Muqaddas Kitob
Yuhanno Muqaddas xushxabar
1. Azalda Kalom bor edi. Kalom Xudo bilan birga edi, Kalom — Xudo edi.
2. Azalda U Xudo bilan birga edi.
3. Butun borliq Kalom orqali yaratilgan, Usiz yaratilgan biron narsa mavjud emas.
4. Kalom — hayot manbayi edi, Bu hayot insonlarning Nuri edi.
5. Nur zulmatda porlaydi, Zulmat esa Nurni yengolmadi.
6. Xudo Yahyo ismli bir odamni yubordi.
7. Yahyo Nur haqida shahodat qilgani kelgan edi, toki hamma uning shahodati orqali imon keltirsin.
8. Uning o‘zi Nur emas edi, u faqat Nur haqida shahodat qilgani kelgandi.
9. Har bir odamni yoritadigan haqiqiy Nur dunyoga kelayotgan edi.
10. Ha, Kalom dunyoda edi, Dunyo U orqali yaratilgandi, Biroq dunyo Uni tanimadi.
11. U O‘z yurtiga keldi, Lekin O‘z xalqi Uni qabul qilmadi.
12. Uni qabul qilganlarning hammasiga esa, Unga imon keltirganlarga, U Xudoning farzandi bo‘lish huquqini berdi.
13. Ular na tana xohishidan, Na er xohishidan, Tabiiy yo‘l bilan emas, Balki Xudodan tug‘ilgan farzandlardir.
14. Kalom inson bo‘ldi, Oramizda yashadi. U inoyat va haqiqatga to‘lgandi. Biz esa Uning ulug‘vorligini ko‘rdik. Bu ulug‘vorlik Otadan kelgan yagona O‘g‘ilga mansub edi.
15. Yahyo U haqda guvohlik berib, baland ovozda dedi: — Mening ketimdan kelayotgan Zot mendan ulug‘dir, chunki U mendan oldin mavjud bo‘lgan, deb mana shu Kishi haqida aytgan edim.
16. Uning cheksiz inoyati tufayli Biz hammamiz baraka ustiga baraka oldik.
17. Xudo qonunniMuso orqali berdi, Inoyat va haqiqatni esa U Iso Masih orqali ko‘rsatdi.
18. Hech kim hech qachon Xudoni ko‘rgan emas, Ota bag‘ridagi, aslida Xudo bo‘lgan yagona O‘g‘il, Uni bizga tanitdi.
19. Quddusdagiyahudiylar Yahyoning oldiga ruhoniylarni va levilarni yubordilar. Ular kelib, Yahyodan: — Sen kimsan? — deb so‘radilar. Yahyo javob berishdan bosh tortmadi. U shahodat berib, ochiq–oydin:
20. — Men Masih emasman, — deb aytdi.
21. Yana undan: — Bo‘lmasa kimsan? Ilyosmisan? — deb so‘radilar. — Yo‘q! — dedi u. — Biz kutayotgan payg‘ambarmisan? — deb savol berdilar. U yana: — Yo‘q! — deb javob berdi.
22. — Unda kimsan? Bizni yuborganlarga javob berishimiz kerak. Sen o‘zing haqingda nima deysan? — deb so‘radilar.
23. — Ishayo payg‘ambar aytganiday: “Egamizga to‘g‘ri yo‘l oching”, deb sahroda yangrayotgan ovoz menman, — dedi Yahyo.
24. Farziylar tomonidan yuborilgan bu odamlar
25. Yahyoga dedilar: — Modomiki sen Masih ham, Ilyos ham, biz kutgan payg‘ambar ham emas ekansan, nega xalqni suvga cho‘mdirib yuribsan?
26. Yahyo ularga javoban shunday dedi: — Men odamlarni suvga cho‘mdiryapman, xolos. Lekin orangizda sizlar tanimaydigan bir Zot bor.
27. U mening orqamdan kelyapti, shunday bo‘lsa–da, men Uning chorig‘i iplarini yechishga ham arzimayman.
28. Bu hodisa Iordan daryosining sharqiy qirg‘og‘idagi Baytaniya qishlog‘ida yuz bergan edi. Yahyo o‘sha yerda odamlarni suvga cho‘mdirib yurardi.
29. Ertasi kuni Yahyo Isoning yaqinlashib kelayotganini ko‘rib, shunday dedi: “Ana, Xudoning Qo‘zisi! U dunyoni gunohdan poklaydi!
30. Men ana shu Kishi haqida: “Mening ketimdan kelayotgan Zot, mendan ulug‘dir. Chunki U mendan oldin mavjud bo‘lgan”, deb aytgan edim.
31. Men Uning kimligini bilmas edim. Lekin Uni Isroil xalqiga tanitish maqsadida, men odamlarni suvga cho‘mdirgani keldim.”
32. Yahyo yana shunday shahodat berib dedi: — Men Ruhning osmondan kaptarday uchib kelganini va Uning ustiga qo‘nganini ko‘rdim.
33. O‘sha paytgacha men Uning kimligini bilmas edim. Lekin “Odamlarni suvga cho‘mdirasan”, deb meni yuborgan Xudo menga shunday degan edi: “Muqaddas Ruh kimning ustiga tushib qo‘nganini ko‘rsang, bilki, Muqaddas Ruhga Cho‘mdiruvchi O‘shadir.”
34. Men buni ko‘rdim va sizlarga “Bu — Xudoning O‘g‘lidir”, deb aytyapman.
35. Ertasi kuni Yahyo shogirdlarining ikkitasi bilan yana kechagi joyda edi.
36. U o‘tib ketayotgan Isoga qarab: — Ana, Xudoning Qo‘zisi! — dedi.
37. Ikkala shogird Yahyoning bu so‘zlarini eshitib, Isoning orqasidan ergashib borishdi.
38. Iso o‘girilib, ularning ergashib kelayotganini ko‘rdi–da, ulardan: — Sizlarga biron narsa kerakmi? — deb so‘radi. — Ravviy, Siz qayerda turasiz? — deyishdi ular. (“Ravviy” ustoz demakdir).
39. — Yuringlar, ko‘rasizlar, — dedi Iso. Ular borib, Isoning turar joyini ko‘rganlarida, soat to‘rt bo‘lib qolgan edi. Shuning uchun ular o‘sha kuni Iso bilan qolishdi.
40. Yahyodan Iso haqida eshitib, Unga ergashganlardan biri Idris edi. Idris — Shimo‘n Butrusning ukasi edi.
41. U darrov akasi Shimo‘nni topdi–da, unga: — Biz Masihni topdik, — dedi. (Masih “Xudoning Tanlagani” demakdir.)
42. Idris akasini Isoning oldiga olib keldi. Iso unga qarab dedi: — Sen Yuhanno o‘g‘li Shimo‘nsan. Sening isming Kifa bo‘ladi (Kifa yunonchada — Butrus, ya’ni “Tosh” demakdir).
43. Ertasi kuni Iso Jalilaga bormoqchi bo‘ldi. U Filipni uchratib, unga: — Ortimdan yur! — dedi.
44. Filip Baytsayda shahridan bo‘lib, Idris va Butrusning hamshahari edi.
45. Filip Natanilni topib, unga dedi: — Muso Tavrot kitobida, boshqa payg‘ambarlar esa o‘zlarining bitiklarida bir Zot to‘g‘risida yozishgan edi. Biz o‘sha Zotni topdik. U Nosira shahridan, Yusuf o‘g‘li Iso ekan!
46. — Nosira shahridan? U yerdan biron yaxshilik chiqarmidi?! — dedi Natanil unga. — Yur, ko‘rasan! — dedi unga Filip.
47. Iso yaqinlashib kelayotgan Natanilni ko‘rib, u haqda shunday dedi: — Ana Isroilning haqiqiy avlodi. U hiyla degan narsani bilmaydi.
48. Natanil Isodan so‘radi: — Siz meni qayerdan taniysiz? — Filip seni chaqirmasidan oldin, sen anjir daraxtining tagida eding. Men seni o‘sha yerda ko‘rgan edim, — deb javob berdi Iso.
49. Shunda Natanil dedi: — Ustoz, Siz Xudoning O‘g‘lisiz! Isroilning Shohisiz!
50. Iso unga javoban dedi: — Men senga: “Seni anjir daraxti tagida ko‘rdim”, deganim uchungina ishonyapsan. Sen bundan ham buyuk ishlarni ko‘rasan!
51. So‘ng yana shunday deb qo‘shib qo‘ydi: — Sizlarga chinini aytayin: sizlar osmon ochilganini va Xudoning farishtalari Inson O‘g‘li oldiga tushib–chiqayotganini ko‘rasizlar.

1. Ikki kundan keyin Jaliladagi Kana qishlog‘ida nikoh to‘yi bo‘ldi. Isoning onasi u yerda edi.
2. Iso bilan shogirdlari ham to‘yga taklif qilingan edilar.
3. Sharob tugay deb qolganda, onasi Isoga: — Ularda sharob qolmabdi, — dedi.
4. Iso unga: — Buning menga nima daxli bor?! Mening vaqt– soatim hali kelgani yo‘q, — dedi.
5. Shunda onasi xizmatchilarga: — U sizlarga nima desa, shuni qilinglar, — dedi.
6. O‘sha yerda yahudiylarning poklanish marosimlarida ishlatiladigan oltita tosh xum bor edi. Har bir xum ichiga o‘n–o‘n ikki chelak suv sig‘ardi.
7. Iso xizmatchilarga: — Xumlarni suvga to‘ldiringlar, — dedi. Ular xumlarni limmo–lim qilib suvga to‘ldirishdi.
8. Iso ularga: — Endi xumdagi suvdan ozgina olib, to‘yboshiga olib boringlar, — dedi. Ular olib borishdi.
9. To‘yboshi sharobga aylangan suvni tatib ko‘rdi. Bu sharobning qayerdan kelganligini u bilmas edi, faqat olib kelgan xizmatchilar bilishar edi. To‘yboshi kuyovni chaqirtirib,
10. unga dedi: — Dasturxonga avval yaxshi sharob tortiladi. Mehmonlar ichib to‘yganlaridan keyin, yomonrog‘i tortiladi. Sen esa yaxshi sharobni shu paytgacha saqlab kelibsan!
11. Bu Isoning qilgan birinchi mo‘jizasi edi. Iso bu mo‘jizali alomatni Jaliladagi Kana qishlog‘ida namoyish etib, O‘zining ulug‘vorligini zohir qildi. Shogirdlari Unga ishondilar.
12. Shundan keyin Iso, onasi, ukalari va shogirdlari Kafarnahum shahriga bordilar va u yerda bir necha kun turdilar.
13. Yahudiylarning Fisih bayrami yaqinlashib qolgani uchun Iso Quddus shahriga bordi.
14. Ma’bad hovlisiga kirganda, u yerda mol–qo‘y, kaptar sotayotganlarni va xontaxtalar yonida o‘tirgan sarroflarni ko‘rdi.
15. Iso arqondan qamchi yasadi–da, Ma’baddan hammani mol–qo‘ylari bilan birga quvib chiqardi. Sarroflarning xontaxtalarini ag‘darib, pullarini sochib yubordi.
16. Kaptar sotuvchilarga: — Bularni yo‘qotinglar bu yerdan! Otamning uyini bozor qilmanglar! — dedi.
17. Shunda Uning shogirdlari Muqaddas Bitiklardagi: “Sening uyingga bo‘lgan sevgim ichimni yondirar”, degan so‘zlarni esladilar.
18. — Bunday qilishga nima haqing bor?! Bordi– yu, haqing bo‘lsa, bironta alomat ko‘rsatib, buni isbot qil! — deb talab qila boshladi yahudiylar.
19. Iso shunday javob berdi: — Mana bu Ma’badni buzinglar, Men uch kun ichida uni tiklayman.
20. Bunga javoban yahudiylar dedilar: — Bu Ma’bad qirq olti yilda qurilgan, Sen esa uni uch kunda tiklamoqchimisan–a?!
21. Holbuki, Iso Ma’bad deb O‘zining badanini nazarda tutgan edi.
22. Iso o‘lib tirilgandan keyin, shogirdlari Uning bu gapini esladilar. Shunda Muqaddas Bitiklarga va Isoning so‘zlariga ishondilar.
23. Iso Quddusda Fisih bayramida bo‘lganda, ko‘p odamlar Uning qilayotgan mo‘jizali alomatlarini ko‘rib, Unga imon keltirdilar.
24. Ammo Iso odamlarning qanaqaligini bilgani uchun, O‘zini ularga ishonmas edi.
25. Inson haqida Unga biron gap aytishning hojati yo‘q edi. Chunki inson dilida nima borligini U bilar edi.

1. Yahudiy boshliqlaridan Nikodim ismli bir odam bor edi, u farziylar mazhabida edi.
2. Bu odam bir kuni kechasi Isoning oldiga kelib, Unga dedi: — Ustoz! Siz Xudodan kelgan bir muallim ekanligingizni biz bilamiz. Agar Xudo siz bilan bo‘lmaganda edi, Siz bunday mo‘jizali alomatlarni qila olmas edingiz.
3. Iso unga shunday javob berdi: — Sizga chinini aytay: qaytadan tug‘ilmagan bironta odam Xudoning Shohligini ko‘rolmaydi.
4. — Keksa odam tug‘ila olarmidi?! U onasining qorniga qayta kirib, yana tug‘ila olmaydi–ku! — dedi Nikodim.
5. Iso shunday javob berdi: — Sizga chinini aytay: suvdan va Ruhdan tug‘ilmagan bironta odam Xudoning Shohligiga kirolmaydi.
6. Odam jismonan ota–onadan tug‘iladi, ruhan esa Muqaddas Ruhdan tug‘iladi.
7. “Sizlar qaytadan tug‘ilishingiz kerak”, deganimga taajjublanmang.
8. Ruh xuddi shamolga o‘xshaydi. Shamol istagan joyda esaveradi. Uning tovushini eshitasiz–u, lekin qaysi tomondan kelib, qaysi tomonga ketishini bilmaysiz. Ruhdan tug‘ilgan har bir kishida ham shunday bo‘ladi.
9. — Bu qanday bo‘lishi mumkin? — deb so‘radi Nikodim.
10. Iso unga shunday javob berdi: — Siz Isroilning ustozisiz–ku! Nahotki shuni bilmasangiz?!
11. Sizga chinini aytay: biz bilganimizni so‘zlaymiz, ko‘rganimiz haqida shahodat beramiz. Lekin sizlar bizning shahodatimizni qabul qilmayapsizlar.
12. Agar sizlar yerdagi narsalar haqida aytganlarimga ishonmasangizlar, samoviy narsalar to‘g‘risida gapirganlarimga qanday ishonasizlar?
13. Osmondan tushgan Inson O‘g‘lidan boshqa hech kim osmonga chiqqan emas.
14. Muso sahroda bronza ilonni xodaga mahkamlab, qanday yuqoriga ko‘targan bo‘lsa, Inson O‘g‘li ham xuddi shunday yuqoriga ko‘tarilishi kerak.
15. Shu tariqa imonga kelgan har bir kishi U orqali abadiy hayotga ega bo‘ladi.
16. Zero, Xudo olamni shunchalik sevdiki, O‘zining yagona O‘g‘lini berdi. Toki Unga ishonganlardan birontasi halok bo‘lmasin, balki abadiy hayotga ega bo‘lsin.
17. Xudo dunyoni hukm qilish uchun emas, balki O‘g‘li orqali qutqarish uchun Uni dunyoga yubordi.
18. Unga ishongan odam hukm qilinmaydi. Unga ishonmagan odam esa allaqachon mahkum bo‘lgan, chunki u Xudoning yagona O‘g‘liga ishonmadi.
19. Hukm shunday dalilga asoslangan: dunyoga nur keldi, ammo odamlar nurdan ko‘ra zulmatni yaxshi ko‘rdilar, chunki ularning qilmishlari yovuz edi.
20. Qabihlik qilgan odam nurdan nafratlanadi. Qilmishlari fosh bo‘lmasligi uchun u nurdan qochadi.
21. Haqiqat yo‘lini tutgan odam esa nurga keladi. Bunday odamning ishlari Xudo orqali qilinganligini nur hammaga ayon qiladi.
22. Shundan keyin Iso shogirdlari bilan Yahudiya hududiga bordi. Iso ular bilan bir qancha vaqt u yerda qolib, odamlarni suvga cho‘mdirdi.
23. Yahyo ham Salim yaqinidagi Eynon yerida xalqni suvga cho‘mdirardi. U yer nihoyatda sersuv edi. Odamlar doim Yahyoning oldiga kelib, suvga cho‘mdirilardi.
24. Bu hodisalar Yahyo zindonga tashlanishdan oldin yuz bergan edi.
25. Shu mahal Yahyoning shogirdlari bilan bir yahudiy kishi orasida tahorat haqida bahs bo‘ldi.
26. Ular Yahyoning oldiga borib dedilar: — Ustoz! Iordan daryosining sharqiy qirg‘og‘ida yoningizdagi bir Odam haqida guvohlik bergan edingiz–ku, o‘sha Odam xalqni suvga cho‘mdirib yuribdi, hamma Uning oldiga boryapti.
27. Bunga javoban Yahyo dedi: — Agar osmondan berilmasa, inson hech narsa qila olmaydi.
28. “Men Masih emasman, faqat Uning oldidan yuborilganman”, deb aytgan so‘zlarimga o‘zlaringiz guvohsizlar.
29. Kelin kuyovga tegishlidir. Kuyov jo‘ra esa kuyov yonida turib, uning ovozini eshitganidan sevinib xursand bo‘ladi. Xuddi shunday men ham bugun benihoyat shodman.
30. Masih yuksalishi, men esa pasayishim kerak.
31. Yuqoridan kelgan Zot hammadan ustundir. Yerdan bo‘lgan odam yerga mansubdir va yerga xos masalalar to‘g‘risida gapiradi. Osmondan Kelgan esa hammadan ustundir.
32. U ko‘rgani va eshitgani haqida guvohlik beradi, ammo hech kim Uning guvohligini qabul qilmaydi.
33. Uning guvohligini qabul qilgan kishi esa Xudoning haqligini tasdiqlaydi.
34. Xudo yuborgan Zot Xudoning so‘zlarini gapiradi. Zero, Xudo O‘z Ruhini Unga cheksiz–o‘lchovsiz beradi.
35. Ota O‘g‘lini yaxshi ko‘radi, U hamma narsani O‘g‘lining qo‘liga topshirgan.
36. Xudoning O‘g‘liga ishongan har bir odam abadiy hayotga ega bo‘ladi. O‘g‘ilni rad etgan odam esa hayot ko‘rmay, Xudoning g‘azabi ostida qoladi.

1. Iso Yahyodan ko‘ra ko‘proq shogird orttirib, suvga cho‘mdiryapti, degan xabar farziylarning qulog‘iga yetib bordi.
2. Vaholanki, xalqni Isoning O‘zi emas, shogirdlari suvga cho‘mdirayotgan edilar. Bu xabar farziylarning qulog‘iga yetib borganini Iso eshitgach,
3. Yahudiyani tark etib, yana Jalilaga yo‘l oldi.
4. U yo‘lda Samariyadan o‘tishi kerak edi.
5. Shunday qilib, U Samariyaning Sihar degan shahriga keldi. Bu shahar Yoqub o‘z o‘g‘li Yusufga bergan yerga yaqin edi.
6. Yoqubning qudug‘i ham o‘sha yerda edi. Yo‘l yurib charchagan Iso quduqning yoniga o‘tirdi. Taxminan tush payti edi.
7. Shu vaqt Samariyalik bir ayol suv olgani kelib qoldi. Iso unga: — Menga ichgani suv ber, — dedi.
8. Isoning shogirdlari esa ovqat sotib olish uchun shaharga ketgan edilar.
9. Samariyalik ayol Unga shunday dedi: — Siz yahudiy bo‘lsangiz, men esa Samariyalik ayol bo‘lsam, qanday qilib mendan suv so‘rashga jur’at etdingiz?! (Nega desangiz, yahudiylar Samariyaliklar bilan aloqa qilmaydilar.)
10. Iso ayolga dedi: — Xudo senga qanday in’om bermoqchi ekanligini va sendan suv so‘ragan Odam kim ekanligini sen bilmaysan. Bilganingda edi, o‘zing Undan suv so‘ragan bo‘lar eding va U senga hayotbaxsh suvni bergan bo‘lardi.
11. — Taqsir! — dedi ayol, — Sizda suv oladigan hech narsangiz yo‘q–ku, quduq esa chuqur. Hayotbaxsh suvingizni qayerdan olasiz?
12. Bu quduqni bizga bobokolonimiz Yoqub bergan. Uning o‘zi ham, bolalari ham, chorvalari ham bu quduqdan suv ichgan. Nahotki Siz Yoqubdan ham ustun bo‘lsangiz?!
13. Iso ayolga shunday javob berdi: — Bu suvdan kim ichsa, yana chanqab qoladi.
14. Lekin Men beradigan suvdan kim ichsa, abadiy chanqamaydi. Men beradigan suv o‘sha odamning vujudida buloqqa aylanib, abadiy hayot sari jo‘shib oqadi.
15. — Taqsir, bu suvdan menga ham bering. Men ham hech qachon chanqamayin, suv olgani bu yerga kelavermayin, — dedi ayol.
16. — Borib, eringni bu yerga chaqirib kel, — dedi Iso.
17. — Mening erim yo‘q, — dedi ayol. — Erim yo‘q, deb sen to‘g‘risini aytding, — dedi Iso.
18. — Sening besh nafar ering bo‘lgan, hozirgisi ham ering emas. Sen to‘g‘risini aytding!
19. — Hazrat, Siz payg‘ambar ekaningizni ko‘rib turibman, — dedi ayol.
20. — Ota–bobolarimiz Xudoga bu tog‘da sajda qilar edilar. Ammo sizlar — yahudiylar esa Xudoga sajda qilinadigan joy Quddusda, deysizlar.
21. Iso unga dedi: — Ey ayol, Menga ishongin, shunday vaqt keladiki, o‘shanda Otaga na bu tog‘da, na Quddusda sajda qilasizlar.
22. Sizlar — Samariyaliklar kimga sajda qilayotganingizni bilmaysizlar, bizlar esa kimga sajda qilayotganimizni bilamiz. Chunki najot yahudiylardan keladi.
23. Ammo shunday vaqtlar keladiki, haqiqiy sajda qiluvchilar Otaga Ruhda va haqiqatda sajda qiladilar. Bunday vaqt keldi ham! Ota shu yo‘sinda O‘ziga sajda qiluvchilarni izlaydi.
24. Xudo Ruhdir, Unga sajda qiluvchilar ham Muqaddas Ruh boshchiligida, haqiqatni bilgan holda sajda qilishlari lozim.
25. Ayol Isoga dedi: — Men Masih kelishini bilaman. U kelganda, hamma narsani bizga tushuntiradi.
26. Iso ayolga dedi: — O‘sha Menman. Sen bilan gaplashib turibman.
27. Shu paytda Isoning shogirdlari kelib qolishdi. Uning bir ayol bilan gaplashayotganini ko‘rib hayron bo‘lishdi. Lekin birortasi ham: “Nima xohlaysiz?” yoki: “Nimaga bu ayol bilan gaplashyapsiz?” — deb so‘ramadi.
28. Ayol ko‘zasini o‘sha yerda qoldirdi–da, shaharga borib, odamlarga dedi:
29. — Yuringlar, bir Odamni ko‘ringlar. U mening qilgan hamma ishlarimni aytib berdi! O‘sha Masih emasmikin?
30. Odamlar shahardan chiqib, Isoning oldiga bordilar.
31. Shu orada shogirdlari Isoga: — Ustoz, ovqat yeb oling, — deb taklif qildilar.
32. Ammo Iso ularga dedi: — Mening yeydigan ovqatim bor, sizlar bu ovqat to‘g‘risida bilmaysizlar.
33. Shogirdlari o‘zaro gaplashib: — Biron kishi Unga ovqat keltirganmikin? — deb aytishardi.
34. Iso ularga dedi: — Mening ovqatim — Meni Yuborganning irodasini ado etish, Uning ishini tugatishdir.
35. Sizlar: “Ekinlar to‘rt oyda yetiladi”, degan iborani ishlatasizlar. Men esa sizlarga aytaman: Ko‘zlaringizni ochinglar! Ekinzorlarga qaranglar! Hosil yetilgan, o‘rim–terimga tayyor bo‘lgan.
36. O‘roqchi hozirdan yaxshi daromad olmoqda, abadiy hayot uchun hosil yig‘moqda. Toki hosilni ekkan va o‘rgan birga quvonishsin.
37. “Biri ekadi, boshqasi o‘radi”, degan maqol shu vaziyatga to‘g‘ri keladi.
38. Men sizlarni o‘zingiz mehnat qilib ekmagan hosilni o‘rgani yubordim. Boshqalar mehnat qilgan edilar, sizlar esa ularning mehnatidan foydalanasizlar.
39. Shundan keyin o‘sha shaharda yashovchi talay Samariyaliklar Isoga imon keltirishdi. Ular haligi ayolning “U mening qilgan hamma ishlarimni aytib berdi”, degan guvohligiga ishongan edilar.
40. Shunday qilib, Samariyaliklar Isoning oldiga kelib: “Biz bilan qoling”, deb Isoga yolvorishdi. Iso ikki kun o‘sha yerda qoldi.
41. Isoning aytgan so‘zlari tufayli ko‘p odamlar imon keltirdi.
42. Shunda ular ayolga dedilar: — Endi sening so‘zlaring tufayligina ishonayotganimiz yo‘q. Uni o‘zimiz ham eshitdik. U haqiqatan ham olamning Najotkori ekanligiga amin bo‘ldik.
43. Ikki kundan keyin Iso u yerdan Jalilaga jo‘nab ketdi.
44. U: “Payg‘ambar o‘z yurtida e’tibor topmaydi”, deb ta’kidlagandi.
45. Jalilaga kelganda esa, aholi Uni ochiq chehra bilan kutib oldi. Chunki ular Fisih bayrami uchun Quddusga borganlarida, u yerda Isoning qilgan hamma ishlarini ko‘rgan edilar.
46. Shunday qilib, Iso yana Jaliladagi Kana qishlog‘iga keldi. Bu yerda U suvni sharobga aylantirgan edi. O‘sha paytda Kafarnahum shahrida bir saroy amaldorining o‘g‘li kasal bo‘lib yotgan edi.
47. Bu odam Isoning Yahudiyadan Jalilaga kelganligini eshitib, Uning oldiga bordi. Isoga: “Yuring, o‘lim to‘shagida yotgan o‘g‘limga shifo bering”, deb yolvordi.
48. — Sizlar alomatu mo‘jizalar ko‘rmaguncha ishonmaysizlar! — dedi unga Iso.
49. — Yura qoling Hazrat, o‘g‘ilginam o‘lib qolmasin! — dedi saroy amaldori Unga.
50. — Siz boravering. O‘g‘lingiz sog‘–salomat, — dedi Iso. U odam Isoning aytganiga ishonib, jo‘nab ketdi.
51. U hamon yo‘lda ekan, xizmatkorlari unga peshvoz chiqib: — O‘g‘lingiz sog‘–salomat, — degan xabar keltirdilar.
52. — Qaysi soatda ahvoli yengillashdi? — deya so‘radi u. — Kecha tushda, soat birlarda isitmasi tushdi, — deyishdi xizmatkorlar.
53. “O‘g‘lingiz sog‘–salomat”, degan so‘zlarni Iso aynan shu vaqtda aytganini bolaning otasi angladi. Shunda o‘zi va butun xonadoni Isoga imon keltirdi.
54. Bu esa Isoning Yahudiyadan Jalilaga kelib ko‘rsatgan ikkinchi mo‘jizali alomati edi.

1. Bu hodisalardan keyin Iso yahudiylarning bayramini nishonlash uchun Quddusga bordi.
2. Quddusning Qo‘y darvozasi yonida bir hovuz bor edi. Bu hovuzning oromiycha nomi Baytzata bo‘lib, beshta ayvoni bor edi.
3. Bu ayvonlarda ko‘r, cho‘loq va shol bo‘lgan ko‘p nogironlar yotar edi.
4. Ular suvning qimirlashini intizor bo‘lib kutar edi. Chunki Egamizning bir farishtasi goh–goh hovuzga tushib, suvni harakatga keltirar edi. Suv qimirlashi bilan hovuzga birinchi bo‘lib kim tushsa, har qanday xastalikdan xalos bo‘lar edi.
5. Bu yerda o‘ttiz sakkiz yildan beri nogiron bo‘lib yotgan bir kishi bor edi.
6. Iso uning yotganini ko‘rdi, u uzoq vaqtdan beri xasta ekanligini Iso bilardi. Shuning uchun undan: — Sog‘ayishni istaysanmi? — deb so‘radi.
7. Nogiron odam Isoga shunday javob berdi: — Taqsir, suv qimirlaganda meni hovuzga tushiradigan odam yo‘q. Men borgunimcha, boshqasi mendan oldin tushib oladi.
8. Iso unga shunday dedi: — O‘rningdan tur! To‘shagingni olib, yur!
9. O‘sha odam shu zahoti sog‘ayib ketdi. To‘shagini olib, yura boshladi. Bu hodisa Shabbat kuni sodir bo‘ldi.
10. Shuning uchun yahudiylar sog‘ayib ketgan odamga deyishdi: — Bugun Shabbat kuni! Bugun to‘shakni ko‘tarib yurish qonunda man etilgan!
11. U odam esa shunday javob berdi: — Meni sog‘aytirgan Kishi menga: “To‘shagingni olib yur”, deb aytdi.
12. — “To‘shagingni olib yur”, deb aytgan Odam kim? — deb so‘radilar.
13. Shifo topgan odam esa Uning kimligini bilmas edi, u yerda xalq ko‘pligidan Iso O‘zini chetga olgan edi.
14. Keyinroq Iso u odamni Ma’badda uchratib qolib, unga dedi: — Mana, sen sog‘ayding. Endi gunoh qilma, tag‘in boshingga bundan battar kunlar kelmasin.
15. Bu odam borib, uni sog‘aytirgan Iso ekanligini yahudiylarga aytdi.
16. Ular esa, Isoni Shabbat kunida bunday ishlar qilib yurgani uchun quvg‘in qila boshladilar.
17. Ammo Iso ularga shunday dedi: — Mening Otam shu kungacha O‘z ishini qilib kelyapti, Men ham O‘z ishimni qilyapman, — dedi.
18. Ana shu so‘zi uchun yahudiylar Isoni o‘ldirishga yanada ko‘proq harakat qilishdi. Chunki U nafaqat Shabbat qoidalarini buzdi, balki Xudoni Otam deb, O‘zini Xudoga tenglashtirgan edi.
19. Iso yahudiylarga shunday dedi: “Sizlarga chinini aytay: O‘g‘il O‘zidan O‘zi hech narsa qila olmaydi. Faqat Otasidan ko‘rgan ishlarni qiladi. Ota nimalarni qilsa, O‘g‘il ham xuddi shularni qiladi.
20. Axir, Ota O‘g‘lini yaxshi ko‘radi, O‘zi qilgan hamma ishlarni O‘g‘liga ko‘rsatadi. U O‘g‘liga bundan ham buyukroq ishlarni ko‘rsatadi, shunda hammangiz hayron qolasizlar.
21. Ota o‘liklarni tiriltirib, ularga hayot baxshida etganday, O‘g‘il ham istagan odamiga hayot baxsh etadi.
22. Shuningdek, Ota hech kimni hukm qilmaydi, balki hukm qilish huquqini O‘g‘liga bergan,
23. toki hamma Otani hurmat qilganday, O‘g‘lini ham hurmat qilsinlar. Kim O‘g‘ilni hurmat qilmasa, Uni yuborgan Otani ham hurmat qilmagan bo‘ladi.
24. Sizlarga chinini aytay: Mening so‘zlarimni tinglagan va Meni Yuborganga ishongan kishi abadiy hayotga egadir. U hukm qilinmaydi. Zotan, u o‘limdan hayotga o‘tgan.
25. Sizlarga chinini aytay: O‘liklar Xudo O‘g‘lining ovozini eshitadigan vaqt keladi, kelib qoldi ham. O‘g‘ilning ovoziga quloq solganlar tiriladi.
26. Zero, Otaning O‘zi hayot manbayi bo‘lgani kabi, O‘g‘liga ham hayot manbayi bo‘lish qudratini ato qildi.
27. Bundan tashqari, Ota insonlarni hukm qilish hokimiyatini O‘g‘liga berdi, chunki U Inson O‘g‘lidir.
28. Bunga hayron qolmanglar! Qabrda yotgan marhumlarning hammasi Inson O‘g‘lining ovozini eshitadigan vaqt keladi.
29. Shunda o‘liklar qabrlaridan chiqadilar: yaxshilik qilganlar yashash uchun tiriladi, yomonlik qilganlar esa mahkum bo‘lish uchun tiriladi.”
30. “Men O‘zimdan O‘zim hech narsa qilolmayman. Otam Menga qanday aytsa, shunday hukm qilaman, shuning uchun hukmim to‘g‘ridir. Zotan, Men O‘z irodamni emas, balki Meni yuborgan Otamning irodasini bajo keltirishni istayman.
31. Agar Men O‘zim haqimda O‘zim guvohlik bersam, Mening guvohligim haqiqiy bo‘lmaydi.
32. Ammo Men haqimda guvohlik beruvchi boshqasi bor. Uning bergan guvohligi haqiqat ekanligini bilaman.
33. Sizlar Yahyoning oldiga odam yubordingizlar, u haqiqat to‘g‘risida guvohlik berdi.
34. Garchi Men insonning guvohligiga muhtoj bo‘lmasam–da, lekin bularni sizlar najot topishingiz uchun aytyapman.
35. Yahyo go‘yo yonib turib, nur sochgan bir chiroqday edi. Sizlar esa uning nurida birpas quvonmoqchi bo‘ldingizlar.
36. Biroq, Men Yahyodan ko‘ra kattaroq guvohlikka egaman. Guvohlik deb, Men tugatishim uchun Otam bergan ishlarini nazarda tutyapman. Bularning hammasi Meni Otam yuborganidan dalolat beradi.
37. Meni yuborgan Otamning O‘zi ham Men haqimda guvohlik berib turibdi. Sizlar esa hech qachon Uning ovozini eshitmagansiz, qiyofasini ham ko‘rmagansiz.
38. Uning kalomi ham ko‘nglingizdan joy olmadi, chunki sizlar U yuborgan Zotga ishonmayapsizlar.
39. Sizlar Muqaddas Bitiklarni tekshirasizlar, chunki ular orqali abadiy hayotga ega bo‘lamiz, deb o‘ylaysizlar. Ammo o‘sha Yozuvlar Men to‘g‘rimda guvohlik beradi–ku!
40. Sizlar esa hayotga ega bo‘lish uchun oldimga kelishni istamaysizlar.
41. Men insonlardan tahsin kutmayman.
42. Lekin sizlarni bilaman, qalbingizda Xudoning sevgisi yo‘q.
43. Men Otamning nomidan keldim, ammo sizlar Meni qabul qilmayapsizlar. Agar kimdir o‘z nomidan kelsa, uni qabul qilaverasizlar.
44. Sizlar bir–biringizdan tahsinlar olishni yaxshi ko‘rasizlar, lekin yagona Xudoning tahsiniga sazovor bo‘lishga harakat qilmaysizlar. Qanday qilib ham Menga ishona olardingiz?!
45. Men sizlarni Ota oldida ayblayman, deb o‘ylamanglar. Sizlar Musoga umid bog‘lagansiz. Musoning o‘zi sizlarni ayblaydi.
46. Agar Musoga ishonganingizda edi, Menga ham ishongan bo‘lar edingizlar. Axir, u Men haqimda yozgan edi.
47. Musoning yozuvlariga ishonmagan bo‘lsangiz, Mening so‘zlarimga qanday ishonasizlar?!”

1. Shundan keyin Iso qayiqda Jalila ko‘lining narigi qirg‘og‘iga suzib o‘tdi (Jalila ko‘lini Tiveriya ko‘li deb ham atashardi).
2. Bir talay xaloyiq Isoning orqasidan ergashib borardi. Chunki Iso mo‘jizali alomatlar orqali xastalarni davolaganini ular ko‘rgan edilar.
3. U shogirdlari bilan toqqa chiqib o‘tirdi.
4. YahudiylarningFisih bayrami yaqinlashayotgan edi.
5. Iso qarasa, bir talay xaloyiq U tomonga kelayotgan ekan. Iso Filipdan: — Bu odamlarni to‘yg‘azish uchun qayerdan non sotib olamiz? — deb so‘radi.
6. Iso bu gapni Filipni sinab ko‘rish uchun aytayotgan edi, aslida O‘zi nima qilishni bilar edi.
7. Filip shunday javob berdi: — Bularning har biriga bir burda non berish uchun, ikki yuz kumush tangaga non sotib olsak ham yetmaydi!
8. Shunda shogirdlaridan biri, Shimo‘n Butrusning ukasi Idris Isoga dedi:
9. — Bu yerdagi bir bolada beshta arpa non bilan ikkita baliq bor ekan. Lekin shuncha odamga bu nima ham bo‘lar edi.
10. — Odamlarni yerga o‘tqazinglar, — dedi Iso. U yer qalin maysazor edi. Odamlarning hammasi yerga o‘tirishdi. U yerda taxminan besh mingga yaqin erkak bor edi.
11. Iso nonlarni olib, shukrona duosini o‘qidi. So‘ng o‘tirganlarning hammasiga tarqatdi. Baliqlarni ham xuddi shunday qildi. Odamlar istaganlaricha yedilar.
12. Hammalari yeb to‘yganlaridan keyin, Iso shogirdlariga shunday dedi: — Ortib qolgan non burdalarini yig‘ib olinglar, isrof bo‘lmasin.
13. Shogirdlar yeyilgan beshta arpa nondan ortib qolgan burdalarni yig‘ib olishdi, o‘n ikki savat to‘ldi.
14. Shunda odamlar Isoning qilgan mo‘jizali alomatini ko‘rib: — Haqiqatan ham dunyoga kelishi kerak bo‘lgan payg‘ambar mana shu Kishi ekan, — dedilar.
15. Iso odamlar Uni zo‘rlik bilan shoh qilib ko‘tarmoqchi ekanliklarini bilgani uchun, yana yolg‘iz O‘zi toqqa chiqib ketdi.
16. Kechki payt Isoning shogirdlari ko‘l bo‘yiga bordilar.
17. Qorong‘i tushgan, Iso esa hali ham ularning oldiga kelmagan edi. Shogirdlar qayiqqa tushib, ko‘lning narigi tomonidagi Kafarnahumga qarab yo‘l oldilar.
18. Kuchli shamol esib, ko‘l to‘lqinlanib ketayotgan edi.
19. Ular qirg‘oqdan besh chaqirimcha yo‘l suzganlaridan keyin, ko‘l yuzida yurib kelayotgan Isoni ko‘rishdi. U qayiqqa yaqinlashayotgan edi, shogirdlar qattiq vahimaga tushishdi.
20. — Qo‘rqmanglar, bu Menman! — dedi ularga Iso.
21. Ular Isoni qayiqqa olmoqchi bo‘ldilar. O‘sha zahoti qayiq ular borayotgan qirg‘oqqa yetib to‘xtadi.
22. Ertasi kuni xalq Isoni qidira boshladi. Odamlar u yerda faqat bir qayiq borligini va shogirdlar Isoni qoldirib, o‘zlari qayiqda suzib ketganlarini bilishardi.
23. Shu payt Tiveriyadan boshqa qayiqlar kelib qoldi. Qayiqlar to‘xtagan joy Rabbimiz Iso O‘z shukrona duosini o‘qigan va xalq non yegan yerga yaqin edi.
24. Odamlar Iso bilan shogirdlarining u yerda yo‘qligini ko‘rgach, qayiqlarga tushib, Isoni qidirib Kafarnahumga suzib kelishdi.
25. Ular Isoni ko‘lning narigi bo‘yidan topib, Undan so‘rashdi: — Ustoz, Siz qachon bu yerga keldingiz?
26. Iso ularga shunday javob berdi: — Sizlarga chinini aytayin: Sizlar alomatlarni ko‘rganingiz uchun emas, balki non yeb to‘yganingiz uchun Meni qidiryapsizlar.
27. Siz o‘tkinchi ozuqa uchun emas, abadiy hayotga boshlovchi boqiy ozuqa uchun harakat qilinglar. Bunday ozuqani sizlarga Inson O‘g‘li beradi. Zotan, Otamiz Xudoning O‘zi bu vazifa uchun Uni ma’qul deb topdi.
28. Odamlar Isoga shunday savol berishdi: — Xudoga ma’qul ishlarni bajarish uchun nima qilishimiz kerak?
29. Iso dedi: — Xudoga ma’qul ish qilmoqchi bo‘lsangizlar, Xudo yuborgan Zotga ishoninglar.
30. Ular Isoga javoban shunday dedilar: — Sizga ishonishimiz uchun birorta alomat ko‘rsating. Qani, biz uchun nima ish qilasiz?
31. Axir, ota–bobolarimiz sahroda manna yeganlar. Muqaddas Bitiklarda: “Xudo ularga tanovul qilishlari uchun osmondan non berdi”, deb yozilgan–ku.
32. Iso ularga dedi: — Sizlarga chinini aytayin, sizlarga osmondan non bergan Muso emas. Osmondan tushgan haqiqiy nonni sizlarga Mening Otam beradi.
33. Xudo beradigan non osmondan tushib, dunyoga hayot baxsh etadi.
34. Odamlar Isoga shunday dedilar: — Hazrat, bunday nonni bizga doim berib turing!
35. Iso javoban dedi: — Men hayot noniman. Mening oldimga kelgan odam sira och qolmaydi, Menga ishongan odam hech qachon chanqamaydi.
36. Ammo Men sizlarga aytganimday, sizlar Meni ko‘rgan bo‘lsangizlar ham, ishonmayapsizlar.
37. Otam Menga bergan har bir odam Mening oldimga keladi. Oldimga kelgan bironta odamni Men aslo haydab yubormayman.
38. Men O‘z irodamni emas, balki Meni yuborgan Otamning irodasini ado etish uchun osmondan tushganman.
39. Otamning irodasi shundan iboratki, U Menga bergan birontasining yo‘qolishiga Men yo‘l qo‘ymasligim kerak, balki oxiratda ularning hammasini tiriltirishim kerak.
40. Ha, O‘g‘ilga ko‘z tikkan va Unga ishongan har bir odam abadiy hayotga ega bo‘lishi Otamning irodasidir. Men bunday odamlarni oxiratda tiriltiraman.
41. Iso: “Men osmondan tushgan nonman”, degani uchun yahudiylar Undan norozi bo‘la boshlashdi.
42. Ular o‘zaro shunday deb aytishardi: — Bu Yusufning o‘g‘li Iso–ku! Ota–onasini tanisak, qanday qilib: “Men osmondan tushdim”, deb aytishga haddi sig‘di?!
43. — Bunday gaplaringizni bas qilinglar! — dedi ularga Iso.
44. — Agar Meni yuborgan Ota birovni jalb qilmasa, u Menga kelolmaydi. Oldimga kelgan odamni esa Men oxiratda tiriltiraman.
45. Payg‘ambarlar bitiklarida: “Ularning hammasiga Xudo ta’lim beradi”, deb yozilgan. Otaga quloq solgan, Undan o‘rgangan har bir odam Mening oldimga keladi.
46. Aslida hech kim hech qachon Otani ko‘rgan emas, birgina Xudodan bo‘lgan Zot Otani ko‘rgan.
47. Sizlarga chinini aytaman: Kim Menga ishonsa, abadiy hayotga ega bo‘ladi.
48. Men hayot noniman.
49. Ota–bobolaringiz sahroda manna yegandilar, shunga qaramay o‘lib ketdilar.
50. Ammo osmondan tushadigan bu non esa shunday xislatga egaki, undan yegan odam o‘lmaydi.
51. Men osmondan tushgan hayotbaxsh nondirman. Bu nonni yegan kishi abadiy yashaydi. Dunyoga hayot baxshida etish uchun beradigan nonim Mening tanamdir.
52. Shunda yahudiylar: — U qanday qilib bizga O‘zining tanasini yedira olar ekan? — deb o‘zaro talashib–tortisha boshladilar.
53. Iso ularga dedi: — Sizlarga chinini aytaman: agar Inson O‘g‘lining tanasini yemasangizlar va Uning qonini ichmasangizlar, sizda hayot bo‘lmaydi.
54. Mening tanamni yegan va qonimni ichgan odam esa abadiy hayotga egadir. Men uni oxiratda tiriltiraman.
55. Mening tanam — haqiqiy ozuqa, qonim haqiqiy ichimlikdir.
56. Tanamni yeb, qonimni ichadigan odam Menda, Men esa unda yashayman.
57. Modomiki Meni barhayot Ota yuborgan ekan, Men Ota tufayli yashayman. Mening tanamni yegan har bir odam esa Men tufayli yashaydi.
58. Osmondan tushgan non mana shudir. Bu non ota– bobolaringiz yegan mannaga o‘xshamaydi, ular manna yeb o‘lib ketganlar. Men bergan nonni yegan odam esa abadiy yashaydi.
59. Iso bu so‘zlarni Kafarnahumdagi sinagogada ta’lim berayotganda aytgan edi.
60. Uning ko‘plab shogirdlari bu gaplarni eshitib: — Qanday qattiq so‘zlar! Buni kim hazm qila oladi?! — deyishar edi.
61. Shogirdlarining norozi bo‘lganliklarini Iso bilardi, shuning uchun U shunday dedi: — Gaplarim jig‘ingizga tegyaptimi?
62. Agar sizlar Inson O‘g‘lining asli kelgan joyi — osmonga ko‘tarilib ketayotganini ko‘rsangizlar, nima der ekansizlar–a?!
63. Xudoning Ruhi hayot baxsh etadi, inson kuchi bilan esa hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Sizlarga aytgan bu so‘zlarimni Menga Xudoning Ruhi bergan, bu so‘zlarim sizlarga hayot ato qiladi.
64. Shunga qaramay, orangizda Menga ishonmaganlar bor. Holbuki, Iso kimlar ishonmaganini va kim Unga xiyonat qilishini oldindan bilar edi.
65. Iso gapida davom etib dedi: — Shu sababdan Men sizlarga: “Ota yo‘l qo‘ymasa, hech kim Mening oldimga kelolmaydi”, — degan edim.
66. O‘sha vaqtdan boshlab ko‘p shogirdlar Isodan yuz o‘girib, Unga ergashmaydigan bo‘ldilar.
67. Shunda Iso o‘n ikki shogirdidan: — Sizlar ham ketmoqchisizlarmi? — deb so‘radi.
68. Shimo‘n Butrus shunday javob berdi: — Hazrat, biz Sizdan boshqa kimga ham borar edik?! Abadiy hayot baxsh etuvchi so‘zlar Sizda– ku!
69. Biz ishonib bilamizki, Siz Xudoning Azizisiz.
70. Iso ularga dedi: — Men o‘n ikkitangizni tanlab oldim. Lekin biringiz iblisdir!
71. U Shimo‘n Ishqariyotning o‘g‘li Yahudoni nazarda tutgan edi. Yahudo o‘n ikki shogirddan biri bo‘lsa ham, keyinchalik Isoga xiyonat qildi.

1. Shundan keyin Iso Jalilani keza boshladi. U Yahudiyani kezishni xohlamagan edi, chunki u yerdagi yahudiylar Uni o‘ldirishga qasd qilgan edilar.
2. Yahudiylarning Chayla bayrami yaqinlashayotgan edi.
3. Ukalari Isoga shunday deyishdi: — Bu yerdan chiqib Yahudiyaga boring. Qilayotgan ishlaringizni shogirdlaringiz ham ko‘rishsin.
4. Mashhur bo‘laman, degan bironta odam yashirincha ish qilmaydi–ku! Bunday ishlarni qilar ekansiz, O‘zingizni dunyoga taniting!
5. Hatto ukalari ham Unga ishonmas edilar.
6. Iso ukalariga shunday dedi: — Mening vaqt–soatim hali kelgani yo‘q. Lekin sizlar uchun har vaqt qulaydir.
7. Dunyo sizlardan nafratlana olmaydi, lekin Mendan nafratlanadi. Chunki Men uning qilmishlari yomon ekanligini yuziga solaman.
8. Mayli, sizlar bayramga boringlar. Men bu bayramga bormayman, chunki Mening vaqtim hali kelgani yo‘q.
9. Shu so‘zlarni aytib, Iso Jalilada qoldi.
10. Isoning ukalari bayramga ketganlaridan keyin, Isoning O‘zi ham hech kimga bildirmay, yashirincha bayramga bordi.
11. Yahudiylar esa Isoni bayramda qidirar, “U qayoqda?” deb so‘rar edilar.
12. Omma orasida Iso to‘g‘risida har xil gap–so‘zlar yoyilgan edi. Ba’zilar: “U yaxshi Odam”, — desalar, boshqalar: “Yo‘q, U xalqni yo‘ldan ozdiryapti”, — deyishardi.
13. Biroq yahudiylardan qo‘rqqanlari uchun U haqda hech kim ochiq gapirmas edi.
14. Bayramning yarmi o‘tganda, Iso Ma’badga kirib, ta’lim bera boshladi.
15. Uni eshitgan yahudiylar hayron qolib deyishdi: — Bu Odam o‘qimagan bo‘lsa, qayerdan shuncha narsani biladi?!
16. Iso ularga javoban dedi: — Mening ta’limotim O‘zimniki emas, balki Meni Yuborgannikidir.
17. Kim Xudoning irodasini bajarishni istasa, bu ta’limotim Xudodanmi yoki O‘zimdanmi, bilib oladi.
18. Kim o‘z nomidan gapirsa, o‘ziga shuhrat izlaydi. Kim uni yuborganga shuhrat izlasa, haqiqatni so‘zlaydi, uning dilida hiyla bo‘lmaydi.
19. Qonunni sizlarga Muso berdi, shunday emasmi? Ammo birortangiz qonunni bajarmaysizlar. Nega Meni o‘ldirmoqchisizlar?
20. — Seni jin uribdi! Kim Seni o‘ldirmoqchi ekan? — dedi xaloyiq.
21. Iso javob berib dedi: — Men Shabbat kuni bitta mo‘jiza qilganim uchun hammalaringiz hayron qolyapsizlar.
22. O‘zlaringiz esa, Musoning qonuniga amal qilaylik, deb Shabbat kuni o‘g‘il bolani sunnat qilasizlar–ku! Aslida, sunnat odati Musodan emas, Ibrohim davridan qolgan.
23. Musoning Qonuni buzilmasin deb, sizlar hatto Shabbat kuni ham o‘g‘il bolani sunnat qilsangizlar, nega Mendan g‘azablanasizlar?! Shabbat kuni odamni butunlay sog‘aytirganim uchunmi?!
24. Yuzaki hukm qilmanglar, hukmingiz adolatli bo‘lsin.
25. Ba’zi quddusliklar shunday deyishardi: — O‘ldirishmoqchi bo‘lgan Odam shu emasmi?
26. Mana, U hammaning oldida so‘zlayapti, Unga qarshi hech kim hech narsa demayapti. Nahotki boshliqlar Uni Masih, deb tan olishgan bo‘lsa?!
27. Ammo bu Odamning qayerdanligini hammamiz bilamiz, Masih kelganda esa, Uning qayerdanligini hech kim bilmaydi.
28. Iso Ma’badda ta’lim berar ekan, baland ovozda shunday dedi: — Ha, sizlar Mening kimligimni ham, qayerdanligimni ham bilasizlar. Lekin Men O‘zimcha kelganim yo‘q. Meni Yuborgan bor, sizlar esa Uni tanimaysizlar. U haqdir.
29. Men Uni bilaman, chunki Men Uning oldidan kelganman, U Meni yuborgan.
30. Bu gapi uchun Isoni qo‘lga olmoqchi bo‘ldilar. Biroq hech kim Unga qo‘l tekkizmadi, chunki Uning vaqt–soati hali kelmagan edi.
31. Shu bilan birga, xalq orasidagi ko‘p odamlar Unga imon keltirdi. Ular: — Masih kelsa ham, baribir bunchalik ko‘p mo‘jizali alomatlar ko‘rsata olmaydi! — deyishardi.
32. Odamlar Iso to‘g‘risida shunday deb pichirlashayotganini farziylar eshitib qolishdi. Shunda bosh ruhoniylar bilan farziylar Isoni qo‘lga olish uchun mirshablarni yuborishdi.
33. Iso dedi: — Men sizlar bilan qisqa bir muddat bo‘lib, yana Meni Yuborganning oldiga qaytib boraman.
34. Sizlar Meni izlaysiz–u, lekin topolmaysizlar. Men boradigan joyga sizlar borolmaysizlar.
35. Buni eshitgan yahudiylar o‘zaro shunday deb aytishardi: — U qayerga bormoqchi, biz Uni topolmas ekanmiz? Balki U boshqa yurtlarda yashaydigan yahudiylar orasiga bormoqchidir?! G‘ayriyahudiylarga ham ta’lim bermoqchidir?!
36. “Sizlar Meni izlaysiz–u, lekin topolmaysizlar, Men boradigan joyga, sizlar borolmaysizlar”, degan gaplari bilan nima aytmoqchi ekan?!
37. Bayramning oxirgi, ulug‘ kunida Iso turib, baland ovozda xitob qildi: — Kim chanqagan bo‘lsa, Mening oldimga kelib ichsin.
38. Shunda Muqaddas Bitiklarda aytilganidek, Menga ishongan odamning ichidan hayotbaxsh suv daryo bo‘lib oqib chiqadi.
39. Iso shunday deganda, Muqaddas Ruhni nazarda tutgan edi. Unga ishonganlar Ruhni qabul qilib olishlari kerak edi. Lekin Ruh hanuz berilmagan edi, chunki Iso hali ulug‘lanmagan edi.
40. Olomon ichidan ba’zilari bu so‘zlarni eshitib shunday dedilar: — Haqiqatan ham bu Odam biz kutgan payg‘ambar ekan.
41. Boshqalari: — Bu Masih, — deyishsa, yana boshqalari shunday deyishardi: — Masih Jaliladan kelmaydi–ku!
42. Muqaddas Bitiklarda, Masih Dovudning urug‘idan kelib chiqadi, U Dovud yashagan Baytlahm qishlog‘ida tug‘iladi, deb aytilmaganmi?!
43. Shu tariqa Iso tufayli xalq ikkiga bo‘lindi.
44. Ba’zilar Uni qo‘lga olmoqchi bo‘lishdi, ammo hech kim Unga qo‘l tekkizmadi.
45. Shu payt mirshablar bosh ruhoniylarning va farziylarning oldiga qaytib kelishdi. — Nega Uni olib kelmadinglar? — deb so‘rashdi ulardan.
46. — Hech kim hech qachon bu Odamday gapirmagan, — dedi mirshablar.
47. — Mabodo U sizlarni ham yo‘ldan urmadimi? — deyishdi farziylar.
48. — Boshliqlar bilan farziylar orasida Unga ishongan bironta odam ham yo‘q!
49. Tavrotni bilmagan o‘sha qalang‘i– qasang‘ilar esa shundoq ham la’nat ostida qolgan!
50. Shunda farziylardan biri, ilgari Isoning oldiga borgan Nikodim shunday savol berdi:
51. — Qonunimizga ko‘ra, biz odamni eshitmay turib, aybini topmasdan uni hukm qila olamizmi?!
52. — Sen ham Jaliladan bo‘lsang kerak–a? Muqaddas Bitiklarni o‘rganib chiq, Jaliladan payg‘ambar chiqmasligi aniq, — deyishdi unga.
53. Shundan keyin hammalari uy–uylariga tarqalib ketdilar.

1. Iso Zaytun tog‘i tomon ketdi.
2. Saharda yana Ma’badga qaytdi. Butun xalq Uning oldiga yig‘ilib keldi, U esa o‘tirib, odamlarga ta’lim bera boshladi.
3. Shu orada Tavrot tafsirchilari bilan farziylar bir ayolni olib kelishdi. Ular bu ayolni zino qilayotganda ushlab olishgan edi. Ayolni hammaning oldiga turg‘izib,
4. shunday deyishdi: — Ustoz! Bu ayol zino qilayotganda ushlandi.
5. Muso Tavrotda bunday ayollarni toshbo‘ron qilishni buyurgan. Siz nima deysiz?
6. Bu savol bilan ular Isoni tuzoqqa ilintirib, ayblashga asos topmoqchi edilar. Iso esa engashib barmog‘i bilan yerga yoza boshladi.
7. Ular bu savolni qayta–qayta so‘rayverganlari uchun, Iso o‘rnidan turib dedi: — Sizning orangizda kim begunoh bo‘lsa, o‘sha birinchi bo‘lib ayolga tosh otsin.
8. So‘ng yana engashib, yerga yozishni davom ettirdi.
9. Ular bu gapni eshitib, kattalardan boshlab hammasi birin–ketin keta boshlashdi. Oxirida yolg‘iz Iso bilan Uning oldida turgan ayol qoldi.
10. Iso o‘rnidan turib ayolga dedi: — Ey ayol, boshqalar qani? Hech kim seni mahkum qilmadimi?
11. — Hech kim, Hazrat! — deb javob berdi ayol. Iso dedi: — Men ham seni mahkum qilmayman. Bor, bundan keyin boshqa gunoh qilma.
12. Iso yana xalqqa gapirib dedi: — Men olamning nuriman. Kimki Menga ergashsa, hech qachon zulmatda yurmaydi, balki hayot nuriga ega bo‘ladi.
13. Farziylar Isoning bu gapiga e’tiroz bildirib dedilar: — Siz O‘zingizga O‘zingiz guvohlik beryapsiz. Bu guvohligingiz haqqoniy emas.
14. Iso shunday javob berdi: — Men O‘zimga O‘zim guvohlik bersam ham, guvohligim haqqoniydir. Chunki Men qayerdan kelib, qayerga ketayotganimni bilaman. Sizlar esa Mening qayerdan kelib, qayerga ketayotganimni bilmaysizlar.
15. Sizlar insoniy o‘lchov bilan hukm qilasizlar. Men esa hech kimni hukm qilmayman.
16. Bordi–yu, Men hukm qilsam ham, hukmim haqqoniydir. Chunki Men O‘zim emas, balki Meni yuborgan Ota bilan birga hukm qilaman.
17. O‘zlaringizning Tavrotingizda: “Ikki guvohning shahodati haqqoniydir”, deb yozilgan–ku.
18. Shunday ekan, bitta guvoh Menman, ikkinchisi Meni yuborgan Otadir.
19. Shunda ular Isodan: — Otangiz qayerda? — deb so‘radilar. U bunga javoban dedi: — Sizlar Meni ham, Otamni ham tanimaysizlar. Agar Meni taniganingizda edi, Otamni ham tanigan bo‘lar edingizlar.
20. Bu so‘zlarni Iso Ma’badda ta’lim berayotib, sadaqa qutisining oldida aytdi. Hech kim Uni qo‘lga olmadi, chunki Uning vaqt–soati hali kelmagan edi.
21. Iso ularga yana dedi: — Men ketyapman. Sizlar Meni qidirasizlar va gunohkor bo‘lib o‘lasizlar. Men boradigan joyga sizlar bora olmaysizlar.
22. — Nahotki U O‘zini O‘zi o‘ldirsa? “Men boradigan joyga sizlar bora olmaysizlar”, deb aytyapti–ku, — deyishdi o‘zaro yahudiylar.
23. Iso ularga shunday dedi: — Sizlar bu dunyodansizlar, Men esa yuqoridanman. Sizlar bu olamga mansubsizlar, Men esa bu olamdan emasman.
24. Shuning uchun sizlarga “Gunohkor bo‘lib o‘lasizlar”, deb aytdim. Ha, agar O‘sha Men ekanligimga ishonmasangizlar, gunohkor bo‘lib o‘lasizlar.
25. — Siz kimsiz? — deb so‘rashdi Isodan. Iso shunday dedi: — Kimligimni sizlarga boshidan aytib kelyapman–ku!
26. Sizlarni ayblab aytadigan gapim juda ko‘p. Lekin Meni Yuborgan haqdir, Men Undan nima eshitgan bo‘lsam, o‘shani dunyoga ma’lum qilaman.
27. Ular esa Iso O‘z Otasi haqida gapirayotganini tushunmadilar.
28. Iso so‘zida davom etdi: — Inson O‘g‘lini yuqoriga ko‘targaningizda, O‘sha Men ekanligimni bilib olasizlar. O‘shanda Men O‘zimcha hech narsa qilmaganimni, faqat Otam o‘rgatgan narsalarni aytganimni tushunib olasizlar.
29. Meni Yuborgan doim Men bilan birgadir. U Meni yolg‘iz tashlab ketmagan. Zero, Men har doim Unga ma’qul bo‘lgan ishlarni qilaman.
30. Isoning aytgan gaplarini eshitgan ko‘p odamlar Unga imon keltirdilar.
31. Shu vaqt Iso Unga ishongan yahudiylarga dedi: — Agar Mening so‘zlarimga rioya qilsangizlar, haqiqiy shogirdlarim bo‘lasizlar.
32. Sizlar haqiqatni bilib olasizlar, haqiqat esa sizlarni ozod qiladi.
33. Ular shunday deb javob berishdi: — Biz Ibrohim naslimiz. Hech qachon hech kimga qul bo‘lmaganmiz. Qanday qilib siz “Ozod bo‘lasizlar”, deb aytyapsiz?
34. Iso dedi: — Sizlarga chinini aytayin: Gunoh qiluvchi har bir kishi gunohning qulidir.
35. Qul hech qachon xonadon a’zosi bo‘la olmaydi, o‘g‘il esa abadulabad o‘z xonadonining a’zosidir.
36. Shunday ekan, agar O‘g‘il sizlarni ozod qilsa, haqiqatan ozod bo‘lasizlar.
37. Ibrohim nasli ekanligingizni bilaman. Biroq Mening jonimga qasd qilmoqchisizlar. Chunki Mening so‘zim qalbingizdan joy topmagan.
38. Men Otaning huzurida nima ko‘rgan bo‘lsam, o‘shani sizlarga aytyapman. Sizlar esa o‘z otangizdan o‘rganganingizni qilyapsizlar.
39. Ular Isoga shunday javob berdilar: — Bizning otamiz Ibrohimdir. Iso shunday dedi: — Agar Ibrohimning farzandlari bo‘lganingizda edi, Ibrohimning qilgan ishlarini qilgan bo‘lar edingizlar.
40. Men sizlarga Xudodan eshitgan haqiqatni so‘zlab berdim, xolos. Shunday bo‘lsa– da sizlar Meni o‘ldirmoqchisizlar. Ibrohim bunday ish qilmagan.
41. Sizlar Ibrohimning emas, o‘z otangizning ishlarini qilyapsizlar. — Iye, biz zinodan tug‘ilmaganmiz. Bizning bittayu bitta Otamiz — Xudoning O‘zi–ku! — deb javob berishdi Isoga.
42. Iso ularga shunday dedi: — Agar Otangiz Xudo bo‘lganda edi, Meni yaxshi ko‘rgan bo‘lar edingiz, chunki Men Xudodan kelib, endi shu yerda turibman. Men O‘zimcha kelganim yo‘q, Meni U yubordi.
43. Nega aytganlarimni anglamayapsizlar?! Bunga sabab — so‘zlarimni hazm qila olmaganingiz.
44. Sizlarning otangiz Xudo emas, iblisdir. Sizlar o‘z otangizning nafsu ehtiroslarini bajo qilishni xohlaysizlar. Azaldanoq iblis qotil edi. U hech qachon haqiqat tarafdori bo‘lmagan, chunki unda haqiqat yo‘q. U yolg‘on so‘zlaganda, o‘ziga xos so‘zlaydi. Chunki u yolg‘onchi, yolg‘onning otasidir.
45. Ammo Men haqiqatni gapirganim uchun, Menga ishonmayapsizlar.
46. Qaysi biringiz Meni biron gunohda ayblay olasiz? Agarda haqiqatni gapirayotgan bo‘lsam, nega Menga ishonmayapsizlar?
47. Kim Xudoga tegishli bo‘lsa, Xudoning so‘zlariga quloq soladi. Sizlar esa Xudoga begona bo‘lganingiz uchun, quloq solmayapsizlar.
48. Bunga javoban yahudiylar shunday dedilar: — Siz Samariyaliksiz–ku, Sizni jin uribdi, deb to‘g‘ri aytgan ekanmiz!
49. Iso dedi: — Meni jin urgani yo‘q. Men Otamni hurmat qilaman. Sizlar esa Meni beobro‘ qilyapsizlar.
50. Men O‘zimga obro‘ orttirmoqchi emasman. Lekin obro‘yimni ko‘taradigan bor, Uning O‘zi hukm qiladi.
51. Sizlarga chinini aytayin: kim Mening so‘zimga rioya qilsa, hech qachon o‘lim ko‘rmaydi.
52. Shunda yahudiylar dedilar: — Sizni jin urganini endi aniq bilib oldik! Ibrohim o‘ldi, payg‘ambarlar ham o‘lib ketishgan. Siz esa: “Kim Mening so‘zimga rioya qilsa, hech qachon o‘lmaydi”, deyapsiz–a?!
53. Nahotki Siz vafot etgan otamiz Ibrohimdan ham ustun bo‘lsangiz?! Payg‘ambarlar ham o‘lib ketishgan– ku! Siz O‘zingizni kim deb hisoblaysiz o‘zi?!
54. Iso shunday javob berdi: — Agar Men O‘zimni O‘zim maqtasam, maqtovlarim behudadir. Otamning O‘zi Meni maqtaydi. Sizlar Uni Xudoyimiz deb ataysizlar,
55. aslida esa Uni tanimaysizlar. Men esa Uni bilaman. Agar, Uni bilmayman, desam, sizlarga o‘xshagan yolg‘onchi bo‘laman. Men Uni bilaman va Uning so‘ziga rioya qilaman.
56. Otangiz Ibrohim kelgan kunimni kutib, xursand bo‘lgan edi. O‘sha kunni ko‘rib, qattiq quvondi.
57. — Siz hali ellik yoshga to‘lmagan bo‘lsangiz, qanday qilib Ibrohimni ko‘rgansiz?! — deyishdi yahudiylar Unga.
58. Iso ularga shunday javob berdi: — Sizlarga chinini aytay: Ibrohim tug‘ilmasidan oldin Men bor bo‘lganman.
59. Shunda Isoni toshbo‘ron qilmoqchi bo‘ldilar. Iso esa yashirincha Ma’baddan chiqib ketdi.

1. Iso yo‘lda ketayotib, bir tug‘ma ko‘r odamni ko‘rib qoldi.
2. Shogirdlari Isodan so‘radilar: — Ustoz, kimning gunohi uning ko‘r bo‘lib tug‘ilishiga sababchi bo‘ldi? O‘zinikimi yoki ota– onasinikimi?
3. Iso shunday javob berdi: — Bu odamning gunohi ham, ota–onasining gunohi ham bunga sabab bo‘lmagan. Xudoning ishlari unda namoyon bo‘lishi uchun u ko‘r tug‘ilgan.
4. Kun yorug‘ ekan, Meni Yuborganning ishlarini qilishimiz lozim. Ana tun kelyapti, o‘shanda hech kim ish qila olmaydi.
5. Men olamda bor ekanman, olamning nuridirman.
6. Iso bularni aytdi–yu, yerga tupurdi, tupukdan loy qilib, ko‘rning ko‘zlariga surtdi.
7. So‘ng unga shunday dedi: — Borib, Siloam hovuzida yuvingin (Siloam — “Yuborilgan” demakdir). Ko‘r odam borib yuvindi va ko‘ra oladigan bo‘lib qaytdi.
8. Shunda uning qo‘shnilari va ilgari uning sadaqa so‘raganini ko‘rgan odamlar: — Bu haligi tilanchilik qilib o‘tirgan odam emasmi? — deb so‘rashardi.
9. Ba’zilar: — Bu xuddi o‘sha, — desalar, boshqalar: — Yo‘q, o‘shanga o‘xshaydi, xolos, — deyishardi. Odamning o‘zi esa: — O‘sha menman, — deb ta’kidlardi.
10. — Unday bo‘lsa, ko‘zlaring qanday ochildi? — deb so‘radilar.
11. — Iso degan Kishi loy qilib, ko‘zlarimga surtdi–yu, “Borib, Siloam hovuzida yuvingin”, dedi. Men borib yuvindim va ko‘radigan bo‘lib qoldim, — dedi shifo topgan ko‘r.
12. — O‘sha Odam qani? — deb so‘radilar. — Bilmayman, — deb javob berdi u.
13. Ilgari ko‘r bo‘lgan o‘sha odamni farziylarning oldiga keltirishdi.
14. Iso loy qilib, ko‘rning ko‘zlarini ochgan kun Shabbat kuni edi.
15. 15Farziylar ham bu odamdan ko‘zlari qanday ochilganini so‘radilar. — U ko‘zlarimga loy surtdi. Men yuvindim–u, ko‘zlarim ko‘radigan bo‘ldi, — dedi haligi odam. Shuning uchun
16. farziylardan ba’zilari: — Ko‘zlaringni ochgan Odam Xudodan emas, chunki U Shabbat kuniga rioya qilmayapti, — dedilar. Boshqalari esa: — Gunohkor odam bunday mo‘jizali alomatlarni qanday qila oladi? — deyishdi. Shunday qilib, oralarida kelishmovchilik paydo bo‘ldi.
17. Shunda farziylar ko‘r odamdan yana so‘radilar: — U Kishi haqida sen nima deysan? U sening ko‘zlaringni ochdi–ku! — U payg‘ambar, — deb javob berdi ko‘r.
18. Biroq yahudiylar ko‘zlari ochilgan odamning ota–onasini chaqirtirmaguncha, uning ilgari ko‘r bo‘lganiga va ko‘zlari ochilganiga ishonmadilar.
19. Ular ko‘rning ota–onasiga shunday savol berdilar: — Ko‘r tug‘ilgan, deb aytgan o‘g‘lingiz shumi? Xo‘sh, endi qanday qilib uning ko‘zlari ko‘ryapti?
20. Ota–onasi javob berishdi: — Bu bizning o‘g‘limiz ekanligini bilamiz. Uning ko‘r tug‘ilganini ham bilamiz.
21. Lekin qanday qilib ko‘zlari ko‘rayotganini va ko‘zlarini kim ochganini biz bilmaymiz. U balog‘atga yetgan, o‘zidan so‘ranglar. O‘zi uchun o‘zi javob bersin.
22. Ko‘rning ota–onasi yahudiylardan qo‘rqqanlari uchun shunday dedilar. Din arboblari bundan avval, kim Isoning Masihligini tan olsa, sinagogadan chetlashtirilsin, deb qaror qilgan edilar.
23. Ana shu sababdan ko‘rning ota–onasi: “U balog‘atga yetgan, o‘zidan so‘ranglar”, — deb aytishgandi.
24. Shunday qilib, ilgari ko‘r bo‘lgan odamni ikkinchi marta chaqirib, deyishdi: — Rostini aytaman, deb Xudoning nomi bilan qasam ich! Biz u Odamning gunohkorligini bilamiz.
25. Ko‘r shunday javob berdi: — U gunohkormi, yo‘qmi, men bilmayman. Shuni bilamanki, men ko‘r edim, endi esa ko‘zlarim ko‘ryapti.
26. — U senga nima qildi? Ko‘zlaringni qanday ochdi? — deb undan so‘radilar.
27. — Sizlarga aytib berdim–ku, ammo sizlar quloq solmadingizlar! Nega buni yana eshitmoqchisizlar?! Nahotki sizlar ham Uning shogirdlari bo‘lmoqchisizlar?! — dedi u odam.
28. Yahudiylar esa uni haqoratlab, deyishdi: — Sen o‘zing Uning shogirdisan! Biz esa Musoning shogirdlarimiz!
29. Musoga Xudo gapirganini bilamiz. Bu Kishi–chi, Uning qayerdanligini ham bilmaymiz.
30. Ko‘zi ochilgan odam shunday javob berdi: — Ana shunisi juda ajablanarli–da! Sizlar Uning qayerdanligini bilmaysizlar, U esa ko‘zlarimni ochgan!
31. Gunohkorlarga Xudo quloq solmasligini bilamiz. Uning irodasiga amal qilgan taqvodorlarga esa Xudo quloq soladi.
32. Tug‘ma ko‘rning ko‘zlarini biror kishi ochganligi hayotda eshitilmagan gap.
33. Agar U Kishi Xudodan bo‘lmaganda edi, hech narsa qilolmasdi.
34. Yahudiylar bunga javoban: — Sen butunlay gunoh ichida tug‘ilgansan, endi bizga aql o‘rgatyapsanmi?! — deyishdi–da, uni sinagogadan haydab chiqarishdi.
35. O‘sha odamning haydab chiqarilganligini Iso eshitdi–yu, uni qidirib topdi. — Sen Inson O‘g‘liga ishonasanmi? — deb so‘radi undan.
36. U odam esa Isoga dedi: — Hazrat, U kimdirki, men Unga ishonsam?
37. — Uni ko‘rib turibsan, U bilan gaplashib turibsan, — dedi Iso.
38. Shunda u odam: — Ishonaman, yo Rabbiy, — dedi–da, Isoga sajda qildi.
39. Iso: — Ko‘rlar ko‘rsin, ko‘zi ochiqlar esa ko‘r bo‘lsin, deb Men bu dunyoni hukm qilgani kelganman, — dedi.
40. Uning atrofida ba’zi farziylar turgan edi. Ular bu gapni eshitgach: — Nahotki bizlar ham ko‘r bo‘lsak? — deb so‘rashdi.
41. Iso ularga dedi: — Agar ko‘r bo‘lganingizda, gunohda ayblanmas edingiz. Lekin sizlar “Ko‘zlarimiz ko‘ryapti”, deganingiz uchun, gunohingiz o‘z bo‘yningizda qoladi.

1. “Sizlarga chinini aytayin: kim qo‘y qo‘rasiga eshikdan kirmay, boshqa yo‘ldan oshib tushsa, u o‘g‘ri va bosqinchidir.
2. Eshikdan kirgan odam esa qo‘ylarning cho‘ponidir.
3. Qorovul unga eshikni ochib beradi. Qo‘ylar uning ovoziga quloq soladi. U esa o‘z qo‘ylarini nomma–nom chaqirib tashqariga olib chiqadi.
4. U o‘z qo‘ylarini qo‘radan olib chiqqanda, ularning oldida boraveradi. Qo‘ylar esa unga ergashadi, chunki ular cho‘ponning ovozini biladilar.
5. Begona kishiga esa ergashmaydilar. Aksincha, begonaning ovozini tanimay, undan qochadilar.”
6. Iso bu matalni aytib berganda, tinglovchilar U nima demoqchi ekanligini tushunmadilar.
7. Shu sababdan Iso yana dedi: “Sizlarga chinini aytay: Men qo‘ylar uchun eshikman.
8. Mendan oldin kelganlarning hammasi o‘g‘ri va bosqinchi edilar. Lekin qo‘ylar ularga quloq solmadilar.
9. Men eshikman. Kim Men orqali kirsa, najot topadi. U kirib chiqib, yaylov ham topadi.
10. O‘g‘ri faqat o‘g‘irlash, bo‘g‘izlash, barbod qilish uchun keladi. Men esa ularga hayot, farovon hayot berish uchun kelganman.
11. Men yaxshi Cho‘ponman. Yaxshi Cho‘pon qo‘ylari uchun jonini fido qiladi.
12. Yollangan odam esa qo‘ylarning na cho‘poni, na egasidir. U bo‘rining kelganini ko‘rgach, qo‘ylarni tashlab qochadi. Bo‘ri esa qo‘ylarni talab, tumtaraqay qiladi.
13. Yollangan odam shunchaki yollangan bo‘lgani uchun va qo‘ylar haqida qayg‘urmagani uchun qochadi.
14. 15Men yaxshi Cho‘ponman. Otam Meni va Men Otamni bilganimday,
15. Men qo‘ylarimni bilaman, ular ham Meni biladilar. Men qo‘ylarim uchun jonimni fido qilaman.
16. Bu qo‘rada bo‘lmagan boshqa qo‘ylarim ham bor. Ularni ham olib kelishim kerak. Ular ham Mening ovozimga quloq soladi, shunda bir suruv, bir cho‘pon bo‘ladi.
17. Men jonimni qaytib olish uchun, uni fido qilaman, shu bois Otam Meni yaxshi ko‘radi.
18. Hech kim jonimni Mendan olmayapti. Men O‘z ixtiyorim bilan uni fido qilaman. Jonimni berishga va uni qaytarib olishga hokimiyatim bor. Buni Menga Otam buyurgan.”
19. Isoning bu so‘zlari tufayli, yahudiylar orasida yana kelishmovchilik bo‘ldi.
20. Oralaridan ko‘pchilik: — Uni jin uribdi, U aqldan ozgan! Nega Unga quloq solyapsizlar? — der edilar.
21. Boshqalari esa:— Bu jin urganning so‘zlari emas. Jin ko‘r odamning ko‘zlarini ocha olarmidi?! — deb aytishardi.
22. O‘sha vaqtda QuddusdaMa’badni Bag‘ishlash bayrami nishonlanayotgan edi. Qish.
23. Iso Ma’badda Sulaymon ayvoni degan joyda aylanib yurar edi.
24. Yahudiylar Uning atrofini o‘rab oldilar. — Qachongacha bizni ikkilantirasiz? Agar Masih bo‘lsangiz, bizga ochig‘ini ayting, — deyishdi.
25. Iso ularga javob berdi: — Men sizlarga aytdim, ammo sizlar ishonmayapsizlar. Otam nomidan qilayotgan ishlarim kimligimni ko‘rsatib turibdi.
26. Sizlar esa ishonmayapsizlar, chunki sizlar Mening qo‘ylarimdan emassizlar.
27. Mening qo‘ylarim ovozimga quloq soladi. Men ularni taniyman, ular esa Menga ergashib yurishadi.
28. Men ularga abadiy hayot beraman, ular hech qachon halok bo‘lmaydilar. Hech kim ularni Mening qo‘limdan tortib ololmaydi.
29. Ularni Menga bergan Otam hammadan buyukdir. Otamning qo‘lidan ularni tortib olishga hech kimning kuchi yetmaydi.
30. Men va Otam — birmiz.
31. Yahudiylar yana Isoni toshbo‘ron qilmoqchi bo‘ldilar.
32. — Men sizlarga Ota buyurgan ko‘p xayrli ishlarni ko‘rsatdim, ularning qaysi biri uchun Meni toshbo‘ron qilmoqchisizlar? — deb so‘radi Iso.
33. Yahudiylar Unga shunday deyishdi: — Xayrli ishingiz uchun emas, kufrligingiz uchun Sizni toshbo‘ron qilmoqchimiz. Siz odam bo‘la turib O‘zingizni Xudo deyapsiz!
34. Iso shunday javob qaytardi: — Sizlar o‘zlaringiz doim o‘qiydigan Tavrotda: “Aytdimki: Hammangiz xudodirsiz”, deb yozilgan emasmi?!
35. O‘zlaringiz bilasizlar: Muqaddas Bitiklarni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Xudoning kalomini olgan odamlar “xudolar” deb atalgan–ku!
36. Meni esa Otam O‘zi uchun ajratib olib dunyoga yuborgan. Men “Xudoning O‘g‘liman” deganim uchun kufrlik qilgan bo‘lamanmi?!
37. Agar Men Otamning ishlarini qilmayotgan bo‘lsam, Menga ishonmay qo‘ya qolinglar.
38. Bordi–yu, Uning ishlarini qilayotgan bo‘lsam, Menga ishonmasangiz ham, qilayotgan ishlarimga ishoninglar. Shunda Ota Menda va Men Otada ekanimni bilib, anglab olasizlar.
39. Ular yana Isoni ushlab olishga harakat qildilar, ammo Iso ularning changalidan qutulib qoldi.
40. So‘ng Iso Iordan daryosining narigi tomoniga, ilgari Yahyo odamlarni cho‘mdirib yurgan joyga qaytib borib, u yerda qoldi.
41. Uning oldiga ko‘p odamlar kelishardi. Ular shunday deb aytishardi: — Yahyo hech qanday alomat ko‘rsatmagan edi, lekin Yahyoning bu Odam haqida aytgan hamma gapi to‘g‘ri chiqdi.
42. Shunday qilib, o‘sha yerdagi ko‘p odamlar Isoga ishondilar.

1. Baytaniya qishlog‘ida Lazar ismli bir odam kasal yotgan edi. Maryam va uning opasi Marta ham shu qishloqda yashar edilar.
2. RabbimizIsoga atir moy surtgan va Uning oyoqlarini sochi bilan artib quritgan o‘sha Maryam edi. Kasal yotgan Lazar esa Maryamning akasi edi.
3. Opa–singil Isoga: — Hazrat, Sizning aziz do‘stingiz kasal, — degan xabarni yuborishdi.
4. Iso buni eshitib shunday dedi: — Bu kasallik o‘lim bilan yakunlanmaydi, balki Xudoning ulug‘lanishiga va shu orqali Xudo O‘g‘lining ulug‘lanishiga sabab bo‘ladi.
5. Iso Martani, uning singlisini va Lazarni yaxshi ko‘rar edi.
6. Ammo Lazarning xasta ekanini bilsa ham, turgan joyida yana ikki kun qoldi.
7. Shundan so‘ng U shogirdlariga: — Yahudiyaga qaytib boraylik, — dedi.
8. Shogirdlari esa shunday dedilar: — Ustoz, yaqindagina yahudiylar Sizni toshbo‘ron qilmoqchi edilar–ku! Endi yana u yerga bormoqchimisiz?
9. Iso javob berdi: — Kunduz o‘n ikki soatdan iborat emasmi?! Kim kunduzi yursa, qoqilmaydi, chunki bu dunyoning nurini ko‘radi.
10. Kechasi yurgan esa qoqiladi, chunki uning o‘zida nur yo‘q.
11. Bu so‘zlarini aytib bo‘lib, ularga yana dedi: — Do‘stimiz Lazar uxlab qoldi. Men uni uyg‘otgani ketyapman.
12. — Hazrat, agar uxlayotgan bo‘lsa, tuzalib ketadi, — dedi shogirdlari.
13. Iso Lazarning o‘limini nazarda tutgan edi. Shogirdlar esa Iso odatdagi uyqu to‘g‘risida gapirdi, deb o‘yladilar.
14. Keyin Iso ularga ochig‘ini aytdi: — Lazar vafot etdi.
15. Men uning yonida bo‘lmaganimdan xursandman, chunki bu vaziyat sizlarning ishonishingizga imkon beradi. Qani, endi uning oldiga boraylik.
16. Shunda To‘ma (ya’ni “Egizak”) boshqa shogirdlarga: — Qani yuringlar, biz ham Iso bilan o‘lamiz! — dedi.
17. Iso u yerga yetib borib bildiki, Lazarning qabrga qo‘yilganiga to‘rt kun bo‘lgan ekan.
18. Baytaniya qishlog‘i Quddusdan bor–yo‘g‘i uch chaqirimcha masofada joylashgan edi.
19. Quddusdagi ko‘p yahudiylar Marta bilan Maryamning oldiga akasining vafoti munosabati ila tasalli berish uchun borgan edilar.
20. Marta Isoning kelayotganini eshitib, Uni kutib olgani chiqdi. Maryam esa uyda qoldi.
21. — Hazrat! — dedi Marta Isoga. — Agar Siz bu yerda bo‘lganingizda edi, mening akam o‘lmagan bo‘lardi.
22. Ammo hozir ham bilaman, Siz Xudodan nima so‘rasangiz, Xudo Sizga beradi.
23. — Sening akang tiriladi, — dedi Iso.
24. — Bilaman, oxiratda o‘liklar tirilganda tiriladi, — dedi Marta.
25. Iso unga dedi: — Men tirilish va hayotdirman. Menga ishongan odam o‘lsa ham yashaydi.
26. Kimda–kim Menga ishonib yashasa, to abad o‘lmaydi. Bunga ishonasanmi?
27. — Ha, Hazrat, — dedi Marta, — Siz olamga keladigan Masih, Xudoning O‘g‘li ekaningizga ishonaman.
28. Marta shunday dedi–yu, borib singlisi Maryamni chaqirdi. Unga sekingina dedi: — Ustoz shu yerda, U seni chaqiryapti.
29. Maryam buni eshitgach, shoshib o‘rnidan turdi–da, Isoning oldiga ketdi.
30. Iso hali qishloqqa kirmagan, hanuz Marta Uni kutib olgan joyda edi.
31. Maryam bilan uyda bo‘lgan va unga tasalli berayotgan odamlar uning shoshilib o‘rnidan turib tashqariga chiqqanini ko‘rishdi. Maryam yig‘i– sig‘i qilgani qabrga ketyapti, deb o‘ylab, uning orqasidan ketishdi.
32. Maryam Iso turgan yerga yetib kelib, Uni ko‘rdi–yu, oyog‘iga yiqilib dedi: — Hazrat! Agar Siz shu yerda bo‘lganingizda edi, mening akam o‘lmagan bo‘lardi!
33. Maryam ham, u bilan kelganlar ham yig‘layotgan edilar. Iso buni ko‘rib, qattiq iztirobga tushdi, ko‘ngli o‘rtanib ketdi.
34. — Uni qayerga qo‘ydingizlar? — deb so‘radi. — Yuring, Hazrat, ko‘rasiz! — dedilar.
35. Isoning ko‘zlaridan duv–duv yosh oqdi.
36. O‘sha yerdagi odamlar: — Qaranglar, uni qanchalik yaxshi ko‘rar ekan! — deyishdi.
37. Ulardan ba’zilari esa shunday deyishdi: — U ko‘rning ko‘zlarini ochgan. Lazarni ham o‘limdan olib qolsa bo‘lmasmidi?!
38. Iso tag‘in qattiq iztirob chekib, qabr oldiga keldi. Qabr bir g‘or bo‘lib, og‘zi tosh bilan yopilgan edi.
39. Iso: — Toshni olib tashlanglar! — dedi. Marhumning singlisi Marta Unga dedi: — Hazrat, jasad hidlanib qolgan–ku! Axir, qabrga qo‘yilganiga to‘rt kun bo‘ldi!
40. — Agar ishonsang, Xudoning ulug‘vorligini ko‘rasan, deb senga aytmaganmidim?! — dedi Iso.
41. Toshni olib tashladilar. Iso esa osmonga ko‘z tikib, dedi: — Ey Ota! Meni eshitganing uchun Senga shukrlar aytaman.
42. Sen Meni doimo eshitishingni bilaman. Lekin bu so‘zlarni shu yerda turgan xalq uchun, Meni Sen yuborganingga ular ishonsin deb aytyapman.
43. Shunday dedi–yu, baland ovoz bilan xitob qildi: — Lazar, tashqariga chiq!
44. Shu payt qo‘lu oyoqlari kafanlangan, yuzi ro‘mol bilan o‘ralgan marhum chiqib keldi. — Kafanini yechinglar, uni qo‘yib yuboringlar, — dedi Iso odamlarga.
45. Maryamni yo‘qlagani kelgan odamlarning ko‘pi Isoning qilgan ishini ko‘rib, Unga ishonishdi.
46. Ammo ba’zilari farziylarning oldiga borib, Isoning qilganlarini aytib berishdi.
47. Shundan keyin bosh ruhoniylar va farziylar Oliy kengash chaqirib, deyishdi: — Nima qilamiz? Bu Odam juda ko‘p mo‘jizali alomatlar ko‘rsatib yuribdi–ku!
48. Buni davom etishiga yo‘l qo‘ysak, hamma Unga ishonib ketadi. Rimliklar kelib, Ma’badimizni ham, xalqimizni ham xonavayron qiladilar.
49. Ulardan biri, o‘sha yili oliy ruhoniy bo‘lgan Kayafa so‘z oldi: — Sizlar hech narsani bilmaysizlar!
50. Butun xalq halok bo‘lgandan ko‘ra, bitta odamning xalq uchun o‘lishi o‘zingiz uchun yaxshiroq–ku! Nahotki buni tushunmasangizlar?!
51. U bu so‘zlarni o‘zidan o‘zi aytmagan edi. Balki o‘sha yili oliy ruhoniy sifatida Isoning xalq uchun o‘lishini bashorat qilgan edi.
52. Iso nafaqat yahudiy xalqi uchun, balki Xudoning tarqoq bo‘lgan hamma odamlarini birlashtirish uchun o‘lishi kerak edi.
53. Shunday qilib, o‘sha kundan boshlab Isoni o‘ldirishga til biriktirdilar.
54. Iso esa endi yahudiylar orasida ochiq yurmaydigan bo‘ldi. U cho‘l yaqinidagi Efrayim shahriga borib, O‘z shogirdlari bilan o‘sha yerda qoldi.
55. Yahudiylarning Fisih bayrami yaqinlashayotgan edi. Mamlakatning hamma yog‘idan odamlar bayramdan oldin poklanish uchun Quddusga borishdi.
56. Shu vaqtda Isoni izladilar. Ma’badda yig‘ilib turganlar o‘zaro: “Nima deb o‘ylaysizlar? U bayramga keladimi?” — deb so‘rashdi.
57. Bosh ruhoniylar va farziylar esa Isoni qo‘lga olmoqchi bo‘lib, shunday buyruq bergan edilar: “Kim Isoning qayerdaligini bilib qolsa, xabar qilsin.”

1. Fisih bayramidan olti kun oldin Iso Lazarning qishlog‘i Baytaniyaga bordi. Iso o‘sha Lazarni o‘likdan tiriltirgan edi.
2. O‘sha yerda Isoga ziyofat hozirladilar. Marta xizmat qilib yurgan edi, Lazar esa Iso va mehmonlar bilan birga dasturxon oldida yonboshlagan edi.
3. Shu payt Maryam bir shisha toza sunbuldan ishlangan qimmatbaho atir moyini olib kelib, Isoning oyoqlariga surtdi, so‘ng sochlari bilan artdi. Uy atir moyining xushbo‘y hidiga to‘lib ketdi.
4. Isoning shogirdlaridan biri, Unga xiyonat qiladigan Yahudo Ishqariyot dedi:
5. — Bu moyni uch yuz kumush tangaga sotib, kambag‘allarga bo‘lib bersa bo‘lmasmidi?!
6. U bu gapni kambag‘allarga qayg‘urgani uchun emas, balki o‘g‘ri bo‘lgani uchun aytdi. Pul qutisi Yahudoning nazoratida edi, qutiga solinadigan puldan u o‘g‘irlab turardi.
7. Iso shunday dedi: — Ayolni tinch qo‘yinglar! Zotan, u Meni dafn kunimga tayyorladi.
8. Kambag‘allar har doim sizlar bilan birga bo‘ladi. Men esa har doim ham sizlar bilan birga bo‘lmayman.
9. Bir talay yahudiylar Isoning Baytaniyada ekanligini bilib kelishdi. Ular nafaqat Isoni, balki Iso o‘likdan tiriltirgan Lazarni ham ko‘rishni istardilar.
10. Bosh ruhoniylar Lazarni ham o‘ldirishni rejalashtirgan edilar.
11. Chunki ko‘p yahudiylar Lazar tufayli Iso tomoniga o‘tib, Unga imon keltirayotgan edilar.
12. Ertasi kuni bayramga borgan ko‘p xaloyiq Isoning Quddusga kelayotganini eshitib qolishdi.
13. Ular palma daraxti shoxlaridan olishdi, Uni qarshi olgani chiqib, shunday deb hayqirishardi: “Tasanno! Egamiz nomi bilan kelayotgan Inson baraka topsin. Isroilning shohi muborak bo‘lsin!”
14. Iso bir xo‘tikni topib, unga mindi, xuddi Muqaddas Bitiklarda aytilganday:
15. “Ey Quddus xalqi, qo‘rqma! Mana shohingiz xo‘tikni minib kelyapti.”
16. Isoning shogirdlari avval buni tushunmadilar. Iso ulug‘langandan keyingina ular bu so‘zlarning U haqda yozilganini va xalq xuddi yozilganidek qilganini esladilar.
17. Iso Lazarni qabrdan chaqirib tiriltirganiga guvoh bo‘lgan olomon Isoga ergashib, bu haqda hammaga aytdi.
18. Isoning qilgan bu mo‘jizali alomati haqida eshitgan ko‘p odamlar Uni kutib olgani chiqqan edilar.
19. Farziylar esa bir–biriga: — Qaranglar, qo‘limizdan hech narsa kelmadi. Butun dunyo Uning ortidan bormoqda! — deyishardi.
20. Xudoga sajda qilish uchun bayramga kelganlar orasida ba’zi g‘ayriyahudiylar bor edi.
21. Ular Filipning oldiga borib (Filip Jalilaning Baytsayda shahridan edi) shunday deb aytishdi: — Taqsir, biz Isoni ko‘rmoqchimiz.
22. Filip borib, bu haqda Idrisga aytdi. So‘ng ikkalovi Isoning oldiga borib, Unga aytishdi.
23. Iso ularga shunday javob berdi: — Inson O‘g‘li ulug‘lanadigan vaqt–soat keldi.
24. Sizlarga chinini aytay: agar bug‘doyning doni yerga tushib o‘lmasa, u bir donligicha qoladi. Agarda o‘lsa, ko‘p hosil beradi.
25. Kim o‘z jonini sevsa, uni yo‘qotadi. Kim bu dunyoda o‘z jonidan voz kechsa, uni abadiy hayot uchun saqlab qoladi.
26. Kim Menga xizmat qilmoqchi bo‘lsa, orqamdan yursin. Men qayerda bo‘lsam, xizmatchim ham u yerda bo‘lsin. Menga xizmat qilgan odamni Otam hurmat qiladi.
27. Endi esa yuragim siqilib ketyapti. Nima ham der edim?! “Ey Ota, bu vaqt–soatdan Meni saqla”, deb ayta olarmidim?! Men shu vaqt–soat uchun kelganman–ku!
28. Ey Ota, O‘z nomingni ulug‘lagin! Iso shunday deyishi bilanoq osmondan: — Men nomimni ulug‘ladim, bundan keyin ham ulug‘layman, — degan sado keldi.
29. U yerda turgan olomon bu sadoni eshitib, momaqaldiroq deb o‘yladi. Boshqalar esa: — Unga farishta gapirdi! — deyishdi.
30. Bunga javoban Iso dedi: — Bu sado Men uchun emas, sizlar uchun bo‘ldi.
31. Endi bu dunyo hukm qilinadi, endi bu dunyoning yovuz hukmdori haydab chiqariladi.
32. Men yerdan yuqoriga ko‘tarilganimda, hammani O‘zimga jalb qilaman.
33. Iso bu so‘zlarni qay yo‘l bilan o‘lishini bildirish uchun aytdi.
34. Xalq bunga javoban dedi: — Biz Tavrotda, Masih abadiy yashaydi, deb eshitganmiz. Qanday qilib Sen: Inson O‘g‘li yuqoriga ko‘tarilishi kerak, deb aytyapsan? Inson O‘g‘li kim o‘zi?
35. Iso ularga dedi: — Nur yana qisqa bir muddat sizlar bilan bo‘ladi. Nur borida yuringlar, tag‘in zulmat sizlarni qamrab olmasin. Zulmatda yuradigan kishi qayerga ketayotganini bilmaydi.
36. Nur hanuz sizlar bilan ekan, nurga ishoninglar, shunda nur farzandlari bo‘lasizlar. Bularni aytib bo‘lgach, Iso uzoqlashib, xalqdan yashirindi.
37. Iso xalqning ko‘z o‘ngida shuncha ko‘p mo‘jizali alomatlar yaratgan bo‘lsa ham, ular Isoga ishonmas edilar.
38. Shu tariqa Ishayo payg‘ambarning so‘zi bajo bo‘ldi: “Ey Egamiz, bizning xabarimizga kim ishondi? Sening qudratli kuching kimga ayon bo‘ldi?”
39. Haqiqatdan ham, ular ishona olmadilar. Negaki, Ishayo ular haqida yana shunday deb aytgandi:
40. “Xudo ularning ko‘zlarini ko‘r qildi, Aqllarini o‘tmas qildi. Toki ko‘zlari bilan ko‘rmasinlar, Aqllari bilan anglamasinlar, Tag‘in Menga qaytib, shifo topmasinlar.”
41. Ishayo Masihning ulug‘vorligini ko‘rgani uchun bu so‘zlarni aytgan edi.
42. Shunga qaramay, ko‘p yahudiy boshliqlari ham Isoga imon keltirdilar. Lekin ular farziylar tufayli buni ochiqchasiga tan olmas edilar, chunki sinagogadan haydalishdan qo‘rqardilar.
43. Axir, ular Xudoning maqtovidan ko‘ra insonning maqtovini yaxshi ko‘rardilar.
44. Iso xitob qilib dedi: “Menga ishongan odam Menga emas, balki Meni Yuborganga ishongan bo‘ladi.
45. Meni ko‘rgan odam Meni Yuborganni ko‘rgan bo‘ladi.
46. Menga ishongan bironta odam zulmatda qolmasin, deb Men dunyoga nur bo‘lib keldim.
47. Agar kim Mening so‘zlarimni eshitib, rioya qilmasa, Men uni hukm qilmayman. Men dunyoni hukm qilish uchun emas, najot berish uchun kelganman.
48. Meni rad qilib, so‘zlarimni qabul qilmagan odamni hukm qiluvchi bor. Aytgan so‘zim unday odamni oxiratda hukm qiladi.
49. Zotan Men O‘zimcha gapirganim yo‘q. Meni yuborgan Ota nima aytishimni, qanday gapirishimni Menga amr etgan.
50. Uning amri esa abadiy hayot berishini bilaman. Xullas, nima aytayotgan bo‘lsam, Otam Menga aytganday sizlarga aytyapman.”

1. Fisih bayramiga oz qolgan edi. Iso bu dunyoni tark etib, Otasi oldiga boradigan vaqt–soati kelganini bilar edi. U dunyodagi O‘zinikilarni yaxshi ko‘rar edi, ularni oxirigacha yaxshi ko‘rdi.
2. Kechki ovqat payti edi. Shimo‘nning o‘g‘li Yahudo Ishqariyotning diliga iblis allaqachon Isoga xiyonat qilish niyatini solgan edi.
3. Iso esa Otasi hamma narsani Uning qo‘liga berganini bilar edi, U Xudodan kelib, yana Xudoning oldiga qaytayotganini ham bilar edi.
4. Shunday qilib, Iso dasturxondan turib, ustki kiyimini yechib tashladi. Sochiqni olib beliga bog‘ladi.
5. Keyin tog‘oraga suv quyib, shogirdlarining oyoqlarini yuvishga tushdi. Beliga bog‘lagan sochiq bilan ularning oyoqlarini artib quritdi.
6. Iso Shimo‘n Butrusning oldiga keldi. — Hazrat, nahot oyoqlarimni Siz yuvsangiz?! — dedi Butrus.
7. — Hozir nima qilayotganimni sen bilmaysan, keyin tushunib olasan, — dedi Iso unga javoban.
8. — Mening oyoqlarimni ikki dunyoda ham yuvmaysiz! — dedi Butrus. — Agar oyoqlaringni yuvmasam, Menga qarashli bo‘lmaysan, — dedi Iso.
9. Shunda Shimo‘n Butrus dedi: — Hazrat, nafaqat oyoqlarimni, qo‘llarim bilan boshimni ham yuvib qo‘ying!
10. Iso unga dedi: — Cho‘milgan odam faqat oyog‘ini yuvsa bas, u tamoman pokdir. Sizlar ham poksizlar, ammo hammangiz emas.
11. Iso O‘ziga xoinlik qiladigan odamni bilar edi, shuning uchun “Hammangiz ham pok emassizlar”, dedi.
12. Shogirdlarining oyoqlarini yuvib bo‘lgach, Iso ustki kiyimini kiyib, yana dasturxon oldiga yonboshladi. So‘ng shogirdlaridan so‘radi: — Hozir nima qilganimni tushundilaringmi?
13. Sizlar Meni “Ustoz”, “Hazrat” deb chaqirasizlar va to‘g‘ri qilasizlar, chunki Men xuddi shundayman.
14. Agar Men Hazratingiz va Ustozingiz bo‘la turib oyoqlaringizni yuvgan bo‘lsam, sizlar ham bir–biringizning oyoqlaringizni yuvishingiz shart.
15. Men sizlarga nima qilgan bo‘lsam, sizlar ham o‘shani qilishingiz kerak. Men sizlarga o‘rnak ko‘rsatdim.
16. Sizlarga chinini aytayin: qul o‘zining xo‘jayinidan ustun emas, elchi ham uni yuborgandan ustun emas.
17. Agar gapimni uqqan bo‘lsangiz, bunga amal qilinglar, shunda baxtli bo‘lasizlar!
18. Iso gapida davom etib dedi: — Mening gaplarim hammangizga tegishli emas. Men kimlarni tanlaganimni bilaman. Muqaddas Bitiklarda: “Nonimni yegan kishi Menga qarshi bosh ko‘tardi”, — deb aytilgan. Bu so‘zlar bajo bo‘lishi kerak.
19. Men buni sizlarga hozirdan, yuz bermasidan oldin aytib qo‘yyapman. Toki yuz berganda, Masih Men ekanligimga ishoninglar.
20. Sizlarga chinini aytay: Kim Men yuborgan odamni qabul qilsa, Meni qabul qilgan bo‘ladi. Meni qabul qilgan esa Meni Yuborganni qabul qilgan bo‘ladi.
21. Iso qattiq iztirob chekib, dedi: — Sizlarga chinini aytayin, orangizdan bittangiz Menga xiyonat qiladi.
22. Shogirdlari esa U kimni nazarda tutayotganini bilmay, gangib bir–biriga qarab turar edilar.
23. Shogirdlaridan biri Isoning yonida yonboshlagan edi. U Isoning sevikli shogirdi edi.
24. Shimo‘n Butrus o‘sha shogirdga: “Iso kim haqida gapiryapti, so‘ra–chi”, deb imo–ishora qildi.
25. Shunda u engashib, Isodan: — Hazrat, u kim? — deb so‘radi.
26. Iso javob berdi: — Men bir burda nonni kosaga botirib kimga bersam, u o‘shadir, — dedi. So‘ng burda nonni botirib, Shimo‘n o‘g‘li Yahudo Ishqariyotga berdi.
27. Yahudo burdani olar–olmas, shayton uning ichiga kirib oldi. — Qiladiganingni tezroq qil, — dedi unga Iso.
28. Dasturxon atrofidagilardan hech kim nima uchun Iso bu so‘zlarni Yahudoga aytganini tushunmadi.
29. Pul qutisi Yahudoda bo‘lgani sababli, ba’zilari Iso unga: “Bayram uchun bizga kerak bo‘ladigan narsalarni sotib ol”, yoki “Kambag‘allarga bir nima ber”, deyapti deb o‘ylardilar.
30. Yahudo esa o‘sha burda nonni olgan zahoti tashqariga chiqib ketdi. Tun edi.
31. Yahudo chiqib ketgach, Iso dedi: — Inson O‘g‘lining ulug‘lanadigan vaqti keldi. U orqali Xudo ulug‘lanadi.
32. Inson o‘g‘li orqali Xudo ulug‘lanar ekan, Uni ham O‘z ulug‘vorligiga sherik qiladi.
33. Bolalarim! Endi Men sizlar bilan uzoq bo‘lmayman. Meni qidirasizlar. Yahudiylarga aytgan edim, sizlarga ham aytyapman: Men boradigan joyga sizlar borolmaysizlar.
34. Sizlarga yangi amr beryapman: bir–biringizni sevinglar. Men sizlarni qanday sevgan bo‘lsam, sizlar ham bir–biringizni shunday sevinglar.
35. Agar bir–biringizni sevsangiz, sizlar Mening shogirdlarim ekaningizni hamma shundan bilib oladi.
36. Shimo‘n Butrus Isoga dedi: — Hazrat, Siz qayerga ketyapsiz? — Hozir Men boradigan joyga sen orqamdan borolmaysan, keyinchalik borasan, — dedi unga Iso.
37. Butrus so‘radi: — Hazrat, nega hozir orqangizdan borolmas ekanman? Men Siz uchun jonimni berishga tayyorman!
38. Iso javob berdi: — Sen rostdan ham Men uchun joningni berishga tayyormisan?! Senga chinini aytaman, xo‘roz qichqirmasdanoq, sen uch marta Mendan tonasan!

1. Iso shogirdlariga dedi: — Yuragingiz siqilmasin. Xudoga ishoning, Menga ham ishoning!
2. Otamning uyida maskan ko‘p. Shunday bo‘lmaganda edi, sizlarga bularni aytib o‘tirmagan bo‘lardim. Men sizlarga joy tayyorlagani ketyapman.
3. Men borib sizlarga joy tayyorlayman–u, sizlarni O‘zim bilan olib ketgani kelaman. Toki Men bo‘lgan joyda sizlar ham bo‘linglar.
4. Men boradigan joyga olib boradigan yo‘lni sizlar bilasizlar.
5. — Hazrat! — dedi Unga To‘ma, — Qayerga borishingizni bilmasak, yo‘lni qayerdan bilamiz?
6. Iso unga dedi: — Men yo‘l, haqiqat va hayotdirman. Otaning oldiga olib boradigan Mendan boshqa yo‘l yo‘q.
7. Meni taniganingiz uchun, Otamni ham tanib olasizlar. Endi Uni tanidingizlar, Uni ko‘rdingizlar.
8. Filip Isoga dedi: — Hazrat, bizga Otani ko‘rsating, shuning o‘zi bizga kifoya!
9. — Filip, — dedi unga Iso, — Men shuncha vaqtdan beri sizlar bilan birgaman. Nahotki Meni tanimasang?! Meni ko‘rgan odam Otani ko‘rgan bo‘ladi. Shunday ekan, qanday qilib sen: “Otani bizga ko‘rsating”, deyapsan?
10. Men Otada, Ota esa Menda ekanligiga nahotki ishonmasang?! Men sizlarga aytgan so‘zlarni O‘zimdan to‘qib gapirmayapman. Aksincha, Menda yashagan Otam Men orqali O‘z ishlarini bajarmoqda.
11. Men Otamda va Otam Menda ekanligiga ishoninglar. Agar ishonmasangizlar, hech bo‘lmasa, qilgan ishlarim tufayli ishoninglar.
12. Sizlarga chinini aytayin: Menga ishongan odam Men qilgan ishlarni qiladi. Bulardan ham buyukroq ishlarni qiladi, chunki Men Otaning oldiga ketyapman.
13. Sizlar Mening nomimdan so‘ragan hamma narsani Men bajo keltiraman, toki Ota O‘z O‘g‘li orqali ulug‘lansin.
14. Ha, sizlar Mening nomim bilan Mendan so‘ragan har qanday narsani bajo keltiraman.
15. — “Agar Meni sevsangizlar, amrlarimga amal qilasizlar.
16. Men Otaga murojaat qilaman va U sizlar bilan to abad qoladigan boshqa Homiyni yuboradi.
17. Bu Homiy — Haqiqat Ruhidir. Bu dunyoga tegishli bo‘lganlar Uni qabul qila olmaydilar, chunki Uni na ko‘rishadi, na bilishadi. Sizlar esa Uni bilasizlar, chunki U sizlar bilan yashamoqda, U ichingizda bo‘ladi.
18. Men sizlarni yetim qoldirmayman, yana oldingizga qaytib kelaman.
19. Birozdan keyin dunyo Meni boshqa ko‘rmaydi. Ammo sizlar Meni ko‘rasizlar. Men barhayot bo‘lganim uchun, sizlar ham yashaysizlar.
20. Men Otamda ekanimni, sizlar Menda va Men sizlarda ekanimni o‘sha kuni anglab olasizlar.
21. Mening amrlarimni bilib, ularga amal qilgan kishi Meni sevadi. Kim Meni sevsa, Otam ham uni sevadi. Men ham uni sevaman va O‘zimni unga ayon qilaman.”
22. Ishqariyot bo‘lmagan boshqa Yahudo Isoga dedi: “Hazrat, nega O‘zingizni dunyoga ayon qilmay, bizga ayon qilmoqchisiz?”
23. Iso unga shunday javob berdi: “Kim Meni sevsa, Mening so‘zimga amal qiladi. Otam ham uni sevadi. Biz uning oldiga kelib, u bilan birga yashaymiz.
24. Meni yaxshi ko‘rmagan kishi so‘zlarimga amal qilmaydi. Sizlar eshitgan so‘z Meniki emas, balki Meni yuborgan Otanikidir.
25. Men sizlar bilan ekanman, bularni aytdim.
26. Otam Mening nomimdan yuboradigan Homiy, ya’ni Muqaddas Ruh sizlarga hammasini o‘rgatadi. Men sizlarga aytgan hamma so‘zlarimni U yodingizga tushiradi.
27. Men sizlarga tinchlikni qoldiryapman. O‘z tinchligimni sizlarga beryapman. Men berayotgan tinchlik dunyo beradigan tinchlikka o‘xshamaydi. Yuragingiz siqilmasin, qo‘rqmanglar.
28. Sizlarga aytganimni eshitdingizlar: Men ketib, yana oldingizga qaytib kelaman. Agar Meni yaxshi ko‘rganingizda edi, Otaning oldiga ketayotganimdan quvongan bo‘lar edingizlar. Zero, Ota Mendan ulug‘dir.
29. Bu hodisalar sodir bo‘lmasdan oldin sizlarga aytdim. Toki sodir bo‘lganda ishoninglar.
30. Sizlar bilan so‘zlashishga deyarli vaqtim qolmadi. Chunki bu dunyoning yovuz hukmdori kelyapti. U Menga hukmini o‘tkaza olmaydi.
31. Lekin dunyo bilsinki, Men Otani sevaman, Ota Menga neki buyurgan bo‘lsa, xuddi shuni bajaraman. Qani turinglar, bu yerdan keta qolaylik.”

1. “Men haqiqiy tokman, Otam esa bog‘bondir.
2. Hosil bermaydigan har bir novdamni U kesib tashlaydi. Hosil beradigan har bir novdani esa, yana ko‘proq hosil bersin deb, xomtok qilib tozalaydi.
3. Men sizga aytgan so‘zim orqali sizlar allaqachon tozalanib bo‘lgansizlar.
4. Men bilan aloqada bo‘linglar, shunda Men sizlar bilan aloqada bo‘laman. Tokka ulanmagan novda o‘z– o‘zidan hosil berolmaydi. Shu singari sizlar ham Men bilan aloqada bo‘lmasangizlar, hosil berolmaysizlar.
5. Men — tok, sizlar — novdasizlar. Agar Menda bo‘lsangizlar va Men sizlarda bo‘lsam, ko‘p hosil berasizlar. Mensiz hech narsa qilolmaysizlar.
6. Kim Men bilan aloqani uzsa, novda kabi tashlab yuboriladi va quriydi. Bunday novdalarni esa yig‘ib, o‘tga tashlab yondirishadi.
7. Agar siz Men bilan aloqada bo‘lib, so‘zlarimni qalbingizga jo qilsangizlar, istaganingizni so‘ranglar, sizga beriladi.
8. Sizlar ko‘p hosil berib, Mening shogirdlarim ekanligingizni isbotlaysiz. Bu orqali Otam ulug‘lanadi.”
9. “Ota Meni qanday sevgan bo‘lsa, Men ham sizlarni shunday sevdim. Sevgimga sodiq qolinglar.
10. Men Otamning amrlariga amal qilib, Uning sevgisiga sodiq qolganman. Xuddi shu singari sizlar ham, Mening amrlarimga amal qilsangizlar, sevgimga sodiq qolasizlar.
11. Mening shodligim qalbingizni to‘ldirsin, deb sizlarga bu so‘zlarni aytdim.
12. Mening amrim shu: Men sizlarni qanday sevgan bo‘lsam, sizlar ham bir–biringizni shunday sevinglar.
13. Kim o‘z jonini do‘stlari uchun fido qilsa, bundan ortiq sevgi yo‘q.
14. Agar sizlar amrlarimni bajo keltirsangizlar, Mening do‘stlarim bo‘lasizlar.
15. Men sizlarni endi qul deb atamayman. Qul xo‘jayini nima qilishini bilmaydi. Sizlarni do‘stlarim deyman, chunki Otamdan eshitgan hamma narsani sizlarga aytdim.
16. Sizlar Meni emas, Men sizlarni tanladim. Men sizlarni: “Borib hosil bersin, hosili boqiy bo‘lsin”, deb tanladim. Shunda Mening nomimdan Otadan nima so‘rasangizlar, U sizlarga beradi.
17. Xullas, sizlarga amrim shu: bir–biringizni sevinglar!”
18. “Agar dunyo sizlardan nafratlanayotgan bo‘lsa, bilingki, sizlardan ilgari Mendan nafratlangan.
19. Sizlar bu dunyoga tegishli bo‘lganingizda edi, dunyo sizlarni o‘ziniki kabi sevar edi. Sizlar esa bu dunyoga tegishli emassizlar. Men sizlarni bu dunyodan tanlab oldim. Ana shu sababdan dunyo sizlardan nafratlanadi.
20. Qul o‘z xo‘jayinidan ustun emas, degan so‘zimni eslanglar. Agar Meni quvg‘in qilgan bo‘lsalar, sizlarni ham quvg‘in qiladilar. Agar Mening so‘zlarimga rioya qilgan bo‘lsalar, sizlarnikiga ham rioya qiladilar.
21. Odamlar bularni sizlarga Mening nomim tufayli qiladilar. Axir, ular Meni Yuborganni tanimaydilar.
22. Agar Men kelib, ularga gapirmaganimda edi, ular Menga ishonmaganlari uchun gunohda ayblanmas edi. Endi bo‘lsa gunohlarini oqlash uchun bahona topa olmaydilar.
23. Mendan nafratlangan odam Otamdan ham nafratlanadi.
24. Agar Men ular orasida boshqa hech kim qilmagan mo‘jizalarni qilmaganimda edi, ular gunohda ayblanmas edi. Endi bo‘lsa mo‘jizalarimni ko‘rdilar–u, Mendan ham, Otamdan ham nafratlandilar.
25. Bu esa Tavrotdagi: “Mendan sababsiz nafrat etganlar”, degan so‘zlar bajo bo‘lishi uchun sodir bo‘ldi.
26. Men sizlarga Otamdan yuboradigan Homiy, ya’ni Otamdan chiqqan Haqiqat Ruhi kelganda Men to‘g‘rimda guvohlik beradi.
27. Sizlar ham guvohlik berasizlar, chunki boshdanoq Men bilan birga bo‘lgansizlar.”

1. “Men bu gaplarni sizlar to‘g‘ri yo‘ldan ozmanglar, deb aytdim.
2. Sizlarni sinagogalardan haydab yuboradilar. Hatto shunday zamon keladiki, sizlarni o‘ldirayotgan har bir kishi bu bilan Xudoga xizmat qilyapman, deb o‘ylaydi.
3. Bu ishlarni Otam bilan Meni tanimaganlari uchun qiladilar.
4. Bularni sizlarga hozirdan aytib qo‘yyapman, toki o‘sha vaqt–soat kelganda, so‘zlarimni esga olinglar. Sizlarga bularni boshdanoq aytishimga hojat yo‘q edi, chunki O‘zim sizlar bilan birga edim.
5. Endi esa Meni Yuborganning oldiga ketyapman. Birontangiz Mendan: “Qayerga ketyapsan?” deb so‘ramayapsiz.
6. Bularni aytganim uchun, dilingiz g‘am–qayg‘uga botgan.
7. Ammo sizlarga haqiqatni aytaman, Mening ketishim sizlar uchun yaxshiroqdir. Agar Men ketmasam, Homiy kelmaydi. Agarda ketsam, Uni oldingizga yuboraman.
8. U kelganda dunyoga gunoh, adolat va hukm to‘g‘risidagi haqiqatni ayon qiladi.
9. Gunoh to‘g‘risidagi haqiqat shundan iboratki: odamlar Menga ishonmaydilar.
10. Adolat to‘g‘risidagi haqiqat shuki, Ota Meni oqlaydi. Men Otaning oldiga ketyapman va sizlar Meni boshqa ko‘rmaysizlar.
11. Hukm to‘g‘risidagi haqiqat shundan iboratki, hukm chiqarib bo‘lingan, bu dunyoning yovuz hukmdori mahkum qilingan.
12. Sizlarga yana aytadigan gaplarim ko‘p, lekin endi ichingizga sig‘dirolmaysizlar.
13. Haqiqat Ruhi kelib, sizlarni to‘liq haqiqat sari boshlaydi. U O‘zicha gapirmaydi, neki eshitsa, o‘shani so‘zlab beradi, U yuz beradigan voqealar haqida sizlarga xabar qiladi.
14. U Mendan eshitgan narsalarni sizlarga ma’lum qiladi, shu orqali Meni ulug‘laydi.
15. Otaning bor narsasi Menikidir. Ana shu sababdan, Ruh Mendan eshitgan narsalarni sizlarga ma’lum qiladi, deb aytdim.
16. Sizlar bilan birga uzoq vaqt bo‘lmayman, lekin ko‘p o‘tmay sizlar Meni yana ko‘rasizlar.”
17. Shu paytda Isoning shogirdlari bir–biriga dedi: — Qiziq, U bizga o‘zi nima aytmoqchi?! “Sizlar bilan birga uzoq vaqt bo‘lmayman, lekin ko‘p o‘tmay sizlar Meni yana ko‘rasizlar”, dedi. “Otaning oldiga ketyapman”, deb aytdi.
18. “Sizlar bilan birga uzoq vaqt bo‘lmayman” deyishi bilan nima demoqchi ekan, tushunmadik.
19. Iso shogirdlarining savol bermoqchi bo‘lganlarini bilib, dedi: — “Sizlar bilan birga uzoq vaqt bo‘lmayman, lekin ko‘p o‘tmay sizlar Meni yana ko‘rasizlar”, deb aytgan gapimning ma’nosini muhokama qilyapsizlarmi?
20. Sizlarga chinini aytayin: sizlar yig‘lab dod–faryod qilasizlar, dunyo esa quvonadi. Sizlar qayg‘urasiz, lekin qayg‘ungiz shodlikka aylanadi.
21. Oyi to‘lgan ayol dard bilan tug‘adi. Ammo bola tug‘ilgandan keyin, dunyoga odamzod keldi, deb ayol quvonadi. Quvonganidan u chekkan dardini unutib yuboradi.
22. Shunga o‘xshab sizlar ham hozir g‘am–qayg‘u chekyapsizlar. Lekin Men sizlarni yana ko‘raman. Shunda yuragingiz quvonchga to‘ladi. Quvonchingizni sizlardan hech kim tortib olmaydi.
23. O‘sha kuni Mendan hech narsa so‘ramaysizlar. Sizlarga chinini aytayin: Mening nomimdan Otadan nima so‘rasangizlar, U sizlarga beradi.
24. Shu paytgacha Mening nomim bilan Otadan hech narsa so‘ramadingizlar. So‘ranglar, olasizlar va qalbingiz shodlikka to‘ladi.
25. — Shu vaqtgacha sizlarga matallar orqali gapirib keldim. Lekin shunday vaqt keladiki, Men sizlarga Otam haqida matallar orqali emas, ochiqdan–ochiq gapiraman.
26. O‘sha kuni o‘zlaringiz Otadan istaganingizni Mening nomimdan so‘raysizlar. Mening sizlar uchun Otadan iltimos qilishimning hojati bo‘lmaydi.
27. Zotan Otaning O‘zi sizlarni sevadi, chunki sizlar Meni yaxshi ko‘rib, Xudodan kelganimga ishondingizlar.
28. Men Otamdan chiqib, dunyoga keldim. Endi dunyoni tark etib, Otamning oldiga ketyapman.
29. Shogirdlar Isoga shunday deyishdi: — Mana, hozir Siz matal ishlatmay, ochiq so‘zlayapsiz.
30. Hamma narsani bilishingizni endi tushundik. Savolga ham o‘rin yo‘q. Siz Xudodan kelganingizga endi ishondik.
31. Iso dedi: — Endi rostdan ham ishonyapsizlarmi?
32. Shunday vaqt keladiki, hatto keldi ham, sizlar tarqalib, har biringiz in–iningizga kirib ketasizlar. Meni yolg‘iz qoldirasizlar. Biroq Men yolg‘iz emasman, chunki Otam Men bilandir.
33. Men tufayli xotirjam bo‘lishingiz uchun bularni sizlarga aytdim. Dunyoda qayg‘u–alam chekasizlar. Lekin dadil bo‘linglar, Men dunyoni yengdim.

1. Shu gaplardan keyin Iso ko‘zlarini osmonga tikib, dedi: “Ey Ota! Vaqt–soati keldi. O‘g‘ling Seni ulug‘lashi uchun O‘g‘lingni ulug‘lagin.
2. Sen Unga butun insoniyat ustidan hokimiyat berding. Toki Unga berilgan har bir insonga U abadiy hayot ato qilsin.
3. Abadiy hayot esa Seni — yagona haq Xudoni hamda Sen yuborgan Iso Masihni tanib– bilishdan iboratdir.
4. Sen Menga topshirgan ishni tugatib, yer yuzida Seni ulug‘ladim.
5. Dunyo yaratilishidan avval Men Sening huzuringda ulug‘vor edim. Endi, ey Ota, o‘sha ulug‘vorlikni O‘z huzuringda Menga tag‘in ato qilgin.
6. Sen dunyodan Menga bergan odamlarga Seni tanitdim. Ular Seniki edilar va Sen ularni Menga berding. Ular Sening so‘zingga amal qildilar.
7. Sen Menga bergan hamma narsa Sendan ekanligini ular endi bilib oldilar.
8. Chunki Sen Menga aytgan so‘zlaringni Men ularga aytdim. Ular so‘zlaringni qabul qilib, Men Sendan kelganimni aniq tushundilar. Meni Sen yuborganingga ishondilar.
9. Men ular uchun iltijo qilaman. Dunyo uchun emas, balki Sen Menga bergan odamlar uchun iltijo qilaman. Axir, ular Senikidir.
10. Zotan Meniki bo‘lgan hamma — Seniki, Seniki esa Menikidir. Mening ulug‘vorligim ular orqali ayon bo‘lmoqda.
11. Men bu dunyoda ortiq qolmayman, Sening oldingga qaytib ketyapman. Ular esa bu dunyoda qoladilar. Ey Muqaddas Ota! Menga bergan O‘z noming qudrati ila ularni omon saqla. Toki ular ham Bizday bir bo‘lsinlar.
12. Men ular bilan birga bo‘lganimda, Menga bergan noming qudrati ila ularni omon saqladim. Ularni asradim, birontasi yo‘qolmadi. Faqat Muqaddas Bitiklarda aytilganlar bajo bo‘lishi uchun halokatga mahkum bo‘lgan odam nobud bo‘ldi.
13. Endi esa Sening oldingga ketyapman. Mening shodligim ularning qalbini to‘ldirsin, deb bularni hali dunyoda bo‘lganimda aytyapman.
14. Men ularga Sening so‘zlaringni aytdim. Bu dunyoga tegishli bo‘lganlar ulardan nafratlanadi. Chunki Men bu dunyodan bo‘lmaganim kabi, ular ham bu dunyodan emaslar.
15. Endi ularni dunyodan olishingni emas, balki yovuz shaytondan saqlashingni so‘rayapman.
16. Men bu dunyodan bo‘lmaganim kabi, ular ham bu dunyodan emaslar.
17. Sening kaloming haqiqatdir. Haqiqat orqali ularni O‘zing uchun ajratib olgin.
18. Sen Meni dunyoga yuborganingday, Men ham ularni dunyoga yubordim.
19. Ularni deb O‘zimni Senga bag‘ishladim, toki ular ham haqiqat orqali o‘zlarini Senga bag‘ishlasinlar.
20. Men nafaqat ular uchun iltijo qilyapman, balki ularning so‘zi orqali Menga imon keltiradiganlar uchun ham iltijo qilyapman:
21. Hammalari bir bo‘lishsin. Ey Ota, Sen Menda va Men Senda bo‘lganimday, ular ham Bizda bo‘lishsin. Shu tariqa Meni Sen yuborganingga dunyo ishonsin.
22. Sen Menga ato qilgan ulug‘vorlikni ularga berdim, toki Biz bir bo‘lganimizdek, ular ham bir bo‘lishsin.
23. Men ulardaman, Sen esa Mendasan. Shunday ekan, ular mukammal birlikda bo‘lsinlar. Toki, Meni Sen yuborganingni dunyo bilsin. Meni qanday sevsang, Menikilarni ham shunday sevganingni dunyo ko‘rsin.
24. Ey Ota! Sen Menga bergan odamlar Men bilan bir joyda bo‘lishini xohlayman. Sen Menga ato qilgan ulug‘vorligimni ular ham ko‘rsin, chunki olamni yaratmasingdan oldin Sen Meni yaxshi ko‘rar eding.
25. Ey odil Ota! Dunyo Seni bilmasa ham, Men Seni bilaman. Bu odamlar ham Meni Sen yuborganingni bilib oldilar.
26. Ularga Sening kimligingni ayon qildim va ayon qilishni davom ettiraveraman. Toki, Menga bo‘lgan sevging ularning yuraklarida jo bo‘lsin, Men ham ularda bo‘layin.”

1. Bu so‘zlarni aytgandan so‘ng, Iso O‘z shogirdlari bilan u yerdan chiqib, Qidron soyligining narigi tomoniga o‘tdi. O‘sha yerda bir bog‘ bor edi. Iso shogirdlari bilan boqqa kirdi.
2. Isoning xoini Yahudo ham o‘sha joyni bilar edi, chunki Iso shogirdlari bilan u yerda tez–tez uchrashib turar edi.
3. Shunday qilib, Yahudo bir bo‘linma Rim askarlarini hamda bosh ruhoniylar va farziylar tomonidan yuborilgan mirshablarni boshlab, u yerga keldi. Qo‘llarida mash’alu fonuslar, qurol–yarog‘lar bor edi.
4. Iso boshidan kechadigan hamma narsani bilar edi. U odamlarga peshvoz chiqib, so‘radi: — Kimni qidiryapsizlar?
5. — Nosiralik Isoni, — deb javob berishdi ular. — O‘sha Menman, — dedi Iso. Isoning xoini Yahudo ularning orasida turgan edi.
6. Iso “O‘sha Menman” deyishi bilanoq ular orqaga tisarilib, yerga yiqilishdi.
7. Iso ulardan yana so‘radi: — Kimni qidiryapsizlar? — Nosiralik Isoni, — dedilar.
8. — Sizlarga aytdim–ku, O‘sha Menman, — dedi ularga Iso. — Agar Meni qidirayotgan bo‘lsangizlar, bularni qo‘yib yuboringlar, ketaverishsin.
9. Shu yo‘sin Isoning ilgari: “Ota, Sen Menga bergan odamlardan hech birining yo‘qolishiga yo‘l qo‘ymadim”, degan so‘zlari bajo bo‘ldi.
10. Shu onda Shimo‘n Butrus yonidagi qilichini qinidan sug‘urdi–da, oliy ruhoniyning xizmatkoriga bir urib, o‘ng qulog‘ini kesib tashladi. Xizmatkorning ismi Malxus edi.
11. Iso Butrusga: — Qilichingni qiniga solib qo‘y! Nahotki Men Otam bergan azob kosasidan ichmasam?! — dedi.
12. Shunda Rim askarlari bilan bo‘linma qo‘mondoni va yahudiy mirshablari Isoni qo‘lga olib, bog‘lab qo‘yishdi.
13. Uni oldin Hanan oldiga olib borishdi. Hanan o‘sha yilgi oliy ruhoniy bo‘lgan Kayafaning qaynatasi edi.
14. Yahudiylarga: “Xalq uchun bitta odamning o‘lishi yaxshiroq”, deb maslahat bergan o‘sha Kayafa edi.
15. Isoning orqasidan Shimo‘n Butrus va yana boshqa bir shogird ergashib borishar edi. Bu shogird oliy ruhoniy Hananning tanishi bo‘lib, Iso bilan bemalol oliy ruhoniyning hovlisiga kirdi.
16. Butrus esa tashqarida, darvoza oldida qoldi. Oliy ruhoniyga tanish bo‘lgan shogird keyinroq yana tashqariga chiqdi–da, darvozabon cho‘riga nimadir deb, Butrusni ichkariga olib kirib ketdi.
17. Shunda darvozabon cho‘ri Butrusdan: — Siz ham U Odamning shogirdlaridan emasmisiz? — deb so‘radi. — Yo‘q! — dedi Butrus.
18. Havo sovuq bo‘lgani uchun u yerda turgan xizmatkorlar bilan mirshablar ko‘mir yoqib, isinayotgan edilar. Butrus ham ularning oldiga borib, isinib turdi.
19. Shu paytda oliy ruhoniy Hanan Isoga shogirdlari va ta’limotiga taalluqli savollar berar edi.
20. Iso unga javob berib dedi: — Men elu olamga ochiq so‘zladim. Har doim yahudiylar yig‘iladigan sinagogalarda va Ma’badda ta’lim berib yurdim, hech yashirincha gap aytmadim.
21. Nega Meni so‘roq qilyapsiz? Gaplarimni eshitgan odamlardan so‘rang. Nimalar haqida gapirganimni ular bilishadi.
22. Iso bularni aytib bo‘lgach, yonida turgan mirshablardan biri Isoning yuziga bir shapaloq urib, dedi: — Oliy ruhoniyga ham shunday javob berasanmi?
23. Iso bunga javoban dedi: — Agar Men noto‘g‘ri gapirgan bo‘lsam, noto‘g‘ri joyini ko‘rsat. Agar to‘g‘ri gapirgan bo‘lsam, nega Meni urasan?
24. Shundan keyin Hanan Isoni bog‘langan holda oliy ruhoniy Kayafa huzuriga yubordi.
25. Shimo‘n Butrus olov oldida isinib turarkan, kimdir undan: — Siz ham Uning shogirdlaridan emasmisiz? — deb so‘radi. — Yo‘q! — deb tondi u.
26. Oliy ruhoniyning xizmatkorlaridan biri Butrus qulog‘ini uzib yuborgan odamning qarindoshi edi. Bu xizmatkor Butrusga dedi: — Sizni bog‘da U bilan ko‘rdim, shekilli?
27. Butrus esa yana tondi. Naq shu payt xo‘roz qichqirdi.
28. Tong otdi. Yahudiylar Isoni Kayafa huzuridan olib chiqib, Rimlik hokim Pilatning saroyiga olib bordilar. O‘zlari esa bulg‘anishni istamay hukumat saroyiga kirmadilar, chunki bulg‘angan odam Fisih taomini yeya olmasdi.
29. Shu sababli Pilat tashqariga, ularning oldiga chiqdi. — Bu Odamni nimada ayblayapsizlar? — deb so‘radi.
30. — Agar U jinoyatchi bo‘lmaganda, Uni sizning qo‘lingizga topshirmas edik, — deb javob berishdi ular.
31. — Uni olib ketib, o‘z qonuningiz bo‘yicha hukm qilaveringlar, — dedi Pilat. — Bizga hech kimni qatl qilishga ijozat berilmagan, — deyishdi unga yahudiylar.
32. Iso O‘zining qanday o‘lishi haqida aytgan so‘zlari amalga oshishi uchun bu voqea sodir bo‘ldi.
33. Shunda Pilat yana saroyga kirdi va Isoni chaqirtirib: — Sen yahudiylarning Shohimisan? — deb so‘radi.
34. — O‘zingiz qiziqib so‘rayapsizmi, yoki boshqalar sizga Men to‘g‘rimda aytishdimi? — deb so‘radi Iso.
35. Pilat dedi: — Nima, men yahudiymidim?! O‘z xalqing, bosh ruhoniylaring Seni menga topshirishdi. Sen nima ish qilib qo‘yding?
36. Iso javob berdi: — Mening Shohligim bu dunyodan emas. Agar Shohligim bu dunyodan bo‘lganda edi, yahudiylarning qo‘liga tushmasligim uchun Mening xizmatkorlarim kurashar edilar. Biroq Mening Shohligim bu yerdan emas.
37. — Demak, Sen Shoh ekansan–da?! — dedi Pilat. — Shoh ekanimni o‘zingiz aytdingiz, — dedi Iso. — Men haqiqat to‘g‘risida shohidlik qilmoq uchun tug‘ilganman, ana shu maqsadda olamga keldim. Haqiqat tarafida bo‘lgan har bir odam Menga quloq soladi.
38. — Haqiqat o‘zi nima? — deb so‘radi Pilat. Shunday dedi–yu, yana tashqariga, yahudiylarning oldiga chiqdi. — Men Undan hech qanday ayb topmadim, — dedi ularga.
39. — Sizlarning bir odatingiz bor–ku, sizlar uchun har Fisih bayramida bir mahbusni ozod qilar edim. Shunga ko‘ra, sizlar uchun yahudiylarning Shohini ozod qilishimni istaysizlarmi?
40. — Uni emas, Barabbani ozod qiling! — deb baqirdi ular. Barabba esa isyonda ishtirok etgandi.

1. Shundan keyin Pilat Isoni olib ketishni va qamchilatishni buyurdi.
2. Askarlar tikanlardan toj o‘rib, Isoning boshiga qo‘ydilar, ustiga safsar to‘n kiydirdilar.
3. Isoning oldiga qayta–qayta kelib: — Yashavor–e, yahudiylarning Shohi! — deb, Uni tarsakilar edilar.
4. Pilat yana tashqariga chiqib yahudiylarga xitob qildi: — Mana, Uni oldingizga chiqaryapman, bilib qo‘yinglar, men Undan hech qanday ayb topolmadim!
5. Shu payt boshida tikanli toj, egnida safsar to‘n bilan Iso tashqariga chiqdi. — Mana, u Odam! — dedi Pilat ularga.
6. Bosh ruhoniylar va mirshablar Isoni ko‘rib, baqirishdi: — Xochga mixlansin! Xochga mixlansin! — Uni sizlar olib xochga mixlanglar! Men Undan hech qanday ayb topolmadim, — dedi Pilat ularga.
7. Yahudiylar unga javoban: — Bizda qonun bor, qonunimizga ko‘ra U o‘lishi kerak, chunki U O‘zini Xudoning O‘g‘li, deb aytyapti, — dedilar.
8. Pilat buni eshitgach, yuragi orqaga tortib ketdi.
9. Qaytadan hukumat saroyiga kirib, Isodan: — Sen qayerdansan? — deb so‘radi. Iso unga javob bermadi.
10. — Menga javob bermaysanmi?! — dedi Pilat. — Seni ozod qilishga yoki xochga mixlashga menda hokimiyat borligini bilmaysanmi?!
11. Iso javob berdi: — Agar Xudo yo‘l qo‘ymaganda edi, siz Menga hech qanday hokimiyat o‘tkaza olmas edingiz. Shu sababdan Meni sizning qo‘lingizga tutib bergan odamning gunohi sizning gunohingizdan kattaroq.
12. Shundan keyin Pilat Isoni qo‘yib yuborishga chora izlay boshladi. Ammo yahudiylar shunday deb qichqirishdi: — Agar Uni qo‘yib yuborsangiz, siz Qaysarning do‘sti emassiz. O‘zini shoh deydigan har bir kishi Qaysarga qarshi chiqqan bo‘ladi!
13. Pilat bu so‘zni eshitgach, Isoni tashqariga olib chiqdi va Tosh supa deb nom olgan joydagi hukm kursisiga o‘tirdi (bu joyning oromiycha nomi Gabbata edi).
14. O‘sha kuni Fisih bayrami arafasi, tush mahali edi. Pilat yahudiylarga xitob qildi: — Mana, Shohingiz!
15. — Yo‘q qiling Uni, yo‘q qiling! Xochga mixlang! — deb baqirdi ular. — Sizlarning Shohingizni xochga mixlab qo‘yaymi? — deb so‘radi Pilat. — Qaysardan boshqa shohimiz yo‘q, — deyishdi bosh ruhoniylar.
16. Oxiri Pilat Isoni xochga mixlash uchun askarlarga topshirdi. Ular esa Isoni olib ketdilar.
17. Iso O‘z xochini ko‘tarib, shahar tashqarisidagi Bosh suyagi degan joyga keldi. (Bu joyning oromiycha nomi Go‘lgota edi.)
18. U yerda Isoni xochga mixlab qo‘ydilar. U bilan birga yana ikkita odamni ham xochga mixladilar. Ularning biri Isoning bu tomonida, boshqasi u tomonida, Iso esa o‘rtada edi.
19. Pilat bir lavhaga: “Yahudiylarning Shohi Nosiralik Iso”, degan so‘zlarni yozib, lavhani xochga ostirib qo‘ydi.
20. Iso xochga mixlangan joy shaharga yaqin bo‘lgani uchun, bu lavhani ko‘p yahudiylar o‘qidilar. Lavha oromiy, lotin va yunon tillarida yozilgan edi.
21. Yahudiy bosh ruhoniylari esa Pilatga borib shunday dedilar: — “Yahudiylarning Shohi” deb yozmang, balki “Bu Odam yahudiylarning Shohi bo‘lishga da’vogarlik qilgan”, deb yozing.
22. — Men qanday yozgan bo‘lsam, shundayligicha qolsin, — dedi Pilat.
23. Askarlar Isoni xochga mixlab bo‘lib, Uning kiyimlarini oldilar. Kiyimlarini to‘rt bo‘lakka bo‘lib, har bir askarga berdilar. Ichki ko‘ylagini ham oldilar. Ichki ko‘ylak boshdan–oyoq choksiz bir to‘qima edi.
24. Askarlar bir–biriga: — Buni yirtmaylik, bu uchun qur’a tashlaymiz, kimga tushsa, o‘shaniki bo‘lsin, — deyishdi. Shu tariqa Muqaddas Bitiklardagi quyidagi so‘zlar bajo bo‘ldi: “Kiyimlarimni o‘zaro ular bo‘lishgan, Libosim uchun qur’a tashlashgan.” Askarlar xuddi shunday qildilar.
25. Isoning xochi yonida Uning onasi va xolasi, Klopaning xotini Maryam hamda Magdalalik Maryam turar edilar.
26. Iso onasini va onasi yonida turgan sevikli shogirdini ko‘rdi. Iso onasiga: — Ona, mana bu sizning o‘g‘lingiz! — dedi.
27. Keyin shogirdiga qarab: — Mana bu sening onang! — dedi. O‘sha vaqtdan boshlab u shogird Maryamni o‘z uyiga oldi.
28. Iso hamma ishlarini tugatganini bilardi. Muqaddas Bitiklar bajo bo‘lsin deb, U: — Chanqadim! — dedi.
29. Bu yerda arzon sharobga to‘la bir idish turgan edi. Askarlar sharobga shimgichni botirdilar–da, tayoqning uchiga ilib, Isoning og‘ziga olib bordilar.
30. Iso sharobni tatib ko‘rgach: — Amalga oshdi! — dedi–yu, boshini egib jon berdi.
31. O‘sha kuni Shabbat arafasi edi. Ertangi Shabbat kuni nihoyatda tabarruk kun hisoblangani uchun, yahudiylar jasadlarni xochda qoldirishni istamadilar. Ular Pilatning oldiga borib, xochga mixlangan odamlarning boldirlarini sindirib tashlab, xochdan tushirishni so‘radilar.
32. Shunda askarlar borib, Iso bilan birga xochga mixlangan birinchi, so‘ngra ikkinchi odamning boldirlarini sindirib tashladilar.
33. Isoning oldiga kelib, Uning o‘lib bo‘lganini ko‘rdilar. Shuning uchun boldirlarini sindirmadilar.
34. Lekin askarlardan biri Isoning biqinini nayza bilan teshdi, shu zahoti Uning biqinidan qon bilan suv oqib chiqdi.
35. Bu hodisani ko‘rgan kishi, sizlar ham ishoninglar deb, guvohlik berib kelmoqda. Uning guvohligi haqiqatdir, u haqiqat aytayotganini biladi.
36. Bu hodisa Muqaddas Bitiklardagi: “Bironta ham suyagi sindirilmaydi”, degan so‘zlar amalga oshishi uchun ro‘y berdi.
37. Muqaddas Bitiklarning boshqa bir joyda shunday deyilgan: “Ular nayzani o‘zlari sanchigan Odamga qaraydilar.”
38. Arimateyalik Yusuf Isoning shogirdi edi, lekin yahudiylardan qo‘rqqani uchun buni yashirib yurar edi. Iso o‘lganidan keyin Yusuf Pilatdan Isoning jasadini xochdan tushirib olishni iltimos qildi. Pilat ijozat berdi. Shunda Yusuf borib, Isoning jasadini xochdan tushirib oldi.
39. Ilgari kechasi Isoning oldiga borgan Nikodim ham Yusuf bilan birga edi. Nikodim ikki pud mirra bilan sabur qorishmasini olib kelgandi.
40. Ular ikkovi Isoning jasadini olib, yahudiylarning dafn odatlariga ko‘ra, bu muattar moddalarni surtib, Uni kafanladilar.
41. Iso xochga mixlangan joyning yaqinida bir bog‘ bor edi. U bog‘da hali hech kim dafn qilinmagan yangi bir qabr bor edi.
42. O‘sha kun yahudiylarning Shabbat arafasi bo‘lgani uchun ular, bu joy yaqinroq, deb Isoning jasadini o‘sha qabrga qo‘ydilar.

1. Yakshanba kuni erta saharda, kun yorishmasdan, Magdalalik Maryam qabrning oldiga kelib, qabr og‘zidagi toshning ag‘darilganini ko‘rdi.
2. U yugurib, Shimo‘n Butrus va Isoning sevikli shogirdi oldiga borib dedi: — Hazratimizning jasadini qabrdan olib ketishibdi. Uni qayerga qo‘yishganini bilmaymiz.
3. Butrus va boshqa shogird qabr tomon jo‘nashdi.
4. Ikkovi birga yugurib ketishdi. Ammo u shogird Butrusdan tezroq yugurib, qabrga birinchi bo‘lib yetib keldi.
5. U engashib ichkariga qaradi– da, u yerda yotgan kafanni ko‘rdi. Lekin qabrga kirmadi.
6. Uning orqasidan Shimo‘n Butrus yetib kelib, qabrga kirdi. U yerda yotgan kafanni
7. va Isoning boshiga o‘ralgan ro‘molni ko‘rdi. Ammo ro‘mol kafan bilan birga emas, alohida joyga yig‘ishtirib qo‘yilgan edi.
8. Shunda avval kelgan shogird ham qabrga kirdi. Ko‘rganidan keyingina ishonch hosil qildi.
9. Chunki ular Muqaddas Bitiklardagi, Iso o‘likdan tirilishi kerak, degan so‘zlarni shu paytgacha tushunmagan edilar.
10. Shundan so‘ng shogirdlar yana o‘z uylariga qaytib ketdilar.
11. Maryam esa qabrning tashqarisida turganicha, yig‘lar edi. Yig‘layotib, bir egilib qabr ichiga qaradi.
12. Shunda oq kiyim kiygan ikki farishtani ko‘rib qoldi. Biri Isoning jasadi yotgan joyning bosh tomonida, ikkinchisi esa oyoq tomonida o‘tirgan edi.
13. Ular Maryamga: — Ey ayol, nega yig‘layapsan? — deyishdi. — Hazratimning jasadini olib ketishibdi, Uni qayerga qo‘yishganini bilmayman, — dedi u.
14. Shunday dedi–yu, orqasiga burilib, u yerda turgan Isoni ko‘rdi. Lekin Uning Iso ekanligini bilmadi.
15. — Ey ayol, nega yig‘layapsan? Kimni qidiryapsan? — deb so‘radi undan Iso. Maryam Uni bog‘bon deb o‘yladi. Unga shunday dedi: — Taqsir, agar Uni siz olib ketgan bo‘lsangiz, qayerga qo‘yganingizni menga ayting, men borib Uni olay.
16. Iso unga: — Maryam! — dedi. Maryam Isoga qayrilib: — Rabbuniy! — dedi. (Rabbuniy oromiychada “Ustozim” demakdir).
17. — Meni ushlab turma! — dedi Iso Maryamga. — Men Otaning oldiga chiqib ketyapman. Sen borib birodarlarimga gaplarimni yetkaz: “Men Otamning oldiga chiqib ketyapman. U sizlarning ham Otangizdir. U Mening Xudoyim va sizlarning Xudoyingizdir.”
18. Shunda Magdalalik Maryam shogirdlarning oldiga borib: — Men Rabbimiz Isoni ko‘rdim! — dedi. So‘ng Isoning unga aytgan gaplarini ularga yetkazdi.
19. O‘sha yakshanba kuni oqshomda shogirdlar to‘plangan edilar. Ular yahudiylardan qo‘rqib, uyning eshiklarini qulflab olgan edilar. Shu payt Iso keldi, o‘rtalarida turib shogirdlariga: — Sizlarga tinchlik bo‘lsin! — dedi.
20. So‘ng ularga qo‘llarini va biqinini ko‘rsatdi. Shogirdlar Rabbimiz Isoni ko‘rib, xursand bo‘lib ketdilar.
21. Iso yana ularga dedi: — Sizlarga tinchlik bo‘lsin! Ota Meni dunyoga yuborgani singari, Men ham sizlarni dunyoga yuboryapman.
22. Shunday deb, ularning ustiga pufladi–da: — Muqaddas Ruhni qabul qilinglar, — dedi.
23. — Sizlar kimning gunohlarini kechirsangizlar, u kechiriladi. Kimning gunohlarini kechirmasangizlar, u kechirimsiz qolaveradi.
24. O‘n ikki shogirddan biri, “Egizak” laqabli To‘ma, Iso kelganda u yerda shogirdlar orasida yo‘q edi.
25. Boshqa shogirdlar unga: — Biz Rabbimiz Isoni ko‘rdik, — deyishdi. To‘ma ularga shunday dedi: — Uning qo‘llaridagi mix chandiqlarini o‘zim ko‘rmagunimcha, mix chandiqlariga barmog‘imni tekkizmagunimcha, biqiniga qo‘lim bilan tegib ko‘rmagunimcha ishonmayman.
26. Keyingi yakshanba kuni Isoning shogirdlari yana uyda to‘plangan edilar. Bu safar To‘ma ham ular bilan birga edi. Uyning eshiklari qulf edi. Shunga qaramay Iso kirdi, o‘rtalarida turib: — Sizlarga tinchlik bo‘lsin! — dedi.
27. Keyin To‘maga qarab: — Barmog‘ingni bu yoqqa tekkiz! Qo‘llarimni ko‘r. Qo‘lingni uzatib, biqinimga tegib ko‘r. Ikkilanishni bas qil, ishon! — dedi.
28. To‘ma Isoga: — Yo Rabbim, Xudoyim! — dedi.
29. Iso unga shunday dedi: — Sen Meni ko‘rganing uchun ishonding. Meni ko‘rmay ishonganlar naqadar baxtlidirlar!
30. Shogirdlar bu kitob tarkibiga kiritilmagan Isoning yana ko‘p mo‘jizali alomatlariga guvoh bo‘lganlar.
31. Kitobga kiritilgan mo‘jizlar esa sizlar uchun yozilgan. Toki sizlar Isoning Masih, Xudoning O‘g‘li ekanligiga ishonib, bu imoningiz tufayli hayotga ega bo‘linglar.

1. Bu hodisalardan keyin Iso Jalila ko‘li bo‘yida yana shogirdlariga zohir bo‘ldi. Bu shunday ro‘y berdi:
2. Shimo‘n Butrus, “Egizak” laqabli To‘ma, Jaliladagi Kana qishlog‘idan bo‘lgan Natanil, Zabadiyning o‘g‘illari va boshqa ikki shogird birga yig‘ilgan edilar.
3. Shimo‘n Butrus yonidagilarga: — Men ketdim, baliq tutaman, — dedi. — Biz ham sen bilan boramiz, — deyishdi ular. So‘ng qayiqqa tushib, jo‘nab ketishdi. Lekin o‘sha kecha hech narsa tutisholmadi.
4. Kun yorishganda Iso qirg‘oqda turgan edi. Shogirdlari esa Uning Iso ekanligini bilmadilar.
5. — Yigitlar, balig‘ingiz bormi? — deb so‘radi Iso ulardan. — Yo‘q, — deb javob berdi ular.
6. — To‘ringizni qayiqning o‘ng tomoniga tashlanglar, shunda tutasizlar, — dedi Iso. Ular to‘rni tashladilar. Baliq ko‘pligidan uni tortib ololmadilar.
7. Shu payt Isoning sevikli shogirdi Butrusga: — Bu Rabbimiz Iso–ku! — dedi. Shimo‘n Butrus buni eshitishi bilanoq, uzun ko‘ylagining etaklarini beliga qistirdi–yu, ko‘lga sakradi.
8. Boshqa shogirdlar esa baliq to‘la to‘rni sudragancha, qayiqda keldilar. Ular quruqlikka yaqin, taxminan ikki yuz tirsak masofada edilar.
9. Qirg‘oqqa chiqqanlarida, nonni va yongan ko‘mir ustida pishayotgan baliqni ko‘rdilar.
10. Iso ularga: — Hozir tutgan balig‘ingizdan olib kelinglar, — dedi.
11. Shimo‘n Butrus borib, to‘rni qirg‘oqqa tortib chiqardi. To‘r katta baliqlarga to‘la edi. Hammasi bo‘lib 153 ta baliq bor edi. Baliqlar ko‘pligiga qaramasdan, to‘r yirtilmadi.
12. Iso shogirdlariga: — Qani kelinglar, nonushta qilib olinglar, — dedi. Ulardan hech biri: “Siz kimsiz?” — deb so‘rashga botinolmadi, chunki Uning Rabbimiz Iso ekanligini bilar edilar.
13. Iso ularning oldiga borib, nondan berdi, baliqdan ham berdi.
14. Bu Isoning tirilganidan keyin uchinchi bor shogirdlariga zohir bo‘lishi edi.
15. Nonushtadan keyin Iso Shimo‘n Butrusdan so‘radi: — Yuhanno o‘g‘li Shimo‘n, sen Meni ulardan ko‘proq yaxshi ko‘rasanmi? — Ha, Rabbim! Men Sizni yaxshi ko‘rishimni O‘zingiz bilasiz–ku, — dedi Unga Butrus. — Qo‘zilarimni o‘tlat, — dedi unga Iso.
16. Iso ikkinchi marta Butrusdan so‘radi: — Yuhanno o‘g‘li Shimo‘n, sen Meni yaxshi ko‘rasanmi? — Ha, Rabbim! Sizni yaxshi ko‘rishimni O‘zingiz bilasiz–ku, — dedi Butrus Unga. — Qo‘ylarimni boq, — dedi unga Iso.
17. So‘ng uchinchi marta Butrusdan so‘radi: — Yuhanno o‘g‘li Shimo‘n, sen Meni yaxshi ko‘rasanmi? Iso uchinchi marta yana shu savolni bergani uchun Butrus xafa bo‘ldi. — Rabbim! Siz hamma narsani bilasiz, men Sizni yaxshi ko‘rishimni ham bilasiz, — dedi Butrus. Iso unga shunday dedi: — Qo‘ylarimni o‘tlat!
18. Senga chinini aytayin: yosh bo‘lganingda kamaringni o‘zing bog‘lar eding, xohlagan joyingga borar eding. Qariganingda esa qo‘llaringni uzatasan, boshqa birov seni bog‘laydi, seni xohlamagan joyingga olib boradi.
19. Iso bu so‘zlar orqali Butrusning qay yo‘l bilan o‘lib, Xudoni ulug‘lashini bildirdi. So‘ngra unga: — Ortimdan yur! — dedi.
20. Butrus burilib, Isoning sevikli shogirdi orqalaridan ergashib kelayotganini ko‘rdi. Bu shogirdi kechki ziyofatda engashib, Isodan: “Hazrat, Sizni kim tutib beradi?” — deb so‘ragan edi.
21. Butrus uni ko‘rib, Isodan: — Rabbim, uning taqdiri nima bo‘ladi? — deb so‘radi.
22. Iso unga: — Men kelgunimgacha uning tirik qolishini istasam, bundan senga nima?! Sen ortimdan yuraver, — dedi.
23. Shunday qilib, imonlilar orasida bu shogird o‘lmaydi, degan gap–so‘z tarqalib ketdi. Holbuki, Iso uni o‘lmaydi, demagandi. U faqat: “Agar Men kelgunimgacha uning tirik qolishini istasam, bundan senga nima?!” — deb aytgan edi.
24. Ana shu shogird bu hodisalarning hammasiga guvoh bo‘lib, ularni yozib olgan. Uning guvohligi haqiqat ekanligini bilamiz.
25. Iso yana ko‘p boshqa ishlar qilgan. Bular birma–bir yozib chiqilganda edi, yozilgan kitoblar olamga ham sig‘mas edi, deb o‘ylayman.

YouTube kanaliga xush kelibsiz!
► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)
Muqaddas Kitob
- Ibtido
- Chiqish
- Levilar
- Sahroda
- Qonunlar
- Yoshua
- Hakamlar
- Rut
- Shohlar (birinchi kitob)
- Shohlar (ikkinchi kitob)
- Shohlar (uchinchi kitob)
- Shohlar (to‘rtinchi kitob)
- Solnomalar (birinchi kitob)
- Solnomalar (ikkinchi kitob)
- Ezra
- Naximiyo
- Ester
- Ayub
- Zabur
- Sulaymonning hikmatlari
- Voiz
- Ishayo
- Sulaymonning go‘zal qo‘shig‘i
- Yeremiyo
- Yeremiyoning marsiyasi
- Hizqiyo
- Doniyor
- Xo‘sheya
- Yo‘el
- Amos
- Obodiyo
- Yunus
- Mixo
- Noxum
- Xabaqquq
- Zafaniyo
- Xaggey
- Zakariyo
- Malaki
- Matto Muqaddas xushxabar
- Luqo Muqaddas xushxabar
- Yuhanno Muqaddas xushxabar
- Mark Muqaddas xushxabar
- Havoriylarning faoliyati
- Yoqubning maktubi
- Butrusning birinchi maktubi
- Butrusning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning birinchi maktubi
- Yuhannoning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning uchinchi maktubi
- Yahudoning maktubi
- Rimliklarga maktub
- Korinfliklarga birinchi maktub
- Korinfliklarga ikkinchi maktub
- Galatiyaliklarga maktub
- Efesliklarga maktub
- Filippiliklarga maktub
- Kolosaliklarga maktub
- Salonikaliklarga birinchi maktub
- Salonikaliklarga ikkinchi maktub
- Timo‘tiyga birinchi maktub
- Timo‘tiyga ikkinchi maktub
- Titusga maktub
- Filimo‘nga maktub
- Ibroniylarga maktub
- Yuhannoga ko‘rsatilgan vahiy
AJOYIB KITOBNI O'QING

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)
MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Tavrot | Zabur | Injil (+audio)

Яхши аудио Китоблар

Kinolar va Multiklar

Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Аудио Кутубхона

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz