Muqaddas Kitob

Yoqubning maktubi

1. Men, Xudoning va Rabbimiz Iso Masihning quli Yoqubdan, o‘zga yurtlarga tarqalib ketgan o‘n ikki qabilaga salom!
2. Ey birodarlarim, turli sinovlarga duchor bo‘lganingizda o‘zingizni baxtli deb bilinglar.
3. Axir, imoningiz sinalganda sizlar sabr–toqat qilishni o‘rganasizlar. Bu o‘zingizga ham ayon.
4. Har qanday vaziyatda sabr qilishni o‘rganinglar, shunda yetuk, bekamu ko‘st, komil insonlar bo‘lasizlar.
5. Agar birortangizga donolik yetishmasa, Xudodan so‘rang, U beradi. Chunki so‘raganlarning hammasiga Xudo saxovat bilan, beminnat beradi.
6. Shu bois umidingizni faqatgina Xudoga bog‘lab, imon bilan so‘rang. Ikkilanmang, chunki Xudoga sidqidildan ishonmagan kishi go‘yo dengiz to‘lqiniga o‘xshaydi, shamol qaysi tomonga essa, to‘lqin o‘sha tomonga qarab yo‘naladi.
7. Bunday odam Egamizdan biror narsa olaman deb umid qilmasin.
8. U Xudoga tayanmagani uchun hayotida beqaror, o‘zgaruvchan bo‘ladi.
9. Nochor ahvoldagi birodar Xudoning nazarida yuksak ekanligidan xursand bo‘lsin.
10. Boy birodar esa Xudoga muhtoj ekanligidan shodlansin. Chunki o‘z boyligiga tayangan kishi dasht guliday xazon bo‘ladi.
11. Quyosh jazirama issig‘i bilan dashtning o‘t–o‘lanlarini qovjiratib yuboradi. Gullarning go‘zalligi yo‘qolib, xazon bo‘ladi. Boylik orqasidan quvib, davlatiga tayanganlar ham xuddi shu singari nobud bo‘lishadi.
12. Sinovlarga bardosh bergan odam baxtlidir. Chunki u sinovdan o‘tgach, hayot toji bilan taqdirlanadi. Bunday tojni Xudo O‘zini sevganlarga va’da qilgan.
13. Vasvasaga tushganingizda Xudoni ayblamang! Chunki Xudo hech qachon vasvasaga tushmaydi va hech kimni vasvasaga solmaydi.
14. Lekin har kim o‘z ehtirosi dastidan vasvasaga duchor bo‘lib, nafs tuzog‘iga ilinadi.
15. Keyin ehtiros homilador bo‘lib gunohni tug‘adi, gunoh esa yetilib, o‘limga olib boradi.
16. Ey aziz birodarlarim, aldanmanglar!
17. Har bir yaxshi va mukammal hadya samodan keladi. Bu hadyalarni osmondagi jamiki yoritqichlarni yaratgan Xudo beradi. Yoritqichlarning nuri paydo bo‘lib, g‘oyib bo‘ladi, Xudoning ezguligi esa yo‘qolmaydi. Zero, Xudo hech qachon o‘zgarmaydi.
18. Xudo kelajakda butun borliqni yangilaydi. Biz bu yangilanishning ilk hosili bo‘lishimiz uchun, Xudo O‘z xohishiga ko‘ra bizga haqiqat kalomi orqali yangi hayot berdi.
19. Ey aziz birodarlarim, shuni esingizda tutinglar: har bir odam eshitishda chaqqon, gapirishda vazmin, g‘azab kelganda bosiq bo‘lsin.
20. Chunki insoniy g‘azabingiz Xudoga manzur bo‘lgan solih hayot kechirishingizga yo‘l qo‘ymaydi.
21. Shunday ekan, har qanday jirkanch va yomon ishlarni bas qilinglar! Xudoning qalbingizga ekkan kalomini kamtarlik bilan qabul qilinglar. Axir, bu kalom joningizni qutqarishga qodir.
22. Xudoning kalomiga rioya qilinglar! Kalomni eshitsam bas, deb o‘z–o‘zingizni aldamanglar.
23. Kalomni tinglab, amalda rioya qilmagan odam o‘z yuzini ko‘zguda ko‘rgan kishiga o‘xshaydi.
24. U o‘ziga qaradi–yu, ketdi va o‘sha zahoti o‘zining qanday ekanligini unutib yubordi.
25. Sizlar esa ozodlik beruvchi Xudoning mukammal qonuniga doim sinchiklab qaranglar. Qonunni shunchaki eshitib, unutib yubormanglar, unga qat’iy amal qilinglar. Bu ishingiz uchun Xudo sizga baraka beradi.
26. Agar siz o‘zingizni dindor hisoblab, tilingizni tiymasangiz, o‘z–o‘zingizni aldagan bo‘lasiz va sizning bunday din–diyonatingiz befoydadir.
27. Otamiz Xudoning nazarida pok va beg‘ubor din–diyonatga ega bo‘lgan inson yetim–yesiru bevalarni qayg‘uli kunlarida yo‘qlab boradi, u bu dunyo dastidan bulg‘anmaydi.
1. Ey birodarlarim, ulug‘vor Rabbimiz Iso Masihga ishonar ekansiz, yuz–xotirchilik qilmanglar.
2. Sizlarning yig‘ilishingizga oltin uzuk taqqan, bashang kiyingan bir boy bilan ust–boshi juldur bir gadoy kirdi deb faraz qilaylik.
3. Agar sizlar bashang kiyinganga qarab: “Marhamat qilib to‘rga chiqing”, — gadoyga esa: “Sen ostonada tur” yoki “Shu yerda, poygakda o‘tir”, — desangiz,
4. sizlar bir odamni boshqasidan ustun qo‘ygan bo‘lmaysizlarmi?! Bu bilan sizlar yomon niyatli qozilarga o‘xshab qolasizlar–ku!
5. Ey aziz birodarlarim, quloq solinglar: Xudo bu dunyodagi kambag‘allarni imonda boy qilish uchun tanladi! U O‘zini sevganlarga va’da qilganday, ularga O‘z Shohligini meros qilib berdi.
6. Ammo sizlar–chi, kambag‘alni beobro‘ qilib tashladingiz! Sizlarga jabr–zulm qilgan boylar emasmi?! Sizlarni mahkamalarga sudrab olib borgan ular emasmi?!
7. Sizlar Rabbimiz Isoga tegishlisizlar. Ammo bu boylar Rabbimizning ezgu nomini haqorat qilyaptilar!
8. Agar sizlar Muqaddas Bitiklardagi: “O‘zgani o‘zingizni sevganday seving” degan Xudoning Shohligiga oid qonunga amal qilayotgan bo‘lsangiz, to‘g‘ri qilayotgan bo‘lasizlar.
9. Biroq yuz–xotirchilik qilayotgan bo‘lsangiz, gunoh qilyapsiz va qonunbuzar sifatida hukm qilinasiz.
10. Kimki qonunning hammasiga rioya qilsa–yu, faqat bir narsada gunoh qilsa, u butun qonunni buzgan hisoblanadi.
11. Chunki “Zino qilmang” degan Xudo “Qotillik qilmang” deb ham aytgan. Agar siz zino qilmasangiz–u, ammo odam o‘ldirsangiz, qonunni buzgan bo‘lasiz.
12. Shuning uchun har bir gapingiz va ishingiz ozodlik beruvchi Xudoning qonuniga muvofiq bo‘lsin. Zero, Xudo har bir odamni o‘sha qonun bo‘yicha hukm qiladi.
13. U shafqatsiz odamga rahm qilmaydi. Rahmdil inson esa hukm paytida Xudodan shafqat topadi.
14. Ey birodarlarim, agar biror kishi imonim bor, desa–yu, xayrli ishlar qilmasa, nima foydasi bor?! Bunday imon uni qutqararmidi?!
15. Faraz qiling, imonli birodaringiz och–yalang‘och bo‘lsa–yu,
16. siz unga: “Yaxshi bor! Isinib, qorningni to‘ydirib yur”, — desangiz–u, ehtiyojini qondirmasangiz, bundan nima foyda?!
17. Shunga o‘xshab quruq imonning o‘zi amalsiz o‘likdir.
18. Kimdir: — Ba’zilarning xayrli ishlari, boshqalarning esa imoni bor–ku, — deb noroziligini bildirishi mumkin. Unday odamga men shunday javob bergan bo‘lardim: — Kel, senga imonimni xayrli ishlarim orqali ko‘rsatay. Sen esa imoningning samimiyligini qaysi dalil bilan isbotlay olasan? Axir, sen xayrli ishlar qilmaysan–ku!
19. U odam: — Men Xudoning yagonaligiga ishonaman! — deb aytishi aniq. Men esa unga: — Ishonib, yaxshi qilasan! — deyman. — Ammo sening bu ishonching jinlarning ishonchidan aslo farq qilmaydi. Zero, jinlar ham Xudoning yagonaligiga ishonib, dahshatdan titraydi.
20. Ey ahmoq, amalsiz imoning foydasiz ekanligini nahotki tushunmasang?!
21. Otamiz Ibrohim o‘z o‘g‘li Is’hoqni qurbon qilmoqchi bo‘lgani uchun Xudo uni solih deb bildi!
22. Ana, ko‘rdingmi?! Ibrohimning bu ishiga imon asos bo‘ldi. Uning qilgan ishi imonining chinligini ko‘rsatdi.
23. Shu tariqa Tavrotdagi: “Ibrohim Xudoga ishondi, Xudo uni ishonchi uchun, solih, deb bildi”, — deya yozilgan so‘z amalga oshdi. Ibrohim Xudoning do‘sti deb ataldi.
24. Ey birodarlarim, ko‘rdingizmi, inson quruq imoni uchun emas, balki qilgan ishlari uchun solih deb tan olinadi.
25. Fohisha Rahoba ham buning yana bir misolidir. Nima uchun Xudo uni solih deb tan oldi? Rahoba Isroil xalqining ayg‘oqchilarini uyiga kirgizib, bexatar yo‘l bilan qochib ketishlariga yordam bergani uchun Xudo uni solih deb bildi.
26. Xullas, amalsiz imon jonsiz tanaday o‘likdir.
1. Ey birodarlarim, hammangiz ham ustoz bo‘lavermanglar! Biz, ustozlar, jiddiyroq hukmga duchor bo‘lishimiz o‘zingizga ma’lum.
2. Odamlarning hammasi ko‘p xato qiladi. So‘zlayotganda xato qilmagan inson yetukdir. U butun vujudini jilovlay oldi.
3. Biz otlarni bo‘ysundirish uchun og‘izlariga suvluq solamiz. Shu orqali ularning butun tanasini boshqaramiz.
4. Mana, kemalar ham, qancha ulkan bo‘lmasin va kuchli shamollar yordamida yurmasin, kichkina bir rul bilan boshqariladi. Kemachi rul yordamida kemani istagan joyga yo‘naltiradi.
5. Til ham xuddi shundaydir, til badanning kichkina bir uzvidir, ammo katta muammolarni keltirib chiqaradi. Qara, kichkina bir olov bepoyon o‘rmonni yondirib yuboradi!
6. Til ham olovga o‘xshaydi. Til — uzvlarimiz orasida bir buzg‘unchi dunyo! U butun vujudimizni bulg‘aydi. U jahannamdan alangalanib, butun hayotimizni yondiradi.
7. Turli xil yovvoyi hayvonlar bilan qushlar, sudraluvchi va dengiz hayvonlari inson zoti tomonidan boshqarilgan va boshqarilmoqda.
8. Ammo tilni hech bir inson boshqara olmaydi. Tinib–tinchimas bu yovuz tilning zahri qotildir.
9. Biz tilimiz bilan samoviy Otamiz bo‘lgan Egamizni olqishlaymiz va tilimiz bilan Xudoning suratida yaratilgan insonlarni la’natlaymiz.
10. Olqish va la’nat bir og‘izdan chiqadi. Ey birodarlarim, bunday bo‘lmasligi kerak!
11. Axir, bitta buloqdan ham shirin, ham achchiq suv oqib chiqmaydi–ku!
12. Ey birodarlarim, anjir daraxti zaytun mevasini beradimi?! Yoki tok novdasi anjir tugadimi?! Yo‘q! Sho‘r buloqdan ham shirin suv oqib chiqmaydi!
13. Dono va farosatlimisiz? Buni ibratli hayotingiz orqali namoyon qiling. Har bir ishni kamtarlik va donolik bilan bajaring.
14. Bordi–yu, yuragingizda achchiq hasad va xudbinlik bo‘lsa, donoman, deb maqtanmang. O‘zingizni shunday tutayotgan bo‘lsangiz, haqiqatni rad etgan bo‘lasiz.
15. Dunyoga va moddiyatga xos bo‘lgan bunday “donolik” Xudodan emas, shaytondandir.
16. Chunki hasadgo‘ylik va xudbinlik bor joyda janjal va yovuzlik hukm suradi.
17. Xudodan kelgan donolik esa, avvalo pokdir. Shuningdek, bu asl donolik tinchliksevar, muloyim, haqiqatga bo‘ysunadigan, mehr–shafqatli, xayrli ishlarga boy, tarafkashlik qilmaydigan, o‘ta samimiydir.
18. Tinchlik o‘rnatuvchilar tinchlikni ekib, solihlikni o‘rib oladilar.
1. Orangizdagi urush va janjallar qayerdan kelib chiqadi? Ichingizda jang qilayotgan nafsu ehtiroslaringizdan emasmi?!
2. Sizlar o‘zingizda yo‘q narsani xohlaysizlar, o‘shanga erishish uchun odam o‘ldirishdan ham toymaysizlar. Hasad qilyapsizlar, ammo maqsadingizga erisha olmagach, janjallashib urushyapsizlar. Sizlarda xohlagan narsangiz yo‘q, chunki uni Xudodan so‘ramaysizlar.
3. So‘ragan taqdirda ham, olmayapsizlar, chunki yomon niyat bilan, nafsingizni qondirish uchun so‘rayapsizlar.
4. Ey sadoqatsiz bandalar! Dunyo bilan do‘stlik Xudoga dushmanlik ekanligini nahotki bilmasangizlar?! Kim dunyo bilan do‘st bo‘lishni istasa, Xudoga dushman bo‘ladi.
5. Muqaddas Bitiklarda: “Xudo ichimizga solgan ruhni g‘oyatda qizg‘anadi, U bizdan sadoqatni talab qiladi”, deb ta’lim beriladi–ku! Nima, sizlar bularni bekor deb o‘ylaysizlarmi?!
6. To‘g‘ri, Xudo bizdan sadoqatni talab qiladi, ammo shu bilan birga U bizga nisbatan nihoyatda inoyatlidir. Zero, Muqaddas Bitiklarda yozilgan: “Xudo mag‘rurlarga qarshi chiqadi, Kamtarga esa inoyat qiladi.”
7. Shunday ekan, Xudoga bo‘ysuninglar! Iblisga qarshilik ko‘rsatinglar, shunda u sizlardan qochadi.
8. Xudoga yaqinlashinglar, shunda U sizlarga yaqinlashadi. Ey gunohkorlar, qo‘llaringizni gunohdan tozalanglar! Bir vaqtning o‘zida ham Xudoga, ham dunyoga ko‘ngil bog‘laganlar, qalbingizni poklanglar!
9. Qilgan gunohingiz uchun qayg‘uringlar, motam tutinglar, yig‘langlar! Kulgingiz motamga, shodligingiz g‘am–g‘ussaga aylansin.
10. Egamiz oldida o‘zingizni past tutinglar, shunda U sizlarni yuksaltiradi.
11. Ey birodarlarim, bir–biringizni yomonlamanglar. Agar birodaringizni yomonlab, hukm qilsangiz, demak, mehr–oqibatni o‘rgatadigan Xudoning qonunini yomonlab, hukm qilgan bo‘lasizlar. Xudoning qonunini hukm qilgan odam esa, qonun bajarishdan bosh tortib, o‘zini qonundan ustun qo‘ygan qoziday bo‘ladi.
12. Ammo faqatgina Xudo qonun chiqarib, hukm qila oladi. Faqat U qutqarish va nobud qilish qudratiga ega. Sen esa kim bo‘libsanki, birodaringni hukm qilasan?!
13. Hoy, qilmoqchi bo‘lgan ishlari bilan maqtanadiganlar, menga quloq solinglar! Sizlar: “Bugun yoki ertaga falon shaharga borib, u yerda bir yil yashaymiz. Savdo–sotiq qilib, pul ishlab kelamiz”, — deysizlar.
14. Ertaga nima bo‘lishini sizlar qayerdan bilasizlar?! Umringiz bir lahza ko‘zga ko‘rinib, keyin g‘oyib bo‘ladigan tutunga o‘xshaydi–ku!
15. Buning o‘rniga sizlar: “Egamiz xohlasa, sog‘–salomat bo‘lsak, uni yoki buni qilamiz”, — deb aytishingiz kerak.
16. Sizlar esa aksini qilib, mag‘rurlanib, maqtanyapsizlar. Bu kabi maqtanish yomondir.
17. Demak, qilishingiz kerak bo‘lgan yaxshi ishni bila turib, qilmasangiz gunoh bo‘ladi.
1. Menga qaranglar, ey boylar, boshingizga tushadigan falokatlar uchun ho‘ngrab yig‘langlar!
2. Boyligingiz chirib ketgan, kiyimingizni kuya yegan
3. Oltinu kumushlaringizni zang bosgan. Bu zang sizga qarshi guvoh bo‘ladi, u tufayli tanangiz Xudoning qahri olovida yonadi. Oxir zamon kelib qoldi, sizlar esa boylik to‘plash bilan ovorasizlar.
4. Sizlar ekinlaringizni o‘rgan o‘roqchilarni aldab, ish haqini bermadingizlar. Ana, o‘sha pullar sizlardan norozi bo‘lib, nola qilmoqda! O‘roqchilarning dod–fig‘oni Sarvari Olamning qulog‘iga yetib bordi.
5. Bu dunyoda huzur–halovatda, maishatga berilib yashadingizlar. Bo‘rdoqilarday semirib ketdingiz! Mana, endi hukm kunida so‘yilishga tayyor bo‘lib qoldingiz!
6. Sizlar qarshilik ko‘rsata olmagan aybsiz odamlarni qoralab, qatl qildingizlar.
7. Ey birodarlarim, Rabbimiz Iso keladigan kunga qadar sabr–toqat qilinglar! Axir, dehqon ham dalasi mo‘l hosil yetishtirishini kutadi. U kuzgi va bahorgi yomg‘irni poylab, qancha sabr–toqat qiladi!
8. Sizlar ham sabr qilinglar. Dadil bo‘linglar, chunki Rabbimizning keladigan kuni yaqinlashib qoldi.
9. Birodarlarim, mahkum bo‘lmasligingiz uchun bir–biringizdan shikoyat qilmanglar. Mana, hukm qiluvchi Rabbimiz Iso ostonada turibdi!
10. Ey birodarlarim, payg‘ambarlardan o‘rnak olinglar! Ular Egamizning nomidan gapirib, azob– uqubatlarga dosh berganlar.
11. Darhaqiqat, sabr qilgan bunday odamlarni biz baxtli deb hisoblaymiz. Ayubning sabr–toqati haqida eshitgansizlar, oxirida Egamiz unga qanchalar baraka berganini bilasizlar. Ha, Egamiz rahmdil va mehr–shafqatlidir.
12. Ey birodarlarim, eng avvalo, qasamxo‘r bo‘lmanglar! Lafzi yo‘q inson kabi, bo‘lar– bo‘lmasga osmon haqi, yer haqi va boshqa narsa haqi, deb qasam ichavermanglar. Javobingiz “ha” yoki “yo‘q” bo‘lsin. Shunda Xudo sizlarni hukm qilmaydi.
13. Orangizda azob–uqubat chekayotgan bironta odam bormi? Agar bo‘lsa, ibodat qilsin. Xursand bo‘lgani bormi? Xudoga hamdu sanolar kuylasin.
14. Orangizda kasal bo‘lgan bormi? Jamoatoqsoqollarini chaqirtirsin. Ular ibodat qilib, Rabbimiz Iso nomi bilan bemorning boshiga zaytun moyini surtsinlar.
15. Imon bilan qilingan ibodat bemorni sog‘aytiradi, Rabbimizning O‘zi unga shifo beradi. Agar bemor gunoh qilgan bo‘lsa, Rabbimiz uni kechiradi.
16. Shuning uchun qilgan gunohlaringizni bir–biringiz oldida tan olinglar, bir–biringiz uchun ibodat qilinglar, shifo topasizlar. Solih odamning iltijosi kuchli ta’sirga egadir!
17. Ilyos ham bizga o‘xshagan oddiy bir inson edi. Yomg‘ir yog‘masin, deb u astoydil iltijo qildi va yer yuziga uch yilu olti oy yomg‘ir yog‘madi.
18. So‘ng u yomg‘ir yog‘sin, deb ibodat qildi, osmondan yomg‘ir yog‘ib, yer hosil berdi.
19. Ey birodarlarim, agar orangizdagi birorta kishi haq yo‘ldan ozgan bo‘lsa, uni to‘g‘ri yo‘lga soling.
20. Esingizda bo‘lsin, gunohkorni nohaq yo‘ldan qaytargan odam o‘sha gunohkorning najot topishiga va behisob gunohlarining yuvilishiga sababchi bo‘ladi.



YouTube kanaliga xush kelibsiz!




► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)


Muqaddas Kitob



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак