Muqaddas Kitob
Salonikaliklarga ikkinchi maktub
1. Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masihning Salonika shahridagi imonlilar jamoatiga Pavlus, Sila va Timo‘tiydan salom!
2. Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih sizlarga inoyat va tinchlik ato qilsin.
3. Birodarlar, biz doim sizlar uchun Xudoga shukr qilishimiz kerak. Shunday qilishimiz juda o‘rinli, chunki sizlarning imoningiz kundan kunga o‘sib boryapti, bir–biringizga va boshqa hammaga mehr–muhabbatingiz oshyapti.
4. Shuning uchun biz Xudoning jamoatlari oldida sizlar bilan faxrlanamiz. Axir, sizlar quvg‘inlaru azob–uqubatlarga sabr–toqat va imon bilan bardosh beryapsiz.
5. Mana shularning hammasi Xudoning hukmi odil ekanligidan dalolatdir. Chunki sizlar Xudoning Shohligiga loyiq, deb topilasiz. Hozir mana shu Shohlik uchun azob chekyapsiz.
6. Xudo odildir, sizlarni azoblaganlarga U azob beradi.
7. Azob chekayotgan sizlarga esa biz bilan birga tinchligini ato qiladi. Bularning hammasi Rabbimiz Iso O‘zining qudratli farishtalari bilan, lovullab turgan alanga ichida, ko‘kdan zohir bo‘lganda ro‘y beradi.
8. Xudoni rad etganlarni va O‘zining Xushxabarga quloq solmaganlarni Iso Masih jazolaydi.
9. O‘sha odamlar Rabbimiz Isoning huzuri va qudratli ulug‘vorligidan ayrilib, abadiy halokat jazosini oladilar.
10. O‘sha kuni Rabbimizni Uning muqaddas xalqi ulug‘laydi. Unga ishongan hamma odamlar Uni madh qiladi. Sizlar ham o‘sha insonlarning qatoriga kirasiz, chunki biz aytgan xabarga sizlar ishondingiz.
11. Shuning uchun, Xudoyimiz sizni O‘z chaqirig‘iga loyiq deb topsin, O‘z qudrati bilan sizlarning barcha yaxshi niyatlaringizni ro‘yobga chiqarsin, imon bilan qilgan ishlaringizni amalga oshirsin, deb biz doim sizlar uchun ibodat qilamiz.
12. Rabbimiz Isoning nomi orangizda ulug‘lansin, sizlar esa Xudoyimiz va Rabbimiz Iso Masih inoyati bilan U orqali ulug‘laninglar, deya ibodat qilamiz.

1. Rabbimiz Iso Masihning kelishi va bizning U bilan birga bo‘ladigan kunimiz haqida quyidagilarni aytsak. Birodarlar, sizlardan o‘tinib so‘raymiz,
2. Rabbimiz kelibdi, degan gaplar boshingizni aylantirmasin, sizlarni xavotirga solmasin. Bunday gaplar bashorat orqali, biror xabar yoki xuddi biz yozgan xatga o‘xshash bir xat orqali kelib chiqqandir.
3. Hech kim sizlarni hech qanday usul bilan aldamasin. Ko‘pchilik Xudoga qarshi bosh ko‘tarmaguncha va qabih odam kelmaguncha o‘sha kun kelmaydi. O‘sha odam halokatga mahkum qilingan.
4. U har qanday “xudo” deb atalgan va sajda qilingan narsaga qarshi chiqib, o‘zini ulardan ustun qo‘yadi. Hattoki, Xudoning Ma’badida o‘tirib olib, o‘zini xudo, deb ataydi.
5. Sizlar bilan bo‘lganimda shularni aytganim esingizda yo‘qmi?
6. O‘sha qabih odamni hozir nima tutib turganini o‘zingiz bilasiz. Bu odam belgilangan o‘z vaqtida zohir bo‘ladi.
7. Ha, qabihlikning yashirin kuchi allaqachon ishga tushgan. Biroq bir zot bu kuchni tiyib turibdi. O‘sha zot olib tashlangandan keyin
8. qabih odam oshkor qilinadi. Uni Rabbimiz Iso bir nafas bilan halok qiladi. Rabbimiz kelganda, O‘z ulug‘vorligining yorqinligi bilanoq uni yo‘q qilib tashlaydi.
9. O‘sha qabih odam shaytonning kuchi bilan keladi. Qudratini ko‘rsatib, har xil mo‘jizayu ajoyibotlar qiladi.
10. Halok bo‘layotganlarni har xil hiyla–makrlar bilan aldaydi. Ular najot beradigan haqiqatni yaxshi ko‘rishni rad qilganlari uchun halok bo‘lyaptilar.
11. Mana shuning uchun Xudo ularni adashtiradigan bir kuchga topshirib qo‘yadi. Shunda ular yolg‘onlarga ishonib yuraveradilar.
12. Natijada, haqiqatga ishonmay, yovuzlikdan zavq topganlarning hammasi hukm qilinadi.
13. Ey Egamiz sevgan birodarlar! Sizlar uchun har doim shukr qilishimiz kerak. Axir, Muqaddas Ruh kuchi bilan poklansin va haqiqatga ishonsin, deb Xudo sizlarni boshidanoq najot uchun tanlagan edi.
14. Rabbimiz Iso Masihning ulug‘vorligidan bahramand bo‘lishingiz uchun biz aytgan Xushxabar orqali Xudo sizlarni chaqirdi.
15. Shuning uchun, ey birodarlar, imoningiz qat’iy bo‘lsin. Biz gaplarimiz va xatlarimiz orqali sizlarga o‘rgatgan haqiqatlarni mahkam tutinglar.
16. Bizni sevadigan, O‘z inoyati bilan bizga tengsiz jasorat va barqaror umid bergan Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masihning O‘zi
17. sizlarga dalda bersin, har bir qilgan yaxshi ishingiz va so‘zingizda sizlarga kuch ato qilsin.

1. Ey birodarlar, xatimiz ham nihoyasiga yetib qoldi. Biz uchun ibodat qilinglar, xuddi sizlarning orangizda bo‘lgani kabi Rabbimiz Iso haqidagi Xushxabar tarqalaversin va izzat–hurmat bilan qabul qilinsin.
2. Xudo bizni yovuz va yomon odamlardan qutqarishi uchun ham ibodat qilinglar, chunki hamma ham imonli emas.
3. Ammo Rabbimiz Iso sadoqatlidir. U sizlarni kuchga to‘ldirib, yovuz shaytondan himoya qiladi.
4. Siz haqingizda Rabbimiz bizda ishonch hosil qildi. Biz aminmizki, buyurganlarimizni bajaryapsizlar va bajarishda davom etasizlar.
5. Rabbimiz Iso Masih yuraklaringizni Unga sodiq bo‘lishga va Xudoni sevishga yo‘naltirsin.
6. Birodarlar, Rabbimiz Iso Masih nomi bilan sizlarga buyuramiz: dangasalik qilayotgan, biz bergan ta’limotlarga ko‘ra yashamayotgan birodarlardan uzoqroq yuring.
7. Bizdan qanday o‘rnak olishingiz kerakligini o‘zingiz bilasiz. Sizlarning orangizda bo‘lganimizda dangasalik qilmadik.
8. Birovning nonini bekorga yemadik. Aksincha boshqalarga og‘irligimiz tushmasin deb, kechayu kunduz ishladik. Mashaqqat bilan mehnat qildik.
9. Albatta, sizlardan biror narsa talab qilishga haqimiz yo‘qligi uchun emas, balki sizlarga namuna bo‘lish uchun shunday qildik.
10. Axir, sizlar bilan bo‘lganimizda: “Ishlamagan tishlamaydi!” deb aytgandik–ku!
11. Eshitishimizcha, ba’zi birlaringiz yalqovlik qilayotgan ekansiz. Boshqalarning ishlariga aralashishdan boshqa narsani bilmas emishsiz.
12. Mana shunday odamlarga Iso Masih nomi bilan buyurib aytamizki, tinchgina o‘z ishlaringiz bilan mashg‘ul bo‘ling, nonni peshana teringiz bilan topib yeng.
13. Sizlar esa, birodarlar, hech qachon yaxshilik qilishdan charchamanglar.
14. Ushbu xatimizdagi yo‘l–yo‘riqlarga quloq solmaganlarni ko‘z ostingizga oling. Bunday odamni uyaltirish uchun u bilan aloqada bo‘lmang.
15. Uni dushman hisoblamang, balki birodar sifatida ogohlantiring.
16. Tinchlik manbayi bo‘lgan Rabbimiz Isoning O‘zi sizlarga har doim va har yo‘sinda tinchlik bersin. Rabbimiz hammangizga yor bo‘lsin.
17. Men, Pavlus mana shu salomni o‘z qo‘lim bilan yozyapman. Har bir yozgan maktubimning o‘ziga xos belgisi shudir.
18. Rabbimiz Iso Masihning inoyati hammangizga yor bo‘lsin!

► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)
Muqaddas Kitob
- Ibtido
- Chiqish
- Levilar
- Sahroda
- Qonunlar
- Yoshua
- Hakamlar
- Rut
- Shohlar (birinchi kitob)
- Shohlar (ikkinchi kitob)
- Shohlar (uchinchi kitob)
- Shohlar (to‘rtinchi kitob)
- Solnomalar (birinchi kitob)
- Solnomalar (ikkinchi kitob)
- Ezra
- Naximiyo
- Ester
- Ayub
- Zabur
- Sulaymonning hikmatlari
- Voiz
- Ishayo
- Sulaymonning go‘zal qo‘shig‘i
- Yeremiyo
- Yeremiyoning marsiyasi
- Hizqiyo
- Doniyor
- Xo‘sheya
- Yo‘el
- Amos
- Obodiyo
- Yunus
- Mixo
- Noxum
- Xabaqquq
- Zafaniyo
- Xaggey
- Zakariyo
- Malaki
- Matto Muqaddas xushxabar
- Luqo Muqaddas xushxabar
- Yuhanno Muqaddas xushxabar
- Mark Muqaddas xushxabar
- Havoriylarning faoliyati
- Yoqubning maktubi
- Butrusning birinchi maktubi
- Butrusning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning birinchi maktubi
- Yuhannoning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning uchinchi maktubi
- Yahudoning maktubi
- Rimliklarga maktub
- Korinfliklarga birinchi maktub
- Korinfliklarga ikkinchi maktub
- Galatiyaliklarga maktub
- Efesliklarga maktub
- Filippiliklarga maktub
- Kolosaliklarga maktub
- Salonikaliklarga birinchi maktub
- Salonikaliklarga ikkinchi maktub
- Timo‘tiyga birinchi maktub
- Timo‘tiyga ikkinchi maktub
- Titusga maktub
- Filimo‘nga maktub
- Ibroniylarga maktub
- Yuhannoga ko‘rsatilgan vahiy
AJOYIB KITOBNI O'QING

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)
MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Tavrot | Zabur | Injil (+audio)

Яхши аудио Китоблар

Kinolar va Multiklar

Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Аудио Кутубхона

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz