Muqaddas Kitob

Timo‘tiyga birinchi maktub

1. Najotkorimiz Xudoning va biz umid bog‘lagan Iso Masihning amriga ko‘ra, Masihning havoriysi etib tayinlangan men — Pavlusdan
2. imondagi sodiq o‘g‘lim Timo‘tiyga salom! Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih senga inoyat, marhamat va tinchlik ato qilsin.
3. Men Makedoniyaga ketayotganimda, senga tayinlaganimday, Efes shahrida qol. U yerdagi ba’zi kishilar soxta ta’limotni o‘rgatayotgan ekanlar. Ularning bu qilmishlariga barham ber.
4. Ularga, afsonalar va shajaralar xususidagi bema’ni bahslar bilan band bo‘lmanglar, deb buyur. Axir, bunday bahslar faqat janjallarga sabab bo‘ladi. Odamlar Xudoning najot rejasini anglashlariga bular yordam bermaydi. Zero, inson Xudoning najotini imon orqaligina anglab oladi.
5. Men bu nasihatim bilan sizlarda mehr–muhabbat uyg‘otmoqchiman. Mehr–muhabbat sof yurakdan, toza vijdondan, xolis imondan hosil bo‘ladi.
6. Orangizdagi ba’zi odamlar esa bulardan yuz o‘girib, ahmoqona bahslarga berilib ketganlar.
7. Ular odamlarga Xudoning qonunini o‘rgatishni orzu qiladilar, qonunga tishi o‘tmasa–da, u haqda so‘zlab, ishonch bilan gapiradilar.
8. Biz bilamizki, Xudoning qonuni yaxshi, agar undan Xudo ko‘zlaganday foydalanilsa!
9. Qonun solihlar uchun emas, balki qonunsizu itoatsizlar uchun berilgani hammamizga ma’lum. Darhaqiqat, qonun betavfiqu gunohkorlar, diyonatsizu xudobezorilar, ota yoki onasini o‘ldirganlar, qotillar,
10. fahshbozlar, bachchabozlar, odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilar, yolg‘onchilaru soxta guvohlik beruvchilar, xullas, sog‘lom ta’limotga zid ish qilayotganlarning hammasi uchun berilgan.
11. Xudo menga ishonib topshirgan bu haqiqat Xushxabarda bayon qilingan. Muborak Xudoning ulug‘vorligi Xushxabarda ayon etilgan.
12. Ishimni bajarishda menga kuch–quvvat bergan Rabbimiz Iso Masihga shukrlar aytaman. U meni ishonchli deb bilib, O‘z xizmatiga olgani uchun g‘oyatda minnatdorman.
13. Men ilgarilari Masihga qarshi chiqar edim, Uning izdoshlarini ta’qib etib, ularga jabr–zulm qilardim. Biroq, shularga qaramay, Xudo menga rahm qildi, axir, men Masihga ishonmaganim uchun nima qilayotganimni o‘zim ham bilmasdim.
14. Rabbimiz Iso Masih menga cheksiz inoyat ko‘rsatdi. Uning O‘zi menga imon ato qilib, mehru oqibatni o‘rgatdi.
15. “Iso Masih gunohkorlarni qutqarish uchun dunyoga keldi”, degan gap to‘g‘ri va asoslidir, har jihatdan qabul qilinishga loyiqdir. Men o‘zim o‘sha gunohkorlarning eng ashaddiysi edim!
16. Ammo Iso Masih menga rahm qildi. Men kabi o‘taketgan gunohkorlarga nisbatan U nihoyatda sabrli ekanini ko‘rsatdi, toki boshqalar ham mendan ibrat olib, Unga ishonsinlar, abadiy hayotga ega bo‘lsinlar.
17. Mangu Shohga hamdu sanolar bo‘lsin! O‘lmas, ko‘rinmas, yagona Xudoga abadulabad shon–sharaflar bo‘lsin! Omin.
18. Ey o‘g‘lim Timo‘tiy, sen haqingda ilgari aytilgan bashoratlarga binoan senga buyuraman: o‘sha bashoratlarga tayanib, ulug‘ kurashda jang qilgin.
19. Imoningni mahkam tut, vijdonli bo‘l. Ba’zi odamlar vijdonini sotdilar, ularning imoni halokatga uchragan kemaday barbod bo‘ldi.
20. Imeney va Iskandar shular jumlasidandir. Men ularni shaytonga topshirdim. Bu ularga saboq bo‘lib, ular Xudoga va Uning azizlariga qarshi chiqishni bas qiladilar.
1. Avvalambor, nasihatim shuki, butun insoniyat uchun iltijo qilinglar, toat–ibodatda bo‘lib, duolar o‘qinglar, shukronalar aytinglar.
2. Taqvodor, obro‘– e’tiborli, osoyishta, sokin hayot kechirishimiz uchun, hukmdorlaru boshliqlar uchun ibodat qilinglar.
3. Bu xayrli ish bo‘lib, Najotkorimiz Xudoga maqbuldir.
4. U hamma insonlarning najot topishlarini va haqiqatni bilib olishlarini istaydi.
5. Zero, hammamizga ma’lumki: Xudo yagonadir, Xudo bilan insonlar orasidagi Vositachi ham yagonadir. Bu Vositachi Iso Masihdir. U O‘zi inson edi
6. Va butun insoniyatni qutqarish uchun O‘z jonini fido qildi. Shu orqali Xudo O‘zi belgilagan paytda najot rejasini ayon etdi.
7. Men najot haqidagi bu xabarni e’lon qiluvchi havoriy etib tayinlandim. To‘g‘risini aytyapman, yolg‘on gapirayotganim yo‘q! Haqiqatdan ham, men turli xalqlarga imon va haqiqatni o‘rgatish uchun yuborilganman.
8. Sizlar yig‘ilganingizda, orangizdagi erkaklar qo‘llarini duoga ochib, chin qalbdan ibodat qilsinlar. Hech kimdan g‘azablanmasinlar, talashib–tortishmasinlar.
9. Xotinlar soddagina, did bilan kiyinsinlar. Ular sochiga ortiqcha oro bermay, oltin va marvarid taqinchoqlar yoki qimmatbaho kiyimlar bilan emas, balki or–nomus bilan bezansinlar.
10. Xudojo‘y xotinlarga munosib xayrli ishlar bilan o‘zlariga zeb bersinlar.
11. Ta’lim berilayotganda xotinlar sukut saqlasin, muallimning gapini ikki qilmasin.
12. Xotin erkakka ta’lim berishiga va uning ustidan hukmronlik qilishiga ruxsat bermayman. Xotin sukut saqlasin.
13. Axir, oldin Momo Havo emas, balki Odam Ato yaratilgan–ku.
14. Odam Ato emas, xotin shaytonga aldanib, gunoh qildi.
15. O‘shandan buyon, xotinlar tuqqanda la’nat tufayli dardu azob chekadigan bo‘ldilar. Biroq shunga qaramay, agar ular kamtaru bama’ni bo‘lishsa, Masihga bo‘lgan imonda sobit qolib, mehr–oqibatli bo‘lib, taqvodor hayot kechirishsa, najot topadilar.
1. “Imonlilar jamoatining yetakchisi bo‘lishga intilgan inson olijanob ishni orzu qilgan bo‘ladi”, degan gap to‘g‘ri va asoslidir.
2. Darhaqiqat, bunday olijanob vazifaga tayinlanadigan inson yaxshi nom chiqargan bo‘lishi shart. U o‘z xotiniga vafodor, mulohazali, vazmin, odobli, mehmondo‘st, ta’lim berishga qobiliyatli bo‘lsin.
3. U mayxo‘r, jahldor, janjalkash emas, balki muloyim, pulparastlikdan yiroq,
4. xonadonini yaxshi boshqaradigan, farzandlari unga bo‘ysunib hurmat qiladigan bo‘lsin.
5. Agar yetakchi o‘z xonadonini boshqara olmasa, Xudoning jamoatiga qanday g‘amxo‘rlik qila oladi?!
6. Endigina imonga kirgan odam yetakchi bo‘lmasin, tag‘in kerilib, iblisning halokatli changaliga tushib qolmasin.
7. U jamoatga qarashli bo‘lmagan odamlar orasida ham hurmat– e’tiborga ega bo‘lsin. Shunda u malomatga qolmaydi, shaytonning tuzog‘iga tushmaydi.
8. Imonlilar jamoatining xizmatchilari ham hurmatga sazovor, samimiy insonlar bo‘lishlari lozim. Ular mayxo‘r yoki molparast bo‘lmasinlar.
9. Xudo bizga ayon etgan haqiqat bo‘yicha yashab, barcha ishni vijdonan bajarsinlar.
10. Ularni avval sinovdan o‘tkazish kerak. Agar kamchiliksiz bo‘lsalar, xizmatga tayinlansinlar.
11. Ular xotinlariga vafodor, farzandlarini va xonadonini yaxshi boshqaradigan odamlar bo‘lishlari shart. Xizmatchi ayollar ham hurmatga sazovor bo‘lishlari lozim.
12. Ular g‘iybat qilmaydigan, mayxo‘rlikka berilmaydigan, har narsada ishonchli bo‘lsinlar.
13. Jamoatdagi o‘z xizmatini yaxshi bajarganlar el orasida taniladilar. Ular Iso Masihga bo‘lgan imonda yuksak jasoratga ega bo‘ladilar.
14. Men yaqin orada oldingga boraman, degan umiddaman.
15. Bordi–yu, kechiksam, Xudoning xonadonida odamlar o‘zlarini qanday tutishlari kerakligini bilishing uchun bularni senga yozdim. Zero, jamoat barhayot Xudoga tegishlidir, jamoat haqiqatning poydevori va ustunidir.
16. Darhaqiqat, Xudo bizga ayon etgan haqiqat buyukdir. Asl xudojo‘ylikning manbayi bo‘lmish bu haqiqat quyidagichadir: Masih yer yuziga Inson bo‘lib keldi. Yangi, ulug‘vor hayot uchun o‘likdan tirilib, Xudoning O‘g‘li deb tasdiqlandi. U zohir bo‘ldi farishtalarga. U haqdagi Xushxabar e’lon etildi xalqlarga, Dunyo bo‘ylab odamlar Unga imon keltirdi. Ulug‘vorlikka burkanib U samoga yuksaldi.
1. Xudoning Ruhi yaqqol aytyaptiki, oxirgi zamonlarda ba’zi odamlar imondan qaytadilar. Ular yolg‘onchi ruhlarga va jinlar ta’limotiga quloq soladilar.
2. Bunday ta’limotni tarqatgan odamlar riyokor va yolg‘onchidirlar. Ularning vijdoni o‘lgan, go‘yo qizdirilgan temir bilan kuydirilib yo‘q qilingan.
3. Ular uylanishni va erga tegishni man etadilar, ma’lum ovqatlarni taqiqlaydilar. Holbuki, bu ovqatlarni Xudo bergan. Haqiqatni bilib olgan imonlilar Unga shukrona aytib, yeyishlari uchun yaratgan.
4. Chunki Xudo yaratgan har bir narsa yaxshidir. Biz hech bir taomni taqiqlamay, shukrona aytib, hammasini yeyishimiz lozim.
5. Biz ovqatimiz uchun Xudoga shukrlar aytganimizda, Xudo barcha ozuqani halol deb e’lon qilganini e’tirof etgan bo‘lamiz.
6. Sen bu nasihatlarimni birodarlaringga o‘rgatsang, Iso Masihning layoqatli xizmatkori bo‘lasan. O‘zing rioya qilayotgan sog‘lom ta’limotni va imonimizning aqidalarini o‘zlashtirib, ruhan oziqlanib borasan.
7. Safsataboz kampirlarga xos bema’ni afsonalardan yuz o‘gir. Xudojo‘y bo‘lishga astoydil harakat qil.
8. Axir, shunday bir maqol bor–ku: “Jismoniy mashq tana uchun foyda berar, xudojo‘ylik esa har tomonlama foyda keltirar, u dunyoyu bu dunyoda hayot baxsh etar.”
9. Bu gap to‘g‘ri va asoslidir, u har jihatdan qabul qilinishga loyiqdir.
10. Odamlar abadiy hayotga ega bo‘lishlari uchun biz jon–jahdimiz bilan xizmat qilyapmiz. Barhayot Xudoga umid bog‘laganmiz. U barcha insonlarning, ayniqsa imonlilarning Qutqaruvchisidir.
11. Sen birodarlarga ta’lim bergin, bu o‘gitlarga rioya qilishlarini ularga o‘rgatgin.
12. Yoshsan deb, hech kim seni kamsitmasin. Aksincha, hammaning hurmatini qozonish uchun, sen so‘zda, yurish– turishda, mehr–oqibatda, imonda va axloqda imonlilarga o‘rnak bo‘lgin.
13. Men oldingga borgunimcha jamoatdaMuqaddas Bitiklarni ovoz chiqarib o‘qishga, nasihat va ta’lim berishga vaqtingni bag‘ishla.
14. O‘zingga berilgan in’omga e’tiborli bo‘l, uni ishga sol. Axir, sen bu in’omingni aytilgan bashoratlar va oqsoqollar boshingga qo‘l qo‘yib qilgan duolari natijasida olgansan.
15. Aytganlarimning hammasini amalda qo‘lla. O‘zingni bu vazifaga sidqidildan bag‘ishla, shunda sen Xudoning yo‘lida shaxdam qadam bilan, ildamlab borayotganingni hamma ko‘radi.
16. Hayot tarzingga, nimalar o‘rgatayotganingga e’tibor qil. Bu faoliyatingni astoydil davom ettir, shunday qilsang, o‘zingni ham, tinglovchilaringni ham qutqarasan.
1. Yoshi katta odamga qattiq gapirma, uni otang o‘rnida ko‘rib, hurmat bilan nasihat qil. Yoshlarga ukalaringdek,
2. kampirlarga onalaringdek munosabatda bo‘l. Yosh ayollarni singillaring o‘rnida ko‘rib, ularga pokdillik bilan nasihat qil.
3. Suyanchig‘i yo‘q beva xotinlarga g‘amxo‘rlik qil.
4. Agar bevaning bolalari yoki nabiralari bor bo‘lsa, ular eng avvalo o‘z oilasi oldidagi, Xudo buyurgan farzni ado etib, farzandlik burchini bajarsinlar, chunki bu Xudoga maqbuldir.
5. Yolg‘iz qolgan, suyanchig‘i yo‘q beva xotin butun umidini Xudoga bog‘lab, kechayu kunduz toat–ibodat qiladi.
6. Ammo kayf–safoga berilib ketgan beva xotin ruhan o‘likdir.
7. Bevalarga va ularning oila a’zolariga bularni o‘rgat, toki ular malomatga qolmasinlar.
8. Zero, o‘z qarindoshlariga, xususan oila a’zolariga g‘amxo‘rlik qilmagan kishi imonni inkor etgan bo‘ladi. U imonsizdan ham battardir.
9. Tullar ro‘yxatiga faqatgina oltmish yoshdan oshgan, marhum eriga vafodor bo‘lgan beva ayollarni kirit.
10. Bu ayollar qilgan ezgu ishlari bilan tanilgan, ya’ni bolalariga yaxshi tarbiya bergan, musofirlarga mehmondo‘st bo‘lgan, Xudo azizlarining oyoqlarini yuvgan, qiynalganlarga yordam bergan, o‘zlarini turli xil xayrli ishlarga bag‘ishlagan bo‘lishlari lozim.
11. Beva qolgan yoshroq xotinlarni ro‘yxatga kiritma. Chunki ularning ehtirosi junbishga kelganda, erga tegishni istab qoladilar.
12. Shunda ular erga tegmaslik haqidagi Masihga bergan va’dasini buzib, odamlar orasida yomon otli bo‘lib qoladilar.
13. Bundan tashqari, ular boshqa bir xatarga yo‘liqadilar: yalqovlikka berilib, uyma–uy yurishga o‘rganib qoladilar. Shunisi yetmaganday, g‘iybat qilishga, boshqalarning ishiga burun suqib, lozim bo‘lmagan narsalarni gapirishga odatlanadilar.
14. Shu sabablarga ko‘ra men yosh bevalarning erga tegishini istardim. Ular bola tug‘ib, ro‘zg‘or ishlari bilan mashg‘ul bo‘lsinlar, g‘animlarimizning yomon gapirishlariga imkon yaratib bermasinlar.
15. Chunki shundoq ham ba’zi bevalarimiz to‘g‘ri yo‘ldan ozib, shayton yo‘liga kirib ketdilar.
16. Agar birorta imonli ayolning beva qolgan qarindoshlari bo‘lsa, ularga o‘zi yordam bersin, bu vazifani imonlilar jamoatiga yuklamasin. Shunda suyanchig‘i yo‘q beva xotinlarga jamoat yaxshiroq yordam bera oladi.
17. Imonlilar jamoatini yaxshi boshqarayotgan, xususan astoydil va’z aytib, ta’lim berayotgan oqsoqollar hurmatga sazovordirlar, ular qilgan mehnatlariga yarasha taqdirlansinlar.
18. Zero, Muqaddas Bitiklarda: “G‘alla yanchayotgan ho‘kizning og‘zini to‘smang” va “Mehnatkash ish haqini olishga munosibdir”, — deyilgan.
19. Ikki yoki uch guvoh bo‘lmasa, hech bir oqsoqolga qo‘yilgan aybni qabul qilma.
20. Gunoh qilib yurgan oqsoqollarni esa hammaning oldida fosh qilib, tavbaga chaqir, toki boshqalarning ham diliga qo‘rquv kirsin.
21. Xudo, Iso Masih va tanlangan farishtalar huzurida senga qat’iy buyuraman: hech bir ishda yuz–xotirchilik va tarafkashlik qilmay, bu ko‘rsatmalarimga rioya qil.
22. Biror odamni jamoat oqsoqoli vazifasiga tayinlashga shoshilma, tag‘in birovning gunohlariga sherik bo‘lib qolma. O‘zingni pok saqla.
23. (Lekin suv ichish bilan cheklanib qolmay, ozginadan sharob ham ichib tur. Bu oshqozoningga yaxshi ta’sir qilib, tez–tez yuz berayotgan kasalliklaringning oldini oladi.)
24. Ba’zi odamlarning gunohlari hozirdan ochiq–oshkor bo‘lib, hatto qiyomat kunidan oldin fosh bo‘lmoqda. Boshqalarning gunohlari esa oxiratda ma’lum bo‘ladi.
25. Shuningdek, qilingan xayrli ishlar ham oshkordir. Ba’zilari oshkor bo‘lmasa– da, baribir pinhon qolmaydi.
1. Qullik bo‘yinturug‘i ostida bo‘lganlar o‘z xo‘jayinlarini kamoli ehtiromga loyiq hisoblasinlar. Toki, hech kim Xudoning nomini va ta’limotini haqoratlamasin.
2. Xo‘jayinlari imonli bo‘lgan qullar, “bir–birimizga birodarmiz”, deb xo‘jayinlariga hurmatsizlik qilmasinlar. Aksincha, yanada ko‘proq tirishib, ularga xizmat etsinlar. Chunki aziz birodarlari bo‘lmish xo‘jayinlari o‘z qullarining farovonligini ko‘zlab, nonini but qilyaptilar. Ana shu barcha ko‘rsatmalarim haqida ta’lim berib, nasihat qil.
3. Agar kim begona ta’limotni yoysa va Rabbimiz Iso Masihning haqiqiy kalomiga qarshi chiqib, xudojo‘ylikka chorlovchi ta’limotimizni rad etsa,
4. u bosar–tusarini bilmay qolgan nodondir. Bunday odam biror masala borasida talashish va ikir– chikir gaplar haqida bahslashish kasaliga yo‘liqqan, uning g‘alamisona gaplari hasad, janjal, tuhmat, tuban gumonlar
5. va to‘polonlarga sabab bo‘ladi. Fikri buzuq bunday odamlar haqiqatdan mahrumdirlar. Ular soxta xudojo‘yligini foyda manbayi, deb biladilar.
6. To‘g‘ri, xudojo‘ylikdan foyda katta, qachonki biz bori bilan qanoatlansak.
7. Axir, biz bu dunyoga hech narsa olib kelmadik va undan hech narsa olib keta olmaymiz.
8. Qornimiz to‘q, ustimiz but bo‘lsa, shular bilan qanoat qilaylik.
9. Boylikka o‘ch bo‘lganlar esa vasvasa tuzog‘iga tushadilar, ular ko‘p bema’ni va zararli havaslarga berilib, halokat girdobiga g‘arq bo‘ladilar.
10. Pulparastlik har qanday yomonlikning negizidir. Mana, ba’zilar boylik ketidan quvib, imondan qaytib ketdilar va o‘zlarini ko‘pgina azoblarga duchor qildilar.
11. Ey Xudoning quli Timo‘tiy, sen esa o‘zingni bu illatlardan olib qoch. Solihlik, xudojo‘ylik, imon, sevgi, sabr–toqat va muloyimlikning payida bo‘l.
12. Abadiy hayotga erishish maqsadida, imon uchun bo‘ladigan ulug‘ kurashda jang qil. Axir, Xudo seni abadiy hayotga da’vat etgan. Sen bu hayotga ega bo‘lish uchun ko‘p guvohlar oldida Iso Masihga bo‘lgan imoningni mardlarcha tan olgansan.
13. Po‘ntiy Pilat qoshida haqiqatni mardlarcha tan olgan Iso Masih huzurida va butun borliqqa hayot bag‘ishlagan Xudo huzurida senga buyuraman:
14. zimmangdagi xizmatingni halollik bilan bajar. Rabbimiz Iso Masih keladigan kungacha o‘zingni gap tegmaydigan qilib tut.
15. Yagona muborak Hokim bo‘lgan Xudo O‘zi belgilagan paytda Iso Masihni yuboradi. Xudo shohlarning Shohi, hukmdorlarning Hukmdoridir.
16. U yagona mangu Xudodir. U yaqinlashib bo‘lmaydigan nurda yashaydi, Uni hech bir inson ko‘rmagan hamda ko‘rishi mumkin emas. Abadiy saltanat Sohibi bo‘lgan Xudoga shon–sharaflar bo‘lsin! Omin.
17. Bu dunyoda boylik topgan birodarlarga ayt, mag‘rurlanmasinlar, bevafo boylikka umid qilmasinlar. Aksincha, umidini Xudoga bog‘lasinlar. Xudo bizga hamma narsani xursand bo‘lishimiz uchun saxovat bilan beradi.
18. Ularga buyur, yaxshilik qilsinlar, xayrli ishlarga boy, saxiy, ochiq qo‘l bo‘lsinlar.
19. Shunda ular asl xazina to‘plab, kelgusi dunyo uchun o‘zlariga mustahkam zamin yaratgan bo‘ladilar, haqiqiy hayotga erishadilar.
20. Ey Timo‘tiy, senga ishonib topshirilgan Xushxabarni asragin. Xudodan uzoqlashtiradigan quruq gaplaru haqiqatga zid bo‘lgan ta’limotlardan qochgin. Ba’zi odamlar adashib, bularni “bilim”, deb ataydilar.
21. Bunday “bilimga” tayangan ba’zilar haq yo‘ldan ozdilar. Xudoning inoyati sizlarga yor bo‘lsin.

► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)


Muqaddas Kitob



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак