Muqaddas Kitob
Salonikaliklarga birinchi maktub
1. Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masihning Salonika shahridagi imonlilar jamoatiga Pavlus, Sila va Timo‘tiydan salom! Xudoning inoyati va tinchligi sizlarga yor bo‘lsin.
2. Biz doim sizlar uchun ibodat qilib, hammangiz uchun Xudoga shukrlar aytamiz.
3. Imon va sevgi bilan qilgan ishlaringizni, Rabbimiz Iso Masihga bog‘lagan mustahkam umidingizni doimo Otamiz Xudo huzurida yodga olamiz.
4. Ey Xudo sevgan birodarlarimiz, Xudo sizlarni tanlab olganini bilamiz.
5. Axir, biz Xushxabarni sizlarga quruq so‘zlar bilan emas, balki Muqaddas Ruhning qudrati va to‘liq ishonch bilan keltirdik. Orangizda bo‘lganimizda, sizlarning manfaatingizni ko‘zlab, qanday yashaganimizni bilasiz.
6. Sizlar bizdan va Rabbimiz Isodan o‘rnak oldingiz. Axir, ko‘p azob–uqubat chekkaningizga qaramay, MuqaddasRuh beradigan quvonch bilan Xudoning so‘zini qabul qildingiz.
7. Shunday qilib, Makedoniya va Axaya o‘lkalaridagi barcha imonlilarga o‘rnak bo‘ldingiz.
8. Rabbimizning kalomi sizlardan faqatgina Makedoniya va Axayaga yoyilib qolmadi. Sizlarning Xudoga bo‘lgan imoningiz hamma joyda mashhur bo‘ldi. Shuning uchun endi bizning biror narsa gapirishimizga hojat qolmadi.
9. Bizni yaxshi qabul qilganingiz haqida, barhayot va haqiqiy Xudoga xizmat qilaylik, deya butlardan yuz o‘girib, Xudoga yuz burganingiz haqida hamma gapiryapti.
10. Xudoning O‘g‘li Isoning samodan tushishini kutayotganingiz haqida ham gapiryaptilar. Xudo O‘z O‘g‘li Isoni tiriltirgan, Iso bizni kelajak g‘azabdan qutqaradi.

1. Birodarlar, o‘zlaringiz bilasiz, sizlarning oldingizga kelganimiz bekor ketmadi.
2. Yana o‘zingizga ma’lumki, biz Filippi shahrida ko‘p azob chekkandik, haqoratlarga uchragandik. Ammo ko‘p qarshiliklarga qaramay, Xudoning Xushxabarini sizga aytishimiz uchun Uning O‘zi bizga jasorat berdi.
3. Axir, biz sizlarga ta’lim berganimizda, bizda na xatolik, na nopok niyat, na biron hiyla bo‘lgan.
4. Xushxabarni ishonib topshirishga Xudo bizni loyiq topdi. Shunday ekan, biz insonlarni mamnun qilaylik deb emas, balki yuraklarimizni tekshiradigan Xudoni mamnun qilaylik, deya ta’lim beramiz.
5. O‘zlaringiz bilasiz, biz hech qachon tilyog‘lamalik qilmadik, tamagirlik niyatida gapirmadik. Xudoning O‘zi bunga shohid.
6. Biz hech kimning, na sizlarning, na boshqalarning, maqtoviga sazovor bo‘laylik, deb ish qilmadik.
7. Masihninghavoriylari sifatida biz sizlarning oldingizga talablar qo‘yishimiz mumkin edi. Ammo biz, bolalarini ardoqlagan emizikli onaday, sizlarga mehribon bo‘ldik.
8. Sizlarga juda qattiq ko‘ngil bog‘lagan edik. Shuning uchun sizlarga Xudoning Xushxabarini aytibgina qolmadik, balki yuragimizdan ham joy berdik. Chunki sizlar bizga juda aziz bo‘lib qolgandingiz.
9. Ey birodarlar, mashaqqat bilan mehnat qilganimiz yodingizda bo‘lsa kerak. Sizlarga Xudoning Xushxabarini aytayotganimizda hech biringizga yuk bo‘lmaylik, deya kechayu kunduz ishladik.
10. Siz, imonlilar bilan bo‘lgan munosabatimizda qanday pokdil, solih va benuqson bo‘lganimizga o‘zingiz ham, Xudo ham guvoh.
11. Yana o‘zingiz bilasizki, ota farzandiga qanday muomala qilsa, biz ham har biringizga shunday muomalada bo‘ldik.
12. Sizlarga dalda berdik, yupatdik. Xudoni mamnun qiladigan hayot kechiring, deb sizlarga yolvordik. Axir, U sizlarni O‘z Shohligiga va ulug‘vorligiga chorlayapti.
13. Bizning tinmay Xudoga shukr qilishimizning sababi ham shudir. Bizdan Xudoning kalomini eshitganingizda, buni inson so‘zi sifatida emas, balki Xudoning kalomi sifatida qabul qildingiz. Bu kalom haqiqatan Xudoning kalomidir. Siz, imonlilarda bu kalom o‘z ta’sirini ko‘rsatyapti.
14. Ey birodarlar, sizlar Xudoning Iso Masihga tegishli bo‘lgan, Yahudiya o‘lkasidagi jamoatlarday bo‘ldingiz. Ular Yahudiylardan qanday azob chekkan bo‘lsa, sizlar ham o‘z yurtdoshlaringiz tomonidan shunday azoblarga yo‘liqdingiz.
15. Yahudiylar Rabbimiz Isoni va payg‘ambarlarni o‘ldirishgan. Bizni ham quvg‘in qilishdi.
16. Boshqa xalqlar najot topsin, deb gapirishimizga ham to‘sqinlik qilyaptilar. Shu sababdan ular Xudoni mamnun qilmaydi va barcha insonlarga qarshi chiqadi. Mana shu ishlari orqali Yahudiylarning gunohlari avjiga chiqmoqda. Va nihoyat, Xudoning g‘azabi ularning boshiga tushdi.
17. Ey, birodarlar, endi biz dilimiz bilan bo‘lmasa–da, vujudimiz bilan qisqa bir muddatga sizlardan judo bo‘ldik. Ammo sizlarni juda sog‘inib, diydoringizni ko‘rishga jon-jahdimiz bilan harakat qildik.
18. Ha, biz qayta–qayta sizning oldingizga bormoqchi bo‘ldik. Ayniqsa men, Pavlus, borishni juda xohlagandim, lekin shayton bunga yo‘l qo‘ymadi.
19. Axir, bizning umidimiz va quvonchimiz kim?! Rabbimiz Iso kelganda, Uning oldida faxr tojimiz siz emasmi?!
20. Ha, sizlar bizning sharafimiz va quvonchimizsiz!

1. Oxiri chiday olmadik. Ukamiz Timo‘tiyni oldingizga yuborishga qaror qildik. Biz Afina shahrida yolg‘iz qoldik.
2. Masih haqidagi Xushxabarni targ‘ib etishdagi Xudoning xizmatida Timo‘tiy bizning hamkorimizdir.
3. Azob–uqubatlar tufayli yo‘ldan toymasligingiz uchun Timo‘tiy sizlarni imonda mustahkamlab, dalda bersin, dedik. Qiyinchiliklarga uchrashimiz peshonamizga yozilganini o‘zingiz bilasiz–ku!
4. Axir, azob– uqubatlarga uchraymiz, deb oldingizda bo‘lganimizda sizlarni ogohlantirgandik. Mana, biz aytganimizdek bo‘ldi.
5. Shuning uchun ortiqcha chiday olmay, imoningiz haqida bilib kelsin, deb Timo‘tiyni yubordim. Shayton sizlarni vasvasaga solib, ishimizni bekor qilmagandir, deb umid qilgan edim.
6. Mana, Timo‘tiy sizlarning oldingizdan qaytib keldi. Bizga sizlarning imoningiz va sevgingiz haqida yaxshi xabar olib keldi. Biz sizlarni sog‘inganimizdek, sizlar ham bizni sog‘inib qolibsiz. Bizni yaxshi so‘zlar bilan eslar ekansiz. Timo‘tiy bularni bizga aytib berdi.
7. Shunday qilib, birodarlar, qiyinchiliklar va azob–uqubatlarda bo‘lsak ham, sizlarning imoningiz haqida eshitib, ancha tasalli topdik.
8. RabbimizIsoga bo‘lgan imoningiz qat’iy ekan, endi biz yengil nafas olib yashaymiz.
9. Sizlar tufayli biz Xudo oldida quvonchga to‘lib yuribmiz. Shunday ekan, qanday qilib Xudoga o‘z minnatdorchiligimizni bildirmay tura olamiz?!
10. Sizlar bilan yana diydor ko‘rishaylik, imoningizga imon qo‘shaylik, deb kechayu kunduz jon–jahdimiz bilan ibodat qilyapmiz.
11. Otamiz Xudoning O‘zi va Rabbimiz Iso Masih sizlarning oldingizga borishimiz uchun yo‘l ochsin.
12. Sizga bo‘lgan mehrimiz to‘lib–toshgani kabi, Rabbimiz sizlarning ham bir–biringizga va boshqa hammaga bo‘lgan mehr–muhabbatingizni to‘ldirib– toshirsin.
13. Shunda qalblaringiz sobit bo‘ladi, Rabbimiz Iso O‘z farishtalari bilan kelganda, sizlar Otamiz Xudo oldida aybsiz va pok tura olasizlar.

1. Xullas, ey birodarlar, Xudoni mamnun qilib yashashni bizdan o‘rgandingiz. Ha, mana shu tarzda yashayapsiz. Endi Rabbimiz Iso nomidan sizlarga yolvoramiz, shu tarzda yashashga astoydil harakat qilavering.
2. Rabbimiz Iso bizga bergan vakolat bilan sizlarga qanday yo‘l–yo‘riq ko‘rsatganimizni bilasiz.
3. Sizlarning muqaddas bo‘lishingiz Xudoning irodasidir. Shuning uchun jinsiy axloqsizlik qilmang.
4. Har biringiz muqaddaslik va izzat–hurmatga loyiq holda o‘zingizni tuta bilishingiz kerak.
5. Xudoni bilmagan butparastlarday bo‘lib, shahvoniy hislaringizga qul bo‘lmang.
6. Jinsiy hayot tarziga kelganda, o‘z birodarlaringizning ishonchini suiiste’mol qilmang, ularga xiyonat qilmang. Mana shunday hamma gunohlar uchun Egamiz jazolaydi. Biz sizlarga bu haqda oldindan aytib, qattiq ogohlantirganmiz.
7. Xudo bizni harom yo‘ldan yurishga emas, balki muqaddas bo‘lib yashashga chaqirdi.
8. Shunday ekan, kim mana shu ta’limni rad qilsa, insonlarni emas, sizlarga O‘z muqaddas Ruhini beradigan Xudoni rad qilgan bo‘ladi.
9. Birodarlik muhabbati haqida esa sizlarga yozishning hojati yo‘q, chunki bir-biringizni yaxshi ko‘rishni Xudodan o‘rgangansiz.
10. Zotan, sizlar Makedoniya o‘lkasi bo‘ylab yashovchi barcha birodarlaringizga ham shunday munosabatda bo‘lyapsizlar. Shunga qaramay, ularni yanada ko‘proq yaxshi ko‘ring, deb undaymiz.
11. Sizlarga aytganimizday, osoyishta hayot kechirishni, o‘z ishingiz bilan mashg‘ul bo‘lishni, qo‘llaringiz mehnati bilan tirikchilik qilishni o‘z oldingizga maqsad qilib qo‘ying.
12. Shunda Rabbimiz Isoga ishonmaydiganlarning izzat–hurmatini qozonasiz va boshqalarning qo‘liga qarab qolmaysiz.
13. Birodarlar, umidsiz yashayotgan boshqa odamlar kabi qayg‘uga to‘lmang, deb bu olamdan o‘tganlar haqidagi haqiqatni sizlarga bildirishni xohlaymiz.
14. Biz Isoning o‘lib, tirilganiga ishonamiz. Shunday ekan, Isoga ishongan holda hayotdan ko‘z yumgan imonlilarni ham Xudo tiriltirib, O‘z oldiga olib ketishiga aminmiz. Bu voqea Iso kelganda yuz beradi.
15. Rabbimiz Isoning ta’limoti bo‘yicha sizlarga aytamizki, o‘sha paytda biz, hali tirik bo‘lganlar, o‘lgan birodarlarimizdan oldin emas, ular bilan birga Isoni qarshilab olamiz.
16. Zotan, Rabbimiz Iso Masih buyuk bir sado, bosh farishtaning ovozi va Xudoning karnayi sadosi ostida kelganda, birinchi bo‘lib Unga ishongan holda o‘lganlar tiriladi.
17. So‘ng biz, hali tirik bo‘lganlar, havoda Rabbimizni qarshilab olish uchun ular bilan birga bulutlarda ko‘tarilamiz. Shunday qilib, hammamiz Rabbimiz bilan abadiy birga bo‘lamiz.
18. Shuning uchun mana shu so‘zlar bilan bir–biringizga dalda bering.

1. Birodarlar, bular qachon, qaysi payt sodir bo‘lishi haqida sizlarga yozishimizning hojati yo‘q.
2. Axir, Rabbimiz Iso, kechasi o‘g‘ri tushganday, nogahon kelishini o‘zingiz bilasiz–ku!
3. Homilador ayolning to‘lg‘oq og‘riqlari kutilmaganda kelganiday, odamlar: “Hammasi tinch, osoyishta”, deb yurganlarida, birdaniga boshlariga halokat tushadi. Ular qochib qutula olmaydilar.
4. Biroq, birodarlar, sizlar zulmatda yurmaysizlarki, bu kun o‘g‘riday, kutilmaganda kelib, sizlarni hayratda qoldirsa!
5. Sizlarning hammangiz yorug‘likda yashaysiz, kunduz kunga tegishlisiz. Biz zulmatga, tunga tegishli emasmiz.
6. Shuning uchun boshqalarga o‘xshab uxlab qolmaylik. Biz uyg‘oq, hushyor bo‘lishimiz kerak.
7. Chunki uxlaydiganlar kechasi uxlaydi, ichkilikka berilganlar ham kechasi ichadi.
8. Biz esa kunduz kunga tegishli ekanmiz, kelinglar, imon va sevgini sovut qilib, boshimizga esa najot umidini dubulg‘a qilib kiyib, hushyor bo‘laylik.
9. Chunki Xudo bizni g‘azabga uchrasin, deb emas, balki Rabbimiz Iso Masih orqali najot topishimiz uchun tayinladi.
10. Biz tirik bo‘lsak ham, hayotdan ko‘z yumsak ham, U bilan birga yashashimiz uchun Rabbimiz Iso biz uchun o‘ldi.
11. Shuning uchun ham hozir qilayotganingizdek, bundan keyin ham birbiringizga dalda berib, kuch va g‘ayrat bag‘ishlang.
12. Birodarlar, sizlarga iltijo qilamiz. Orangizda ishlab, Rabbimiz Isoning yo‘lida sizlarga yetakchilik qilayotgan, yo‘l–yo‘riq ko‘rsatayotganlarni hurmat qiling.
13. Qilayotgan ishlari uchun muhabbat bilan ularni e’zozlang. Bir– biringiz bilan tinch–totuv yashang.
14. Ey birodarlar, sizlardan o‘tinib so‘raymiz: beboshlarni ogohlantiring, jur’atsizlarga dalda bering, zaiflarga yordam ko‘rsating, hammaga sabr–toqatli bo‘ling.
15. Hech biringiz yomonlikka yomonlik qaytarmang, balki har doim bir–biringizga va hammaga yaxshilik qilishga intiling.
16. Hamisha xursand bo‘lib yuringlar.
17. Tinmay ibodat qilinglar.
18. Har qanday sharoitda ham Xudoga shukr qilinglar, chunki sizlar, ya’ni Iso Masihga imon keltirganlar uchun Xudoning irodasi shudir.
19. Muqaddas Ruhning o‘tini so‘ndirmang.
20. Bashoratlarni kamsitmanglar.
21. Hammasini tekshirib ko‘ringlar. Yaxshilikni mahkam tutib,
22. har qanday yomonlikdan qochinglar.
23. Tinchlik manbayi bo‘lgan Xudoning O‘zi sizlarni butunlay poklasin. Rabbimiz Iso Masih kelguncha, butun ruhingiz, joningiz va taningiz aybsiz saqlansin.
24. Sizlarni chaqirgan Xudo sadoqatlidir, U har doim O‘z aytganini bajaradi.
25. Birodarlar, biz uchun ibodat qiling.
26. Hamma birodarlar bilan o‘pishib ko‘rishinglar.
27. Rabbimiz nomi bilan sizlarga buyuraman, mana shu xatni barcha birodarlarga o‘qib beringlar.
28. Rabbimiz Iso Masihning inoyati sizlarga yor bo‘lsin.

YouTube kanaliga xush kelibsiz!
► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)
Muqaddas Kitob
- Ibtido
- Chiqish
- Levilar
- Sahroda
- Qonunlar
- Yoshua
- Hakamlar
- Rut
- Shohlar (birinchi kitob)
- Shohlar (ikkinchi kitob)
- Shohlar (uchinchi kitob)
- Shohlar (to‘rtinchi kitob)
- Solnomalar (birinchi kitob)
- Solnomalar (ikkinchi kitob)
- Ezra
- Naximiyo
- Ester
- Ayub
- Zabur
- Sulaymonning hikmatlari
- Voiz
- Ishayo
- Sulaymonning go‘zal qo‘shig‘i
- Yeremiyo
- Yeremiyoning marsiyasi
- Hizqiyo
- Doniyor
- Xo‘sheya
- Yo‘el
- Amos
- Obodiyo
- Yunus
- Mixo
- Noxum
- Xabaqquq
- Zafaniyo
- Xaggey
- Zakariyo
- Malaki
- Matto Muqaddas xushxabar
- Luqo Muqaddas xushxabar
- Yuhanno Muqaddas xushxabar
- Mark Muqaddas xushxabar
- Havoriylarning faoliyati
- Yoqubning maktubi
- Butrusning birinchi maktubi
- Butrusning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning birinchi maktubi
- Yuhannoning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning uchinchi maktubi
- Yahudoning maktubi
- Rimliklarga maktub
- Korinfliklarga birinchi maktub
- Korinfliklarga ikkinchi maktub
- Galatiyaliklarga maktub
- Efesliklarga maktub
- Filippiliklarga maktub
- Kolosaliklarga maktub
- Salonikaliklarga birinchi maktub
- Salonikaliklarga ikkinchi maktub
- Timo‘tiyga birinchi maktub
- Timo‘tiyga ikkinchi maktub
- Titusga maktub
- Filimo‘nga maktub
- Ibroniylarga maktub
- Yuhannoga ko‘rsatilgan vahiy
AJOYIB KITOBNI O'QING

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)
MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Tavrot | Zabur | Injil (+audio)

Яхши аудио Китоблар

Kinolar va Multiklar

Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Аудио Кутубхона

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz