Muqaddas Kitob

Galatiyaliklarga maktub

1. Men — Pavlus va men bilan birga bo‘lgan hamma birodarlar Galatiya o‘lkasidagi imonlilar jamoatlariga salom yo‘llaymiz.
2. Men insonlar tomonidan emas, inson orqali ham emas, balki Iso Masih va Uni tiriltirgan Otamiz Xudo tomonidan havoriy qilib tayinlanganman.
3. Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih sizlarga inoyat hamda tinchlik ato qilsin.
4. Iso Masih bizni hozirgi yovuz zamondan qutqaray, deb bizning gunohlarimiz uchun O‘zini fido qildi. U shu yo‘sin Otamiz Xudoning irodasini ado etdi.
5. Xudoga abadulabad shon-sharaflar bo‘lsin! Omin.
6. Sizlar Xudodan shunchalik tez yuz o‘girib, boshqa bir Xushxabarga yuz burayotganingizdan juda hayronman. Axir, Masihning inoyati orqali Xudo sizlarni O‘z Xushxabariga da’vat qilgan edi.
7. O‘sha Xushxabardan boshqa hech qanday xushxabar yo‘q–ku! Faqat ba’zilar sizlarni chalg‘itib, Masih haqidagi Xushxabarni buzib ko‘rsatmoqchi bo‘ladilar.
8. Ammo kimda–kim, hatto biz o‘zimizmi yoki osmondan kelgan biror farishtami, sizlarga biz yetkazgan Xushxabardan boshqa bir “xushxabar” keltirsa, u la’nati bo‘lsin!
9. Men oldin ham aytgan edim, hozir ham aytyapman: kimki sizlar qabul qilgan Xushxabarga zid bo‘lgan xabarni targ‘ib etsa, la’nati bo‘lsin!
10. Xo‘sh, men kimning maqtoviga sazovor bo‘lmoqchiman: insonlarningmi yoki Xudoningmi?! Nahotki insonlarni mamnun qilmoqchi bo‘lsam?! Agar men hali ham insonlarni mamnun qilayotgan bo‘lsam edi, Masihning quli bo‘lolmas edim!
11. Ey birodarlar, sizlarga aytib qo‘yay: men targ‘ib etayotgan Xushxabar inson ijodi emas.
12. Axir, men bu Xushxabarni insondan qabul qilmaganman yoki biror odamdan o‘rganmaganman. Uni menga Iso Masihning O‘zi vahiy orqali ayon qilgan.
13. Men yahudiy diniga e’tiqod qilib, qanday hayot kechirganim haqida eshitgansizlar. O‘sha paytlarda Xudoning jamoatini shafqatsizlarcha quvg‘in qilardim, uni qirib tashlashga harakat qilardim.
14. Qavmimdan bo‘lgan ko‘p tengdoshlarimga qaraganda, yahudiy dinini chuqurroq tushunib, ulardan ancha ilgarilab ketgan edim. Ota–bobolarimning urf–odatlari amal qilinishiga juda jonkuyarlik qilar edim.
15. Ammo Xudo menga muruvvat qildi, inoyati bilan meni O‘ziga da’vat etib, onam qornida bo‘lganimdayoq meni tanlagan edi.
16. Men boshqa xalqlar orasida Xudo O‘g‘li haqidagi Xushxabarni targ‘ib qilishim uchun, Xudo O‘z O‘g‘lini menga zohir qildi. Shunda men hech bir inson bilan maslahatlashmadim.
17. Hatto mendan oldin havoriy bo‘lganlarni ko‘rishga Quddusga bormay, darhol Arabistonga jo‘nadim. Undan keyin yana Damashqqa qaytdim.
18. Uch yildan keyin, Butrus bilan tanishay, deb Quddusga bordim. Uning yonida o‘n besh kun bo‘ldim.
19. Ammo Quddusda Butrusdan va Rabbimiz Isoning ukasi Yoqubdan boshqa hech bir havoriyni ko‘rmadim.
20. Men sizlarga nima yozayotgan bo‘lsam, Xudo shohid, hech biri yolg‘on emas.
21. Undan so‘ng Suriya va Kilikiya viloyatlariga bordim.
22. Yahudiya o‘lkasidagi imonlilar jamoatlari meni hali shaxsan tanimas edilar.
23. O‘sha imonlilar men haqimda faqat boshqalarning: “U bir vaqtlar bizlarni quvg‘in qilib yurgan kishi edi. Endi esa ilgari ildizi bilan quritmoqchi bo‘lgan imonni o‘zi targ‘ib qilmoqda”, degan gaplarini eshitardilar
24. va men tufayli Xudoni ulug‘lar edilar.
1. O‘n to‘rt yil o‘tgandan keyin, men Barnabo bilan birga yana Quddusga bordim. Titusni ham yonimga olgan edim.
2. Xudo menga bergan vahiyga binoan u yerga borgandim. O‘sha yerdagi jamoatning e’tiborli yetakchilari bilan alohida uchrashdim. Ularga g‘ayriyahudiylar orasida o‘zim targ‘ib qilayotgan Xushxabarning mohiyatini bayon etdim. Bunday qilishim oldingi qilgan va hozir qilayotgan ishlarim behuda ketmasligi uchun edi.
3. Hatto hamrohim Titus, yunon bo‘lishiga qaramay, sunnat qilinishga majbur etilmadi.
4. Ammo ba’zi soxta birodarlar bildirmaygina oramizga kirib olib, Iso Masih bizga ato etgan ozodlik haqida surishtirib ko‘rdilar. Ularning maqsadi bizni yana qullarga aylantirish edi.
5. Biz esa, Xushxabarning haqiqati doimo sizlar bilan bo‘lsin deb, ularga zarracha ham yon bermadik.
6. E’tiborli hisoblangan yetakchilarga kelganda esa (ular qanday martabaga ega bo‘lganlari menga baribir, zotan Xudo insonlar orasida tarafkashlik qilmaydi) shuni aytay, ular mendan boshqa hech nima talab qilmadilar.
7. Aksincha, yahudiylarga Xushxabar yetkazish Butrusga buyurilganday, g‘ayriyahudiylarga Xushxabar yetkazish menga buyurilganini ular tushunib yetdilar.
8. Axir, Butrusni yahudiylar orasida havoriylik faoliyatini ko‘rsatishga tayinlagan Xudo meni ham g‘ayriyahudiylar orasida xizmat qilishga tayinladi.
9. Shunday qilib, Xudo menga bu ish uchun alohida inoyat berganiga imonlilar jamoatining ustunlari hisoblangan Yoqub, Butrus va Yuhanno ishonch hosil qildilar. Men va Barnabo g‘ayriyahudiylar orasida, ular esa yahudiylar orasida xizmat qilishga rozi bo‘lib qo‘l tashlashdik.
10. Ular faqat bizdan, kambag‘allarga g‘amxo‘rlik qilishni davom ettiringlar, deb iltimos qildilar. Shaxsan men anchadan beri bu haqda jon kuydirardim.
11. Butrus Antioxiya shahriga kelganda, uning noto‘g‘ri ish tutayotganligini ochiqchasiga yuziga aytdim.
12. Chunki Quddusdan — Yoqubning oldidan ba’zi odamlar kelmasidan avval Butrus g‘ayriyahudiylar bilan birga yeb–ichib yurgan edi. Ammo ular kelgandan keyin Butrus sunnat tarafdori bo‘lganlardan xavotirlanib, o‘zini chetga olgandi va g‘ayriyahudiylar bilan birga bir dastruxonda o‘tirmasdi.
13. Shunda boshqa yahudiy masihiylar ham Butrusga o‘xshab ikkiyuzlamachilik qilishdi. Hatto Barnabo ham ularning ikkiyuzlamachiligi tufayli yo‘ldan ozdi.
14. Men esa ular Xushxabarning haqiqati bo‘yicha ish tutmayotganini ko‘rib, hammaning oldida Butrusga shunday dedim: “Mana siz yahudiy bo‘la turib, yahudiylar kabi emas, g‘ayriyahudiylar kabi yashayapsiz. Shunday ekan, qanday qilib g‘ayriyahudiylarni yahudiylar kabi yashashga majbur qila olasiz?”
15. To‘g‘ri, bizlar yahudiy naslidanmiz, gunohkor hisoblangan g‘ayriyahudiylardan emasmiz.
16. Lekin shuni bilamizki, inson qonunga amal qilish bilan emas, balki Iso Masihga bo‘lgan imoni orqali oqlanadi. Shuning uchun ham biz qonunga amal qilish bilan emas, Masihga bo‘lgan imonimiz tufayli oqlanamiz, deb Iso Masihga ishondik. Axir, hech kim qonunga amal qilish bilan oqlanmaydi.
17. Mana, biz Masih orqali oqlanishga intilyapmiz. Biz ham g‘ayriyahudiylar qatori gunohkor ekanligimizni bu ko‘rsatib turibdi. Demak, unday holda, gunohkorligimizning sababchisi Masih ekan–da? Yo‘q, aslo!
18. Ammo men o‘zim qulatgan qonun–qoidalar binosini qaytadan qurishga kirishadigan bo‘lsam, unda men yana qonunbuzar bo‘lib qolaman.
19. Axir, qonunning o‘zi meni o‘limga mahkum qildi. Endi men Xudo uchun yashay deb, qonun uchun o‘lganman. Men Masih bilan birga xochga mixlab qo‘yilganman.
20. Endi yashayotgan men emas, balki Masihdir. U mening hayotimni boshqaryapti. Hali tirik ekanman, Xudoning O‘g‘liga bo‘lgan imon bilan yashayman. Axir, U meni yaxshi ko‘rib, O‘zini men uchun fido qilgan.
21. Men Xudoning inoyatini inkor qilmayman. Agar qonunga amal qilish bilan oqlanish mumkin bo‘lganda edi, Masih behuda o‘lgan bo‘lardi.
1. Ey befahm Galatiyaliklar! Kim sizlarni sehrlab qo‘ydi? Axir, Iso Masihningxochga mixlangani ko‘z o‘ngingizda aniq tasvir etilmaganmidi?!
2. Sizlardan faqatgina bir narsani so‘rab bilmoqchiman! Xo‘sh, sizlar Ruhni qanday qilib oldingizlar: qonunga amal qilish orqalimi yoki eshitganlaringizga ishonish orqalimi?
3. Sizlar shunchalik befahmmisizlar? Ruh qudrati bilan yangi hayot boshlagan ekansiz, endi uni o‘z insoniy kuchingiz bilan kamolga yetkazmoqchimisiz?
4. Tatib ko‘rganlaringizning hammasi behuda ketdimi? Nahotki, rostdan ham behuda ketgan bo‘lsa?!
5. Xudo sizlarga O‘z Ruhini ato etib, orangizda mo‘jizalar yaratmoqda. Nima deb o‘ylaysiz: U buni qonunga amal qilganingiz uchun qilyaptimi yoki eshitganlaringizga ishonganingiz uchunmi?!
6. Muqaddas Bitiklarda Ibrohim haqida shunday yozilgan: “U Xudoga ishondi, mana shu ishonchi uchun Xudo uni solih, deb bildi.”
7. Shundan bilinglarki, kim imonli bo‘lsa, o‘sha inson Ibrohimning avlodi, deb hisoblanadi.
8. Xudo dastavval Ibrohimga: “Barcha xalqlar sen orqali baraka topadilar”, deb Xushxabar keltirgan. Muqaddas Bitiklardagi bu oyat shuni ko‘rsatadiki, Xudo xalqlarni imon orqali oqlaydi.
9. Shuning uchun kim imonli bo‘lsa, Xudoga ishongan Ibrohim qatori Xudoning barakasidan bahramand bo‘ladi.
10. Qonunga amal qilish orqali Xudoni mamnun qilmoqchi bo‘lganlarning hammasi la’nat ostidadir. Axir, Muqaddas Bitiklarda: “Qonun kitobidagi amrlarning hammasini to‘liq bajarmaganlar la’nat ostidadir!” deb yozilgan–ku!
11. Shunday ekan, ko‘rinib turibdiki, qonunga amal qilish bilan hech kim o‘zini Xudo oldida oqlay olmaydi, zotan “solih inson imon tufayli hayotga ega bo‘ladi.”
12. Qonunni bajarish esa imonga asoslanmagan, “qonun amrlarini bajarganlar o‘sha amrlar tufayli hayotga ega bo‘ladi.”
13. Masih esa bizning o‘rnimizga la’natlanib, bizni qonun la’natidan xalos qildi. Axir, Muqaddas Bitiklarda: “Yog‘ochga osilgan har bir kishi la’natidir”, deb yozilgan–ku!
14. Shu yo‘sin g‘ayriyahudiylar ham Iso Masih orqali Xudoning Ibrohimga va’da qilgan barakalaridan bahramand bo‘ladilar, biz ham imon orqali Xudo va’da qilgan Ruhni olamiz.
15. Birodarlar! Hayotdan bir misol keltiray: odamning vasiyati tasdiqlangandan keyin uni hech kim bekor qilolmaydi va unga hech narsa qo‘sholmaydi.
16. Endi esa Xudoning Ibrohimga va uning zurriyotiga bergan va’dalariga qaraylik. Muqaddas Bitiklarda Ibrohimga: “Sening zotlaringga”, deb aytilmagan, aksincha, “Sening zurriyotingga”, deb aytilgan. Demak va’dada ko‘pchilik emas, balki faqat bir kishi, ya’ni Masih nazarda tutilgan.
17. Shuni aytmoqchimanki, Xudo Ibrohim bilan ahd tuzgandan so‘ng 430 yil o‘tgach qonun berildi. Ammo tasdiqlangan ahdni qonun kuchdan qoldirmadi, demak, Xudoning va’dasini bekor qilmadi.
18. Agar Xudoning in’omi insonlarning qonunga amal qilishiga ko‘ra beriladigan bo‘lsa, demak, va’daga ko‘ra berilmaydi. Ibrohimga esa Xudo O‘z in’omini va’da bo‘yicha berdi.
19. Unday holda qonun nima uchun berilgan? Qonun gunohkorligimizni ko‘rsatish uchun berilgandi. Ibrohimning va’da olgan zurriyoti kelmaguncha, bu qonun joriy bo‘lishi kerak edi. Qonun farishtalar tomonidan, bir vositachi orqali xalqqa berildi.
20. Vaholanki, odam bir o‘zi ish qilganda, vositachi kerak bo‘lmaydi. Tanho bo‘lgan Xudo esa va’da berganda hech bir vositachisiz beradi.
21. Xo‘sh, qonun Xudoning va’dalariga zidmi? Aslo! Agar abadiy hayot ato qilishga qodir bir qonun berilgan bo‘lsa edi, unda shubhasiz qonunga amal qilish bilan oqlansa bo‘lar edi.
22. Ammo Muqaddas Bitiklarga ko‘ra butun borliq gunohning tutqunidir. Shuning uchun va’da faqat Iso Masihga ishonish orqali ro‘yobga chiqadi va imonlilarga nasib bo‘ladi.
23. Imon yo‘li ayon bo‘lishidan avval, biz qonun nazorati ostidagi tutqunlar edik. O‘sha imon ayon bo‘lishini kutayotgan edik.
24. Boshqacha aytganda, qonun Masihga boshlovchi murabbiyimiz edi. Endi esa biz Masihga bo‘lgan imon orqali oqlanamiz.
25. Mana imon yo‘li ayon bo‘lgan ekan, biz endi murabbiyning tarbiyasida emasmiz.
26. Endi sizlar Iso Masihga bo‘lgan imoningiz orqali Xudoning farzandisizlar.
27. Sizlar suvda cho‘mdirilib, Masih bilan birlashdingiz. Har biringiz Masihga burkanib oldingiz.
28. Endi na yahudiy, na yunon bor, na qul, na ozod bor, na erkak, na ayol bor. Sizlar Iso Masihga tegishli bo‘lganingiz uchun, hammangiz birsizlar.
29. Sizlar Masihniki ekansizlar, demak Ibrohimning ham zurriyotisizlar, berilgan va’daning barakalaridan bahramand bo‘lasizlar.
1. Men bunday demoqchiman: merosxo‘r hali yosh bola ekan, garchi u butun mulkning egasi bo‘lsa ham, quldan hech farq qilmaydi.
2. U otasi belgilagan fursatgacha vasiyga va uy–ro‘zg‘orni boshqaruvchi xizmatkorga bo‘ysunadi.
3. Xuddi shu singari, bizlar ham oldin bolalarday edik. Xurofot kuchlariga qul edik.
4. Muddat bitgandan keyin, Xudo O‘z O‘g‘lini yubordi. Bu o‘g‘il qonun ostidagi hayot uchun ayoldan tug‘ildi.
5. Xudoning O‘z O‘g‘lini yuborishdan maqsadi bizni qonun ostidagi hayotdan xalos etib, O‘ziga farzand qilib olish edi.
6. Biz Xudoning farzandlari ekanligimizni ko‘rsatish uchun U yuragimizga O‘z o‘g‘lining Ruhini yubordi. Bu Ruh orqali biz Xudoni: “Ota! Otajon!” deb chaqiramiz.
7. Demak, endi siz qul emas, balki farzandsiz. Farzand ekansiz, Xudoning sharofati bilan U va’da qilganlarga egasiz.
8. Oldin sizlar Xudoni bilmagan paytingizda, asli xudolar bo‘lmagan kuchlarga qul edingiz.
9. Endi esa Xudoni bilasizlar, to‘g‘rirog‘i, Xudo sizlarni biladi. Shunday ekan, qanday qilib yana o‘sha kuchsiz, qadrsiz xurofotlarga qaytyapsiz?! Yana o‘shalarga qul bo‘lishni xohlaysizmi?!
10. Sizlar belgilangan alohida kunlar, oylar, yillarga rioya qilib, diniy marosimlar o‘tkazyapsiz!
11. Sizlar uchun qayg‘uryapman! Nahotki sizlarni deb chekkan zahmatlarim bekor ketgan bo‘lsa?!
12. Ey birodarlar, sizlardan iltimos qilaman, menga o‘xshagan bo‘linglar, chunki men ham sizlarga o‘xshab qonun ostidagi hayotdan ozodman. Sizlar menga hech ham ozor bermagansiz.
13. O‘zingiz bilasiz, men sizlarga birinchi marta Xushxabar aytganimda, jisman ojiz edim.
14. Ojizligim tufayli sizlarga og‘irligim tushgan bo‘lsa ham, mendan nafratlanmadingiz, meni rad etmadingiz. Aksincha, meni Xudoning farishtasiday, xuddi Iso Masihning O‘zini qabul qilganday qabul qildingizlar.
15. Qani endi o‘sha xayrixohligingiz?! Axir, o‘zim shohidman: agar iloji bo‘lganda, hatto ko‘zlaringizni ham sug‘urib olib, menga bergan bo‘lardingiz!
16. Nahotki endi sizlarga haqiqatni aytganim uchun dushmaningiz bo‘lib qolgan bo‘lsam?!
17. Ba’zi birovlar sizlarni o‘zlariga og‘dirib olishga tirishmoqdalar. Lekin ular sizlarning foydangizni ko‘zlamayapti, balki bizni bir– birimizdan ajratib tashlamoqchi. Shunda sizlar ularning atrofida girdikapalak bo‘lasizlar.
18. Yaxshi g‘oyaga bag‘ishlanish yaxshidir. Lekin bu faqat men sizlarning oldingizdaligimda emas, balki doim shunday bo‘lishi kerak.
19. Bolalarim, men sizlarni yangidan tug‘ayotganday, to‘lg‘oq azobidaman. Maqsadim shuki, sizlarda Masihning tabiati namoyon bo‘lsin.
20. Sizlar meni taajjubga solib qo‘ydingiz! Qani endi sizlarning oldingizda bo‘lsam–u, boshqa ohangda gapira olsam!
21. Ey sizlar, qonun ostidagi hayotni afzal ko‘rganlar, menga aytinglar–chi, nahot sizlar Tavrotdagi qonunlarni tushunmasangizlar?!
22. Axir, unda yozilganlardan bilamizki, Ibrohimning ikki o‘g‘li bo‘lgan. O‘g‘illarining biri cho‘ridan, ikkinchisi esa ozod ayoldan tug‘ilgan.
23. Cho‘risiniki inson tashabbusi bilan, ozod xotininiki esa Xudoning va’dasiga binoan tug‘ilgan edi.
24. Bunda ramziy ma’no bor. Ikki ona Xudoning ikki ahdini bildiradi: birinchisi — qullar tug‘adigan Hojar bibi Sinay tog‘ida qilingan ahdning ramzidir.
25. Hojar Arabistondagi Sinay tog‘ini bildirsa–da, u yahudiy dinining markazi bo‘lgan hozirgi Quddusning ramzidir. Axir, Quddus va uning bolalari qullikdalar–ku.
26. Samoviy Quddus esa ozoddir: u bizlarning onamizdir!
27. Muqaddas Bitiklarda shunday yozilgan: “Ey bola ko‘rmagan bepusht ayol! Shod bo‘lgin! Ey to‘lg‘oq og‘rig‘ini bilmagan ayol! Xitob qil, hayqirgin! Axir, tashlab ketilgan ayolning bolalari Eri bor xotinnikidan ham ko‘proq bo‘ladi!”
28. Sizlar esa, ey birodarlar, Is’hoqqa o‘xshab va’daga binoan tug‘ilgan farzandlarsiz.
29. O‘sha zamonda tabiiy yo‘l bilan tug‘ilgan o‘g‘il Ruhning kuchi bilan tug‘ilgan o‘g‘ilni quvg‘in qildi. Hozir ham xuddi shunday.
30. Ammo bu haqda Muqaddas Bitiklarda nima deyilgan? “Cho‘rini va uning o‘g‘lini haydab yuboring. Chunki cho‘rining o‘g‘li ozod ayolning o‘g‘li bilan birga merosxo‘r bo‘lmaydi.”
31. Shunday qilib, ey birodarlar, biz cho‘rining emas, balki ozod ayolning farzandlarimiz.
1. Bizga erkinlik berish uchun Masih bizni ozod qildi. Endi shu erkinlikni mahkam tutinglar, qaytadan qullik bo‘yinturug‘ini taqmanglar.
2. Mana, men, Pavlus, sizlarga aytyapman: agar sizlar sunnat qilinsangiz, Masih sizlarga hech qanday foyda keltirmaydi.
3. Sunnat qilinadigan har bir odamga yana ta’kidlab aytaman: u butun qonunni bajarishga majburdir.
4. Sizlar, qonunni bajarish bilan o‘zimizni oqlaymiz, deb Masihdan ajraldingizlar va o‘zingizni Xudoning inoyatidan mahrum qildingizlar.
5. Bizlar esa Ruhga tayanib, Xudo bizni imonimiz tufayli solih, deb e’lon qilishini intizorlik bilan kutyapmiz.
6. Iso Masihga tegishli bo‘lganlar orasida sunnat qilingan, qilinmaganlikning hech ahamiyati yo‘q. Faqatgina mehr–muhabbat orqali ifodalangan imonimiz muhimdir.
7. Sizlar imon yo‘lida olg‘a qadam bosayotgan edingiz. Xo‘sh, haqiqatga quloq solishingizga kim xalaqit berdi?
8. Albatta Xudo emas! Uning O‘zi sizlarni da’vat qilgan–ku!
9. Esingizda bo‘lsin, ozgina xamirturush butun xamirni achitadi!
10. Ishonamanki, sizlar bu xususda boshqacha fikr qilmaysizlar. Bu ishonchni Rabbimiz Isoning o‘zi menga berdi. Ammo sizlarning fikringizni chalg‘itayotgan, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, jazosini oladi.
11. Birodarlar, bordi–yu, men hamon sunnatni targ‘ib etayotgan bo‘lganimda edi, quvg‘inlarga duchor bo‘lmagan bo‘lardim. Bunday holda Iso Masihning xochdagi qurbonligi haqidagi targ‘ibotim hech kimning jahlini chiqarmasdi.
12. Qaniydi, sizlarni chalg‘itayotganlarning o‘zlari birato‘la bichilsa!
13. Ey birodarlar, sizlar ozod hayot kechirishga da’vat qilingansizlar. Lekin bu o‘zingizning xudbin istaklaringizga erk berish degani emas, aksincha bir–biringizga muhabbat bilan xizmat qilinglar, deganidir.
14. Axir, qonun: “O‘zgani o‘zingizni sevganday seving”, degan gapda mujassam.
15. Ehtiyot bo‘linglar! Hadeb tishlashib, g‘ajishavermanglar, bo‘lmasa oxiri bir–biringizni yeb bitirasiz!
16. Yana shuni aytayin: Ruh yetakchiligida hayot kechiring, shunda xudbin istaklaringizni qondirmaysiz.
17. Axir, o‘shanday insoniy istaklar Ruhga qarshi, Ruhning istaklari esa insoniy xudbin istaklarga qarshidir. Bularning ikkalasi bir–biriga qarshi, shuning uchun sizlar xohlaganingizni qila olmaysizlar.
18. Ammo Ruh sizni boshqarsa, siz qonunning amri ostida emassiz.
19. Xudbin istaklarga erk berish quyidagilarni keltirib chiqarishi hammaga ayon: fahsh–zino, harom–harishlik, axloqiy buzuqlik,
20. butparastlik, folbinligu issiq–sovuq qilishlar, dushmanlik, janjalkashlik, rashk, jahldorlik, g‘alamislik, nizolaru har xil guruhlarga bo‘linish,
21. baxillik, ichkilikbozlik, aysh–ishratga berilish va shularga o‘xshash ishlar. Sizlarni oldin ogohlantirgandim, yana ogohlantiryapman: bunday ishlarni qiluvchilar Xudo Shohligidan bahramand bo‘lmaydi.
22. Ruhning samarasi esa quyidagilardir: muhabbat, sevinch, xotirjamlik, sabr–toqat, mehribonlik, ezgulik, ishonch,
23. muloyimlik va o‘zini tuta bilish. Bu xislatlarga qarshi biror qonun yo‘q.
24. Iso Masihga tegishli bo‘lganlar o‘zlarining xudbin istaklarini va ehtiroslarini xochga mixlab qo‘yganlar.
25. Ruh hayotimiz manbayi ekan, endi Ruhning yetakchiligi ostida hayot kechirishimiz lozim.
26. Shuhratparast bo‘lmaylik, bir–birimizni gijgijlamaylik, baxillik qilmaylik.
1. Ey birodarlar, deylik, orangizdan birortasi gunoh qilib qo‘yganini bilib qoldingiz. Sizlar, Ruhning yetakchiligida hayot kechirayotganlar, uni muloyim ruh bilan to‘g‘ri yo‘lga solinglar. O‘zingizga ehtiyot bo‘ling, tag‘in o‘zingiz ham vasvasaga yo‘liqib qolmang.
2. Boshingizga g‘am– tashvish tushganda, bir–biringizni qo‘llab– quvvatlanglar. Shunday qilsangizlar, Masihning amrlarini bajargan bo‘lasizlar.
3. Axir, biror kishi, garchi o‘zi hech narsa bo‘lmasa–yu, o‘zini muhim, deb hisoblasa, o‘zini o‘zi aldagan bo‘ladi.
4. Har kim o‘z ishini tekshirib ko‘rsin. Shunda u faqat o‘zidan faxrlansa bo‘ladi, boshqalar maqtanishga hojat qolmaydi.
5. Zotan har kim o‘z aravasini o‘zi tortishi lozim.
6. Kalomdan ta’lim oluvchi esa bor bisotini ustozi bilan baham ko‘rishi kerak.
7. O‘zlaringizni aldamanglar! Xudoni laqillatib bo‘lmaydi. Inson nima eksa, shuni o‘rib oladi.
8. Xudbin istaklarini qondirish uchun urug‘ ekkanlar o‘sha xudbin istaklari tufayli halokatni o‘rib oladilar. Ruhni mamnun qilish uchun urug‘ ekkanlar esa Ruhdan abadiy hayot o‘rib oladilar.
9. Shunday ekan, yaxshilik qilishdan charchamaylik. Agar holdan toyib qolmasak, o‘z vaqtida buning hosilini o‘rib olamiz.
10. Demak, hali fursat bor ekan, hammaga, ayniqsa, Masih xonadoniga tegishli bo‘lganlarga yaxshilik qilaveraylik.
11. Mana qaranglar, endi sizlarga o‘z qo‘lim bilan, qanday yirik harflar bilan yozyapman!
12. Sizlarni sunnat bo‘lishga majbur qilayotganlar sirtdan yaxshi taassurot qoldirmoqchi bo‘lyaptilar. Masihning xochi uchun quvg‘inga duchor bo‘lmaylik, deya shunday qilyaptilar.
13. Holbuki, sunnatni tadbiq qilayotganlarning o‘zlari ham qonunga rioya etmaydilar. Ular faqatgina sizlarning sunnat qilinganingiz bilan maqtanishni istaydilar.
14. Men esa Rabbimiz Iso Masihning xochidan boshqa hech narsa bilan maqtanmayman. O‘sha xoch tufayli bu dunyo men uchun o‘lgan, men esa bu dunyo uchun o‘lganman.
15. Axir, sunnat qilingan yoki qilinmaganlikning hech ahamiyati yo‘q. Muhimi — yangidan yaratilishdir.
16. Bu qoidaga ko‘ra yashayotganlarning hammasiga, ya’ni Xudoning haqiqiy xalqiga tinchlik va marhamat yor bo‘lsin!
17. Endi hech kim menga aziyat bermasin. Axir, tanamdagi chandiqlar Isoga tegishli ekanligimni ko‘rsatadigan tamg‘alar–ku!
18. Ey birodarlar, Rabbimiz Iso Masihning inoyati sizlarga yor bo‘lsin. Omin.



YouTube kanaliga xush kelibsiz!




► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)


Muqaddas Kitob



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак