Muqaddas Kitob
Butrusning birinchi maktubi
1. Iso Masihninghavoriysi men — Butrusdan Xudoning tanlangan xalqiga salom! Ey Xudoning aziz xalqi, sizlar bu dunyoda musofir bo‘lib yashayapsizlar, Pontus, Galatiya, Kappadokiya, Asiya va Bitiniya viloyatlariga tarqalib ketgansizlar,
2. ammo Otamiz Xudo azalda qaror qilib, sizlarni tanladi. Sizlar Iso Masihga itoat etishingiz va Uning to‘kilgan qoni orqali poklanishingiz uchun Xudo qudratli Ruhi bilan sizlarni O‘ziga ajratib oldi. Xudoning cheksiz inoyati va tinchligi sizlarga yor bo‘lsin.
3. Rabbimiz Iso Masihning Otasi Xudoga hamdu sanolar bo‘lsin! U bizga behad rahm–shafqat ko‘rsatib, yangi hayot berdi. Iso Masih o‘likdan tirilib, barhayot bo‘lgani uchun endi bizning umidimiz bor.
4. Shu bois biz Xudo O‘z xalqiga atagan qut–barakaga ko‘z tikkanmiz. Ha, samoda saqlanayotgan bu abadiy, so‘lmas, beg‘ubor baraka sizlarni kutmoqda.
5. Oxirzamonda oshkora bo‘ladigan najotdan bahramand bo‘lishingiz uchun, Xudo O‘z qudrati bilan sizlarni omon saqlaydi. Imoningiz tufayli U sizlarni qo‘riqlaydi.
6. Shuning uchun xursand bo‘linglar! Hozir turli sinovlar tufayli qisqa vaqt qiynalayotgan bo‘lsangiz ham, quvoninglar.
7. Chunki sinovlar imoningizning samimiy ekanligini isbotlash uchun kerakdir. Hatto yo‘q bo‘lib ketadigan oltin ham olovda toblanib, sinaladi. Sizning imoningiz esa oltindan ming barobar qadrliroqdir. Sinovdan o‘tgan imoningiz Iso Masih oxiratda kelganda sizlarga maqtov va shon–sharaf keltiradi.
8. Sizlar Masihni ko‘rmagan bo‘lsangiz ham, Uni yaxshi ko‘rasizlar. Hozir ham Masihni ko‘rmay turib, Unga ishonyapsizlar, qalbingiz so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydigan ajoyib bir quvonchga to‘la.
9. Axir, imoningiz tufayli jonlaringiz najot topadi.
10. Payg‘ambarlar izlanib, bu najotni chuqur o‘rganganlar. Sizlarga beriladigan Xudoning inoyati haqida karomat qilganlar.
11. Ularning qalblarida Masihning Ruhi bor edi. Bu Ruh ularga Masihning chekadigan azob–uqubatlari va azoblar ketidan keladigan ulug‘vorligi haqida oldindan ma’lum qilgan edi. Bu voqealar qachon va qay tarzda yuz berishini payg‘ambarlar bilmoqchi bo‘lar edilar.
12. Aslida ularning bu izlanishlari o‘z manfaati uchun emas, balki sizlarning manfaatingiz uchun qilinganini Xudo ularga ayon etdi. Payg‘ambarlar e’lon qilgan najot haqidagi Xushxabar sizning davringizda amalga oshdi. Bu Xushxabarni sizlarga osmondan yuborilgan Muqaddas Ruhning qudratiga to‘lgan odamlar bayon etishdi. Hatto farishtalar ham bu najotning qay tarzda amalga oshishini intizorlik bilan kutayotgan edilar.
13. Shuning uchun es–hushingizni yig‘ib olinglar, hushyor bo‘linglar. Butun umidingizni Xudoning inoyatiga bog‘langlar. Axir, Iso Masih oxiratda kelganda Xudo sizlarga inoyat ko‘rsatib, najot beradi.
14. Xudoga itoatkor farzandlar bo‘linglar, oldingi g‘aflat paytida sizlarni qamragan ehtiroslarga qul bo‘lib qolmanglar.
15. Aksincha, butun yurish–turishingizda muqaddas bo‘linglar, zero, sizlarni da’vat etgan Xudo muqaddasdir.
16. Axir, Xudoning O‘zi: “Muqaddas bo‘linglar, chunki Men muqaddasman”, deb aytgan.
17. Sizlar Xudoga iltijo qilib, Uni Ota deb ataysizlar. Ammo esingizda tutinglar, Xudo yuz–xotirchilik qilmaydi, U har bir kishini qilgan ishiga yarasha taqdirlaydi yoki jazolaydi. Shunday ekan, bu dunyodagi musofirchilik davringizda Xudodan qo‘rqib yashanglar.
18. Zotan, sizlar ota–bobolaringizdan o‘rgangan bema’ni turmush tarzingizdan kumush yoki oltinga o‘xshash o‘tkinchi narsalar evaziga emas,
19. balki Masihning qimmatbaho qoni evaziga qutulgansizlar. Masih Xudoning benuqson qurbonlik Qo‘zisidir.
20. Xudo Masihni dunyo yaratilishidan oldin bu xizmat uchun tayinladi. Endi bu oxirgi kunlarda esa Uni sizlar uchun zohir qildi.
21. Sizlar Masih orqali Xudoga ishonasizlar. Xudo Masihni tiriltirib, ulug‘vorlikka erishtirgani uchun ham sizlar imoningizda sobit turibsiz, chin qalbdan Xudoga umid bog‘lagansiz.
22. Sizlar haqiqatga bo‘ysunib, gunohdan poklanganingiz uchun birodarlarga samimiy mehr qo‘ya olasizlar. Shunday ekan, bir–biringizni chin yurakdan, ixlos qo‘yb yaxshi ko‘ringlar.
23. Axir, sizlar yangidan tug‘ilgansizlar. Bu yangi hayotni sizga foniy bandalar emas, balki abadiy va hayotbaxsh Xudoning kalomi ato etgan.
24. Muqaddas Bitiklarda shunday yozilgan: “Inson zotining hammasi maysaday, Ularning shuhrati dala guli kabidir. O‘tlar quriydi, gullar so‘lib qoladi.
25. Egamizning kalomi esa abadiy turadi.” Ana shu kalom sizlarga e’lon qilingan Xushxabardir.

1. Endi har qanday yomon niyat, hiyla–nayrang, ikkiyuzlamachilik, rashk–hasad va g‘iybatni o‘zingizdan soqit qilinglar.
2. Yangi tug‘ilgan chaqaloq sof ona sutini tusaganday, sizlar ham Xudo kalomiga tashna bo‘linglar. Kalom bilan oziqlanib, ulg‘ayib, najotga erishinglar.
3. Axir, sizlar Rabbimiz Isoning muruvvatidan bahramand bo‘ldingizlar.
4. Insonlar rad etgan, lekin Xudo qimmatbaho deb tanlagan tirik Tosh — Rabbimiz Isoga yaqinlashinglar.
5. Shunda o‘zlaringiz ham tirik toshlarday bo‘lasizlar. Xudo sizlardan ruhiy ma’bad barpo etadi. Sizlar muqaddas ruhoniylar bo‘lib xizmat qilasizlar va Iso Masih orqali Xudoga maqbul ruhiy qurbonliklar keltirasizlar.
6. Zero, Muqaddas Bitiklarda Xudo shunday degan: “Mana, Men joylashtiryapman Quddusda, Tanlangan, qimmatbaho tamal Toshini. Unga ishonganlar aslo uyatga qolmas.”
7. Siz — Masihga ishonganlar uchun bu Tosh qimmatbahodir. Ammo ishonmaganlarga Muqaddas Bitiklardagi shu so‘zlar to‘g‘ri keladi: “Binokorlar rad etgan tosh Binoning tamal toshi bo‘ldi. Ba’zilar bu toshga qoqinadi,
8. Uning dastidan yiqiladi.” Imonsizlar Xushxabarga quloq solmaganlari uchun, qoqinadilar. Ular ana shu qismatga mahkum bo‘lganlar.
9. Ammo sizlar — Shohanshoh ruhoniylari, tanlangan bir nasl, muqaddas qavm, Xudoning aziz xalqisiz. Xudo sizlarni zulmatdan O‘zining ajoyib nuriga da’vat etgan, Uning buyuk ishlarini e’lon qilishingiz uchun sizlarni tanlagan.
10. Sizlar bir vaqtlar Xudoga begona edingizlar, endi esa Uning xalqisizlar. Bir vaqtlar Xudoning marhamatidan bebahra edingizlar, endi esa Undan marhamat topdingizlar.
11. Ey azizlarim, sizlardan o‘tinib so‘rayman, jonga qarshi kurashadigan nafs ehtiroslaridan saqlaninglar. Axir, sizlar bu dunyoda g‘aribu musofirsizlar.
12. Imonsizlar orasida Xudoga munosib hayot kechiringlar. Ular sizlarni yomonlikda ayblasalar–da, ezgu ishlaringizni ko‘rib, kim bilsin, balki tavba qilishar va qiyomat kuni Xudoni ulug‘lashar.
13. Insonlar tomonidan o‘rnatilgan har qanday hokimiyatga, Egamiz haqi–hurmati, bo‘ysuninglar. Oliy hokim bo‘lgan shohga ham,
14. u tayinlagan hokimlarga ham itoat qilinglar. Zero, hokimlar yomonlik qilganlarni jazolash uchun, yaxshilik qilganlarni esa taqdirlash uchun tayinlangan.
15. Siz haqiqatni bilmagan nodon odamlarning og‘izlarini qilgan yaxshiligingiz orqali yopinglar, chunki bu Xudoning xohishidir.
16. Ozod odamlardek yashanglar, ammo ozodlik niqobi ostida yomonlik qilmanglar. Xudoning qullariday hayot kechiringlar.
17. Hamma odamlarni hurmat qilinglar. Imonli birodarlaringizni yaxshi ko‘ringlar. Xudodan qo‘rqinglar, davlat rahbariga izzat– ehtirom ko‘rsatinglar.
18. Ey qullar, Xudodan qo‘rqqaningiz uchun xo‘jayinlarga itoat qilinglar. Nafaqat mehribon va muloyim xo‘jayinlarga, balki qattiqqo‘llariga ham bo‘ysuninglar.
19. Agar sizlar Xudoni mamnun qilmoqchi bo‘lib, to‘g‘ri ish qilsangiz–u, nohaq azoblarga chidasangiz, Xudoni rozi qilgan bo‘lasiz.
20. Bordi–yu qilgan gunohingiz uchun tayoq yeb chidasangiz, bu sizga sharaf keltirarmidi?! Ammo yaxshilik qilib turib, nohaq azoblarga chidasangiz, Xudoning maqtoviga sazovor bo‘lasiz.
21. Hatto azob chekkaningizda ham Xudo sizlarni yaxshilik qilishga da’vat etgan. Masih sizlar uchun azob chekib, namuna bo‘ldi. Unga taqlid qilinglar. Axir,
22. U hech qanday gunoh qilmagan, og‘zidan biron yolg‘on so‘z chiqmagan.
23. U haqorat qilinganda hech kimga haqorat bilan javob qaytarmadi, azob chekkanda hech kimga tahdid qilmadi. Faqat odilona hukm qiladigan Xudoga O‘zini topshirdi.
24. U gunohlarimizni O‘ziga oldi, a’zoi badani xochda azob chekdi. Shu tufayli biz gunoh uchun o‘lganmiz va solih hayot kechira olamiz. Uning yaralaridan biz shifo topdik.
25. Ilgari sizlar adashib yurgan cho‘ponsiz qo‘ylarga o‘xshar edingizlar, endi esa jonlaringizning Posboni bo‘lgan Cho‘ponga qaytib keldingizlar.

1. Egamiz haqi–hurmati, siz, xotinlar, o‘z erlaringizga bo‘ysuninglar. Erlaringiz Xushxabarni rad etishsa ham, ularga itoat etinglar. Sizning ibratli xulq–atvoringiz har qanday so‘zdan ko‘ra ta’sirliroq bo‘ladi.
2. Erlaringiz pokiza hayotingizni va Xudodan qo‘rqib yashayotganingizni ko‘rib, imonga kelishadi.
3. Sizning jozibangiz o‘rilgan sochlar, oltin taqinchoqlar, chiroyli kiyimlar kabi tashqi zeb–ziynatdan iborat bo‘lmasin.
4. Ammo qalbingizdagi yuvosh va sokin ruh sizlarning so‘lmaydigan ichki go‘zalligingiz bo‘lsin. Xudoning nazarida bunday go‘zallikning qadri yuksakdir.
5. O‘tmishda Xudoga umid bog‘lagan muqaddas xotinlar ham o‘zlari shu yo‘sinda bezanib, erlariga bo‘ysunar edilar.
6. Masalan, Sora ham Ibrohimga itoat etib, uni xo‘jayin deb atar edi. Agar sizlar yaxshilik qilib, har qanday qo‘rquvdan sarosimaga tushmasangiz, Soraning qizlari hisoblanasizlar.
7. Ey erlar, sizlar ham, Egamiz haqi–hurmati, xotinlaringizga e’tiborli bo‘linglar, ular zaif jinsdan ekanligini hisobga olinglar. Ular ham abadiy hayot inoyatidan bahramand bo‘lganlari uchun, ularni hurmat qilinglar. Aks holda ibodatlaringiz ijobat bo‘lmaydi.
8. Xullas, o‘zaro hamfikr, hamdard bo‘linglar, bir–biringizni birodarlarcha yaxshi ko‘ringlar, mehr–shafqatli va kamtar bo‘linglar.
9. Yomonlikka yomonlik, haqoratga haqorat bilan javob qaytarmanglar, aksincha, hammani duo qilinglar. Zero, Xudo sizlarni shunga da’vat etgan. Bularga rioya qilsangiz, baraka topasizlar.
10. Axir, Muqaddas Bitiklarda shunday yozilgan: “Kimki hayotdan zavqlanishni, Baxtli umr ko‘rishni istasa, U tilini yomon so‘zdan tiysin, Og‘zini yolg‘on gapdan asrasin.
11. Yomonlikdan qaytib, yaxshilik qilsin. Tinchlik istab, tinchlik payida bo‘lsin.
12. Chunki Egamiz solihlarni kuzatib turadi, Ularning iltijosini Egamiz eshitadi. Badkirdorlardan esa yuz o‘giradi.”
13. Agar yaxshilik qilishga bel bog‘lasangiz, kim ham sizlarga ozor bera olardi?!
14. Hatto to‘g‘ri ish uchun azob chekayotgan bo‘lsangiz ham, baxtiyorsizlar! Do‘q–po‘pisa qiluvchilardan qo‘rqmanglar, hayajonga tushmanglar.
15. Qo‘rquvga tobe bo‘lmay, butun qalbingiz bilan Rabbimiz Iso Masihning hokimiyatiga bo‘ysuninglar. Masihga bo‘lgan umidingiz haqida sizdan so‘ragan har bir kishiga javob berishga doimo tayyor turinglar.
16. Lekin buni muloyimlik va hurmat bilan bajo qilinglar. Vijdoningiz toza bo‘lsin, toki Masih yo‘lidagi ibratli hayotingizni yomonlaganlar o‘z gaplaridan uyalib qolsinlar.
17. Agar yaxshilik qilib azob chekishingizni Xudo lozim ko‘rsa, har holda yomonlik qilib azob chekishdan bu afzalroqdir.
18. Masih bizni gunohlarimizdan to abad forig‘ qilish uchun azob chekkanini yodingizda tutinglar. U solih bo‘la turib, biz, gunohkorlarni Xudoga yaqinlashtirish uchun jonini fido qildi. Uni jisman o‘ldirishdi, ammo U yangi, ulug‘vor hayot uchun tirildi.
19. So‘ng zindonga qamalgan yovuz ruhlar oldiga borib, ular ustidan g‘alaba qilganini e’lon etdi.
20. Qadim zamonda bu ruhlar Xudoga itoatsizlik qilib, insoniyatni yo‘ldan ozdirgandi. Ammo Xudo sabr qildi. Nuh payg‘ambar o‘z kemasini qurib bo‘lmaguncha Xudo insoniyatni hukm qilmay, kutib turdi. O‘sha kemaga faqat sakkiztagina odam kirib, to‘fon suvlaridan omon qolgandi.
21. Nuh va uning oilasi bilan ro‘y bergan bu hodisa biz uchun timsol hisoblanadi. Bu timsol bizning imonga kelishimizni va suvga cho‘mdirilishimizni bildiradi. Cho‘mdirilish marosimi badanni kirdan tozalash emas, balki Xudoga: “Senga sodiq qolaman”, deb chin yurakdan va’da berish demakdir. Darhaqiqat, sizlar suvga cho‘mdirilganingizda, Iso Masihning tirilishi tufayli najot topdingizlar.
22. Masih osmonga chiqib, Xudoning o‘ng tomonida o‘tiribdi. Koinotdagi har bir farishta, kuchlaru hukmronlar Masihga tobedir.

1. Masih bu dunyoda azob chekkani kabi, sizlar ham azob chekishga tayyor turinglar. Zotan, azob chekishga rozi bo‘lgan kishi gunohdan yuz o‘girgan bo‘ladi.
2. Bunday odam qolgan umrini nafsini qondirishga emas, Xudoning irodasini bajarishga bag‘ishlaydi.
3. Sizlar o‘tmishda xudosizlarday yashaganingiz yetar. O‘sha vaqtlarda axloqsizlik, shahvatparastlik, sarxushlik, aysh–ishrat, kayf– safo, butparastlik razolati bilan kun kechirardingizlar.
4. Endi esa atrofdagilar sizlarni ko‘rib, hayron bo‘lyaptilar. Ularning yaramas qilmishlariga qo‘shilmaganingiz uchun sizlarni haqorat etyaptilar.
5. Ammo ular o‘z qilmishlari uchun Xudoga javob beradilar. Xudo tirigu o‘liklarni hukm etishga tayyor turibdi.
6. Xushxabar nima sababdan e’lon qilinganini esingizda tutinglar. To‘g‘ri, Xushxabarni eshitgan ko‘p odamlar olamdan ko‘z yumdi, chunki o‘lim bu dunyoga gunoh natijasida kirib keldi. Ular ham, boshqa insonlar kabi, jisman o‘limga mubtalo bo‘lishdi. Biroq bir kun kelib, Xudo ularga ulug‘vor, yangi hayot ato qiladi.
7. Oxirzamon yaqinlashib qoldi. Aqlingizni bir joyga qo‘yib, doim hushyorlik bilan ibodat qilinglar.
8. Avvalambor, bir–biringizni chin yurakdan yaxshi ko‘ringlar. Chunki sevgi ko‘p gunohlarni yuvadi.
9. Nolimay, ochiq chehra bilan bir–biringizni mehmon qilinglar.
10. Xudo sizlarga bergan in’omlar bilan bir–biringizga xizmat qilinglar. Xudoning bu boy ehsonlaridan oqilona foydalaninglar.
11. Va’zxonmisiz? Shunday va’z qilingki, go‘yo siz orqali Xudoning O‘zi gapirganday bo‘lsin. Xizmatchimisiz? Xudoning bergan kuchiga muvofiq xizmat qiling. Toki Iso Masih orqali Xudo har bir ishingizda va har bir so‘zingizda ulug‘lansin. Qudratli Xudoga abadulabad shon–sharaflar bo‘lsin. Omin.
12. Ey azizlarim, xuddi g‘ayritabiiy hodisa yuz berganday, boshingizga tushgan og‘ir sinovlardan hayron bo‘lmanglar.
13. Aksincha, Masihning azoblariga sherik bo‘lganingizdan xursand bo‘linglar! Shunday qilsangiz, U oxiratda ulug‘vorlikka burkanib kelganda, qalbingiz yanada ko‘proq quvonchga to‘ladi.
14. Agar sizlarni Masihga tegishli bo‘lganingiz uchun haqorat qilishsa, baxtlisizlar! Axir, Xudoning Ruhi sizlarga madad beradi. U sizlarni Xudoning ulug‘vorligidan bahramand qiladi.
15. Orangizda hech kim qotil, o‘g‘ri, badkirdor yoki janjalkash odam sifatida azob chekmasin.
16. Ammo masihiy bo‘lganingiz uchun azob cheksangiz, bundan uyalmang, aksincha, sizlarni bunday nomga sazovor qilgan Xudoni ulug‘lang.
17. Xudo dunyoni hukm qiladigan vaqt keldi. U hukmini O‘z xonadonidan boshlaydi. Agar biz birinchi navbatda hukm qilinadigan bo‘lsak, unda Xushxabarga itoat qilmaganlarning oxirati nima bo‘ladi?
18. Agar solih odam zo‘rg‘a qutulsa, betavfiqu gunohkorning holi ne kechadi?
19. Shunday ekan, Xudoning irodasiga ko‘ra azob chekayotgan bo‘lsangiz yaxshilik qilishda davom etinglar, o‘zingizni sodiq Yaratuvchiga topshiringlar.

1. Ey jamoatoqsoqollari, endi sizlarga bir nasihatim bor. Men ham sizlarga o‘xshagan oqsoqolman. Masih chekkan azoblari haqida shahodat beruvchi va zohir bo‘ladigan ulug‘vorligining ishtirokchisi sifatida sizlardan o‘tinaman:
2. Xudoning nazoratingizdagi suruvini yaxshi boqinglar. Bu xizmatni majbur bo‘lganingiz uchun emas, balki chin ko‘ngildan, Xudoga manzur tarzda bajaringlar. Shunchaki pulparastlik maqsadida emas, samimiyat bilan ijro etinglar.
3. Qo‘lingiz ostidagi suruvga o‘z hukmingizni o‘tkazmay, ularga o‘rnak bo‘linglar.
4. Ana shunda, Bosh Cho‘ponimiz — Masih zohir bo‘lganda, sizlarga so‘lmas, ulug‘vorlik toji beriladi.
5. Ey yoshlar, oqsoqollarga itoat etinglar. Hammangiz yoshmisiz, qarimisiz, o‘zingizni kamtar tutib, bir–biringizga xizmat qilinglar. Zero, Xudo mag‘rurlarga qarshi chiqadi, kamtarlarga esa inoyat qiladi.
6. Shunday ekan, Xudoning qudratli qo‘li ostida o‘zingizni kamtar tutinglar. U O‘z vaqtida sizlarni yuksaltiradi.
7. Barcha tashvishingizni Xudoga topshiringlar, chunki U hamisha sizlarga g‘amxo‘rlik qiladi.
8. Hushyor va bedor bo‘linglar! Dushmaningiz bo‘lgan iblis sherday bo‘kirib, birovni yutib yuborish uchun izg‘ib yuribdi.
9. Iblisga mustahkam imon bilan qarshi turinglar. Shuni bilinglarki, butun dunyodagi imonli birodarlaringiz sizlar kabi azoblarga duchor bo‘lmoqdalar.
10. Garchi sizlar bu qisqa hayotda azob chekib yashasangizlar ham, Xudoning O‘zi sizlarga madad berib, barchangizni barkamol, sabotli, kuch–qudratli va mustahkam qiladi. Axir, inoyatga boy Xudo Iso Masih orqali sizlarni O‘zining abadiy ulug‘vorligiga sherik qilish uchun da’vat etgan.
11. Qudratli Xudoga abadulabad hamdlar bo‘lsin. Omin.
12. Men bu qisqa maktubimni Silasning yordami bilan yozdim. Uni ishonchli birodar deb bilaman. Maktubimda sizlarga nasihat qilib, Xudoning haqiqiy inoyati haqida yozdim. Imonda sobit qolishingiz uchun Uning bu inoyatiga tayaninglar.
13. Sizlar kabi tanlangan Bobildagi imonlilar jamoati va menga o‘g‘ilday bo‘lib qolgan Mark sizlarga salom yo‘llamoqdalar.
14. Bir–biringizga mehr–muhabbat ko‘rsatib, o‘pishib ko‘rishinglar. Masihga tegishli bo‘lgan hammalaringiz tinch–omon bo‘linglar.

YouTube kanaliga xush kelibsiz!
► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)
Muqaddas Kitob
- Ibtido
- Chiqish
- Levilar
- Sahroda
- Qonunlar
- Yoshua
- Hakamlar
- Rut
- Shohlar (birinchi kitob)
- Shohlar (ikkinchi kitob)
- Shohlar (uchinchi kitob)
- Shohlar (to‘rtinchi kitob)
- Solnomalar (birinchi kitob)
- Solnomalar (ikkinchi kitob)
- Ezra
- Naximiyo
- Ester
- Ayub
- Zabur
- Sulaymonning hikmatlari
- Voiz
- Ishayo
- Sulaymonning go‘zal qo‘shig‘i
- Yeremiyo
- Yeremiyoning marsiyasi
- Hizqiyo
- Doniyor
- Xo‘sheya
- Yo‘el
- Amos
- Obodiyo
- Yunus
- Mixo
- Noxum
- Xabaqquq
- Zafaniyo
- Xaggey
- Zakariyo
- Malaki
- Matto Muqaddas xushxabar
- Luqo Muqaddas xushxabar
- Yuhanno Muqaddas xushxabar
- Mark Muqaddas xushxabar
- Havoriylarning faoliyati
- Yoqubning maktubi
- Butrusning birinchi maktubi
- Butrusning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning birinchi maktubi
- Yuhannoning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning uchinchi maktubi
- Yahudoning maktubi
- Rimliklarga maktub
- Korinfliklarga birinchi maktub
- Korinfliklarga ikkinchi maktub
- Galatiyaliklarga maktub
- Efesliklarga maktub
- Filippiliklarga maktub
- Kolosaliklarga maktub
- Salonikaliklarga birinchi maktub
- Salonikaliklarga ikkinchi maktub
- Timo‘tiyga birinchi maktub
- Timo‘tiyga ikkinchi maktub
- Titusga maktub
- Filimo‘nga maktub
- Ibroniylarga maktub
- Yuhannoga ko‘rsatilgan vahiy
AJOYIB KITOBNI O'QING

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)
MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Tavrot | Zabur | Injil (+audio)

Яхши аудио Китоблар

Kinolar va Multiklar

Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Аудио Кутубхона

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz