Muqaddas Kitob

Filippiliklarga maktub

1. Iso Masihning qullari Pavlus va Timo‘tiydan Filippi shahridagi barcha Iso Masihning azizlariga hamda jamoat yetakchilari va xizmatchilariga salom!
2. Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih sizlarga inoyat va tinchlik ato qilsin.
3. Har safar sizlarni yodga olganimda Xudoyimga shukrona aytaman.
4. Hammangiz uchun ibodat qilganimda, har doim shodlik bilan ibodat qilaman,
5. chunki sizlar Xushxabarga ishonganingizdan boshlab to hozirga qadar o‘sha Xushxabarni yoyishda men bilan birga ishtirok etib kelmoqdasizlar.
6. Xudo sizlarning hayotingizda boshlagan ezgu ishini Iso Masih keladigan kungacha bitirishiga aminman.
7. Sizlarni yaxshi ko‘rganim uchun hammangiz haqingizda shunday fikr qilishim o‘rinlidir. Axir, qamoqdaligimda ham, Xushxabar haqiqat ekanligini himoya qilish va ta’kidlashimda ham Xudo bergan inoyatda sizlar menga sheriksizlar.
8. Mana, Xudo shohid: men sizlarni rosa sog‘inganman, chunki sizlarni Iso Masihnikiday bo‘lgan mehr–muhabbat bilan yaxshi ko‘raman.
9. Sizlarning muhabbatingiz yanada oshib, bilim va aql–idrok bilan boyisin, deb ibodat qilyapman,
10. chunki men sizlarning a’lo narsalarni tanlaydigan bo‘lib, Masih keladigan kunda pok va aybsiz bo‘lishingizni istayman.
11. Toki sizlarning hayotingiz Iso Masih kuchi orqali solihlik samarasiga to‘lib, Xudoga sharaf va maqtov keltirsin.
12. Ey birodarlar, shuni bilishingizni istaymanki, boshimga tushganlarning hammasi Xushxabarning yanada ko‘proq yoyilishiga turtki bo‘ldi.
13. Masih tufayli qamalganligim butun saroy qo‘riqchilariga va bu yerdagilarning hammasiga ma’lum bo‘ldi.
14. Mening qamoqdagi vaziyatim ko‘p birodarlarning Rabbimiz Isoga bo‘lgan ishonchini oshirdi, shuning uchun ular qo‘rqmasdan, katta jasorat bilan Masih haqidagi xabarni targ‘ib qilmoqdalar.
15. To‘g‘ri, Masih haqidagi Xushxabarni ba’zilar baxillik va xasadgo‘ylik bilan, ba’zilar esa yaxshi niyat bilan targ‘ib qilyaptilar.
16. Yaxshi niyat bilan targ‘ib qilayotganlar meni yaxshi ko‘rganlari uchun va men Xushxabarni himoya qilishga tayinlanganimni bilib shunday qilyaptilar.
17. Qolganlar esa Xushxabarni raqobat ruhi bilan targ‘ib qilyaptilar. Ular pok niyatda emas, balki mening qamoqda tortayotgan azoblarim ko‘paysin, deb shunday qilyaptilar.
18. Ammo nima farqi bor? Yomon niyatdami, yaxshi niyatdami, muhimi, Masih haqidagi Xushxabar targ‘ib qilinmoqda. Mana shu meni xursand qiladi. Men xursand bo‘lishda davom etaveraman,
19. 9chunki bilaman, sizlarning ibodatlaringiz orqali va Iso Masih Ruhining yordami bilan mana shularning hammasi mening ozod bo‘lishimga olib keladi.
20. Ishonch bilan umid qilaman: isnodga qolmayman, aksincha, jasorat ko‘rsataman. Ha, umidim shuki, hozir ham oldingiday, o‘lsam ham, yashasam ham mening tanam orqali Masih ulug‘lanadi.
21. Zotan, men uchun hayot Masihdir, o‘lim esa yutuqdir.
22. Axir, tirik qoladigan bo‘lsam, samarali ishlar qilaveraman, shunday ekan, nimani tanlashni ham bilmayman.
23. Ikki yo‘lning qay birini tanlashni bilmay, boshim qotib qoldi. Mening istagim bu dunyodan ketib, Masih bilan birga bo‘lishdir. Shunday bo‘lsa juda yaxshi bo‘lardi.
24. Ammo tirik qolishim sizlar uchun zarurroqdir.
25. Bunga ishonchim komil, shuning uchun tirik qolishimni bilaman. Sizlarning imoningiz mustahkamlanib, quvonchingiz oshib boraverishi uchun men sizlar bilan birga qolaman.
26. Shunday qilib, men yana sizlarning oldingizga kelganimda, men tufayli Iso Masihdan yanada ko‘proq faxrlanasiz.
27. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, Masih Xushxabariga loyiq tarzda hayot kechirishingiz kerak. Shunday yashanglarki, men sizlarni ko‘rishga borganimda, Xushxabarning samarasi bo‘lgan imon uchun yakdillik bilan kurashib, bir ruhda mustahkam turganingizni ko‘ray! Ammo sizlarni ko‘rishga borolmasam, shunday xabar eshitay.
28. Sizlarga qarshilik ko‘rsatayotganlardan hech hayiqmanglar. Sizlarning qat’iyatingiz ularning halok bo‘lishidan, sizlarning esa najot topishingizdan dalolat beradi. Bu Xudoning ishidir.
29. Zotan Xudo sizlarga nafaqat Masihga ishonish, balki Uning uchun azob–uqubat tortish sharafini ato qilgan.
30. Axir, sizlar azob–uqubatlarimni ko‘rdingiz, hozir ham aziyat chekayotganim haqida eshityapsiz. Endi mana shu kurashda sizlar mening sheriklarimsiz.
1. Masihga tegishli bo‘lganingiz sizlarga dalda beryapti, Uning sevgisidan tasalli topyapsiz, Muqaddas Ruh bilan muloqotdasiz, yuraklaringiz mehr–shafqatga to‘la.
2. Shunday ekan, mening shodligimga shodlik qo‘shib, bir xil fikr qiling, bir–biringizga mehr–muhabbat ko‘rsating, yakdillik bilan hamfikr bo‘ling.
3. Hech bir ishni xudbin niyatda qilmang, shuhratparast bo‘lmang, aksincha kamtarlik bilan boshqalarni o‘zingizdan balandroq ko‘ring.
4. Faqat o‘zingizning emas, balki boshqalarning ham manfaatini ko‘zlang.
5. Fikr–zikringiz Iso Masihnikiday bo‘lsin.
6. Iso Masih Xudoning tabiatiga ega edi, shunda ham U Xudo bilan tengligini mahkam tutmadi.
7. Aksincha, U bu ulug‘vorlikdan voz kechib, qul tabiatiga kirdi, inson bo‘lib tug‘ildi. U inson qiyofasida yashab,
8. o‘zini past tutdi. Itoatkorlik bilan yashab, hatto o‘limga, xochdagi o‘limga ham rozi bo‘ldi.
9. Shuning uchun Xudo Uni eng yuqoriga yuksaltirdi va Unga har qanday ismdan yuqori ismni ato etdi.
10. Toki Isoning oldida yeru osmondagi va yer ostidagi borliq jon tiz cho‘ksin,
11. har bir til Iso Masihni Rabbiy, deb tan olsin. Mana shu Otamiz Xudoga shuhrat keltiradi.
12. Ey azizlarim, mana shularni yodda tutib, har doimgiday itoatkor bo‘lishda davom etaveringlar. Faqatgina sizlar bilan bo‘lganimda emas, hatto yoningizda bo‘lmasam ham, Xudoning oldida qo‘rquv va titroq bilan shunday yashanglarki, najot topganingiz yorqin ko‘rinib tursin.
13. Zotan Xudo O‘zini xushnud qiladigan ishlarni qilishingiz uchun sizlarga kuch va xohish beradi.
14. Mana shu buzuq va egri nasl orasida Xudoning nuqsonsiz, aybsiz va pok farzandlari bo‘lishingiz uchun hamma narsani nolimay, bahslashmay qilinglar.
15. Hayotbaxsh xabarni mahkam tutar ekansiz, o‘sha buzuq va egri nasl orasida samodagi yulduzlar kabi porlaysizlar.
16. Shunda Masih kelgan kuni, mehnatim zoye bo‘lmaganidan, qilgan ishlarim behuda ketmaganligidan faxrlanaman.
17. Siz imoningizga asoslanib, xizmat qilib kelyapsiz, shu sizning qurbonligingizdir. Agarda mening jonim fido bo‘lib, hayotim sizning qurbonligingiz ustiga to‘kiladigan sharob nazriday bo‘lib qolsa ham, xursand bo‘laman, hammangiz bilan birga shodlanaman.
18. Xuddi shuningdek, sizlar ham xursand bo‘linglar va men bilan birga shodlaninglar.
19. Rabbimiz Isoning irodasi bilan yaqinda Timo‘tiyni sizlarning oldingizga yuboraman, deb umid qilaman. Shunda ahvolingizdan xabardor bo‘lib, ko‘nglim taskin topadi.
20. Timo‘tiyni yuborishimning sababi shuki, sizlar uchun xuddi menday chin ko‘ngildan jon kuydiradigan boshqa hech kim yo‘q.
21. Qolganlar Iso Masihga xizmat qilishni emas, balki o‘z manfaatini ko‘zlaydi.
22. O‘zlaringiz bilasizlar, biz Xushxabarni yoyishda Timo‘tiy bilan birga ota–o‘g‘ilday xizmat qildik. U o‘zining hurmatga loyiq ekanligini ko‘rsatdi.
23. Shuning uchun taqdirim aniq bo‘lishi bilanoq Timo‘tiyni sizlarning oldingizga yuboraman, deb umid qilaman.
24. O‘zim ham yaqinda oldingizga boraman. Bu haqda Rabbimizning O‘zi menda ishonch hosil qildi.
25. Hozir esa Epafroditni yoningizga yuborishni lozim ko‘rdim. U sizlarning yuborgan elchingiz, muhtojligimda menga madad bergan birodarim, hamkorim va safdoshimdir.
26. Epafrodit sizlarni juda sog‘ingan. Uning kasalligi haqida eshitganingizni ham bilib qattiq qayg‘uryapti.
27. Haqiqatan ham u o‘lar holatda kasal edi, ammo Xudo unga rahm–shafqat ko‘rsatdi. Bu bilan Xudo faqat unga emas, balki g‘amimga g‘am qo‘shilmasin, deb menga ham shafqat qildi.
28. Shunday qilib, yana Epafroditni ko‘rib, sevininglar, degan niyatda uni tez orada oldingizga yuboraman. Shunday qilsam, g‘amim ancha yengillashadi.
29. Rabbimiz Isoga ishonganlar bir– birlarini qanday kutib olsalar, sizlar ham Epafroditni xuddi shunday qilib, katta quvonch bilan kutib olinglar. Bunday insonlarga munosib bo‘lgan izzat–hurmatni unga ko‘rsatinglar.
30. Axir, u Masihga xizmat qilish yo‘lida bir o‘limdan qoldi. Sizlarning o‘rningizga ham menga xizmatni qilib, o‘z jonini ayamadi.
1. Endi esa, ey birodarlarim, Rabbimiz Iso tufayli shodlaning! Sizlarga bir xil narsalarni yozaversam ham zerikmayman, yozganlarim sizlarni har xil balolardan asraydi.
2. Itday bo‘lganlardan, yovuzlik qiladiganlardan, tanasini kesadiganlardan ehtiyot bo‘linglar!
3. Chunki biz, Xudo Ruhining yordami bilan sajda qiluvchilar, haqiqiy sunnat qilinganmiz. Biz Iso Masih tufayli faxrlanamiz, insoniy xususiyatlarimizga ishonmaymiz.
4. Vaholanki, men o‘z xususiyatlarimga ishonsam bo‘ladi. Axir, bunday qilishga menda hammanikidan ham ko‘ra ko‘proq sabab bor.
5. Men sakkiz kunligimda sunnat qilinganman, Isroil avlodidan, Benyamin qabilasidanman. Men haqiqiy ibroniyman. Farziy bo‘lib, qonunlarga so‘zsiz rioya qilardim.
6. Jon–jahdim bilan jamoatni quvg‘in qilardim. Qonunlarga rioya qilishga asoslangan solihlikka kelsak, aybsiz edim.
7. Ammo men uchun foyda bo‘lgan bularning hammasini endi Masih tufayli zarar, deb hisoblayman.
8. Ha, hamma narsa qadrsizdir, chunki Rabbim Iso Masihni tanib–bilishdan afzalroq hech narsa yo‘q, deb hisoblayman. Uni deb, men hamma narsadan voz kechdim.
9. Masihga sazovor bo‘lish, butunlay Unga tegishli bo‘lish uchun hamma narsani axlat, deb bildim. Endi qonunga rioya qilish orqali solihlikka erishishga umid qilmayman, aksincha Masihga bo‘lgan imonim bilan solihlikka erishishga intilaman. Ha, bu solihlikni Xudo imon tufayli beradi.
10. Maqsadim shuki, Iso Masihni bilay, Uni tiriltirgan qudrat mening hayotimda ham o‘z kuchini ko‘rsatsin, Masihning azoblariga sherik bo‘lay. Uning o‘lim paytidagi fikr–zikri mening hayot tarzim namunasi bo‘lsin.
11. Bir kun kelib, men o‘likdan tirilishga erishaman, deb umid qilaman.
12. Men maqsadimga yetdim yoki kamolotga erishdim, deb aytolmayman. Ammo men unga yetishay, deb intilaman, chunki Iso Masih aynan shu maqsad uchun meni O‘ziniki qilib olgan.
13. Birodarlar, men o‘zimni o‘sha maqsadga yetishganman, deb hisoblamayman. Ortda qolganlarni unutib, oldinga intilaman. Faqatgina
14. o‘sha maqsadni ko‘zlab, Iso Masih orqali Xudo meni chaqirib, ato qiladigan samoviy yutuq tomon intilmoqdaman.
15. Biz hammamiz, imon jihatidan yetuklikka erishganlar, shunday o‘ylashimiz kerak. Agar sizlar biror narsa haqida boshqacha fikrda bo‘lsangiz, Xudo sizlarga nohaq ekanligingizni ayon qiladi.
16. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, qay darajaga erishgan bo‘lsak, endi shu bo‘yicha yashashda davom etaveraylik.
17. Birodarlarim, mendan o‘rnak olayotganlarga qo‘shilinglar. Bizning namunamiz bo‘yicha yashayotganlarga e’tibor berib, ulardan o‘rganinglar.
18. Axir, men sizlarga oldin ko‘p marta aytganman, hozir ham ko‘zlarimga yosh to‘lib, qaytaryapman: Masih xochining dushmani bo‘lib yashayotganlar ko‘p.
19. Ularning oxiri — halokat, ularning xudosi nafsdir. Uyatsiz qiliqlaridan faxrlanadilar. Ularning o‘y–xayollari foniy dunyodagi narsalarga berilgan.
20. Bizning vatanimiz esa samodadir. Bizlar najotkorimiz bo‘lgan Rabbimiz Iso Masihning o‘sha yerdan kelishini intizorlik bilan kutyapmiz.
21. Rabbimiz butun borliqni O‘ziga bo‘ysundirish kuchiga egadir. Mana shu kuch bilan U bizning ojiz, foniy tanamizni O‘zining ulug‘vor tanasiga o‘xshatib o‘zgartiradi.
1. Shunday qilib, sevimli birodarlarim, sizlarga aytganlarim bo‘yicha, Rabbimiz Iso bilan bo‘lgan munosabatingizda mahkam turinglar. Azizlarim, men sizlarni juda sog‘indim. Sizlar mening quvonchimsiz, faxrimsiz!
2. Evodiya va Sintixa, sizlardan iltimos qilaman, Rabbimiz haqi yakdil fikrda bo‘linglar.
3. Ey vafodor hamkorim, sendan ham o‘tinaman, bu ayollarga yordam ber, chunki ular men bilan birga, Kliment hamda ismlari hayot kitobida yozilgan boshqa hamkorlarim qatori xushxabarni targ‘ib etishda ter to‘kdilar.
4. Har doim Rabbimiz Iso tufayli shodlaning! Yana bir bor aytaman, shodlaning!
5. Hammaga nisbatan muloyim bo‘ling. Rabbimiz yaqinda keladi.
6. Hech narsadan tashvish qilmanglar. Aksincha, har qanday sharoitda ibodat va iltijoda bo‘lib, har bir muhtojligingizni Xudoning oldida minnatdorchilik bilan izhor qilinglar.
7. Shunda Xudo beradigan, inson xayoliga sig‘maydigan tinchlik Iso Masih orqali sizlarning yuraklaringizni va o‘y–xayollaringizni qo‘riqlaydi.
8. Endi esa, ey birodarlarim, fikr–zikringiz haqiqiy, sharafli, to‘g‘ri, pok, yoqimli, tahsinga sazovor narsalarda bo‘lsin. Ha, olqishga loyiq, a’lo narsalar haqida fikr yuritinglar.
9. Ta’limotimni qabul qildingiz. Endi mendan o‘rganganlaringizning, ko‘rgan– eshitganlaringizning hammasini bajaringlar. Shunda tinchlik beradigan Xudo sizlar bilan birga bo‘ladi.
10. Sizlar men uchun yana g‘amxo‘rlik qilayotganingizdan juda xursand bo‘lib, Rabbimiz Isoga shukr qilyapman. Albatta, sizlar oldin ham men uchun g‘amxo‘rlik qilardingiz, lekin buni ko‘rsatishga imkoniyatingiz bo‘lmagan edi.
11. Bularni muhtojlikdan aytayotganim yo‘q, chunki men har qanday sharoitda boriga qanoat qilishga o‘rganganman.
12. Har qanday sharoitda va har yerda ham to‘q bo‘lish, ham och qolish, mo‘l– ko‘lchiligu muhtojlikda yashash sirlarini o‘rganganman. Men tanqislikda ham, mo‘l– ko‘lchilikda ham qanday hayot kechirishni bilaman.
13. Menga kuch–quvvat beradigan Iso Masihning madadi bilan har narsani qila olaman.
14. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, sizlar qiyinchiliklarimga sherik bo‘lib yaxshi qildingizlar.
15. Axir, siz, Filippiliklar, o‘zlaringiz bilasizlar– ku, men sizlarga Xushxabarni aytgan paytimdan boshlab, Makedoniyadan ketganimdan keyin ham faqat sizlar menga moddiy jihatdan yordam berardingiz. Sizlardan boshqa hech bir jamoat bunday qilmadi.
16. Hatto Salonikada bo‘lganimda ham sizlar bir–ikki marta menga yordam berib, ehtiyojimni qondirdingiz.
17. Men sizlardan biror narsa undirib olish niyatida gapirayotganim yo‘q. Aksincha, sizlarning foydangiz ko‘payishini ko‘zlayapman.
18. Hozir menda kerakli hamma narsa bor, hatto ortig‘i bilan bor. Yepafroditdan berib yuborgan hadyalaringizni oldim. Endi hech bir muhtojligim qolmadi. Bu hadyalaringiz xushbo‘y nazrday, Xudoga ma’qul bo‘ladigan yoqimli qurbonlik kabidir.
19. Xudoyim O‘zining ajoyib boyligi bilan Iso Masih orqali sizlarning har bir ehtiyojingizni qondiradi.
20. Otamiz Xudoga abadulabad shon–sharaflar bo‘lsin! Omin.
21. Iso Masihga tegishli bo‘lganlarning hammasiga salom aytib qo‘ying. Yonimdagi birodarlar ham sizlarga salom aytyapti.
22. Xudoning azizlari bo‘lganlarning hammasi, ayniqsa Qaysar xizmatida bo‘lganlar, sizlarga salom yo‘llayaptilar.
23. Rabbimiz Iso Masihning inoyati sizlarga yor bo‘lsin!



YouTube kanaliga xush kelibsiz!




► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)


Muqaddas Kitob



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак