Muqaddas Kitob
Kolosaliklarga maktub
1. Xudoning irodasi bilan Iso Masihninghavoriysi bo‘lgan men — Pavlus hamda birodarim Timo‘tiydan
2. Kolosa shahridagi Xudoning azizlari, Masihga tegishli bo‘lgan sodiq birodarlarimizga salom! Otamiz Xudo sizlarga inoyat va tinchlik ato qilsin!
3. Sizlar uchun ibodat qilganimizda biz har doim Xudoga, Rabbimiz Iso Masihning Otasiga shukr aytamiz.
4. Chunki Iso Masihga bo‘lgan imoningiz va Xudoning barcha azizlariga ko‘rsatayotgan sevgingiz haqida biz eshitdik.
5. Xudo sizlar uchun jannatda shodlik tayyorlab qo‘yganiga umid bog‘ladingiz. Imoningiz va sevgingiz mana shu umidingizga asoslangan. Xushxabar, ya’ni haqiqat so‘zi sizlarga yetib kelganda bu umid haqida eshitdingiz.
6. Bu Xushxabar butun dunyo bo‘ylab samara keltirib, yoyilmoqda. Xushxabarni eshitib, Xudo inoyatining haqiqiy ma’nosini tushunib yetgan kuningizdan beri sizlarning orangizda ham Xushxabar samara bermoqda.
7. Sizlar bu Xushxabarni bizning aziz hamkorimiz Epafrasdan eshitdingiz. U sizlar uchun sadoqat bilan Masihga xizmat qilyapti.
8. Muqaddas Ruh sizlarga ato qilgan mehr–muhabbat haqida u bizga aytib berdi.
9. Shu sababdan sizlar haqingizda eshitgan kunimizdan beri sizlar uchun ibodat qilishni kanda qilmayapmiz. Xudoning Ruhi beradigan donolik va aql–idrok orqali Uning irodasini to‘liq anglab yeting, deb ibodat qilyapmiz.
10. Shunda sizlar Rabbimiz Isoga munosib hayot kechirib, har jihatdan Uni xursand qilasizlar. Qilgan har bir yaxshiligingiz samara keltiradi va sizlar Xudoni yanada chuqurroq tushunib bilasizlar.
11. Xudo O‘zining buyuk qudrati bilan sizlarni kuch–qudratga to‘ldirib, har qanday vaziyatda sizlarga sabr–toqat va bardosh bersin.
12. Xudo O‘zining aziz xalqiga va’da qilgan nurdan bahramand bo‘lishni sizlarga loyiq ko‘rgani uchun quvonch bilan osmondagi Otamizga shukrona ayting.
13. U bizni zulmat hukmronligidan qutqarib, sevikli O‘g‘lining Shohligiga qabul qildi.
14. O‘z O‘g‘li orqali bizni kechirib, gunohlarimizdan ozod qildi.
15. Ko‘rinmas Xudoning surati Masihdir, U butun borliqning to‘ng‘ichidir.
16. Xudo butun borliqni Masih orqali yaratgan. Yeru ko‘kdagi bor mavjudot, Ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan har bir narsa, G‘ayritabiiy kuchlar, taxtu saltanatlar, Bularning hammasi Masih orqali, Uning O‘zi uchun yaratilgandir.
17. Masih butun borliqdan oldin mavjud edi, Butun borliq U tufayli mustahkam turibdi.
18. Masih jamoatning boshidir, Jamoat Masihning tanasidir. Hamma narsaning ibtidosi Masihdir, U hammadan ustun bo‘lishi uchun Birinchi bo‘lib o‘likdan tiriltirilgan.
19. Butun komillikni Xudo Isoda jo qilishni ma’qul ko‘rdi.
20. Yeru ko‘kdagi borliq mavjudotni Masih orqali Xudo O‘zi bilan yarashtirib, Masihning xochda to‘kilgan qoni orqali Ular bilan tinchlik o‘rnatdi.
21. Sizlar ham bir vaqtlar Xudoga dushman edingizlar. Fikru zikringiz Xudodan uzoq bo‘lib, yomon ishlar qilardingizlar.
22. Masihning jismoniy tanadagi o‘limi orqali Xudo sizlarni O‘zi bilan yarashtirdi. Endi sizlar Xudoning oldida muqaddas, benuqson va aybsiz turasizlar.
23. Shunday ekan, hech ikkilanmay, imoningizda mahkam turishingiz kerak. Sizlar Xushxabarni eshitib, umidga ega bo‘ldingiz. O‘sha umidingizni yo‘qotmang. Bu Xushxabar yer yuzidagi butun jonzotga e’lon qilindi. Men — Pavlus o‘sha Xushxabarning xizmatchisiman.
24. Men sizlar uchun azob chekayotganimdan xursandman. Chunki shu yo‘l bilan men ham Masihning O‘z tanasi, ya’ni jamoat uchun chekayotgan azoblarida qatnashyapman.
25. Xudoning xabarini sizlarga to‘liq e’lon qilishim uchun U meni jamoatning xizmatchisi qilib tayinladi.
26. Bu Xushxabar asrlaru nasllar davomida sir tutilgan edi, endi esa u Xudoning azizlariga oshkor qilindi.
27. Masih orqali hamma xalqlar ham boy ulug‘vorlikka yetishishlarini barchamizga ko‘rsatishni istadi. Bu sirning mohiyati shudir: Masih, ya’ni ulug‘vorlikka yetishish umidi sizlarning orangizdadir.
28. Har biringiz Masih tanasining yetuk a’zosi sifatida Xudoning oldida turishingiz uchun biz hammani ogohlantirib, donolik bilan ta’lim berib, Masih haqida o‘rgatyapmiz.
29. Men ham ana shu maqsadda jon-jahdim bilan xizmat qilar ekanman, menga kuchli ta’sir qilayotgan Masihning qudratiga suyanaman.

1. Men sizlar uchun, shuningdek, Laodikiya shahridagilar hamda shaxsan yuzimni ko‘rmagan imonlilarning hammasi uchun naqadar zo‘r g‘ayrat bilan mehnat qilayotganimni bilishingizni istayman.
2. Maqsadim shuki, sizlar dadil bo‘ling, muhabbat ruhi sizlarni birlashtirsin, Otamiz Xudoning siri — Masih haqida chuqur va boy tushunchaga ega bo‘ling.
3. Chunki donolik va ilmu ma’rifatning hamma xazinalari Masihda pinhondir.
4. Hech kim sizlarni tilyog‘lamalik bilan yo‘ldan ozdirmasin, deb men sizlarga shularni aytyapman.
5. Garchi men jisman sizlarning orangizda bo‘lmasam ham, fikru zikrim siz bilanman. Sizlarning tartib-intizomingiz va Masihga bo‘lgan sog‘lom imoningizni ko‘rib sevinyapman.
6. Sizlar Iso Masihni Rabbimiz, deb qabul qilgan ekansizlar, doimo U ko‘rsatgan yo‘ldan yuravering.
7. Olgan ta’limotingizga muvofiq, Masihda tomir yoyib, qaror toping. Imoningizda qattiq turing, Xudoga shukronalar tilingizdan tushmasin.
8. Ehtiyot bo‘linglar, hech kim falsafa va quruq safsatalar bilan sizlarni avramasin. Bunday gaplar Masihga emas, balki insonlarning an’anasiga, dunyoning xurofiy kuchlariga asoslanadi.
9. Xudo O‘zining butun borlig‘i bilan to‘la-to‘kis Masihning vujudida mavjuddir.
10. Masihga tegishli bo‘lganingiz uchun hayotingiz to‘la–to‘kis, chunki U har bir kuch va hokimiyatdan ustundir.
11. Masih orqali sizlar sunnat qilindingiz, bu jismoniy sunnat emas, balki Masih orqali qilinadigan sunnat, ya’ni gunohkor tabiatning kesib tashlanishidir.
12. Suvga cho‘mdirilish orqali Masih bilan birga ko‘mildingiz. Masihni o‘likdan tiriltirgan Xudoning qudratiga bo‘lgan imoningiz tufayli Masih bilan birga tirildingiz.
13. Ilgari sizlar sunnatsiz, gunohga botgan bo‘lib, ruhan o‘lik edingizlar. Endi esa Xudo barcha gunohlaringizni kechirib, sizlarni Masih bilan birga tiriltirdi.
14. Bizga qarshi yozilgan ayblov hukmini Xudo bekor qildi, ya’ni o‘sha hukmni xochga mixlab, kuchdan qoldirdi.
15. O‘sha xoch orqali koinotdagi kuchlaru hukmronliklar ustidan g‘alaba qozonib, ularni qurolsizlantirdi. O‘zining g‘olibona yurishida ularning tutqun ekanligini namoyish etib, sharmanda qildi.
16. Shuning uchun yegulik-ichgulik, diniy bayramlar, yangi oy shodiyonalari yoki Shabbat kuni xususida hech kim sizlarga qonun-qoida chiqarmasin.
17. O‘sha urf–odatlar kelajakning sharpasigina xolos, ammo haqiqiy hayot Masihdadir.
18. Shunday ekan, dindorlikka berilib, o‘zini mo‘minlikka soladiganlar, farishtalarga sig‘inadiganlar sizlarni kamsitsa, e’tibor bermanglar. Ular ko‘rgan vahiylari bilan maqtanadigan, aql–zakovati bilan mag‘rurlanadigan odamlardir.
19. Bunday kishilar Masihdan ajralgan. Masih — O‘z tanasi, ya’ni jamoatning Boshidir. Mana shu Boshdan butun badan hayotbaxsh kuch olib, payu bo‘g‘inlar orqali o‘zaro ulanib, Xudoning xohishi bo‘yicha o‘sadi.
20. Agar sizlar Masih bilan birga o‘lgan bo‘lsangizlar, dunyoning xurofiy kuchlari uchun ham o‘lgan bo‘lasizlar. Unday bo‘lsa yana nimaga bu dunyoga qul bo‘lib,
21. “tegma”, “yema”, “ushlama” degan qonun-qoidalarga bo‘ysunasizlar?!
22. Bu insoniy ta’limotlar va qoidalar ishlatilgan sari yo‘q bo‘lib ketadigan narsalar haqida–ku!
23. Garchi bu qoidalar keltirib chiqargan dindorlik, o‘zini mo‘minlikka solish, badanni qiynash odamlarga hikmatday tuyulsa–da, aslida ular shahvatu nafsga bo‘lgan ishtiyoqni ko‘paytiradi.

1. Sizlar Masih bilan birga tirilgan ekansiz, Masih turgan joydagi, ya’ni samoviy narsalarning payida bo‘ling. U samoda Xudoning o‘ng tomonida o‘tiribdi.
2. Fikringiz yer yuzidagi emas, samodagi narsalar bilan band bo‘lsin.
3. Axir, sizlar o‘lgansizlar, asl hayotingiz esa Masih bilan Xudoning huzurida pinhondir.
4. Bizning hayotimiz Iso Masihdir. Masih zohir bo‘lganda, sizlar ham U bilan birga ulug‘vorlikda zohir bo‘lasizlar.
5. Shunday ekan, dunyoviy tabiatingizni, ya’ni fahsh–zino, nopoklik, shahvat, yovuz xohishlar va butparastlikka teng bo‘lgan ochko‘zlikni yo‘q qilinglar.
6. Mana shular sababli Xudoning g‘azabi itoatsiz bandalarning boshiga tushadi!
7. Sizlar ham bir vaqtlar shunday odamlarning yo‘lidan yurib, o‘zingizni o‘shalar kabi tutardingizlar.
8. Endi esa jahl, g‘azab, yovuzliklarning hammasini bir chetga yig‘ishtirib qo‘yinglar. Og‘zingizdan hech qanday jerkish yoki nojo‘ya so‘z chiqmasin.
9. Birbiringizga yolg‘on gapirmanglar. Chunki sizlar eski tabiatingizni yomon odatlari bilan birga o‘zingizdan soqit qildingizlar.
10. Buning o‘rniga siz yangi tabiatga burkandingiz. Sizlar Xudoni yaqinroq bilib borarkansiz, sizning yangi tabiatingiz uni yaratgan Xudoning surati bo‘yicha o‘zgarib bormoqda.
11. Shu nuqtayi nazardan endi na yunon bor, na yahudiy, na sunnatli bor, na sunnatsiz, na johil bor, na madaniyatsiz, na qul bor, na ozod. Eng ahamiyatlisi Masihdir, U hamma bilandir, hamma narsa Uning qo‘li ostidadir.
12. Sizlar Xudoning tanlangan, aziz va suyukli xalqisizlar. Shunga ko‘ra rahm-shafqat, mehribonlik, kamtarlik, muloyimlik va sabr-toqatni zeb-ziynat qilib taqib olinglar.
13. Bir–biringizga nisbatan sabr–toqatli bo‘linglar. Orangizda xafagarchilik o‘tgan bo‘lsa, bir biringizni kechiringlar. Egamiz sizlarni kechirgani kabi, sizlar ham boshqalarni kechiringlar.
14. Va nihoyat muhabbatga burkaninglar, chunki mehr–muhabbat mukammal ahillikka yetishtiradi.
15. Masih ato qiladigan tinchlik yuraklaringizda hukmron bo‘lsin, axir sizlar bir tananing a’zosisizlar, tinchlikka da’vat qilingansizlar. Minnatdor bo‘linglar.
16. Masihning kalomi sizda chuqur o‘rnashib, yashnayversin. Donolik bilan bir-biringizga ta’lim bering, nasihat qiling. Zaburlarni xonish qilib, madhiyalar va ruhiy qo‘shiqlar bilan, chin ko‘ngildan minnatdorchilik bildirib, Xudoni tarannum etinglar.
17. Nimaiki qilsangiz ham, gapirsangiz ham, hammasini Rabbimiz Iso nomidan qilib, U orqali Otamiz Xudoga shukrona aytinglar.
18. Ey xotinlar, eringizga itoatli bo‘linglar. Shunday qilish Rabbimiz Isoning izdoshlariga munosibdir.
19. Ey erlar, xotiningizni sevinglar, ularga qo‘pol muomalada bo‘lmanglar.
20. Ey farzandlar, doim ota-onangizga quloq solinglar, chunki bu Rabbimizga ma’qul keladi.
21. Ey otalar, farzandlaringizni ranjitavermanglar, bo‘lmasa ular tushkunlikka tushib qoladi.
22. Ey qullar, bu dunyodagi xo‘jayinlaringizga har doim itoat qilinglar. Xushomadgo‘ylik bilan xo‘jako‘rsinga emas, balki Rabbimizdan qo‘rqib, chin ko‘ngildan itoat qilinglar.
23. Har bir ishni insonlar uchun emas, Rabbimiz Iso Masih uchun qilayotganday chin qalbdan bajaringlar.
24. Chunki sizlar haqiqiy Xo‘jayiningiz Masihga xizmat qilyapsizlar. U O‘z xalqiga atab qo‘ygan qut– barakani sizlarga mukofot qilib berishini yoddan chiqarmang.
25. Kimki nohaqlik qilsa, qilmishiga yarasha jazo oladi. Zero, Xudo tarafkashlik qilmaydi.

1. Ey xo‘jayinlar, sizning ham jannatda Xo‘jayiningiz borligini bilib, qullaringizga odil va to‘g‘ri muomala qiling.
2. Doim ibodat qiling. Ibodatda hushyor bo‘lib, shukronalar keltiring.
3. Shuningdek, bizlar uchun ham ibodat qilinglar: biz Xudoning kalomini e’lon qilishimiz va Masih sirini bayon etishimiz uchun Uning O‘zi bizga yo‘l ochib bersin. Men ana shu sir tufayli qamoqdaman.
4. Bu sirni munosib ravishda izhor eta olishimni Xudodan so‘ranglar.
5. Fursatni g‘animat bilib, imonlilar qatoriga qo‘shilmaganlarga nisbatan oqilona yo‘l tutinglar.
6. Ular bilan qanday gaplashishni sizlarga o‘rgatay: ular bilan gaplashganingizda so‘zingiz hamisha yoqimli va mazmunli bo‘lsin.
7. Men haqimdagi barcha yangiliklarni Rabbimiz Isoning sodiq xizmatkori, hamkorim va suyukli birodarim Tixik sizlarga aytib beradi.
8. Sizlarga dalda berib, hol–ahvolimizni sizlarga bildirsin, deb men uni sizlarning oldingizga jo‘natyapman.
9. Tixik bilan birga oldingizga sodiq va sevimli birodarimiz, hamshaharingiz O‘nisim ham boradi. Ular bu yerda bo‘lib o‘tgan hamma narsani sizlarga aytib berishadi.
10. Men bilan birga qamalgan Aristarx va Barnaboning jiyani Mark ham sizlarga salom yo‘llayaptilar. Mark haqida buyruq olgansizlar: agar oldingizga borsa, uni yaxshi qabul qilinglar.
11. Yustus laqabli Iso ham sizlarga salom yo‘llayapti. Xudoning Shohligi yo‘lida mehnat qilayotgan bulardan boshqa yahudiy hamkorlarim yo‘q. Ular menga tasalli bo‘lib kelmoqdalar.
12. Iso Masihning quli, hamshaharingiz Epafras sizlarga salom yo‘llayapti. Xudoning irodasini to‘liq bajaradigan, imoni komil insonlar bo‘linglar, deb Epafras zo‘r g‘ayrat bilan, tinmay sizlar uchun ibodat qilmoqda.
13. U sizlar uchun hamda Laodikiya va Iyerapol shaharlaridagi imonlilar uchun ne-ne zahmatlar chekkaniga o‘zim shohidman.
14. Sevimli tabib Luqo va Dimas sizlarga salom yo‘llashyapti.
15. Laodikiya shahridagi birodarlarga, ayniqsa Nimfaga va uning uyida yig‘iladigan jamoatga salom aytinglar.
16. Bu maktubim orangizda o‘qib berilgandan keyin, Laodikiyadagi jamoatda ham o‘qittirilsin. Sizlar esa Laodikiyadan keladigan maktubni o‘qinglar.
17. Arxippga: “Sen Rabbimiz Isoning yo‘lida bo‘yningga olgan xizmatni oxiriga yetkazgin”, — deb aytib qo‘yinglar.
18. Men, Pavlus, o‘z qo‘lim bilan bu duoyi salomni yozyapman. Qamoqda ekanligimni esdan chiqarmanglar. Xudoning inoyati sizlarga yor bo‘lsin.

YouTube kanaliga xush kelibsiz!
► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)
Muqaddas Kitob
- Ibtido
- Chiqish
- Levilar
- Sahroda
- Qonunlar
- Yoshua
- Hakamlar
- Rut
- Shohlar (birinchi kitob)
- Shohlar (ikkinchi kitob)
- Shohlar (uchinchi kitob)
- Shohlar (to‘rtinchi kitob)
- Solnomalar (birinchi kitob)
- Solnomalar (ikkinchi kitob)
- Ezra
- Naximiyo
- Ester
- Ayub
- Zabur
- Sulaymonning hikmatlari
- Voiz
- Ishayo
- Sulaymonning go‘zal qo‘shig‘i
- Yeremiyo
- Yeremiyoning marsiyasi
- Hizqiyo
- Doniyor
- Xo‘sheya
- Yo‘el
- Amos
- Obodiyo
- Yunus
- Mixo
- Noxum
- Xabaqquq
- Zafaniyo
- Xaggey
- Zakariyo
- Malaki
- Matto Muqaddas xushxabar
- Luqo Muqaddas xushxabar
- Yuhanno Muqaddas xushxabar
- Mark Muqaddas xushxabar
- Havoriylarning faoliyati
- Yoqubning maktubi
- Butrusning birinchi maktubi
- Butrusning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning birinchi maktubi
- Yuhannoning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning uchinchi maktubi
- Yahudoning maktubi
- Rimliklarga maktub
- Korinfliklarga birinchi maktub
- Korinfliklarga ikkinchi maktub
- Galatiyaliklarga maktub
- Efesliklarga maktub
- Filippiliklarga maktub
- Kolosaliklarga maktub
- Salonikaliklarga birinchi maktub
- Salonikaliklarga ikkinchi maktub
- Timo‘tiyga birinchi maktub
- Timo‘tiyga ikkinchi maktub
- Titusga maktub
- Filimo‘nga maktub
- Ibroniylarga maktub
- Yuhannoga ko‘rsatilgan vahiy
AJOYIB KITOBNI O'QING

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)
MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Tavrot | Zabur | Injil (+audio)

Яхши аудио Китоблар

Kinolar va Multiklar

Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Аудио Кутубхона

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz