Muqaddas Kitob
Yoshua
1. Egamiz O‘zining quli Muso vafotidan keyin Musoning yordamchisi Yoshuaga shunday dedi:
2. “Mening qulim Muso vafot etdi. Endi hammangiz — butun Isroil xalqi Men sizlarga berayotgan yurtga kirish uchun Iordan daryosidan o‘tishga tayyorlaninglar.
3. Musoga va’da berganimday, oyog‘ingiz tekkan hamma joyni sizlarga beraman.
4. Janubdagi sahrodan shimoldagi Lubnongacha, sharqdagi buyuk Furot daryosidan g‘arbdagi O‘rta yer dengizigacha bo‘lgan joylar, Xet xalqining hamma yerlari sizning yurtingiz bo‘ladi.
5. Ey, Yoshua, bir umr hech kim senga bas kela olmaydi. Muso bilan bo‘lganimday, sen bilan ham birga bo‘laman. Seni tark etmayman, hech qachon tashlab ketmayman.
6. Dadil va botir bo‘l, Isroil xalqining ota–bobolariga, sizlarga mana shu yurtni beraman, deb va’da qilganman, ular bu yerlarni olib, ega bo‘lishiga sen bosh bo‘lasan.
7. Dadil va botir bo‘lishing kerak, Men qulim Muso orqali buyurgan qonunlarning hammasini bitta qoldirmay bajargin, borgan joyingda ishlaring o‘ngidan kelishi uchun bu qonunlardan o‘ngga ham, chapga ham og‘ma.
8. Tavrot kitobida yozilganlar tilingdan tushmasin, ularni bitta qoldirmay bajarishing uchun kechayu kunduz ular haqida fikr yuritgin. Shunda ishlaring yurishib, o‘ngidan keladi.
9. Amr qilaman, dadil va botir bo‘l, vahimaga tushma, qo‘rqma, qayerga borsang ham, Men, Egang Xudo, sen bilan birga bo‘laman.”
10. Shundan keyin Yoshua Isroil qabilalarining nazoratchilariga shunday deb buyurdi:
11. — Qarorgoh bo‘ylab yurib, xalqqa quyidagi gaplarni aytinglar: “Oziq–ovqatlaringizni tayyorlanglar, chunki uch kundan keyin Egangiz Xudo sizga berayotgan yurtga egalik qilish uchun Iordan daryosidan o‘tasizlar.”
12. Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmiga Yoshua shunday dedi:
13. — Egamizning quli Musoning amr qilib aytgan so‘zlarini eslang. U sizlarga: “Egangiz Xudo sizlarga osoyishtalik berib, mana shu yerlarni berdi”, — deb aytgan edi.
14. Xotinlaringiz, bolalaringiz, mol–qo‘ylaringiz Muso sizlarga bergan yerda — Iordanning mana shu sharq tomonida qoladi. Orangizdagi barcha qurollangan jasur jangchilar esa birodarlaringizning oldida borib, Iordan daryosidan o‘tadi.
15. Birodarlaringiz ham Egangiz Xudo berayotgan yurtni egallamaguncha, jasur jangchilaringiz ularga yordam beradi. Egamiz birodarlaringizga ham sizga berganday osoyishtalik bergandan keyingina Egamizning quli Muso sizlarga bergan Iordanning sharqidagi o‘z yeringizga qaytib, joylashasizlar.
16. Ular Yoshuaga shunday deb javob berishdi: — Siz buyurgan hamma narsani qilamiz, qayerga yuborsangiz boramiz.
17. Hamma narsada Musoga qanday itoat qilgan bo‘lsak, sizga ham shunday itoat qilamiz. Egangiz Xudo, Muso bilan bo‘lganidek, siz bilan birga bo‘lsin!
18. Sizning aytgan so‘zlaringizga qarshi chiqqanlar, birorta buyrug‘ingizga bo‘ysunmaganlarning jazosi o‘limdir. Siz faqat dadil va botir bo‘ling.

1. Yoshua Shitimdagi qarorgohdan ikki kishini yashirincha ayg‘oqchi qilib yubordi. Yuborishdan oldin ularga: “Borib, Kan’on yurtini, ayniqsa Yerixo shahrini yaxshilab ko‘rib kelinglar”, — dedi. Ular Yerixoga ketishdi. Borib, Rahoba ismli bir fohishaning uyiga kirib, o‘sha yerda tunab qolishdi.
2. Yerixo shohiga: “Bugun kechqurun Isroil xalqidan bir nechtasi butun yurtimizni tekshirish uchun kelishibdi”, — degan xabar yetib bordi.
3. Shunda shoh Rahobaga xabar yuborib: “Yurtimizni tekshirishga kelgan kishilar sening uyingga kiribdi. Endi ularni tashqariga olib chiq”, deb buyurdi.
4. Lekin ayol o‘sha kishilarni yashirib qo‘ygan edi. U shohning odamlariga shunday dedi: “To‘g‘ri, o‘sha kishilar menikiga kelgan edi, lekin ularning qayerdan kelganini bilmagandim.
5. Kech tushib, shahar darvozasi yopilishidan oldin ular chiqib ketishdi. U kishilar qayerga ketganini bilmayman. Agar tez orqasidan borsangiz, ularni ushlashingiz mumkin.”
6. Aslida Rahoba ularni tomga olib chiqib, qurisin, deb yoyilgan zig‘ir bog‘lamlari tagiga yashirib qo‘ygan edi.
7. Shohning odamlari shahardan chiqib ketishi bilanoq, shahar darvozasi yopildi. Ular ayg‘oqchilarni qidirib, Iordan daryosining kechuv joyigacha borishdi.
8. Ayg‘oqchilar uxlashga yotishdan oldin Rahoba tomga chiqib,
9. ularga shunday dedi: “Egangiz bizning yurtimizni sizlarga berganligini bilaman. Butun xalqimiz bilan sizlardan qo‘rqib qolganmiz. Shu yerda yashaydiganlarning hammasi sizlar haqingizda eshitib vahimaga tushgan.
10. Biz eshitdik, sizlar Misrdan chiqqaningizdan keyin Egangiz oldingizda Qizil dengiz suvlarini quritibdi, Iordanning sharq tomonidagi Amor xalqining shohlari O‘g va Sixo‘nga nima qilganingizni, ularning odamlarini butunlay qirib tashlaganingizni ham eshitdik.
11. Bu voqealar haqida eshitishimiz bilan yuraklarimiz orqaga tortib ketdi, sizlarni deb har birimizning jasoratimizdan asar ham qolmadi. Chunki Egangiz Xudo ham osmonda, ham yerda Xudodir.
12. Men sizlarga marhamat ko‘rsatdim. Endi shuning uchun Egangiz haqi qasam ichib, sening oilangga ham mehribonlik qilamiz, deb kafolat bering.
13. Mana shu kafolat ota–onam, aka–uka, opa–singillarim va ularga qarashli bo‘lganlarni saqlab qolishingizni, bizni o‘limdan qutqarishingizni bildirsin.”
14. Ayg‘oqchilar unga shunday deyishdi: “Sizlarga biror narsa bo‘lsa, Xudo jonimizni olsin. Agar biz haqimizda hech kimga aytmasang, Egamiz bizga shu yerni berganda sen va sening oilangga bergan va’damizda turib, marhamat ko‘rsatamiz.”
15. Rahobaning uyi shahar devorlariga taqalib qurilganligi uchun, derazasi shahardan tashqariga qarab turar edi. Rahoba mana shu derazadan arqon tushirib, ayg‘oqchilarning qochishiga yordam berdi.
16. Ular ketishidan oldin Rahoba: “Sizlarni quvayotganlar topib olmasligi uchun, qirlarga boringlar. O‘sha yerda uch kun yashirininglar. Ular qaytib kelganidan keyin o‘z yo‘lingizga ketaverasiz”, — degan edi.
17. -
18. Ayg‘oqchilar Rahobaga javoban shunday deyishgan edi: “Biz bu yerga hujum qilganimizda mana shu qizil arqonni biz tushadigan derazangga bog‘lab, osiltirib qo‘ygin. Oilangdagilarning hammasi, ota–onang, aka–uka, qarindosh– urug‘laring uyingda bo‘lishi kerak, bo‘lmasa, biz senga ichgan qasamimizdan xalos bo‘lamiz.
19. Birortasi eshigingdan tashqariga, ko‘chaga chiqsa, o‘z o‘limiga o‘zi javobgar bo‘ladi, biz gunohkor bo‘lmaymiz. Lekin sen bilan uy ichida bo‘lganlarga birortasi qo‘l tekkizsa, ularning o‘limiga biz javobgar bo‘lamiz.
20. Lekin mabodo biz haqimizda birovga og‘iz ochsang, sen bizga ichtirgan qasamdan xalos bo‘lamiz.”
21. Rahoba: “Sizlar nima desangiz shunday bo‘lsin”, degan so‘zlar bilan ayg‘oqchilarni chiqarib yubordi. Ular o‘z yo‘llariga ketishdi. Keyin u qizil arqonni derazasiga bog‘lab qo‘ydi.
22. O‘sha ayg‘oqchilar borib, qirlarda uch kun, ularni izlab yurganlar qaytguncha turishdi. Ularni quvib ketganlar yo‘l bo‘yidagi hamma joylarni izlab ham hech kimni topa olmadilar.
23. Ayg‘oqchilar qirdan qaytib tushishdi. Daryoni kechib o‘tib, Yoshuaning oldiga kelib, bo‘lgan voqealarning hammasini unga aytib berishdi.
24. Ular Yoshuaga: “Haqiqatan ham Egamiz butun yurtni bizning qo‘limizga bergan. U yerda yashovchilarning hammasi bizlarni deb vahimaga tushgan”, — deyishdi.

1. Ertasiga tongda Yoshua butun Isroil xalqi bilan birga Shitim qarorgohidan chiqib, Iordanga yetib kelishdi. Daryoni kechib o‘tishdan oldin ular o‘sha yerda qarorgoh qurishdi.
2. Uch kundan keyin qabila nazoratchilari qarorgoh bo‘ylab yurib,
3. xalqqa shunday deyishdi: “Leviruhoniylari Egangiz Xudoning ahd sandig‘ini ko‘tarib ketayotganini ko‘rganingizda yo‘lga chiqasizlar. Uning orqasidan boringlar,
4. shunda boradigan yo‘lingizni bilib olasizlar, chunki sizlar bu yo‘ldan oldin yurmagansizlar. Lekin sandiq bilan sizlarning orangizdagi masofa taxminan ikki ming tirsak bo‘lishi kerak. Orangizdagi masofa mana shundan kam bo‘lmasin.”
5. Keyin Yoshua xalqqa: “O‘zingizni poklang, chunki ertaga Egamiz oramizda mo‘jizalar qiladi”, — dedi.
6. Ertasiga Yoshua ruhoniylarga shunday dedi: “Ahd sandig‘ini olib, xalqning oldida yuringlar.” Ruhoniylar ahd sandig‘ini ko‘tarib, xalq oldida borishdi.
7. Egamiz Yoshuaga shunday dedi: — Bugundan boshlab seni butun Isroil xalqi oldida ko‘kka ko‘taraman, shunda ular Men Muso bilan bo‘lganimdek, sen bilan birga bo‘lishimni bilishadi.
8. Ahd sandig‘ini ko‘tarib boradigan ruhoniylarga aytasan: “Iordan daryosiga yetib borganingizdan keyin daryoga kirib to‘xtanglar.”
9. Keyin Yoshua Isroil xalqiga shunday dedi: — Yaqinroq kelib, Egangiz Xudoning gaplarini eshiting.
10. -
11. Mana, butun olam Rabbiysining ahd sandig‘i oldingizda Iordan daryosidan o‘tadi. Shunday qilib, barhayot Xudo sizlarning orangizda ekanligini, Uning O‘zi Kan’on, Xet, Xiv, Pariz, Girgosh, Amor va Yobus xalqlarini albatta sizlarning oldingizdan quvib yuborishini bilasizlar.
12. Endi Isroil xalqining har bir qabilasidan bittadan, jami o‘n ikkita erkakni tanlang.
13. Butun olam Rabbiysi, Egamizning ahd sandig‘ini ko‘targan ruhoniylarning oyoqlari Iordan daryosining suvlariga tegishi bilanoq oqim to‘xtab qoladi, suv bir joyda yig‘ilib turadi.
14. Xalq o‘z chodirlarini yig‘ib, Iordandan o‘tish uchun yo‘lga tushganda, ahd sandig‘ini ko‘targan ruhoniylar ularning oldida borar edi.
15. Iordan suvi hosil paytida qirg‘oqlaridan ham toshib oqardi. Ahd sandig‘ini ko‘targan ruhoniylar Iordanga yaqinlashdi. Ularning oyoqlari suvga tegishi bilanoq
16. daryoning oqimi to‘xtab qoldi. Suv uzoqda joylashgan Zoraton yonidagi Adama shahri oldida yig‘ilib qoldi, O‘lik dengizga quyiladigan suv esa butunlay to‘xtab qoldi. Shundan keyin xalq daryodan o‘tib, Yerixo shahrining yonidagi yerlarga bordi.
17. Butun Isroil xalqi quruq yerdan yurib, Iordandan o‘tib bo‘lmaguncha, ahd sandig‘ini ko‘targan ruhoniylar daryoning o‘rtasida, quruq yerda turishdi.

1. Butun xalq Iordandan o‘tib bo‘lgandan keyin, Egamiz Yoshuaga shunday dedi:
2. — Xalqning orasidan o‘n ikki kishini tanlagin, har bir qabiladan bittadan bo‘lsin.
3. Ularga: “Iordan daryosining o‘rtasidan, xuddi ruhoniylar oyog‘i turgan joyidan o‘n ikkita tosh olib, bugun kechqurun qarorgoh quradigan joyga olib borib qo‘yinglar, deb buyurgin.”
4. Yoshua Isroil xalqining har bir qabilasidan bir kishini tanladi. Keyin o‘sha o‘n ikki kishini chaqirib,
5. ularga shunday dedi: “Egangiz Xudoning ahd sandig‘i oldiga, Iordanning o‘rtasiga borib, u yerdan har biringiz Isroil qabilalarining har biri uchun bittadan tosh olinglar. Ularni yelkangizda ko‘tarib, qarorgohga olib boringlar.
6. Bu toshlar sizlarga esdalik bo‘lib qoladi. Vaqti kelib, farzandlaringiz sizlardan, bu toshlar nimani bildiradi, deb so‘raganda,
7. ularga Egamizning ahd sandig‘i Iordan daryosidan o‘tayotganda, daryoning suvlari to‘xtab qolganini aytib berasizlar. Bu toshlar sizlarga umrbod yodgorlik bo‘lib qoladi.”
8. Isroil xalqidan tanlangan kishilar Yoshua ularga buyurganday qilishdi. Egamiz Yoshuaga aytganday, ular Iordanning o‘rtasidan har bir Isroil qabilasi uchun bittadan tosh, jami o‘n ikkita tosh olib, o‘zlari bilan o‘sha kuni qarorgoh qurilgan joyga olib borib qo‘yishdi.
9. Iordanning o‘rtasiga, ahd sandig‘ini ko‘targan ruhoniylar turgan joyga Yoshua bir yodgorlik qurdirdi. Bu yodgorlik ham o‘n ikkita toshdan qurildi. O‘sha toshlar bugungacha o‘sha yerdadir.
10. Egamiz Yoshuaga, xalqqa aytgin, deb amr qilganlarining hammasi sodir bo‘lmaguncha sandiqni ko‘targan ruhoniylar Iordanning o‘rtasida turdilar. Yoshuaga Muso mana shu yo‘l–yo‘riqlarni ko‘rsatgan edi. Xalq tez–tez daryodan o‘tdi.
11. Hamma daryodan o‘tib bo‘lgandan keyin, butun xalq qarab turar ekan, Egamizning ahd sandig‘i va ruhoniylar daryodan o‘tdi.
12. Muso buyurganday, Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasi yarmining erkaklari ham qurollanib, daryodan o‘tgan edilar. Ular Isroil xalqining oldingi saflarida edilar.
13. Jangga tayyor o‘sha qirq mingga yaqin kishi Egamiz huzurida Yerixo yonidagi tekislikka o‘tdi.
14. Egamiz o‘sha kuni qilgan ishlari bilan Isroil xalqining ko‘zi oldida Yoshuaning nomini yuksaltirdi. Ular butun umri davomida Musoni qanday hurmat qilgan bo‘lsalar, Yoshuani ham shunday hurmat qildilar.
15. O‘shanda Egamiz Yoshuaga shunday degan edi:
16. “Ahd sandig‘ini ko‘targan ruhoniylarga, Iordandan chiqinglar, deb buyurgin.”
17. Shunda Yoshua ruhoniylarga: “Iordandan chiqinglar”, — deb buyurgan edi.
18. Egamizning ahd sandig‘ini ko‘targan ruhoniylar Iordanning o‘rtasidan chiqishdi. Ularning oyoqlari quruq yerga tegishi bilan Iordanning suvi yana oldingiday qirg‘oqlaridan toshib oqa boshladi.
19. Xalq birinchi oyning o‘ninchi kunida Iordandan o‘tdi. Ular Yerixo shahrining sharqidagi Gilgal degan joyda qarorgoh qurishdi.
20. Ular Iordandan olgan o‘n ikkita toshni Yoshua Gilgalda o‘rnatib,
21. Isroil xalqiga shunday dedi: — Vaqti kelib, farzandlaringiz sizlardan: “Bu toshlar nimani bildiradi?” deb so‘rasa,
22. sizlar shunday javob berasizlar: “Isroil xalqi mana shu yerda quruq yerdan yurib Iordandan o‘tdi.
23. Egamiz Xudo biz o‘tishimiz uchun Qizil dengizni quritganday, bu yerda ham biz o‘tib bo‘lmagunimizcha Iordanning suvlarini quritgan edi.
24. Yer yuzidagi barcha xalqlar Egamizning qudratli ekanini bilishi hamda sizlar Xudoyingiz — Egamizdan bir umr qo‘rqishingiz uchun shunday qilgan edi.”

1. Isroil xalqi Iordan daryosidan o‘tib bo‘lguncha, Egamiz ular uchun daryoning suvini quritgan edi. Iordanning g‘arbidagi Amor shohlari va O‘rta yer dengizi yonidagi Kan’on shohlari bu haqda eshitib, juda qo‘rqib ketishdi. Isroil xalqini deb ularning jasoratidan asar ham qolmadi.
2. O‘sha paytda Egamiz Yoshuaga shunday dedi: “Toshdan pichoqlar yasab, Isroil xalqining bu yangi avlodini sunnat qilinglar.”
3. Yoshua toshdan pichoqlar yasatib, ularni Givot– Xarilo‘t degan joyda sunnat qildirdi.
4. Yoshua sunnat qilganining sababi quyidagichadir: Misrdan chiqqan, jangga yaroqli erkaklarning hammasi sahroda yurganda o‘lgan edi.
5. Misrdan chiqqanlarning hammasi sunnat qilingan bo‘lsa–da, sahroda yurgan paytda tug‘ilganlar sunnat qilinmagan edi.
6. Egamizga itoat qilmagan, Misrdan chiqqanda jangga yaroqli bo‘lgan naslning hammasi o‘lmaguncha Isroil xalqi qirq yil sahroda sargardon bo‘lib yurdi. Egamiz ularga: “Men ota– bobolaringizga va’da qilib, sizlarga beraman, degan sut va asal oqib yotgan yurtni hech qachon ko‘rmaysizlar”, deb qasam ichgan edi.
7. Misrdan chiqqanlarning o‘rniga Egamiz ularning farzandlarini dunyoga keltirdi. O‘sha yangi avlod yo‘lda sunnat qilinmagan edi. Mana shuning uchun Yoshua ularni sunnat qildi.
8. Hamma erkaklar sunnat qilingandan keyin, tuzalguncha qarorgohda qoldilar.
9. Egamiz Yoshuaga: “Bugun men sizlardan Misrdagi qullik sharmandaligini olib tashladim”, — dedi. Shuning uchun o‘sha joy bugungacha Gilgal, deb ataladi.
10. Isroil xalqi Gilgalda turgan paytlarida oyning o‘n to‘rtinchi kunida kechqurun Yerixo yonidagi tekislikda Fisih ziyofatini nishonladilar.
11. Aynan Fisih ziyofatidan keyingi kun esa ular o‘sha yerdan chiqqan hosildan pishirilgan xamirturushsiz non va o‘sha hosildan olingan qovurilgan don yedilar.
12. Isroil xalqi o‘sha yurtda yetishtirilgan hosilni yegan kundan boshlab, Xudo ularga manna yubormay qo‘ydi. O‘sha yil Isroil xalqi Kan’on yeridan olingan hosilni yedi, ular mannani boshqa ko‘rmadi.
13. Bir kuni Yoshua Yerixo shahrining yaqinida turganda qarasa, o‘zining qarshisida qilich ushlagan bir kishi turibdi. Yoshua uning oldiga borib: “Sen biznikimisan yoki dushman tarafdamisan?” — deb so‘radi.
14. “Hech qaysisi, — deb javob berdi u kishi, — Men Egamiz lashkarining lashkarboshisiman. Mana, keldim.” Yoshua muk tushib, unga ta’zim qildi. “Qulingizga nima buyurasiz, hazratim?” — deb so‘radi Yoshua.
15. Egamiz lashkarining lashkarboshisi Yoshuaga shunday dedi: “Oyoq kiyimingni yech, sen turgan yer muqaddasdir.” Yoshua u aytganday qildi.
16. Yerixoliklar, Isroil xalqidan qo‘rqib, shahar darvozalarini mahkamlab yopib, qo‘riqchilar qo‘yishdi. Endi shaharga hech kim kirolmas, u yerdan hech kim chiqolmas ham edi.

1. Egamiz Yoshuaga shunday dedi: “Mana, Yerixo shahrini shohiyu sipohlari bilan birga sening qo‘lingga berdim.
2. Shahar atrofini barcha jangchilar bilan bir marta aylangin. Olti kun shunday qilasan.
3. Yettita ruhoniyahd sandig‘ining oldida yursin. Ularning qo‘lida bittadan qo‘chqor shoxidan qilingan burg‘u bo‘lsin. Yettinchi kuni shahar atrofini yetti marta aylaninglar, ruhoniylar burg‘uni chalib yurishsin.
4. O‘sha kuni burg‘ularning uzoq chalinganini eshitishi bilanoq, hamma bor ovozi bilan baqirsin. Shunda shaharning devorlari qulaydi, hamma shaharga hujum qilib, to‘g‘ri kirib boraveradi.”
5. Yoshua ruhoniylarni chaqirib, ularga shunday dedi: “Ahd sandig‘ini ko‘taringlar, yettitangiz esa bittadan burg‘u olib, Egamizning ahd sandig‘i oldida yuring.”
6. Odamlarga esa: “Borib, shaharni aylaninglar, qurollangan jangchilarning hammasi Egamizning sandig‘i oldida borsin”, — dedi.
7. Yoshua xalqqa buyurganday, Egamiz oldida yettita ruhoniy burg‘ularni chalib borishar, Egamizning ahd sandig‘i esa ularning orqasidan borardi.
8. Qurollangan kishilar burg‘u chalayotgan ruhoniylar oldidan borishdi, sandiqning orqasidan esa qorovullar bo‘linmasi bordi. Burg‘ular to‘xtamay chalinib turar edi.
9. Yoshua xalqqa shunday degan edi: “Men aytmagunimcha, sizlar baqirmang, ovozingizni chiqarmang. Men sizlarga, baqiringlar, deb aytgan kundagina baqirasizlar.”
10. Egamizning sandig‘i shaharni bir marta aylanib keldi. Ular qarorgohga qaytib kelib, tunni o‘sha yerda o‘tkazishdi.
11. Yoshua ertasiga saharda turdi, ruhoniylar yana Egamizning sandig‘ini ko‘tarishdi.
12. Yettita burg‘uni ko‘targan yetti ruhoniy Egamiz sandig‘ining oldida borishdi. Ular burg‘ularni to‘xtamay chalishardi. Qurollangan kishilar esa ularning oldida borishardi. Egamizning sandig‘i orqasida esa qorovullar bo‘linmasi borardi, burg‘ular to‘xtamay chalinayotgan edi.
13. Ikkinchi kuni ham ular shahar atrofini bir marta aylanib, qarorgohga qaytib kelishdi. Ular olti kun shunday qildilar.
14. Yettinchi kuni erta tongda turib, oldingiday shaharning atrofini aylandilar, faqat o‘sha kuni yetti marta aylanishdi.
15. Yettinchi marta aylanayotganda, ruhoniylar burg‘uni chalar ekan, Yoshua odamlarga shunday dedi: “Baqiringlar, chunki Egamiz shaharni bizga bergan.
16. Shahar aholisiyu uning ichidagi hamma narsa Egamizga bag‘ishlanib, yo‘q qilinsin. Faqat fohisha Rahoba va uning uyidagilarning hammasi tirik qoladi, chunki u biz yuborgan ayg‘oqchilarni yashirgan edi.
17. Sizlar esa Egamizga bag‘ishlangan narsalarning hech biriga yaqinlashmang, yana o‘sha narsalarni olib, o‘zingiz ham halok bo‘lmang. Isroil xalqining qarorgohiga kulfat keltirmang, qarorgoh vayrona bo‘lmasin.
18. Lekin barcha oltin, kumush, hamma bronza va temirdan yasalgan idishlar Egamizga bag‘ishlangan. Ular Egamizning xazinasiga keltirilsin.”
19. Ruhoniylar burg‘ularni chaldilar. Xalq burg‘u tovushini eshitishi bilanoq baland ovoz bilan baqirgan edi, butun shahar devorlari qulab tushdi. Isroil jangchilari turgan joylaridan to‘g‘ri shaharga kirib, unga hujum qilishdi. Isroil jangchilari shaharni qo‘lga kiritishdi.
20. Ular shahardagi hammani, erkagu ayollarni, yoshu qarilarni, mol–qo‘y, eshaklarni — butun jonzotni qirib tashladilar.
21. Yoshua o‘sha yerni tekshirib kelgan ikki kishiga aytdi: “Fohishaning uyiga boringlar. Ichgan ontingizga amal qilib, u bilan uyidagilarning hammasini olib chiqing.”
22. Ayg‘oqchi bo‘lgan kishilar borib, Rahobani, uning ota–onasini, aka– ukalarini, hamma qarindoshlarini shahardan olib chiqib, ularni Isroil qarorgohining yoniga, xavfsiz joyga keltirdilar.
23. Isroil jangchilari shaharni uning ichidagi bor narsasi bilan yondirib tashladilar. Faqat oltin, kumush, bronza va temirdan yasalgan idishlarni Egamiz uyining xazinasiga keltirdilar.
24. Fohisha Rahoba va uning hamma qarindoshlarini Yoshua saqlab qoldi, chunki Yoshua Yerixoni tekshirib kelish uchun yuborgan ayg‘oqchilarni u yashirgan edi. Uning xonadoni o‘shandan beri Isroilda yashaydi.
25. Keyin Yoshua qasam ichib, quyidagilarni aytdi: “Yerixo shahrini qayta qurmoqchi bo‘lgan, Egamiz oldida la’nati bo‘lar! O‘z to‘ng‘ich o‘g‘lining joni evaziga shahar poydevorin qo‘yar, Kenja o‘g‘lining joni evaziga darvozalar o‘rnatar!”
26. Egamiz Yoshua bilan birga edi. Yoshuaning shuhrati butun yurtga tarqaldi.

1. Ammo Isroil xalqi bag‘ishlangan narsalar haqida Egamiz bergan amrni buzdi. Oxun ismli bir kishi bag‘ishlangan narsalarning bir nechtasini olgan ekan. Oxun Yahudo qabilasidan bo‘lib, Zerax urug‘idan bo‘lgan Zimrining nevarasi, Karmining o‘g‘li edi. Egamiz Isroil xalqidan qattiq g‘azablandi.
2. Shu orada Yoshua bir necha kishini tanlab, ularga: “Borib, Ay shahrini tekshirib kelinglar”, — dedi. Ay shahri Baytilning sharqida, Bayt–Obun yaqinida joylashgan edi. Ular borib, tekshirdilar.
3. Qaytib kelib, Yoshuaga: “Hammamiz borishimiz shart emas, ikki — uch mingta odam chiqib hujum qilsa, bas. Ay aholisining soni kam, shuning uchun butun xalq u yerga borib ovora bo‘lmasin”, — dedilar.
4. Shunday qilib, uch mingtacha odam u yerga chiqdi, lekin ular Ay aholisining oldiga tushib qochdilar.
5. Ayliklar shahardan chiqib, Isroil jangchilarini tosh qaziladigan joygacha quvib bordilar. Qir yon bag‘rida o‘ttiz oltitacha Isroil odamlarini o‘ldirdilar. Bu hodisadan keyin butun Isroil xalqining yuragi orqaga tortib ketdi.
6. Shunda Yoshua bilan Isroil oqsoqollari qayg‘udan kiyimlarini yirtib, boshlariga tuproq sochdilar. Egamizning sandig‘i oldida yerga muk tushishdi–da, kechgacha shu holda qolishdi.
7. Yoshua shunday dedi: “Ey, Egamiz Rabbiy! Nima uchun bu xalqni Iordan daryosidan olib o‘tding? Nahotki bizlarni Amor xalqining qo‘liga berib, yo‘q qilish uchun shunday qilgan bo‘lsang?! Biz Iordanning narigi tomonida qolaversak bo‘lmasmidi?!
8. Ey, Rabbiy, yana nima ham derdim, mana, Isroil xalqi dushmanlarining oldiga tushib qochdi.
9. Endi Kan’on xalqlari va mana shu yerlar aholisining hammasi bu haqda eshitib bizni qurshab oladilar. Nomimizni yer yuzidan o‘chirib yuboradilar. Shunday bo‘lsa, ulug‘vorligingni qanday qilib ko‘rsatasan?”
10. Egamiz Yoshuaga dedi: “O‘rningdan tur! Nima uchun muk tushib yotibsan?
11. Isroil xalqi gunoh qildi, ular bilan qilgan ahdimni buzdi. Ular Menga bag‘ishlangan narsalardan o‘g‘irlab olishdi. Buning ustiga, aldab, o‘g‘irlangan narsalarni o‘zlarining narsalari orasiga yashirib qo‘ydilar.
12. Shuning uchun Isroil xalqi dushmanlariga bas kela olmaydi. Chunki ularning o‘zi ham yo‘q qilinadigan, Menga bag‘ishlangan narsaday bo‘lib qolgan. Endi ular dushmanlariga mag‘lub bo‘lib qochib yuradilar. Orangizdagi bag‘ishlangan narsalarni yo‘q qilmasangiz, Men sizlar bilan birga bo‘lmayman.
13. Endi Isroil xalqini pokla. Ularga shunday degin: — O‘zingizni ertangi kun uchun tayyorlab, poklang. Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: “Ey, Isroil, orangizda Menga bag‘ishlangan narsalar bor. Orangizdagi shu narsalarni olib tashlamaguningizcha, dushmanlaringizga bas kela olmaysiz.”
14. Shuning uchun ertalab barcha qabilalar birma–bir kelishadi. Egamiz bir qabilani tanlaydi. Ana shu qabilaning urug‘lari ham birma–bir keladi. Egamiz ular orasidan bir urug‘ni tanlaydi. O‘sha urug‘ oilalari birma–bir kelishadi. Egamiz bir oilani tanlaydi. O‘sha oila a’zolari birma–bir keladi.
15. La’natlangan narsalarni olgan odamni Egamizning O‘zi ko‘rsatadi. O‘sha odam bor narsasi bilan olovda yondiriladi, chunki u Egamiz bilan qilingan ahdni buzib, Isroilda aql bovar qilmaydigan ish qildi.”
16. Shunday qilib, ertasi kuni tongda, Yoshuaning buyrug‘iga ko‘ra, Isroil qabilalari birma–bir Xudoning huzuriga kelishdi. Egamiz Yahudo qabilasini tanladi.
17. Endi Yahudo qabilasining urug‘lari birma–bir keldi, shunda Zerax urug‘i tanlandi. Zerax urug‘ining oilalari birma–bir kelganda Zimri oilasi tanlandi.
18. Zimri oila a’zolari birma–bir kelishdi, Karmi o‘g‘li Oxun tanlandi. U Yahudo qabilasidan bo‘lib, Zerax urug‘idan bo‘lgan Zimrining nevarasi edi.
19. Yoshua Oxunga shunday dedi: “O‘g‘lim, haqiqat aytaman, deb Isroil xalqining Xudosi — Egamizning nomi bilan qasam ich, gunohingni tan olgin. Nima qilganingni yashirmay menga aytib ber.”
20. Oxun Yoshuaga shunday javob berdi: “Ha, to‘g‘ri. Isroil xalqining Xudosi — Egamizga qarshi gunoh qilgan menman.
21. O‘sha kuni o‘lja orasida Shinardan keltirilgan chiroyli to‘nni, 500 misqol kumush va og‘irligi 125 misqol keladigan bir bo‘lak tillani ko‘rib qoldim. Ko‘nglim tusab, ularni oldim. Ularni chodirimning ichida yerning tagiga ko‘mib qo‘yganman, kumush eng tagida.”
22. Yoshua bir nechta odamni yubordi. Ular chodirga yugurib borib qarashsa, u narsalar rostdan ham o‘sha yerda yashirilgan ekan. Ularning eng tagida kumush bor edi.
23. Ular narsalarni chodirdan olib, Yoshua va butun Isroil xalqiga olib kelishdi. Ular narsalarni Egamiz oldiga yoyib qo‘yishdi.
24. Keyin Yoshua va butun Isroil xalqi Zerax o‘g‘li Oxunni o‘g‘irlangan kumush, to‘n, tilla bo‘lagi hamda o‘g‘il–qizlari, mol–qo‘ylari, eshaklari, chodiriyu bor narsasi bilan birga Oxor soyligiga olib borishdi.
25. Yoshua: “Boshimizga rosa ham kulfat keltirding–ku. Mana endi, bugun Egamiz sening boshingga ham kulfat keltiradi”, — dedi. Butun Isroil xalqi Oxunni va uning oilasini toshbo‘ron qilib o‘ldirdi–da, ularning jasadlarini olovda kuydirdi.
26. Keyin ularning ustiga katta bir tosh uyumi to‘pladilar, toshlar bugungacha o‘sha yerdadir. Shuning uchun ushbu yer o‘sha paytdan beri Oxor soyligi, deb ataladi. Shundan keyin Egamiz g‘azabidan tushdi.

1. Egamiz Yoshuaga aytdi: “Qo‘rqma, vahimaga tushma, barcha jangga yaroqli erkaklarni boshlab, Ay shahriga borgin. Mana, Ay shohini uning xalqi, shahri va yeri bilan birga senga berganman.
2. Yerixo va uning shohini nima qilgan bo‘lsangiz, Ay va uning shohini ham xuddi shunday qilasizlar. Faqat shahardagi mol–mulklarni va mol–qo‘ylarni o‘zingizga o‘lja qilib olsangiz bo‘ladi. Shaharning orqasida pistirma qo‘yinglar.”
3. Yoshua va hamma jangga yaroqli erkaklar Ayga hujum qilishga tayyorlanishdi. Yoshua o‘z lashkari orasidan o‘ttiz ming jangchini tanlab oldi. Tunda jo‘natayotib,
4. ularga shunday buyruq berdi: — Borib, shaharning orqasida pistirma quring, shahardan uzoqqa bormang, hammangiz sergak bo‘lib turing.
5. Men odamlarim bilan shaharga yaqinlashaman. Ular bizga qarshi chiqqanda, oldingiday biz ulardan qochamiz.
6. Bizni quvib, dushmanlar shahardan ancha uzoqlashib ketadi. Ular o‘zlaricha: “Dushmanlarimiz yana oldingiday bizdan qochyapti”, deb o‘ylashadi. Biz qochayotganimizda esa
7. sizlar pistirmadan chiqib, shaharni olasizlar. Egangiz Xudo uni sizlarning qo‘lingizga beradi.
8. Shaharni olganingizdan keyin Egamiz buyurganday, uni yondirasizlar. Mana shu buyruqlarni ijro eting.
9. Shu so‘zlar bilan Yoshua ularni jo‘natib yubordi. Ular Ayning g‘arbida — Ay va Baytil oralig‘ida pistirma qo‘yib, o‘sha yerda kutib yotdilar. O‘sha tunni Yoshua qarorgohda o‘tkazdi.
10. Ertasi kuni, tong payti Yoshua jangchilarini bir joyga yig‘ib, qabilalarning boshliqlari bilan birga ularni Ayga boshlab bordi.
11. Barcha jangga yaroqli kishilar u bilan ketdi. Ular shaharga yaqinlashib, Ayning shimolida qarorgoh qurishdi. Ay va ularning orasida jarlik bor edi.
12. Yoshua besh mingga yaqin odamni Ayning g‘arbidagi, Ay va Baytil shaharlarining oralig‘ida pistirma qo‘yishga yubordi.
13. Shunday qilib, jangchilar jangovar holatga keltirildi. Ularning asosiy qismi shaharning shimolida, qorovullar bo‘linmasi esa shaharning g‘arbida edi. Yoshua esa o‘sha tunni jarlikda o‘tkazdi.
14. Buni ko‘rgan Ay shohi ertasi kuni tongda shoshilib, butun lashkari bilan Iordan vodiysi ro‘parasidagi bir joyga Isroil xalqi bilan jang qilishga bordi. Ammo u shaharning orqasida o‘ziga qarshi pistirma qo‘yilganini bilmas edi.
15. Yoshua va butun Isroil lashkari o‘zlarini yengilayotganday ko‘rsatib, sahro tarafga qochishdi.
16. Yoshua va Isroil qo‘shinini quvish uchun Ay shahridagi barcha erkaklar chaqirildi. Ular Yoshua va Isroil lashkarini quvib, shahardan ancha uzoqlashib ketishdi.
17. Ay va Baytilda Isroil lashkarini quvish uchun chiqmagan birorta ham erkak qolmadi. Shaharni qo‘riqlashga hech kimni qoldirmay, Isroil lashkarini ta’qib qildilar.
18. Egamiz Yoshuaga shunday dedi: “Qo‘lingdagi nayzani Ay tomonga uzat, o‘sha shaharni sening qo‘lingga beraman.” Yoshua qo‘lidagi nayzasini shahar tomonga uzatdi.
19. U qo‘lini uzatishi bilanoq pistirmada yashirinib o‘tirgan jangchilar tezda turib oldinga yugurdilar. Ular shaharga kirishdi. Shaharni qo‘lga olib, darrov unga o‘t qo‘yishdi.
20. Ay lashkari orqaga qarasa, yonayotgan shaharning tutuni ko‘kka ko‘tarilyapti. Ular na u yoqqa, na bu yoqqa qocha olardilar, chunki sahroga qochgan Isroil lashkari endi orqaga burilib, ularga qarshi chiqqan edi.
21. Yoshua va butun Isroil lashkari shahardan tutun chiqayotganini ko‘rib, pistirmadagilar shaharni olganini bilishdi. Shunda ular orqaga burilib, Ay shahrining odamlariga hujum qildilar.
22. Isroil lashkarining shahardagilari ham Ay odamlariga qarshi chiqishdi. Shunday qilib, Isroil lashkari ularni u tomondan ham, bu tomondan ham qurshab olishgan edi. Isroil lashkari ularning hammasini qirib tashladi. Hech kim tirik qolmadi, birortasi ham qochib keta olmadi.
23. Ammo Ay shohini tirikligicha ushlab, Yoshuaning huzuriga olib kelishdi.
24. Isroil lashkari shahar tashqarisida — sahroda butun Ay qo‘shinini qirib tashlashdi. Ularning hammasi halok bo‘lgandan keyin Isroil lashkari Ayga borib, u yerda qolganlarning hammasini yo‘q qildi.
25. O‘sha kuni butun Ay aholisi, hammasi bo‘lib o‘n ikki mingta erkak va ayol halok bo‘ldi.
26. Ayda yashovchilarning hammasi yo‘q qilinmaguncha, Yoshua nayza ushlagan qo‘lini tushirmadi.
27. Egamiz Yoshuaga buyurganday, Isroil lashkari faqatgina mol–qo‘y va shahar aholisining mol–mulkini o‘zlariga o‘lja qilib oldi.
28. Yoshua Ay shahrini yondirib yubordi. O‘sha shahar bugungi kungacha vayron bo‘lib yotibdi.
29. Ay shohini esa qatl ettirib, jasadini tik o‘rnatilgan xodaning uchiga qoqtirdi. Uning jasadi kechgacha o‘sha yerda osilib turdi. Quyosh botgandan keyin, Isroil jangchilari Yoshuaning buyrug‘iga ko‘ra, jasadni xodadan tushirib, shahar darvozasining ostonasiga tashladilar. Uning ustiga katta tosh uyumi to‘pladilar. Shu tosh uyumi bugungacha o‘sha yerdadir.
30. Keyin Yoshua Isroil xalqining Xudosi — Egamizga Ebal tog‘ida qurbongoh qurdi.
31. Egamizning quli Muso ularga Tavrot kitobida[56] buyurganday, hech qanday temir asbob ishlatmasdan, yo‘nilmagan toshlardan qurbongoh qurdi. Ular o‘sha qurbongohda Egamizga kuydiriladigan qurbonlik va tinchlik qurbonliklari keltirdilar.
32. O‘sha yerda — Isroil xalqining ko‘z oldida Yoshua toshlarga Muso yozgan qonunlarning nusxasini yozdi.
33. Qabila oqsoqollari, qabila nazoratchilariyu hakamlari qatorida butun Isroil xalqi va ularning orasida yashayotgan qondosh bo‘lmaganlar ham Egamiz ahd sandig‘ining qarshisida — uni ko‘tarib turgan leviruhoniylarining oldida turishdi. Xalqning yarmisi Garizim tog‘i etagida, yarmisi Ebal tog‘i etagida turardi. Egamizning quli Muso, Isroil xalqini duo qilish vaqti kelganda shunday qilinglar, deb buyurgan edi.
34. Keyin Yoshua Tavrot kitobida yozilganday, qonunlarning har bir so‘zini, baraka va la’natlarga oid parchalarni o‘qidi.
35. Butun Isroil jamoasi oldida, ayollaru bolalar, Isroil xalqi orasida yashayotgan, ularga qondosh bo‘lmaganlar oldida, Muso ularga buyurgan qonunlarni Yoshua bitta qoldirmay o‘qidi.

1. Iordan daryosining g‘arb tomonida turadigan barcha shohlar Yoshuaning g‘alabalari haqida eshitishgan edi. Ular qirlarda, qirlarning etaklarida, butun O‘rta yer dengizi qirg‘og‘i bo‘ylab to shimoldagi Lubnongacha bo‘lgan joyda yashaydigan Xet, Amor, Kan’on, Pariz, Xiv va Yobus xalqlarining shohlari edilar.
2. O‘sha shohlar o‘z qo‘shinlarini bir qilib, Yoshua va butun Isroil xalqiga qarshi jang qilishga to‘plandilar.
3. Ammo Givon aholisi Yoshuaning Yerixo va Ay shaharlariga qilgan ishlari haqida eshitib,
4. ayyorlik bilan ish tutdi. Ulardan bir nechtasi yo‘lga tayyorgarlik ko‘rib, o‘z eshaklariga eski xurjunlar va eski, yirtilib yamalgan meshlarni yukladilar.
5. Oyoqlariga eski, yamalgan oyoq kiyimlar, ustilariga esa juldur kiyimlar kiyishdi. Ular olgan nonlarning suvi qochib, mog‘or bosgan edi.
6. Ular Gilgaldagi qarorgohga borib, Yoshua va butun Isroil xalqiga: — Biz juda ham olis bir yurtdan keldik, biz bilan sulh tuzinglar, — deyishdi.
7. Ammo Isroil xalqi bu Xiv xalqidan bo‘lganlarga shunday dedi: — Balki sizlar bizga yaqin joyda yasharsizlar, biz qanday qilib sizlar bilan sulh tuzamiz?
8. — Shunda ular Yoshuaga: — Biz sizlarning qullaringizmiz, — deyishdi. Yoshua esa ulardan: — Sizlar kimsizlar? Qayerdan keldingiz? — deb so‘radi.
9. Ular Yoshuaga shunday deb javob berishdi: — Biz sizning qullaringizmiz, Egangiz Xudoni deb juda ham uzoq bir yurtdan keldik. Biz sizning Xudoyingiz haqida eshitdik. U Misrda nima qilganini,
10. Iordanning sharqidagi Amor xalqlarining ikki shohiga — Xashbon shohi Sixo‘n va Ashtaro‘tda yashagan Bashan shohi O‘gga nimalar qilganingizni eshitdik.
11. Shuning uchun oqsoqollarimiz va yurtimiz aholisi bizni sizlarning oldingizga yuborib: “Uzoq safarga tayyorlaninglar. Isroil xalqi oldiga yetib borgach, bizning xalqimiz ularga qul ekanligini aytib, ular bilan sulh tuzib kelinglar”, deb tayinlashdi.
12. Mana, nonimizga qarang, yo‘lga chiqqanimizda issiqqina edi, endi esa suvi qochib, mog‘or bosib qolgan.
13. Mana bu sharob meshlari ularni to‘ldirganimizda yangi edi, endi esa qarang, yorilib ketgan, ust–boshimiz va oyoq kiyimlarimiz ham yo‘l uzoqligidan eskirib ketdi.
14. Isroil oqsoqollari ularning oziq–ovqatlarini tekshirib ko‘rdilar, Egamizdan esa yo‘l–yo‘riq so‘ramadilar.
15. Yoshua ular bilan tinchlik sulhini tuzdi. Jamoa oqsoqollari ularni o‘ldirmaslikka qasam ichib, mana shu sulhni ma’qulladilar.
16. Sulh tuzilib, uch kun o‘tgandan keyin Isroil xalqi Givonliklar o‘zlariga yaqin joyda yashashlarini eshitib qolishdi.
17. Isroil xalqi yo‘lga chiqib ularning shaharlariga uch kunda yetib borishdi. Givon, Xafira, Bero‘t va Xirat–Yorim ularning shaharlari edi.
18. Ammo Isroil xalqi ularga hujum qilmadi, chunki jamoa oqsoqollari Isroil xalqining Xudosi — Egamiz nomi bilan qasam ichib, ularga va’da berishgan edi. Shunda butun jamoa ming‘illab, oqsoqollarga nolidi.
19. Oqsoqollar jamoaga shunday dedilar: — Biz ularga Isroil xalqining Xudosi — Egamiz nomi bilan qasam ichib va’da berganmiz, endi biz ularga tegmasligimiz kerak.
20. Mayli, yashayverishsin, ichgan qasamimizni buzib, boshimizga Egamizning g‘azabini keltirmaylik.
21. Ammo Givonliklar butun jamoa uchun o‘tin yoruvchi, suv tashuvchi bo‘lib qolsin. Shunday qilib, oqsoqollar Givonliklarga nisbatan o‘z va’dasida qoldilar.
22. Yoshua Givonliklarni chaqirib so‘radi: — Bizga yaqin joyda yasharkansiz. Nimaga, sizlardan uzoq joyda yashaymiz, deb bizni aldadingiz?
23. Shuning uchun endi sizlar la’natisizlar, sizlar endi abadiy mening Xudoyim uyi uchun o‘tin yoruvchi, suv tashuvchi qul bo‘lib qolasizlar.
24. Ular Yoshuaga javob berdilar: — Biz aniq eshitdik, Egangiz Xudo O‘zining quli Musoga butun yurtni sizlarga berib, uning butun aholisini qirib tashlashni buyuribdi. O‘z jonimizni o‘ylab, sizlardan qo‘rqqanimizdan shu ishni qildik.
25. Endi biz sizning qo‘lingizdamiz, nima to‘g‘ri va nima yaxshi, deb o‘ylasangiz, bizni shunday qiling.
26. Isroil xalqi Givonliklarni o‘ldirishiga Yoshua yo‘l qo‘ymadi.
27. Ammo o‘sha kuni Yoshua ularni, Egamizning qurbongohi qayerda qurilishidan qat’iy nazar, ana shu qurbongoh va Isroil jamoasi uchun o‘tin yoruvchi va suv tashuvchi qilib qo‘ydi. Hatto bugungacha ularning vazifasi shudir.

1. Quddus shohi Odonisidiq eshitdiki, Yoshua Ay shahrini qo‘lga kiritibdi, uni butunlay vayron qilibdi, Yerixo va uning shohiga nimalar qilgan bo‘lsa, Ay shahrini va uning shohini ham shunday qilibdi. Givonliklar ham Isroil xalqi bilan sulh tuzib, endi ularning orasida yashayotganini eshitib
2. juda qo‘rqib ketdi. Axir, Givon shahri ulkan shahar bo‘lib, o‘z shohiga ega bo‘lgan shaharlarday katta, Ay shahridan ham kattaroq edi– da. Givon aholisining barcha erkaklari ham juda mohir jangchi edilar.
3. Xevron shohi Xo‘xam, Yarmut shohi Pirom, Laxish shohi Yofiya va Eglon shohi Dabir Quddus shohi Odonisidiqdan shunday xabar olishdi:
4. “Kelib, menga yordam bering. Birga Givonga hujum qilaylik, chunki ular Yoshua va butun Isroil xalqi bilan sulh tuzibdi.”
5. Shunda Quddus shohi, Xevron shohi, Yarmut shohi, Laxish shohi va Eglon shohi — Amor xalqlarining beshala shohlari kuchlarini yig‘dilar. Barcha qo‘shinlari bilan Givonni o‘rab olib, hujum qildilar.
6. Givonliklar Yoshuaga — Gilgaldagi qarorgohga shunday xabar yubordilar: “Qirlardagi hamma Amor shohlari o‘z qo‘shinlari bilan bizlarga qarshi yig‘ilishdi. Qullaringizni tark etmang! Tez kelib bizlarni qutqaring, bizga yordam bering.”
7. Yoshua butun lashkari bilan Gilgaldan chiqdi. Ularning orasida eng zo‘r jangchilar ham bor edi.
8. Egamiz Yoshuaga shunday dedi: “Ulardan qo‘rqma, ularni sening qo‘lingga berganman, ularning birortasi ham senga bas kela olmaydi.”
9. Yoshua o‘z lashkari bilan Gilgaldan chiqqandan keyin tuni bilan yo‘l bosib, Amor qo‘shinlarining ustiga to‘satdan bostirib bordi.
10. Butun Isroil lashkari oldida Egamiz Amor qo‘shinlarini vahimaga soldi. Isroil lashkari Givonda ularning ko‘plarini qilichdan o‘tkazdi. Bayt–Xo‘ronga chiqadigan yo‘l bilan quvib, to Ozikah va Makkedoga yetib borguncha yo‘lda Amor qo‘shinlarini yo‘q qildi.
11. Ular Isroil lashkaridan qochib, Bayt– Xo‘rondan pastga tushayotganda, Egamiz osmondan ularning ustiga Ozikahga yetgunlaricha yirik do‘l yog‘dirgan edi. Ularning ko‘plari do‘l ostida halok bo‘ldi. Isroil lashkarining qilichidan halok bo‘lganlarga qaraganda, do‘l tegib o‘lganlar ko‘proq edi.
12. Egamiz Amor xalqlarini Isroil lashkarining qo‘liga bergan kuni Yoshua Egamizga gapirib, butun Isroil xalqi oldida shunday dedi: “Ey, quyosh, tek turgin Givon shahrida, Oymomo, sen esa Oyjavlon vodiysida.”
13. Quyosh ham, oy ham qimirlamay, xalq o‘z dushmanlaridan qasos olmaguncha, osmonda to‘xtab turaverdi. “Yoshur” kitobida shu haqida yozilgan. Quyosh osmonning o‘rtasida to‘xtab, kun bo‘yi botmay turdi.
14. O‘sha kuni Isroil xalqi uchun Egamizning O‘zi jang qildi. Undan oldin ham, keyin ham Egamiz insonning iltijosiga javob bergan bunday kun bo‘lmagan.
15. Shundan keyin Yoshua va butun lashkar Gilgaldagi qarorgohga qaytib ketishdi.
16. Beshala shoh qochib, Makkedodagi g‘orga yashirinib olishgan edi.
17. Yoshuaga: “Beshta shoh topildi, ular Makkedodagi g‘orning ichiga yashirinib olishgan ekan”, — deb aytishdi.
18. Yoshua shunday dedi: “Katta toshlar olib, g‘orning og‘zini yopinglar. Shohlar chiqib ketmasligi uchun, u yerga qo‘riqchilar tayinlanglar,
19. lekin hammangiz ham o‘sha yerda qolib ketmang. Dushman lashkarlarini quvib, ularga orqadan hujum qiling. Ularni o‘z shaharlariga kirishlariga yo‘l qo‘ymang, chunki Egangiz Xudo dushmanlarni sizning qo‘lingizga bergan.”
20. Yoshua va butun Isroil lashkari dushmanlarning deyarli hammasini qilichdan o‘tkazdi. Faqat bir–ikkitasigina o‘z mustahkam shaharlariga qochib borib, tirik qoldi.
21. Butun Isroil lashkari Makkedodagi qarorgohga sog‘–salomat qaytib bordi. Shundan keyin o‘sha yerlardagi hech kim Isroil xalqiga qarshi gapirishga jur’at eta olmadi.
22. Yoshua: “G‘orning og‘zini ochib, beshta shohni mening oldimga olib kelinglar”, deb buyurdi.
23. Uning aytganini qilib, beshta shohni — Quddus, Xevron, Yarmut, Laxish va Eglon shaharlarining shohlarini g‘ordan olib chiqib, uning oldiga olib kelishdi.
24. Yoshua butun Isroil jangchilarini yig‘ib, o‘sha beshta shohni yerga yotqizdi. Jangchilarning boshliqlariga esa shunday dedi: “Yaqinroq kelib, oyoqlaringizni shohlarning bo‘ynilariga qo‘yinglar.” Ular kelib, oyoqlarini shohlarning bo‘ynilariga qo‘ydilar.
25. Yoshua gapida davom etdi: “Endi qo‘rqmang, vahimaga tushmang, faqatgina dadil va botir bo‘linglar. Egamiz sizga qarshi chiqadigan hamma dushmanlarni shu ko‘yga soladi.”
26. Shundan keyin Yoshua shohlarni o‘ldirib, ularning jasadlarini tik o‘rnatilgan beshta xodaning uchiga qoqdi. Jasadlar kechgacha xodalarda osilib turdi.
27. Quyosh botganda, Yoshuaning buyrug‘iga ko‘ra, shohlarning jasadlarini xodalardan tushirib, ilgari o‘sha shohlar yashiringan g‘orning ichiga tashladilar. G‘orning og‘zini esa katta–katta toshlar bilan yopib qo‘ydilar. O‘sha toshlar bugungacha o‘sha yerdadir.
28. Yoshua o‘sha kuni Makkedo shahrini bosib oldi, uning aholisini shohi bilan birga qilichdan o‘tkazdi. Shahardagi har bir kishini yo‘q qildi, u yerda birorta ham tirik jon qolmadi. Yerixoning shohiga nima qilgan bo‘lsa, Makkedoning shohiga ham shunday qildi.
29. Keyin Yoshua butun Isroil lashkari bilan Makkedodan Libna shahriga borib, Libnaga hujum qildi.
30. Egamiz Libna va uning shohini ham Isroil lashkarining qo‘liga berdi. Ular butun shahar aholisini qilichdan o‘tkazib, birorta ham tirik jon qoldirmadilar. Yerixo shohiga nima qilgan bo‘lsa, Libna shohiga ham shunday qilishdi.
31. Yoshua va barcha Isroil jangchilari Libnadan Laxish shahriga bordilar. Shaharni qurshovga olib, hujum qilishdi.
32. Egamiz Laxishni Isroil lashkarining qo‘liga berdi. Ular ikkinchi kuni shaharni bosib olishdi. Xuddi Libnadagiday bu shaharning ham butun aholisini qilichdan o‘tkazishdi.
33. Gezer shahrining shohi Xo‘rom Laxish shahriga yordamga kelgan edi, Yoshua Xo‘romni va uning butun qo‘shinini birorta ham tirik jon qoldirmay yo‘q qildi.
34. Isroil lashkari Yoshua bilan Laxishdan chiqib Eglon shahriga bordi. Uni ham qurshovga olib, hujum qildi.
35. Xuddi Laxishdagiday Eglonni ham bir kun ichida bosib olib, uning barcha aholisini yo‘q qildi.
36. Bundan keyin Yoshua bilan Isroil lashkari Eglondan Xevron shahriga borishdi. O‘sha shaharga hujum qilishdi.
37. Xevronni qo‘lga olib, uning shohini, butun aholisini, hatto atrofidagi qishloqlarning aholisini ham butunlay yo‘q qildilar. Xuddi Eglondagiday bitta ham tirik jon qoldirishmadi.
38. Keyin Yoshua butun Isroil lashkari bilan Davir shahriga borib, unga hujum qildi.
39. Shaharni qo‘lga kiritib, uning shohi, butun aholisi va hatto atrofidagi qishloqlarning aholisini ham butunlay yo‘q qildi. Xevron, Libna shaharlari va ularning shohlariga nima qilgan bo‘lsa, Davir va uning shohini ham xuddi shunday qilib, shaharda birorta ham tirik jonzot qoldirmadi.
40. Yoshua butun yurtni — qirlarniyu Nagav cho‘lini, g‘arbdagi qirlar etaklarini, sharqdagi qir yon bag‘irlarini bosib oldi va shu joylarning shohlarini mag‘lub qildi. Isroil xalqining Xudosi — Egamiz buyurganday, Yoshua hech kimni tirik qoldirmadi, hammani qirib tashladi.
41. Yoshua Kadesh–Barnadan G‘azogacha bo‘lgan shaharlarni, butun Go‘shen yerini, shimoldagi Givongacha bo‘lgan yerlarni bosib oldi.
42. Yoshua bu shohlar va ularning yerlarini bir yurishdayoq bosib oldi, chunki Isroil xalqining Xudosi — Egamiz O‘z xalqi uchun jang qildi.
43. Keyin Yoshua Isroil lashkari bilan birga Gilgaldagi qarorgohga qaytib bordi.

1. Xazor shahrining shohi Yobin Yoshuaning g‘alabalari haqida eshitdi. U quyidagi shohlarga shoshilinch xabar yubordi: Madon shohi Yo‘vovga, Shimron shohiga, Axshof shohiga,
2. shimoldagi qirlarning shohlariga, Jalila ko‘lining janubidagi Iordan vodiysining shohlariga, g‘arbdagi qir etaklari va Nafo‘t–Do‘r shohlariga,
3. sharq va g‘arbdagi Kan’on xalqlarining shohlariga, Amor, Xet, Pariz xalqlarining shohlariga, qirlardagi Yobus shohlariga, Mispax yeridagi, Xermon tog‘ining etagida yashaydigan Xiv xalqiga.
4. Ular butun lashkarlari, juda ko‘p otlariyu jang aravalarini to‘plab, Isroil xalqiga qarshi jang qilish uchun yig‘ilishdi. Ularning jangchilari dengiz qirg‘og‘idagi qumday son– sanoqsiz edi.
5. Isroil xalqi bilan jang qilishga mana shu shohlarning hammasi lashkarlarini birlashtirishdi. Ular Mirom suvlari oldida qarorgoh qurdilar.
6. Egamiz Yoshuaga shunday dedi: “Ulardan qo‘rqmagin, Men O‘zim ularni sizlarning qo‘lingizga beraman, ertaga shu paytda ularning hammasi o‘lgan bo‘ladi. Ularning otlarini mayib qilib, jang aravalarini yondirasizlar.”
7. Yoshua o‘zining butun lashkari bilan Miromga borib, dushman qo‘shinlari ustiga to‘satdan hujum qildi.
8. Egamiz Isroil lashkariga dushmanlari ustidan g‘alaba berdi. Isroil lashkarlari dushmanlarini shimol tomonda Buyuk Sidon va Misrafo‘t– Mayimgacha, sharq tomonda esa Mispax vodiysigacha quvib borib, ularning hammasini halok qildi. Dushmanlarning birortasi ham tirik qolmadi.
9. Yoshua ular bilan Egamiz buyurganday qildi, ularning otlarini mayib qilib, jang aravalarini yondirib tashladi.
10. O‘shandan keyin Yoshua o‘z lashkari bilan orqaga qaytib, Xazor shahriga bordi. Uni qo‘lga kiritib, shohini halok qildi. U paytda Xazor o‘sha shohliklar orasida eng qudratlisi edi.
11. Isroil lashkari shahar aholisining hammasini butunlay yo‘q qildi. U yerda birorta ham tirik jon qolmadi. Shaharni esa yondirib tashlashdi.
12. Yoshua bilan Isroil lashkari o‘sha shaharlarning hammasini bosib olib, ularning shohlariyu barcha aholisini qilichdan o‘tkazdi. Egamizning quli Muso buyurganday, ularni butunlay vayron qildi.
13. Isroil lashkari tepaliklarda qurilgan shaharlardan faqatgina Xazor shahrini yondirib tashladi.
14. Isroil lashkari shaharlardagi mol–mulklarni va barcha chorvani o‘zlariga o‘lja qilib oldilar. Ammo shaharlarning barcha aholisini qilichdan o‘tkazdilar. U yerda birorta ham tirik jon qolmadi.
15. Egamiz o‘z quli Musoga bergan amrlarni Muso Yoshuaga yetkazgan edi. Yoshua Muso aytganday qilib, barcha amrlarni bitta qoldirmay bajardi.
16. Shunday qilib, Yoshua butun yurtni: janubiy qirlaru o‘sha qirlarning etaklarini, butun Nagav cho‘lini, butun Go‘shen yerini, Iordan vodiysini, shimoliy qirlar va o‘sha qirlarning etaklarini bosib oldi.
17. Isroil xalqi bosib olgan yerning janubiy chegarasi Seir yurti yonidagi Xalak tog‘i edi, shimoldagi chegarasi esa Xermon tog‘ining etagida joylashgan Lubnon vodiysidagi Baal–Gad shahri edi. Yoshua o‘sha yerlarning shohlarini mag‘lub qilib, hammasini halok qildi.
18. Bu shohlarni mag‘lub qilguncha, Yoshua uzoq vaqt ular bilan urush qilgan edi.
19. Givondagi Xiv xalqidan tashqari hech bir shahar aholisi Isroil xalqi bilan sulh tuzmagan edi. Ularning hammasi jangda mag‘lub bo‘lishdi.
20. Egamiz o‘sha xalqlarni o‘jaru takabbur qilib qo‘ygani uchun, ular Isroil xalqiga qarshi jangga chiqaverdi. Egamiz Musoga buyurganday, Isroil lashkari ularni butunlay yo‘q qilib, shafqatsiz o‘ldirishlari uchun shunday qilgan edi.
21. O‘sha paytda Yoshua qirlarda yashagan Inoq avlodini yo‘q qilib tashlagan edi. Ular Xevron, Davir, Onov shaharlarida, butun janubiy va shimoliy qirlarda yashardilar. Yoshua ularni o‘ldirib, shaharlarini vayron qildi.
22. Isroil xalqining yurtida Inoq avlodidan hech kim qolmadi, faqatgina G‘azo, Gat va Ashdod shaharlarida bir nechtasi qoldi.
23. Shunday qilib, Musoga Egamiz aytganday, Yoshua butun yurtni qo‘lga kiritdi. Yoshua bu yerlarni Isroil xalqining qabilalariga mulk qilib berdi. Endi yurtda tinchlik barqaror bo‘ldi.

1. Muso boshchiligida Isroil xalqi Iordan daryosining sharqida bo‘lgan shohlarni mag‘lub qilib, ularning yerlarini egallab olgan edi. Bu shohlar janubdagi Arnon soyligidan shimoldagi Xermon tog‘igacha bo‘lgan yerlarda hukmronlik qilgan edi. Ularning yerlari Iordan vodiysining sharqidagi barcha yerlarni o‘z ichiga olar edi.
2. Isroil xalqi mag‘lub qilgan shohlardan biri Amor xalqining shohi Sixo‘n edi. U Xashbon shahrida yashagan edi. Uning shohligi Arnon soyligining chetida joylashgan Aror shahrini va o‘sha soylikning o‘rtasidan to Yavoq daryosigacha cho‘zilgan joylarni, ya’ni Giladning yarmini o‘z ichiga olar edi. Yavoq daryosi Ommon xalqi yerining chegarasi edi.
3. Sixo‘n Iordan vodiysining sharq tomonida ham hukmronlik qilgan edi. Bu hudud shimol tomondagi Jalila ko‘lining g‘arbiy qirg‘oqlarigacha, janub tomondagi O‘lik dengizgacha, Bayt–Yashimo‘tdan Fisgax tog‘ tizmasining yon bag‘irlarigacha bo‘lgan joylarni o‘z ichiga olar edi.
4. Mag‘lub bo‘lgan Bashan shohi O‘g o‘z shaharlari Ashtaro‘t va Edreyda yashardi. U Rafa xalqining qolganlaridan biri edi.
5. Uning shohligi shimoldagi Xermon tog‘igacha, sharqdagi Salko shahrigacha cho‘zilib, g‘arbdagi Gashur va Maxo shohliklarining chegaralarigacha yetib borgan Bashan yerlarini ham o‘z ichiga olgan edi. Bu shohlik yana Giladning shimoliy yarmini ham o‘z ichiga olib, Xashbon shohi Sixo‘n hududi chegarasigacha yetib borardi.
6. Egamizning quli Muso va Isroil xalqi mana shu ikki shohni mag‘lub qilib, ularning yerlarini egallab olishgan edi. Muso shu yerlarni Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmiga mulk qilib bergan edi.
7. Iordanning g‘arbida — shimoldagi Lubnon vodiysida joylashgan Baal–Gaddan tortib, janubdagi Seir yonida joylashgan Xalak tog‘igacha bo‘lgan joylarda yashagan shohlarni Isroil xalqi Yoshua boshchiligida mag‘lub qildi. O‘sha shohlarning yerlarini Yoshua Isroil qabilalariga mulk qilib bo‘lib berdi.
8. Qirlarni, g‘arbdagi qirlar etaklarini, Iordan vodiysiyu uning g‘arbidagi qir yon bag‘irlarini, Yahudo adirlaridagi va Nagav cho‘lidagi yerlarni bo‘lib berdi. Bu yerlarda Xet, Amor, Kan’on, Pariz, Xiv va Yobus xalqlari yashashardi. Isroil xalqi mag‘lub qilgan shohlar quyidagilardir:
9. Yerixo shohi, Baytilning yonidagi Ay shohi,
10. Quddus shohi, Xevron shohi,
11. Yarmut shohi, Laxish shohi,
12. Eglon shohi, Gezer shohi,
13. Davir shohi, Geder shohi,
14. Xo‘rmax shohi, Arod shohi,
15. Libna shohi, Adullam shohi,
16. Makkedo shohi, Baytil shohi,
17. Tappux shohi, Xafer shohi,
18. Ofoq shohi, Sharon shohi,
19. Madon shohi, Xazor shohi,
20. Shimron–Maron shohi, Axshof shohi,
21. Tanax shohi, Maxido‘ shohi,
22. Kedesh shohi, Karmildagi Yoxnayom shohi,
23. Nafo‘t–Do‘rdagi Do‘r shohi, Gilgaldagi Go‘yim shohi,
24. Tirza shohi. Isroil xalqi hammasi bo‘lib o‘ttiz bitta shohni mag‘lub qildi.

1. Yillar o‘tib, Yoshua ancha keksayib qolgan paytda Egamiz unga shunday dedi: “Sen qariding, yoshing ham o‘tib qoldi, lekin bu yurtning ko‘p joylari hali bosib olinmagan.
2. Isroil xalqi hali quyidagi yerlarni egallamagan: butun Filist va Geshir xalqining yerlari,
3. ya’ni hozir Kan’on xalqiga tegishli bo‘lib, Misrning sharqiy chegarasidagi Shixor irmog‘idan shimoldagi Exron chegaralarigacha bo‘lgan yerlar. O‘sha joyda Filist xalqining beshta hukmdori yashaydi. Ular quyidagi shaharlarda hukmronlik qiladi: G‘azo, Ashdod, Ashqalon, Gat va Exron. Janubdagi Avim xalqining yerlari ham hali bosib olinmagan.
4. Shimolda esa Isroil xalqi hali quyidagi yerlarni bosib olmagan: Kan’on xalqining barcha yerlari. Bu yerlar Sidon xalqiga tegishli bo‘lgan Meraxni o‘z ichiga olib, shimol tomonga, Amor xalqi yerlarining chegarasidagi Ofoq degan joygacha cho‘ziladi.
5. Yana Gabolliklarning yerlarini, Lubnon tog‘li yerlarining sharq tomonini — Xermon tog‘ining etagidagi Baal–Gaddan Levo–Xomatgacha bo‘lgan joylarni,
6. Lubnondan Misrafo‘t– Mayimgacha bo‘lgan qirlarning aholisi — barcha Sidonliklarni ham Isroil xalqi hali mag‘lub qilmagan. Men O‘zim mana shu xalqlarni bu yurtdan, Isroil xalqining oldidan haydayman. Men senga buyurganimday, mana shu yerlarni albatta Isroil xalqiga mulk qilib bergin.
7. Xullas, mana shu yerlarni qolgan to‘qqizta qabilaga va Manashe qabilasining yarmiga mulk qilib bo‘lib bergin.”
8. Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining boshqa yarmi Iordan daryosining sharqida o‘z ulushlarini olib bo‘lgan edilar. Ularga bu yerlarni Egamizning quli Muso bergan edi.
9. Ularning hududi janubdagi Arnon soyligining chetida joylashgan Aror shahridan tortib soylikning o‘rtasidagi shahargacha cho‘zilib, Midavodan Dibongacha bo‘lgan butun yassi tepalikni o‘z ichiga oladi.
10. Bu hudud Xashbon shahrida hukmronlik qilgan Amor xalqining shohi Sixo‘n qo‘li ostida bo‘lgan hamma shaharlarni, Ommon xalqining chegarasigacha bo‘lgan yerlarni o‘z ichiga olardi.
11. Gilad hududi, Gashur va Maxo xalqlarining yerlari, shimoldagi butun Xermon tog‘i, sharqdagi Salkogacha bo‘lgan butun Bashan,
12. Rafa xalqining eng oxirgi avlodi bo‘lgan shoh O‘gning hamma yerlari ham o‘sha hududga kirar edi. Bashan hududining Ashtaro‘t va Edrey shaharlarida shoh O‘g hukmronlik qilgan edi. O‘sha yerlarning xalqlarini Muso mag‘lub qilib haydab chiqargan edi.
13. Lekin Isroil xalqi Gashur va Maxo xalqlarini haydab chiqarmadi, ular bugungacha Isroil xalqi orasida yashaydilar.
14. Faqatgina Levi qabilasiga Muso ulush bermadi. Isroil xalqining Xudosi — Egamiz aytganday, qurbongohda Unga atab kuydiriladigan qurbonliklarLevi qabilasining ulushidir.
15. Muso Ruben qabilasiga urug‘lari bo‘yicha ulush bergan edi.
16. Ularning hududi janubdagi Arnon soyligining chetida joylashgan Aror shahridan tortib soylikning o‘rtasidagi shahargacha cho‘zilib, Midavo atrofidagi butun yassi tepalikni o‘z ichiga oladi.
17. Mana shu hudud Xashbon shahrini va yassi tepalikda joylashgan quyidagi hamma shaharlarni o‘z ichiga olar edi: Dibon, Bomo‘t–Baal va Bayt–Baal–Miyon,
18. Yaxaz, Kadamo‘t, Mifat,
19. Xiratayim, Sivmo va Iordan vodiysida joylashgan qirning ustidagi Zaret– Xashaxar,
20. Bayt–Piyor, Fisgax tog‘ tizmasining yon bag‘irlari, Bayt–Yashimo‘t shaharlari.
21. Ruben qabilasining yerlari yassi tepalik ustidagi barcha shaharlar, Xashbonda hukmronlik qilgan Amor xalqining shohi Sixo‘nning butun shohligini o‘z ichiga olardi. Muso Sixo‘nni va u bilan ittifoq tuzgan Midiyon hukmdorlarini mag‘lub qildi. Ularning ismlari Evi, Rahem, Zur, Xur va Raba edi.
22. Isroil xalqi yana Bavo‘r o‘g‘li Balomni ham qilichdan o‘tkazdi. U folbinlik bilan shug‘ullanar edi.
23. Ruben qabilasi hududining g‘arbiy chegarasi Iordan daryosi va uning qirg‘oqlari edi. Mana shu yerlar Ruben qabilasiga mulk qilib berilgan edi.
24. Muso Gad qabilasiga ham urug‘lari bo‘yicha ulush berdi.
25. Yazir shahri, Gilad viloyatidagi hamma shaharlar, Rabba shahrining sharqidagi Aror shahrigacha bo‘lgan Ommonlar yerining yarmi ularning hududiga kirar edi.
26. Ularning yeri yana janubdagi Xashbon shahridan shimol tomondagi Ramat–Mispi va Batonim shaharlarigacha, shuningdek, shimoldagi Moxanayimdan Debirgacha cho‘zilgan edi.
27. Gad qabilasining yeri Iordan vodiysida Bayt– Xaram, Bayt–Nimro, Suxo‘t, Zofun shaharlarini hamda Xashbon hukmdori bo‘lgan Sixo‘n shohining qolgan shohligini ham o‘z ichiga olar edi. Bu hududning g‘arbiy chegarasi Iordan daryosi bo‘lib, shimoldagi Jalila ko‘ligacha cho‘zilgan edi.
28. Mana shu hududdagi shaharlar va atroflaridagi qishloqlari Gad qabilasiga mulk qilib berilgan edi.
29. Muso Manashe qabilasining yarmiga ham urug‘lari bo‘yicha ulush bergan edi.
30. Ularning hududi Moxanayim shahridan shimolga cho‘zilib, butun Bashan hududini va Yovir bosib olgan oltmishta shaharni o‘z ichiga olar edi. Bashan shohi O‘g mana shu joylarda hukmronlik qilgan edi.
31. Gilad viloyatining yarmi, Bashandagi O‘g shohligining poytaxt shaharlari Ashtaro‘t va Edrey ham ularning hududiga kirar edi. Mana shu yerlar Manashe o‘g‘li Moxirdan kelib chiqqan naslning yarmiga berilgan edi.
32. Iordanning sharqida, Mo‘ab tekisligida, Yerixoning ro‘parasida Muso bo‘lib bergan ulushlar mana shulardir.
33. Lekin Levi qabilasiga Muso ulush bermagan edi. Isroil xalqining Xudosi — Egamiz ularga: “Men O‘zim sizlarning ulushingiz bo‘laman”, deb va’da bergan edi.

1. Iordan daryosining g‘arbida Kan’on yurtidagi yerlardan Isroil xalqining qolgan qabilalari mulk oldilar. Ruhoniy Elazar, Nun o‘g‘li Yoshua va Isroil qabilalarining boshliqlari bu yerlarni qabilalarga bo‘lib berishdi.
2. Iordan daryosining g‘arbida mana shu to‘qqiz qabila va bir qabila yarmisining ulushlari, Musoga Egamiz buyurganday, qur’a tashlab belgilandi.
3. Iordanning sharqida esa Muso ikki qabilaga va bir qabilaning yarmisiga ulush berib bo‘lgandi.
4. Yusufning ikki o‘g‘li Manashe va Efrayimdan ikki qabila kelib chiqqan edi. Ammo Isroil qabilalari orasida Levi qabilasi hech qanday ulush olmadi. Ularga faqat o‘zlari yashashi uchun shaharlar va qo‘y–mollarini boqish uchun shaharlar atrofidagi yaylovlar berildi.
5. Shunday qilib, Egamiz Musoga buyurganday, Isroil xalqi yerlarni bo‘lib oldilar.
6. Bir kuni Yahudo qabilasidan bir necha kishi Yoshuaning oldiga kelishdi. Isroil xalqining hammasi hali ham Gilgaldagi qarorgohda edilar. Xanaz avlodidan bo‘lgan Yafunax o‘g‘li Xolib o‘sha kishilar orasida edi. U Yoshuaga shunday dedi: — Kadesh–Barna shahrida bo‘lganimizda, Xudoning odami Muso siz va men haqimizda nima deganini bilasiz. Muso Egamiz nomidan gapirdi.
7. Egamizning quli Muso meni Kadesh–Barnadan mana shu yerlarni tekshirib kelish uchun yuborganda qirq yoshda edim. Men qaytib kelib unga bor haqiqatni aytdim.
8. Men bilan birga borganlar xalqni vahimaga solgan bo‘lsa ham, men Egam Xudoga sodiq qoldim.
9. O‘sha kuni Muso qasam ichib shunday degan edi: “Sen Kan’on yurtida bosib o‘tgan yerlar abadiy senga va avlodlaringga ajratilgan mulk bo‘lib qoladi, chunki sen Egam Xudoga sodiq qolding.”
10. Mana ko‘rib turganingizdek, Egamiz Musoga shunday deb gapirganiga qirq besh yil bo‘ldi. O‘sha paytda Isroil xalqi sahroda yurgan edi. Xudoyim O‘zi aytganday o‘shandan beri jonimni saqlab kelyapti. Mana hozir sakson besh yoshdaman.
11. Muso meni yuborgan kunda qanday baquvvat bo‘lgan bo‘lsam, hozir ham shundayman. Haligacha jangga ham, qolgan barcha ishlarga ham quvvatim yetadi.
12. Endi Egamiz o‘sha kuni va’da qilgan qirlarni menga bering. O‘sha kuni ayg‘oqchilarning: “Inoq avlodi u yerda o‘zlarining katta, mustahkam shaharlarida yasharkan”, — degan gaplarini o‘zingiz eshitdingiz. Ammo Egamiz men bilan birga bo‘lsa, Egamizning O‘zi aytganday, men ularni bu yurtdan haydab chiqaraman.
13. Shundan keyin Yoshua Xolibni duo qilib, Xevron shahrini unga mulk qilib berdi.
14. Shunday qilib, Xolib Isroil xalqining Xudosi — Egamizga sodiq qolgani uchun Xevron shahri uning va avlodining mulki bo‘lib qoldi.
15. Xevronning eski nomi Xirat–Arba edi. Arba Inoq avlodi orasida eng mashhur kishi bo‘lgan edi. Endi esa yurtda tinchlik barqaror bo‘ldi.

1. Yahudo qabilasining urug‘lariga tushgan ulush yurtning janub tomonida edi. Ularning janubdagi yerlari Edom yurtining chegarasi bo‘lgan Zin sahrosigacha yetdi.
2. Ularning janubiy chegarasi O‘lik dengizning janubiy qirg‘og‘idan boshlanadi.
3. Chegara Chayonlar dovonidan o‘tib janub tomonga, Zin sahrosi tomon cho‘ziladi. Kadesh– Barna shahrining janub tomonidan o‘tib, Xazron shahrigacha boradi. Xazrondan o‘tgandan keyin esa Adar shahrigacha borib Karxa shahri tomonga buriladi.
4. Bu chegara Ozmon shahrigacha borib, Misr chegarasidagi soylikdan ham o‘tadi–da, O‘rta yer dengizining yonida to‘xtaydi. Mana shu Yahudo qabilasining janubiy chegarasi bo‘ladi.
5. Ularning sharqiy chegarasi O‘lik dengizdir. Bu chegara shimoldagi Iordan daryosi O‘lik dengizga quyiladigan joygacha cho‘ziladi. Shimoliy chegara esa mana shu joydan boshlanadi.
6. Bu chegara O‘lik dengizning g‘arbidagi Bayt–Xo‘glaxgacha cho‘zilib, Bayt– Arabaning shimolidan o‘tadi–da, Ruben o‘g‘li Bo‘xanning nomi bilan atalgan tosh turgan joygacha boradi.
7. Keyin chegara Oxor soyligidan Davirgacha borib, shimolga — Gilgal tomonga buriladi. Gilgal soylikning janubida bo‘lgan Adum dovonining ro‘parasida edi. Chegara En–Shamash bulog‘idan o‘tib En– Ro‘g‘olga boradi.
8. Keyin Xinnum soyligining tepasidan kesib o‘tib, Yobus xalqiga qarashli bo‘lgan tepalikning, ya’ni Quddusning janubiy yon bag‘ridan o‘tadi. Chegara u yerdan Xinnum soyligining g‘arbidagi qirning tepasiga — Rafa soyligining shimoliy chetigacha boradi.
9. Chegara tog‘ning tepasidan Naftuva buloqlari tomon cho‘zilib, Efro‘n tog‘ining shaharlarigacha boradi, keyin esa Baalax tomonga buriladi. Bu shahar hozirgi paytda Xirat–Yorim, deb ataladi.
10. Shundan keyin bu shimoliy chegara Baalaxning g‘arb tomonini aylanib o‘tib, Seir tog‘larigacha boradi. Keyin Yorim tog‘ining shimoliy yon bag‘ridan o‘tadi. Xisalon shahri shu yerda joylashgan. U yerdan chegara Bayt–Shamash shahrigacha boradi va Timnax shahridan o‘tadi.
11. Keyin chegara Exron shahrining shimolidagi tepalikning yon bag‘ridan o‘tib, Shikkaron shahri tomonga buriladi. Keyin Baalax tog‘ining yonidan o‘tib, Yobnail shahriga boradi. Shimoliy chegara O‘rta yer dengizining oldida tugaydi.
12. O‘rta yer dengizining qirg‘og‘i g‘arbiy chegarani tashkil qiladi. Mana shu chegaralar bilan o‘ralgan yerda Yahudo qabilasining urug‘lari yashardi.
13. Egamiz buyurganday, Yoshua Yafunax o‘g‘li Xolibga Yahudo qabilasining hududidan ulush berdi. Bu ulush Xirat–Arba shahri edi. Hozirgi paytda bu shahar Xevron, deb ataladi. Arba Inoq avlodining ajdodi edi.
14. Xolib u yerdan Inoq avlodini — Sheshay, Oximan va Talmay urug‘larini quvib chiqardi.
15. Yahudo qabilasining odamlari u yerdan Dabir shahriga hujum qilish uchun yo‘lga tushishdi. Dabirning eski nomi Xirat– Safar edi.
16. Shunda Xolib: “Xirat–Safarga hujum qilib, qo‘lga kiritgan kishiga qizim Axsani beraman”, — dedi.
17. Xolibning ukasi bo‘lgan Xanazning o‘g‘li O‘tniyol shaharni qo‘lga kiritdi. Xolib esa unga qizi Axsani uzatdi.
18. To‘ydan keyin qiz O‘tniyolga: “Keling, otamdan bir dala so‘rab olaylik”, deb turib oldi. Xolib, eshakdan tushayotgan qiziga: “Ha, qizim, biron bir istaging bormi?” — deb so‘radi.
19. “Menga bir sovg‘a qilsangiz, — dedi Axsa. — Siz menga Nagav cho‘lidagi yerni berdingiz, endi suv buloqlarini ham hadya eting.” Shunday qilib, Xolib unga tepadagi va pastdagi buloqlarni berdi.
20. Quyida aytib o‘tilgan yerlarni Yahudo qabilasi ulush qilib oldi.
21. Bu hududning eng janubidagi, Edom yurtining chegarasidagi shaharlarning nomlari quyidagicha edi: Kabzayol, Eder, Yog‘ur,
22. Xino, Dimona, Adad,
23. Kedesh, Xazor, Yitnon,
24. Zif, Talim, Bolo‘t,
25. Xazor–Xadatto, Xariyo‘t– Xazron (ya’ni Xazor),
26. Emom, Shama, Mo‘lodax,
27. Xazor–Gaddax, Xashmon, Bayt–Palat,
28. Xazor– Shuvol, Bersheva, Bizyo‘tayox,
29. Baalax, Iyim, Ezam,
30. Elto‘lad, Xasil, Xo‘rmax,
31. Zixlax, Madmanno, Sansanno,
32. Laboyo‘t, Shilxim, Oyin, Rimmon. Hammasi bo‘lib yigirma to‘qqizta shahar va ularning atroflaridagi qishloqlar.
33. Qir etaklarining shimolidagi shaharlarning nomi esa quyidagicha edi: Eshtoyo‘l, Zorox, Ashnah,
34. Zono‘vax, En–Xannim, Tappux, Enom,
35. Yarmut, Adullam, So‘xo‘, Ozikah,
36. Sharayim, Aditayim, Gedera, Gadero‘tayim. Hammasi bo‘lib o‘n to‘rtta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
37. Qirlar etaklarining janubida quyidagi shaharlar bor edi: Zinon, Hadasha, Migdal–Gad,
38. Dilan, Mispax, Yoxtal,
39. Laxish, Bozxat, Eglon,
40. Kabbo‘n, Laxmos, Xitlish,
41. Gadero‘t, Bayt– Do‘g‘on, Namax, Makkedo. Hammasi bo‘lib o‘n oltita shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
42. Qir etaklarining markaziy qismidagi shaharlar quyidagilar edi: Libna, Eter, Oshon,
43. Yiftox, Ashnah, Naziv,
44. Keylax, Axsib, Morisho. Hammasi bo‘lib to‘qqizta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
45. Yahudo qabilasining hududi Exronning barcha shaharlari va ularning atrofidagi qishloqlarni o‘z ichiga olar edi.
46. Chegara Exrondan g‘arbga, O‘rta yer dengizi tomon cho‘zilib, Ashdodning yonida bo‘lgan barcha shaharlar va ularning atrofidagi qishloqlarni o‘z ichiga olar edi.
47. Ularning hududi Ashdod va uning shaharlariyu qishloqlarini, G‘azo va u yerdan Misr chegarasidagi soylikkacha bo‘lgan joylardagi shaharlar va qishloqlarni, O‘rta yer dengizining qirg‘og‘i bo‘yidagi shaharlarni o‘z ichiga olar edi.
48. Yahudo qabilasi qirlarda quyidagi shaharlarni ulush qilib oldi: Shomir, Yatir, So‘xo‘,
49. Danno, Xirat–Sanno (ya’ni Davir),
50. Onov, Eshtamo‘va, Onim,
51. Go‘shen, Xo‘lun va Gilox. Hammasi bo‘lib o‘n bitta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
52. Qirlardagi quyidagi shaharlar Yahudo qabilasining hududiga kirar edi: Arab, Dumax, Ishan,
53. Yonum, Bayt–Tappux, Ofoqa,
54. Xumtax, Xirat–Arba (ya’ni Xevron) va Zior. Hammasi bo‘lib to‘qqizta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
55. Yana qirlarda quyidagi shaharlar Yahudo qabilasining ulushi bo‘ldi: Moyun, Karmil, Zif, Yutto,
56. Yizril, Yoxdayom, Zono‘vax,
57. Qayin, Givo va Timnax. Hammasi bo‘lib o‘nta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
58. Qirlardagi mana bu shaharlar ham o‘sha hududga kirardi: Xalxul, Bayt–Zur, Gado‘r,
59. Marot, Bayt–Ano‘t va Eltaxo‘n. Hammasi bo‘lib oltita shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
60. Xirat–Baal (ya’ni Xirat–Yorim) va Rabba — qirlardagi mana shu ikki shahar va ularning atrofidagi qishloqlar ham Yahudo qabilasining ulushi bo‘ldi.
61. O‘lik dengiz bo‘yidagi adirlarda joylashgan quyidagi shaharlar ham Yahudo qabilasiga tegishli bo‘ldi: Bayt–Araba, Middin, Saxoxo,
62. Nivshon, Tuz shahri va Engedi. Hammasi bo‘lib oltita shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
63. Ammo Yahudo qabilasi Yobus xalqini Quddusdan haydab chiqara olmadi. Bugungacha Yobus xalqi Yahudo xalqi bilan birga Quddusda yashaydi.

1. Yusuf avlodlariga berilgan ulushning janubiy chegarasi Yerixo shahrining yonidagi Iordan daryosidan, Yerixo bulog‘ining sharqidagi joydan boshlanadi. Keyin Yerixoning oldidan o‘tib, shimoli–g‘arbdagi Yahudo adirlari orqali qirlardagi Baytil shahrigacha cho‘ziladi.
2. Keyin Baytil, ya’ni Luzdan ham o‘tib, Orx xalqiga tegishli bo‘lgan Otro‘t–Adargacha boradi.
3. Chegara u yerdan g‘arbdagi Yaflet avlodining yerigacha cho‘zilib, pastki Bayt–Xo‘rongacha boradi. Keyin chegara Gezer shahrigacha borib, O‘rta yer dengizining oldida tugaydi.
4. Yusuf avlodlari bo‘lgan Manashe va Efrayim qabilalari mana shu yerlarni ulush qilib oldilar.
5. Efrayim qabilasining urug‘lariga quyidagi yerlar berildi: bu yerlarning janubiy chegarasi Otro‘t–Adarda boshlanadi–da, g‘arb tomonga, tepadagi Bayt–Xo‘rongacha cho‘zilib,
6. O‘rta yer dengizining oldida tugaydi. Sharqiy chegarasi Mixmatitdan janub tomonga boradi, Tanat–Shilo‘, Yonox,
7. Otaro‘t, Naro shaharlaridan o‘tib, Iordan daryosining Yerixoga yaqin bo‘lgan joyida tugaydi.
8. Shimoliy chegarasi esa Tappuxdan g‘arbga boradi. Keyin Kanax soyligi bo‘ylab cho‘zilib, O‘rta yer dengizida tugaydi. Mana shu yerlarni Efrayim qabilasi ulush qilib oldi.
9. Efrayim qabilasiga yana Manashe hududida joylashgan bir nechta shaharlar va ularning atrofidagi qishloqlar ham berildi.
10. Ammo Efrayim qabilasi Gezerda yashaydigan Kan’on xalqini quvib chiqarmadi. Bu xalq bugungi kungacha Efrayim qabilasi orasida yashaydi, lekin ular qarol bo‘lib xizmat qilishga majbur qilinganlar.

1. Keyin Manashe qabilasiga ulush berildi. Manashe Yusufning to‘ng‘ichi edi. Moxir Manashening to‘ng‘ichi bo‘lib, Giladning otasi edi. Moxir botir jangchi bo‘lgani uchun Muso unga Iordanning sharqidagi Gilad va Bashan hududlarini bergan edi.
2. Iordanning g‘arbida Manashe qabilasining qolganiga ulush berildi. Manashe o‘g‘illari Abuazar, Xalek, Osriyol, Shakam, Xafer va Shamido urug‘larining hammasiga yerlar berildi.
3. Manashening nabirasi Giladning Xafer degan o‘g‘li bor edi. Xaferning esa Zalofxod degan o‘g‘li bor edi. Zalofxodning o‘g‘illari yo‘q, faqatgina qizlari bor edi. Qizlarining ismlari Maxlo, Nuvah, Xo‘glax, Milxo va Tirza edi.
4. Shu ayollar ruhoniy Elazar, Yoshua va oqsoqollarning oldiga kelib shunday deyishdi: “Egamizning O‘zi bizga ham amakilarimiz qatori ulush berishni Musoga amr qilgan.”Egamizga itoat etib, Yoshua qizlarga ham amakilari qatori ulush berdi.
5. Natijada Iordanning sharqidagi Gilad va Bashan yerlaridan tashqari, Manashe qabilasi Iordanning g‘arbida yana o‘n bo‘lak yer oldi.
6. Chunki Manashe avlodining ayollari ham erkaklar qatori ulush olishdi. Gilad yerini esa Yoshua Manashe qabilasining qolganlariga berdi.
7. Iordan daryosining g‘arbidagi Manashe qabilasi yerlarining shimoliy chegarasi Osher qabilasi hududining chegarasi bilan tutashgan edi. Janubiy chegarasi esa Mixmatit shahrigacha borib, Tappux bulog‘i atrofida yashaydiganlarning yerlarigacha cho‘zilgan edi. Mixmatit shahri Shakam shahrining sharqida edi.
8. Tappux shahri Manashe va Efrayim qabilalarining chegarasida joylashgan edi. Tappuxning atrofidagi yerlar Manashe qabilasiga tegishli bo‘lsa ham, shaharning o‘zi Efrayim qabilasiga tegishli edi.
9. Manashe hududining chegarasi Tappux shahridan janubga Kanax soyligi tomongacha cho‘ziladi. Manashe qabilasining hududida Efrayim qabilasiga tegishli shaharlar ham bor edi. Kanax soyligining shimol tomoni Manashe hududining chegarasi bo‘lib, bu chegara O‘rta yer dengiziga kelib tugaydi.
10. O‘sha soylikning janubidagi yerlar Efrayim qabilasiniki, shimolidagi yerlar esa Manashe qabilasiniki edi. O‘rta yer dengizining qirg‘og‘i Manashe hududining g‘arbiy chegarasi edi. Bu hudud shimol tomonda Osher qabilasining hududigacha, sharq tomonda esa Issaxor qabilasining hududigacha cho‘zilgan edi.
11. Issaxor va Osher qabilalarining hududlarida joylashgan quyidagi shaharlar va atrofidagi qishloqlar Manashe qabilasiga berilgan edi: Bayt– Shan, Yiblayom, Do‘r (ya’ni Nafo‘t–Do‘r), En–Do‘r, Tanax, Maxido‘.
12. Lekin Manashe qabilasi bu shaharlarni qo‘lga kirita olmadi. Kan’on xalqlari o‘sha joylarda yashashda davom etaverdi.
13. Birmuncha vaqt o‘tgandan keyin Isroil xalqi yanada kuchaydi va Kan’on xalqlarini qarol bo‘lib xizmat qilishga majbur qildi. Ammo ularni yurtdan butunlay quvib chiqarmadi.
14. Bir kun Yusuf avlodlari kelib, Yoshuadan so‘rashdi: — Egamiz bizni barakali qilib, juda ham ko‘paytirdi. Nima uchun bizga faqatgina bir ulush yer berdingiz?
15. Yoshua ularga shunday deb javob berdi: — Agar Efrayim qirlari sizlarga kichiklik qilayotgan bo‘lsa, boringlar, Pariz va Rafa xalqlarining o‘rmonlaridagi daraxtlarni kesib, o‘zingizga joy tozalab olinglar.
16. Ular shunday dedilar: — Ha, qirlar bizga torlik qilyapti, ammo tekislikdagilarning, Bayt–Shan shahri va uning atrofidagi qishloqlarda, Yizril vodiysida yashaydigan Kan’on xalqlarining temirdan yasalgan jang aravalari bor–ku, ular bizga nisbatan ancha kuchliroq.
17. Yoshua Yusufning avlodlari bo‘lgan Efrayim va Manashe qabilalariga shunday dedi: — Sizlar juda ko‘pchiliksizlar, kuchingiz ham ko‘p. Nafaqat bir ulush yer,
18. balki qirlar ham sizlarniki bo‘ladi. U yerlar o‘rmon bo‘lsa ham, daraxtlarini kesib, tozalanglar. U joylar boshidan oxirigacha sizlarniki bo‘ladi. Kan’on xalqlarining temir jang aravalariyu katta kuchi bo‘lishiga qaramay, sizlar ularni u yerdan haydab chiqarasizlar.

1. Isroil xalqi butun yurtni qo‘lga kiritgandan keyin butun Isroil jamoasi Shilo‘ shahrida yig‘ildi. Ular o‘sha yerda Uchrashuv chodirini tikdilar.
2. Isroil xalqining orasida hali ulush olmagan yettita qabila qolgan edi.
3. Yoshua Isroil xalqiga shunday dedi: “Qachongacha ota–bobolaringiz Xudosi — Egamiz sizlarga bergan yurtni qo‘lga kiritishni orqaga surasizlar?!
4. Har bir qabiladan uch kishini tanlanglar. Men ularni butun yurtni kezib chiqish uchun yuboraman. Ular o‘z qabilalarining ulushi bo‘yicha, o‘sha yerni tasvirlab yozib kelishadi.
5. Janubdagi Yahudo qabilasining hududi va shimoldagi Yusuf avlodlarining hududlaridan tashqari qolgan butun yurtni yettiga bo‘lasizlar.
6. Keyin shularni yozib, mening oldimga olib kelinglar. Men Egamiz Xudo oldida sizlar uchun qur’a tashlayman.
7. Sizlarning orangizda Levi qabilasiga ulush bermayman. Egamizgaruhoniy bo‘lib xizmat qilish ularning ulushidir. Gad, Ruben qabilalari va Manashe qabilasining boshqa yarmi Iordanning sharq tomonida o‘z ulushlarini olib bo‘lganlar. Egamizning quli Muso o‘sha yerlarni ularga bergan.”
8. Shunday qilib, Yoshua yerning tasvirini yozib kelishni buyurgan kishilar yo‘lga tushdilar. Ular ketmasdan oldin, Yoshua ularga shunday deb tayinlagan edi: “Butun yerni kezib, uning tasvirini yozib kelganingizdan keyin, men Shilo‘da, Egamiz oldida sizlar uchun qur’a tashlayman.”
9. U kishilar borib, yerni yetti qismga bo‘ldilar. Butun yurtni tasvirlab yozib, shaharlarini ro‘yxatga oldilar. Keyin Yoshuaning oldiga, Shilo‘dagi qarorgohga qaytib keldilar.
10. Yoshua Shilo‘da, Egamiz oldida ular uchun qur’a tashlab, o‘sha yerlarni Isroil xalqiga bo‘lib berdi. Qur’a bo‘yicha har bir qabilaga bir ulushdan berdi.
11. Qur’a tashlanganda Benyamin qabilasiga Yahudo qabilasi va Yusuf avlodlari hududlarining orasidagi yerlar ulush bo‘lib tushdi.
12. Benyamin hududining shimoliy chegarasi sharq tomonda Iordan daryosidan boshlanadi, keyin Yerixo qirining yon bag‘ridan shimol tomonga boradi. Qirlar bo‘ylab g‘arb tomonga o‘tib, Bayt– Obun atrofidagi sahroga boradi.
13. U yerdan chegara Luz, ya’ni Baytil tomonga borib, Luzning janubidagi qir bo‘ylab cho‘ziladi. Keyin chegara Otro‘t–Adar shahriga borib, u yerdan pastki Bayt– Xo‘ron shahrining janubidagi qirgacha boradi.
14. U yerdan chegara Bayt–Xo‘ron qarshisidagi qirning g‘arb tomoni bo‘ylab janub tomonga cho‘zilib, Xirat–Baal, ya’ni Xirat–Yorim qishlog‘ida tugaydi. Bu qishloq Yahudo qabilasiga tegishli. G‘arbiy chegara mana shudir.
15. G‘arbda janubiy chegara Xirat–Yorimning chetidan boshlanib, Naftuva buloqlarigacha boradi.
16. Keyin chegara Rafa soyligining shimolidagi tog‘ etagiga boradi. Xinnum soyligi mana shu yerdan boshlanardi. Chegara janub tomonga davom etib, Xinnum soyligi bo‘ylab Yobusning janubidagi qir yon bag‘riga boradi. U yerdan esa En–Ro‘g‘ol tomonga qarab davom etadi.
17. Chegara u yerdan shimolga, En–Shamash tomonga buriladi va Adum dovonining qarshisidagi Gelilo‘tga boradi. Keyin Ruben o‘g‘li Bo‘xan nomi bilan atalgan toshning yonidan o‘tadi.
18. Keyin Iordan vodiysining yonidagi qir yon bag‘rining shimol tomonidan o‘tib, vodiyni ham kesib o‘tadi.
19. U yerdan chegara Bayt–Xo‘glax qirining shimol tomoniga o‘tib, Iordan daryosi O‘lik dengizga quyiladigan joyda tugaydi. Bu Benyamin qabilasi hududining janubiy chegarasidir.
20. U yerning sharqiy chegarasi Iordan daryosidir. Benyamin qabilasiga ulush qilib berilgan yerlarning chegaralari mana shular edi.
21. Quyidagi shaharlar Benyamin qabilasiga berildi: Yerixo, Bayt–Xo‘glax, Emix–Qaziz,
22. Bayt–Araba, Zamorayim, Baytil,
23. Avim, Poro, O‘fra,
24. Xafar–Ommonax, Ofnax va G‘ibo. Hammasi bo‘lib o‘n ikkita shahar va ularning atroflaridagi qishloqlar.
25. Quyidagi shaharlar ham Benyamin qabilasiga berildi: Givon, Rama, Bero‘t,
26. Mispax, Xafira, Mo‘zox
27. Rahem, Yirpayel, Taralo,
28. Zila, Elef, Yobus (ya’ni Quddus), Givo va Xirat–Yorim. Hammasi bo‘lib o‘n to‘rtta shahar va ularning atroflaridagi qishloqlar. Mana shu yerlarni Benyamin qabilasiga Yoshua ulush qilib berdi.

1. Qur’a bo‘yicha ikkinchi bo‘lib Shimo‘n qabilasi ulush oldi. Shimo‘n qabilasiga ulush qilib berilgan yerlarning atrofini Yahudo qabilasining hududi o‘rab olgan edi.
2. Quyidagi shaharlar Shimo‘n qabilasiga berildi: Bersheva (yoki Sheba), Mo‘lodax,
3. Xazor–Shuvol, Bala, Ezam,
4. Elto‘lad, Batul, Xo‘rmax,
5. Zixlax, Bayt– Markobo‘t, Xazor–Susa,
6. Bayt–Laboyo‘t va Shoruxan. Hammasi bo‘lib o‘n uchta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
7. Quyidagi shaharlar ham Shimo‘n qabilasiga tegishli edi: Oyin, Rimmon, Eter va Oshon. To‘rtta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
8. Shimo‘n qabilasining hududi yana janubdagi Baalat–Ber, ya’ni Nagav cho‘lidagi Ramagacha bo‘lgan yerlardagi barcha shaharlarni va ularning atroflaridagi qishloqlarni o‘z ichiga olar edi.
9. Yoshua Yahudo qabilasiga bergan ulush ular uchun keragidan ham ortiq edi. Shuning uchun ularning hududidan bir bo‘lagini olib, Shimo‘n qabilasiga ulush qilib berdi.
10. Qur’a bo‘yicha uchinchi bo‘lib Zabulun qabilasi ulush oldi. Ularga tekkan hududning chegarasi Sorid shahridan boshlanib,
11. g‘arb tomonga boradi va Maralo shahridan o‘tadi. Keyin Dabbeshet shahrining yonidan o‘tib, Yoxnayom shahrining sharqidagi soylikkacha yetadi.
12. Sorid shahrining sharq tomonidan chegara Xislo‘t–Tovur shahrining chegarasigacha cho‘ziladi. Keyin Dovarat shahrigacha borib, Yofiya shahrigacha davom etadi.
13. Chegara yana sharq tomonga davom etib, Gat–Xafer va Et–Kozin shaharlarigacha boradi. Keyin chegara Rimmon shahrigacha borib, u yerdan Niyox shahri tomon buriladi.
14. Hududning shimoliy chegarasi Xannaton shahridan o‘tib, Yiftox–El soyligida tugaydi.
15. Zabulun qabilasining hududida hammasi bo‘lib o‘n ikkita shahar va ularning atroflaridagi qishloqlar bor edi. O‘sha shaharlarning ba’zilari Kattot, Nahalil, Shimron, Yidalo va Baytlahm shaharlari edi.
16. Mana shu shaharlar va ularning atroflaridagi qishloqlarning hammasini Zabulun qabilasi ulush qilib oldi.
17. Qur’a bo‘yicha to‘rtinchi bo‘lib Issaxor qabilasi ulush oldi.
18. Bu qabilaga ulush qilib berilgan yerlarda quyidagi shaharlar bor edi: Yizril, Xasullo‘t, Shunam,
19. Xaforayim, Shiyon, Anaxarat,
20. Rabbit, Xishion, Avaz,
21. Remot, En– Xannim, En–Xaddax, Bayt–Pazez.
22. Shimoldagi bu hududning chegarasi Tovur tog‘idan boshlanib, Iordan daryosida tugaydi. Tovur, Shaxazimo va Bayt–Shamash shaharlari ham mana shu hududga kirar edi. Hammasi bo‘lib o‘n oltita shahar va ularning atroflaridagi qishloqlar.
23. Mana shu shaharlar va ularning atroflaridagi qishloqlarni Issaxor qabilasi ulush qilib oldi.
24. Qur’a bo‘yicha beshinchi bo‘lib Osher qabilasi ulush oldi.
25. Ularning hududi quyidagi shaharlarni o‘z ichiga olar edi: Xalkat, Xaliy, Beten, Axshof,
26. Alammalek, Emod va Mishol. Hududning janubiy chegarasi O‘rta yer dengizidan boshlanib, Karmil qirlarining etaklaridagi Shixor– Libnat soyligi bo‘ylab cho‘ziladi.
27. U yerdan chegara sharq tomonga burilib, Bayt–Do‘g‘on shahrigacha boradi va Yiftox–El vodiysidagi Zabulun qabilasi hududining chegarasi bilan tutashadi. Keyin sharqiy chegara shimol tomonga burilib, Bayt–Emix va Nabiyol shahrigacha boradi. Hududning chegarasi Kavul,
28. Abdo‘n, Rexob, Xammon, Kanax shaharlaridan o‘tib, Buyuk Sidon shahrigacha yetadi.
29. Bu yerdan g‘arbga burilib, mana shu shimoliy chegara Ramaga boradi–da, mustahkam Tir shahrigacha yetadi. Keyin chegara Xo‘sax shahri tomon burilib ketadi va O‘rta yer dengizining oldida tugaydi. Osher qabilasining hududi quyidagi shaharlarni ham o‘z ichiga olar edi: Maxalav, Axsib,
30. Ummo, Ofoq va Rexob. Hammasi bo‘lib yigirma ikkita shahar va ularning atroflaridagi qishloqlar.
31. Mana shu yerlarning hammasini Osher qabilasi ulush qilib oldi.
32. Qur’a bo‘yicha oltinchi bo‘lib Naftali qabilasi ulush oldi.
33. Naftali qabilasi hududining janubiy chegarasi Xalef shahridan Zananim shahri yonidagi eman daraxti yonigacha boradi. U yerdan chegara Adamiy–Naxab, Yobnail va Laxum shaharlarigacha davom etib, Iordan daryosida tugaydi.
34. Hududning g‘arbiy chegarasi Ozno‘t– Tovur shahridan o‘tib, Huqqoq shahrigacha boradi. Naftali qabilasining hududi janub tomonda Zabulun qabilasining hududi bilan chegaradosh, g‘arb tomonda Osher qabilasining hududi bilan chegaradosh. Sharqiy chegarasi esa Iordan daryosidir.
35. Naftali qabilasining hududidagi mustahkam shaharlar quyidagilardir: Ziddim, Zer, Xammat, Raxat, Keneret,
36. Adama, Rama, Xazor,
37. Kedesh, Edrey, En–Xazor,
38. Iro‘n, Migdal–El, Xorem, Bayt–Onot va Bayt– Shamash. Hammasi bo‘lib o‘n to‘qqizta shahar va ularning atroflaridagi qishloqlar.
39. Naftali qabilasi mana shu yerlarni ulush qilib oldi.
40. Qur’a bo‘yicha yettinchi bo‘lib Dan qabilasi ulush oldi.
41. Ularning hududi quyidagi shaharlardan iborat edi: Zorox, Eshtoyo‘l, Ir– Shamash,
42. Shalabbin, Oyjavlon, Yitla,
43. Elo‘n, Timnax, Exron,
44. Eltaxa, Gibiton, Baalat
45. Yohud, Bani–Baraq, Gat–Rimmon,
46. Mejarkon, Raxxo‘n va Yaffaning qarshisidagi joylar.
47. -
48. Mana shu shaharlar va ularning atroflaridagi qishloqlar Dan qabilasining ulushi edi. Ammo keyinchalik dushmanlar kelib, bu yerlarni bosib oldilar. Shunda Dan qabilasi shimol tomonga borib, Layish shahriga hujum qildi. Ular shaharni qo‘lga kiritib, butun shahar aholisini qirib tashladilar. O‘zlari esa shu shaharda joylashib, uni o‘z bobosi Dan sharafiga Dan, deb atadilar.
49. Barcha yerlar Isroil qabilalariga bo‘lib berilgandan keyin, Isroil xalqi Yoshuaga ham ulush berdi.
50. Egamiz Isroil xalqiga, Yoshua xohlagan shaharni unga beringlar, deb amr qilgan edi. Yoshua Efrayim qirlaridagi Timnat–Serax shahrini so‘radi. Isroil xalqi o‘sha shaharni Yoshuaga berdi. Yoshua u shaharni qaytadan qurib, o‘sha yerda joylashdi.
51. Mana shu yerlarning hammasini ruhoniy Elazar, Nun o‘g‘li Yoshua va qabilalar boshliqlari Isroil qabilalariga ulush qilib berdilar. Shilo‘dagi Uchrashuv chodiriga kiraverishda, Egamizning huzurida qur’a tashlab shunday qildilar. Shunday qilib, butun yurtni bo‘lib olish ham o‘z nihoyasiga yetdi.

1. Egamiz bir kuni Yoshuaga shunday deb aytdi:
2. — Isroil xalqiga shu gaplarni yetkazgin: “Muso orqali sizlarga buyurganimday, panoh shaharlarni belgilanglar.
3. Shunda birortasi bilmasdan odam o‘ldirib qo‘ysa, qochib o‘sha shaharlardan biriga borsin. O‘lgan odamning qarindoshlari qasos olmoqchi bo‘lib, qotilning orqasidan quvib borsa, u mana shu shaharlarning birida panoh topadi.
4. Shaharga yetib borgandan keyin, qotil shahar darvozasi oldida o‘tirgan shahar rahbarlariga o‘z vaziyatini tushuntirsin. Shunda uni shaharga olib kirib, uy–joy berishadi.
5. Qasoskor qotilning orqasidan quvib kelsa, uni qasoskorga bermaslik kerak. Axir, u odamni bilmasdan o‘ldirib qo‘ygan, ularning orasida hech qanday dushmanlik yo‘q edi.
6. Jamoa yig‘ilib, qotilni hukm qilmaguncha, o‘sha odam panoh shaharda qolishi lozim. Aybsiz, deb topilgandan keyin esa qotil o‘sha paytda xizmat qilayotgan oliy ruhoniyning o‘limiga qadar panoh shaharda yashashi kerak. Oliy ruhoniyning o‘limidan keyingina u o‘zi qochib kelgan joyga qaytib borishi mumkin.”
7. Iordan daryosining g‘arb tomonida Isroil xalqi panoh shaharlar qilib quyidagi shaharlarni ajratdi: Naftali qabilasiga tegishli qirlarda joylashgan Jaliladagi Kedesh shahri, Efrayim qabilasiga tegishli qirlardagi Shakam shahri, Yahudo qabilasining qirlaridagi Xirat–Arba, ya’ni Xevron shahri.
8. Iordan daryosining sharqida, Yerixo shahrining qarshi tomonida esa Isroil xalqi quyidagi shaharlarni panoh shaharlar qilib ajratdi: yassi tepalik sahrosida joylashgan Ruben qabilasiga tegishli bo‘lgan Bazer shahri, Gad qabilasiga tegishli Giladdagi Ramo‘t shahri, Manashe qabilasiga tegishli Bashandagi Go‘lon shahri.
9. Mana shu shaharlar Isroil xalqi va ularning orasida yashayotgan begonalar uchun ajratildi. Agar birortasi bilmasdan odam o‘ldirib qo‘ysa, o‘sha panoh shaharlardan biriga qochib boradi. Shunday qilib, jamoa adolatli hukm chiqarmaguncha, odam o‘ldirgan kishi panoh shaharda xavf–xatarsiz bo‘lib, uni quvib kelgan qasoskor qo‘lida halok bo‘lmaydi.

1. Levi qabilasi urug‘larining boshliqlari kelib, ruhoniy Elazar, Nun o‘g‘li Yoshua va boshqa Isroil qabilalarining boshliqlari bilan gaplashishdi.
2. Isroil xalqi hali ham Kan’on yurtidagi Shilo‘ shahrida edi. Levi qabilasidan kelganlar shunday deyishdi: “Levi qabilasiga yashash uchun shaharlar, qo‘y–mollarini boqish uchun esa shaharlarning atrofidagi yaylovlarni bergin, deb Egamiz Musoga amr qilgan edi.”
3. Shunda Egamizning amri bo‘yicha Isroil xalqi o‘zlarining yerlaridan Levi qabilasiga quyidagi shaharlar va ularning atrofidagi yaylovlarni berdi.
4. Qur’a birinchi bo‘lib, Levi qabilasining Qohot urug‘iga tushdi. Qohot urug‘idan bo‘lgan Horun nasliga Yahudo, Shimo‘n va Benyamin qabilalaridan o‘n uchta shahar berildi.
5. Yana qur’a bo‘yicha Qohot urug‘ining qolgan oilalariga Iordan daryosining g‘arbidagi Manashe qabilasining yarmiga tegishli hududdan, Efrayim va Dan qabilalarining hududidan o‘nta shahar berildi.
6. Qur’a tashlanib, Gershon urug‘idan bo‘lganlarga Iordan daryosining sharqidagi Manashe qabilasining yarmiga tegishli Bashandagi hududdan, Issaxor, Osher va Naftali qabilalarining hududlaridan o‘n uchta shahar berildi.
7. Qur’a bo‘yicha Marori urug‘iga Ruben, Gad va Zabulun qabilalarining hududidan o‘n ikkita shahar berildi.
8. Egamizning Musoga bergan amriga ko‘ra, Isroil xalqi qur’a tashlab mana shu shaharlar va ularning yaylovlarini Levi qabilasiga berdi.
9. Quyida aytib o‘tilgan, Yahudo va Shimo‘n qabilalari hududlaridagi shaharlarni
10. Isroil xalqi qur’a bo‘yicha, birinchi bo‘lib Horunning nasli bo‘lgan Qohot urug‘iga berdi.
11. Ularga Yahudo qirlaridagi Xevron shahri va uning atrofidagi yaylovlari berildi. Xevron hozirgi paytda Xirat– Arba, deb ataladi. Arba Inoq avlodining ajdodi edi.
12. Ammo o‘sha shaharning yonidagi dalalar va atrofidagi qishloqlar Yafunax o‘g‘li Xolibga mulk qilib berilgan edi.
13. Panoh shaharlaridan biri bo‘lgan Xevrondan tashqari ruhoniy Horun nasliga yana quyidagi shaharlar va ularning atroflaridagi yaylovlar ham berildi: Libna,
14. Yatir, Eshtamo‘va,
15. Xo‘lun, Davir,
16. Oyin, Yutto va Bayt–Shamash. Hammasi bo‘lib Yahudo va Shimo‘n qabilalarining hududlaridagi mana shu to‘qqizta shahar va ularning atroflaridagi yaylovlar.
17. Benyamin qabilasining hududidan esa quyidagi to‘rtta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi: Givon, G‘ibo,
18. Onoto‘t, Elmo‘n.
19. Mana shu o‘n uchta shahar Horun naslidan bo‘lgan ruhoniylarga berildi.
20. Qohot urug‘ining qolgan oilalariga Efrayim qabilasi hududidan quyidagi to‘rtta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar ajratib berildi:
21. Efrayim qirlaridagi panoh shahri bo‘lgan Shakam, Gezer,
22. Xivzayim, Bayt–Xo‘ron.
23. Dan qabilasining hududidan quyidagi to‘rt shahar va ularning atroflaridagi yaylovlar ham ruhoniylarga berildi: Eltaxa, Gibiton,
24. Oyjavlon, Gat–Rimmon.
25. Iordanning g‘arb tomonidagi Manashe qabilasining yarmiga berilgan hududdan quyidagi ikki shahar va ularning atroflaridagi yaylovlari ruhoniylarga berildi: Tanax, Gat– Rimmon.
26. Qohot urug‘ining qolgan oilalariga mana shu o‘nta shahar va ularning atroflaridagi yaylovlar berildi.
27. Iordanning sharqidagi Manashe qabilasining yarmiga berilgan hududdan Levi qabilasining Gershon urug‘iga quyidagi ikki shahar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi: Bashandagi panoh shahar Go‘lon, Beshtara.
28. Issaxor qabilasining hududidan ularga yana quyidagi to‘rtta shahar va ularning atroflaridagi yaylovlar ham berildi: Xishion, Dovarat,
29. Yarmut, En–Xannim.
30. Osher qabilasining hududidagi quyidagi to‘rtta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar ham Gershon urug‘iga berildi: Mishol, Abdo‘n,
31. Xalkat, Rexob.
32. Ular yana Naftali qabilasi hududidan quyidagi uchta shahar va ularning atrofidagi yaylovlarni ham oldilar: Xammutdo‘r, Kartan va Jaliladagi panoh shahar Kedesh.
33. Gershon urug‘iga mana shu o‘n uchta shahar va ularning atroflaridagi yaylovlar berildi.
34. Levi qabilasining qolganlariga, ya’ni Marori urug‘iga Zabulun qabilasining hududidan quyidagi to‘rtta shahar va ularning atroflaridagi yaylovlar berildi: Yoxnayom, Kartax,
35. Dimna, Nahalil.
36. Ruben qabilasining hududidan quyidagi to‘rtta shahar va ularning atroflaridagi yaylovlar ham Marori urug‘iga berildi: Bazer, Yaxaz,
37. Kadamo‘t, Mifat.
38. Gad qabilasining hududidan esa quyidagi to‘rtta shahar va ularning atroflaridagi yaylovlar ularga berildi: Giladdagi panoh shahar Ramo‘t, Moxanayim,
39. Xashbon, Yazir.
40. Levi qabilasining Marori urug‘iga mana shu o‘n ikkita shahar berildi.
41. Isroil xalqining yerlaridan Levi qabilasiga hammasi bo‘lib qirq sakkizta shahar va ularning atroflaridagi yaylovlar berildi.
42. Mana shu shaharlarning har birining atrofida yaylovlar bor edi.
43. Egamiz Isroil xalqiga butun yurtni berdi. Egamizning O‘zi Isroil xalqining ota–bobolariga, mana shu yerlarni sizlarga beraman, deb va’da qilgan edi. Isroil xalqi u yerlarni egallab, o‘sha yerlarda joylashdi.
44. Egamiz ularning ota– bobolariga va’da qilganday, butun yurt bo‘ylab Isroil xalqiga osoyishtalik berdi. Hech bir dushman ularga bas kela olmadi, chunki Egamizning O‘zi Isroil xalqiga dushmanlarining ustidan g‘alaba bergan edi.
45. Egamiz Isroil xalqiga bergan yaxshi va’dalarning hammasi ro‘yobga chiqdi, birortasi ham bajarilmay qolmadi.

1. Yoshua Iordan daryosining sharq tomonida ulush olgan Ruben, Gad qabilalarini va Manashe qabilasining yarmini chaqirib,
2. shunday dedi: “Egamizning quli Muso nima amr qilgan bo‘lsa, hammasini bajardingiz. Men buyurganlarimning hammasiga itoat qildingiz.
3. Yurtni egallashga shuncha uzoq vaqt ketgan bo‘lsa ham, siz o‘z birodarlaringizni tark etmadingiz, Egangiz Xudo qo‘ygan talablarni bitta qoldirmay bajardingiz.
4. Egangiz Xudo O‘zi va’da qilganday, birodarlaringizga tinchlik berdi. Egamizning quli Muso sizlarga Iordanning sharq tomonidan ulush berdi. Endi o‘sha yerlardagi o‘zingizning chodirlaringizga qaytinglar.
5. Egamizning quli Muso sizlarga buyurgan amr va qonunlarni bitta qoldirmay bajaringlar. Egangiz Xudoni sevinglar, Uning yo‘lidan yurib, amrlarini bajarib, Unga sodiq bo‘ling, Unga butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan xizmat qiling.”
6. Yoshua ularni duo qilib, o‘z yerlariga yubordi. Ular o‘z chodirlariga qaytib ketishdi.
7. Manashe qabilasining yarmiga Muso Bashan yerlarini ulush qilib bergan edi, ikkinchi yarmiga esa Yoshua qolgan Isroil qabilalari bilan birga Iordanning g‘arbidan yer bergan edi. Yoshua duo qilib, ularni o‘z chodirlariga yuborayotganda,
8. shunday degan edi: “O‘z chodirlaringizga ko‘p boylik bilan, juda ham ko‘p mol–qo‘y, kumush, oltin, bronza, temir, ko‘p kiyim–kechaklar bilan qaytib ketyapsizlar. Dushmanlaringizdan olgan o‘sha o‘ljalarni birodarlaringiz bilan bo‘lishib olinglar.”
9. Shunday qilib, Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmi o‘z uylariga qaytib ketishdi. Ularning hududi Iordan daryosining sharqida joylashgan edi. Egamiz O‘z quli Muso orqali amr qilib, ularga: “Mana shu yerlarni egallab olib, shu yerda joylashinglar”, degan edi. Isroil xalqining qolganlari Kan’on yurtidagi Shilo‘da qoldi.
10. Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmi hali ham Kan’on yurtida ekanlar, Iordan daryosidan o‘tishdan oldin, daryoning yonidagi Gelilo‘t degan joyda juda katta qurbongoh qurishdi.
11. Qolgan Isroil xalqiga: “Iordanning sharqidan ulush olgan Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmi biz tomonda, Kan’on yurtining chegarasida, Gelilo‘tda qurbongoh quribdi”, deb aytishdi.
12. Isroil xalqining jamoasi buni eshitib, Manashe qabilasining yarmi, Ruben va Gad qabilalariga qarshi jang qilish uchun Shilo‘da yig‘ildi.
13. Ammo avval ular Giladga — Manashe qabilasining yarmi va Ruben, Gad qabilalarining oldiga ruhoniy Elazar o‘g‘li Finxazni yuborishdi.
14. Iordanning g‘arbidagi qabilalarning har biridan bir kishi — o‘z qabilasining boshlig‘i bo‘lgan o‘n kishi ham Finxaz bilan birga bordi.
15. Ular Iordan daryosidan o‘tib, Giladga bordilar. O‘sha yerda Finxaz va u bilan kelganlar Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmiga shunday dedilar:
16. — Biz Egamiz jamoasi nomidan gapiryapmiz. Nima uchun Isroil xalqining Xudosiga xiyonat qildingiz? Qanday qilib Egamizdan yuz o‘girib, Unga qarshi bosh ko‘tarib, o‘zingizga qurbongoh qurdingiz?
17. Piyor tog‘ida qilgan gunohimiz yetmasmidi?! O‘sha gunoh tufayli Egamizning butun jamoasi boshiga ofat keldi–ku. Shunda ham biz hali o‘sha gunohdan butunlay poklanganimiz yo‘q.
18. Sizlar esa yana Egamizdan yuz o‘giryapsiz?! Sizlar bugun Egamizga qarshi bosh ko‘targan bo‘lsangiz, ertaga U butun Isroil jamoasidan g‘azablanadi.
19. Yeringiz Egamizga sajda qilishga mos kelmaydigan joy bo‘lsa, daryoning narigi tomoniga, Egamiz O‘z chodirini tikkan joyga o‘tib, bizning oramizda o‘zingizga biror yerni mulk qilib olinglar. Ammo Egamiz Xudoning qurbongohidan tashqari yana boshqa qurbongoh qurib olib, Egamizga yoki bizga qarshi bosh ko‘tarmanglar.
20. Zerax o‘g‘li Oxun Egamizga xiyonat qilib, bag‘ishlangan narsalardan o‘g‘irlagan edi. Shu tufayli butun Isroil xalqining boshiga kulfat tushdi–ku! O‘sha gunoh deb yolg‘iz uning o‘zi halok bo‘lmadi–ku!
21. Shunda Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmi Isroil qabilalarining boshliqlariga shunday javob berishdi:
22. — Xudolar Xudosi Egamizdir! Xudolar Xudosi Egamizdir! Uning O‘zi guvohimiz bo‘lsin. Egamizning O‘zi biladi. Butun Isroil xalqi ham bilsin. Biz qurbongohni Egamizga qarshi bosh ko‘tarib yoki Unga xiyonat qilib qurganimiz yo‘q. Agar shu niyatda qurbongoh qurgan bo‘lsak, endi bizni ayamanglar.
23. Biz bu qurbongohni Egamizdan yuz o‘girganimiz uchun emas, hatto shu qurbongoh ustida kuydiriladigan qurbonliklaru don nazrlari va tinchlik qurbonliklari keltirish uchun ham qurganimiz yo‘q. Agar shu niyatda qurbongoh qurgan bo‘lsak, Egamizning O‘zi bizni jazolasin.
24. Biz qo‘rqqanimizdan shunday qildik. Vaqti kelib, sizlarning avlodlaringiz bizning avlodimizga shunday deb qolishi mumkin: “Isroil xalqining Xudosi — Egamiz bilan sizlarning nima ishingiz bor?!
25. Egamiz sizlar — Ruben va Gad qabilalari bilan bizning oramizda Iordan daryosini chegara qilib qo‘ydi, Egamizda sizning hech haqingiz yo‘q.” Sizlarning avlodingiz shunday deb bizning avlodlarimizni Egamizga sajda qilishdan to‘xtatib qo‘yishi mumkin.
26. Shuning uchun biz shunday dedik: “Kelinglar, qurbongoh quraylik, bu qurbongoh kuydiriladigan qurbonliklaru boshqa har xil qurbonliklar keltirish uchun ishlatilmaydi.”
27. Biz bu qurbongohni siz bilan bizning oramizda, bizdan keyingi avlodlar orasida guvoh bo‘lsin, deb qurdik. Mana shu qurbongoh biz ham, sizlar qatori, Egamizning chodiri oldida Egamizga sajda qilib, o‘sha yerda kuydiriladigan qurbonliklar, don nazrlari va tinchlik qurbonliklari keltirishimizni ko‘rsatadi. Shunda sizlarning avlodlaringiz bizning avlodlarimizga hech qachon: “Egamizda sizlarning haqingiz yo‘q”, — demaydi.
28. Agar biz bilan sizlarning orangizda yoki avlodlarimiz orasidan shunday gap o‘tsa, biz yoki avlodlarimiz quyidagiday javob bera olamiz: “Mana, Egamiz qurbongohining nusxasiga qaranglar. Bizning ajdodlarimiz uni kuydiriladigan qurbonliklar va boshqa har xil qurbonliklar keltirish uchun emas, balki siz bilan bizning o‘rtamizda guvoh bo‘lishi uchun qurishgan.”
29. Faqat Egamiz Xudoning chodiri oldida turgan qurbongohdagina Unga atab kuydiriladigan qurbonliklar, don nazrlari va boshqa qurbonliklar keltirish mumkin. Egamizga qarshi bosh ko‘tarishdan, Undan yuz o‘girib, qurbonliklar keltirish uchun boshqa qurbongoh qurishdan Uning O‘zi saqlasin.
30. Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmi aytgan bu gaplarni eshitib, ruhoniy Finxaz va u bilan birga kelgan Isroil xalqining boshliqlari juda mamnun bo‘lishdi.
31. Ruben, Gad qabilalariga va Manashe qabilasining yarmiga Elazar shunday dedi: — Bugun Egamiz biz bilan birga ekanligini bilamiz. Sizlar Egamizga xiyonat qilmay, butun Isroil xalqini Uning g‘azabidan saqlab qoldingiz.
32. Keyin Elazar va Isroil xalqi boshliqlari Giladdan Kan’on yurtiga, Isroil xalqining oldiga qaytib kelib nima bo‘lganini aytib berishdi.
33. Ular olib kelgan xabar Isroil xalqini mamnun qildi. Isroil xalqi Xudoga hamdu sano aytib, Ruben va Gad qabilalariga qarshi jang qilish va ularning yerlarini vayron qilish haqida boshqa og‘iz ochmadi.
34. “Mana shu qurbongoh bizning oramizda Egamiz Xudo ekanligiga guvoh”, deb Ruben va Gad qabilalari qurbongohga Guvoh degan nom berishdi.

1. Ancha yillar o‘tdi, EgamizIsroil xalqiga ularning atroflaridagi dushmanlaridan tinchlik bergan edi. Yoshua ham yoshi ancha o‘tib, qarib qolgan edi.
2. U butun Isroil xalqini, ularning oqsoqollariyu boshliqlarini, hakam va nazoratchilarini chaqirib shunday dedi: “Mening yoshim ham o‘tdi, ancha qarib qoldim.
3. Egangiz Xudo sizlar uchun atrofingizdagi xalqlarni nima qilganini ko‘rdingiz. Egangiz Xudoning O‘zi sizlar uchun jang qildi.
4. Men Isroil xalqining qabilalariga sharqda Iordan daryosidan boshlab g‘arbdagi O‘rta yer dengizigacha bo‘lgan yerlarni mulk qilib berdim. Men sizlarga mag‘lub bo‘lgan xalqlarning ham, hali mag‘lub qilinmagan xalqlarning ham yerlarini berdim.
5. Egangiz Xudoning O‘zi o‘sha xalqlarni oldingizdan haydab, orqaga chekintiradi. Egangiz Xudoning O‘zi va’da qilganday, sizlar ularning yerlarini egallaysizlar.
6. Musoning Tavrot kitobida yozilgan barcha qonunlardan chetga chiqmanglar. Ularni bitta ham qoldirmay bajaringlar.
7. Orangizda qolgan o‘zga xalqlarga qo‘shilmanglar. Ularning xudolarining nomlarini tilga ham olmanglar, o‘sha xudolarning nomi bilan qasam ichmanglar. U xudolarga sajda ham qilmanglar, xizmat ham qilmanglar.
8. Ammo shu paytgacha qilib kelganingizday, Egangiz Xudoga sodiq qolinglar.
9. Egamiz sizlarning oldingizdan katta va kuchli xalqlarni haydab chiqardi, mana shu kungacha hech kim sizlarga bas kela olgani yo‘q.
10. Egangiz Xudo va’da qilganday, Uning O‘zi sizlar uchun jang qiladi. Dushmanlarning mingtasi bittangizga bas kela olmaydi.
11. Shuning uchun doimo chin dildan Egangiz Xudoni sevinglar.
12. Undan yuz o‘girmang, orangizdagi o‘zga xalqlar bilan aralashmang, ular bilan quda–andachilik qilmang.
13. Agar shunday qilsangiz, bilib qo‘yingki, Egangiz Xudo o‘sha xalqlarni sizlarning oldingizdan boshqa haydab chiqarmaydi. Ular sizlarga qopqon va tuzoqday, biqinlaringizga qamchiday, ko‘zlaringizga esa tikanday bo‘ladi. Oxiri, Egangiz Xudo sizlarga bergan mana shu hosildor yurtda birortangiz ham tirik qolmaysiz.
14. Men ham bir bandaman, umrim oxirlab boryapti. Shubhasiz, hammangiz bilasiz, Egangiz Xudo sizlarga yaxshi va’dalar bergan edi, shu va’dalarning hammasi ro‘yobga chiqdi, ularning birortasi ham bajarilmay qolmadi.
15. Egangiz Xudo sizlarga va’da qilgan barcha yaxshi narsalarni ro‘yobga chiqardi. Agar Egamizga itoat qilmasangiz, U sizlarni ogohlantirib aytgan kulfatlarni boshingizga soladi. Oqibatda U sizlarga bergan mana shu hosildor yurtdan sizlarni butunlay yo‘q qilib tashlaydi.
16. Agar sizlar Egangiz Xudo bilan qilgan ahdni buzib, boshqa xudolarga ergashsangiz, ularga xizmat qilib, sajda qilsangiz, sizlarga qarshi Egamizning g‘azabi qo‘zg‘aydi–da, U sizlarga bergan mana shu hosildor yurtdan tezda qirilib ketasizlar.”

1. Keyin Yoshua barcha Isroil qabilalarini, ularning oqsoqollari, boshliqlari, hakamlari va nazoratchilarini Shakamga chaqirtirdi. Ular Xudoning huzuriga keldilar.
2. Yoshua butun xalqqa shunday dedi: — Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday demoqda: “Qadimda sizlarning ajdodlaringiz, jumladan, Terah va uning o‘g‘illari Ibrohim hamda Naxo‘r Furot daryosining narigi tomonida yashaganlar. Ular boshqa xudolarga xizmat qilganlar.
3. Men sizlarning ota–bobongiz bo‘lgan Ibrohimni Furotning narigi tomonidagi yerdan olib, butun Kan’on yurti bo‘ylab boshlab bordim. Ibrohimning naslini ko‘paytirdim. Ibrohimga Is’hoqni berdim.
4. Is’hoqqa esa Yoqub va Esovni berdim. Esovga yashash uchun Seir tog‘larini berdim. Yoqub va uning farzandlari esa Misrga bordilar.
5. Keyin Muso va Horunni Misrga yuborib, Misr xalqining boshiga falokatlar keltirdim. O‘shandan keyin sizlarni Misrdan olib chiqdim.
6. Ota–bobolaringiz Qizil dengizga yetib keldi. Misrliklar esa aravakashlari va jang aravalari bilan ularni Qizil dengizgacha quvib bordilar.
7. Ota–bobolaringiz Menga iltijo qilganlarida, Men Misrliklar va ota–bobolaringiz orasiga qorong‘ilik tushirdim. Misrliklarning ustiga dengiz suvlarini bostirib, ularni g‘arq qildim. Misrni qay ahvolga solganimni sizlar o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rdingiz. Undan keyin sizlar sahroda uzoq vaqt yashadingiz.
8. Keyin Men sizlarni Iordan daryosining sharq tomonidagi yurtga olib keldim. U yerda Amor xalqi yashar edi. Ular sizlarga qarshi chiqib jang qildi. Men sizlarga ularning ustidan g‘alaba berdim. Ularni sizlarning oldingizdan qirib tashladim, sizlar ularning yerlarini egallab oldingiz.
9. Keyin Mo‘ab shohi — Zippur o‘g‘li Boloq sizlarga qarshi jangga chiqdi. Isroil xalqini la’natlasin, deb u Bavo‘r o‘g‘li Balomni chaqirtirdi.
10. Ammo Men Balomga quloq solmadim, aksincha, o‘z ixtiyoriga qarshi u sizlarni duo qildi. Shunday qilib, Men sizlarni Boloqning qo‘llaridan qutqardim.
11. Sizlar Iordandan o‘tib, Yerixoga kelganingizda, Yerixo aholisi sizlarga qarshi jang qildi. Amor, Pariz, Kan’on, Xet, Girgosh, Xiv va Yobus xalqlari ham sizlarga qarshi urush qildi. Men sizlarga ularning ustidan g‘alaba berdim.
12. Ikki Amor shohini vahimaga solib, arilar galasi singari quvdim. Buni sizlar qilichu kamonlaringiz bilan qilmadingiz.
13. Sizlarga o‘zingiz ishlov bermagan yerlarni berdim. Endi sizlar o‘zingiz qurmagan shaharlarda yashayapsizlar, o‘zingiz ekmagan uzumzoru zaytun bog‘larining mevasini yeyapsizlar.”
14. Yoshua gapida davom etib, shunday dedi: — Endi Egamizdan qo‘rqing, Unga sodiq bo‘lib, doimo chin dildan xizmat qiling. Ajdodlaringiz Furot daryosining narigi tomonida va Misrda sajda qilgan xudolarni tashlab, faqatgina Egamizga xizmat qiling.
15. Agar Unga xizmat qilishni ma’qul ko‘rmasangiz, kimga xizmat qilishingizni bugun tanlang. Furot daryosining narigi tomonida yashagan paytda sajda qilgan xudolaringizga xizmat qilasizlarmi? Yoki oldin Amor xalqlariga tegishli bo‘lgan yerlarda yashayotganingiz uchun endi ularning xudolariga xizmat qilasizlarmi? Bugun tanlang. Men va oilam esa Egamizga xizmat qilamiz.
16. Xalq javob berdi: — Xudo saqlasin! Biz hech qachon boshqa xudolarga xizmat qilish uchun Egamizni tashlab ketmaymiz!
17. Bizni va ota–bobolarimizni Misrdagi qullikdan olib chiqqan Egamiz Xudodir. U qilgan mo‘jizalarni biz o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik. Har xil xalqlarning orasidan o‘tganimizda, qayerga bormaylik, U bizni himoya qildi.
18. Mana shu yurtda yashagan Amor va boshqa xalqlarning hammasini Egamiz bizning oldimizdan haydab yubordi. Shuning uchun ham biz Egamizga xizmat qilamiz, U bizning Xudoyimizdir.
19. Yoshua xalqqa shunday dedi: — Egamiz Muqaddas Xudodir. U rashkchi Xudo. Siz Unga xizmat qila olmaysiz. Agar Unga qarshi bosh ko‘tarsangiz yoki gunoh qilsangiz, U sizlarni kechirmaydi.
20. Egamiz sizlarga shuncha yaxshilik qilgan bo‘lsa ham, agar Uni tashlab, boshqa xudolarga xizmat qilsangiz, U boshingizga kulfat keltirib, qirib tashlaydi.
21. Xalq Yoshuaga shunday dedi: — Yo‘q, boshqa xudolarga xizmat qilmaymiz, biz Egamizga xizmat qilamiz!
22. Shunda Yoshua xalqqa dedi: — Egamizga xizmat qilamiz, deb tanlaganingizga o‘zingiz guvohsiz. — Ha, guvohmiz, — deb javob berdi xalq.
23. Yoshua: — Unday bo‘lsa, orangizdagi begona xudolarni tashlab, butun qalbingiz bilan Isroil xalqining Xudosi — Egamizga bog‘laninglar, — dedi.
24. Xalq Yoshuaga shunday dedi: — Egamiz Xudoga xizmat qilamiz, Unga quloq solamiz.
25. O‘sha kuni Yoshua Shakamda xalq bilan ahd tuzib, ular bajarishlari uchun qonun–qoidalar berdi.
26. Yoshua bu so‘zlarni Xudoning Tavrot kitobiga yozdi. Keyin katta tosh olib, uni sajdagohda eman daraxtining tagiga yodgorlik qilib o‘rnatdi.
27. Yoshua butun xalqqa shunday dedi: — Qaranglar, mana shu tosh Egamiz bizga aytgan hamma gaplarni eshitgan, shuning uchun agar Egamizga bergan va’dada turmasak, u bizga qarshi guvoh bo‘ladi.
28. Shundan keyin Yoshua xalqni o‘zlari ulush qilib olgan yerlarga yubordi.
29. Birmuncha vaqtdan keyin Egamizning quli Yoshua 110 yoshga kirib vafot etdi.
30. Gash tog‘ining shimolidagi, Efrayim qirlarida joylashgan Timnat–Serax shahri Yoshuaga ulush qilib berilgan edi. Uni o‘sha yerda dafn qildilar.
31. Yoshua butun umri davomida Isroil xalqi Egamizga xizmat qildi. Yoshuadan keyin qolgan, Egamiz Isroil xalqi uchun qilgan hamma ishlarni ko‘rgan boshqa oqsoqollarning hayoti davomida ham Isroil xalqi Egamizga xizmat qildi.
32. Isroil xalqi Misrdan chiqqanda Yusufning suyaklarini o‘zlari bilan olgan edi. Ular mana shu suyaklarni Shakamda ko‘mishdi. Yoqub bu yerni Shakamning otasi Xamo‘rning o‘g‘illaridan yuz bo‘lak kumushga sotib olgan edi. O‘sha yer Yusuf avlodlarining ulushi bo‘lib qoldi.
33. Horun o‘g‘li Elazar ham vafot etdi. Elazarning o‘g‘li Finxazga Efrayim qirlaridagi Givo shahri ulush qilib berilgan edi. Elazar o‘sha joyga dafn qilindi.

YouTube kanaliga xush kelibsiz!
► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)
Muqaddas Kitob
- Ibtido
- Chiqish
- Levilar
- Sahroda
- Qonunlar
- Yoshua
- Hakamlar
- Rut
- Shohlar (birinchi kitob)
- Shohlar (ikkinchi kitob)
- Shohlar (uchinchi kitob)
- Shohlar (to‘rtinchi kitob)
- Solnomalar (birinchi kitob)
- Solnomalar (ikkinchi kitob)
- Ezra
- Naximiyo
- Ester
- Ayub
- Zabur
- Sulaymonning hikmatlari
- Voiz
- Ishayo
- Sulaymonning go‘zal qo‘shig‘i
- Yeremiyo
- Yeremiyoning marsiyasi
- Hizqiyo
- Doniyor
- Xo‘sheya
- Yo‘el
- Amos
- Obodiyo
- Yunus
- Mixo
- Noxum
- Xabaqquq
- Zafaniyo
- Xaggey
- Zakariyo
- Malaki
- Matto Muqaddas xushxabar
- Luqo Muqaddas xushxabar
- Yuhanno Muqaddas xushxabar
- Mark Muqaddas xushxabar
- Havoriylarning faoliyati
- Yoqubning maktubi
- Butrusning birinchi maktubi
- Butrusning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning birinchi maktubi
- Yuhannoning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning uchinchi maktubi
- Yahudoning maktubi
- Rimliklarga maktub
- Korinfliklarga birinchi maktub
- Korinfliklarga ikkinchi maktub
- Galatiyaliklarga maktub
- Efesliklarga maktub
- Filippiliklarga maktub
- Kolosaliklarga maktub
- Salonikaliklarga birinchi maktub
- Salonikaliklarga ikkinchi maktub
- Timo‘tiyga birinchi maktub
- Timo‘tiyga ikkinchi maktub
- Titusga maktub
- Filimo‘nga maktub
- Ibroniylarga maktub
- Yuhannoga ko‘rsatilgan vahiy
AJOYIB KITOBNI O'QING

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)
MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Tavrot | Zabur | Injil (+audio)

Яхши аудио Китоблар

Kinolar va Multiklar

Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Аудио Кутубхона

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz