Muqaddas Kitob
Efesliklarga maktub
1. Xudoning irodasi bilan Iso Masihninghavoriysi bo‘lgan men — Pavlusdan Iso Masihga sodiq bo‘lgan Efes shahridagi Xudoning azizlariga salom!
2. Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih sizlarga inoyat va tinchlik ato qilsin.
3. Rabbimiz Iso Masihning Otasi Xudoga hamdu sanolar bo‘lsin. U samodagi barcha ruhiy barakalarni Masih orqali bizlarga berdi.
4. Masihga tegishli bo‘lishimiz uchun Xudo bizni dunyo yaratilishidan oldin tanladi. Endi biz Xudoning oldida muqaddas va benuqson, bir–biriga mehr bog‘lagan insonlar bo‘la olamiz.
5. Xudo bizni Iso Masih orqali O‘ziga farzand qilib olishni azaldanoq qaror qilgan edi. Xudoning xohish–irodasi shu bo‘lib, bundan U huzur–halovat topdi.
6. Shu tariqa O‘zining suyukli O‘g‘li orqali bizga buyuk inoyatini ko‘rsatgan Xudoga hamdu sanolar bo‘lsin.
7. Masihning to‘kilgan qoni orqali Xudo bizni kechirib, gunohlarimizdan ozod qildi.
8. Shunday qilib, Xudo bizning hayotimizni to‘ldirgan inoyati qanchalik boy ekanligini ko‘rsatdi.
9. U bizga donoligu aql–idrok ato etdi. O‘z irodasining sirini ma’lum qildi. Bu irodasi Iso Masih orqali bajo bo‘lishini Xudo oldindan rejalashtirgan edi va bundan U huzur–halovat topdi.
10. Xudo bu rejani O‘zi belgilagan vaqtda to‘la amalga oshirib, yeru osmondagi bor mavjudotni Masihning hokimiyati ostiga birlashtiradi.
11. Biz Masih orqali Xudoning xalqi bo‘ldik. Bu Xudoning azaldan belgilagan rejasi bo‘yicha amalga oshdi. Axir, Xudo har bir narsani O‘z xohish–irodasi bo‘yicha amalga oshiradi.
12. Shunday ekan, biz — Masihga umid bog‘laganlar, hammamiz Xudoga shon–shuhrat keltirish uchun yashashimiz lozim.
13. Sizlar haqiqat kalomi, ya’ni najot keltirgan Xushxabarni eshitgan edingiz. Shu tufayli Masihga imon keltirgan edingiz. Xudo O‘zi va’da qilgan Muqaddas Ruhni sizlarga berib, Unga tegishli ekanligingizni ko‘rsatdi.
14. Kelajakda oladigan qut–barakalarimizga kafil sifatida bizga Muqaddas Ruh berilgan. Ha, Xudo bizni qutqarib, O‘ziga xalq qilib olgani uchun bizda Muqaddas Ruh bor. Shularning hammasi Xudoga shon–shuhrat keltiradi.
15. Rabbimiz Isoga bo‘lgan imoningiz va Xudoning aziz xalqiga bo‘lgan mehr–muhabbatingiz haqida eshitganimdan beri,
16. sizlar uchun ibodat qilganimda tinmay Xudoga shukrlar aytaman.
17. Rabbimiz Iso Masihning Xudosi, ulug‘vor Otamiz, O‘zini tanib–bilishingiz uchun Muqaddas Ruh orqali sizga donolik va aql–idrok bersin.
18. Xudo sizlarning qalbingizni nurga to‘ldirsin, toki Xudo sizlarni da’vat qilib, sizlarga qanday umid berganligini, Xudoning xalqi U uchun naqadar boy mulk ekanligini tushunib olinglar.
19. Xudoning biz — imonlilarga ko‘rsatgan tengi yo‘q qudrati naqadar buyukligini ham bilib oling. Mana shu buyuk qudrati bilan
20. Xudo Masihni o‘likdan tiriltirdi va samoda Uni O‘zining o‘ng tomoniga o‘tirg‘izdi.
21. Isoni Xudo u dunyoyu bu dunyodagi har bir hokimiyat va hukmronlik, har qanday kuch va saltanat, har bir mavjudotdan ustun qildi.
22. Butun borliqni Isoning oyoqlari ostiga tobe qildi. Uni butun borliqdan yuqori qo‘yib, imonlilar jamoatiga bosh qildi.
23. Imonlilar jamoati Masihning tanasidir. Borliqni har jihatdan butun qiladigan Masih jamoatni barkamol qiladi.

1. Sizlar bir vaqtlar gunohlaru ayblaringiz tufayli ruhan o‘lik edingizlar.
2. Sizlar bu dunyoning odatlari bo‘yicha, yovuz ruhiy kuchlarning hokimi bo‘lgan shaytonga bo‘ysunib, gunohga botib yashardingiz. Xudoga itoat qilmay yashayotganlarning yuraklarida amal qilayotgan — shayton.
3. Biz ham bir vaqtlar xudbin istaklarimizni qondirib yashar edik. Tananing ehtiroslari va bema’ni o‘y–xayollarga berilib yashaydigan, barcha odamzod kabi tabiatan Xudoning qahr– g‘azabiga loyiq bo‘lgan itoatsiz insonlar edik.
4. Ammo mehr–shafqatga boy Xudo O‘zining bizga bo‘lgan buyuk muhabbatini quyidagicha ko‘rsatdi:
5. Garchi biz gunohlarimiz tufayli ruhan o‘lik bo‘lsak ham, Xudo bizni Masih bilan birga tiriltirdi. Biz Xudoning inoyati tufayli qutqarilganmiz.
6. Xudo bizni Masih bilan birga tiriltirdi va bizga samoda U bilan birga joy berdi. Bular Iso Masih tufayli amalga oshdi.
7. Xudoning inoyati behad mo‘l ekanligi to abad namoyon bo‘lishi uchun U bizga Iso Masih orqali mehr– shafqat ko‘rsatdi.
8. Axir, sizlar Xudodan inoyat topib, imon orqali najot topgansiz. Bu Xudoning in’omidir, sizning yutug‘ingiz emas.
9. Yana hech kim: “Men savob ishlarim tufayli qutulganman”, deb maqtanmasin.
10. Axir biz Xudoning ijodimiz. Xudo bizni xayrli ishlar qilishimiz uchun Iso Masih orqali yaratdi, bu ishlarni biz uchun azaldanoq tayyorlab qo‘ygan edi.
11. Esingizda bo‘lsin, sunnat qilingan yahudiylar bir vaqtlar siz — g‘ayriyahudiy bo‘lganlarni “sunnatsiz”, deb atardilar. Vaholanki, yahudiylarning sunnati faqatgina jismoniy sunnat edi.
12. O‘sha paytda sizlar Masihni bilmas edingizlar, Isroil xalqiga tegishli emasdingiz. Xudoning Isroil xalqi bilan tuzgan ahdlariga va bergan va’dalariga begona bo‘lib, bu dunyoda umidsiz va Xudosiz yashar edingiz.
13. Sizlar oldin Xudodan uzoq edingiz, endi esa Iso Masih orqali, Uning to‘kilgan qoni tufayli Xudoga yaqinlashdingiz.
14. Masihning O‘zi bizning tinchlik manbaimizdir. U O‘z tanasini fido qilib, yahudiylar va g‘ayriyahudiylarni birlashtirdi, ularning orasidagi adovat devorini qulatdi.
15. Iso Masih yahudiylarga berilgan qonunni va uning amrlariyu qoidalarini bekor qildi. Masih tufayli g‘ayriyahudiylar bilan yahudiylar birlashib, yangi bir xalq bo‘ldilar, shunday qilib Masih tinchlik o‘rnatdi.
16. Xochdagi o‘limi orqali Masih g‘ayriyahudiylarni ham, yahudiylarni ham Xudo bilan yarashtirdi–da, ularning orasidagi adovatni yo‘q qildi.
17. Masih kelib, sizlarga, ya’ni oldin Xudodan uzoq bo‘lganlarga hamda Xudoga yaqin bo‘lganlarga tinchlik Xushxabarini e’lon qildi.
18. Masih tufayli endi hammamiz bir Ruh orqali Otamiz Xudoning huzuriga kira olamiz.
19. Demak, sizlar endi begona ham, kelgindi ham emassizlar, balki Xudoning aziz xalqi qatoridasiz, Uning xonadoni a’zosi bo‘ldingizlar.
20. Sizlar xuddi bir binodaysizlar. Bu binoning asosi havoriylaru payg‘ambarlardir. Binoning tamal toshi esa Iso Masihning O‘zidir.
21. Bu imorat Rabbimiz Iso Masih orqali bir bo‘lib, yuksalib boradi va Unga bag‘ishlangan muqaddasma’bad bo‘ladi.
22. Iso Masihga tegishli bo‘lganingiz uchun sizlar ham bu imoratning bir qismisiz. Bu imoratni Xudoning Ruhi O‘ziga maskan qilib oladi.

1. Mana, siz — g‘ayriyahudiylarga qilgan xizmatim sababli, Iso Masih haqi mahbus bo‘lganman.
2. Xudo O‘z inoyatini sizlarga yetkazish vazifasini menga topshirdi. Sizlar albatta bu haqda eshitgansizlar.
3. Yuqorida qisqacha yozganimday, Xudo bu sirni menga vahiy orqali ma’lum qildi.
4. Sizlar yozganlarimni o‘qib, Masih haqidagi sirni qanday fahmlaganimni tushunib olasizlar.
5. Bu sir oldingi nasllarga ayon qilinmagan edi. Endi esa Muqaddas Ruh orqali Xudoning muqaddashavoriylari va payg‘ambarlariga ayon qilindi.
6. Bu sirning mohiyati quyidagichadir: g‘ayriyahudiylar ham Xushxabarga ishonib Iso Masih orqali Xudo O‘z xalqiga ato qiladigan barakalarga sherik bo‘ladilar. Ular bilan birga bir tana bo‘lib, Xudoning O‘z xalqiga bergan va’dasidan bahramand bo‘ladilar.
7. Xudoning inoyati bo‘yicha Xushxabarni tarqatish xizmati menga topshirildi. Menga bu inoyatni Xudo kuch–qudrati orqali berdi.
8. Men Xudoning azizlari orasida eng arzimagani edim. Masihning aql bovar qilmas boyligi haqidagi Xushxabarni g‘ayriyahudiylarga yetkazishim uchun Xudoning inoyati menga berildi.
9. Xudoning sirli rejasini endi hammaga oshkor qilish vazifasi menga yuklandi. Butun borliqni yaratgan Xudo bu sirni asrlar davomida pinhon tutgan edi.
10. O‘zining ko‘p qirrali donoligi imonlilar jamoati orqali samoviy kuchlaru saltanatlarga ma’lum bo‘lishi uchun Xudo shunday qildi.
11. Xudoning Rabbimiz Iso Masih orqali ro‘yobga chiqargan azaliy maqsadi shu edi.
12. Iso Masih va Unga bo‘lgan imonimiz tufayli Xudoning huzuriga dadillik va to‘la jasorat bilan yaqinlashish imkoniga egamiz.
13. Shunday ekan, sizlardan o‘tinaman, mening azob–uqubatlarimni deb, ruhingiz hech tushmasin. Aksincha, sizlar uchun chekkan azob–uqubatlarim bilan faxrlaninglar.
14. Yuqorida aytib o‘tganlarim haqida o‘ylasam, samoviy Otamiz oldida tiz cho‘kib, ibodat qilaman.
15. Yer yuzidagi va osmonu falakdagi har bir jonzotning hayot manbayi samoviy Otadir.
16. Mening toat–ibodatlarim quyidagichadir: Xudo O‘zining ulug‘vor boyligi bilan sizlarga kuch– qudrat berib, O‘z Ruhi bilan ichki borlig‘ingizni baquvvat qilsin.
17. Imoningiz orqali Masih yuragingizdan joy olsin. Sizlar chuqur ildizli daraxtday bo‘ling, Xudoning sevgisi sizlarni barqaror qilsin.
18. Xudoning barcha azizlari bilan birga Masihning aql bovar qilmas sevgisi qanchalik keng,
19. qanchalik cheksiz, qanchalik yuksak va teran ekanligini to‘la anglab, bilib olinglar. Shunda hayotingiz Xudoning kamolotiga to‘lib toshadi.
20. Xudo hayotimizda amal qilayotgan qudrati bilan biz so‘ragan yoki tasavvur qilganlarimizni va hatto xayolimizga kelmaganlarni ham bajarishga qodirdir.
21. Imonlilar jamoati va Iso Masih orqali Xudoga nasllar osha to abad shon–sharaflar bo‘lsin! Omin.

1. Rabbimiz Iso haqi mahbus bo‘lgan men — Pavlus sizlardan o‘tinib so‘rayman: Xudo sizlarni O‘ziga da’vat qilganini yoddan chiqarmay, shu da’vatga munosib tarzda yashanglar.
2. Doimo kamtar va muloyim bo‘linglar, mehr–muhabbat bilan bir–biringizga sabr–toqatli bo‘linglar.
3. O‘zaro tinch–totuv yashab, Muqaddas Ruh ato qilgan birdamlikni saqlashga jon kuydiringlar.
4. Hammamiz bir tananing a’zolarimiz, qalbimizdagi MuqaddasRuh ham birdir. Xuddi shuningdek, Xudo bizni da’vat qilib, hammamizga bergan umid ham birdir.
5. Rabbimiz bir, imonimiz ham birdir, bir maqsadda suvga cho‘mdirilganmiz.
6. Barchamizning Otamiz Xudo birdir. U hammamizdan ustun bo‘lib, hammamiz orqali O‘z irodasini bajo qiladi. U hammamizning oramizdadir.
7. Masih O‘z inoyatiga ko‘ra har birimizga turli xil in’omlar bergan.
8. Mana, Muqaddas Bitiklarda quyidagicha yozilgan: “Yuksaklarga chiqdi U, Asirlarni ortidan ergashtirdi. Insonlarga hadyalar berdi.”
9. U yuksaklarga chiqdi, degan so‘zlar nimani bildiradi? U oldin pastga — yer yuziga tushgandan boshqa nimani bildirishi mumkin?!
10. Pastga tushgan Zot, koinotni har jihatdan butun qilay, deb, falak toqidan ham yuqoriroqqa chiqdi.
11. Masih ba’zilarni havoriy, ba’zilarni esa payg‘ambar, ba’zilarni Xushxabar voizi, yana boshqalarni jamoatlarning cho‘ponlariyu ustozlari qilib tayinladi,
12. toki ular Xudoning aziz xalqini xizmat qilishga tayyorlasinlar. Shunda Masihning tanasi, ya’ni jamoat imonda mahkam turadi.
13. Buning natijasida hammamiz imonda yakdil, Xudo O‘g‘lini tanib–biladigan, Masihning kamoliga erishgan yetuk odamlar bo‘lamiz.
14. Biz shamol esgan tomonga egiladigan novdaday bo‘lgan go‘daklarga o‘xshamaymiz. Har xil ta’limotlar va quv odamlarning hiylayu ayyorliklariga laqqa tushavermaymiz.
15. Kelinglar, mehr–muhabbat bilan haqiqatni aytib, jamoatning boshi bo‘lgan Masihga o‘xshab har jihatdan yetuk insonlar bo‘laylik.
16. Uning boshchiligida butun badan payu bo‘g‘inlar yordamida o‘zaro ulanadi va birikadi. Har bir a’zo o‘z vazifasini bajarar ekan, butun badan o‘sib boradi va mehr–muhabbat tufayli baquvvat bo‘ladi.
17. Shunday ekan, Rabbimiz Isoning nomidan qat’iy tayinlab, sizlarga aytaman: endi behuda o‘y– xayollarga berilgan Xudosiz odamlarday yashamanglar.
18. Shunday ekan, Rabbimiz Isoning nomidan qat’iy tayinlab, sizlarga aytaman: endi behuda o‘y– xayollarga berilgan Xudosiz odamlarday yashamanglar.
19. Ular har qanday or–nomus tuyg‘usini yo‘qotib, fisqu fujurga berilganlar, har xil iflos ishlarni ishtiyoq bilan qiladilar.
20. Ammo sizlar Masihdan bunday ishlarni o‘rganmagansiz.
21. Sizlar Masihning so‘zlarini eshitib, Uning ta’limotini olgansizlar, chunki haqiqat Masihda jamdir.
22. Oldingi yashash tarzingizga tobe bo‘lmang, eski o‘zligingizdan voz keching, chunki u aldovchi ehtiroslar tufayli buzilib ketgan.
23. Yangichasiga fikr–zikr qiladigan bo‘linglar.
24. Xudoning suratida yaratilgan, haqiqiy solihlik va muqaddaslikdan iborat bo‘lgan yangi tabiatga burkaninglar.
25. Endi yolg‘onchilikni bas qilib, har biringiz o‘z yaqiningizga haqiqatni aytinglar, axir hammamiz bir tananing a’zolarimiz–ku.
26. Hatto g‘azablanganingizda ham gunoh qilmang. Quyosh botguncha jahldan tushinglar.
27. Iblisga fursat bermanglar.
28. Oldin o‘g‘ri bo‘lgan endi o‘g‘rilik qilmasin, balki ishlasin, o‘z qo‘llari bilan mehnat qilsin–da, topganini muhtoj bo‘lganlar bilan baham ko‘rsin.
29. Og‘zingizdan hech qanday yaramas so‘z chiqmasin. Lekin tinglovchilarning ehtiyojiga ko‘ra kerakli gaplarni aytib, ularga dalda bering, shunda so‘zlaringiz ularga foyda keltiradi.
30. Xudoning Muqaddas Ruhini xafa qilmanglar, chunki Muqaddas Ruh sizlarning Xudoga tegishli ekaningizning hamda bir kun kelib ozod bo‘lishingizning dalilidir.
31. Har qanday gina– kudurat, qahru g‘azab, janjalkashlik, g‘iybatchilikni hamda boshqa har xil yomonliklarni o‘zingizdan soqit qilinglar.
32. Bir–biringizga nisbatan ko‘ngilchan va mehr–shafqatli bo‘linglar. Xudo sizlarni Masih orqali kechirganiday, sizlar ham bir–biringizni kechiringlar.

1. Xudoning sevikli farzandlari ekansiz, endi Xudodan o‘rnak olinglar.
2. Masih bizni yaxshi ko‘rib, biz uchun O‘zini fido qildi va shu yo‘sin Xudoga ma’qul keladigan qurbonlik bo‘ldi. Sizlar ham Iso Masihga o‘xshab, xuddi shunday mehr– muhabbat bilan yashanglar.
3. Sizlarning orangizda fahsh, zinokorlik, ifloslik yoki xasisligu ochko‘zlik hatto tilga ham olinmasin. Bular Xudoning azizlariga munosib emas.
4. Shuningdek, orangizda beadablik, nojo‘ya so‘zlaru qo‘pol hazillar ham bo‘lmasin, chunki bunday qiliqlar sizlarga to‘g‘ri kelmaydi. Yaxshisi, Xudoga shukr aytinglar.
5. Shuni bilib qo‘yinglarki, hech bir fahshboz, iflos yoki xasisu ochko‘z inson Masihning va Xudoning shohligidan bahramand bo‘lmaydi, chunki aytib o‘tilganlarning hammasi butparastlik bilan tengdir.
6. Hech kim sizlarni quruq gaplar bilan aldamasin, chunki o‘sha gunohlar tufayli Xudoning qahr–g‘azabi Unga itoatsiz bandalarning boshiga tushadi.
7. Shuning uchun ularga sherik bo‘lmanglar.
8. Bir vaqtlar sizlar zulmatga to‘la edingiz, endi esa RabbimizIsoga tegishli bo‘lganingiz uchun nurga to‘ldingiz. Shunday ekan, nurga to‘la insonlar kabi yashanglar.
9. Axir, har qanday ezgulik, solihlik va haqiqat nurning samarasidir.
10. Rabbimizga nima maqbul ekanligini bilishga tirishinglar.
11. Zulmatning besamara ishlarida ishtirok etmanglar, aksincha, ularni fosh etinglar.
12. Maxfiy ravishda qilinadigan o‘sha ishlar haqida gapirish ham uyatdir.
13. Ammo nur porlaganda hamma narsa fosh bo‘lib, ochiq–oshkor ko‘rinadi.
14. Axir nur hamma narsani ochiq–oydin qiladi–ku! Mana shu sababdan Muqaddas Bitiklarda quyidagicha yozilgan: “Ey uxlayotgan, tur! O‘liklar ichidan tiril! Masih senga nur sochar.”
15. Shunday qilib, qay tarzda yashayotganingizga diqqat qilinglar. Nodonlar kabi emas, balki donolarday hayot kechiringlar.
16. Fursatni g‘animat bilinglar, chunki biz yashayotgan bu kunlar yomonlikka to‘la.
17. Shuning uchun beaql bo‘lmanglar, balki Rabbimiz Isoning irodasi nima ekanligini anglashga harakat qilinglar.
18. Sharob ichib mast bo‘lmanglar, chunki bu buzuqlikka olib boradi. Aksincha, Muqaddas Ruhga to‘lib– toshinglar.
19. Birga yig‘ilganingizda sanolar, ruhiy madhiyalaru qo‘shiqlar kuylanglar. Musiqa asboblariyu xonishlaringiz bilan chin yurakdan Rabbimizga hamdlar ayting.
20. Har doim, har bir narsa uchun Rabbimiz Iso Masih nomi bilan Otamiz Xudoga shukr qilinglar.
21. Iso Masihni izzat–hurmat qilganingiz uchun bir–biringizga bo‘ysuninglar.
22. Ey, xotinlar, siz Rabbimiz Isoga qanday bo‘ysunsangiz, erlaringizga ham shunday bo‘ysuninglar.
23. Masih imonlilar jamoatining boshi bo‘lgani kabi, er ham xotinning boshidir. Masih O‘z tanasi bo‘lgan jamoatningNajotkoridir.
24. Jamoat Masihga qanday tobe bo‘lsa, xotinlar ham har jihatdan o‘z erlariga shunday tobe bo‘lishlari kerak.
25. Ey, erlar, Masih jamoatni yaxshi ko‘rib, O‘zini jamoat uchun fido qilganiday, sizlar ham xotinlaringizni shunday yaxshi ko‘ringlar.
26. Masih jamoatni suv va Xudoning kalomi orqali poklab, muqaddas qilish niyatida O‘zini fido qildi.
27. Jamoatni O‘z huzuriga keltirganda, jamoat har qanday g‘ubor, ajin va dog‘dan holi bo‘lib, ulug‘vor, muqaddas va benuqson bo‘lishi uchun Masih shunday qildi.
28. Erlar ham o‘z xotinlarini o‘z tanalarini sevganday sevishlari kerak. O‘z xotinini sevgan erkak o‘zini sevgan bo‘ladi.
29. Hech kim hech qachon o‘z tanasini yomon ko‘rmaydi. Aksincha, uni oziqlantirib, parvarish qiladi. Masih ham O‘z jamoatini xuddi shunday oziqlantirib, parvarish qiladi.
30. Biz Masih tanasining a’zolarimiz.
31. Muqaddas Bitiklarda shunday yozilgan: “Shuning uchun erkak kishi ota–onasidan bo‘lak chiqib, xotiniga bog‘lanib qoladi, ikkalasi bir tan bo‘ladilar.”
32. Bu buyuk sirdir, endi Masih hamda jamoatga ham taalluqlidir.
33. Xullasi kalom, har bir er o‘z xotinini o‘zini sevganday sevsin. Xotin ham erini hurmat qilsin.

1. Ey farzandlar, RabbimizIsoga tegishli bo‘lganingiz uchun ota–onangizga itoat qilinglar, chunki shunday qilish to‘g‘ridir.
2. Axir, Xudo shunday amr qilgan: “Ota–onangizni hurmat qiling.
3. O‘shanda yer yuzida umringiz uzoq bo‘lib, baxtiyor yashaysiz.” Birinchi marta va’da qo‘shib berilgan amr o‘sha amrdir.
4. Ey otalar, farzandlaringizning g‘ashiga tegmang. Ularni Rabbimizning ta’lim–tarbiyasi bilan o‘stiringlar.
5. Ey, qullar, Masihga chuqur izzat–ehtirom bilan, chin yurakdan itoat qilganingiz kabi xo‘jayinlaringizga ham shunday itoat qilinglar.
6. Faqatgina insonlarni mamnun qilib, xo‘jako‘rsinga xizmat qiladigan odamlarga o‘xshamasdan, Masihning qullari kabi chin ko‘ngildan Xudoning irodasini bajaringlar.
7. Insonlarga emas, balki Rabbimiz Isoga xizmat qilayotgandek, bajonu dil xizmat qilinglar.
8. Esingizda tuting, xoh qul, xoh erkin bo‘lsin, har bir kishi qilgan yaxshiligiga yarasha mukofotni Rabbimizdan oladi.
9. Ey xo‘jayinlar, sizlar ham qullaringizga yaxshi muomala qilinglar. Ularga do‘q–po‘pisa qilishni bas qilinglar, chunki bilasizlar–ku, ularning ham, sizlarning ham Xo‘jayiningiz samoda, U tarafkashlik qilmaydi.
10. Va nihoyat, Rabbimiz Iso sizning qudrat manbaingiz bo‘lsin, Uning buyuk qudrati sizlarni baquvvat qilsin.
11. Iblisning hiylalariga qarshi tura olishingiz uchun, Xudo bergan barcha qurol– aslahalar bilan qurollaning.
12. Axir, bizning kurashimiz insonlarga qarshi emas, balki samoviy olamdagi yovuz ruhiy kuchlarga, ruhiy hokimiyat va hukmronlikka hamda bu qorong‘i dunyoni boshqarayotgan ruhiy hukmronlarga qarshidir.
13. Shu sababdan Xudoning qurol–aslahalari bilan qurollaning, deb aytayapman. Shunda yovuzlikka to‘la kunlarda mahkam tura olasiz, qurollanib tayyor turgan bo‘lasiz.
14. Jangga tayyorlaninglar. Belingizga haqiqat kamarini taqinglar, ko‘ksingizga solihlik sovutini kiyinglar,
15. tinchlik Xushxabarini yoyish uchun oyog‘ingizga ildamlik poyabzalini kiyinglar.
16. Bularga qo‘shib, imon qalqonini qo‘lga olinglar. Shu qalqon bilan yovuz shaytonning hamma alangali o‘qlarini kuchdan qoldirasizlar.
17. Shuningdek, najot dubulg‘asini kiyinglar, Ruh beradigan, Xudoning kalomi bo‘lgan qilichni ko‘taringlar.
18. Har qanday sharoitda Muqaddas Ruhga tayanib duo–ibodat qilinglar. Ibodatda hushyor va sabotli bo‘lib, Xudoning barcha azizlari uchun iltijo qilinglar.
19. Men uchun ham ibodat qilinglar. Men og‘zimni ochganimda, zarur bo‘lgan so‘z menga berilsin, toki qo‘rqmasdan Xushxabar sirini bayon eta olayin.
20. Shu Xushxabarning elchisi bo‘lganim uchun hibsdaman. Elchiga loyiq ravishda men Xushxabarni jasurlik bilan e’lon qilishim uchun ibodat qilinglar.
21. Mening hol–ahvolim qanday ekanligini, nimalar qilayotganimni bilib olishingiz uchun, suyukli birodarimiz, Rabbimiz Isoning sodiq xizmatkori Tixik sizlarga ma’lumot beradi.
22. Mana shu maqsadda, bizning ahvolimizni sizlarga bildirsin, sizlarga dalda bersin, deb uni sizlarning oldingizga yuboryapman.
23. Birodarlarim, tinchlik sizlarga yor bo‘lsin. Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih sizlarga mehr–muhabbat bilan imon ato qilsin.
24. Rabbimiz Iso Masihni yaxshi ko‘rganlarning hammasiga to abad Xudoning inoyati yor bo‘lsin.

YouTube kanaliga xush kelibsiz!
► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)
Muqaddas Kitob
- Ibtido
- Chiqish
- Levilar
- Sahroda
- Qonunlar
- Yoshua
- Hakamlar
- Rut
- Shohlar (birinchi kitob)
- Shohlar (ikkinchi kitob)
- Shohlar (uchinchi kitob)
- Shohlar (to‘rtinchi kitob)
- Solnomalar (birinchi kitob)
- Solnomalar (ikkinchi kitob)
- Ezra
- Naximiyo
- Ester
- Ayub
- Zabur
- Sulaymonning hikmatlari
- Voiz
- Ishayo
- Sulaymonning go‘zal qo‘shig‘i
- Yeremiyo
- Yeremiyoning marsiyasi
- Hizqiyo
- Doniyor
- Xo‘sheya
- Yo‘el
- Amos
- Obodiyo
- Yunus
- Mixo
- Noxum
- Xabaqquq
- Zafaniyo
- Xaggey
- Zakariyo
- Malaki
- Matto Muqaddas xushxabar
- Luqo Muqaddas xushxabar
- Yuhanno Muqaddas xushxabar
- Mark Muqaddas xushxabar
- Havoriylarning faoliyati
- Yoqubning maktubi
- Butrusning birinchi maktubi
- Butrusning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning birinchi maktubi
- Yuhannoning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning uchinchi maktubi
- Yahudoning maktubi
- Rimliklarga maktub
- Korinfliklarga birinchi maktub
- Korinfliklarga ikkinchi maktub
- Galatiyaliklarga maktub
- Efesliklarga maktub
- Filippiliklarga maktub
- Kolosaliklarga maktub
- Salonikaliklarga birinchi maktub
- Salonikaliklarga ikkinchi maktub
- Timo‘tiyga birinchi maktub
- Timo‘tiyga ikkinchi maktub
- Titusga maktub
- Filimo‘nga maktub
- Ibroniylarga maktub
- Yuhannoga ko‘rsatilgan vahiy
AJOYIB KITOBNI O'QING

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)
MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Tavrot | Zabur | Injil (+audio)

Яхши аудио Китоблар

Kinolar va Multiklar

Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Аудио Кутубхона

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz