Muqaddas Kitob
Timo‘tiyga ikkinchi maktub
1. Xudoning irodasi bilan Iso Masihninghavoriysi bo‘lgan men — Pavlusdan sevimli o‘g‘lim Timo‘tiyga salom! Xudo abadiy hayotni e’lon qilishim uchun meni yubordi. U va’da qilgan bu hayotga Iso Masihga bo‘lgan imon orqali erishiladi.
2. O‘g‘lim Timo‘tiy, senga Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih inoyat, marhamat va tinchlik ato qilsin.
3. Timo‘tiy, boringga shukr! Men ota–bobolarim kabi, Xudoga vijdonan xizmat qilib, kechayu kunduz sen uchun ibodat qilaman.
4. Seni juda sog‘inganman, ko‘z yosh to‘kkanlaring hamon yodimda. Qaniydi, diydoringni ko‘rsamu qalbim quvonchga to‘lsa, deyman.
5. Sening samimiy imoningni doim eslayman. Avvaldan buving Loida hamda onang Evnika o‘z qalblariga jo etgan o‘sha imon endi senda ham ravnaq topayotganiga aminman.
6. Shu sababdan, yodingda bo‘lsin: men ustingga qo‘llarimni qo‘yib duo qilganimda, sen Xudodan Muqaddas Ruhni in’om qilib olgansan. Ichingdagi o‘sha MuqaddasRuh in’omini alangalatib tur.
7. Zero, Xudo bergan Ruh qalbimizga qo‘rquv solmaydi, aksincha, bizga kuch, muhabbat va aqli rasolikni ato qiladi.
8. Shunday ekan, Rabbimiz Iso haqida shohidlik berishdan or qilma, men Rabbimiz tufayli zanjirband bo‘lganimdan ham uyalma. Mendan ibrat olib, Xushxabar tufayli azob chekishga tayyor turgin, buning uchun Xudoning bergan kuchiga tayangin.
9. Axir, Xudo bizga najot berdi, Xushxabar aytish kabi muqaddas xizmatga bizni da’vat etdi. Bunga bizning savob ishlarimiz emas, aksincha, Xudoning murod–maqsadiyu inoyati sabab bo‘ldi. Xudo azaldanoq Iso Masih orqali bizga inoyat ko‘rsatishga qaror qilgan edi.
10. Mana endi, bu inoyat Xaloskorimiz Iso Masihning olamga kelishi bilan yaqqol namoyon bo‘ldi. Masih o‘lim kuchini yo‘q qildi. U mangu hayotga eltuvchi yo‘lni bizga Xushxabar orqali yoritib berdi.
11. Xudo meni bu Xushxabarni turli xalqlarga yetkazuvchi voiz, havoriy va muallim qilib tayinladi.
12. Shu sababdan ham bu azoblarni tortyapman. Biroq men bundan or qilmayman, chunki Kimga e’tiqod qilganimni yaxshi bilaman. Ishonchim komilki, Xudo menga topshirgan Xushxabarni qiyomat kunigacha Uning O‘zi to‘lig‘icha saqlashga qodir.
13. Sen mendan eshitgan bu sog‘lom ta’limotdan namuna olgin, uni asragin. Iso Masihga tegishli bo‘lgan inson sifatida imon va muhabbatga to‘la hayot kechirgin.
14. Senga ishonib topshirilgan bu ezgu ta’limotni ichimizda yashayotgan Muqaddas Ruh yordamida avaylab–asragin.
15. Asiya viloyatidagi barcha birodarlar, shu jumladan, Figel bilan Hermogen mendan yuz o‘girganlarini bilasan.
16. 6Onisifor baraka topsin, Rabbimiz Iso uning xonadoniga marhamat qilsin. Onisifor bir necha marta kelib, mening ko‘nglimni ko‘tardi. Zanjirbandligimdan or qilmay,
17. Rimga kelishi bilanoq, meni astoydil qidirib, oxiri topdi.
18. U menga Efes shahrida ham qanchalar xizmat qilganini o‘zing yaxshi bilasan. Yo Rabbim Iso, qiyomat kunida O‘z marhamatingni Onisifordan darig‘ tutmagin!

1. Timo‘tiy o‘g‘lim, bardam bo‘l. Buning uchun Iso Masih orqali ko‘rsatilgan Xudoning inoyatiga tayangin.
2. Sen ko‘p shohidlar huzurida Xushxabar haqida ta’lim berganimni eshitgansan. Endi bu ta’limotni boshqalarga ham o‘rgatishga qobiliyati bor, ishonchli odamlarga topshirgin.
3. Iso Masihning yaxshi bir askari kabi men bilan birga azob chekishga tayyor turgin.
4. Harbiy xizmatdagi askar tirikchilik ishlari bilan band bo‘lmaydi, chunki qo‘mondonini mamnun qilishni istaydi.
5. Shuningdek, musobaqada qatnashgan kishi qoidaga rioya qilmasa, g‘alaba tojini kiymaydi.
6. Mehnat qilgan dehqon olgan hosilidan birinchi bo‘lib bahramand bo‘lishi lozim.
7. Aytganlarim haqida mulohaza qil, bularni tushunib olishingga Rabbimiz Iso senga yordam beradi.
8. Dovud naslidan bo‘lgan Iso Masih o‘likdan tirilganini doim yodingda tut! Men targ‘ib qilayotgan Xushxabar shudir!
9. Ana shu Xushxabar uchun men azoblarga duchor bo‘lyapman, hatto jinoyatchiday zanjirband qilindim. Ammo Xudoning kalomini zanjirlab bo‘lmaydi!
10. Shunday ekan, Xudoning tanlagan odamlari Iso Masih bergan najotdan bahramand bo‘lsinlar, abadiy ulug‘vorlikka erishsinlar, deb men hamma narsaga chidab kelyapman.
11. Quyidagi gap to‘g‘ri va asoslidir: “Agar biz Masih bilan birga o‘lgan bo‘lsak, U bilan birga ham yashaymiz.
12. Agar qiyinchiliklarga chidasak, U bilan birga hukmronlik qilamiz. Bordi–yu, Uni rad etsak, U ham bizni rad etadi.
13. Sodiq bo‘lmasak ham, Masih sodiq bo‘lib qolaveradi, Axir, U O‘z tabiatiga qarshi chiqa olmaydi.”
14. Bu gaplarni imonlilarga eslatib tur, ularga Xudoning nomidan qat’iy buyur: mayda–chuyda gaplar yuzasidan bahslashmasinlar. Bunday bahslar befoyda, tinglovchilarga faqat zarar yetkazadi, xolos.
15. Xudoning oldida yorug‘ yuz bilan tura olishing uchun astoydil mehnat qil. O‘z ishidan uyalmaydigan, haqiqat kalomini to‘g‘ri o‘rgatadigan xizmatchi bo‘lgin.
16. Xudodan uzoqlashtiradigan quruq gaplardan qoch. Bunday gaplarga berilgan odamlar tobora betavfiq bo‘lib boradi.
17. Ularning bu ta’limoti o‘lat kabi yoyiladi. Mana, Imeney bilan Filit ham shunday odamlar jumlasidan.
18. Ular to‘g‘ri yo‘ldan ozganlar. Biz allaqachon o‘likdan tirildik, deb ba’zilarni imonidan qaytaryaptilar.
19. Ammo, Xudo asos solgan poydevor mustahkam turibdi. Bu poydevor ustiga shunday so‘zlar bitilgan: “Egamiz O‘zinikilarni biladi” va “Egamizning nomini tilga olgan har bir odam yomonlikdan uzoqlashsin”.
20. Katta bir uyda nafaqat oltin va kumush idishlar, balki yog‘och va sopol idishlar ham bor. Oltin va kumush idishlar xo‘jayinga sharaf keltiradi, qadrsiz idishlar esa uning obro‘yini to‘kadi.
21. Kim o‘zini men aytgan yomonliklardan poklasa, Egasi uchun sharaf keltiradigan idishday bo‘ladi. Bunday odam Egasiga xizmat qilishga bag‘ishlangan, har bir yaxshi ish qilishga tayyor bo‘ladi.
22. O‘g‘lim, yoshlik ehtiroslaridan qoch. Chin yurakdan Rabbimiz Isoga iltijo qilgan odamlar bilan birga solihlik, imon, mehr–muhabbat va tinchlik payida bo‘lgin.
23. Ahmoqona, bema’ni bahslardan uzoqlash. O‘zing bilasan–ku, bular faqat janjal keltirib chiqaradi.
24. Rabbimiz Isoning quli esa janjalkash bo‘lmasligi kerak. Aksincha, u hammaga mehribon, ta’lim berishga qobiliyatli, sabr–toqatli bo‘lishi lozim.
25. U o‘z raqiblarini muloyimlik bilan yo‘lga solsin. Kim bilsin, balki Xudo ularni tavbaga olib kelar?! Shunda ular haqiqatni bilib,
26. o‘zlariga kelarlar, iblisning tuzog‘idan qutulib qolarlar. Axir, iblis ularni asir qilib, o‘ziga tobe qilib olgan.

1. Shuni bilginki, oxirgi kunlarda og‘ir vaqtlar keladi.
2. O‘sha paytda odamlar faqat o‘zini o‘ylaydigan, pulparast, maqtanchoq, takabbur, so‘kinadigan, ota–onaga itoat qilmaydigan, nonko‘r, diyonatsiz, tosh yurak,
3. ginachi, tuhmatchi, nafsini tiya olmaydigan, vahshiy, yaxshilikdan hazar qiladigan,
4. xoin, bebosh, bosar–tusarini bilmaydigan bo‘ladilar. Ular Xudoni emas, aysh– ishratni yaxshi ko‘radilar.
5. O‘zlarini xudojo‘y qilib ko‘rsatadilar–u, ammo haqiqiy imondan yuz o‘giradilar. Sen bunday odamlardan uzoqlash.
6. Ular atrofdagilarning ishonchini suiiste’mol qilib, uylariga kirib oladilar. Turli hirsu havaslarga berilgan, gunohlaridan vijdoni qiynalib yurgan nodon ayollarning dilini ovlaydilar.
7. Qachon qarama, bunday ayollar yangi ta’limotlar payida bo‘ladilar, haqiqatni esa tan olmaydilar.
8. Yanniy va Yambriy Muso payg‘ambarga qanday qarshi turgan bo‘lsalar, bu odamlar ham haqiqatga xuddi shunday qarshi turadilar. Ammo fikri buzuq, imoni soxta bu odamlar
9. uzoqqa bormaydilar. Ular Yanniy bilan Yambriyning holiga tushadilar, ularning aqlsizligi hammaga ma’lum bo‘ladi.
10. Sen esa, Timo‘tiy, ta’limotimga rioya qilding, turmush tarzim, murod–maqsadim, imonim, sabr– toqatim, mehr–muhabbatim va sabotimdan namuna olding.
11. Xushxabar tufayli chekkan azob– uqubatlarimni o‘zing bilasan. Antioxiya, Ikoniya va Listra shaharlarida quvg‘in bo‘lganim haqida eshitgansan. Ha, men qattiq quvg‘inlarni boshdan kechirdim! Ammo Rabbim Iso bularning hammasiga qaramay, jonimni omon saqladi.
12. Darhaqiqat, Iso Masih yo‘lida taqvodor hayot kechirgan har bir odam quvg‘inga uchraydi.
13. Ammo fosiq va makkor odamlar tobora razillashib boraveradi. Ular boshqalarni aldaydilar, o‘zlari ham aldanadilar.
14. Sen esa, o‘zing olgan va qattiq ishongan ta’limotingga sodiq qol. Chunki bu ta’limotni senga o‘rgatgan ustozlarning ibratomuz hayotini o‘zing ko‘rgansan.
15. Bolaligingdanoq Muqaddas Bitiklarni o‘rgangansan. Bu Bitiklar insonga donolik ato qiladi, Iso Masihga bo‘lgan ishonch orqali uni najotga erishtiradi.
16. Muqaddas Bitiklarning hammasi ilohiy ilhom bilan yozilgan bo‘lib, ta’lim va tanbeh berish, xatolarni tuzatish va solihlik yo‘lida tarbiya berish uchun foydalidir.
17. Bitiklardagi o‘gitlar bo‘yicha yashagan Xudoning quli har qanday yaxshi ish qilishga qobil bo‘lib, tayyor turadi.

1. Xudo huzurida hamda tirigu o‘liklarni hukm qiladigan Iso Masih huzurida, Uning kelishi va hukmronligi haqi, senga qat’iy buyuraman:
2. Xudoning kalomini targ‘ib qil. “Hozir buning vaqtimi, vaqti emasmi?” demay, uni astoydil e’lon qil. Odamlarga ta’lim berib, ularni to‘g‘ri yo‘lga sol, tanbeh ber, nasihat qil. Hammasini sabr–toqat bilan bajar.
3. Chunki shunday vaqt keladiki, odamlar sog‘lom ta’limotga toqat qilmaydigan bo‘ladilar, ular atrofiga o‘zlariga mos, quloqlariga yoqimli so‘zlar aytadigan muallimlar to‘playdilar.
4. Ular haqiqatdan yuz o‘girib, afsonalarga berilib ketadilar
5. Ammo sen har qanday sharoitda aql bilan ish tut, azoblarga chida, Xushxabarni targ‘ib qil, o‘z xizmatingni to‘liq bajargin.
6. Men hademay bu dunyodan o‘tib ketaman, jonim Xudoga qurbon.
7. Men ulug‘ kurashda jang qildim, zimmamdagi vazifani oxiriga yetkazdim, Xushxabarga sodiq qoldim.
8. Meni solihlik toji kutmoqda. Odil hakam — Rabbimiz Iso kelgan kunida o‘sha tojni menga O‘zi beradi. Bunday toj faqat menga emas, balki Uning kelishini intizorlik bilan kutayotganlarning hammasiga nasib bo‘ladi.
9. Mening oldimga tezroq kelishga harakat qil.
10. Chunki Dimas bu dunyoga ko‘ngil bog‘lab, meni tark etdi. U Salonika shahriga ketdi. Kriskiy Galatiyaga, Titus Dalmatiyaga ketdi. Yonimda faqat Luqo bor.
11. Markni o‘zing bilan birga olib kel, u xizmatimda menga yordam beradi.
12. Men Tixikni Efes shahriga yubordim.
13. Kelayotganingda o‘zing bilan to‘nimni olib kel, men uni Troas shahridagi Karpnikida qoldirganman. Qo‘lyozmalarni ham, ayniqsa, charmga yozilganlarini olib kel.
14. Temirchi Iskandar menga ko‘p yomonlik qildi. Rabbimiz Iso uni qilmishiga yarasha jazolaydi.
15. Sen Iskandardan ehtiyot bo‘l, chunki u bizning ta’limotimizga qattiq qarshilik ko‘rsatdi.
16. Meni birinchi marta mahkamaga olib borishganda, hech kim meni yoqlamadi. Hamma meni tashlab ketdi. Xudo bu aybni ularning bo‘yniga qo‘ymasin!
17. Ammo Rabbim Iso yonimda turdi, Xushxabarni to‘lig‘icha barcha xalqlarga yetkazishim uchun Uning O‘zi menga kuch berdi. U meni o‘lim changalidan qutqardi.
18. Rabbim meni bundan keyin ham har qanday yomonlikdan xalos qiladi va O‘zining samoviy Shohligiga sog‘– salomat yetkazadi. Unga abadulabad shon– sharaflar bo‘lsin! Omin.
19. Priskilla bilan Akilga va Onisiforning xonadoniga salom aytib qo‘y.
20. Yerast Korinf shahrida qoldi. Trofim esa kasal bo‘lgani uchun, uni Milit shahrida qoldirdim.
21. Qish boshlanmasdan oldin kelishga harakat qil. Evvul, Pud, Lin, Klavdiya va qolgan hamma birodarlar senga salom yo‘llayaptilar.
22. Rabbimiz Iso senga hamroh bo‘lsin. Uning inoyati hammangizga yor bo‘lsin.

► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)
Muqaddas Kitob
- Ibtido
- Chiqish
- Levilar
- Sahroda
- Qonunlar
- Yoshua
- Hakamlar
- Rut
- Shohlar (birinchi kitob)
- Shohlar (ikkinchi kitob)
- Shohlar (uchinchi kitob)
- Shohlar (to‘rtinchi kitob)
- Solnomalar (birinchi kitob)
- Solnomalar (ikkinchi kitob)
- Ezra
- Naximiyo
- Ester
- Ayub
- Zabur
- Sulaymonning hikmatlari
- Voiz
- Ishayo
- Sulaymonning go‘zal qo‘shig‘i
- Yeremiyo
- Yeremiyoning marsiyasi
- Hizqiyo
- Doniyor
- Xo‘sheya
- Yo‘el
- Amos
- Obodiyo
- Yunus
- Mixo
- Noxum
- Xabaqquq
- Zafaniyo
- Xaggey
- Zakariyo
- Malaki
- Matto Muqaddas xushxabar
- Luqo Muqaddas xushxabar
- Yuhanno Muqaddas xushxabar
- Mark Muqaddas xushxabar
- Havoriylarning faoliyati
- Yoqubning maktubi
- Butrusning birinchi maktubi
- Butrusning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning birinchi maktubi
- Yuhannoning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning uchinchi maktubi
- Yahudoning maktubi
- Rimliklarga maktub
- Korinfliklarga birinchi maktub
- Korinfliklarga ikkinchi maktub
- Galatiyaliklarga maktub
- Efesliklarga maktub
- Filippiliklarga maktub
- Kolosaliklarga maktub
- Salonikaliklarga birinchi maktub
- Salonikaliklarga ikkinchi maktub
- Timo‘tiyga birinchi maktub
- Timo‘tiyga ikkinchi maktub
- Titusga maktub
- Filimo‘nga maktub
- Ibroniylarga maktub
- Yuhannoga ko‘rsatilgan vahiy
AJOYIB KITOBNI O'QING

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)
MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Tavrot | Zabur | Injil (+audio)

Яхши аудио Китоблар

Kinolar va Multiklar

Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Аудио Кутубхона

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz