Muqaddas Kitob
Matto Muqaddas xushxabar
1. Ibrohim va Dovud avlodidan bo‘lgan Iso Masihning nasabnomasi quyidagicha:
2. Ibrohimdan Is’hoq tug‘ildi. Is’hoqdan Yoqub tug‘ildi. Yoqubdan Yahudo va uning aka–ukalari tug‘ildilar.
3. Yahudo va Tamaradan Paraz va Zarah tug‘ildilar. Parazdan Xazron tug‘ildi. Xazrondan Oram tug‘ildi.
4. Oramdan Ominadov tug‘ildi. Ominadovdan Naxsho‘n tug‘ildi. Naxsho‘ndan Salmo‘n tug‘ildi.
5. Salmo‘n va Rahobadan Bo‘az tug‘ildi. Bo‘az va Rutdan Obid tug‘ildi. Obiddan Essay tug‘ildi.
6. Essaydan shoh Dovud tug‘ildi. Shoh Dovud va Uriyoning sobiq xotinidan Sulaymon tug‘ildi.
7. Sulaymondan Raxabom tug‘ildi. Raxabomdan Abiyo tug‘ildi. Abiyodan Oso tug‘ildi.
8. Osodan Yohushafat tug‘ildi. Yohushafatdan Yo‘ram tug‘ildi. Yo‘ramdan Uzziyo tug‘ildi.
9. Uzziyodan Yo‘tom tug‘ildi. Yo‘tomdan Oxoz tug‘ildi. Oxozdan Xizqiyo tug‘ildi.
10. Xizqiyodan Manashe tug‘ildi. Manashedan Omon tug‘ildi. Omondan Yo‘shiyo tug‘ildi.
11. Isroil xalqi Bobilga surgun qilingan davrda Yo‘shiyo Yexoniyoni va boshqa o‘g‘il farzandlarni ko‘rdi.
12. Isroil xalqi Bobilga surgun qilingandan keyin Yoxoniyodan Shaltiyol tug‘ildi. Shaltiyoldan Zarubabel tug‘ildi.
13. Zarubabeldan Abihud tug‘ildi. Abihuddan Eliyaqim tug‘ildi. Eliyaqimdan Azo‘r tug‘ildi.
14. Azo‘rdan Zodo‘x tug‘ildi. Zodo‘xdan Axim tug‘ildi. Aximdan Elihud tug‘ildi.
15. Elihuddan Elazar tug‘ildi. Elazardan Mattan tug‘ildi. Mattandan Yoqub tug‘ildi.
16. Yoqubdan Maryamning eri Yusuf tug‘ildi. Maryamdan esa Masih deb atalgan Iso tug‘ildi.
17. Shunday qilib, Ibrohimdan Dovudgacha hammasi bo‘lib o‘n to‘rt nasl, Dovuddan Bobildagi surgungacha o‘n to‘rt nasl va Bobildagi surgundan Masih tug‘ilgungacha o‘n to‘rt nasldir.
18. Iso Masihning tug‘ilishi shunday sodir bo‘ldi: Isoning onasi Maryam Yusufga unashtirib qo‘yilgan edi. Ularning nikohidan oldin Maryam Muqaddas Ruhdan homilador ekanini bildi.
19. Maryamning bo‘lg‘usi eri Yusuf solih odam bo‘lib, Maryamni sharmanda qilishni istamay, birovga bildirmasdan fotihasini buzmoqchi bo‘ldi.
20. Yusuf bu haqda o‘ylab yurganda, Egamizning bir farishtasi unga tushida zohir bo‘lib dedi: “Ey Dovud o‘g‘li Yusuf! Maryamga uylanishdan qo‘rqma, chunki qornidagi bola Muqaddas Ruhdan paydo bo‘lgan.
21. Maryam O‘g‘il tug‘adi, Uning ismini Iso qo‘yasan, chunki U O‘z xalqini gunohlardan qutqaradi.”
22. Bu barcha voqealar Egamizning payg‘ambar orqali aytgan quyidagi so‘zlari bajo bo‘lishi uchun yuz bergan edi:
23. “Qiz homilador bo‘ladi, u o‘g‘il tug‘adi, Uning ismini Immanuil, deb qo‘yishadi.” Immanuil “Xudo biz bilan” deganidir.
24. Yusuf uyg‘onib ketdi. Egamizning farishtasi buyurgandek, u Maryamga uylandi.
25. Ammo Maryam O‘g‘il tug‘magunicha unga yaqinlashmadi. Bola tug‘ilganda esa Yusuf Unga Iso deb ism qo‘ydi.

1. Iso shoh Hirodning hukmronligi davrida, Yahudiyadagi Baytlahm shahrida tug‘ilgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay sharqdan Quddusga munajjimlar kelishdi.
2. Ular: — Yahudiylarning yangi tug‘ilgan shohi qayerda? — deb so‘radilar. — Biz Uning yulduzi chiqqanini ko‘rdik. Unga ta’zim qilgani keldik.
3. Bu gapni eshitib shoh Hirod ham, butun Quddus aholisi ham bezovtalanib qoldi.
4. Hirod barcha bosh ruhoniylarni va Tavrot tafsirchilarini to‘plab, ulardan: “Masih qayerda tug‘ilishi kerak?” deb so‘radi.
5. Ular shunday javob berdilar: — Yahudiyadagi Baytlahm shahrida, chunki payg‘ambarning bitiklarida shunday yozilgan:
6. “Ey Yahudo yurtidagi Baytlahm! Sen Yahudoning buyuk shaharlaridan hech kam emassan. Zero, sendan bir hukmdor chiqadi, U xalqim Isroilga cho‘ponlik qiladi.”
7. Shundan keyin Hirod hech kimga bildirmay munajjimlarni chaqirib, ulardan yulduz paydo bo‘lgan aniq vaqtni bilib oldi.
8. So‘ng ularni Baytlahmga jo‘natayotib, dedi: — Baytlahmga boringlar, chaqaloq to‘g‘risida hamma narsani aniq bilib olinglar. Chaqaloqni topganlaringizdan keyin, menga xabar beringlar, toki men ham borib, Unga ta’zim qilayin.
9. Munajjimlar shohning so‘zlarini eshitib bo‘lib, yo‘lga tushdilar. Ularga oldin ko‘ringan yulduz yana paydo bo‘ldi, munajjimlar rosa xursand bo‘ldilar.
10. Yulduz ularga yo‘l ko‘rsatib bordi va nihoyat, chaqaloq yotgan joy tepasiga kelib to‘xtadi.
11. Munajjimlar uyga kirib, chaqaloqni va Uning onasi Maryamni ko‘rdilar. Tiz cho‘kib, chaqaloqqa ta’zim qildilar. So‘ng xazinalar solingan qutichalarini ochib, Unga oltin, xushbo‘y tutatqilar va mirrani tortiq qildilar.
12. Hirodning oldiga qaytmasliklari to‘g‘risida ular tushlarida ogohlantirilgandan keyin, boshqa yo‘l bilan o‘z yurtiga qaytib ketdilar.
13. Munajjimlar ketganlaridan keyin, Egamizning bir farishtasi Yusufga tushida zohir bo‘lib dedi: “Tur! Chaqaloq bilan onasini olib, Misrga qoch. Chunki Hirod chaqaloqni topib, o‘ldirmoqchi. Men senga aytmagunimcha, Misrda qol.”
14. Yusuf o‘rnidan turib, chaqaloq bilan Maryamni oldi–yu, tunda Misrga jo‘nadi.
15. Hirodning ajali yetgunicha, u yerda qoldi. Egamizning payg‘ambar orqali: “Men O‘g‘limni Misrdan chaqirib oldim”, deb aytgan bashorati bajo bo‘lishi uchun bu voqea yuz bergandi.
16. Hirod, munajjimlar uni aldab ketganini bilib, g‘azabga mindi. U Baytlahmdagi va uning atroflaridagi ikki yoshgacha bo‘lgan hamma o‘g‘il bolalarni qilichdan o‘tkazishni buyurdi. Chunki munajjimlarning aytgani bo‘yicha yulduz taxminan ikki yil oldin chiqqan edi.
17. Shunday qilib, Yeremiyo payg‘ambarning aytganlari bajo bo‘ldi:
18. “Rama shahridan bir nido eshitilur, Achchiq bir nolayu ohu fig‘on bu. Bolalari uchun yig‘lar Rohila, Ovunishni xohlamas, chunki ular endi yo‘q.
19. Hirod vafot etgandan keyin Yusuf Misrda ekan, Egamizning bir farishtasi unga tushida zohir bo‘lib dedi:
20. “Tur, bola bilan onasini olib, Isroil yurtiga qaytib bor. Bolaning joniga qasd qilganlar olamdan o‘tdi.”
21. Shunda Yusuf bola bilan Maryamni olib, Isroil yurtiga yo‘l oldi.
22. Ammo Yahudiyada Hirod o‘rniga uning o‘g‘li Arxelay hukmronlik qilayotganini eshitib, u yerga borishga qo‘rqdi. So‘ng tushida xabar olgandan keyin, Jalila viloyatiga yo‘l oldi.
23. U yerga borib, Nosira degan shaharga joylashdi. Shunday qilib, Egamiz payg‘ambarlar orqali: “Uni Nosiralik deb ataydilar”, deb aytgan bashorati bajo bo‘ldi.

1. O‘sha kunlarda Yahyo cho‘mdiruvchi Yahudiya cho‘lida va’z qila boshladi.
2. U odamlarga: “Tavba qilinglar, chunki Osmon Shohligi yaqinlashdi!” — deb aytardi.
3. Yahyo to‘g‘risida Ishayo payg‘ambar shunday degan edi: “Sahroda bir ovoz yangramoqda: Egamizga yo‘l hozirlang, Unga to‘g‘ri yo‘l oching!”
4. Yahyo tuya junidan to‘qilgan kiyim kiyib, charm kamar taqib yurardi. Uning yeguligi chigirtka va yovvoyi asal edi.
5. Uning oldiga butun Quddus shahridan, Yahudiya o‘lkasidan va Iordan daryosi atroflaridan odamlar kelardi.
6. Ular gunohlarini e’tirof etishar, Yahyo esa ularni Iordan suviga cho‘mdirardi.
7. Farziy va sadduqiy mazhablaridan bo‘lgan ko‘p odamlar suvga cho‘mdirilish uchun kelayotganlarini Yahyo ko‘rib, dedi: “Hoy, ilonlar zoti! Boshingizga kelayotgan Xudo g‘azabidan qochib qutulasiz, deb sizlarga kim uqtirdi?
8. Tavbaga yarasha samara beringlar!
9. O‘zingizcha: “Biz Ibrohim naslidanmiz”, deb aytishni xayolingizga ham keltirmanglar! Sizlarga shuni aytay: Xudo mana bu toshlardan Ibrohimga avlod tiklashga qodir.
10. Hozirdanoq daraxtlar ildizida bolta yotibdi. Yaxshi meva bermagan har bir daraxt kesilib, olovga tashlanadi.
11. Tavba qilganingizni ko‘rsatish uchun men sizlarni suvga cho‘mdiryapman. Lekin ortimdan mendan ham qudratliroq bo‘lgan bir Zot kelmoqda. Men Uning choriqlarini ko‘tarib yurishga ham arzimayman. U sizlarni Muqaddas Ruhga va olovga cho‘mdiradi.
12. Uning panshaxasi qo‘lida tayyor turibdi. U O‘z xirmonini shopiradi: bug‘doyini omborga to‘plab, somonni so‘nmas olovda yondirib yuboradi.”
13. Shu orada Iso Jaliladan Iordan daryosi bo‘yiga bordi. U Yahyo tomonidan suvga cho‘mdirilmoqchi edi.
14. Lekin Yahyo Isoni to‘xtatmoqchi bo‘lib dedi: — Aslida Siz meni suvga cho‘mdirishingiz kerak! Siz bo‘lsangiz mening oldimga keldingiz!
15. Iso unga dedi: — Keling, bu safar shunday bo‘la qolsin. Axir biz Xudoning irodasini to‘la bajarishimiz zarur. Shundan keyin Yahyo rozi bo‘ldi.
16. Iso suvga cho‘mdirildi. U suvdan chiqqan zahoti, osmon ochilib ketdi va Iso O‘z ustiga Xudoning Ruhi kaptar shaklida tushib qo‘nganini ko‘rdi.
17. Shu payt osmondan: “Bu Mening sevikli O‘g‘limdir, Undan nihoyatda mamnunman”, — degan ovoz keldi.

1. Iblisning sinovidan o‘tishi uchun Muqaddas Ruh Isoni sahroga boshlab ketdi.
2. Iso qirq kun va qirq kecha ro‘za tutdi, oxiri och qoldi.
3. Shunda iblis kelib, Isoni vasvasaga solmoqchi bo‘lib dedi: — Agar Sen Xudoning O‘g‘li bo‘lsang, bu toshlarga buyur, nonga aylansin!
4. Iso unga javoban dedi: — Yozilganki: “Inson faqat non bilan emas, balki Xudoning og‘zidan chiqqan har bir so‘z bilan yashaydi.”
5. Keyin iblis Isoni muqaddas shahar Quddusga olib bordi. Uni Ma’badning eng yuqori joyiga chiqarib,
6. shunday dedi: — Agar Sen Xudoning O‘g‘li bo‘lsang, O‘zingni pastga tashla. Axir, yozilgan–ku: “U sen to‘g‘ringda farishtalariga amr beradi, Oyog‘ing toshga qoqilib ketmasin, deya Farishtalar qo‘llarida seni ko‘tarib boradi.”
7. Iblisga Iso dedi: — “Egang Xudoni sinama”, deb ham yozilgan.
8. So‘ng iblis Isoni baland bir toqqa olib chiqdi. Unga olamning barcha shohliklarini hamda ularning hashamatini ko‘rsatib,
9. dedi: — Agar tiz cho‘kib menga sajda qilsang, bularning hammasini Senga beraman.
10. Shunda Iso dedi: — Yo‘qol ko‘zimdan, shayton! Axir: “Egang Xudoga sajda qil, faqat Unga xizmat qil” deb yozilgan–ku!
11. Shundan keyin Isoni iblis tark etdi. Farishtalar kelib, Isoga xizmat qildilar.
12. Iso Yahyoning hibsga olinganini eshitgach, Jalilaga qaytib bordi.
13. U Nosira shahrida qolmay, Kafarnahumga borib o‘rnashdi. Kafarnahum shahri Zabulun va Naftali hududidagi Jalila ko‘li bo‘yida joylashgan edi.
14. Shunday qilib, Ishayo payg‘ambarning aytgan quyidagi so‘zlari bajo bo‘ldi:
15. “Ey Zabulun va Naftali yurti! Iordanning narigi tomonida joylashgan, Dengiz yo‘lidagi g‘ayriyahudiylar Jalilasi!
16. Zulmatda yurgan xalq yorqin ziyoni ko‘rdi, O‘lim soya solgan yurt aholisi ustiga nur sochildi.”
17. Shu kundan boshlab Iso: “Tavba qilinglar, chunki Osmon Shohligi yaqinlashdi”, — deb va’z qiladigan bo‘ldi.
18. Iso Jalila ko‘li bo‘ylab ketayotgan edi, ikki aka–ukani ko‘rib qoldi. Birining ismi Butrus deb ataluvchi Shimo‘n, ukasiniki Idris edi. Ular baliqchi bo‘lib, ko‘lga to‘r tashlayotgan edilar.
19. Iso ularga dedi: “Ortimdan yuringlar, Men sizlarga odamlarni ovlashni o‘rgataman.”
20. Shu zahotiyoq ikkala aka–uka to‘rlarini qoldirib, Isoga ergashdilar.
21. Iso bir oz yurgandan keyin, Yoqub va Yuhanno degan ikki aka–ukani ko‘rib qoldi. Ular otasi Zabadiy bilan qayiqda to‘r yamayotgan edilar. Iso ularni ham chaqirdi.
22. Ular ham darhol qayiqni va otasini qoldirib, Isoning orqasidan ergashdilar.
23. Iso butun Jalila viloyatini kezib yurardi. U sinagogalarda ta’lim berib, Osmon Shohligi to‘g‘risidagi Xushxabarni e’lon qilardi, odamlarning har xil xastaliklari va dardlariga shifo berar edi.
24. Iso haqidagi xabar butun Suriyaga yoyildi. Turli–tuman dardu illatlardan qiynalib yurganlarni, jinga chalinganlarni, tutqanoq va shol kasaliga yo‘liqqanlarning hammasini Isoning oldiga keltirishardi. Iso ularning hammasiga shifo berardi.
25. Jaliladan, Dekapolisdan, Quddusdan, Yahudiyadan va Iordanning narigi tomonidagi yerlardan ko‘plab odamlar Isoga ergashib kelardi.

1. Iso katta bir olomonni ko‘rib, toqqa chiqib o‘tirdi. Shogirdlari Uning oldiga kelishdi.
2. Iso shogirdlariga ta’lim berib, gap boshladi:
3. “Ruhan kambag‘al bo‘lganlar baxtlidir, Chunki Osmon Shohligi ularnikidir.
4. Yig‘layotganlar baxtlidir, Chunki ular tasalli topadilar.
5. Kamtarin bo‘lganlar baxtlidir, Chunki ular yer yuziga ega bo‘ladilar.
6. Adolatga tashna bo‘lganlar baxtlidir, Chunki Xudo ularni qondiradi.
7. Rahmdil bo‘lganlar baxtlidir, Chunki ular rahm–shafqat topadilar.
8. Pokdil bo‘lganlar baxtlidir, Chunki ular Xudoni ko‘radilar.
9. Tinchlik o‘rnatuvchilar baxtlidir, Chunki ular Xudoning farzandlari deb ataladilar.
10. Xudoning yo‘lidan yurgani uchun Quvg‘in bo‘lganlar baxtlidir, Chunki Osmon Shohligi ularnikidir.
11. Odamlar Men tufayli sizlarni haqoratlab quvg‘in qilganlarida, sizlar haqingizda yolg‘on gapirib tuhmat qilganlarida, baxtlisizlar!
12. Sevininglar, xursand bo‘linglar. Sizlarni osmonda buyuk mukofot kutmoqda. Axir sizdan avval o‘tgan payg‘ambarlar ham xuddi shunday quvg‘in bo‘lganlar.
13. Sizlar yerning tuzisizlar. Lekin tuz o‘z ta’mini yo‘qotsa, uni yana qanday sho‘r qilib bo‘ladi? Bunday tuz boshqa hech narsaga yaramaydi, uni oyoq ostiga tashlab yuborishadi.
14. Sizlar dunyoning nurisizlar. Tepalikka qurilgan shaharni ko‘zdan pinhon tutib bo‘lmaydi.
15. Hech kim chiroqni yoqib, ustini idish bilan yopib qo‘ymaydi. Aksincha, uni chiroqpoyaga qo‘yishadi, shunda chiroq uydagilarning hammasiga yorug‘lik beradi.
16. Sizning nuringiz ham insonlar oldida shunday porlasinki, toki ular yaxshi ishlaringizni ko‘rib, osmondagi Otangizni ulug‘lasinlar.
17. Meni, Tavrot yoki payg‘ambarlarning bitiklarini bekor qilgani kelgan, deb o‘ylamanglar. Men bekor qilgani emas, balki bajo keltirgani keldim.
18. Sizga chinini aytayin: yeru osmon yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Ammo Tavrotdagi na bir harf, na bir nuqta o‘chadi. Unda yozilgan hamma narsa amalga oshadi.
19. Shu bois kim bu amrlarning eng kichigiga ham rioya qilmay, uni boshqalarga buzib o‘rgatsa, Osmon Shohligida eng kichik bo‘ladi. Lekin kim bu amrlarni bajarib, boshqalarga o‘rgatsa, Osmon Shohligida buyuk bo‘ladi.
20. Sizlarga aytib qo‘yay: agar sizlarning solihligingiz Tavrot tafsirchilari va farziylarning solihligidan ustun kelmasa, sizlar hech qachon Osmon Shohligiga kirolmaysizlar.
21. Ajdodlarimizga shunday aytilganini eshitgansizlar: “Qotillik qilma. Qotillik qilgan odam hukm qilinadi.”
22. Lekin Men sizlarga aytaman: hattoki birodaridan g‘azablangan odam ham hukm qilinadi. Birodarini haqoratlagan odam oliy mahkamada javob beradi. Birodariga: “Ahmoqsan”, degan esa, do‘zax oloviga tashlanadi.
23. Shunday ekan, siz ehsoningizni qurbongohga olib kelganingizda, birodaringiz nimadandir sizdan xafa ekanligi yodingizga tushsa,
24. ehsoningizni qurbongoh oldida qoldiring. Birinchi navbatda borib, birodaringiz bilan yarashing, keyin kelib, ehsoningizni nazr qiling.
25. Birov sizni ayblab qozixonaga olib borsa, vaqtni boy bermay, yo‘ldayoq ayblovchingiz bilan kelishib oling. Aks holda, ayblovchingiz sizni qozi oldiga olib boradi, qozi esa sizni mirshabga topshiradi. Sizni zindonga tashlashadi.
26. Sizlarga chinini aytay: oxirgi tiyiningizni to‘lamaguningizcha, u yerdan chiqolmaysiz.
27. “Zino qilma”, — deb aytilganini ham eshitgansizlar.
28. Lekin Men sizlarga aytaman: agar siz ayolga shahvat bilan qarasangiz, xayolingizda u bilan zino qilgan bo‘lasiz.
29. Bordi–yu, o‘ng ko‘zingiz gunoh qilishingizga sababchi bo‘lsa, uni o‘yib olib, uloqtirib yuboring. Butun badaningiz do‘zaxga tashlangandan ko‘ra, a’zolaringizdan bittasi yo‘q bo‘lgani siz uchun yaxshiroqdir.
30. Agar o‘ng qo‘lingiz gunoh qilishingizga sababchi bo‘lsa, uni kesib tashlab, uloqtirib yuboring. Butun badaningiz do‘zaxga yo‘liqqandan ko‘ra, a’zolaringizdan bittasi yo‘q bo‘lgani siz uchun yaxshiroqdir.
31. Yana deyilganki: “Kim xotini bilan ajrashmoqchi bo‘lsa, unga taloq xatini yozib bersin.”
32. Lekin Men sizlarga aytaman: kim bevafolik aybidan boshqa sabab tufayli o‘z xotini bilan ajrashsa, unga zino qilishga sabab topib beradi. Shuningdek, kim ajrashgan xotinga uylansa, zino qilgan bo‘ladi.
33. Ajdodlarimizga: “Ichgan qasamingdan qaytma. Egamizga bergan va’dalaringni bajargin”, — deb aytilganini ham eshitgansizlar.
34. Lekin Men sizlarga aytaman: umuman qasam ichmanglar. Osmon haqi deya qasam ichmanglar, chunki osmon Xudoning taxtidir.
35. Yer haqi deya qasam ichmanglar, chunki yer Xudoning poyandozidir. Quddus haqi deya ham qasam ichmanglar, chunki Quddus buyuk Shohning shahridir.
36. Boshingiz haqi ham qasam ichmanglar, chunki o‘zlaringiz sochingizning bir tolasini ham oq yoki qora qila olmaysiz.
37. Sizlarning so‘zingiz faqat “ha” yoki “yo‘q” bo‘lsin. Bundan ortig‘i esa yovuz shaytondandir.
38. Sizlar: “Ko‘z evaziga ko‘z, tish evaziga tish”, — deb aytilganini ham eshitgansizlar.
39. Lekin Men sizlarga aytaman: sizga yomonlik qilgan odamga qarshilik ko‘rsatmang. Agar kimdir o‘ng chakkangizga ursa, unga chapini ham tuting.
40. Kim siz bilan da’volashib, ko‘ylagingizni olmoqchi bo‘lsa, unga to‘ningizni ham berib yuboring.
41. Birov sizni bir chaqirim yo‘l yurishga majbur qilsa, u bilan birga ikki chaqirim yuring.
42. Sizdan so‘raganga bering, sizdan qarz olmoqchi bo‘lgandan yuz o‘girmang.
43. “Birodaringni yaxshi ko‘r, dushmaningdan nafratlan”, — deb aytilganini ham eshitgansizlar.
44. Lekin Men sizlarga aytyapman: dushmanlaringizni yaxshi ko‘ringlar. Sizlarni quvg‘in qilganlar uchun ibodat qilinglar.
45. Shunda siz osmondagi Otangizning o‘g‘illari bo‘lasizlar. Chunki U O‘z quyoshini yovuzlar ustida ham, yaxshilar ustida ham balqitadi, yomg‘irini solihlar ustiga ham, fosiqlar ustiga ham yog‘diradi.
46. Agar sizni yaxshi ko‘rganlarnigina yaxshi ko‘rsangiz, sizlarga qanday mukofot bo‘ladi? Axir, soliqchilar ham shunday qilishmaydimi?
47. Agar siz faqat birodarlaringiz bilangina salomlashsangiz, boshqalardan nima farqingiz qoladi?! Axir, butparastlar ham xuddi shunday qilishmaydimi?!
48. Osmondagi Otangiz barkamol bo‘lgani kabi, sizlar ham barkamol bo‘linglar.”

1. “Ehtiyot bo‘linglar, savobli ishingizni odamlarga ko‘z–ko‘z qilmanglar. Aks holda osmondagi Otangizdan mukofot ololmaysizlar.
2. Birovga sadaqa berganingiz haqida hammaga jar solib yurmanglar. Ikkiyuzlamachilargina odamlardan olqish olish uchun sinagogalarda va ko‘cha–ko‘yda shunday qiladilar. Sizlarga chinini aytayin: ular o‘z mukofotini olib bo‘lganlar.
3. Siz esa sadaqa berayotganingizda, o‘ng qo‘lingiz nima qilayotganini chap qo‘lingiz bilmasin.
4. Sadaqangizni hech kimga bildirmay bering. Yashirincha qilgan bu ishingizni ko‘rgan Otangiz sizni taqdirlaydi.”
5. “Ibodat qilganingizda, ikkiyuzlamachilarga o‘xshamanglar. Ular o‘zlarini hammaga ko‘rsatish uchun sinagogalarda va ko‘chalarning burchaklarida turib ibodat qilishni yaxshi ko‘radilar. Sizlarga chinini aytay: ular o‘zlarining mukofotlarini olib bo‘lganlar.
6. Siz esa ibodat qilayotganingizda ichkari xonaga kirib, eshikni berkitib oling va yashirin bo‘lgan Otangizga ibodat qiling. Yashirin qilgan ishlaringizni ko‘rgan Otangiz sizni taqdirlaydi.
7. Ibodat qilayotganingizda, butparastlar kabi behuda so‘zlarni hadeb takrorlayvermang. Ular: ko‘p so‘zlasam, ibodatim ijobat bo‘ladi, deb o‘ylaydilar.
8. Ularga o‘xshamanglar, chunki Otangiz so‘ramasingizdan oldin nimaga muhtojligingizni biladi.
9. Sizlar esa shunday ibodat qilinglar: Bizning osmondagi Otamiz! Sening muqaddas noming ulug‘lansin.
10. Sening Shohliging kelsin. Osmonda bo‘lgani kabi, Yerda ham Sening irodang bajo bo‘lsin.
11. Bugungi rizqimizni bergin.
12. Bizga qarshi gunoh qilganlarni biz kechirgandek, Sen ham gunohlarimizni kechirgin.
13. Bizni vasvasaga duchor qilmagin, Ammo yovuz shaytondan xalos qilgin.
14. Agar sizlar boshqalarning gunohlarini kechirsangizlar, osmondagi Otangiz ham sizni kechiradi.
15. Bordi–yu, sizlar boshqalarning gunohlarini kechirmasangizlar, Otangiz ham sizni kechirmaydi.”
16. “Ro‘za tutayotganingizda, ikkiyuzlamachilar kabi qovoq solib yurmanglar. Ular ro‘za tutayotganlarini boshqalarga ko‘rsatish uchun yuvinib, taranmaydilar. Sizlarga chinini aytayin: ular o‘zlarining mukofotlarini olib bo‘lganlar.
17. Sizlar ro‘za tutganlaringizda yuzlaringizni yuvib, sochlaringizni tarab yuring,
18. toki ro‘za tutganingizni yashirin bo‘lgan Otangizdan boshqa hech kim bilmasin. Shunda yashirin qilgan ishingizni ko‘rgan Otangiz sizni taqdirlaydi.”
19. “Bu dunyoda o‘zlaringiz uchun boylik g‘amlamanglar. Axir, bunday boylikni kuya yeydi, zang bosadi, o‘g‘ri tushib o‘g‘irlaydi.
20. Aksincha, o‘zlaringiz uchun osmonda boylik yig‘inglar. Bunday boylikni kuya yemaydi, zang bosmaydi, o‘g‘ri ham o‘g‘irlay olmaydi.
21. Xazinangiz qayerda bo‘lsa, yuragingiz ham o‘sha yerda bo‘ladi.
22. Tananing chirog‘i — ko‘z. Agar ko‘zingiz yaxshi bo‘lsa, butun tanangiz yop–yorug‘ bo‘ladi.
23. Ammo ko‘zingiz yomon bo‘lsa, butun tanangiz zulmatga to‘ladi. Agarda ichingizdagi nur zulmat bo‘lsa, zimziyo zulmatda qolgan ekansiz.
24. Hech kim ikki xo‘jayinga xizmat qilolmaydi. U yo birini yomon ko‘rib, boshqasini yaxshi ko‘radi, yoki biriga bag‘ishlanib, boshqasini mensimaydi. Sizlar ham Xudoga, ham boylikka birdek xizmat qila olmaysizlar.”
25. “Shuning uchun sizlarga aytaman: “Tirikchiligingizdan xavotir olib, nima yeymiz, nima ichamiz, ustimizga nima kiyamiz, demanglar. Axir, hayot ovqatdan, tana esa kiyimdan muhimroq emasmi?!
26. Qushlarga qaranglar: ular na ekadi, na o‘radi, na omborga don yig‘adi. Shunga qaramay, osmondagi Otangiz ularning rizqini beradi. Sizlar esa ulardan ancha qadrlisizlar–ku!
27. Birontangiz tashvishlanib, umringizni bir lahzaga bo‘lsa ham uzaytira olarmidingiz?!
28. Nega kiyim uchun tashvishlanasizlar? Nilufar gullarning qanday o‘sishiga e’tibor qiling: ular mehnat qilmaydi, ip yigirmaydi.
29. Ammo sizlarga aytamanki, hatto shoh Sulaymon shuhrat cho‘qqisida ham o‘sha gullarning biriday kiyinmagan.
30. Bugun bor, ertaga esa o‘choqqa tashlanadigan dala o‘tini Xudo shunday bezagan bo‘lsa, nahotki sizlarni kiyintirmasa, ey imoni sustlar?!
31. Shunday ekan, nima yeymiz, nima ichamiz, nima kiyamiz, deb tashvishlanib yurmanglar.
32. Butparastlar hadeb bu narsalarning tashvishida yuradilar. Lekin osmondagi Otangiz bularning hammasiga muhtoj ekaningizni biladi–ku!
33. Sizlar avvalo Xudoning Shohligi va Uning irodasi payida bo‘linglar, shunda bularning hammasi sizga beriladi.
34. Xullas, ertangi kun uchun tashvish tortmanglar. Ertaning tashvishi ertaning o‘ziga tegishlidir. Har bir kunning g‘am–tashvishi o‘ziga yetadi.”

1. “Boshqalarni hukm qilishni bas qilinglar, shunda Xudo ham sizlarni hukm qilmaydi.
2. Sizlar boshqalarni qanday hukm qilsangizlar, Xudo ham sizlarni xuddi shunday hukm qiladi. Sizlar boshqalarni hukm qilganda qanday o‘lchovdan foydalansangizlar, Xudo ham sizni hukm qilganda xuddi o‘shanday o‘lchovdan foydalanadi.
3. Nega sen birodaringning ko‘zidagi zirapchani ko‘rasan– u, o‘z ko‘zingdagi xodani sezmaysan?
4. O‘z ko‘zingda xoda bo‘la turib, qanday qilib birodaringga: “Kel, ko‘zingdagi zirapchani olib tashlaylik”, — deb aytasan?
5. Hoy, ikkiyuzlamachi! Oldin ko‘zingdagi xodani chiqarib ol, shunda ko‘zing tiniq ko‘radi va birodaringning ko‘zidan zirapchani chiqara olasan.
6. Muqaddas bo‘lgan narsani itlarga bermang, marvaridlaringizni cho‘chqalar oldiga tashlamang. Aks holda, ular muqaddas narsalaringizni oyoq osti qilib, o‘zingizni ham tilka–pora qiladilar!”
7. “So‘rang, sizga beriladi. Izlang, topasizlar. Taqillating, eshik ochiladi.
8. Chunki so‘ragan har bir odam oladi, izlagan topadi, taqillatganga eshik ochiladi.
9. Orangizdan qaysi bir ota o‘g‘li non so‘raganda, unga tosh beradi?
10. Yoki baliq so‘raganda, unga ilon beradi?
11. Sizlar gunohkor bo‘la turib bolalaringizga yaxshi hadyalar bera olar ekansiz, osmondagi Otangiz ham Undan so‘raganlarga a’lo ne’matlar berishga qanchalar tayyor!
12. Odamlar sizlarga nima qilishlarini istasangiz, sizlar ham ularga o‘shani qilinglar. Tavrot va payg‘ambarlar ta’limotining mag‘zi shundadir.”
13. “Tor eshikdan kiringlar! Chunki halokatga olib boradigan darvoza enli, yo‘li ham kengdir. Bu yo‘ldan yurayotganlar ko‘p.
14. Hayotga olib boradigan eshik esa juda tor, yo‘li ensizdir. Bu yo‘lni topadiganlar oz.”
15. “Soxta payg‘ambarlardan ehtiyot bo‘linglar! Ular sizning oldingizga qo‘y po‘stinida keladilar, lekin ichlaridan yirtqich bo‘rilardir.
16. Ularning kimligini qilgan ishlaridan bilib olasiz. Axir, tikanzordan uzumni, yantoqdan anjirni terib bo‘lmaydi–ku!
17. Har bir yaxshi daraxt yaxshi meva beradi, yomon daraxt esa yomon meva beradi.
18. Yaxshi daraxt yomon meva berolmaydi, yomon daraxt ham yaxshi meva berolmaydi.
19. Yaxshi meva bermaydigan har bir daraxt esa kesilib, olovga tashlanadi.
20. Shunday qilib, soxta payg‘ambarlarni mevalaridan bilib olasizlar.
21. Meni “Yo Rabbiy, yo Rabbiy!” deb chaqirgan har kim Osmon Shohligiga kiravermaydi. U yerga faqat osmondagi Otamning irodasini bajargan odamlargina kiradi.
22. Qiyomat kunida ko‘plar Menga shunday deydilar: “Yo Rabbiy, yo Rabbiy, biz Sening noming bilan va’z qilgan edik! Sening noming bilan jinlarni quvib chiqargandik! Sening noming bilan ko‘p mo‘jizalar qilgan edik–ku!”
23. Men esa ularga deyman: Men sizlarni aslo tanimayman! Yo‘qolinglar, ey badkirdorlar!”
24. “Kim Mening bu so‘zlarimni eshitib, ularga amal qilsa, uyini tosh ustiga qurgan dono odamga o‘xshaydi.
25. Yomg‘ir yog‘ib, sellar toshib, shamollar esib, o‘sha uyni bosib qolibdi. Lekin tosh ustiga o‘rnatilgani uchun uy qulamabdi.
26. Biroq kim Mening bu so‘zlarimni eshitib, ularga amal qilmasa, o‘z uyini qum ustiga qurgan ahmoq odamga o‘xshaydi.
27. Yomg‘ir yog‘ib, sellar toshib, shamollar esib, o‘sha uyni bosib qolibdi. Uy qulab, butunlay vayron bo‘libdi!”
28. Iso bu gaplarini aytib bo‘lgandan keyin, olomon Uning ta’limotidan hayratga tushdi.
29. Chunki Iso Tavrot tafsirchilariday emas, balki hokimiyat egasiday ta’lim berar edi.

1. Iso tog‘dan tushganda katta bir olomon Uning orqasidan ergashdi.
2. Shu orada teri kasalligiga chalingan bir odam Isoning oldiga keldi. U tiz cho‘kib, dedi: — Hazrat, bilaman, istasangiz, meni bu kasallikdan Siz poklay olasiz.
3. Iso qo‘lini uzatib, unga tekkizdi–da: — Istayman, pok bo‘l! — dedi. Teri kasalligiga chalingan odam shu zahoti dardidan forig‘ bo‘ldi.
4. Iso unga dedi: — Menga qara! Bu to‘g‘rida birovga og‘iz ocha ko‘rma. Borib, o‘zingni ruhoniyga ko‘rsat. Poklanganingni hammaga isbot qilish uchun Muso amr qilgan qurbonliklarni keltir.
5. Iso Kafarnahum shahriga kirib kelganda, bir Rim yuzboshisi Uning oldiga kelib, yolvordi:
6. — Hazrat, xizmatkorim uyda to‘shakka mixlanib yotibdi. U qattiq azob chekyapti.
7. — Mayli, Men borib, xizmatkoringizni sog‘aytiraman, — dedi Iso.
8. Yuzboshi shunday dedi: — Hazrat! Kulbamga oyoq bosishingiz uchun nomunosibman. Siz buyursangiz, bas, xizmatkorim sog‘ayib ketadi.
9. Men o‘zim buyruqqa tobe odamman, ammo mening ham qo‘lim ostida askarlarim bor. Biriga “ket” desam, ketadi, boshqasiga “kel” desam, keladi. Biron xizmatkorimga “shuni qil” desam, qiladi.
10. Iso yuzboshining bu gapini eshitib, hayratlandi. U orqasidan ergashib kelayotganlarga dedi: — Sizlarga chinini aytayin: Men Isroilda bunday kuchli imonga ega bo‘lgan bironta odamni uchratmadim.
11. Sizlarga shuni aytaman: ko‘p odamlar sharqu g‘arbdan kelib, Ibrohim, Is’hoq va Yoqub bilan birga Osmon Shohligida ziyofatga o‘tiradilar.
12. Osmon Shohligining merosxo‘rlari esa tashqaridagi zulmatga quvib chiqariladi. Ular u yerda qattiq pushaymon bo‘lib, fig‘on chekadilar.
13. Keyin Iso yuzboshiga dedi: — Boring, siz ishonganingizday bo‘lsin. Yuzboshining xizmatkori o‘sha zahoti sog‘ayib ketdi.
14. Iso Butrusning uyiga kelganda, uning qaynanasi isitmalab, to‘shakda yotganini ko‘rdi.
15. Iso uning qo‘liga tegishi bilan isitmasi tushdi. Ayol turib, Unga xizmat qildi.
16. Kech kirganda Isoning oldiga jin chalgan ko‘plab odamlarni olib kelishdi. U so‘z bilan jinlarni quvib chiqardi, xasta odamlarning hammasiga shifo berdi.
17. Shu tariqa Ishayo payg‘ambarning quyidagi aytgan so‘zi bajo bo‘ldi: “Dardlarimizni u o‘ziga oldi, Og‘riqlarimizdan bizni forig‘ qildi.”
18. Iso atrofida bir talay olomonni ko‘rib, shogirdlariga ko‘lning narigi tomoniga o‘tishni buyurdi.
19. Shu payt Tavrot tafsirchisi Isoning oldiga kelib dedi: — Ustoz, qayerga borsangiz ham, men ortingizdan boraman.
20. Iso unga shunday dedi: — Tulkilarning uyalari bor, qushlarning inlari bor. Inson O‘g‘lining esa bosh qo‘yadigan joyi yo‘q.
21. Shogird bo‘lgan boshqa bir odam esa Isoga: — Hazrat, ijozat bering, avval borib otamni dafn qilib kelay, — dedi.
22. Iso esa Unga dedi: — Sen ortimdan yur. Marhumlarni ruhan o‘lik bo‘lganlar dafn qilsinlar.
23. Iso qayiqqa tushdi, shogirdlari ham Unga ergashib, qayiqqa tushdilar.
24. Shu orada ko‘lda bo‘ron ko‘tarildi, to‘lqinlar qayiqni suvga to‘ldira boshladi. Iso esa uxlayotgan edi.
25. Shunda shogirdlari Isoning oldiga borib: — Hazrat, bizni qutqaring! Halok bo‘lyapmiz! — deb Isoni uyg‘otdilar.
26. Iso ularga dedi: — Nega qo‘rqyapsizlar, ey imoni sustlar? So‘ng turib, shamolga va to‘lqinlarga do‘q urdi. Shu ondayoq chuqur sukunat cho‘kdi.
27. Qayiqdagilar hayratlanib, bir–biriga: — Bu kim bo‘ldi ekan–a? Hatto shamol va to‘lqinlar Unga bo‘ysunadi–ya! — deyishdi.
28. Iso ko‘lning narigi qirg‘og‘iga, Gadara shahrining yaqiniga yetib bordi. Shunda jinga chalingan ikki odam qabrlar orasidan yugurib chiqib, Isoni qarshilashdi. Ular shunchalik vahshiy edilarki, bironta odam u yerdan o‘ta olmasdi.
29. Ular shunday deb baqirishdi: — Ey Xudoning O‘g‘li! Bizni tinch qo‘y! Sen bizga vaqtidan oldin azob bergani bu yerga keldingmi?
30. Ulardan nariroqda katta bir cho‘chqa podasi oziqlanayotgan edi.
31. Jinlar Isoga yolvorib: — Agar bizlarni quvib chiqaradigan bo‘lsang, unda cho‘chqa podasiga yuborgin, — deyishdi.
32. Iso ularga: — Boringlar! — deyishi bilanoq, jinlar odamlar ichidan chiqib, cho‘chqalarning ichiga kirib olishdi. Shu onda butun cho‘chqa podasi tik qiyalikdan ko‘lga yopirilib, suvda nobud bo‘ldi.
33. Cho‘chqa boquvchilar esa qochib shaharga bordilar. Jinga chalinganlar bilan bo‘lib o‘tgan hodisani hammaga gapirib berdilar.
34. Shunda butun shahar aholisi Isoning oldiga bordi. Uni ko‘rgach, yurtimizdan chiqib ket, deb o‘tinib so‘radilar.

1. Iso qayiqqa tushib, ko‘lning narigi tomonidagi Kafarnahum shahriga suzib bordi. U o‘sha paytda Kafarnahumda yashardi.
2. Iso shaharga kirishi bilanoq bir necha kishi Uning oldiga to‘shakda yotgan bir shol odamni ko‘tarib keldilar. Iso ularning ishonchini ko‘rib, sholga: — Dadil bo‘l, o‘g‘lim, gunohlaring kechirildi, — dedi.
3. Shunda Tavrot tafsirchilaridan ba’zilari o‘zlaricha: “Bu Odam kufrlik qilyapti–ku!” — deyishdi.
4. Ularning bu o‘y–fikrlarini bilgan Iso dedi: — Nega sizlar bunday yomon narsalarni o‘ylaysizlar?
5. Qaysi biri osonroq? “Gunohlaring kechirildi!” deb aytishmi, yoki: “O‘rningdan turib yur!” deb aytishmi?
6. Inson O‘g‘liga yer yuzida gunohlarni kechirish hokimiyati berilgan. Hozir shuni bilib olasizlar. Iso shunday dedi–yu, sholga: — O‘rningdan tur! To‘shagingni olib, uyingga bor! — deb buyurdi.
7. Shol o‘rnidan turib, uyiga ketdi.
8. Olomon bu voqeani ko‘rib, qo‘rqib ketdi. Ular inson zotiga bunday hokimiyat bergan Xudoni ulug‘ladilar.
9. Iso yo‘lda davom etarkan, soliq yig‘adigan joyda o‘tirgan Mattoni ko‘rib qoldi. Iso unga: — Ortimdan yur! — dedi. Matto o‘rnidan turib, Isoga ergashdi.
10. Bir ozdan keyin Iso Mattoning uyida mehmon bo‘ldi. Ko‘p soliqchilar va gunohkorlar kelib, Iso va Uning shogirdlari bilan birga dasturxon atrofiga o‘tirdilar.
11. Farziylar buni ko‘rib, Isoning shogirdlaridan: — Nega Ustozingiz soliqchilaru gunohkorlar bilan birga yeb–ichib o‘tiribdi? — deb so‘radilar.
12. Iso bu gapni eshitib, ularga shunday javob berdi: — Sog‘lar emas, xastalar tabibga muhtojdir.
13. Boringlar–da, Tavrotdagi: “Men qurbonlik emas, rahm–shafqat istayman”, degan oyatning ma’nosini o‘rganib kelinglar. Axir, Men solihlarni emas, gunohkorlarni tavbaga chaqirgani kelganman.
14. Bir kuni Yahyoning shogirdlari Isoning oldiga kelib, shunday savol berdilar: — Bizlar va farziylar ko‘p ro‘za tutamiz, nega Sizning shogirdlaringiz ro‘za tutmaydilar?
15. Iso ularga dedi: — Kuyov davrada bo‘lganda to‘ydagi mehmonlar qayg‘uradimi? Biroq ular kuyovdan judo bo‘ladigan kunlar keladi, ana o‘shanda ro‘za tutadilar.
16. Hech kim eski kiyimga yangi matodan yamoq solmaydi. Chunki yangi yamoq eski kiyimni battar yirtib yuboradi.
17. Shuningdek, yangi sharobni ham eski meshga quymaydilar. Chunki mesh yorilib ketadi, sharob ham to‘kiladi, mesh ham nobud bo‘ladi. Aksincha, yangi sharobni yangi meshga quyadilar, shunda unisi ham, bunisi ham saqlanib qoladi.
18. Iso ularga bu so‘zlarni aytib turganda, bir sinagoga oqsoqoli kelib qoldi. U Isoning oldida tiz cho‘kib, shunday deb yolvordi: — Qizim hozirgina vafot etdi. Yuring, qizimga qo‘lingizni tekkizing, u tirilib ketadi.
19. Iso o‘rnidan turib, shogirdlari bilan o‘sha odamning orqasidan bordi.
20. Shu payt o‘n ikki yildan beri qon ketishidan azob chekayotgan bir ayol Isoning orqasidan kelib, Uning kiyimi etagiga qo‘l tekkizdi.
21. U o‘zicha: “Agar kiyimiga bir tegib olsam, sog‘ayib ketaman”, — deb o‘ylagan edi.
22. Iso orqasiga o‘girildi. Ayolni ko‘rib, dedi: — Dadil bo‘l, qizim, ishonching seni sog‘aytirdi. Ayol shu zahoti dardidan xalos bo‘ldi.
23. Iso sinagoga oqsoqolining uyiga yetib borganda, nay chaluvchilarni va dod–faryod qilayotgan olomonni ko‘rdi.
24. Iso: — Hammalaringiz chiqinglar! — deb buyurdi. — Qizcha o‘lmagan, u uxlab yotibdi. Odamlar Isoning ustidan kulishdi.
25. Olomon tashqariga chiqarilgandan so‘ng Iso ichkariga kirib, qizchaning qo‘lidan ushladi. Qizcha o‘rnidan turib ketdi.
26. Bu xabar butun atrofga yoyildi.
27. Iso u yerdan jo‘nab ketayotganda, ikki ko‘r Uning orqasidan ergashgancha dod solib: — Ey Dovud O‘g‘li Iso, bizlarga rahm qiling! — deb faryod qilishardi.
28. Iso uyga kirganda, ko‘rlar Uning yoniga kelishdi. Iso ulardan so‘radi: — Sizlarga shifo bera olishimga ishonasizlarmi? — Ha, Hazrat! — deb javob berishdi ular.
29. Shunda Iso ularning ko‘zlariga qo‘lini tekkizib: — Sizlarning ishonchingizga yarasha bo‘lsin, — dedi.
30. Ularning ko‘zlari ochilib ketdi. Iso ularga: — Buni hech kim bilmasin! — deb qat’iy ogohlantirdi.
31. Ammo ular o‘sha yerdan chiqiboq, butun atrofga Iso haqida ovoza qildilar.
32. Ular ketgandan keyin, Isoning oldiga jin chalgan bir soqovni olib kelishdi.
33. Iso jinni quvib chiqargandan keyin, soqov tilga kirdi, xalq esa hayratda qolib: — Isroilda bunday hodisa hech qachon bo‘lmagan, — dedi.
34. Ammo farziylar shunday derdilar: — U ins–jinslar hukmdorining kuchi bilan jinlarni quvib chiqaryapti.
35. Iso hamma shaharu qishloqlarga borib, sinagogalarda ta’lim berardi, Xudoning Shohligi to‘g‘risidagi Xushxabarni e’lon qilib, odamlarning turli xastaligu dardlariga shifo berardi.
36. Iso olomonni ko‘rib, ularga achinib ketdi, chunki ular cho‘ponsiz qo‘ylarday dovdiragan va holdan toygan edilar.
37. Shunda Iso shogirdlariga dedi: — Hosil mo‘l, ammo ishchilar oz.
38. Shuning uchun hosil Egasidan: “Hosilingni yig‘ib olishga yana ishchilar yubor”, deb so‘ranglar.

1. Iso O‘zining o‘n ikki havoriysini yoniga chaqirib, ularga yovuz ruhlarni quvib chiqarish va har qanday dardu xastaliklarni sog‘aytirish qudratini berdi.
2. Bu o‘n ikki havoriyning ismlari quyidagichadir: birinchisi Butrus deb atalgan Shimo‘n, uning ukasi Idris, Zabadiyning o‘g‘illari Yoqub va Yuhanno,
3. Filip, Bartolomey, To‘ma, soliqchi Matto, Alfey o‘g‘li Yoqub, Taddey,
4. vatanparvar Shimo‘n va Isoga xoinlik qilgan Yahudo Ishqariyot.
5. Iso o‘n ikki havoriyni jo‘natayotib, ularga quyidagicha ko‘rsatmalar berdi: “G‘ayriyahudiylar yashaydigan joylarga oyoq bosmanglar, Samariyaliklarning shaharlariga kirmanglar.
6. Aksincha, adashgan qo‘ylarga o‘xshagan Isroil xalqi oldiga boringlar.
7. Borganlaringizda: “Osmon Shohligi yaqinlashdi”, deb e’lon qilinglar.
8. Xastalarni sog‘aytiringlar, o‘liklarni tiriltiringlar, teri kasalligiga chalinganlarni pok qilinglar, jinlarni quvib chiqaringlar. Tekin oldingizlar, tekin beringlar.
9. Belbog‘laringizga oltin, kumush, hatto mis chaqa ham qistirib olmanglar.
10. Yo‘lga to‘rva ham, qo‘shimcha kiyim ham, choriq ham, hassa ham olmanglar. Chunki mehnatkash o‘zining non– nasibasiga munosibdir.
11. Qaysi shahar yoki qishloqqa kirsangiz, u yerda munosib odamni topib, ketguningizcha o‘sha odamning uyida turinglar.
12. Uyga kirganingizda: “Xonadoningizda tinchlik–omonlik bo‘lsin”, deb aytinglar.
13. Agar u munosib xonadon bo‘lsa, siz tilagan tinchlik o‘sha xonadonda qoladi. Agarda munosib bo‘lmasa, tilagan tinchligingiz o‘zingizga qaytib keladi.
14. Agar kim sizni qabul qilmasa va so‘zlaringizga quloq solmasa, o‘sha uydan yoki shahardan chiqib ketayotganingizda oyoqlaringizdagi changni qoqib ketinglar.
15. Sizga chinini aytaman: qiyomat kunida o‘sha shaharning holi Sado‘m va G‘amo‘ra shaharlarining holidan ham battar bo‘ladi.”
16. “Men sizlarni bo‘rilar orasiga qo‘ylarday yuboryapman. Sizlar ilonday ziyrak, kaptarday oq ko‘ngil bo‘linglar.
17. Insonlardan ehtiyot bo‘linglar. Chunki ular sizlarni mahkamalarga topshirib, sinagogalarda kaltaklaydilar.
18. Men tufayli sizlarni hokimlar va shohlar huzuriga olib boradilar, sizlar esa ularga va g‘ayriyahudiylarga Men haqimdagi Xushxabarni aytasizlar.
19. Sizlarni mahkamaga olib borishganda: “Qanday gapiramiz, nima aytamiz”, deb xavotir olmanglar. Nimani gapirishlaringiz o‘sha vaqtda sizlarga bildiriladi.
20. O‘shanda sizlar emas, balki Otangizning Ruhi sizlar orqali gapiradi.
21. Aka ukasini, ota bolasini o‘limga topshiradi. Bolalar o‘z ota–onalariga qarshi chiqib, ularni o‘ldirtiradilar.
22. Mening nomim tufayli hamma sizlardan nafratlanadi. Lekin oxirigacha bardosh bergan najot topadi.
23. Agar sizlarni bir shaharda quvg‘in qilsalar, boshqasiga qochib boringlar. Sizlarga chinini aytayin: sizlar Isroilning shaharlarini aylanib chiqishga ulgurmasingizdan, Inson O‘g‘li qaytib keladi.
24. Shogird ustozidan ustun emas, qul ham o‘zining xo‘jayinidan ustun emas.
25. Shogird ustoziday, qul xo‘jayiniday bo‘lsa kifoya. Agar uy egasini Baalzabul, ya’ni ins–jinslar hukmdori, deb atagan bo‘lishsa, uy ahlini undan battar nom bilan atashadi!”
26. “Shunday bo‘lsa–da, odamlardan qo‘rqmanglar! Axir, har qanday yashirin narsa ma’lum bo‘ladi, har qanday sir ochiladi.
27. Sizga qorong‘ida gapirayotganlarimni yorug‘da aytinglar. Qulog‘ingizga shivirlab aytganlarimni uylarning tomi ustidan baqirib, e’lon qilinglar.
28. Tanani o‘ldirib, jonni o‘ldira olmaydiganlardan qo‘rqmanglar. Xudodan qo‘rqinglar! Chunki U jonni ham, tanani ham do‘zaxda halok etishga qodir.
29. Ikkita chumchuq bir tangaga sotiladi, shunday emasmi? Biroq bularning birontasi ham Otangizning xohishisiz yerga tushmaydi.
30. Sizlarning esa hatto boshingizdagi har bir tola sochingiz sanalgan.
31. Shuning uchun qo‘rqmanglar, sizlar ko‘plab chumchuqlardan qadrliroqsizlar.”
32. “Kim Meni insonlar oldida tan olsa, Men ham osmondagi Otamning oldida uni tan olaman.
33. Ammo kim insonlar oldida Meni rad etsa, Men ham osmondagi Otamning oldida uni rad etaman.
34. Meni yer yuziga tinchlik olib kelgan, deb o‘ylamanglar. Men tinchlik emas, qilich olib kelganman.
35. O‘g‘ilni otasidan, qizni onasidan, kelinni qaynanasidan ajratish uchun kelganman.
36. Insonning dushmanlari o‘z uyidagilar bo‘ladi.
37. Kimki otasini yoki onasini Mendan ortiq yaxshi ko‘rsa, Menga loyiq emas. Kimki o‘g‘lini yoki qizini Mendan ortiq yaxshi ko‘rsa, Menga loyiq emas.
38. Kimki o‘z xochini olib, ortimdan yurmasa, Menga loyiq emas.
39. O‘z jonini ayamoqchi bo‘lgan uni yo‘qotadi. Men uchun jonini bergan esa, uni asrab qoladi.
40. Sizni qabul qilgan odam Meni qabul qilgan bo‘ladi. Meni qabul qilgan esa Meni Yuborganni qabul qilgan bo‘ladi.
41. Kimki payg‘ambarni payg‘ambar bo‘lgani uchun qabul qilsa, payg‘ambarga munosib mukofotni oladi. Kimki solih odamni solih bo‘lgani uchun qabul qilsa, solihga munosib mukofotni oladi.
42. Agar siz shogirdlarimning eng kichigiga u Mening shogirdim bo‘lgani uchun bir piyola sovuq suv bersangiz, albatta mukofotingizni olasiz, deb sizga chinini aytaman.”

1. Iso o‘n ikki shogirdiga ko‘rsatmalarni berib bo‘lgandan keyin, yaqin atrofdagi shaharlarda ta’lim berish va va’z aytish uchun ketdi.
2. Yahyo bu paytda zindonda edi, u Isoning qilayotgan ishlarini eshitib, shogirdlarini Isoning oldiga
3. shunday savol bilan yubordi: “Keladigan Zot Sizmisiz, yoki biz boshqasini kutaylikmi?”
4. Iso Yahyoning shogirdlariga shunday javob berdi: — Boringlar, ko‘rib eshitayotganlaringizni Yahyoga aytinglar:
5. ko‘rlar ko‘rmoqda, cho‘loqlar yurmoqda, teri kasalligiga chalinganlar tuzalmoqda, karlar eshitmoqda, o‘liklar tirilmoqda, yo‘qsillar Xushxabarni eshitmoqda.
6. Mendan yuz o‘girmaganlar naqadar baxtlidir!”
7. Yahyoning shogirdlari ketayotganlarida, Iso olomonga Yahyo haqida gapirdi: “Sahroga nimani ko‘rgani bordingizlar? Shamolda hilpirab turgan qamishnimi?
8. Xo‘sh, nimani ko‘rgani bordingizlar? Bashang kiyingan odamnimi? Bashang kiyinganlar shoh saroyida bo‘ladi–ku!
9. Unday bo‘lsa, nimani ko‘rgani bordingizlar? Payg‘ambarnimi? Ha, sizlarga shuni aytay: sizlar payg‘ambardan ham ulug‘ini ko‘rdingizlar!
10. U haqda shunday yozilgan: “Mana, Sendan oldin Men O‘z elchimni yuboryapman, U Sen uchun yo‘lni hozirlaydi.”
11. Sizlarga chinini aytay: butun inson zoti orasida Yahyo cho‘mdiruvchidan ulug‘i yo‘q. Ammo Osmon Shohligida eng kichik hisoblangan odam ham undan ulug‘roqdir.
12. Yahyo cho‘mdiruvchi davridan shu kungacha odamlar Osmon Shohligiga shafqatsiz hujum qilmoqdalar. Zo‘ravonlar Osmon Shohligini qo‘lga kiritishga harakat qilmoqdalar.
13. Yahyo cho‘mdiruvchidan oldin bo‘lgan hamma payg‘ambarlarning bitiklarida va Tavrot kitobida Osmon Shohligi haqida bashorat qilingan.
14. Agar bu bashoratlarga ishonishni istasangizlar, Yahyo — kelishi bashorat qilingan Ilyosdir.
15. Kimning eshitar qulog‘i bo‘lsa, eshitsin!
16. Bu naslni kimga qiyoslasam bo‘ladi? Ular bolalarga o‘xshaydilar, maydonda o‘tirib olib, shunday deya bir–birlariga baqiradilar:
17. “Sizlar uchun nay chaldik, ammo raqsga tushmadingiz, Biz oh–voh qildik, ammo sizlar qayg‘urmadingiz.”
18. Yahyo kelganda, u na yedi, na ichdi, shuning uchun hamma: “Uni jin uribdi”, deydilar.
19. Inson O‘g‘li kelganda esa ham yedi, ham ichdi. Ammo Uni: “Yebto‘ymas, sharobxo‘r, soliqchilar va gunohkorlarning do‘sti”, deydilar. Biroq donolik to‘g‘ri ekanligi o‘z natijasidan ayon.”
20. Iso ba’zi shaharlarda ko‘p mo‘jizalar ko‘rsatgandi, ammo xalq o‘z gunohlari uchun tavba qilmadi. Iso o‘sha shaharlar aholilariga ta’na qildi:
21. “Sening holingga voy, ey Horazin! Sening holingga voy, ey Baytsayda! Agar sizlarda qilingan mo‘jizalar Tir bilan Sidon shaharlarida qilinganda edi, ular allaqachon qanorga o‘ranib, boshlariga kul sochib, tavba qilgan bo‘lardilar.
22. Biroq sizlarga aytayin: qiyomat kunida sizning holingiz Tir va Sidonning holidan battar bo‘ladi.
23. Ey Kafarnahum! Xudo seni ko‘klarga ko‘taradi deb o‘ylaysanmi?! Yo‘q, U seni tubsiz chuqurlikka uloqtiradi! Agar senda yuz bergan mo‘jizalar Sado‘mda bo‘lganda edi, u shahar shu kungacha saqlanib qolgan bo‘lar edi.
24. Biroq senga aytayin: qiyomat kunida sening holing Sado‘m shahrining holidan battar bo‘ladi.”
25. O‘sha vaqtda Iso yana shunday dedi: “Ey Ota, yeru osmonning Egasi! Sen bu ishlarni donolaru idroklilardan yashirib, go‘daklarga ma’lum etganing uchun Senga shukrlar aytaman.
26. Ha Ota, bu Sening ezgu xohishing edi.
27. Otam hamma narsani Mening ixtiyorimga topshirgan. O‘g‘ilni Otadan boshqa hech kim bilmaydi. Otani ham O‘g‘ildan boshqa va O‘g‘il ayon qilishni istagan odamdan boshqa hech kim bilmaydi.
28. Ey holdan toyganlar, og‘ir yuk ostida qolganlar, hammalaringiz Mening oldimga kelinglar! Men sizlarga orom beraman.
29. Mening bo‘yinturug‘imni taqib olinglar, Mendan o‘rganinglar. Chunki Men yumshoq ko‘ngil va kamtarinman. Shunda sizlarning jonlaringiz orom topadi.
30. Axir, Mening bo‘yinturug‘im qulay, yukim yengildir.”

1. Oradan ko‘p o‘tmay Iso Shabbat kuni bug‘doyzordan o‘tib borayotgan edi. Och qolgan shogirdlari boshoqlardan uzib, donlarini yeyardilar.
2. Farziylar buni ko‘rib, Isoga: — Qara, shogirdlaring Shabbat kuni qonunga xilof ishni qilyaptilar! — deyishdi.
3. Iso ularga dedi: — Dovud hamrohlari bilan och qolganda nimalar qilganini nahotki sizlar hech o‘qimagan bo‘lsangizlar?!
4. U Xudoning uyiga kirib, muqaddas nonlarni yegan. Qonunga muvofiq esa bunday nonlarni faqat ruhoniylar yeyishga haqli edilar. Dovudga va uning hamrohlariga bunday nonlarni yeyish taqiqlangan edi!
5. Yoki Shabbat kunida Ma’baddagi ruhoniylar Shabbat qonunini buzsalar ham, aybdor bo‘lmasliklarini Tavrotda o‘qimaganmisizlar?
6. Sizlarga shuni aytay: bu yerda Ma’baddan ham ulug‘ bir Zot turibdi.
7. Agar sizlar: “Men qurbonlik emas, rahm–shafqatni istayman”, degan so‘zlarning ma’nosini tushunganingizda edi, aybsiz odamlarni hukm qilmagan bo‘lar edingizlar.
8. Zotan Inson O‘g‘li Shabbat kunining ham Hokimidir.
9. Iso bu yerdan ketib, sinagogaga bordi.
10. U yerda qo‘li shol bir odam bor edi. Isoni ayblamoqchi bo‘lgan ba’zi odamlar Unga shunday savol berdilar: — Qonunga ko‘ra Shabbat kuni xastalarga shifo berish mumkinmi?
11. Iso ularga shunday javob berdi: — Agar bir dona qo‘yingiz bo‘lsayu, o‘sha qo‘yingiz Shabbat kuni chuqurga tushib ketsa, uni chiqarib olmasmidingiz?!
12. Odam esa qo‘ydan ancha qadrliroq–ku! Shunga ko‘ra, Shabbat kuni yaxshilik qilish qonunga muvofiqdir.
13. Iso qo‘li shol odamga: — Qo‘lingni uzat! — dedi. U qo‘lini uzatishi bilanoq, qo‘li narigi qo‘liday soppa–sog‘ bo‘lib qoldi.
14. Farziylar esa tashqariga chiqib, Isoni halok qilish uchun til biriktirishdi. Iso farziylarning bu niyatini bilib, u yerdan ketdi.
15. Bir talay olomon Isoga ergashdi. U xastalarning hammasiga shifo berib,
16. “Mening kimligimni aytmanglar!” deb ularga buyurardi.
17. Shu tariqa Ishayo payg‘ambarning aytgan quyidagi so‘zlari bajo bo‘ldi:
18. Mana Mening qulim, O‘zim uni tanlab olganman. U ko‘nglimni mamnun etgan suyukligimdir. Men unga O‘z Ruhimni beraman, U adolatni elatlarga e’lon qiladi.
19. Janjallashmaydi, baqirmaydi, Ko‘chalarda hech kim uning ovozini eshitmaydi.
20. U ezilgan qamishni sindirmaydi, Tutayotgan pilikni o‘chirmaydi, Qat’iyat bilan adolat o‘rnatadi.
21. Elatlar Uning ismiga umid bog‘laydi.”
22. Shundan so‘ng Isoning oldiga jin chalgan bir odamni olib kelishdi. U ham ko‘r, ham soqov edi. Iso unga shifo bergach, u gapiradigan va ko‘radigan bo‘ldi.
23. Butun xalq hayratda qolib: “Bu Dovudning O‘g‘li emasmikan?!” — derdi.
24. Bu voqeani eshitgan farziylar esa shunday dedilar: “U ins–jinslar hukmdori Baalzabulning kuchi bilan jinlarni quvib chiqaryapti.”
25. Iso ularning nima haqida o‘ylayotganini bilib turardi. U shunday dedi: “O‘z ichidan bo‘linib ketgan har bir shohlik huvullab qoladi, o‘z ichidan bo‘lingan shahar ham, xonadon ham barbod bo‘ladi.
26. Agar shayton shaytonni quvib chiqarsa, uning shohligi o‘zaro bo‘lingan bo‘ladi. Bunday shohlik qanday tura oladi?!
27. Agar Men jinlarni Baalzabulning kuchi bilan quvib chiqarayotgan bo‘lsam, u holda o‘z sheriklaringiz kimning kuchi bilan jinlarni quvib chiqarishyapti? Shu sababdan ham ular sizlarni hukm qiladi.
28. Agar Men jinlarni Xudoning Ruhi bilan quvayotgan bo‘lsam, demak, Uning Shohligi sizlarga ham kelgan.
29. Kim kuchli odamning uyiga bostirib kirib, uning mol–mulkini talon–taroj qila oladi? Avval u uyning egasini bog‘lab qo‘yishi kerak, keyingina uyini talon–taroj qila oladi.
30. Kim Men tomonda bo‘lmasa, Menga qarshidir. Kim Men bilan birga yig‘masa, sochadi.
31. Shuning uchun sizlarga aytaman: insonlarning har qanday gunohi va kufrligi kechiriladi. Lekin Muqaddas Ruhga kufrlik qilganlar kechirilmaydi.
32. Kim Inson O‘g‘liga qarshi so‘z aytsa, kechiriladi. Lekin kim Muqaddas Ruhga qarshi so‘z aytsa, ikki dunyoda ham kechirilmaydi.
33. Yaxshi daraxt yaxshi meva beradi, yomon daraxt esa yomon meva beradi. Har bir daraxtning qandayligini mevasidan bilsa bo‘ladi.
34. Voy ilonlar zoti! Sizlar yovuz bo‘la turib, yaxshi narsa gapira olarmidingiz?! Axir, odamning dili nimaga to‘lib–toshsa, o‘sha tiliga chiqadi!
35. Yaxshi odam yuragining ezgulik xazinasidan yaxshilik chiqaradi, yomon odam yuragining yomonlik xazinasidan yomonlik chiqaradi.
36. Yana shuni aytib qo‘yay: sizlar aytadigan har bir bema’ni so‘zingiz uchun qiyomat kunida hisob berasizlar.
37. Sizlar o‘z so‘zlaringiz asosida yo oqlanasizlar, yoki ayblanasizlar.”
38. Shunda Tavrot tafsirchilari va farziylardan ba’zilari Isoga: “Ustoz, bizga bir alomat ko‘rsatishingizni xohlar edik”, — dedilar.
39. Iso ularga javoban dedi: “Bu qabih va bevafo nasl alomat so‘rayapti, ammo ularga Yunus payg‘ambarning alomatidan boshqa alomat berilmaydi.
40. Yunus uch kechayu kunduz dengiz mahluqining qornida bo‘lganiday, Inson O‘g‘li ham uch kechayu kunduz yer bag‘rida bo‘ladi.
41. Naynavo aholisi qiyomat kunida o‘rnidan turib, bu naslni mahkum etadi. Chunki ular Yunusning va’zini eshitganlarida, tavba qilgan edilar. Bu yerda esa Yunusdan ham buyukroq bir Zot turibdi!
42. Janub malikasi qiyomat kunida o‘rnidan turib, bu naslning odamlarini mahkum etadi. Chunki Sulaymonning dono ta’limotini tinglagani malika dunyoning u chetidan kelgan edi. Bu yerda esa Sulaymondan ham buyukroq bir Zot turibdi!
43. Yovuz ruh insondan chiqqandan keyin, huzur– halovat izlab, suvsiz yerlarni kezadi, lekin topmaydi.
44. So‘ng: “Chiqqan uyimga qaytib boraman”, deydi. Uyiga kelganda, uyni kimsasiz, supurilgan va yig‘ishtirilgan holda ko‘radi.
45. Shunda borib, o‘zidan ham yovuzroq boshqa yettita ruhni ergashtirib keladi va ular bilan uyga kirib, joylashib oladi. Oxir–oqibat o‘sha odamning ahvoli oldingidan ham battar bo‘ladi. Bu yovuz nasl ham xuddi o‘sha ko‘yga tushadi.”
46. Iso olomonga gapirayotganda, onasi bilan ukalari Uni tashqarida kutib turgan edilar. Ular Iso bilan gaplashmoqchi edilar.
47. Kimdir Isoga dedi: — Onangiz bilan ukalaringiz tashqarida turishibdi, ular Siz bilan gaplashmoqchi.
48. Iso esa bu gaplarni aytgan odamga shunday javob berdi: — Mening onam kim? Ukalarim kim?
49. So‘ng qo‘li bilan shogirdlarini ko‘rsatib, dedi: — Mana, Mening onam va aka–ukalarim!
50. Osmondagi Otamning irodasini bajo keltirganlar Mening aka–ukam, opa–singlim va onam bo‘ladi.

1. O‘sha kuni Iso uydan chiqib, ko‘l bo‘yiga borib o‘tirdi.
2. Uning atrofida shu qadar ko‘p olomon to‘plandiki, U qayiqqa tushib, o‘tirishga majbur bo‘ldi. Olomon esa ko‘l qirg‘og‘ida turardi.
3. Iso masal orqali xalqqa ko‘p narsalarni o‘rgatdi: “Quloq solinglar! Bir dehqon urug‘ sepgani chiqibdi.
4. U urug‘ sepayotganda ba’zi urug‘lar so‘qmoq yo‘l ustiga tushibdi. Qushlar uchib kelib, urug‘larni cho‘qib ketibdi.
5. Ba’zi urug‘lar tuprog‘i kam toshloqqa tushibdi. Tuproq chuqur bo‘lmagani uchun, urug‘lar tez ko‘karib chiqibdi.
6. Biroq quyosh chiqqach, qovjirab, ildizi bo‘lmagani uchun so‘lib qolibdi.
7. Boshqa urug‘lar tikanlar orasiga tushibdi. Tikanlar o‘sib, urug‘larni bo‘g‘ib qo‘yibdi.
8. Yana boshqa urug‘lar esa yaxshi tuproqqa tushibdi. Ba’zilari yuz, ba’zilari oltmish, ba’zilari esa o‘ttiz barobar ko‘p hosil beribdi.
9. Kimning eshitar qulog‘i bo‘lsa, eshitsin!”
10. Shundan keyin shogirdlar kelib, Isodan so‘radilar: — Nega odamlarga masallar bilan gapiryapsiz?
11. U shunday javob berdi: — Osmon Shohligining sirlarini bilish ularga emas, sizlarga berilgan.
12. Zero, kimda bor bo‘lsa, unga yana beriladi va unda mo‘l–ko‘lchilik bo‘ladi. Ammo kimda yo‘q bo‘lsa, bori ham tortib olinadi.
13. Odamlarga masallar bilan gapirayotganimning sababi shuki, ular qarab turib ko‘rmaydilar, quloq solib turib, eshitmaydilar va anglamaydilar.
14. Ishayoning bashorati ularda bajo bo‘lgan: “Sizlar e’tibor berib tinglaysiz, Lekin hech qachon tushunmaysiz, Yaxshilab qarab turasiz, Ammo hech qachon anglamaysiz.
15. Zero, bu xalqning aqli o‘tmas bo‘ldi, Quloqlari og‘irlashdi, Ular ko‘zlarini yumib olishdi. Toki ko‘zlari bilan ko‘rmasinlar, Quloqlari bilan eshitmasinlar, Aqllari bilan anglamasinlar, Tag‘in Menga qaytib, shifo topmasinlar.”
16. Sizlar esa nihoyatda baxtlisizlar! Axir, sizlarning ko‘zlaringiz ko‘radi, quloqlaringiz eshitadi.
17. Sizlarga chinini aytay: qanchadan– qancha payg‘ambarlar, qanchadan–qancha solih odamlar siz ko‘rganlarni ko‘rishni istaganlar, ammo ko‘rmaganlar. Sizlar eshitganlarni eshitishni ular istaganlar, ammo eshitmaganlar.
18. “Urug‘ sepuvchi haqidagi masalning ma’nosini anglab olinglar.
19. Osmon Shohligi to‘g‘risidagi kalomni eshitgan, ammo tushunib olmagan odamga yovuz shayton kelib, uning yuragiga ekilgan kalomni o‘g‘irlab ketadi. So‘qmoq yo‘l ustiga tushgan urug‘lar ana shularga ishoradir.
20. Toshloq yerga sepilgan urug‘lar esa shunday odamlarni bildiradi: ular kalomni eshitganda, uni darrov sevinch bilan qabul qiladilar.
21. Lekin ularning ildizi bo‘lmagani uchun uzoq vaqtga chidamaydilar. Kalom tufayli qiyinchilik yoki quvg‘inga duchor bo‘lishsa, darrov chekinadilar.
22. Tikanlar orasiga sepilgan urug‘lar shunday odamlarni bildiradiki, ular Xudoning kalomini eshitadilar, lekin dunyoning tashvishlari va boylikka o‘chlik kalomni bo‘g‘ib qo‘yadi, kalom esa samarasiz qoladi.
23. Yaxshi tuproqqa sepilgan urug‘lar esa shunday odamlarni bildiradi: ular kalomni eshitib, uning ma’nosini tushunib oladilar. Ularning ba’zilari yuz barobar, ba’zilari yetmish barobar va ba’zilari o‘ttiz barobar mo‘l hosil beradilar.”
24. Iso ularga boshqa bir masal aytib berdi: “Osmon Shohligini o‘z dalasiga yaxshi urug‘ sepgan bir odamning vaziyatiga o‘xshatsa bo‘ladi.
25. Hamma uxlab yotganda, dushman kelib, bug‘doyzorga begona o‘t urug‘ini sepib ketibdi.
26. Bug‘doy o‘sib, boshoqlay boshlaganda, begona o‘tlar ham o‘sib chiqibdi.
27. Xizmatkorlar kelib, xo‘jayinga aytibdilar: — Xo‘jayin, dalangizga yaxshi urug‘ ekkan edingiz–ku! Manavi begona o‘tlar qayoqdan paydo bo‘ldi ekan?
28. — Bu — dushmanning ishi, — deb javob beribdi xo‘jayin. Xizmatkorlar xo‘jayinga: — Istasangiz, biz borib o‘sha o‘tlarni yulib tashlaymiz.
29. — Yo‘q, — debdi u, — sizlar begona o‘tlarni yulayotganlaringizda, bug‘doyni ham qo‘shib yulib olishingiz mumkin.
30. Mayli, o‘rim–yig‘im paytigacha bug‘doy bilan birga begona o‘tlar ham o‘saversin. Payti kelganda o‘roqchilarga: “Avval begona o‘tlarni yig‘ishtirib, bog‘langlar–da, yoqib yuboringlar, keyin bug‘doyni yig‘ishtirib, omborxonamga joylanglar”, deyman.
31. Iso ularga yana boshqa bir masalni aytib berdi: “Osmon Shohligi bir odam o‘z bog‘iga sepgan xantal urug‘iga o‘xshaydi.
32. Xantal urug‘larning eng maydasi bo‘lsa–da, o‘sib chiqqanda, hamma ko‘katlardan baland bo‘ladi. U shunday daraxt bo‘ladiki, qushlar uning shoxlariga uya quradi.”
33. Iso ularga boshqa bir masalni ham aytib berdi: “Xudoning Shohligi xamirturushga o‘xshaydi. Ayol bir bo‘lak xamirturushni uch tog‘ora unga qorsa ham, hamma xamir oshadi.”
34. Iso bularning hammasini olomonga masallar bilan gapirdi. Masalsiz ularga hech narsa to‘g‘risida gapirmasdi.
35. Shunday qilib, payg‘ambarning quyidagi so‘zlari bajo bo‘ldi: “Og‘zimni masalga ochaman, Dunyo yaratilgandan beri sir saqlanganlarni Sizga e’lon qilaman.”
36. Shundan keyin Iso olomon oldidan ketib, uyga kirdi. Shogirdlari Isoning oldiga kelib: — Begona o‘tlar haqidagi masalni bizga tushuntirib bering, — dedilar.
37. Iso shunday javob berdi: — Yaxshi urug‘ sepuvchi Inson O‘g‘lidir.
38. Dala olamdir, yaxshi urug‘lar — Osmon Shohligining odamlari, begona o‘tlar esa yovuz shaytonning odamlaridir.
39. Begona o‘tlarni sepgan dushman — iblis, o‘rim–yig‘im — oxirzamon, o‘roqchilar esa farishtalardir.
40. Begona o‘tlarni yig‘ishtirib, olovda yoqishganday, oxirzamonda ham xuddi shunday voqea yuz beradi.
41. Inson O‘g‘li O‘z farishtalarini yuboradi. Farishtalar Uning Shohligidan gunohga undagan hammani va barcha badkirdorlarni yig‘ib oladilar.
42. Ularni lovullab turgan o‘choqqa tashlaydilar. Badkirdorlar u yerda qattiq pushaymon bo‘lib, fig‘on chekadilar.
43. Shunda solihlar o‘z Otalarining Shohligida quyosh kabi porlaydilar. Kimning eshitar qulog‘i bo‘lsa, eshitsin!
44. “Osmon Shohligi dalada yashirilgan xazinaga o‘xshaydi. Bir odam uni topib olibdi. Uni yana yashirib, xursand bo‘lganidan bor–yo‘g‘ini sotib, u dalani xarid qilibdi.”
45. “Osmon Shohligi nodir marvarid izlayotgan bir savdogarga o‘xshaydi.
46. Savdogar qimmatbaho marvaridni topganda, bor–yo‘g‘ini sotib, marvaridni xarid qilibdi.”
47. “Osmon Shohligi baliqchilar dengizga tashlagan to‘rga o‘xshaydi. To‘rga turli xil baliqlar tutilibdi.
48. To‘r to‘lgach, baliqchilar uni qirg‘oqqa tortib chiqarishibdi va o‘tirib, yaxshi baliqlarni savatlarga solishibdi, yomonlarini esa tashlab yuborishibdi.
49. Oxirzamonda ham xuddi shunday bo‘ladi: farishtalar kelib, fosiqlarni solihlar orasidan ajratib olib,
50. lovullagan o‘choqqa tashlaydilar. O‘choqqa tushganlar qattiq pushaymon bo‘lib, fig‘on chekadilar.”
51. Iso shogirdlaridan so‘radi: — Bularning hammasini tushundingizlarmi? — Tushundik, — deb javob berdi ular.
52. Iso ularga dedi: — Shunday ekan, Osmon Shohligiga shogird tushgan har bir Tavrot tafsirchisi omboridan ham yangi, ham eski narsalarni olib chiqayotgan uy egasiga o‘xshaydi.
53. Iso bu masallarni aytib bo‘lgach, u yerdan ketdi.
54. U ona shahriga kelib, sinagogada odamlarga ta’lim berdi. Odamlar esa hayratga tushib dedilar: — Bu Odam shuncha donolikni va mo‘jiza ko‘rsatish qudratini qayerdan olgan ekan–a?
55. Bu o‘sha duradgorning o‘g‘li emasmi?! Onasining ismi Maryam, ukalari Yoqub, Yusuf, Shimo‘n va Yahudo–ku!
56. Uning singillari ham oramizda yashaydi! Bunday buyuk ishlarni U qanday qilar ekan–a?
57. Odamlar Isodan qattiq xafa bo‘ldilar. Iso esa ularga dedi: — Payg‘ambar ona shahridan va o‘z uyidan boshqa hamma yerda izzatlanadi.
58. Odamlarning ishonchsizligi tufayli, Iso u yerda hech qanday mo‘jiza ko‘rsatmadi.

1. Shu orada viloyat hukmdori Hirod Iso to‘g‘risidagi xabarlarni eshitib,
2. amaldorlariga dedi: — Bu Yahyo cho‘mdiruvchi ekanligi aniq! U tirilib kelgan, shuning uchun mo‘jizalar ko‘rsatish qudratiga ega.
3. Uning bu gapni aytishiga sabab shu edi: bundan ancha vaqt oldin Hirod Yahyoni hibsga olgandi. U o‘z ukasi Filipning xotini Hirodiya dastidan Yahyoni kishanlab, zindonga tashlagan edi.
4. Chunki Yahyo unga: “Bu xotin bilan yashashingiz qonunga zid”, — deb aytar edi.
5. Hirod Yahyoni o‘ldirishni xohlagan bo‘lsa–da, xalqdan qo‘rqqan edi. Chunki odamlar Yahyoni payg‘ambar deb bilishardi.
6. Xirodning tug‘ilgan kuni bo‘lganda, Xirodiyaning qizi o‘rtaga chiqib raqsga tushdi. Qizning raqsi Xirodga shunchalik yoqdiki,
7. Xirod unga: “Ont ichaman, so‘ragan narsangni muhayyo qilaman”, deb va’da berdi.
8. Qiz esa onasining gapiga kirib: — Menga Yahyo cho‘mdiruvchining boshini laganda keltirib bering! — dedi.
9. Shoh aytgan gapidan afsus chekdi, ammo mehmonlari oldida qasam ichgani uchun qizning iltimosini bajarishni buyurdi.
10. U zindonga odam yuborib, Yahyoning boshini oldirdi.
11. Uning boshini laganda keltirib qizga berdilar, qiz esa onasiga olib borib berdi.
12. Yahyoning shogirdlari kelib, ustozning jasadini oldilar, uni dafn etdilar. So‘ng borib, Isoga xabar berdilar.
13. Yahyo haqidagi xabarni eshitgandan keyin, Iso qayiqqa tushib, yolg‘iz O‘zi kimsasiz joyga suzib ketdi. Olomon esa bu haqda eshitib, shaharlardan piyoda Uning orqasidan ergashishdi.
14. Iso qayiqdan chiqqanda, katta bir olomonni ko‘rdi. Ularga achinib ketib, xastalariga shifo berdi.
15. Kech kirganda, shogirdlar Isoning oldiga kelib dedilar: — Bu joy kimsasiz ekan, buning ustiga, juda kech bo‘lib qoldi. Xalqni jo‘natib yuboring, toki ular atrofdagi qishloqlarga borib, o‘zlariga yegulik sotib olishsin.
16. Iso ularga dedi: — Ketishlariga hojat yo‘q, sizlar ularga ovqat beringlar.
17. — Bizda bor–yo‘g‘i beshta non va ikkita baliq bor, — deb javob berdi shogirdlar.
18. — O‘sha narsalarni Menga olib kelinglar, — dedi Iso.
19. U odamlarga maysalar ustiga o‘tirishni buyurdi. So‘ng beshta non bilan ikkita baliqni oldi–da, osmonga qarab shukrona duosini o‘qidi. U nonlarni sindirib, shogirdlariga berdi, shogirdlar nonlarni odamlarga tarqatishdi.
20. Hamma yeb to‘ydi. Ortib qolgan non burdalarini yig‘ib olishganda, to‘la o‘n ikki savat chiqdi.
21. Ayollar va bolalarni hisobga olmaganda, taxminan besh mingga yaqin odam non yegan edi.
22. Iso vaqt o‘tkazmay, shogirdlarini qayiqqa tushirib, ko‘lning narigi tomoniga ketishga majbur qildi. Olomonni esa uylariga qaytarib jo‘natib yubordi.
23. U odamlarni ketqizib yuborgandan keyin, ibodat qilish uchun bir O‘zi tepalikka chiqdi. Oqshom tushdi, U hamon o‘sha yerda yolg‘iz edi.
24. Qayiq esa qirg‘oqdan ancha uzoqlashib qolgandi. Shamol qayiqqa qarshi esayotgani uchun, to‘lqinlar qayiqqa kelib urilardi.
25. Erta saharda Iso ko‘l ustida yurib, shogirdlari yoniga keldi.
26. Shogirdlar esa ko‘l yuzida yurib kelayotgan Isoni ko‘rib, qattiq vahimaga tushishdi. Qo‘rqqanlaridan: — Bu arvoh–ku! — deb baqirib yuborishdi.
27. Lekin Iso o‘sha zahoti ularga: — Dadil bo‘linglar! Qo‘rqmanglar, bu Menman! — dedi.
28. Shunda Butrus: — Hazrat, agar haqiqatan bu Siz bo‘lsangiz, amr bering, men suv ustida yurib Sizning oldingizga boray, — dedi.
29. Iso: — Kel! — dedi. Butrus qayiqdan chiqib, suv ustida yurgancha Iso tomon yo‘l oldi.
30. Ammo shamolning kuchli ekanligidan qo‘rqib ketdi. U suvga cho‘ka boshlab: — Hazrat, meni qutqaring! — deb baqirdi.
31. Iso shu zahoti qo‘lini cho‘zib, Butrusni ushladi–da: — Ey imoni sust, nega ikkilanding?! — dedi.
32. Ular qayiqqa tushganlaridan keyin, shamol tindi.
33. Qayiqdagilar Isoga sajda qilib: — Siz haqiqatan ham Xudoning O‘g‘lisiz! — dedilar.
34. Ular ko‘ldan suzib o‘tib, Genisaret o‘lkasiga keldilar.
35. U yerdagi odamlar Isoni tanidilar va atrofga xabar yuborib, hamma xastalarni Isoning oldiga olib keldilar.
36. Xastalar Isodan: “Hech bo‘lmasa kiyimingizning etagiga qo‘l tekkizaylik”, deb iltimos qilishardi. Unga qo‘l tekkizganlarning hammasi shifo topishardi.

1. Quddusdanfarziylar va Tavrot tafsirchilari Isoning oldida kelib, shunday dedilar:
2. — Nega Sizning shogirdlaringiz ota– bobolarimizning urf–odatlariga amal qilmayaptilar? Nega ovqatlanishdan oldin qo‘llarini yuvmaydilar?
3. Iso ularga javob berib dedi: — O‘zlaringiz–chi? Nega o‘z urf–odatingizni deb, Xudoning amrini buzib yuribsizlar?
4. Xudo: “Ota–onangizni hurmat qiling. Otasini yoki onasini xo‘rlagan har qanday odamga o‘lim jazosi berilsin”, deb aytgan.
5. Ammo sizlar shunday ta’lim berasizlar: odam o‘z otasi yoki onasiga: “Farzandlik burchim — Xudoga in’om qilingan, — desa,
6. — u ota–onasini hurmat qilmasa ham bo‘ladi.” Shu tariqa sizlar o‘z ta’limotingiz bilan Xudoning kalomini bekor qilyapsizlar.
7. Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Ishayo payg‘ambar siz haqingizda to‘g‘ri aytgan:
8. “Bu xalq Meni tildagina izzat qiladi, Yuraklari esa Mendan uzoqdir.
9. Ular Menga sajda qiladilar, Ammo sajdalari behudadir. Chunki ular inson yaratgan qoidalarni Ilohiy qonun, deb o‘rgatadilar.”
10. Keyin Iso xalqni yoniga chaqirib, dedi: — Menga quloq solib, tushunib olinglar!
11. Og‘izga kiradigan narsa emas, balki og‘izdan chiqadigan narsa insonni harom qiladi.
12. Shunda shogirdlar Isoning oldiga borib dedilar: — Aytgan bu gapingiz farziylarga qattiq botganini bildingizmi?
13. Iso shunday javob berdi: — Osmondagi Otam o‘tqazmagan har qanday o‘simlik ildizi bilan sug‘urib tashlanadi.
14. Farziylarga e’tibor bermanglar. Ular o‘zlari ko‘r va ko‘rlarga yo‘lboshchilik qiladilar. Agar ko‘r odam ko‘rni yetaklasa, ikkalasi ham chuqurga yiqilib tushadi.
15. Shunda Butrus: — Xalqqa aytgan gapingizni bizga tushuntirib bering! — dedi.
16. — Shunchalik ham befahm bo‘lasizlarmi?! — dedi Iso. —
17. Og‘izga kiradigan har bir narsa qoringa o‘tib, kerakli joydan chiqib ketishini nahotki tushunmasangizlar?
18. Ammo og‘izdan chiqadigan narsalar yurakdan chiqadi. Ana o‘shalar insonni harom qiladi.
19. Chunki inson yuragidan yomon fikrlar, qotillik, fahshu zino, o‘g‘irlik, soxta guvohlik va tuhmat chiqadi.
20. Ana shular insonni harom qiladi. Yuvilmagan qo‘l bilan ovqat yeyish esa insonni harom qilmaydi.
21. Iso u yerdan ketib, Tir va Sidon hududlariga bordi.
22. Shu yerda yashaydigan bir kan’onlik ayol Isoning oldiga kelib, faryod qildi: — Ey Hazrat, Dovudning O‘g‘li, menga rahm qiling! Qizimni jin chalgan, ahvoli yomon!
23. Iso unga bir og‘iz so‘z ham javob bermadi. Shogirdlari Isoning oldiga kelib, iltimos qildilar: — Uni jo‘natib yuboring! Axir, u ketimizdan qolmay, dodlab yuribdi.
24. Iso esa shunday dedi: — Xudo Meni faqat Isroil xalqining adashgan qo‘ylari oldiga yubordi.
25. Ayol esa kelib, Isoning oldiga tiz cho‘kdi–da: — Yordam bering, Hazrat! — deb yolvordi.
26. Iso esa: — Bolalardan nonni olib kuchuklarga tashlash yaxshi emas, — dedi.
27. — To‘g‘ri, Hazrat, — dedi ayol. — Lekin kuchuklar ham xo‘jayinlarining dasturxonidan to‘kilgan ushoqlarini yeydi–ku.
28. Shunda Iso: — Ey ayol, sening ishonching buyuk! — dedi. — Mayli, sen istaganingday bo‘lsin. Shu zahoti ayolning qizi sog‘ayib qoldi.
29. Iso u yerdan chiqib, Jalila ko‘li bo‘ylab ketdi. So‘ng toqqa chiqib, o‘tirdi.
30. Isoning oldiga bir talay olomon keldi. Ular o‘zlari bilan cho‘loq, ko‘r, mayib, soqov va boshqa ko‘plab xastalarni olib kelib, Isoning oyoqlari tomoniga o‘tqizdilar. Iso ularning hammasiga shifo berdi.
31. Soqovlarning gapirganini, mayiblarning sog‘ayganini, cho‘loqlarning yurganini va ko‘rlarning ko‘zlari ochilganini xalq ko‘rib, hayratda qoldi. Ular Isroilning Xudosini olqishladilar.
32. Iso shogirdlarini yoniga chaqirib dedi: — Xalqqa achinyapman. Ular uch kundan beri Men bilan birga, yeyishga hech narsasi yo‘q. Ularga ovqat bermay jo‘natib yuborishni xohlamayman, yo‘lda holdan toyib qolishlari mumkin.
33. Shogirdlari Unga: — Shu qadar katta olomonni to‘ydirish uchun bu kimsasiz joyda qayerdan non olamiz?! — deyishdi.
34. — Qancha nonlaringiz bor? — deb so‘radi Iso.— Yettita non va ozgina mayda balig‘imiz bor, — dedi shogirdlar.
35. Shundan keyin Iso xalqqa yerga o‘tirishni buyurdi.
36. Yettita non va baliqlarni olib, shukrona duosini o‘qidi. Non va baliqlarni sindirib, tarqatish uchun shogirdlariga berdi. Shogirdlar xalqqa tarqatishdi.
37. Hamma yeb to‘ydi. Ortib qolgan non burdalarini yig‘ishganda, to‘la yetti savat chiqdi.
38. Bolalar bilan ayollarni hisobga olmaganda, non yeganlarning soni to‘rt mingta edi.
39. Shundan keyin Iso odamlarga ketishga ijozat berdi, O‘zi esa qayiqqa o‘tirib, Magadan hududiga yo‘l oldi.

1. Farziy va sadduqiy mazhabidagilar Isoning oldiga kelib, Uni sinab ko‘rish maqsadida: — Bizga bir mo‘jizali alomat ko‘rsating. Shunda Sizni Xudo yuborganini tan olamiz, — dedilar.
2. Iso ularga shunday javob berdi: — Quyosh botganda, sizlar, osmon qizg‘ish, havo yaxshi bo‘ladi, deysizlar.
3. Ertalab esa, osmon qizil, havoning avzoyi buzuq, bugun bo‘ron bo‘ladi, deysizlar. Sizlar osmonning avzoyiga qarab, ob–xavoni aniqlay olasizlar–ku! Nega zamon alomatlarini talqin qila olmaysizlar?!
4. Bu qabih va bevafo nasl alomat so‘rayapti, ammo ularga Yunus payg‘ambarning alomatidan boshqa alomat berilmaydi.” Iso ularni qoldirib ketdi.
5. Narigi qirg‘oqqa yetib kelgan shogirdlar o‘zlari bilan non olishni unutgan edilar.
6. Iso ularga dedi: — Farziylar bilan sadduqiylarning xamirturushidan ehtiyot bo‘linglar!
7. Shogirdlar o‘zlaricha: “Biz non olib kelmaganimiz uchun U shunday deyapti”, deb muhokama qila boshladilar.
8. Shogirdlar nimani muhokama qilayotganlarini Iso bilib, ularga dedi: — Ey imoni sustlar! Nega sizlar, nonimiz yo‘q, deb aytyapsizlar?
9. Hali ham tushunmadingizlarmi? Besh mingta odamga beshta nonni bo‘lib berganim esingizdami? O‘shanda qolgan–qutgan nonlar bilan qancha savatni to‘ldirib olgan edingizlar?
10. Yoki yettita nonni to‘rt ming kishiga bo‘lib berganim– chi? O‘shanda, non burdalari bilan nechta savatni to‘ldirib olgan edingizlar?
11. Men sizlarga non haqida gapirmaganimni hali ham anglamadingizlarmi? Men silarga: “Farziylar bilan sadduqiylarning xamirturushidan ehtiyot bo‘linglar!” — deb aytyapman.
12. Shundan keyin shogirdlar tushundilarki, Iso ularni nonga ishlatiladigan xamirturushdan saqlanish to‘g‘risida emas, balki farziylar bilan sadduqiylarning ta’limotidan ehtiyot bo‘lish to‘g‘risida ogohlantirayotgan ekan.
13. Iso Filip Qaysariyasi atrofidagi hududga keldi. O‘sha yerda U shogirdlaridan so‘radi: — Odamlar Inson O‘g‘lini kim deb biladi?
14. Shogirdlar Unga shunday javob berdilar: — Ba’zilar Yahyo cho‘mdiruvchi, ba’zilar Ilyos, ba’zilar Yeremiyo, boshqalar esa, qadimgi payg‘ambarlardan biri, deb aytib yuribdilar.
15. Iso ulardan so‘radi: — Sizlar–chi, Meni kim deb bilasiz?
16. Shimo‘n Butrus javob berib dedi: — Siz Masihsiz, Barhayot Xudoning O‘g‘lisiz!
17. Iso Shimo‘n Butrusga dedi: — Sen baxtlisan, ey Yunus o‘g‘li Shimo‘n! Axir, bu sirni senga inson emas, balki osmondagi Otam ochib bergan.
18. Butrus, senga shuni aytay: sening isming qoya–ku! Mana shu qoya ustiga Men O‘zimning jamoatimni quraman. Hatto o‘lim shohligi ham jamoatimga bas kela olmaydi.
19. Osmon Shohligi kalitlarini Men senga beraman. Yer yuzida sen nimani taqiqlasang, osmonda ham taqiqlanadi. Yer yuzida sen nimaga ijozat bersang, osmonda ham ijozat beriladi.
20. Bundan so‘ng Iso: “Masih ekanimni hech kimga aytmanglar”, deb shogirdlariga qat’iy buyurdi.
21. Shu vaqtdan boshlab, Iso shogirdlariga quyidagilarni ochiqchasiga tushuntira boshladi: “Men Quddusga borib, oqsoqollar, bosh ruhoniylar va Tavrot tafsirchilari qo‘lida ko‘p azob chekaman. Meni o‘ldirishadi, lekin uchinchi kuni Men tirilaman.”
22. Shunda Butrus Isoni chetga tortib, shunday ta’na qildi: — Xudo saqlasin, Hazratim! Boshingizga aslo bunday kunlar kelmasin!
23. Iso esa Butrusga qarab: — Yo‘qol ko‘zimdan, shayton! — dedi. — Meni yo‘ldan urma! Sen Xudoning ishlarini emas, inson ishlarini o‘ylayapsan.
24. Keyin Iso O‘z shogirdlariga dedi: — Kimda–kim Menga ergashishni istasa, o‘zidan kechsin va xochini ko‘tarib, orqamdan yursin.
25. Kim o‘z jonini asrab qolmoqchi bo‘lsa, uni yo‘qotadi. Kim Men uchun jonini bersa, uni asrab qoladi.
26. Agar inson butun dunyoni egallab olsa–yu, o‘z jonidan mahrum bo‘lsa, bundan unga nima foyda?! Inson o‘z joni evaziga qanday to‘lov bera oladi?!
27. Inson O‘g‘li O‘z Otasining ulug‘vorligida, farishtalari bilan kelganda, har kimni o‘z ishiga yarasha taqdirlaydi.
28. Sizlarga chinini aytayin: bu yerda turganlardan ba’zilari, Inson O‘g‘lining Shoh bo‘lib kelganini ko‘rmaguncha, o‘lmaydilar.

1. Oradan olti kun o‘tdi. Iso yoniga faqat Butrus, Yoqub va Yoqubning ukasi Yuhannoni olib, baland bir toqqa chiqdi.
2. U yerda, ularning ko‘z o‘ngida Isoning qiyofasi o‘zgardi: yuzi quyoshday porlab, kiyimlari ko‘zni qamashtiradigan darajada oppoq bo‘lib qoldi.
3. Birdaniga ularga Muso bilan Ilyos zohir bo‘lishdi. Ular Iso bilan gaplashdilar.
4. Butrus Isoga dedi: — Hazrat, yaxshi ham shu yerga kelgan ekanmiz! Istasangiz, uchta chayla yasayman: bittasi Sizga, bittasi Musoga, bittasi Ilyosga.
5. U shu gapini tugatmagan ham ediki, birdaniga oppoq bulut paydo bo‘lib, hammalariga soya soldi. Bulut orasidan shunday ovoz keldi: — Bu Mening sevikli O‘g‘limdir, Undan mamnunman. Unga quloq solinglar!
6. Shogirdlar ovozni eshitganlarida, shunchalik qo‘rqib ketdilarki, yerga yuz tuban yiqildilar.
7. Iso esa kelib, ularga qo‘l tekkizdi–da: — Turinglar, qo‘rqmanglar! — dedi.
8. Ular boshlarini ko‘tarib, yolg‘iz Isodan boshqa hech kimni ko‘rmadilar.
9. Tog‘dan tushayotganlarida Iso ularga buyurdi: — Inson O‘g‘li o‘lib tirilmaguncha, bu ko‘rganlaringizni hech kimga aytmanglar.
10. Shogirdlari Undan so‘radilar: — Nega Tavrot tafsirchilari, Masihdan oldin Ilyos payg‘ambar kelishi kerak, deb aytadilar?
11. Iso ularga shunday javob berdi: — To‘g‘ri, avvalo Ilyos kelib, hamma narsani tiklashi kerak.
12. Biroq Men sizlarga shuni aytaman: Ilyos allaqachon kelgan. Ammo odamlar uni tanimay, uni xohlaganicha ho‘rladilar. Xuddi shunga o‘xshab, Inson O‘g‘li ham odamlar qo‘lida ko‘p azob chekadi.
13. Shunda shogirdlar tushundilarki, Iso ularga Yahyo cho‘mdiruvchi to‘g‘risida gapirayotgan ekan.
14. Iso shogirdlari bilan olomon oldiga kelganda, bir odam Isoning oldida tiz cho‘kib:
15. — Hazrat, — dedi, — o‘g‘limga rahm qiling! Uning tutqanoq kasali bor, qattiq azob chekmoqda. U ko‘pincha olovga yoki suvga yiqilib tushadi.
16. O‘g‘limni shogirdlaringiz oldiga olib kelgandim, ammo ular davolay olmadilar.
17. Iso shunday dedi: — Ey imonsiz va buzuq avlod! Qachongacha sizlar bilan birga bo‘lishim kerak?! Sizlarga yana qancha toqat qilishim kerak?! Bolani bu yerga olib kelinglar!
18. Iso jinga do‘q qildi. Jin bolaning ichidan chiqib ketdi, shu zahoti bola sog‘ayib qoldi.
19. Shogirdlar Iso bilan yolg‘iz qolganlarida, Undan: — Nega biz jinni quvib chiqara olmadik? — deb so‘radilar.
20. Iso javob berib dedi: — Yetarli imoningiz yo‘qligi uchun shunday bo‘ldi. Sizlarga chinini aytayin: agar zig‘irday imoningiz bo‘lib, shu toqqa: “Bu yerdan u yerga ko‘ch”, — deb aytsangiz, tog‘ ko‘chadi. Sizlar uchun imkonsiz narsa bo‘lmaydi.
21. [Biroq bu toifa jinlar ibodat va ruzadan boshqa narsa bilan cheqmas.]
22. Iso shogirdlari bilan Jalilaga qaytib kelgandan keyin, ularga dedi: — Inson O‘g‘li odamlar qo‘liga tutib beriladi.
23. Uni o‘ldirishadi, uchinchi kuni esa U tiriladi. Shogirdlar nihoyatda g‘amgin bo‘lib qoldilar.
24. Iso bilan shogirdlari Kafarnahumga kelganlarida, Ma’bad solig‘ini yig‘uvchilar Butrusning oldiga kelib: — Ustozingiz Ma’bad solig‘ini to‘lamaydimi? — deb so‘radilar.
25. — To‘laydi! — deb javob berdi Butrus. Butrus uyga kelgach, Iso birinchi bo‘lib gapirdi: — Butrus, sening fikring qanday? Bu dunyo shohlari soliq va bojni kimdan yig‘adilar? O‘zinikilardanmi yoki begonalardanmi?
26. — Begonalardan–da, — deb javob berdi Butrus. — Demak, o‘zinikilar soliqdan ozod ekan–da, — dedi Iso. —
27. Ammo, ularni norozi qilmaylik. Ko‘lga borib qarmoq tashla. Birinchi ilingan baliqni olib og‘zini ochsang, to‘rt diramlik tangani topasan. Tangani olib, ikkovimiz uchun soliq to‘la.

1. Shu payt shogirdlar Isoning oldiga kelib: — Osmon Shohligida eng kattasi kim bo‘ladi? — deb so‘radilar.
2. Iso yoniga bir bolani chaqirdi, uni o‘rtalarida turg‘izib,
3. dedi: — Sizlarga chinini aytayin: agar sizlar o‘zgarmasangiz va bolalarday bo‘lmasangiz, hech qachon Osmon Shohligiga kira olmaysizlar.
4. Agar o‘zingizni mana shu bola singari past tutsangiz, Osmon Shohligida eng kattasi bo‘lasiz.
5. Kim shunday bir bolani Mening nomimdan qabul qilsa, Meni qabul qilgan bo‘ladi.
6. “Menga ishongan shu kichiklarning birontasini yo‘ldan ozdirgan odamning holiga voy. Bunday qilgandan ko‘ra, o‘sha odamning bo‘yniga tegirmon toshini osib, dengiz tubiga cho‘ktirilgani o‘zi uchun yaxshiroq bo‘lar edi.
7. Odamlarni yo‘ldan ozdiradigan vasvasalar dastidan bu dunyoning holiga voy! Vasvasalar albatta keladi, lekin vasvasaga sababchi bo‘lgan odamning holiga voy!
8. Agar yo‘ldan ozishingga qo‘ling yoki oyog‘ing sababchi bo‘lsa, uni chopib tashlab, uloqtirib yubor. Ikki qo‘l yoki ikki oyoq bilan abadiy olovga tashlangandan ko‘ra, mayib yoki cho‘loq bo‘lib abadiy hayotdan bahramand bo‘lganing yaxshiroqdir.
9. Agar yo‘ldan ozishingga ko‘zing sababchi bo‘lsa, uni o‘yib olib, uloqtirib yubor. Ikki ko‘zing bilan do‘zax oloviga tushgandan ko‘ra, bir ko‘z bilan abadiy hayotdan bahramand bo‘lganing yaxshiroqdir.”
10. “Ehtiyot bo‘linglar, bu kichiklardan birontasini ham xor qilmanglar. Sizlarga shuni aytay: osmonda ularning farishtalari doimo osmondagi Otamning jamolini ko‘rib turadi.
11. Inson O‘g‘li esa adashib gumroh bo‘lganlarni qutqarish uchun kelgan.
12. Nima deb o‘ylaysiz: agar bir odamning yuzta qo‘yi bo‘lsayu, ulardan biri adashib qolsa, u to‘qson to‘qqizini tog‘larda qoldirib, adashib qolganini izlab ketmaydimi?!
13. Agarda uni topib olsa, sizga chinini aytay: adashmagan to‘qson to‘qqiztasidan ko‘ra, shu bitta qo‘y uchun u ko‘proq sevinadi.
14. Shu singari osmondagi Otangiz ham bu kichiklardan birontasining yo‘qolib qolishini istamaydi.”
15. “Agar birodaringiz sizga qarshi gunoh qilsa, uning oldiga boring. U bilan yakka holda gaplashib aybini yuziga ayting. Agar u sizga quloq solsa, siz orangizdagi birodarlik rishtalarini tiklagan bo‘lasiz.
16. Agar sizga quloq solmasa, o‘zingiz bilan yana bir yoki ikki kishini olib boring, chunki “har bir masala ikkita yoki uchta guvohning so‘zlari asosida ko‘rib chiqiladi.”
17. Agar birodaringiz ularga ham quloq solmasa, imonlilar jamoatiga ayting. Agar imonlilar jamoatiga ham quloq solmasa, uni butparast yoki soliqchi deb hisoblab, u bilan aloqani uzing.
18. Sizlarga chinini aytayin: yer yuzida sizlar nimani taqiqlasangizlar, osmonda ham taqiqlanadi. Yer yuzida sizlar nimaga ijozat bersangizlar, osmonda ham ijozat beriladi.
19. Sizlarga yana shuni ham aytay: oralaringizdan ikkitangiz yakdil bo‘lib biron narsa uchun ibodat qilsangizlar, osmondagi Otam tilagingizni bajaradi.
20. Qayerda ikki yoki uch kishi Mening nomim uchun yig‘ilsa, Men o‘sha yerda ularning orasida bo‘laman.”
21. Shundan keyin Butrus kelib Isoga dedi: “Hazrat, agar birodarim menga qarshi gunoh qilsa, uni necha marta kechiray? Yetti martami?”
22. “Sizlarga shuni aytay: yetti marta emas, — dedi Iso, — balki yetmish karra yetti marta.
23. Shu sababli Osmon Shohligini bir shohga qiyoslash mumkin. Bu shoh o‘z xizmatkorlari bilan hisob– kitob qilmoqchi bo‘libdi.
24. Hisob–kitobni boshlaganda, uning huzuriga ming–minglab tilla tanga qarzdor bo‘lgan xizmatkorini olib kelibdilar.
25. Lekin qarz to‘lashga qurbi yetmagani uchun, shoh unga: — O‘zingni, xotiningni, bolalaringni va butun mol–mulkingni sotib, qarzingni to‘laysan, — deb buyuribdi.
26. Xizmatkor shohning oyog‘iga yiqilib: — Ozgina sabr qiling, hamma qarzimni to‘layman, — debdi.
27. Xizmatkoriga shohning rahmi kelibdi. Shoh uni qo‘yib yuborib, qarzidan kechibdi.
28. U xizmatkor esa tashqariga chiqib, o‘zidan yuz kumush tanga qarzdor bo‘lgan bir sherigini uchratib qolibdi. Uni yoqasidan olib: — Qarzingni to‘la! — deb bo‘g‘a boshlabdi.
29. Sherigi esa uning oyoqlariga yiqilib: — Ozgina sabr qiling, qarzimni to‘layman, — deb yolvoribdi.
30. Ammo u ko‘nmabdi: — Qarzingni to‘lamaguningcha zindonda yotasan, — deb sherigini qamatib qo‘yibdi.
31. Boshqa xizmatkorlar yuz bergan voqeani ko‘rib, xafa bo‘libdilar. Shohning huzuriga borib, hammasini aytib beribdilar.
32. Shunda shoh xizmatkorini huzuriga chaqirib: — Ey yaramas xizmatkor! — debdi. — Menga yolvorganing uchun barcha qarzingdan kechdim.
33. Men senga rahm qilganimday, sen ham sherigingga rahm qilsang bo‘lmasmidi?!
34. G‘azablangan shoh xizmatkorini zindonbonning qo‘liga topshirib: — Hamma qarzini to‘lamaguncha unga azob beringlar, — deb buyuribdi.
35. Xullas, agar sizlar birodaringizni chin ko‘ngildan kechirmasangiz, osmondagi Otam sizlarni ham shu ko‘yga soladi.”

1. Iso bu gaplarini tugatgandan keyin, Jalilani tark etdi. U Iordan daryosining narigi tomonidagi Yahudiya o‘lkasiga bordi.
2. Bir talay olomon Isoga ergashib borgan edi. Iso u yerda xastalarga shifo berdi.
3. Bir necha farziylar Isoning oldiga keldilar va Uni sinamoqchi bo‘lib so‘radilar: — Qonunga ko‘ra, erkak kishi har qanday sabab bilan o‘z xotinidan ajralishi mumkinmi?
4. Iso ularga shunday javob berdi: — Nahotki sizlar: “Azalda Yaratuvchi odamlarni erkagu ayol qilib yaratdi”, degan so‘zlarni o‘qimagan bo‘lsangizlar?
5. “Shuning uchun erkak kishi ota–onasidan bo‘lak chiqib, xotiniga bog‘lanib qoladi, ikkalasi bir tan bo‘ladilar.”
6. Bunga ko‘ra, ular endi ikkita emas, balki bir tan hisoblanadilar. Xudo birga qo‘shganni bandasi ajratmasin.
7. Farziylar esa Isoga dedilar: — Unday bo‘lsa, nima uchun Muso, erkak o‘z xotiniga taloq xatini yozib berib, jo‘natib yuborsin, deb amr bergan?
8. Iso ularga shunday javob berdi: — Sizlar bag‘ritosh bo‘lganlaringiz uchun, Muso xotinlaringiz bilan ajrashishga sizlarga ruxsat bergan, ammo azalda bunday bo‘lmagan.
9. Men sizlarga shuni aytayin: kim xiyonatdan boshqa sabab tufayli o‘z xotini bilan ajrashib, boshqasiga uylansa, zino qilgan bo‘ladi.
10. Shogirdlar Isoga dedilar: — Agar erkakning xotiniga nisbatan shunday majburiyati bo‘lsa, uylanmagan yaxshiroq ekan– da!
11. Iso esa shogirdlariga: — Ha, bu ta’limotimni hamma ham qabul qilavermaydi, — dedi. — Bu ta’limotim Xudo atagan odamlargagina tegishli.
12. Ba’zi erkaklarning uylana olmasligiga ayrim sabablar bor: ba’zilarning erkakligi tug‘ma zaifdir. Boshqalari esa odamlar tomonidan bichilgan. Yana boshqalari Osmon Shohligi yo‘lida uylanishdan voz kechadilar. Bu ta’limotni qabul qila oladigan qabul qilsin.
13. Iso bolalarimizga qo‘l qo‘yib duo qilsin, deb odamlar Isoning oldiga bolalarni olib kelishdi. Shogirdlar esa bolalarni olib kelgan odamlarni koyidilar.
14. Ammo Iso dedi: — Bolalarga yo‘l beringlar, Mening oldimga kelishiga to‘sqinlik qilmanglar! Zero, Osmon Shohligi shundaylarnikidir.
15. Iso bolalarning boshiga qo‘lini qo‘yib duo qildi, keyin O‘z yo‘liga ketdi.
16. Shu mahal bir kishi Isoning yoniga kelib: — Ustoz! Abadiy hayotga ega bo‘lishim uchun qanday yaxshi ish qilishim kerak? — deb so‘radi.
17. Iso unga dedi: — Nega Mendan yaxshi ish to‘g‘risida so‘rayapsiz? Birgina Xudodan boshqa hech kim yaxshi emas. Abadiy hayotdan bahramand bo‘lishni istasangiz, Xudoning amrlariga rioya qiling.
18. — Qaysilariga? — deb so‘radi u. Iso dedi: — “Qotillik qilmang. Zino qilmang. O‘g‘irlik qilmang. Yolg‘on guvohlik bermang.
19. Ota– onangizni hurmat qiling. O‘zgani o‘zingizni sevganday seving”, degan amrlarga.
20. Yigit Unga dedi: — Bularning hammasiga amal qilib kelaman. Yana nima qilishim kerak?
21. Iso yigitga aytdi: — Agar komil bo‘lishni istasangiz, borib, mol– mulkingizni sotib, pulini kambag‘allarga tarqating. Shunda osmonda xazinangiz bo‘ladi. Keyin kelib, Menga ergashing.
22. Yigit bu so‘zlarni eshitib, g‘amgin bo‘lib qaytib ketdi, chunki uning mol–mulki ko‘p edi.
23. Iso shogirdlariga dedi: — Sizga chinini aytayin: boy odamning Osmon Shohligiga kirishi qiyin bo‘ladi.
24. Sizlarga yana shuni aytay: boyning Xudo Shohligiga kirishidan ko‘ra, tuyaning igna teshigidan o‘tishi osonroqdir.
25. Shogirdlar buni eshitib, g‘oyat ajablanishdi va: — Unday bo‘lsa, kim najot topa olar ekan? — deyishdi.
26. Iso ularga ko‘z tikib dedi: — Inson uchun bu imkonsizdir, lekin Xudo uchun hamma narsaning imkoni bor.
27. Shunda Butrus dedi: — Mana, biz uy–joyimizni tashlab, Sizning orqangizdan ergashib keldik. Buning evaziga nima olamiz?
28. Iso ularga shunday javob berdi: — Sizga chinini aytayin: hamma narsa yangilanganda va Inson O‘g‘li O‘zining ulug‘vor taxtida o‘tirganda, Mening orqamdan ergashib kelgan sizlar ham o‘n ikkita taxtga o‘tirib, Isroilning o‘n ikki qabilasiga hukmronlik qilasizlar.
29. Men uchun uy–joyini, aka–ukalarini, opa–singillarini, ota–onasini, bolalarini yoki yer– mulkini tashlab ketgan har bir kishi bulardan yuz hissa ortiqrog‘ini olib, abadiy hayotga ega bo‘ladi.
30. Ammo birinchi bo‘lganlarning ko‘plari oxirgi bo‘ladilar, oxirgilar esa birinchi bo‘ladilar.

1. “Osmon Shohligi erta saharda uzumzoriga mardikorlar yollagani chiqqan bog‘ egasiga o‘xshaydi.
2. Bog‘ egasi mardikorlarga, sizlarga bir kumush tangadan, odatdagi bir kunlik ish haqini to‘layman, deb ular bilan kelishibdi. So‘ng ularni o‘zining uzumzoriga yuboribdi.
3. Soat to‘qqizlarda u bozor maydoniga chiqqan ekan, bekor turgan bir necha odamlarni ko‘rib,
4. ularga: — Sizlar ham mening uzumzorimga boringlar, tegishli ish haqingizni to‘layman, — debdi. Ular boribdilar.
5. Bog‘ egasi soat o‘n ikkilarda va uchda bozor maydoniga chiqib, yana shunday qilibdi.
6. Soat beshlarda tag‘in bozor maydoniga borsa, bekor turgan yana boshqalarni ko‘ribdi–da: — Nega sizlar bu yerda kun bo‘yi bekor turibsizlar? — deb so‘rabdi.
7. Ular: — Hech kim bizni ishga yollamadi, — deb javob beribdilar. Shunda bog‘ egasi: — Sizlar ham mening uzumzorimga borib ishlanglar, — debdi.
8. Kech bo‘lganda, uzumzor egasi o‘zining ishboshisiga: — Mardikorlarni chaqirib, ularga ish haqlarini ber. Oxir kelganlardan boshlagin, birinchi kelganlarga oxirida berasan, — deb buyuribdi.
9. Shunday qilib, soat beshlarda ish boshlaganlar bir kumush tangadan olishibdi.
10. Birinchi kelganlarga haq to‘lash navbati kelganda, ular: “Biz ko‘proq olamiz”, deb o‘ylabdilar. Ammo ularning har biriga ham bir kumush tangadan berilibdi.
11. Ular pullarini olgach, bog‘ egasiga noroziligini bildira boshlashibdi:
12. — Manavi oxirgi kelganlar bir soatgina ishlashdi, biz esa kun bo‘yi jaziramada mehnat qildik. Ammo siz bizning mehnatimizni ularning qilgan ishi bilan teng ko‘rdingiz.
13. Bog‘ egasi ulardan biriga shunday dedi: — Do‘stim, men senga nohaqlik qilganim yo‘q. Sen bilan bir kumush tangaga kelishgan edik–ku!
14. Endi haqingni olgin–u, jo‘na. Mana bu oxirgi kelganlarga sen bilan baravar ish haqi berishni xohladim.
15. O‘zimning pulimni xohlaganimcha sarf qila olishga haqim yo‘qmi?! Yoki mening saxiyligimni ko‘rolmayapsanmi?
16. Shunday qilib, oxirgilar birinchi bo‘ladilar, birinchilar esa oxirgi bo‘ladilar.”
17. Iso Quddusga ketayotganda, o‘n ikki shogirdini chetga olib, ularga dedi:
18. “Mana, biz Quddusga ketyapmiz. U yerda Inson O‘g‘li bosh ruhoniylar va Tavrot tafsirchilari qo‘liga tutib beriladi. Ular Inson O‘g‘lini o‘limga mahkum qiladilar.
19. So‘ng g‘ayriyahudiylarga topshiradilar. G‘ayriyahudiylar Uni haqoratlaydilar, qamchilaydilar va xochga mixlaydilar. Ammo uchinchi kuni U tiriladi.”
20. Shunda aka–uka Zabadiylarning onasi o‘g‘illarini boshlab, Isoning oldiga keldi. U Isodan bir narsa iltimos qilmoqchi bo‘lib, Unga ta’zim qildi.
21. Iso ayoldan: — Nima istaysiz? — deb so‘radi. — Shohligingizda o‘g‘illarimning biri Sizning o‘ng tomoningizda, biri chap tomoningizda o‘tirsin! — dedi Unga ayol.
22. Iso shunday dedi: — Sizlar nima so‘rayotganingizni bilmaysizlar. Men ichadigan azob kosasidan sizlar icha olasizlarmi? — Icha olamiz! — deb javob berdi ular.
23. Iso ularga dedi: — Sizlar–ku Men ichadigan azob kosasidan ichasizlar, ammo Mening o‘ng va chap tomonimda o‘tirishga ruxsat berish O‘z ixtiyorimda emas. Bu o‘rinni Otam kimlarga atagan bo‘lsa, o‘shalarniki bo‘ladi.
24. Qolgan o‘nta shogird buni eshitib, ikkala aka– ukadan achchiqlanib ketishdi.
25. Iso esa ularni yoniga chaqirib, dedi: — Butparastlarga qaranglar, ularning hukmdorlari xalqlariga o‘z hukmini o‘tkazadilar, katta amaldorlari elga zo‘ravonlik qiladilar.
26. Ammo sizlarning orangizda bunday bo‘lmasin. Aksincha, orangizda kim katta bo‘lishni istasa, sizlarga xizmat qilsin.
27. Orangizda kim birinchi bo‘lishni istasa, sizlarga qul bo‘lsin.
28. Axir, Inson O‘g‘li ham O‘ziga xizmat qildirish uchun emas, balki O‘zi boshqalarga xizmat qilish va O‘z jonini fido qilib, ko‘plarni ozod qilish uchun kelgan.
29. Iso bilan shogirdlari Yerixodan ketar ekanlar, bir talay olomon Isoga ergashdi.
30. Yo‘l bo‘yida ikkita ko‘r odam o‘tirgan edi. Ular oldilaridan Iso o‘tib ketayotganini eshitib: — Ey Hazrat, Dovud O‘g‘li, bizlarga rahm qiling! — deb baqirdilar.
31. Olomon esa: — Jim bo‘linglar! — deb ularga do‘q qildi. Ular esa yanada qattiqroq baqirib: — Ey Hazrat, Dovud O‘g‘li, bizlarga rahm qiling! — deb faryod qilishardi.
32. Iso to‘xtab, ularni yoniga chaqirdi–da: — Mendan nima istaysizlar? — deb so‘radi.
33. Ular: — Hazrat, ko‘zlarimiz ochilsin! — deyishdi.
34. Isoning ularga rahmi kelib, ko‘zlariga qo‘l tekkizdi. Shu zahoti ularning ko‘zlari ochildi. So‘ng ular Isoning ortidan ergashdilar.

1. Iso bilan shogirdlari Quddusga yaqinlashib, Zaytun tog‘i etagidagi Baytfagiya qishlog‘iga yetib kelishganda, Iso ikki shogirdiga dedi:
2. — Anavi qishloqqa boringlar. U yerga borishingiz bilanoq, bog‘lab qo‘yilgan eshakni va yonidagi xo‘tikni ko‘rasizlar. Ularni yechib, Mening oldimga olib kelinglar.
3. Agar kimdir sizga biron nima desa, “Bular RabbimizMasihga kerak. U darhol bularni qaytarib yuboradi”, deb aytinglar.
4. Bu voqea payg‘ambarning aytgan quyidagi so‘zlari bajo bo‘lishi uchun yuz bergan edi:
5. “Quddus xalqiga ayting: Mana shohingiz kelyapti. Kamtarindir shohingiz, U eshakning ustida, Ha, eshakning bolasini — ho‘tikni minib kelyapti.”
6. Shogirdlar borib, Iso ularga buyurganiday qilishdi.
7. Ular eshak bilan xo‘tikni Isoning oldiga olib kelishdi. Eshak va xo‘tik ustiga to‘nlarini tashlashdi, Iso xo‘tikka mindi.
8. Bir talay olomon to‘nlarini yo‘lga poyandoz qildi. Ba’zilari esa daraxt shoxlarini kesib, yo‘lga to‘shadilar.
9. Oldinda va orqada yurayotgan olomon shunday deb hayqirardi: “Dovud O‘g‘liga tasanno! Egamiz nomidan kelayotgan Inson baraka topsin! Falak toqida Unga tasanno o‘qilsin!”
10. Iso Quddusga kirib kelganda, butun shahar: “Bu kim bo‘ldi?” — deb g‘imirlab qoldi.
11. Olomon esa shunday deb javob berardi: “U Jalilaning Nosira shahridan bo‘lgan Iso payg‘ambar!”
12. Iso Ma’badga kirib, ichkarida oldi–sotdi qilayotgan hammani quvib chiqardi. Sarroflarning xontaxtalarini va kaptar sotuvchilarning kursilarini ag‘darib yubordi.
13. Iso ularga shunday dedi: — “Mening uyim Ibodat Uyi bo‘ladi, deb Tavrotda yozilgan–ku! Sizlar esa Xudoning uyini qaroqchilar uyasiga aylantirib yuboryapsizlar!
14. Ma’badda Isoning oldiga ko‘rlar va cho‘loqlar keldi. Iso ularga shifo berdi.
15. Bosh ruhoniylar bilan Tavrot tafsirchilari Isoning qilayotgan ajoyib ishlarini ko‘rib va Ma’baddagi bolalarning: “Dovud O‘g‘liga tasanno!” deb hayqirayotganini eshitib, qattiq g‘azablandilar.
16. — Ularning nima deyayotganlarini eshityapsanmi? — dedilar Unga. — Ha, eshityapman! — deb javob berdi Iso. — Nahotki sizlar: “Sen bolalar va chaqaloqlarga madhiya aytishni o‘rgatding”, — degan oyatni hech qachon o‘qimagan bo‘lsangiz?
17. So‘ng Iso ularni tark etib, Quddusdan chiqib ketdi. U Baytaniya shahriga borib, u yerda tunab qoldi.
18. Ertalab Iso shaharga qaytib kelayotganda och edi.
19. Yo‘l chetida bir anjir daraxtini ko‘rib, uning yoniga bordi. Iso barglardan boshqa hech narsa topmay, daraxtga: — Bundan buyon senda aslo meva bo‘lmasin! — dedi. Anjir daraxti shu zahoti qurib qoldi.
20. Shogirdlar buni ko‘rib: — Qanday qilib anjir daraxti darrov qurib qoldi? — deb hayron bo‘ldilar.
21. Iso ularga shunday dedi: — Sizlarga chinini aytayin, agar shubhalanmay ishonsangiz, nafaqat anjir daraxtini shu ko‘yga sola olasiz, balki mana bu toqqa: “Qo‘porilib, dengizga otil”, — desangiz, aytganingiz bo‘ladi.
22. Ishoning, shunda ibodatda so‘ragan har qanday narsani olasiz.
23. Iso Ma’badga kirib ta’lim berayotganda, bosh ruhoniylar va oqsoqollar Uning oldiga kelib, savol berdilar: — Siz bu ishlarni qanday hokimiyat bilan qilyapsiz? Bu hokimiyatni Sizga kim bergan?
24. Iso ularga shunday javob berdi: — Men ham sizlarga bir savol berayin. Agar Menga javob bersangizlar, Men ham bu ishlarni qanday hokimiyat bilan qilayotganimni sizlarga aytaman.
25. Yahyo xalqni suvga cho‘mdirish huquqini Xudodan olganmidi yoki insondanmi? Ular esa o‘zaro mulohaza yuritdilar: “Agar Xudodan desak, U: “Nega Yahyoga ishonmadingizlar?” — deydi.
26. Agar insondan desak, xalqdan qo‘rqamiz, chunki hamma Yahyoni payg‘ambar deb hisoblaydi.”
27. Shunday qilib, ular Isoga: — Bilmaymiz, — deb javob berdilar. Iso ularga dedi: — Unday bo‘lsa, Men ham bu ishlarni qaysi hokimiyat bilan qilayotganimni sizlarga aytmayman.
28. “Sizlar mana bunga nima deysizlar? Bir odamning ikki o‘g‘li bor ekan. U katta o‘g‘lining yoniga kelib: — O‘g‘lim, bor, bugun uzumzorda ishla, — debdi.
29. — Bormayman! — debdi o‘g‘il. Ammo keyin aytgan gapiga pushaymon bo‘lib, boribdi.
30. Ota kenja o‘g‘li oldiga borib, o‘sha gapini aytibdi. Bu o‘g‘il: “Bo‘pti, boraman, ota”, debdi, ammo bormabdi.
31. Ikkovidan qaysi biri otasining xohishini bajardi?” “Birinchisi”, — deb javob berdi ular. Iso ularga: “Sizlarga chinini aytayin, — dedi. — Soliqchilar bilan fohishalar Xudoning Shohligiga sizlardan oldin kirib boradilar.
32. Chunki Yahyo cho‘mdiruvchi sizning oldingizga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatgani keldi, ammo sizlar unga ishonmadingizlar. Soliqchilar bilan fohishalar esa ishonishdi. Sizlar buni ko‘rib turib ham pushaymon bo‘lmadingizlar, ishonmadingizlar.”
33. “Endi boshqa bir masalni eshitinglar: bir yer egasi bor ekan. U uzumzor barpo qilibdi. Atrof– tevaragini devor bilan o‘rab, uzum siqadigan chuqur qazibdi, kuzatuv minorasini quribdi. Keyin uzumzorni bog‘bonlarga ijaraga berib, o‘zi safarga ketibdi.
34. Yig‘im–terim mavsumida xo‘jayin: “Hosildan menga tegishli ulushni olib kelinglar”, — deb xizmatkorlarini bog‘bonlar oldiga yuboribdi.
35. Bog‘bonlar esa uning xizmatkorlarini tutib olishibdi, birini urib, birini o‘ldirib, boshqa birini esa toshbo‘ron qilishibdi.
36. Shundan keyin u oldingidan ko‘proq xizmatkorlarini bog‘bonlar oldiga jo‘natibdi. Bog‘bonlar esa ular bilan ham xuddi shunday qilishibdi.
37. Oxirida uzumzor egasi: — O‘g‘limni albatta hurmat etadilar, — deb bog‘bonlar oldiga o‘z o‘g‘lini yuboribdi.
38. Ammo bog‘bonlar uning o‘g‘lini ko‘rganlarida bir–biriga: — Bu merosxo‘r–ku! Kelinglar, uni o‘ldirib, merosiga ega bo‘laylik, — deyishibdi.
39. Uni tutib, uzumzordan tashqariga chiqarib, o‘ldirishibdi.
40. Xo‘sh, sizningcha, uzumzorning egasi qaytib kelganda, u bog‘bonlarni nima qiladi?”
41. — U bu yaramaslarni shafqatsizlarcha o‘ldiradi, — deb javob berdi ular. — Uzumzorni esa boshqa bog‘bonlarga ijaraga beradi. Bu bog‘bonlar uzum hosilini unga o‘z vaqtida berishadi.
42. Iso ularga dedi: “Nahotki sizlar Muqaddas Bitiklardagi shu so‘zlarni hech o‘qimagan bo‘lsangiz: “Binokorlar rad etgan tosh Binoning tamal toshi bo‘ldi. Bu Egamizning qilgan ishidir, Ko‘z oldimizdagi ajoyibotdir.”
43. Shuning uchun sizlarga aytaman: Xudoning Shohligi sizlardan tortib olinadi va Shohlik uchun hosil yetishtiradigan odamlarga beriladi.
44. Kim tamal toshi ustiga yiqilsa, parcha–parcha bo‘ladi. Tosh kimning ustiga tushsa, uni ezib yuboradi.
45. Bosh ruhoniylar va farziylar bu masalni eshitib, Iso ular haqida gapirganini tushundilar.
46. Uni hibsga olmoqchi bo‘ldilar, ammo xalqdan qo‘rqdilar. Chunki xalq Isoni payg‘ambar deb bilar edi.

1. Iso odamlarga yana masallar bilan gapira boshladi:
2. “Osmon Shohligini o‘g‘liga to‘y ziyofati bergan shohga qiyoslasa bo‘ladi.
3. Shoh to‘yga taklif etilgan mehmonlarni chaqirish uchun xizmatkorlarini yuboribdi. Mehmonlar esa kelishni xohlamabdilar.
4. Shoh yana boshqa xizmatkorlarini yuborib, shunday debdi: — Taklif etilganlarga aytinglar: men ziyofat dasturxonini tayyorlab qo‘ydim, buqayu bo‘rdoqilarim so‘yildi, hammasi tayyor. To‘yga kelaveringlar!
5. Biroq ular bu taklifni ham nazarga ilmabdilar, biri dalasiga, boshqasi o‘z ishiga ketibdi.
6. Qolganlar esa shoh xizmatkorlarini tutib, xo‘rlab, o‘ldirishibdi.
7. Shoh buni eshitib, g‘azablanibdi. Lashkarini yuborib, qotillarni qatl qildiribdi, shaharlarini esa yondirib kul qilibdi.
8. Shundan keyin u xizmatkorlariga aytibdi: — To‘y ziyofati tayyor, lekin taklif etilganlar bunga munosib emas ekanlar.
9. Shuning uchun chorrahalarga boringlar, kimni ko‘rsangiz, to‘y ziyofatiga taklif qilinglar.
10. Xizmatkorlar yo‘lga chiqib, uchratganlarining hammasini — yomonlarni ham, yaxshilarni ham yig‘ib kelibdilar. Xullas, to‘yxona mehmonlarga to‘libdi.
11. Shoh mehmonlarni ko‘rish uchun kirganda, u yerda to‘y kiyimini kiymagan bir odamni ko‘ribdi
12. va undan: — Do‘stim, to‘y kiyimisiz bu yerga qanday kirdingiz? — deb so‘rabdi, u hech qanday javob bera olmabdi.
13. Shunda shoh xizmatkorlariga aytibdi: — Bu odamning qo‘l–oyoqlarini bog‘lab, tashqariga, qorong‘ilikka tashlanglar. U yerda u qattiq pushaymon bo‘lib, fig‘on chekadi.
14. Axir, da’vat etilganlar ko‘p, ammo tanlanganlar ozdir.”
15. Shunda farziylar kelib, Isoni tilidan ilintirish uchun reja tuzdilar.
16. Ular o‘z shogirdlarini Hirod tarafdorlari bilan birga Isoning oldiga yuborishdi. — Ustoz, — deyishdi ular, — Siz odil ekaningizni bilamiz. Siz Xudoning yo‘lini to‘g‘ri o‘rgatasiz. Biror kishiga xushomadgo‘ylik, yuz– xotirchilik qilmaysiz.
17. Bizga ayting–chi, Qaysarga soliq to‘lashimiz to‘g‘rimi yoki yo‘qmi?
18. Ammo Iso ularning niyati yomon ekanini bilib turardi. U shunday dedi: — Hoy ikkiyuzlamachilar! Nima, Meni sinab ko‘rmoqchimisizlar?
19. Soliqqa to‘lanadigan tangani Menga ko‘rsatinglar. Ular Isoga bir dinor keltirdilar.
20. — Bu surat va yozuv kimniki? — deb so‘radi Iso.
21. — Qaysarniki, — deb javob berdi ular. — Unday bo‘lsa, Qaysarning haqini Qaysarga, Xudoning haqini Xudoga beringlar, — dedi Iso.
22. Ular buni eshitib lol qoldilar. Isoni o‘z holiga qo‘yib, qaytib ketdilar.
23. Sadduqiylar o‘liklarning tirilishini inkor etardilar. Ularning ba’zilari o‘sha kuni Isoning oldiga kelib, shunday savol berdilar:
24. — Ustoz! Muso aytgan ediki: “Agar odam farzand ko‘rmay o‘lib ketsa, marhumning ukasi akasining xotiniga uylanib, akasi uchun farzandni dunyoga keltirsin.”
25. Bizda yetti aka–uka bor edi. Birinchisi uylandi, ammo farzand ko‘rmay olamdan o‘tdi, xotini esa ukasiga qoldi.
26. Ikkinchi, uchinchi, hatto yettinchisigacha, hammasining boshiga shu ko‘rgilik tushdi.
27. Oxirida xotin ham qazo qildi.
28. Ayting–chi, Xudo odamlarni tiriltirganda xotin yettovidan qaysi birining xotini hisoblanadi? Axir, hammasi unga uylangan edi–ku.
29. Iso ularga shunday javob berdi: — Sizlar Muqaddas Bitiklarni ham, Xudoning qudratini ham bilmaysizlar, ana shu sababdan adashyapsizlar.
30. O‘liklar tirilganda uylanmaydilar, erga ham tegmaydilar, balki bamisoli osmondagi farishtalarday bo‘ladilar.
31. O‘liklarning tirilishi haqidagi masalaga kelsak: nahotki Xudoning sizlarga aytgan gaplarini hech qachon o‘qimagan bo‘lsangizlar?!
32. U: “Men Ibrohim, Is’hoq va Yoqubning Xudosiman”, — degan–ku! Axir, Xudo o‘liklarning emas, tiriklarning Xudosidir.
33. Olomon buni eshitib, Isoning ta’limotidan hayratda qoldi.
34. Iso sadduqiylarni mot qilib qo‘yganini farziylar ham eshitib, bir joyga yig‘ildilar.
35. Ulardan biri — Tavrot tafsirchisi Isoni sinash maqsadida Unga shunday savol berdi:
36. — Ustoz, Tavrotdagi qaysi amr eng buyuk?
37. Iso unga dedi: — Egangiz Xudoni butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan, butun ongingiz bilan seving.
38. Bu birinchi va eng buyuk amr.
39. Ikkinchisi esa shunga o‘xshashdir: “O‘zgani o‘zingizni sevganday seving.”
40. Musoning butun Qonuni va payg‘ambarlarning hamma so‘zlari mana shu ikki amrga tayanadi.
41. Farziylar yig‘ilishganda, Iso ulardan so‘radi:
42. — Masih haqida nima deb o‘ylaysizlar? U kimning o‘g‘li? — Dovudning o‘g‘li, — deb javob berdi ular.
43. Iso ularga dedi: — Unday bo‘lsa, qanday qilib Dovud Muqaddas Ruh orqali Masihni Rabbim deb aytadi? Dovud shunday degan edi:
44. “Egamiz aytmoqda Rabbimga: Dushmanlaringni oyoqlaring ostiga yiqitmagunimcha, Sen Mening o‘ng tomonimda o‘tirib turgin.”
45. Agar Dovud Masihni Rabbim deb atagan bo‘lsa, qanday qilib Masih Dovudning o‘g‘li bo‘ladi?!
46. Isoning savoliga hech kim javob bera olmadi. O‘sha kundan boshlab hech kim Unga savol berishga jur’at etolmaydigan bo‘ldi.

1. Shundan keyin Iso olomonga va shogirdlariga gapirdi:
2. “Qonunni izohlash huquqi Tavrot tafsirchilari va farziylarga berilgan.
3. Shu bois ularga quloq solinglar, aytganini qilinglar, ammo qilganini qilmanglar! Chunki ular o‘zlari aytganlarni qilmaydilar.
4. Ular ko‘tarib bo‘lmaydigan og‘ir yukni birovlarga yuklaydilar, o‘zlari esa yordam berish uchun hatto barmog‘ini ham qimirlatmaydilar.
5. Hamma ishlarini, boshqalar ko‘rsin, deb qiladilar. Peshanalariga taqqan nishonalarini kattaroq, kiyimlarining popuklarini uzunroq qiladilar.
6. Shuningdek, ziyofatlarda to‘rga chiqishni va sinagogalarda yaxshi joylarda o‘tirishni yoqtiradilar.
7. Bozorlarda odamlar ularga salom berishlarini, “ustoz” deb murojaat etishlarini yaxshi ko‘radilar.
8. Ammo sizlarni hech kim “ustoz” deb chaqirmasin, chunki hammangizning bitta Ustozingiz bor. Sizlar esa birodarsizlar.
9. Yer yuzida hech kimni ota deb aytmang, chunki sizlarning osmonda yagona Otangiz bor.
10. Hech kim sizlarni “yo‘lboshchi” deb ham aytmasin, chunki sizlarning yakkayu yagona yo‘lboshchingiz Masihdir.
11. Orangizda kim bosh bo‘lsa, sizlarga xizmat qilsin.
12. Zotan o‘zini o‘zi yuksaltirgan kamsitiladi, o‘zini past tutgan esa yuksaltiriladi.”
13. “Holingizga voy, ey tafsirchilar va farziylar! Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Axir, sizlar odamlar kirmasin deb, Osmon Shohligi eshiklarini berkitib qo‘yyapsizlar. U yerga o‘zlaringiz ham kirmayapsizlar, kirmoqchi bo‘lganlarni ham kirgizmayapsizlar.
14. Holingizga voy, ey tafsirchilar va farziylar! Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Axir, sizlar bevalarning uy–joylarini tortib olasizlar, xo‘ja ko‘rsinga uzoq duo o‘qiysizlar. Shuning uchun nihoyatda qattiq jazoga mubtalo bo‘lasizlar.
15. Holingizga voy, ey tafsirchilar va farziylar! Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Axir, sizlar hech bo‘lmasa bir kishini o‘z diningizga kiritish uchun dengizu quruqlikni kezib chiqasizlar. Niyatingizga erishganingizda esa, uni o‘zingizdan besh battar do‘zaxi odam qilasizlar.
16. Ey ko‘r yetakchilar, holingizga voy! Sizlar: “Kim Ma’bad haqi deb qasam ichsa, u qasamini bajarmasa ham bo‘ladi, ammo kim Ma’bad oltini haqi deb qasam ichsa, o‘z qasamini bajarishi shart”, — deysiz.
17. Hoy ko‘r nodonlar! Qaysi biri buyukroq: Ma’badning oltinimi, yoki oltinni muqaddas qilgan Ma’badning o‘zimi?!
18. Yana sizlar shunday deb aytasizlar: “Kim qurbongoh haqi deb qasam ichsa, u qasamini bajarmasa ham bo‘ladi, ammo kim qurbongohdagi qurbonlik haqi, deb qasam ichsa, qasamini bajarishi shart”, — deysizlar.
19. Shu qadar ko‘r bo‘lmasangiz–a! Qaysi biri buyukroq: qurbonlikmi yoki qurbonlikni muqaddas qilgan qurbongohmi?
20. Axir, qurbongoh haqi, deb qasam ichgan, ham qurbongohning o‘zi, ham undagi barcha qurbonliklar haqi qasam ichgan bo‘ladi–ku!
21. Ma’bad haqi deb qasam ichgan esa, ham Ma’badning o‘zi, ham Ma’badda yashaydigan Xudo haqi qasam ichgan bo‘ladi.
22. Osmon haqi deb qasam ichgan esa, osmondagi Xudoning taxti va taxtda o‘tirgan Xudoning O‘zi haqi qasam ichgan bo‘ladi.
23. Holingizga voy, ey tafsirchilar va farziylar! Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Sizlar yalpiz, ukrop va ziradan ushr berasizlar, ammo Qonunning adolat, shafqat va imon kabi eng muhim ta’limotlarini pisand qilmaysizlar. Bularning birini bajara turib, ikkinchisini ham tashlab qo‘ymasligingiz kerak edi.
24. Hoy ko‘r yetakchilar! Sizlar ichimligingizdan chivinni suzib olasizlar, ammo tuyani butunligicha yutib yuborasizlar!
25. Holingizga voy, ey tafsirchilar va farziylar! Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Sizlar piyolayu laganingizning sirtini tozalaysizlar–u, ammo ichi ochko‘zlik va xudbinlikka to‘la.
26. Ey ko‘r farziy! Sen avvalo piyola va laganning ichini tozalab ol, shunda ularning sirti ham toza bo‘ladi.
27. Holingizga voy, ey tafsirchilar va farziylar! Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Chunki sizlar ohaklangan qabrlarga o‘xshaysizlar: qabrlarning tashqi tomoni chiroyli, ammo ichi murdalarning suyaklariga va har xil iflosliklarga to‘la.
28. Shu singari, sizlar ham tashqi tomondan boshqalarga taqvodor bo‘lib ko‘rinasiz, ammo ichingiz ikkiyuzlamachilikka va gunohga to‘la.”
29. Holingizga voy, ey tafsirchilar va farziylar! Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Axir, sizlar payg‘ambarlarga maqbaralar qurib, taqvodorlarning qabrlarini bezatib,
30. shunday deysizlar: “Agar ota–bobolarimiz davrida biz ham yashaganimizda edi, ularga qo‘shilishib payg‘ambarlarning qonini to‘kmagan bo‘lardik.”
31. Bu bilan sizlar payg‘ambarlarni qatl qilganlarning o‘g‘illari ekaningizni tan olyapsizlar.
32. Ota–bobolaringiz boshlagan ishni oxiriga yetkazinglar endi!
33. Hoy ilonlar, zaharli ilonlar zoti! Sizlar do‘zax jazosidan qanday qochib qutulasiz?!
34. Ana shu sababdan Men oldingizga payg‘ambarlarni, donishmandu ustozlarni yuboraman. Ammo sizlar ularning ba’zilarini o‘ldirasizlar, ba’zilarini xochga mixlaysizlar, boshqalarini esa sinagogalaringizda qamchilab, shaharma–shahar quvg‘in qilasizlar.
35. Natijada o‘ldirilgan hamma begunoh odamlarning qoni uchun sizlar jazo tortasizlar. Hobilning to‘kilgan qonidan tortib, qurbongoh bilan Ma’bad orasida siz o‘ldirgan Baraxiya o‘g‘li Zakariyoning qoni sizning gardaningizda bo‘ladi.
36. Ha, sizlarga chinini aytaman: bu nasl ushbu hamma qotilliklar uchun jazo tortadi.
37. Eh Quddus, Quddus! Payg‘ambarlarni qatl etib, huzuriga yuborilganlarni toshbo‘ron qiluvchi shahar! Tovuq o‘z jo‘jalarini qanotlari ostiga qanday to‘plasa, Men ham sening xalqingni bir necha marta shunday to‘plamoqchi bo‘ldim. Lekin sen istamading.
38. Ey Quddus aholisi, sizning Ma’badingiz huvullab qoladi.
39. Sizga shuni aytay: “Egamiz nomi bilan keladigan inson baraka topsin”, — deb aytmaguningizcha, Meni ko‘rmaysizlar.”

1. Iso Ma’baddan chiqib ketayotganda, shogirdlari Uning yoniga kelib, diqqatini Ma’badning binolariga qaratdilar.
2. Iso ularga dedi: “Bularning hammasini ko‘ryapsizmi? Sizlarga chinini aytayin: bular vayron bo‘ladi. Bironta tosh o‘z joyida qolmaydi.”
3. Iso bir O‘zi Zaytun tog‘ida o‘tirganda, shogirdlari Uning yoniga kelib, so‘rashdi: “Bizlarga ayting–chi, bu hodisalar qachon yuz beradi? Sizning kelishingizni va oxirzamon yaqinlashganini nimadan bilsak bo‘ladi?”
4. Iso ularga shunday javob berdi: “Ehtiyot bo‘linglar, hech kim sizlarni yo‘ldan ozdirmasin!
5. Chunki ko‘pchilik o‘zlarini Mening nomim bilan atab: “Men Masihman”, — deb bir qancha odamni yo‘ldan ozdiradilar.
6. Sizlar urush haqidagi xabarlarni va mish–mishlarni eshitasizlar. Biroq cho‘chimanglar! Bular sodir bo‘lishi shart, ammo bu hali oxiri degani emas.
7. Xalq xalqqa qarshi, shohlik shohlikka qarshi ko‘tariladi. Ayrim joylarda qahatchilik va zilzilalar bo‘ladi.
8. Bularning hammasi to‘lg‘oq azoblarining boshlanishiga o‘xshaydi.
9. O‘shanda sizlarni qiynash va o‘ldirish uchun tutib beradilar. Mening nomim tufayli hamma xalqlar sizlardan nafratlanadi.
10. Shunda ko‘plar imondan qaytadi, ular bir–birini sotib, bir–biridan nafratlanadi.
11. Ko‘p soxta payg‘ambarlar paydo bo‘ladi, ular ko‘plarni yo‘ldan uradi.
12. Yomonlik ko‘paygani uchun odamlar orasida mehr–oqibat yo‘qoladi.
13. Lekin oxirigacha bardosh bergan najot topadi.
14. Osmon Shohligi to‘g‘risidagi Xushxabar butun dunyo bo‘ylab va’z qilinadi, hamma xalqlar uni eshitadi. Shundagina oxirzamon keladi.”
15. “Doniyor payg‘ambar aytganiday ko‘p harom– xarish ishlarga sabab bo‘ladigan makruh bir narsaning muqaddas joyda turganini ko‘rganingizda (o‘qigan o‘zi tushunsin!),
16. Yahudiyada bo‘lganlar tog‘larga qochishsin.
17. Tomning ustida bo‘lganlar uyidan biron narsa olish uchun pastga tushmasin.
18. Dalada bo‘lganlar esa to‘nini olgani qaytib kelmasin.
19. U kunlarda homilador va emizikli ayollarning holiga voy!
20. Qochishingiz qishga yoki Shabbat kuniga to‘g‘ri kelmasligi uchun iltijo qilinglar.
21. Chunki o‘sha vaqtda shunday azob– uqubatlar bo‘ladiki, dunyo yaratilgandan to hozirgacha bunaqasi bo‘lmagan va qaytib sodir bo‘lmaydi.
22. Lekin tanlangan odamlar uchungina u kunlar qisqartiriladi. Agar o‘sha kunlar qisqartirilmaganda edi, hech bir jonzot omon qolmasdi.
23. Agar o‘shanda kimdir sizlarga: “Masih mana bu yerda” yoki: “Ana u yerda”, — deb aytsa, ishonmanglar.
24. Chunki soxta masihlar va soxta payg‘ambarlar paydo bo‘lib, iloji bo‘lsa, tanlangan odamlarni ham yo‘ldan ozdirish uchun buyuk alomatu mo‘jizalar ko‘rsatadilar.
25. Mana, Men sizlarga oldindan aytib qo‘ydim.
26. Shunday qilib, agar ular sizlarga: “Qaranglar! U sahroda!” deb aytsalar, bormanglar. Agar ular: “U yashirin joyda”, deb aytsalar, ishonmanglar.
27. Chunki Inson O‘g‘li kelganda, Uni hamma ko‘radi. U sharqdan g‘arbga qadar butun osmonni yoritib yuborgan chaqmoqday bo‘ladi.
28. Kalxatlar to‘plangan joyda murda bo‘lishini hamma biladi. Mening kelishim ham shu singari hammaga ayon bo‘ladi.
29. O‘sha kunlardagi azob–uqubatlar o‘tishi bilanoq, Quyosh qorayadi, oyning nuri so‘nadi. Osmondan yulduzlar qulab tushadi, Samoviy kuchlar larzaga keladi.
30. O‘shanda Inson O‘g‘lining alomati osmonda namoyon bo‘ladi. Yer yuzidagi barcha qabilalar qayg‘uradi. Shunda hamma odam Inson O‘g‘lini ko‘radi. Inson O‘g‘li qudratga va buyuk ulug‘vorlikka burkanib, bulutlarda keladi.
31. Karnayning baland sadosi ostida U farishtalarini yerning to‘rt tomoniga yuboradi. Ular dunyoning bir burchagidan boshqa burchagigacha tanlangan odamlarni to‘plab olishadi.”
32. “Anjir daraxtidan saboq olinglar: uning shoxlari ko‘karib barg chiqarayotganda, yoz yaqinlashganini bilasizlar.
33. Shu singari, mana bu voqealar sodir bo‘lganda, bilingki, o‘sha vaqt yaqinlashib qolgan, ostonangizda turibdi.
34. Sizlarga chinini aytayin: bu nasl o‘tmasdanoq, bularning hammasi sodir bo‘ladi.
35. Yeru osmon yo‘q bo‘lib ketadi, ammo Mening so‘zlarim kuchda qoladi.
36. O‘sha kun va soat haqida Otamdan boshqa hech kim bilmaydi. O‘g‘il ham, osmondagi farishtalar ham bilmaydilar.
37. Nuh payg‘ambar davrida qanday bo‘lgan bo‘lsa, Inson O‘g‘li kelishida ham shunday bo‘ladi.
38. To‘fongacha bo‘lgan davrda odamlar yeb–ichardilar, uylanib, turmushga chiqardilar. Nuh kemaga kirgunga qadar hayot shu zaylda davom etardi.
39. To‘fon kelib, ularning hammasini yuvib ketmaguncha, ular hamma narsadan bexabar edilar. Inson O‘g‘li kelganda ham xuddi shunday bo‘ladi.
40. O‘shanda ikki kishi dalada bo‘ladi, biri olinadi, biri qoldiriladi.
41. Tegirmon tortayotgan ikki ayol bo‘ladi, biri olinadi, biri qoldiriladi.
42. Shuning uchun hushyor bo‘linglar. Men — Rabbingiz qaysi kuni kelishimni sizlar bilmaysizlar.
43. Ammo shuni bilib qo‘yingki, agar uy egasi tunning qay paytida o‘g‘ri kelishini bilganda edi, u uyg‘oq o‘tirib, o‘g‘rining uyga buzib kirishiga yo‘l qo‘ymagan bo‘lardi.
44. Shunga o‘xshab, sizlar ham tayyor turinglar, chunki Inson O‘g‘li sizlar kutmagan vaqtda keladi.”
45. “Ishonchli va dono xizmatkor kim? Xo‘jayin bunday odamni boshqa xizmatkorlariga boshliq qilib qo‘yadi, ularga o‘z vaqtida ovqat tarqatishni unga topshiradi.
46. Xo‘jayin uyga qaytganda o‘sha xizmatkorini yumush ustida ko‘rsa, xizmatkor naqadar baxtli!
47. Sizlarga chinini aytay: xo‘jayin o‘sha xizmatkorini butun mulki ustidan boshqaruvchi qilib qo‘yadi.
48. Bordi–yu, u xizmatkor yomon bo‘lib, ko‘nglida: “Xo‘jayinim hali beri qaytib kelmaydi”, — deb,
49. boshqa xizmatkorlarni ura boshlasa va sharobxo‘rlar bilan yeb–ichsa,
50. xizmatkor kutmagan kunda, o‘ylamagan soatda xo‘jayini kelib qoladi.
51. U xizmatkorining jazosini berib, boshiga ikkiyuzlamachilarning kunini soladi. Shunda xizmatkor qattiq pushaymon bo‘lib, fig‘on chekadi.”

1. “Oxirzamon yaqinlashganda Osmon Shohligini quyidagiga o‘xshatsa bo‘ladi: kelinning o‘nta dugonasi moychiroqlarini olib, kuyovni qarshilagani chiqishibdi.
2. Ulardan beshtasi nodon, beshtasi dono ekan.
3. Nodonlari moychiroqlarni olishibdi–yu ammo chiroq uchun moy olishmabdi.
4. Donolari esa moychiroqlari bilan birga idishlarda moy ham olibdilar.
5. Kuyov kechikibdi, shu sababdan hammalari mudrab, uxlab qolibdilar.
6. Yarim kechasi: “Ana, kuyov kelyapti! Uni kutib olgani chiqinglar!” — degan bir ovoz yangrabdi.
7. Shunda qizlarning hammasi o‘rnidan turib, moychiroqlarini tayyorlay boshlabdilar.
8. Nodonlari donolariga aytibdilar: — Bizga ham moyingizdan ozgina beringlar, chiroqlarimiz o‘chyapti!
9. Donolari esa shunday javob beribdilar: — Yo‘q! Bizga ham, sizlarga ham moy yetmay qoladi. Yaxshisi, sotuvchilarga borib, o‘zlaringizga moy sotib olinglar.
10. Ular moy sotib olgani ketishganda, kuyov kelib qolibdi. Tayyor turgan qizlar kuyov bilan birga to‘yxonaga kirib ketishibdi. Orqalaridan eshik yopilibdi.
11. Keyin qolgan qizlar kelib: — Hazrat! Hazrat! Bizga eshikni oching! — deyishibdi.
12. Lekin U: — Sizlarni umuman tanimayman, — deb javob beribdi.
13. Xullas, hushyor bo‘linglar, chunki qaysi kuni, qaysi soatda kelishimni bilmaysizlar.”
14. “Yana Osmon Shohligini safarga jo‘nab ketayotgan odamga o‘xshatsa bo‘ladi. U ketishidan oldin xizmatkorlarini chaqirib, o‘z mol–mulkini ularga topshiribdi.
15. U har biriga qobiliyatiga yarasha: biriga besh ming tilla, ikkinchisiga ikki ming tilla, uchinchisiga esa ming tilla berib, jo‘nab ketibdi.
16. Besh ming tilla olgan xizmatkor vaqtni boy bermay, pulni ishga solibdi va yana besh ming tilla daromad olibdi.
17. Ikki ming tilla olgan xizmatkor ham xuddi shunday yo‘l tutib, ikki ming tilla orttiribdi.
18. Ming tilla olgan xizmatkor esa borib, chuqur qazibdi–da, xo‘jayin bergan pulini ko‘mib qo‘yibdi.
19. Oradan ancha vaqt o‘tibdi. Xo‘jayin qaytib kelib, xizmatkorlaridan hisobot so‘rabdi.
20. Besh ming tilla olgan xizmatkori orttirgan besh ming tillani ham olib kelib, shunday debdi: — Xo‘jayin! Menga besh ming tilla bergan edingiz. Mana, qarang, men bulardan tashqari yana besh ming tilla ishladim.
21. Xo‘jayini unga: — Barakalla! Sen yaxshi va ishonchli xizmatkorsan! — debdi. — Kichik ishda ishonchimni oqlaganing uchun, senga katta ishlarni ishonib topshiraman. Kel, mening xursandchiligimga sherik bo‘l.
22. Ikki ming tilla olgan xizmatkor ham kelib: — Xo‘jayin! Menga ikki ming tilla bergandingiz. Mana, qarang, men bulardan tashqari yana ikki ming tilla ishladim, — debdi.
23. Xo‘jayini unga: — Barakalla! Sen yaxshi va ishonchli xizmatkorsan! — debdi. — Kichik ishda ishonchimni oqlaganing uchun, senga katta ishlarni ishonib topshiraman. Kel, mening xursandchiligimga sherik bo‘l.
24. Ming tilla olgan xizmatkor ham kelib shunday debdi: — Xo‘jayin! Men sizning qattiqqo‘l odam ekaningizni bilardim. Siz ekmagan yerdan o‘rasiz, o‘zingiz yetishtirmagan hosilni yig‘ib olasiz.
25. Shuning uchun men qo‘rqqanimdan borib, bergan tillangizni yerga ko‘mib qo‘ydim. Mana tillangiz!
26. Xo‘jayin unga shunday javob beribdi: — Ey yomon, yalqov xizmatkor! Men ekmagan yerdan o‘rishimni, o‘zim yetishtirmagan hosilni yig‘ib olishimni bilar ekansan,
27. pulimni muomalaga kiritsang bo‘lmasmidi?! Men qaytib kelib, pulimni foydasi bilan qaytarib olgan bo‘lar edim.
28. So‘ng xo‘jayin debdi: — Qani, undagi ming tillani olib, o‘n ming tillasi borga beringlar!
29. Chunki kimda bor bo‘lsa, unga yana beriladi va u mo‘l-ko‘lchilikda yashaydi. Kimda yo‘q bo‘lsa, hatto bori ham tortib olinadi.
30. Endi bu yaramas xizmatkorni tashqariga, qorong‘ilikka uloqtirib yuboringlar. U yerda bu yaramas qattiq pushaymon bo‘lib, fig‘on chekadi.”
31. “Inson O‘g‘li O‘zining ulug‘vorligida, jamiki farishtalari bilan birga kelganda O‘zining shohona taxtiga o‘tiradi.
32. Barcha xalqlar Uning huzuriga to‘planadilar. Cho‘pon qo‘ylarni echkilardan ajratganday, U xalqlarni bir–biridan ajratadi.
33. U qo‘ylarni o‘ng tomoniga, echkilarni chap tomoniga qo‘yadi.
34. Shundan keyin Shoh o‘ng tomonidagilarga aytadi: — Ey Otamning barakasini olganlar, kelinglar! Shohlikni meros qilib olinglar! Bu shohlik olam yaratilgandayoq sizlar uchun tayyorlab qo‘yilgan.
35. Axir, Men och edim, Menga ovqat berdingizlar. Chanqagan edim, Menga ichimlik berdingizlar. Musofir edim, uyingizdan boshpana berdingizlar.
36. Yalang‘och edim, Meni kiyintirdingizlar. Kasal edim, Menga g‘amxo‘rlik qildingizlar. Zindonda edim, Meni kelib ko‘rdingizlar.
37. Bunga javoban solihlar Unga shunday deydilar: — Yo Rabbiy! Qachon sizni och holda ko‘rib, ovqat beribmiz?! Qachon chanqaganingizni ko‘rib, biron narsa ichiribmiz?
38. Musofir ekaningizni qachon ko‘rib, uyimizdan boshpana beribmiz? Yalang‘och ekaningizni qachon ko‘rib, kiyintiribmiz?
39. Kasal yoki zindonda bo‘lganingizda qachon Sizni yo‘qlab boribmiz?
40. Shoh ularga shunday javob beradi: — Sizlarga chinini aytayin: sizlar eng kichik birodarimga qilgan har qanday yaxshiligingizni Menga qilgan bo‘lasiz.
41. So‘ng U chap tomondagilarga ham aytadi: — Ey la’natilar, ko‘zimdan yo‘qolinglar! Iblis va uning farishtalariga tayyorlab qo‘yilgan abadiy olovga mubtalo bo‘ling!
42. Axir, Men och edim, ovqat bermadingizlar. Chanqagandim, ichgani hech narsa bermadingizlar.
43. Musofir edim, uyingizdan boshpana bermadingizlar. Yalang‘och edim, Meni kiyintirmadingiz. Kasal bo‘ldim, zindonga tushdim, Meni kelib ko‘rmadingizlar.
44. Shunda ular aytadilar: — Yo Rabbiy! Qachon Sizni och, chanqagan, musofir, yalang‘och, kasal holda yoki zindonda ekaningizni ko‘ribmiz? Agar ko‘rganimizda edi, nahotki Sizdan xizmatimizni ayagan bo‘lardik?!
45. U esa shunday javob beradi: — Sizlarga chinini aytayin: sizlar eng kichik birodarimdan ayagan yaxshiligingizni Mendan ayagan bo‘lasiz.
46. Bular abadiy jazoga, solihlar esa abadiy hayotga muyassar bo‘ladilar.”

1. Iso bu gaplarni aytib bo‘lgach, shogirdlariga shunday dedi:
2. “Ikki kundan keyin Fisih ziyofati bo‘lishini bilasizlar. Ana, o‘shanda Inson O‘g‘liga xoinlik qilishadi, Uni xochga mixlashadi.”
3. Bu paytda bosh ruhoniylar va oqsoqollar Kayafa ismli oliy ruhoniyning saroyida yig‘ilgan edilar.
4. Ular Isoni hiyla bilan tutib, o‘ldirish uchun fitna o‘ylab topdilar.
5. Ammo ular: “Biz bu ishni bayram kunlari qilmasligimiz kerak, aks holda xalq g‘alayon qilishi mumkin”, dedilar.
6. Iso Baytaniyada teri kasalligiga chalingan Shimo‘nning uyida
7. mexmon bo‘lib o‘tirgan edi. Shunda bir ayol ganchdan yasalgan idishda qimmatbaho atir moyi olib kelib, Isoning boshidan quydi.
8. Shogirdlar buni ko‘rgach, g‘azablanib: — Bu isrofgarchilikning nima keragi bor?
9. Axir, bu moyni katta pulga sotib, kambag‘allarga taqsimlab berish mumkin edi–ku! — deyishdi.
10. Shogirdlar nima to‘g‘risida gapirayotganlarini Iso bilib qolib, ularga dedi: — Nega ayolni xijolatda qoldiryapsizlar? U Men uchun ajoyib ish qildi.
11. Kambag‘allar har doim sizlar bilan birga bo‘ladilar. Men esa har doim ham sizlar bilan birga bo‘lmayman.
12. Ayol bu moyni tanamga to‘kib, Meni dafnga tayyorladi.
13. Sizlarga chinini aytayin: Xushxabar dunyoning qaysi yerida e’lon qilinmasin, bu ayol ham esga olinib, uning qilgan ishi haqida aytiladi.
14. Shunda o‘n ikki shogirddan biri bo‘lgan Yahudo Ishqariyot bosh ruhoniylarning oldiga borib:
15. — Agar Isoni sizlarga tutib bersam, menga nima berasizlar? — deb so‘radi. Ular Yahudoga o‘ttiz kumush tanga berdilar.
16. O‘sha vaqtdan boshlab Yahudo Isoni tutib berish uchun qulay fursatni kuta boshladi.
17. Xamirturushsiz non bayramining birinchi kunida shogirdlar Isoning oldiga kelib dedilar: — Fisih taomini qayerda yemoqchisiz? Biz borib tayyorgarlik ko‘raylik.
18. Iso dedi: — Shaharga falonchining oldiga borib, unga shunday deb aytinglar: Ustozimiz sizga: “Vaqtim yetdi. Men Fisih ziyofatini shogirdlarim bilan sizning uyingizda o‘tkazmoqchiman”, deb aytib yubordilar.
19. Shogirdlar Isoning aytganini qilib, Fisih taomini tayyorladilar.
20. Kech kirganda, Iso o‘n ikki shogirdi bilan dasturxon atrofiga yonboshladi.
21. Ovqatlanayotganlarida Iso: — Sizlarga chinini aytayin, orangizdan bittangiz Menga xiyonat qiladi, — dedi.
22. Shogirdlar qattiq xafa bo‘lib, birin–ketin: — Hazrat, nahotki meni nazarda tutayotgan bo‘lsangiz? — deb so‘radilar.
23. U esa shunday javob berdi: — Men bilan baravar kosaga nonni botirgan Menga xiyonat qiladi.
24. Ha, Inson O‘g‘li U haqda yozilganday jon beradi. Ammo Inson O‘g‘liga xiyonat qilgan odamning holiga voy! Uning tug‘ilganidan ko‘ra tug‘ilmagani yaxshiroq edi.
25. Sotqin Yahudo Isoga: — Ustoz, nahotki o‘sha men bo‘lsam? — dedi. — O‘zing aytding, — deb javob berdi Iso.
26. Ular ovqatlanayotganda, Iso nonni oldi, duo o‘qib sindirdi. Nonni shogirdlariga berib: — Olib yenglar, bu Mening tanamdir, — dedi.
27. Sharob quyilgan kosani ham oldi, shukrona duosini o‘qib, ularga uzatdi: — Bundan hammalaring ichinglar, — dedi.
28. — Bu sharob Xudoning ahdini bildiradi. Bu Ahd ko‘plarning gunohini yuvish uchun to‘kiladigan qonim evaziga kuchga kiradi.
29. Sizlarga shuni aytay: bir kun kelib, Men sizlar bilan birga Otamning Shohligida yangi sharob ichaman. Ammo o‘sha kun kelmaguncha endi sharobni og‘zimga ham olmayman.
30. So‘ng ular hamdu sano kuylab, Zaytun tog‘i tomon ketdilar.
31. Iso shogirdlariga dedi: — Bugun kechasi hammalaringiz Meni tashlab, qochib ketasizlar. Chunki yozilgan: “Men cho‘ponni o‘ldiraman, Shunda suruvdagi qo‘ylar har yoqqa tarqalib ketadi.”
32. Biroq Men tirilganimdan keyin, sizlarni Jalilada kutaman.
33. Butrus Isoga dedi: — Sizni hamma tashlab ketsa ham, men tashlab ketmayman!
34. Iso unga: — Senga chinini aytayin, shu kechasiyoq, xo‘roz qichqirmasdan oldin, sen Mendan uch marta tonasan, — dedi.
35. Butrus Unga: — Kerak bo‘lsa, Siz bilan birga o‘laman! Ammo Sizdan aslo tonmayman! — dedi. Boshqa hamma shogirdlari ham shunday dedilar.
36. Shundan keyin Iso shogirdlari bilan Getsimaniya degan joyga bordi. Iso shogirdlariga: — Shu yerda o‘tirib turinglar, Men nariroqqa borib, ibodat qilaman, — dedi.
37. U yoniga Butrusni va Zabadiyning ikki o‘g‘lini oldi. Isoni qayg‘u, g‘am qamradi.
38. U shogirdlariga: — Yuragimdagi og‘ir qayg‘u Meni o‘lguday qiynab yubordi. Shu yerda qolinglar–da, ko‘z– quloq bo‘lib turinglar, — dedi.
39. So‘ng bir oz nari ketib, yerga muk tushdi–da, shunday deb yolvordi: — Ey Otam, agar iloji bo‘lsa, bu azob kosasi Meni chetlab o‘tsin. Ammo Mening xohishim emas, Sening xohishing bajo bo‘lsin.
40. U shogirdlari yoniga kelib, ularning uxlab yotganini ko‘rdi. Butrusga dedi: — Men bilan birga bir soatgina ham uyg‘oq o‘tira olmabsizlar–da!
41. Ko‘z–quloq bo‘lib turinglar, vasvasaga tushmaslik uchun ibodat qilinglar. Ruh tetik, tana esa zaifdir.
42. Iso ikkinchi marta ketib, shunday deb iltijo qildi: — Ey Otam! Agar bu azob kosasidan qutulishimning iloji bo‘lmasa, mayli, Men o‘sha kosadan ichaman. Sening xohishing bajo bo‘lsin.
43. U qaytib kelib, shogirdlarining yana uxlab yotganini ko‘rdi. Ularning ko‘zlari yumilib ketayotgan edi.
44. Iso ularning oldidan yana ketib, avvalgi so‘zlarini takrorlab, uchinchi marta ibodat qildi.
45. So‘ng U shogirdlari yoniga qaytib kelib, ularga dedi: — Haligacha dam olib, uxlab yotibsizlarmi?! Mana, vaqt–soati keldi, Inson O‘g‘li gunohkorlar qo‘liga tutib berilyapti.
46. Turinglar, ketaylik! Ana, Menga xoinlik qiluvchi kelyapti!
47. Iso hali gapirib bo‘lmasidan, Yahudo kelib qoldi. U o‘n ikki shogirddan biri bo‘lib, uning yonida qilich va tayoq ko‘tarib olgan olomon bor edi. Bu olomonni bosh ruhoniylar va oqsoqollar yuborgan edilar.
48. Xoin Yahudo olomon bilan til biriktirib, shunday degandi: “Men kimni o‘psam, U o‘sha Kishidir. Uni qo‘lga olinglar.”
49. U to‘g‘ri Isoning oldiga borib: — Assalomu alaykum, Ustoz! — deb, Uni o‘pdi.
50. Iso unga: — Do‘stim, qiladigan ishingni qilaqol, — deyishi bilanoq, odamlar Isoni ushlab, qo‘lga oldilar.
51. Shunda Iso bilan birga bo‘lganlardan biri qilichini qinidan sug‘urdi–da, oliy ruhoniyning xizmatkoriga bir urib, qulog‘ini kesib tashladi.
52. Lekin Iso unga dedi: — Qilichingni qiniga solib qo‘y! Qilich ko‘targanlarning hammasi qilichdan halok bo‘ladi.
53. Kerak bo‘lganda edi, Men Otamga iltijo qilgan bo‘lardim. U Menga o‘sha zahotiyoq o‘n minglab farishtlarini yuborgan bo‘lardi. Shuni bilmaysanmi?
54. Lekin bunday qilganimda edi, qanday qilib Muqaddas Bitiklar amalga oshardi? Axir, bularning hammasi sodir bo‘lishi kerak–ku!
55. Shundan so‘ng Iso olomonga dedi: — Men qaroqchimidim, Meni olib ketgani qilichu tayoqlar bilan kelibsizlar?! Men har kuni Ma’bad hovlisida ta’lim berardim. Sizlar o‘shanda Meni qo‘lga olmadingizlar.
56. Ammo bularning hammasi payg‘ambarlarning Muqaddas Bitiklardagi bashoratlari bajo bo‘lishi uchun ro‘y berdi. O‘shanda hamma shogirdlari Isoni qoldirib, qochib ketishdi.
57. Isoni qo‘lga olganlar Uni oliy ruhoniy Kayafaning huzuriga olib keldilar. U yerda Tavrot tafsirchilari bilan oqsoqollar ham yig‘ilishgan edi.
58. Butrus esa Isoga uzoqdan ergashib, oliy ruhoniyning hovlisigacha keldi. Butrus ichkariga kirib, oxiri nima bilan tugarkin, deb kuzatish uchun soqchilarning yoniga o‘tirdi.
59. Bosh ruhoniylar va Oliy kengashning barcha a’zolari Isoni o‘limga mahkum qilish uchun Unga qarshi soxta dalillar izlar edilar.
60. Ancha guvohlar chiqqan bo‘lsa–da, yetarlicha ayblovchi dalillar topilmadi. Nihoyat, ikki soxta guvoh so‘zga chiqib,
61. shunday aytishdi: — Bu Odam: “Men Xudoning Ma’badini buzib, uch kunda uni tiklay olaman”, degan.
62. Oliy ruhoniy o‘rnidan turib, Isoga: — Indamay turaverasanmi?! Ularning Senga qo‘ygan ayblariga javob qaytarmaysanmi?! — dedi.
63. Iso esa indamadi. Oliy ruhoniy Unga dedi: — Barhayot Xudo haqi qasam ichib, ayt: Xudoning O‘g‘li — Masih Senmisan?
64. Iso unga: — Gapingiz to‘g‘ri, — dedi. — Bundan buyon sizlar Inson O‘g‘lini Qodir Xudoning o‘ng tomonida o‘tirganini va osmon bulutlarida kelayotganini ko‘rasizlar.
65. Shunda oliy ruhoniy kiyimlarini yirtib dedi: — U kufrlik qilyapti–ku! Bizlarga boshqa guvohlarning nima keragi bor?! Uning kufrlik qilganini hozirgina o‘zlaringiz eshitdingizlar.
66. Sizlarning qaroringiz qanday? — U o‘limga loyiq! — deb javob berdi ular.
67. So‘ng ular Isoning yuziga tupurib, Uni mushtlay boshladilar. Boshqalari esa Unga shapaloq urib:
68. — Ey Masih! Qani top–chi, Seni kim urdi ekan? — derdilar.
69. Bu paytda Butrus tashqarida hovlida o‘tirgan edi. Bir cho‘ri qiz uning yoniga kelib: — Siz ham o‘sha Jalilalik Iso bilan birga edingiz–ku! — dedi.
70. Lekin Shimo‘n hammaning oldida buni inkor etib dedi: — Nima to‘g‘risida gapirayotganingizni tushunmayapman.
71. So‘ng darvoza oldiga bordi. Shunda boshqa bir xizmatkor ayol uni ko‘rib, u yerda turganlarga: — Mana bu odam Nosiralik Iso bilan birga edi, — dedi.
72. Shimo‘n esa qasam ichib: — Men Uni tanimayman! — deb yana Isodan tondi.
73. Bir ozdan keyin u yerda turganlar kelib, Butrusga: — Siz o‘shalardan ekaningiz shevangizdan bilinib turibdi, — deyishdi.
74. — Xudo ursin! Men bu Odamni tanimayman! — deb qasam ichdi Butrus. Shu payt xo‘roz qichqirdi.
75. Shunda Butrus Isoning: “Xo‘roz qichqirmasidan oldin, sen Mendan uch marta tonasan”, degan gapini esladi. U hovlidan chiqib, achchiq–achchiq yig‘ladi.

1. Tong otganda, hamma bosh ruhoniylar bilan oqsoqollar Isoni o‘limga mahkum qilishga kelishib oldilar.
2. Ular Isoni bog‘lab, Rimlik hokim Pilatga olib borib topshirdilar.
3. Xoin Yahudo esa Isoning o‘limga mahkum etilganini bilib, qilgan ishidan pushaymon bo‘ldi. U o‘ttiz kumush tangani bosh ruhoniylar bilan oqsoqollarga qaytarib olib keldi.
4. U: — Men gunoh qildim! Begunoh odamga xoinlik qildim, — dedi. Ular esa: — Bizga nima?! Bu sening ishing! — deyishdi.
5. Yahudo kumush tangalarni Ma’badga otib yubordi–da, chiqib ketdi. U borib, o‘zini osib o‘ldirdi.
6. Bosh ruhoniylar tangalarni terib olib: “Bu pulni Ma’bad xazinasiga qo‘sha olmaymiz, chunki bular qonga belangan”, — deyishdi.
7. Ular maslahatlashib, bu pulga kulolning dalasini sotib oldilar, u yerga musofirlar dafn qilinadigan bo‘ldi.
8. Shuning uchun o‘sha yer bugungacha “Qon Yeri” deb ataladi.
9. 10Shunday qilib, payg‘ambar Yeremiyoning bashorati bajo bo‘ldi:
10. Egamiz menga amr qilganday Ular o‘ttiz kumush tangani olib, Kulolning dalasini sotib oldilar. Bu pul Isroil xalqining U uchun belgilagan narxi edi.”
11. Iso Rimlik hokimning huzurida turganda hokim Isodan: — Sen yahudiylarning Shohimisan? — deb so‘radi. — Siz shunaqa deysiz, — deb javob berdi Iso.
12. Bosh ruhoniylar bilan oqsoqollar Isoni ayblayotganlarida esa, U hech qanday javob bermadi.
13. Shunda Pilat Unga: — Eshitmayapsanmi, Sening bo‘yningga qancha ayblar qo‘yishyapti! — dedi.
14. Lekin Iso bironta ayblovga javob qaytarmadi. Hokim bunga qoyil qoldi.
15. Hokimning bir odati bor edi: u har Fisih bayramida olomonning xohishiga ko‘ra bir mahbusni ozod qilar edi.
16. O‘sha paytda otning qashqasiday taniqli bo‘lgan Yoshua Barabba ismli bir mahbus bor edi.
17. Xalq to‘plangach, Pilat ulardan so‘radi: — Sizlar kimni ozod qilishimni istaysizlar: Barabbanimi yoki Masih deb atalgan Isonimi?
18. Ular Isoni hasad tufayli qo‘lga tushirishganini Pilat bilar edi.
19. Pilat hukm kursisida o‘tirgan edi, xotini unga shunday xabar yubordi: “Bu odam aybsiz, Unga biron narsa qila ko‘rmagin, kecha tushimda U sababli qattiq azob tortdim.”
20. Ammo bosh ruhoniylar bilan oqsoqollar olomonni qayrab, Pilatdan: “Barabbani ozod qiling, Isoni esa o‘ldiring” — deb so‘rashga ularni ko‘ndirdilar.
21. Hokim olomondan yana so‘radi: — Ikkovidan qaysi birini ozod qilishimni istaysizlar? — Barabbani! — deb javob berdi ular.
22. Masih deb nom olgan Isoni nima qilay? — deb so‘radi Pilat. — Xochga mixlansin! — deyishdi bir og‘izdan.
23. — U nima yomonlik qildi? — deb so‘radi hokim. Lekin olomon: — Xochga mixlansin! — deb battar baqirardi.
24. Pilat qo‘lidan hech narsa kelmayotganini va g‘alayon boshlanayotganini ko‘rib: — Bu Odamning to‘kiladigan qoni uchun men aybdor emasman. Bunga o‘zlaringiz javob berasizlar! — dedi–da, olomonning ko‘zi oldida suv olib, qo‘llarini chaydi.
25. Butun xalq bunga javoban: — Uning qoni bizning va bolalarimizning gardanida bo‘lsin! — deyishdi.
26. Shundan so‘ng Pilat Barabbani ozod qildi. Isoni esa qamchilatib, xochga mixlashni buyurdi.
27. Hokimning askarlari Isoni hukumat saroyiga olib borib, butun bo‘linmani Uning oldiga to‘plashdi.
28. Ular Isoning kiyimlarini yechib olib, Uning egniga qizil to‘n kiydirdilar.
29. Tikanlardan toj o‘rib, boshiga kiygizdilar. O‘ng qo‘liga qamish tutqizib, Uning oldida tiz cho‘kkancha: “Yashavor, ey yahudiylarning Shohi!” — deb masxara qildilar.
30. So‘ng Unga tupurib, qamish bilan qayta–qayta boshiga urdilar.
31. Uni shunday masxara qilganlaridan keyin, ustidagi to‘nni yechib olib, O‘zining kiyimlarini kiydirishdi. So‘ng Uni xochga mixlash uchun olib ketishdi.
32. Ular yo‘lda Kirineyalik Shimo‘n degan kishini uchratib qolib, Isoning xochini ko‘tarib borishga uni majbur qildilar.
33. Ular Go‘lgota degan joyga yetib keldilar. Go‘lgota “Bosh suyagi” ma’nosini beradi.
34. Askarlar u yerda Isoga ichgani achchiq o‘t aralashtirilgan sharob berdilar. Iso uni tatib ko‘rdi, ammo ichmadi.
35. Askarlar Isoni xochga mixlab qo‘yishdi. Kiyimlari uchun qur’a tashlab, o‘zaro bo‘lishib olishdi.
36. Keyin o‘sha yerda Isoni qo‘riqlab o‘tirishdi.
37. Isoning bosh tomoniga ular: “Bu yahudiylarning Shohi Isodir”, degan aybini ko‘rsatuvchi yozuvni osib qo‘ydilar.
38. Iso bilan birga ikkita qaroqchini ham mixlagan edilar. Ularning biri Isoning o‘ng tomonida, biri chap tomonida edi.
39. O‘tib ketayotganlar boshlarini chayqab, Isoni haqoratlashardi:
40. — Ey Ma’badni buzib uch kun ichida tiklaydigan! Agar Xudoning O‘g‘li bo‘lsang, O‘zingni O‘zing qutqar–chi! Xochdan tushib ko‘r– chi!
41. Bosh ruhoniylar, Tavrot tafsirchilari va oqsoqollar ham ularga qo‘shilib, Isoni masxaralay ketishdi:
42. — U boshqalarni qutqarardi, O‘zini esa qutqara olmaydi! U Isroilning Shohi emish! Qani, xochdan tushsin, shunda biz Unga ishonamiz.
43. U Xudoga ishonardi. Agar Xudo Undan mamnun bo‘lsa, hozir Uni qutqarsin. Axir, U O‘zini Xudoning O‘g‘li deb atagan–ku!
44. Iso bilan birga xochga mixlangan qaroqchilar ham Uni shunday haqoratlar edilar.
45. Tushdan boshlab soat uchgacha hamma yoq zulmatga cho‘mdi.
46. Soat uchlarda Iso baland ovoz bilan: — Eli, Eli, lamo shavaqtani? — deb faryod qildi. Bu so‘zning tarjimasi: “Ey Xudoyim! Ey Xudoyim! Nega Meni tark etding?!” — demakdir.
47. U yerda turgan ba’zilar buni eshitib: — U Ilyosni chaqiryapti, — deyishdi.
48. Ulardan biri yugurib borib, shimgichni oldi va arzon sharobga botirib, bir qamishning uchiga ildi–da, Isoga ichish uchun uzatdi.
49. Boshqalari esa: — Qani ko‘raylik–chi, Ilyos kelib Uni qutqararmikan, — deyishdi.
50. Ammo Iso qattiq faryod qildi–yu, jon berdi.
51. Shu zahoti Ma’baddagi parda yuqoridan pastgacha yirtilib, ikkiga bo‘linib ketdi. Yer larzaga keldi, toshlar yorildi.
52. Qabrlar ochilib, taqvodor odamlarning ko‘pchiligi tirildi.
53. Ular qabrlaridan chiqdilar, Iso tirilganidan keyin muqaddas shaharga bordilar. Ko‘p odamlar ularni ko‘rdi.
54. Isoni qo‘riqlab turgan yuzboshi bilan yonidagi askarlar zilzilani va sodir bo‘layotgan barcha ishlarni ko‘rib, vahimaga tushdilar. Ular: — Haqiqatan ham bu Odam Xudoning O‘g‘li ekan! — dedilar.
55. U yerda bir talay ayollar ham bor edi, ular uzoqdan qarab turgan edilar. U ayollar Jaliladan Isoga ergashib kelgan va Unga xizmat qilgandilar.
56. Ularning orasida Magdalalik Maryam, Yoqub bilan Yusufning onasi Maryam va Zabadiy o‘g‘illarining onasi ham bor edi.
57. Kechqurun Yusuf degan arimatiyalik bir boy odam keldi. U ham Isoning shogirdi edi.
58. Yusuf Pilatning huzuriga borib, Isoning jasadini so‘radi. Pilat jasadni unga berishni buyurdi.
59. Yusuf jasadni olib, uni toza zig‘ir matoga kafanladi
60. va o‘zi uchun qoyaga o‘ydirgan yangi qabrga qo‘ydi. Yusuf katta toshni yumalatib kelib, qabrning og‘zini yopdi va o‘zi ketdi.
61. Magdalalik Maryam bilan boshqa Maryam u yerda qolib, qabrning ro‘parasida o‘tiraverdilar.
62. Shabbat arafasining ertasiga bosh ruhoniylar va farziylar Pilatning huzuriga yig‘ilishib,
63. dedilar: — Hazrati oliylari, bir narsa esimizga tushib qoldi: o‘sha yolg‘onchi tirikligida: “Uch kundan keyin Men tirilaman”, degan edi.
64. Shuning uchun buyruq bering: qabr uch kun qo‘riqlansin. Aks holda Uning shogirdlari borib, jasadni o‘g‘irlab ketadilar–da, odamlarga: “U o‘likdan tirildi” deb aytadilar. Bu yolg‘on birinchisidan ham battar bo‘ladi.
65. Pilat ularga dedi: — Xo‘p, qo‘riqchilarni olib, qo‘lingizdan kelgancha, qabrni qo‘riqlanglar.
66. Ular borib, qabr toshiga muhr bosdilar va qabrni qo‘riqlay boshladilar.

1. Shabbat kunining ertasiga, yakshanba kuni tongotarda Magdalalik Maryam bilan boshqa Maryam qabrni ko‘rgani borishdi.
2. Shunda to‘satdan qattiq zilzila bo‘ldi, chunki Egamizning farishtasi osmondan tushib, qabr og‘zidagi toshni ag‘darib yubordi. Farishta o‘sha tosh ustiga o‘tirdi.
3. Uning qiyofasi yashinday porlardi, kiyimlari qorday oppoq edi.
4. Uni ko‘rib soqchilar shunchalik qo‘rqib ketdilarki, titrab, murdaday qotib qoldilar.
5. Farishta ayollarga dedi: — Qo‘rqmanglar! Bilaman, sizlar xochga mixlangan Isoni qidiryapsizlar.
6. U bu yerda yo‘q. O‘zi aytganiday, U tirildi. Mana, kelib ko‘ringlar, U shu yerda yotgan edi.
7. Endi tezroq borib, Uning shogirdlariga: “Iso o‘likdan tirildi. U sizlarni Jalilada kutyapti. Uni o‘sha yerda ko‘rasizlar”, — deb aytinglar. Sizlarga aytadigan gapim shu edi.
8. Ayollar shosha–pisha qabrdan ketdilar. Qo‘rquv va cheksiz sevinchga to‘lib, Isoning shogirdlariga xabar bergani yugurib ketdilar.
9. Birdaniga Isoning O‘zi ularning qarshisidan chiqib: — Salom! — dedi. Ayollar Isoning oldiga borib, oyoqlariga yopishgancha Unga sajda qildilar.
10. Iso ularga dedi: — Qo‘rqmanglar! Borib, birodarlarimga: “Jalilaga borar ekansizlar”, deb aytinglar. Ular Meni o‘sha yerda ko‘radilar.
11. Ayollar ketganlaridan keyin, soqchilar bo‘linmasidan bir nechtasi shaharga kirib, yuz bergan voqea to‘g‘risida bosh ruhoniylarga aytib berdilar.
12. Bosh ruhoniylar bilan oqsoqollar uchrashib, reja tuzdilar. Ular soqchilarga katta miqdorda pul berib,
13. shunday dedilar: — Sizlar hammaga: “Isoning shogirdlari kechasi kelib, biz uxlab yotganimizda jasadni o‘g‘irlab ketishdi”, deb aytasizlar.
14. Bordi–yu, bu xabar hokimning qulog‘iga yetib borgudek bo‘lsa, uni o‘zimiz ishontiramiz, sizlarni har qanday ko‘ngilsizlikdan xalos etamiz.
15. Shunday qilib, soqchilar pulni olib, aytilganday qildilar. Voqeaning shu ta’rifi bugungi kungacha yahudiylar orasida keng tarqalgan.
16. O‘n bir shogird Jalilaga, Iso ularga tayin etgan toqqa bordilar.
17. Shogirdlar Isoni ko‘rganlari zahoti, Unga sajda qildilar, ba’zilari esa ikkilanib qoldilar.
18. Iso kelib, ularga dedi: “Yeru osmondagi butun hokimiyat Menga berilgan.
19. Shuning uchun borib, barcha xalqlardan shogird orttiringlar. Ularni Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga cho‘mdiringlar.
20. Men sizlarga buyurgan hamma narsaga amal qilishni ularga o‘rgatinglar. Zotan, Men har doim, dunyoning oxirigacha sizlar bilan birga bo‘laman.”

YouTube kanaliga xush kelibsiz!
► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)
Muqaddas Kitob
- Ibtido
- Chiqish
- Levilar
- Sahroda
- Qonunlar
- Yoshua
- Hakamlar
- Rut
- Shohlar (birinchi kitob)
- Shohlar (ikkinchi kitob)
- Shohlar (uchinchi kitob)
- Shohlar (to‘rtinchi kitob)
- Solnomalar (birinchi kitob)
- Solnomalar (ikkinchi kitob)
- Ezra
- Naximiyo
- Ester
- Ayub
- Zabur
- Sulaymonning hikmatlari
- Voiz
- Ishayo
- Sulaymonning go‘zal qo‘shig‘i
- Yeremiyo
- Yeremiyoning marsiyasi
- Hizqiyo
- Doniyor
- Xo‘sheya
- Yo‘el
- Amos
- Obodiyo
- Yunus
- Mixo
- Noxum
- Xabaqquq
- Zafaniyo
- Xaggey
- Zakariyo
- Malaki
- Matto Muqaddas xushxabar
- Luqo Muqaddas xushxabar
- Yuhanno Muqaddas xushxabar
- Mark Muqaddas xushxabar
- Havoriylarning faoliyati
- Yoqubning maktubi
- Butrusning birinchi maktubi
- Butrusning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning birinchi maktubi
- Yuhannoning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning uchinchi maktubi
- Yahudoning maktubi
- Rimliklarga maktub
- Korinfliklarga birinchi maktub
- Korinfliklarga ikkinchi maktub
- Galatiyaliklarga maktub
- Efesliklarga maktub
- Filippiliklarga maktub
- Kolosaliklarga maktub
- Salonikaliklarga birinchi maktub
- Salonikaliklarga ikkinchi maktub
- Timo‘tiyga birinchi maktub
- Timo‘tiyga ikkinchi maktub
- Titusga maktub
- Filimo‘nga maktub
- Ibroniylarga maktub
- Yuhannoga ko‘rsatilgan vahiy
AJOYIB KITOBNI O'QING

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)
MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Tavrot | Zabur | Injil (+audio)

Яхши аудио Китоблар

Kinolar va Multiklar

Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Аудио Кутубхона

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz