Muqaddas Kitob

Butrusning ikkinchi maktubi

1. Iso Masihning quli va havoriysi men, Shimo‘n Butrusdan, biz kabi qadrli bir imonga ega bo‘lgan birodarlarga salom! Xudoyimiz va Najotkorimiz Iso Masih odil bo‘lgani uchun hammamizga birday baraka bergan.
2. Sizlar Xudoni va Rabbimiz Isoni tanib–bilar ekansiz, Xudoning cheksiz inoyati va tinchligi doim sizlarga yor bo‘lsin.
3. Rabbimiz Iso O‘z ulug‘vorligi va ezguligi ila bizni da’vat etib, O‘zini bizga tanitdi. Endi biz Xudoga munosib hayot kechira olamiz, chunki Rabbimiz ilohiy qudrati bilan bizga zarur bo‘lgan barcha fazilatlarni ato etdi.
4. Masihning sharofati bilan biz Xudo va’da qilgan barakalarni oldik. Endi sizlar buzg‘unchi ehtiroslar dastidan avj olgan bu dunyoning axloqsizligidan qochib, Xudoning ilohiy tabiatidan bahramand bo‘la olasizlar.
5. Bularni yodingizda tutib, Xudoga munosib hayot kechirish uchun jon kuydiringlar. Imoningizni fazl–kamolot, ilmu ma’rifat,
6. vazminlik, sabr–toqat, diyonat,
7. birodarlaringizga bo‘lgan mehr–oqibat va tugal muhabbat bilan boyitinglar.
8. Agar bu xislatlarga ega bo‘lib, ularni kamol toptirayotgan bo‘lsangiz, demak, Rabbimiz Iso Masihni haqiqatdan tanib bilgan bo‘lasiz. Kunlaringiz behuda o‘tmagan bo‘ladi, Masihni bilganingiz hayotingizda o‘z samarasini beradi.
9. Bu xislatlarga ega bo‘lmaganlar esa kaltabin va ko‘rdirlar, ular avvalgi gunohlaridan poklanganini unutganlar.
10. Shunday ekan, ey birodarlarim, Masih sizlarni tanlaganini va da’vat etganini tasdiqlashga astoydil harakat qilinglar. Aytilgan xislatlarga ega bo‘lsangiz, imondan qaytib ketmaysizlar.
11. Shunda Rabbimiz va Najotkorimiz Iso Masihning O‘zi abadiy Shohligi eshiklarini sizlarga keng ochib beradi.
12. Sizlar aytganlarimning hammasini bilasizlar, o‘zlaringiz Masih haqida o‘rgangan haqiqatda sobit turibsizlar. Shunga qaramay, bularni sizlarga doimo eslatib turishni xohlayman.
13. Tirik ekanman, bularni yodingizga solishni kanda qilmayman. Bu men uchun farz,
14. chunki hademay bu olamdan ko‘z yumishimni bilaman. Rabbimiz Iso Masihning O‘zi buni menga ma’lum qilgan.
15. Bu dunyodan o‘tib ketganimdan keyin ham sizlar aytganlarimni esda saqlanglar, deb men bu mavzuni qo‘limdan kelgancha batafsil yoritib berishga harakat qildim.
16. Rabbimiz Iso Masihning kuch–qudrat bilan kelishi afsona emas. Biz sizlarga o‘rgatgan bu ta’limotni o‘zimiz to‘qib chiqarmadik. Axir, Masihning ulug‘vorligini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rgan edik.
17. Otamiz Xudo muqaddas tog‘da Masihni shon–sharaf ila yuksaltirganda biz o‘sha yerda edik.
18. Dabdabali va ulug‘vor Xudoning samodan: “Bu Mening sevikli O‘g‘limdir, Undan mamnunman”, — degan ovozini eshitdik.
19. Bundan tashqari, biz payg‘ambarlarning bashoratlariga to‘liq ishonamiz. Sizlar ham ularning so‘zlariga diqqat etsangizlar, yaxshi qilgan bo‘lasizlar. Zero, bu so‘zlar Masih keladigan kungacha sizlar uchun go‘yo zulmatda nur sochib turgan chiroqday bo‘ladi. So‘ng Masihning O‘zi keladi. Uning kelishi tong yulduzi kabi bo‘lib, yangi zamonning boshlanishidan darak beradi, Masihning nuri qalblaringizni yoritadi.
20. Eng avvalo shuni bilinglarki, Muqaddas Bitiklardagi bashoratlarning hech biri payg‘ambarlarning shaxsiy talqini emas.
21. Hech bir haqiqiy payg‘ambar o‘zining insoniy xohishi bilan bashorat qilgan emas. Bu payg‘ambarlar Muqaddas Ruh tomonidan boshqarilib, Xudoning so‘zlarini gapirganlar.
1. Isroil xalqi orasida soxta payg‘ambarlar bo‘lgani kabi, sizlarning orangizda ham soxta ustozlar bo‘ladi. Ular nayrang ishlatib, orangizda halokatli bid’atlar tarqatadilar. Hatto jonlarini sotib olgan Xo‘jayinini ham rad etib, bu bilan o‘zlarini kulfatga muqarrar yo‘liqtiradilar.
2. Ko‘p odamlar ularga taqlid qilib, axloqsiz hayot kechiradilar. Ularning dastidan imonsizlar haqiqat yo‘lini yomonlaydilar.
3. Bu tamagir ustozlar to‘qib chiqargan gaplari bilan sizlarni yo‘ldan ozdiradilar, so‘ng pulingizni shilib oladilar. Ammo Xudo bunday odamlarni ancha oldin o‘limga mahkum qilib qo‘ygan. U mudramaydi, ularning halokatini kechiktirmaydi.
4. Xudo hatto gunoh qilgan farishtalarni ham ayamagan. Qiyomat kunigacha ularni tubsiz chuqurlikdagi zulmatga zanjirband qilib qo‘ygan.
5. Xudo qadimgi dunyoni ham ayamay, betavfiqlar ustiga to‘fon keltirdi. U faqat solihlik jarchisi bo‘lgan Nuhni va boshqa yetti kishini omon saqladi.
6. Xudo Sado‘m va G‘amo‘ra shaharlarini halokatga mahkum etdi. Xudosizlarga saboq bo‘lsin deb, bu shaharlarni kuydirib kul qildi.
7. Bebosh odamlarning o‘taketgan axloqsizliklaridan azob chekkan solih Lutni esa qutqardi.
8. O‘sha xalq orasida yashagan bu solih odam har kuni ularning qabih ishlarini ko‘rib, eshitgani uchun ichidan ezilib qiynalar edi.
9. Bu misollar quyidagilarni anglatadi: Egamiz taqvodorlarni kulfatlardan qutqara oladi, betavfiqlarni esa qiyomat kunidagi azoblarga hozirlaydi.
10. Ayniqsa, shahvoniy hirsga berilib, o‘z tanasini bulg‘atuvchi, ilohiy hokimiyatni esa rad qiluvchi odamlarni U jazolaydi. Darvoqe, orangizdagi soxta ustozlar ham ilohiy hokimiyatni rad qilyaptilar, ular surbet va takabburdirlar. Ular samoviy mavjudotlardan qo‘rqmaydilar, ularni nazarga ham ilmaydilar.
11. Farishtalar o‘sha yovuz mavjudotlardan kuchliroq va qudratliroq bo‘lishlariga qaramay, Egamizning huzurida mavjudotlarni haqoratlamaydilar, hukm ham qilmaydilar.
12. Ammo bu soxta ustozlar yovvoyi hayvonlarga o‘xshaydilar, ular faqat tug‘ma his–tuyg‘ulariga berilib yashaydilar. O‘zlari anglab yetmaydigan yovuz mavjudotlarni mensimay yuribdilar. Biroq ular o‘sha mavjudotlar bilan birga halok bo‘ladilar, hayvonlar singari ovlanib, yo‘q qilinadilar.
13. Soxta ustozlarning qilgan nohaqliklari o‘zlarining boshiga yetadi. Axir, ular kuppa– kunduzi aysh–ishrat qilishni xush ko‘radilar, jamoatingiz sha’niga dog‘ tushiradilar. Sizlar taom yeyish uchun birga yig‘ilganingizda, Rabbimiz Isoni xotirlash uchun non sindirganingizda, ular orangizda o‘tirib, kayfu safo qiladilar. Buzuqligi bilan boshqalarni yo‘ldan uradilar.
14. Ko‘zlari doimo shahvat bilan yonadi, gunoh qilib to‘ymaydilar. Ular imonda sust kishilarni ovlab, yo‘ldan ozdiradilar. Bu soxta ustozlar istagan narsasini undirib olishga ustasi farangdirlar. Eh, la’natga uchragurlar!
15. Ular to‘g‘ri yo‘lni tark etdilar, Bavo‘r o‘g‘li Balom yo‘lidan borib, gumroh bo‘ldilar. Balom harom yo‘l bilan pul topishni xush ko‘rgandi.
16. Lekin bu gunohi uchun ta’zirini yedi. Tilsiz eshak tilga kirib, inson ovozi bilan payg‘ambarning ahmoqligiga chek qo‘ydi.
17. Bu soxta ustozlar bamisoli suvsiz quduqdirlar, shamolda tez g‘oyib bo‘ladigan tuman kabidirlar. Ular uchun tim qorong‘i zulmat tayyorlab qo‘yilgan.
18. Chunki ular noto‘g‘ri yo‘ldan zo‘rg‘a qochib qutulgan imonlilarni yana axloqsizlik domiga tortadilar. Dabdabali, ammo tentaksimon gaplari bilan ularni avrab, nafslarini qo‘zg‘atadilar.
19. Ularga: “Erkin bo‘lasizlar”, deya va’da beradilar, holbuki, o‘zlari gunoh qulidirlar. Axir, odam nimadan yengilsa, o‘shaning quli bo‘lur, deb bejiz aytilmagan.
20. Rabbimizu Najotkorimiz bo‘lgan Iso Masihni tanib, dunyoning qabohatlaridan qochib qutulgan odamlar yana eski qiliqlariga qaytib, qabihlikka mag‘lub bo‘lishsa, ularning so‘nggi ahvoli oldingidan ham battar bo‘ladi.
21. Solihlik yo‘lini bilgandan keyin, ularga topshirilgan muqaddas amrlardan yuz o‘girgandan ko‘ra, bu yo‘lni hech bilmagani o‘zlari uchun yaxshiroq bo‘lar edi.
22. Bunday odamlarga mana shu maqol aynan to‘g‘ri keladi: “It o‘z qusug‘iga qaytar, Yuvilgan cho‘chqa esa balchiqqa.”
1. Ey azizlarim, bu mening sizlarga yozayotgan ikkinchi maktubimdir. Ikkala maktubimda ham sizlarda pok fikr uyg‘otishga harakat qilib, o‘rganganlaringizni yodingizga solmoqchi bo‘ldim.
2. Xususan, Muqaddas payg‘ambarlarning o‘tmishda aytgan so‘zlarini, shuningdek, Rabbimiz va Najotkorimiz Isoning amrlarini eslashingizni istadim. Rabbimiz Iso bu amrlarni oldingizga borgan havoriylar orqali bergan.
3. Avvalo shuni bilinglar: oxirgi kunlarda shunday mazaxchilar bo‘ladiki, ular chirkin ehtiroslariga berilib yashaydilar. Sizlarni mazax qilib,
4. shunday deydilar: “Rabbimiz Iso kelaman deb, so‘z bergan edi. Qani U?! Mana, ota–bobolarimiz dunyodan o‘tib ketganlaridan beri, hech narsa o‘zgarmadi. Dunyo bino bo‘lganidan beri, hamma narsa shundayligicha turibdi.”
5. Ular haqiqatni rad etganlari uchun shunday gapiradilar, azalda Xudo yeru osmonni O‘z kalomi orqali yaratganini ular inobatga olmaydilar. O‘shanda Xudo yeru osmonni suvlar orasidan paydo qilgandi.
6. So‘ng esa O‘z kalomi orqali qadimgi dunyoni o‘sha suvlar girdobiga cho‘ktirgandi.
7. Hozirgi yeru osmonni esa Xudo O‘z kalomi bilan qiyomat kunigacha asrab turibdi. Qiyomat kuni U hozirgi dunyoni olovga yem qilib, barcha betavfiqlarni halok etadi.
8. Ey azizlarim, Rabbimiz Isoning nazarida bir kun ming yil va ming yil bir kun kabidir, buni doim inobatga olinglar.
9. Ba’zilar Rabbimiz kelmayapti, bergan va’dasini bajarishga U kechikyapti, deb o‘ylamoqda. Aslida unday emas, U sabr–toqat qilyapti, chunki hech kimning halok bo‘lishini istamay, hammaning tavba qilishini xohlayapti.
10. Aslida, Rabbimiz Iso, o‘g‘ri kelganday, nogahon kelib qoladi. O‘sha kuni osmon guvullab yonib, g‘oyib bo‘ladi, samoviy jismlar olov taftidan kuyib ketadi, shunda yer va unda qilingan har bir ish ochiqdan–ochiq oshkor bo‘lib, hukm etiladi.
11. Qiyomat kuni butun borliq yonib, yo‘q bo‘lib ketar ekan, sizlar Xudoni mamnun qilishga jon kuydiringlar! Muqaddas hayot kechirishga jon– jahdingiz bilan harakat qilinglar.
12. Xudoning kunini intizorlik bilan kutinglar, uning kelishini tezlashtiringlar! O‘sha kuni osmon yonib, yo‘q bo‘ladi, samoviy jismlar olov taftidan erib ketadi.
13. Shundan so‘ng Xudoning va’dasi amalga oshib, hamma narsa yangilanadi. Ha, biz yangi yeru osmonga, adolat hukm suradigan dunyoga ko‘z tikkanmiz.
14. Ey azizlarim, sizlar yangi dunyoni kutar ekansiz, Xudo nazarida benuqson va beg‘ubor bo‘lishga, U bilan totuv yashashga jon kuydiringlar.
15. Rabbimiz Isoning sabr–toqatini najot uchun imkoniyat deb bilinglar. Aziz birodarimiz Pavlus ham Xudoning bergan donoligi bilan sizlarga muqaddas hayot va Rabbimizning kelishi haqida yozgan.
16. Pavlus barcha maktublarida bular haqida fikr yuritgan. Uning maktublaridagi tushunish qiyin bo‘lgan ba’zi parchalarni uquvsiz va imoni sust kishilar buzib talqin qiladilar. Muqaddas Bitiklarning boshqa joylarini ham buzib o‘rgatadigan bu kishilar o‘z boshiga yetadilar.
17. Ey azizlarim, sizlar bularning hammasini oldindan bilasizlar. Ehtiyot bo‘linglar, bu bebosh odamlarning soxta ta’limotiga ishonib yo‘ldan ozmanglar, qaroringizda sobit bo‘linglar.
18. O‘z hayotingiz bilan Xudoni mamnun etinglar, Rabbimiz va Najotkorimiz Iso Masihni yanada yaqinroq tanib–bilinglar. Hozirdan to abad Unga shon–sharaflar bo‘lsin! Omin.



YouTube kanaliga xush kelibsiz!




► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)


Muqaddas Kitob



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак