Muqaddas Kitob
Yuhannoning birinchi maktubi
1. Boshidan ayon bo‘lgan Hayot kalomi haqida biz sizlarga xabar bermoqchimiz. Ko‘rib eshitganlarimizni, ha, o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib, o‘z qo‘llarimiz bilan paypaslab ko‘rganlarimizni sizlarga ma’lum qilmoqchimiz.
2. Otamiz Xudoning huzurida bo‘lgan Hayot bizga oshkor bo‘ldi! Biz bu abadiy Hayotni ko‘rib, endi U haqda sizlarga shohidlik qilyapmiz.
3. Ko‘rgan–eshitganlarimizni ma’lum qilish orqali sizlar bilan birodar bo‘lib yashamoqchimiz. Zero, o‘zimiz ham Otamiz Xudo va Uning O‘g‘li Iso Masih bilan yashayapmiz.
4. Bularni sizlarga qalbimiz shodlikka to‘lishi uchun yozyapmiz.
5. Biz Iso Masihdan eshitib, sizlarga yetkazayotgan Xushxabarimiz shundan iborat: Xudo — nur, Unda hech qanday zulmat yo‘q.
6. Agar biz Xudo bilan yashayapmiz deb turib, oldingiday zulmatda yashasak, yolg‘on gapirib, haqiqatga xilof ish qilgan bo‘lamiz.
7. Bordi–yu, Xudo singari nurda yashasak, biz birodarlarimiz bilan uyg‘unlikda yashaymiz va Xudo O‘z O‘g‘li Isoning qoni orqali bizni har qanday gunohdan poklaydi.
8. Agar gunohimiz yo‘q desak, o‘zimizni o‘zimiz aldagan bo‘lamiz va bizda haqiqat bo‘lmaydi.
9. Bordi–yu, gunohlarimizni e’tirof etsak, sodiq va adolatli bo‘lgan Xudo gunohlarimizni kechirib, bizni har qanday yomonlikdan forig‘ qiladi.
10. Agar gunoh qilganimiz yo‘q desak, Xudoni yolg‘onchiga chiqargan bo‘lamiz. Demak, Uning kalomi qalbimizdan joy olmagan bo‘ladi.

1. Aziz bolalarim, men sizlarga gunoh qilmanglar deb, shularni yozyapman. Bordi–yu, birortamiz gunoh qilib qo‘ysak, Otamiz Xudoning oldida homiyimiz — Iso Masih bor, U odildir.
2. U bizni gunohlarimizdan poklash uchun qurbon bo‘ldi. Nafaqat bizning, balki butun dunyoning gunohlari uchun qurbon bo‘ldi.
3. Xudoni tanib–bilganimizni shundan bilsak bo‘ladi: Xudoni tanib–bilgan odam Uning amrlariga rioya qiladi.
4. Xudoni bilaman deb turib, Uning amrlariga rioya qilmagan esa yolg‘onchidir, unda haqiqat yo‘q.
5. Xudoning kalomiga itoat qilgan odamda esa Xudoning sevgisi o‘z mukammal ifodasini topgan. Mana shundan biz Xudo bilan birga ekanimizni bilsak bo‘ladi.
6. Men Xudo bilan birgaman, degan odam Iso Masih yashaganday yashashi kerak.
7. Ey azizlarim, men sizlarga yangi amrni emas, balki boshidan o‘zingizga ma’lum bo‘lgan eski amrni yozyapman. Bu eski amr sizlar eshitgan Xudoning kalomidir.
8. Ammo men yozayotgan bu amrni yangi desam ham bo‘ladi, chunki bu amr Masih va sizlar orqali amal qilmoqda. Haqiqatan ham, zulmat o‘tib, haqiqiy nur hozirdan porlamoqda.
9. Men nurda yashayapman deb turib, o‘z birodaridan nafratlangan odam hali ham zulmatdadir.
10. Birodarini sevgan odam esa nurda yashaydi va hech qanday narsa uning qulashiga sabab bo‘la olmaydi.
11. Ammo birodaridan nafratlangan odam zulmatdadir. U zulmatda yurib, qayerga ketayotganini bilmaydi, chunki zulmat uning ko‘zlarini ko‘r qilgan.
12. Aziz bolalarim, sizlarga yozyapman: Masih tufayli gunohlaringiz kechirildi.
13. Ey otalar, sizlarga yozyapman: sizlar boshidan ayon bo‘lgan Masihni tanib–bildingizlar. Ey yigitlar, sizlarga yozyapman: sizlar yovuz shaytonni yengdingizlar. Ey bolajonlar, sizlarga yozyapman: sizlar Otamiz Xudoni bildingizlar.
14. Otalar, sizlarga yozyapman: sizlar boshidan ayon bo‘lgan Masihni tanib–bildingizlar. Yigitlar, sizlarga yozyapman: sizlar baquvvatsizlar, Xudoning kalomi qalbingizdan joy olgan, sizlar yovuz shaytonni yengdingizlar.
15. Dunyoga va undagi narsalarga ko‘ngil bog‘lamanglar. Dunyoni sevgan odamda Otamiz Xudoning sevgisi bo‘lmaydi.
16. Zero, dunyodagi bor narsa — inson tabiatining xohishlari, nafs va boylik bilan mag‘rurlanish Otadan emas, balki dunyodandir.
17. Dunyo ham, uning nafsi ham o‘tib ketadi. Xudoning irodasini bajargan odam esa abadiy yashaydi.
18. Bolajonlarim, dunyoning so‘nggi damlari keldi! Masihning dushmani kelishini eshitgansizlar. Mana, hozirdan Masihning ko‘p dushmanlari paydo bo‘ldi. Ana shundan biz so‘nggi damlarda yashayotganimizni bilamiz.
19. Aslida, bu odamlar o‘z oramizdan chiqdilar, ammo ular bizga tegishli bo‘lmaganlar. Shuning uchun bizni tark etdilar. Agar bizga qarashli bo‘lganlarida edi, biz bilan qolgan bo‘lar edilar. Ammo chiqib ketganlaridan shunisi ma’lum bo‘ldiki, birontasi ham bizga qarashli emas.
20. Sizlar esa hammangiz haqiqatni bilasizlar, chunki sizlar Iso Masihdan Muqaddas Ruhni qabul qilgansizlar.
21. Men bularni sizlar haqiqatni bilmaganingiz uchun emas, aksincha, bilganingiz uchun yozyapman. Yolg‘onchilar haqiqatga mansub emasligini ham eslatmoqchiman.
22. Isoni Masih emas, deydigan har qanday odam yolg‘onchidir. U Masihning dushmani! U Otani ham, O‘g‘ilni ham rad etadi.
23. O‘g‘ilni rad etgan odamda Ota yo‘q. O‘g‘ilni tan olgan odamda esa, Ota ham bor.
24. Sizlar boshidan eshitgan kalomni qalbingizda saqlanglar. Agar boshidan eshitgan kalomni qalbingizda saqlasangiz, sizlar ham O‘g‘il, ham Ota bilan birga yashaysizlar.
25. Masihning O‘zi buni bizga va’da qilgan. Bu abadiy hayotdir.
26. Bularni sizlarga yo‘ldan ozdirmoqchi bo‘lgan odamlardan ehtiyot bo‘lishingiz uchun yozyapman.
27. Ammo sizlar Iso Masihdan Muqaddas Ruhni qabul qilgansizlar. Muqaddas Ruh ichingizda yashayotgani uchun, sizlarga hech kimning biror narsa o‘rgatishiga ehtiyoj yo‘q. Muqaddas Ruh sizlarga hamma narsani o‘rgatadi, Uning ta’limoti soxta emas, haqiqiydir. U sizlarga o‘rgatganidek, Masih bilan yashashingiz kerak.
28. Ha, aziz bolalarim, bu so‘nggi damlarda Masih bilan yashanglar, toki U olamga kelganda dadil bo‘laylik, Uning oldida uyalib qolmaylik.
29. Biz Masihning odil ekanligini bilamiz. Shuning uchun adolatli ish tutgan har qanday odam Xudoning farzandi ekanligiga amin bo‘lamiz.

1. Qaranglar, Otamiz Xudo bizni farzandlarim deb, qanday buyuk bir sevgini ko‘rsatdi! Haqiqatan ham, biz Uning farzandlarimiz. Dunyo Otamizni hech qachon tan olmagan, shuning uchun bizni ham Xudoning farzandlari, deb tan olmayapti.
2. Ha, azizlarim, hozir biz Xudoning farzandlarimiz. Ammo kelajakda kim bo‘lishimiz bizga hanuz ochilmagan. Faqat shuni bilamizki, o‘sha payt kelganda, biz Xudo singari bo‘lamiz, chunki Xudoning O‘zini ko‘ramiz.
3. Xudoga bunday umid bog‘lagan har bir odam Iso Masih singari pok bo‘lishi uchun o‘zini poklaydi.
4. Gunoh qiluvchi har qanday odam Xudoga qarshi bosh ko‘targan bo‘ladi, chunki gunoh Xudoga qarshi bosh ko‘tarmoq demakdir.
5. Masih esa gunohlarimizni yuvish uchun kelganini bilasizlar. Unda gunoh yo‘qligi o‘zingizga ayon.
6. Masih bilan yashagan har bir odam gunohdan yuz o‘giradi. Gunoh qilib yurgan odam esa, Masihni ko‘rmagan ham, tanimagan ham.
7. Aziz bolalarim, hech kim sizlarni aldamasin. Adolatli ish qiluvchi har qanday odam xuddi Masih singari odildir.
8. Gunoh qiluvchi esa iblis zotidandir. Chunki iblis azaldan gunoh qilib kelyapti. Ammo Xudoning O‘g‘li iblisning ishlarini barbod qilish uchun keldi.
9. Xudoning bolalari gunoh qilmaydi, chunki Xudoning hayotbaxsh kuchi ularning ichidadir. Ular Xudoning bolalari bo‘lganlari uchun gunohda yashamaydilar.
10. Demak, iblis bolalari bilan Xudo bolalarining farqi shunda: adolatli ish qilmagan va o‘z birodarini sevmagan odam Xudodan emas.
11. Sizlar boshidan eshitgan kalom shu: bir– birimizni yaxshi ko‘raylik!
12. Yovuz shayton zoti bo‘lgan Qobilga o‘xshamaylik. U o‘z ukasini o‘ldirgandi. Nima uchun ukasini o‘ldirdi? Chunki uning ishlari qabih, ukasining ishlari esa to‘g‘ri edi.
13. Ey birodarlarim, agar dunyo sizdan nafratlanayotgan bo‘lsa, hayratlanmanglar.
14. Biz o‘limdan hayotga o‘tganimizni bilamiz, chunki birodarlarimizni sevamiz. Birodarini sevmagan odam esa o‘lim iskanjasida qolgan.
15. Birodaridan nafratlangan har qanday kishi qotildir. Hech bir qotil abadiy hayotga ega bo‘lmasligini bilasizlar.
16. Masih bizlar uchun jonini fido qildi, ana shundan biz haqiqiy sevgini bildik. Demak, biz ham birodarlarimiz uchun jonimizni fido qilishga burchlimiz.
17. Agar o‘zimizga to‘q bo‘lib turib, muhtojlikda yashayotgan birodarimizni ko‘rsak–u, unga yordam bermay yuragimizni tosh qilsak, qanday qilib bizda Xudoning sevgisi joy oladi?
18. Aziz bolalarim, biz haqiqiy sevgimizni quruq gap bilan emas, amalda ko‘rsataylik.
19. Shunda biz haqiqat ahli ekanimizga ishonch hosil qilamiz.
20. Hattoki vijdonimiz qiynalganda ham “Xudo hamma narsani biladi, U vijdonimizdan ham ulug‘” degan haqiqat bilan Xudoning huzurida o‘zimizni tinchlantira olamiz.
21. Agar vijdonimiz bizni qiynamasa, ey azizlarim, Xudo oldida dadil bo‘lamiz
22. va Undan nima so‘rasak, U beradi. Chunki biz Uning amrlarini bajarib, Unga manzur bo‘lgan ishlarni qilyapmiz.
23. Xudoning amri esa Uning O‘g‘li Iso Masihga ishonishdan va Masih buyurganidek, bir–birimizni sevishdan iboratdir.
24. Xudoning amrlarini bajargan odam Xudo bilan birga va Xudo u bilan birga yashaydi. Xudo biz bilan yashayotganini U har birimizga bergan Ruhidan bilamiz.

1. Ey azizlarim, menda Xudoning Ruhi bor, degan har qanday odamga ishonib ketavermanglar. Har bir odamni sinanglar, u Xudodan yoki Xudodan emasligini bilinglar, chunki dunyoda soxta payg‘ambarlar ko‘payib ketgan.
2. Odamda Xudoning Ruhi borligini shundan bilib olsangiz bo‘ladi: Iso Masih inson bo‘lib kelganini tan oladigan har bir odam Xudodandir.
3. Buni tan olmaydigan odam esa Xudodan emas. Bunday odamdagi ruh Masihning dushmanidandir. Masihning dushmani kelishini sizlar eshitgan edingizlar. Mana, hozirdan u dunyoda.
4. Sizlar esa, aziz bolalarim, Xudodansizlar va soxta payg‘ambarlarni yengdingizlar. Axir, ichingizdagi Ruh dunyodagi shaytondan ustundir.
5. O‘sha soxta payg‘ambarlar bu dunyodan, ularning gapi ham bu dunyoga tegishli, shuning uchun dunyo ularga quloq soladi.
6. Biz esa Xudodanmiz. Xudoni tanigan odam bizga quloq soladi, Xudodan bo‘lmagan esa quloq solmaydi. Ana shundan biz haqiqat Ruhi bilan yolg‘on ruhini farqlay olamiz.
7. Ey azizlarim, bir–birimizni yaxshi ko‘raylik, chunki sevgi Xudodandir. Sevadigan har bir odam Xudoning farzandidir va Xudoni biladi.
8. Sevmaydigan odam esa Xudoni hech qachon bilmagan. Axir, Xudo sevgidir.
9. Xudo bizga bo‘lgan sevgisini shunday namoyon qildi: U bizga hayot berish uchun yagona O‘g‘lini dunyoga yubordi.
10. Haqiqiy sevgi — bizning Xudoga bo‘lgan sevgimiz emas, balki Xudoning bizga ko‘rsatgan sevgisidir. Zero, Xudo bizni gunohlarimizdan poklash uchun O‘z O‘g‘lini qurbon qildi.
11. Azizlarim, Xudo bizni shu qadar sevgani uchun, biz ham bir–birimizni yaxshi ko‘rishimiz kerak.
12. Hech kim hech qachon Xudoni ko‘rgan emas. Agar biz bir–birimizni yaxshi ko‘rsak, demak, Xudo biz bilan birga va Uning sevgisi bizda o‘zining mukammal ifodasini topgan.
13. Xudo har birimizga O‘z Ruhini bergan. Shundan bilamizki, Xudo biz bilan va biz Xudo bilan birga yashamoqdamiz.
14. Otamiz Xudo O‘z O‘g‘lini dunyoning Najotkori qilib yuborganini biz ko‘rdik va bu haqda guvohlik beryapmiz.
15. Isoni Xudoning O‘g‘li deb tan olgan har bir odam Xudo bilan birga yashaydi va Xudo u bilan birga yashaydi.
16. Xudoning bizga bo‘lgan mehr–muhabbatini biz tatib ko‘rib, unga ishonch hosil qildik. Xudo sevgidir. Sevgini diliga jo qilgan kishi Xudo bilan birga yashaydi va Xudo u bilan birga yashaydi.
17. Shu tariqa Uning sevgisi bizda mukammal ifodasini topadi. Shunda biz qiyomat kunini dadillik bilan qarshilab olamiz, chunki hozirdanoq Masih singari Xudo bilan birga yashamoqdamiz.
18. Xudoning sevgisini ardoqlagan kishi qiyomat kunidan qo‘rqmaydi, chunki qalbini to‘ldirgan Xudoning sevgisi bu qo‘rquvni quvib chiqaradi. Qo‘rqoq kishining qalbi esa Xudoning sevgisiga to‘lmagan. Shuning uchun u qiyomat kunidan qo‘rqib yashaydi.
19. Biz sevamiz, chunki Xudo bizni birinchi bo‘lib sevdi.
20. Agar biror kishi Xudoni sevaman desa–yu, birodaridan nafratlansa, u yolg‘onchidir. Ko‘rib turgan birodarini seva olmagan odam ko‘rmagan Xudoni ham seva olmaydi.
21. Xudoni sevgan odam birodarini ham yaxshi ko‘rishi kerak! Bu amrni bizga Xudo bergan.

1. Isoning Masih ekanligiga ishongan har bir kishi Xudoning farzandidir. Kim Otani yaxshi ko‘rsa, Uning farzandlarini ham yaxshi ko‘radi.
2. Biz bilamizki, Xudoni sevib, Uning amrlarini bajarsak, Xudoning farzandlarini ham yaxshi ko‘rgan bo‘lamiz.
3. Xudoni sevish Uning amrlarini bajarish demakdir. Xudoning amrlari esa qiyin emas,
4. chunki Xudoning har bir farzandi dunyoni yengishga qodir. Biz imonimiz orqali dunyo ustidan g‘alaba qozonamiz.
5. Ha, Iso Xudoning O‘g‘li ekanligiga ishongan odamgina dunyoni yenga oladi!
6. Iso Masih kelganda suvga cho‘mdirilib, biz uchun O‘z qonini to‘kdi. U suvga cho‘mish bilan cheklanibgina qolmay, O‘z qonini to‘kdi. Muqaddas Ruhning O‘zi bu haqda guvohlik beryapti va Uning guvohligi haqiqatdir.
7. Shunday qilib, bunga uchta guvoh bor:
8. Ruh, suv va qon. Ular bir xil guvohlik berishyapti.
9. Biz insonlarning guvohligini qabul qilamiz, Xudoning guvohligi esa undan qanchalar muhimroq. Xudo ham O‘z O‘g‘li haqida guvohlik berdi.
10. Xudoning O‘g‘liga ishongan odam Xudoning guvohligini chin dildan qabul qilgan bo‘ladi. Xudoga ishonmagan odam esa Xudoni yolg‘onchiga chiqaradi, chunki u Xudoning O‘z O‘g‘li haqida bergan guvohligiga ishonmaydi.
11. Xudoning guvohligi shundan iborat: Xudo bizga abadiy hayot berdi va bu abadiy hayotning manbayi Xudoning O‘g‘li Isodir.
12. Kim Xudoning O‘g‘liga ega bo‘lsa, hayotga egadir. Xudoning O‘g‘liga ega bo‘lmagan odamda esa hayot yo‘q.
13. Ey Xudoning O‘g‘liga ishonganlar, sizlar abadiy hayotga egasizlar. Shuni bilib olinglar deb sizlarga bu maktubni yozyapman.
14. Biz abadiy hayotga ega bo‘lganimiz uchun Xudoning huzurida dadil bo‘lamiz, chunki Xudoning irodasiga ko‘ra nimani so‘rasak, U bizga quloq tutishini bilamiz.
15. Xudo ibodatlarimizga quloq tutar ekan, demak, ibodatlarimizga javob olganimizga to‘liq ishonch hosil qilamiz.
16. Agar biror kishi birodarining gunoh qilayotganini ko‘rsa–yu, bu gunoh abadiy o‘limga sabab bo‘lmasa, u uchun ibodat qilsin. Uning ibodati tufayli Xudo gunoh qilgan odamga hayot bag‘ishlaydi. Men gunohi abadiy o‘limga sabab bo‘lmaydigan odamni nazarda tutyapman. Abadiy o‘limga sabab bo‘ladigan gunoh ham bor. Bunday gunohga qo‘l urgan odamlar uchun ibodat qilinglar, deb aytmayapman.
17. Har qanday yomonlik gunohdir, ammo hamma gunoh ham abadiy o‘limga sabab bo‘lavermaydi.
18. Xudoning farzandi bo‘lgan odam gunoh qilmasligini bilamiz, chunki Xudo bunday odamni O‘z panohida asraydi. Yovuz shayton unga biror zarar yetkaza olmaydi.
19. Biz Xudodan ekanimizni, butun dunyo esa yovuz shayton changalida ekanini bilamiz.
20. Yana shuni bilamizki, Xudoning O‘g‘li kelib, haq Xudoni tanib–bilishimiz uchun bizga aql–idrok berdi. Biz Iso Masih bilan birga yashar ekanmiz, haq Xudo bilan ham birga yashaymiz. Iso Masih haq Xudodir va abadiy hayot manbaidir.
21. Aziz bolalarim, o‘zlaringizni butlardan saqlanglar.

YouTube kanaliga xush kelibsiz!
► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)
Muqaddas Kitob
- Ibtido
- Chiqish
- Levilar
- Sahroda
- Qonunlar
- Yoshua
- Hakamlar
- Rut
- Shohlar (birinchi kitob)
- Shohlar (ikkinchi kitob)
- Shohlar (uchinchi kitob)
- Shohlar (to‘rtinchi kitob)
- Solnomalar (birinchi kitob)
- Solnomalar (ikkinchi kitob)
- Ezra
- Naximiyo
- Ester
- Ayub
- Zabur
- Sulaymonning hikmatlari
- Voiz
- Ishayo
- Sulaymonning go‘zal qo‘shig‘i
- Yeremiyo
- Yeremiyoning marsiyasi
- Hizqiyo
- Doniyor
- Xo‘sheya
- Yo‘el
- Amos
- Obodiyo
- Yunus
- Mixo
- Noxum
- Xabaqquq
- Zafaniyo
- Xaggey
- Zakariyo
- Malaki
- Matto Muqaddas xushxabar
- Luqo Muqaddas xushxabar
- Yuhanno Muqaddas xushxabar
- Mark Muqaddas xushxabar
- Havoriylarning faoliyati
- Yoqubning maktubi
- Butrusning birinchi maktubi
- Butrusning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning birinchi maktubi
- Yuhannoning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning uchinchi maktubi
- Yahudoning maktubi
- Rimliklarga maktub
- Korinfliklarga birinchi maktub
- Korinfliklarga ikkinchi maktub
- Galatiyaliklarga maktub
- Efesliklarga maktub
- Filippiliklarga maktub
- Kolosaliklarga maktub
- Salonikaliklarga birinchi maktub
- Salonikaliklarga ikkinchi maktub
- Timo‘tiyga birinchi maktub
- Timo‘tiyga ikkinchi maktub
- Titusga maktub
- Filimo‘nga maktub
- Ibroniylarga maktub
- Yuhannoga ko‘rsatilgan vahiy
AJOYIB KITOBNI O'QING

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)
MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Tavrot | Zabur | Injil (+audio)

Яхши аудио Китоблар

Kinolar va Multiklar

Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Аудио Кутубхона

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz