va sakkizta ho‘kizni berdi. Marori va Gershon urug‘lari ruhoniy Horunning o‘g‘li Itamar nazorati ostida chodirda xizmat qilishardi.
9. Qohot urug‘iga esa Muso hech narsa bermadi, chunki ular chodirning muqaddas ashyolari uchun mas’ul edilar va bu ashyolarni yelkada ko‘tarib borishlari lozim edi.
10. Muso qurbongohga moy surtib muqaddas qilgandan keyin Isroil yo‘lboshchilari qurbongohning bag‘ishlanishiga ham o‘z nazrlarini olib kelishdi. Ular nazrlarini qurbongoh oldiga qo‘yishdi.
11. Egamiz Musoga shunday degan edi: “Yo‘lboshchilar qurbongohni bag‘ishlash marosimiga olib kelgan bu nazrlarni har kuni bittadan taqdim qilishsin.”
12. Birinchi kuni Yahudo qabilasidan Ominadovning o‘g‘li Naxsho‘n nazrlarini taqdim qildi.
13. U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi.
14. Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyola.
15. U bitta buqa, bitta qo‘chqor, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi,
16. bitta takani gunoh qurbonligi qildi,
17. ikkita ho‘kiz, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Ominadov o‘g‘li Naxsho‘nning nazrlari ana shulardan iborat edi.
18. Ikkinchi kuni Issaxor qabilasining yo‘lboshchisi Zuvor o‘g‘li Natanil nazrlarini taqdim qildi.
19. U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi.
20. Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyola.
21. U bitta buqa, bitta qo‘chqor, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi,
22. bitta takani gunoh qurbonligi qildi,
23. ikkita ho‘kiz, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Zuvor o‘g‘li Natanilning nazrlari ana shulardan iborat edi.
24. Uchinchi kuni Zabulun qabilasining yo‘lboshchisi Xalon o‘g‘li Eliyob nazrlarini taqdim qildi.
25. U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi.
26. Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyola.
27. U bitta buqa, bitta qo‘chqor, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi,
28. bitta takani gunoh qurbonligi qildi,
29. ikkita ho‘kiz, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Xalon o‘g‘li Eliyobning nazrlari ana shulardan iborat edi.
30. To‘rtinchi kuni Ruben qabilasining yo‘lboshchisi Shaduvor o‘g‘li Elizur nazrlarini taqdim qildi.
31. U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi.
32. Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyola.
33. U bitta buqa, bitta qo‘chqor, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi,
34. bitta takani gunoh qurbonligi qildi,
35. ikkita ho‘kiz, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Shaduvor o‘g‘li Elizurning nazrlari ana shulardan iborat edi.
36. Beshinchi kuni Shimo‘n qabilasining yo‘lboshchisi Zurishaday o‘g‘li Shalumiyol nazrlarini taqdim qildi.
37. U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi.
38. Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyola.
39. U bitta buqa, bitta qo‘chqor, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi,
40. bitta takani gunoh qurbonligi qildi,
41. ikkita ho‘kiz, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Zurishaday o‘g‘li Shalumiyolning nazrlari ana shulardan iborat edi.
42. Oltinchi kuni Gad qabilasining yo‘lboshchisi Duvel o‘g‘li Eliasaf nazrlarini taqdim qildi.
43. U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi.
44. Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyola.
45. U bitta buqa, bitta qo‘chqor, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi,
46. bitta takani gunoh qurbonligi qildi,
47. ikkita ho‘kiz, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Duvel o‘g‘li Eliasafning nazrlari ana shulardan iborat edi.
48. Yettinchi kuni Efrayim qabilasining yo‘lboshchisi Omihud o‘g‘li Elishama nazrlarini taqdim qildi.
49. U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi.
50. Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyola.
51. U bitta buqa, bitta qo‘chqor, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi,
52. bitta takani gunoh qurbonligi qildi,
53. ikkita ho‘kiz, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Omihud o‘g‘li Elishamaning nazrlari ana shulardan iborat edi.
54. Sakkizinchi kuni Manashe qabilasining yo‘lboshchisi Padozur o‘g‘li Gamaliel nazrlarini taqdim qildi.
55. U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi.
56. Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyola.
57. U bitta buqa, bitta qo‘chqor, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi,
58. bitta takani gunoh qurbonligi qildi,
59. ikkita ho‘kiz, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Padozur o‘g‘li Gamalielning nazrlari ana shulardan iborat edi.
60. To‘qqizinchi kuni Benyamin qabilasining yo‘lboshchisi Gido‘nax o‘g‘li Avidon nazrlarini taqdim qildi.
61. U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi.
62. Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyola.
63. U bitta buqa, bitta qo‘chqor, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi,
64. bitta takani gunoh qurbonligi qildi,
65. ikkita ho‘kiz, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Gido‘nax o‘g‘li Avidonning nazrlari ana shulardan iborat edi.
66. O‘ninchi kuni Dan qabilasining yo‘lboshchisi Omishadayning o‘g‘li Oxazar nazrlarini taqdim qildi.
67. U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi.
68. Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyola.
69. U bitta buqa, bitta qo‘chqor, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi,
70. bitta takani gunoh qurbonligi qildi,
71. ikkita ho‘kiz, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Omishaday o‘g‘li Oxazarning nazrlari ana shulardan iborat edi.
72. O‘n birinchi kuni Osher qabilasining yo‘lboshchisi Oxron o‘g‘li Paxiyol nazrlarini taqdim qildi.
73. U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi.
74. Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyola.
75. U bitta buqa, bitta qo‘chqor, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi,
76. bitta takani gunoh qurbonligi qildi,
77. ikkita ho‘kiz, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Oxron o‘g‘li Paxiyolning nazrlari ana shulardan iborat edi.
78. O‘n ikkinchi kuni Naftali qabilasining yo‘lboshchisi Enan o‘g‘li Oxir nazrlarini taqdim qildi.
79. U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi.
80. Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyola.
81. U bitta buqa, bitta qo‘chqor, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi,
82. bitta takani gunoh qurbonligi qildi,
83. ikkita ho‘kiz, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Enan o‘g‘li Oxirning nazrlari ana shulardan iborat edi.
84. Shunday qilib, Muso qurbongohga moy surtib muqaddas qilgandan keyin Isroil yo‘lboshchilari qurbongohning bag‘ishlanishiga olib kelgan nazrlarning jami quyidagicha edi: o‘n ikkita kumush lagan, o‘n ikkita kumush tog‘oracha, o‘n ikkita oltin piyola.
85. Har bir kumush laganning og‘irligi 330 misqol, har bir kumush tog‘oracha 180 misqol edi. Hammasi bo‘lib taqdim qilingan kumush buyumlarning og‘irligi ikki pudga yaqin edi.
86. Tutatqi to‘ldirilgan har bir oltin piyolaning og‘irligi 25 misqol edi. Bu o‘n ikki oltin buyumning umumiy og‘irligi 300 misqol chiqdi.
87. O‘n ikkita buqa, o‘n ikkita qo‘chqor, o‘n ikkita bir yoshli qo‘chqor qo‘zi kuydiriladigan qurbonlik qilindi, qurbonlikka qo‘shib qilinadigan don nazri ham keltirildi. O‘n ikkita taka gunoh qurbonligi qilindi.
88. Yigirma to‘rtta ho‘kiz, oltmishta qo‘chqor, oltmishta taka, oltmishta bir yoshli qo‘chqor qo‘zi tinchlik qurbonligi qilindi. Muso qurbongohga moy surtib muqaddas qilgandan keyin, qurbongohning bag‘ishlanishiga ana shu nazrlar taqdim qilingan edi.
89. Muso Egamiz bilan gaplashish uchun Uchrashuv chodiriga kirganda, Egamizning ovozini eshitdi. Ovoz ahd sandig‘ining qopqog‘i ustidagi ikkita karub orasidan kelayotgan edi.
1. Egamiz yana Musoga dedi:
2. “Horunga ayt, u yettala moychiroqnichiroqpoyaga o‘rnatganda, moychiroqlarning nuri chiroqpoyaning old tomonini yoritadigan qilib o‘rnatsin.”
3. Horun Muso orqali Egamiz amr berganday qildi: yettala moychiroqni chiroqpoyaning old tomonini yoritadigan qilib o‘rnatdi.
4. Chiroqpoya Egamiz Musoga ko‘rsatgan namuna bo‘yicha, tagligidan tortib gullarigacha zarb qilingan oltindan yasalgan edi.
5. Egamiz Musoga yana aytdi:
6. “Isroil xalqi orasidan levilarni ajratib olib, quyidagi yo‘l bilan ularni pokla:
7. levilarga gunohdan poklaydigan suvni sep. Ular ustara bilan butun badanlarini qirib tozalashsin, kiyimlarini yuvishsin. Shundan so‘ng ular pok bo‘lishadi.
8. So‘ngra ular buqani va buqaga qo‘shib nazr qilinadigan zaytun moyi aralashtirilgan sifatli unni olib kelishsin. Bundan tashqari, boshqa bir buqani gunoh qurbonligi qilish uchun olib kelishsin.
9. So‘ng butun jamoani to‘pla, levilarniUchrashuv chodiri oldiga olib kel.
10. Levilarni Men, Egangizning huzuriga olib kelganingda, Isroil xalqi levilarga qo‘llarini qo‘ysin.
11. Horun levilarni Isroil xalqidan maxsus nazr sifatida Men, Egangizga, bag‘ishlasin, toki levilar Menga xizmat qilishsin.
12. Levilar qo‘llarini buqalarning boshiga qo‘yishsin. Horun bir buqani gunoh qurbonligi, ikkinchi buqani esa kuydiriladigan qurbonlik qilib, levilarni gunohlardan poklasin.
13. Keyin levilarni Horun va uning o‘g‘illari ro‘parasiga turg‘izib qo‘y. Levilarni maxsus nazr sifatida Men, Egangizga, bag‘ishla.
14. Shunday qilib, levilarni Isroil xalqi orasidan ajratib ol. Levilar Meniki bo‘ladi.
15. Levilarni poklab, maxsus nazr sifatida Menga bag‘ishlaganingdan so‘ng, ular xizmat qilish uchun Uchrashuv chodiriga kira oladilar.
16. Men levilarni Isroil xalqi orasidan O‘zim uchun olganman. Ularni O‘zim uchun, Isroil ayollaridan tug‘ilgan barcha to‘ng‘ich o‘g‘illari o‘rniga olganman.
17. Chunki Isroil xalqining hamma to‘ng‘ichlari — odamning to‘ng‘ich o‘g‘lidan tortib mollarning birinchi erkak bolasigacha Menikidir. Misrda hamma to‘ng‘ichlarni nobud qilgan kunim Men Isroil xalqining to‘ng‘ich o‘g‘illarini O‘zim uchun ajratib olganman.
18. Isroil xalqi orasidagi hamma to‘ng‘ich o‘g‘illar o‘rniga esa levilarni olganman.
19. Levilarni Isroil xalqi orasidan ajratib olib, Horun va uning o‘g‘illari ixtiyoriga topshirganman. Levilar Isroil xalqi nomidan Uchrashuv chodirida xizmat qilib, ularni chodirga yaqin kelib qolishidan yuz beradigan kulfatdan himoya qiladi.”
20. Muso, Horun va butun Isroil jamoasi levilarni Egamizga bag‘ishladilar. Xullas, Egamizning levilar haqida Musoga bergan amrlarini bajardilar.
21. Levilar poklanishdi, kiyimlarini yuvishdi. Horun ularni maxsus nazr sifatida Egamizga bag‘ishlab, poklash marosimini o‘tkazdi.
22. Shundan keyin levilar Horun va uning o‘g‘illari nazorati ostida Uchrashuv chodirida xizmat ado etish uchun u yerga kirdilar. Shunday qilib, Egamiz levilar haqida Musoga qanday amr etgan bo‘lsa, Isroil xalqi uning amrlarini ado etdi.
23. Egamiz yana Musoga aytdi:
24. “Levilar quyidagi qoidaga rioya qilishsin: yigirma besh va undan yuqori yoshdagi levilar Uchrashuv chodiridagi xizmatini boshlashsin.
25. Ellik yoshda esa xizmatidan bo‘shab, boshqa xizmat qilishmasin.
26. Xizmatidan bo‘shagan levilar Uchrashuv chodirida xizmat qilayotgan birodarlariga yordam berishlari mumkin. Lekin biror ish uchun mas’uliyatni o‘z bo‘yinlariga olishmasin. Levilarning majburiyatlarini shu yo‘l bilan aniqlab ber.”
1. Isroil xalqi Misrdan chiqqandan keyin ikkinchi yilning birinchi oyida Egamiz Sinay sahrosida Musoga dedi:
2. “Isroil xalqiga ayt, ular Fisih ziyofatini belgilangan vaqtda,
3. shu oyning o‘n to‘rtinchi kuni oqshomda nishonlashsin. Bayramning hamma qonun–qoidalariga rioya qilishsin.”
4. Shunday qilib, Muso Isroil xalqiga: “Fisih ziyofatini nishonlanglar”, deb buyruq berdi.
5. Isroil xalqi birinchi oyning o‘n to‘rtinchi kuni oqshomda Sinay sahrosida Fisih ziyofatini nishonladi. Ular hamma narsani Egamizning Musoga bergan amri bo‘yicha qilishdi.
6. Biroq odam murdasiga tegib harom bo‘lganlar o‘sha kuni Fisih ziyofatida ishtirok etisha olmadi. Ular o‘sha kuniyoq Muso bilan Horunning huzuriga kelib shunday deyishdi:
7. — Biz murdaga tekkanimiz uchun harommiz. Lekin nima uchun biz chetda qolishimiz kerak? Biz ham, Isroil xalqi qatori, belgilangan vaqtda Egamizga qurbonlik keltirmoqchimiz!
8. Muso ularga: — Kutib turinglar–chi, Egamiz sizlar to‘g‘ringizda qanday amr berar ekan, eshitay, — deb javob berdi.
9. Musoga Egamiz shunday javob berdi:
10. — Isroil xalqiga Mening shu gapimni yetkaz: “Birortangiz yoki avlodlaringizdan kimdir murdaga tegib harom bo‘lsa yoki safarga ketgan bo‘lsa, Egamizga bag‘ishlangan Fisih ziyofatini nishonlayversin.
11. Bunday odamlar bayramni ikkinchi oyning o‘n to‘rtinchi kuni oqshomda nishonlab, qurbonlik go‘shtini xamirturushsiz non va taxir o‘tlar bilan birga yeyishsin.
12. Ertalabgacha taomdan qoldirishmasin. Qurbonlikning birorta suyagini sindirishmasin. Fisih ziyofatini hamma qonunlarga muvofiq nishonlashsin.
13. Lekin bironta odam pok bo‘lib, safarda bo‘lmasa va shunga qaramay, Fisih ziyofatini nishonlashdan bosh tortsa, belgilangan vaqtda Egamizga bag‘ishlab qurbonlik qilmagani uchun Isroil xalqi orasidan yo‘q qilinsin. Shunday qilib, u o‘z gunohi uchun jazosini tortadi.
14. Orangizda yashayotgan musofir Egamizga bag‘ishlangan Fisih ziyofatini nishonlamoqchi bo‘lganda, o‘sha qonun–qoidalarga rioya qilishi lozim. Hammangiz uchun — sizlar va musofirlar uchun qonun bitta bo‘lsin.”
15. Muqaddas chodir o‘rnatilgan kuni chodirni bulut qoplab oldi. Oqshomdan ertalabgacha Muqaddas chodir tepasidagi bulutning ko‘rinishi alangaga o‘xshar edi.
16. Har doim shu ahvol yuz berardi: chodirni kunduzi bulut qoplab olar, tunda esa bulut alangaga o‘xshab turardi.
17. Bulut chodir tepasidan ko‘tarilgach, Isroil xalqi yo‘lga chiqardi. Bulut to‘xtagan joyda esa Isroil xalqi chodir tikardi.
18. Isroil xalqi Egamizning amri bilan yo‘lga chiqar va Egamizning amri bilan chodir tikardi. Bulut Muqaddas chodir tepasida turgan vaqt mobaynida, ular ham joylaridan siljimas edilar.
19. Bulut chodir tepasida uzoq kunlar turib qolganda ham, Isroil xalqi Egamizning talabiga rioya qilib, yo‘lga chiqmasdi.
20. Ba’zan esa bulut chodir tepasida ozroq kun turardi. Bunday paytda ham Isroil xalqi Egamizning amriga muvofiq to‘xtardi, Uning amri bilan yo‘lga chiqardi.
21. Ayrim vaqtlarda esa bulut chodir tepasida bor–yo‘g‘i bir kechagina turib, ertalab ko‘tarilar edi. Shunda Isroil xalqi ham yo‘lga chiqardi. Bulut ko‘tarilgan payti, kechasi bo‘ladimi, kunduzi bo‘ladimi, Isroil xalqi ham yo‘lga chiqardi.
22. Ba’zan bulut ikki kun, bir oy yoki uzoqroq vaqt mobaynida chodir tepasida turib qolardi. Shunda Isroil xalqi ham qarorgohda qolib, yo‘lga chiqmasdi. Bulut ko‘tarilgandan so‘ng Isroil xalqi yo‘lga chiqardi.
23. Ular Egamizning amri bilan to‘xtab, Uning amri bilan yo‘lga chiqishardi. Muso orqali Egamiz bergan amrlariga muvofiq hamma talablarni bajarishar edi.
1. Egamiz Musoga aytdi:
2. “Sen ikkita kumush karnay yasattir, karnaylar zarb urib yasalgan bo‘lsin. Bu karnaylar jamoani yig‘ish hamda yo‘lga chiqish vaqtini e’lon qilish uchun kerak bo‘ladi.
3. Karnaylarning ikkalasi chalinganda, butun jamoa sening oldingga — Uchrashuv chodiri kiraverishi oldiga to‘plansin.
4. Karnayning bittasi chalinganda esa, Isroil qabilalarining yo‘lboshchilari sening oldingga yig‘ilib kelishsin.
5. Karnay qisqa chalinganda, sharqdagi qarorgohda turgan qabilalar yo‘lga chiqishsin.
6. Ikkinchi marta qisqa chalinganda esa, janubdagi qarorgohda turgan qabilalar yo‘lga chiqishsin. Karnayning qisqa sadosi yo‘lga chiqish kerakligini bildiradi.
7. Jamoani yig‘ish lozim bo‘lganda esa, karnaylar boshqacha sado chiqarib chalinsin.
8. Karnayni Horunning o‘g‘illari, ruhoniylar chalishlari lozim. Bu amr sizlar uchun va sizlarning avlodlaringiz uchun doimiy qonun– qoidadir.
9. Yurtingizga bostirib kelgan dushmanga qarshi jangga otlanayotganingizda, xatardan darak berib karnaylarni chalinglar. Shunda Men, Egangiz Xudo, sizlarga yordam berib, sizlarni dushmanlaringiz qo‘lidan xalos qilaman.
10. Shuningdek, xursandchilik kunlaringizda — belgilangan bayramlaringizda va oy boshida qurbonliklar kuydirganingizda hamda tinchlik qurbonliklarini keltirganingizda karnaylarni chalinglar. Shunda Men, Egangiz Xudo, sizlarga yordam beraman. Zotan, Men Egangiz Xudoman.”
11. Isroil xalqi Misrdan chiqqandan keyin ikkinchi yilning ikkinchi oyi yigirmanchi kunida bulut Muqaddas ahd chodiri tepasidan ko‘tarildi.
12. Shundan so‘ng Isroil xalqi Sinay sahrosidan safarga chiqdi. Nihoyat, bulut Poron sahrosida to‘xtadi.
13. Ular birinchi marta Egamizning Muso orqali bergan amriga ko‘ra, yo‘lga chiqqan edilar.
14. Birinchi bo‘lib, Ominadov o‘g‘li Naxsho‘n boshchiligida Yahudo qarorgohida turgan qabilalar o‘z bayrog‘i ostida guruh–guruh bo‘lib yo‘lga chiqishdi.
15. Issaxor qabilasiga Zuvor o‘g‘li Natanil boshchilik qilar edi.
16. Zabulun qabilasiga Xalon o‘g‘li Eliyob boshchilik qilar edi.
17. Shundan keyin Muqaddas chodir yig‘ishtirib olindi. Gershon va Marori urug‘lari chodirni ko‘tarib, yo‘lga chiqishdi.
18. Keyin Shaduvor o‘g‘li Elizur boshchiligida Ruben qarorgohida turgan qabilalar o‘z bayrog‘i ostida guruh–guruh bo‘lib yo‘lga chiqishdi.
19. Shimo‘n qabilasiga Zurishaday o‘g‘li Shalumiyol boshchilik qilar edi.
20. Gad qabilasiga Duvel o‘g‘li Eliasaf boshchilik qilar edi.
21. Keyin chodirning muqaddas ashyolarini ko‘targan Qohot urug‘i yo‘lga chiqdi. Ular qarorgoh quriladigan joyga yetib borgunlaricha, Muqaddas chodir o‘rnatib bo‘linishi kerak edi.
22. Keyin Omihud o‘g‘li Elishama boshchiligida Efrayim qarorgohida turgan qabilalar o‘z bayrog‘i ostida guruh–guruh bo‘lib yo‘lga chiqishdi.
23. Manashe qabilasiga Padozur o‘g‘li Gamaliel boshchilik qilardi.
24. Benyamin qabilasiga Gido‘nax o‘g‘li Avidon boshchilik qilardi.
25. Eng oxirida Omishaday o‘g‘li Oxazar boshchiligida Dan qarorgohidagi qabilalar o‘z bayrog‘i ostida guruh–guruh bo‘lib yo‘lga chiqishdi. Ular Isroil qarorgohlarining qorovullar bo‘linmasini tashkil qilishgan edi.
26. Osher qabilasiga Oxron o‘g‘li Paxiyol boshchilik qilardi.
27. Naftali qabilasiga Enan o‘g‘li Oxir boshchilik qilardi.
28. Isroil xalqi doim shu tartibda guruh– guruh bo‘lib yo‘lga chiqar edi.
29. Muso o‘zining qaynag‘asi, Midiyonlik Yatro o‘g‘li Xo‘vovga dedi: — Egamiz, sizlarga beraman, deb va’da qilgan yurtga biz ketyapmiz, siz ham biz bilan yuring. Egamiz bizga ko‘p yaxshiliklarni va’da qilgan, agar biz bilan borsangiz, biz ham sizga yaxshilik qilamiz.
30. — Bormayman, — dedi Xo‘vov, — men o‘z yurtimga — o‘zimning qarindoshlarim oldiga qaytib ketaman.
31. — Iltimos, bizni tashlab ketmang! — dedi unga Muso. — Sahroning qaysi joyiga chodir tikish kerakligini siz bilasiz. Siz bizning ko‘zimiz bo‘lasiz.
32. Agar biz bilan birga borsangiz, Egamiz bizga qilgan hamma yaxshiliklarni siz bilan baham ko‘ramiz.
33. Ular Egamizning muqaddas tog‘ini tark etganlaridan so‘ng, uch kun yo‘l yurishdi. Chodir tikadigan joyni topish uchun Egamizning ahd sandig‘i doimo oldinda borardi.
34. Ular kunduz kuni yo‘l yurganlarida, Egamizning buluti ularning ustida borar edi.
35. Sandiq yo‘lga chiqqanda, Muso shunday derdi: “Qo‘zg‘al, ey, Egam, Sening g‘animlaring tumtaraqay bo‘lsin. Seni ko‘rolmaganlar oldingdan qochib ketsin.”
36. Ahd sandig‘i to‘xtaganda esa Muso shunday derdi: “Qayt, ey, Egam, Ming–minglab Isroil xalqi orasiga!”
1. Xalq qiyinchiliklardan ming‘irlab nolib, Egamizni qattiq ranjitdi. Egamiz ularning ming‘irlab nolishini eshitib, g‘oyat g‘azablanganidan qarorgohga alanga tushirdi. Alanga avj olib, qarorgohning chetlarini kuydirib yubordi.
2. Xalq Musoga faryod qildi. Muso Egamizga iltijo qilgan edi, alanga o‘chdi.
3. Egamizning alangasi qarorgohni yondirgani uchun bu joyga Tavera, deb nom berildi.
4. Isroil xalqi orasidagi qalang‘i– qasang‘ilarning nafsiga o‘t tushdi. Isroil xalqi ham ularga qo‘shilishib fig‘on chekib, zorlana boshladi: “Qani, endi go‘sht bo‘lsa!
5. Biz Misrda tekinga baliq, bodring, qovun, piyoz, porey piyozi, sarimsoq yeyar edik.
6. Endi esa sillamiz qurigan, mannadan boshqa yeydigan hech narsa yo‘q.”
7. Manna kashnich urug‘iga o‘xshardi, uning rangi daraxt yelimi rangiday edi.
8. Xalq mannani yerdan yig‘ishtirib olar, tegirmonda yanchib yoki havonchada tuyib, so‘ng qozonga solib qaynatardi, non ham yopardi. Uning mazasi zaytun moyi qo‘shib yopilgan nonga o‘xshardi.
9. Tunda qarorgohga shabnam tushganda, shabnam bilan birga manna ham yog‘ilardi.
10. Hamma odamlar oila a’zolari bilan birga o‘z chodirlariga kiraverishda turib faryod qilishayotgan edi. Buni eshitgan Muso qattiq ranjidi. Egamizning g‘azabi ham alanga oldi.
11. Shunda Muso Egamizga dedi: — Nimaga qulingning boshiga shuncha azoblarni solding? Nima uchun mendan marhamatingni darig‘ tutding? Nima uchun bu xalqning og‘irligini menga yuklading?
12. Shu xalqning hammasini men qornimda ko‘tarib yurganmidim?! Ularni men tuqqanmidim?! Nimaga unda Sen menga: “Enaga chaqaloqni ko‘tarib yurganday, sen bu xalqni Men ota–bobolaringga va’da qilgan yurtga qo‘llaringda ko‘tarib bor”, deb aytyapsan?
13. Ular yig‘lab, bizga go‘sht ber, deb aytishyapti! Shuncha xalqqa go‘shtni qayerdan topib beraman, axir?!
14. Bu xalqning og‘irligini men bir o‘zim ko‘tara olmayman. Bunga ortiq chiday olmayman.
15. Agar menga munosabating shu bo‘lsa, hoziroq jonimni olib qo‘ya qol. Bordi–yu, Sendan marhamat topgan bo‘lsam, mening bunchalik xor bo‘lishimga yo‘l qo‘yma.
16. Shunda Egamiz Musoga dedi: — Menga Isroil oqsoqollaridan yetmishtasini yig‘ib ber. Ular xalqning orasida yo‘lboshchi deb tan olingan obro‘li odamlardan bo‘lishsin. Ularni Uchrashuv chodiriga olib kelib, o‘zingning yoningga turg‘izib qo‘y.
17. Men tushib kelib, u yerda sen bilan gaplashaman. So‘ng senga bergan Ruhimdan olib, ularga ham beraman. Sen bu xalqning og‘irligini yolg‘iz o‘zing ko‘tarmasliging uchun, ular yoningga kirib, og‘iringni yengil qilishadi.
18. Xalqqa esa shu gapni ayt: “Ertangi kunga tayyorlanib poklaninglar, go‘sht yeysizlar. Sizlar Egamizning qulog‘i ostida ming‘irlab nolib, qani, endi go‘sht bo‘lsa, biz Misrda davr surgan ekanmiz, deb faryod qildingizlar. Shuning uchun Egamiz sizlarga go‘sht beradi, sizlar go‘sht yeysizlar.
19. Sizlar go‘shtni bir–ikki kun emas, besh–o‘n kun ham emas, yigirma kun ham emas,
20. balki bir oy davomida — go‘sht burnilaringizdan chiqquncha, ko‘nglingizga urguncha yeysizlar. Chunki sizlar, Misrdan chiqishimizning nima keragi bor edi, deya ming‘irlab nolib, orangizdagi Egangizni rad etdingiz.”
21. Lekin Muso Egamizga aytdi: — Mening yonimdagi bu xalq 600.000 jondan iborat. Sen esa: “Ularni bir oy davomida go‘sht bilan boqaman”, deyapsan!
22. Bor mol–qo‘yimizni so‘ysak ham, dengizdagi hamma baliqlarni yig‘ishtirib kelsak ham, ularni to‘ydira olarmidik?!
23. Egamiz shunda Musoga aytdi: — Nima, Men, Egangning qo‘li kaltamidi?! Mening senga aytgan gaplarim bajo bo‘lishi yoki bo‘lmasligini endi ko‘rasan.
24. Shundan keyin Muso tashqariga chiqib, Egamizning so‘zlarini xalqqa yetkazdi. So‘ng yetmishta xalq oqsoqolini yig‘ib, ularni Muqaddas chodir atrofiga joylashtirdi.
25. Shunda Egamiz bulut ichida tushib kelib, Muso bilan gaplashdi, Musoga bergan O‘z Ruhidan olib, yetmishta oqsoqolga berdi. Ruh oqsoqollarni qamrab oldi va ular zikr tusha boshladilar. Lekin bunday hol boshqa takrorlanmadi.
26. Yetmishta oqsoqolning ikkitasi Muqaddas chodirga bormay qarorgohda qolgan edi. Birining ismi Eldod, ikkinchisiniki Midod edi. Biroq Egamizning Ruhi ularni ham qamrab oldi, ular ham qarorgohda zikr tusha boshladilar.
27. Bir o‘spirin yugurib kelib, Musoga: “Eldod bilan Midod qarorgohda zikr tushishyapti”, dedi.
28. Musoning yordamchisi, yoshligidan unga xizmat qilib kelgan Nun o‘g‘li Yoshua dedi: — Muso hazratlari! Ularni to‘xtating!
29. Muso esa unga shunday javob berdi: — Sen mening manfaatimni ko‘zlab, shu gaplarni aytyapsanmi? Menga qolsa, Egamning butun xalqi payg‘ambar bo‘lsin, Egamiz O‘z Ruhini ularning hammasiga bersin, deyman!
30. Shundan so‘ng Muso bilan Isroil oqsoqollari qarorgohga qaytib kelishdi.
31. Egamiz shamol qo‘zg‘atdi. Shamol dengizdan bedanalarni uchirib kelib, ularni qarorgohga va qarorgoh atrofiga uyub tashladi. Bedanalar qarorgohning aylanasi bo‘ylab bir kunlik masofada, ikki tirsak balandlikda uchib yurgan edi.
32. Xalq o‘sha kuni kunduzi va kechasi, keyingi kuni ham ertadan kechgacha bedana yig‘ishtirdi. Eng oz tergan odamniki oltmish savat chiqdi. Ular bedanalarni quritish uchun butun qarorgoh atrofiga yoyib tashlashdi.
33. Lekin odamlar go‘shtni endi og‘ziga olib, hali yeyishga ham ulgurmagan edilarki, Egamiz xalqqa g‘azabini sochib, qaqshatqich o‘lat yubordi.
34. Bu yerga Xivrut– Xattavo, deb nom berildi, chunki bu yerga nafsi buzuq odamlar dafn qilingandi.
35. Xalq Xivrut–Xattavodan Xazero‘tga qarab yo‘lga chiqdi. Ular Xazero‘tga yetib borganlaridan keyin qarorgoh qurishdi.
1. Muso Habashistonlik ayolga uylangani uchun, Maryam va Horun Musoga qarshi gapirdilar.
2. Ikkovi: “Egamiz yolg‘iz Muso orqali gapiribdimi?! U biz orqali ham gapirmaganmi?!” deyishdi. Egamiz ularning bu gapini eshitdi.
3. Muso juda kamtar odam edi, yer yuzida kamtarlikda unga teng keladigani yo‘q edi.
4. Egamiz birdan Muso, Horun va Maryamga: — Uchovingiz ham Uchrashuv chodiriga kelinglar! — deb amr berdi. Shundan so‘ng uchovlari Uchrashuv chodiriga kelishdi.
5. Egamiz ustun shaklidagi bulutda tushib, chodirga kiraverishda turdi va Horun bilan Maryamni chaqirdi. Ikkovi oldinga chiqdi.
6. Egamiz ularga dedi: — Mening so‘zlarimni eshitib olinglar. Orangizda payg‘ambar bo‘lganda, Men, Egangiz, O‘zimni ularga vahiyda ayon qilaman, ular bilan tushlarida gaplashaman.
7. Lekin qulim Muso bilan boshqacha gaplashaman. Mening butun xalqim orasida ishonchlisi Musodir.
8. Men u bilan jumboqli bashoratlar orqali emas, balki yuzma– yuz, ochiq–oydin gaplashaman. Muso Men, Egangizning sharpasini ko‘radi. Nahotki sizlar Mening qulim Musoga qarshi gapirishdan qo‘rqmadingizlar?!
9. Egamiz ulardan qattiq g‘azablanib, uzoqlashdi.
10. Bulut chodir tepasidan ketishi bilanoq, Maryam teri kasalligiga chalinib, qorday oppoq bo‘lib qoldi. Horun buni ko‘rib,
11. Musoga yolvordi: — Ey, hazratim, biz ahmoqlik qilib qo‘ydik! O‘tinaman, gunohimizdan o‘ting!
12. Maryam ona qornidayoq chiriy boshlagan o‘lik chaqaloqqa o‘xshab qolmasin!
13. Shunda Muso Egamizga iltijo qilib: — Ey, Xudo, unga shifo ber! — deb yolvordi.
14. Egamiz esa Musoga shunday javob berdi: — Agar Maryamning o‘z otasi uning yuziga tupurganda, u yetti kun sharmanda bo‘lib yurmasmidi?! Maryamni qarorgohdan chiqarib yuboringlar, u yetti kundan keyingina qarorgohga qaytib kelishi mumkin.
15. Shunday qilib, Maryam qarorgohdan haydab chiqarildi. U yetti kun qarorgohdan tashqarida bo‘ldi. U qaytib kelmaguncha xalq yo‘lga chiqmay turdi.
1. Shundan so‘ng xalq Xazero‘tdan yo‘lga chiqib, Poron sahrosiga kelib qarorgoh qurdi.
2. Egamiz Musoga dedi:
3. “Men Isroil xalqiga berayotgan Kan’on yurtiga ayg‘oqchilar yubor. Har bir qabiladan bittadan yo‘lboshchini jo‘nat.”
4. Muso, Egamizning amriga muvofiq, qabila yo‘lboshchilarini Poron sahrosidan Kan’on yurtiga jo‘natdi.
5. Ularning ismi quyidagichadir: Ruben qabilasidan — Zakkur o‘g‘li Shammuva.
6. Shimo‘n qabilasidan — Xo‘ri o‘g‘li Shofot.
7. Yahudo qabilasidan — Yafunax o‘g‘li Xolib.
8. Issaxor qabilasidan — Yusuf o‘g‘li Yixal.
9. Efrayim qabilasidan — Nun o‘g‘li Xo‘sheya.
10. Benyamin qabilasidan — Rofu o‘g‘li Palti.
11. Zabulun qabilasidan — So‘di o‘g‘li Gaddiel.
12. Yusuf qabilasidan, ya’ni Manashe qabilasidan — Susix o‘g‘li Gaddi.
13. Dan qabilasidan — Gamali o‘g‘li Omiyol.
14. Osher qabilasidan — Mikoyil o‘g‘li Satur.
15. Naftali qabilasidan — Vofsi o‘g‘li Naxbi.
16. Gad qabilasidan — Moxi o‘g‘li Guval.
17. Muso Kan’on yurtiga ayg‘oqchilikka yuborgan odamlarning ismi ana shulardir. Muso Nun o‘g‘li Xo‘sheyaning ismini o‘zgartirib, uni Yoshua, deb atadi.
18. Muso ularni Kan’on yurtiga ayg‘oqchilikka yuborar ekan, shunday dedi: “Shimolga qarab yuringlar, Nagav cho‘lini aylanib chiqqaningizdan keyin, cho‘ldan shimolda joylashgan qirli yerlarni ham ko‘rib chiqinglar.
19. U yerlar qanday joy, u yerda yashayotgan xalq kuchlimi yoki zaifmi, ko‘pmi yoki ozmi,
20. yurti yaxshimi yoki yomonmi, shaharlari devor bilan o‘ralganmi yoki yo‘qmi,
21. yerlari unumdormi yoki kamhosilmi, daraxtlari bormi yoki yo‘qmi, bilib kelinglar. O‘sha yurtning mevalaridan olib kelishning ilojini qilinglar.” Uzum mavsumi endi boshlangan edi.
22. Shunday qilib, ayg‘oqchilar shimolga qarab ketishdi. Zin cho‘lidan boshlab, Levo–Xomat yaqinidagi Rexob shahrigacha bo‘lgan hamma joylarni ko‘zdan kechirib chiqishdi.
23. Dastavval ular Nagav cho‘lini kesib o‘tib, Xevron shahriga borishgandi. O‘sha yerda Inoqdan kelib chiqqan Oximan, Sheshay va Talmay urug‘lari yashashardi. Xevron Misrdagi Zo‘van shahridan yetti yil oldin qurilgan edi.
24. U yerdan ayg‘oqchilar Eshko‘l soyligiga borib, bir bosh uzumni shoxi bilan qirqib olishgandi. Bu bosh uzumni ikki kishi xodaga osib ko‘tarib ketgandi. Bundan tashqari, ular anor va anjirlardan ham olishgandi.
25. Ayg‘oqchilar soylikdan bir bosh uzum qirqib olganlari uchun o‘sha soylikka Eshko‘l, deb nom berildi.
26. Nihoyat, ular yurtni ko‘rib chiqib, qirqinchi kuni qaytishdi.
27. Poron sahrosidagi Kadeshga — Muso, Horun va butun Isroil jamoasi oldiga kelishdi. Ularga ko‘rgan–bilganlarini aytib, o‘sha yurtning mevalarini ko‘rsatishdi.
28. Ular Musoga shunday deb aytishdi: — Siz bizni yuborgan yurtga bordik, u yerda chindan ham sut va asal oqib yotibdi. Mana bu mevalar o‘sha yerdan.
29. Lekin u yerdagi xalqlar kuchli, shaharlari mustahkam va nihoyatda ulkan ekan. Biz u yerda hatto Inoq avlodini ham ko‘rdik!
30. Omolek xalqi — Nagav cho‘lida, Xet, Yobus va Amor xalqlari — qirlarda, Kan’on xalqi esa O‘rta yer dengizi qirg‘oqlarida va Iordan daryosi bo‘ylarida istiqomat qilishar ekan.
31. Xolib Musoning ro‘parasida turgan xalqni tinchlantirib: — Bo‘la qolinglar, o‘sha yurtga hujum qilib, uni egallab olaylik. O‘sha yurtni bosib olishga albatta kuchimiz yetadi, — dedi.
32. Lekin Xolib bilan birga borganlar: — U xalqqa bas kela olarmidik?! Ular bizdan kuchliroq–ku! — deyishdi.
33. Shunday qilib, ular o‘zlari ko‘rib kelgan yurt to‘g‘risida Isroil xalqi orasida bo‘lmag‘ur mish– mishlar tarqata boshlashdi: “Biz ko‘rib kelgan yurt u yerda yashashga boradiganlarni yutib yuborar ekan. O‘sha yurtdagi hamma odamlar dev qomat ekan.
34. Biz u yerda hatto ulkan pahlavonlar urug‘idan bo‘lgan Inoq avlodini ko‘rdik. Ularning oldida o‘zimizni xuddi chigirtkaday his qildik. Ha, ularning nazarida ham biz chigirtkaday edik.”
1. Keyin butun jamoa fig‘on chekib, tun bo‘yi yig‘i–sig‘i qilib chiqdi.
2. Jamiki Isroil xalqi Muso va Horundan ming‘irlab nolib, ularga shunday dedi: — Qaniydi, Misrda o‘lib ketganimizda yoki shu sahroda jon berganimizda edi!
3. Agar jangda qirilib ketadigan bo‘lsak, nima uchun Egamiz bizni o‘sha yurtga olib boryapti? Bizning xotinu bola– chaqalarimiz dushmanga o‘lja bo‘ladi–ku! Bundan ko‘ra, Misrga qaytib ketganimiz yaxshiroq emasmi?!
4. Shundan so‘ng ular o‘zaro: “O‘zimizga bir yo‘lboshchi tanlaymiz–u, Misrga qaytib ketamiz”, deb kelishib olishdi.
5. Muso bilan Horun esa butun Isroil jamoasi oldida muk tushishdi.
6. Yurtni ko‘rib kelgan ayg‘oqchilarning ikkitasi Nun o‘g‘li Yoshua va Yafunax o‘g‘li Xolib qayg‘udan kiyimlarini yirtishdi.
7. Ikkovi jamiki Isroil jamoasiga deyishdi: — Biz ko‘rib kelgan yurt — juda ham yaxshi joy!
8. Agar Egamiz bizdan mamnun bo‘lsa, U bizni o‘sha yurtga olib kiradi, sut va asal oqib yotgan o‘sha yurtni bizga beradi.
9. Faqat Egamizga qarshi isyon qilmanglar! U yurtning xalqidan qo‘rqmanglar! Ular biz uchun oson o‘lja bo‘lishadi. Ular pushti panohidan ayrilgan, Egamiz esa biz bilan bo‘ladi. Ulardan qo‘rqmanglar!
10. Lekin butun jamoa: “Yoshua va Xolibni toshbo‘ron qilamiz!” deb po‘pisa qildi. Shunda Egamiz ulug‘vorligini Uchrashuv chodirida jamiki Isroil xalqiga zohir qildi.
11. Egamiz Musoga dedi: — Qachongacha bu xalq Meni xo‘rlaydi?! Ularning orasida qancha mo‘jiza ko‘rsatgan bo‘lsam–u, qachongacha Menga ishonmay yuradi?!
12. Men o‘lat yuborib bu xalqni qirib tashlayman. Sendan esa ulardan ham kuchliroq va buyukroq bir xalq yarataman.
13. Ammo Muso Egamizga shunday javob qildi: — Sen bu xalqni O‘z qudrating bilan Misrliklar orasidan olib chiqqan eding–ku! Agar xalqingni qirib tashlasang, Misrliklar bu haqda eshitishadi.
14. Ular bu yurtda istiqomat qilayotgan xalqlarga ham bu haqda xabar berishadi. Ey, Egam, o‘sha xalqlar Sen biz bilan ekaningni bilishadi. Sen biz bilan yuzma–yuz ko‘rishganingni, Sening buluting doimo bizning tepamizda turganini, Sen bizni kunduzi ustun shaklidagi bulut ichida, kechasi ustun shaklidagi alanga ichida yo‘lga boshlaganingni ular bilishadi, axir!
15. Bordi–yu, sen xalqingning hammasini birday qirib tashlasang, Sening ulug‘vorliging haqida eshitgan xalqlar:
16. “Isroil xalqining Egasi qasam ichib va’da bergan yurtga O‘z xalqini olib kira olmagani uchun, ularni sahroda nobud qilib yuboribdi”, — deb aytishmaydimi?!
17. Yo, Rabbiy, iltijo qilaman, O‘z matonatingni ko‘rsat. Sen O‘zing aytgansan:
18. “Men, Egangizning jahli tez chiqmas, sodiq sevgim mo‘ldir. Fosiqlikni, isyonni kechiraman. Lekin aybdorni aslo jazosiz qoldirmayman. Men ularni jazolab, ularning gunohlari oqibatini bolalariga, nabiralariga va chevaralariga olib kelaman.”
19. O‘tinaman, cheksiz sevging tufayli bu xalqning gunohidan o‘t. Axir, Sen ularni Misrdan chiqqanlaridan beri kechirib kelyapsan.
20. — Iltimosingga muvofiq ularni kechiraman, — dedi Egamiz Musoga.
21. — Lekin Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi, yer yuzini to‘ldirgan ulug‘vorligim haqi, ont ichib aytamanki,
22. bu odamlarning birortasi Men otalariga va’da qilgan yurtga kirmaydi. Ular Mening buyuk qudratimni, Misrda va sahroda qilgan mo‘jizalarimni ko‘ra turib Menga quloq solmadilar, Meni qayta–qayta sinadilar.
23. Meni xo‘rlagan bu odamlar Kan’on yurtini ko‘rmaydilar.
24. Lekin qulim Xolib bundaylardan emas. U Menga sodiq qoldi. Shuning uchun Men uni o‘zi ko‘rib kelgan o‘sha yurtga olib kiraman. Uning nasli yurtni egallaydi.
25. Endi esa Omolek va Kan’on xalqlari yashaydigan vodiylarga bora ko‘rmanglar. Ertagayoq orqaga qaytinglar, Qizil dengiz tomon yo‘l olib, sahroga boringlar.
26. Egamiz Muso bilan Horunga dedi:
27. — Qachongacha bu qabih jamoa Mendan noliyveradi?! Men Isroil xalqining ming‘irlab nolishini eshitdim.
28. Ularga borib Mening shu gapimni ayt: “Barhayot Xudo bo‘lganim haqi, ont ichib aytamanki, Men so‘raganlaringizning hammasini sizlarga beraman. Men, Egangiz, aytdim.
29. Jasadlaringiz mana shu sahroda qoladi. Ro‘yxatga kirgan yigirma va undan yuqori yoshdagilar — Mendan ming‘irlab noliganlarning hammasi
30. Men ont ichib, sizlarga yashash uchun bermoqchi bo‘lgan yurtga kirishmaydi. U yurtga faqat Yafunax o‘g‘li Xolib bilan Nun o‘g‘li Yoshua kirishadi.
31. Sizlar, bolalarimiz u yerda dushmanga o‘lja bo‘ladi, deb aytdingiz. Ammo Men bolalaringizni o‘sha yerga olib kiraman. Sizlar rad etgan o‘sha yurtdan ular bahra olishadi.
32. Sizlarning jasadlaringiz esa mana shu sahroda qolib ketadi.
33. Bolalaringiz sahroda qirq yil tentirab yuradi. Hammangiz mana shu sahroda nobud bo‘lmaguningizcha, bolalaringiz sizning sadoqatsizligingiz uchun azob tortishadi.
34. Sizlar o‘sha yurtni qirq kun davomida ko‘rib qaytib kelgan edingizlar. Endi gunohingiz uchun qirq yil, har bir kun evaziga bir yildan jazo tortib yurasizlar. Menga qarshi chiqqanlarning holi ne kechishini shunda bilasizlar!
35. Menga qarshi yig‘ilgan mana shu qabih jamoaning hammasini Men shunday ahvolga solamanki, ular mana shu sahroda qirilib, yo‘q bo‘lib ketishadi. Buni Men, Egangiz, aytdim.”
36. Muso Kan’on yurtiga ayg‘oqchi qilib yuborgan o‘nta odam bo‘lmag‘ur gaplar tarqatib, jamoaning Egamizdan ming‘irlab nolishiga sababchi bo‘lgan edi.
37. O‘sha yurt haqida noxush xabar olib kelgan bu odamlar o‘latga chalinib, Egamizning oldida jon berishdi.
38. Ayg‘oqchilardan faqat Nun o‘g‘li Yoshua bilan Yafunax o‘g‘li Xolib tirik qoldi.
39. Muso jamiki Isroil xalqiga shu gaplarni aytganda, xalq chuqur qayg‘uga botdi.
40. Ertasiga ular tong saharda turdilar, Kan’ondagi qirlarga tomon jo‘nayotib shunday dedilar: — Qani, ketdik, gunoh qilganimizni anglab yetdik. Mana endi Egamiz bizga va’da qilgan o‘sha yurtga kirishga tayyormiz.
41. Lekin Muso: — Nima uchun Egamizning amriga yana itoatsizlik qilyapsizlar? — dedi. — Bu bilan hech narsaga erisholmaysizlar–ku!
42. U yerga bormanglar. Egamiz sizlar bilan emas! Dushmanlaringiz oldida mag‘lub bo‘lasizlar!
43. Omolek va Kan’on xalqlari sizlarga qarshilik ko‘rsatishadi. Qirilib ketasizlar. Sizlar Egamizdan yuz o‘girganingiz uchun, U sizlar bilan birga bo‘lmaydi.
44. Biroq Isroil xalqi bilganidan qolmay o‘sha yerdagi qirlarga chiqdi. Egamizning ahd sandig‘i bilan Muso esa qarorgohda qolishdi.
45. O‘sha qirlarda istiqomat qiladigan Omolek va Kan’on xalqlari pastga tushib, Isroil xalqiga hujum qilishdi, ularni Xo‘rmaxgacha quvib borishdi.
1. Muso orqali Isroil xalqiga Egamiz quyidagi qonunlarni berdi:
2. Egamiz sizlarga beradigan yurtga o‘rnashib olganingizdan keyin mana bu qonunlarga rioya qiling:
3. bergan va’dangizga muvofiq, qo‘y– echki suruvi yoki podadan qilinadigan qurbonlik, ko‘ngildan chiqarib beradigan qurbonlik, xalqning belgilangan bayramida qurbonlik qilay, deb Egamizga yoqimli hid borishi uchun quydiriladigan qurbonlik yoki tinchlik qurbonligi qilib olovda quydirasiz.
4. -
5. Shunda Egamizga atab, qurbonlikka qo‘shib don bilan sharob nazri ham qilishingiz lozim. Qo‘zi yoki uloqchani qurbonlik qilganingizda, don nazrini — ikki kosa zaytun moyi aralashtirilgan to‘rt kosa sifatli unni, ikki kosa sharobni nazr qilinglar.
6. Qo‘chqorni qurbonlik qilganingizda, don nazrini — uch kosa zaytunmoyi aralashtirilgan sakkiz kosa sifatli unni va
7. uch kosa sharobni nazr qilinglar. Bu qurbonlik va nazrlardan Egamizga yoqimli hid boradi.
8. Buqani Egamizga atab, kuydiriladigan qurbonlik, bergan va’dangizga muvofiq qilinadigan qurbonlik yoki tinchlik qurbonligi qilganingizda,
9. qurbonlikka qo‘shib to‘rt kosa zaytun moyi aralashtirilgan o‘n ikki kosa sifatli unni va
10. to‘rt kosa sharobni nazr qilinglar. Olovda kuydiriladigan bu qurbonlik va nazrlardan Egamizga yoqimli hid boradi.
11. Shunday qilib, buqa, qo‘chqor, qo‘zi yoki uloqchani qurbonlik qilganingizda, shu nazrlarni qurbonlikka qo‘shib keltiringlar.
12. Qurbonlik qilinadigan hayvonlarning soni qancha bo‘lishidan qat’iy nazar, har bir hayvonga qo‘shib, belgilangan miqdorda don bilan sharob nazr qilinglar.
13. Isroil xalqidan bo‘lgan har bir odam qurbonlikni Egamizga yoqimli hid borishi uchun olovda kuydirganda, mana shu qoidalarga rioya qilishi shart.
14. Agar orangizda o‘rnashib olgan yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan birorta musofir Egamizga yoqimli hid borishi uchun qurbonlikni olovda kuydirmoqchi bo‘lsa, u ham shu qoidalarga rioya qilsin.
15. Isroil jamoasi uchun ham, orangizda yashayotgan musofir uchun ham qonun–qoida bir. Egamizning oldida sizlar ham, musofirlar ham birdir. Bu qonun–qoidaga doimo, avlodlaringiz osha rioya qilinglar.
16. Sizlar uchun ham, orangizda yashayotgan musofirlar uchun ham qonun–qoida birdir.
17. Muso orqali Isroil xalqiga Egamiz yana quyidagi qonunlarni berdi:
18. Egamiz sizlarni boshlab borayotgan yurtga kirganingizdan keyin,
19. o‘sha yurtning nonidan tanovul qilasizlar. O‘shanda noningizning bir qismini Egamizga nazr qilinglar.
20. Xamirning birinchi zuvalasidan yopilgan nonni Egamizga nazr qilinglar. Bu nazrni yanchilgan donni nazr qilganday nazr qilinglar.
21. Avlodlar osha xamirning birinchi zuvalasini Egamizga nazr qilinglar.
22. Agar Egamiz men orqali bergan bu amrlarning birortasiga
23. — Egamiz amr etgan kundan boshlab avlodlaringiz osha rioya qilmasangiz,
24. agar jamoa bu xatoga bilmagan holda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, butun jamoa Egamizga yoqimli hid borishi uchun bitta buqani kuydirib qurbonlik qilsin. Ular buqaga qo‘shib, belgilangan miqdorda don bilan sharob nazrini keltirishsin. Bundan tashqari, bitta takani gunoh qurbonligi qilishsin.
25. Shunday qilib, ruhoniy butun Isroil jamoasini gunohlaridan poklaydi. Jamoa bilmasdan xato qilgani uchun kechiriladi, chunki ular qilgan xatosi uchun Egamizga qurbonlik qilib, olovda kuydirgan va gunoh qurbonligini keltirgan bo‘ladilar.
26. Egamiz butun Isroil jamoasini va sizlarning orangizda yashayotgan musofirlarni kechiradi, chunki butun xalq bilmay xato qilgan edi.
27. Agar birorta odam bilmasdan gunoh qilib qo‘ysa, bir yoshli echkini gunoh qurbonligi qilsin.
28. Ruhoniy Egamizning oldida o‘sha odamni gunohidan poklaydi, o‘sha odam kechiriladi.
29. Bilmasdan gunoh qilib qo‘ygan Isroil odami uchun ham, orangizda istiqomat qilayotgan musofir uchun ham qonun bir.
30. Lekin qasddan gunoh qilgan odam, Isroil xalqidanmi yoki musofirmi, Egamizga shak keltirgan bo‘ladi. O‘sha odam Isroil xalqi orasidan yo‘q qilinsin.
31. U Egamizning so‘zlarini nazar– pisand qilmagani uchun, amrlariga itoat qilmagani uchun albatta yo‘q qilinsin. Uning gunohi o‘z gardanida qoladi.
32. Bir kuni Isroil xalqi sahroda turgan paytda, Shabbat kuni o‘tin terib yurgan bir odamni ushlab olishdi.
33. Ular o‘sha odamni Muso, Horun va butun Isroil jamoasi oldiga olib kelishdi.
34. Biroq bu odamni nima qilish kerakligini hali aniq bilishmagani uchun, uni qamab qo‘yishdi.
35. Keyin Egamiz Musoga dedi: — Bu odamning jazosi o‘limdir. Butun jamoa uni qarorgohdan tashqariga olib chiqib, toshbo‘ron qilsin.
36. Egamiz Musoga amr etganday, butun jamoa o‘sha odamni qarorgohdan tashqariga olib chiqib, toshbo‘ron qilib o‘ldirdi.
37. Shundan keyin Egamiz Musoga dedi:
38. — Isroil xalqiga Mening shu gapimni yetkaz: “Sizlar avlodlar osha kiyimlaringizning etagiga popuk qilib osib yuringlar. Har bir popukka ko‘k ip qo‘shib eshilgan bo‘lsin.
39. Popuklar sizlarga Men, Egangizning amrlarini eslatib turadi. Ularni ko‘rganingizda Men sizlarga bergan hamma amrlarimni eslab, bajarasizlar. Xiyonatga yetaklovchi ko‘nglingiz, ko‘zingiz ehtiroslariga ortiq berilmaysizlar.
40. Shunda sizlar Mening hamma amrlarimni yodingizda tutib bajarasizlar, Menga bag‘ishlangan bo‘lasizlar.
41. Men Egangiz Xudoman. Men Xudoyingiz bo‘laman, deb sizlarni Misrdan olib chiqqanman. Men Egangiz Xudoman.”
1. Bir kuni Levi qabilasining Qohot urug‘idan bo‘lgan Izxor o‘g‘li Ko‘rax Musoga qarshi isyon ko‘tardi. U Ruben qabilasidan Eliyobning o‘g‘illari Datan va Aburamni hamda Palaf o‘g‘li Onni yoniga qo‘shib oldi.
2. Isroil xalqining 250 yo‘lboshchisi ham ularga qo‘shildi. Bu yo‘lboshchilar jamoa kengashining tayinlangan a’zolaridan bo‘lib, obro‘li kishilar edi.
3. Ular Muso bilan Horunga qarshi yig‘ilishib, ikkoviga shunday deyishdi: — Sizlar haddingizdan oshib ketdingiz! Axir, butun jamoa va uning har bir a’zosi Egamizga tegishli–ku! Egamiz hammamiz bilan birgadir. Nimaga endi sizlar o‘zingizni Egamizning jamoasidan ustun qo‘yyapsizlar?!
4. Muso bu gapni eshitib, muk tushdi.
5. So‘ng Ko‘rax va uning sheriklariga shunday dedi: — Ertaga ertalab Egamiz O‘ziga tegishli bo‘lgan odamini ko‘rsatadi. Kim Xudoning tanlangani bo‘lsa, Egam o‘shani O‘ziga yaqinlashtiradi.
6. Sen, Ko‘rax, hamtovoqlaring bilan birga otashkuraklaringizni olib,
7. ertaga Egamiz oldida o‘sha otashkuraklaringizda tutatqi tutatinglar. O‘shanda Egamiz kimni tanlab olganini, kim Unga tegishli ekanligini ko‘ramiz. Ey, levilar, sizlar haddingizdan oshib ketdingizlar!
8. Keyin Muso: — Ey, levilar, eshitib olinglar! — dedi Ko‘raxga.
9. — Isroil xalqining Xudosi sizlarni Isroil jamoasidan ajratib oldi. Muqaddas chodirdagi yumushlarni bajarishingiz uchun sizlarni O‘ziga yaqinlashtirdi. Jamoa vakili sifatida butun xalqqa xizmat qilishingiz uchun sizlarni tanlab oldi. Nahotki shunisi sizlarga kamlik qilsa?!
10. Egamiz sizlarni, hamma levi birodarlaringizni O‘ziga yaqinlashtirgan bo‘lsa, yana ruhoniylikni ham talab qilishingiz nimasi?
11. Horun kim bo‘ptiki, sizlar undan ming‘irlab nolisangiz? Sizlar asli Horunga emas, Egamizga qarshi yig‘ilgansiz!
12. Muso Eliyobning o‘g‘illari Datan va Aburamni chaqirib kelgani odam yubordi. Lekin ular:— Bormaymiz! — deb javob berishdi,
13. — Sen bizni sut va asal oqib yotgan yurtdan olib chiqib, sahroda halok qilmoqchi bo‘lding. Shunisi yetmaganday, endi bizga xon bo‘lmoqchimisan?!
14. Sen bizni sut va asal oqib yotgan yurtga olib kirmading, mulk qilib dalalaru uzumzorlarni bermading. Shu paytgacha bizni laqillatib kelyapsan. Yo‘q, oldingga bormaymiz!
15. Muso qattiq g‘azablanib, Egamizga aytdi: — Ularning nazrlarini qabul qilma. Men ularning birortasiga yomonlik qilmadim–ku, ularning birontasidan hatto eshagini ham olmadim– ku!
16. So‘ng Muso Ko‘raxga aytdi: — Ertaga o‘zing ham, hamma sheriklaring ham Egamiz oldida hozir bo‘linglar. Horun ham shu yerda bo‘ladi.
17. 250 ta yo‘lboshchining hammasi otashkuraklariga tutatqi solib, Egamizning huzuriga olib kelishsin. Sen ham otashkuragingni olib kel, Horun ham o‘zinikini olib keladi.
18. Shunday qilib, ertasi kuni har bir odam o‘z otashkuragini oldi. Otashkurakka cho‘g‘ solib, cho‘g‘ ustiga tutatqi tashladi. Ular Muso va Horun bilan birga Uchrashuv chodiri kiraverishiga kelib turishdi.
19. Ko‘rax butun jamoani Uchrashuv chodiri kiraverishi oldiga — Muso va Horunning ro‘parasiga to‘plagach, Egamiz ulug‘vorligini butun jamoaga zohir qildi.
20. Keyin Egamiz Muso bilan Horunga:
21. — Bu jamoadan nari turinglar, — dedi. — Men ularni bir zumda yo‘q qilib yuboraman.
22. Ikkovi esa muk tushib: — Ey, Xudoyim! Ey, odamzod ruhlarining Xudosi! — deb iltijo qilishdi. — Gunoh qilgan bitta odamu Sen esa butun jamoadan g‘azablanyapsanmi?!
23. Egamiz Musoga dedi:
24. — Jamoaga ayt, ular Ko‘rax, Datan va Aburamning chodirlaridan uzoqroq turishsin.
25. Muso o‘rnida turib, Datan bilan Aburamning oldiga ketdi. Isroil oqsoqollari ham Musoga ergashishdi.
26. Muso jamoaga dedi: — Bu qabih odamlarning chodirlaridan uzoqroq turinglar. Ularning biror narsasiga ham tegmanglar. Aks holda ularning hamma gunohlari uchun sizlar nobud bo‘lasizlar.
27. Jamoa Ko‘rax, Datan va Aburamning chodirlaridan uzoqroqqa borib turishdi. Datan va Aburam esa xotinlari, bola–chaqalari bilan chodirlarining kiraverishiga chiqib turgan edilar.
28. — Bu ishlarning hammasini ado etishim uchun meni Egamiz yuborganini, bularni o‘zimcha qilmaganimni shundan bilasizlar, — dedi Muso.
29. — Agar Ko‘rax va uning sheriklari o‘z ajali bilan, hamma odamlar kabi o‘lishsa, meni Egamiz jo‘natmagan bo‘ladi.
30. Bordi–yu, Egamiz favqulodda biror yangi narsa qilsa — yer yorilib ularni bor narsasi bilan yutib yuborsa, ular o‘liklar diyoriga tiriklayin kirib ketishsa, bilinglarki, o‘sha odamlar Egamizni xo‘rlagan bo‘ladi.
31. Muso gapini endi tugatgan ham ediki, ularning oyog‘i ostidagi yer yorilib ketdi.
32. Yerning og‘zi katta ochilib, ularni oila a’zolari, Ko‘raxning hamma sheriklari, mol–mulki bilan birga yutib yubordi.
33. Shunday qilib, ular jamiki mol–mulki bilan birga tiriklayin o‘liklar diyoriga kirib ketishdi. Yer yopilib, ularni jamoa orasidan g‘oyib qildi.
34. Ularning faryodidan atrofda turgan Isroil xalqi: “Bizni ham yer yutib yubormasin”, deb tum– taraqay bo‘ldi.
35. Shu payt Egamiz alanga yuborib, tutatqi tutatgan 250 ta odamni kuydirib yubordi.
36. Egamiz yana Musoga dedi:
37. — Horunning o‘g‘li ruhoniy Elazarga ayt. U gunohlari uchun o‘ldirilganlarning otashkuraklarini yong‘in orasidan yig‘ishtirib olsin.
38. Otashkuraklardagi cho‘g‘larni bir chetga chiqarib tashlasin, chunki otashkuraklar muqaddasdir. Bu otashkuraklar Menga nazr qilish uchun foydalanilganda, muqaddas bo‘lgan. Bu otashkuraklarni yoyib, qurbongohni qoplash uchun tunuka qilinglar. Bular Isroil xalqini ogohlantiruvchi bir belgi bo‘ladi.
39. Ruhoniy Elazar kuyib o‘lganlarning tutatqi tutatgan bronza otashkuraklarini yig‘ishtirib oldi. Ular otashkuraklarni yoyib, qurbongohni qoplash uchun tunuka holiga keltirishdi.
40. Horunning naslidan bo‘lmagan birorta odam Egamizning oldida tutatqi tutatib, Ko‘rax va uning sheriklari kabi halok bo‘lmasligi uchun, bular Isroil xalqini ogohlantirib turar edi. Shunday qilib, Egamizning Muso orqali bergan ko‘rsatmalari amalga oshirildi.
41. Ertasiga jamiki Isroil jamoasi Muso bilan Horundan norozi bo‘lib: “Egamizning xalqini sizlar o‘ldirdingizlar”, deb ming‘irlay boshladi.
42. Jamoa ularga qarshi yig‘ilgan paytda Muso bilan Horun Uchrashuv chodiri tomon burilib qarashsa, chodirni bulut qoplab olgan, Egamiz ulug‘vorligini zohir qilgan ekan.
43. Ular Uchrashuv chodirining old tomoniga borib turishganda,
44. Egamiz Musoga dedi:
45. — Bu jamoadan nari tur, Men ularni hozirning o‘zidayoq yo‘q qilib yuboraman. Ammo Muso bilan Horun yerga muk tushdi.
46. Muso Horunga dedi: — Qani, bo‘l, otashkuragingni ol! Qurbongohdan otashkurakka cho‘g‘ solib, ustiga tutatqi tashla–da, tezroq jamoaning oldiga bor. Ularni gunohlaridan pokla. Egamiz g‘azabini sochdi, odamlar o‘latdan nobud bo‘lyapti.
47. Horun Muso buyurganday qilib, jamoaning orasiga yugurib bordi. Odamlar haqiqatan ham o‘latdan nobud bo‘lishayotgan edi. Horun tutatqi tutatib, Isroil xalqini gunohlaridan pokladi.
48. U tiriklar bilan marhumlarning o‘rtasiga turgan edi, o‘lat to‘xtadi.
49. Lekin o‘latdan 14.700 kishi nobud bo‘lgan edi. Ko‘raxning qilmishi tufayli o‘lganlar bu hisobga kirmasdi.
50. O‘lat to‘xtagandan keyin Horun Uchrashuv chodiriga kiraverishda turgan Musoning yoniga qaytib keldi.
1. Shundan keyin Egamiz Musoga dedi:
2. — Isroil xalqiga ayt, ular har bir qabila yo‘lboshchisining tayog‘ini olib kelishsin. Hammasi bo‘lib o‘n ikkita tayoq bo‘lsin. Har bir qabila yo‘lboshchisining ismini o‘z tayog‘iga yozib qo‘yinglar.
3. Levi qabilasining tayog‘iga Horunning ismini yozinglar, har bir qabila yo‘lboshchisidan bittadan tayoq bo‘lishi lozim.
4. Sen tayoqlarni Uchrashuv chodiriga olib kirib, Men sen bilan uchrashadigan joyga — ahd sandig‘i oldiga qo‘y.
5. Men tanlagan odamning tayog‘i kurtak chiqaradi. Shunday qilib, senga qarshilik qilayotgan Isroil xalqining ming‘irlab nolishlariga Men chek qo‘yaman.
6. Muso Isroil xalqiga Egamizning gaplarini aytdi. Yo‘lboshchilar har bir qabila nomidan bittadan tayoqni berishdi, hammasi bo‘lib o‘n ikkita tayoq bo‘ldi. Horunning tayog‘i ham o‘sha tayoqlar orasida edi.
7. Muso tayoqlarni Muqaddas ahd chodiriga — Egamizning oldiga qo‘ydi.
8. Ertasi kuni Muso Muqaddas ahd chodiriga kirib qarasa, Horunning Levi qabilasini ifoda etgan tayog‘i kurtak yozibdi, ko‘karib, gullabdi, hatto bodom tugibdi.
9. Muso Egamizning huzuridagi hamma tayoqlarni Isroil xalqi oldiga olib chiqib ko‘rsatdi. Har bir yo‘lboshchi o‘z tayog‘ini oldi.
10. Egamiz Musoga shunday amr berdi: — Horunning tayog‘ini ahd sandig‘i oldiga qaytarib olib borib qo‘y. Tayoq doimo o‘sha yerda saqlanib, isyonchilarni ogoh qilib tursin. Shunday qilib, sen ularning ming‘irlab nolishlariga chek qo‘yib, ularning qirilib ketishiga yo‘l qo‘ymaysan.
11. Egamiz qanday amr etgan bo‘lsa, Muso hammasini bajardi.
12. Isroil xalqi esa Musoga faryod qildi: — Sho‘rimiz quridi! Kunimiz bitdi!
13. Egamizning Muqaddas chodiriga yaqin borganlar nobud bo‘lishadi. Biz hammamiz qirilib ketamiz!
1. Egamiz Horunga dedi: “Sen, o‘g‘illaring va butun Levi qabilasi Muqaddas chodirga nisbatan qilingan har qanday ayb uchun javobgar bo‘lasizlar. Ruhoniylik xizmatida yo‘l qo‘yilgan ayblar uchun esa faqatgina sen va o‘g‘illaring javobgar bo‘lasizlar.
2. Qabiladosh levi birodarlaringni yoningga ol. Sen o‘g‘illaring bilan Muqaddas ahd chodirida xizmat qilayotganingda ular sizlarga yordam berishadi.
3. Levilar sizlarning nazoratingiz ostida xizmat qilib, Muqaddas chodirga oid barcha yumushlarni bajarishadi. Lekin ular muqaddas jihozlarga va qurbongohga zinhor yaqinlashmasinlar, aks holda ular ham, sizlar ham halok bo‘lasizlar.
4. Levilar sizlarga qo‘shilishib, Uchrashuv chodiridagi barcha vazifalarni bajarishsin. Levilardan boshqa birortasi sizlar bilan birga xizmat qilmasin.
5. Mening g‘azabim Isroil xalqiga qarshi yana avj olmasligi uchun, chodirning Muqaddas xonalarida va qurbongohda faqatgina sen o‘g‘illaring bilan xizmat qilgin.
6. Levi birodarlaringni Men O‘zim senga yordamchi qilib, Isroil xalqi orasidan tanlab olganman. Ular Uchrashuv chodirida xizmat qilishlari uchun Men, Egangizga, bag‘ishlangan.
7. Shunday bo‘lsa–da, qurbongoh va ichki parda orqasidagi Eng muqaddas xona bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ruhoniylik xizmatini faqat sen o‘g‘illaring bilan bajar. Ruhoniylikni Men sizlarga hadya qilib berdim. Muqaddas buyumlar oldiga kelgan boshqa har qanday odamning jazosi o‘limdir.”
8. Egamiz yana Horunga dedi: “Isroil xalqi Menga olib kelgan hamma muqaddas nazrlarni nazorat qilishni senga topshirdim. Bu nazrlarni senga va o‘g‘illaringga doimiy ulush qilib berdim.
9. Isroil xalqi Menga beradigan eng muqaddas nazrlarning, ya’ni don nazri, gunoh qurbonligi va ayb qurbonliklarining kuydirilmaydigan qismi sen bilan o‘g‘illaringga tegishlidir.
10. Bularni muqaddas joyda tanovul qilinglar. Bu nazrlarni faqat erkaklar tanovul qilishlari mumkin. Bu nazrlarni g‘oyat muqaddas deb bilinglar.
11. Qurbongoh oldida Isroil xalqi yuqoriga ko‘tarib, Menga bergan boshqa hamma nazrlar ham sen bilan o‘g‘il–qizlaringning doimiy ulushidir. Xonadoningdagi har bir pok odam bu nazrlarni tanovul qilishi mumkin.
12. Odamlar Men, Egangizga, nazr qilgan ilk hosilning eng sifatli zaytun moyini, sharobini va donini ham Men sizlarga berdim.
13. Menga nazr qilingan butun yurtning ilk hosili sizlarniki bo‘ladi. Xonadoningizdagi har bir pok odam bu nazrlarni tanovul qilishi mumkin.
14. Isroilda Menga tamomila bag‘ishlangan har bir narsa sizlarniki bo‘ladi.
15. Isroil xalqi Menga nazr qilgan har bir to‘ng‘ich o‘g‘il va hayvonlarining birinchi erkak bolasi ham sizlarnikidir. Lekin sizlar ularning har bir to‘ng‘ich o‘g‘li evaziga hamda harom hayvonning birinchi erkak bolasi evaziga ulardan kumush olishlaringiz shart.
16. Har bir to‘ng‘ich o‘g‘il bir oylik bo‘lganda, ularning evaziga besh bo‘lakdan kumush olinglar. Har bir kumush bo‘lakning og‘irligi 2,5 misqol bo‘lsin.
17. Lekin sigirning, qo‘yning va echkining birinchi bolasi evaziga hech qanday to‘lov olma. Bu jonivorlar faqat Menga tegishlidir. Ularning qonini qurbongohga sep, yog‘ini esa Men, Egangizga, yoqimli hid kelishi uchun olovda kuydir.
18. Qo‘chqorning yuqoriga ko‘tarilgan to‘shi va o‘ng soni seniki bo‘lgani kabi, bu jonivorlarning go‘shti ham seniki bo‘ladi.
19. Isroil xalqi Menga keltiradigan ehsonlarning hammasini Men senga va o‘g‘il–qizlaringga doimiy ulush qilib beraman. Bu sen va sening nasling bilan Mening o‘rtamdagi qat’iy ahddir.”
20. So‘ng Egamiz Horunga yana dedi: “Sizlar Isroil yurtida ulush olmaysizlar, xalqingiz orasida sizlarga bir bo‘lak yer ham berilmaydi. Zotan, Isroil xalqi orasidagi ulushingiz ham, mulkingiz ham Menman.
21. Levilarning Uchrashuv chodirida qilgan xizmatiga yarasha Men ularga Isroil yurtidagi hamma ushrlarni xizmat haqi qilib beraman.
22. Bundan buyon Isroil xalqi Uchrashuv chodiriga yaqin kelmasin. Aks holda ular qilgan gunohi uchun jazo tortib o‘ladilar.
23. Levilar esa Uchrashuv chodirida xizmat qilib, chodirga nisbatan qilingan har qanday ayb uchun javobgar bo‘lishadi. Bu avlodlaringiz osha abadiy qonun– qoida bo‘lsin. Levilar Isroil xalqi orasida yerni ulush qilib olishmaydi.
24. Buning o‘rniga, Men ularga Isroil xalqining Menga nazr qilgan barcha ushrlarini beraman. Shu sababli Men, levilar Isroil xalqi orasida ulush olmaydi, deb aytgan edim.”
25. Egamiz yana Musoga dedi:
26. — Levilarga Mening shu gapimni yetkaz: “Egamiz Isroil xalqining ushrini sizlarga ulush qilib bergan. Sizlar ushrni olganingizda, shu ushrning o‘ndan bir qismini Egamizga nazr qilib beringlar.
27. Egamiz bu nazringizni don bilan sharobning ilk hosili o‘rnida qabul qilib oladi.
28. Demak, sizlar Isroil xalqidan oladigan jamiki ushringizning o‘ndan bir qismini Egamizga nazr qilishingiz shart. O‘sha nazrni ruhoniy Horunga beringlar.
29. Isroil xalqidan qabul qilgan ushrning faqatgina eng sifatlisini Egamizga nazr qilinglar.
30. Isroil xalqi Egamizga don bilan sharob nazrlarini keltirgandan keyin hosilning qolganini o‘zlariga qoldiradilar. Shu singari, sizlar ham ushrlarning eng sifatlisini Egamizga bag‘ishlaganingizdan keyin, qolganini o‘zingizga qoldiringlar.
31. Qolganini o‘zingiz oilangiz bilan har qanday joyda yeb–ichishingiz mumkin. Bular Uchrashuv chodirida qilgan xizmatingiz uchun to‘lovdir.
32. Egamizga ushrning eng sifatlisini bag‘ishlaganingizdan keyingina ushrning qolganini yeyishingiz mumkin, shunda sizlar aybdor hisoblanmaysizlar. Shunday yo‘l tutsangiz, Isroil xalqining muqaddas hadyalarini bulg‘amagan bo‘lasizlar, o‘zlaringiz nobud bo‘lmaysizlar.”
1. Muso bilan Horun orqali Isroil xalqiga Egamiz quyidagi qonunni berdi:
2. sizlar bizga bitta nuqsonsiz malla g‘unajinni olib kelinglar. G‘unajinga bo‘yinturuq urilmagan bo‘lsin.
3. Malla g‘unajinni ruhoniy Elazarga beringlar. So‘ng g‘unajinni qarorgohdan tashqariga olib chiqib, Elazarning oldida so‘yinglar.
4. Ruhoniy Elazar g‘unajinning qoniga barmog‘ini botirib, qonni Uchrashuv chodirining oldi tomoniga qarata yetti marta sepsin.
5. So‘ng jonivor butunligicha — terisi, go‘shti, qoni, ichak–chovoqlari bilan birga Elazarning ko‘zi oldida kuydirilsin.
6. Ruhoniy sadr yog‘ochini, issop o‘tining bir tutamini va qirmizi ipni olib, yonayotgan g‘unajin ustiga tashlasin.
7. So‘ng ruhoniy yuvinib, kiyimlarini ham yuvsin. Shundan keyingina u qarorgohga qaytib kirishi mumkin. Lekin ruhoniy kechgacha harom bo‘ladi.
8. G‘unajinni yoqqan odam ham yuvinib, kiyimlarini yuvsin. U ham kechgacha harom bo‘ladi.
9. Keyin birorta pok odam g‘unajinning kulini yig‘ishtirib, qarorgoh tashqarisidagi toza joyga olib borib qo‘ysin. Isroil xalqi bu kulni poklanish suviga solib ishlatish uchun saqlasin. Bu kul odamlarni gunohlardan poklash marosimida ishlatiladi.
10. G‘unajinning kulini yig‘ishtirgan odam ham kiyimlarini yuvsin, u ham kechgacha harom bo‘ladi. Bu — Isroil xalqi uchun ham, ularning orasida yashayotgan musofirlar uchun ham doimiy qonun–qoida.
11. Har qanday kishining murdasiga tekkan odam yetti kun harom bo‘ladi.
12. Murdaga tekkan odam poklanish suvi bilan uchinchi va yettinchi kuni o‘zini poklasin. Shunda u pok bo‘ladi. O‘sha odam uchinchi va yettinchi kuni o‘zini poklamasa, harom bo‘lib qolaveradi.
13. Murdaga tegib, o‘zini poklamagan odam EgamizningMuqaddas chodirini bulg‘agan bo‘ladi. Poklanish suvi o‘sha odamning ustiga sepilmagani uchun u haromligicha qoladi. Bunday odam Isroil xalqi orasidan yo‘q qilinsin.
14. Agar odam chodirda vafot etsa, quyidagi qoidaga rioya qilinglar: o‘sha paytda chodirda bo‘lgan va chodirga kirgan hamma odamlar yetti kun harom bo‘lishadi.
15. Chodirdagi qopqog‘i yopilmagan, usti ochiq har qanday idish ham harom bo‘ladi.
16. Agar birorta odam ochiq maydonda o‘ldirilgan yoki o‘z ajali bilan o‘lgan kimsaning jasadiga, marhumning suyagiga yoki qabriga tegsa, u yetti kun harom bo‘ladi.
17. Harom bo‘lgan odam uchun gunohdan poklash maqsadida kuydirilgan malla g‘unajinning kulidan olib idishga solinglar, so‘ng kulning ustiga oqar suvdan quyinglar.
18. Pok odam issopni olib, suvga botirsin–da, suvni chodirga, chodirdagi hamma jihozlarga, chodirdagi odamlarga sepsin. Odamning suyagiga, marhumga, o‘ldirilgan kimsaning jasadiga yoki qabrga tekkan odamning ustiga ham o‘sha suvdan sepsin.
19. Uchinchi va yettinchi kunlari pok odam harom odamga suvdan sepib, yettinchi kuni uni poklasin. Poklangan odam yuvinib, kiyimlarini yuvsin. Ana shunda kechqurunga borib u pok bo‘ladi.
20. Harom bo‘la turib o‘zini poklamagan har qanday odam Isroil jamoasi orasidan yo‘q qilinsin. Chunki poklanish suvi sepilmagan o‘sha odam haromligicha qolib, Egamizning Muqaddas chodirini bulg‘agan bo‘ladi.
21. Bu — sizlar uchun doimiy qonun–qoida. Poklanish suvini sepgan odam kiyimlarini yuvsin. Poklanish suviga tekkan har qanday odam kechgacha harom bo‘lib qoladi.
22. Harom odam tekkan har qanday narsa haromdir. Harom odamga tekkan odam ham kechgacha harom bo‘ladi.
1. Birinchi oyda butun Isroil jamoasi Zin cho‘liga yetib keldi va Kadeshda o‘rnashdi. Maryam o‘sha yerda vafot etib, dafn qilindi.
2. U yerda jamoa uchun ichishga suv yo‘q edi. Shu sababli xalq Muso bilan Horunga qarshi yig‘ilib,
3. Musoga ta’na qila boshlashdi: — Biz ham qarindoshlarimiz bilan birga Egamiz oldida qirilib ketsak bo‘lmasmidi–ya!
4. Nimaga sizlar Egamizning jamoasini mana shu sahroga olib keldingizlar? Biz mol–holimiz bilan birga qirilib ketishimiz uchunmi?!
5. Nimaga bizni Misrdan olib chiqib, mana shu kasofat joyga olib keldingizlar o‘zi? Bu yerda ekin ekib bo‘lmasa, birorta anjir daraxti, uzum yoki anorlar bo‘lmasa. Bu yerda hatto ichishga suv ham topib bo‘lmaydi–ku!
6. Muso bilan Horun jamoa oldidan ketishdi. Ular Uchrashuv chodiri kiraverishiga borib, muk tushishdi. Shunda Egamiz ulug‘vorligini ularga zohir qildi.
7. Egamiz Musoga dedi:
8. — Tayog‘ingni ol. Akang Horun bilan birgalikda jamoani yig‘inglar. So‘ng jamoaning ko‘zi oldida qoyaga buyruq beringlar. Shunda qoyadan suv chiqadi. Shu yo‘sinda sizlar qoyadan suv chiqarib, jamoaga ham, ularning mollariga ham suv berasizlar.
9. Muso Egamizning aytganini qilib, Egamiz huzuridagi tayoqni oldi.
10. So‘ng Muso bilan Horun jamoani qoya yoniga yig‘ishdi. Muso ularga: — Quloq solinglar, ey, isyonchilar! Mana shu qoyadan biz sizlarga suv chiqarib berishimiz kerakmi? — dedi.
11. Muso qo‘lini ko‘tarib, qoyaga tayog‘i bilan ikki marta urgan edi, qoyadan sharillab suv oqdi. Jamoaning o‘zi ham, ularning mollari ham suv ichdi.
12. Shunda Egamiz Muso bilan Horunga dedi: — Menga yetarlicha inonmaganingiz uchun, Isroil xalqiga Mening muqaddasligimni namoyon qilmaganingiz uchun, bu jamoani Men ularga beradigan yurtga sizlar boshlab kirmaysiz.
13. Isroil xalqi bu yerda Egamizdan noligani uchun bu joy Mariva, deb nom oldi. O‘sha joyda Egamiz Isroil xalqiga O‘zining muqaddasligini namoyon qildi.
14. Muso Kadeshdan Edom shohiga choparlar orqali quyidagi mazmunda bir xabar jo‘natdi: “Biz, Isroil xalqi, sizning jigaringizmiz. Bizning boshimizga tushgan kulfatlardan sizlar xabardorsiz.
15. Bizning otalarimiz Misrga ko‘chib borgan edilar. Biz Misrda uzoq vaqt yashadik. Misrliklar otalarimizga ham, bizga ham zulm o‘tkazishdi.
16. Keyin biz Egamizga yolvorib iltijo qilgan edik, U bizning iltijoimizni eshitdi. U farishtasini jo‘natib, bizni Misrdan olib chiqdi. Mana endi biz Kadeshda — yurtingiz chegarasidagi shaharda turibmiz.
17. Bizga yurtingiz orqali o‘tib ketishga ijozat bersangiz. Biz ekinzorlaringiz va uzumzorlaringizga kirmaymiz, quduqlaringiz suvidan ichmaymiz. Sizning yurtingizdan o‘tib ketgunimizcha, faqat Shoh yo‘lidan yuramiz, yo‘ldan o‘ngga ham, chapga ham chiqmaymiz.”
18. Lekin Edom shohi Musoga: “Mening yurtimdan o‘ta ko‘rma, aks holda ustingga qilich yalang‘ochlab bostirib boraman”, — deb javob yubordi.
19. Isroil xalqi esa Edom shohidan iltimos qildi: “Biz katta yo‘ldan ketamiz. Agar suvingizdan o‘zimiz yoki mollarimiz ichsa, haqini to‘laymiz. Biz bor–yo‘g‘i yurtingizdan o‘tib ketmoqchimiz, xolos.”
20. Lekin Edom shohi: “O‘tmaysizlar!” — deb turib oldi. U Isroil xalqiga qarshi tish–tirnog‘igacha qurollangan katta lashkarini boshlab chiqdi.
21. Xullas, Edom shohi Isroil xalqiga o‘z yurtidan o‘tib ketishga ijozat bermadi. Isroil xalqi Edom yurtini chetlab o‘tib ketdi.
22. Butun Isroil jamoasi Kadeshdan jo‘nab, Xo‘r tog‘iga yetib keldi.
23. Egamiz Muso bilan Horunga Xo‘r tog‘ida — Edom yurti chegarasida shunday dedi:
24. — Horunning bu olamdan ko‘z yumadigan vaqti keldi. Men Isroil xalqiga beradigan yurtga u kirmaydi. Chunki sizlar ikkovingiz Mariva suvlari yonida Mening amrimga qarshi chiqdingizlar.
25. Endi sen Horun bilan uning o‘g‘li Elazarni Xo‘r tog‘iga boshlab chiq.
26. Horunning ustidan ruhoniylik kiyimlarini yechib olib, o‘g‘li Elazarga kiygiz. Horun o‘sha yerda vafot etadi.
27. Muso Egamiz amr berganday qildi. Uchalovi Xo‘r tog‘iga chiqishdi, butun jamoa buni ko‘rib turdi.
28. Muso Horunning ustidan kiyimlarini yechib olib, uning o‘g‘li Elazarga kiygizdi. Horun o‘sha yerda — tog‘ tepasida vafot etdi. Shundan so‘ng Muso bilan Elazar tog‘dan qaytib tushishdi.
29. Butun jamoa Horunning vafot etganini bildi. Jamiki Isroil xalqi Horun uchun o‘ttiz kun aza tutdi.
1. Nagav cho‘lida istiqomat qilayotgan Arod shohi: “Isroil xalqi Otorim yo‘lidan kelyapti ekan”, degan xabarni eshitib jangga otlandi. Kan’on naslidan bo‘lgan bu shoh Isroil xalqi bilan jang qilib, ulardan bir nechtasini asir oldi.
2. Bu voqeadan so‘ng Isroil xalqi Egamizga qasam ichib, shunday dedi: — Ey, Egamiz! Agar Sen shu xalqni bizning qo‘limizga bersang, ularning hamma shaharlarini butunlay vayron qilamiz.
3. Egamiz Isroil xalqining iltijosini eshitib, Kan’on xalqini ularning qo‘liga berdi. Ular Kan’onliklarning o‘zlarini qirib tashlab, shaharlarini butunlay vayron qilishdi. Shuning uchun bu joyga Xo‘rmax, deb nom berildi.
4. Isroil xalqi Xo‘r tog‘ini tark etib, Edom yerlarini chetlab o‘tish uchun Qizil dengizga boradigan yo‘ldan ketdi. Lekin xalq yo‘lda ketayotib, yana sabrsizlik qildi.
5. Ular ming‘irlab Xudodan va Musodan noliy boshladilar: — Nimaga bizni Misrdan olib chiqdingizlar? Sahroda o‘lib ketishimiz uchunmi?! Bu yerda na non bor, na suv. Mana bu bo‘lmag‘ur manna me’damizga tegib ketdi–ku!
6. Shu voqeadan keyin Egamiz xalq orasiga zaharli ilonlarni jo‘natdi, ilonlar Isroil xalqining ko‘pchiligini chaqib o‘ldirdi.
7. Oxiri xalq Musoning oldiga kelib: — Biz Egamizga ham, senga ham qarshi gapirib gunoh qildik, — dedi, — Egamizga iltijo qil, U bizning oramizdan ilonlarni daf qilsin. Muso xalq uchun Egamizga iltijo qildi.
8. Shunda Egamiz Musoga dedi: — Ilon yasab, uni xodaga mahkamlab qo‘y. Ilon chaqqan odam o‘shanga qarab tirik qoladi.
9. Muso bronzadan ilonni yasab, uni xodaga mahkamlab qo‘ydi. Ilon chaqqan odam bronzadan yasalgan ilonga qaraganda, o‘lmasdan tirik qolardi.
10. Isroil xalqi safarini davom ettirib, Obo‘tda qarorgoh qurdi.
11. So‘ng ular Obo‘tdan ham ketib Ivay–Aborimga qo‘nishdi. Ivay–Aborim Mo‘ab yurtining sharqidagi sahroda joylashgan edi.
12. U yerdan ham ketib, Zarad soyligida to‘xtashdi.
13. So‘ng yana yo‘lga chiqib, Arnon soyligining shimoliy qirg‘og‘iga — Amor yurtining chegarasiga tutash bo‘lgan sahroga joylashishdi. Arnon soylig Amor va Mo‘ab yurtlarining o‘rtasida chegara edi.
14. Shu sababdan “Egamizning jangnomasi” kitobida Sufa yerlaridagi Vohib shahri va soyliklar eslanadi. Shuningdek, Arnon soyligi
15. va Mo‘ab chegarasidagi Or shahrigacha cho‘zilgan daryoning irmoqlari eslanadi.
16. Isroil xalqi u yerdan chiqib, Ber degan joydagi quduqqa yo‘l oldi. O‘sha quduq yonida Egamiz Musoga: “Xalqni yig‘, Men ularga suv beraman”, dedi.
17. O‘shanda Isroil xalqi shu qo‘shiqni kuyladi: “To‘lib–tosh, ey, quduq, Quduq haqida kuylang!
18. Yo‘lboshchilar qazigandi bu quduqni, Asilzodalar kovlagandi bu quduqni Saltanat hassalari ila, Saltanat tamg‘alari ila.” So‘ng ular sahrodan Mattono shahriga yo‘l oldilar.
19. Mattonodan esa Nahaliyolga, Nahaliyoldan Bomo‘tga,
20. Bomo‘tdan Mo‘ab yerlaridagi vodiyga borishdi. Fisgax tog‘ tizmasi yonidagi bu vodiydan sahroning manzarasi ochilardi.
21. Keyin Isroil xalqi Amor xalqining shohi Sixo‘nga shu gapni aytish uchun choparlar jo‘natdi:
22. “Bizga yurtingiz orqali o‘tib ketishga ijozat bersangiz. Biz ekinzorlaringizga, uzumzorlaringizga kirmaymiz, quduqlaringiz suvidan ichmaymiz. Sizning yurtingizdan o‘tib ketguncha, faqat Shoh yo‘lidan yuramiz.”
23. Lekin Sixo‘n Isroil xalqiga o‘z yurtidan o‘tib ketishga ijozat bermadi. U jamiki lashkarini yig‘ib, sahrodagi Yaxaz shahri yonida Isroil xalqiga hujum qildi.
24. Jangda Isroil xalqi Sixo‘nni mag‘lub etdi va Arnon soyligidan tortib Yavoq daryosigacha bo‘lgan hamma yerlarini egallab oldi. Lekin Ommon xalqining chegarasidan u yog‘iga o‘tmadi, chunki Ommon yurtining chegarasi mustahkam edi.
25. Isroil xalqi Amor xalqining hamma shaharlarini, xususan, Xashbon shahri va uning atrofidagi qishloqlarni bosib olib, o‘sha shaharlarda o‘rnashib oldi.
26. Xashbon shahri shoh Sixo‘nning poytaxti edi. Sixo‘n Mo‘abning oldingi shohi bilan jang qilib, uning Arnon soyligigacha bo‘lgan hamma yerlarini bosib olgan edi.
27. Shuning uchun dostonchilar aytishardi: “Xashbonga kelinglar, qayta quringlar uni, Mustahkam etinglar Sixo‘n shahrini.
28. Olov chiqib ketdi–ku Xashbon shahridan, Alanga chiqdi shoh Sixo‘nning shahridan. Yong‘in yakson qildi Mo‘abdagi Or shahrini, Yo‘q qildi Arnon qirlari shohlarini.
29. Holingga voy, ey, Mo‘ab xalqi! Tamom bo‘ldingiz, Xamo‘sh ixlosmandlari! Xamo‘sh qochqin qildi o‘g‘illaringizni, Amor xalqining shohi Sixo‘nga asir qildi Sizning qiz–juvonlaringizni.
30. Qirib tashladik biz ularni, Xashbondan Dibonga qadar yo‘q qildik hammasini. No‘faxdan Midavoga qadar vayron qildik ularni.”
31. Shunday qilib, Isroil xalqi Amor xalqining yurtida o‘rnashib oldi.
32. Muso Yazir shahriga ayg‘oqchilar jo‘natdi. Isroil xalqi Yazir va uning atrofidagi qishloqlarni bosib olib, u yerda istiqomat qilayotgan Amor xalqini haydab chiqardi.
33. So‘ng ular Bashanga yo‘l olishdi. Bashan shohi O‘g esa Isroil xalqiga qarshilik ko‘rsatish uchun jamiki lashkarini Edrey shahriga tortib bordi.
34. Shunda Egamiz Musoga dedi: — Qo‘rqma undan, Men O‘gni butun yurti va xalqi bilan birga sening qo‘lingga beraman. Sen O‘gning boshiga Xashbonda hukmronlik qilgan Amor xalqining shohi Sixo‘nning kunini solasan.
35. Isroil xalqi O‘gni, uning o‘g‘illarini, butun xalqini bitta qoldirmay qirib tashladi. So‘ng ular O‘gning yurtini qo‘lga kiritishdi.
1. Isroil xalqi yo‘lda davom etdi. Mo‘ab tekisliklariga yetib kelib, Yerixo shahrining ro‘parasida — Iordan daryosining sharqida qarorgoh qurdi.
2. Isroil xalqi Amor xalqini qanday ahvolga solgani haqidagi xabar Mo‘ab shohi Zippur o‘g‘li Boloqqa ham yetib borgan edi.
3. Isroil xalqi ko‘pligidan butun Mo‘ab xalqi qattiq vahimaga tushgandi.
4. Mo‘ab oqsoqollari Midiyon oqsoqollariga: — Ho‘kiz daladagi o‘tlarni yeb bitirgani singari, anavi olomon ham tevarak–atrofimizdagi hamma narsani yeb bitiradi–ku! — dedi. O‘sha davrda Mo‘abda hukmronlik qilayotgan Zippur o‘g‘li Boloq,
5. Bavo‘r o‘g‘li Balomni chaqiray, deb uning oldiga choparlar jo‘natdi. Balom o‘z ona yurti, Furot daryosi qirg‘og‘idagi Pato‘r shahrida istiqomat qilar edi. Boloq Balomga shunday deb da’vat qildi: “Misrdan chiqqan bir xalq yer yuzini bosib ketdi. Endi esa ular shundoqqina mening biqinimda o‘rnashib olishdi.
6. Men ularga bas kela olmayman. Sen kelib, o‘sha xalqni men uchun la’natla. Balki shunda men Isroil xalqini mag‘lub qilib, yurtimdan quvib chiqara olarman. Shuni bilamanki, sen kimni duo qilsang, o‘sha duo oladi, kimni la’natlasang, o‘sha la’nati bo‘ladi.”
7. Shunday qilib, Mo‘ab va Midiyon oqsoqollari Balomning oldiga ketar ekanlar, unga to‘lanadigan la’nat haqini ham o‘zlari bilan olib ketdilar. Ular Balomning huzuriga kelishgach, unga Boloqning gaplarini aytishdi.
8. — Shu yerda tunab qolinglar, — dedi Balom oqsoqollarga. — Egamizning bergan javobini men ertaga sizlarga aytaman. Mo‘ab oqsoqollari Balomnikida qolishdi.
9. Xudo Balomning oldiga kelib, undan: — Uyingdagi odamlar kim? — deb so‘radi.
10. Balom Xudoga shunday javob berdi: — Mo‘ab shohi Zippur o‘g‘li Boloq menga quyidagicha xabar yuboribdi:
11. “Misrdan chiqqan bir xalq yer yuzini bosib ketdi, bu yoqqa kel, o‘sha xalqni men uchun la’natla, balki o‘shandagina men u xalqqa zarba berib, o‘z yurtimdan quvib chiqara olarman.”
12. — Ular bilan borma! — dedi Xudo Balomga. — U xalqni zinhor la’natlay ko‘rma, chunki u xalqqa Men baraka berganman.
13. Balom ertalab turib: — Yurtingizga qaytib ketaveringlar, Egamiz sizlar bilan ketishimga ijozat bermadi, — dedi Boloqning a’yonlariga.
14. Mo‘ab a’yonlari Boloq oldiga qaytib borib: “Balom bizlar bilan kelishga rozi bo‘lmadi”, — deyishdi.
15. Boloq esa oldingidan ham ko‘proq va obro‘liroq a’yonlarini yubordi.
16. Ular Balomning oldiga kelib, shunday deyishdi: — Zippur o‘g‘li Boloq shunday demoqda: “Balom qanday qilib bo‘lsa ham huzurimga kelsin,
17. men uni yaxshilab taqdirlayman, nima istasa muhayyo qilaman. Faqat kelib, o‘sha xalqni men uchun la’natlasin.”
18. Balom esa Boloqning a’yonlariga shunday javob berdi: — Boloq menga saroyidagi hamma oltinu kumushini bersa ham, men Egam Xudoning amridan chetga chiqa olmayman. Hatto kichik masalada ham o‘z ixtiyorim bilan ish tuta olmayman.
19. Yaxshisi, sizlar, oldingilar kabi, bu kecha shu yerda tunab qolinglar. Egamiz yana nima der ekan, men bilay–chi.
20. Shu kecha Xudo Balom oldiga kelib, unga dedi: — Agar bu odamlar seni o‘zlari bilan olib ketgani kelgan bo‘lsalar, otlangin–u, ular bilan birga ket. Lekin sen faqat Mening aytganimni qilasan.
21. Balom ertalab turdi. Eshagini egarlab, Mo‘ab a’yonlari bilan birga jo‘nadi.
22. Balom ketganda, Xudo qattiq g‘azablandi. Egamizning farishtasi Balomga qarshilik ko‘rsatish uchun uning yo‘lini to‘sib oldi. Balom eshagini minib, yonidagi ikkita xizmatkori bilan yo‘lda ketayotgan edi.
23. Birdaniga eshak yo‘l ustida qilich yalang‘ochlab turgan Egamizning farishtasini ko‘rib qoldi–da, yo‘lidan burilib, dala ichiga kirib ketdi. Balom esa eshakni yo‘lga solish uchun savalay boshladi.
24. Egamizning farishtasi endi uzumzorlar orasidan o‘tgan tor so‘qmoqda turib oldi. Yo‘lning ikkala tomoni ham devor edi.
25. Eshak Egamizning farishtasini ko‘rdi–yu, devorga qapishib, Balomning oyog‘ini qisib qo‘ydi. Balom yana eshakni ura boshladi.
26. Egamizning farishtasi yana oldinga o‘tib, tor joyga turib oldi. Endi eshak o‘ngga ham, chapga ham burilib keta olmas edi.
27. Eshak Egamizning farishtasini ko‘rgach, yotib oldi. Balom esa bundan qattiq g‘azablanib, eshakni tayog‘i bilan savalay boshladi.
28. Shu payt Egamizning qudrati bilan eshak tilga kirib: — Men senga nima qildim? Nimaga sen meni uch marta urding? — dedi Balomga.
29. — Sen meni ahmoq qilding! — deb do‘q qildi Balom. — Agar qo‘limda qilichim bo‘lganda edi, seni hoziroq chopib tashlagan bo‘lar edim.
30. — Axir, sen meni ilgaridan minib yurasan–ku! Men sening o‘sha–o‘sha eshagingman. Oldin ham shunaqa qiliq qilganmidim?! — dedi eshak. — Yo‘q, — dedi Balom.
31. Shu on Egamiz Balomning ko‘zini ochib yuborgan edi, u yo‘lda turgan Egamizning farishtasini ko‘rib qoldi. Farishta qo‘lida qilichini yalang‘ochlab turardi. Balom yerga muk tushdi.
32. Egamizning farishtasi Balomga dedi: — Nimaga sen eshagingni uch marta urding? Tutgan yo‘ling Mening nazarimda egri bo‘lgani uchun, Men senga qarshilik ko‘rsatish maqsadida keldim.
33. Eshaging esa meni ko‘rdi–yu, uch marta o‘zini chetga olib qochdi. Agar u mening oldimdan burilib ketmaganda edi, Men seni o‘ldirib, eshagingni tirik qoldirgan bo‘lardim.
34. — Gunoh qildim, — dedi Balom Egamizning farishtasiga. — Sen yo‘limni to‘sib turganingni bilmabman. Agar men sening nazaringda noma’qul ish qilayotgan bo‘lsam, uyimga qaytib ketaman.
35. — Shu odamlar bilan birga boraver. Lekin sen faqat Men aytgan gaplarimni gapirasan, — dedi Egamizning farishtasi. Shunday qilib, Balom Boloqning a’yonlari bilan birga ketaverdi.
36. Boloq Balomning kelayotganini eshitdi–yu, uni kutib olish uchun Ir shahriga yetib keldi. Bu shahar Arnon soyligi bo‘yida, Mo‘ab yurtining chegarasida joylashgan edi.
37. Boloq Balomga dedi: — Men sening oldingga bundan oldin ham odamlarimni yuborgan edim–ku! Nimaga o‘shanda kela qolmading? Yo meni, yetarli darajada taqdirlay olmaydi, deb o‘yladingmi?
38. — Mana, endi keldim oldingga, — dedi Balom. — Xudo og‘zimga solgan so‘zlardan bo‘lak men nima ham ayta olar edim?!
39. Balom Boloq bilan birga ketdi. Ular Xirat– Xuzo‘t shahriga kelishdi.
40. Boloq mol va qo‘ylar so‘yib, qurbonlik qildi. Balomga va unga hamroh bo‘lib kelgan a’yonlarga ham qurbonlikdan ulashdi.
41. Boloq keyingi kuni ertalab Balomni Bomo‘t– Baal tepaligiga olib chiqdi. Balom u yerdan turib Isroil xalqining bir qismini ko‘rdi.
1. Balom Boloqqa dedi: — Shu yerda men uchun yettita qurbongoh qurib, yettita buqa va yettita qo‘chqorni tayyorlab qo‘y.
2. Boloq Balom aytganday qildi. So‘ng ikkovlari har bir qurbongohda bittadan buqa va bittadan qo‘chqorni qurbonlik qilishdi.
3. Keyin Balom Boloqqa dedi: — Sen kuydirilgan qurbonliklaring yonida qol, men esa borib ko‘ray, Egamiz menga peshvoz chiqarmikin. U menga nimani ayon qilsa, shuni senga aytaman. Balom tepalikka chiqdi.
4. Xudo Balom bilan uchrashgach, Balom Xudoga dedi: — Men yettita qurbongoh qurdirib, har bir qurbongohda bittadan buqa va bittadan qo‘chqorni qurbonlik qildim.
5. Egamiz Balomning og‘ziga so‘z solib: — Boloqning oldiga qaytib bor, unga Men aytgan so‘zlarimni yetkaz, — dedi.
6. Balom Boloqning oldiga qaytib keldi. Boloq hamma Mo‘ab a’yonlari bilan birga kuydirilgan qurbonliklarning yonida turgan edi.
7. Balom quyidagicha bashorat qildi: “Meni Mo‘ab shohi Boloq sharqiy tog‘lardan, Oramdan olib kelib, dedi: “Kel, men uchun Yoqub naslini la’natla, Kel, Isroil xalqini sen qarg‘a!”
8. Xudo la’natlamaganni men qanday la’natlayin?! Egamiz qarg‘amaganni qanday qilib qarg‘ayin?!
9. Qoyaning tepasida turib men ularni ko‘ryapman, Tepalikdan ularga qarab turibman, Yashaydi bu xalq hammadan alohida. O‘zgachadir ular xalqlar orasida.
10. Qumday sanoqsiz bo‘lgan Yoqub naslini kim sanab chiqar?! Isroilning choragini kim hisoblab chiqa olar?! Men ham to‘g‘ri odam kabi olamdan o‘tay, Iloyim, bo‘lsin ularnikiday oxiratim baxayr.”
11. — Sen nima qilyapsan o‘zi? — dedi Boloq Balomga. — Men seni, dushmanlarimni la’natlaydi, deb chaqirtirib kelgan edim, sen esa ularni duo qilyapsan–ku!
12. — Men faqat Egamiz og‘zimga solgan so‘zni aytishim kerak–ku! — deb javob berdi Balom.
13. — Kel, men bilan birga boshqa joyga bora qol, — dedi unga Boloq. — Sen o‘sha joydan Isroil xalqining bir qismini ko‘rasan. O‘sha joydan turib Isroilni men uchun la’natla.
14. Boloq Balomni Fisgax tog‘ tizmasi tepasidagi Zo‘fim degan yassi joyga boshlab keldi. U yerda ham yettita qurbongoh qurib, har bir qurbongoh ustida bittadan buqa va bittadan qo‘chqorni qurbonlik qildi.
15. So‘ng Balom Boloqqa dedi: — Sen shu yerda — kuydirilgan qurbonliklaring yonida qol, men esa hov anavi yerga borib, Egamiz bilan uchrashib kelaman.
16. Egamiz Balomga peshvoz chiqib, uning og‘ziga so‘z soldi. So‘ng: — Boloqning oldiga qaytib bor, unga Men aytgan so‘zlarimni ayt, — dedi.
17. Balom Boloqning oldiga qaytib keldi. Boloq Mo‘ab a’yonlari bilan birga kuydirilgan qurbonliklarning yonida turgan edi. — Egang nima dedi? — deb so‘radi undan Boloq.
18. Balom quyidagicha bashorat qildi: “Menga qara, ey, Zippur o‘g‘li Boloq, Gaplarimni eshit, yaxshilab solgin quloq.
19. Xudo inson emaski, U yolg‘on gapirsa, U odam emaski, fikrini o‘zgartirsa. U doim va’dasi ustidan chiqar! O‘z aytganlarin albatta bajarar!
20. Xudo menga berdi duo so‘zlarini, O‘zgartira olmayman men Xudoning barakasini.
21. Men Isroilning kelajagini ko‘ryapman, Yoqub nasli boshiga kulfat tushmas, Bu xalq biror ko‘rgilik ko‘rmas. Egasi Xudo ularning orasida, Shoh, deya olqishlar Uni hamma.
22. Yovvoyi buqaning kuchi bilan Xudo ularni Misrdan olib chiqqan.
23. Yoqub nasliga qarshi sehr–jodu yo‘q, Isroilga qarshi folbinlik yo‘q. Odamlar Yoqub nasli haqida, Isroil to‘g‘risida: “Qaranglar, Xudo nimalarni qilgan”, deb aytishar.
24. Isroil xalqi sher kabi qo‘zg‘alar, Arslonday sakrab turar, O‘ljasini yeb bitirmaguncha, Qurbonlarning qoniga to‘ymaguncha yotmas.”
25. Shundan so‘ng Boloq Balomga aytdi: — Isroil xalqini la’natlamagin ham, duo ham qilmagin!
26. Lekin Balom Boloqqa: — Men sizga, faqat Egamizning aytganini qilaman, deb aytmaganmidim?! — dedi.
27. — Yur, endi men seni boshqa joyga olib boraman, — dedi Boloq. — Balki shunda Xudo mamnun bo‘lib, o‘sha yerdan turib men uchun Isroilni la’natlashingga yo‘l qo‘yar.
28. Boloq Balomni Piyor tog‘ining tepasiga boshlab olib chiqdi. Bu tog‘dan sahroning manzarasi ko‘rinib turardi.
29. Balom Boloqqa dedi: — Shu yerda menga yettita qurbongoh qurib, yettita buqa bilan yettita qo‘chqorni tayyorlab qo‘y.
30. Boloq Balom aytganday qilib, har bir qurbongohda bittadan buqa va bittadan qo‘chqorni qurbonlik qildi.
1. Balom Isroilni duo qilayotgani Egamizga ma’qul kelganini ko‘rib, bu safar fol ochgani bormadi. U sahro tomon nazar tashlab,
2. u yerda qabila–qabila bo‘lib qarorgoh qurgan Isroil xalqini ko‘rdi. Shunda Xudoning Ruhi Balomni qamrab oldi,
3. Balom shunday bashorat qildi: “Bavo‘r o‘g‘li Balom gapiryapti, Ko‘zi ochiq inson so‘zlayapti.
4. Xudoning kalomini eshitgan, Qodir Xudodan kelgan vahiyni ko‘rgan, Hushidan ayrilgan, lekin ko‘zlari katta ochiq odam aytyapti.
5. Ey, Yoqub nasli! Chodirlaringiz qanday ajoyib! Ey, Isroil xalqi! Makoningiz qanday go‘zal!
6. Chodiru makonlaringiz palmazor singari bepoyon, Bamisoli daryo bo‘yidagi bog‘–rog‘lardir, Egamiz o‘tqazgan aloega o‘xshar, Suv bo‘yidagi sadr daraxti kabidir.
7. Ularning chelaklari suv bilan to‘lib–toshar, Ekkan urug‘lari miriqib suvga to‘yar. Isroil shohi O‘gaxdan ustun bo‘lar, Isroil shohligi g‘oyat yuksalar.
8. Yovvoyi buqaning kuchi bilan Xudo Misrdan olib chiqqan ularni. Isroil xalqi yamlamay yutar g‘animlarini, Ularning suyaklarini maydalab tashlar, O‘qlar otib, ularni yakson etar.
9. Ana, u urg‘ochi sherday egildi–da, yotdi. Uni turg‘izishga kim jur’at etar?! Seni duo qilganlar baraka topar, Seni la’natlaganlar la’nati bo‘lar!”
10. Boloq Balomdan qattiq g‘azablanganidan kaftini kaftiga urib: — Men seni, g‘animlarimni la’natlagin, deb oldirib kelgan edim. Sen esa ularni uch marta duo qilding! — deb do‘q urdi.
11. — Yo‘qol! Uyingga jo‘na! Men seni mukofotlamoqchi edim, lekin Egang seni mukofotdan mahrum qildi.
12. Shunda Balom Boloqqa dedi: — Mening oldimga jo‘natgan choparlaringga:
13. “Boloq menga saroyidagi hamma oltinu kumushini bersa ham, men Egamizning aytganidan chetga chiqa olmayman. O‘z ixtiyorim bilan biror yaxshi yoki yomon ish qilolmayman. Egamiz menga nima desa, shuni aytaman”, deb aytmaganmidim?!
14. Endi men o‘z xalqim oldiga qaytib ketaman. Lekin ketishimdan oldin, Isroil xalqi kelajakda xalqing boshiga qanday kunlarni solishini senga aytib qo‘yay.
15. Shundan so‘ng Balom quyidagicha bashorat qildi: “Bavo‘r o‘g‘li Balom gapiryapti, Ko‘zi ochiq inson so‘zlayapti.
16. Xudoning kalomini eshitgan, Xudoyi Taolodan ilmu ma’rifat olgan, Qodir Xudoning vahiyini ko‘rgan, Hushidan ayrilgan, lekin ko‘zlari katta ochiq odam aytyapti.
17. Uni ko‘ryapman–u, lekin shu topda yo‘q, Unga qarayapman–u, lekin u yaqin emas. Bir yulduz chiqar Yoqub naslidan, Saltanat hassasi Isroil xalqidan. Vayron qilar u Mo‘ab chegaralarini, Yakson etar Shet xalqining yerlarini.
18. Edom o‘ljaga aylanar, Ha, Seir g‘animlarning mulki bo‘lar, Isroil xalqi esa zafarni quchar.
19. Yoqub naslidan hukmdor chiqar, Ir xalqini tamom qirib tashlar.”
20. So‘ng Balom Omolek xalqini ko‘rib, ular haqida shunday bashorat qildi: “Xalqlarning sardoridir Omoleklar, Lekin oxiri abadiy halokatga yo‘liqar ular.”
21. Keyin u Xayin xalqini ko‘rib, ular haqida quyidagicha bashorat qildi: “Mustahkamdir sizning boshpanangiz, Tog‘ cho‘qqisida joylashgan sizning iningiz.
22. Oshur xalqi sizni asir qilib olib ketajak, Shunda Xayin xalqi qirilib yo‘q bo‘lajak.”
23. Balom yana bashoratini davom ettirdi: “Evoh! Xudo shu ishlarni amalga oshirgach, kim tirik qolar?!
24. Kiprdan suzib kelar kemalar, Oshur va Ibir xalqlarini taslim etishar. Abadiy halokatga uchraydi ular.”
25. Shundan keyin Balom yo‘lga chiqib, uyiga jo‘nadi. Boloq ham o‘z yo‘liga ketdi.
1. Isroil xalqi Shitimda o‘rnashganda, Isroil erkaklari Mo‘ab ayollari bilan zino qila boshlashdi.
2. Mo‘ab ayollari ularni o‘z xudolariga bag‘ishlangan qurbonlik ziyofatlariga taklif etishdi. Isroil xalqi ularning qurbonligidan tanovul qilib, xudolariga ham sajda etdi.
3. Isroil xalqi Piyor tog‘idagi Baalga qattiq bog‘lanib qolgani uchun, Egamiz ulardan g‘azablandi.
4. U Musoga shunday dedi: — Bu xalqning boshliqlarini ushla, ularni kuppa–kunduzi Men, Egangizning oldida qatl qil, jasadlarini esa tik o‘rnatilgan xodaning uchiga qoqtir. Shunda Men Isroil xalqidan qahr– g‘azabimni qaytaraman.
5. Muso Isroil hakamlariga: — Piyordagi Baalga sajda qilgan har bir odamingizni o‘ldiringlar, — deb buyruq berdi.
6. Shu payt Isroil xalqidan bittasi Musoning va butun Isroil jamoasining ko‘zi oldida qarorgohga Midiyonlik bir ayolni boshlab kelib qoldi. Jamoa Uchrashuv chodiriga kiraverishda yig‘lab turgan edi.
7. Ruhoniy Horunning nabirasi — Elazar o‘g‘li Finxaz buni ko‘rdi–yu, o‘rnidan turib, jamoa orasidan chiqib ketdi. U nayzasini olib,
8. Isroil xalqidan bo‘lgan o‘sha odamning orqasidan chodirga kirdi–da, nayzasi bilan ikkovini ham o‘ldirdi. Finxazning sanchgan nayzasi o‘sha odamning badanini teshib o‘tib, ayolning qorniga kirgan edi. Shundan keyingina Isroil xalqi orasidagi o‘lat to‘xtadi.
9. Lekin o‘latdan 24.000 odam o‘lib bo‘lgan edi.
10. Shunda Egamiz Musoga:
11. — Ruhoniy Horunning nabirasi — Elazar o‘g‘li Finxaz Mening qahr–g‘azabimni Isroil xalqidan qaytardi, — dedi. — Isroil xalqi orasida u Menga jon kuydirgani uchun, Men g‘azab ustida ularga qirg‘in keltirmadim.
12. Sen unga ayt: Men Finxaz bilan alohida tinchlik ahdimni tuzaman.
13. Bu ahdga muvofiq, Finxazning o‘zi va uning avlodi to abad ruhoniy bo‘lishadi, chunki u o‘z Xudosiga — Menga jon kuydirib, qilgan ishi bilan Isroil xalqidan Mening g‘azabimni qaytardi.
14. Midiyonlik ayol bilan birga o‘ldirilgan Isroil odamining ismi Zimri bo‘lib, Shimo‘n qabilasining urug‘boshisi Soluning o‘g‘li edi.
15. O‘ldirilgan ayolning ismi esa Xozbi edi, u Midiyonlikning urug‘boshisi Zurning qizi edi.
16. Egamiz Musoga:
17. — Midiyon xalqini dushman deb bilinglar, ularni qirib tashlanglar! — dedi.
18. — Chunki ular sizlarga dushmanlik qilib, Piyordagi voqea orqali sizlarni yo‘ldan ozdirishdi. Bundan tashqari, Piyorda o‘lat hukmronlik qilgan kuni o‘lgan Midiyonlik yo‘lboshchining qizi Xozbi orqali sizlarni aldashdi.
1. O‘latdan so‘ng Egamiz Muso bilan ruhoniy Horun o‘g‘li Elazarga dedi:
2. “Jamiki Isroil xalqining urushga yaroqli bo‘lgan yigirma va undan yuqori yoshdagi hamma erkaklarini xonadoni bo‘yicha sanab chiqinglar.”
3. Bu paytda Isroil xalqi Mo‘ab tekisligida, Yerixo shahri ro‘parasidagi Iordan daryosi bo‘yida qarorgoh qurgan edi. Muso bilan ruhoniy Elazar xalqqa:
4. “Egamiz bizga amr qilganday yigirma yoshdan yuqori bo‘lgan erkaklarini sanab chiqinglar”, deb aytishdi. Misr yurtidan chiqqan jamiki Isroil xalqining ro‘yxati quyidagicha edi:
5. Ruben Isroilning to‘ng‘ichidir. Ruben o‘g‘illaridan kelib chiqqan urug‘lar shulardir: Xano‘xdan Xano‘x urug‘i, Palluvdan Palluv urug‘i,
6. Xazrondan Xazron urug‘i, Karmidan Karmi urug‘i kelib chiqqan.
7. Ruben urug‘lari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 43.730 kishi chiqdi.
8. Palluvning Eliyob degan o‘g‘li bor edi,
9. Eliyobning esa Namuvol, Datan va Aburam degan o‘g‘illari bor edi. Ko‘raxning izdoshlari Egamizga qarshi isyon ko‘tarishganda, ularga qo‘shilishib Muso bilan Horunga qarshi bosh ko‘targan Datan va Aburam o‘shalardir. Ular Isroil yo‘lboshchilari edi.
10. Yer yorilib, Ko‘rax bilan birga ularni ham yutib yuborgandi. O‘sha kuni alanga Ko‘raxning 250 ta izdoshini kuydirib yo‘q qilgandi. Mana shu voqea xalqqa ogohlantirish edi.
11. Lekin Ko‘raxning o‘g‘illari o‘sha kuni omon qoldi.
12. Shimo‘n o‘g‘illaridan kelib chiqqan urug‘lar shulardir: Namuvoldan Namuvol urug‘i, Yomindan Yomin urug‘i, Yoxindan Yoxin urug‘i,
13. Zeraxdan Zerax urug‘i, Shovuldan Shovul urug‘i kelib chiqqan.
14. Shimo‘n urug‘lari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 22.200 kishi chiqdi.
15. Gad o‘g‘illaridan kelib chiqqan urug‘lar shulardir: Zafo‘ndan Zafo‘n urug‘i, Xagidan Xagi urug‘i, Shunodan Shuno urug‘i,
16. Oznaxdan Oznax urug‘i, Yeridan Yeri urug‘i,
17. Aro‘ddan Aro‘d urug‘i, Eralidan Erali urug‘i kelib chiqqan.
18. Gad urug‘lari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 40.500 kishi chiqdi.
19. -
20. Yahudo o‘g‘illaridan kelib chiqqan urug‘lar shulardir: Shelodan Shelo urug‘i, Parazdan Paraz urug‘i, Zeraxdan Zerax urug‘i kelib chiqqan. Yahudoning ikki o‘g‘li G‘ur va O‘nan Kan’on yurtida olamdan o‘tgan edilar.
21. Parazdan kelib chiqqan urug‘lar shulardir: Xazrondan Xazron urug‘i, Xomuldan Xomul urug‘i kelib chiqqan.
22. Yahudo urug‘lari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 76.500 kishi chiqdi.
23. Issaxor o‘g‘illaridan kelib chiqqan urug‘lar shulardir: To‘lodan To‘lo urug‘i, Puvaxdan Puvax urug‘i,
24. Yoshuvdan Yoshuv urug‘i, Shimrondan Shimron urug‘i kelib chiqqan.
25. Issaxor urug‘lari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 64.300 kishi chiqdi.
26. Zabulun o‘g‘illaridan kelib chiqqan urug‘lar shulardir: Sareddan Sared urug‘i, Elo‘ndan Elo‘n urug‘i, Yaxliyoldan Yaxliyol urug‘i kelib chiqqan.
27. Zabulun urug‘lari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 60.500 kishi chiqdi.
28. Yusufning o‘g‘illari Manashe va Efrayimdan kelib chiqqan urug‘lar quyidagilardir:
29. Manashedan kelib chiqqan urug‘lar shulardir: Moxirdan Moxir urug‘i kelib chiqdi. Gilad urug‘i Moxirning o‘g‘li Giladdan kelib chiqqan.
30. Giladdan kelib chiqqan urug‘lar quyidagichadir: Yazardan Yazar urug‘i, Xalekdan Xalek urug‘i,
31. Osriyoldan Osriyol urug‘i, Shakamdan Shakam urug‘i,
32. Shamidodan Shamido urug‘i, Xaferdan Xafer urug‘i kelib chiqqan.
33. Xafer o‘g‘li Zalofxodning o‘g‘li yo‘q, qizlari bor edi, xolos. Zalofxod qizlarining ismlari Maxlo, Nuvah, Xo‘glax, Milxo va Tirza edi.
34. Manashe urug‘lari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 52.700 kishi chiqdi.
35. Efrayim o‘g‘illaridan kelib chiqqan urug‘lar shulardir: Shutalaxdan Shutalax urug‘i, Boxirdan Boxir urug‘i, Taxandan Taxan urug‘i kelib chiqqan.
36. Shutalax o‘g‘li Irondan Iron urug‘i kelib chiqqan.
37. Efrayim urug‘lari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 32.500 kishi chiqdi. Yusuf nasli urug‘lari bo‘yicha ana shulardan iboratdir.
38. Benyamin o‘g‘illaridan kelib chiqqan urug‘lar shulardir: Belaxdan Belax urug‘i, Oshboldan Oshbol urug‘i, Oxiramdan Oxiram urug‘i,
39. Shafufamdan Shafufam urug‘i, Xufamdan Xufam urug‘i kelib chiqqan.
40. Belaxning o‘g‘illari Ard va No‘mandan kelib chiqqan urug‘lar shulardir: Arddan Ard urug‘i, No‘mandan No‘man urug‘i kelib chiqqan.
41. Benyamin urug‘lari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 45.600 kishi chiqdi.
42. Dan o‘g‘li Xushimdan Xushim urug‘i kelib chiqqan. Dan urug‘lari shulardan iboratdir:
43. butun Dan nasli Shuxom urug‘idan tashkil topgan edi. Ular sanalganda, 64.400 kishi chiqdi.
44. Osher o‘g‘illaridan kelib chiqqan urug‘lar shulardir: Yimnaxdan Yimnax urug‘i, Yishvidan Yishvi urug‘i, Bariyodan Bariyo urug‘i kelib chiqqan.
45. Bariyo o‘g‘illaridan kelib chiqqan urug‘lar shulardir: Xaberdan Xaber urug‘i, Malxiyoldan Malxiyol urug‘i kelib chiqqan.
46. Osherning Serax degan qizi ham bor edi.
47. Osher urug‘lari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 53.400 kishi chiqdi.
48. Naftali o‘g‘illaridan kelib chiqqan urug‘lar shulardir: Yaxzayoldan Yaxzayol urug‘i, Go‘nodan Go‘no urug‘i,
49. Izardan Izar urug‘i, Shillemdan Shillem urug‘i kelib chiqqan.
50. Naftali urug‘lari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 45.400 kishi chiqdi.
51. Shunday qilib, Isroil xalqining hamma erkaklari sanalganda, 601.730 kishi chiqdi.
52. Egamiz Musoga dedi:
53. “Yerni qabilalarga odamlarning soniga ko‘ra, mulk qilib bo‘lib ber.
54. Katta qabilaga kattaroq ulush ber, kichik qabilaga kichikroq ulush ber. Har bir qabilaga ro‘yxatga olingan odamlarning miqdoriga qarab ulush berilsin.
55. Yerni qabilalarga ro‘yxatdagi odamlarning soniga qarab bo‘lib berayotganingizda, qur’a tashlanglar.
56. Har bir qabilaning ulushi qabilaning katta–kichikligiga qarab qur’a bo‘yicha taqsimlansin.”
57. Levi qabilasining ro‘yxati esa, urug‘lari bo‘yicha, quyidagichadir: Gershondan Gershon urug‘i, Qohotdan Qohot urug‘i, Maroridan Marori urug‘i kelib chiqqan.
58. Bu urug‘lardan: Lubnax urug‘i, Xevron urug‘i, Maxli urug‘i, Mushi urug‘i, Ko‘rax urug‘i kelib chiqqan. Qohot Imromning otasi edi.
59. Imromning xotini esa Yo‘xavad degan ayol edi. Yo‘xavad Levining qizi bo‘lib, u Misrda tug‘ilgan edi. Yo‘xavad Imromga ikki o‘g‘il — Horun va Musoni hamda bir qiz — Maryamni tug‘ib berdi.
60. Horunning Nadov, Abihu, Elazar, Itamar degan o‘g‘illari bor edi.
61. Nadov va Abihu Egamiz amr etmagan olovni Uning huzuriga olib kelganlari uchun nobud bo‘lgan edilar.
62. Shunday qilib, Levi qabilasining bir oylik va undan yuqori yoshdagi erkaklari sanalganda, 23.000 kishi chiqdi. Levilarga Isroil xalqi orasida ulush berilmagani uchun, ular Isroil xalqi qatorida ro‘yxatga olinmagan edi.
63. Muso bilan ruhoniy Elazar Mo‘ab tekisligida, Yerixo shahri ro‘parasidagi Iordan daryosi bo‘yida ro‘yxatga olgan Isroil xalqi ana shulardan iborat edi.
64. Muso bilan ruhoniy Horun Sinay sahrosida ro‘yxatga olgan odamlarning birortasi bu ro‘yxatga kirmadi,
65. chunki Egamiz Isroil xalqining o‘sha avlodiga: “Sizlar sahroda o‘lib ketasizlar”, deb aytgandi. Ulardan faqat Natan o‘g‘li Xolib va Nun o‘g‘li Yoshua tirik qolgan edi.
1. Bir kuni Zalofxodning qizlari Uchrashuv chodiri kiraverishiga kelishdi. Zalofxod Xaferning o‘g‘li, Giladning nevarasi, Moxirning evarasi, Yusuf o‘g‘li Manashening chevarasi edi. Xullas, Zalofxod Manashe urug‘idan edi. Zalofxod qizlarining ismlari Maxlo, Nuvah, Xo‘glax, Milxo va Tirza edi.
2. Ular Muso, ruhoniy Elazar, yo‘lboshchilar va butun jamoaning oldida turib shunday deyishdi:
3. — Otamiz sahroda vafot etdi. U Egamizga qarshi yig‘ilgan Ko‘raxning to‘dasiga sherik bo‘lmagan, o‘z gunohi tufayli olamdan o‘tdi. Otamizning o‘g‘li yo‘q.
4. O‘g‘li bo‘lmagani uchun otamizning nomi urug‘i orasidan o‘chib ketishi kerakmi? Bizga ham amakilarimiz qatori yerni mulk qilib beringlar.
5. Muso ularning talabini Egamizga aytdi.
6. Egamiz shunday javob qaytardi:
7. — Zalofxodning qizlari haq gapni aytishyapti. Ularga albatta amakilari qatori yerni mulk qilib beringlar. Otasining ulushi qizlariga berilsin.
8. Isroil xalqiga ham shunday deb uqtir. Agar biror kishi vafot etsa–yu, o‘g‘li bo‘lmasa, uning mulki qiziga qolsin.
9. Agar qizi ham bo‘lmasa, u odamning mulki aka–ukalariga qolsin.
10. Bordi–yu, marhumning aka–ukalari ham bo‘lmasa, uning mulki amakilariga qolsin.
11. Agar marhumning amakilari ham bo‘lmasa, uning mulki urug‘idagi eng yaqin qarindoshiga qolsin. O‘sha qarindoshi merosxo‘r bo‘lsin. Sen orqali, Men, Egangiz, bergan amr Isroil xalqi uchun qonun bo‘lib qaror topsin.
12. Egamiz yana Musoga dedi: — Aborim tizmasidagi anavi toqqa chiqib, Men Isroil xalqiga beradigan yurtga qara.
13. O‘sha yurtni ko‘rganingdan keyin akang Horun singari olamdan o‘tasan.
14. Chunki jamoa Zin cho‘lida Mendan noliganda, sizlar ikkovingiz Mening amrimga qarshi isyon qilgan edingizlar. Mariva suvlari yonida jamoaning ko‘zi oldida Mening muqaddasligimni namoyon qilmadingizlar. (O‘sha Mariva suvlari Zin cho‘lidagi Kadesh yaqinidadir.)
15. Muso Egamizga dedi:
16. — Ey, Egam, odamzod ruhlarining Xudosi, jamoa ustidan bir odamni tayinla.
17. U xalqni janglarga boshlab borsin, toki Sening jamoang cho‘ponsiz qo‘yday bo‘lib qolmasin. Shunda Egamiz Musoga:
18. — Nun o‘g‘li Yoshuani yoningga ol, — dedi. — Unda Mening Ruhim bor. Yoshuaga qo‘lingni qo‘y.
19. Keyin uni ruhoniy Elazarning va butun jamoaning oldida turg‘izib, xalq yo‘lboshchisi etib tayinla.
20. Butun Isroil jamoasi unga itoat qilishi uchun, Yoshuaga o‘z salohiyatingdan ber.
21. Yoshua hamma ishni Elazar bilan bamaslahat qilsin. Elazar Urim orqali Yoshua uchun Mening irodamni bilib bersin. Yoshua va butun Isroil jamoasi hamma vaziyatda shunga qarab ish tutsin.
22. Egamiz amr etganday, Muso Yoshuani ruhoniy Elazar va butun jamoaning oldida tik turg‘izib qo‘ydi.
23. So‘ng Egamizning Musoga bergan amriga muvofiq, qo‘lini Yoshuaga qo‘yib, Isroil xalqining yo‘lboshchisi qilib tayinladi.
1. Egamiz Musoga aytdi:
2. “Isroil xalqiga shunday deb buyur: ular taom nazrlarini Menga har doim belgilangan vaqtda keltirishsin. Kuydiriladigan bu nazrlardan Menga yoqimli hid keladi.”
3. Egamiz davom etib, Isroil xalqiga olovda kuydiriladigan nazrlar to‘g‘risida quyidagi qonunlarni yetkaz, deb Musoga amr berdi: “Har kuni ikkita nuqsonsiz bir yoshli qo‘chqor qo‘zini Egamizga kunda kuydiriladigan qurbonlik qilinglar.
4. Bitta qo‘zini ertalab, ikkinchisini kechqurun qurbonlik qilinglar.
5. Har bir qo‘ziga qo‘shib, ikki kosa toza zaytun moyi aralashtirilgan to‘rt kosa sifatli unni don nazri qilib keltiringlar.
6. Egamizga yoqimli hid borishi uchun olovda kunda kuydiriladigan qurbonliklar ilk bor Sinayda joriy qilingan edi.
7. Har bir qo‘ziga qo‘shib ikki kosa sharob nazrini ham keltiringlar. Sharobni Egamizga atab Muqaddas chodirda nazr qilib quyinglar.
8. Ikkinchi qo‘zini kechqurun qurbonlik qilinglar. Ertalabki qurbonlik singari, bu qurbonlikka qo‘shib, belgilangan miqdorda don bilan sharob nazri qilinglar. Olovda kuydiriladigan bu qurbonliklardan Egamizga yoqimli hid boradi.
9. Shabbat kuni esa ikkita bir yoshli nuqsonsiz qo‘chqor qo‘zini qurbonlik qilinglar. Bu qurbonliklar bilan birga belgilangan miqdorda sharob nazrini va zaytunmoyi aralashtirilgan sakkiz kosa sifatli unni don nazri qilib keltiringlar.
10. Bu kuydiriladigan qurbonliklarni har Shabbatda kunda kuydiriladigan qurbonliklardan va unga qo‘shib qilinadigan sharob nazridan tashqari keltiringlar.
11. Har oyning boshida ikkita buqani, bitta qo‘chqorni va yettita bir yoshli qo‘chqor qo‘zini Egamizga atab kuydiriladigan qurbonlik qilinglar. Hamma jonivorlar nuqsonsiz bo‘lsin.
12. Bu qurbonliklarga qo‘shib quyidagi miqdorda zaytun moyi aralashtirilgan sifatli unni don nazri qilib keltiringlar: har bir buqa bilan o‘n ikki kosa un, qo‘chqor bilan sakkiz kosa un,
13. har bir qo‘chqor qo‘zi bilan to‘rt kosa un. Olovda kuydiriladigan bu qurbonliklardan Egamizga yoqimli hid boradi.
14. Har bir buqa bilan to‘rt kosa sharob, har bir qo‘chqor bilan uch kosa sharob, har bir qo‘chqor qo‘zi bilan esa ikki kosa sharobni nazr qilinglar. Bu kuydiriladigan nazrlarni har oyning birinchi kunida ado etinglar.
15. Bundan tashqari, bitta takani Egamizga gunoh qurbonligi qilinglar. Bu hamma qurbonligu nazrlarni kunda kuydiriladigan qurbonliklar va ularga qo‘shib qilinadigan sharob nazridan tashqari keltiringlar.
16. Birinchi oyning o‘n to‘rtinchi kuni Egamizga bag‘ishlangan Fisih qurbonligini nazr qilinglar.
17. O‘n beshinchi kuni esa yetti kunlik bayram boshlanadi, sizlar yetti kun davomida xamirturushsiz non yeyishlaringiz lozim.
18. Bayramning birinchi kuni butun xalq muqaddas yig‘inga kelsin. Har kungi ishlaringizni qilmanglar.
19. Egamizga atab ikkita buqani, bitta qo‘chqorni va yettita bir yoshli qo‘chqor qo‘zini olovda kuydiriladigan qurbonlik qilinglar. Hamma jonivorlar nuqsonsiz bo‘lsin.
20. Bu qurbonliklarga qo‘shib quyidagi miqdorda zaytun moyi aralashtirilgan sifatli unni don nazri qilib keltiringlar: har bir buqa bilan o‘n ikki kosa un, qo‘chqor bilan sakkiz kosa un,
21. har bir qo‘chqor qo‘zi bilan to‘rt kosa un.
22. O‘zlaringizni gunohdan poklash uchun takani gunoh qurbonligi qilinglar.
23. -
24. Bu nazrlarni kunda ertalab kuydiriladigan qurbonlikdan tashqari, yetti kun davomida keltiringlar. Bu taom nazrlarni Egamizga yoqimli hid bo‘lishi uchun olovda kuydiringlar. Bular kunda kuydiriladigan qurbonliklar va ularga qo‘shib qilinadigan sharob nazridan tashqari keltirilsin.
25. Yettinchi kuni ham butun xalq muqaddas yig‘inga kelsin. O‘sha kuni odatdagi ishlaringizni qilmanglar.
26. Hosil bayramining birinchi kuni, Egamizga yangi hosilingizning donini nazr qilganingizda, butun xalq muqaddas yig‘inga kelsin. O‘sha kuni odatdagi ishlaringizni qilmanglar.
27. Egamizga yoqimli hid borishi uchun ikkita buqa, bitta qo‘chqor, yettita bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qilinglar.
28. Bu qurbonliklarga qo‘shib quyidagi miqdorda zaytun moyi aralashtirilgan sifatli unni don nazri qilib keltiringlar: har bir buqa bilan o‘n ikki kosa un, qo‘chqor bilan sakkiz kosa un,
29. har bir qo‘chqor qo‘zi bilan to‘rt kosa un.
30. O‘zlaringizni gunohdan poklash uchun bitta takani qurbonlik qilinglar.
31. Bu nazrlarni va ularga qo‘shib qilinadigan sharob nazrini — kunda kuydiriladigan qurbonliklar va ularga qo‘shib qilinadigan don nazridan tashqari keltiringlar. Qurbonlik qilinadigan hamma jonivorlaringiz nuqsonsiz bo‘lsin.
1. Yettinchi oyning birinchi kunida butun xalq muqaddas yig‘inga kelsin, har kungi ishlaringizni qilmanglar. O‘sha kuni karnaylar chalinsin.
2. Egamizga yoqimli hid borishi uchun bitta buqani, bitta qo‘chqorni va yettita bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qilinglar. Jonivorlar nuqsonsiz bo‘lsin.
3. Qurbonliklarga qo‘shib quyidagi miqdorda zaytun moyi aralashtirilgan sifatli unni don nazri qilib keltiringlar: buqa bilan o‘n ikki kosa un, qo‘chqor bilan sakkiz kosa un,
4. har bir qo‘chqor qo‘zi bilan to‘rt kosa un.
5. O‘zlaringizni gunohlardan poklash uchun bitta takani gunoh qurbonligi qilinglar.
6. Bu nazrlar har oyning boshida va kunda kuydiriladigan qurbonliklardan, ularga qo‘shib, belgilangan miqdorda qilinadigan don bilan sharob nazrlaridan tashqari keltirilsin. Bular Egamizga yoqimli hid borishi uchun olovda kuydirilsin.
7. Yettinchi oyning o‘ninchi kuni ham butun xalq muqaddas yig‘inga kelsin. Shu kuni ro‘za tutinglar, hech qanday ish qilmanglar.
8. Egamizga yoqimli hid borishi uchun bitta buqani, bitta qo‘chqorni va yettita bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qilinglar. Jonivorlar nuqsonsiz bo‘lsin.
9. Bu qurbonliklarga qo‘shib quyidagi miqdorda zaytunmoyi aralashtirilgan sifatli unni don nazri qilib keltiringlar: buqa bilan o‘n ikki kosa un, qo‘chqor bilan sakkiz kosa un,
10. har bir qo‘chqor qo‘zi bilan to‘rt kosa un.
11. Bitta takani gunoh qurbonligi qilinglar. Bu nazrlar gunohlardan poklash qurbonligidan va unga qo‘shib qilinadigan sharob nazridan hamda kunda kuydiriladigan qurbonliklaru ularga qo‘shib qilinadigan don bilan sharob nazrlaridan tashqari keltirilsin.
12. Yettinchi oyning o‘n beshinchi kuni ham butun xalq muqaddas yig‘inga kelsin. Har kungi ishlaringizni qilmanglar. Yetti kun davomida Egamizga atab bayram qilinglar.
13. Birinchi kuni Egamizga yoqimli hid borishi uchun o‘n uchta buqani, ikkita qo‘chqorni va o‘n to‘rtta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini olovda kuydiriladigan qurbonlik qilinglar. Jonivorlar nuqsonsiz bo‘lsin.
14. Bu qurbonliklarga qo‘shib quyidagi miqdorda zaytun moyi aralashtirilgan sifatli unni don nazri qilib keltiringlar: har bir buqa bilan o‘n ikki kosa un, har bir qo‘chqor bilan sakkiz kosa un,
15. har bir qo‘chqor qo‘zi bilan to‘rt kosa un.
16. Bitta takani gunoh qurbonligi qilinglar. Bu nazrlar kunda kuydiriladigan qurbonliklar va ularga qo‘shib qilinadigan don, sharob nazridan tashqari keltirilsin.
17. Ikkinchi kuni o‘n ikkita buqani, ikkita qo‘chqorni va o‘n to‘rtta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini quydiriladigan qurbonlik qilinglar. Jonivorlar nuqsonsiz bo‘lsin.
18. Har bir buqa, qo‘chqor va qo‘chqor qo‘ziga qo‘shib, belgilangan miqdorda don bilan sharob nazrlarini keltiringlar.
19. Bitta takani gunoh qurbonligi qilinglar. Bu nazrlar kunda kuydiriladigan qurbonliklar va ularga qo‘shib qilinadigan don bilan sharob nazridan tashqari keltirilsin.
20. Uchinchi kuni o‘n bitta buqani, ikkita qo‘chqorni va o‘n to‘rtta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini quydiriladigan qurbonlik qilinglar. Jonivorlar nuqsonsiz bo‘lsin.
21. Har bir buqa, qo‘chqor va qo‘chqor qo‘ziga qo‘shib, belgilangan miqdorda don bilan sharob nazrlarini keltiringlar.
22. Bitta takani gunoh qurbonligi qilinglar. Bu nazrlar kunda kuydiriladigan qurbonliklar va ularga qo‘shib qilinadigan don bilan sharob nazridan tashqari keltirilsin.
23. To‘rtinchi kuni o‘nta buqani, ikkita qo‘chqorni va o‘n to‘rtta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini quydiriladigan qurbonlik qilinglar. Jonivorlar nuqsonsiz bo‘lsin.
24. Har bir buqa, qo‘chqor va qo‘chqor qo‘ziga qo‘shib, belgilangan miqdorda don bilan sharob nazrlarini keltiringlar.
25. Bitta takani gunoh qurbonligi qilinglar. Bu nazrlar kunda kuydiriladigan qurbonliklar va ularga qo‘shib qilinadigan don bilan sharob nazridan tashqari keltirilsin.
26. Beshinchi kuni to‘qqizta buqani, ikkita qo‘chqorni va o‘n to‘rtta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini quydiriladigan qurbonlik qilinglar. Jonivorlar nuqsonsiz bo‘lsin.
27. Har bir buqa, qo‘chqor va qo‘chqor qo‘ziga qo‘shib, belgilangan miqdorda don bilan sharob nazrlarini keltiringlar.
28. Bitta takani gunoh qurbonligi qilinglar. Bu nazrlar kunda kuydiriladigan qurbonliklar va ularga qo‘shib qilinadigan don bilan sharob nazridan tashqari keltirilsin.
29. Oltinchi kuni sakkizta buqani, ikkita qo‘chqorni va o‘n to‘rtta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini quydiriladigan qurbonlik qilinglar. Jonivorlar nuqsonsiz bo‘lsin.
30. Har bir buqa, qo‘chqor va qo‘chqor qo‘ziga qo‘shib, belgilangan miqdorda don bilan sharob nazrlarini keltiringlar.
31. Bitta takani gunoh qurbonligi qilinglar. Bu nazrlar kunda kuydiriladigan qurbonliklar va ularga qo‘shib qilinadigan don bilan sharob nazridan tashqari keltirilsin.
32. Yettinchi kuni yettita buqani, ikkita qo‘chqorni va o‘n to‘rtta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini quydiriladigan qurbonlik qilinglar. Jonivorlar nuqsonsiz bo‘lsin.
33. Har bir buqa, qo‘chqor va qo‘chqor qo‘ziga qo‘shib, belgilangan miqdorda don bilan sharob nazrlarini keltiringlar.
34. Bitta takani gunoh qurbonligi qilinglar. Bu nazrlar kunda kuydiriladigan qurbonliklar va ularga qo‘shib qilinadigan don bilan sharob nazridan tashqari keltirilsin.
35. Sakkizinchi kuni esa butun xalq muqaddas yig‘inga kelsin, har kungi ishlaringizni qilmanglar.
36. Egamizga yoqimli hid borishi uchun bitta buqani, bitta qo‘chqorni va yettita bir yoshli qo‘chqor qo‘zini olovda kuydiriladigan qurbonlik qilinglar. Jonivorlar nuqsonsiz bo‘lsin.
37. Har bir buqa, qo‘chqor va qo‘chqor qo‘ziga qo‘shib, belgilangan miqdorda don bilan sharob nazrlarini keltiringlar.
38. Bitta takani gunoh qurbonligi qilinglar. Bu nazrlar kunda kuydiriladigan qurbonliklar va ularga qo‘shib qilinadigan don bilan sharob nazridan tashqari keltirilsin.
39. Bayramlarda Egamizga atab kuydiriladigan qurbonlik, tinchlik qurbonligi, don bilan sharob nazrlari shulardan iboratdir. Bular bergan va’dangizga muvofiq qilinadigan nazr va ko‘ngildan chiqarib beriladigan nazrlardan tashqari keltiriladi.”
1. Shunday qilib, Egamiz, yetkaz, deb buyurgan hamma qonunlarni Muso Isroil xalqiga aytdi.
2. Muso Isroil yo‘lboshchilariga Egamiz bergan quyidagi qonunlarni ham aytib berdi:
3. agar birorta erkak kishi Egamizga va’da bergan bo‘lsa yoki biror narsadan o‘zini tiyishga qasam ichgan bo‘lsa, aytganlarining hammasini bajarsin. U so‘zidan qaytmasin.
4. Agar qiz bola otasining uyida yashab yurgan davrda Egamizga va’da bersa yoki o‘zini biror narsadan tiyishga qasam ichsa,
5. otasi qizining bergan va’dasi yoki ichgan qasamini eshitib indamasa, qiz bola aytganlarining hammasini bajarishi shart.
6. Bordi–yu, otasi bularni eshitganda e’tiroz bildirsa, qizning bergan va’dasi yoki ichgan qasami bekor qilinadi. Otasi qiziga e’tiroz bildirgani uchun, Egamiz qizni bergan va’dasi yoki ichgan qasamidan ozod qiladi.
7. Agar qiz va’da bergandan keyin yo o‘ylamasdan qasam ichib qo‘ygandan keyin turmushga chiqsa,
8. uning eri bu haqda eshitib indamasa, qiz aytganlarining hammasini bajarishi shart.
9. Lekin er bu haqda eshitib e’tiroz bildirsa, er xotinining bergan va’dasi va o‘ylamasdan ichgan qasami asosidagi majburiyatlarini bekor qilgan bo‘ladi. Egamiz xotinni o‘sha majburiyatlardan ozod qiladi.
10. Beva yoki eridan ajralgan ayol bergan hamma va’dalari va o‘zini biror narsadan tiymoqchi bo‘lib, ichgan qasamlari ustidan chiqishi lozim.
11. Agar turmushga chiqqan ayol va’da bersa yoki o‘zini biror narsadan tiyishga qasam ichsa,
12. eri bu haqda eshitib indamasa, xotiniga e’tiroz bildirmasa, ayol aytganlarining hammasini bajarishi shart.
13. Lekin er bu haqda eshitib ularni taqiqlasa, xotinning og‘zidan chiqqan hamma va’dalaru qasamlar bekor qilinadi. Er ularni taqiqlagani uchun, Egamiz ayolni bergan va’dasi yoki ichgan qasamidan ozod qiladi.
14. Shunday qilib, er xotinining har qanday va’dasi yoki qasamini bajarishiga ijozat berishi yoki taqiqlashi mumkin.
15. Agar er bir kun ichida xotiniga hech qanday e’tiroz bildirmasa, xotinining zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishiga ijozat bergan hisoblanadi.
16. Ammo bir kun o‘tgandan keyin ularni bekor qilsa, xotinining gunohi uchun o‘zi jazo tortadi.
17. Egamiz Musoga bergan er va xotin o‘rtasidagi, ota va hali otasining xonadonida yashayotgan qiz o‘rtasidagi munosabatlarga oid qonunlar ana shulardan iboratdir.
1. Egamiz Musoga aytdi:
2. — Isroil xalqi uchun Midiyonlardan qasos ol. Shundan keyin sen olamdan ko‘z yumasan.
3. Shundan keyin Muso xalqqa aytdi: — Odamlaringizning bir qismini qurollantiringlar. Ular Midiyon xalqi bilan jang qilib, ulardan Egamizning qasosini olishsin.
4. Har bir Isroil qabilasidan mingtadan odamni urushga jo‘natinglar.
5. Har bir Isroil qabilasidan mingtadan odam tanlab olindi, jami o‘n ikki ming odam qurollanib jangga shay bo‘ldi.
6. Muso ularni va ular bilan birga Elazar o‘g‘li ruhoniy Finxazni urushga jo‘natdi. Finxaz o‘zi bilan muqaddas ashyolarni va karnaylarni olib ketdi. Bu karnaylar xatardan darak berish uchun chalinardi.
7. Egamiz Musoga amr qilganday, Isroil sipohlari Midiyonlar bilan jang qilishdi. Ular Midiyon xalqining butun erkak zotini qirib tashlashdi.
8. Midiyon xalqining beshala shohini — Evi, Raxem, Zur, Xur, Rabani ham boshqalar qatori o‘ldirib yuborishdi. Bavo‘r o‘g‘li Balomni ham qilichdan o‘tkazishdi.
9. Midiyon xalqining ayollariyu bolalarini asir qilib, jamiki podalarini, suruvlarini va mol–mulkini o‘lja qilib olishdi.
10. Midiyon xalqi istiqomat qilgan hamma shaharu qarorgohlarga o‘t qo‘yishdi.
11. Olgan hamma o‘ljalarini — odamidan tortib moligacha
12. qarorgohga — Muso, ruhoniy Elazar va Isroil jamoasi huzuriga olib kelishdi. Qarorgoh Mo‘ab tekisligida, Yerixo shahri ro‘parasidagi Iordan daryosi bo‘yida joylashgan edi.
13. Muso, ruhoniy Elazar va jamoaning hamma yo‘lboshchilari ularni kutib olish uchun qarorgohdan tashqariga chiqishdi.
14. Muso urushdan qaytib kelgan mingboshi va yuzboshilardan qattiq g‘azablandi.
15. — Nimaga hamma ayollarni tirik qoldirdingiz? — deb so‘radi ulardan Muso.
16. — Balomning maslahati bilan Piyor tog‘ida Isroil xalqini Egamizga xiyonat qilishga undagan shular– ku! O‘shalarning dastidan Egamizning jamoasi orasida o‘lat paydo bo‘lgan edi!
17. Qani, bo‘linglar, hamma o‘g‘il bolalarni va er ko‘rgan ayollarni o‘ldiringlar.
18. Faqat er ko‘rmagan qizlarni o‘zingiz uchun tirik qoldiringlar.
19. So‘ng yetti kun davomida qarorgohdan tashqarida bo‘linglar. Qaysi biringiz odam o‘ldirgan yoki jasadga qo‘l tekkizgan bo‘lsangiz, uchinchi va yettinchi kunlari poklaninglar. Sizlar bilan birga asirlar ham poklanishsin.
20. Hamma kiyimlarni, barcha charm va yog‘och buyumlarni, echki junidan to‘qilgan hamma narsalarni poklanglar.
21. Ruhoniy Elazar urushga borgan sipohlarga aytdi: — Musoga Egamiz amr etgan qonun shundan iborat:
22. oltin, kumush, bronza, temir, qalay va qo‘rg‘oshin
23. — olovda yonmaydigan hamma narsalarni olovdan o‘tkazib poklanglar. Bundan tashqari, poklanish suvi bilan ham poklanglar. Olovda yonadigan buyumlarni esa suvning o‘zi bilan poklanglar.
24. Yettinchi kuni kiyimlaringizni yuvinglar. Shunda pok bo‘lasizlar. Keyin qarorgohga kirsangiz bo‘ladi.
25. Egamiz yana Musoga aytdi:
26. — Sen, ruhoniy Elazar va jamoaning urug‘boshilari asir olingan odamlarni, o‘lja olingan hayvonlarni hisoblab chiqinglar.
27. Asiru o‘ljalarni teng ikki qismga bo‘lib, bir qismini urushga borgan sipohlarga, ikkinchi qismini butun jamoaga beringlar.
28. Urushga borgan sipohlar ulushidan Men, Egangiz, uchun ulush ajratinglar. Asirlar, mol, eshak, qo‘y va echkilarning har besh yuztasidan bittasini Menga ulush qilib beringlar.
29. Sipohlardan olingan bu ulushni Menga nazr qilib, ruhoniy Elazarga beringlar.
30. Xalqqa tegishli bo‘lgan o‘ljaning ikkinchi qismidan Muqaddas chodir uchun mas’ul bo‘lgan levilarga ulush beringlar. Asirlar, mol, eshak, qo‘y va echkilarning har elliktasidan bittasi levilarga berilsin.
31. Muso bilan ruhoniy Elazar Egamizning Musoga bergan amrini ado etishdi.
32. Sipohlar qo‘lga kiritgan narsalardan tashqari o‘lja qilib olgan mol–hol va ayollarning umumiy soni quyidagicha edi: qo‘y–echkilar — 675.000 ta,
33. mollar — 72.000 ta,
34. eshaklar — 61.000 ta,
35. er ko‘rmagan qizlar — 32.000 ta.
36. O‘ljaning urushga borgan sipohlarga tegishli qismi quyidagicha edi: qo‘y–echkilar — 337.500 ta,
37. shulardan 675 ta qo‘y–echki Egamizning ulushidir,
38. mollar — 36.000 ta, shulardan 72 tasi Egamizning ulushidir,
39. eshaklar — 30.500 ta, shulardan 61 tasi Egamizning ulushidir,
40. er ko‘rmagan qizlar — 16.000 ta, shulardan 32 tasi Egamizning ulushidir.
41. Egamiz Musoga amr qilganday, Muso Egamizga ajratilgan ulushni nazr sifatida ruhoniy Elazarga berdi
42. Muso Isroil xalqi uchun sipohlarning o‘ljasidan ajratib olgan qism quyidagilardan iborat edi:
43. qo‘y–echkilar — 337.500 ta,
44. mollar — 36.000 ta,
45. eshaklar — 30.500 ta,
46. er ko‘rmagan qizlar — 16.000 ta.
47. Isroil xalqi ulush qilib olgan odamu hayvonlarning har elliktasidan bittasini Muso Egamizning Muqaddas chodiri uchun mas’ul bo‘lgan levilarga berdi. Egamiz Musoga qanday amr qilgan bo‘lsa, Muso shuni qildi.
48. Shundan so‘ng mingboshi va yuzboshilar Musoning huzuriga kelishdi.
49. Ular Musoga: — Biz, qullaringiz, qo‘limiz ostidagi sipohlarni sanab chiqdik, — deyishdi, — bironta odamimizni yo‘qotmabmiz.
50. O‘zimizni Egamiz hukmidan himoya qilish uchun, biz topgan oltin buyumlarimizni — bilaguzuklar, muhr uzuklar, sirg‘alar va zebigardonlarimizni Egamizga nazr qilib olib keldik.
51. Muso bilan ruhoniy Elazar ular olib kelgan hamma oltin zeb–ziynatlarni olishdi.
52. Mingboshi va yuzboshilar Egamizga nazr qilgan oltinning umumiy og‘irligi o‘n ikki pudga yaqin chiqdi.
53. Oddiy sipohlar esa qo‘lga kiritgan o‘ljalarni o‘zlariga qoldirgan edilar.
54. Isroil xalqini Egamiz doim esida tutishi uchun, Muso bilan ruhoniy Elazar mingboshi va yuzboshilardan olgan oltin buyumlarni Uchrashuv chodiriga olib kelishdi.
1. Ruben va Gad qabilalarining chorvasi nihoyatda ko‘p edi. Ular Yazir va Gilad yerlarining chorvabop ekanligini ko‘rib,
2. Muso, ruhoniy Elazar va jamoa yo‘lboshchilarining oldiga borib shunday deyishdi:
3. — Otaro‘t, Dibon, Yazir, Nimro, Xashbon, Elaley, Savom, Navo, Bayo‘n shaharlari
4. joylashgan butun o‘lkani EgamizIsroil xalqiga mag‘lub qilib berdi. Bu nihoyatda chorvabop yerlar ekan. Biz, qullaringizning, esa chorvasi bor.
5. Agar biz sizlarning iltifotingizga sazovor bo‘lgan bo‘lsak, o‘sha yerlarni bizga mulk qilib bersangizlar, bizni Iordan daryosining narigi tomoniga olib o‘tmasangizlar.
6. Shunda Muso Gad bilan Ruben qabilalariga shu gapni aytdi: — Birodarlaringiz urushga borganlarida, sizlar bu yerda qolasizlarmi?
7. Nimaga sizlar, Isroil xalqi Egamiz bergan yurtga bormasin, deb ularning ra’yini qaytaryapsizlar?
8. Men otalaringizni Kadesh–Barnadan yurtni ko‘rib kelish uchun jo‘natganimda, ular ham xuddi shunday yo‘l tutishgan edi.
9. Ular Eshko‘l soyligigacha borib, yurtni ko‘rib chiqqan edilar. So‘ng Egamiz bergan yurtga Isroil xalqi bormasin, deb ularning ra’yini qaytargan edilar.
10. O‘sha kuni Egamiz otalaringizdan qattiq g‘azablanib shunday qasam ichgan edi:
11. “Misrdan chiqqan yigirma va undan yuqori yoshdagi odamlar Men Ibrohim, Is’hoq va Yoqubga va’da qilgan yurtga kirmaydilar, chunki ular Menga sodiq qolmadilar.
12. O‘sha yurtga faqat Xanaz urug‘idan Yafunax o‘g‘li Xolib bilan Nun o‘g‘li Yoshua kiradilar, chunki ular ikkovigina Men, Egangizga, sodiq qoldilar.”
13. Ha, Egamiz Isroil xalqidan qattiq g‘azablangan edi. Egamiz Uning oldida qabihlik qilgan ajdodlaringizni qirq yil — ular batamom tugab bitmaguncha sahroda kezdirdi.
14. Endi esa siz, ey, gunohkorlar nasli, otalaringizning o‘rnini egallab, Egamizning g‘azabini Isroil xalqiga qarshi qo‘zg‘atyapsizlar!
15. Agar Egamizdan yuz o‘girsangizlar, U Isroil xalqini yana sahroda tashlab ketadi. Butun xalq sizlar tufayli qirilib ketadi.
16. Lekin Ruben va Gad qabilalari Musoga yaqinlashib, shunday deyishdi: — Biz bu yerda suruvlarimiz uchun qo‘y qo‘ralari, bola–chaqalarimiz uchun shaharlar quramiz.
17. O‘zimiz esa qurollanib, Isroil xalqini ularning yurtiga joylashtirmagunimizcha safning boshida boramiz. Shu asnoda bolalarimiz mustahkam shaharlarda qoladilar, mahalliy xalqlar ularga xavf solmaydilar.
18. Isroil xalqining har biri o‘z mulkiga ega bo‘lmaguncha, biz uyimizga qaytmaymiz.
19. Biz Iordan daryosining narigi tomonidan o‘zimizga mulk olmaymiz, chunki bizning mulkimiz Iordanning bu tomonida — sharq tomonida bo‘ladi.
20. Muso ularga shunday dedi: — Agar sizlar haqiqatan ham aytganingizni qilsangizlar, Egamiz oldida jang qilish uchun qurollaninglar.
21. Qo‘liga qurol tutgan barcha sipohlaringiz Iordan daryosidan o‘tsin. Egamiz O‘z g‘animlarini quvib yubormaguncha, Uning oldida boringlar.
22. Egamiz o‘sha yurtni taslim qilgandan keyingina, shu yerga qaytib kelishingiz mumkin. Shunda sizlar Egamiz oldida ham, Isroil xalqi oldida ham o‘z majburiyatingizdan ozod bo‘lasiz. Iordan daryosining sharq tomonidagi yer sizning Egamizdan olgan mulkingiz bo‘ladi.
23. Agar shunday qilmasangizlar, sizlar Egamizga qarshi gunoh qilgan bo‘lasizlar. Gunohingiz o‘z boshingizni yeydi.
24. Bolalaringiz uchun shaharlar, suruvlaringiz uchun qo‘ralar quringlar. Lekin va’dangiz ustidan chiqinglar.
25. Gad va Ruben qabilalari Musoga: — Hazrat nima buyruq bersalar, qullari shuni ado etgaylar, — deyishdi.
26. — Bolalarimiz, xotinlarimiz, podalaru suruvlarimiz shu yerda — Giladdagi shaharlarda qoladi.
27. Lekin qo‘liga qurol tutgan har bir erkagimiz, hazratimiz aytganlariday, Egamiz boshchiligida jang qilish uchun daryoning narigi tomoniga o‘tadi.
28. Shundan keyin Muso ruhoniy Elazarga, Nun o‘g‘li Yoshuaga va Isroil qabilalarining urug‘boshilariga buyruq berib dedi:
29. — Agar Gad va Ruben qabilalari qurollanib, Egamiz boshchiligida jang qilish uchun sizlar bilan birga Iordanning narigi tomoniga o‘tishsa, sizlar o‘sha yurtni mag‘lub qilganingizdan keyin Gilad yerlarini ularga mulk qilib beringlar.
30. Bordi–yu, ular sizlar bilan birga qurollanib bormasa, boshqa qabilalar qatori, Kan’on yurtidan mulk olishadi.
31. Shunda Gad va Ruben qabilalari: — Egamiz qullaringizga qanday amr bergan bo‘lsa, hammasini ado etamiz, — deb javob berishdi.
32. — Biz qurollanib, Egamiz boshchiligida Iordan daryosining narigi tomoniga o‘tib, Kan’on yurtiga boramiz. Lekin Iordanning shu tomonidagi yerlar bizning mulkimiz bo‘la qolsin.
33. Shundan keyin Muso Gad bilan Ruben qabilalariga hamda Yusuf o‘g‘li Manashe qabilasining yarmiga[187]Amor xalqining shohi Sixo‘nning yurti bilan Bashan shohi O‘gning yurtini — ularning jamiki yerlaru shaharlarini, shahar atrofidagi o‘lkalarni berdi.
34. Gad qabilasi Dibon, Otaro‘t, Aror,
35. Otro‘t– Shifan, Yazir, Yohboxo,
36. Bayt–Nimro va Bayt– Xoron degan mustahkam shaharlarni qaytadan barpo qilib, qo‘y qo‘ralarini qurdi.
37. Ruben qabilasi ham Xashbon, Elaley, Xiratayim,
38. Navo, Baal–Miyon (bu shaharlarning nomlarini o‘zgartirdi) va Sivmo shaharlarini qayta qurdi. Ular tiklagan shaharlariga yangi nom berdi.
39. Manashe o‘g‘li Moxirning avlodlari Gilad o‘lkasiga borishdi. Ular Giladni bosib olib, Amor xalqini u yerdan quvib chiqarishdi.
40. Shundan keyin Muso Giladni Moxir avlodiga berdi. Moxir avlodi u yerda joylashdi.
41. Manashe o‘g‘li Yovir esa Amor xalqining qishloqlarini egalladi. U o‘sha yerlarga Yovir qishloqlari, deb nom berdi.
42. Navah Qanot shahrini va uning atrofidagi qishloqlarni egalladi, u yerlarga Navah, deb o‘zining ismini berdi.
1. Muso Egamizning amriga ko‘ra, safar davomida qarorgoh qurilgan joylarning nomlarini birma–bir ro‘yxat qilib yozgan edi. Muso va Horun boshchiligida Misrdan qabila–qabila bo‘lib chiqqan Isroil xalqining to‘xtagan joylari quyidagilardir:
2. -
3. Birinchi oyning o‘n beshinchi kunida, Fisih ziyofatining ertasiga Isroil xalqi Ramzes shahrini tark etdi. Ular jamiki Misr xalqining ko‘zi oldida shaxdam qadam bilan Misrdan chiqib ketishdi.
4. Shu vaqtda Misrliklar Egamiz nobud qilgan hamma to‘ng‘ich o‘g‘illarini dafn qilayotgan edilar. Egamiz shu yo‘sinda Misr xudolarini mahkum etgan edi.
5. Shunday qilib, Isroil xalqi Ramzesni tark etib, Suxo‘tda qarorgoh qurdi.
6. So‘ng Suxo‘tdan ketib, sahroning chetidagi Etxamda qarorgoh qurdi.
7. Ular Etxamdan chiqib, orqaga Baal–Zafo‘nning sharqidagi Piy–Xaxiro‘tga yo‘l olib, Migdol yonida qarorgoh qurishdi.
8. Piy–Xaxiro‘tdan ham chiqib, Qizil dengizdan o‘tishdi–da, sahro tomon yo‘l olishdi. Etxam sahrosini uch kun kezganlaridan keyin, Maroda qarorgoh qurishdi.
9. Keyin Marodan ketib, Ilimda qarorgoh qurishdi. Ilimda o‘n ikkita buloq va yetmishta xurmo daraxti bor edi.
10. Ular Ilimdan keyin, Qizil dengiz bo‘yida qarorgoh qurishdi.
11. Keyin Qizil dengiz bo‘yidan ketib, Sin sahrosida qarorgoh qurishdi.
12. Sin sahrosidan ketib, Dofkaxda qarorgoh qurishdi.
13. Dofkaxdan ketib, Elishda qarorgoh qurishdi.
14. Elishdan ketib, Rafidimda qarorgoh qurishdi. Lekin u yerda ichimlik suvi yo‘q edi.
15. Rafidimdan ketib, Sinay sahrosida qarorgoh qurishdi.
16. Sinay sahrosidan ketib, Xivrut–Xattavoda qarorgoh qurishdi.
17. Xivrut–Xattavodan ketib, Xazero‘tda qarorgoh qurishdi.
18. Xazero‘tdan ketib, Ritmada qarorgoh qurishdi.
19. Ritmadan ketib, Rimmon–Parazda qarorgoh qurishdi.
20. Rimmon–Parazdan ketib, Libnada qarorgoh qurishdi.
21. Libnadan ketib, Rissada qarorgoh qurishdi.
22. Rissadan ketib, Kaxeletaxda qarorgoh qurishdi.
23. Kaxeletaxdan ketib, Shafer tog‘ida qarorgoh qurishdi.
24. Shafer tog‘idan ketib, Xaradaxda qarorgoh qurishdi.
25. Xaradaxdan ketib, Makxilo‘tda qarorgoh qurishdi.
26. Makxilo‘tdan ketib, Taxatda qarorgoh qurishdi.
27. Taxatdan ketib, Terahda qarorgoh qurishdi.
28. Terahdan ketib, Mitkada qarorgoh qurishdi.
29. Mitkadan ketib, Xashmonaxda qarorgoh qurishdi.
30. Xashmonaxdan ketib, Mosaro‘tda qarorgoh qurishdi.
31. Mosaro‘tdan ketib, Baniyaqonda qarorgoh qurishdi.
32. Baniyaqondan ketib, Xor–Xagigadda qarorgoh qurishdi.
33. Xor–Xagigaddan ketib, Yotbotoda qarorgoh qurishdi.
34. Yotbotodan ketib, Avro‘nda qarorgoh qurishdi.
35. Avro‘ndan ketib, Ezyo‘n–Geberda qarorgoh qurishdi.
36. Ezyo‘n–Geberdan ketib, Zin sahrosidagi Kadeshda qarorgoh qurishdi.
37. Kadeshdan ketib, Edom yurtining chegarasidagi Xo‘r tog‘ida qarorgoh qurishdi.
38. Ruhoniy Horun Egamizning amri bilan Xo‘r tog‘iga chiqib, o‘sha yerda vafot etdi. Bu voqea Isroil xalqi Misrdan chiqqaniga qirq yil bo‘lganda, beshinchi oyning birinchi kunida sodir bo‘ldi.
39. Horun Xo‘r tog‘ida vafot etganda 123 yoshda edi.
40. Kan’onlik Arod shohi shu paytda: “Isroil xalqi kelyapti”, degan xabarni eshitdi. U Kan’ondagi Nagav cho‘lida yashardi.
41. Isroil xalqi Xo‘r tog‘idan ketib, Zalmo‘noda qarorgoh qurdi.
42. Ular Zalmo‘nodan ketib, Punonda qarorgoh qurishdi.
43. Punondan ketib, Obo‘tda qarorgoh qurishdi.
44. Obo‘tdan ketib, Mo‘ab hududidagi Ivay– Aborimda qarorgoh qurishdi.
45. Ivay–Aborimdan ketib, Dibon–Gadda qarorgoh qurishdi.
46. Dibon–Gaddan ketib, Elmon–Diblatayimda qarorgoh qurishdi.
47. Elmon–Diblatayimdan ketib, Navo tog‘ining yonidagi Aborim tog‘larida qarorgoh qurishdi.
48. Aborim tog‘laridan ketib, Mo‘ab tekisligida, Yerixo shahrining ro‘parasidagi Iordan daryosi bo‘yida qarorgoh qurishdi.
49. Ular Mo‘ab tekisligida Iordan bo‘ylab, Bayt–Yashimo‘tdan tortib Ovil–Shitimgacha qarorgoh qurishdi.
50. Mo‘ab tekisligida, Yerixo shahrining ro‘parasidagi Iordan daryosi bo‘yida Egamiz Musoga shunday dedi:
51. — Isroil xalqiga ayt: “Sizlar Iordan daryosining narigi tomoniga o‘tib, Kan’on yurtiga borganlaringizdan keyin
52. u yerning aholisini haydab chiqaringlar. Ularning hamma tosh va quyma butlarini yo‘q qilinglar, jamiki sajdagohlarini buzib tashlanglar.
53. O‘sha yurtga egalik qilinglar, u yerda o‘rnashib olinglar, chunki Men o‘sha yurtni sizlarga berganman.
54. Yerlarni urug‘laringiz orasida qur’a bo‘yicha bo‘lib beringlar. Katta urug‘ga kattaroq ulush, kichik urug‘ga kichikroq ulush beringlar. Qur’a bo‘yicha kimga qayer chiqsa, o‘sha yer o‘sha urug‘ning ulushi bo‘lib qoladi. Shu yo‘sinda yerlarni qabilalar orasida bo‘lib beringlar.
55. Agar sizlar o‘sha yurtning aholisini haydab chiqarmasangiz, ularning qolgan–qutganlari sizlar uchun ko‘zga kirgan zirapchaday, biqinga sanchilgan tikanday bo‘ladi. Ular sizlarni yashab turgan yurtingizda siqadi.
56. Shunda Men ularning boshiga nima solmoqchi bo‘lgan bo‘lsam, sizning boshingizga solaman.”
1. Egamiz Musoga dedi:
2. — Isroil xalqiga Mening shu gapimni yetkaz: “Kan’on yurtiga kirib borganingizdan keyin, sizlarga mulk qilib beriladigan bu yurt quyidagicha chegaralanadi:
3. Yurtingizning janubiy qismi Zin cho‘lidan Edom yurti bo‘ylab cho‘ziladi. Janubiy chegarangiz sharq tomonda O‘lik dengizning janubiy qirg‘og‘idan boshlanib,
4. Chayonlar dovonidan o‘tadi va janub tomonga, Zin cho‘li tomon cho‘ziladi. Chegarangizning eng janubiy nuqtasi Kadesh–Barna bo‘ladi. U yerdan chegara Xazor–Adargacha borib, Ozmon orqali o‘tadi.
5. So‘ng burilib, Misr chegarasidagi soylik bo‘ylab O‘rta yer dengiziga borib taqaladi.
6. O‘rta yer dengizining qirg‘og‘i g‘arbiy chegarangizni tashkil qiladi.
7. Shimoliy chegarangiz esa O‘rta yer dengizidan sharqqa, Xo‘r tog‘iga tomon cho‘ziladi.
8. Xo‘r tog‘idan Levo–Xomatgacha boradi, so‘ng Zadoddan o‘tib,
9. Zifro‘nga cho‘zilib boradi va Xazor–Enanda to‘xtaydi. Bu sizning shimoliy chegarangiz bo‘ladi.
10. Sharqiy chegarangiz shimoldagi Xazor– Enandan boshlanib, janub tomon Shafomga boradi,
11. so‘ng yana janubga cho‘zilib, Oyinning sharq tomonidagi Rivlodan o‘tadi va Jalila ko‘lining sharq tomonidagi qirlar bo‘ylab boradi.
12. So‘ng chegara Iordan daryosi bo‘ylab janubga cho‘zilib, O‘lik dengizga borib to‘xtaydi. Har tomondan chegaralangan mana shu yerlar sizlarning yurtingiz bo‘ladi.”
13. Shundan so‘ng Muso Isroil xalqiga buyurdi: — Bu yurtni qur’a tashlab, bo‘lib olinglar. Egamiz bu yurtni to‘qqizta qabilaga va bir qabilaning yarmiga bo‘lib berishni amr etgan.
14. Ruben, Gad qabilalari va Manashe
15. qabilasining yarmi xonadonlari bo‘yicha Yerixo shahrining ro‘parasidagi Iordanning sharq tomonidan o‘zlariga tegishli mulkni olganlar.
16. Egamiz Musoga yana aytdi:
17. “Ruhoniy Elazar va Nun o‘g‘li Yoshua yurtni Isroil xalqiga bo‘lib berishsin.
18. Har bir qabiladan bittadan yo‘lboshchini ularga yordamchi qilib tayinlanglar.
19. O‘sha odamlarning ismlari quyidagichadir: Yahudo qabilasidan — Yafunax o‘g‘li Xolib.
20. Shimo‘n qabilasidan — Omihud o‘g‘li Shomuil.
21. Benyamin qabilasidan — Xislon o‘g‘li Elidod.
22. Dan qabilasidan — Yoxli o‘g‘li Bukki.
23. Yusuf o‘g‘li Manashe qabilasidan — Efo‘d o‘g‘li Xanniel.
24. Efrayim qabilasidan — Shifton o‘g‘li Kamuvol.
25. Zabulun qabilasidan — Parno‘x o‘g‘li Elizofon.
26. Issaxor qabilasidan — Ozzon o‘g‘li Paltiyol.
27. Osher qabilasidan — Shalumi o‘g‘li Oxixud.
28. Naftali qabilasidan — Omihud o‘g‘li Padahiyol.”
29. Egamiz ana shu odamlarga, Isroil xalqiga Kan’on yurtini mulk qilib bo‘lib beringlar, deb amr bergan edi.
1. Mo‘ab tekisligida, Yerixo shahrining ro‘parasidagi Iordan daryosi bo‘yida Egamiz Musoga dedi:
2. “Isroil xalqiga buyur, ular mulk qilib oladigan yeridan levilarga yashash uchun shaharlar berishsin. Shuningdek, shaharlarning atrofidagi yaylovlarni ham berishsin.
3. Shaharlar levilarga vatan bo‘ladi, yaylovlar esa mol–holi uchun yaraydi.
4. Levilarga beriladigan yaylovlar shahar devoridan 1000 tirsak masofada bo‘lgan tevarakdagi hamma yaylovlarni o‘z ichiga olsin.
5. Shahar tashqarisidan sharq, janub, g‘arb, shimol tomonga 2000 tirsak o‘lchanglar, shahar o‘rtada bo‘lsin. Shahar atrofi esa ularning yaylovlari bo‘ladi.
6. Sizlar levilarga beradigan shaharlaringizning oltitasi panoh shaharlar bo‘lsin. Birortangiz bilmasdan odam o‘ldirib qo‘ysangiz, o‘sha shaharlarning biriga qochib borishingiz mumkin. Bu oltita shahardan tashqari levilarga yana qirq ikkita shahar beringlar.
7. Hammasi bo‘lib levilarga qirq sakkizta shahar va ular atrofidagi yaylovlar berilsin.
8. Isroil xalqi mulkidan har bir qabila olgan ulushining hajmiga ko‘ra, levilarga shaharlar ajratib beringlar. Kattaroq ulush olgan qabila ko‘proq, kichikroq ulush olgan qabila esa kamroq shahar bersin.”
9. Isroil xalqiga quyidagi amr va qonunlarni yetkaz, deb Musoga Egamiz shunday amr berdi:
10. “Sizlar Iordan daryosining narigi tomoniga o‘tib, Kan’on yurtiga kirganlaringizdan keyin,
11. o‘zlaringiz uchun panoh shaharlarni tanlanglar. Birortasi bilmasdan odam o‘ldirib qo‘ysa, o‘sha shaharlarning biriga qochib bora oladigan bo‘lsin.
12. Qotil jamoa oldida hukm qilinishdan oldin o‘ldirilib qo‘yilmasligi uchun, bu shaharlar qotilga qasoskordan panoh bo‘ladi.
13. Oltita panoh shahringiz bo‘lsin.
14. Uchta shaharni Iordan daryosining sharq tomonidan, qolgan uchtasini Kan’on yurtidan tanlanglar.
15. Ana shu oltita shahar sizlar uchun ham, orangizda vaqtincha yoki doimiy ravishda istiqomat qilayotgan musofirlar uchun ham panoh bo‘ladi. Birortasini tasodifan o‘ldirib qo‘ygan odam o‘sha yoqqa qochib borsin.
16. Agar birorta odam boshqasini temir asbob bilan urib o‘ldirib qo‘ysa, urgan odam qotil hisoblanadi va o‘sha odamning jazosi o‘limdir.
17. Odamni tosh bilan urib o‘ldirgan kishi ham qotildir. Qotilning jazosi o‘limdir.
18. Odamni yog‘och qurol bilan urib o‘ldirgan kishi ham qotildir. Qotilning jazosi o‘limdir.
19. Marhumning xunini oladigan odam qotilni o‘ldirsin. Qotilni uchratib qolganda uning jonini olsin.
20. Shuningdek, agar birortasi boshqasini yomon ko‘rgani uchun itarib yoki qasddan unga biror narsani otib o‘ldirib qo‘ysa,
21. yoxud adovatdan unga musht tushirib o‘ldirsa, urgan odamning jazosi o‘limdir. U qotildir. Marhumning xunini oladigan odam qotilni uchratganda o‘ldirsin.
22. Bordi–yu, biri boshqasini bexosdan, xusumat qilmay, turtib yuborsa yoki qasd qilmay biror narsa otsa
23. yo ko‘rmay turib ustiga tosh tushirib yuborsa va o‘sha odam o‘lsa, jamoa qasoskor bilan odam o‘ldirgan kishining orasidagi mojaroni hal qilsin.
24. Chunki odam o‘ldirganning va marhumning orasida hech qanday adovat bo‘lmagan edi.
25. Jamoa qotilni qasoskorning qo‘lidan xalos qilib, uni qaytarib panoh shaharga jo‘natsin. Moy surtib tanlangan oliy ruhoniy vafot etguncha, qotil o‘sha yerda qolsin.
26. Lekin qotil panoh shahar chegarasidan chiqsa
27. va qasoskor uni panoh shahardan tashqarida tutib olib o‘ldirsa, qasoskor qotillikda ayblanmaydi.
28. Chunki oliy ruhoniy vafot etguncha, qotil panoh shaharda qolishi lozim edi. Oliy ruhoniyning vafotidan so‘nggina u o‘z uyiga qaytib borishi mumkin edi.
29. Mana shular sizlar uchun avlodlaringiz osha, qayerda yashasangiz ham, qonun bo‘lib qolsin.
30. Odam o‘ldirgan kishi faqat guvohlarning ko‘rsatmalari asosidagina qotillikda ayblanib, o‘limga mahkum qilinsin. Bitta odamning guvohligi asosida hech kim o‘ldirilmasin.
31. O‘limga hukm qilingan qotilning joni evaziga pul olmanglar. Qotilni albatta o‘ldiringlar.
32. Panoh shaharga qochib ketgan odamdan ham pul olmanglar, u oliy ruhoniyning vafotidan oldin o‘z yeriga qaytib kelib yashashi uchun yo‘l qo‘ymanglar.
33. O‘zingiz yashab yurgan yerni bulg‘amanglar. Yer to‘kilgan qon tufayli bulg‘anadi. Qotillik tufayli bulg‘angan yerni faqat qotilning qoni bilan tozalab bo‘ladi.
34. O‘zlaringiz yashaydigan va Men istiqomat qiladigan yerni bulg‘amanglar, zotan Men, Egangiz, Isroil xalqi orasida istiqomat qilaman.”
1. Bir kuni Gilad urug‘ining urug‘boshilari Muso bilan Isroil yo‘lboshchilari oldiga kelishdi. Gilad Moxirning o‘g‘li, Manashening nevarasi, Yusufning evarasi edi.
2. — Ey, Muso hazratlari, — deya murojaat qilishdi ular. — Egamiz sizga, Isroil xalqiga qur’a bo‘yicha yerni mulk qilib ber, deb amr qilganda, inimiz Zalofxodning mulkini qizlariga berishingizni aytgan edi.
3. Bordi–yu, Zalofxodning qizlari Isroilning boshqa qabilasidagi yigitlarga turmushga chiqsalar, ularning mulki turmushga chiqqan urug‘ning mulkiga qo‘shiladi. Shunda qabilamiz ulush qilib olgan yerning bir qismidan ajralib qoladi.
4. Qutlug‘ yil kelganda esa Zalofxod qizlarining mulki o‘zlari turmushga chiqqan urug‘ning mulkiga qo‘shilib, qabilamizning mulkidan ayirib olinadi va biz qabilamizga tegishli bo‘lgan bir qism yerdan ayrilib qolamiz.
5. Muso, Egamizning amriga binoan, Isroil xalqiga aytdi: — Yusuf avlodining gapi to‘g‘ri.
6. Egamiz Zalofxodning qizlari haqida shunday amr berdi: Zalofxodning qizlari o‘zlari xohlagan odamlarga turmushga chiqishsin. Lekin ular turmushga chiqadigan yigitlar Zalofxodning qabilasidan bo‘lishlari shart.
7. Isroil xalqining mulki bir qabiladan boshqasiga o‘tib ketmasin. Har bir Isroil odami otalaridan meros qilib olgan yerni saqlasin.
8. Isroilning hamma qabilasida mulkka merosxo‘rlik qiladigan har qanday qiz, o‘zining qabilasidan birortasiga turmushga chiqsin, toki Isroilning hamma odamlari mulk qilib olgan yerlariga o‘zlari egalik qilsin.
9. Ana shunda mulk bir qabiladan boshqa qabilaga o‘tib ketmaydi. Isroil xalqining har bir qabilasi o‘z mulkini saqlab qolsin.
10. Egamiz Musoga qanday amr etgan bo‘lsa, Zalofxodning qizlari o‘shanday qildilar.
11. Zalofxodning Maxlo, Tirza, Xo‘glax, Milxo va Nuvah ismli qizlari o‘z amakilarining o‘g‘illariga turmushga chiqdilar.
12. Ular turmushga chiqqan yigitlar Yusuf o‘g‘li Manashe urug‘laridan edilar. Shunday qilib, u qizlarning merosi otalari qabilasida qoldi.
13. Muso orqali Isroil xalqiga Egamiz bergan amr va qonunlar ana shulardan iboratdir. Bu qonunlar Mo‘ab tekisligida, Yerixo shahrining ro‘parasidagi Iordan daryosi bo‘yida berilgan edi.



YouTube kanaliga xush kelibsiz!




► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)


Muqaddas Kitob



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак