Muqaddas Kitob
Korinfliklarga ikkinchi maktub
1. Xudoning irodasi bilan Iso Masihninghavoriysi bo‘lgan men — Pavlusdan va birodarimiz Timo‘tiydan Xudoning Korinf shahridagi jamoatiga hamda Axaya hududidagi barcha Xudoning azizlariga salom!
2. Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih sizlarga inoyatu tinchlik ato qilsin.
3. Rabbimiz Iso Masihning otasi Xudoga, har turli tasallining manbayi bo‘lgan Xudo — marhamatli Otaga hamdu sanolar bo‘lsin!
4. Har xil azob–uqubatlarga uchraganimizda Xudo bizga tasalli beradi. Shunday ekan, biz ham azob chekayotgan insonga tasalli bera olamiz. Xudo bizga bergan tasalli bilan uni ovuntira olamiz.
5. Masihga o‘xshab biz qanchalik ko‘p azob cheksak, Xudo bizga Masih orqali shunchalik ko‘p tasalli beradi.
6. Biz azob–uqubatlarga duchor bo‘layotgan ekanmiz, sizlar tasalli va najot topishingiz uchun shunday bo‘lyapti. Biz tasalli topayotgan bo‘lsak, bu ham sizlar tasalli topishingiz uchundir, toki sizlar ham bizga o‘xshab azob–uqubatlarga uchraganingizda bardosh bera oling.
7. Sizlar nafaqat azob–uqubatlarimizga, balki tasallimizga ham sherik bo‘lishingizga hech shubhamiz yo‘q.
8. Ey, birodarlar, biz shuni istar edikki, sizlar Asiya viloyatida biz chekkan azoblardan bexabar qolmanglar. Biz haddan tashqari, chidab bo‘lmas darajada azob–uqubat tortdik, hatto tirik qolishimizdan ham umidimizni uzgan edik.
9. O‘lim muqarrar ekanligiga amin bo‘lgan edik. Bularning hammasi bizning o‘zimizga emas, balki o‘liklarni tiriltiradigan Xudoga umid bog‘lashimiz uchun sodir bo‘ldi.
10. Haqiqatan ham Xudo bizni shunday og‘ir o‘lim tahlikasidan qutqardi va yana qutqaradi ham. Ha, U bizni yana qutqaradi, deb Undan qattiq umid qilamiz.
11. Sizlar ham ibodatlaringiz orqali bizning faoliyatimizga sherik bo‘lyapsizlar. Buni ko‘rib, ko‘pchilik biz uchun Xudoga shukr aytadi, chunki ko‘plarning biz uchun qilgan iltijolari natijasida Xudo bizga iltifot ko‘rsatdi.
12. Vijdonimiz guvohlik berib turibdi, biz bu dunyoda, ayniqsa sizlar bilan bo‘lgan munosabatimizda Xudo ato qilgan soddalik va samimiylik bilan ish tutdik. Biz dunyoviy donolikka emas, balki Xudoning inoyatiga tayanib harakat qildik. Faxrlanishimizning sababi mana o‘shadir.
13. Sizlar o‘qib, tushuna oladiganlardan boshqa hech narsa yozmaymiz.
14. Sizlar hozir bizni qisman bo‘lsa–da tushunasizlar. Umid qilamanki, bir kun kelib sizlar quyidagini to‘la anglab olasiz: biz sizlardan qanday faxrlansak, sizlar ham Rabbimiz Iso keladigan kunda bizdan shunday faxrlana olasizlar.
15. Yuqorida aytib o‘tganlarimning to‘g‘riligiga ishonganim uchun, meni ikki marta ko‘rib, xursand bo‘lib qolinglar, degan niyatda sizlarning oldingizga bormoqchi edim.
16. Makedoniyaga borayotganimda sizlarning oldingizga kirib o‘tish, qaytishda ham sizlarning oldingizga borish niyatim bor edi. Shunday qilib, Yahudiyaga ketishimda yo‘lda uchrashi mumkin bo‘lgan ehtiyojlarimni qondirib, kuzatib qo‘yardingizlar.
17. Shunday rejalarim bor edi. O‘sha rejalar amalga oshmasa, yengiltaklik bilan harakat qilgan bo‘lamanmi?! Yoki men reja qilayotgan paytda goh “ha”, goh “yo‘q”, deydigan, betayin odamlardanmanmi?!
18. Xudo ishonchlidir, shuning uchun sizlarga yetkazgan xabarimiz ham hech o‘zgarmaydi.
19. Silvan, Timo‘tiy va men sizlarga Xudoning o‘g‘li — Iso Masih haqida aytganmiz. Iso Masih o‘zgaruvchan emas. U doimo sadoqatlidir.
20. Iso Masih orqali Xudo O‘z va’dalarini bajaradi, shuning uchun biz ham Iso Masih orqali Xudoni ulug‘lab, “Omin, iloyim shunday bo‘lsin”, deymiz.
21. Xudoning O‘zi bizni ham, sizlarni ham Iso Masihga bo‘lgan imonimizda mustahkam qiladi. U bizni O‘zi uchun tanlab oldi.
22. Bizga O‘z muhrini bosib, kelajakdagi qut–barakalarning kafili sifatidaMuqaddas Ruhni berdi.
23. Xudo shohid, o‘z jonim haqqi aytyapman, sizlarni ayaganim uchun hanuz Korinfga bormadim.
24. Biz sizlarning imoningiz ustidan hukmdormiz, demoqchi emasman, chunki sizlar imonda mahkam turibsizlar. Xizmat qilishimizdan maqsad quvonchingizni ko‘paytirishdir.

1. Yana xafagarchilik keltirib chiqarmaslik uchun sizlarning oldingizga bormaslikka qaror qildim.
2. Axir, sizlarni xafa qilsam, menga xursandchilik keltiradiganlarni xafa qilgan bo‘laman–ku! Unday holda, kim meni xursand qiladi?!
3. Oldingi maktubni yozganimning sababi ham shudir, toki sizlarning oldingizga borganimda oramizda xafagarchilik bo‘lmasin, axir, menga katta quvonch keltiradiganlar sizlar emasmi?! Ishonchim komilki, mening quvonchim sizlarning quvonchingizdir.
4. Sizlarni xafa qilish uchun emas, balki sizlarni qanchalik yaxshi ko‘rishimni ko‘rsatish uchun o‘sha maktubni yozgan edim. U maktub chuqur qayg‘u, iztirob va ko‘z yoshlari bilan yozilgandi.
5. Gapni oshirib aytadigan bo‘lsak, meni xafa qilgan odam faqatgina meni emas, balki qaysidir darajada sizlarning hammangizni xafa qilgan bo‘ladi.
6. Ammo xafa qilgan odamga ko‘pchilik tomonidan berilgan jazo yetarli.
7. Endi bo‘lsa, uni kechirib, tasalli beringlar, toki u haddan ortiq qayg‘urib, tushkunlikka tushmasin.
8. Sizlardan o‘tinaman, unga bo‘lgan mehr–muhabbatingizni ko‘rsating.
9. Oldingi maktubimni yozishdan yana bir maqsadim shu edi, sizlar har jihatdan itoatkor ekanmisiz yoki yo‘qmi, shuni bilmoqchi edim.
10. Sizlar biror kishini kechirsangiz, men ham uni kechiraman. Birortasi kechirishim kerak bo‘ladigan biror ayb ish qilgan bo‘lsa, sizlarning manfaatingizni ko‘zlab, Masihning huzurida uni kechiraman.
11. Shaytonga aldanib qolmaylik, axir, uning fitnalaridan bexabar emasmiz–ku!
12. Masih haqidagi Xushxabarni e’lon qilish uchun Troas shahriga borganimda, Egamiz menga yo‘l ochib bergan edi.
13. Ammo ruhim notinch edi, chunki birodarim Titusni u yerda topa olmadim. Shuning uchun u yerdagilar bilan xayrlashib, Makedoniyaga jo‘nadim.
14. Xudoga shukr! Xudo bizga Masihning tantanali yurishida ishtirok etishga nasib etdi. Atirning hidi qanday taralsa, xuddi shu singari, har yerda va har doim Xudo biz orqali O‘zi haqidagi xabarni tarqatmoqda.
15. Masih haqidagi xushxabarni yoyar ekanmiz, biz najot topadiganlar orasida ham, halok bo‘ladiganlar orasida ham Xudoga xush keladigan tutatqi nazrining hidiga o‘xshaymiz.
16. Bu hid halok bo‘ladiganlar uchun o‘lim hididir, najot topadiganlar uchun esa hayotbaxsh xushbo‘y hiddir. Bunday yuksak mas’uliyatga Xudo bizni loyiq topdi.
17. Mana, biz ko‘pchilik kabi, Xudoning kalomini bozorga solmaymiz. Aksincha, Xudo tomonidan yuborilgan va Masih xizmatida bo‘lgan kishilardek, Xudoning ko‘zi oldida sof ko‘ngil bilan voizlik qilmoqdamiz.

1. Yana o‘zimizga o‘zimiz tavsiya beryapmizmi? Yoki ba’zilarga kerak bo‘lganday, sizlarga tavsiyanomalar ko‘rsatishimiz kerakmi yoki sizlardan bizga tavsiyanomalar kerakmi?
2. Axir, yuragimizga yozilgan tavsiyanomamiz sizlarning o‘zingiz–ku! Bu hammaga ayon, uni hamma o‘qiy oladi.
3. Ochiq ko‘rinib turibdiki, bizning xizmatimiz tufayli yozilgan Masihning maktubi sizlarsiz. Bu maktub siyoh bilan emas, balki barhayot Xudoning Ruhi orqali yozilgan, tosh lavhalarga emas, balki inson qalbining lavhalariga yozilgandir.
4. Masih tufayli Xudoning oldida bularga ishonchimiz komildir.
5. Axir, biz o‘zimizning kuchimiz bilan biror narsa qila olmaymiz–ku! Hamma qobiliyatimiz bizga Xudo tomonidan berilgan.
6. Xudo bizga yangi ahdning xizmatkorlari bo‘lish qobiliyatini berdi. Bu ahd qonunga emas, balki Ruhga asoslanib tuzilgan, chunki qonun o‘limga yetaklaydi, Ruh esa hayot bag‘ishlaydi.
7. Tosh lavhalarga yozilgan amrlar, ya’ni eski ahd o‘limga yetaklasa ham, ular shunchalik ulug‘vorlikka ega ediki, Musoning o‘sha ulug‘vorlikdan porlayotgan yuziga Isroil xalqi tik qaray olmagan edi. O‘tkinchi ulug‘vorlik shunchalik porloq ekan,
8. Ruh orqali tuzilgan ahd keltiradigan ulug‘vorlik qanday porloq bo‘lishi haqida bir o‘ylab ko‘ring–chi!
9. O‘lim hukmini keltiradigan eski ahd ulug‘vor ekan, insonlarni oqlaydigan ahd undan ham ulug‘vor bo‘lmaydimi?!
10. Endi bu ajoyib ulug‘vorlik oldida o‘sha oldingi ulug‘vorlik hech narsaday bo‘lib qoldi.
11. O‘tkinchi eski ahd ulug‘vor bo‘lgan ekan, boqiy bo‘lgan bu yangi ahd naqadar ulug‘vordir!
12. Shunday umidimiz borligi uchun ham jasorat bilan Xushxabarni aytamiz.
13. Biz Musoga o‘xshamaymiz. Yuzida porlab turgan o‘tkinchi ulug‘vorlikni Isroil xalqi ko‘rmasligi uchun Muso yuzini yopgan edi.
14. Isroil xalqining aqli o‘tmas bo‘lib qolgandi. Bugunga qadar eski ahd o‘qilganda, xuddi bir parda ularning ongini to‘sib turganga o‘xshaydi. Bu pardani faqatgina Masih olib tashlaydi.
15. Ha, hozir ham Musoning qonuni o‘qilganda, ularning ongi to‘siqdir.
16. Ammo Egamizga yuz burgan insonning ongidan to‘siq parda olib tashlanadi.
17. Bu yerda Egamiz deganda, Muqaddas Ruhni nazarda tutyapman. Egamizning Ruhi qayerda bo‘lsa, o‘sha yerda erkinlik bor.
18. Biz hammamiz ochiq yuzimiz bilan Egamizning ulug‘vorligini ko‘rib turibmiz. Biz bora–bora o‘zgarar ekanmiz, yanada ulug‘vor bo‘lib, Egamizga o‘xshagan bo‘lamiz. Bularning hammasi Egamizning Ruhi orqali sodir bo‘lmoqda.

1. Biz Xudoning marhamati bilan yangi ahdning xizmatkorlari bo‘lganimiz uchun tushkunlikka tushmaymiz.
2. Aksincha, sirli va uyatli ishlar qilishdan, makr–hiyla ishlatishdan bosh tortib, Xudoning kalomini buzmay gapiramiz. Haqiqatni ochiq–oydin aytib, Xudoning huzurida o‘zimizni boshqa odamlarning hukmiga topshiramiz.
3. Xushxabarimiz sirli, to‘siq parda ortida turganday bo‘lib tuyulsa, u halok bo‘ladiganlar uchun shunday tuyuladi.
4. Bu dunyoning xudosi imonsizlarning ongini ko‘r qilib qo‘ygan. Shuning uchun ular Xushxabarning nurini ko‘ra olmaydilar. Bu Xushxabar Xudoning aniq tasviri bo‘lgan Masihning ulug‘vorligini ko‘rsatadi.
5. Biz o‘zimiz haqimizda emas, Rabbimiz Iso Masih haqida va’z qilamiz. Isoning yo‘lida sizlarning xizmatkoringizmiz.
6. Xudo dunyoni yaratganda O‘z so‘zi bilan zulmatdan nur yaratgan edi. Endi U O‘zining nuri bilan bizning yuraklarimizni ham yoritdi, Iso Masih siymosida porlab turgan O‘z ulug‘vorligini bizga ko‘rsatdi.
7. Shunday ajoyib xazinani sopol idishlarday bo‘lgan tanalarimizda olib yuribmiz. Shu orqali oliy qudrat bizga emas, Xudoga mansub ekanligi ko‘rinib turibdi.
8. Biz har tomonlama jabrlanamiz, ezilamiz, ammo sinmaymiz. Ko‘nglimiz alag‘da qolib, mushkul ahvolga tushsak ham umidimizni yo‘qotmaymiz.
9. Quvg‘in qilinamiz, lekin Xudo hech qachon bizni tashlab ketmaydi. Bizni yerga yiqitadilar, ammo yakson qila olmaydilar.
10. Iso Masih o‘limga ro‘baro‘ bo‘lganidek, biz ham azob–uqubat tortib, o‘lim tahlikasida yashayapmiz, toki Isoning hayoti bizning tanamizda namoyon bo‘lsin.
11. Iso Masihga tegishli bo‘lganimiz uchun biz doim o‘limga duchor bo‘lyapmiz, toki Isoning hayoti bizning foniy badanimizda namoyon bo‘lsin.
12. Shunday qilib, o‘lim xavfi ostida yashashimiz sizlarga abadiy hayot keltiradi.
13. Muqaddas Bitiklarda: “Ishonganim uchun gapirdim,” deb yozilgan. Bizda ham shunday imon bor, shuning uchun Xushxabar aytishni davom ettiraveramiz.
14. Bilamizki, Rabbimiz Isoni tiriltirgan Xudo bizni ham Isoga o‘xshatib tiriltiradi va sizlar bilan birga O‘zining huzuriga olib kiradi.
15. Boshimizdan o‘tganlarning hammasi sizlarning manfaatingiz uchundir. Xudoning inoyati ko‘pdan ko‘p odamlar orasida yoyilar ekan, Xudoga yanada ko‘p odamlar shukr aytadi va bundan Unga yanada ko‘proq shon–shuhrat keladi.
16. Shuning uchun ham umidimizni yo‘qotmaymiz. To‘g‘ri, bu foniy badanimiz xazon bo‘lyapti, ammo biz ruhan yangilanib boryapmiz.
17. Bizning o‘tkinchi, yengil azob–uqubatlarimiz bizga haddan tashqari ajoyib va abadiy ulug‘vorlik keltiradi.
18. Axir, biz ko‘rinadigan narsalarga emas, balki ko‘rinmaydigan narsalarga ko‘z tikkanmiz. Ko‘rinadigan narsalar o‘tib ketadi, ko‘rinmaydiganlari esa mangudir!

1. Bilamizki, biz makon qilgan bu tanamiz yer yuzidagi bir kulbadaydir. Bu kulba xarob bo‘lganda, Xudo samoda bizga qo‘l bilan qurilmagan mangu bir uy beradi.
2. Biz samoviy maskanimizga yetishishni kutib, bu yerdagi kulbada, ya’ni tanamizda oh chekib yuribmiz.
3. Xudo bizga samoviy tana beradi, ruhimiz maskansiz qolmaydi.
4. Bu tanamizda ekanmiz, xuddi og‘ir yuk ostida qolgandek oh–nola chekamiz. O‘lishni xohlamaganimiz uchun oh–nola qilamiz. Samoviy tana darhol bu moddiy tananing o‘rnini olishini istaymiz. Axir, o‘shanda mangu tana foniy tananing o‘rnini egallaydi.
5. Xudo bizni mana shu maqsad uchun yaratgan va bunga kafil sifatida bizga Muqaddas Ruhni ato qilgan.
6. Biz bu tanada bo‘lganimizda samoviy maskanimizdan va Egamizdan uzoqda ekanligimizni bilsak ham ishonchimiz barqaror.
7. Axir, biz ko‘zga ko‘rinadigan narsalarga emas, balki imonimizga tayanib hayot kechiramiz.
8. Ha, ishonchimiz barqaror, shuning uchun bu tanalarimizni tashlab, Egamiz bilan birga samoda maskan qilishni afzal ko‘ramiz.
9. Xoh mana shu foniy tanada bo‘laylik, xoh abadiy maskanda bo‘laylik, bizning maqsadimiz Egamizni mamnun qilishdir.
10. Chunki har birimiz Masihning hukm kursisi oldida hozir bo‘lishimiz kerak. Shunda har birimiz, xoh yaxshi ishlar bo‘lsin, xoh yomon, qilganlarimizga yarasha mukofot yoki jazo olamiz.
11. Biz Xudodan qo‘rqish nimaligini bilganimiz uchun boshqalarni ham Xushxabarga ishonishga da’vat qilamiz. Biz qanday odam ekanligimiz Xudoga ayondir, umid qilamanki, sizlar ham bizning qandayligimizni ochiq–oydin bilasizlar.
12. Biz o‘zimizga o‘zimiz tavsiya bermayapmiz. Aksincha, sizlarga biz bilan faxrlanish imkonini beryapmiz. Shunda insonning qalbidagi o‘y–xayolu fazilatlari bilan emas, balki tashqi qiyofasi bilan maqtanadiganlarga sizlar o‘rinli javob bera olasizlar.
13. Agar biz boshqalarga aqldan ozganday ko‘rinsak, bu Xudoga shuhrat keltirish uchundir. Aqlimiz joyida bo‘lsa, bu sizlarning manfaatingiz uchundir.
14. Axir, Masihning bizga bo‘lgan muhabbati bizni rag‘batlantiradi. Bir Odam hamma uchun o‘lgan bo‘lsa, demak biz hammamiz o‘lganmiz, degan xulosaga keldik.
15. Ha, Masih hamma uchun o‘ldi, toki yashayotganlar endi o‘zlari uchun emas, balki ular uchun o‘lgan va tirilgan Masih uchun yashasinlar.
16. Shu sababdan endi biz hech kimga insoniy nuqtayi nazardan baho bermaymiz. Bir vaqtlar Masihga ham insoniy nuqtayi nazardan baho bergan edik, endi esa unday qilmaymiz.
17. Binobarin, kim Masihga tegishli bo‘lsa, u yangi ijoddir. Eski hayot o‘tib ketdi, yangisi kirib keldi.
18. Bularning hammasi Xudodandir. U Masih orqali bizni O‘zi bilan yarashtirdi hamda boshqalarga Xudo bilan yarashish yo‘lini ko‘rsatish xizmatini bizga berdi.
19. Ha, insonlarning gunohlarini ularning o‘zlariga qarshi hisoblamasdan, Xudo dunyoni Masih orqali O‘zi bilan yarashtirdi. Yarashish haqidagi bu xabarni yetkazishni esa bizga topshirdi.
20. Shunday qilib, biz Masihning elchilarimiz, Xudo biz orqali insonlarga murojaat etyapti. Masih nomidan yolvoryapmiz: Sizlar ham Xudo bilan yarashinglar.
21. Axir, Xudo bizni Masih orqali oqlash uchun gunohsiz bo‘lgan Masihni gunohkorni jazolaganday, jazoladi.

1. Xudoning hamkorlari sifatida sizlarga yolvoramiz: Xudoning inoyati hayotingizda samarasiz bo‘lmasin.
2. Xudo shunday deb aytyapti: “Muruvvat payti kelganda, Men senga quloq solaman. Najot kuni kelganda, Men senga yordam beraman.” O‘sha muruvvat payti hozirgi paytdir, o‘sha najot kuni bugungi kundir.
3. Xizmatimizda birorta ayb topilmasin deb, hech kimni zarracha ranjitmaymiz.
4. Biz Xudoning haqiqiy xizmatkorlari ekanligimizni o‘z harakatlarimiz bilan isbotlayapmiz. Har xil qiyinchiliklaru kulfatlar boshimizga tushganda, tang ahvolda qolganimizda sabr–toqat ko‘rsatyapmiz.
5. Bizni urganlarida, qamoqqa tashlaganlarida, g‘alayonlarda qolganimizda, mashaqqat bilan mehnat qilganimizda, uyqusizlikda va och qolganimizda, hammasiga bardosh berdik.
6. Poklik, donolik, sabr–toqat bilan yashab, mehribon bo‘lib, Muqaddas Ruh bizda maskan qilganini ko‘rsatib, samimiy muhabbatimiz bilan Xudoning xizmatkorlari ekanligimizni isbotladik.
7. Biz haqiqatni e’lon qilyapmiz, Xudoning qudratiga tayanib xizmat qilyapmiz. O‘ngu so‘l qo‘limizda solihlik qurollarini tutib yuribmiz.
8. Sharafga erishamizmi yoki isnodga qolamizmi, boshqalar bizni haqorat qiladimi yoki maqtaydimi, har qanday vaziyatda Xudoning xizmatkorlari ekanligimizni ko‘rsatyapmiz. Bizni yolg‘onchi odamlar, deb aytishadi, ammo biz haqiqatgo‘ymiz.
9. Mashhur emasmiz, ammo bizni bilishadi. Bizni o‘lgan, deb hisoblaydilar, ammo mana, tirikmiz. Bizni jazoga tortadilar, ammo o‘limga mahkum qilmaydilar.
10. Bizni xafa qilyaptilar, ammo doimo xursandmiz. O‘zimiz kambag‘almiz–u, ko‘p kishilarni boyitamiz. Hech narsamiz yo‘g‘–u, ammo hamma narsaga egamiz.
11. Ey, Korinfliklar! Sizlarga bemalol, ochiq– oydin gapirdik. Sizlarga bag‘rimizni keng ochdik.
12. Biz sizlardan mehr–muhabbatimizni ayamadik, sizlar esa o‘z mehringizni bizdan qizg‘anasiz.
13. Sizlarga o‘z farzandlarimga gapirayotganday gapiryapman. Biz sizlarga qanday muomala qilsak, sizlar ham bizga shunday muomala qiling: bizga bag‘ringizni keng oching.
14. Imonsizlar bilan sherik bo‘lmanglar. Solihlik bilan qabihlikning orasida qanday aloqa bor?! Nur bilan zulmat orasida qanday umumiylik bo‘lishi mumkin?!
15. Masih bilan shayton orasida qanday ittifoqlik bo‘lishi mumkin?! Imonli bilan imonsizning orasida qanday sheriklik bo‘lishi mumkin?!
16. Xudoning ma’badi bilan butlar orasida qanday umumiylik bor?! Axir, biz barhayot Xudoning ma’badimiz–ku! Xudo shunday deb aytgan: “Men ularning orasida yashayman, Ularning orasida yuraman. Men ularning Xudosi bo‘laman, Ular esa Mening xalqim bo‘ladi.”
17. Binobarin, Egamiz shunday degan: “Xalqlar orasidan chiqinglar, Ulardan ajralib chiqinglar, Haromga qo‘l tekkizmang, Shunda Men sizlarni qabul qilaman.”
18. Sarvari Olam yana shunday deb aytgan: “Men sizlarga Ota bo‘laman, Sizlar esa Menga o‘g‘il–qizlar bo‘lasizlar.”

1. Ey azizlarim, Xudo bizga shunday ajoyib va’dalar bergan ekan, badanimizni va ruhimizni bulg‘ovchi har qanday narsadan o‘zimizni poklaylik. Xudodan qo‘rqib yashaylik, butunlay Xudo uchun ajratilganligimizni ko‘rsataylik.
2. Bizga bo‘lgan mehringizni ko‘rsating. Biz hech kimga ozor bermadik, hech kimga ziyon keltirmadik, hech qachon o‘zimizning manfaatimizni ko‘zlab, boshqalardan foydalanmadik.
3. Bularni sizga ta’na qilib aytmayapman. Axir, oldin aytganimdek, o‘lamizmi, yashaymizmi, sizlar bizning dilimizdasiz.
4. Sizlarga bemalol, ochiq–oydin gapira olaman, sizlardan juda faxrlanaman. Azob–uqubatlarimiz qanchalik ko‘p bo‘lmasin, dilim tasallidan to‘lib–toshadi, behad xursandman.
5. Hatto Makedoniyaga borganimizdan keyin ham hech xotirjam bo‘la olmadik, aksincha, har tomondan g‘am–g‘ussaga tushdik: sirtdan hujumlar bo‘ldi, ko‘nglimizda esa qo‘rquvlar bor edi.
6. Tushkunlikka tushganlarga tasalli beruvchi Xudo Titusni yonimizga yuborib, bizga tasalli berdi.
7. Biz faqatgina uning kelganidan emas, balki uning sizlardan olgan tasallisi haqida eshitib ham ancha dalda topdik. Sizlar meni qattiq sog‘inayotganingiz, men uchun qayg‘urib, tarafimni olganingiz haqida xabar olib kelganidan juda sevindim.
8. Shu sababdan, maktubim bilan sizlarni xafa qilgan bo‘lsam ham, uni yozganimdan afsuslanmayman. To‘g‘ri, bu maktub sizlarni bir oz muddatga bo‘lsa–da xafa qilganini bilib afsuslandim.
9. Mana endi sevinyapman. Sizlar xafa bo‘lganingizdan xursand emasman, balki bu xafagarchilik sizlarni tavbaga keltirgani uchun sevinyapman. Xudo bu xafagarchilikni yaxshilik uchun ishlatdi, shuning uchun bizdan hech qanday ziyon ko‘rmadingiz, deb ayta olaman.
10. Axir, Xudo yaxshilikka ishlatadigan xafagarchilik tavba olib keladi, tavba esa najotga yetaklaydi va hech qanday armonu afsusga sabab bo‘lmaydi. Bu dunyo keltiradigan xafagarchilik esa o‘limga olib boradi.
11. Mana qarang, Xudo yaxshilikka ishlatadigan xafagarchilik sizlarning hayotingizda qanday samara keltirdi. Endi sizlar menga qarshi emasligingiz ko‘rinib turibdi. O‘sha aybdor bo‘lgan insondan g‘azablanyapsiz, unga hamtovoq bo‘lib qolishdan qo‘rqasiz. Meni ko‘rishga intizorsiz. Aybdorni jazolashga tayyorsiz. Mana shularning hammasi sizlarning bu masalada pok ekanligingizni isbotlamoqda.
12. Men bu maktubni ayb ish qilgan inson va ayb ish tufayli ranjigan inson haqi yozmadim. Asosiy maqsad, Xudoning oldida sizlarning menga qanchalik bag‘ishlangan ekanligingizni sizlarga ko‘rsatish edi.
13. Shuning uchun biz ancha tasalli topdik. Bundan tashqari, Titusning xursandchiligi bizni yanada quvontirdi, chunki sizlar uning ruhini ko‘taribsizlar.
14. Men unga sizlarni maqtagan edim, sizlar meni uyatga qoldirmabsizlar. Sizlarga aytganlarimiz to‘g‘ri bo‘lgani kabi, maqtanib Titusga aytganlarim ham to‘g‘ri ekanligi isbotlandi.
15. U sizlarning itoatkorligingizni, uni hurmat– ehtirom bilan kutib olganingizni eslar ekan, uning sizlarga bo‘lgan muhabbati yanada oshib bormoqda.
16. Sizlarga to‘liq ishona olganimdan juda xursandman.

1. Endi birodarlar, Xudoning Makedoniyadagi jamoatlarga ko‘rsatgan inoyati haqida sizlarga aytmoqchimiz.
2. Ular og‘ir kulfatlarga yo‘liqib, sinalgan bo‘lsalar–da, jo‘shqin bir sevinchga to‘lib toshdilar, o‘ta kambag‘al bo‘lsalar–da, yuraklari saxiylikka boy ekanligini ko‘rsatdilar.
3. Ular o‘z xohishlari bilan, qo‘llaridan kelgancha, hatto imkonlaridan ortiq xayr–ehson berganlariga men shohidman.
4. Ular, Xudoning Quddusdagiazizlariga yordam berishda ishtirok etaylik, deb bizdan o‘tinib so‘radilar.
5. Hatto umid qilganimizdan ham ziyodrog‘ini qildilar. Xudoning irodasi bo‘yicha ular avval o‘zlarini RabbimizIsoga, keyin esa bizga bag‘ishladilar.
6. Titus sizlarning orangizda boshlagan xayrli ishini bitirsin, deb uni rag‘batlantirdik.
7. Sizlar imon va ilm–ma’rifatga boy, gapga chechan, notiqlikda mohirsizlar, g‘ayratu tirishqoqlikda hech kimdan qolishmaysiz, qalbingizdagi biz tufayli uyg‘ongan mehr–muhabbatingiz cheksizdir. Shunday ekan, bu xayrli ish orqali saxiyligingizning cheksizligini ham ko‘rsating.
8. Men buni sizlarga buyruq tariqasida emas, balki mehr–muhabbatingizning samimiyligini isbot qilinglar, deb aytyapman. Shuning uchun boshqalarning g‘ayratiyu tirishqoqligiga e’tiboringizni qaratyapman.
9. Axir, o‘zingiz Rabbimiz Iso Masihning ko‘rsatgan inoyatini bilasizlar–ku, U boy bo‘lsa ham, sizlarni boy qilish uchun kambag‘al bo‘ldi.
10. Yuqorida aytib o‘tilgan xayr–ehsonlar haqida maslahatim quyidagichadir. O‘tgan yili nafaqat o‘sha xayrli ishni qilishni boshladingiz, balki bu ishga qo‘shilish haqida o‘zingiz xohish ko‘rsatgan edingiz.
11. Endi o‘z manfaatingiz uchun xayrli ishingizni oxiriga yetkazinglar, qanday ishtiyoq bilan boshlagan bo‘lsangiz, shunday qilib, qo‘lingizdan kelganicha bitirishga harakat qilinglar.
12. Agar inson hadya berishni xohlasa, undan yo‘q bo‘lgan narsa talab qilinmaydi, balki o‘zida bor narsasini bergani qabul qilinadi.
13. Boshqalarning hayoti yengillashib, sizlar esa og‘ir ahvolda qolishingizni istamaymiz. Hammaning orasida tenglik bo‘lsin.
14. Hozirgi paytda sizlardagi baraka ulardagi yetishmovchiliklarni to‘ldirsin, yana boshqa bir paytda ulardagi baraka sizlardagi yetishmovchiliklarni to‘ldirsin, shunday qilib tenglik bo‘lsin.
15. Muqaddas Bitiklarda quyidagicha yozilgan: “Ko‘p yig‘ishtirganlardan hech narsa ortib qolmadi, oz yig‘ishtirganlar uchun esa yetarli bo‘ldi.”
16. Xudoga shukr! Men sizlarga qanday g‘amxo‘r bo‘lsam, Titusning diliga U sizlarga nisbatan shunday g‘amxo‘rlikni jo qildi.
17. Axir, Titusdan sizlarning oldingizga borishni iltimos qilganimda, u nafaqat rozi bo‘ldi, balki xohish va ishtiyoq bilan bordi.
18. U bilan birga barcha jamoatlarda, Xushxabarning voizi, deb maqtalgan birodarni ham yubordik.
19. Xayrli ishda yordam qilsin, deb jamoatlar uni bizga yo‘ldosh qilib sayladilar. Biz bu ishni Egamizni ulug‘lash uchun hamda o‘zimizning ishtiyoqimizni ko‘rsatish uchun qilyapmiz.
20. Saxiylik bilan berilgan xayr– ehsonlarni atalgan odamlarga yetkazishimizda hech qanday ayb ish qilmayotganimizni ko‘rsatish uchun o‘sha birodar bizning yo‘ldoshimiz bo‘ldi.
21. Biz nafaqat Egamizning nazarida, balki insonlar oldida ham to‘g‘ri ishni qilishga harakat qilyapmiz.
22. Titus va va’zxon birodarga qo‘shib, yana bir birodarni ham yuboryapmiz. U biz tomondan ko‘p sinalgan va har jihatdan g‘ayratli ekanligini ko‘rsatgan. Sizlarga nisbatan ishonchi komil bo‘lgani uchun uning sizlarga xizmat qilish ishtiyoqi yanada ko‘proq.
23. Agar birov Titus haqida so‘rasa, u mening hamrohim va sizlar uchun xizmat qilayotgan hamkorim ekanligini aytinglar. Haligi ikki birodar esa jamoatlar tomonidan yuborilganlar va ular Masihga ulug‘vorlik keltiradilar.
24. Shunday qilib, jamoatlar oldida o‘sha birodarlarga bo‘lgan mehr–muhabbatingizni ko‘rsatib, ularga sizlarni maqtaganimiz bekor emasligini isbotlang.

1. Sizlarga Xudoning Quddusdagiazizlari uchun beriladigan yordam haqida yozishimga hech hojat yo‘q.
2. Axir, bilaman–ku, sizlar yordam berishga tayyorsizlar, shuning uchun ham “Axaya hududidagi imonlilar o‘tgan yildan beri tayyor”, deb Makedoniyadagi birodarlarga sizlarni maqtab yuribman. Sizlarning saxiylik bilan berayotgan xayr–ehsonlaringiz ularni ham saxiylikka undadi.
3. Endi o‘sha maqtanganlarim bekor emasligini ko‘rsatish uchun hamda men aytganimday tayyor bo‘lib turishingiz uchun birodarlarni sizlarning oldingizga yuboryapman.
4. Yana Makedoniyaliklardan ba’zilari men bilan birga borsa–yu, sizlar tayyor bo‘lmasangiz, biz sizlarga bo‘lgan ishonchimiz ro‘yobga chiqmaganidan uyatga qolamiz, sizlar esa bundan battar uyalib qolasiz.
5. Shu sababdan va’da qilgan hadyangizni oldindan tayyorlab qo‘yinglar deb, o‘zim bormasimdan avval sizlarning oldingizga birodarlarni yuborishni lozim ko‘rdim. Shunda sizlarning hadyangiz norozilik bilan emas, sidqidildan berilgan hadya bo‘ladi.
6. Shuni unutmangki, oz ekkan oz o‘rib oladi, mo‘l ekkan esa mo‘l o‘rib oladi.
7. Har kim norozi bo‘lib yoki majburiyat bilan emas, balki ko‘nglida niyat etganini bersin. Axir, Xudo mamnuniyat bilan beradigan insonni yaxshi ko‘radi.
8. Xudo sizlarning hayotingizni har jihatdan inoyatga to‘ldirib– toshdirishga qodirdir. Shunda har doim, har jihatdan, hamma ehtiyojingiz qondiriladi va sizlar yanada ko‘proq har xil xayrli ishlar qilasizlar.
9. Muqaddas Bitiklarda quyidagicha yozilgan: “Boyligini muhtojlarga saxiylik ila taqsimlaydi, Uning solihligi to abad davom etadi.”
10. Hammaga yeyishga non, dehqonga ham ekishga urug‘ beradigan Xudo sizlarning ekadigan urug‘ingizni mo‘l qiladi, solihligingizdan keladigan hosilni ham ko‘paytiradi.
11. Har doim saxiy bo‘lishingiz uchun Xudo sizni har jihatdan boy qiladi. Shunday qilib, biz sizlarning hadyalaringizni muhtojlarga yetkazganimizda ular Xudoga ko‘p shukrona keltiradilar.
12. Mana shu hadyangiz bilan ko‘rsatgan yordamingiz nafaqat Xudoning Quddusdagi azizlarining ehtiyojlarini qondiradi, balki ko‘pchilikning Xudoga ko‘pdan ko‘p tashakkurlar keltirishiga sabab bo‘ladi.
13. Ularga hamda boshqalarga ko‘rsatgan saxiyligingiz va MasihningXushxabariga ishonib, itoatkorona yashayotganingiz tufayli ko‘pchilik Xudoni ulug‘laydi. Axir, hadyangiz bularning dalolati–ku!
14. Xudoning sizlarga ko‘rsatgan cheksiz inoyati sababli ular mehr–muhabbat bilan sizlar uchun ibodat qiladilar.
15. Ta’rifiga til ojiz bo‘lgan ajoyib hadyasi uchun Xudoga shukr!

1. Masihning O‘zi ko‘rsatgan muloyimlik va mehribonlik bilan sizlardan iltijo qilaman. Ba’zilar men haqimda, “Pavlus shaxsan oramizda bo‘lganda mo‘min–u, uzoqda bo‘lganda esa juda jasur ekan– a!” deb aytayotgan ekan.
2. Ba’zilar meni bo‘shang odam, deb aytayotgan ekan. Men albatta bunday odamlarga qattiq muomila qilaman. Sizlardan o‘tinaman, sizlarga qattiq gapirishga meni majbur qilmanglar.
3. Biz inson bo‘lib, bu dunyoda yashasak ham, bashariy kuch bilan jang qilmaymiz.
4. Bizning qurol–aslahalarimiz bashariy manfaat uchun emas, balki ilohiy manfaat uchun ishlatiladi. Bu dunyoning qurol–aslahalariday emas. Xudoning qudrati bilan bu qurol–aslahalarimiz qal’aday mustahkam bo‘lgan insoniy o‘y–xayollarni hamda quruq safsatalarni yo‘q qilishga qodir.
5. Xudoni tanib–bilishga to‘sqinlik qilayotgan takabburona dunyoqarashga biz barham beramiz. Har qanday o‘y–xayolni Masihga bo‘ysundirib, asir qilamiz.
6. Shunday qilib, o‘zlaringiz ham to‘la bo‘ysunganingizdan keyin, biz birgalikda har xil itoatsizlikni jazolashga tayyor bo‘lamiz.
7. Ko‘z oldingizda bo‘lganlarga qarang. Agar birortasi ishonch bilan: “Men Masihga tegishliman”, desa, quyidagini o‘ylab ko‘rsin: u tegishli bo‘lgan Masihga biz ham tegishlimiz.
8. Egamiz tomonidan berilgan hokimiyat haqida juda ko‘p maqtansam ham, bundan hech xijolat bo‘lmayman. Axir, bu hokimiyat menga sizlarning imoningizni vayron qilish uchun emas, balki mustahkamlash uchun berilgan.
9. Darvoqe, ba’zilar: “U maktublarida talabchan va kuchli,
10. lekin shaxsan biz bilan bo‘lganda esa zaif, so‘zlari ham ta’sirsiz”, deb aytayotgan ekan. Bunday deb aytayotganlar shuni bilib qo‘ysinlarki, men faqatgina maktublarimda ogohlantirib qolmayapman.
11. Men maktublarimda qanday inson ekanligimni ko‘rsatgan bo‘lsam, huzuringizda bo‘lganimda ham shunday inson ekanligimni o‘z harakatlarim bilan isbotlayman.
12. O‘zlarini maqtayotgan odamlarning qatoriga biz o‘zimizni qo‘shmaymiz, hatto ular bilan solishtirmaymiz. Ular o‘zlarini o‘zlari bilan o‘lchab, o‘zlarini o‘zlariga qiyos qiladilar. Bu qanday ahmoqlik!
13. Biz haddan tashqari maqtanmaymiz. Xudo bizga yuklagan mas’uliyat va vazifa doirasidan chiqib ketmaymiz. Sizlar ham bizning mas’uliyatimiz doirasiga kirasizlar.
14. Agar biz sizlarga mas’ul bo‘lmaganimizda edi, sizlarga qilgan muomalamizda haddimizdan oshgan bo‘lardik. Ammo o‘zlaringiz bilasiz–ku, birinchi bo‘lib sizlarga Masihning Xushxabarini keltirgan bizmiz.
15. Biz haddimizdan oshib, boshqalarning qilgan mehnati bilan maqtanmaymiz. Umid qilamizki, imoningiz oshib boraveradi, shunda sizlarning yordamingiz bilan xizmatimiz yanada ko‘payadi.
16. Shunday qilib, boshqalarning tayyor ishlari bilan maqtanmay, sizlardan uzoqroq bo‘lgan joylarga ham Xushxabarni yetkazaylik.
17. Muqaddas Bitiklarda yozilganday: “Kim maqtanmoqchi bo‘lsa, Egamizning qilgan ishlari bilan maqtansin!”
18. O‘zini o‘zi maqtagan odam emas, balki Egamizning maqtoviga sazovor bo‘lgan odamgina Unga maqbul bo‘ladi.

1. Qaniydi, sizlar mening ozgina axmoqlik qilishimga chidasangiz! Ilojingiz qancha? Axir, qarang, sizlar menga chidab kelyapsizlar–ku!
2. Men sizlarni Xudoning rashki bilan qizg‘anyapman, chunki go‘yo bir pok bokira qizni yagona erga nikohlaganday, sizlarni Masihga taqdim etmoqchiman.
3. Ammo Momo Havo ilonning yolg‘on–yashiqlariga ishonib, yo‘ldan ozdirilgani kabi, sizlarning ham o‘y–xayollaringiz buzilmasin, siz o‘zingizni chin yurakdan, samimiylik bilan Masihga bag‘ishlaganingizni unutib qo‘yasiz, degan xavotirdaman.
4. Axir, birov kelib, biz va’z qilgan Isodan boshqa bir Iso haqida va’z qilsa yoki sizlar olgan Ruhdan boshqa bir ruh haqida va sizlar qabul qilgan Xushxabardan boshqa bir xushxabarni aytsa, bunday odamlarni xush qarshilab o‘tiribsiz.
5. Sizlar “oliy havoriylar” deb bilgan o‘sha ustozlaringizdan hech bir narsada qolishmayman, deb o‘ylayman.
6. Men mohir voizxon bo‘lmasam–da, ilm–ma’rifatda hech kamchiligim yo‘q. Buni sizlarga har jihatdan ochiq–oydin ko‘rsatdim.
7. Men sizlarni yuksaltirish uchun o‘zimni pasaytirib, Xudoning Xushxabarini sizlarga tekinga aytib, gunoh qildimmi?!
8. Sizlarga xizmat qilish uchun boshqa jamoatlardan mablag‘ oldim. Bu bilan xuddi ulardan o‘g‘irlaganday bo‘ldim.
9. Orangizda bo‘lib, muhtojlikda qolganimda ham birovga ortiqcha yuk bo‘lmadim, chunki Makedoniyadan kelgan birodarlar barcha ehtiyojlarimni qondirdilar. Men biron narsada sizlarga og‘irlik tushirmaslikka harakat qildim va shunday qilishda davom etaveraman.
10. Qalbimda Masihning haqiqati borligiga shubha yo‘q, shu bois Axaya hududi bo‘ylab yoyilayotgan bu obro‘– e’tiborimni hech kim to‘ka olmasligiga aminman.
11. Nima uchun sizlardan yordam so‘ramadim? Bu sizlarni yomon ko‘rishimdan darak beradimi? Mana, Xudoga ayon, sizlarni yaxshi ko‘raman.
12. Men qilayotgan ishimni davom ettiraveraman. Ana shunda, bizning ishlarimiz Pavlusning xizmati bilan baravar, deb maqtanayotganlarning gaplariga hech bir asos bo‘lmaydi.
13. Axir, ular o‘zlarini Masihning havoriylari qilib ko‘rsatayotgan soxta havoriylar va hiylakor xizmatchilar–ku!
14. Buning hayron qoladigan joyi yo‘q, chunki hatto shayton ham o‘zini nurli farishta qilib ko‘rsatadi.
15. Shuning uchun shaytonning xizmatkorlari o‘zlarini solihlik xizmatchilari qilib ko‘rsatayotganlarining hech ajablanarli joyi yo‘q. Oqibatda ular qilmishlariga yarasha jazo oladilar.
16. Yana aytaman, biror kishi meni ahmoq ekan, deb aytmasin. Bordi–yu, sizlar shunday deb o‘ylasangiz, unda ahmoqlarga qanday munosabatda bo‘lsangiz, menga ham shunday munosabatda bo‘linglar, shunda men ham ozgina maqtanib olaman.
17. Men balandparvozlik bilan gapirib, ahmoqlarday maqtanyapman. Bu RabbimizIsoga munosib emas.
18. Modomiki, ko‘pchilik insoniy mavqei bilan maqtanayotgan ekan, mayli, men ham maqtanay.
19. Axir, sizlar shunchalik donosizki, aqlsizlarga jon deb toqat qilasizlar.
20. Haqiqat shuki, birortasi sizlarni o‘ziga asir qilsa ham, haqingizni yesa ham, talon–taroj qilsa ham, o‘zini katta tutsa ham, yuzingizga tarsaki solsa ham, ularning hammasiga toqat qilib kelyapsiz.
21. Biz sizlarga o‘shanday muomala qilmadik. Shuning uchun biz sizning nazaringizda ojiz bo‘lib ko‘ringandirmiz–da?! Bundan uyalishimiz kerakmi?! Xo‘p, ahmoqlarcha gapirayotgan ekanman, odamlar nima bilan maqtanishga jur’at qilayotgan bo‘lsa, men ham o‘shalar bilan maqtanishga jur’at qilaman.
22. Ular ibroniymi? Men ham ibroniyman! Ular Isroil xalqiga tegishlimi? Men ham Isroil xalqidanman! Ular Ibrohim naslidanmi? Men ham Ibrohim naslidanman!
23. Ular Masihning xizmatkorlarimi? Men befarosatlik qilib aytyapmanki, ularning hammasidan ustunman. Zahmat desangiz, men ulardan ko‘proq zahmat chekdim. Zindon desangiz, ulardan ko‘proq zindonda yotdim. Zarba desangiz, men haddan tashqari ko‘p zarba yedim, hatto ko‘p marta o‘limga ro‘baro bo‘ldim.
24. Yahudiylar tomonidan besh marta bir kam qirqtadan kaltak yedim.
25. Rim amaldorlari meni uch marta kaltaklatdilar. Bir marta toshbo‘ron bo‘ldim, uch marta kemada halokatga uchradim, bir kechayu kunduzni dengiz bag‘rida o‘tkazdim.
26. Ko‘p marta uzoq safarlarda bo‘ldim. Daryolarda tahlikada qoldim. Qaroqchilar hujumidan hayotim tahlikada qoldi. O‘z qondoshlarimu g‘ayriyahudiylar tufayli tahlika ostida qoldim. Shaharda tahlika, sahroda tahlika, dengizda tahlika, soxta birodarlar orasida tahlika!
27. Men ancha mehnat va mashaqqat ostida, ko‘p marta uyqusizlikda, ochlik va tashnalikda qoldim. Ba’zan yeyishga nonim, sovuqda kiyishga kiyimim bo‘lmadi.
28. Yana bulardan va qolgan boshqa narsalardan tashqari, har kuni barcha jamoatlar haqida qayg‘urish ham mening zimmamda.
29. Ayting–chi, zaif odam bormi? Men undan ham zaifman. Birorta odam vasvasaga tushib, yo‘ldan ozganmi? Men vasvasa dastidan ado bo‘ldim–ku!
30. Maqtanish kerak bo‘lsa, ojizligim bilan maqtanaman.
31. Rabbimiz Isoning Otasi — abadiy hamdu sanoga loyiq Xudo biladiki, men yolg‘on gapirmayapman.
32. Mana, Damashqda bo‘lganimda, shoh Aretasga qarashli viloyat hokimi meni tutib olish uchun Damashq shahrini nazorat ostiga olgan edi. Ammo meni savat ichida shahar devoridagi derazadan tushirishdi va men uning qo‘lidan qochib qutuldim.

1. Maqtanishning hech foydasi yo‘q, ammo baribir maqtanishim kerak. Endi Egamiz ayon qiladigan vahiylarga kelsak,
2. Masihga qarashli bir odamni bilaman. O‘n to‘rt yil oldin o‘sha odam yerdan arshi–a’loga ko‘tarildi. Badanda edimi yoki badandan tashqarida edimi, bilmayman, Xudo biladi.
3. Shuni bilamanki, badandami yoki badandan tashqaridami, men emas, Xudo biladi,
4. o‘sha odam jannatga ko‘tarilganda insonning tili ta’riflashga ojiz bo‘lgan so‘zlarni eshitdi. Bunday so‘zlarni inson tilga olmasligi kerak.
5. Bunday odam bilan maqtansam bo‘ladi. Lekin o‘zim haqimda bo‘lsa, ojizligimdan boshqa hech narsa bilan maqtanmayman.
6. Agarda o‘zim haqimda maqtanadigan bo‘lsam ham, ahmoqona ish qilgan bo‘lmayman, chunki haqiqatni gapirgan bo‘laman. Odamlar o‘sha haddan tashqari ajoyib vahiylarga qarab menga baho bermasinlar. Ammo boshqalar qilayotgan ishlarimga qarab yoki mendan eshitganlari bo‘yicha menga baho bersinlar, undan ortiq meni yuqori ko‘tarmasinlar, deb o‘zimni tutib turibman.
7. Shuning uchun, meni kibrlanib ketmasin deb, badanimga bir nish, meni niqtalaydigan shaytonning elchisi berildi.
8. Buni mendan olib tashlagin, deb uch marta RabbimizIsoga yolvordim.
9. Lekin U menga shunday dedi: “Mening inoyatim doim senga yetarli bo‘ladi, chunki Mening qudratim sening ojizligingda to‘liq namoyon bo‘ladi.” Shunday qilib, Masihning qudrati men orqali ayon bo‘lishi uchun ojizligim bilan maqtanishni afzal ko‘raman.
10. Shu sababdan Masih haqi ojizlikni, xo‘rliklarni, muhtojliklarni, quvg‘in va qiyinchiliklarni shodlik bilan qabul qilaman. Ayniqsa ojiz bo‘lgan paytimda, Masihning qudrati bilan kuchli bo‘laman.
11. Men o‘zimni aqlsiz insonday tutdim. Ammo meni bunga o‘zlaringiz majbur etdingiz–ku, chunki sizlar meni maqtashingiz kerak edi. Mening o‘zim hech bir ahamiyatga ega bo‘lmasam–da, o‘sha “oliy havoriylardan” hech bir kam joyim yo‘q.
12. Orangizda bo‘lganimda har xil qiyinchiliklarga bardosh berganim, mo‘jizalaru alomatlar, qudratli ishlar qilganim haqiqiy havoriy ekanligimdan dalolat beradi.
13. Xo‘sh, qachon men sizlarga boshqa jamoatlarga qaraganda yomonroq muomalada bo‘ldim? To‘g‘ri, sizlarga og‘irligimni tushirmadim. Agar bu sizlarga adolatsizlik bo‘lib tuyulsa, meni kechiringlar.
14. Mana, sizlarning oldingizga uchinchi marta borishga tayyorman. Sizlarga yuk bo‘lmayman, chunki menga sizlarning narsalaringiz emas, o‘zingiz keraksiz. Zotan, farzandlar ota–onalari uchun emas, balki ota–onalar farzandlari uchun mol–mulk yig‘ishi lozim.
15. Shodlik bilan bor mol– mulkimni, hatto o‘z jonimni ham sizlar uchun beraman. Men sizlarni shunchalik yaxshi ko‘rar ekanman, sizlarning meni kamroq yaxshi ko‘rishingiz to‘g‘ri ishmi?!
16. Xo‘p, mayli, men sizlarga yuk bo‘lmabman–u, ammo yolg‘onu hiyla bilan sizlarni o‘z tomonimga og‘dirib olganmishman.
17. Sizlarning oldingizga yuborgan birorta odam orqali sizlardan foydalanib oldimmi?
18. Men Titusni sizning oldingizga borishga undadim. Haligi boshqa birodar bilan u sizlarning oldingizga borib, sizlardan foydalandimi? U men bilan bir niyatda xizmat qiladi, yo‘limiz bir–ku!
19. Yuqorida aytib o‘tgan gaplarimizning hammasi o‘zimizni sizlarning oldingizda himoya qilish uchun yozilgan, deb o‘ylayapsizlarmi? Bilib qo‘ying, biz bu gaplarni Masihning qullari sifatida Xudoning shohidligida aytyapmiz. Aziz do‘stlar, qilayotgan ishlarimizning hammasi sizlarni imonda qo‘llab quvvatlash uchundir.
20. Men bir narsadan qo‘rqib turibman: sizlarning oldingizga borganimda, nimani ko‘rarkinman, sizlar men o‘ylagan odamlar bo‘lib chiqmasangiz, men ham sizlar o‘ylagan odam bo‘lib chiqmasam-a! Borganimda orangizda janjalu hasadgo‘ylik, jaholat, raqobat, bo‘hton, g‘iybat, manmanlik va tartibsizlikni ko‘raman, degan xavotirdaman.
21. Bordi–yu, yana yoningizga borganimda, orangizdagi ko‘pchilik oldin qilgan gunohlaridan tavba qilmay, ifloslik, jinsiy axloqsizlik va fisqu fujurni davom ettirayotgan bo‘lsa, Xudoyimning oldida uyatga qolmay, sizlar uchun motam tutib, yig‘lamayin.

1. Men endi sizlarning oldingizga uchinchi marta boraman. O‘zingiz bilasiz, har bir ish ikkita yoki uchta guvohning so‘zlari asosida ko‘rib chiqiladi.
2. Men sizlarning oldingizga ikkinchi marta borganimda gunoh qilganlarni ham, qolganlarni ham ogohlantirgan edim. Endi sizlarning oldingizda bo‘lmasam ham, yana ogohlantirib aytyapman, keyingi safar gunoh qilganlarning hech birini ayamayman.
3. Masih men orqali gapirayotganini isbotlashimni xohlayapsiz. Mening xatti–harakatim buning dalili emasmi?! Masih sizlarga zaiflik bilan munosabat qilmaydi, U orangizda O‘z qudratini namoyish qilmoqda.
4. U insoniy tanasining zaifligi tufayli xochga mixlanib o‘ldirilgan edi, ammo endi Xudoning qudrati tufayli tirikdir. Biz ham Masihning insoniy zaifligiga sherik bo‘lsak–da, o‘zingiz ko‘rasiz, Xudoning qudrati tufayli Masihning hayotiga ham sherikmiz.
5. O‘zingizni o‘zingiz tekshirib ko‘ringlar. Qani, imonda turibsizlarmi? O‘zingizni sinab ko‘ringlar. Iso Masih orangizda ekanligini bilmaysizmi? Buni bilmasangiz, sinovdan o‘tmagan bo‘lasiz.
6. Biz sinovdan o‘tganligimizni bilasiz, degan umiddaman.
7. Sizlar hech qanday yomon ishlar qilmasligingizni Xudodan iltijo qilamiz. Bu bizning sinovdan o‘tganligimizni isbotlash uchun emas. Mabodo, biz sinovdan o‘tmagan bo‘lib tuyuladigan bo‘lsak ham, sizlar to‘g‘ri ish qilavering.
8. Zotan, biz haqiqatga qarshi tura olmaymiz, balki haqiqat yo‘lida ish tutamiz.
9. Bizlar zaif, sizlar esa kuchli bo‘lganingizdan xursandmiz. Axir, Xudoga iltijoimiz sizlarning komil bo‘lishingizdir.
10. Shuning uchun sizlarning yoningizda bo‘lmasam ham shularni yozyapman. Toki oldingizga borganimda Egamiz menga bergan hokimiyat bilan sizlarga qattiq muomala qilmayin. Axir, menga bu hokimiyat sizlarni vayron qilish uchun emas, balki imoningizni mustahkam qilish uchun berilgan.
11. Shunday qilib, birodarlarim, endi sizlar bilan xayrlashay. Kamolotga intilaveringlar, bir– biringizga dalda beringlar, hamfikr bo‘linglar, o‘zaro ahil–inoq bo‘lib yashanglar. Shunda mehr– muhabbat va tinchlik manbayi bo‘lgan Xudo sizlar bilan bo‘ladi.
12. Bir–biringiz bilan o‘pishib ko‘rishinglar. Xudoning bu yerdagi hamma azizlari sizlarga salom aytyapti.
13. Rabbimiz Iso Masihning inoyati, Xudoning mehr–muhabbati va Muqaddas Ruhning hamrohligi hammangizga yor bo‘lsin!

YouTube kanaliga xush kelibsiz!
► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)
Muqaddas Kitob
- Ibtido
- Chiqish
- Levilar
- Sahroda
- Qonunlar
- Yoshua
- Hakamlar
- Rut
- Shohlar (birinchi kitob)
- Shohlar (ikkinchi kitob)
- Shohlar (uchinchi kitob)
- Shohlar (to‘rtinchi kitob)
- Solnomalar (birinchi kitob)
- Solnomalar (ikkinchi kitob)
- Ezra
- Naximiyo
- Ester
- Ayub
- Zabur
- Sulaymonning hikmatlari
- Voiz
- Ishayo
- Sulaymonning go‘zal qo‘shig‘i
- Yeremiyo
- Yeremiyoning marsiyasi
- Hizqiyo
- Doniyor
- Xo‘sheya
- Yo‘el
- Amos
- Obodiyo
- Yunus
- Mixo
- Noxum
- Xabaqquq
- Zafaniyo
- Xaggey
- Zakariyo
- Malaki
- Matto Muqaddas xushxabar
- Luqo Muqaddas xushxabar
- Yuhanno Muqaddas xushxabar
- Mark Muqaddas xushxabar
- Havoriylarning faoliyati
- Yoqubning maktubi
- Butrusning birinchi maktubi
- Butrusning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning birinchi maktubi
- Yuhannoning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning uchinchi maktubi
- Yahudoning maktubi
- Rimliklarga maktub
- Korinfliklarga birinchi maktub
- Korinfliklarga ikkinchi maktub
- Galatiyaliklarga maktub
- Efesliklarga maktub
- Filippiliklarga maktub
- Kolosaliklarga maktub
- Salonikaliklarga birinchi maktub
- Salonikaliklarga ikkinchi maktub
- Timo‘tiyga birinchi maktub
- Timo‘tiyga ikkinchi maktub
- Titusga maktub
- Filimo‘nga maktub
- Ibroniylarga maktub
- Yuhannoga ko‘rsatilgan vahiy
AJOYIB KITOBNI O'QING

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)
MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Tavrot | Zabur | Injil (+audio)

Яхши аудио Китоблар

Kinolar va Multiklar

Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Аудио Кутубхона

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz